Amaliy mashg‘ulot
Amaliy mashg‘ulot mavzusi
Tuberkulyozga qarshi muassasalar. Tuberkulyoz infeksiyasi
o‘chog‘idagi ishlar. Tuberkulyoz infeksiyasi o‘chog‘idagi epidemiyaga qarshi
chora-tadbirlar rejasi. Tuberkulyoz profilaktikasi usullari. Spetsifik
(maxsus), kimyoviy, sanitar profilaktika usullari.Tuberkulyozga qarshi
kurashishda UDMning o‘rni.
1. Mashg‘ulot o‘tkazish joyi, jixozlanishi:
- ftiziatriya kafedrasi; VSQKD terapevtik, bolalar bo‘limlari; mualaja xonasi;
- jadvallar majmuasi, uslubiy qo‘llanmalar,
- TSO: ambo‘lator kartalar, rentgenogrammalar, dez.rastvorlar, 18-mashg‘ulotning
kompyuter prezentatsiyasi.
2. Mashg‘ulotning davomiyligi – 5 soat
3. Mashg‘ulotning maqsadi:
Talabalarga silga qarshi muassasalar va ularning vazifalari, sil infeksiyasi
o‘chog‘idagi
ishlar,
epidemiyaga
qarshi
chora-tadbirlarni,
o‘tkazish,
sil
profilaktikasini o‘rgatish.
O‘qitish masalalari:
- silga qarshi muassasalarning tuzilishini o‘rgatish;
- silga qarshi dispanserlar vazifalarini o‘rgatish;
- o‘choqlarni aniqlash va toifalarga ajratishni o‘rgatish;
- epidemiyaga qarshi chora-tadbirlar rejasini tuzishni o‘rgatish;
- sil profilaktikasini o‘tkazishni o‘rgatish.
Talabalar bilishi kerak:
- silga qarshi muassasalar tuzilishini;
- sil infeksiyasi o‘chog‘i toifalarini;
- sil infeksiyasi o‘chog‘ida sanitar va profilaktik chora-tadbirlarni o‘tkazishni;
Talabalar bajara olishi kerak:
- silga qarshi muassasalarni tashqillashtirishni;
- sil infeksiyasi o‘chog‘i toifasini aniqlashni;
- sil infeksiyasi o‘chog‘ida ftiziatr va epidemiolog vazifalari rejasini tuzishni;
-
sil
infeksiyasi
o‘chog‘ida
sanitar
va
profilaktik
chora-tadbirlarni
tashqillashtirishni;
- profilaktika chora-tadbirlari o‘tkazishni tashqillashtirishni.
Talabalar amaliy ko‘nikmaga ega bo‘lishlari kerak:
- sil bilan kasallangan bemorlarni nazoratga olish va ambo‘lator sharoitda kuzatish;
- tekshirilayotgan materialni bakterioskopiya usulida TMBga tekshirishda tibbiy
xujjatlarni yuritishni;
- sil infeksiyasi o‘chog‘i toifasini aniqlash;
- sil infeksiyasi o‘chog‘ida davolash, sanitar va profilaktika chora-tadbirlarni
o‘tkazish;
- sil profilaktikasi usullarini o‘tkazish.
44.. M
Moottiivvaattssiiyyaa
Silga qarshi muassasalar strukturasini tashqillashtirishda silga qarshi
dispanser etakchi o‘rinni egallaydi. Dispanserlar silga qarshi kurashishda keng
qamrovli chora-tadbirlarni o‘tkazadi, xamda xizmat ko‘rsatayotgan tumandagi
davolash-profilaktika muassasalari bilan doimiy muloqotda bo‘ladi.
SHuning uchun talaba TQDlar tuzilishi, vazifalarini, sil infeksiyasi
o‘chog‘ini aniqlashda xamkorlikda ishlashni va dispanser nazoratiga olish uchun
TQDga yuborishni, ambo‘lator sharoitlarda DOTS dasturi bo‘yicha davolashni
bilishi kerak. Sil bilan kasallangan bemorlarni o‘z vaqtida aniqlash, samarali
davolash, epidemiologik ko‘rsatkichlarni yaxshilash talabalarni silga qarshi
kurashish bo‘yicha bilimlarning tayyorgarligiga bog‘liq.
5. Fanlararo va fan ichida bog‘liqlik
Ushbu mavzuni o‘qitish talabalarning o‘pka va boshqa a’zolarning anatomik
tuzilishi, nomal va patologik fiziologiyasi, yuqori nafas yo‘llari va boshqa a’zolar
funksiyasi xaqida bilimlari; mikrobiologiya – sil mikobakteriyasi aniqlash va
xususiyatlarini
o‘rganish,
shuningdek,
terapiya,
xirurgiya,
ginekologiya,
rentgenologiya, yuqumli kasalliklar, endokrinologiya, gematologiya, urologiya,
teri-tanosil kasalliklari, oftalmologiya kabi fanlar bilan bir qatorda sil kasalligini
boshqa kasalliklar bilan qiyosiy tashxislashga asoslanadi.
6. Darsning mazmuni
6.1. Nazariy qism.
Tuberkulyozga qarshi ishlarni tashqillashtirish
Tuberkulyoz ijtimoiy qaram kasallik bo‘lgani uchun sil bilan kurashish
davlat ahamiyatiga molik ish hisoblanadi. Tuberkulyoz bilan kurashish qonunlar,
hukumat qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni Saqlash Vazirligi
buyuruqlari bilan tartibga solingan.
Barcha tuberkulyozga qarshi tartibga solingan chora-tadbirlar davlat
byudjetidan, mahalliy byudjetidan va boshqa manbalardan molyalashtiriladi.
Ushbu davlat fuqarolari uchun tuberkulyoz bilan davolanish va profilaktika
tadbirlari tekin amalga oshiriladi.
Sog‘liqni saqlash vazirligi mamlakatda tuberkulyoz bilan kurashishni milliy
qonsepsiyasini qabul qildi. Milliy qonsepsiya mamlakatimizdagi shu paytgacha
bo‘lgan ftiziatriyani va halqaro tajribalariga asoslanib ishlab chiqilgan. Umumiy
davolash-profilaktika tarmoqlarida bemorlarni faol o‘z vaqtida aniqlash zarur.
Tuberkulyozni davolash va proflaktikasini dispanser usuli zarur va
muhimdir. Bemorlarni davolash tuberkulyozga qarshi maxsus muassasalarda
kompleks ravishda o‘tkazilishi kerak. Davolash muqarrar ravishda standart reja
asosida, ammo har-bir bemorga individual yondashish talab qiladi. Tuberkulyoz
bemorlariga imqoni boricha nog‘ironlikni kamaytirishga qaratilgan to‘liq ijtimoiy
mehnat reabilitatsiyasi zarur. Davolanganligini baholash etarlicha aniq bo‘lish
kerak.
Tuberkulyozga qarshi chora-tadbirlarni boshqarishni O‘zR Sog‘liqni Saqlash
Vazirligi va joylardagi sog‘liqni saqlash boshqarmalari tomonidan amalga
oshiriladi. O‘zR Sog‘liqni Saqlash Vazirligida, viloyatlarda, shaxarlarda,
tumanlarda hamda bir qancha boshqarmalarda ftiziatriya bo‘yicha bosh mutaxassis
(bosh ftiziatr) bor.
Bu o‘ringa obro‘li o‘z ishini ustasi (mohir) olim va amaliyot vrachlari
qo‘yiladi. Tuberkulyoz va ftiziopulmonal ilmiy tekshirish instituti mamlakatdagi
barcha mintaqalari va viloyatlarni nazorat qiladi va ularga har taraflama tashqiliy-
uslubiy va boshqa narsalarda yordam beradi. Bunda tuberkulyozga qarshi kurashni
boshqarishni samaradorligi uchun zarur bo‘lgan vertikal boshqarish hosil bo‘ladi.
Tuberkulyozni
tarqalish
profilaktikasiga
kasallarni
aniqlash,
ularni
davolanishini va reabilitatsiyasini nazorat qilish, tibbiyot xodimlarini bilim
darajasini oshirish va ko‘pgina boshqarmalarda, xizmat joylarida, tashqilotlarda va
jamoatchilik joylarida aholini keng qamrovli qatnashtirish kerak.
Umumiy davolash-profilaktika tarmoqlarini o‘rni
Barcha davolash-profilaktika muassasalari – poliklinikalar, shifoxonalar,
tibbiy-sanitar bo‘limlar va tibbiy xizmatni boshqa bo‘limlarini zaruriy vazifasi
aholi o‘rtasidan tuberkulyoz kasallarini o‘z vaqtida aniqlashdir.
Tibbiyot xodimlarining asosiy vazifasi bo‘lib, shifokorlarga murojjaat qilgan
bemorlarda tuberkulyozga tahmin tug‘diradigan shikoyatlar yoki simptomlar
bo‘lsa, bemorlarni maqsadgi muvofiq holda tekshirishlar o‘tkazish yotadi.
Ko‘pgina bunday bemorlar terapevtik muassasalarga va bolalar tarmoqlarining
qabuliga yoki davolanishga borishadi.
Ambulatoriya va shifoxonadagi katta yoshdagi bemorlarda tuberkulyozni
aniqlash uchun bajarilishi kerak bo‘lgan diagnostik minimum ishlab chiqilgan.
Umumiy davolash tarmoqlarida tuberkulyozni aniqlashni tashqillashtirishda
quyidagilarga katta e’tibor berish kerak:
Tuberkulyozga birlamchi tekshirish barcha diagnostik va davolash-profilaktik
muassasalarda o‘tkazilishi shart.
3 xaftadan ortiq davom etayotgan balg‘amli yo‘talayotgan kishilarning
hammasini balg‘amini kislotaga turg‘un mikobakteriyaga (KTM) barcha laborator
tekshirish komponentlari bilan mikroskopik tekshirish kerak.
Tuberkulyozga tahmin bo‘lganda yoki tuberkulyoz topilganda bemorga maxsus
muassasa – tuberkulyozga qarshi dispanserga yo‘llanma berish kerak.
Tuberkulyozni erta aniqlash va uni profilaktika qilish maqsadida
poliklinikadagi
tuberkulyoz
bilan
kasallanishi
yuqori
bo‘lgan
bemorlar
qontingentini quyidagi guruhlarga ajratiladi:
1) o‘tkir respirator kasalligi qaytalangan bemorlar, zotiljamni qaytalanishi yoki
atipik kechishi, o‘pkaning surunkali nospetsifik yallig‘lanish kasalliklari. Bu
bemorlarning o‘pkasida tuberkulyozdan keyingi o‘zgarishlarga xos o‘zgarishlar
bo‘lmasa bu bemorlarni balg‘amini yoki bronx yuvundisini TMB siga hamda yilga
bir marta rentgen tekshish o‘tkazish kerak. O‘pkada tuberkulyozdan keyingi
o‘zgarishi yoki tuberkulinga giperergik sezgirligi bor bemorlarni yiliga ikki marta
rentgen tekshirish va balg‘amini tahlil qilib turish, hamda bemorlar tuberkulyozga
qarshi dispanserda maslahat olib turishlari kerak;
2) plevrit o‘tkazgan kishilar. Ularni tuberkulyozga qayta tekshirish va
tuberkulyozga qarshi dispanserga yo‘llanma berish kerak;
3) o‘pkaning changli kasb kasalliklariga chalinganlar, o‘pkada tuberkulyozdan
keyingi o‘zgarishlar bo‘lish bo‘lmasligidan qattiy nazar yiliga ikki marta
tuberkulyozga tekshirilib turishlari shart. Yiliga bir marta ftiziatr ko‘rigidan o‘tishi
kerak;
4) oshqazon va o‘n ikki barmoq ichak yara kasalligi bo‘yicha operatsiya bo‘lgan
bemorlar. O‘pkasida tuberkulyozdan keyingi o‘zgarishlar bo‘lmagan taqdirda bu
bemorlar
yiliga
bir
marta
tuberkulyozga
tekshirilib
turiladi.
