Tuberkulyoz va yondosh kasalliklar: Tuberkulyoz va qandli diabet, tuberkulyoz va o‘pka raki, tuberkulyoz va oshqozon-ichak trakti kasalliklari. Sil va qandli diabet
Yuklangan vaqt
2025-09-06
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
17
Faytl hajmi
48,3 KB
Amaliy mashg‘ulot.
Tuberkulyoz va yondosh kasalliklar: Tuberkulyoz va qandli diabet,
tuberkulyoz va o‘pka raki, tuberkulyoz va oshqozon-ichak trakti kasalliklari.
Sil va qandli diabet
Qandli diabet va o‘pka silining boshqa kasalliklarga qo‘shilib kechishi
kasallikning og‘ir klinik ko‘rinishlarini yuzaga keltiradi. Ushbu kasalliklarning
birgalikdagi salbiy ta’siri, davolanishi qiyin bo‘lgan, o‘ziga xos klinikasi bo‘lgan
kasallikni keltirib chiqaradi.
Dunyoda 160 mln. odam QD bilan xastalangan va JSST ma’lumotlari
bo‘yicha, taxminan, 25 yildan keyin QD bilan kasallangan bemorlar soni ikki
marotaba o‘sishi mumkin. Odamlar orasida QDning 1 turi ko‘payishi – 0,18%, sil
kasalligida esa – 3,6%, ya’ni 20 marta ko‘p uchraydi.
QDli bemorlar qaysi turi bilan og‘rishiga qaramay, ularda sil kasalligi 5-10
marta ko‘p uchramoqda. O‘zbekistonda QD bilan O‘S birga uchrashi ko‘p
uchraydigan kasalliklardan hisoblanadi, O‘S va QD birga uchrashi oxirgi 15 yilda
8-10 marta ko‘paydi (FvaPITI klinikasi ma’lumotlari bo‘yicha). QD da o‘pka sili
rivojlanishining asosiy sabablari - hujayraviy immunitetning susayishi va endogen
sil infeksiyasining faollashib borishidir. QD da kuzatiladigan organizmdagi
moddalar almashinuvining buzilishi, vitaminlar muvozanati va fermentativ
jarayonlar faolliginining o‘zgarishi, leykotsitlar fagotsitoz faolligining susayishi,
gipotalamus-gipofiz-buyrak
usti
bezi,
insulyar
apparat
gormonal
munosabatlarining buzilishi QDga xos jigar va buyrak to‘qimasidagi o‘zgarishlar,
diabetik angiopatiya, sil jarayonining rivojlanishiga zamin yaratadi hamda
davolash samarasini kamaytiradi.
Qandli diabet bilan hamrohlikdagi o‘pka silini davolash va qandli diabetni
o‘z vaqtida aniqlash katta qiyinchiliklar bilan amalga oshiriladi. Bunday
bemorlarni davolash samaradorligi ancha past bo‘ladi.
Bizning ko‘p yillik o‘pka sili va qandli diabet hamrohligi muammosi
bo‘yicha izlanishlarimiz ko‘rsatishicha, qandli diabet amaliyotda ancha kechikib
aniqlanayotgani ma’lum bo‘ldi. Buning sababi o‘pka sili bemorlarni kuzatish
davrida qon va siydikdagi qand miqdoriini nazorat qilish imkoniyati yo‘qligidir.
Ana shular klinik belgilardan laboratoriyagacha bo‘lgan davrda, diagnoz qo‘yish
uchun insulinga bog‘liq qandli diabet (QD 1 tur) va insulinga bog‘liq bo‘lmagan
qandli diabet (QD 2 tur) klinikasini birma-bir o‘rganishni taqozo qildi.
Qandli diabetning o‘ziga xos klinik belgilari –chanqash, og‘iz qurishi, teri
va shilliq qavatlarning quruqligi, siydikning ko‘p ajralishi, ozish, holsizlik,
bo‘shashish, ishtaha pastligi, oyoqlarning og‘rishi va boshqalar hammaga ma’lum.
Ammo bu belgilardan ba’zilari o‘pka silida ham uchraydi.
