TRAKTOR VA AVTOMOBILLARNING TASNIFI VA ASOSIY QISMLARI. ICHKI YONUV DVIGATELLARI (Traktorlarni qishloq xo‘jaligida qo‘llanishi, Dvigatelning vazifasi, tuzilishi va ish jarayoni)

Yuklangan vaqt

2024-05-15

Yuklab olishlar soni

1

Sahifalar soni

10

Faytl hajmi

886,0 KB


Ilmiybaza.uz 
 
 
 
 
TRAKTOR VA AVTOMOBILLARNING TASNIFI VA ASOSIY QISMLARI. 
ICHKI YONUV DVIGATELLARI 
 
 
Reja: 1.Kirish. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirishning halq farovonligini 
oshirishdagi o‘rni 
                2. Traktorlarning asosiy qismlarini vazifalari: 
    3.  Traktorlarni qishloq xo‘jaligida   qo‘llanishi. 
    4.  Dvigatelning vazifasi, tuzilishi va ish jarayoni 
  5.  Dvigatellarning tasniflanishi 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Ilmiybaza.uz TRAKTOR VA AVTOMOBILLARNING TASNIFI VA ASOSIY QISMLARI. ICHKI YONUV DVIGATELLARI Reja: 1.Kirish. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirishning halq farovonligini oshirishdagi o‘rni 2. Traktorlarning asosiy qismlarini vazifalari: 3. Traktorlarni qishloq xo‘jaligida qo‘llanishi. 4. Dvigatelning vazifasi, tuzilishi va ish jarayoni 5. Dvigatellarning tasniflanishi Ilmiybaza.uz 
 
 
1.Kirish. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirishning halq farovonligini  
oshirishdagi  o‘rni 
Bugungi kunda dunyo bo‘yicha 886,9 mln. gektar maydonlarda tuproqqa 
ishlov beriladi. Uning 43,8 foiz qismida yangi rusurstejamkor, minimal va nol 
texnologiyalari hamda ularni amalga oshiradigan texnika vositalari joriy etilgan. 
Ushbu zamonaviy  texnologiyalar 118 mln. gektar  maydonlarda tuproqning 
unumdorligini saqlash bilan bir vaqtda yetishtirilayotgan mahsulot tannarxini 
o‘rtacha 25 foizga kamaytirish imkonini beradi1. 
Qishloq xo‘jaligi jarayonlarida mexanizatsiyalashning joriy etilishi tizimning 
har tomonlama rivojlanishiga asos bo‘ladi. Qishloqchilar uchun eng katta 
muammolar ekinlarni mavsumiy ekish, hosilni o‘rib-yig‘ib olish va ularga dastlabki 
ishlov berish hamda saqlash jarayonlarini o‘z vaqtida bajarilmagan hollarida yuz 
beradi. Ayniqsa, shuni esda tutish kerakki, “Agar xo‘jalikdagi qaysidir jarayonni 
bajarishga kechikish, bu barcha jarayonni bajarishga kechikish demakdir” 
(Kato, Miloddan avvalgi 2-asr)2.  
Qishloq xo‘jaligi jarayonlarida mehnat unumdorligiga erishish uchun 
mexanizatsiyasini to‘g‘ri joriy etish lozim. Har bir  turdagi ekinga o‘ziga xos bo‘lgan 
ishlov berilishiga qarab  jarayonlarni mexanizatsiyalash kerak bo‘ladi. 
Shuning uchun Respublikamiz mustaqillikka erishgan birinchi kundan boshlab, 
sezilarli 
darajada 
taraqqiy 
etayotgan 
respublika 
agrosanoatining 
barcha 
yo‘nalishlarini, ayniqsa, qishloq xo‘jaligi texnikalari bilan ta’minlash uchun xorijiy 
davlatlarning ilg‘or firmalari bilan hamkorlikda qishloq xo‘jaligi texnikalarini 
mamlakatimizda ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi.  
 
Shu 
bilan 
birga 
davlatimiz 
tomonidan 
qishloqchilik 
xo‘jaliklariga 
texnikalardan foydalanishning yangi  yo‘nalishlarini yaratib berilganligi, ya’ni, 
                                           
1Htths  // www. Zerno-ua com/journals, 2010; 21-бет 
2S.C.Panda. “Post Harvest Technology and Farm Mtchanization”. India, 2013. 158-бет 
Tayanch iboralar: eksintensiv usul, intensiv usul, dvigatel, ichki yonuv dvigateli, 
krivoship-shatun mexanizmi, gaz taqsimlash mexanizmi, dvigatel tizimlari, ish jarayoni, dvigatel 
turlari. 
 
