Tuberkulyoz klinikasida infeksion nazorat. Yangi usul va vositalarni qo‘llagan xolda atrof muxit ob’ektlarini zararsizlantirish
Yuklangan vaqt
2025-09-06
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
46
Faytl hajmi
836,5 KB
Amaliy mashg‘ulot mavzusi:
Tuberkulyoz klinikasida infeksion nazorat. Yangi usul va vositalarni
qo‘llagan xolda atrof muxit ob’ektlarini zararsizlantirish.
1. Mashg‘ulot o‘tkazish joyi, jixozlanishi:
- ftiziatriya kafedrasi; VSQKDning terapevtik bo‘limlari; dezinfeksiya xonasi, kir
yuvish xonasi; ovqatlantirish xonasida
- jadvallar majmuasi, uslubiy qo‘llanmalar, zararsizlantirish moddalar ,
- TSO: zararsizlantirish moddalar, 1-mashg‘ulotning kompyuter prezentatsiyasi.
2. Mashg‘ulotning davomiyligi – 5 soat
3. Mashg‘ulotning maqsadi:
Sil kasalligi bilan kasallanish xavfiga ega bo‘lgan aholi kontingenti o‘rtasida silni
tashxislash va qiyosiy tashxis o‘tkazishni UASH talabalariga o‘rgatish.
O‘pka silining birlamchi, ikkilamchi shakllari va o‘pkadan tashqari shakllarining
alohida simptomlar, sindromlar asosida erta aniqlashni o‘tkazish.
Sil infeksiyasi o‘chog‘ida asosiy epidemiologik ko‘rsatkichlar tahlilini va
profilaktik tadbirlarini o‘tkazish.
O‘qitish masalalari:
- Sil bilan kasallanish xavfi omillariga ega bo‘lgan aholi kontingenti o‘rtasida sil
tashxisi va qiyosiy tashxisi bo‘yicha bilim va ma’lumotlarni shakllantirish.
- JSST ko‘rsatmalari asosida sil kasalligini aniqlash va davolashni tashkillashtirish
asoslari bilan tanishtirish.
-O‘pkadan tashqari va o‘pka silini o‘z vaqtida tashxislash hamda erta aniqlashni
simptom, sindromli taktika bo‘yicha o‘qitish.
-Sil kasalligi profilaktikasining taktika va usullarini o‘qitish. Sil bilan kasallangan
bemorlar o‘chog‘idagi ish jarayoni.
- Sil kasalligi bo‘yicha asosiy epidemiologik tahlilni o‘qitish, sil bo‘yicha
epidemiologik holatni baholash asoslarini ishlab chiqish.
Umumiy amaliyot shifokori (UASH) bilishi shart:
- Sil kasalligi bo‘yicha dunyoda, O‘zbekiston Respublikasida va boshqa MDH
davlatlaridagi epidemiologik vaziyatni. Sil kasalligi bo‘yicha epidemiologik
tahlilni(kogort tahlil).
-XKK 10 bo‘yicha sil kasalligi zamonaviy tasnifini.
-O‘pkadan tashqarida joylashgan va o‘pka silining asosiy sindromlarini.
- Sil kasalligi bilan kasallanish xavfi omillariga ega bo‘lgan aholi kontingenti
o‘rtasida o‘pkadan tashqari va o‘pka silini qiyosiy tashxislash metodlarini.
-Aholining sil kasalligiga nisbatan munosabati haqida ma’lumot berish
bo‘yicha ishlar olib borish shakli, metodlari va tarkibini.
-Infeksiya o‘chog‘ida xavf omillarini va o‘choq darajasini.
UASH bilishi kerak:
-Xavfli omillarni hisobga olgan holda tibbiyot muassasalariga murojat etuvchi
sil kaslligiga klinik skrining o‘tkazishni va sil kaslligiga shubha qilingan
bemorlarni tekshirishni.
- Sil kaslligi bo‘yicha epidemiologik xolatning tahlilini o‘tkazishni, silga qarshi
tadbirlar rejasini tuzishni, kogort tahlil olib borishni.
-JSST tavsiyasiga asoslangan holda XKK10 bo‘yicha tashxisni asoslashni.
-O‘pkadan tashkari va o‘pka sili simptomi, sindromli qiyosiy tashxisni
o‘tkazishni.
- Sil infeksiya o‘chog‘ida profilaktik metodlarni o‘tkazishni.
Amaliy ko‘nikmaga ega bo‘lishlari kerak:
-Professional so‘rov, bemorni ko‘zdan kechirish, qarindoshlarini so‘rab-
surishtirish.
-Klinik va bioximik tahlillar interperitatsiyasi, balg‘amni bakterioskopik
tekshirishni.
-Rentgenogrammalar,
tuberkulin
sinamalari,
vaksinatsiyalar
va
revaksinatsiyalarni baholash.
-XKK10 tasnifsi bo‘yicha klinik tashxisni qo‘yishni.
- Silga karshi profilaktik uslublari - spetsifik. Ximioprofilaktikalar va sil
o‘chog‘idagi epidemiologik tadbirni o‘tkazish.
4. Motivatsiya
Epidemiologik holatda sil jarayoni yuzaga kelishida xavf omillari katta
axamiyatga ega. Simptom va sindromlar bo‘yicha taqqoslama tashxislash asosida
DOTS dasturi bo‘yicha zamonaviy bosqichda sil bilan kasallangan bemorlarni
aniqlash, kuzatish va profilaktika usullari amalga oshirilmoqda, bu esa
epidemiologik
holat
bo‘yicha
statistik
ko‘rsatkichlarning
yaxshilanishini
ta’minlamoqda.
SHunga bog‘liq holda sil bilan kasallanish xavf omillari mavjud aholi
kontingentida birlamchi va ikkilamchi sil shakllari, o‘pkadan tashqari a’zolar silini
tashxislash, qiyosiy tashxislash ko‘nikmalarini o‘zlashtirish UASH talabalarini
o‘qitishda asosiy yo‘nalishni tashkil etadi.
5. Fanlararo va fan ichida bog‘liqlik
Ushbu mavzuni o‘qitish talabalarning o‘pka va boshqa a’zolarning anatomik
tuzilishi, nomal va patologik fiziologiyasi, yuqori nafas yo‘llari va boshqa a’zolar
funksiyasi xaqida bilimlari; mikrobiologiya – sil mikobakteriyasini aniqlash va
xususiyatlarini
o‘rganish,
shuningdek,
terapiya,
xirurgiya,
ginekologiya,
rentgenologiya, yuqumli kasalliklar, endokrinologiya, gematologiya, urologiya,
teri-tanosil kasalliklari, oftalmologiya kabi fanlar bilan bir qatorda sil kasalligini
boshqa kasalliklar bilan qiyosiy tashxislashga asoslanadi.
6. Darsning mazmuni
6.1. Nazariy qism.
Sil epidemiologiyasi
O‘rtacha er shari aholisining uchdan biri SMBsi bilan infeksiyalangan.
Dunyo bo‘yicha har yili 7,5-8 mln odam sil bilan kasallanadi. O‘pka sili
bemorlarining 15 dan 20 mln.ta gachasi SMB ajratadi.
Har yili o‘rtacha 1,5 mln odam sildan o‘ladi. Bundan shu narsa kelib
chiqadiki: har 4 tadan bitta odam sil bilan kasallanadi va har 10 tadan bitta odam
sildan o‘ladi. YUqumli kasalliklar orasida o‘lim sababi bo‘yicha sil ilgaridan
birinchi o‘rinni egallab kelgan. SHuning uchun 1993 yil JSSTi silni dunyo
bo‘yicha eng katta mu’ammo deb e’lon qildi.
Turli davlat va joylarda sil bo‘yicha epidemiologik holat turlicha. Turli
mamlakatlardan kelayotgan noto‘g‘ri statistik ma’lumotlar bo‘lgani uchun
epidemiologik holatni baholash juda qiyin. Ammo JSST halqaro silga qarshi
kurash va o‘pka kasalliklari buyurosi, sog‘liqni saqlash bo‘limlari o‘tkazgan ish, sil
haqida epidemiologik holat va uning o‘ziga xosligi haqida ma’lumot taqdim etadi.
(Hal qiluvchi) Umumiy tuchuncha. Sil bo‘yicha epidemiologik holatni
baholovchi eng zarur ko‘rsatgichlar: infitsirlanish, kasallanish, (kasallikning)
tarqalishi va o‘lim ko‘rsatkichlari.
Infitsirlanish – umumiy tekshiriluvchilarga (postvaksinal allergiya istisno)
nisbatan tuberkulinga musbat reaksiya bergan tekshiriluvchilar foizi.
Kasallanish – yil davomida birinchi marta silning aktiv shakli aniqlanganlar
100 000 aholiga nisbatan.
(Kasallikning) tarqalishi – yilning oxiridagi silning aktiv shakli bemorlar
hisobi 100 000 aholiga nisbatan.
Aktiv sil bemorlar soni har yili birinchi marta aniqlanayotganlar bilan
ko‘paymoqda va klinik sog‘ayish va o‘lim hisobi kamaymoqda. O‘pka sili
kasallarining doimiy yoki vaqti-vaqti bilan bakteriya ajratuvchilari silning atrof
muhitga tarqalishiga ko‘proq xavfli.