O‘pka sili kechishining quyidagi belgilariga qarab, QDning insulinga
bog‘liq bo‘lgan turi borligiga gumon qilish mumkin:
-bemor yosh bo‘lishi;
-aksariyat bemorlarda o‘pka silining o‘tkir boshlanishi;
-silning yallig‘langan turi ustun kelishi;
-sildan yallig‘lanish yaqqolligi (febril harorat, juda holsizlik, yo‘tal, ko‘p
miqdorida balg‘am ajratishi, qon tuflash, o‘pkadan qon ketishi, xansirash,
yurakning tez urishi va boshqalar);
-rentgenologik jarayonning ancha tarqalganligi, yangi yallig‘lanish belgilari
va ikki tomonlama ko‘plab destruksiya sohalarining mavjudligi.
QD ning II turi-insulinga bog‘liq bo‘lmagan qandli diabetni aniqlash,
bemorlarning shikoyatlari va ob’ektiv tekshirishlar natijasida ma’lumotlarning kam
bo‘lishi tufayli ancha qiyin bo‘ladi.
O‘pka sili kechishining quyidagi xususiyatlariga qarab, bemorda insulinga
bog‘liq bo‘lmagan qandli diabet borligiga gumon qilish mumkin:
-bemor yoshi, ko‘pincha, 40 dan oshgan;
-bemorning semizligi;
-ayni bir vaqtning o‘zida ham o‘pka sili, ham qandli diabet aniqlanishi;
-kasallikning asta-sekin boshlanishi;
-o‘pka silining ko‘proq kovakli va fibroz-kovakli turlari uchrashi;
-klinik belgilarning sust namoyon bo‘lishi (holsizlik, silla qurishi, vazn va
ishtahaning sal kamayishi, terlash, ertalablari bir oz yo‘talish va ba’zi-ba’zida
subfebril haroratga), ba’zida qandli diabet asoratlari-oyoqlarda og‘riq, ko‘z
xiralashishining kuchayishi;
-rentgenologik tekshirishda o‘pkalarda chegaralangan, kam rivojlangan,
yallig‘lanish va yolg‘iz yirik hajmli kovaklar, ilgari bo‘lib o‘tgan sil infeksiyasidan
guvohlik beruvchi kalsinatlar, chandiqlar, fibrozli o‘zgarishlar kuzatiladi.
Qandli diabet diagnozini qo‘yishda qondagi qandni yarim miqdoriiy
(qondagi va peshobdagi qand miqdoriini aniqlash uchun chiziqli-test) yoki
miqdoriiy laboratoriya usullari ham qo‘llaniladi.
Hozirgi kunda eng arzon va oddiy usullardan biri Xagedorn-Yensen usuli
bo‘lib, uning yordamida boshqa usullarga qaraganda, qondagi qand miqdoriini 10-
20% ko‘tarilganini aniqlanadi. qandli diabetning o‘rta va og‘ir turlarida shu usul
bilan aniqlangan qondagi qand miqdorii boshqa usularga qaraganda, 20-30%
balandroq. Bu, turli oksidlovchi moddalarning qon tarkibida ko‘payib ketishi,
insulin etishmasligi va sildan zaharlanish hisobiga va ko‘proq darajada glyukoza
hamda yog‘lar almashinuvida oxirigacha oksidlanmagan mahsulotlar ortib
ketishiga bog‘liq. Aytilganlardan kelib chiqib, shuni nazarda tutish kerakki,
uglevodlar almashinuvidagi buzilishlarni ko‘proq Xagedorn-Yensen usulida
aniqlanadi. SHuning uchun qandli diabetning o‘rta va og‘ir turlarida qondagi qand
miqdoriini aniqlash bilan birga, siydikda ham aniqlash kerak. SHoshilinch hollarda
qondagi va siydikdagi qand miqdorini aniqlashda glyukofan va boshqa diagnostik
yo‘l-yo‘l chiziqlardan foydalanish lozim.
Qandli diabet bemorlarni davolashda hamma usullarni to‘g‘ri olib borish
(parhez, insulindavo, me’yorli jismoniy tarbiya) hamda yaxshi o‘rgatilgan bemor
faolligi yoki bemor oilasi azosining kasallik kechishi jarayonidagi nazoratida
yaxshi natijaga erishish mumkin.
