TRANSPORT INSHOOTLARI REKONSTRUKSIYASINING MAQSAD VA VAZIFALARI HAMDA O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI
Yuklangan vaqt
2024-04-21
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
14
Faytl hajmi
985,3 KB
Ilmiybaza.uz
TRANSPORT INSHOOTLARI REKONSTRUKSIYASINING MAQSAD
VA VAZIFALARI HAMDA O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI
REJA:
1. Transport inshootlari rekonstruksiyasining maqsad va vazifalari.
2. Transport inshootlari rekonstruksiyasining umumiy qoidalari.
3. Kichik ko‘priklarni suv o‘tkazuvchi quvurlar bilan almashtirish.
4. Ko‘priklar rekonstruksiyasining boshqa turlari.
Tayanch so‘zlar va iboralar:
transport inshootlari rekonstruksiyasi; rekonstruksiyaning umumiy qoidalari;
kichik ko‘priklar; suv o‘tkazuvchi quvur; rekonstruksiyaning turlari; yuk
ko‘taruvchanlik; inshootlar uzoqqa chidamliligi; elementlarning fizik holati;
ekspluatatsion shartlar; poezdlar harakatidagi “tanaffus”.
Ilmiybaza.uz
1. Transportinshootlari rekonstruksiyasining maqsad va vazifalari
Temir yo‘lda ko‘priklarni rekonstruksiya qilish ishlari yog‘och ko‘priklarni
kapital metall ko‘priklarga almashtirish o‘tgan asrda boshlangan. Ko‘priklarni
rekonstruksiya qilishda–ko‘prik tuynugini, ularning statistik sxemasi, yuk ko‘tarish
qobiliyati, yo‘llar soni, kirish turi kabi boshqa tavsiflari o‘zgaradi. Ikki holatda
rekonstruksiya ishlari amalga oshiriladi: 1) ko‘prik asosiy elementlarining fizik
holati va yuk ko‘tara olish qobiliyati o‘zgarganda; 2) yo‘ldan foydalanish sharoiti
yoki ko‘prik ostidagi suv yo‘li o‘zgarganda. Ko‘prikni rekonstruksiya qilishni
rejalashtirish va loyihalashda iloji boricha poezdlar harakati grafigini buzmaslikka
intilish lozim.
Odatda, eski metall ko‘prikning yuk ko‘tarish qobiliyati, ko‘p hollarda oraliq
qurilmalarning yuk ko‘tarish qobiliyati bilan, kam hollarda esa etarli darajada
bo‘ladigan tayanchlarning ko‘tarish qobiliyati bilan aniqlanadi. Ko‘prikning yuk
ko‘tarish qobiliyatini oshirish oraliq qurilmalarni kerakli sinfga oshirish yoki
yangisiga almashtirish orqali amalga oshiriladi. Ko‘prikning rekonstruksiya qilishni
tugatishning derektiv muddatlari va lozim bo‘lgan sinfga etkazish yangi temir yo‘l
yuklarini foydalanishga topshirish muddati bilan bog‘liq ravishda aniqlanishi lozim.
Oraliq qurilmalarni alamashtirish va kuchaytirish to‘g‘risidagi qarorga bir necha
omillar ta’sir ko‘rsatadi. SHu sababli har bir vaziyatda ularni yaxshilab tahlil qilish
lozim. Oraliq qurilmalarni kuchaytirishda taklif qilinayotgan va foydalanilayotgan
oraliq qurilmalar yuk ko‘taruvchanligi sinfi orasidagi farqning kattaligi yuk
ko‘tarish qobiliyatining kuchaytirish imkonini istisno qiluvchi konstruktiv
qiyinchilikni keltirib chiqaradi. Kuchaytirilayotgan oraliq qurilma elementlarining
ish hajmi va xarakteristikasini aniqlash, shuningdek ko‘prik mustahkamligiga baho
berishda, elementlarining fizik holatiga, konstrutsiyadagi kamchilik, nosozlik
bosqichlariga, ularni bir-biriga bog‘liqligiga alohida e’tibor qaratish lozim.
