Kirish
Ro'yhatdan o'tish
Barchasi
Dars ishlanmalar
IELTS AND CEFR
Kurs ishlari
Referat
slaydlar
TRANSPORT INSHOOTLARI REKONSTRUKSIYASINING MAQSAD VA VAZIFALARI HAMDA O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI
Yuklangan vaqt
2024-04-21
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
14
Faytl hajmi
985,3 KB
Yuklab olish
Ilmiybaza.uz TRANSPORT INSHOOTLARI REKONSTRUKSIYASINING MAQSAD VA VAZIFALARI HAMDA O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI REJA: 1. Transport inshootlari rekonstruksiyasining maqsad va vazifalari. 2. Transport inshootlari rekonstruksiyasining umumiy qoidalari. 3. Kichik ko‘priklarni suv o‘tkazuvchi quvurlar bilan almashtirish. 4. Ko‘priklar rekonstruksiyasining boshqa turlari. Tayanch so‘zlar va iboralar: transport inshootlari rekonstruksiyasi; rekonstruksiyaning umumiy qoidalari; kichik ko‘priklar; suv o‘tkazuvchi quvur; rekonstruksiyaning turlari; yuk ko‘taruvchanlik; inshootlar uzoqqa chidamliligi; elementlarning fizik holati; ekspluatatsion shartlar; poezdlar harakatidagi “tanaffus”.
Ilmiybaza.uz 1. Transportinshootlari rekonstruksiyasining maqsad va vazifalari Temir yo‘lda ko‘priklarni rekonstruksiya qilish ishlari yog‘och ko‘priklarni kapital metall ko‘priklarga almashtirish o‘tgan asrda boshlangan. Ko‘priklarni rekonstruksiya qilishda–ko‘prik tuynugini, ularning statistik sxemasi, yuk ko‘tarish qobiliyati, yo‘llar soni, kirish turi kabi boshqa tavsiflari o‘zgaradi. Ikki holatda rekonstruksiya ishlari amalga oshiriladi: 1) ko‘prik asosiy elementlarining fizik holati va yuk ko‘tara olish qobiliyati o‘zgarganda; 2) yo‘ldan foydalanish sharoiti yoki ko‘prik ostidagi suv yo‘li o‘zgarganda. Ko‘prikni rekonstruksiya qilishni rejalashtirish va loyihalashda iloji boricha poezdlar harakati grafigini buzmaslikka intilish lozim. Odatda, eski metall ko‘prikning yuk ko‘tarish qobiliyati, ko‘p hollarda oraliq qurilmalarning yuk ko‘tarish qobiliyati bilan, kam hollarda esa etarli darajada bo‘ladigan tayanchlarning ko‘tarish qobiliyati bilan aniqlanadi. Ko‘prikning yuk ko‘tarish qobiliyatini oshirish oraliq qurilmalarni kerakli sinfga oshirish yoki yangisiga almashtirish orqali amalga oshiriladi. Ko‘prikning rekonstruksiya qilishni tugatishning derektiv muddatlari va lozim bo‘lgan sinfga etkazish yangi temir yo‘l yuklarini foydalanishga topshirish muddati bilan bog‘liq ravishda aniqlanishi lozim. Oraliq qurilmalarni alamashtirish va kuchaytirish to‘g‘risidagi qarorga bir necha omillar ta’sir ko‘rsatadi. SHu sababli har bir vaziyatda ularni yaxshilab tahlil qilish lozim. Oraliq qurilmalarni kuchaytirishda taklif qilinayotgan va foydalanilayotgan oraliq qurilmalar yuk ko‘taruvchanligi sinfi orasidagi farqning kattaligi yuk ko‘tarish qobiliyatining kuchaytirish imkonini istisno qiluvchi konstruktiv qiyinchilikni keltirib chiqaradi. Kuchaytirilayotgan oraliq qurilma elementlarining ish hajmi va xarakteristikasini aniqlash, shuningdek ko‘prik mustahkamligiga baho berishda, elementlarining fizik holatiga, konstrutsiyadagi kamchilik, nosozlik bosqichlariga, ularni bir-biriga bog‘liqligiga alohida e’tibor qaratish lozim. Ko‘priklarni rekonstruksiya qilishda ishni tashkil qilish, ko‘prik sxemasi, o‘sha joydagi sharoit to‘liq qarab, poezdlar harakatini ma’lum bir vaqtga cheklashga to‘g‘ri keladi. Oraliq qurilmalarda kuchaytirish ishi olib boriladigan vaqtda harakat