Insulinning qisqa, o‘rtacha va uzoq muddatli tasir etuvchi preparatlari
farqlanadi. Insulinning adekvat dozasini tanlash uchun gormonning o‘rtacha kunlik
dozasi haqidagi ma’lumotlardan foydalaniladi. O‘KD - bemorning vazni va
kasallikning davomiyligini inobatga olgan holda, o‘rtacha, bir kunlik preparatga
bo‘lgan ehtiyojini ko‘rsatuvchi kattalikdir (I.I.Dedov va hammualiflar, 1993).
Qandli diabet kasalligining birinchi yilida insulinga ehtiyoj nisbatan katta
bo‘lmay, O‘KD sutkasiga 0,25-0,5 birlikkg ni tashkil qiladi. Kasallikning 2-yilida
- insulinni endogen ajralishi kamayadi va insulinga ehtiyoj sutkasiga 0,6-1,2
birlikkg ga oshadi. Lekin ko‘pchilik bemorlarda, bu bosqichda insulin O‘KD si
0,7-0,9 birlikkg tenglashadi.
Infeksiyali kasalliklar zamirida davomli emotsional zo‘riqish, ketoatsidoz
paydo bo‘lib, insulinga ehtiyoj sutkasiga 1 birlikkg gacha va undan ko‘proqqa
oshadi.
Ma’lumki, insulindavo samarasi nafaqat insulin dozasini adekvat
tanlashdagina, balki insulinni sutka davomida to‘g‘ri taqsimlashga ham bog‘liq
bo‘ladi.
Insulin dozasini sutka davomida taqsimlashda kunduzgi ehtiyoj juda
baland, kechqurun – kech soatlarda ehtiyojning nisbatan kam bo‘lishini hisobga
olish kerak.
O‘pka sili bilan kasallangan bemorlarda qandli diabetni davolashdagi
tajribalarimiz shuni ko‘rsatdiki, qisqa ta’sir qiladigan insulinning summar miqdorii
(dozasi)ni 3 ineksiyaga (asosiy ovqatlanish soniga): ertalab nonushtadan oldin-20-
25%; tushlikdan oldin 10-15% va kechki ovqatdan oldin summar dozaning 15-20%
bo‘lishi maqsadga muvofiq bo‘ladi. Albatta, bizning tavsiyalarimiz taxminiy
bo‘lib, insulin dozasi har bir holatda har safar ovqatlanishdan oldin va ovqatdan 1-
2 soat o‘tgach, glikemiya darajasi (miqdorii)ni va bemor holatini hisobga olgan
holda o‘ziga xos tanlanadi.
O‘pka sili bor bemorlarda insulinga bog‘liq bo‘lmagan qandli diabetni
qandni pasaytiruvchi davosi masalasi hozirgacha hal qilinmay kelmoqda. Bu
bemorlarda insulinga muhtojlik ortishi kuzatiladi, qolgan -hujayralarning insulin
ishlab chiqarishi yuqoriligi tufayli, periferik to‘qimalarning insulin rezistentligi
kuzatiladi.
I.L.Egorova va T.F.Smurovalar (1990) tadqiqotlari asosida S-peptid
darajasini o‘pka sili va qandli diabet hamrohligidagi bemorlar qonida
taqsimlanishida giperinsulinizm aniqlandi. SHunday ekan, dekompensatsiyalangan
qandli diabeti bor va sildan zaharlanish belgilari kuchli namoyon bo‘lgan
bemorlarda nisbiy insulin etishmovchiligi va insulinrezistentlik yuqori bo‘ladi.
SHuning uchun, o‘pka sili va qandli diabet II turi bor bo‘lgan bemorlarga periferik
to‘qimalar insulinsezuvchanligini oshiruvchi peroral qand miqdoriini pasaytiruvchi
vositalar bilan insulin qo‘llash tavsiya etiladi.
SHunday qilib, batafsil yig‘ilgan anamnez va klinik-rentgenologik
ma’lumotlar qandli diabetni barvaqt gumon qilish hamda turini ajratishga, taklif
qilinayotgan laborator usullar esa qandli diabetning dekompensatsiya darajasini
aniqlashga imkon beradi.