O‘pkada
tuberkulyozdan keyingi o‘zgarishi yoki tuberkulinga giperergik sezgirligi bor
bemorlar yiliga ikki marta ftiziatr ko‘rigidan o‘tishlari shart;
5) qandli diabet kasallari o‘pkasida tuberkulyozdan keyingi o‘zgarishlar bor
yo‘qligidan qat’iy nazar yiliga ikki marta tekshirishdan o‘tishlari kerak. O‘pkasida
patologiya aniqlanganda ftiziatr ko‘rigidan o‘tishi zarur;
6) tug‘riqdan keyingi davrdagi ayollar. Bu guruhdagilarni tuberkulyozga tekshirish
tug‘riqdan keyingi birinchi oy davomida o‘tkazilishi kerak;
7) tuberkulinga bo‘lgan reaksiyasi uzoq muddat (6 oydan oshiq) giperergik
saqlanib kelayotgan 30 yoshgacha bo‘lgan kishilar. Bu guruhdagi kishilar
tuberkulyozga qarshi dispanserda tekshirilishi va kuzatuvda turishlari kerak;
8) kortikosteroid gormonlar bilan davolanishi zarur bo‘lgan bemorlar, davo
boshlanmasdan oldin va davo kursidan keyin yiliga ikki marta o‘pkani rentgen
tekshiruvdan o‘tkazish kerak. O‘pkada tuberkulyozdan keyingi o‘zgarish
bo‘lganda ftiziatr ko‘rigi va kimyoviy profilaktika o‘tkazish zarur;
9) surunkali ruhiy kasallikka chalinganlar. Bu bemorlarda o‘pkaning rentgen
tekshiruvi yiliga ikki marta o‘tkaziladi. Bu tekshirish birinchi navbatda ruhiy
kasalliklar
shifoxonasidagilarda,
qariyalar
uyidagilarda
va
nog‘ironlarda
o‘tkazilishi kerak;
10)
surunkali alkogolizm va narkoman kasallar. Bu guruhdagi kasallarda
o‘pkaning rentgen tekshiruvi yiliga ikki marta tashqillashtiriladi;
11)
OIV-infitsirlangan kishilar. Bu guruh bo‘yicha hisobda turadigan kishilarda
tuberkulindiagnostika (2 TB bilan Mantu sinamasi) yiliga ikki marta, o‘pkaning
rentgen tekshiruvi yiliga 1 – 2 marta o‘tkaziladi.
Poliklinika amaliyotida tuberkulyoz ko‘pincha uyushmagan aholi –
pensionerlar, nog‘ironlar, uy bekalari orasida aniqlanadi. “Uyushgan” qontingent
bilan solishtirganda, ularda nazorat flyuorografiya tekshiruvi kam o‘tkaziladi,
shuning uchun umumiy tarmoqdagi shifokorlarni tuberkulyozni aniqlash rejasida
asosiy diqqatni uyushmagan aholi qontingentga qaratish va ularni flyuorografik
tekshirishga faol jalb etish kerak.
Bolalar davolash-profilaktika muassasalarida TMB si bilan birlamchi
infitsirlanganlikni va tuberkulyoz bemorlarini aniqlash maqsadida, tug‘riqxonada
va bolalar poliklinikasida BSJ bilan vaksinatsiya va revaksinatsiya qilish
maqsadida yalpi tuberkulindiagnostikasi amalga oshirilgan.
Tuberkulyoz kasalligiga yuqori havf bo‘lgan bolalarni aniqlash juda muhim.
Tuberkulin reaksiyasiga viraj va tuberkulinga giperergik reaksiya bergan, nafas
a’zolari kasalliklari qaytalangan, uzoq kechayotgan atipik zotiljam, qandli diabet
kasali, ruhiy kasal, uzoq muddatdan beri kortikosteroid gormon qabul qilayotgan,
ekssudatli plevrit o‘tkazgan, tug‘riqxonada BSJ vaksina qilinmagan bolalar havf
guruhiga kiradi.
Bolalar muassasasini vazifasi bolalar va o‘smirlarni tuberkulyozga tekshirish
va ularda tuberkulyozga tahmin bo‘lsa tuberkulyozga qarshi dispanserga yo‘llanma
berish.
Kattalar, bolalar va o‘simrlarda tuberkulyozni aniqlash samaradorligini
oshirish uchun terapevt, pediatr va umumiy davolash tarmog‘idagi boshqa
mutaxasislarni ftiziatrlar bilan o‘zaro hamkorlikda ishlashi zarur. Uchastka ftiziatri
(ftizioterapevt, ftiziopediatr) poliklinikada havf guruhidagilarni doimiy tekshirilib
turayotganini nazorat qilib turishi, tuberkulyoz aniqlangan bemorlar haqida
shifakordan axborat olib turishi, zarurat bo‘lganida bemorlarga maslahat berishi
kerak.
Poliklinikada diagnostika ishlarini sifatini va ftiziatriya bo‘yicha bilim
darajasini oshirish uchun har bir aniqlangan tuberkulyoz kasalini muxokama qilish,
kasallik aniqlangan vatqni baholash, tuberkulyozni kech aniqlanganlik sababini
tahlil qilish muhim ahamiyatga ega. Ftiziatr poliklinikadan dispanserga maslahat
uchun yuborilgan kasallarni, yo‘llanmani asosiga e’tibor berib va poliklinikadagi
tekshiruv sifatini tahlil qiladi.
Ixtisoslashtirilgan tuberkulyozga qarshi xizmat
O‘zbekiston sog‘liqni saqlash tizimida ixtisoslashtirilgan tuberkulyozga
qarshi yoki ftiziatriya xizmati mavjud. Bu xizmat tuberkulyozga qarshi ishlashda
tashqiliy-uslubiy
qo‘llanmalarni
ishlab
chiqadi,
tuberkulyoz
kasallaridagi
diagnostika savollarni, davolashni va reabilitatsiyani barcha ko‘rinishlarini hal
qiladi. Tuberkulyozga qarshi vrach-ftiziatrlar va hamshiralar, feldsherlar,
laborantlar, texniklar ishlaydilar.
Tuberkulyozga qarshi xizmat mintaqaviy aqidaga asosan tuzilgan.
Xizmatlarni barchasini asosiy zvenosi bo‘lib, tuberkulyozga qarshi dispanser
hisoblanadi. Mintaqaviy dispanserlar viloyat, shaxar va tuman dispanserlariga
bo‘linadi. Dispanserlardan tashqari, tuberkulyoz shifaxonalari, sanatoriyalar,
bolalar yasli va bog‘chalari, bolalar va o‘simrlar uchun maktab-internatlar bor.
Tuberkulyozga qarshi dispanser – bu ikkita o‘ziga xos taraflari bilan
farqlanadigan ixtisoslashtirilgan davolash-profilaktika musassasidir. Birinchi farqi,
dispanser yopiq tipdagi muasassa hisoblanadi: dispanser tuberkulyozga tahmin
bo‘lgan kishilarni vrachni yo‘llanmasi bilan va tuberkulyoz tashxisi qo‘yilgan
bemorlarni qabul qiladi. Ikkinchi farqi – kasallarni qabul qiladi va tuberkulyozni
tarqalishini ogohlantirish maqsadida sog‘lom odamlarni kuzatuvga oladi.
Dispanserni asosiy vazifasi mintaqaviy tuberkulyoz bilan kurashish bo‘yicha
tashqiliy-uslubiy markazi sifatida tuberkulyozdan infitsirlanishni, kasallanishni,
kasallikni va o‘limni pasaytirish. Dispanserni aniq vazifasi ko‘p qirrali va
bemorlarga maslahat berish, tekshirish va davolash, tuberkulyoz kasallarini va havf
guruhidagi sog‘lom kishilarni uzluksiz va faol kuzatishdir.
Dispanser tuberkulyozni sanitar profilaktikasi bo‘yicha kompleks tadbirlarni,
vaksinatsiya jarayonini boshqarishni amalga oshiradi, tuberkulyoz bo‘yicha aholini
qayta tekshirishda uslubiy yordamlarni ko‘rsatadi, bemorlarni reabilitatsiyasi va
ish qobilyatini ekspertizatsiyasi bilan shug‘ullanadi.
Dispanserni muhim yo‘llanmasiga tuberkulyoz bo‘yicha epidemiologik
tahlil, tuberkulyozga qarshi chora-tadbirlarni samaradorligini va tuberkulyozni
profilaktikasi, aniqlash va tashxisoti savollari bo‘yicha umumiy davolash
tarmog‘idagi davolash-profilaktika muassasalari xodimlarini kvalifikatsiyasini
oshirishni baholash kiradi.
Tuman yoki shaxar dispanseriga bo‘ysunadigan mintaqalari ftiziatr
uchastkalariga bo‘linadi. Uchastkada dispanser ishini uchastka ftiziatri olib boradi.
SHu bilan birga markaziy tuman shifaxonasidagi, poliklinikadagi, tibbiy-sanitar
bo‘limdagi tuberkulyozga qarshi dispanser bo‘limini yoki xonasini ishini
bajaradi. Uzoq joylarda dispanserni bir qancha vazifalarini bir munchasini
uchastka ftizatri boshchiligida feldsher-akusherlik punkti bajaradi.
Dispanser hisobda turadigan va kuzativdagi kishilar qontingenti juda xilma
xil. Ular epidemiologik havfi bo‘yicha, tuberkulyozni klinik yuzaga chiqishi va uni
oqibati bo‘yicha, davolash usullari bo‘yicha, kerak bo‘ladigan kuzativ muddati
bo‘yicha farqlanadi va guruhlarga bo‘linadi. Bunday guruhlanish zaruriy davolash
va profilaktik chora-tadbirlarni taqqoslashni va kerakli bo‘lgan amaliy ishlarni
amalga oshirishga imqon beradi. Profilaktik, davolash va reabilitatsion ishlar va
tuberkulyozga qarshi dispanserda qontingentlarni kuzatish ishlari shu guruhlarga
asoslangan.
Silga qarshi kurashish dispanserlari nazorat guruhlari
So‘nggi 10 yillar davomida sil xastaligi bo‘yicha epidemiologik xolat
yomonlashdi, sil patomorfozi og‘irlashib uni davolashga yondoshish o‘zgardi.
So‘nggi yillarda O‘zbekistonda DOTS strategiyasi faol tatbiq etilmoqda.
Bo‘larning
xammasi
ftiziatriya
xizmati
dispanseri
ishi
uslublarini
mukammallashtirishning yo‘llarini izlashni talab qiladi.
Silga qarshi kurashishni tashqil etishda silga qarshi kurashish dispanseri
asosiy o‘rinni egallaydi. Silga qarshi kurashish dispanseri sil bilan xastalangan
bemorlarni, va sil tayoqchasi ajratuvchi bemorlar bilan muloqotda bo‘lgan, «silga
moyil bo‘lgan» shaxslarni faol kuzatishni tashqil etishda asosiy o‘rin egallaydi.