Ilmiybaza.uz tezligi cheklanadi, oraliq konstruksiyalarda kuchaytirish va qatnov qismini ta’mirlash ishlari olib borilganda, ish hajmi va xususiyatidan kelib chiqqan holda poezdlar harakatida «okna -tanaffus» rejalashtiriladi. Oraliq qurilmalarda barcha kompleks almashtirish ishlarini amalga oshirishda, peregondagi poezdlar harakati to‘xtatiladi. Masalan, konsol ko‘tarmasi asosida uzunligi 45m bo‘lgan metall oraliq qurilmalarni almashtirishga 8 soat «tanaffus» kerak bo‘ladi, ta’mirlangan ko‘ndalang ko‘prik osti oraliq qurilmalarni almashtirishda esa «tanaffus» ko‘proq vaqt talab qiladi. Ko‘priklarni rekonstruksiya qilinishiga sabab bo‘luvchi omillardan biri – bo‘ oraliq qurilmalar va tayanchlarning eskirishidir. Bu eskirish darajasini joyida tadqiq qilish, lozim hollarda ko‘priklarda tajriba o‘tkazish stansiyalari va kompaniya laboratoriyalarida, shuningdek maxsus komissiya tomonidan tajriba asosida aniqlanadi. Ko‘prik elementlarining fizik eskirishi, foydalanishga yaroqsizligi natijasida rekonstruksiya qilinganda, eski oraliq qurilmalar yangisiga almashtiriladi, tayanch mustahkamligi oshiriladi. Shu sababli ko‘pincha ko‘prik o‘lchamlari saqlanib qolinadi, ba’zida almashtiriladi. Ko‘prikning sxemasini qayta ko‘rib chiqishning zaruriyatiga bir necha sabablari bo‘lishi mumkin ,masalan, daryo rejimining o‘zgarishi, oraliq qurilmalarning eskisi o‘rniga namunaviy konstruksiyalardan foydalanish imkonining yo‘qligi va h.k. Oraliq qurilmalarni almashtirishda yangi ko‘priklarga yangi namunaviy yoki eskisini almashtirish uchun maxsus ishlab chiqilgan, yakka tartibdagi hollarda iloji boricha namunaviy konstruksiya elementlaridan foydalanish kerak. Yo‘ldan foydalanish sharoitining yoki suv yo‘lining o‘zgarishi murakkab va qimmat rekonstruksiya ishlarini olib borishni talab qiladi. Shunday qilib, ko‘priklarni rekonstruksiya qilishda ko‘p foydalaniladigan usullardan biri – bu bir yo‘llik ko‘prikni ikki yo‘lli ko‘prikka jihozlashdir. Temir yo‘llarni elektrifikatsiya qilish natijasida ko‘pgina hollarda oraliq qurilmalarning ichki gabarit o‘lchovlarini ham uzunasiga, ham eniga o‘zgartirishga to‘g‘ri kelmoqda. Ko‘pgina daryolarda GESlar qurilishi natijasida suv omborlari yuzaga kelmoqda. Bu GES to‘g‘oni ostki va ustki kemalar harakatini o‘zgartiradi. To‘g‘on pastki qismidagi ko‘prik ostida