O‘lim – yil davomida sildan o‘lganlar soni 100 000 aholiga nisbatan. Sildan
o‘lim ko‘rsatgichi shu kasallikni integral tarqalishini qaytaradi, hamda og‘ir
kechishini, aniqlash sifatini, bemorlarni tashxislash va davolashni baholaydi.
Yil davomida sildan o‘lganlar, umumiy aktiv sil bemorlari soniga hisobi
sildan o‘lim ko‘rsatgichini belgilaydi. Bakteriya ajratuvchi o‘pka sili bemorlari
davolanmasa 35-40% bir yil davomida o‘ladi, 70% 5-7 yil davomida o‘ladi.
Silning epidemik zo‘rayishini chaqiruvchi va ushlab turuvchi bir qancha
sharoitlar: sil infeksiyasi manbai va rezervuari, yuqish yo‘lini bo‘lishi va moyil
odam.
Sil infeksiyasining manbai va rezervuari. Sil infeksiyasining rezervuari
bo‘lib, sil bemorlari va SMB bilan infitsirlangan odamlar, hayvonlar va qushlar
hisoblanadi. Rezervuarlarning aktiv qismi ya’ni bakteriya ajratuvchilar muhim
ahamiyatga ega.
Sil infeksiyasining manbai bo‘lib, sil bilan og‘rigan odamlar va hayvonlar.
Rezervuarlarning aktiv qismi ya’ni bakteriya ajratuvchilar muhim rol o‘ynaydi.
Epidemiologik holat uchun ko‘plab bakteriya ajratuvchi o‘pka sili bemorlari
ko‘proq xavfli. Bitta shunday bemor sutka davomida balg‘ami bilan bir milliarddan
ko‘p SMBni ajratishi mumkin. Kam bakteriya ajratuvchilar, oddiy mikroskopik
usulda SMB aniqlanmaydi, faqat maxsus usulda aniqlanadiganlarda atrof-muhitni
zararlash havfi bir muncha kam.
Balg‘amida emas, balki siydigi yoki yiring orqali SMB ajratadiganlar ham
nisbatan xavfli hisoblanadi. Ammo, bakteriya ajratishni aniq tashxisi har doim ham
yuqori darajada etarli bo‘lmaydi va olingan material va laboratoriya xizmati
darajasiga ham bog‘liq bo‘lgan ko‘pgina holatlar mavjud. Sil bilan zararlanish
bakteriya ajratmaydigan kasallardan ham kelib chiqishi mumkin.
Bolalarda bakteriya ajratish kam kuzatiladi, shuning uchun ular silning
tarqalishida xavfli manba bo‘lib hisoblanmaydi.
Sil bilan og‘rigan hayvonlar odamlarni sil bilan zararlashi epidemiologik
jihatdan kam. Sil bilan og‘riydigan 50 xildan ortiq sut emizuvchilar aniq. Odam
uchun sil bilan og‘rigan qoramol va echki havfli sanaladi.
Infeksiyaning Mycobacterium bovis xili ko‘pincha odamga sut va sut
mahsulotlari orqali, kamroq xollarda zararlangan go‘shtni istemol qilganda yoki
kasallangan hayvon bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri kontaktda bo‘lganda o‘tadi. It, mushuk,
qo‘y va cho‘chqalarni sil bilan kasallanishi odamlar uchun epidemiologik xavf
tug‘dirmaydi.
Infeksiyani yuqishi. O‘pka silini bakteriya ajratuvchi bemori yo‘talganda,
aksa urganda, gapirganda havoda mikobakteriyaning juda kichkina qismini
balg‘ami va tufigi orqali aerozol pufakchasini havoga tarqatadi. Aerozol
tomchisidagi diametri 1-10 mkm qismchalar juda sekin cho‘kadi va havoda bir
necha soat qolib ketishi mumkin. diametri 1 dan 5 mkm gacha bo‘lgan qismchalar
ko‘proq xavfli.
Ular pastki nafas yo‘llari va alveolagacha o‘tib borishi mumkin. Aynan
havo-tomchi yoki aerozol yo‘li bilan ko‘pincha odamlar sil bilan zararlanadilar.
Boshqa yo‘l bilan zararlanishi havo-chang. Patogen SMB tabiiy sharoitda va
maishiy narsalarda uzoq vaqt saqlanishi mumkin.
Asosan
yomon
yig‘ishtirilgan
xonalarda
va
narsalarni
etarlicha
dezinfeksiya
qilinmagan
joylarda.
Qurigan balg‘am yoki shilliq yana
havoga chang bilan ko‘tarilishi mumkin.
Havo-tomchi
va
havo-chang
orqali
SMBning yuqish yo‘llari orasida bir
xildagi “yadrochali tomchi” bosqichi yotadi. Tomchilar sekin quriydi va
mikobakteriya uzoq saqlanishi mumkin bo‘lgan yadrochalarga aylanadi.
Sil bilan aerogen havo-tomchi va havo-chang yo‘li orqali zararlanish 90-
95% bemorlarda kuzatilgan.
1
20
1
Bemorlar bilan umumiy idish-tovoqlardan foydalanganda va kasallangan
hayvonlarning sut maxsulotlarini istemol qilganda oshqazon-ichak trakti (alimentar
yo‘l) orqali sil bilan bir muncha kam zararlanadi. Odamlarni hayvonlardan bu
tarzda zararlanishi, ko‘pincha sil mastiti bilan kasallangan hayvonni sutini
qaynatmasdan istemol qilish orqali ro‘y beradi.
Sil bilan shikastlangan teri va shilliq qavatlar (kontakt yo‘l) orqali
zararlanish hollari ham aniqlangan. Bemor onaning yo‘ldoshi sil bilan
zararlanganda, onadan bola qorin ichi (xomila ichi) zararlanishi ham mumkin.
Silning odamdan odamga yuqishi, boshqa havo-tomchi infeksiyalarga
o‘xshab
tez
ro‘y
bermaydi.
Adabiyotlarda
yozilishicha,
silga
qarshi
kimyoviypreparatlar paydo bo‘lgungacha bitta bakteriya ajratuvchi bemor 2 yil
ichida 20 ta odamni zararlashi mumkin. Bakteriya ajratuvchilar bilan yaqindan va
uzoq muddat aloqada bo‘lsa SMB ¼ dan ½ gacha bo‘lgan odamlarni zararlashi
haqida ma’lumotlar bor.
Bakteriya ajratuvchi kasal 1 yilda
10 ta odamni zararlashi mumkin
Zaralangandan
Sil
bilan kasallanadi
Bakteriya ajratuvchining epidemiologik havfi.
Bakteriya ajratuvchi bemor bilan aloqada bo‘lgan odamni SMB bilan
zararlanish ehtimoli juda ko‘p omillarga bog‘liq. Asosiysi havodagi SMBning
zararlovchi qismlarini o‘lchami va soni, SMB bilan aloqani davomiyligi va silga
qarshi immunitetni holati muhim ahamiyatga ega. SMB bilan zararlangan
kishilardan faqatgina 5 – 10% sil bilan kasallanadi.
M. bovis M. tuberculosis ga qaraganda odamdan odamga anchagina kam
o‘tishi haqida ma’lumotlar bor.
Sil – ijtimoiy qaram kasallik. Silning vujudga kelishi va kechishi ijtimoiy-
iqtisodiy sharoitga va kambag‘allikka yaqindan bog‘liq bo‘lgan, infeksion ijtimoiy
qaram kasallikdir.
Urush va harbiy kelishmovchiliklar, iqtisodiy tanglik, qoniqarsiz hayot,
yomon turmush sharoiti va og‘ir ishlar sil bilan kasallanishni birinchi darajali
ahamiyatga molik qismidir. Quvvatsiz oziq-ovqat yoki vegitariancha ovqatlanish
yashash tarzi, madaniyat va sanitar bilimlarni pastligi, aholini haddan tashqari zich
joylashishi ham kasallanishga olib keluvchi yaqin omillardan hisoblanadi.
Bular ko‘pincha ko‘p bolali oilalarda kuzatiladi. Jinoyatchilik, qamoqxona
tizimi va sog‘liqni saqlash darajasi va ko‘rsatiladigan tibbiy yordam darajasi
muhim ahamiyatga ega. O‘tgan asrning 80- yillarida OIV-infeksiyasini tarqalishi
sil bilan kasallanishni oshishiga olib keldi.
Turli davlat va joylarda silni epidemiologik holati turlicha. Ko‘pincha
iqtisodiy rivojlangan davlatlarda, jumladan G‘arbiy Evropa, AQSH, Kanada,
YAponiya va Avstraliyada silni tarqalish ko‘rsatgichi past. Rivojlanayotgan
mamlakatlarda, Afrika, Janubiy sharqiy Osiyo va Lotin Amerikasida sil bilan
kasallanish va o‘lim ko‘rsatgichi bir muncha yuqori.
