TRANSPORT INSHOOTLARI EKSPLUATATSIYASINING ASOSIY TAMOYILLARI (Transport inshootlarini saqlash)
Yuklangan vaqt
2024-04-21
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
11
Faytl hajmi
176,3 KB
Ilmiybaza.uz
TRANSPORT INSHOOTLARI EKSPLUATATSIYASINING ASOSIY
TAMOYILLARI
Transport inshootlarini saqlash. Temir yo‘lda sun’iy inshootlarni saqlash
ishlari bilan yo‘l ustasi shug‘ullanadi. Sun’iy inshootlarda kompleks ishlar yo‘l
masofasi (distansiyasi) boshlig‘i va uning yordamchisi rahbarligi ostida, ko‘prik va
yo‘l ustasi va brigadirlar tomonidan amalga oshiriladi. Temir yo‘llardagi sun’iy
inshootlar yo‘l xo‘jaligi qaramog‘ida bo‘lib, uning tarkibida sun’iy inshoot bo‘yicha
umumiy rahbarlik qilishga yordam beruvchi sun’iy inshootlar bo‘limi mavjud.
Ko‘prik, tonnel, quvur va boshqa sun’iy inshootlarni saqlanishi poezdlarning
belgilangan tezlikda uzluksiz va xavfsiz harakatlanishini, shuningdek rejali
ogohlantiruvchi ta’mirlash ishlari barcha elementlarni uzoq muddat davomida
foydalanilishini ta’minlashi lozim [11, 17, 18, 21, 22, 36].
Sun’iy inshootlarni saqlanishining asosiy vazifasi yuzaga kelishi mumkin
bo‘lgan nosozlikdan ogohlantirishdan iboratdir. Shu sababli sun’iy inshootni saqlash
ishlari, texnologiyalari, davomiyligi – fan va texnika yutuqlari va oldingi tarjribalar
asosida ishlab chiqilgan maxsus me’yorlar asosida amalga oshiriladi. Sun’iy
inshootni saqlash joriy saqlash va kapital ta’mirga bo‘linadi. Joriy saqlash
foydalanish davri mobaynida nazoratni tashkil qilishni va ma’lum ishlarni amalga
oshirishni o‘z ichiga oladi. Barcha foydalanilayotgan sun’iy inshootlar bo‘yicha
quyidagilarni o‘z ichiga oluvchi nazorat o‘rnatiladi: davomli nazorat; joriy ko‘rik;
davriy ko‘rik, tajriba va tekshirish; maxsus kuzatuv va ko‘rik.
Davomli nazorat – yo‘l va sun’iy inshoot nazoratchilari, temir yo‘l brigadiri yoki
montyori tomonidan amalga oshiriladi. Ko‘rik davomida yo‘l holati, suv
shoxobchalari va inshootning yong‘in xavfsizligiga alohida e’tibor berish lozim.
Ilmiybaza.uz
Bundan tashqari, inshootni tozalash yo‘l va ko‘prik ustasining har bir ko‘rsatmasiga
asosan birlamchi qarov asosida amalga oshiriladi.
Transport inshootlarida joriy ko‘rik – yo‘l brigadiri, yo‘l va ko‘prik ustalari
tomonidan, yo‘lni joriy ta’mirlash yo‘riqnomasi asosida belgilangan vaqtda yo‘l
masofasi boshlig‘i bilan birgalikda, har bir inshoot holatidan kelib chiqqan holda
amalga oshiriladi. Metall, temirbeton, beton va toshli ko‘prik va mo‘rilar ikki oyda
bir, yog‘och ko‘prik va tonnellar kamida bir oyda bir marta ko‘rikdan o‘tkazilishi
lozim. Joriy ko‘rik asosida inshoot barcha element va bo‘limlarining umumiy holati
davomli nazoratga olinadi. Joriy ko‘rik asosida inshootdagi nuqsonlar va ish hajmi
aniqlanadi. Joriy ko‘rik natijalari yo‘l brigadiri va ustasi tomonidan – yo‘l va
ko‘rsatma o‘tkazgichlarini, yo‘l va ko‘prik katta ustasi tomonidan – sun’iy inshootni
tekshirish kitobiga yozib qo‘yiladi [11, 17, 18, 21, 22, 36].