Ilmiybaza.uz kemalar harakatining o‘zgarishi, odatda, ko‘prik osti gabarit o‘lchamlarini o‘zgarishiga olib kelmaydi. Suv ko‘tariladigan hududda joylashgan ko‘priklarda mos ravishda tayanchlar uzaytirilishi, ba’zi hollarda kemalarni o‘tkazish ko‘tarmalarini oshirish lozim bo‘ladi. Yo‘lni kapital ta’mir va rekonstruksiya qilganda, ba’zi hollarda ko‘prikka chiqish belgilari o‘zgaradi, masalan; yo‘lni shag‘alli ballastga qo‘yganda, chiziq profili o‘zgarganda va b. Bu hollarda kichik ko‘priklarda temirbeton oraliq qurilmalarni, ferma osti supasini ko‘tarish lozim bo‘ladi. Yo‘llarni rekonstruksiya qilinganda katta ko‘priklarning oraliq qurilmalari odatda ko‘tarilmaydi, balki bu ko‘prikka ko‘tarilish qismidagi ballast qatlami osti tuprog‘ini kesib olib tashlash hisobiga amalga oshirilishi mumkin. Avtomobil yo‘llarini qurishda ko‘pincha daryolarni kesib o‘tishga to‘g‘ri keladi. Bu hollarda qimmatga tushadigan ko‘prikni qurishdan ko‘ra, ma’lum bir muddatga foydalanilayotgan temir yo‘lni avtomobil o‘tishga moslab jihozlash ma’qul. Tushunarliki, bu holda temir yo‘l ko‘prigini birgalikda foydalaniladigan yo‘lga aylantirish, texnik-iqtisodiy maqsadga muvofiqligi sinchkovlik bilan o‘rganilishi lozim. Bunda harakatdagi yukning o‘zgarishi, zo‘riqish tartibi tahlili, bog‘lanish moslamalari, harakat xavfsizligi va ko‘prikningsaqlanishini ta’minlash masalalari inobatga olinishi lozim. Katta ko‘priklarni rekonstruksiya qilganda, alohida hal etishni talab qiladigan rekonstruksiya muddatiga, poezdlar harakati sharoitiga va ko‘prikning asosiy elementlari holatiga rioya etish lozim. 2. Transport inshootlari rekonstruksiyasining umumiy qoidalari Rekonstruksiya – bu ko‘prik yoki sun’iy inshootning boshqa turini kardinal (tubdan) qayta qurish va uni o‘zgargan ekspluatatsion me’yor va talablarga moslashtirish. Ko‘priklar va sun’iy inshootlarning rekonstruksiyasi quyidagilar bilan bog‘liq : ular yuk ko‘taruvchanligining etarli emasligi; inshootlar uzoqqa chidamliligining tugaganligi; yuk ko‘taruvchi elementlar fizik holatining qoniqarsizligi va
Ilmiybaza.uz konstruksiyalarning anchagina edirilganli; inshoot asosiy tavsiflarining o‘zgarganligi: tuynugi (otverstiyasi), statik sxemasi, gabaritlari, yo‘llar soni, yurish xili va b. larning; temir yo‘llarning yuk kuchlanganligining oshganligi; poezdlar harakati tezligi va o‘q yuklarining oshganligi; temir yo‘l yoki to‘siqni ko‘prik bilan kesib o‘tish ekspluatatsion shartlari o‘zgarganligi. Temir yo‘l ko‘priklari va boshqa sun’iy inshootlar rekonstruksiyasi bo‘yicha ishlarning o‘ziga xos xususiyatiga quyidagilar kiradi : ish frontining tangligi, mehnatlik va material vositalari harajatining o‘sib borishi; “tanaffus” da oraliq qurilmalarni almashtirish bo‘yicha butun ishlar majmuini bajarish uchun peregonlarni yopish bilan cheklangan muddat; ko‘prikning rekonstruksiyasidan so‘ng yo‘l uchastkasi ekspluatatsiya sharoitlarining o‘zgarishi (masalan, bir yo‘lli ko‘prikni ikki yo‘lliga aylantirish); murakkab va qimmat turuvchi ishlarni tashkil etish; ishlarni bajarishning cheklangan muddati. Ko‘priklar rekonstruksiyasining maqsadga muvofiqligi