Ilmiybaza.uz 1.Kirish. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirishning halq farovonligini oshirishdagi o‘rni Bugungi kunda dunyo bo‘yicha 886,9 mln. gektar maydonlarda tuproqqa ishlov beriladi. Uning 43,8 foiz qismida yangi rusurstejamkor, minimal va nol texnologiyalari hamda ularni amalga oshiradigan texnika vositalari joriy etilgan. Ushbu zamonaviy texnologiyalar 118 mln. gektar maydonlarda tuproqning unumdorligini saqlash bilan bir vaqtda yetishtirilayotgan mahsulot tannarxini o‘rtacha 25 foizga kamaytirish imkonini beradi1. Qishloq xo‘jaligi jarayonlarida mexanizatsiyalashning joriy etilishi tizimning har tomonlama rivojlanishiga asos bo‘ladi. Qishloqchilar uchun eng katta muammolar ekinlarni mavsumiy ekish, hosilni o‘rib-yig‘ib olish va ularga dastlabki ishlov berish hamda saqlash jarayonlarini o‘z vaqtida bajarilmagan hollarida yuz beradi. Ayniqsa, shuni esda tutish kerakki, “Agar xo‘jalikdagi qaysidir jarayonni bajarishga kechikish, bu barcha jarayonni bajarishga kechikish demakdir” (Kato, Miloddan avvalgi 2-asr)2. Qishloq xo‘jaligi jarayonlarida mehnat unumdorligiga erishish uchun mexanizatsiyasini to‘g‘ri joriy etish lozim. Har bir turdagi ekinga o‘ziga xos bo‘lgan ishlov berilishiga qarab jarayonlarni mexanizatsiyalash kerak bo‘ladi. Shuning uchun Respublikamiz mustaqillikka erishgan birinchi kundan boshlab, sezilarli darajada taraqqiy etayotgan respublika agrosanoatining barcha yo‘nalishlarini, ayniqsa, qishloq xo‘jaligi texnikalari bilan ta’minlash uchun xorijiy davlatlarning ilg‘or firmalari bilan hamkorlikda qishloq xo‘jaligi texnikalarini mamlakatimizda ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi. Shu bilan birga davlatimiz tomonidan qishloqchilik xo‘jaliklariga texnikalardan foydalanishning yangi yo‘nalishlarini yaratib berilganligi, ya’ni, 1Htths // www. Zerno-ua com/journals, 2010; 21-бет 2S.C.Panda. “Post Harvest Technology and Farm Mtchanization”. India, 2013. 158-бет Tayanch iboralar: eksintensiv usul, intensiv usul, dvigatel, ichki yonuv dvigateli, krivoship-shatun mexanizmi, gaz taqsimlash mexanizmi, dvigatel tizimlari, ish jarayoni, dvigatel turlari. Ilmiybaza.uz 
 
o‘zining shaxsiy texnikasidan hamda boshqa korxona va tashkilotlarning 
texnikalaridan shartnoma asosida yoki ijaraga olib foydalanish imkoniyalari borligini 
alohida ko‘rsatib o‘tish mumkin. 
 
Shu bilan birga qishloq xo‘jaligining barcha sohalarini mexanizatsiyalashtirish 
(1-rasm)  halq faravonligini oshirishda eng muhim yo‘nalishlardan biri bo‘lib 
hisoblanadi.  
 
 
1-rasm. Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini ko‘paytirish asoslari 
 
2.Traktorlarning asosiy qismlarini vazifalari: 
 
Ilmiybaza.uz o‘zining shaxsiy texnikasidan hamda boshqa korxona va tashkilotlarning texnikalaridan shartnoma asosida yoki ijaraga olib foydalanish imkoniyalari borligini alohida ko‘rsatib o‘tish mumkin. Shu bilan birga qishloq xo‘jaligining barcha sohalarini mexanizatsiyalashtirish (1-rasm) halq faravonligini oshirishda eng muhim yo‘nalishlardan biri bo‘lib hisoblanadi. 1-rasm. Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini ko‘paytirish asoslari 2.Traktorlarning asosiy qismlarini vazifalari: Ilmiybaza.uz 
 
