TRIKOTAJ TO’QIMALARINING TASNIFI
Tasnif haqida tushuncha.
Bosh va hosila trikotaj to’qimalari.
Bir va ikki qavatli trikotaj to’qimalari.
Ko’ndalang va bo’ylama trikotaj to’qimalari. Bir qavatli ko’ndalangiga to’qilgan
to’qimalarining tuzilishi va xususiyatlari. Ko’ndalangiga to’qilgan bosh
to’qimalarning tuzilishi va xususiyatlari.
Bir qavatli trikotaj to’qimalarini ko’rib chiqishdan oldin, professor A.S.
Dalidovich tomonidan 1944 yilda yaratilgan trikotaj to’qimalarining tasnifiga
to’xtalib o’tamiz. Hozirgi vaqtda bu klassifikatsiya bir muncha o’zgargan va yangi
klass to’qimalari bilan to’ldirilgan.
Barcha trikotaj to’qimalari bu klassifikatsiya asosida ikki guruhga bo’linadi:
1. Bosh to’qimalar;
2. Naqshli to’qimalar;
Bundan tashqari, trikotaj to’qimalarining birinchi guruhidan, hosilali
to’qimalar guruhchasi ajratilgan.
Bosh to’qimalar - bu tekis to’qimalar bo’lib, bir xil halqalardan tashkil
topgandir. Ular o’z navbatida quyidagilarga bo’linadi:
a) Bir qavatli bosh to’qimalar:
1. Glad’
2. Sepochka
3. Triko
4. Atlas
b) Ikki qavatli bosh to’qimalar:
1. Lastik
2. Teskari glad’
3. Lastik sepochkasi
4. Lastik trikosi
5. Lastik atlasi.
Hosilali to’qimalar. Turli bosh to’qimalar qo’shilmasidan hosil bo’ladi. Ular
ham bir va ikki qavatli to’qimalarga bo’linadi.
Bir qavatli to’qimalarga quyidagilar kiradi: a) hosilali glad’; b) hosilali triko;
d) hosilali atlas.
Ikki qavatli to’qimalarga quyidagilar kiradi: a) hosilali lastik (interlok); b)
hosilali teskari to’qima; d) hosilali sepochka; e) hosilali triko; f) hosilali atlas.
Trikotaj mashinalarida to’qiladigan to’qimalarning tuzilishini o’rganishga
o’tishdan avval, to’quv dastgohlarida to’qiladigan to’qimalarning tuzilishi
to’g’risidagi umumiy ma’lumotlarni keltiramiz. Har qanday to’qimani o’rganishda
asosan uning ikki ip tizimidan tashkil topganini aniqlash mumkin, bu iplardan biri
“mato” bo’ylab, ikkinchisi esa ko’ndalang joylashgan bo’lib, ular o’zaro to’g’ri
burchak hosil qiladilar. Iplarning mato bo’ylab yo’nalgan tizimi tanda, matoga
ko’ndalang yo’nalgan iplar tizimi arqoq deb ataladi. 1.1-rasmda to’quv dastgohida
olinadigan eng oddiy to’qimaning tuzilishi ko’rsatilgan, bu to’qimada tanda 1 va
arqoq 2 iplarining o’zaro kesishadigan joyidagina iplarda egilish borligini ko’rish
mumkin. Bunday to’qimalar biroz cho’ziluvchanlik xususiyatiga egadirlar.
1.1-rasm. Oddiy to’qimaning tuzilishi
1-tanda ipi, 2-arqoq ipi
Trikotaj deb, xalqalardan tashkil topgan to’qima, kiyim yoki matoga aytiladi.
Trikotajni eni bo’ylab bir qatorda joylashgan xalqalar gorizontal xalqalar qatorini,
vertikal bo’yicha biri ikkinchisiga ilashib (нанисение) joylashgan xalqalar vertikal
xalqalar ustunchalarini tashkil qiladi [5].
Trikotaj ko’ndalangiga va bo’ylamasiga to’qilgan trikotajlarga bo’linadi.