Transport inshootlarida davriy ko‘rik – bir yilda ikki marta temir yo‘l masofasi
boshlig‘i yoki uning o‘rinbosari rahbarligida ko‘prik, katta yo‘l ustasi va yo‘l ustasi
ishtirokida kuz va bahorda katta suv oqimlaridan so‘ng amalga oshiriladi. Davriy
ko‘rik muddati boshqarma boshlig‘i tomonidan belgilanadi. Ba’zi hollarda davriy
ko‘rik yo‘l bo‘limi yoki boshqarma vakillari ishtirokida amalga oshiriladi. Davriy
ko‘rik jarayonida sun’iy inshootning umumiy holati, ta’minot sifati, nosozliklar va
ularning kelib chiqish sabablari aniqlanadi. Davriy ko‘rik natijalari sun’iy inshoot
kitobiga qayd qilinadi. Jiddiy nosozlik mavjud bo‘lgan holda tegishli hisobot tuziladi
va yo‘l xizmatiga yuboriladi [11, 17, 18, 21, 22, 36].
Kuchsiz va nosoz inshootlar, shuningdek tajriba o‘tkazilayotgan konstruksiyalar
ko‘proq maxsus reja va dastur asosida ko‘rikdan o‘tkaziladi. Maxsus nazorat tartibi
katta va mas’uliyatli inshootlarda ularning holatidan va konstruksiyaning o‘ziga xos
xususiyatidan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi. Joriy ta’mir ishlari yil
davomida zaruriyatga qarab kamchilikdan ogohlantirish va nuqsonlar paydo
bo‘lishining boshlanish davrida bartaraf etish maqsadida olib boriladi. Sun’iy
inshootlarni joriy saqlash kompleks sifatida quyidagilarni o‘z ichiga oladi: inshoot
atrofidagi yo‘l va yo‘l atrofini, shuningdek ko‘prik ko‘tarmalari me’yorlari
muvofiqligini ta’minlash; ko‘prik ko‘tarmalari, konstruksiya qo‘tarmalari va
Ilmiybaza.uz
tayanch tozaligini saqlash; ko‘prik osti suv yo‘llarini qor, suv o‘tlaridan,
chiqindilardan tozalash; ko‘prikning suv yo‘llari moslamalari va tartibga solib turish
inshootlarini soz saqlab turish; qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish; suv osti o‘zani
holatini kuzatish. Mazkur ishlarning bajarilishi yo‘l ustasi, bajarilishi nazorati
ko‘prik ustasi tomonidan amalga oshiriladi.
Inshootni joriy saqlash vazifasidan kelib chiqib, kam xarajatli material va ish
hajmi kam bo‘lgan turlicha ishlarni amalga oshirishga to‘g‘ri keladi. Masalan:
ko‘prik ko‘tarmalarining shikastlangan elementlarini birlamchi almashtirish; metall
konstruksiyalarni ma’lum bir qismini bo‘yash; birlamchi kuchsiz bolt va parchin
mixlarni almashtirish; metalllarda paydo bo‘lgan yoriqlar kattalashishining oldini
olish; tosh va temirbeton tayanch va oraliq qurilmalarni ta’mirlash (yamoq va
yoriqlarni yamash, himoya qatlamini mustahkamligini oshirish, bo‘shab ketgan
boltlarni qotirish va b.). Mazkur ishlarni bajarilishiga, shuningdek instrumental
tasvirlov qilish va o‘zanni o‘lchash ishlariga ko‘prik ustasi javobgar. Yo‘l
uchastkasining barcha inshootlarida joriy ta’minot ishlari, brigada kompleksi
asosida amalga oshirilishi maqsadga muvofiq.