Sildan zararlanish bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatgich Janubiy Afrikadagi
Saxara davlatida (100 000 aholiga 150 dan 400 tagacha) to‘g‘ri keladi, sildan
kasallanish soni ko‘proq Janubiy SHarqiy Osiyoda ro‘yxatga olingan. Sil
bakteriyasini ajratib chiqaruvchi kasallar soni har 100 000 aholiga nisbatan turli
darajada rivojlangan va iqtisodiy darajasi va ijtimoiy-iqtisodiy omillarning o‘rni
turlicha mamlakatlardagi (1995 yil) ma’lumotlari: AQSH va Kanada – 7; Evropa –
24; Lotin Amerikasi – 80; Osiyo – 110; Afrika – 165.
Oxirgi paytdagi halqaro migratsiyaning ommaviy tus olishi rivojlangan
mamlakatlarda ham sil bilan kasallanish ko‘rsatgichini oshirmoqda.
Xavfli omillar va guruxlar. Ba’zi aholi guruxlari sil bilan kasallanish
bo‘yicha yuqori xavfli hisoblanadi. Bu gurux xavf guruxi deb ataladi. Bundan
tashqari shartli ravishda ijtimoiy va tibbiy-biologik xavf omillari ham mavjud.
Ijtimoiy xavf omillariga past iqtisodiy xayot tarzi, sil infeksiyasi o‘chog‘ida
uzoq vaqt bo‘lish, harbiy kelishmovchiliklar, stress vaziyatlar, ekologik axvolning
yomonligi kabilar kiradi. Bu omillar ko‘chib yuruvchilar, kambag‘allar, turar joyi
yo‘qlar, ishsizlar va boshqa ijtimoiy nochor odamlarda ko‘proq yuzaga keladi.
Asosiy guruhdagilarga qamoqda og‘ir sharoitdagi odamlar ham kiradi.
Sil bilan kasallanish bo‘yicha tibbiy-biologik yuqori xavf omillariga OIV-
infeksiyasi, alkogolizm va narkomoniya, qandli diabet, oshqozon va o‘n ikki
barmoq ichak yara kasalligi, pnevmakonioz, ruhiy kasalliklar, xomiladorlik, tug‘riq
va tug‘riqdan keyingi davr, davomli gomonal va sitostatik terapiya, gemodializ,
gastroektomiya o‘tkazgan kishilar, sildan klinik tuzalgandan keyin o‘pka va
limfatik tugunlarda qoldiq o‘zgarishlar kiradi. Birinchi marta tuberkulin
sinamasiga musbat va giperergik reaksiya bilan javob bergan shahslar ham
nisbatan yuqoridagi omilga qo‘shiladi.
Sil bilan birinchi marta kasallanganlarni 90% gacha bo‘lganlarini yuqori
havf guruxidagilar tashkil qiladi.
Odamni genetik tuzilishini tekshirish natijasida sil qo‘zg‘atuvchisiga moyil
odamni leykotsitar assotsirlangan allel antigenlari HLA-A11-B12 va HLA-DR2,
oqsil zardobidagi bir qancha genetik determinlashgan fenotipini, misol uchun
gaptoglobin va proteaza ingibitori aniqlangan. Tibbiyot amaliyotidagi chuqur
genetik tekshirishlar, sil bo‘yicha xavf omilini shakillanishida qatnashadigan
muhum ma’lumotlarni beradi.
Infitsirlanish. Aholi o‘rtasida sil infeksiyasi rezervuari hajmini ko‘rsatuvchi
epidemiologik holatni baholashda SMB bilan infitsirlanish muhum hisoblanadi.
YAxshilanish tendensiyasida sildan infitsirlanish ko‘rsatgichi kamayadi. Katta
yoshdagi guruxdagilarga nisbatan yosh bolalarda birlamchi infitsirlanish kamayishi
ham qayd qilingan.
Bolalar o‘rtasida sildan infitsirlanishni kamaytirish uchun birinchi navbatda
sil infeksiyasini keng tarqalish manbalarini va sonini kamaytirish kerak.
Ommaviy BSJ vaksinatsiyasi sildan infitsirlanishni ishonchli ko‘rsatgichi,
infeksion va vaksinadan keyingi tuberkulin sinamasining allergiyasi bunga nisbiy
qiyinchilik ekltirib chiqaradi. Sil bo‘yicha epidemiologik holatni baholashda har
yili sildan infitsirlanish yoki zararlanish xavfini hisobli ko‘rsatgichlari ishlatiladi.
Undan keyin, ma’lum aholi guruxida shu yilda tuberkulin tashxisoti usuli
yordamida kishilarni SMB bilan birlamchi infitsirlanish foizi keltirib chiqariladi.
Sildan infitsirlanish va kasallanish, kasallik va o‘limni har yilgi ko‘rsatgichlari
o‘rtasida ma’lum bog‘liqlik mavjud.
Kasallanish. Kasallanish xavfi M. bovis bilan infitsirlanishdan ko‘ra, M.
Tuberculosis bilan infitsirlanishda 7 – 12 marta yuqori. Infitsirlangandan keyin bir
yil davomida kasallanish ehtimoli bor.
Kattalarda va bolalarda sil bilan kasallanish sil bo‘yicha umumiy kasallanish
ko‘rsatkichi bilan bir qatorda qaraladi. Bolalarning sil bilan kasallanishi sil
epidemiyasi kechishining indikatori hisoblanadi. Bir yoshgacha bo‘lgan
bolalarning kasallanishiga asosiy e’tibor qaratiladi. Sil infeksiyasi o‘choqlarida
bolalarning
erta
zararlanishi
profilaktik
tadbirlarning
yomon
yo‘lga
qo‘yilganligidan guvohlik beradi.
SHuningdek nafas a’zolari sili va o‘pkadan tashqari sil shakllari bilan
kasallanish ko‘rsatkichlari tafovut qilinadi. Bakteriya ajratuvchilar va destruktiv sil
shakllari, fibroz-kavernali sil va sil meningiti bemorlari soni ham hisobga olinadi.
Bunday tarzda tarkibiy qismlarga ajratish epidemiologik ahamiyat kasb
etadi. Masalan, fibroz-kovakli sil bemorlari sonining ko‘pligi kasallikning kech
aniqlanishi va sil infeksiyasining katta zahirasi mavjudligi haqida ma’lumot
beradi.
Monitoring.
Silning
tarqalishi
va
silga
qarshi
chora-tadbirlar
samaradorligini uzluksiz nazorat qilish uchun ma’lumotlarni doimiy to‘plash va
tahlil qilish – monitoring zarur. U ishonchli statistik ma’lumotlarni olish va tezkor
ma’muriy qabul qilish uchun ularni haqqoniy baholashga imkon beradi.
O‘zbekistonda 1990 yildan boshlab kompyuterli axborot texnologiyalari
asosida sil bo‘yicha Davlat monitoring tizimi ishlab chiqildi va rivojlantirilmoqda.
Monitoring tizimi mamlakat silga qarshi muassasalarida to‘ldirilayotgan hisobga
olish va hisobot xujjatlaridagi ko‘p ma’lumotlarni tahlil qilish uchun keng
imkoniyatlar ochadi.
Epidemiologik ko‘rsatkichlar, sil profilaktikasi va bemorlarni aniqlash,
bakteriya ajratish dinamikasi va davolash samaradorligini nazorat qilishni
haqqoniy baxolash uchun maxsus kompyuter dasturlari yaratilgan. SHuningdek
bolalar va o‘smirlardagi silning monitoringi, dori preparatlariga MBT sezgirligi
o‘zgarishini kuzatib borish muhim.
Urushlar vaqtida sil nafaqat armiyada, balki front ortida ham keng tarqalgan.
Masalan, 1914-1918 yillardagi birinchi jahon urushi vaqtida frontda 1,2 mln. rus
soldat va zobitlari, front ortida esa ayni vaqtda sildan 2 mln. odam o‘lgan.
Birinchi jahon urushi va 1917 yilgi Oktyabr revolyusiyasidan so‘ng bizning
mintaqamizda sildan kasallanish va o‘lim yuqori edi.
Tugallanmagan statistik ma’lumotlarga ko‘ra, 20-yillarda sildan o‘lim
ko‘rsatkichi yirik shaharlar aholisi o‘rtasida 100 ming aholiga 200 ta bo‘lgan. 1922
yilda RSFSR sog‘liqni saqlash xalq komissari N.A. Semashko bunday yozgan edi:
“Sil boshqa o‘ta og‘ir kasalliklarga nisbatan qabristonga ko‘proq “qurbonlik” olib
keladi”.
Sil shunday tarqalganki, Rossiyada soatiga 80 kishi, faqat Moskvaning
o‘zidagina kuniga 11 kishi o‘ladi, o‘nlab va yuzlab nogironliklar keltirib chiqaradi.
Sil qonli urushlarga nisbatan kishilarni ko‘proq qurbon qiladi (“Pravda”
ro‘znomasi, 26 noyabr, 1922 y.).
