Kirish
Ro'yhatdan o'tish
Barchasi
Dars ishlanmalar
IELTS AND CEFR
Kurs ishlari
Referat
slaydlar
TRANSPORT INSHOOTLARI TEXNIK DIAGNOSTIKASINING MAQSAD, VAZIFA VA USULLARI
Yuklangan vaqt
2024-04-21
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
14
Faytl hajmi
35,4 KB
Yuklab olish
Ilmiybaza.uz TRANSPORT INSHOOTLARI TEXNIK DIAGNOSTIKASINING MAQSAD, VAZIFA VA USULLARI REJA: 1. Transport inshootlari konstruksiyalarini tekshirishning asosiy maqsadi va vazifalari. 2. Inshootlar diagnostikasining umumiy usullari. 3. Qurilish konstruksiyalari va inshootlarning tajriba usullari. 4. Suv o‘tkazuvchi quvurlar tekshirish. Tayanch so‘zlar va iboralar: tekshirishning asosiy maqsadi va vazifalari; inshootlar diagnostikasi; tekshirishning asosiy bosqichlari; loyihaviy hujjatlar; ishchi va ijro chizmalari; hufiya (ko‘rinmaydigan-yashiringan) ishlar dalolatnomalar; birlamchi tanishuv; to‘la va saylanma tekshiruv; qurilish konstruksiyalari va inshootlarning tajriba usullari; suv o‘tkazuvchi quvurlar; quvur kallagi; dumaloq quvurlar;, to‘g‘ri to‘rtburchak quvur; quvur tuynugi; quvur zveno va poydevorlar (poydevorli quvurlar uchun) seksiyalari; temirbeton, beton va toshli quvurlar; metall gofrirovka qilingan quvurlar. 1. Transport inshootlari konstruksiyalarini tekshirishning asosiy maqsadi va vazifalari Har qanday inshootni tekshirishning maqsadi – bu uning konstruktiv va ekspluatatsion tavsiflarini va ishlaydigan ob’ektlarni, ularning elementlari va materiallarining holatini tavsiflaydigan ko‘rsatkichlarni sifatli hamda miqdoriy baholashga mo‘ljallangan usul va vositalarni ishlab chiqish va ulardan keyinchalik texnik talablarga muvofiq foydalanish bo‘yicha tavsiyanomalar tuzishdir .
Ilmiybaza.uz Konstruksiyaning ba’zi elementlarini tayyorlash jarayoni, ularni tashish va montaj ishlari, belgilangan o‘lchovlardan tasodifiy chekinishlarga olib kelishi mumkin. Bu chekinishlar tegishli texnologik me’yorlar asosida tartibga solinadi. Tekshirishdan maqsad – muhandislik inshootlari, konstruksiyalar va materiallaridagi o‘zgarishni aniqlashdan iborat. Transport inshootlari konstruksiyalarini tekshirishning asosiy maqsadi – konstruksiyaning haqiqiy texnik holatini, uning hozirgi davrdagi hisobiy yukni qabul qila olish qobiliyatini aniqlash va transport inshootlaridan normal foydalanishni ta’minlashdan iborat. Tekshirish jarayonida konstruksiya yoriqlari, loyihadan va amalda bo‘lgan me’yor hamda texnik talablardan chekinish hollari aniqlanadi, shuningdek real yuk ostida konstruksiyaning ish faoliyati aniqlanadi. Tekshirish natijasida yana ma’lum bir konstruksiyalar, uzellar va butun inshootning fizik (jismoniy) eskirishi, avariya yoki foydalanishda vujudga kelishi mumkin bo‘lgan holatlar aniqlanadi. Tekshirish vazifasiga transport inshootlarini rekonstruksiya qilish orqali yangi eng maqbul yuk va foydalanish usulini topish ham kirishi mumkin. Agarda tekshirish avariya holatidan so‘ng amalga oshirilsa, u holda uning sabablari, transport inshootlarini yoki uning ma’lum bir qismini tiklash maqsadga muvofiqligi tahlil qilinadi. Transport inshootlarining bozor bahosi aniqlanganda konstruksiya eskirishini va boshlang‘ich qiymati kamayishini, qilinishi lozim bo‘lgan ta’mirlash xarajatlari va nosozliklarni bartaraf etish uchun ketadigan xarajatlarni aniqlash uchun butun transport inshootlari va konstruksiya bo‘yicha tekshirish amalga oshiriladi. Tekshirishda inshootning barcha qismlari ko‘zdan kechiriladi. Lozim bo‘lgan hollarda ko‘rik turli apparat va o‘lchash asboblarida amalga oshiriladi. Tekshirish, odatda, ikki bosqichda amalga oshiriladi. Birinchi bosqichda texnik hujjatlar sinchiklab o‘rganiladi, umumiy ko‘rik o‘tkaziladi. Umumiy ko‘rik natijasi asosida yanada chuqurroq o‘rganiladigan detal va elementlar aniqlanadi. Ular o‘lchash asboblari va vositalari yordamida tekshiriladi. Bundan elementlar va detallar nosoz yoki shikastlangan qismlar ichidan tanlab olinadi. Lozimligiga qarab materiallar sifati, mustahkamlik va deformatsiya tavsifi o‘rganiladi. Inshootni turli qismlarining