texnik-iqtisodiy asoslash orqali aniqlanadi. Hisob-kitoblar qurilish-montaj ishlarining narhi, poezdlar harakatining cheklovi va ishlarni bajarish uchun taqdim etilgan “tanaffus” keltirib chiqargan qo‘shimcha harajatlarni o‘z ichiga oluvchi keltirilgan harajatlar bo‘yicha, hamda kuchaytirish bo‘yicha kapital ta’mirdagi shunga o‘xshash harajatlar bilan solishtirish orqali bajariladi . Ko‘priklar rekonstruksiyasining eng ko‘p tarqalgan turlari soniga quyidagilar kiradi : tayanchlarni qisman qayta qurish va kuchaytirish bilan oraliq qurilmalarni almashtirish; bir yo‘lli ko‘priklarni ikki yo‘lliga qayta qurish; oraliq qurilmaning ichki nogabaritliligini bartaraf etish;
Ilmiybaza.uz doimiy aylanma yo‘lda yangi ko‘prikni qurish. Temir yo‘l transporti tizimida har xil ko‘rinishdagi konstruktiv echimlar, ko‘priklar rekonstruksiyasi bo‘yicha ishlarni tashkil etishning usul va yullari ommalashdi. Kichik ko‘priklar ko‘p bo‘lib, ularni rekonstruksiya qilishda kamdan-kam hollarda uchastka ichida, ba’zida temir yo‘lning butun yo‘nalishida bir turdagi konstruksiyadan keng ko‘lamda foydalaniladi. SHu sababli, birinchi navbatda, ko‘prik joylashgan uchastka, liniya ishi sharoitini inobatga olish lozim. Ko‘rilayotgan uchastkadagi har bir kichik ko‘prikning o‘ziga xosligi va konstruktiv shakllari oz miqdorda rekonstruksiya tartibiga ta’sir ko‘rsatadi. Rekonstruksiya qilish vaqti va xarajatining hajmi bevosita ishni tashkil qilishga bog‘liq. YUqoridagilarni inobatga olib bir turli konstruksiyalar guruhini rekonstruksiya qilish ishlari maxsus bo‘linmalar tomonidan uchastka yoki yo‘nalish bo‘yicha oldindan ishlab chiqilgan reja asosida qisqa fursatda amalga oshirilishini xulosa qilish mumkin. Bu ishlarni boshqa usulda amalga oshirganda, masalan, ko‘proq tanaffuslar bo‘lganda, qurilish qo‘shimcha xarajatlar, poezdlar harakatida cheklovlar oshishiga olib keladi. Kichik oraliqli ko‘priklarni rekonstruksiya qilinganda, metall oraliq qurilmalar odatda ballastda harakatlanuvchi temirbetonga almashtiriladi. Bu oraliq qurilmalarning almashtirish usuli rekonstruksiya qilingan ko‘prikning foydalanish sifatini oshiradi, ballastda harakatlanishda jihozlash va foydalnish xarajatlari kamadi [11, 17, 24]. Asosiy to‘sinli kichik oraliqli eski oraliq konstruksiyalarni tadqiq etish, biror marta ham kuchaytirilmaganligiga qaramasdan ularning vertikal listlari, ostki belbog‘lari, ko‘ndalang bog‘lama va uloqlari yaxshi holatda saqlanganligini ko‘rsatadi. SHu sababli ko‘p hollarda bu oraliq qurilmalarni rekonstruksiya qilgandan so‘ng zaruriy kuchaytirish ishlarini amalga oshirgan holda foydalanish maqsadga mufoviq bo‘lishi mumkin. Kuchaytirish ishlarini oraliq qurilmalarning aylanma fondini tashkil qilish asosida amalga oshirish maqsadga muvofiq. Bu oraliq qurilmalarning yuk ko‘tara olish qobiliyati hisoblari shuni ko‘rsatmoqdaki, ko‘p hollarda buning uchun asosiy to‘sinning belbog‘ini kuchaytirishning o‘zi etarli.