Dvigatel – bu issiqlik, elektr, gidravlik kabi energiyalarni  mexanik ishga 
aylantirib beradigan mashinaga aytiladi. 
Qishloq xo‘jaligi ishlab chikarishida asosan zamonaviy traktorlardan 
foydalaniladi, ularda issiqlik energiyasini mexanik ishga aylantirib beradigan ichki 
yonuv dvigatellari qo‘llaniladi.  
Transmissiya- dvigatelning tirsakli valida hosil bo‘lgan burovchi momentini 
traktorning yurish qismiga yetkazib beradi. U quyidagi mexanizmlardan tashkil 
topgan: ilashish muftasi, uzatmalar qutisi, bosh uzatma, differensial, yarim o‘qlar  va 
oxirgi uzatgichdan iborat.  
Yurish qismi – oxirgi uzatmadagi aylanma xarakatni traktorning chiziqli  
xarakatiga aylantirib beradi. Buning  tarkibi -  g‘ildirakli traktorda asos,   yetakchi va 
yetaklanuvchi g‘ildiraklar; zanjirli traktorlarda esa  rama, yetaklovchi yulduzcha,  
zanjir, osma, tayanch va yo‘naltiruvchi g‘ildirakchalardan iborat.  
Boshqarish mexanizmi – traktorning yurish qismiga ta’sir etib, traktorning 
xarakat yo‘nalishini o‘zgartirish, to‘xtatish va xarakatsiz ushlab turish uchun xizmat 
qiladi. Bunga g‘ildirakli traktorlarda rul  chambaragi,   o‘ng va chap tormozlar, 
zanjirli traktorlarda planetar yoki friksion mexanizm,  o‘ng va chap tormozlar kiradi.   
Traktorning ishchi jihozlariga  gidravlik osma tizim,  tirkash  qurilmasi, 
quvvat olish vali kiradi. 
Yordamchi jihozlarga o‘rindiq, yoritish, ogohlantirish, isitish, havoni 
almashtirish va boshqa jihozlar kiradi.  
G‘ildirakli traktorlar zanjirli traktorlarga nisbatan quyidagi afzalliklarga ega:  
yengil 
boshqariladi, 
xarakatchan, 
transport 
holatidagi 
tezligi 
yuqori 
(50 
km/soatgacha), universal (barcha ishlarda qo‘llash mumkin), yurish mexanizmi sodda 
va hakozo. Ammo bu traktorlarni kamchiligi namligi yuqori bo‘lgan va haydalgan 
tuproqlarda ishlatish samaradorligi past, chunki uning g‘ildiraklarini tuproq bilan 
ilashish yuzasi kichik bo‘lganligi sababli  shataksirashi (buksovanie) natijasida tortish 
sifati keskin kamayadi. Shu bilan birga tuproqni zichlashi zanjirli traktorga nisbatan 
yuqori ekanligi hisoblanadi.  
Ilmiybaza.uz Dvigatel – bu issiqlik, elektr, gidravlik kabi energiyalarni mexanik ishga aylantirib beradigan mashinaga aytiladi. Qishloq xo‘jaligi ishlab chikarishida asosan zamonaviy traktorlardan foydalaniladi, ularda issiqlik energiyasini mexanik ishga aylantirib beradigan ichki yonuv dvigatellari qo‘llaniladi. Transmissiya- dvigatelning tirsakli valida hosil bo‘lgan burovchi momentini traktorning yurish qismiga yetkazib beradi. U quyidagi mexanizmlardan tashkil topgan: ilashish muftasi, uzatmalar qutisi, bosh uzatma, differensial, yarim o‘qlar va oxirgi uzatgichdan iborat. Yurish qismi – oxirgi uzatmadagi aylanma xarakatni traktorning chiziqli xarakatiga aylantirib beradi. Buning tarkibi - g‘ildirakli traktorda asos, yetakchi va yetaklanuvchi g‘ildiraklar; zanjirli traktorlarda esa rama, yetaklovchi yulduzcha, zanjir, osma, tayanch va yo‘naltiruvchi g‘ildirakchalardan iborat. Boshqarish mexanizmi – traktorning yurish qismiga ta’sir etib, traktorning xarakat yo‘nalishini o‘zgartirish, to‘xtatish va xarakatsiz ushlab turish uchun xizmat qiladi. Bunga g‘ildirakli traktorlarda rul chambaragi, o‘ng va chap tormozlar, zanjirli traktorlarda planetar yoki friksion mexanizm, o‘ng va chap tormozlar kiradi. Traktorning ishchi jihozlariga gidravlik osma tizim, tirkash qurilmasi, quvvat olish vali kiradi. Yordamchi jihozlarga o‘rindiq, yoritish, ogohlantirish, isitish, havoni almashtirish va boshqa jihozlar kiradi. G‘ildirakli traktorlar zanjirli traktorlarga nisbatan quyidagi afzalliklarga ega: yengil boshqariladi, xarakatchan, transport holatidagi tezligi yuqori (50 km/soatgacha), universal (barcha ishlarda qo‘llash mumkin), yurish mexanizmi sodda va hakozo. Ammo bu traktorlarni kamchiligi namligi yuqori bo‘lgan va haydalgan tuproqlarda ishlatish samaradorligi past, chunki uning g‘ildiraklarini tuproq bilan ilashish yuzasi kichik bo‘lganligi sababli shataksirashi (buksovanie) natijasida tortish sifati keskin kamayadi. Shu bilan birga tuproqni zichlashi zanjirli traktorga nisbatan yuqori ekanligi hisoblanadi. Ilmiybaza.uz 
 
Zanjirli traktorlarda yurish qismini zanjir ko‘rinishida yasalganligi tufayli 
uning yer bilan ilashish yuzasi katta bo‘lishi hisobiga tuproqni kam zichlaydi, uning 
tortish sifati yuqori bo‘lib, ulardan haydalgan maydonlarda tuproqqa ishlov berishda 
foydalanish yuqori samara beradi. 
Traktorlarning texnik ko‘rsatgichlariga (2-rasm)  ularning tashqi o‘lchamlari: 
uzunligi, balandligi va eni,  bazasi, kinematik uzunligi, agrotirqishi, koleyasi,  shina 
kengligi, g‘ildiraklar formulasi  kiradi.  
 