Biz ishlab chiqqan klinik mezonlar va qandli diabetni aniqlashning optimal
laborator-diagnostik usullari, o‘pka silining kimyoviy davosida gipoglikemik ta’sir
etuvchi preparatlarni qo‘llagan holda, kimyoviy davo taktikasini to‘g‘ri tanlash,
hamda qandli diabetni davolash usuliga insulinga bog‘liq bo‘lmagan qandli
diabetning ilk bosqichlarida insulindavodan foydalanish, keyinchalik esa, tabletkali
preparatlarga o‘tish imkonini beradi.
Sil ko‘pincha, qandli diabet zamirida rivojlanadi va uning kechishini
sezilarli darajada og‘irlashtiradi. Ayni vaqtda diabetning qo‘shilishi silning
kechishini birmuncha og‘irlash-tiradi, o‘tkazilgan spetsifik terapiyani susaytiradi
va bemorning klinik sog‘ayib ketishiga salbiy ta’sir qiladi.
qandli diabet bemorlar sog‘lom odamlarga nisbatan sil kasalligi bilan 2-3
marta ko‘p kasallanishadi. Ko‘pchilik sil bemorlarda qandli diabet latent yashirin
kechib, faqatgina sil jarayoni avj olgandagina namoyon bo‘lishi mumkin. Bunday
hollarda sil va qandli diabet ayni bir vaqtda aniqlanadi.
Sil va qandli diabet bemorlar orasida 20-40 yoshli erkaklar ko‘pchilikni
tashkil etadi.
Ko‘pchilik qandli diabet bemorlarda o‘pkadagi sildan keyingi qoldiq
o‘zgarishlar ko‘krak ichki limfa tugunlaridagi infeksiyaning qaytadan faollashishi
natijasida rivojlanadi. Diabetga xos bo‘lgan metabolizm va immunitetning
buzilishi silning paydo bo‘lishi va og‘ir kechishiga imkon tug‘diradi. Diabet
og‘irlashgani sayin silning kechishi ham og‘irlashaveradi. O‘z navbatida sil ham
qandli diabetning kechishini og‘irlashtirib, asoratlar paydo bo‘lishiga olib keladi.
Ko‘pchilik qandli diabet bemorlarda to‘qimaning ekssudativ reaksiyasi
ustunligi, parchalanish va bronxogen tarqalishga moyillik bilan kechuvchi
yallig‘langan o‘pka sili qayd qilinadi. Diabetda reparativ jarayonlar susayadi,
shuning uchun yallig‘lanish sekin so‘riladi, sil granulyasiyalarining fibroz
to‘qimalarga aylanishi sust kechadi va uzoqqa cho‘ziladi.
Qandli diabet bemorlarda silning birinchi klinik belgisi ko‘pincha uglevod
almashinuvi buzilishlari kompensatsiyasining yomonlashishi hisoblanadi, u sil
intoksikatsiyasining uglevod almashinuviga salbiy ta’sir qilishi va insulinga
ehtiyojning ortishi bilan izohlanadi. Bronxlar, o‘pka va plevra shikastlanishi
yaqqolligining klinik belgilari, silning paydo bo‘lgan klinik belgisiga va kasallikni
o‘z vaqtida aniqlanishiga bog‘liq bo‘ladi.
Sil va qandli diabeti bor bemorlarda tuberkulinga sezgirlik ba’zan
susayadi, bu qandli diabet bilan og‘rigunga qadar sil bilan kasallangan bemorlarda
yaqqol namoyon bo‘ladi.
Sil va qandli diabeti bor bemorlarda bakteriya ajratish, o‘pkada emirilish
bo‘shliqlari mavjudligiga bog‘liq. Destruksiya mavjud bo‘lsa, ko‘pincha, asosiy
silga qarshi preparatlarga chidamli SMB topiladi.
Gemogramma
va
ECHT
ko‘rsatkichlari
o‘pkadagi
yallig‘lanish
jarayonlarining o‘tkirligiga to‘g‘ri keladi, biroq diabetning og‘ir turidagi umumiy
qon tahlilidagi o‘zgarishlar, almashinuv buzilishlari tufayli ham bo‘lishi mumkin.