Ilmiybaza.uz Yaxlit devorli oraliq konstruksiyalarni boshqa usulda, masalan asosiy to‘sin bilan birgalikda ishlaydigan temirbeton plita o‘rnatish asosida amalga oshirish mumkin. 3. Kichik ko‘priklarni suv o‘tkazuvchi quvurlar bilan almashtirish Ikkinchi yo‘l ostida kengaytirishni e’tiborga olibkichik ko‘priklarni rekonstruksiya qilish variantlaridan biri suv o‘tkazuvchi quvurlarni qurish hisoblanadi (75-rasm). Suv o‘tkazuvchi quvurlar suv oqimining quyi tomonida quriladi. Quriladigan quvur elementlarini montaj qilish EDK-300 krani bilan amalga oshiriladi. Ko‘p hollarda ikkinchi yo‘l ostida kichik va o‘rtacha ko‘priklarni kengaytirishda oraliqlarga bo‘lishning mavjud rejasi saqlanadi. Ammo kema qatnamaydigan daryolarda qo‘shimcha tayanchlar o‘rnatish va ularga kichik uzunlikdagi yangi oraliq qurilmalarni o‘rnatish orqali ko‘prik sxemasini o‘zgartirish mumkin, u eski tayanchlarda yukni kamaytirish imkonini beradi (6.7-rasm) . 75-rasm. Ikkinchi yo‘l ostidagi suv o‘tkazuvchi quvurning sxemasi:1 – ko‘prikning mavjud qirg‘oq tayanchi; 2 – quvur zvenolari; 3 – fermaosti plitasi; 4 – gidroizolyasiya bilan beton himoya qatlami; 5 – quvur poydevori; 6 – kallak poydevori; 7 – kallak Bunday qayta qurishda daryo o‘zanida oraliq tayanchlarni qurish bilan bog‘liq ishlar eng ko‘p qiyinchilik tug‘diradi, ayniqsa ko‘prik osti gabaritining cheklangan o‘lchamlarida (76-rasm). Kema qatnaydigan daryolarda, qoidaga ko‘ra, daryoning kema qatnaydigan oralig‘ining rejasini tuzish, mavjudini saqlagan holda o‘zgartirilmaydi.
Ilmiybaza.uz 76-rasm. Ko‘prik sxemasi o‘zgarishi bilan rekonstruksiya2: a – eski sxema; b – ko‘prikning yangi sxemasi Temir yo‘l liniyalarini poezdlarning yuqoriroq yuklari va harakat tezligiga tayyorlash uchun kichik ko‘priklarning konstruktiv elementlarining anchagina eyilgani (ishdan chiqqani) sababli, ko‘pincha ularning kapital ta’miriga nisbatan rekonstruksiyasi iqtisodiy va texnik tomondan maqsadga muvofiqroq bo‘lar ekan. Bunday hollarda odatda mavjud kichik ko‘priklarni suv o‘tkazuvchi quvurlar bilan almashtirish amalda qo‘llashadi, agar bu suv o‘tkazuvchanlik xususiyati bo‘yicha mumkin bo‘lsa va joyning muhandis-geologik sharoitlariga zid bo‘lmasa . Kichik oraliqlar bilan to‘sinli metall va temirbeton ko‘priklarini ham ko‘pincha tipovoy (namunali) temirbeton elementlardan tayyorlangan suv o‘tkazuvchi (bir va ko‘p ko‘zli) quvurlarga qayta qurishadi (77-rasm) . Barcha asosiy qurilish-montaj (shpuntli to‘siqlarni qurish, kotlovanni kovlash, poydevor va quvur zvenolarini yotqizish, ularning gidroizolyasiyasi va b.) ishlari, yangi temirbeton quvurlarni qurishda qabul qilingan, va poezdlar harakatini to‘xtatishni talab etmaydigan oddiy texnologiya bo‘yicha bajariladi. Eski oraliq qurilma strelali kran yordamida “tanaffus” da echib olinadi. Bir vaqtda rels tagligidan kamida 1m balandlikda qirg‘oq tayanchlarining ustki terimi buzib olinadi va quvur ustidagi ko‘tarma loyihaviy otmetkagacha to‘ldiriladi. Yangi quvurning kirish va chiqish kallaklari, qoidaga ko‘ra, poezdlar harakati ochilgandan so‘ng quriladi . 2Bridge Engineering Handbook, Second Edition: Construction and Maintenance. Edited by Wai-Fah Chen and Lian Duan. © 2014 (235 bet).