 
 2-rasm. Traktorning asosiy o‘lchamlari: e-uzunligi: b-balandligi;g- eni;  c- bazasi;   
d-kinematik uzunligi;  i-agrotirqish;  k- koleyasi;   a- shina kengligi. 
 
Traktorning asosiy texnik ko‘rsatgichlariga uning tortish sinfi (kN), g‘ildirak 
formulasi, dvigatel modeli va quvvati (kW yoki ot kuchi),  uzatmalar soni (oldiga va 
orqaga),  harakat tezligi (oldiga va orqaga,  km/soat), g‘ildiraklar oralig‘i (oldingi  va 
orqa g‘ildiraklar bo‘yicha, mm), g‘ildirak bazasi (mm), konstruksion massasi (kg) va 
tashqi o‘lchamlari (uzunligi, kengligi va balandligi, mm)  kiradi. 
 
3. Traktorlarni qishloq xo‘jaligida qo‘llanishi 
Ma’lumki, qishloq xo‘jaligi ekinlari yetishtiriladigan maydonlar  tog‘li, tog‘ 
oldi, tekislik va cho‘l mintaqalarda  joylashgan bo‘lib, har bir mintaqaning o‘ziga xos 
xususiyatlari va ekiladigan ekinlari turlichadir. Bu holatlar qishloq xo‘jaligi ekinlarini 
yetishtirishda maxsus traktorlardan foydalanishni taqqoza etadi.   
Ilmiybaza.uz Zanjirli traktorlarda yurish qismini zanjir ko‘rinishida yasalganligi tufayli uning yer bilan ilashish yuzasi katta bo‘lishi hisobiga tuproqni kam zichlaydi, uning tortish sifati yuqori bo‘lib, ulardan haydalgan maydonlarda tuproqqa ishlov berishda foydalanish yuqori samara beradi. Traktorlarning texnik ko‘rsatgichlariga (2-rasm) ularning tashqi o‘lchamlari: uzunligi, balandligi va eni, bazasi, kinematik uzunligi, agrotirqishi, koleyasi, shina kengligi, g‘ildiraklar formulasi kiradi. 2-rasm. Traktorning asosiy o‘lchamlari: e-uzunligi: b-balandligi;g- eni; c- bazasi; d-kinematik uzunligi; i-agrotirqish; k- koleyasi; a- shina kengligi. Traktorning asosiy texnik ko‘rsatgichlariga uning tortish sinfi (kN), g‘ildirak formulasi, dvigatel modeli va quvvati (kW yoki ot kuchi), uzatmalar soni (oldiga va orqaga), harakat tezligi (oldiga va orqaga, km/soat), g‘ildiraklar oralig‘i (oldingi va orqa g‘ildiraklar bo‘yicha, mm), g‘ildirak bazasi (mm), konstruksion massasi (kg) va tashqi o‘lchamlari (uzunligi, kengligi va balandligi, mm) kiradi. 3. Traktorlarni qishloq xo‘jaligida qo‘llanishi Ma’lumki, qishloq xo‘jaligi ekinlari yetishtiriladigan maydonlar tog‘li, tog‘ oldi, tekislik va cho‘l mintaqalarda joylashgan bo‘lib, har bir mintaqaning o‘ziga xos xususiyatlari va ekiladigan ekinlari turlichadir. Bu holatlar qishloq xo‘jaligi ekinlarini yetishtirishda maxsus traktorlardan foydalanishni taqqoza etadi. Ilmiybaza.uz 
 
Bunda foydalanish sharoitining ko‘rsatgichlariga, yerning relefi, ekin 
maydonlarining shakli va o‘lchami, tuproqning solishtirma qarshiligi   hamda ularga 
qo‘yiladigan agrotexnikaviy talablar asosiy mezonlar hisoblanadi.  
 
