TRIKOTAJ TO’QIMALARNING TASNIFI

Yuklangan vaqt

2025-02-02

Yuklab olishlar soni

1

Sahifalar soni

12

Faytl hajmi

158,4 KB


 
 
 
 
 
 
TRIKOTAJ TO’QIMALARNING TASNIFI 
 
 
 
Bir qavatli ko’ndalangiga to’qilgan glad to’qimasining tuzilishi va xususiyatlari. 
Hosilali to’qimalar tuzilishi va xususiyatlarining o’ziga xosligi. Hosilali glad 
texnologik o’lchamlari. 
Shakli va katta-kichikligi bir xil bo’lgan xalqalardan tashkil topgan bir qavatli 
ko’ndalangiga to’qilgan trikotaj to’qimasi glad’ deb ataladi. 4.1-rasmda glad’ 
to’qimasining tuzilishi, xalqalarining old va orqa tomonlari ko’rsatilgan. 
To’qimaning old tomonida (4.1, a-rasm) asosan xalqalar tayoqchalari ko’rinib 
turadi, xalqa tayoqchalari platina va igna yoylari ustidan o’tib, ularni to’sib turadi. 
To’qimaning orqa tomonida (4.1, b-rasm) asosan igna va platina yoylari ko’rinadi, 
ular xalqa tayoqchalari ustidan o’tib, ularni to’sib turadi. 
 
4.1-rasm. To’qimalar tuzilishi a-glad’ to’qimasining old tomoni, b-glad’ 
to’qimasining orqa tomoni, d-hosilali glad’ to’qimasi 
Glad’ to’qimasi trikotaj korxonalarida juda ko’p ishlab chiqariladi va deyarli 
barcha ichki va sport kiyimlarini, paypoq mahsulotlarini tayyorlashda keng 
qo’llaniladi. Glad’ to’qimasi quyidagi xususiyatlari va o’lchamlari bilan ajralib 
turadi [14, 15]. 
TRIKOTAJ TO’QIMALARNING TASNIFI Bir qavatli ko’ndalangiga to’qilgan glad to’qimasining tuzilishi va xususiyatlari. Hosilali to’qimalar tuzilishi va xususiyatlarining o’ziga xosligi. Hosilali glad texnologik o’lchamlari. Shakli va katta-kichikligi bir xil bo’lgan xalqalardan tashkil topgan bir qavatli ko’ndalangiga to’qilgan trikotaj to’qimasi glad’ deb ataladi. 4.1-rasmda glad’ to’qimasining tuzilishi, xalqalarining old va orqa tomonlari ko’rsatilgan. To’qimaning old tomonida (4.1, a-rasm) asosan xalqalar tayoqchalari ko’rinib turadi, xalqa tayoqchalari platina va igna yoylari ustidan o’tib, ularni to’sib turadi. To’qimaning orqa tomonida (4.1, b-rasm) asosan igna va platina yoylari ko’rinadi, ular xalqa tayoqchalari ustidan o’tib, ularni to’sib turadi. 4.1-rasm. To’qimalar tuzilishi a-glad’ to’qimasining old tomoni, b-glad’ to’qimasining orqa tomoni, d-hosilali glad’ to’qimasi Glad’ to’qimasi trikotaj korxonalarida juda ko’p ishlab chiqariladi va deyarli barcha ichki va sport kiyimlarini, paypoq mahsulotlarini tayyorlashda keng qo’llaniladi. Glad’ to’qimasi quyidagi xususiyatlari va o’lchamlari bilan ajralib turadi [14, 15].  
 