Ko’ndalangiga to’qilgan trikotajda xalqalar qatori bir ipning ketma-ket
egilishidan hosil qilinadi. Bo’ylamasiga to’qilgan trikotajda esa xalqalar qatori,
parallel joylashgan tanda iplarining butun bir tizimini bir vaqtning o’zida ignaga
qo’yilishi va uni egilishidan hosil qilinadi.
Trikotajning ikki turi: bir va ikki qavatli trikotaj mavjuddir. Bir qavatli trikotaj
bir ignadonli (bir fonturali) mashinalarda, ikki qavatli trikotaj esa ikki ignadonli
(ikki fonturali) mashinalarda to’qiladi. Ikki qavatli trikotaj to’qimasi bir yuzli, ikki
yuzli va ters (orqa) tomonli to’qimalarga bo’linadi. 1.2, a-rasmda bir qavatli
ko’ndalangiga to’qilgan to’qima xalqalarining tuzilishi va 1.2, b-rasmda
bo’ylamasiga to’qilgan trikotaj xalqalarining tuzilishi tasvirlangan. Rasmda
ko’rsatilgan to’qimaning har bir xalqasi xalqa asoslari va xalqa asoslarini
birlashtiruvchi qismdan tashkil topgan. Unda 1-2-3-4-5 xalqa asosi ikki to’g’ri
kesmalardan, yoki tayoqchalardan (1-2 va 4-5) va yarim aylana yoki igna ustida
hosil qilingan 2-3-4 yoydan iborat deb qabul qilingan.
Ko’ndalangiga to’qilgan trikotaj xalqasining 5-6-7 platina yoyi yoki yarim
aylana ko’rinishidagi qismi bitta xalqalar qatoridagi qo’shni xalqalar asoslarini
birlashtiradi.
1.2-rasm. Trikotaj to’qimalarining tuzilishi
a- bir qavatli ko’ndalangiga to’qilgan to’qima xalqalarining tuzilishi
b- bo’ylamasiga to’qilgan trikotaj xalqalarining tuzilishi
Bo’ylamasiga to’qilgan trikotaj to’qimasi xalqasining 5-6 xalqalar asoslarini
birlashtiruvchi qismi deyarli to’g’ri kesma ko’rinishiga ega bo’lib, ikki qo’shni
xalqalar qatoridagi yoki bir-biridan bir necha xalqalar qatori oralig’ida joylashgan
qatorlardagi xalqalarni birlashtiradi. Bundan tashqari, bo’ylamasiga to’qilgan
trikotaj to’qimasi xalqalarining protyajkasi faqat qo’shni xalqa ustunchalaridagi
xalqalarni emas, balki bir-biridan biror oraliqda joylashgan ustunchalardagi
xalqalarni ham birlashtirishi mumkin [6].
Shakli va katta-kichikligi bir xil bo’lgan xalqalardan tashkil topgan bir qavatli
ko’ndalangiga to’qilgan trikotaj to’qimasi glad’ deb ataladi. 4.1-rasmda glad’
to’qimasining tuzilishi, xalqalarining old va orqa tomonlari ko’rsatilgan.
To’qimaning old tomonida (4.1, a-rasm) asosan xalqalar tayoqchalari ko’rinib
turadi, xalqa tayoqchalari platina va igna yoylari ustidan o’tib, ularni to’sib turadi.
To’qimaning orqa tomonida (4.1, b-rasm) asosan igna va platina yoylari ko’rinadi,
ular xalqa tayoqchalari ustidan o’tib, ularni to’sib turadi.
4.1-rasm. To’qimalar tuzilishi a-glad’ to’qimasining old tomoni, b-glad’
to’qimasining orqa tomoni, d-hosilali glad’ to’qimasi
Glad’ to’qimasi trikotaj korxonalarida juda ko’p ishlab chiqariladi va deyarli
barcha ichki va sport kiyimlarini, paypoq mahsulotlarini tayyorlashda keng
qo’llaniladi. Glad’ to’qimasi quyidagi xususiyatlari va o’lchamlari bilan ajralib
turadi [14, 15].