Hozirgi kunda mamlakatimizda qishloq xo‘jalik ekinlarini yetishtirish 
texnologik jarayonlarini amalga oshirishda foydalaniladigan agregatlarning asosiy 
energiya manbai sifatida ilmoqdagi tortish kuchi 6 kN dan 50 kN gacha bo‘lgan 
g‘ildirakli va zanjirli traktorlardan keng foydalanib kelinmoqda.  
Ko‘p energiya talab etiladigan (er haydash, chizellash, chuqur yumshatish va 
boshqalar) hamda yuzasi 10 gektardan va uzunligi 300 metrdan katta dalalardagi  
ishlarni bajarishda hozirgi zamon  yuqori quvvatli umumiy ishlarni bajaradigan 
Axion-850, MX-250, Arion-640S, Magnum-7240,  K-701, T-150K, XTZ-181, VT-
150  rusumli traktorlar keng qamrovli mashinalar bilan, xuddi shu ishlar, lekin kichik 
va o‘rtacha maydonlarda T-401, VT-100, TS-6070, Axsos-320S traktorlaridan 
foydalanish yaxshi samara beradi.  
Ekishdan oldin yerlarni tayyorlashda (tirmalash, disklash, chizellash, molalash, 
yer tekislash va boshqalar) asosan T-4A, VT-100, VT-150, XTZ-181 rusumli zanjirli 
traktorlardan,  ekinlar qator oralariga ishlov berishda  (ekish, kultivatsiya qilish, 
begona o‘tlar va zararkunandalarga qarshi kurashish, g‘o‘zani defoliatsiya qilish, 
g‘o‘zapoyani yig‘ish va hokazolar)  TTZ-60.11, TTZ-80.11, MTZ-80X rusumli 
chopiq traktorlaridan va yetishtirilgan ekinlarning hosilini tashish ishlarida TTZ-
60.10,   TTZ-80.10, MTZ-80,82, TTZ-100.10 rusumli transport traktorlaridan  
foydalanish maqsadga muvofiq hisoblanadi. 
Issiqxonalarda  agrotexnik tadbirlarni bajarish uchun mini traktorlardan 
foydalanish qulay imkoniyatlarni yaratadi.  
Ma’lumki, traktorlarni ishlab chiqaradigan firmalar  birinchi navbatda o‘zi 
joylashgan va tuproq – iqlim sharoitlari to‘liq o‘rganilgan mamlakatlar hamda traktor 
bilan bevosita ishlatiladigan qishloq xo‘jaligi mashinalarining  texnik va texnologik 
ko‘rsatgichlarini hisobga olgan holda yaratiladi. 
Eng asosiysi ularni texnik ko‘rsatgichlarini foydalanish paytida o‘zgartirish 
juda murakkab hisoblanadi.  
Ilmiybaza.uz Bunda foydalanish sharoitining ko‘rsatgichlariga, yerning relefi, ekin maydonlarining shakli va o‘lchami, tuproqning solishtirma qarshiligi hamda ularga qo‘yiladigan agrotexnikaviy talablar asosiy mezonlar hisoblanadi. Hozirgi kunda mamlakatimizda qishloq xo‘jalik ekinlarini yetishtirish texnologik jarayonlarini amalga oshirishda foydalaniladigan agregatlarning asosiy energiya manbai sifatida ilmoqdagi tortish kuchi 6 kN dan 50 kN gacha bo‘lgan g‘ildirakli va zanjirli traktorlardan keng foydalanib kelinmoqda. Ko‘p energiya talab etiladigan (er haydash, chizellash, chuqur yumshatish va boshqalar) hamda yuzasi 10 gektardan va uzunligi 300 metrdan katta dalalardagi ishlarni bajarishda hozirgi zamon yuqori quvvatli umumiy ishlarni bajaradigan Axion-850, MX-250, Arion-640S, Magnum-7240, K-701, T-150K, XTZ-181, VT- 150 rusumli traktorlar keng qamrovli mashinalar bilan, xuddi shu ishlar, lekin kichik va o‘rtacha maydonlarda T-401, VT-100, TS-6070, Axsos-320S traktorlaridan foydalanish yaxshi samara beradi. Ekishdan oldin yerlarni tayyorlashda (tirmalash, disklash, chizellash, molalash, yer tekislash va boshqalar) asosan T-4A, VT-100, VT-150, XTZ-181 rusumli zanjirli traktorlardan, ekinlar qator oralariga ishlov berishda (ekish, kultivatsiya qilish, begona o‘tlar va zararkunandalarga qarshi kurashish, g‘o‘zani defoliatsiya qilish, g‘o‘zapoyani yig‘ish va hokazolar) TTZ-60.11, TTZ-80.11, MTZ-80X rusumli chopiq traktorlaridan va yetishtirilgan ekinlarning hosilini tashish ishlarida TTZ- 60.10, TTZ-80.10, MTZ-80,82, TTZ-100.10 rusumli transport traktorlaridan foydalanish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Issiqxonalarda agrotexnik tadbirlarni bajarish uchun mini traktorlardan foydalanish qulay imkoniyatlarni yaratadi. Ma’lumki, traktorlarni ishlab chiqaradigan firmalar birinchi navbatda o‘zi joylashgan va tuproq – iqlim sharoitlari to‘liq o‘rganilgan mamlakatlar hamda traktor bilan bevosita ishlatiladigan qishloq xo‘jaligi mashinalarining texnik va texnologik ko‘rsatgichlarini hisobga olgan holda yaratiladi. Eng asosiysi ularni texnik ko‘rsatgichlarini foydalanish paytida o‘zgartirish juda murakkab hisoblanadi. Ilmiybaza.uz 
 
Shuning uchun birinchi navbatda mamlakatimizda ishlab chiqarilgan traktorlar 
hamda respublikamiz sharoitida davlat sinovidan o‘tkazilgan chet el firmalarining 
traktorlaridan foydalanish kerak. Chunki ushbu traktorlarga mamlakatimizda 
firmaviy xizmat ko‘rsatish markazlari tashkil etilganligi uchun ishlash davrida ularga 
texnik xizmat ko‘rsatish va ehtiyot qismlar bilan ta’minlash ishlari samarali tashkil 
etilgan.  
Shuning uchun xo‘jaliklardagi mavjud qishloq xo‘jaligi mashinalari va 
ularning texnik ko‘rsatgichlarini hisobga olgan holda unga mos quvvatga ega bo‘lgan 
traktordan foydalanish maqsadga muvofiq hisoblanadi.  
 