Echiluvchanlik (распускаемость). Glad’ to’qimasi juda echiluvchan 
bo’ladi, bu esa uning asosiy kamchiligidir, chunki trikotaj to’qimasining pishiqligiga 
teskari ta’sir qiladi. Agar glad’ to’qimasidan to’qilgan matodan tasma shaklida kesib 
olib, ustki yoki pastki xalqalar qatori ipining uchidan tortilsa, trikotaj xalqalari 
ketma-ket echilib ketadi.  
Agar glad’ to’qimasi namunasini hoshiyali tasma shaklida ishlab chiqarilsa, 
uni faqat yuqoridan pastga, ya’ni to’quv yo’nalishiga teskari echish mumkin. Agar 
tarang holatdagi glad’ to’qimasining xalqalaridan birining ipi uzilsa, butun xalqa 
ustunchasi 
echilishi 
mumkin. 
Trikotaj 
to’qimasi 
xalqa 
ustunchalarining 
echiluvchanligi trikotaj tarangligi darajasiga, iplar orasidagi ishqalanish 
koeffitsientiga, xalqa ipining uzunligiga va trikotajning zichligiga bog’liqdir.  
Trikotajning eni bo’ylab ma’lum darajada cho’zilganda yoki bir vaqtning 
o’zida uzunligi va eni bo’ylab cho’zilganda glad’ to’qimasining xalqalari oson 
echilishi mumkin. Masalan, ayollar paypog’i oyoqqa tarang tortilganda, bitta 
xalqaning uzilishi yondosh xalqalarning tez echilishiga olib keladi. Xalqalar ipining 
uzunligi bir xil bo’lganda glad’ to’qimasining echiluvchanligi iplar orasidagi 
ishqalanish koeffitsientiga teskari munosabatda bo’ladi. Masalan, kapron ipidan 
to’qilgan glad’ to’qimasi, ishqalanish koeffitsienti ko’proq bo’lgan paxta kalava 
ipidan to’qilgan glad’ to’qimasiga qaraganda oson echiladi. 
Glad’ to’qimasining echiluvchanligini kamaytirish uchun quyidagilarni 
tavsiya qilish mumkin: 
- trikotaj to’qimasining cho’ziluvchanlik darajasini kamaytirish; 
- ipning yo’g’onligi bir xil bo’lganda, xalqa ipi uzunligini kamaytirish yoki 
xalqa ipining bir xil uzunligida ipning yo’g’onligini ko’paytirish; 
- iplar orasidagi ishqalanish koeffitsientini ko’paytirish. 
Buraluvchanlik (закручиваемость). Glad’ to’qimasining buraluvchanligi 
deb, uning chetlaridan buralish xususiyatiga aytiladi. Glad’ to’qimasining old 
tomonidan orqa tomoniga buralishi xalqalar ustunchasining vertikal chizig’i 
bo’yicha, orqa tomonidan old tomoniga buralishi esa, gorizontal xalqalar qatori 
chizig’i bo’yicha sodir bo’ladi. Glad’ to’qimasining chetlaridan boshlab buralishi 
Echiluvchanlik (распускаемость). Glad’ to’qimasi juda echiluvchan bo’ladi, bu esa uning asosiy kamchiligidir, chunki trikotaj to’qimasining pishiqligiga teskari ta’sir qiladi. Agar glad’ to’qimasidan to’qilgan matodan tasma shaklida kesib olib, ustki yoki pastki xalqalar qatori ipining uchidan tortilsa, trikotaj xalqalari ketma-ket echilib ketadi. Agar glad’ to’qimasi namunasini hoshiyali tasma shaklida ishlab chiqarilsa, uni faqat yuqoridan pastga, ya’ni to’quv yo’nalishiga teskari echish mumkin. Agar tarang holatdagi glad’ to’qimasining xalqalaridan birining ipi uzilsa, butun xalqa ustunchasi echilishi mumkin. Trikotaj to’qimasi xalqa ustunchalarining echiluvchanligi trikotaj tarangligi darajasiga, iplar orasidagi ishqalanish koeffitsientiga, xalqa ipining uzunligiga va trikotajning zichligiga bog’liqdir. Trikotajning eni bo’ylab ma’lum darajada cho’zilganda yoki bir vaqtning o’zida uzunligi va eni bo’ylab cho’zilganda glad’ to’qimasining xalqalari oson echilishi mumkin. Masalan, ayollar paypog’i oyoqqa tarang tortilganda, bitta xalqaning uzilishi yondosh xalqalarning tez echilishiga olib keladi. Xalqalar ipining uzunligi bir xil bo’lganda glad’ to’qimasining echiluvchanligi iplar orasidagi ishqalanish koeffitsientiga teskari munosabatda bo’ladi. Masalan, kapron ipidan to’qilgan glad’ to’qimasi, ishqalanish koeffitsienti ko’proq bo’lgan paxta kalava ipidan to’qilgan glad’ to’qimasiga qaraganda oson echiladi. Glad’ to’qimasining echiluvchanligini kamaytirish uchun quyidagilarni tavsiya qilish mumkin: - trikotaj to’qimasining cho’ziluvchanlik darajasini kamaytirish; - ipning yo’g’onligi bir xil bo’lganda, xalqa ipi uzunligini kamaytirish yoki xalqa ipining bir xil uzunligida ipning yo’g’onligini ko’paytirish; - iplar orasidagi ishqalanish koeffitsientini ko’paytirish. Buraluvchanlik (закручиваемость). Glad’ to’qimasining buraluvchanligi deb, uning chetlaridan buralish xususiyatiga aytiladi. Glad’ to’qimasining old tomonidan orqa tomoniga buralishi xalqalar ustunchasining vertikal chizig’i bo’yicha, orqa tomonidan old tomoniga buralishi esa, gorizontal xalqalar qatori chizig’i bo’yicha sodir bo’ladi. Glad’ to’qimasining chetlaridan boshlab buralishi  
 
egilgan xalqalardagi va iplardagi elastik kuchlar ta’siri ostida iplarning 
muvozanatlanishga intilishi natijasida sodir bo’ladi. 4.2-rasmda glad’ to’qimasi 
xalqalarining buralish jarayonida o’zgarish holati ko’rsatilgan. 4.2, a-rasmda 
xalqalar qatori qirqimda tasvirlangan, 4.2, b-rasmda esa xalqalar ustunchasi 
qirqimda tasvirlangan. Glad’ to’qimasining to’rtburchakli namunasining buralgan 
shakli 4.2, d-rasmda keltirilgan. Trikotajning buraluvchanlik darajasi trikotaj ipining 
elastikligiga va trikotajning zichligiga bog’liqdir. Junli ipdan to’qilgan trikotaj bir 
xil sharoitda paxta tolasi ipidan ishlab chiqarilgan trikotajga qaraganda ko’proq 
buraladi, chunki jundan olingan ip, paxta tolasidan olingan ipga qaraganda ko’proq 
elastiklik xususiyatiga ega. Glad’ to’qimasining buraluvchanligiga shuningdek 
iplarning qanchalik eshilganligi (крутка) ham ta’sir etadi: ip qanchalik ko’p 
eshilgan bo’lsa, buraluvchanlik shuncha kuchli bo’ladi. Zichligi ko’proq bo’lgan 
trikotaj ko’proq buraladi, chunki xalqa iplarining egilish darajasi ko’proq bo’ladi, 
demak, ko’proq elastiklik kuchiga ega. 
 
 
 
a - xalqalar qatori bo’ylab; 
b - xalqalar ustunchasi bo’ylab; 
d - to’g’ri turtburchak shaklidagi trikotaj namunasining buralishi 
4.2-rasm. Glad’ to’qimasining chetlaridan buralish sxemasi 
 
egilgan xalqalardagi va iplardagi elastik kuchlar ta’siri ostida iplarning muvozanatlanishga intilishi natijasida sodir bo’ladi. 4.2-rasmda glad’ to’qimasi xalqalarining buralish jarayonida o’zgarish holati ko’rsatilgan. 4.2, a-rasmda xalqalar qatori qirqimda tasvirlangan, 4.2, b-rasmda esa xalqalar ustunchasi qirqimda tasvirlangan. Glad’ to’qimasining to’rtburchakli namunasining buralgan shakli 4.2, d-rasmda keltirilgan. Trikotajning buraluvchanlik darajasi trikotaj ipining elastikligiga va trikotajning zichligiga bog’liqdir. Junli ipdan to’qilgan trikotaj bir xil sharoitda paxta tolasi ipidan ishlab chiqarilgan trikotajga qaraganda ko’proq buraladi, chunki jundan olingan ip, paxta tolasidan olingan ipga qaraganda ko’proq elastiklik xususiyatiga ega. Glad’ to’qimasining buraluvchanligiga shuningdek iplarning qanchalik eshilganligi (крутка) ham ta’sir etadi: ip qanchalik ko’p eshilgan bo’lsa, buraluvchanlik shuncha kuchli bo’ladi. Zichligi ko’proq bo’lgan trikotaj ko’proq buraladi, chunki xalqa iplarining egilish darajasi ko’proq bo’ladi, demak, ko’proq elastiklik kuchiga ega. a - xalqalar qatori bo’ylab; b - xalqalar ustunchasi bo’ylab; d - to’g’ri turtburchak shaklidagi trikotaj namunasining buralishi 4.2-rasm. Glad’ to’qimasining chetlaridan buralish sxemasi  
 