Doimiy ravishda sun’iy inshootlar holatini nazorat qilish va hisobotini olib
borish maqsadida, inshoot haqidagi asosiy ma’lumotlar, ko‘rik, ta’mirlash, kuzatuv
to‘g‘risidagi ma’lumotlar qayd qilib boriladigan maxsus kartochka va kitoblar joriy
etiladi. Kartochka va kitoblarni belgilangan shaklda to‘ldirish ko‘prik ustasi
tomonidan amalga oshiriladi. Bundan tashqari, temir yo‘l masofasi yoki xizmatida
inshoot tarhi, loyiha materiallari va ijro hujjatlari, tekshirish va tajriba hisobotlari,
davriy ko‘rik, o‘zanning o‘lchangan natijalari va b. texnik materiallari aks etgan
alohida ish kitobi yuritiladi.
Ko‘priklarda foydalaniladigan moslamalar. Ko‘priklarda joylashgan qulaylik
va xavfsizlikni ta’minlashda foydalaniladigan texnika vositalar, uskunalar va
moslamalar foydalanish moslamalari deb ataladi. Ularga kuzatish moslamalari,
yong‘in xavfsizligi vositalari, ko‘prik elementlaridagi har xil yuklarni qaytaruvchi
jihozlar, xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarning havfsizligini ta’minlovchi moslamalar,
kommunikatsiya tizimlari va b. kiradi. xavfsiz ko‘rik va ta’mirlash uchun qurilgan
Ilmiybaza.uz
ko‘prik kuzatish moslamalari inshootning barcha qismlariga etib borish imkoniga
ega bo‘lishi lozim. Shuning uchun harakatdagi oraliq qurilmalarning pastki
qismidan ularga etish imkonini yaratish maqsadida belbog‘largacha zina quriladi.
5m dan yuqori bo‘lgan tayanchlarda, tayanch bo‘limlari va ferma osti maydonlarini
ta’mirlash va ko‘rikni amalga oshirish uchun ferma atrofi va zina atrofiga ko‘prik
qatnov qismidan tushishi uchun zina o‘rnatiladi [11, 17, 18, 21, 22, 36].
Pastki harakatlanadigan oraliq qurilmalar qatnov qismini ko‘rikdan o‘tkazish
uchun ko‘tarma platformalar, harakatlanadigan aravachalar, havoza, tepaga
harakatlanadigan oraliq konstruksiyalarda esa odatda tashqi tomondan asosiy to‘sin
orasida ko‘rik o‘tkazish supalarini qurish nazarda tutiladi. Po‘latdan yasaladigan
pastga harakatlanadigan ko‘tarmalari 80 metrdan ortiq bo‘lgan oraliq qurilmalarda
ustki gorizontal belbog‘lar bo‘yicha harakatlanuvchi arava o‘rnatiladi. Yerdan 5m
balandlikgacha bo‘lgan ko‘prik qismlar, harakatlanuvchi minora, narvon va b.
jihozlanadi. Arka shaklidagi ko‘priklarda ko‘rik va ta’mirlash ishlarini amalga
oshirish maqsadida uning konstruksiyasidan (o‘tish supalar, narvon, maydon) kelib
chiqib maxsus ko‘rik moslamalar o‘rnatiladi. Ular bo‘lmagan taqdirda osma lyuk,
havoza va jihozlar o‘rnatiladi. Odatda, yog‘och ko‘priklarda ko‘rik va ta’mirlash
ishlari tayanchda joylashgan narvon va maydonchalari yordamida amalga oshiriladi.
Katta hajmdagi va mas’uliyatli ko‘priklarda, tajribali konstruksiya, shuningdek
inshootda sezilarli nosozlik mavjud bo‘lgan taqdirda, ko‘rik ishlari maxsus loyiha
asosidagi moslamalarda amalga oshiriladi. Inshootni joriy saqlashda ko‘rik
jihozlarining holati doimo tekshirib turilishi lozim.