Ilmiybaza.uz 77-rasm. Temirbeton ko‘prikni suv o‘tkazuvchi quvurga aylantirish sxemasi: 1 – shpuntli to‘siq; 2 – quvur poydevori; 3 – quvurning temirbeton zvenosi; 4 – qirg‘oq tayanchining ustki qismni echib olish Oraliq qurilmalarini almashtirib kichik va o‘rtacha ko‘priklarni rekonstruksiya qilish temir yo‘lda harakatlanadigan kranlar – strelali va konsollilarni, hamda yuqori yuk ko‘taruvchanlikka ega avtomobil kranlarini qo‘llab amalga oshiriladi. Oraliq qurilmalarni almashtirish uchun kranni tanlash, ularning zaruriy tavsif (yuk ko‘taruvchanligi, strelasining qulochi, strela osti gabariti) larini ta’minlash, hamda mahalliy sharoitlarning majmuini e’tiborga olib, ko‘riladigan variantlarning texnik-iqtisodiy taqqoslash bilan aniqlanadi. Bunda hisobga olinadi: ko‘prik uzunligi va uning oraliqlarga rejasini tuzish sxemasi; qo‘shni yo‘llargacha masofa; ko‘prik usti, ko‘prik osti va kirish yo‘llarida tutash tarmoqlari yoki elektr uzatish liniyasi (EUL) mavjudligi; liniyaning yuk kuchlanganligi; yuk tashish turi; ishchi poezd va harakatlanuvchi tarkibning yo‘l manyovri bilan oraliq qurilmalar va tayanchlar elementlari bilan rioya qilish (ergashish) ni qo‘shib, ko‘prik va unga kirish yo‘llaridagi temir yo‘l rejasi va profili; oraliq qurilmalarni vaqtinchalik qayta yuklash, kranlar autrichgerlarining tayanishi uchun vaqtinchalik tayanchlarni qurish zarurati va sermehnatligi; ko‘prikka kranlarni joylashtirganda uni elementlarining ko‘taruvchanlik xususiyatini etarliligi . Ko‘priklar rekonstruksiyasining amaliyotida temir yo‘lda harakatlanadigan strelali kranlar keng ommalashgan. Strelali kranlar katta manyovrliligi bilan xarakterlanadi, ham eski oraliq qurilmalarni demontaj qilish (qismlarga ajratib olish), ham yangisini o‘rnatish uchun, hamda asosiy va qo‘shimcha konstruksiyalar
Ilmiybaza.uz bilan bog‘liq bo‘lgan bir qator yuk operatsiya (ish) larni bajarish uchun o‘z tatbig‘ini topdi . Tegishlicha 125 va 200t yuk ko‘taruvchanligi bilan EDK-1000 va EDK- 2000 kranlari ko‘proq qo‘llaniladi. Ko‘priklar oraliq qurilmalarini almashtirish bo‘yicha ishlar strelali temir yo‘l kranlari bilan yo‘l-yo‘riq ko‘rsatuvchi va texnik-me’yoriy xujjatlarga mos keluvchi talablarga amal qilib bajariladi . Buning uchun ishlab chiqarish loyihasi (ICHL) yoki texnologik xaritalar ishlab chiqiladi, ularda oraliq qurilmalar va boshqa yuklarning stropovka (mahkamlash) va ko‘chish sxemalari keltiriladi. Ko‘priklarning rekonstruksiyasida oraliq qurilmalarni