Silga karshi kurashish dispanseri ishini, shakli va usullari asosan 1988 yilda
tasdiqlangan silga qarshi kurash dispanserlari nazorat guruxlari bilan belgilangan
edi. Ushbu guruxga asosan nazoratda turgan shaxslar VIII guruhga bo‘lingan
edilar.
0 «nol» - faolligi shubxali bo‘lgan nafas a’zolari sili bilan xastalangan
bemorlar;
I – nafas a’zolari faol sili bilan xastalangan bemorlar;
II – faolligi so‘nayotgan nafas a’zolari sili bilan xastalangan bemorlar;
III – klinik jixatdan nafas a’zolari silidan tuzalgan bemorlar;
IV – bakteriya ajratadigan bemor yoki sil bilan xastalangan qishloq xo‘jaligi
xayvonlari bilan muloqotda bo‘lganlar;
V - o‘pkadan tashqari a’zolari sili bilan xastalangan, va undan tuzalgan
bemorlar;
VI – «silga moyil guruxlar», sil bilan zararlangan bolalar, xamda
chaqaloqligida BSJ bilan emlanmagan va emlashdan so‘nggi asoratlari bo‘lgan
bolalar (faqat bolalar guruhi uchun),
VII – nafas a’zolari silidan tuzalgan, (shu jumladan o‘z-o‘zidan tuzalgan),
lekin o‘pkasida qoldiq o‘zgarishlari bor, sil qaytalanishi xavfi bor shaxslar.
Sil bilan xastalangan bemorni kuzatish muddati o‘rtacha 7-10 yilni tashqil
etib, u nafaqat bemorni nog‘ironlikka olib kelibgina qolmay, bemorlarda
boqimandalik kayfiyatini paydo bo‘lishiga sabab bo‘lib, xalq iqtisodiyotiga katta
zarar etqizardi. Bundan tashqari, yuqorida keltirilgan dispanser guruhlari haddan
tashari katta va ko‘p bo‘lib, joylardagi ftiziatrlarning ishlashlariga qiyinchilik
tug‘diradi.
SHu bilan bir qatorda oxirgi yillarda sil bilan xastalanish ortib borishi, sil
bilan xastalangan bemorlarni sonining ko‘payishi hisobiga silga qarshi kurash
dispanseri nazoratida turgan shaxslar soni o‘sib, ular ftiziatrlardan ko‘proq diqqat-
e’tibor talab qiladilar.
Bugungi kunda dispanser xisobida turgan bemorlarning 25% sildan sog‘aygan
va silga moyil shaxslarni tashqil etib, ular muntazam tekshiruvdan o‘tib kasallik
qaytalanishiga qarshi davo yoki ximioprofilaktika olishlari lozim.
Bu guruxlar ftiziatrlarning vaqtini olib, ularning asosiy ishlari – sil bilan
xastalangan bemorlarni davolash, sog‘aytirish, sil o‘chog‘larida profilaktik va
sog‘aytirish ishlarini olib borishlarini qiyinlashtiradi.
So‘nggi yillarda silni kimyoviy davolashda yondoshish kam o‘zgardi.
O‘zbekistonda Jaxon Sog‘likni Saqlash Tashqiloti (JSST) dasturi – DOTS faol
tadbiq qilinib, u o‘z ichiga qisqa muddatli (6-8 oy) nazoratdagi davoni qamrab
olgan.
Silga qarshi dorilar ta’siri chegarasini xisobga olgan xolda silni davolash va
sildan sog‘ayish muddatlari qisqaradi. Ilmiy adabiyotlar va O‘zbekiston ftiziatrlari
tajribasidan ayonki, sildan klinik sog‘ayish davolashning asosiy kursi tugagandan
so‘ng ro‘y beradi.
SHu sababli bugungi kunda silni ambo‘lator davolash, bemorning dispanserda
nazorati va muddatlari sildan sog‘ayishning uzoq kuzatib nazorat qilishi bilan
emas, balki bemorni davoga muxtojligi, davolash va nazoratga xar bir bemor
shaxsga aloxida yondoshishdan kelib chiqishi lozim.
Ftiziatriya va pulmonologiya ITIda ftiziatriya amaliyotida dispanser guruxlari
nazoratining samarali shakli va usullari ishlab chiqishga extiyoj borligini xisobga
olib, ilmiy tadqiqotlar davlat dasturi miqyosida silga qarshi kurashish dispanserlari
nazorat guruxlarini mukammal shakllarini ishlab chiqarishga qaratilgan ilmiy
tadqiqot ishlari olib borilgan bo‘lib, ularning natijalari jumxuriyatimizda ilmiy
adabiyotlarda nashr etilgan.
Davolash va epidemiologik prinsiplarga asoslangan dispanser nazoratidagi
guruxlarining mukammal shakli ishlab chiqilgan va ularning soni VIII tadan IV
taga, ya’ni 2 marta kamaytirilgan. Nazoratdagi guruxlar amaliy ftiziatrlarga silni
diagnostikasi, davolash, reabilitatsiya va profilaktikasi masalalarini o‘z vaqtida xal
etilishiga xamda nazorat guruxlaridagi bemorlar xarakatni, nazoratdan chiqarishni
xozirgi zamon talablariga ko‘ra yondoshishga yordam beradi.
1. Katta yoshdagi bemorlar dispanser sharoitida kuzatish usullari
Silga qarshi kurashish dispanseri nazoratida turishi lozim bo‘lgan katta
yoshdagi bemorlar quyidagi guruxlarga bo‘linadi.
I guruh – nafas a’zolari faol sili:
A guruhcha – sil kasalligi ilk bor aniqlangan, qo‘zigan yoki qaytalangan,
B guruhcha – samarasiz davolash tufayli surunkali sil jarayoni
bilan xastalangan bemorlar,
V guruhcha – silga qarshi dorilarga polirezistent sil tayoqchalari ajratadigan
bemorlar.
II guruh – nafas a’zolarining faol bo‘lmagan sili:
A guruhcha – o‘pka va plevrasida katta qoldiq o‘zgarishlar qolgan, faol
bo‘lmagan sil bilan xastalangan bemorlar, shuningdek I guruhdan samarali
davolash va tuzalgandan so‘ng o‘tkazilgan, o‘pka va plevrasida kichik qoldiq
o‘zgarishlar bo‘lgan, lekin silni qo‘zg‘atish omillari mavjud bemorlar; ilk bor faol
bo‘lmagan nafas a’zolarining sili aniqlangan bemorlar,
B guruhcha – I guruxdan samarali davolangan va klinik tuzalgan, o‘pka va
plevrasida kichik qoldiq o‘zgarishlari bo‘lgan, sil qo‘zg‘atuvchi omillari
bo‘lmagan, faol bo‘lmagan sil bilan xastalangan bemorlar xamda ilk bor faol
bo‘lmagan nafas a’zolari sili aniqlangan bemorlar.
III guruh – o‘pkadan tashqari a’zolar sili:
A guruhcha – o‘pkadan tashqari a’zolarning faol sili bilan xastalangan
bemorlar (ilk bor aniqlangan, qaytalangan va qo‘zigan), xamda o‘pkadan tashqari
a’zolarning surunkali sili bilan xastalangan bemorlar,
B guruhcha – o‘pkadan tashqari a’zolarning faol bo‘lmagan, shu jumladan
ilk bor aniqlangan sili bilan xastalangan bemorlar,
V guruhcha - o‘pkadan tashqari a’zolari silidan tuzalib, klinik sog‘ayishdan
so‘ng qoldiq o‘zgarishlar qolgan bemorlar.
IV guruh – sil bilan xastalanishi xavfi yuqori bo‘lgan shaxslar:
A guruhcha – sil tayoqchasi ajratadigan bemorlar yoki sil bilan xastalangan
qishloq xo‘jaligi xayvonlari bilan muloqotda bo‘lgan bolalar, o‘smirlar va katta
yoshdagi odamlar,
B guruhcha – sil tayoqchasi ajratmaydigan faol sil bilan xastalangan bemor
bilan muloqotda bo‘lgan bolalar va o‘smirlar,
V guruhcha – sil bilan ilk bor zararlangan (viraj), tuberkulinga giperergik
reaksiya bergan, BSJ dan so‘nggi asorat bo‘lgan bolalar va o‘smirlar.
Dispanser nazoratining yangi guruxlari 0, II, V G, VII nazorat guruxlarini
qisqartirish imqonini beradi.
Silga shubxa bo‘lgan, yoki faolligi shubxali bo‘lgan, diagnozi noaniq bo‘lgan
bemorlar, agar dispanser sharoitida diagnoz qo‘yib faolligini aniqlash imqoni
bo‘lmasa shifoxonaning diagnostika bo‘limiga yuboriladi; faol sil aniqlansa, bemor
I gurux nazoratiga olinadi.
«So‘nayotgan sil jarayoni» tushunchasi xozirda asosiy intensiv davolash
samaradorligi tufayli bemor sildan klinik sog‘ayishi yoki surunkali sil bilan
xastalangan bemorlar qatoriga o‘tishiga olib kelishi tufayli o‘z axamiyatini
yo‘qotdi.
SHu sababli sil bilan xastalangan bemorlar yangi nazorat guruhiga
ko‘ra nafas a’zolarining faol va faol bo‘lmagan siliga bo‘linadilar.
Avvallari VII guruh nazoratida turganlar, sildan so‘nggi qoldiq o‘zgarishlar
qolgan shaxslar bo‘lib ular xar yili sil qayta qo‘zishi yoki qaytalanishini oldini
olish uchun flyuorografik tekshiruvdan o‘tishlari lozim bo‘lib, maxsus davolash va
profilaktik choralar o‘tqazilishiga muxtoj edilar.
SHu sababli ular umumiy tibbiyot muassasalarida shifokorlar tomonidan
kuzatilib, agarda sil qayta qo‘ziganiga shubxa bo‘lsa, ftiziatr bilan qonsultatsiya
qilinishlari lozim.
Dispanser faoliyatida yangi guruhlar amaliyot uchun ishlatishga qulay bo‘lib,
silga moyil shaxslar sonini qisqartirish xisobiga nazoratdagi bemorlar sonini
kamaytirishga, ftiziatrlarga asosiy vazifa – bemorlarni davolash, sil o‘choqlarida
ishlashga asosiy e’tiborni qaratish imqonini beradi.
Bu esa o‘z navbatida sildan sog‘aytirish, bemorlarni nog‘ironligini
kamaytirish, bemorni «surunkali sil bilan xastalangan bemorlar» qatoriga o‘tishini
oldini olish, sil bilan xastalangan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganlar orasida
profilaktikani sifatini oshirishga, natijada silni tarqalishini kamaytirish va
epidemiologik sharoitini yaxshilashga olib keladi.
Dispanser nazoratiga olish, bir guruhdan boshqa
guruhga o‘tqazish va nazoratdan chiqarish mezonlari
I guruh
I- guruh, A guruhchaga quyidagi bemorlar nazoratga olinadilar:
-nafas a’zolarining faol sili bilan xastalangan bemorlar;
-sil jarayoni qaytalangan bemorlar;
-jarrohlik muolajalari, tarqalgan, destruktiv sil jarayoni sababli lobektomiya,
bilobektomiya, har xil bo‘laklar rezeksiyasidan so‘nggi holatlar; surunkali rigid
plevrit, plevra empiemasida plevroektomiya, qisman plevroektomiya va
dekortikatsiyasidan so‘nggi bemorlar, polikavernoz sil va empiema sababli
qilingan pulmonektomiya va plevropulmonektomiya, torakoplastikadan so‘ngi
bemorlar; jarrohlik operatsiyalaridan so‘nggi asoratlar (plevra empiemasi, plevra
empiemasi va bronx oqmasi, sil jarayoni refaolatsiyasi).