Ilmiybaza.uz holatini aniqlash uchun gorizontal va vertikal tasvirlov bajariladi. Tekshirish oldin ishlab chiqilgan tarx asosida amalga oshiriladi. Uning natijalari eskiz (homaki chizma) va chizmalari bilan birga maxsus jurnallarga qayd qilinadi. Umimiylik kasb etadigan nosozliklar suratga olinadi. Ko‘prik va quvurlarda olib borilgan tekshirish ma’lumotlari natijasida inshoot sifati va foydalanishga yaroqliligi, yuk ko‘tarish qobiliyati aniqlanadi, hamda ta’mirlash va boshqa qismlarini mustahkamligini oshirish bo‘yicha takliflar beriladi. Mos bo‘lgan qayta hisob ma’lumotlari asosida guvohnomalash natijasida inshootning umumiy holati aniqlanadi. Lozim bo‘lsa, statik va dinamik sinovlarni o‘tkazish masalalari hal qilinadi. Taqdim etilgan inshootlarni tadqiq qilish usuli oldinga qo‘yilgan maqsadga, muddatga, ijro etish imkoniyati va byurtmachi ihtiyoriga qarab uzaytirilishi va qisqartirilishi mumkin, tadqiq o‘tkazish tarxi dasturini tayyorlashda inobatga olinadi. Qo‘shimcharavishda o‘tkazish bosqichlari, muddati, mas’ul shaxslar va b. ko‘rsatiladi. Birinchi navbatda avariya holati vujudga kelishining oldini olish tadbirlari ko‘rilishi lozim. Mustahkamligi ishonchsiz bo‘lgan konstruksiyalar imkoniyatga qarab vaqtinchalik yuklardan holi qilinishi kerak. Ba’zi hollarda ular ostida himoya o‘rmonlari tashkil etiladi. Bu uchastkalar o‘rab olinadi, avariya holati va konstruksiya holatining yomonlashishini olib keluvchi ishlarni bajarmaslik to‘g‘risida odamlar xabardor qilinadi. Tekshirish o‘tkazish dasturini tayyorlash bilan bir vaqtda uni bajarishda foydalaniladigan moslamalar, jihozlar, asboblar va ushbu ishlarni amalga oshiruvchi personal tayyorlanadi. Tekshirish dasturida har bir ishni amalga oshiruvchi shaxs va bajarish muddati ko‘rsatilishi lozim. Tekshirish dasturi ijrochi tomonidan topshiriqqa asosan rasmiylashtirilganda, u ob’ekt boshlig‘i bilan kelishiladi. Odatda, u tekshirishni o‘tkazish, hamda amaliy yordam berish va ob’ektning texnik holati to‘g‘risida xulosa tayyorlash uchun, o‘zining maxsus vakilini ajratish mas’uliyatini oladi. 2. Inshootlar diagnostikasining umumiy usullari
Ilmiybaza.uz Ilmiy-texnik taraqqiyotning tezlashishi sharoitlarida turli texnologik jarayonlarning shiddatli mukammallashuvi ro‘y bermoqda. Bunday holat o‘zining orqasidan eskirgan dastgohlarning yangi, yuqori unumdorlikka ega bo‘lgan, yanada tezkorroq ishlaydiganlariga almashtirishga olib keladi, bu esa qurilish konstruksiyalarga uzatiluvchi yuklarning ortishiga, foydalanishdagi inshootlarning me’moriy-rejalashtiruv echimlarning o‘zgarishiga olib kelishi mumkin. Transport inshootlarining rekonstruksiyasi, ularning ishonchlilik darajasini zamonaviy talablarga keltirish ham ularning haqiqiy ahvolini baholash zaruriyatini shartlaydi. Inshootni rekonstruksiya qilish talablari, shuningdek uzoq vaqt jarayonidagi fizik emirilishi, yuk yo‘sinlarining noiloj o‘zgarishlari, turli shikastlanishlar, boshdan kechirilgan er qimirlashlar va boshqa tabiiy ofatlar, avariyalar hamda falokatlarning oqibatlari quruvchi-muhandislar oldiga transport inshootlari qurilish konstruksiyalarining ahvolini baholash, ularning bundan keyingi samarali ekspluatatsion imkoniyatlarini oshkor