Buraluvchanlik glad’ to’qimasining salbiy xususiyatlaridan biri hisoblanadi, 
chunki undan tayyorlanadigan buyumlarni bichilgandan keyin tikish qiyin bo’ladi. 
Shuning uchun glad’ to’qimali trikotaj bichish oldidan dazmollanadi yoki issiq 
namli ishlov beriladi, bulardan asosiy maqsad trikotaj matosidagi xalqalarni 
stabillashtirish va iplar elastikligini kamaytirishdir. Biroq glad’ to’qimasining 
buraluvchanligi ijobiy xususiyat hamdir va shu tufayli undan naqshli to’qimalar 
olishda keng foydalaniladi, chunki trikotajning glad’ to’qimasi qismida old 
tomonidan orqa tomoniga va orqa tomonidan old tomoniga burovchi kuchlardan 
foydalanish hisobiga trikotaj matosida turli bo’rtma (rel’efli) naqshlar hosil qilish 
mumkin. 
Cho’ziluvchanlik (растяжимость). Bu hususiyat, trikotajga qo’yilgan 
kuch ta’sirida uning cho’zilishidir. Cho’ziluvchanlik glad’ to’qimasining ijobiy 
xususiyatlaridan biridir. Cho’ziluvchanlik trikotajni cho’zilishdagi shakliy o’zgarish 
(деформация) miqdori va trikotaj matosini yirtishda (uzishda) uzayish miqdori 
bilan ifodalanadi, qaysiki to’qimaning turiga qarab va iplarning xususiyatlariga 
qarab qayishqoq va qayishqoq bo’lmagan (qoldiq) bo’lishi mumkin. 
Qayishqoq deformatsiya (упругая деформация) - trikotajning juda muhim 
ijobiy xususiyatlaridan biridir va u trikotajning qo’llanishida muhim ko’rsatkich 
bo’lib xizmat qiladi. 
Trikotajning qayishqoq bo’lmagan deformatsiyasi esa uning salbiy 
xususiyatlaridan hisoblanadi, ayniqsa bu xususiyat glad’ to’qimasidan tikilgan 
kiyimlardan foydalanish davrida yaqqol ko’rinadi. Glad’ to’qimasidan yaqin - 
yaqinlargacha ayollar paypoqlari, qo’lqop va ichki kiyimlar ishlab chiqarilgan. Bu 
buyumlar uchun glad’ to’qimasining cho’ziluvchanlik xususiyati ijobiy xususiyat 
deb hisoblanadi. Hozirgi vaqtda dunyo bozorida glad’ to’qimasidan ishlab 
chiqarilayotgan ustki trikotajning yangi turlari masalan, erkaklar ko’ylaklari, ayollar 
bluzkalari, jemperlar, poluverlar, jaketlar, sviterlar va boshqalar paydo bo’la 
boshladi, bu buyumlar uchun glad’ to’qimasining cho’ziluvchanligi, bu to’qimaning 
kamchiligi hisoblanadi. 
Buraluvchanlik glad’ to’qimasining salbiy xususiyatlaridan biri hisoblanadi, chunki undan tayyorlanadigan buyumlarni bichilgandan keyin tikish qiyin bo’ladi. Shuning uchun glad’ to’qimali trikotaj bichish oldidan dazmollanadi yoki issiq namli ishlov beriladi, bulardan asosiy maqsad trikotaj matosidagi xalqalarni stabillashtirish va iplar elastikligini kamaytirishdir. Biroq glad’ to’qimasining buraluvchanligi ijobiy xususiyat hamdir va shu tufayli undan naqshli to’qimalar olishda keng foydalaniladi, chunki trikotajning glad’ to’qimasi qismida old tomonidan orqa tomoniga va orqa tomonidan old tomoniga burovchi kuchlardan foydalanish hisobiga trikotaj matosida turli bo’rtma (rel’efli) naqshlar hosil qilish mumkin. Cho’ziluvchanlik (растяжимость). Bu hususiyat, trikotajga qo’yilgan kuch ta’sirida uning cho’zilishidir. Cho’ziluvchanlik glad’ to’qimasining ijobiy xususiyatlaridan biridir. Cho’ziluvchanlik trikotajni cho’zilishdagi shakliy o’zgarish (деформация) miqdori va trikotaj matosini yirtishda (uzishda) uzayish miqdori bilan ifodalanadi, qaysiki to’qimaning turiga qarab va iplarning xususiyatlariga qarab qayishqoq va qayishqoq bo’lmagan (qoldiq) bo’lishi mumkin. Qayishqoq deformatsiya (упругая деформация) - trikotajning juda muhim ijobiy xususiyatlaridan biridir va u trikotajning qo’llanishida muhim ko’rsatkich bo’lib xizmat qiladi. Trikotajning qayishqoq bo’lmagan deformatsiyasi esa uning salbiy xususiyatlaridan hisoblanadi, ayniqsa bu xususiyat glad’ to’qimasidan tikilgan kiyimlardan foydalanish davrida yaqqol ko’rinadi. Glad’ to’qimasidan yaqin - yaqinlargacha ayollar paypoqlari, qo’lqop va ichki kiyimlar ishlab chiqarilgan. Bu buyumlar uchun glad’ to’qimasining cho’ziluvchanlik xususiyati ijobiy xususiyat deb hisoblanadi. Hozirgi vaqtda dunyo bozorida glad’ to’qimasidan ishlab chiqarilayotgan ustki trikotajning yangi turlari masalan, erkaklar ko’ylaklari, ayollar bluzkalari, jemperlar, poluverlar, jaketlar, sviterlar va boshqalar paydo bo’la boshladi, bu buyumlar uchun glad’ to’qimasining cho’ziluvchanligi, bu to’qimaning kamchiligi hisoblanadi.  
 