Ko‘priklarni rekonstruksiya qilishda ishni tashkil qilish, ko‘prik sxemasi, o‘sha
joydagi sharoit to‘liq qarab, poezdlar harakatini ma’lum bir vaqtga cheklashga
to‘g‘ri keladi. Oraliq qurilmalarda kuchaytirish ishi olib boriladigan vaqtda harakat
Ilmiybaza.uz
tezligi cheklanadi, oraliq konstruksiyalarda kuchaytirish va qatnov qismini
ta’mirlash ishlari olib borilganda, ish hajmi va xususiyatidan kelib chiqqan holda
poezdlar harakatida «okna -tanaffus» rejalashtiriladi. Oraliq qurilmalarda barcha
kompleks almashtirish ishlarini amalga oshirishda, peregondagi poezdlar harakati
to‘xtatiladi. Masalan, konsol ko‘tarmasi asosida uzunligi 45m bo‘lgan metall oraliq
qurilmalarni almashtirishga 8 soat «tanaffus» kerak bo‘ladi, ta’mirlangan
ko‘ndalang ko‘prik osti oraliq qurilmalarni almashtirishda esa «tanaffus» ko‘proq
vaqt talab qiladi.
Ko‘priklarni rekonstruksiya qilinishiga sabab bo‘luvchi omillardan biri – bo‘
oraliq qurilmalar va tayanchlarning eskirishidir. Bu eskirish darajasini joyida tadqiq
qilish, lozim hollarda ko‘priklarda tajriba o‘tkazish stansiyalari va kompaniya
laboratoriyalarida, shuningdek maxsus komissiya tomonidan tajriba asosida
aniqlanadi. Ko‘prik elementlarining fizik eskirishi, foydalanishga yaroqsizligi
natijasida rekonstruksiya qilinganda, eski oraliq qurilmalar yangisiga almashtiriladi,
tayanch mustahkamligi oshiriladi. Shu sababli ko‘pincha ko‘prik o‘lchamlari
saqlanib qolinadi, ba’zida almashtiriladi. Ko‘prikning sxemasini qayta ko‘rib
chiqishning zaruriyatiga bir necha sabablari bo‘lishi mumkin ,masalan, daryo
rejimining
o‘zgarishi,
oraliq
qurilmalarning
eskisi
o‘rniga
namunaviy
konstruksiyalardan foydalanish imkonining yo‘qligi va h.k. Oraliq qurilmalarni
almashtirishda yangi ko‘priklarga yangi namunaviy yoki eskisini almashtirish uchun
maxsus ishlab chiqilgan, yakka tartibdagi hollarda iloji boricha namunaviy
konstruksiya elementlaridan foydalanish kerak.
Yo‘ldan foydalanish sharoitining yoki suv yo‘lining o‘zgarishi murakkab va
qimmat rekonstruksiya ishlarini olib borishni talab qiladi. Shunday qilib,
ko‘priklarni rekonstruksiya qilishda ko‘p foydalaniladigan usullardan biri – bu bir
yo‘llik ko‘prikni ikki yo‘lli ko‘prikka jihozlashdir. Temir yo‘llarni elektrifikatsiya
qilish natijasida ko‘pgina hollarda oraliq qurilmalarning ichki gabarit o‘lchovlarini
ham uzunasiga, ham eniga o‘zgartirishga to‘g‘ri kelmoqda. Ko‘pgina daryolarda
GESlar qurilishi natijasida suv omborlari yuzaga kelmoqda. Bu GES to‘g‘oni ostki
va ustki kemalar harakatini o‘zgartiradi. To‘g‘on pastki qismidagi ko‘prik ostida
Ilmiybaza.uz
kemalar harakatining o‘zgarishi, odatda, ko‘prik osti gabarit o‘lchamlarini
o‘zgarishiga olib kelmaydi. Suv ko‘tariladigan hududda joylashgan ko‘priklarda
mos ravishda tayanchlar uzaytirilishi, ba’zi hollarda kemalarni o‘tkazish
ko‘tarmalarini oshirish lozim bo‘ladi.