Sil bilan kasallanish xavfi yuqori bo‘lgani uchun, barcha qandli diabet
bemorlarda yilda bir marta flyuorografiya o‘tkazib turish zarur. Agar o‘pkada
bironta o‘zgarish aniqlanadigan bo‘lsa, albatta qayta rentgenologik va
bakteriologik tekshirish o‘tkazish talab etiladi. Bronxoskopiyaga ko‘rsatma
ko‘krak ichi limfa tugunlari sili bilangina chegaralanadi, chunki bunda bronxlar sil
bilan zararlanishi va ularning drenaj funksiyasi buzilishi ehtimoli bo‘ladi.
Sil bemorlarni qandli diabetga shubha qilib tekshirganda, glyukozaga
tolerantlik testini o‘tkazish lozim. Glikemiyaning monitoringi uchun qonda
glikolizlangan gemoglobin miqdoriini aniqlash muhim.
Sil va qandli diabeti bor bemorlarni davolash kompleks tarzda olib borilishi
lozim. Diabet bo‘yicha davolash tadbirlari zamirida barcha silga qarshi preparatlar,
ularning nojo‘ya ta’sirlarini hisobga olgan holda qo‘llaniladi. Rifampitsinning oral
gipoglikemik vositalar biotransformatsiyasini tezlashtirishini nazarda tutish lozim.
Zarur hollarda silni davolashning jarrohlik usullaridan foydalanish mumkin bo‘lib,
o‘pkaning kichik hajmdagi rezeksiyasini o‘tkazishga harakat qilinadi.
Tuberkulyoz ko‘pincha qandli diabetning asorati bo‘lib keladi va sezilarli
darajada uning kechishini og‘irlashtiradi. Ayni vaqtda diabetning qo‘shilishi
tuberkulyozning kechishini birmuncha yomonlashtiradi, o‘tkazilgan spetsifik
terapiyani asoratlaydi va bemorning klinik sog‘ayib ketish ehtimoliga salbiy ta’sir
etadi.
Qandli diabetli bemorlar sog‘lom odamlarga nisbatan tuberkulyoz bilan 2-3
barobar ko‘proq kasallanishadi. Ko‘pchilik tuberkulyoz bemorlarida latent,
yashirin kechuvchi qandli diabet mavjud, u faqatgina tuberkulyoz jarayoni avj
olgandagina namoyon bo‘lishi mumkin. Bunday hollarda tuberkulyoz va qandli
diabet bir avqtda tashxislanadi.
Tuberkulyoz va qandli diabetli bemorlar orasida 20-40 yoshli erkaklar
ko‘pchilikni tashkil etadi.
Ko‘pchilik qandli diabetli bemorlarda tuberkulyoz o‘pkadagi tuberkulyozdan
keyingi qoldiq o‘zgarishlar va ko‘krak ichi limfa tugunlaridagi infeksiyaning
qaytadan faollashishi natijasida rivojlanadi.Tuberkulyozning paydo bo‘lishi va
og‘ir kechishiga diabetga xos bo‘lgan metabolizm va immunitetning buzilishi
qulaylik tug‘diradi. Diabet og‘irlashgani sayin tuberkulyozning kechishi ham
shunchalik og‘irlashaveradi.O‘z navbatida tuberkulyoz ham qandli diabetning
kechishini og‘irlashtirib, asoratlar paydo bo‘lishiga olib keladi.
Ko‘pchilik qandli diabetli bemorlarda to‘qimaning ekssudativ reaksiyasi
ustunligi, parchalanish va bronxogen tarqalishga moyillik bilan kechuvchi
yallig‘langan o‘pka tuberkulyozi qayd qilinadi.Diabetda reparativ jarayonlar
susaygan,
shuning
uchun
yallig‘lanish
sekin
so‘riladi,
tuberkulyoz
granulyasiyalarining fibaoz to‘qimalarga aylanishi sust kechadi va uzoq vaqt talab
qiladi.