Uzunligi 50m dan ortiq bo‘lgan ko‘priklarda xizmat ko‘rsatuvchi personal
xavfzizligini ta’minlash maqsadida har 50m dan so‘ng shaxmat shaklidagi
supachalar o‘rnatiladi. Ko‘prik uzunligi 50m dan 100m gacha bo‘lsa, o‘rtada bitta
supa o‘rnatiladi. Elektrlashtirilgan yo‘llarda joylashgan yo‘l va yo‘lovchi o‘tadigan
ko‘priklarda kontakt tarmoqlari qismlarini o‘rash maqsadida muhofaza shchitlari
o‘rnatiladi. Aholi yashaydigan joylardagi uzunligi 30m dan ortiq bo‘lgan yo‘l
o‘tkazgichlari, umumiy va yo‘lovchi o‘tish ko‘priklarida elektr yoritish moslamalari
o‘rnatiladi. Kontakt tarmog‘i orasidagi masofa doimiy tokda 5m dan, o‘zgaruvchan
Ilmiybaza.uz
tokda 10m dan kam bo‘lgan ko‘prik metall konstruksiyalari, shuningdek temirbeton,
beton va tosh konstruksiyalarni tarmoqdan relsga ulovchi elementlari maxsus sim
yordamida erga o‘tkazilgan bo‘lishi lozim. Kema qatnovi mavjud ko‘priklar, kema
qatnovi ishoratlari bilan jihozlanishi lozim. Zarur vaziyatlarda ko‘prik kirish
joylarida ogohlantirish uqtirgichlari, to‘siqlar va b., shuningdek to‘xtatib turish va
yo‘l to‘sish elementlari bilan jihozlanadi.
Ko‘pincha ko‘priklarda turli kommunikatsiya tarmoqlari joylashtiriladi. Shu
sababli katta va kichik inshootda aloqa va boshqa simlarni o‘tkazish moslamalari
bo‘lishi lozim. Issiqlik va suv tarmoqlarini o‘tkazish maxsus asos va yo‘l xizmat
ruxsati asosida amalga oshiriladi. Ko‘priklardan odatda yuqori kuchli elektr
o‘tkazmalari o‘tkazilmaydi. Gaz, neft va kanalizatsiya quvurlarini o‘tkazish qat’iyan
taqiqlangan. Ko‘priklarda havo yo‘li orqali o‘tadigan elektr o‘tkazish tarmoqlari
o‘tkazilganda, temir oraliq qurilmalar yerga zaminlashtirilgan bo‘lishi lozim.
Ko‘prik osti o‘zani va ko‘tarmasini saqlash. Ko‘prik osti o‘zanini saqlash suv
oqimi, qor uyumlari, katta suv harakati, ko‘prik osti xavfli nuqsonlarini bartaraf
etishni o‘z ichiga oladi. Ko‘prik osti o‘zanida kamchiliklar odatda sel va qor
uyumlari oqimi davrida yuzaga keladi. Mazkur kamchiliklardan ogohlantirish va uni
bartaraf etish uchun, davomli ravishda o‘zan deformatsiyasi hamda suv va qor oqimi
tartibi ko‘zatiladi. Uzunligi 100m dan ortiq va uzunligi kichik ko‘prikda tayanch
holati, daryo o‘zani yoki sel xarakteri talab qilinsa, oqim yo‘nalishi, o‘zan holati,
muz holati, suv miqdorining o‘zgarishi bo‘yicha ko‘zatuv olib borish lozim. O‘rta,
kichik ko‘prik va quvurlarda suv sathining yuqori va pastki nuqtasini, suv
omborlaridagi ko‘priklarda esa to‘lqin balandligi, bo‘ron vaqtidagi shamol tezligi va
yo‘nalishini aniqlash lozim. Suv sathining toshqin yoki toshqin bo‘lmagan davrda
o‘zgarishini ko‘zatish suv o‘lchash reykasi asosida tayanch bo‘ylab yoki tayanchga
o‘chmaydigan qilib bo‘yalgan shkala asosida o‘tkaziladi. Qoidaga muvofiq suv
o‘lchagich reykasining nol birligi poydevor eng pastki nuqtasiga, otmetkasi esa
reperga bog‘lanadi. Katta daryolarda maxsus suv o‘lchash postlari tashkil qilinadi.
Toshqin eng baland sathi, o‘lchangan kunini ko‘rsatgan holda, ko‘priklarda –
tayanchga, quvurlarda – kirish joyiga yoziladi [17, 18, 22].