Echiluvchanlik (распускаемость). Glad’ to’qimasi juda echiluvchan
bo’ladi, bu esa uning asosiy kamchiligidir, chunki trikotaj to’qimasining pishiqligiga
teskari ta’sir qiladi. Agar glad’ to’qimasidan to’qilgan matodan tasma shaklida kesib
olib, ustki yoki pastki xalqalar qatori ipining uchidan tortilsa, trikotaj xalqalari
ketma-ket echilib ketadi.
Agar glad’ to’qimasi namunasini hoshiyali tasma shaklida ishlab chiqarilsa,
uni faqat yuqoridan pastga, ya’ni to’quv yo’nalishiga teskari echish mumkin. Agar
tarang holatdagi glad’ to’qimasining xalqalaridan birining ipi uzilsa, butun xalqa
ustunchasi
echilishi
mumkin.
Trikotaj
to’qimasi
xalqa
ustunchalarining
echiluvchanligi trikotaj tarangligi darajasiga, iplar orasidagi ishqalanish
koeffitsientiga, xalqa ipining uzunligiga va trikotajning zichligiga bog’liqdir.
Trikotajning eni bo’ylab ma’lum darajada cho’zilganda yoki bir vaqtning
o’zida uzunligi va eni bo’ylab cho’zilganda glad’ to’qimasining xalqalari oson
echilishi mumkin. Masalan, ayollar paypog’i oyoqqa tarang tortilganda, bitta
xalqaning uzilishi yondosh xalqalarning tez echilishiga olib keladi. Xalqalar ipining
uzunligi bir xil bo’lganda glad’ to’qimasining echiluvchanligi iplar orasidagi
ishqalanish koeffitsientiga teskari munosabatda bo’ladi. Masalan, kapron ipidan
to’qilgan glad’ to’qimasi, ishqalanish koeffitsienti ko’proq bo’lgan paxta kalava
ipidan to’qilgan glad’ to’qimasiga qaraganda oson echiladi.
Glad’ to’qimasining echiluvchanligini kamaytirish uchun quyidagilarni
tavsiya qilish mumkin:
- trikotaj to’qimasining cho’ziluvchanlik darajasini kamaytirish;
- ipning yo’g’onligi bir xil bo’lganda, xalqa ipi uzunligini kamaytirish yoki
xalqa ipining bir xil uzunligida ipning yo’g’onligini ko’paytirish;
- iplar orasidagi ishqalanish koeffitsientini ko’paytirish.
Buraluvchanlik (закручиваемость). Glad’ to’qimasining buraluvchanligi
deb, uning chetlaridan buralish xususiyatiga aytiladi. Glad’ to’qimasining old
tomonidan orqa tomoniga buralishi xalqalar ustunchasining vertikal chizig’i
bo’yicha, orqa tomonidan old tomoniga buralishi esa, gorizontal xalqalar qatori
chizig’i bo’yicha sodir bo’ladi. Glad’ to’qimasining chetlaridan boshlab buralishi
egilgan xalqalardagi va iplardagi elastik kuchlar ta’siri ostida iplarning
muvozanatlanishga intilishi natijasida sodir bo’ladi. 4.2-rasmda glad’ to’qimasi
xalqalarining buralish jarayonida o’zgarish holati ko’rsatilgan. 4.2, a-rasmda
xalqalar qatori qirqimda tasvirlangan, 4.2, b-rasmda esa xalqalar ustunchasi
qirqimda tasvirlangan. Glad’ to’qimasining to’rtburchakli namunasining buralgan
shakli 4.2, d-rasmda keltirilgan. Trikotajning buraluvchanlik darajasi trikotaj ipining
elastikligiga va trikotajning zichligiga bog’liqdir. Junli ipdan to’qilgan trikotaj bir
xil sharoitda paxta tolasi ipidan ishlab chiqarilgan trikotajga qaraganda ko’proq
buraladi, chunki jundan olingan ip, paxta tolasidan olingan ipga qaraganda ko’proq
elastiklik xususiyatiga ega. Glad’ to’qimasining buraluvchanligiga shuningdek
iplarning qanchalik eshilganligi (крутка) ham ta’sir etadi: ip qanchalik ko’p
eshilgan bo’lsa, buraluvchanlik shuncha kuchli bo’ladi. Zichligi ko’proq bo’lgan
trikotaj ko’proq buraladi, chunki xalqa iplarining egilish darajasi ko’proq bo’ladi,
demak, ko’proq elastiklik kuchiga ega.