30- yillar boshlarida sildan o‘lim birmuncha pasaydi, lekin Ulug‘ Vatan
urushidan oldin ijtimoiy muammolar fonida yanada o‘sdi. O‘lim ko‘rsatkichining
o‘sishi urushning birinchi 2 yilida davom etdi, ammo urush davrining o‘rtasi –
1943 yildan e’tiboran sildan kasallanish va o‘lim ko‘rsatkichlarining pasayishi
qayd etildi.80-yillar oxiri va 90-yillar boshlarida Sobiq Ittifoq Sog‘liqni Saqlash
vazirligi silga qarshi dispanserlari ochiq tizimi yordamida kuzatiladigan doimiy
aholi orasida kasallanish ko‘rsatkichi 34 gacha, o‘lim ko‘rsatkichi esa – 7,7 gacha
pasayib bordi.
Sobiq Ittifoqda sildan kasallanish va o‘limning haqiqiy ko‘rsatkichlari
oshkora etilmagan. Sil haqidagi statistik ma’lumotlar “rasmiyatchilik uchun”gina
foydalanilgan. Faqatgina 90-yillar o‘rtasidan boshlab barcha ma’lumotlar oshkora
tus ola boshladi, 90-yillar o‘rtasidan boshlab esa statistika bo‘yicha ahvolning
yaxshilanishi qayd qilinmoqda.
Bizning mamlakatimiz mintaqasida silning tarqalishi bo‘yicha epidemik
holatni agar barcha sil shakllari bilan kasallanish darajasi 100 ming aholiga 30 dan
oshmasa, yaxshi deb hisoblanadi, birinchi marta aniqlangan o‘pka sili o‘rtasida
fibroz- kavernali silning umumiy nisbati 0,5 mg % dan oshmaydi, bolalar va
o‘smirlarda uni aniqlashning asosiy usuli tuberkulinidiagnostiea bo‘lib xizmat
qilmoqda.
Sobiq Ittifoq parchalanib ketganidan so‘ng silning nisbiy tarqalganligi
bo‘yicha epidemiologik vaziyat yomonlashdi. Bu yomonlashishning bosh sabablari
iqtisodiy inqiroz, harbiy kelishmovchiliklar, migratsiyalar, ishsizlar va uysizlar
sonining oshishi, aholi yashash darajasining pasayishi, ekologik vaziyatning
o‘zgarishi bo‘lib xizmat qildi.
Silga qarshi chora-tadbirlarning deyarli moliyalashtirilmaganligi, aholini
profilaktik tekshiruvlarning qisqarishi, silga qarshi xizmatni boshqarish tartibining
buzilishi va uning umumiy davolash tarmog‘i bilan hamkorligining uzilib qolishi
vaziyatni yanada keskinlashtirdi.
Sil bilan kasallanishning o‘sishi 2000-yilgacha davom etdi.
1991 43,5
1995 50,3
1997 59,6
1999 62,1
2000 64,5
2001 72,4
2002 79,4
2003 77,2
2004 75,1
ЎЗБЕКИСТОНДА СИЛ КАСАЛЛИГИ
КУРСАТКИЧИ
O‘zbekistonda bolalarning sil bilan kasallanishi, sil infeksiyasi katta zahirasi
mavjudligiga qaramasdan ommaviy vaksinatsiya va revaksinatsiya tufayli nisbatan
past. Biroq bu usullar sil bilan zararlanganlik darajasini pasaytirishga imkon
bermaydi, shuning uchun ham kattalarda ikkilamchi sil shakllari paydo
bo‘lishining yuqori xavfi saqlanib qolmoqda.
СИЛ КАСАЛЛИГИНИ КЕЧИШИ 1970 - 2004 й
(100 минг. ахол.)
100
60
42
40
38
38
38
38
50
60
60
62
64
72
79,4 77,2
160
60
98
100
80
82
81
80
95
100
110
115
127
149
182,8
154,8
0
20
40
60
80
100
120
140
160
180
200
1970 1980 1990 1991 1992 1993 1994 1995 1996 1997 1998 1999 2000 2001 2002 2003
РУз
Каракалпакистан
O‘zbekistonning turli mintaqalarida sildan kasallanish va o‘lim darajasida
katta tafovutlar mavjud. Buning sababi ijtimoiy sharoitlar, aholining madaniyat
darajasi, sog‘liqni saqlash, xususan, silga qarshi yordamni tashkillashtirishning
ahvolidagi tafovutlar hisoblanadi.
Sil bilan kasallanishning o‘ta yuqori ko‘rsatkichlari ozodlikdan mahrum
etilganlar o‘rtasida uchraydi.
2003-yildan boshlab mintaqada epidemik vaziyatning turg‘unlashishi va
hatto sil bilan kasallanishning biroz pasayishi qayd qilinmoqda.
Biroq sil infeksiyasining rezervuari hamon kattaligicha qolmoqda. Bunda
kasallanishning kmayishi, bemorlarni aniqlash va davolash faqatgina infeksiya
rezervuarining bir qismiga-sil bemorlari soni qisqarishiga ta’sir qilmoqda.
Infeksiya rezervuarining boshqa qismi- sog‘lom, lekin zararlanganlar- uzoq
vaqt ijtimoiy-iqtisodiy va epidemik holatning ijobiy tomonoga o‘zgarishi
hisobigagina kamayishi mumkin. SHuning uchun aynan sil, epidemiologik
ko‘rsatkichlarga binoan, hali uzoq vaqt keng tarqalgan kasallik bo‘lib qoladi.
Molekulyar epidemiologiyasi. MBT turli shtammlarini genetik markirlash
imkoniyati uning bakterial populyasiyasi tuzilishini alohida-alohida tekshirishga va
sil o‘choqlarida chuqur tahlil o‘tkazishga yo‘l ochdi.
Genetik markirlashning ko‘pchilik metodlari DNK sida nukleotidlar ketma-
ketligi
qaytariladigan
xromosomalar
mavjudligiga
asoslangan
mikobakteriyalarning genomli polimorfizmini qo‘llashga asoslangan. Molekulyar-
biologik tekshiruvlar Janubiy-SHarqiy Osiyo mamlakatlarida Veijing oilasi
genotipining ustunlik qilishi va keyinchalik 90-yillar boshida Nyu-Yorkda sil
epidemiyasini chaqirgan W kolonal guruhidagi polirezistent shtammlarining
tarqalganligini aniqlashga imkon berdi.
Genotiplash
Rossiyada
42
ta
mashhur
mikobakteriya
oilalarining
sirkulyasiyasini aniqladi.MBT ning ko‘pchilik shtammlari W va Ai oilalariga
taalluqli. SHuningdek, unikal genotipli mikobakteriya shtammlari ham mavjud.
”Molekulyar- genetik epidemiologiya ” silning tarqalishida ekzogen va
endogen infeksiyaning roli nisbatini aniqlashga imkon berdi.Infeksiya o‘chog‘i va
yashirin kontaktlarni ishonchli aniqlash mumkin.SHuningdek, maxsus dori
preparatlariga chidamli sil qo‘zg‘atuvchisi keltirib chiqargan xavfli epidemik holat
muhim hisoblanadi.
SHunga o‘xshash, Rossiyaning SHimoliy-G‘arbiy mintaqalaridagi surunkali
va birinchi marta aniqlangan sil bemorlarida bir necha silga qarshi kimyoviy
prepatlarga chidamli MBT ning S1/Beijing oilasiga tegishli yaqin qarindosh
polirezistent shtammlar ajratib olingan.
Sil bilan kasallangan bemorlarni
tekshirish usullari
O‘pka silining klinik belgilari xilma-xildir, ammo kasallik maxsus bir
belgilarga ega emas. Buni ayniqsa hozirda ekologik o‘zgaruvchanliklar bilan
xarakterlanuvchi zamonaviy sharoitlarda, odam organizmiga turli xildagi
vaksinalarni ko‘p martalab ta’siri, zardoblarni va antibiotiklarni hamda sil
qo‘zg‘atuvchisining xususiyatlarini hisobga olish kerak.
Bunda asosan 3 ta vaziyatni nazarda tutish zarurdir:
1. Sil bilan xastalangan bemorlar klinik belgilari boshlangandan boshlab
mutaxassis – ftiziatrga emas, balki UASHga murojaat qilishadi.
2. Sil – bu infeksion kasallik va bemorlar atrofdagilar uchun jiddiy epidemiologik
xavf tug‘dirishi mumkin.
3. Sil kasalligini davolashda maxsus silga qarshi dorilarni qo‘llash talab qilinadi va
bu etarli bilim va malakaga ega bo‘lgan ftiziatr – mutaxassis tomonidan kuzatib
borilishi kerak.
So‘rab-surishtirish va fizikal tekshiruv usullarini o‘tkazgandagina silga
shubha qilish mumkin. Silni erta va o‘z vaqtida aniqlash uchun, shuningdek
isbotlangan tashxis qo‘yish uchun ham maxsus tekshirish usullari zarurdir. Bular
ftiziatriyada immunologik, mikrobiologik, nur, endoskopik va morfologik usullar
hisoblanadi. Bular sil kasalligining tashxisi va qiyosiy tashxisida, kasallik kechishi
va davolash natijalarini baholashda asosiy ahamiyatga ega.
Asosiy belgilar.
Nafas a’zolari silining tipik belgilari: holsizlik, tez charchash, ishtaha
pasayishi, ozib ketish, tana haroratining ko‘tarilishi, terlash, quruq yoki balg‘amli
yo‘tal, hansirash, ko‘krak qafasidagi og‘riq, qon tuflash. Bu belgilar turlicha
namoyon bo‘lishi va turli ko‘rinishlarda uchrashi mumkin.