qilish vazifasini qo‘yadi. Qo‘yilgan vazifalarni hal qilish konstruksiyalar va inshootlarning, qaysilarning natijalari tegishli tavsiyalar tayyorlash imkonini beradigan tekshiruv va sinovlari bilan bevosita bog‘liqdir. Ularning asosida loyihachilar zaruriy konstruksion echimlarni ishlab chiqadilar. Qurilish konstruksiyalarini tekshirish uchta asosiy bosqichdan iboratdir: 1) loyihaviy hujjatlar, ishchi va ijro chizmalari, hufiya (ko‘rinmaydigan- yashiringan) ishlar dalolatnomalari bilan birlamchi tanishuv; loyihaviy va ijro hujjatlari bilan tanishuv konstruksiyaviy echimlarga baho berish, inshootning eng og‘ir sharoitlarda ishlayotgan, elementlarini oshkor qilish, amalda ta’sir etayotgan yuklarning qiymatlarini aniqlash imkonini beradi; 2) ob’ektni ko‘zdan kechirish uning loyihaga mosligini aniqlashtirish, ko‘zga tashlanuvchi nuqsonlarni (temirbeton elementlarda yoriqlar, oqmalar, himoya qatlamlarining o‘pirilgan joylari, metall elementlarning korroziyasi, elementlarning salqiliklari mavjudligini, shuningdek choklarning, payvandli, boltli hamda parchin mixli birikmalarning ahvolini va h.k.) oshkor qilish, inshootni tekshirish tarxini tuzish, sindirmaydigan usullarda tadqiq qilish majmuini o‘tkazish;
Ilmiybaza.uz 3) inshoot ahvolini tahlili va oshkor qilingan nuqsonlarni bartaraf etish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish. Inshootning ko‘z qirida baholash tekshirilayotgan konstruksiya ahvoli to‘g‘risida dastlabki boshlang‘ich axborotni beradi, konstruksiyalarning emirilish darajasi to‘g‘risida mushohada qilish, keyingi sinovlarni, ayrim elementlar hamda konstruksiyani butkul buzilishga olib kelmaydigan usullarni qo‘llab muayyanlashtirish imkonini beradi. Bunday sinovlar konstruksiyalarni statik yuklashda ham, yuklarning dinamik ta’sir etishida ham o‘tkazilishi mumkin. Ushbu sinovlarning majmui inshootning geometrik ko‘rsatkichlarini (oraliq, qalinlik, balandliklar va h.k.) qiymatlarini, materiallarning mustahkamlik va strukturasiga oid tavsiflarini, betonning himoya qatlami qalinligini, armaturaning joylashgan o‘rnini, elementlarning salqiliklarini va deformatsiyalarini, konstruksiyalarning tebranish amplitudalari va davrlarini, ayrim nuqtalarining tezlanishlarini va h.k. aniqlashni o‘z ichiga kiritadi. Nomaqbul sharoitlarda qolgan yoki shikastlanishga ega bo‘lgan va konstruksiyalar ishonchililigi, hamda insonlar havfsizligida shubha tug‘diradigan, eng mas’uliyatli konstruksiyalarda tekshiruv to‘la va saylanma bo‘lishi mumkin. Tekshirish butun yoki muhim, odamlarga xavf soladigan, mustahkamligi shubha ostiga olinadigan yoki noqulay sharoitdagi shikastlangan konstruksiyalarda amalga oshirilishi lozim. Transport inshooti qurilish konstruksiyalarini tekshirish konstruksiya elementlarini loyihaga to‘g‘ri kelishi, haqiqatdagi ish tizimi, montaj qilish va tayyorlashdagi sifatni tekshirish usullarini o‘z ichiga oladi. Shu sababli, temirbeton ko‘prik konstruksiyalarini tayyorlaydigan zavodlar tegishli texnik talablarga javob berishi lozim. Uzunligi, qalinligi, eni, notekisligi, diagonallar uzunligining har xilligi, quyma detallarning siljishi va himoya qatlami qalinligi bo‘yicha loyihadagi o‘lchamlardan ruxsat etilgan miqdordan chetga chiqish o‘rnatiladi. Beton tayyorlashda foydalaniladigan materiallar standartlarda qo‘yilgan talablarni qoniqtirishi, sovuqqa moslangan markali va mustahkam sinfli betondan foydalanishni ta’minlashi lozim. Ish armaturasi beton himoya qatlamining qalinligi chizmadagi ko‘rsatkichga to‘g‘ri kelishi kerak. Beton yuzasi tekis, har xil dog‘,