Nafas a’zolari faol sili bakterioskopik, bakteriologik va rentgen, hamda
boshqa instrumental, laborator usullar bilan tasdiqlanishi lozim.
I- guruhda turadigan bemorlarga faol davolashni talab etiladi
Retsidiv (qaytalanish) – sil bilan xastalangan, lekin undan sog‘aygan
shaxslarda sil jarayoni qayta qo‘zishi. Retsidiv – nazorat guruhidan II va IIIb guruh
bemorlardagi barvaqt retsidiv; hamda dispanser nazoratidan chiqarilgan,
poliklinikalarda kuzatuvdagi shakllardagi kech retsidivga bo‘linadi.
Retsidivdan,
silning
qayta
qo‘zishi
farq
qilinadi,
u
samarali
davolangandan so‘ng klinik tuzalgan bemorda sil jarayoni qayta qo‘zishidir.
Bemorlar intensiv ximioterapiyaning asosiy kursini statsionarda o‘tishlari
kerak. Statsionardan chiqarilgandan keyin ximioterapiya klinik sog‘ayguncha
dispanser sharoitda davom etadi, hamda bemorni har oyda kompleks tekshiruvdan
o‘tkazib turiladi.
Klinik sog‘ayish – bu o‘pka va plevradagi qoldiq o‘zgarishlarning kattaligini
va og‘ir hamroh kasalliklarning mavjudligini hisobga olib, kuzatish muddatlari
bilan tasdiqlangan, sil jarayonning og‘ishmas bitmoqligidir.
Sil jarayonining barqarorligi boshlangan bemorlar, klinik sog‘aygan deb
e’tirof
etiladi.
Jarayonning
barqarorligi
–
klinik-rentgen
o‘zgarishlar
tinchlanganligi, spetsifik jarayonning bitishini ifoda etmoqlikdir (intoksikatsiya
simptomining yo‘qolishi, sil tayoqchasi ajratishni to‘xtatishi, kovaklarning bitishi
va infiltratlarning so‘rilishi), biroq rentgen-tomografik ma’lumotlarni 3-6 oy vaqt
oralig‘ida solishtirib ko‘rganda, aniqlovchi, qoldiq o‘zgarishlarni keyinchalik
ijobiy dinamikasining yo‘qligidadir.
Bemorlarni II guruh kuzatuviga o‘tkazish mezonlari quyidagilardir:
balg‘amda mikobakteriyalar topilmasligi, parchalangan to‘qimalar bo‘shliqlarning
bitishi, yopilishi, infiltrativ va o‘choqli o‘zgarishlarni so‘rilishi, o‘pka va
plevradagi qoldiq o‘zgarishlarning keyinchalik ijobiy dinamikasining yo‘qligi
bilan jarayonning barqarorligidir.
Sil tayoqchasi ajratish har oydagi bakteriskopik va bakteriologik
tekshiruvlarda tasdiqlanib, to‘xtaganiga 6 oy o‘tgach, II guruhga o‘tkaziladi.
Guruhda kuzatishning eng kam muddati – 1 yil.
Bemorlar jarrohlik muolajalarining asoratlarida (plevra empiemasi, bronxial
oqma yara va plevra empiemasi sil jarayonining refaolatsiyasi), qayta jarrohlik
muolajalaridan keyin (pulmonektomiya, plevropulmonektomiya, torakoplastika,
bronx yo‘llarining qayta rezeksiyasi) I guruh dispanser kuzatuvida kamida 2 yil
bo‘ladilar.
Kompleks intensiv davolashga qaramasdan yoki og‘irlashtiruvchi omillar
natijasida, bemorning aybi bilan davolash jarayonining buzilishi oqibatida sil
tayoqchasi ajratish saqlanib qolganda yoki yo‘q bo‘lganda surunkali sil rivojlansa
(kovakli sil, fibroz-kovakli sil, sirrotik sil), bemorlar 1 guruhga, B guruhcha osti
kuzatuviga olinadi.
Bemorlarga sil jarayonining barqarorlashuviga qadar statsionarda, keyin yilda
2 marta, bahorda va kuzda, 3-4 oy davomida, ambo‘lator yoki sanatoriyda, agar
og‘irlashtiruvchi
omillar
bo‘lsa
yil
mavsumiga
qaramasdan
kompleks
ximioterapiya o‘tqaziladi.
Kasallikning yaxshi kechishida, hamda jarayonning qo‘zishi belgilari paydo
bo‘lganda ambo‘lator sharoitda kompleks tekshiruv 3 oyda 1 marotaba o‘tkaziladi.
Bemorlarni 2 guruhga o‘tkazish mezonlari quyidagilardir: 6 oy mobaynida
mikobakteriyalarni yo‘qolishi, kovaklarni tozalanishi, intoksikatsiyaning yo‘qligi,
laboratoriya ko‘rsatkichlarini me’yorlashuvi va o‘pkadagi rentgen o‘zgarishlarning
barqarorligi.
Guruhcha ostida kuzatuv muddati - qat’iy individual, kamida 2 yil.
I guruh, V guruh osti, silga qarshi bir necha dorilarga birlamchi va ikqilamchi
chidamli, polirezistent sil mikobakteriyalarni ajratadigan bemorlar (birinchi
aniqlangan
va
avval
davolangan)
kiradilar.
Bu
bemorlarda
ham,
sil
mikobakteriyalari dorilarga chidamliligini hisobga olib ximioterapiya o‘tkazish
masalalari, hamda «polirezistent sil» bilan muloqotda bo‘ladiganlar kasallikni
oldini olish muhim Bemorlar asosiy intensiv ximioterapiya kursini statsionarda
olishlari kerak, davolashni davomini esa ambulatoriya sharoitida klinik
sog‘ayguncha oladilar. Dispanserda tekshiruv – har oyda.
Bemorlarni II guruhga o‘tkazish kriteriylari, A va V guruh
ostidagilardek.
Guruhcha ostida kuzatish muddatlari – individual.
II guruh
II guruh, A guruhcha osti dispanser kuzatuviga olinadilar:
- nafas a’zolari nofaol sili bo‘lgan bemorlar I guruhdan o‘tkazilgan, samarali
ximioterapiya olgach yoki jarrohlik muolajalaridan keyin, o‘pka va plevradagi
katta qoldiq o‘zgarishlari mavjud bemorlar (sog‘ayganligini nazorat qilish uchun);
- nafas a’zolari nofaol sili bo‘lgan bemorlar, I guruhdan o‘tkazilgan, samarali
ximioterapiyadan so‘ng klinik tuzalgan, kichik qoldiq o‘zgarishlar bor, noqulay
sharoitda yashovchilar (sog‘ayganligini nazorat qilish uchun);
- birinchi marotaba aniqlanib, avval kuzatuvda turmagan nafas a’zolarining
nofaol sili mavjud bemorlar.
Qoldiq o‘zgarishlar deb, qattiq va kalsiylashgan o‘choqlar, va har xil
kattalikdagi fokuslar, fibroz chandiqli va sirrotik o‘zgarishlar (shu jumladan,
tozalangan qoldiq bo‘shliqlar), plevra o‘zgarishlari, o‘pka va plevradagi jarroxlik
muolajalaridan keyingi o‘zgarishlar.
Katta qoldiq o‘zgarishlarga quyidagilar kiradi: yagona (1 sm dan kattaroq)
yoki ko‘p (5 tadan ko‘p, 1 sm dan kichik) birlamchi kompleks komponentlari
(Gonn o‘chog‘i va kalsiylashgan ko‘krak ichki limfa tugunlari); intensiv, aniq
ko‘ringan o‘choqlar va fokuslar; tarqalgan fibroz (1 segmentdan ko‘p); har xil
tarqalgan sirrotik o‘zgarishlar; kengligi 1 sm dan ko‘p kalsiylashgan yoki
kalsiylashmagan qalin plevra o‘zgarishlari; o‘pka to‘qimasidagi va plevradagi
jarroxlik muolajalaridan keyingi katta o‘zgarishlar (segment yoki bo‘lak
rezeksiyasi, pulmonektomiya va boshqalar).
Kichik qoldiq o‘zgarishlarga quyidagilar kiradi: birlamchi kompleksning
yagona komponenti (Gonn o‘chog‘i, kalsiylashgan limfa tugunlari), kamida 1 sm;
yagona (5 ta gacha) intensiv, aniq chegarali 1 sm gacha bo‘lgan o‘choqlar; 1
segmentda joylashgan chegaralangan fibroz chandiqlangan sinuslar, bo‘laklararo
shvartlar, plevrodiafragmal va plevromediastinal bitimlar, 1 sm kenglikdagi
plevroapikal va plevrokostal o‘zgarishlar (plevraning kalsiylashuvi yoki usiz) bir
va ikki tomonlama; segment yoki o‘pka bo‘lagi rezeksiyasidan keyingi
o‘zgarishlar, agar o‘pka va plevrada katta jarroxlikdan keyingi o‘zgarishlar
bo‘lmasa.
II A guruh osti kuzatuvida turgan bemorlar, 6 oyda 1 marotaba dispanserda
kompleks tekshiruvdan o‘tishlari kerak. Ularga ambulatoriya sharoitida (bahorda
va kuzda) retsidivga qarshi 2 oylik (2 ta preparat) ximioterapiya kurslari
belgilanadi. Og‘irlashtiruvchi omillar bo‘lganda retsidivga qarshi ximioterapiya
kurslari, yil mavsumiga qarmasdan, 3 oy muddatga belgilanadi, ularni sanatoriya
sharoitida o‘tkazilgani ma’qul.
Og‘irlashtiruvchi omillarga quyidagilar kiradi: og‘ir turmush sharoitlari,
surunkali hamroh kasalliklar (alkogolizm, narkomaniya, ruhiy kasalliklar, qandli
diabet, nafas a’zoliklarining surunkali kasalliklari, oshqozon va 12 barmoqli ichak
yarasi kasalliklari), sitostatik, nur va uzoq steroid terapiya olgan bemorlar, hamda
organizm qarshiligini kamaytiruvchi fiziologik holatlar (homiladorlik, tug‘ishdan
keyingi davr va b.), katta jarroxlik muolajalari, og‘ir jismoniy va ruhiy jarohatlar.
Nafas a’zolarining nofaol sili bo‘lgan, birinchi marotaba aniqlangan
bemorlarni dispanser hisobiga olishda, yilning mavsumidan qat’iy nazar,
ambulatoriya sharoitida 2 ta silga qarshi preparatlar bilan retsidivga qarshi
ximioterapiya kursi o‘tkaziladi. Keyinchalik ularga bahorda va kuzda retsidivga
qarshi ximioterapiya kurslari tayinlanadi.
Nafas a’zolari sili bo‘lgan bemorlarni dispanser hisobidan chiqarish
mezonlari: silning xuruji va retsidivining yo‘qligi. Kuzatuv muddati – 2 yil, o‘pka
va plevradagi katta qoldiq o‘zgarishlari bo‘lgan bemorlar uchun og‘irlashtiruvchi
omillari bo‘lganda – 3 yil.
II B guruhcha kuzatuviga, samarali ximioterapiyadan yoki jarroxlik
muolajalaridan keyin klinik sog‘ayish bilan 1 guruhdan o‘tkazilgan nafas a’zolari
nofaol sili bo‘lgan bemorlar, o‘pka va plevradagi kichik qoldiq o‘zgarishlari
bo‘lgan va og‘irlashtiruvchi faktorlari bo‘lmagan bemorlar olinadi.