a - xalqalar qatori bo’ylab;
b - xalqalar ustunchasi bo’ylab;
d - to’g’ri turtburchak shaklidagi trikotaj namunasining buralishi
4.2-rasm. Glad’ to’qimasining chetlaridan buralish sxemasi
Buraluvchanlik glad’ to’qimasining salbiy xususiyatlaridan biri hisoblanadi,
chunki undan tayyorlanadigan buyumlarni bichilgandan keyin tikish qiyin bo’ladi.
Shuning uchun glad’ to’qimali trikotaj bichish oldidan dazmollanadi yoki issiq
namli ishlov beriladi, bulardan asosiy maqsad trikotaj matosidagi xalqalarni
stabillashtirish va iplar elastikligini kamaytirishdir. Biroq glad’ to’qimasining
buraluvchanligi ijobiy xususiyat hamdir va shu tufayli undan naqshli to’qimalar
olishda keng foydalaniladi, chunki trikotajning glad’ to’qimasi qismida old
tomonidan orqa tomoniga va orqa tomonidan old tomoniga burovchi kuchlardan
foydalanish hisobiga trikotaj matosida turli bo’rtma (rel’efli) naqshlar hosil qilish
mumkin.
Cho’ziluvchanlik (растяжимость). Bu hususiyat, trikotajga qo’yilgan
kuch ta’sirida uning cho’zilishidir. Cho’ziluvchanlik glad’ to’qimasining ijobiy
xususiyatlaridan biridir. Cho’ziluvchanlik trikotajni cho’zilishdagi shakliy o’zgarish
(деформация) miqdori va trikotaj matosini yirtishda (uzishda) uzayish miqdori
bilan ifodalanadi, qaysiki to’qimaning turiga qarab va iplarning xususiyatlariga
qarab qayishqoq va qayishqoq bo’lmagan (qoldiq) bo’lishi mumkin.
Qayishqoq deformatsiya (упругая деформация) - trikotajning juda muhim
ijobiy xususiyatlaridan biridir va u trikotajning qo’llanishida muhim ko’rsatkich
bo’lib xizmat qiladi.
Trikotajning qayishqoq bo’lmagan deformatsiyasi esa uning salbiy
xususiyatlaridan hisoblanadi, ayniqsa bu xususiyat glad’ to’qimasidan tikilgan
kiyimlardan foydalanish davrida yaqqol ko’rinadi. Glad’ to’qimasidan yaqin -
yaqinlargacha ayollar paypoqlari, qo’lqop va ichki kiyimlar ishlab chiqarilgan. Bu
buyumlar uchun glad’ to’qimasining cho’ziluvchanlik xususiyati ijobiy xususiyat
deb hisoblanadi. Hozirgi vaqtda dunyo bozorida glad’ to’qimasidan ishlab
chiqarilayotgan ustki trikotajning yangi turlari masalan, erkaklar ko’ylaklari, ayollar
bluzkalari, jemperlar, poluverlar, jaketlar, sviterlar va boshqalar paydo bo’la
boshladi, bu buyumlar uchun glad’ to’qimasining cho’ziluvchanligi, bu to’qimaning
kamchiligi hisoblanadi.