Holsizlik, tez charchash, ishtahaning yomonlashuvi, ozg‘inlik, serjahllik ,
mehnat faoliyatining susayishi sil intoksikatsiyasining erta belgilari hisoblanadi.
Silga duchor bo‘lgan bemorlar bu belgilarni kasallik bilan bog‘lashmaydi, chunki
bu belgilarning paydo bo‘lishini jismoniy va psixik zo‘riqishdan deb o‘ylashadi.
Intoksikatsion belgilar ayniqsa sil kasalliklari bo‘yicha xavf guruhiga
kiruvchi shaxslar e’tiborni jalb etadi. SHunday bemorlar chuqur tekshiruvdan
o‘tkazilganda silning boshlang‘ich shakllarini aniqlash mumkin.
Tana haroratining ko‘tarilishi (isitma) infeksion va noinfeksion
kasalliklarning odatiy klinik belgilari bo‘lishi mumkin. Silda tana harorati
subfebril, febril va normal bo‘lishi mumkin. Bu ko‘pincha yirik labilligi bilan
ajralib turadi, jismoniy va ruhiy zo‘riqishdan keyin oshadi. Sil bilan og‘rigan
bemorlar tana haroratining oshishini engillik bilan o‘tkazishadi va deyarli
sezishmaydi.
Sil intoksikatsiyasida bolalarda kunning ikkinchi yarmida tana harorati
qisqa muddatga 37.0-37.5ºS ga oshadi va ushbu ko‘tarilish davriy ravishda
kuzatiladi, ba’zan haftasiga 1-2 marta va normal tana haroratlari bilan almashinadi.
Kam holatlarda tana harorati 37ºS atrofida, ertalabki va kechqurungi haroratlar
oralig‘i 1ºS oralig‘ida saqlanadi.
Sil kasalligida subfebril harorat vegetativ buzilishlar tufayli harorat
ko‘tarilishidan farqli ravishda amidopirin buyurilganda odatda tushadi
(amidopirinli sinama). Haroratning tushishi gidrazin- izonikotin kislotasi
preparatlari fonida ham kuzatiladi.
Turg‘un, monoton, kam tebranuvchi subfebril harorat kun davomida bo‘lsa
sil uchun xarakterli emas va u ko‘pincha surunkali nospetsifik yallig‘lanishni,
burun, xalqumda, paranazal sinuslarda, o‘t yo‘llarida yoki jinsiy a’zolarda
bo‘lganida kuzatiladi. Tana haroratining subfebril bo‘lishi yana endokrin
buzilishlarda, revmatizmda, sarkoidozda,limfogranulyomatozda, buyrak rakida
kuzatiladi.
Gektik tipdagi yuqori isitmalash o‘tkir kuchayib boruvchi va og‘ir sil bilan
zararlanishda kuzatiladi (miliar sil, kazeozli zotiljam, plevra empiemasi).
Intermittirlanuvchi gektik isitmalash miliar silning tifoid shaklini qorin tifidan
farqlovchi belgilardan biri hisoblanadi. Sildan farqli ravishda qorin tifida harorat
ko‘tarilishga turg‘un moyillik bo‘ladi. Keyinchalik uzoq muddat davomida stabil
baland bo‘ladi.
Kam holatlarda o‘pka sili bilan kasallanganlarda noto‘g‘ri isitmalash tipi
kuzatiladi. Bunda ertalabki harorat kechkisidan baland bo‘ladi. Ushbu isitmalash
og‘ir intoksikatsiyadan dalolat beradi. Bunday holat sil bo‘lmagan kasallarda ham
kuzatilishi mumkin.
Intoksikatsiyaning eng ko‘p uchraydigan belgilaridan biri ko‘p terlash
hisoblanadi. Sil bilan kasallanganlar kasallikning boshlang‘ich davrida tungi yoki
ertalabki soatlarda bosh va ko‘krakning ko‘p terlashi kuzatiladi.
Keskin rivojlangan profuz terlash ( nam yostiq simptomi) kazeozli
zotiljamda, miliar silda va boshqa asoratlangan og‘ir shakldagi silda hamda
nospetsifik hamda o‘tkir infeksion kasalliklarda, surunkali yallig‘lanish jarayonlari
qo‘zg‘alishida kuzatiladi.
Yo‘tal judayam ko‘p hollarda o‘pka, nafas yo‘llari, plevra, ko‘ks oralig‘ining
yallig‘lanishi va o‘sma kasalliklarida paydo bo‘ladi.
Sil kasalliklarining erta bosqichlarida yo‘tal bo‘lmasligi mumkin. Ba’zan
bemorlar davriy ravishdv paydo bo‘luvchi sekin yo‘talishni sezishlari mumkin.
Silning rivojlanib borishi yo‘talning kuchayishiga olib kelishi mumkin. U quruq
(noproduktiv) yoki balg‘am ko‘chishi bilan (noproduktiv) bo‘lishi mumkin.
Quruq xurujsimon yo‘tal bronxlarning kattalashgan limfa tugunlari bilan
ezilganda yoki ko‘ks oralig‘i a’zolarining siljishida paydo bo‘ladi. Bunday siljish
ekssudativ plevritli bemorni plevra bo‘shlig‘ida ko‘p miqdorda ekssudat
to‘planganda kuzatiladi. Quruq xurujsimon yo‘tal ayniqsa bronxlar silida paydo
bo‘ladi.
Sil kasalligi bilan kasallanganlarda produktiv yo‘tal o‘pka to‘qimasining
destruksiyasi bo‘lganida (strukturasi buzilganida), bronxonodulyar oqma paydo
bo‘lganida hamda plevra bo‘shlig‘idan yiring yoki suyuqlikning bronx daraxtiga
ochilishida paydo bo‘ladi. Silda yo‘tal, bundan tashqari surunkali nospetsifik
bronxit hamda bronxoektazlarda bo‘lishi mumkin.
Balg‘am silning boshlang‘ich bosqichida bemorlarda ko‘pincha yo‘q yoki
uning ajralishi qo‘shilib kechuvchi surunkali bronxit tufayli bo‘ladi. O‘pka
to‘qimasining parchalanishi boshlanganidan so‘ng balg‘am miqdori osha
boshlaydi. Asoratlanmagan o‘pka silida odatda rangsiz, gomogen va hidsizdir.
Nospetsifik yallig‘lanish qo‘shilishi yo‘talning kuchayishi va balg‘amning
oshishiga olib keladi. Bu holatlarda balg‘am yiringli bo‘lishi ham mumkin.
Hansirash nafas yoki yurak, qon-tomir etishmovchiligining klinik belgisi
bo‘lib hisoblanadi. O‘pka kasalliklarida u asosan nafas yuzasining kamayishi,
bronxial
o‘tkazuvchanligining
buzilishi,
ko‘krak
qafasi
va
diafragma
ekskursiyasining cheklanishi, alveola devori orqali gazlar transportining buzilishi
hisoblanadi.
Nafas markaziga patogen mikroorganizmlarning hayot jarayonlari natijasida
hosil bo‘luvchi va to‘qimalarning parchalanishi natijasida paydo bo‘luvchi toksik
mahsulotlar ta’siri tufayli ham paydo bo‘lishi mumkin. YAqqol hansirash o‘pka
silining o‘tkir kechishida hamda surunkali disseminirlangan,fibroz-kavernoz,
sirrotik o‘pka silida ham kuzatiladi.
O‘pka sili va boshqa o‘pka kasalliklari rivojlanishi surunkali o‘pka yuragi va
o‘pka-yurak etishmovchiligi rivojlanishiga olib keladi. Bunday holatlarda
hansirash yaqqol kuchayadi.
Hansirash ko‘pincha o‘pka silining asoratlarini spontan pnevmotoraks
bo‘lak yoki o‘pkani total atelektazi, o‘pka arteriyasi tizimida tromboemboliyada
birinchi va asosiy simpiom bo‘lib hisoblanadi. Plevra bo‘shlig‘ida tez va ko‘p
miqdorda ekssudat to‘planganda hansirash kutilmaganda va kuchli rivojlangan
bo‘ladi.
Ko‘krakdagi og‘riq traxeya, o‘pka, plevra, yurak, aorta, perikard, ko‘krak
devori, umurtqa pog‘onasi, qizilo‘ngach va ba’zan qorin bo‘shlig‘i a’zolarining
kasalliklari belgilari ham bo‘lishi mumkin. O‘pka silida ko‘krakdagi og‘riq
yallig‘lanish jarayonini parietal plevraga tarqalib adgeziv plevrit rivojlanishi
tufayli kelib chiqadi.
Og‘riq nafas olganda, yo‘talganda, keskin harakatlarda paydo bo‘ladi va
kuchayadi. Og‘riqning lokalizatsiyasi ko‘pincha o‘pkaning zararlangan sohasini
ko‘krak devori proeksiyasida bo‘ladi, biroq diafragmal va mediastinal plevra
yallig‘langanida og‘riq epigastral sohaga, bo‘yinga, elkaga, yurak sohasiga
irradiatsiya beradi.