Yo‘lni kapital ta’mir va rekonstruksiya qilganda, ba’zi hollarda ko‘prikka
chiqish belgilari o‘zgaradi, masalan; yo‘lni shag‘alli ballastga qo‘yganda, chiziq
profili o‘zgarganda va b. Bu hollarda kichik ko‘priklarda temirbeton oraliq
qurilmalarni, ferma osti supasini ko‘tarish lozim bo‘ladi. Yo‘llarni rekonstruksiya
qilinganda katta ko‘priklarning oraliq qurilmalari odatda ko‘tarilmaydi, balki bu
ko‘prikka ko‘tarilish qismidagi ballast qatlami osti tuprog‘ini kesib olib tashlash
hisobiga amalga oshirilishi mumkin.
Avtomobil yo‘llarini qurishda ko‘pincha daryolarni kesib o‘tishga to‘g‘ri keladi.
Bu hollarda qimmatga tushadigan ko‘prikni qurishdan ko‘ra, ma’lum bir muddatga
foydalanilayotgan temir yo‘lni avtomobil o‘tishga moslab jihozlash ma’qul.
Tushunarliki, bu holda temir yo‘l ko‘prigini birgalikda foydalaniladigan yo‘lga
aylantirish, texnik-iqtisodiy maqsadga muvofiqligi sinchkovlik bilan o‘rganilishi
lozim. Bunda harakatdagi yukning o‘zgarishi, zo‘riqish tartibi tahlili, bog‘lanish
moslamalari, harakat xavfsizligi va ko‘prikningsaqlanishini ta’minlash masalalari
inobatga olinishi lozim. Katta ko‘priklarni rekonstruksiya qilganda, alohida hal
etishni talab qiladigan rekonstruksiya muddatiga, poezdlar harakati sharoitiga va
ko‘prikning asosiy elementlari holatiga rioya etish lozim.
2. Transport inshootlari rekonstruksiyasining umumiy qoidalari
Rekonstruksiya – bu ko‘prik yoki sun’iy inshootning boshqa turini kardinal
(tubdan) qayta qurish va uni o‘zgargan ekspluatatsion me’yor va talablarga
moslashtirish. Ko‘priklar va sun’iy inshootlarning rekonstruksiyasi quyidagilar
bilan bog‘liq :
ular yuk ko‘taruvchanligining etarli emasligi;
inshootlar uzoqqa chidamliligining tugaganligi;
yuk
ko‘taruvchi
elementlar
fizik
holatining
qoniqarsizligi
va
Ilmiybaza.uz
konstruksiyalarning anchagina edirilganli;
inshoot asosiy tavsiflarining o‘zgarganligi: tuynugi (otverstiyasi), statik
sxemasi, gabaritlari, yo‘llar soni, yurish xili va b. larning;
temir yo‘llarning yuk kuchlanganligining oshganligi;
poezdlar harakati tezligi va o‘q yuklarining oshganligi;
temir yo‘l yoki to‘siqni ko‘prik bilan kesib o‘tish ekspluatatsion shartlari
o‘zgarganligi.
Temir yo‘l ko‘priklari va boshqa sun’iy inshootlar rekonstruksiyasi bo‘yicha
ishlarning o‘ziga xos xususiyatiga quyidagilar kiradi :
ish frontining tangligi, mehnatlik va material vositalari harajatining o‘sib
borishi;
“tanaffus” da oraliq qurilmalarni almashtirish bo‘yicha butun ishlar majmuini
bajarish uchun peregonlarni yopish bilan cheklangan muddat;
ko‘prikning rekonstruksiyasidan so‘ng yo‘l uchastkasi ekspluatatsiya
sharoitlarining o‘zgarishi (masalan, bir yo‘lli ko‘prikni ikki yo‘lliga aylantirish);
murakkab va qimmat turuvchi ishlarni tashkil etish;
ishlarni bajarishning cheklangan muddati.
Ko‘priklar rekonstruksiyasining maqsadga muvofiqligi texnik-iqtisodiy asoslash
orqali aniqlanadi. Hisob-kitoblar qurilish-montaj ishlarining narhi, poezdlar
harakatining cheklovi va ishlarni bajarish uchun taqdim etilgan “tanaffus” keltirib
chiqargan qo‘shimcha harajatlarni o‘z ichiga oluvchi keltirilgan harajatlar bo‘yicha,
hamda kuchaytirish bo‘yicha kapital ta’mirdagi shunga o‘xshash harajatlar bilan
solishtirish orqali bajariladi .