Ilmiybaza.uz chuqurcha va ochiq holdagi havo tirqishlaridan, po‘lat qurilish moslamalari va armaturalar yoriqlaridan holi bo‘lishi lozim. Yig‘iladigan va foydalaniladigan konstruksiyalarni real sharoitda ishlash holatini o‘rganish, xuddi ularni tayyorlashdagi sun’iy inshoot nazorati usulida amalga oshiriladi. Lekin, ko‘pincha foydalanilayotgan konstruksiya loyiha va ish hujjatlarida mavjud bo‘lmagan holatlar uchrab turadi. Bu holda kerakli hujjatlarni tiklash maqsadida ularning real ish jarayonidagi tizimi hisobga olinadi. Bunga loyihadan chiqib ketgan tizim ish qobiliyatini aniqlash misol bo‘ladi. Foydalanish yoki montaj qilish jarayonida shikastlangan, inson xayotiga zomin bo‘lgan baxtsiz voqealar sababi taxlilini tadqiq qilish usullariga katta talab qo‘yiladi. Qurilish konstruksiyalari va inshootlarida o‘tkazilgan tekshirishlar umumiylik kasb etadigan nosozliklarni aniqlashga, konstruktiv sxemasini, tayyorlash va montaj qilish texnologiyasini yaxshilashga, u yoki bu konstruksiyalar hisobini aniqlashtirishga imkon beradi. 3. Qurilish konstruksiyalari va inshootlarning tajriba usullari Tajriba o‘tkazish tekshirishning bir bo‘limi bo‘lib, uslubi, jihoz bilan ta’minlanishi, qayta ishlash usuliga ko‘ra tajriba mexanikasining mustaqil bir yo‘nalishidir. Bu yo‘nalishning maqsadi sinash asosida konstruksiya materiallari tarkibi, inshootning amaldagi ishi faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni olishdan iborat. Hech qanday, hatto aniq hisoblar ham tizimlarning amaldagi holati haqida ob’ektiv ma’lumot bera olmaydi. Qurilish mexanikasida egiluvchanlik va plastiklik nazariyasi, materiallar qarshiligi hisobi zamonaviy ilg‘or usullarda hisoblanadi; biroq, bu usullar tajriba asosida olingan ob’ektiv ma’lumot asosida qo‘lanishi lozim. Ammo ulardan biron birini tajribadan o‘tkazmasdan foydalanib bo‘lmaydi. Hayratlanarlisi shuki, zamonaviy EHM asosida olingan hisobiy sxemalar, ularni hisoblashda 10-8 va undan kam bo‘lgan xatolikka yo‘l qo‘yilgan natijalarni kuzatsak, amalda hisobga olinadigan yuk, mustahkamlik tavsifi va inshoot parametrlaridan chetga chiqish 10 – 20% atrofida bo‘lishini ko‘rish mumkin. Bu inshootning zamonaviy hisoblash usuli nazariyasi mavqeini kamaytirmaydi, balki bu hisoblash
Ilmiybaza.uz usuli ma’lumotlarni tajriba asosida olinadigan aniq ma’lumotlarga bog‘likliligini umumlashtirish lozimligini alohida ko‘rsatib o‘tadi. Tajriba olib borish usullari va jihozlariga konstruksiya, inshootga ta’sir etadigan tashqi kuchlar sezilarli yuk bo‘ladi. Bunda vaqtinchalik yuk ostida sekin asta o‘zgaradigan statik yuklar va qisqa vaqt ichida o‘zgaradigan dinamik yuklar turlicha bo‘ladi [12, 24, 27, 36, 48]. Qurilish konstruksiyalari va inshootlarni tajriba usullari hamda jihozlari yordamida hal qilinadigan uchta asosiy vazifani shakllantirish mumkin. Birinchi vazifaga konstruksiya materiallarining issiqlik, tarkibiy, mustahkamlik va deformativ tavsiflarini, shuningdek konstruksiyaning tashqi kuchlarga ko‘rsatadigan qarshiligi tavsifini aniqlash kiradi. Ikkinchi vazifa hisoblash asosida olinadigan konstruksiyadagi siljishlarni, hisobiy sxemalarni mos ravishda amaldagi yoki uning modelidagi yuz beradigan konstruksiyadagi siljishlarni, hisobiy sxemalarini solishtirishdan iborat. Uchinchi vazifa – oxirgi yillarda rivojlanish jarayoniga kirgan hisobiy modellarni identifikatsiya qilishdan, hamda tajriba tekshirishlari natijasiga asoslangan hisobiy sxemalarni sintez qilishdan iborat. Nazariy jihatdan bu vazifani hal etish kibernetika muammolari, jumladan «qora javon» muammosi bilan chambarchas bog‘liqdir. Biroq, klassik amaliy vazifalarni ko‘rib chiqishdan farqli o‘laroq, bunda arxitektura-rejalashtirish