II B guruhcha kuzatuvida turgan bemorlar, 6 oyda 1 marotaba dispanser
kompleks tekshiruvidan o‘tishlari kerak. Ularga yilda 2 marotaba (bahorda va
kuzda) 2 oylik retsidivga qarshi ximioterapiya kurslari (2 silga qarshi preparatlar)
ambulatoriya sharoitida tayinlanadi. Sil bemorlarni dispanser kuzatuvidan o‘chirish
mezonlari: silning xuruji va retsidivlarining yo‘qligi. Kuzatuv muddati – 1 yil.
III guruh
III A guruhcha quyidagilar kuzatuvga olinadi:
-suyak va bo‘g‘imlarning faol sili bilan birinchi marotaba aniqlangan
bemorlar, siydik-tanosil sili bilan, markaziy nerv tizimi va miya qavatlari
(qobiqlari) sili, tashqi limfa tugunlari sili, abdominal sil, ko‘z sili, teri va teri osti
qavati sili bilan;
-silning o‘pkadagi tashqari turlarining xuruji va retsidivi bo‘lgan III B va III
V guruh ostidagi bemorlar;
- suyak va bo‘g‘imlar, buyrak va siydik yo‘li, tanosil a’zolari sili, abdominal
sil, tashqi limfa tugunlari sili sababli radikal tiklovchi jarroxlik muolajalaridan
keyingi bemorlar;
- jarroxlik muolajalaridan keyingi asoratlari bo‘lgan bemorlar (oqma yaralar,
transplantatning sinishi, gidronefroz va b.
- o‘pkadan tashqari silning surunkali turi bo‘lgan bemorlar.
Faol o‘pkadan tashqari silning diagnozi bakteriskopik va bakteriologik,
rentgen, ultratovush va boshqa maxsus tekshiruvlar yordamida (gistologik,
morfologik, radinuklid, endoskpik usullar, kompyuter tomografiya, magnit-yader
rezonans) tasdiqlandi.
III guruhcha kuzatuvda turuvchi suyak-bo‘g‘im silining faol shakli bo‘lgan
bemorlar, tarqalgan jarayonda intensiv ximioterapiyaning asosiy kursini 4-5
preparatlar bilan 6 oy davomida statsionarda olishlari kerak, chegaralangan
jarayonda – 3 oy davomida.
Qonservativ davolashda ijobiy natijalar bo‘lmasa va asoratlar saqlanib qolsa
(parezlar va falajlar, umurtqa pog‘anasi faoliyatining buzilishi, tos a’zolari
faoliyatining buzilishi), radikal tiklovchi jarroxlik muolajalari (orqa miyaning
dekompressiyasi, umurtqa autoplastikasi katta bo‘g‘imlarda radikal-tiklovchi,
xarakatlantiruvchi muolajalar) o‘tkaziladi.
Dispanserda suyak va bo‘g‘im silining klinik sog‘aygunigacha ambulatoriya
ximioterapiyasi davom ettiriladi, bu III B guruhcha ostiga o‘tkazish uchun kriteriy
(mezon) hisoblanadi. Dispanser sharoitida kompleks tekshiruv – har oyda,
ftizioortoped qonsultatsiyasi 2 oyda 1 marta.
Suyak-bo‘g‘im silida klinik sog‘ayish deb, jarayonning klinik intoksikatsiya
simptomlari
yo‘qolib
barqaror
bitishi,
laboratoriya
ko‘rsatkichlarining
me’yorlashuvi, sil mikobakteriyalarining yo‘qolishi, abssesslarning so‘rilishi,
suyak to‘qimasidagi destruksiyalarning bitishi va a’zoning faoliyatini tiklanishi
(umurtqa yoki bo‘g‘im), bemorlar 1-3 yil davomida kuzatiladi.
Suyak va bo‘g‘im sili bo‘lgan bemorlarning III A guruh ostida bo‘lishi
muddatlari jarayonning lokalizatsiyasi va tarqalganligiga, hamda qonservativ va
jarroxlik muolajalarining natijalariga bog‘liq bo‘lib, 1-2 yilni tashqil etadi.
Siydik-tanosil silining faol shakli bo‘lgan, III A guruhcha osti kuzatuvida
bo‘lgan bemorlar, statsionarda 3-4 preparatlar bilan 2-4 oy davomida intensiv
ximioterapiya kursini o‘tishlari kerak, keyinchalik davolanish ambulatoriya
sharoitida 2-3 ximiopreparatlar bilan (intermittik) kun ora usuli bilan 4-6 oy davom
ettiriladi. Bemorlar har oyda klinik tekshirilib, ftiziourolog, ginekolog
qonsultatsiyasi 2 oyda bir marta. Zarur bo‘lganda jarroxlik muolajasi o‘tkaziladi.
Siydik-tanosil a’zolar silidan klinik sog‘lomlanish bemor siydigida sil
qo‘zg‘atuvchisining yo‘qolishi (6 oydan kam emas), zaxarlanish belgilari
tugatilishi, laborator o‘zgarishlar me’yoriga qaytishi va jarohatlangan a’zoda
rentgen tekshirishlar natijasining yaxshilanishi bilan hisoblanadi.
Bemorni III B guruhchaga o‘tkazish uchun kompleks tekshirish va kasalxona
sharoitida Kox sinamasini qo‘yish talab etiladi. III A guruhcha nazoratidagi siydik
va tanosil sil bemorlari kuzatish davri kasallikning xiliga bog‘liqdir. Kasallikning
cheklangan xillari va jarroxlik muolajasi qo‘llangandan so‘nggi holatda 1 yil,
tarqalgan hillarida esa 2-5 yil kuzatishni talab etadi.
Periferik limfa tugunlar sili bilan kuzatiladigan bemorlar davolashning
asosiy qismini kasalxonada (3 oy), keyingi qismini esa ambo‘lator sharoitda har
oyda 1 marta tekshirish yo‘li bilan klinik sog‘lomlanishigacha davom ettiriladi.
III A guruhchadagi bu bemorlar nazorat davri 1-2 yildir.
Qorin (abdominal) sili bilan bemor shaxslar 4-5 oy davomida kasalxonada
intensiv (4-5 ta silga qarshi dori bilan) davo olgach ambo‘lator sharoitda to klinik
sog‘lomlashtirishgacha 3 ta silga qarshi dori bilan davolanishni davom ettiradi.
Klinik ko‘rsatmalariga asosan xirurgik davo ham qo‘llanilishi mumkin. III A
guruhcha – nazorat vaqti kasallikning xiliga, kechishiga, uning tarqalishiga
bog‘liqdir, lekin 2-3 yildan kam bo‘lishi mumkin emas. Kasallikdan klinik
sog‘lomlanishi Kox sinamasi manfiy natijasi bilan tasdiqlanishi lozim.
Sil meningiti va meningoensefaliti bilan kasal bemorlar 6-8 oy davomida
kasalxona sharoitida kompleks davolangandan keyin 1 yilgacha ambo‘lator
ravishda davoni davom ettiradilar. Nazorat davrida bemorlar har oyda 1 marta
dispanser ko‘rigidan, nevropatolog va okulist ko‘rigidan esa har 2 oyda o‘tadilar.
Nazorat vaqti kasallikning kechishi bilan bog‘liq, lekin 2-3 yildan kam bo‘lishi
mumkin emas.
Ko‘z va teri sili bilan kasal shaxslar ham III A guruhchada 1 yil davomida
nazoratda bo‘ladilar Guruhdan guruhga, guruhchaga o‘tkazish masalasi ftiziatr,
okulist, dermatolog ishtirokida hal etiladi.
O‘pkadan
tashqari
joylashgan
silning
surunkali
xillarida
bemorlar
kasalxonada o‘tkazilgan davodan keyin dispanser sharoitida har 3 oyda bir marta
ko‘rikdan o‘tkaziladi va kuz, bahor oylarida retsidivga qarshi 2 ta dori bilan
davolanadi, ko‘rsatma asosida jarroxlik muolajasi o‘tkazilishi mumkin.
Dispanser nazoratidan chiqazish uchun ko‘rsatilgan kasallar mehnatga
layoqatli darajada sog‘lomlashgan bo‘lishi va 2 yil davomida retsidiv va
qaytalanish kuzatilmasligi lozim. Nazorat davri – 2-4 yil.
III guruh, B guruhchasiga quyidagilar dispanser hisobiga olinadi:
- samarali davodan keyin klinik sog‘lomlashgan III A guruhchadan
o‘tkazilgan qoldiq o‘zgarishlari mavjud nofaol o‘pkadan tashqari sil bilan
xastalangan bemorlar;
- oldin dispanser nazoratida turmagan, birinchi marta topilgan nofaol
o‘pkadan tashqari sil bilan og‘rigan bemorlar.
Ushbu guruh bemorlari dispanser ko‘rigiga 3 oyda 1 marta kelishadi,
kompleks tekshiruv esa, har 6 oyda 1 marta o‘tkaziladi. Retsidivga qarshi kuz va
bahor oylarida 2 preparat bilan uzlukli (intermittiruyuщiy) usulda davo o‘tkaziladi.
Silni qaytalanishida xavfli omillar mavjud bemorlarni sanatoriy sharoitida
davolash maqsadga muvofiqdir.
III B guruhchada nazorat davri 2 yil bo‘lib, shu vaqt mobaynida kasallikni
qaytalanish belgilari bo‘lmagan, klinik to‘la sog‘lomlashgan shaxslar dispanser
hisobidan chiqariladilar.
III guruh V guruhchasiga quyidagilar nazoratga olinadi:
-III B guruh tizimidan o‘tkazilgan, katta qoldiq o‘zgarishlari bor nofaol
o‘pkadan tashqari sil kasalliklarida sil jarayonini og‘irlashtiruvchi omillari bor
bemorlar.
Ushbu guruh bemorlari dispanserga 6 oyda 1 marta tashrif buyurishadi, 1
yilda 1 marta esa kompleks tekshiruvdan o‘tkaziladi
Suyak-bo‘g‘im sili boshidan o‘tkazgan va bu kasallik natijasida parez, shollik,
tos a’zolari ishlash qobiliyati buzilgan, umurtqa pog‘onasi deformatsiyasi,
bo‘g‘imlar artrozi va qontrakturasi bor bemorlar tuzatuvchi operatsiyalarga muxtoj
deb hisoblanadi.
Bemorlarni dispanser xisobidan chiqarish mezoni: kasallik 2 yil davomida
qaytalanmasa, xuruj qilmasa, amalga oshiriladi.
Nazorat vaqti – 2-4 yil.
IV guruh
IV guruh sil rivojlanish havfi bo‘lgan guruhlar majmui bo‘lib, ularga sil
tayoqchasi ajratuvchi bemorlar, qishloq xo‘jalik hayvonlari bilan muloqatdagi
kattalar, o‘smirlar, bolalar, faol sil bemorlari bilan muloqatdagi o‘smirlar, bolalar
va sil bilan birlamchi zararlangan (viraj), sil bilan oldin zararlangan
(infitsirirlangan) va tuberkulinga giperergik javob beruvchi, BSJ emlashidan
keyingi rivojlangan asoratlari bor bolalar va o‘smirlar kiradi.
IV guruh, A guruhchasi hisobiga quyidagilar olinadi:
- sil mikobakteriyasini ajratuvchi faol sil bemorlari bilan oila, hovli, uy-joy,
qarindoshlik muloqatda bo‘lgan katta shaxslar, o‘smirlar, bolalar;
-qora mollar orasida sil tarqalgan xo‘jaliklarda ishlovchi xodimlar.