poezdlar harakati sharoitlarida strelali kranlardan foydalanib almashtirish autrigerlarning aniq bir bazasi bilan kranlarni o‘rnatish orqali amalga oshiriladi. Bir oraliqli ko‘priklar oraliq qurilmalarini almashtirishda temir yo‘lda harakatlanadigan strelali to‘la aylanuvchi kranlar ko‘proq qo‘llaniladi. Ishlar oraliq qurilmaning massasiga bog‘liq holda bitta yoki ikkita kranlar bilan bajariladi . 4. Ko‘priklar rekonstruksiyasining boshqa turlari Ichki nogabaritlikni bartaraf etish bilan oraliq qurilmalarning rekonstruksiyasi. Eski ko‘prikning harakati pastda bo‘lgan metall oraliq qurilmalarini ekspuatatsiya qilish jarayonida ularning ichki konturini – yaqinlashuv qurilmasi gabaritini o‘zgartirish zarurati tug‘iladi. Balandligi bo‘yicha ichki nogabaritlikni bartaraf etish uchun odatda portal vaoraliq qurilmalarning bosh fermalari orasidagi ustki ko‘ndalang bog‘lama (kashak) lar qayta quriladi. Bunday qayta qurishning eng ko‘p tarqalgan sxemasi portal ramalari to‘ldirmasini birinchi shokila (ustun) lar tekisligiga, ko‘ndalang tirgakni esa ustki belbog‘lar gorizontal listlar tekisligiga o‘tkazishdan iborat (78-rasm) .
Ilmiybaza.uz 78-rasm. Oraliq qurilma fermasi balandligining o‘zgarishida ustki bog‘lamani qayta qurish sxemasi:1-terma ustuni; 2 – fermaning ustki belbog‘i; 3 – tirgak (hovon); 4 – gorizontal bog‘lamalarning fasonkasi Oraliq qurilmalarni ko‘tarish. Yo‘lning kapital ta’mirida ballast qatlami qalinligini oshirish bilan yo‘lni ko‘tarish zarurati tug‘iladi. SHuning uchun kichik oraliqli ko‘priklarda ko‘prik polotnosining turi (harakati poperechina yoki ballastda bo‘lganda) va mahalliy sharoitlarga bog‘liq holda oraliq qurilmalarni ko‘tarish yoki shpala ostidagi ballast qalinligini oshirish amalga oshiriladi. Katta oraliqli ko‘priklarda ballast prizmasining qalinlashishi munosabati bilan bo‘ylama profilni pasaytirish kirish yo‘llari ko‘tarmasini kesish orqali bajariladi . Harakati ballastda bo‘lgan temirbetonli oraliq qurilmalarda yo‘lni ko‘tarish va shpala ostidagi ballast qatlami qalinligini oshirish imkoniyati ballast korita bortiklari va qirg‘oq tayanchlari yon devorlarini oshirish bilan ta’minlanishi mumkin (79- rasm) . Temirbeton oraliq qurilma bortiklarini oshirish bo‘yicha ishlar inventar paket himoyasi ostida bajariladi . Ko‘priklar ekspluatatsiyasi sharoitida ko‘prik polotnosi turiga bog‘liq bo‘lmagan holda ferma osti plitalari, qirg‘oq tayanchlarining shkaf va yon devorlarini ko‘tarish qo‘llaniladi (80-rasm).