4.Dvigatelning vazifasi, tuzilishi va ish jarayoni 
Dvigatel – bu issiqlik, elektr, gidravlik kabi energiyalarni  mexanik ishga 
aylantirib beradigan mashinaga aytiladi. 
Qishloq xo‘jaligi ishlab chikarishida asosan zamonaviy traktorlardan 
foydalaniladi, ularda issiqlik energiyasini mexanik ishga aylantirib beradigan ichki 
yonuv dvigatellari qo‘llaniladi.  
 Ichki yonuv dvigateli quyidagicha tuzilgan. U  asosiy blok karterdan 1 (3-
rasm) tashkil topgan bo‘lib, uning ichiga  silindr gilzasi 2 o‘rnatiladi. Silindrning  
yuqori qismi maxsus murakkab holatda tuzilgan qopqoq7 bilan mustahkam 
berkitilgan. 
 
Ilmiybaza.uz Shuning uchun birinchi navbatda mamlakatimizda ishlab chiqarilgan traktorlar hamda respublikamiz sharoitida davlat sinovidan o‘tkazilgan chet el firmalarining traktorlaridan foydalanish kerak. Chunki ushbu traktorlarga mamlakatimizda firmaviy xizmat ko‘rsatish markazlari tashkil etilganligi uchun ishlash davrida ularga texnik xizmat ko‘rsatish va ehtiyot qismlar bilan ta’minlash ishlari samarali tashkil etilgan. Shuning uchun xo‘jaliklardagi mavjud qishloq xo‘jaligi mashinalari va ularning texnik ko‘rsatgichlarini hisobga olgan holda unga mos quvvatga ega bo‘lgan traktordan foydalanish maqsadga muvofiq hisoblanadi. 4.Dvigatelning vazifasi, tuzilishi va ish jarayoni Dvigatel – bu issiqlik, elektr, gidravlik kabi energiyalarni mexanik ishga aylantirib beradigan mashinaga aytiladi. Qishloq xo‘jaligi ishlab chikarishida asosan zamonaviy traktorlardan foydalaniladi, ularda issiqlik energiyasini mexanik ishga aylantirib beradigan ichki yonuv dvigatellari qo‘llaniladi. Ichki yonuv dvigateli quyidagicha tuzilgan. U asosiy blok karterdan 1 (3- rasm) tashkil topgan bo‘lib, uning ichiga silindr gilzasi 2 o‘rnatiladi. Silindrning yuqori qismi maxsus murakkab holatda tuzilgan qopqoq7 bilan mustahkam berkitilgan. Ilmiybaza.uz 
 
3 -rasm. Ichki yonuv dvigatelini tuzilishi:  
1-blok    karter;    2-silindr; 3-porshen; 4-shatun;5-tirsakli val; 6-ostki  qopqoq; 7-
ustki   qopqoq; 8-kiritish yo‘lagi;   9- chiqarish       yo‘lagi; 10-klapanlar;11-
purkagich;      12-porshen sirg‘alari;13-maxovik. 
 
Porshen ostki tomonidan shatunga 4, u esa o‘z navbatida tirsakli valga 5 
biriktirilgan. Tirsakli valning bir tekis aylanishini ta’minlash uchun unga maxovik 13 
o‘rnatilgan.Blok karterning ostki qismi moylash suyuqliklari quyiladigan ostki 
qopqoq 6 bilan germetik berkitilgan. 
Dvigatelni ishlashi mobaynida quyidagi jarayonlar, ya’ni, oldindan 
tayyorlangan yoqilg‘i aralashmasini (benzin va gaz bilan ishlaydigan dvigatellarda) 
yoki alohida toza havo va dizel yoqilg‘isini (dizel dvigatelida)  silindr ichiga kiritish, 
unisiqish, yondirish va chiqarish  jarayonlari ketma-ket amalga amalga oshiriladi.  
Kiritish jarayoni – tirsakli val aylanganda porshen pastga xarakatlanadi, shu 
bilan bir paytda kiritish klapani ochilib, silindr ichiga yoqilg‘i aralashmasi yoki toza 
havo suriladi. 
Siqish jarayoni – porshen yuqoriga xarakat qilganda kiritish va chiqarish 
klapanlari berkitiladi va yoqilg‘i aralashmasi (benzinli dvigatelda 6-8, dizel 
dvigatelida 14-18 martagacha) siqiladi.  
Yonish jarayoni – porshen yuqori chekka nuqtaga yetganda benzinli 
dvegatelda siqilgan yoqilg‘i aralashmasi elektr uchquni yordamida yondiriladi, dizel 
dvigatelida siqilgan va qizigan  havoga yoqilg‘i purkaladi va u o‘z-o‘zidan 
yonadi.Yoqilg‘ini yonishi natijasida hosil bo‘lgan yuqori bosimli gaz porshenni  
pastga harakatlantiradi, bu yonish jarayoni pastki chekka nuqtagacha  davom etadi. 
Chiqarish jarayoni – porshen yuqoriga xarakatlanganda chiqarish klapani 
ochiladi va yonishdan hosil bo‘lgan gazlar tashqariga chiqariladi. 
 