qarorlari asosida aniqlanadigan tarhdagi konstruksiyaning geometrik ma’lumotlari, asosiy konstruksiya turi va tavsifi to‘g‘risida, inshootlarda foydalaniladigan konstruksiya elementlarini tanlash kabi tizim ko‘rsatkichlarini ko‘zatish mumkin. Berilgan hisobiy modelda tajriba tahlili asosida olingan tashqi yuk va tizim reaksiyasi (burilish, deformatsiya, tezlik, tezlashish) ko‘rsatkichlari aniqlanadi va uning foydalanishga yaroqliligi, mustahkamligi, pishiqliligi, bardoshliligi va yorilishga qarshililigiga baho beriladi. Qurilish konstruksiyalari va inshootlariga qo‘yiladigan me’yoriy talablar. Har qanday inshootlarga quyidagi talablar qo‘yiladi: - barcha inshootlar, shuningdek ularning ayrim elementlari mustahkam va ustivor bo‘lishi lozim, ya’ni statik, dinamik yoki vibratsion hususiyatga ega yuklar ta’sir etganida inshootlarning yuk ko‘tarish qobioliyati ta’minlanishi kerak;
Ilmiybaza.uz - elementlarning ko‘chishlari, talablar tomonidan shartlashilgan, foydalanishdagi qulaylik va imkoniyatlar chegaralardan tashqariga chiqmasligi kerak; - tashqi ko‘rinishini yomonlashtiruvchi, me’yoriy ekspluatatsion imkoniyatlarini buzuvchi yoki inshootning umrboqiyligini kamaytiruvchi yoriqlar va shikastlanishlar paydo bo‘lmasligi kerak. SHu vaqtning o‘zida qo‘llanilayotgan materiallar sinflari va markalari borasida ham, ayrim elementlar kesimlari borasida ham, shuningdek butkul inshoot konstruktiv tizimida ham ortiqcha zahiralarga yo‘l qo‘yilmasligi lozim. Qo‘llaniladigan hisobiy sxemalar konstruksiyalarning ideallashtirilgan o‘xshatmalari holos, va qandaydir darajada ularning haqiqiy ishiga mos kelmaydi, barcha hisoblar esa shartlilik elementlariga ega bo‘lib, bunday natijalarni to‘g‘ri baholay olmoq lozim. Amaliyot shuni ko‘rsatadiki, foydalanishdagi inshootlarning ahvolini va ishini baholashda quyidagilarni e’tiborga olish zarur: statik hisobiy sxemalarning shartliligini va ular bo‘yicha hisoblab topilgan zo‘riqishlarning inshootlar konstruksiyalarida ularning haqiqiy taqsimlanishidan ehtimoliy og‘ishini; materiallarning qo‘llanilayotgan hisobiy tavsiflarining shartliligini; yuklarning hisobiy qiymatlaridan ehtimoliy og‘ishlarini; tashqi muhitning amaldagi ta’sirini. Ko‘pincha yuqorida qayd qilib o‘tilgan barcha omillar majmui ta’sirini nazariy yo‘l bilan baholashning iloji bo‘lmaydi. Bunday holatdan chiqishning bittagina yo‘li materiallar va konstruksiyalarni eksperimental tadqiqidir. Hisobiy sxemalar va qurilish materiallari tavsiflarining shartliligi. Inshoot hisobiy sxemasini uning konstruktiv sxemasidan kelib chiqib, bunda hisobiy zo‘riqishlarning mavjud konstruksiyada vujudga kelishi mumkin bo‘lgan zo‘riqishlar bilan iloji boricha to‘laroq mos kelishini ta’minlashga intilib tayinlanadi. Haqiqiy yuklar va ta’sirlarni aniqlash. Inshootni rekonstruksiyasiga kirishgan sari, ayrim konstruksiyadan yoki butkul inshootdan yangi sharoitlarda
Ilmiybaza.uz kuchaytirishlarsiz havfsiz foydalanishni ta’minlash uchun barcha imkoniyatlarni ishlatib, amalda ta’sir etuvchi hamda istiqbolli yuklar va ta’sirlarni izchil tarzda tahlil qilib chiqish zarurdir. Huddi yangi ob’ektlarni loyihalashdagidek, rekonstruksiyani loyihalashda ham ta’sir etishining davomiyligiga qarab yuklarni doimiy va vaqtinchalariga ajratiladi. O‘z navbatida, yuklar so‘nggilari ham uzoq muddatli, qisqa muddatli hamda mahsuslariga ajratiladi. Doimiylariga yuk ko‘taruvchi hamda muhofazalovchi konstruksiyalarning og‘irliklari, grunt bosimi va og‘irligi, kuchaytirishda oldindan zo‘riqtirish ta’siri va h.k. lar kiritiladi. Uzoq muddatli vaqtinchalari – statsionar texnologik dastgohlarning