Quruq sil plevritida og‘riq oldindan va uzoq saqlanadi. Og‘riq yo‘talganda,
chuqur nafas olganda, ko‘krak qafasiga bosilganda va yallig‘lanishning
joylashishiga qarab epigastral yoki bel sohasiga irradiatsiyalanishi mumkin. SHu
sababli diagnostik qiyinchiliklar tug‘diradi. Ekssudativ sil plevriti bilan
kasallanganlarda ko‘krak qafasida og‘riq o‘tkir paydo bo‘ladi, lekin plevral
ekssudat yig‘ilishi bilan kamayadi va so‘rilguncha bo‘g‘iq bo‘lib qoladi. O‘pka
sili va boshqa yallig‘lanish kasalliklarida og‘riqlarning kuchsizlanishi va yo‘qolishi
asosiy kasallik regressiyaga uchramasdan ham bo‘lishi mumkin.
Silda uchrovchi o‘tkir perikardit holatlarida og‘riq doimiy emas va
ko‘pincha bo‘g‘iq. U bemorning oldinga bukilgan holatida kamayadi.
Suyuqlik paydo bo‘lganda perikardda og‘riq kamayadi, ammo u
yo‘qolganda og‘riq yana paydo bo‘lishi mumkin.
Ko‘krak qafasidagi birdan paydo bo‘lgan og‘riq sil asorati spontan
pnevmotoraksda paydo bo‘ladi. Stenokardiya va miokard infarktidan farqli o‘laroq
pnevmotoraksdagi og‘riq gapirganda vaqtda va yo‘talganda kuchayadi va chap
qo‘lga irradiatsiya bermaydi.
Qovurg‘alararo nevralgiyada og‘riq qovurg‘alararo nervlar joylashgan yo‘l
bo‘yicha chegaralangan bo‘ladi va qovurg‘alar oralig‘iga bosgan vaqtda
kuchayadi. Sil bilan xastalangan bemorlarning plevra zararlanishidagi og‘riqdan
farqli o‘laroq unda tana zararlangan tomonga burilganda og‘riq kuchayadi.
O‘pka raki va boshqa o‘sma kasalliklarida ko‘krak qafasidagi og‘riq doimiy
va sekin-asta kuchayishi mumkin.
Qon tuflash yoki o‘pkadan qon ketishi ko‘pincha infiltrativ, fibroz-
kavernali va o‘pkaning sirrotik silida kuzatiladi. Odatda sekinlik bilan to‘xtaydi va
yangi qon ajralgandan so‘ng yana bir necha kun to‘q rangli qon quyqalari ajralishi
davom etadi.
Qonning aspiratsiya holatlarida va qon tuflashdan keyingi rivojlangan
pnevmoniya holatlarida tana harorati ko‘tarilishi mumkin. Qon tuflash yana
surunkali bronxitda, ko‘pgina nospetsifik yallig‘lanishli, o‘sma va ko‘krak qafasi
a’zolarining boshqa kasalliklarida uchraydi.
Sildan farqli o‘laroq pnevmoniya bilan xastalangan bemorlarda odatda
boshida qaltirash paydo bo‘ladi, tana harorati ko‘tariladi, keyin esa qon tuflash va
ko‘krak qafasida sanchuvchi og‘riqlar paydo bo‘ladi. O‘pka infarktida ko‘pincha
boshida ko‘krakda og‘riq paydo bo‘ladi, keyinchalik tana harorati ko‘tariladi va
qon tuflash boshlanadi. Davomli qon tuflash o‘pka raki bilan xastalanganlarda
kuzatiladi.
Massiv o‘pkadan qon ketish fibroz-kavernali, sirrotik sil va o‘pka
gangrenasida kuzatiladi.
Umumiy qilib olib qaraganimizda nafas a’zolari sili ko‘p hollarda umumiy
infeksion kasalliklar sifatida zaharlanish belgilari bilan boshlanadi va ko‘pincha
gripp yoki pnevmoniya niqobi ostida kechadi. Keng spektrli antibiotiklar bilan
davolash fonida bemor ahvoli yaxshilanib ketishi mumkin.
Silning keyingi kechuvi bunday bemorlarda odatda to‘lqinsimon:
kasallikning xuruj davri bosilish davri va nisbiy qoniqarli bilan almashinadi.
O‘pkadan tashqari sil shakllarida shartli ravishda sil intoksikatsiyasining umumiy
simptomlari bilan bir qatorda bemorlarda kasallikning mahalliy belgilari: silli
meningitda- bosh og‘rig‘i, hiqildoq silida - ovoz bo‘g‘ilishi va tomoqda og‘riq
bo‘lishi, suyak va bo‘g‘im silida – bo‘g‘imda og‘riq, yurishning o‘zgarishi va
cheklanganligi, ayollar jinsiy a’zolarining silida – qorinnig pastki sohasida og‘riq,
menstrual funksiyaning buzilishi, buyrak, siydik yo‘llari va siydik pufagining
silida- dizurik buzilishlar, bel sohasida og‘riq, mezenterial limfa tugunlari silida-
qorin sohasida og‘riq va oshqozon- ichak trakti funksiyasining buzilishi paydo
bo‘ladi.
So‘rab-surishtirish, fizikal usullar
Anamnezidan kasallik qachon, qanday qilib boshlanganligini aniqlash zarur:
shifokorga qandaydir sabablar bilan shikoyat qilishi yoki doimiy davriy ko‘riklarda
aniqlanishi mumkin. Bemordan belgilarni qanday paydo bo‘lgandiga va
dinamikada qanday kechganligi, ilgari o‘tkazgan kasalliklari, travmalar,
operatsiyalar o‘tkazgan-o‘tkazmaganligi so‘raladi.
Paydo bo‘lishi mumkin bo‘lgan silli plevrit, limfadenitga e’tibor beriladi.
Sil xavfiga olib keluvchi yuqori kasalliklar bor yoki yo‘qligi: qandli diabet, silikoz,
oshqozon va o‘n ikki barmoq ichak yara kasalligi, alkogolizm, narkomaniya,
OITS aniqlanadi.
Ayniqsa sil kasalligi yuqori regionlarda bo‘lgan- bo‘lmaganligi, harbiy
harakatlarda ishtirok etgan- etmaganligi, bemorning shahar yoki qishloqda turish-
turmasligi muhim ahamiyatga ega. Kasbi va ish sharoiti, moddiy, uy sharoiti,
yashash tarzi, alkogol istemol qilish – qilmasligi, chekish, shuningdek penitsitar
sistemada bo‘lganligi muhim ahamiyat kasb etadi.
Bemorning madaniyat darajasi baholanadi. Kasallangan bolalarning ota-
onasidan silga qarshi emlash va tuberkulin sinamalarining natijalari so‘rab-
surishtiriladi. YAna oila a’zolarining salomatligi haqida, uyida sil bemorlari bilan
kontaktda bo‘lgan- bo‘lmaganligi, o‘qish joyida, ishda va davomiyligi, sil bilan
xastalangan bemorlarning bor-yo‘qligi haqtda ma’lumotlar olish zarurdir.
Ko‘rik. Avjlanuvchi o‘pka sili bilan kechuvchi bemorlarining tashqi
ko‘rinishi nafaqat tibbiyotda, balki badiiy adabiyotlarda ham tasvirlangan, balkim
habitus phtiiisicus nomi bilan ham mashhurdirlar. Bu tana vaznining defitsiti,
oqargan yuzda yuzning qizili, ko‘zning yaltirashi va keng qorachiq, terining
distrofik o‘zgarishi, uzun va toraygan ko‘krak qafasi, qovurg‘alar oralig‘ining
kengayganligi, o‘tkir epigastral burchak, kuraklarining (qanotsimon) orqada
qolishidir.
Bunday tashqi ko‘rinishlar chuqurlashib ketgan jarayonlarda kuzatiladi.
Bemorlar ko‘rigida aytarli bir patologik o‘zgarishlar umuman aniqlanmaydi, biroq
ko‘rik hamma vaqt zarurdir. Bunda ko‘pincha har-xil muhim belgilar aniqlanadi
va to‘liq hajmda o‘tkazilishi kerak.
Bemorning jismoniy rivojlanganligiga, teri va shilliq qavatlar rangiga e’tibor
beriladi. O‘mrov osti va usti chuqurchalari yaqqolligi solishtiriladi, o‘ng va chap
ko‘krak qafasining simmetrikligi ko‘riladi, chuqur nafas vaqtida ularning
harakatchanligi, yordamchi mushaklarinig nafas olishda ishtirok etishi baholanadi.
qovurg‘alararo oraliqning kengayishi yoki torayishi, operatsiyadan keyingi
chandiqlar, oqmalar bitgandan keyingi chandiqlar aniqlanadi.
Qo‘l
va
oyoq
barmoqlarida
baraban
tayoqchalari
ko‘rinishidagi
deformatsiyalangan distal falangalarga va tirnoqlar shaklining o‘zgarishiga (soat
oynachasi ko‘rinishida) e’tibor beriladi. Bolalar, o‘spirin va o‘rta yoshlilarda BSJ
vaksinasidan keyingi chandiqqa qaraladi.