Sil tayoqchasini ajratuvchi faol sil bemorlari bilan muloqatdagi katta
yoshdagi shaxslar dispanser sharoitida 1 yilda 2 marta tekshiruvdan (albatta
flyuorografik, rentgenografik tekshiruvlar) o‘tqaziladi.
YUqorida ko‘rsatilgan shaxslar sil tayoqchasi ajratuvchi chaqiruvchi bemorlar
bilan muloqatda bo‘lganlar yilda 2 marta kuz va bahor oylarida 2 oy davomida
kimyoviy profilaktika izoniazid dorisi bilan o‘tkaziladi. Muloqotda bo‘lganlar
doimiy nazoratda bo‘ladilar. Bemor 6 oy davomida sil tayoqchasi ajratmasa yoki
vafot qilsa, kuzatish to‘xtatiladi.
Sil
bo‘yicha
salbiy
epidemiologik
ko‘rsatgichlarga
ega
chorvador
xo‘jaliklarda, fermalarda mehnat qiluvchi kimsalar ham dispanserda 1 yilda 2
marta tekshiriladi, va kuz, bahor oylarida bitta dori bilan kimyoviy profilaktika
kursi o‘tkaziladi.
Ushbu shaxslar dispanser nazoratidan xo‘jalik chorvalari sog‘lomlashish
sababi bilan «sil bo‘yicha havfli guruh» nomi olingach, 6 oydan keyin chiqaziladi.
Nazorat davrida sil kasallari va hayvonlari bilan muloqatdagi bo‘lgan
shaxslarda faol sil kasalligi topilsa, ular I guruh hisobiga olinadilar.
Tuberkulyozni aniqlash. YAlpi tuberkulintashxisoti va “uyushgan” aholini
flyuorografik
tekshirish
rejalashtiriladi,
hamda
yuqoridagilarni
o‘tishini
tuberkulyozga qarshi dispanser va sanitar-epidemiologik nazorat markazi
hamkorligida nazorat qilinadi.
Tuberkulintashxisotida asosiy e’tibor erta bolalik va maktabgacha yoshdagi
bolalarda tuberkulyozni aniqlashni tashqillashtirishga qaratiladi. Bolalarni o‘z
vaqtida tuberkulyozga tekshirishni va yaslida, bolalar bog‘chasida, bolalar uyida,
hamda bolalar maslahatxonalarida va poliklinikalarda vaksinatsiya sifatini
tekshirishni vrach epidemiolog amalga oshiradi.
Flyuorografik tekshiruv vaqtida asosiy e’tibor epidemiologik ko‘rsatkich
bo‘yicha (“asosiy” qontingentlarda) tuberkulyozni aniqlashga qaratiladi. Ular
orasida faol tuberkulyoz aniqlansa vrach-epidemiolog ularni ishdan chetlashtiradi.
Tuberkulyoz bemorlariga bolalar va 18 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlarni
tarbiyalaydigan yoki davolaydigan bolalar muassasalarida, umumiy ovqatlanish
tarmoqlarida, savdoda, sut mahsulotlari bilan ishlash va shunga o‘xshagan
muassasalarda ishlashga ruxsat berilmaydi.
Bemorlarni chegaralash. Sanitar-epidemiologik nazorat markazi TMB
ajratishi tasdiqlangan bemorlarni chegaralashni nazorat qilishni amalga oshiradi.
Odatda bunday chegaralash usuli – tuberkulyozga qarshi shifaxonaga yotqizish
bilan amalga oshiriladi. Bemorlarni chegaralashda birinchi o‘rinda, o‘z ishi
davomida katta guruh kishilar bilan aloqada bo‘ladiganlar va infeksiya tezda
tarqalishi mumkin bo‘lganlar chegaralanadi. Bunday kishilar bolalar muassasalari
va o‘quv yurtlari, harbiy qismlar, umumiy ovqatlanish tarmoqlari, savdo, shaxar
transporti, xizmat ko‘rsatish tarmoqlari, kutubxona, yotoqxonada, internatda va
kommunal xonadonlarda ishlovchi yoki yashovchi xodimlar bo‘lishi mumkin.
Tuberkulyoz infeksiyasi o‘chog‘ida tuberkulyozga qarshi ish. Tuberkulyoz
infeksiyasida profilaktik chora tadbirlarni sanitar-epidemiologik nazorat markazi
va tuberkulyozga qarshi dispanser birgalikda amalga oshiradi. Sanitar-
epidemiologik markazning asosiy vazifalari:
Ftiziatr bilan o‘choqni birlamchi epidemiologik tekshirish o‘tkazish va o‘choq
chegarasini aniqlash va sog‘lomlashtirish rejasini ishlab chiqish;
Tashqilotlarda ftiziatrga yordam berish va o‘choqlarda tuberkulyozga qarshi
chora-tadbirlarni o‘tkazish;
O‘choqni dinamik kuzatish, o‘choqni sog‘lomlashtirish rejasiga qo‘shimcha va
o‘zgartirishlar kirgizish, o‘tkazilayotgan dezinfiksiyani o‘z vaqtidaligini va sifatini
nazorat qilish;
O‘choqda epidemiologik havf kamaysa yoki ko‘paysi o‘choqlarni boshqa
epidemiologik guruhlarga o‘tkazish;
Bakteriya ajrativchi bemorlarni ftiziatr xabarnomasi asosida epidemiologik
hisobdan o‘chirish;
Ftiziatr talabnomasiga asosan tuberkulyoz infeksiyasi o‘chog‘ida bemor
shifaxonaga yotqizilgandan keyin, bemor biron joyga ketganda, epidemiologik
hisobdan o‘chirilganda yoki bemor o‘lganda yakuniy dezinfeksiya o‘tkazish;
Tuberkulyoz
o‘choqlarini
(o‘choqni
epidemiologik
tekshirish
kartasi)
tekshirish va kuzatish bo‘yicha xisob-kitob xujjatlarini yuritish;
Butun tuman bo‘yicha tuberkulyoz o‘chog‘idagi epidemiologik holatni tahlil
qilish, o‘choqdagi ishlar samaradorligini baholash va shu ishlar natijasi bo‘yicha
ftiziatr bilan muxokama o‘tkazish.
Tuberkulyozga qarshi muassasalarda epidemiologik nazorat. Tuberkulyozga
qarshi muassasa xodimlari tuberkulyoz bemorlari bilan doimiy aloqada bo‘ladi va
kasallanish bo‘yicha yuqori havf guruhiga kiradi. Xodimlarni tuberkulyoz bilan
kasallanishini ogohlantirish uchun sanitar-epidemiologik nazorat markazi quyidagi
tadbirlarni nazorat qiladi:
Tuberkulyozga qarshi muassasalarga ishga 18 yoshdan kam bo‘lmagan
shaxslar birlamchi tibbiy ko‘rikdan o‘tib ishga qabul qilinadilar. Tuberkulyozga
keyingi ko‘rik har 6 oyda o‘tkaziladi;
TMB bilan infitsirlanmagan, tuberkulinga manfiy reaksiya saqlanib qolgan
kishilarga BSJ vaksinatsiya o‘tkaziluvchilarga kiradi. Ularni ishga vaksinadan
keyingi allergiya va immunitet shakllangandan keyin 6 xafta o‘tib ishga qabul
qilinadi;
Tuberkulyozga qarshi muassasa xodimlarini TQD, tuberkulyozga doimiy
tekshirish maqsadida IV-B guruhiga hisobga olib kuzatadi.
Sanitar-epidemiologik nazorat markazi bakteriya ajrativchiligi tasdiqlangan
bemorlarni xisobga oladi va kuzatadi. Ularga dispanser hisobida turadigan birinchi
marta aniqlangan va bakteriya ajratuvchilar bemorlar kiradi. CHorvachilik
markazlarida orasida tuberkulyoz bemorlarini aniqlash uchun veterinar xizmatni
yuksaltirish kerak.
Bakteriya ajrativchi haqida ma’lumot olishi bilan mintaqaviy sanitar-
epidemiologik nazorat markazi epidemiologik holatni va uni bartaraf qilish yo‘lini
tahlil qiladi.
Sil profilaktikasi usullari
Tuberkulyoz ijtimoiy va tibbiy muammo hisoblanadi. Bu tuberkulyoz
profilaktikasi uchun ijtimoiy va tibbiy yo‘nalishdagi chora- tadbirlar majmui
lozimligini anglatadi. Ijtimoiy yo‘nalishdagi tadbirlar tuberkulyoz infeksiyasining
tarqalishi va kasallik paydo bo‘lishi uchun zamin yaratadigan sharoit va ijtimoiy
xavf omillarni kamaytirish va iloji boricha yo‘qotishga qaratilgan bo‘lishi lozim.
Tibbiy - profilaktik tadbirlar sog‘lom odamlarning MBT bilan zararlanishini
kamaytirish va tuberkulyoz infeksiyasining tarqalishini cheklash (epidemiyaga
qarshi va sanitar oqartiruv ishlari, tuberkulyoz bemorlarini o‘z vaqtida aniqlash va
davolash), shuningdek tuberkulyoz bilan kasallanishning oldini olish (vaksinatsiya,
kimyoprofilaktika) ga yo‘naltiriladi. Ular epidemik jarayonning barcha zvenolarida
MBT manbai, infeksiya tarqalishi yo‘llari, tuberkulyoz qo‘zg‘atuvchisiga faol
ta’sir ko‘rsatadi.
Bunday yondoshuv turlicha profilaktik tadbirlarni amalga oshirish va shartli
ravishda tuberkulyozning sanitar va maxsus va ximioprofilaktikasini farqlashga
imqon beradi.
Sanitar profilaktika. Sanitar profilaktikaning bevosita maqsadi bo‘lib
sog‘lom odamlarning MBT bilan zararlanishining oldini olish va ularni maishiy
hayotda, shuningdek ishda ham tuberkulyoz infeksiyasi bilan muloqoti judayam
kam xavf tug‘diradigan sharoit yaratish hisoblanadi. Sanitar profilaktika avvalo
bakteriya ajratuvchi manbaga va tuberkulyoz qo‘zg‘atuvchisining yuqish yo‘llariga
yo‘naltiriladi.
MBT manbalari bo‘lib tashqi muhitga tuberkulyoz qo‘zg‘atuvchisini
ajratuvchi kasal odamlar (antroponoz tuberkulyoz) va hayvonlar (zoonoz
tuberkulyoz) hisoblanadi.
Bakteriya ajratuvchilar tashqi muhitga ko‘p miqdorda MBT ajratuvchi faol
tuberkulyoz bilan kasallangan odamlar va hayvonlar katta epidemik xavf
tug‘diradi. Bu holda mikobakteriyalar patologik material yoki bemordan olingan
bir qator biologik substratlarni bakteriologik tekshirganda aniqlanadi.
Nafas a’zolari tuberkulyoz bilan shikastlangan va tuberkulyoz bilan
shikastlanish sohasida destruksiya mavjud bemorlar tuberkulyoz infeksiyasining
eng xavfli manbasi hisoblanadi. Bunday bemorlar yo‘talganda, aksirganda, baland
ovozda gapirganda tupugi orqali ko‘p miqdorda MBT ajratishadi. Bakteriya
ajratuvchi bemor atrofidagi havo MBT ni o‘zida saqlaydi. Bunday havoning
sog‘lom odam nafas yo‘llariga o‘tishi uning osongina MBT bilan zararlanishiga
olib keladi.