Ilmiybaza.uz
Toshqin davrida o‘zanni suv yuvib ketish sababi va tavsifini bilish maqsadida
oqim tezligi yo‘nalishi va suv chuqurligini davomi o‘rganiladi. Bu ishlar qish
vaqtida suv ko‘tarilgungacha va bahorda katta suvlar oqimi pasayganidan so‘ng,
shuningdek yozgi katta suv toshqinlaridan so‘ng amalga oshiriladi. O‘zan chuqurligi
odatda 3 ta stvor bo‘yicha aniqlanadi: ko‘prik osti o‘qi, 25m gacha bo‘lgan masofa
va ko‘prik ostidan. O‘lchash ishlari o‘zanni tez-tez yuvib ketsa, ko‘p sonli stvorlar
bo‘yicha, mustahkam o‘zan esa faqat ko‘prik osti o‘zani bo‘ylab o‘lchanadi.
O‘lchash oralari shunday olinadiki, u daryo sathi konfiguratsiyasini aniq ko‘rsatishi
lozim. O‘zanni yuvib ketish tavsifini o‘rganish maqsadida tayanchda qo‘shimcha
o‘lchash ishlari bajariladi. O‘lchash ishlari har bir nuqtada ikki marotaba o‘tkazilib,
hisob uchun o‘rtachasi olinadi. Olingan ma’lumotlar asosida suv sathi, tayanch
poydevori va konstruksiya tubini ko‘rsatadigan oldingi o‘lchash natijalari bo‘yicha
grafik chizish taklif etiladi. O‘zanni yuvilib ketish sababi, keyinchalik rivojlanishini
inobatga olib, bir necha yilga umumlashtiruvchi grafik tuziladi.
Moslovchi inshoot, yo‘l o‘tgazgich va quvurlardagi nuqsonlar asosan katta suv
va qor ko‘chkilari davrida vujudga kelganligi, ularda ma’lum bir himoya tavsifiga
ega bo‘lgan ish va tadbirlarni amalga oshirishni talab etadi. SHu sababli kichik va
o‘rta ko‘priklarda toshqingacha ko‘tarma, moslashtirish inshootlari konuslari
tekshiruvdan o‘tkazilgan bo‘lishi, ta’mirlanishi va mustahkamlanishi lozim. Kichik
ko‘prik va quvurlar katta suvga juda ham chidamli bo‘lganligi sababli ularni aynan
ko‘rsatib o‘tilgan davrga tayyorlash lozim. Qish va kuzda quyidagi ishlarni o‘z
vaqtida amalga oshirish lozim: a) quvur teshiklarini qish paytida qor to‘lib
qolishidan saqlash maqsadida berkitish; b) bahorgi qorgacha kichik ko‘prik va quvur
teshiklarini qor, muzdan tozalash, ostki va ustki tomonga qarab 20m dan kam
bo‘lmagan zovur qazish; v) ko‘prik ustki va ostki tomoniga qarab 30m dan kam
bo‘lmagan uzunlikdagi o‘zan atrofini tosh, chiqindi va shu kabi narsalardan
tozalash, shuningdek tekshirish, kerak bo‘lsa, ko‘tarma konus va o‘zan
mustahkamligini ta’mirlash lozim; g) quvur oldida suv o‘zani ko‘tarilish davrida o‘t-
o‘lan, chiqindi to‘planib qolishini oldini olish maqsadida to‘siq o‘rnatish; d)
quvurlarda chiqindi to‘planib yuvilib ketadigan joylar mustahkamligini oshirish
Ilmiybaza.uz
(tozalash, o‘zanni rejalashtirish va h. k.).