Palpatsiya terining nam yoki quruqlik darajasini, turgorligini, teri osti yog‘
qavatining qalinligini aniqlashga imkon beradi. YAxshilab bo‘yindagi, qo‘ltiq
ostidagi, chov sohasidagi limfa tugunlari palpatsiya qilinadi. Agar o‘pkadagi
yallig‘lanish jarayoniga plevra ham qo‘shilgan bo‘lsa nafas olganda ko‘krak
qafasining zararlangan tomonining orqada qolishi, ko‘krak mushaklarining
og‘rishi kuzatiladi.
Surunkali kechuvchi sil bemorlarida va katta operatsiyadan keyingi
holatlarda ko‘krak qafasi va elka kamari mushaklarining atrofiyasi kuzatilishi
mumkin. Ko‘ks oralig‘i a’zolarining qisman siljishini ham traxeya holatiga qarab
palpatsiya orqali aniqlash mumkin.
O‘pka sili bemorlarida ovoz dirillashi odatiy, kuchaygan yoki susaygan
bo‘ladi. Bu sirrotik va infiltrativ silda, katta kavernali keng drenajli bronx ustida
o‘pka zichlashgan sohada yaxshi o‘tkaziladi. Ovoz dirillashining susayishi yoki
umuman yo‘qolishi plevra bo‘shlig‘iga suyuqlik yoki havo yig‘ilganda,
atelektazda, massiv pnevmoniyaning bronx obturatsiyasi bilan kechishida
kuzatiladi.
Perkussiya nisbatan ko‘krak qafasidagi va o‘pkadagi dag‘al o‘zgarishlarni
yallig‘langan yoki bo‘lakli xarakterga ega bo‘lgan sirrotik zararlanishda, plevra
sirrozida aniqlash imkonini beradi.
Perkussiya shoshilinch holatlar, masalan: spontan pnevmotoraks, o‘tkir
ekssudativ plevrit, o‘pka atelektazida asosiy diagnostik ahamiyat kasb etadi.
Qutichasimon tovush yoki kalta o‘pka tovushining borligi klinik vaziyatni tez
baholash va kerakli tekshirish imkonini beradi.
Auskultatsiya.Ba’zi nafas a’zolari kasalliklari, ayniqsa sil nafas xarakteri
o‘zgarishsiz va o‘pkadagi qo‘shimcha shovqinlarsiz kechishi mumkin. Buning esa
sabablaridan biri bo‘lib zararlangan zonani zich kazeoz nekrotik massalar bilan
drenajlovchi bronxning obturatsiyasi hisoblanadi.
Susaygan
nafas
plevrit,
plevral
bitishmalar,
pnevmotoraks
uchun
xarakterlidir. Dag‘al yoki bronxial nafas yallig‘langan o‘pka to‘qimasi ustida,
keng drenajlovchi bronxli gigant kaverna ustida eshitiladi.
O‘pkadagi xirillashlar va plevra ishqalanish shovqini rentgenologik va
endoskopik tekshiruvlarda aniqlash qiyin bo‘lgan kasalliklarni diagnostika
qilishga yordam beradi.
Mayda pufakchali nam xirillashlar chegaralangan o‘choqda yallig‘lanish
zonasidagi ekssudativ komponentning ustun kelganligidan, o‘rta va yirik
pufakchali xirillashlar parchalanish bo‘shlig‘i yoki kavernaninig belgisi bo‘lib
xizmat qiladi. Nam xirillashlarni eshitish uchun bemorni chuqur nafas olib
chiqarganidan so‘ng yo‘talib qo‘yish, kichkina pauza, keyin yana chuqur nafas
olish so‘raladi.
Bunda chuqur nafas olish cho‘qqisida xirillashlar paydo bo‘ladi, yoki
ularning miqdori oshadi. Quruq xirillashlar bronxitda, hushtak chaluvchi
bronxospazmli bronxitda eshitiladi. Quruq plevritda plevra ishqalanish shovqini,
perikarditda perikard ishqalanish shovqini eshitiladi.
Ushbu mashg‘ulotda qo‘llaniladigan yangi texnologik usullar: “Uch bosqichli
intervyu”, “Aqliy xujum”, “O‘rgimchak to‘ri” usullari.
“Uch bosqichli intervyu” usul
Bosqichlar:
Barcha talabalar 3 guruxga bo‘linadi:
- birinchi gurux talabalari – bemorlar;
- ikkinchi gurux talabalari – vrachlar;
- uchinchi gurux talabalari – ekspertlar.
Har bir gurux uchta talabadan iborat bo‘lib, quyidagi rollarni ijro etishadi: «vrach»,
«bemor», «ekspert – umumiy amaliyot shifokori».
«Bemorga» anonim ravishda diagnoz aytiladi, har bir gurux 10-15 daqiqa
davomida muxokama qilinadi. «Ekspert» - ham “vrach” harakatlarini, ham
“bemor” harakatlarini baxolaydi va quyidagi jadvalga kiritadi:
- qaysi harakt to‘g‘ri bajarilgan;
- qaysi harakat noto‘g‘ri bajarilgan;
- qanday qilishi kerak edi.
Vrach – so‘rab-surishtirish usuli orqali shikoyatlari, anamnezini yig‘ishi; bemorni
ko‘zdan kechirishi, palpatsiya, perkussiya, auskultatsiya qilishi kerak. Yig‘ilgan
ma’lumotlarga asoslanib, to‘g‘ri tashxis qo‘yishi, qiyosiy tashxishlash va yakuniy
tashxisni asoslay olishi kerak.
SHuningdek, vrach kasallikning xayotdagi ijtimoiy tomonlari, ovqatlanishni
ahamiyati va uzoq muddat davolanishi xaqida ma’lumotlar berishi kerak.
Ekspert konsultatsiya kartasida o‘tkazilgan muxokama bosqichlari va vaqtni qayd
etadi.
Ekspert ishni tugatgandan so‘ng o‘tkazilgan muxokamani baxolaydi. Xulosa gurux
oldida e’lon qilinadi.
Bemor 34 yoshda. Ommaviy flyuorografik tekshiruvdan o‘tayotganda o‘ng
o‘pkasida patologik soya aniqlangan. SHikoyatlari yo‘q.
Ob’ektiv: umumiy ahvoli qoniqarli. Ichki a’zolarni tekshirish natijalari
me’yorida. Bronx yuvindisida MBT topilmagan. Rentgenogrammada: o‘ng
o‘pka ildizi fibroz qattiqlashgan, petrifikatlar. O‘ng o‘mrov osti sohasida
o‘lchami 5 sm bo‘lgan, aniq konturli, dumaloq fokussimon, intensiv soya.
1. Tashxisingiz.
2. Taqqoslama tashxis.
3. Dispanser guruxi.
4. Davolash.
5. Oqibati.
№
Javob
Maks.
Ball
To‘liq
javob
Noto‘liq
javob
Qoniqar-
siz javob
1
O‘ng o‘pka yuqori bo‘lagining
tuberkulemasi zichlashish davri,
VK-
30
20-30
5-19
0
2
O‘choqli pnevmoniya, o‘pka raki ,
o‘pka abssessi, o‘pka exinokokki
20
10-20
5-9
0
3
II B
20
10-20
5-9
0
4
3 oy davomida ximioprofilaktika
10
7-10
4-6
0
5
O‘z vaqtida ximioprofilaktika
o‘tqazilsa oqibati ijobiy
20
10-20
5-9
0
“Aqliy xujum” usuli
Bosqichlar:
1. Talabalar 2 guruxga bo‘linadi.
2. Kichik guruxlarga (3-4 kishi) savollar beriladi.
3. Gurux ichidagi muxokamaga 30′ ajratiladi.
4. Javoblar yozma ravishda rasmiylashtiriladi.
Vazifa muxokamasida har bir talabani ishtiroki inobatga olinadi. Talabalar
o‘qituvchi bilan birga hamma javob variantlarini faol muxokama qilishadi.
Noto‘g‘ri javoblar va noto‘g‘ri variantlar tanqidiy baxolanadi.
Talabalar bilimini mustaxkamlash maqsadida javob variantlari yozib olish
uchun beriladi.
1.
Sil
shifoxonasida
bemorni
narsalari
va
balg‘am
kanday
zarasizlantiriladi?
№
Javob
Maks
. ball
To‘liq
javob
Noto‘li
q javob
Qoniqarsi
z javob
1.
Balg‘am :.
30
20-30
5-19
0-4
2. Idish tovoq
20
10-20
5-9
0-4
3. Ovqat koldiklari
20
10-20
5-9
0-4
4.
Kiyim kechak
30
20-30
5-19
0-4
2. Sil qo‘zg‘atuvchisining turlarini sanab bering, ularning qaysi biri inson
uchun epidemiologik nuktai nazardan xavflirok. Sil qo‘zg‘atuvchisining
xususiyatlarni aytib bering?
№
Javob
Maks
. ball
To‘liq
javob
Noto‘li
q javob
Qoniqarsi
z javob
1. A) insonga hos turi.
B) koramolga hos turi.
V) kushlarga hos turi.
G) kemiruvchilarga hos turi.
D) L-shakli.
30
20-30
5-19
0-4
2. Epidemiologik nuktai nazardan insonga
hos turi va koramolga hos turi eng xavfli
xisoblanadi.