Glad’ to’qimasining cho’ziluvchanlik darajasi ipning yo’g’onligiga teskari 
mutanosibda, xalqa ipi uzunligiga esa to’g’ri mutanosibdadir, ya’ni ip qanchalik 
ingichka bo’lsa va xalqa ipi uzunligi qanchalik uzun bo’lsa, glad’ to’qimasining 
cho’ziluvchanligi shunchalik yuqori bo’ladi. Demak, glad’ to’qimasining 
cho’ziluvchanligini kamaytirish uchun glad’ to’qimasidan ishlab chiqarilayotgan 
trikotaj zichligini oshirish yoki yo’g’on ip qo’llash zarur. Glad’ to’qimasi uzunligi 
bo’ylab cho’zilganda xalqalar qatori balandligi maksimumga kattalashadi, xalqalar 
qadami esa minimumga kichrayadi. 4.3, a-rasmda uzunligi bo’ylab cho’zilgan glad’ 
to’qimasi tasvirlangan. 
  
 
a - uzunligi bo’ylab cho’zilgan glad’ to’qimasi; 
b - eni bo’ylab cho’zilgan glad’ to’qimasi. 
4.3-rasm. Trikotajdagi halqlar holati 
Rasmdan ko’rinib turibdiki, bu holda xalqa ipining uzunligi diametri d=3f ga 
teng bo’lgan aylana uzunligi bilan, xalqaning ikki tayoqchasi uzunligi yig’indisiga 
teng, bunda f – ipning siqiq holatdagi shartli diametridir. Xalqa tayoqchalari uzunligi 
esa taxminan xalqalar qatorining maksimal balandligi V ga teng. Demak, xalqa 
ipining uzunligi quyidagicha ifodalanishi mumkin: 
max
2
3
Â
f
L
+ 

= 

          (4.1) 
bundan, 
2
3
max
f
L
В

− 
=

           (4.2) 
Glad’ to’qimasi eni bo’ylab cho’zilganda xalqalar tayoqchalari uzunligi yoki 
xalqalar qatori balandligi V ni minimumga kamayishi hisobiga xalqalar qadami A 
maksimumga kattalashadi. 4.3, b-rasmda eni bo’ylab cho’zilgan glad’ to’qimasining 
tuzilishi ko’rsatilgan. Ushbu holda xalqa ipining uzunligi, diametri d=3f ga teng 
Glad’ to’qimasining cho’ziluvchanlik darajasi ipning yo’g’onligiga teskari mutanosibda, xalqa ipi uzunligiga esa to’g’ri mutanosibdadir, ya’ni ip qanchalik ingichka bo’lsa va xalqa ipi uzunligi qanchalik uzun bo’lsa, glad’ to’qimasining cho’ziluvchanligi shunchalik yuqori bo’ladi. Demak, glad’ to’qimasining cho’ziluvchanligini kamaytirish uchun glad’ to’qimasidan ishlab chiqarilayotgan trikotaj zichligini oshirish yoki yo’g’on ip qo’llash zarur. Glad’ to’qimasi uzunligi bo’ylab cho’zilganda xalqalar qatori balandligi maksimumga kattalashadi, xalqalar qadami esa minimumga kichrayadi. 4.3, a-rasmda uzunligi bo’ylab cho’zilgan glad’ to’qimasi tasvirlangan. a - uzunligi bo’ylab cho’zilgan glad’ to’qimasi; b - eni bo’ylab cho’zilgan glad’ to’qimasi. 4.3-rasm. Trikotajdagi halqlar holati Rasmdan ko’rinib turibdiki, bu holda xalqa ipining uzunligi diametri d=3f ga teng bo’lgan aylana uzunligi bilan, xalqaning ikki tayoqchasi uzunligi yig’indisiga teng, bunda f – ipning siqiq holatdagi shartli diametridir. Xalqa tayoqchalari uzunligi esa taxminan xalqalar qatorining maksimal balandligi V ga teng. Demak, xalqa ipining uzunligi quyidagicha ifodalanishi mumkin: max 2 3 Â f L +   =   (4.1) bundan, 2 3 max f L В  −  =  (4.2) Glad’ to’qimasi eni bo’ylab cho’zilganda xalqalar tayoqchalari uzunligi yoki xalqalar qatori balandligi V ni minimumga kamayishi hisobiga xalqalar qadami A maksimumga kattalashadi. 4.3, b-rasmda eni bo’ylab cho’zilgan glad’ to’qimasining tuzilishi ko’rsatilgan. Ushbu holda xalqa ipining uzunligi, diametri d=3f ga teng  
 
bo’lgan aylana uzunligi bilan xalqaning maksimal qadami Amax uzunligining 
yig’indisiga teng, ya’ni  
max
3
A
f
L
=  +
            (4.3) 
bundan,  
f
L
A
3
max
−
=
            (4.4) 
Eni va uzunligi bo’yicha cho’ziluvchanlikni taqqoslab quyidagini aniqlaymiz: 
 
 
2
max
max =
В
A
               (4.5) 
Zichlik. Glad’ to’qimasining zichligi, boshqa har qanday trikotajning zichligi 
kabi, glad’ning 50 mm li uzunligiga to’g’ri keladigan xalqalar qatori soni (Rv) va 
xalqalar ustunchalari soni (Rg) bo’yicha aniqlanadi. Glad’ to’qimasining vertikal 
bo’yicha zichligi (Rv) har doim gorizontal bo’yicha zichligidan (Rg) katta bo’ladi. 
Nazariy tomondan zichliklarni hisoblashda avval gorizontal bo’yicha zichlik 
xalqalar qadami miqdori orqali hisoblanadi: 
À
Ðg
= 50
               (4.6) 
Xalqa qadami xalqa asosi kengligida joylashgan iplar yo’g’onligi soni 
bo’yicha aniqlanadi. Prof. A.S. Dalidovichning tavsiyasiga binoan, xalqa qadami 
4G’ ga teng qilib olinadi (bu erda G’ - ipning erkin xolatidagi haqiqiy yo’g’onligi). 
Ipning yo’g’onligini aniqroq hisoblash uchun, kam eshilgan kalava ip (пряжа) va 
iplar (нити) uchun quyidagi formula keltirib chiqarilgan: 
T
F
1000