Ilmiybaza.uz 79-rasm. Oraliq qurilma bortigi (yon devorchasi) ning kengaytirish sxemasi: a – ko‘prik o‘qi bo‘ylab to‘sinning ko‘rinishi; b –bortikning ko‘ndalang kesimi; 1 – ekspluatatsiya qilinayotgan oraliq qurilma; 2 – bortik kengaytmasining temirbetoni; 3 – ekspluatatsiya qilinayotga oraliq qurilmaning bortigi Oraliq qurilmalarni ko‘tarish bo‘yicha ishlar yukdan bo‘shatuvchi paketlarni qurish orqali bajariladi. Oraliq qurilmani ko‘tarish, yukdan bo‘shatuvchi paketlarni o‘rnatish va uni echib olish “tanaffus” da ishlarni xavfsiz olib borish talablariga muvofiq amalga oshiriladi. Suvsiz vodiyda joylashgan ko‘priklarda, uncha katta bo‘lmagan oraliq qurilmalarni ko‘tarish MIK S yoki shpal kataklari elementlaridan tayyorlangan, vaqtinchalik tayanchlarda o‘rnatilgan domkratlar yordamida amalga oshiriladi, boshqa hollarda strelali kranlardan foydalanishadi. 80-rasm. Tayanch maydochasi va qirg‘oq tayanchlarining shkaf va yon devorlarini kengaytirish bilan oraliq qurilmani ko‘tarish sxemasi: a – ko‘prik o‘qi bo‘ylab ko‘rinish; b – qirg‘oq tayanchi o‘qiga ko‘ndalang ko‘rinish;1 – ekspluatatsiya qilinayotgan oraliq qurilma; 2 – oraliq tayanchning yangi tayanch maydonchasi; 3 – xuddi shunday qirg‘oq tayanchining; 4 – qirg‘oq tayanchi shkaf va yon devorlarining kengaytirish bloklari; 5 – oraliq qurilma to‘sinlari o‘qi
Ilmiybaza.uz Zamonaviy sharoitlarda kichik va o‘rtacha ko‘priklar rekonstruksiyasining amaliyotida Sibir aloqa yo‘llari Davlat Universitetining (SGUPS) “Ko‘priklar” laboratoriyasida ishlab chiqilgan, “Temir yo‘llar ko‘priklari oraliq qurilmalarini ko‘tarish uchun texnologik majmua” si tatbig‘ini topmoqda (81-rasm). Mazkur majmua oraliq qurilmalarni ko‘tarish uchun rama va zaruriy gidravlik asbob-uskunalardan tashkil topgan. Uning qo‘llanishi oraliq qurilmalarni ko‘tarish bo‘yicha ishlarni bajarish uchun taqdim etilgan “tanaffus” ni ancha qisqartiradi. 81-rasm. SAYDU (SGUPS) ishlab chiqqan temir yo‘l ko‘priklari oraliq qurilmalarini ko‘tarish uchun texnologik majmua1 NAZORAT SAVOLLARI: 1. Transport inshootlari rekonstruksiyasining maqsad va vazifalarini keltiring. 2. Transport inshootlari rekonstruksiyasining umumiy qoidalari. 3. Kichik ko‘priklarni suv o‘tkazuvchi quvurlar bilan almashtirish qanday amalga oshiriladi? 4. Ko‘priklar rekonstruksiyasining boshqa turlarini keltiring. 1Bridge Engineering Handbook, Second Edition: Superstructure Design. Edited by Wai-Fah Chen and Lian Duan. © 2014 (454 bet).
Ilmiybaza.uz
O'xshash fayllar
Matematika
13 soat oldin
Matematika
13 soat oldin
Matematika
13 soat oldin
Matematika
13 soat oldin
Matematika
13 soat oldin
Matematika
13 soat oldin
Matematika
13 soat oldin
Matematika
13 soat oldin