Traxeya va uning tuzilishi. Traxeyalik nafas olish sistemasi. Ko’p-oyoqlilar sinfi. Tananing bo’limlarga bo’linishi. Hazm qilish, ayirish va nafas olish sistemalari. Ko’payishi va rivojlanishi
Traxeya va uning tuzilishi. Traxeyalik nafas olish sistemasi. Ko’p-
oyoqlilar sinfi. Tananing bo’limlarga bo’linishi. Hazm qilish, ayirish va nafas
olish sistemalari. Ko’payishi va rivojlanishi. Hasharotlar sinfi yoki
oltioyoqlilar (Hexapoda): umumiy tavsifi; tashqi tuzilishi; qanotlari va
uchishi; oziqlanishi; ichki transport; nafas olishi; ayirish tizimi; nerv tizimi va
sezgi a’zolari; ko’payishi va rivojlanishi.
R E J A:
1. Traxeyalilar (Tracheata) kenja tipiga tavsif.
2. Traxeya va uning tuzilishi. Traxeyalilarni ichki tuzilishi.
3. Hasharotlar sinfi yoki oltioyoqlilar (Hexapoda): umumiy tavsifi; tashqi
tuzilishi.
4. Hasharotlar sinfini ko’payishi va rivojlanishi.
Traxeyalilar quraqlikda yashashga moslashgan. Traxeyalar yordamida nafas
oladigan bo’g’imoyoqlilardir. Ko’pchilik traxeyalilaming bosh bo’limi akronning
4 ta tana bo’g’imi bilan qo’shilishidan hosil bo’lgan. Bosh o’simtalari bir juft
mo’ylovlar va 3 juft og’iz organlaridan iborat. Mo’ylovlar qisqichbaqalaming
antennullalariga mos keladi. Qisqichbaqalarning antennalariga mos keladigan
o’simtalar traxeyalilarda bo’lmaydi, bo’g’imning o’zi qisman redukdiyaga
uchraydi. Og’iz organlari bir juft yuqori jag’lar - mandibulalar va ikki juft pastki
jag’lar - maksillalardan iborat. Tana bo’limlari va bo’g’imlari soni keng miqyosda
o’zgarib turadi. Quraqlikda yashovchi hayvonlar sifatida traxeyalilaming tana
qoplag’ichi suv o’tkazmaydigan bo’ladi. Ayrim tuban tuzilgan traxeyalilar
(masalan, ikki juft oyoqlilar) ning tana qoplag’ichi ichki elastik xitinli
endokutikuladan hamda tashqi ancha tig’iz ekzokutikuladan iborat. Ko’pchilik
traxeyalilar kutikulasi sirtdan juda yupqa (0,4 mm qalinlikda) suv yuqtir-
maydigan mumsimon va yog’simon parda - epikutikula bilan qoplangan.
Traxeyalilaming ayirish organi - malpigi naychalarining tuzilishi ham suvni
tejab sarflash uchun xizmat qiladi. Chunki malpigi naychalari tashqi muhitga
emas, balki ichakning orqa qismiga ochiladi. Siydigi bilan ajralgan ortiqcha
suyuqlik ichak devori orqali yana qaytadan so’rib olinadi. Traxeyalilar
organizmida sodir bo’ladigan biokimyoviy reaksiyalar ham suvni te- jashga
qaratilgan. Shu sababdan ular organizmida oqsiUar parchalanishi natijasida
mochevina emas, balki siydik kislotasi hosil bo’ladi. Bu modda osonlikcha kristall
holatga o’tadi; uni organizmdan yuvib chiqarish uchun ko’p suv zarar bo’lmaydi.
Bundan tashqari traxeyalilaming tana bo’shlig’idagi yog’ moddasi
parchalanganida organizm uchun zarar suv hosil bo’ladi.
Shunday qilib, traxeyalilar hamma organlarining tuzilishi suvni tejab sarflashga
moslashgan. Ana shu tufayli ko’pchilik traxeyalilar tuproqdan quraqlikka
chiqishgan. Ko’pgina turiari havo muhitini ham egallashgan. Quruqlikka chiqish
tufayli traxeyalilarda ichki urug’lanish paydo bo’lgan. Deyarli hamma traxeyalilar
ayrim jinsli bo’ladi.