Katta suv toshqinlari davrida yuvib ketish xavfi bo‘lgan ko‘prikdagi
ko‘tarmalar, moslovchi inshootlar, konuslar, tayanchlar himoya qilish maqsadida
kerakli (tuproq, tosh, qoplangan qum va h. k.) materiallarni tayyorlash lozim. Katta
suv toshqinlaridan so‘ng ko‘prikning barcha elementlarini, ayniqsa tayanch,
ko‘tarma konuslari moslama inshootlari va ko‘prikga chiqish joylarini tekshirish
lozim. Bu kabi poezdlar harakati xavfsizligiga xavf soluvchi elementlarning
nosozligi qisqa muddatda tuzatilishi, qolgan boshqa element nosozliklari esa keyingi
toshqinlar bo‘lgungacha bartaraf etilishi lozim. Suv toshqinlari quyidagi
nosozliklarni keltirib chiqaradi: a) ko‘prik va quvur tuynugining katta bo‘lmaganligi
sababli ko‘tarmalarni yuvib ketishi; b) ko‘p hollarda bog‘lanmalarning
qoniqarsizligi oqibatida kelib chiqadigan, ostki va ustki ko‘tarma konuslarini yuvib
ketishi; v) chiqindi to‘planishi (ayniqsa kichik ko‘prik va quvurlarda) suv omboridan
ko‘prikdan oshadigan suv berilishi, suv hajmining oshib ketishida yuzaga keladigan
so‘v o‘tkazish tizimining buzilishi natijasida o‘zanni yuvilib ketishi; g) ko‘prik
tuynigi kichikligi, oqim buramaliligi, ko‘prik yaqinida suv tezligining o‘zgarishi
natijasida tayanchni yuvib ketishi; d) o‘zanning surilishi.
Ko‘prikning o‘tish elementlarida ko‘rsatib o‘tilgan kamchiliklarni bartaraf
etish maqsadida har bir vaziyat bo‘yicha tegishli tadbir ishlab chiqiladi. Ma’lum bir
mas’uliyatli holatlarda loyihani tekshirish ishlari amalga oshiriladi. Ko‘prikning
konusi, moslama inshooti va ko‘tarma yonbag‘rining yuvilib ketishi ko‘p hollarda
uchraydigan xodisa hisoblanadi. Yonbag‘irlar turli usullarda mustahkamlanadi;
jumladan: chim o‘tkazish (3.1-rasm), toshlardan tax urish (3.2-rasm), oddiy va
to‘qima shaklda shox-shibba, beton va temirbeton plitalarni terish. Yon bag‘irni
mustahkamlashda chimlar yonbag‘ir ostidan boshlab gorizontal yo‘nalish bo‘yicha
butun yonbag‘irga yotqiziladi, devor qismida esa yamoq joylar ustidan chim
yotqizish kerak. Chimning qalinligi 6sm dan, uzunligi 20sm dan kam bo‘lmasligi
kerak. Chim yotqizilganda uning tez rivojlanishi uchun, ostiga 5sm qalinlikda
o‘stirish qatlami yotqiziladi. Har bir chim yog‘och qoziq bilan yerga mahkamlanadi.
Yakka yoki juft tax urishda suv tezligi va balandligini inobatga olib 15÷30sm li
Ilmiybaza.uz
toshlar bilan mahkamlanadi. Toshlar, mox qatlami ustiga 5sm qalinlikdagi poxol
yoki 10÷15sm qalinlikdagi trambovka qilingan va sheben yotqizilgan qatlam ustiga
yotqiziladi. Toshlarni yonbag‘ir pastiga tushib ketmasligi uchun mahkamlashdan
oldin tirgovich qo‘yiladi. Daryo sathi o‘zanni yuvib ketishi tayanchga xavf
to‘g‘dirganda tayanch atrofi shox-shabba, tosh (3.3,a,b-rasm) va boshqa narsalar
bilan o‘raladi [11, 17, 18, 21, 22].