=
              (4.7) 
bu erda λ- ishlatiladigan ip tolasi xilini hisobga oluvchi koeffitsient. 
Turli kalava ip va ip turlari uchun koeffitsient λ quyidagi qiymatlarga ega: 
Paxta tolasidan olingan kalava ip 
- 1,25 
Sof jundan olingan kalava ip 
- 1,35 
bo’lgan aylana uzunligi bilan xalqaning maksimal qadami Amax uzunligining yig’indisiga teng, ya’ni max 3 A f L =  + (4.3) bundan, f L A 3 max − = (4.4) Eni va uzunligi bo’yicha cho’ziluvchanlikni taqqoslab quyidagini aniqlaymiz: 2 max max = В A (4.5) Zichlik. Glad’ to’qimasining zichligi, boshqa har qanday trikotajning zichligi kabi, glad’ning 50 mm li uzunligiga to’g’ri keladigan xalqalar qatori soni (Rv) va xalqalar ustunchalari soni (Rg) bo’yicha aniqlanadi. Glad’ to’qimasining vertikal bo’yicha zichligi (Rv) har doim gorizontal bo’yicha zichligidan (Rg) katta bo’ladi. Nazariy tomondan zichliklarni hisoblashda avval gorizontal bo’yicha zichlik xalqalar qadami miqdori orqali hisoblanadi: À Ðg = 50 (4.6) Xalqa qadami xalqa asosi kengligida joylashgan iplar yo’g’onligi soni bo’yicha aniqlanadi. Prof. A.S. Dalidovichning tavsiyasiga binoan, xalqa qadami 4G’ ga teng qilib olinadi (bu erda G’ - ipning erkin xolatidagi haqiqiy yo’g’onligi). Ipning yo’g’onligini aniqroq hisoblash uchun, kam eshilgan kalava ip (пряжа) va iplar (нити) uchun quyidagi formula keltirib chiqarilgan: T F 1000  = (4.7) bu erda λ- ishlatiladigan ip tolasi xilini hisobga oluvchi koeffitsient. Turli kalava ip va ip turlari uchun koeffitsient λ quyidagi qiymatlarga ega: Paxta tolasidan olingan kalava ip - 1,25 Sof jundan olingan kalava ip - 1,35  
 
Yarim jundan olingan kalava ip (50% jun va 50% kenghajmli PAN 
tolalar) 
 
- 1,60 
Viskoza iplari 
- 1,30 
Atsetat iplari 
- 1,38 
Kapron iplari 
- 1,48 
Terilen iplari 
- 1,07 
Lavsan iplari 
- 1,38 
Triatsetat iplari 
- 1,40 
Nitron tolalaridan olingan yuqori xajmli iplar 
- 2,60 
Nitron va kurtel tolalaridan olingan yuqori hajmli kalava iplar 
- 2,70 
Ekslan tolasidan olingan kalava iplar 
- 2,76 
Vannel tolalaridan olingan yuqori hajmli kalava iplar 
- 3,16 
Melan, krimplin (belan) turidagi teksturlangan iplar uchun ip yo’g’onligi F ni 
aniqlashda, haqiqiy chiziqli zichligi TF, standartlarda va texnikaviy shartlarda 
ko’rsatilgandan ko’ra 25-30%ga kattaroqligini hisobga olish zarur, ya’ni 
TF = [1,2 – 1,30]·T           (4.8) 
Gorizontal bo’yicha zichlik aniqlangandan keyin, xalqalar qatori balandligi V 
hisoblanadi. Xalqalar qatori balandligi V xalqalar qadami kattaligi va zichliklar 
nisbati koeffitsienti S orqali aniqlanadi. 
V = S · A              (4.9) 
Trikotaj to’qish nazariyasi asosida glad’ to’qimasini loyihalashda S=0,865 ga 
teng qilib olinadi, bundan 
V = 0,865 · 4 · F 
Xalqa ipi uzunligi. Trikotaj tavsifida (характеристика) xalqadagi ip 
uzunligi katta ahamiyatga ega, chunki undan trikotajning zichligi, yuza zichligi, 
pishiqligi va cho’ziluvchanligi bog’likdir. 
Glad’ to’qimasining xalqa ipi uzunligi trikotaj namunasi bo’yicha amaliy usul 
bilan aniqlanishi mumkin yoki prof. A.S.Dalidovich tomonidan tavsiya qilingan 
Yarim jundan olingan kalava ip (50% jun va 50% kenghajmli PAN tolalar) - 1,60 Viskoza iplari - 1,30 Atsetat iplari - 1,38 Kapron iplari - 1,48 Terilen iplari - 1,07 Lavsan iplari - 1,38 Triatsetat iplari - 1,40 Nitron tolalaridan olingan yuqori xajmli iplar - 2,60 Nitron va kurtel tolalaridan olingan yuqori hajmli kalava iplar - 2,70 Ekslan tolasidan olingan kalava iplar - 2,76 Vannel tolalaridan olingan yuqori hajmli kalava iplar - 3,16 Melan, krimplin (belan) turidagi teksturlangan iplar uchun ip yo’g’onligi F ni aniqlashda, haqiqiy chiziqli zichligi TF, standartlarda va texnikaviy shartlarda ko’rsatilgandan ko’ra 25-30%ga kattaroqligini hisobga olish zarur, ya’ni TF = [1,2 – 1,30]·T (4.8) Gorizontal bo’yicha zichlik aniqlangandan keyin, xalqalar qatori balandligi V hisoblanadi. Xalqalar qatori balandligi V xalqalar qadami kattaligi va zichliklar nisbati koeffitsienti S orqali aniqlanadi. V = S · A (4.9) Trikotaj to’qish nazariyasi asosida glad’ to’qimasini loyihalashda S=0,865 ga teng qilib olinadi, bundan V = 0,865 · 4 · F Xalqa ipi uzunligi. Trikotaj tavsifida (характеристика) xalqadagi ip uzunligi katta ahamiyatga ega, chunki undan trikotajning zichligi, yuza zichligi, pishiqligi va cho’ziluvchanligi bog’likdir. Glad’ to’qimasining xalqa ipi uzunligi trikotaj namunasi bo’yicha amaliy usul bilan aniqlanishi mumkin yoki prof. A.S.Dalidovich tomonidan tavsiya qilingan  
 
formula asosida (zichliklar hisoblangandan keyin) nazariy usul bilan aniqlanishi 
mumkin. Formula bo’yicha xalqa ipi uzunligi, xalqa qadami A, xalqa qatori 
balandligi V ning miqdoriga va ipning yo’g’onligi F ga qarab aniqlanadi. 1.2-
rasmdan ko’rinib turganidek, xalqaning 2-3-4 va 5-6-7 yoylari ”d” diametrli aylana 
hosil qiladi. Xalqalarning tayoqchalari taxminan xalqa qatori balandligi V ga teng. 
Shunga ko’ra xalqa ipi uzunligi 
L = Pd + 2V. 
Rasmdan A=2d–2F ekanligi ko’rinib turibdi, bundan: 
F
À
d
+
=
5,0
 
bu erda F - ipning haqiqiy yo’g’onligi. d ning qiymatini birinchi formulaga 
qo’yib, quyidagiga ega bo’lamiz: 
(
)
Â
F
À
n
L