Ko‘priklar rekonstruksiyasining eng ko‘p tarqalgan turlari soniga quyidagilar
kiradi :
tayanchlarni qisman qayta qurish va kuchaytirish bilan oraliq qurilmalarni
almashtirish;
bir yo‘lli ko‘priklarni ikki yo‘lliga qayta qurish;
oraliq qurilmaning ichki nogabaritliligini bartaraf etish;
Ilmiybaza.uz
doimiy aylanma yo‘lda yangi ko‘prikni qurish.
Temir yo‘l transporti tizimida har xil ko‘rinishdagi konstruktiv echimlar,
ko‘priklar rekonstruksiyasi bo‘yicha ishlarni tashkil etishning usul va yullari
ommalashdi.
Kichik ko‘priklar ko‘p bo‘lib, ularni rekonstruksiya qilishda kamdan-kam
hollarda uchastka ichida, ba’zida temir yo‘lning butun yo‘nalishida bir turdagi
konstruksiyadan keng ko‘lamda foydalaniladi. SHu sababli, birinchi navbatda,
ko‘prik joylashgan uchastka, liniya ishi sharoitini inobatga olish lozim.
Ko‘rilayotgan uchastkadagi har bir kichik ko‘prikning o‘ziga xosligi va konstruktiv
shakllari oz miqdorda rekonstruksiya tartibiga ta’sir ko‘rsatadi. Rekonstruksiya
qilish vaqti va xarajatining hajmi bevosita ishni tashkil qilishga bog‘liq.
YUqoridagilarni inobatga olib bir turli konstruksiyalar guruhini rekonstruksiya
qilish ishlari maxsus bo‘linmalar tomonidan uchastka yoki yo‘nalish bo‘yicha
oldindan ishlab chiqilgan reja asosida qisqa fursatda amalga oshirilishini xulosa
qilish mumkin. Bu ishlarni boshqa usulda amalga oshirganda, masalan, ko‘proq
tanaffuslar bo‘lganda, qurilish qo‘shimcha xarajatlar, poezdlar harakatida cheklovlar
oshishiga olib keladi. Kichik oraliqli ko‘priklarni rekonstruksiya qilinganda, metall
oraliq qurilmalar odatda ballastda harakatlanuvchi temirbetonga almashtiriladi. Bu
oraliq qurilmalarning almashtirish usuli rekonstruksiya qilingan ko‘prikning
foydalanish sifatini oshiradi, ballastda harakatlanishda jihozlash va foydalnish
xarajatlari kamadi [11, 17, 24].
Asosiy to‘sinli kichik oraliqli eski oraliq konstruksiyalarni tadqiq etish, biror
marta ham kuchaytirilmaganligiga qaramasdan ularning vertikal listlari, ostki
belbog‘lari, ko‘ndalang bog‘lama va uloqlari yaxshi holatda saqlanganligini
ko‘rsatadi. SHu sababli ko‘p hollarda bu oraliq qurilmalarni rekonstruksiya
qilgandan so‘ng zaruriy kuchaytirish ishlarini amalga oshirgan holda foydalanish
maqsadga mufoviq bo‘lishi mumkin. Kuchaytirish ishlarini oraliq qurilmalarning
aylanma fondini tashkil qilish asosida amalga oshirish maqsadga muvofiq. Bu oraliq
qurilmalarning yuk ko‘tara olish qobiliyati hisoblari shuni ko‘rsatmoqdaki, ko‘p
hollarda buning uchun asosiy to‘sinning belbog‘ini kuchaytirishning o‘zi etarli.
Ilmiybaza.uz
Yaxlit devorli oraliq konstruksiyalarni boshqa usulda, masalan asosiy to‘sin bilan
birgalikda ishlaydigan temirbeton plita o‘rnatish asosida amalga oshirish mumkin.
3. Kichik ko‘priklarni suv o‘tkazuvchi quvurlar bilan almashtirish
Ikkinchi
yo‘l
ostida
kengaytirishni
e’tiborga
olibkichik
ko‘priklarni
rekonstruksiya qilish variantlaridan biri suv o‘tkazuvchi quvurlarni qurish
hisoblanadi (75-rasm).