og‘irligi, saqlash uchun idishlar ichidagi suyuqliklar, gazlar, to‘kma materiallarning bosimi, uzoq muddatli harorat ta’siri, kran hamda qor yuklarining ma’lum qismlari va h.k. lardir. Qisqa muddatli vaqtincha yuklarga dastgohlarni ta’mirlash hamda ularga hizmat qilish zonalaridagi odamlar, detallar, materiallar va jihozlarning og‘irligi, transport, qor va shamol yuklarining ma’lum qismlari, shuningdek harorat-iqlimiy ta’sirlar kiradi. Mahsus yuklarga avariya vaziyatlarida paydo bo‘ladigan, hamda seysmik, portlash ta’sirlari, grunt strukturasining negizidan o‘zgarishi jarayonidagi zaminlarning notekis cho‘kishlari va h.k. yuklar kiritiladi. Rekonstruksiyada me’yoriy yuklar o‘rtacha qiymatlaridan ortishining oldindan berilgan ehtimolligiga ko‘ra yoki texnologik dastgohlardan me’yoriy foydalanish tomonidan ko‘zda tutilgan eng katta qiymatariga ko‘ra tayinlanadi. Me’yoriy yuklar bo‘yicha konstruksiyalarning ikkinchi guruh chegaraviy holatlar bo‘yicha hamda inshootlar zaminlarining hisob-kitoblari bajariladi. Haqiqiy yuklar va ularning uyg‘unliklarini topish tajribaviy yo‘l bilan yoki me’yorlarga amal qilgan holda topish mumkin. YUklarning qiymatlari «YUklar va ta’sirlar» 2.01.07-97 QMQ ga binoan, shuningdek muayyan ishlab chiqarishning hususiyatlarini e’tiborga oluvchi texnologik topshiriqlarni e’tiborga olib qabul qilinadi. Konstruksiyalarning mustahkamlik va ustivorlikka hisob-kitoblarida me’yoriy qiymatlarni odatda birdan katta bo‘lgan yuklar bo‘yicha γf koeffitsientga ko‘paytirib olinadi. 1- va 2- toifali yoriqbardoshlilikka ega bo‘lgan temirbeton konstruksiyalarda yoriqlar paydo
Ilmiybaza.uz bo‘lishi hisoblari ham γf koeffitsientini e’tiborga olib bajariladi. Konstruksiyalar real, shu jumladan eng nomaqbul yuk uyg‘unliklarini e’tiborga olib hisoblanishi kerak. O‘z ichiga doimiy, uzoq muddatli va qisqa muddatli yuklarni kiritadigan asosiy uyg‘unliklarni, shuningdek, o‘z ichiga doimiy, uzoq muddatli, ehtimoliy qisqa muddatli va mahsus yuklardan birini kiritadigan mahsus uyg‘unliklarni farqlashadi. Birinchi guruh asosiy uyg‘unliklarga hisoblarda doimiy, uzoq muddatli va bitta (odatda eng nomaqbulini) vaqtincha yuklarni, ikkinchi guruh asosiy uyg‘unliklarga hisoblarda doimiy, uzoq muddatli va 2-3 qisqa muddatli yuklar e’tiborga olinadi, chunonchi so‘nggilari, 0,9 ga teng bo‘lgan uyg‘unlik koefitsientiga ko‘paytiriladi. Asosiy geometrik o‘lchamlarni tekshirish. Dalolatnomalashda konstruktiv sxemaning eng bosh o‘lchamlari: oraliqlar uzunligi, inshoot elementlarining balandligi, berilgan kattaliklariga rioya qilib elementlar va konstruksiyalarning hizmat qilish jarayonidagi kuchlanish-deformatsiya holatiga bog‘liq bo‘lgan boshqa geometrik ko‘rsatkichlari tekshirilishi kerak. Ayrim hollarda (agarda bu foydalanish nuqtai nazaridan muhim bo‘lsa yoki ko‘zdan kechiruv jarayonida oshkor qilingan og‘ishlar majudligida) yuk ko‘taruvchi elementlarning hamda to‘siqlar va h.k. larning gorizontalligi, berilgan nishabliklarga rioya qilinishi hamda vertikalliligi tekshiriladi. Nisbatan unchalik yirik bo‘lmagan inshootlar uchun ushbu nazoratga doir o‘lchashlar unchalik murakkab bo‘lmay, po‘lat ruletkalar, shovunlar, nivelirlar va h.k. lar yordamida bajariladi. Yirik inshootlar hamda murakkab konfiguratsiyali ob’ektlarni dalolatnomalashda esa s’emka jarayonini tezlashtirish va uning aniqligini ta’minlash uchun mahsus asbob-anjomlar qo‘llaniladi. Masalan, vertikal yo‘nalish bo‘ylab tekshirishlar, nuqtalarni balandlik bo‘ylab 100m va undan ortiq masofaga ± 2mm dan ortmaydigan aniqlik bilan ko‘chirish imkonini beradigan vertikal vizirlash asbob-anjomlari bilan amalga oshiriladi. Tor va yaqinlashish qiyin bo‘lgan joylar uchun, o‘lchashlarning yuqori darajadagi aniqligini ta’minlaydigan gidrostatik nivelirlarni qo‘llash maqsadga muvofiqdir. Katta oraliqlarni (100m va undan ortiq), masalan, bunyod qilib bo‘lingan ko‘prik tayanchlarining tayanish markazlari aro masofalarni tekshirish zarurati bo‘lganida,