Glad’ to’qimasining cho’ziluvchanlik darajasi ipning yo’g’onligiga teskari
mutanosibda, xalqa ipi uzunligiga esa to’g’ri mutanosibdadir, ya’ni ip qanchalik
ingichka bo’lsa va xalqa ipi uzunligi qanchalik uzun bo’lsa, glad’ to’qimasining
cho’ziluvchanligi shunchalik yuqori bo’ladi. Demak, glad’ to’qimasining
cho’ziluvchanligini kamaytirish uchun glad’ to’qimasidan ishlab chiqarilayotgan
trikotaj zichligini oshirish yoki yo’g’on ip qo’llash zarur. Glad’ to’qimasi uzunligi
bo’ylab cho’zilganda xalqalar qatori balandligi maksimumga kattalashadi, xalqalar
qadami esa minimumga kichrayadi. 4.3, a-rasmda uzunligi bo’ylab cho’zilgan glad’
to’qimasi tasvirlangan.
a - uzunligi bo’ylab cho’zilgan glad’ to’qimasi;
b - eni bo’ylab cho’zilgan glad’ to’qimasi.
4.3-rasm. Trikotajdagi halqlar holati
Rasmdan ko’rinib turibdiki, bu holda xalqa ipining uzunligi diametri d=3f ga
teng bo’lgan aylana uzunligi bilan, xalqaning ikki tayoqchasi uzunligi yig’indisiga
teng, bunda f – ipning siqiq holatdagi shartli diametridir. Xalqa tayoqchalari uzunligi
esa taxminan xalqalar qatorining maksimal balandligi V ga teng. Demak, xalqa
ipining uzunligi quyidagicha ifodalanishi mumkin:
max
2
3
Â
f
L
+
=
(4.1)
bundan,
2
3
max
f
L
В
−
=
(4.2)
Glad’ to’qimasi eni bo’ylab cho’zilganda xalqalar tayoqchalari uzunligi yoki
xalqalar qatori balandligi V ni minimumga kamayishi hisobiga xalqalar qadami A
maksimumga kattalashadi. 4.3, b-rasmda eni bo’ylab cho’zilgan glad’ to’qimasining
tuzilishi ko’rsatilgan. Ushbu holda xalqa ipining uzunligi, diametri d=3f ga teng
bo’lgan aylana uzunligi bilan xalqaning maksimal qadami Amax uzunligining
yig’indisiga teng, ya’ni
max
3
A
f
L
= +
(4.3)
bundan,
f
L
A
3
max
−
=
(4.4)
Eni va uzunligi bo’yicha cho’ziluvchanlikni taqqoslab quyidagini aniqlaymiz:
2
max
max =
В
A
(4.5)
Zichlik. Glad’ to’qimasining zichligi, boshqa har qanday trikotajning zichligi
kabi, glad’ning 50 mm li uzunligiga to’g’ri keladigan xalqalar qatori soni (Rv) va
xalqalar ustunchalari soni (Rg) bo’yicha aniqlanadi. Glad’ to’qimasining vertikal
bo’yicha zichligi (Rv) har doim gorizontal bo’yicha zichligidan (Rg) katta bo’ladi.
Nazariy tomondan zichliklarni hisoblashda avval gorizontal bo’yicha zichlik
xalqalar qadami miqdori orqali hisoblanadi:
À
Ðg
= 50
(4.6)
Xalqa qadami xalqa asosi kengligida joylashgan iplar yo’g’onligi soni
bo’yicha aniqlanadi. Prof. A.S. Dalidovichning tavsiyasiga binoan, xalqa qadami
4G’ ga teng qilib olinadi (bu erda G’ - ipning erkin xolatidagi haqiqiy yo’g’onligi).
Ipning yo’g’onligini aniqroq hisoblash uchun, kam eshilgan kalava ip (пряжа) va
iplar (нити) uchun quyidagi formula keltirib chiqarilgan:
T
F
1000
=
(4.7)
bu erda λ- ishlatiladigan ip tolasi xilini hisobga oluvchi koeffitsient.