Suv o‘tkazuvchi quvurlar suv oqimining quyi tomonida quriladi. Quriladigan
quvur elementlarini montaj qilish EDK-300 krani bilan amalga oshiriladi. Ko‘p
hollarda ikkinchi yo‘l ostida kichik va o‘rtacha ko‘priklarni kengaytirishda
oraliqlarga bo‘lishning mavjud rejasi saqlanadi. Ammo kema qatnamaydigan
daryolarda qo‘shimcha tayanchlar o‘rnatish va ularga kichik uzunlikdagi yangi
oraliq qurilmalarni o‘rnatish orqali ko‘prik sxemasini o‘zgartirish mumkin, u eski
tayanchlarda yukni kamaytirish imkonini beradi (6.7-rasm) .
75-rasm. Ikkinchi yo‘l ostidagi suv o‘tkazuvchi quvurning sxemasi:1 –
ko‘prikning mavjud qirg‘oq tayanchi; 2 – quvur zvenolari; 3 – fermaosti plitasi; 4
– gidroizolyasiya bilan beton himoya qatlami; 5 – quvur poydevori; 6 – kallak
poydevori; 7 – kallak
Bunday qayta qurishda daryo o‘zanida oraliq tayanchlarni qurish bilan bog‘liq
ishlar eng ko‘p qiyinchilik tug‘diradi, ayniqsa ko‘prik osti gabaritining cheklangan
o‘lchamlarida (76-rasm). Kema qatnaydigan daryolarda, qoidaga ko‘ra, daryoning
kema qatnaydigan oralig‘ining rejasini tuzish, mavjudini saqlagan holda
o‘zgartirilmaydi.
Ilmiybaza.uz
77-rasm. Temirbeton ko‘prikni suv o‘tkazuvchi quvurga aylantirish sxemasi:
1 – shpuntli to‘siq; 2 – quvur poydevori; 3 – quvurning temirbeton zvenosi; 4 –
qirg‘oq tayanchining ustki qismni echib olish
Oraliq qurilmalarini almashtirib kichik va o‘rtacha ko‘priklarni rekonstruksiya
qilish temir yo‘lda harakatlanadigan kranlar – strelali va konsollilarni, hamda yuqori
yuk ko‘taruvchanlikka ega avtomobil kranlarini qo‘llab amalga oshiriladi.
Oraliq qurilmalarni almashtirish uchun kranni tanlash, ularning zaruriy tavsif
(yuk ko‘taruvchanligi, strelasining qulochi, strela osti gabariti) larini ta’minlash,
hamda mahalliy sharoitlarning majmuini e’tiborga olib, ko‘riladigan variantlarning
texnik-iqtisodiy taqqoslash bilan aniqlanadi. Bunda hisobga olinadi: ko‘prik
uzunligi va uning oraliqlarga rejasini tuzish sxemasi; qo‘shni yo‘llargacha masofa;
ko‘prik usti, ko‘prik osti va kirish yo‘llarida tutash tarmoqlari yoki elektr uzatish
liniyasi (EUL) mavjudligi; liniyaning yuk kuchlanganligi; yuk tashish turi; ishchi
poezd va harakatlanuvchi tarkibning yo‘l manyovri bilan oraliq qurilmalar va
tayanchlar elementlari bilan rioya qilish (ergashish) ni qo‘shib, ko‘prik va unga
kirish yo‘llaridagi temir yo‘l rejasi va profili; oraliq qurilmalarni vaqtinchalik qayta
yuklash, kranlar autrichgerlarining tayanishi uchun vaqtinchalik tayanchlarni qurish
zarurati va sermehnatligi; ko‘prikka kranlarni joylashtirganda uni elementlarining
ko‘taruvchanlik xususiyatini etarliligi .
Ko‘priklar rekonstruksiyasining amaliyotida temir yo‘lda harakatlanadigan
strelali kranlar keng ommalashgan. Strelali kranlar katta manyovrliligi bilan
xarakterlanadi, ham eski oraliq qurilmalarni demontaj qilish (qismlarga ajratib
olish), ham yangisini o‘rnatish uchun, hamda asosiy va qo‘shimcha konstruksiyalar