5.  Dvigatellarning tasniflanishi. 
 
Ichki yonuv dvigatellari quyidagi turlarga bo‘linadi. 
Ilmiybaza.uz 3 -rasm. Ichki yonuv dvigatelini tuzilishi: 1-blok karter; 2-silindr; 3-porshen; 4-shatun;5-tirsakli val; 6-ostki qopqoq; 7- ustki qopqoq; 8-kiritish yo‘lagi; 9- chiqarish yo‘lagi; 10-klapanlar;11- purkagich; 12-porshen sirg‘alari;13-maxovik. Porshen ostki tomonidan shatunga 4, u esa o‘z navbatida tirsakli valga 5 biriktirilgan. Tirsakli valning bir tekis aylanishini ta’minlash uchun unga maxovik 13 o‘rnatilgan.Blok karterning ostki qismi moylash suyuqliklari quyiladigan ostki qopqoq 6 bilan germetik berkitilgan. Dvigatelni ishlashi mobaynida quyidagi jarayonlar, ya’ni, oldindan tayyorlangan yoqilg‘i aralashmasini (benzin va gaz bilan ishlaydigan dvigatellarda) yoki alohida toza havo va dizel yoqilg‘isini (dizel dvigatelida) silindr ichiga kiritish, unisiqish, yondirish va chiqarish jarayonlari ketma-ket amalga amalga oshiriladi. Kiritish jarayoni – tirsakli val aylanganda porshen pastga xarakatlanadi, shu bilan bir paytda kiritish klapani ochilib, silindr ichiga yoqilg‘i aralashmasi yoki toza havo suriladi. Siqish jarayoni – porshen yuqoriga xarakat qilganda kiritish va chiqarish klapanlari berkitiladi va yoqilg‘i aralashmasi (benzinli dvigatelda 6-8, dizel dvigatelida 14-18 martagacha) siqiladi. Yonish jarayoni – porshen yuqori chekka nuqtaga yetganda benzinli dvegatelda siqilgan yoqilg‘i aralashmasi elektr uchquni yordamida yondiriladi, dizel dvigatelida siqilgan va qizigan havoga yoqilg‘i purkaladi va u o‘z-o‘zidan yonadi.Yoqilg‘ini yonishi natijasida hosil bo‘lgan yuqori bosimli gaz porshenni pastga harakatlantiradi, bu yonish jarayoni pastki chekka nuqtagacha davom etadi. Chiqarish jarayoni – porshen yuqoriga xarakatlanganda chiqarish klapani ochiladi va yonishdan hosil bo‘lgan gazlar tashqariga chiqariladi. 5. Dvigatellarning tasniflanishi. Ichki yonuv dvigatellari quyidagi turlarga bo‘linadi. Ilmiybaza.uz 
 
1.O‘rnatilishiga qarab - ko‘chma va muqim o‘rnatilgan; 
2.Ish sikliga qarab - to‘rt va ikki taktli; 
3.Ishchi aralashmasini hosil qilishga qarab – aralashmani silindrdan tashqarida 
(benzinli va gazli) va silindr ichida (dizelli) hosil qilish; 
4.Ishchi aralashmani yoqish usuliga qarab – elektr uchquni yordamida (benzinli, 
gazli) va  havoni yuqori bosimda siqish (dizelli) yordamida; 
5. Qo‘llanadigan yoqilg‘i turiga qarab – benzin, gaz va  dizel yoqilg‘isi bilan 
ishlaydigan; 
6. Silindrlar soniga qarab  - bir va ko‘p silindrli;  
7.Silindrlarni joylashishiga qarab – vertikal (tik), gorizontal (yotiq) va burchak 
ostida (opozit) o‘rnatilgan; 
8. Aralashmani silindrga to‘ldirish usuliga qarab - oddiy (porshen yordamida), 
qo‘shimcha kuch ostida to‘ldirish (kompressor yordamida)  
9. Sovutish usuliga qarab - suyuqlik va havo yordamida sovutiladigan turlarga 
bo‘linadi. 
Xulosa. Traktorlarni ishlab chiqarishda  qo‘llashda birinchi navbatda 
respublikamizda ishlab chiqarilayotgan texnikalarni tanlanishiga hamda ularni    
namunaviy  texnologik  kartalar va  “Mashinalar tizimi”ga kiritilganligiga alohida  
ahamiyat  berilishi kerak. 
Har bir traktor va uning dvigateli  respublikamiz sharoitida davlat sinovidan 
o‘tkazilganligi va  foydalanishga ruxsat berilganligi to‘g‘risida sertifikati borligiga 
hamda ularga servis xizmati ko‘rsatish tizimi tashkil etilganligiga alohida ahamiyat 
berilishi kerak. 
 