Turli kalava ip va ip turlari uchun koeffitsient λ quyidagi qiymatlarga ega:
Paxta tolasidan olingan kalava ip
- 1,25
Sof jundan olingan kalava ip
- 1,35
Yarim jundan olingan kalava ip (50% jun va 50% kenghajmli PAN
tolalar)
- 1,60
Viskoza iplari
- 1,30
Atsetat iplari
- 1,38
Kapron iplari
- 1,48
Terilen iplari
- 1,07
Lavsan iplari
- 1,38
Triatsetat iplari
- 1,40
Nitron tolalaridan olingan yuqori xajmli iplar
- 2,60
Nitron va kurtel tolalaridan olingan yuqori hajmli kalava iplar
- 2,70
Ekslan tolasidan olingan kalava iplar
- 2,76
Vannel tolalaridan olingan yuqori hajmli kalava iplar
- 3,16
Melan, krimplin (belan) turidagi teksturlangan iplar uchun ip yo’g’onligi F ni
aniqlashda, haqiqiy chiziqli zichligi TF, standartlarda va texnikaviy shartlarda
ko’rsatilgandan ko’ra 25-30%ga kattaroqligini hisobga olish zarur, ya’ni
TF = [1,2 – 1,30]·T (4.8)
Gorizontal bo’yicha zichlik aniqlangandan keyin, xalqalar qatori balandligi V
hisoblanadi. Xalqalar qatori balandligi V xalqalar qadami kattaligi va zichliklar
nisbati koeffitsienti S orqali aniqlanadi.
V = S · A (4.9)
Trikotaj to’qish nazariyasi asosida glad’ to’qimasini loyihalashda S=0,865 ga
teng qilib olinadi, bundan
V = 0,865 · 4 · F
Xalqa ipi uzunligi. Trikotaj tavsifida (характеристика) xalqadagi ip
uzunligi katta ahamiyatga ega, chunki undan trikotajning zichligi, yuza zichligi,
pishiqligi va cho’ziluvchanligi bog’likdir.
Glad’ to’qimasining xalqa ipi uzunligi trikotaj namunasi bo’yicha amaliy usul
bilan aniqlanishi mumkin yoki prof. A.S.Dalidovich tomonidan tavsiya qilingan
formula asosida (zichliklar hisoblangandan keyin) nazariy usul bilan aniqlanishi
mumkin. Formula bo’yicha xalqa ipi uzunligi, xalqa qadami A, xalqa qatori
balandligi V ning miqdoriga va ipning yo’g’onligi F ga qarab aniqlanadi. 1.2-
rasmdan ko’rinib turganidek, xalqaning 2-3-4 va 5-6-7 yoylari ”d” diametrli aylana
hosil qiladi. Xalqalarning tayoqchalari taxminan xalqa qatori balandligi V ga teng.
Shunga ko’ra xalqa ipi uzunligi
L = Pd + 2V.
Rasmdan A=2d–2F ekanligi ko’rinib turibdi, bundan:
F
À
d
+
=
5,0
bu erda F - ipning haqiqiy yo’g’onligi. d ning qiymatini birinchi formulaga
qo’yib, quyidagiga ega bo’lamiz:
(
)
Â
F
À
n
L
+
+
=
2
5,0
yoki
В
F
A
L
2
,157
+
+
=
(4.10)
qiymatlarni o’z o’rniga qo’yib, quyidagini olamiz
F
Ðv
Ðg
L
+
+
=
100
78 5,
(4.11)
Amalda xalqa ipi uzunligi trikotaj namunasi bo’yicha aniqlanadi. Bunda bitta
xalqalar qatoridagi xalqalarni echib, olingan ip uzunligi o’lchanadi va chiqqan natija
echilgan xalqalar soniga bo’linadi:
n ,
L = l
(4.12)
bu erda, L - xalqa ipi uzunligi, mm;
l - “n” ta xalqalardagi xalqalar ipining uzunligi;
n - echilgan xalqalar soni.