+
+

=
2
5,0
 
yoki  
В
F
A
L
2
,157
+

+

=

         (4.10) 
qiymatlarni o’z o’rniga qo’yib, quyidagini olamiz 
F
Ðv
Ðg
L

+
+
=

100
78 5,
          (4.11) 
Amalda xalqa ipi uzunligi trikotaj namunasi bo’yicha aniqlanadi. Bunda bitta 
xalqalar qatoridagi xalqalarni echib, olingan ip uzunligi o’lchanadi va chiqqan natija 
echilgan xalqalar soniga bo’linadi: 
n ,
L = l
               (4.12) 
bu erda, L - xalqa ipi uzunligi, mm;  
l - “n” ta xalqalardagi xalqalar ipining uzunligi; 
n - echilgan xalqalar soni. 
Glad’ to’qimasining yuza zichligi. 
Glad’ to’qimasining yuza zichligi uni hosil qiluvchi xalqa ipi uzunligiga, 
to’qimadagi xalqalar zichligiga va iplarning chiziqli zichligiga bog’liqdir. 
Glad’ to’qimasining yuza zichligi shu trikotajdagi ipning uzunligiga va uning 
chiziqli zichligiga qarab aniqlanadi: 
formula asosida (zichliklar hisoblangandan keyin) nazariy usul bilan aniqlanishi mumkin. Formula bo’yicha xalqa ipi uzunligi, xalqa qadami A, xalqa qatori balandligi V ning miqdoriga va ipning yo’g’onligi F ga qarab aniqlanadi. 1.2- rasmdan ko’rinib turganidek, xalqaning 2-3-4 va 5-6-7 yoylari ”d” diametrli aylana hosil qiladi. Xalqalarning tayoqchalari taxminan xalqa qatori balandligi V ga teng. Shunga ko’ra xalqa ipi uzunligi L = Pd + 2V. Rasmdan A=2d–2F ekanligi ko’rinib turibdi, bundan: F À d + = 5,0 bu erda F - ipning haqiqiy yo’g’onligi. d ning qiymatini birinchi formulaga qo’yib, quyidagiga ega bo’lamiz: ( ) Â F À n L  + +  = 2 5,0 yoki В F A L 2 ,157 +  +  =  (4.10) qiymatlarni o’z o’rniga qo’yib, quyidagini olamiz F Ðv Ðg L  + + =  100 78 5, (4.11) Amalda xalqa ipi uzunligi trikotaj namunasi bo’yicha aniqlanadi. Bunda bitta xalqalar qatoridagi xalqalarni echib, olingan ip uzunligi o’lchanadi va chiqqan natija echilgan xalqalar soniga bo’linadi: n , L = l (4.12) bu erda, L - xalqa ipi uzunligi, mm; l - “n” ta xalqalardagi xalqalar ipining uzunligi; n - echilgan xalqalar soni. Glad’ to’qimasining yuza zichligi. Glad’ to’qimasining yuza zichligi uni hosil qiluvchi xalqa ipi uzunligiga, to’qimadagi xalqalar zichligiga va iplarning chiziqli zichligiga bog’liqdir. Glad’ to’qimasining yuza zichligi shu trikotajdagi ipning uzunligiga va uning chiziqli zichligiga qarab aniqlanadi:  
 
1000,
1000
T
l
T
l
m

=
=
           (4.13) 
bu erda, m - trikotajning yuza zichligi, g; 
l - trikotajdagi ip uzunligi, mm; 
T - ipning chiziqli zichligi, teks. 
Ip uzunligi l ni xalqa ipi uzunligi va trikotaj to’qimasidagi xalqalar soni “n” 
orqali ifodalanishi mumkin, u holda 
1000 .
1000
n T
L
T
L n
m
 
=

=
 
Trikotajning yuza birligida joylashgan xalqalar soni trikotaj zichligi orqali 
aniqlanishi mumkin: 
,
5
5
10000




=
Ðg Ðv S
n
 
bu erda, S - trikotaj yuzasi (maydoni), m
2. 
Yuqoridagi formuladan “n” qiymatni qo’yib glad’ to’qimasining yuza zichligi 
formulasini aniqlaymiz: 
,
1000
4,0
1000
1000
400
Ðv L T
Ðg
T
Ðg Ðv L
m




=




=
       (4.14) 
bu erda, Rg - gorizontal bo’yicha trikotaj zichligi; 
Rv - vertikal bo’yicha trikotaj zichligi; 
L - xalqa ipi uzunligi, mm; 
 400 - 1 m
2 trikotajda, trikotaj zichligi aniqlanayotgan yuza birligi (5·5=25 
sm
2) dan 400 tasi joylashishini ko’rsatuvchi koeffitsient. 
Glad’ to’qimasining qalinligi. Trikotaj qalinligi M, to’qima turiga va shu 
trikotaj to’qimasini to’qishda ishlatilgan iplarning yo’g’onligiga bog’liqdir. Trikotaj 
qalinligi mm da ifodalanadi va qirqimdagi iplar yo’g’onligi F ning soni bilan 
aniqlanadi. Glad’ to’qimasining qalinligi 2F dan biroz katta bo’ladi. 
Glad’ to’qimasining pishiqligi. Trikotaj to’qimasining pishiqligi uning 
uzilish kuchi bilan tavsiflanadi. 
1000, 1000 T l T l m  = = (4.13) bu erda, m - trikotajning yuza zichligi, g; l - trikotajdagi ip uzunligi, mm; T - ipning chiziqli zichligi, teks. Ip uzunligi l ni xalqa ipi uzunligi va trikotaj to’qimasidagi xalqalar soni “n” orqali ifodalanishi mumkin, u holda 1000 . 1000 n T L T L n m   =  = Trikotajning yuza birligida joylashgan xalqalar soni trikotaj zichligi orqali aniqlanishi mumkin: , 5 5 10000     = Ðg Ðv S n bu erda, S - trikotaj yuzasi (maydoni), m 2. Yuqoridagi formuladan “n” qiymatni qo’yib glad’ to’qimasining yuza zichligi formulasini aniqlaymiz: , 1000 4,0 1000 1000 400 Ðv L T Ðg T Ðg Ðv L m     =     = (4.14) bu erda, Rg - gorizontal bo’yicha trikotaj zichligi; Rv - vertikal bo’yicha trikotaj zichligi; L - xalqa ipi uzunligi, mm; 400 - 1 m 2 trikotajda, trikotaj zichligi aniqlanayotgan yuza birligi (5·5=25 sm 2) dan 400 tasi joylashishini ko’rsatuvchi koeffitsient. Glad’ to’qimasining qalinligi. Trikotaj qalinligi M, to’qima turiga va shu trikotaj to’qimasini to’qishda ishlatilgan iplarning yo’g’onligiga bog’liqdir. Trikotaj qalinligi mm da ifodalanadi va qirqimdagi iplar yo’g’onligi F ning soni bilan aniqlanadi. Glad’ to’qimasining qalinligi 2F dan biroz katta bo’ladi. Glad’ to’qimasining pishiqligi. Trikotaj to’qimasining pishiqligi uning uzilish kuchi bilan tavsiflanadi.  
 