O‘pkadan tashqari tuberkulyoz bilan xastalanganlardan oqma yara, siydik,
hayz qani va boshqa ajralmalarida MBT topiladigan bemorlar bakteriya
ajratuvchilarga kiritiladi. Bu bemorlar unchalik kata epidemik xavf tug‘dirmaydi.
Punksiya, biopsiya va operatsiya materialini eqilganda MBT o‘sishi
kuzatiladigan bemorlar bakteriya ajratuvchilar sifatida qayd etilmaydi.
Faol tuberkulyoz bemorlari haqida ma’lumotlar mavjud barcha tibbiy
muassasalar (shu jumladan ayollar maslahatxonasi ham) o‘zaro axborot
almashishadi. Birinchi marta faol tuberkulyoz aniqlangan har bir bemorga
(jumladan tuberkulyozdan o‘lganda ham) tashxis aniqlangan joydagi shifokor
hayotida birinchi marta tuberkulyoz bilan kasallangan bemor haqida xabarnoma
to‘ldiradi. MBT ajratayotgan bemor haqida shifokor hududiy DMSEN uchun
qo‘shimcha shoshilinch xabarnoma to‘ldiradi.
Tuberkulyoz tashxisi tasdiqlangan taqdirda tuberkulyozga qarshi dispanser 3
kun davomida tuberkulyoz aniqlangan bemor haqidagi ma’lumotlarni tuman
poliklinikasiga, shuningdek bemorlarning o‘qish yoki ish joyiga yuboradi. Bemor
haqida tuman uy-joy boshqarmasiga bemor yashagan xonadonga yangi kishilar
ko‘chib
kirmasligi
yoki
tuberkulyoz
bemorlarining
boshqa
kommunal
xonadonlarga ko‘chib o‘tmasligi uchun xabar beriladi.
Birinchi marta aniqlangan har bir nafas a’zolari tuberkulyozi haqida qishloq
joylarda veterinariya xizmatiga xabar qilinadi. O‘z navbatida veterinariya xizmati
tuberkulinga musbat reaksiyali hayvon aniqlangaligi haqida DSENM ga xabar
qiladi. Zoonoz tuberkulyoz infeksiyasi o‘chog‘ini ftiziatriya, sanitariya-
epidemiologiya va veterinariya xizmati mutaxassislari hamkorligida borib
ko‘rishadi. Xo‘jalik (ferma) hayvonlarida tuberkulyoz topilsa karantin e’lon
qilinadi va kasalik joylashuviga qarab tegishli chora- tadbirlar ko‘riladi.
Tuberkulyoz infeksiyasining tarqalish xavfi bemorlarning hayot tarzi,
madaniy saviyasi, zararli odatlari va u bilan muloqotda bo‘luvchi kishilarga
bog‘liq. SHuning uchun sanitar profilaktikaning manbai nafaqat MBT manbai
bo‘lib qolmasdan, balki uning atrofidagi tuberkulyoz infeksiyasining epidemik
o‘chog‘i ham hisoblanadi.
Tuberkulyoz infeksiyasi o‘chog‘i- shartli tushuncha bo‘lib, bakteriya
ajratuvchining turar joyi va uning atrofidagilar (odamlar, binolar, vaziyat) ni o‘z
ichiga oladi. Infeksiya o‘chog‘i maqon va vaqt doirasida (ma’lum joy va vaqtda)
mavjud bo‘lib, unda mikobakteriya sog‘lom odamlarga yuqishi, zararlashi va
kasallik chaqirishi mumkin.
Antroponoz infeksiya maqoni bo‘lib yashash joylari (uy, yotoqxona,
internat), shunindek bemor o‘qiydigan, ishlaydigan va tarbiyalanadigan muassasa
ham hisoblanadi. Bemor davolanayotgan statsionar ham tuberkulyoz infeksiyasi
o‘chog‘i sifatida qaraladi. O‘choqni tashqil etuvchilariga tuberkulyozbemori bilan
muloqotda bo‘luvchi oila a’zolari , jamoa va kishilar guruhi hisoblanadi.
SHunga ko‘ra faol tuberkulyoz bemori bilan yaqinroq muloqotda bo‘ladigan
kichikroq aholi punkti (qishloq, ovul) da istiqomat qiluvchilarni ham tuberkulyoz
infeksiyasi o‘chog‘i deb hisoblash mumkin.
Tuberkulyoz
infeksiyasining
vaqt doirasidagi chegaralari bakteriya ajratuvchi bilan muloqot vaqti davomiyligi
va MBT bilan zararlangan, qontaktdagi shaxslarning yuqori kasallanish xavfiga
bog‘liq.
Tuberkulyoz infeksiyasi o‘chog‘ining xavfliligini tasdiqlovchi ko‘plab
omillar ichida quyidagi omillar e’tiborni o‘ziga jalb etadi:
-Tuberkulyoz jarayonining joylashuvi (o‘pka tuberkulyozi eng kata xavf
tug‘diradi);
-Massiv bakteriya ajratish. Bemorlar ajratadigan MBT ning yashovchanligi,
virulentligi va dorilarga chidamliligi;
-Infeksiya o‘chog‘ida homilador ayollar, o‘smirlar va kasallanishga moyilligi
yuqori bo‘lgan boshqa shaxslarning bo‘lishi;
-YAshash sharoiti xususiyati (yotoqxona, kommuna lyoki alohida xonadon,
shaxsiy uy, yopiq turdagi tashqilot) va uning sanitar-kommunal ahvoli;
-Epidemiga qarshi chora-tadbirlarning sifati va o‘z vaqtida bajarilishi;
-Bemor va uning atrofidagilarning ijtimoiy mavqei, madaniy saviyasi va tibbiy
ma’lumoti;
Ko‘rsatib o‘tilgan omillarni hisobga olgan holda o‘choqni tavsiflash, uning
epidemik xavflilik darajasini baholash va tuberkulyoz infeksiyasining tarqalish
xavfi haqida xulosa qilishga imqon beradi. Olingan ma’lumotlar asosida o‘choqda
o‘tkazilishi lozim bo‘lgan profilaktik chora- tadbirlar hajmi va tartibi belgilanadi.
Tuberkulyoz infeksiyasi o‘chog‘i shartli ravishda besh guruhga bo‘linadi:
Birinchi guruhni juda katta epidemik xavflilikka ega bo‘lgan o‘choqlar
tashqil etadi. Ularga bakteriya ajratuvchanlik aniqlangan o‘pka tuberkulyozi
bemorining yashash joyi kiradi. Bunday o‘choqlarda zararlanish xavfini ko‘plab
quyidagi omillar chuqurlashtiradi: oila a’zolari ichida bolalar, o‘smirlar va MBT
bilan zararlanishga moyilligi yuqori bo‘lgan shaxslar bo‘lishi, qoniqarsiz maishiy-
kommunal sharoit, epidemiyaga qarshi tartibga rioya qilmaslik. Bunday xavfli
o‘choqlar
ko‘pincha
bemorlarni
izolyasiyalash
mumkin
bo‘lmagan
yotoqxonalarda, kommunal xonadonlarda, yopiq turdagi tashqilotlarda bo‘ladi.
Birinchi guruh o‘choqlari orasida “hududiy” tuberkulyoz o‘choqlari
ajratiladi, ularga ko‘p miqdorda bakteriya ajratuvchi bemor yashaydigan xonadon,
umumiy kirish eshigiga ega bo‘lgan zinapoyalar, uylarning kirish eshiklari va
yaqin joylashgan uylar kiradi.
Ikkinchi guruh MBT ajratuvchi, lekin bolalar va o‘smirlarsiz alohida
xonadonlarda yashovchi hamda sanitar-gigienik tartibga amal qiluvchi o‘pka
tuberkulyozi bemorlari mavjud o‘choqlarni o‘z ichiga oladi. Bunday o‘choqlar
ijtimoiy jihatdan qoniqarli hisoblanadi.
Uchinchi guruhga ro‘yxatga olishda MBT ajratishi aniqlanmagan, lekin
oilasida bolalar, o‘smirlar va MBT bilan zararlanishga moyilligi yuqori bo‘lgan
shaxslar mavjud faol o‘pka tuberkulyozi bemorlari yashaydigan o‘choqlar kiradi.
SHuningdek bu guruh yarasi yoki oqma yarasi mavjud o‘pkadan tashqari
tuberkulyoz bilan og‘riydigan bemorlar yashaydigan infeksiya o‘choqlarini ham
o‘z ichiga oladi.
To‘rtinchi guruh o‘choqlari bo‘lib MBT ajratishi to‘xtagan faol o‘pka
tuberkulyozi bemorlari (shartli bakteriya ajratuvchilar) yashaydigan joylar
hisoblanadi. Bunday o‘choqlarda qontaktdagi shaxslar orasida bolalar, o‘smirlar
va MBT bilan zararlanishga moyilligi yuqori bo‘lgan shaxslar yo‘q. Xavfli ijtimoiy
omillar kuzatilmaydi. To‘rtinchi guruhga shuningdek bakteriya ajratuvchi chiqib
ketganidan (o‘lganidan) keyingi o‘choqlar kiradi (o‘choqlarning nazorat guruhi).
Beshinchi guruh o‘choqlarni zoonoz o‘choqlar tashqil qiladi.
Tuberkulyoz
infeksiyasi
o‘chog‘ining
ma’lum
epidemik
guruhga
mansubligini ftiziatr epidemiolog-shifokor ishtirokida aniqlaydi. O‘choqda uning
xavfliligini oshiruvchi yoki kamaytiruvchi sharoitlar o‘zgarishi uni boshqa
guruhga o‘tkazishni talab etadi. Bunday qaror ftiziatr va epidemiolog hamkorligida
qabul qilinadi.
Tuberkulyoz infeksiyasi o‘chog‘idagi ishlar uchta bosqichdan iborat:
birlamchi tekshirish va birlamchi tadbirlar o‘tkazish; o‘choqni dinamikada
kuzatish; hisobdan chiqarishga tayyorlash va uni tuberkulyoz o‘choqlari
”safidan”chiqarish.
Tuberkulyoz
infeksiyasidagi
profilaktik-
epidemiyaga
qarshi
ishlar
quyidagilarga qaratilgan:
-Sog‘lom odamlarnng MBT bilan zararlanishini oldini olish;
-MBT bilan zararlangan shaxslarning kasallanishini oldini olish;
-Bemor va u bilan muloqotda bo‘luvchilarining tibbiy tushunchalari va gigienik
saviyasini oshirish;
O‘choqdagi epidemiyaga qarshi ishlarni tuberkulyozga qarshi dispanser
DSENM bilan birgalikda amalga oshiradi. Tuberkulyoz o‘chog‘ini kuzatish
natijalari va unda o‘tkaziladigan epidemiyaga qarshi chora-tadbirlar natijalari
maxsus epidemiologik tekshiruv varaqasida o‘z aksini topadi.
Epidemiyaga qarshi ishlprining ko‘proq qismi ftiziatr zimmasiga yuklatiladi.