 
Nazorat savollari: 
 
1.Mamlakatimizda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish  qanday dehqonchilik 
sharoitida amalga oshiriladi? 
Ilmiybaza.uz 1.O‘rnatilishiga qarab - ko‘chma va muqim o‘rnatilgan; 2.Ish sikliga qarab - to‘rt va ikki taktli; 3.Ishchi aralashmasini hosil qilishga qarab – aralashmani silindrdan tashqarida (benzinli va gazli) va silindr ichida (dizelli) hosil qilish; 4.Ishchi aralashmani yoqish usuliga qarab – elektr uchquni yordamida (benzinli, gazli) va havoni yuqori bosimda siqish (dizelli) yordamida; 5. Qo‘llanadigan yoqilg‘i turiga qarab – benzin, gaz va dizel yoqilg‘isi bilan ishlaydigan; 6. Silindrlar soniga qarab - bir va ko‘p silindrli; 7.Silindrlarni joylashishiga qarab – vertikal (tik), gorizontal (yotiq) va burchak ostida (opozit) o‘rnatilgan; 8. Aralashmani silindrga to‘ldirish usuliga qarab - oddiy (porshen yordamida), qo‘shimcha kuch ostida to‘ldirish (kompressor yordamida) 9. Sovutish usuliga qarab - suyuqlik va havo yordamida sovutiladigan turlarga bo‘linadi. Xulosa. Traktorlarni ishlab chiqarishda qo‘llashda birinchi navbatda respublikamizda ishlab chiqarilayotgan texnikalarni tanlanishiga hamda ularni namunaviy texnologik kartalar va “Mashinalar tizimi”ga kiritilganligiga alohida ahamiyat berilishi kerak. Har bir traktor va uning dvigateli respublikamiz sharoitida davlat sinovidan o‘tkazilganligi va foydalanishga ruxsat berilganligi to‘g‘risida sertifikati borligiga hamda ularga servis xizmati ko‘rsatish tizimi tashkil etilganligiga alohida ahamiyat berilishi kerak. Nazorat savollari: 1.Mamlakatimizda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish qanday dehqonchilik sharoitida amalga oshiriladi? Ilmiybaza.uz 
 
2.Mahsulot yetishtirishning eksintensiv va intensiv usularining mohiyatini 
tushuntiring. 
3. Traktorning vazifasi, tasnifi va tuzilishini ayting. 
4. Qishloq xo‘jaligida bajariladigan qaysi ishlarni zanjirli traktorlar bilan bajarish 
maqsadga muvofiq hisoblanadi?  
5. Tanlangan traktorlarga qo‘yiladigan talablar nimalardan iborat? 
6. O‘simliklar qator orasiga ishlov berishda qanday traktorlardan foydalaniladi? 
7. Xo‘jaliklardagi traktorlarni tanlashda nimalarga e’tibor berilishi kerak? 
8.Ichki yonuv dvigatelining vazifasi va ishlash jarayonini  ayting. 
9.O‘zbekiston sharoitida qaysi turdagi sovutish tizimiga ega bo‘lgan dvigatellardan 
foydalanish ma’qul deb o‘ylaysiz?  
10.Benzin va gaz bilan ishlaydigan dvigatellarda ishchi  aralashma yonish  
kamerasida qanday yoqiladi? Dizel dvigatelidachi? 
11.Dvigatellar silindrlarni joylashishiga qarab qanday turlarga bo‘linadi?  Misollar 
keltiring. 
 
Ilmiybaza.uz 2.Mahsulot yetishtirishning eksintensiv va intensiv usularining mohiyatini tushuntiring. 3. Traktorning vazifasi, tasnifi va tuzilishini ayting. 4. Qishloq xo‘jaligida bajariladigan qaysi ishlarni zanjirli traktorlar bilan bajarish maqsadga muvofiq hisoblanadi? 5. Tanlangan traktorlarga qo‘yiladigan talablar nimalardan iborat? 6. O‘simliklar qator orasiga ishlov berishda qanday traktorlardan foydalaniladi? 7. Xo‘jaliklardagi traktorlarni tanlashda nimalarga e’tibor berilishi kerak? 8.Ichki yonuv dvigatelining vazifasi va ishlash jarayonini ayting. 9.O‘zbekiston sharoitida qaysi turdagi sovutish tizimiga ega bo‘lgan dvigatellardan foydalanish ma’qul deb o‘ylaysiz? 10.Benzin va gaz bilan ishlaydigan dvigatellarda ishchi aralashma yonish kamerasida qanday yoqiladi? Dizel dvigatelidachi? 11.Dvigatellar silindrlarni joylashishiga qarab qanday turlarga bo‘linadi? Misollar keltiring.