Ilmiybaza.uz s’emka jarayonini tezlashtiradigan hamda o‘lchanayotgan uzunlikning taxminan 1/25000 aniqlikni ta’minlaydigan zamonaviy yoriqlik masofa o‘lchagichlar (svetodalnomerы) qo‘llaniladi. Dalolatlanayotgan ob’ekt tashqi tarhini va o‘lchamlarini tez va ishonchli qayd qilish uchun stereofotogrammetrik s’emkani qo‘llash maqsadga muvofiqdir. O‘lchashlarni, oldindan bajariluvchi izchil rostlash va bir qator tuzatishlarni talab qiladigan, uqtirib o‘tilgan ihtisoslashgan asbob-anjomlarni qo‘llab o‘tkazish, ihtisosligi bo‘yicha tegishli malakaga ega geodezik guruhlar tomonidan amalga oshiriladi. O‘lchashlarni tezlashtirish va engillashtirish uchun, so‘nggi vaqtlarda bir qator moslamalar, masalan berilgan o‘lchamlardan og‘ishlarni avtomatik tarzda qayd qiluvchi shablonlar taklif qilingan, shu o‘rinda nazoratni o‘tkazishda xatolarning ehtimolligi sezilarli darajada kamayadi. O‘lchashlar uchun faqat bir tomonlama yaqinlashish imkoniga ega bo‘lgan, konstruksiyalarning qalinligini aniqlash masalasi murakkabroqdir. Eng qo‘pol (va, nisbatan yaqin-yaqingacha, yagona bo‘lgan) qalinliklarni o‘lchash usuli tekshirilayotgan konstruksiyalarning tegishli joylarini burg‘ilash (parmalash) yoki, yanada yomonrog‘i, teshiklar o‘yish edi. Ushbu usul ko‘p mehnat talab bo‘lib, ko‘pchilik hollarda, hatto teshiklarni keyinchalik suvab berkitib tashlanganida ham juda noqulaydir, chunki bunda materialning yaxlitligi buziladi hamda shikastlanishlarga olib kelishi mumkin. Zichliligi (germetikligi)ni ta’minlanishini talab qiluvchi (masalan, foydalanishdagi sardoba (rezervuar)larni) konstruksiyalarni dalolatnomalashda esa qandaydir teshiklarni hatto eng batartib burg‘ilab ochilishiga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Bunday qiyinchiliklarning barchasi zamonaviy buzmay nazorat qilish usullaridan foydalanilganida o‘z-o‘zidan bartaraf etiladi. Ushbu usullarni qo‘llash tegishli apparatura hamda u bilan ishlash uchun tayyorgalikka ega xodimlarning mavjudligini talab qiladi. 4. Suv o‘tkazuvchi quvurlar tekshirish 1. Quvurlarni tekshirish jarayonida quyidagi ishlar amalga oshiriladi : quvur va kallaklarning ichki va tashqi (grunt bilan yopilmagan) yuzalarini
Ilmiybaza.uz ko‘zdan kechirish; dumaloq quvurlarning vertikal va gorizontal diametrlarini, to‘g‘ri to‘rtburchak quvur tuynugining balandligi va enini (yoki tuynugi murakkab konturga ega bo‘lgan quvurlarning boshqa xarakterli ko‘rsatkichlarini) o‘lchash; zvenolar va poydevorlar (poydevorli quvurlar uchun) seksiyalari orasidagi choklarda tirqish qiymatini, zvenolarning o‘zaro vertikal deformatsiyalarini o‘lchash; grunt tomonidan novlarning surilishini aniqlash; nov profili va plandagi quvur o‘qi holatini tekshirish. Bo‘ndan tashqari zaruratda quyidagilar amlga oshiriladi: quvurlar o‘qlarining yo‘l o‘qi bilan kesishish burchaklarini o‘lchash; yo‘l polotnosi ko‘ndalang kesimlarini s’emka qilish; kiruvchi va chiquvchi o‘zanlar konuslarining mahkamlangan qiyaliklarini, hamda quvurlarga qo‘shiladigan suv oqimlarini ko‘zdan kechirish; grunt shishi yoki muz to‘planish belgilarini aniqlash. Doimo muzlaydigan gruntlarda qurilgan quvurlarni tekshirishda, quvurlarning cho‘kishlari mavjudligi aniqlanadi, ularni doimiy muz degradatsiyasi keltirib chiqarishi mumkin. 