Qandli diabetli bemorlarda tuberkulyozning birinchi klinik belgisi ko‘pincha
uglevod almashinuvi buzilishlari kompensatsiyasining yomonlashishi hisoblanadi,
u tuberkulyoz intoksikatsiyasining uglevod almashinuviga salbiy ta’sir qilishi va
insulinga ehtiyojning ortishi bilan tushuntiriladi. Bronxlar, o‘pka va plevra
shikastlanishi yaqqolligining klinik belgilari tuberkulyozning vujudga kelgan
klinik belgisi va kasallikning o‘z vaqtida aniqlanishiga bog‘liq.
Tuberkulyoz va qandli diabetli bemorlarda tuberkulinga sezgirlik ba’zan
susayadi, qandli diabet bilan og‘rigunga qadar tuberkulyoz bilan kasallanganlarda
yaqqol namoyon bo‘ladi.
Tuberkulyoz va qandli diabetli bemorlarda bakteriya ajratib chiqarish
o‘pkada emirilish bo‘shliqlari mavjudligiga bog‘liq. Destruksiya mavjud bo‘lsa
ko‘pincha asosiy tuberkulyozga qarshi preparatlarga chidamli MBT topiladi.
Gemogramma va ECHT ko‘rsatkichlari o‘pkadagi yallig‘lanish jarayonlarining
o‘tkirligiga to‘g‘ri keladi, biroq diabetning og‘ir shaklidagi umumiy qon
tahlilidagi o‘zgarishlar almashinuv buzilishlari tufayli ham bo‘lishi mumkin.
Tuberkulyoz bilan kasallanish xavfi yuqori bo‘lgani uchun barcha qandli
diabetli bemorlarga davriy ravishda flyuorografiya o‘tkazib turish zarur. Agar
o‘pkada bironta o‘zgarish aniqlanadigan bo‘lsa qat’iy rentgenologik va
bakteriologik tekshirish o‘tkazish talab etiladi.Bronxoskopiyaga ko‘rsatma
ko‘krak ichi limfa tugunlari tuberkulyozi bilangina chegaralanadi, chunki bunda
bronxlar tuberkulyoz bilan shikastlanishi va ularning drenaj funksiyasi buzilish
ehtimoli mavjud.
Tuberkulyoz bemorlarini qandli diabetga shubha qilib tekshirganda
glyukozaga tolerantlik testini o‘tkazish lozim.Glikemiyaning monitoringi uchun
qonda glikolizlangan gemoglobin miqdoriini aniqlash muhim hisoblanadi.
Tuberkulyoz va qandli diabetli bemorlarni davolash kompleks tarzda olib borilishi
lozim. Diabet bo‘yicha davolash tadbirlari fonida barcha tuberkulyozga qarshi
preparatlar ularning nojo‘ya ta’sirlarini hisobga olgan holda qo‘llaniladi.
Rifampitsinning
oral
gipoglikemik
vositalarning
biotransformatsiyasini
tezlashtirishini nazarda tutish lozim. Zarur hollarda tuberkulyozni davolashning
jarrohlik
usullaridan
foydalanish
mumkin,
o‘pkaning
kichik
o‘lchamli
rezeksiyasini shtkazishga harakat qilinadi.
Diabetik koma
Sabablari:
1. Parxezni buzish.
2. Insulin qilishni pasaytirib yuborish.
3. Tuzalishi qiyin kechuvchi yuqumli kasalliklar.
4. Qattik diqqat bo‘lish.
5. Ko‘p uzoq vaqt qusish, jarroxlik operatsiyalari.
6. Qand kasalligida ishlatiladigan dori turini almashtirish.
7. Xomiladorlikda insulinga extiyojni ortib ketishi.
8. SHikastlanishlar.
Belgilari:
Kasallikni sekin boshlanishi.
Ko‘p siyish, ichni surilishi.
Ishtaxani yo‘qolishi.
Qusish, ko‘ngil aynishi.
Qorinda noaniq og‘riq bo‘lishi.
Og‘izdan atsetonni (turib qolgan olmani xidi kelishi).
Tilni quruqligi, qung‘ir karash boylashi.
Qon bosim va pulsni pasayishi.