3.1-rasm. Yonbag‘irni chim bilan mustahkalash: a – yon qismi; b – devorda
3.2-rasm. Yonbag‘irni tosh bilan mustahkamlash: a – yakka holda; b – juft holda
Ko‘prik ko‘tarmasi holati poezdlar harakatining xavfsizligini, harakatdagi
tarkibning ko‘prikdan o‘tish tavsifi va ularning ko‘prik elementlariga tushadigan
yukini belgilab beradi. Shu sababli ko‘prik ko‘tarmasini saqlash va unga o‘tish
qismlariga qat’iy talab qo‘yiladi. Ko‘prik ustalariga nuqsonlardan o‘z vaqtida
ogohlantirish, paydo bo‘lishi bilan bartaraf etish vazifasi yuklatiladi.
a)
b)
Ilmiybaza.uz
3.3-rasm. a – tayanch atrofini tosh bilan mustahkamlash (tayanch poydevor
chetidan ko‘prikning ko‘ndalang qirg‘og‘igacha masofa 4a/3, a – bo‘yi);
b – o‘zanni tosh bostirilgan shox-shabba bilan mustahkamlash
Rels, shpal, ballast, metall yoki yog‘och ko‘ndalang to‘sin (poperechina) larni,
himoya va muhofaza jihozlarini, yon trotuar, nastil, perilalarni o‘z ichiga olgan,
shuningdek ushbu elementlarni mahkamlash va qotirish qoidalari sun’iy inshootlarni
saqlash yo‘riqnomasida keltirilgan.
Temirbeton plitalarda yoki ballastda, yog‘och va metall ko‘ndalang kesimlarda
joylashgan ko‘prik relslari peregonlarda yo‘llarga qo‘yilgan talab, saqlash bo‘yicha
shablon va darajalarga javob berishi lozim. Temir yo‘l profili bo‘yicha ravon va soz
bo‘lishi lozim. Metall ko‘priklarda harakatlanuvchi tarkibning dinamik yukini
(tezlik samarasi) kamaytirish uchun rels yo‘lining har bir ko‘tarmasi profilida
nishablikka qarab poezdlar harakati tez bo‘lgan uchastkalarda 1/2000, boshqa
uchastkalarda 1/1000 egiluvchan shakl beriladi. Odatda poezd yukida uncha katta
bo‘lmagan egilishga ega bo‘lgan temirbeton oraliq qurilmalarda rels yo‘li nishabligi
o‘rnatilmaydi (loyihada nazarda tutilgan hollar bundan mustasno). Ustki bo‘ylama
to‘sin belbog‘lar profili boshqacha shaklga ega bo‘lib, pastki harakatlanadigan
metall ko‘priklarda kerakli yo‘l profilini olish uchun ko‘prik to‘sinini 3sm gacha
kamaytirishga, har xil bo‘yli va noan’anaviy to‘sin ishlatishga, to‘sin ustiga qalinligi
4sm dan ortiq bo‘lmagan yog‘och taxta (bir donadan oshiq bo‘lmagan) qo‘yishga
ruxsat beriladi [11, 18, 19, 22, 23].
Ko‘prikning qiya qismida osiq rels yo‘l balandligini tenglashtirish, ko‘ndalang
kesim tomonga harakatlanganda oraliq qurilmalar ko‘ndalang nishablikka qarab
yoki to‘singa 4sm dan ortiq bo‘lmagan yog‘och bo‘lagini mahkamlash asosida,
ballast tomonga harakatlanishda esa mos ravishda kamaytirish hisobiga amalga
oshiriladi. Tayanch va fermaga vaqtinchalik tushadigan yuk posangi hisoblanib,
ularni saqlashda yo‘l o‘qi oraliq qurilmalar bilan bir-biriga to‘g‘ri kelishiga intilishi
lozim. Yo‘l o‘qi va oraliq qurilmalarning bir-biriga to‘g‘ri kelmasligi to‘g‘ri
uchastkalarda 5sm gacha, qiya uchastkada 3sm gacha ruxsat beriladi. Agarda
Ilmiybaza.uz
ekssentrisitet istisno tariqasida 5sm dan katta qilib olinsa, u holda oraliq qurilmalar
va ko‘prik tayanchlari hisobida ularni inobatga olish lozim. Pastga qarab
harakatlanadigan barcha ko‘priklarda inshoot gabaritlarini yaqinlashishiga qat’iyan
rioya qilish lozim.
Harakatdagi tarkibning ko‘prikka dinamik yukining asosiy omillaridan biri bu
g‘ildiraklarning relslar ulog‘iga zarbidir. Shu sababli ko‘prikda iloji boricha kamroq
sonli, kichik ko‘tarmali ko‘priklarda umuman uloqlar bo‘lmasligiga intilish lozi.