20
10-20
5-9
0-4
3.
Sil qo‘zg‘atuvchisi turli hil kimyoviy
va fizik omillarga – past va yukori
haroratga, namlik va yoruglikka ancha
chidamli xisoblanib, kislota va spirtlarga
turg‘unligi bilan farklanadi.
20
10-20
5-9
0-4
4.
Ta’biiy sharoitda kuyosh nuri tushmay-
digan joylarda ular uzining tiriklik
xususiyatini bir necha oygacha saklab
30
20-30
5-19
0-4
kolishi mumkin.
3. Sil kasalligida asosiy va qo‘shimcha belgilari sanang?
№
Javob
Maks
. ball
To‘liq
javob
Noto‘li
q javob
Qoniqarsi
z javob
1.
Sil kasalligini asosiy belgisi: ikki- uch
xaftadan ortiq yo‘tal
30
20-30
5-19
0-4
2. Tana haroratini kutarilishi
20
10-20
5-9
0-4
3. Xansirash , qon tuflash
20
10-20
5-9
0-4
4.
Ozib ketish, xolsizlik, quvvatsizlik,
ishtaxasizlik
30
20-30
5-19
0-4
4. Sil kasalligiga hos bulgan umumiy ko‘ruvda aniqlanadigan belgilar?
№
Javob
Maks
. ball
To‘liq
javob
Noto‘li
q javob
Qoniqarsi
z javob
1. habitus phtiiisicus- bu tana vaznining
defitsiti, , terining distrofik o‘zgarishi,
uzun
va
toraygan
ko‘krak
qafasi,
qovurg‘alar oralig‘ining kengayganligi,
o‘tkir epigastral burchak, kuraklarining
(qanotsimon) orqada qolishidir.
30
20-30
5-19
0-4
2. Silga hos chiroy : oqargan yuzda
yuzning qizili, ko‘zning yaltirashi va
keng qorachiq, qalin kipriklar va qoshlar
20
10-20
5-9
0-4
3. Skrofuloderma – buyin soxasida dag‘al,
botkan chandiqlar
20
10-20
5-9
0-4
4. Skrofuladerma qachon paydo buladi:
periferik limfa tugunlar yorilib kazeoz
massa chiqib ketgandan so‘ng okma yara
bitish natijasida
30
20-30
5-19
0-4
5. Sil kasalliga hos auskultativ belgilar.
№
Javob
Maks
. ball
To‘liq
javob
Noto‘li
q javob
Qoniqarsi
z javob
1. Nima sababdan faol silda xirillashlar
eshitilmaydi: zararlangan zonani zich
kazeoz nekrotik massalar bilan
drenajlovchi bronxning obturatsiyasi
hisobiga.
20
10-20
5-9
0-4
2. Susaygan nafas faol silda kachon
eshitiladi plevrit, plevral bitishmalar,
pnevmotoraksda eshitiladi
20
10-20
5-9
0-4
3
Dag‘al yoki bronxial nafas qaysi
xolatlarda eshitiladi: yallig‘langan o‘pka
to‘qimasi ustida, keng drenajlovchi
bronxli gigant kaverna ustida eshitiladi.
20
10-20
5-9
0-4
4
Kachon o‘rta va yirik pufakchali
xirillashlar eshitiladi: parchalanish
bo‘shlig‘i yoki kaverna shakillanganda
20
10-20
5-9
0-4
5. Quruq plevritda qanday patologik
shovqin eshitiladi: plevra ishqalanish
shovqini
20
10-20
5-9
0-4
5. 2. Analitik qism.
TEST SAVOLLARI:
1. Tuberkulez qo‘zgatuvchisi............mansub
A)
bakteriyalarga *
B)zamburug‘larga
V)
soddalarga
G)
viruslarga
D) retroviruslarga
2. Tuberkulez mikobakteriyalar turiga kirmaydi:
A)
atipik *
B)qushlarga hos
V)
odamga hos
G)
qora mollarga hos
D) kemiruvchilarga hos
3. Tuberkulezni epidemiologiyasi va klinik kechishida eng katta rol uynaydi:
A) odamga hos mikobakteriyalar*
B) qushlarga hos mikobakteriyalar
V)
atipik mikobakteriyalar
G)
qora mollarga hos mikobakteriyalar
D) kemiruvchilarga hos mikobakteriyalar
4. Keltirilgan faktorlardan, qaysinisi, tuberkulez mikobakteriyalarni tashqi muxit
faktorlarga turg‘unligini shartlashda rol uynamaydi
A)tezkor ko‘payishi*
B) mikobakteriyani obolochkasini tuzilishini o‘ziga hosligi
V)
yashash muhiti va dorilarga turg‘unlik rivojlanishi
G)
tarkibidagi ko‘p miqdordagi lipidlar
D) kislotalarga bardoshligi
5. Tuberkulez mikobakteriyalarni yashash sharoitini o‘zgarishlarga moslashishini
kuchayishiga nima sabab bo‘lmaydi?
A) tezkor ko‘payishi*
B)transformatsiya
V)
reversiya
G)
anabioz
D) L- formaga aylanishi
6. Tuberkulez mikobakteriyalardagi o‘zgarishlar nima xisobiga bo‘ladi?
A)
keltirilgan barcha faktorlar hisobiga*
B)ximioprofilaktika hisobiga
V)
ximioterapiya hisobiga
G)
tashqi muxit faktorlar hisobiga
D)
vaksinatsiya hisobiga
7. Bemordan olingan materiallardan, qaysinisida tuberkulez qo‘zgatuvchisi
aniqlanmaydi?
A)
qonda*
B)siydikda va oshqozon yuvindi suvida
V)
balg‘amda
G)
bronxlarni yuvindi suvida
D)
plevral suyuqligida
8. Tuberkulez mikobakteriyalarni aniqlashda eng sezgir usul bu-
A)
kultural ekmasi*
B)lyuminessent mikroskopiya
V)
bakterioskopiya
G)
bioximik tekshiruv
D)
qonni bakteriologik tekshiruvi
9. Kox tayoqchasi qaysi turlarga transformatsiyalanishi mumkin?
A)
L-shakliga hamda virus simon turiga*
B)virussimon
V)
rikketsiyalarga
G)
kok turiga
D) zamburug‘ turiga
10. Bugunga atipik mikobakteriyalarni nechta turi mavjud
A)
40 *
B)10
V)
20
G)5
D)
100
11. Inson organizmida atipik mikobakteriyalar o‘zlarini qanday namoyon qiladi?
A)keltirilgan barcha xususiyatlari*
B)saprofit xususiyatini
V)
nopatogen xususiyatini
G)
virulentlik xususiyatini
D)
patogen xususiyatini
12. Inson uchun eng xavfli bo‘lgan atipik mikobakteriyalarni belgilang
A)
tez usuvchilar *
B)nofotoxromogennыe
V)
fotoxromogen
G)
skotoxromogen
D) sekin usuvchilar
13. Atipik mikobakteriyalar yashash muxitlari?
A)
keltirilgan muhitlarda*
B)xayvonlarda
V)
suv xavzalarida
G)
qushlar organizmida
D)
tuproqda
14. Atipik mikobakteriyalar insonda qanday kasallikni chaqirishi mumkin?
A)
mikobakteriozni*
B)leprani
V)
tuberkulezni
G)
bronxitni
D)
pnevmoniyani
15. Atipik mikobakteriyalarni identifikatsiyasini eng sezgir usuli?
A)
kultural*
B)bioximik
V)
immunologik
G) biologik
D) serologik
16. Tuberkulezni rivojlanishini hal qilmaydigan sharoit
A)
alveolyar va to‘qimadaga makrofaglari bilan fagotsitozi hamda
organizmdan chiqarilishi*
B)tuberkulez tayoqchasini to‘qimalarga kirishi
V)
qo‘zg‘atuvchi bilan uzoq vaqt ichida muloqat
G)
to‘qimalarda yoki a’zolarga qo‘zg‘atuvchisini o‘rnashib yallig‘lanish
chaqirishi
D) tuberkulez tayoqchasi o‘ta ko‘p miqdorda tushishi
17. Keltirilgan endokrin patologiyasini, qaysinisi tuberkulezni rivojlanishida katta
moyillik hisoblanadi?
A)
diabet *
B)miksedema
V)
kortiko-adrenaletishmovchiligi - addisonizm
G) tireotoksikoz
D)
akromegaliya
18. Inson organizmiga tuberkulez qo‘zg‘atuvchisini tushish yo‘llari:
A) barcha yo‘llari
B)aerogen
V)
transplatsentar
G)
qontakt
D)
alimentar
19. Tuberkulez mikobakteriyalar zararlanmagan teri orqali organizmga tushishi
mumkinmi?
A) yo‘q mumkin emas*
B)mumkin
V)
alohida hollarda mumkin
G) MBT yuqori virulent bo‘lganda
D) MBT yuqori patogen bo‘lganda
20. Emlashda xatoliklar qilinganda kasallik rivojlanishi mumkinmi?
A)
xa, mumkin
B)yo‘q mumkin emas
V)
alohida hollatlarda mumkin
G) absolyut mumkin emas