Traxeyalilar orasida ko’poyoqlilar halqali chuvalchanglarga o’xshash tuzilish
belgilariga ega. Lekin og’iz organlarining tuzilishiga ko’ra traxeyalilar
qisqichbaqasimonlarga o’xshab ketadi. Shu sababdan traxeyalilar
qisqichbaqasimonlar va trilobitasimonlar bUan birga halqali chuvalchanglaming
uch xil gurahidan kelib chiqqan bo’lishi ehtimoldan holi emas.
Traxeyalilar kenja tipi ko’poyoqlilar va hasharotlar sinflariga bo’linadi.
KO’POYOQLILAR (MYRIAPODA) SINFI
Tashqi tuzilishi. Ko’poyoqlilaming chuvalchangsimon tanasi yaxlit bosh va
bo’g’imlarga bo’lingan gavdadan iborat. Gavdasidagi bo’g’imlar soni
pauropodlarda 14 ta, simfillarda 18 ta bo’lsa, laboyoqlilarda 181 taga yetadi. Bosh
bo’limi gavdadan ajralib chiqqan akrondan va u bilan qo’shilib ketgan 3
(pauropodalar, ikki juft oyoqlilar) yoki 4 (simfillar) tana bo’g’imlaridan hosil
bo’lgan. Pauropodlar va ikki juft oyoqlilaming oxirgi bosh bo’g’imi erkin
bo’lganidan “bo’yin” deb ataladi. Boshning bunday tuzilishi tuban ko’poyoqlilar
uchun xos bo’lgan belgidir. Boshida bir juft mo’yiovlari, yuqori jag’lar -
mandibulalar va bir yoki ikki juft pastki jag’lar - maksillalar bor. Mo’yiovlari
tuyg’u va hid bilish organi vazifasini bajaradi. Og’iz organlarining tuzilishi har xil
sistematik guruhlarda turlicha. Simfillar va laboyoqlilaming og’iz teshigini old
tomondan xitin teri burmasidan hosil bo’lgan yuqori lab to’sib turadi. Bir juft
mandibulalar kalta bo’lib, ularning ichki qirralari tishchali plastinkalardan tashkil
topgan. Ko’pchilik ko’poyoqlilaming ikki juft pastki jag’lari asosiy bo’g’imdan va
uning ustida joylashgan jag’ paypaslagichlar hamda chaynash plastinkalari- dan
iborat. Pauropodlar va ikki juftoyoqlilaming yuqori labi va jag’laridan orqaroqda
bitta toq murakkab tuzilgan plastinkasi joylashgan. Bu plastinka laboyoqlilaming
birinchi pastki jag’lariga mos keladi.
Tuban tuzilgan ko ‘poyoqlilar gavdasining boshdan keyingi qismi gomonom
bo’g’imlardan tashkil topgan. Laboyoqlilaming tanasida bunday bo’g’imlar
navbatlashib joylashadi. Ikkijuftoyoqlilar tanasida dastlabki to’rtta bo’g’imdan
tashqari hamma bo’g’imlar juft-juft bo’lib qo’shilib ketadi.
Shunday qilib, bog’imlarinvng bir xilda tuzilganligi sababh ko’poyoqlilar
gavdasining ayrim bo’limlarini ajratib ko rsatib bo’lmaydi. Faqat kivsy aklaming
bir juft oyoqlari bo’lgan birinchi tana bo’g’imi va undan keyingi oyoqsiz “bo’yin”
bo’g’imi bilan birga ko’krak deyish mumkin. Ko’poyoqlilaming yurish oyoqlari
ham bir xilda tuzilgan bir qator bo’g’imlardan iborat. Yurish oyoqlarining uchki
qismi tirnoqqa aylangan. Faqat laboyoqlilaming birinchi juft jag’oyoqlari
boshqacha tuzilgan. Xususan, ular ancha yirik, asosiy bo’g’imi juda
yo’g’onlashgan, oxirgi bo’g’imi ilmoqqa o’xshash bo’ladi. Bu oyoqlaming asosida
zahar bezi joylashgan.
Hasharotlar sinfiga umurtqasiz hayvonlarga mansub bo’lgan jonivorlarning
eng ko’p qismi kiradi. Turli adabiyotlarga bu sinfga 850 ming, 1million, 1,5
million tur mansub deb ko’rsatiladi.