2. Temirbeton, beton va toshli quvurlarni ko‘zdan kechirishda yoriqlar, beton singan bo‘laklari, beton himoya qatlami qalinligining etarli bo‘lmagan joylari, zvenolar tutashish choklaridagi yuvilish izlari, beton yuzalaridagi namli dog‘lar va boshqa nuqsonlar mavjudligi aniqlanadi. 3. Metall gofrirovka qilingan quvurlarni ko‘zdan kechirishda quyidagilar o‘rnatiladi: material va qo‘shimcha qoplama holati; ruxli qoplamaning sifati va holati; nov materiali va holati; ko‘ndalang kesim shaklining o‘zgarishi; tutashishlar bajarilishining to‘g‘riligi (boltlar o‘rnatilishining to‘laligi,
Ilmiybaza.uz boltlarning tortish sifati va shaybalar holati); metallning mahalliy shikastlanishlari iavjudligi (boltli tuynuklar oldidagi yoriqlar, egilganlik va b.). 4. Temirbeton, beton va toshli quvurlar tuynuklarining vertikal va gorizontal o‘lchamlarini o‘lchash tanlab (oralatib) (birinchi navbatda – gorizontal yoriqlar yoki choklarning ochilishi mavjud joylarda) amalga oshiriladi. Metall gofrirovka qilingan quvurlarda ularning diametri yo‘l o‘qlari ostida joylashgan va quvurlar uchlaridagi nuqtalarda o‘lchash amalga oshiriladi. 5. Choklardagi tirqish qiymatlarini o‘lchash shunday hollarda bajariladiki, qachonki quvurning cho‘zilish belgilari (to‘kilma grunti yoki izolyasion orayopma uzilishida kattalashgan choklar orqali sochilishi, quvur kallaklarining cho‘kishi, kallaklarning uzilishi va sh.o‘.) oshkor qilinganda. Zvenolarning aniq ko‘ringan cho‘kish yoki cho‘zilish hollarida o‘lchashlar zvenolar tepa sathida va nov bo‘ylab bajariladi. Kallak nishablangan (qiyalangan) yoki uzilgan holda zvenolarga tutatish joylarida choklarning ochilish qiymati va qiyalik burchaklari qayd qilinadi. Metall gofrirovka qilingan quvurlarning cho‘zilishi qayd qilingan nuqtalar orasida quvur uzunligini o‘lchash orqali aniqlanadi. 6. Grunt tomonidan quvurlar novlarining surilishini aniqlash novlar chuqurlik (bo‘shliq) laridagi cho‘kindilar qalinligiga e’tibor qaratib, toshqinlar orasidagi davrda aniqlanadi. Cho‘kindilarning yaxlit qatlami mavjudligida e’tibor bilan o‘zan holati va quvurning yuqorisi va pastida uning mustahkamlanishi tekshiriladi, hamda quvur novi otmetkasining to‘g‘riligi kirishda, uzunligining o‘rtasida va quvurdan chiqishda tekshiriladi. 7. Quvurlar nivelirlanadi, qoidaga ko‘ra, nov bo‘ylab2. Dumaloq quvur (kaliti) yoki to‘g‘ri to‘rtburchak quvurlar to‘sinining o‘rtasi bo‘ylab nivelirlash ma’lumotlari nov bo‘ylab zvenolarni bevosita nivelirlash (cho‘kindilar katta qatlami, chuqur suv oqimi mavjudligi oqibatida) qiyin bo‘lgan hollarda faqat novlar profilini bilvosita baholash uchun foydalanishi mumkin. 2Bridge Engineering Handbook, Second Edition: Construction and Maintenance. Edited by Wai-Fah Chen and Lian Duan. © 2014 (225 bet).
Ilmiybaza.uz 8. Planda quvurlar zvenolarining holati birinchi va oxirgi zvenolar markazi bo‘yicha quvur o‘qi bo‘ylab tortilgan o‘lchov simiga nisbatan sath bilan (dumaloq quvurlarda – gorizontal diametr sathida, to‘g‘ri to‘rtburchak quvurlarda – zvenolar balandligi o‘rtasida) reyka bo‘yicha o‘lchashlar bilan qayd qilinadi. NAZORAT SAVOLLARI: 1. Transport inshootlari konstruksiyalarini tekshirishning asosiy maqsadi va vazifalarini keltiring. 2. Inshootlar diagnostikasining umumiy usullarini keltiring. 3. Qurilish konstruksiyalari va inshootlarning tajriba usullari to‘g‘risida ma’lumot bering. 4. Suv o‘tkazuvchi quvurlar tekshirish qanday amalga oshiriladi?
O'xshash fayllar
Matematika
13 soat oldin
Matematika
13 soat oldin
Matematika
13 soat oldin
Matematika
13 soat oldin
Matematika
13 soat oldin
Matematika
13 soat oldin
Matematika
13 soat oldin
Matematika
13 soat oldin