Pishiqlik ko’p hollarda dinamometrda, cho’ziluvchanligi bilan birga 
aniqlanadi. Trikotaj pishiqligi uning bo’yi va eni bo’ylab, tegishli yo’nalishlarda 
cho’zish yo’li bilan aniqlanadi. 
Glad’ to’qimasining kirishishi. 
Trikotaj kirishishi deb, uning eni yoki uzunligining ma’lum bir vaqt ichida 
yoki unga ma’lum bir ishlov berish oqibatida nisbiy o’zgarishiga aytiladi. 
Trikotajning kirishishi foizda (protsentda) ifodalanadi. Agar trikotaj to’qimasini 
mashinada to’qish jarayonida eni T·n ga teng bo’lsa, bo’yalgandan va ishlov 
berilgandan keyin esa A·n ga teng bo’ladi, u holda trikotajning eni bo’yicha kirishishi 
quyidagicha ifodalanadi: 
100
1
100





=  −


−

=
T
A
n
T
A n
T n
Ue
 
yoki 
1 100
100
1
1






−
=

−
=
A
A
A
A
A
Ue
       (4.15) 
Bunda: A1 - trikotajning kirishishdan oldingi eni, 
 
 A - trikotajning kirishishdan keyingi eni. 
Uzunligi bo’yicha kirishish Uu quyidagi formula bo’yicha aniqlanadi: 
1 100
100
1
1






−
=

−
=
Â
Â
Â
Â
Â
Uu
       (4.16) 
Bunda: B1 - trikotajning kirishishdan oldingi bo’yi, 
 
 B - trikotajning kirishishdan keyingi bo’yi. 
 
Hosilali glad’ to’qimasi ikkita glad’ to’qimasining qo’shilishidan tashkil 
topadi, shuning uchun ham uning nomi ikki glad’ to’qimasi ham deb ataladi. 
Agar b va a iplar xalqalari echilsa, u holda qolgan xalqalar ustunchalari bitta 
glad’ to’qimasini tashkil etadi (4.1, d-rasm). Hosilali glad’ to’qimasining xalqalari 
shaxmat tartibida joylashgan bo’lib, har bir xalqa ortida uzunligi taxminan bitta 
xalqa qadamiga teng bo’lgan protyajka yotadi. Bu to’qimada ikki yondosh xalqalar 
eni 7F ga teng bo’lganligi uchun, xalqa qadami A=3,5F bo’ladi. 
Pishiqlik ko’p hollarda dinamometrda, cho’ziluvchanligi bilan birga aniqlanadi. Trikotaj pishiqligi uning bo’yi va eni bo’ylab, tegishli yo’nalishlarda cho’zish yo’li bilan aniqlanadi. Glad’ to’qimasining kirishishi. Trikotaj kirishishi deb, uning eni yoki uzunligining ma’lum bir vaqt ichida yoki unga ma’lum bir ishlov berish oqibatida nisbiy o’zgarishiga aytiladi. Trikotajning kirishishi foizda (protsentda) ifodalanadi. Agar trikotaj to’qimasini mashinada to’qish jarayonida eni T·n ga teng bo’lsa, bo’yalgandan va ishlov berilgandan keyin esa A·n ga teng bo’ladi, u holda trikotajning eni bo’yicha kirishishi quyidagicha ifodalanadi: 100 1 100      =  −   −  = T A n T A n T n Ue yoki 1 100 100 1 1       − =  − = A A A A A Ue (4.15) Bunda: A1 - trikotajning kirishishdan oldingi eni, A - trikotajning kirishishdan keyingi eni. Uzunligi bo’yicha kirishish Uu quyidagi formula bo’yicha aniqlanadi: 1 100 100 1 1       − =  − = Â Â Â Â Â Uu (4.16) Bunda: B1 - trikotajning kirishishdan oldingi bo’yi, B - trikotajning kirishishdan keyingi bo’yi. Hosilali glad’ to’qimasi ikkita glad’ to’qimasining qo’shilishidan tashkil topadi, shuning uchun ham uning nomi ikki glad’ to’qimasi ham deb ataladi. Agar b va a iplar xalqalari echilsa, u holda qolgan xalqalar ustunchalari bitta glad’ to’qimasini tashkil etadi (4.1, d-rasm). Hosilali glad’ to’qimasining xalqalari shaxmat tartibida joylashgan bo’lib, har bir xalqa ortida uzunligi taxminan bitta xalqa qadamiga teng bo’lgan protyajka yotadi. Bu to’qimada ikki yondosh xalqalar eni 7F ga teng bo’lganligi uchun, xalqa qadami A=3,5F bo’ladi.  
 