Hasharotlar tabiatda juda keng tarqalgan jonvorlar bo’lib biz ularni suvda,
tuproqda, turli o’tchil o’simliklar, buta va daraxtlarda uchrashini bilamiz. Biroq bu
hayvonlarning ayrim vakillari qor, muzlarda ham yashaydi. Hasharotlar ichida turli
hayvonlarda, odamda tekinxo’rlik bilan hayot kechiradigan vakillari ham
anchagina topiladi.
Hasharotlarning gavdalari turli-tuman shakllarda bo’lib ular ichida tanasining
uzunligi 16- 18 sm boradigan vakillari ham uchraydi. tashqi ta’sirlardan
himoyalanish kabi hayotiy jarayonlarni bemalol o’tkazishlariga imkon byeradi.
Tabiatda hasharotlar uchramaydigan yyerni o’zi juda kam. Ularni biz turli suv
xavzalarida, tuproqlarda, o’simliklar, hayvonlar tanalarida, hatto odamlarda ham
tekinho’rlik bilan hayot kechirishini ko’ramiz.
Hasharotlar tanasi bosh, ko’krak va qorin qismlardan tarkib topadi. Quyida
hasharotlar tanasidagi asosiy organlarga to’xtalamiz. Boshning tuzilishi.
Hasharotlar boshida ham yuz, peshona, tepa, chakka, yonoq kabi qismlarni farqlash
mumkin. Boshning ikki yonida bir juft murakkab ko’zlari va ba’zan ularning
o’rtasida bir necha mayda oddiy ko’zchalar yakka-yakka bo’lib joylashgan. Undan
tashqari boshda doimo bir juft mo’ylovlar bo’ladi. Muylovlar xilma-xil tuzilgan,
shakliga ko’ra qilsimon, ipsimon, arrasimon, taroqsimon, patsimon, tizzasimon,
to’g’nog’ichsimon xillari farqlanadi. Hasharotlarning og’iz organlari oziq xili va
oziqlanish usuliga muvofiq har xil tuzilgan.
Ko’pincha hasharotlar lichinkasi va voyaga yetgan davrida turlicha
oziqlanganligi sababli ularning og’iz organlari har xil tuzilgan bo’lishi mumkin.
Og’iz organlari kemiruvchi-suruvchi, suruvchi, sanchib suruvchi, yalovchi va
boshqa xillari mavjud. Og’iz organlarining barcha ma’lum xillari sodda tuzilgan
yagona og’iz organidan kelib chiqqan deyish mumkin. Suvaraklar, chigirtkalar,
qo’ng’izlar, kapalaklarning qurtlari va boshqa hasharotlar uchun xos bo’lgan
kemiruvchi og’iz organ eng qadimiy, ya’ni birlamchi hisoblanadi. Chunki
quruqlikda paydo bo’lgan qadimgi hasharotlar dastlab birmuncha qattiq organik
qoldiqlar-detritlar bilan oziqlangan, keyinchalik ular yirtqichlik va o’simlik
to’qimalari bilan oziqlanishga o’tishgan. Kemiruvchi og’iz organiga misol qilib
suvarakning og’iz organini ko’rsatish mumkin. Suvarakning og’iz teshigi old
tomondan xitin qoplagichdan hosil bo’lgan yagona ustki lab plastinkasi yopib
turadi. Labning ostida mayda tishchalari bir juft yaxlit plastinkasimon yuqori
jag’lar yoki mandibulalar joylashgan. Ular boshning ikkinchi bo’g’im
o’simtalaridan hosil bo’lgan va chaynashda ishtirok etadi. Uchinchi va to’rtinchi
bosh bo’g’imlari o’simtalari pastki jag’lar yoki 1 va 2 juft maksilalar deyiladi. 1
juft pastki jag’lar og’izning ikki yonida joylashgan bo’lib, har qaysi asosiy
bo’g’im, ustuncha va uning ustida joylashgan tashqi va ichki o’simtalar hamda
besh bo’g’imli pastki jag paypaslagichlaridan tashkil topgan. Kapalaklarning
suruvchi og’iz organi ham suyuq nektar bilan oziklanishga moslashgan, lekin