Choksiz temir yo‘l va uzun relslardan foydalanish taklif etiladi. Ko‘priklarda
“rubok” va turli xil relslardan foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi. Tenglashtirish
asboblari ishlatilgan ko‘priklarda ko‘tarma haroratini inobatga olib yoki umumiy
uzunligi 30m dan kam bo‘lgan ko‘prik yoki asosiy ferma, progon, devor shkaflarida
2m uzoqlikda, arkasimon ko‘priklarda deformatsiya bo‘ladigan yamoq va qulf
birikmalari bilan rels uloqlar elektrpayvandda payvandlanishi shart. Qolgan barcha
holatlarda rels uloqlari orasidagi teshik tegishli haroratga mos bulishi kerak.
Ko‘priklar to‘sini harakatlanganda ham R43 rels uloqlari yoki og‘irroq rels
turlaridan foydalanilishda, agarda xoda ko‘prik osti o‘qlari orasidagi masofa 40sm
dan kam bo‘lsa, relsning o‘ziga yoki xodaga engil relslar foydalanilganda uloqlar
yaqinroqdagi xodaga 27sm oraliqda joylashtiriladi. Engil turdagi relslarda uloqlarni
xodaga mahkamlamaslik kerak, sababi bu uloqka tushadigan zarb miqdori yana
oshadi. Lozim bo‘lsa, katta oraliq masofaga ega bo‘lgan uloqlarda maxsus jihozlar,
masalan, «ko‘prikchalar» o‘rnatiladi. Peregonda qanday rels uloqlari ishlatilsa,
ko‘prikning ballasti yurish qismida ham shunday turdagi uloqlar ishlatilishi lozim.
Ko‘prik kirish joyida siljishlarga yo‘l qo‘yilmaydi, va ular ko‘prikning ikki
tomonidan qo‘yiladigan tegishli siljishga qarshi moslamalar yordamida to‘laligicha
bartaraf etilishi lozim. Agarda ushbu choralar ko‘prik atrofida siljishlarni bartaraf
etishga yordam bermasa, u holda ko‘prik ko‘tarmasi konstruksiyasiga mos keladigan
siljishga qarshi jihozlar o‘rnatilishi mumkin.
Relslar bo‘ylab kelayotgan harakatdagi tarkibni ko‘prikka o‘tishda normal
yo‘nalishini ta’minlash maqsadida ko‘prik oldida relslar orasiga qo‘shimcha rels
yoki qo‘shimcha burchak (ugolnik) lar o‘rnatiladi. Ko‘prik xodalarini bo‘shashini
Ilmiybaza.uz
va uzunasiga surilib ketishini oldini olish maqsadida, shuningdek relslar bo‘ylab
kelayotgan
harakatdagi
tarkibni
ko‘prikka
o‘tishda
yordamchi
relslar
shikastlanganda, ikkinchi iz sifatida himoya xodalari yoki metall burchaklar
qo‘yiladi. Harakatdagi tarkibning temir yo‘l izidan chiqib ketishi oqibati
yomonligini inobatga olib, himoya konstruksiyalariga alohida ahamiyat berilishi va
saqlash yo‘riqnomasiga qat’iy amal qilgan holda amalga oshirilishi lozim. Ko‘prik
ko‘tarmasi ballastga o‘rnatilganda yo‘l barqarorligini ta’minlash uchun, ballastni
yoyilib ketmasligi choralari ko‘rilishi lozim. Shpal ostidagi ballast qalinligi suvlar
tarqaydigan joylarda 25sm dan, istisno hollarda 15sm dan kam bo‘lmasligi kerak.
Ko‘prik ko‘tarmalaridagi temir ko‘ndalang kesimlarida ko‘ndalang va uzunasiga
tashlangan tayanchlar mahkamlanishiga alohida e’tibor berish lozim, sababi
qo‘yilgan tagliklarning eskirishi natijasida g‘ildirak yuradigan joyda torayish yuzaga
keladi [11, 18, 19, 22, 23].