Refleksni susayishi.
Befarqlik.
CHanqash.
Xushni yuqolishi.
Mushak tonuslarini pasayishi.
Qondagi qand miqdorini bir necha barobar ortib ketishi.
Birinchi yordam:
Bemorni tekis va qattiq erga yotqizish, boshini orqaga qayirish.
Insulin – 10 – 20 ed k 0,25 – 0,5 ml t/o
Atsesol, Ringer-Lokk eritmalari – 400 ml v/i ga tomchilab.
4% li soda – 200,0 v/i ga tomchilab.
0,9% li fiziologik eritma – 1–2 litrgacha.
Axvol yaxshilanguncha xar ikki soatda 1,0 ml dan Insulin t/o ga qilish.
Strofantin 0,05% li 1,0 K 0,9% li fiziologik eritma 10,0 v/i ga.
Endokrinologiya markaziga yotkizish.
Gipoglikemik koma uchun harakatlar
Qandli diabet bilan og‘rigan bemorlarda shoshilinch tibbiy yordam darhol
ko‘rsatilishi.
SHakar,
asal,
murabbo
va
glyukoza
tarkibidagi
boshqa
mahsulotlardan foydalanish mumkin.
Agar vaziyat yomonlashsa, yordam algoritmi quyidagicha:
1.Tez yordamga qo‘ng‘iroq qiling.
2.Bemorni chap tomoniga qo‘ying. Kusma - bu koma rivojlanishining umumiy
belgisi. Uning boshlanishi bo‘lsa, odamni bo‘g‘ib qo‘ymasligini ta’minlash
muhimdir.
3.Agar bemor odatda glyukonani qabul qilish dozasi haqida ma’lumotga ega
bo‘lsa, unda bu juda muhimdir. Ko‘pincha, diabet bilan kasallangan bemorlar
ushbu dori bilan bir ampulaga ega bo‘ladilar.
4.Tez tibbiy yordam kelgunga qadar bemorning nafasini kuzatib borish kerak.
Uning yo‘qligi va yurak urishi to‘xtashi bilan sun’iy nafas berish va bilvosita yurak
massajini amalga oshirish kerak.
Tuberkulyoz va rak
Tuberkulyoz bilan shikastlangan o‘pkada rak rivojlanishi ma’lum diagnostik
qiyinchiliklar tug‘diradi, bemorni davolash va tekshirish metodikasini umuman
o‘zgartiradi.
Autopsiya natijalariga ko‘ra, o‘pka raki chastotasi o‘pkasida tuberkulyozdan
keyingi qoldiq o‘zgarishlari mavjud bemorlarda ilgari tuberkulyoz o‘tkazmagan
bemorlarga nisbatan 4-7 marta ko‘p. SHu bilan bir qatorda faol o‘pka tuberkulyozi
bilan kasallagan bemorlarda o‘pka rakining aniqlanishi boshqa aholi qatlamlarida
rakning topilishi bo‘yicha o‘rtacha ko‘rsatkichlardan deyarli farq qilmaydi.
Tuberkulyoz bemorlarida o‘sma jarayonlarining rivojlanishi keksa va yoshi
o‘tgan bemorlarda o‘ta yuqori.
Tuberkulyoz va rakning o‘zaro munosabatlari ko‘p tomonlama noaniq.
Ko‘pchilik bemorlar avval o‘pka tuberkulyozi bilan xastalanishadi, keyin unga rak
qo‘shiladi. Rakinng rivojlanishini ko‘pincha tuberkulyozning uzoq muddat
surunkali kechishi va o‘pkada fibrozli jarayonlar rivojlanishi bilan bog‘lashadi.
Ko‘pchilik chandiqdan rivojlangan rak holatlari umuman olganda patoganatik
jihatdan
o‘pkadagi
tuberkulyozdan
keyingi
o‘zgarishlar
bilan
bog‘liq.
Tuberkulyozdan
keyingi
o‘zgarishlar
shakllanishi
ekzogen
kanserogenlar
to‘planishiga moyillik tug‘diruvchi bronxlar shilliq qavati epiteliysining
metaplaziyasi bilan kuzatiladi.