Glad’ to’qimasining yuza zichligi.
Glad’ to’qimasining yuza zichligi uni hosil qiluvchi xalqa ipi uzunligiga,
to’qimadagi xalqalar zichligiga va iplarning chiziqli zichligiga bog’liqdir.
Glad’ to’qimasining yuza zichligi shu trikotajdagi ipning uzunligiga va uning
chiziqli zichligiga qarab aniqlanadi:
1000,
1000
T
l
T
l
m
=
=
(4.13)
bu erda, m - trikotajning yuza zichligi, g;
l - trikotajdagi ip uzunligi, mm;
T - ipning chiziqli zichligi, teks.
Ip uzunligi l ni xalqa ipi uzunligi va trikotaj to’qimasidagi xalqalar soni “n”
orqali ifodalanishi mumkin, u holda
1000 .
1000
n T
L
T
L n
m
=
=
Trikotajning yuza birligida joylashgan xalqalar soni trikotaj zichligi orqali
aniqlanishi mumkin:
,
5
5
10000
=
Ðg Ðv S
n
bu erda, S - trikotaj yuzasi (maydoni), m
2.
Yuqoridagi formuladan “n” qiymatni qo’yib glad’ to’qimasining yuza zichligi
formulasini aniqlaymiz:
,
1000
4,0
1000
1000
400
Ðv L T
Ðg
T
Ðg Ðv L
m
=
=
(4.14)
bu erda, Rg - gorizontal bo’yicha trikotaj zichligi;
Rv - vertikal bo’yicha trikotaj zichligi;
L - xalqa ipi uzunligi, mm;
400 - 1 m
2 trikotajda, trikotaj zichligi aniqlanayotgan yuza birligi (5·5=25
sm
2) dan 400 tasi joylashishini ko’rsatuvchi koeffitsient.
Glad’ to’qimasining qalinligi. Trikotaj qalinligi M, to’qima turiga va shu
trikotaj to’qimasini to’qishda ishlatilgan iplarning yo’g’onligiga bog’liqdir. Trikotaj
qalinligi mm da ifodalanadi va qirqimdagi iplar yo’g’onligi F ning soni bilan
aniqlanadi. Glad’ to’qimasining qalinligi 2F dan biroz katta bo’ladi.
Glad’ to’qimasining pishiqligi. Trikotaj to’qimasining pishiqligi uning
uzilish kuchi bilan tavsiflanadi.
Pishiqlik ko’p hollarda dinamometrda, cho’ziluvchanligi bilan birga
aniqlanadi. Trikotaj pishiqligi uning bo’yi va eni bo’ylab, tegishli yo’nalishlarda
cho’zish yo’li bilan aniqlanadi.
Glad’ to’qimasining kirishishi.
Trikotaj kirishishi deb, uning eni yoki uzunligining ma’lum bir vaqt ichida
yoki unga ma’lum bir ishlov berish oqibatida nisbiy o’zgarishiga aytiladi.
Trikotajning kirishishi foizda (protsentda) ifodalanadi. Agar trikotaj to’qimasini
mashinada to’qish jarayonida eni T·n ga teng bo’lsa, bo’yalgandan va ishlov
berilgandan keyin esa A·n ga teng bo’ladi, u holda trikotajning eni bo’yicha kirishishi
quyidagicha ifodalanadi:
100
1
100
= −
−
=
T
A
n
T
A n
T n
Ue
yoki
1 100
100
1
1
−
=
−
=
A
A
A
A
A
Ue
(4.15)
Bunda: A1 - trikotajning kirishishdan oldingi eni,
A - trikotajning kirishishdan keyingi eni.
Uzunligi bo’yicha kirishish Uu quyidagi formula bo’yicha aniqlanadi:
1 100
100
1
1
−
=
−
=
Â
Â
Â
Â
Â
Uu
(4.16)
Bunda: B1 - trikotajning kirishishdan oldingi bo’yi,
B - trikotajning kirishishdan keyingi bo’yi.