Xalqalar qatorining eng kam balandligi B=3F. 
Shunga ko’ra:  
C=B : A = 3F : 3,5F = 0,86; C = 0,86.     (4.17) 
Hosilali glad’ to’qimasining yuza zichligi glad’ to’qimasining yuza zichligi 
formulasi bo’yicha aniqlanadi. Bunday trikotaj xalqa ipi uzunligi glad’ xalqasi 
ipining uzunligidan taxminan xalqa qadami A ga teng miqdorda katta bo’lishi kerak, 
ya’ni 
L = 2,57A + 2B + PF         (4.18) 
A va V lar o’rniga zichliklari Rg va Rv lar orqali ifodalangan qiymatlarni 
qo’yib, quyidagiga ega bo’lamiz: 
P F
Рv
Рg
L

+
+
=
128 100
          (4.19) 
Gorizontal bo’yicha zichlik. Agar xalqa enini 4F ga teng qilib olinsa, u holda 
xalqa qadami quyidagicha aniqlanadi: 
2Apg=4F+3F; 
Apg = 3,5F             (4.20) 
Xalqa qadami glad’ to’qimasida 4F ga teng, shunga ko’ra: 
12 5, %
100
4
5,3
4
100
=



−

=

−
F
F
F
Ag
A
Ag
pg
     (4.21) 
Shunday qilib, bir xil kalava ipdan to’qilgan hosilali glad’ to’qimasining eni 
glad’ to’qimasi enidan 12,5% kam bo’ladi. 
Cho’ziluvchanlik. Hosilali glad’ to’qimasining bo’yiga cho’ziluvchanligi, 
xalqalar 
ustunchalarining 
bir-biriga 
yaqin 
joylashganligi 
sababli, 
glad’ 
to’qimasining cho’ziluvchanligiga qaraganda kamroq bo’ladi. Hosilali glad’ 
to’qimasining tarkibida uzun protyajkalar bo’lganligi sababli bu trikotajning eniga 
cho’ziluvchanligi glad’ to’qimasining cho’ziluvchanligiga qaraganda kamroq 
bo’ladi. 
Pishiqligi. Hosilali glad’ to’qimasining eni va bo’yi bo’ylab pishiqligi glad’ 
to’qimasi pishiqligiga qaraganda kattadir. 
Xalqalar qatorining eng kam balandligi B=3F. Shunga ko’ra: C=B : A = 3F : 3,5F = 0,86; C = 0,86. (4.17) Hosilali glad’ to’qimasining yuza zichligi glad’ to’qimasining yuza zichligi formulasi bo’yicha aniqlanadi. Bunday trikotaj xalqa ipi uzunligi glad’ xalqasi ipining uzunligidan taxminan xalqa qadami A ga teng miqdorda katta bo’lishi kerak, ya’ni L = 2,57A + 2B + PF (4.18) A va V lar o’rniga zichliklari Rg va Rv lar orqali ifodalangan qiymatlarni qo’yib, quyidagiga ega bo’lamiz: P F Рv Рg L  + + = 128 100 (4.19) Gorizontal bo’yicha zichlik. Agar xalqa enini 4F ga teng qilib olinsa, u holda xalqa qadami quyidagicha aniqlanadi: 2Apg=4F+3F; Apg = 3,5F (4.20) Xalqa qadami glad’ to’qimasida 4F ga teng, shunga ko’ra: 12 5, % 100 4 5,3 4 100 =    −  =  − F F F Ag A Ag pg (4.21) Shunday qilib, bir xil kalava ipdan to’qilgan hosilali glad’ to’qimasining eni glad’ to’qimasi enidan 12,5% kam bo’ladi. Cho’ziluvchanlik. Hosilali glad’ to’qimasining bo’yiga cho’ziluvchanligi, xalqalar ustunchalarining bir-biriga yaqin joylashganligi sababli, glad’ to’qimasining cho’ziluvchanligiga qaraganda kamroq bo’ladi. Hosilali glad’ to’qimasining tarkibida uzun protyajkalar bo’lganligi sababli bu trikotajning eniga cho’ziluvchanligi glad’ to’qimasining cho’ziluvchanligiga qaraganda kamroq bo’ladi. Pishiqligi. Hosilali glad’ to’qimasining eni va bo’yi bo’ylab pishiqligi glad’ to’qimasi pishiqligiga qaraganda kattadir.  
 
Xalqa hosil qilish xususiyatlari. Hosilali glad’ to’qimasini to’qishda xalqa 
hosil qilish jarayoni ayniqsa platinasiz mashinalarda ancha yengil bajariladi, chunki 
ipni egish jarayoni bajarilayotganda ignalar ipni bitta igna oralab egadilar. Shunga 
ko’ra ipni egishda ishtirok etadigan ignalar sonini aniqlovchi formula quyidagi 
ko’rinishga ega bo’ladi. 
tg
T
X
т

= 2
            (4.22) 
bunda  n - ipni egishda ishtirok etadigan ignalar soni; 
x - ipni egish chuqurligi; 
tgα - ipni egish burchagi; 
T - ignalar qadami, ya’ni ipni egish jarayonida ishtirok etadigan ignalar soni 
ikki marta kamayadi. Shunga ko’ra hosilali glad’ to’qimasini to’qiyotgan mashinalar 
tezligini 30-40% ga oshirish mumkin. 
Shuni ham nazarda tutish kerakki, bu to’qimaning bitta xalqalar qatorini hosil 
qilish uchun ikki to’quv tizimi zarur. Hosilali glad’ to’qimasini to’qish jarayonida 
trikotaj matosini tortish kuchini kamaytirish lozim bo’ladi. 
 
Xalqa hosil qilish xususiyatlari. Hosilali glad’ to’qimasini to’qishda xalqa hosil qilish jarayoni ayniqsa platinasiz mashinalarda ancha yengil bajariladi, chunki ipni egish jarayoni bajarilayotganda ignalar ipni bitta igna oralab egadilar. Shunga ko’ra ipni egishda ishtirok etadigan ignalar sonini aniqlovchi formula quyidagi ko’rinishga ega bo’ladi. tg T X т  = 2 (4.22) bunda n - ipni egishda ishtirok etadigan ignalar soni; x - ipni egish chuqurligi; tgα - ipni egish burchagi; T - ignalar qadami, ya’ni ipni egish jarayonida ishtirok etadigan ignalar soni ikki marta kamayadi. Shunga ko’ra hosilali glad’ to’qimasini to’qiyotgan mashinalar tezligini 30-40% ga oshirish mumkin. Shuni ham nazarda tutish kerakki, bu to’qimaning bitta xalqalar qatorini hosil qilish uchun ikki to’quv tizimi zarur. Hosilali glad’ to’qimasini to’qish jarayonida trikotaj matosini tortish kuchini kamaytirish lozim bo’ladi.