Dspanser majburiyatlariga quyidagi muhim tadbirlar kiradi:
-O‘choqni epidemiologik tekshirish; o‘choqda zararlanish xavfini baholash;
profilaktik tadbirlar rejasini ishlab chivish;o‘choqni dinamik kuzatish;
-Bemorni shifoxonaga yotqizish va uni davolash;
-Bemor shifoxonaga joylashgunga qadar uni o‘choqda izolyasiyalash, shuningdek
bolalarni ham izolyasiyalash;
-Qontaktdagi shaxslarni birlamchi tekshirish;
-Qontaktdagi shaxslarni kuzatib borish va ularni davriy ravishda tekshirib borish
(flyuorografiya, 2 TB bilan Mantu sinamasi, bakteriologik tekshiruv va klinik
tahlillar o‘tkazish);
-MBT
bilan
zararlanmagan
qontaktdagi
shaxslarni
revaksinatsiyalash,
kimyoprofilaktika;
-Joriy dezinfeksiyani tashqillashtirish, bemor va u bilan qontaktdagi shaxslarni
sanitar-gigienik va dezinfeksiya qoidalariga o‘rgatish;
-YAkuniy dezinfeksiya uchun so‘rovnomani rasmiylashtirish;
-YAshash sharoitlarini yaxshalash uchun hujjatlarni rasmiylashtirish;
-O‘choq epidemiologik hisobdan chiqarilishi mumkin bo‘lgan holatlarni aniqlash;
-O‘choq xususiyati va unda o‘tkaziladigan tadbirlar tartibini aks ettiruvchi kuzatuv
varvqasini to‘ldirish va olib borish;
Sanitariya-epidemiologiya nazoratining tuberkulyoz o‘chog‘idagi majburiyatllari
quyidagilardan iborat:
-O‘choqni birlamchi epidemiologik tekshirish, uning hajmini aniqlash va
sog‘lomlashtirish rejasini ishlab chiqish;
-Tuberkulyoz o‘chog‘ini epidemiologik tekshirish va kuzatishning zaruriy hisobot
hujjatlarini yuritish;
-O‘choqda epidemiyaga qarshi chora-tadbirlarni tashqillashtirish va o‘tkazishda
ftiziatrga ko‘maklashish;
-O‘choqni davriy kuzatib borish, tadbirlar rejasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar
kiritish;
-Butun tuman bo‘yicha tuberkulyoz o‘choqlaridagi vaziyatni epidemiologik tahlil
qilish, biriktirilgan hudud o‘choqlaridagi ishni baholash va ish natijalarini ftiziatr
bilan birgalikda muhokama qilish;
Hududiy tuberkulyozga qarshi dispanserdan uzoqda joylashgan kichikroq
aholi punktlarida barcha epidemiyaga qarshi tadbirlarni umumiy ambulatoriya-
poliklinika
mutaxassislari
dispanser
ftiziatri
va
epidemiologi
uslubiy
qo‘llanmalariga ko‘ra olib borishadi.
Tashxis tasdiqlanganidan so‘ng birinchi marta tuberkulyoz aniqlangan
bemor yashash joyini uchastka ftiziatri va epidemiologi 3 kun ichida borib
ko‘rishadi. Bemordan va uning oila a’zolaridan doimiy yashash manzili aniqlanadi,
boshqa turar joylari mavjudligi ham so‘rab- surishtiriladi. Bemorning kasbi, o‘qish
va ish joyi, jumladan qo‘shimcha ish joyi haqida ham aniq ma’lumot olinadi.
Muloqotdagi shaxslar topiladi, maishiy sharoiti, bemor oila a’zolari va
boshqa muloqotdagi shaxslarning sanitar-gigienik ko‘nikmalari sinchiklab
tekshiriladi. Bemor bilan muloqotdagilarning kayfiyati o‘rganiladi.
Tuberkulyozga tekshirish tartiblari va muddatlari, hamda epidemiyaga
qarshi tadbirlarga urg‘u bergan holda sog‘lomlashtirish tadbirlari rejalari haqida
ma’lumot beriladi. O‘choqni birlamchi epidemiologik tekshirish jarayonida
bemorni shifoxonaga yotqizish va uy sharoitida izolyasiyalash masalalari (alohida
xona yoki uning biror qismini ajratish, bemorni individual krovat, sochiq, kiyim,
idish-tovoq
bilan
ta’minlash).
O‘choqni
borib
ko‘rilganda
tuberkulyoz
dispanserlari va DMSEN uchun yagona shaklga ega bo‘lgan epidemiologik
tekshiruv va kuzatuv varaqasi to‘ldiriladi.
DMSEN xizmati bakteriya ajratuvchi bemorni shifoxonaga yotqizish
ustidan nazorat qiladi. Birinchi navbatda o‘zining kasbi bo‘yicha ko‘plab odamlar
bilan muloqotda bo‘luvchi, infeksiyaning tezda tarqalishiga sharoit yaratuvchi
bemorlar shifoxonaga yotqiziladi. Ularga bolalar muassasalari, bolalar davolash –
profilaktik muassasalari, maktablar, kasb-hunar kollejlari, boshqa yo‘nalishdagi
o‘quv yurtlari, umumiy ovqatlanish tashqilotlari, savdo, shahar transporti
ishchilari, kutubxona xodimlari, shuningdek yotoqxona, internat, kommunal
xonadonlarda ishlovchi va yashovchi shaxslar kiradi.
Qontaktdagi shaxslarni butunlay birlamchi tekshirish tuberkulyoz bemori
aniqlangandan boshlab 14 kun ichida o‘tkazilishi lozim. Tekshiruv o‘z ichiga
ftiziatr ko‘rigi, 2 TB bilan Mantu sinamasi, ko‘krak qafasi a’zolarining
flyuorografiyasi , umumiy qon va siydik tahlilini oladi.
Balg‘am, oqma yaradan ajralma va boshqa patologik materiallar MBT
mavjudligiga tekshiriladi. O‘pkadan tashqari tuberkulyozga shubha qilinganida
boshqa qo‘shimcha zaruriy tekshiruvlar ham o‘tkaziladi. Qontaktdagi shaxslar
haqidagi ma’lumotlarni dispanser poliklinikaga, tibbiyot punktiga hamda o‘qish
yoki ish joyidagi tibbiyot sanitariya bo‘limiga uzatadi.
2 TB bilan Mantu sinamasiga manfiy javobli kichik yoshdagilarga BSJ
revaksinvsiyasi o‘tkaziladi. Bakteriya ajratuvchi bilan qontaktdagi bolalar,
o‘smirlar va katta yoshdagilarga kimyoprofilaktika o‘tkaziladi.
Tuberkulyoz infeksiyasi o‘chog‘idagi chora-tadbirlar- tuberkulyoz sanitar
profilaktikasining ajralmas qismidir. Uni o‘tkazayotganda MBT ning tashqi muhit
omillarniga chidamliligini hisobga olish lozim. Mikobakteriyalarga ultrabinafsha
nurlar va xlor saqlovchi dezinfeksiyalovchi vositalar halok etuvchi ta’sir
ko‘rsatadi.
Tuberkulyoz infeksiyasi o‘chog‘ida asosoan 5% li xloramin, 0,5% li
faollashgan xloramin va 0,5% li faollashgan xlor saqlovchi birikmalar ishlatiladi.
Agar dezinfeksiyalovchi vositalar ishlatish imqoniyati mavjud bo‘lmasa kalsiyli
soda solib qaynatish tavsiya etiladi.
Tuberkulyoz o‘chog‘idagi dezinfeksiya joriy va yakunlovchi dezinfeksiyaga
bo‘linadi. Joriy dezinfeksiyani tuberkulyozga qarshi dispanser tashqillashtiradi, uni
beior va oila a’zolari amalga oshiradi. Uning sifatini davriy ravishda epidemiolog
nazorat qilib boradi. YAkuniy dezinfeksiyani bemorning shifoxonaga yotqizilishi,
uydan ketishi va o‘lishi, shuningdek bakteriya ajratuvchi sifatida hisobdan
chiqarilishi munosabati bilan DMSEN ftiziatr so‘rovnomasi asosida amalga
oshiradi.
O‘choqda joriy dezinfeksiya tuberkulyoz aniqlangandan boshlab bemor turar
joyi doirasida o‘tkaziladi. U binoni kundalik tozalash, shamollatish, idishlar, ovqat
qoldiqlari va shaxsiy buyumlarni zararsizlantirish, shuningdek MBT saqlovchi
biologik materiallarni dezinfeksiyalashni o‘z ichiga oladi.
Bemor xonasida kundalik ishlatiladigan buyumlar soni kamaytiriladi, iloji
boricha oson tozalanadigan, yuviladigan va zararsizlantiriladigan buyumlardan
foydalaniladi. YUmshoq mebellar g‘ilof bilan qoplanadi.
Bemor yashayotgan bino zararsizlantirilayotganda idishlar, ovqat qoldiqlari
zararsizlantiriladi, buning uchun bemor qarindoshlariga maxsus kiyim kiyish
tavsiya etiladi. Bemor o‘rin ko‘rpasi almashtirilayotgandi 4 qavatli niqob taqish
lozim. Maxsus kiyim oila a’zolari kiyimidan ajratilib qopqog‘i zich yopiladigan
baklarga yig‘iladi.
Kiyimlarni zararsizlantirish dezinfeksion eritmada ivitish bilan (1 kg quruq
kiyimga 5 l eritma) yoki 2%li soda eritmasida 15 daqiqa yoki oddiy suvda 30
daqiqa qaynatiladi. Kiyim (shim, kostyum)larni bir haftada bir marta bug‘da
sterillash tavsiya etiladi. YOzda bemor buyumlari ochiq quyosh nurida uzoq turishi
lozim.
Bemor parvarish qilinuvchi va tozalashda ishlatiluvchi buyumlar har gal
ishlatilganidan so‘ng dezinfeksiyalovchi eritma bilan zararsizlantiriladi.
Bemor balg‘am ajratganida uni yig‘ish va zararsizlantirish lozim. Buning
uchun bemor 2 ta maxsus qonteynerga ega bo‘lishi lozim (ko‘pincha ularni tufdon
deb atashadi).Bunda birinchi idishda bemor balg‘am yig‘adi, balg‘am bilan to‘lgan
ikkinchi idish esa 2%li soda eritmasida 15 daqiqa yoki oddiy suvda 30 daqiqa
qaynatiladi. Balg‘amni shuningdek qonteynerni dezinfeksiyalovchi eritmaga
botirib qo‘yib ham zararsizlantirish mumkin. Ekspozitsiya davri ishlatilayotgan
eritmaga bog‘liq holda 2 soatdan 12 soatgacha bo‘lishi mumkin.
Agar bemorni ajralmalarida (siydik, axlat) MBT aniqlansa, ular ham
zararsizlantiriladi. Buning uchun ajralmaga dezinfeksiyalovchi vosita ko‘rsatmalar
va ekspozitsiya vaqtiga qat’iy amal qilgan holda quyiladi yoki sepiladi.
YAkuniy dezinfeksiyani barcha hollarda bemor uyidagi o‘choqdan chiqib
ketganidan so‘ng yiliga bir martadan kam bo‘lmagan miqdorda o‘tkaziladi. Bemor
yashash joyini o‘zgartirganda bemor ko‘chib o‘tgunicha, ya’ni xona va xonadon
buyumlari bilan birga va qayta bemor ko‘chib o‘tganidan so‘ng (bo‘sh xona yoki
xonadon) zararsizlantiriladi. Navbatdan tashqari yakuniy dezinfeksiya tuqqan ayol
tug‘ruqxonadan qaytayotganida, tuberkulyoz bemori yashagan eski uylar
buzilayotganda, ya’ni o‘lgan bemor dispanser hisobida turmaganida o‘tkaziladi.
Tashqilotlarda yakuniy dezinfeksiya
bolalar va o‘smirlar orasida,
shuningdek maktabgacha ta’lim muassasalari, maktablar va shunga o‘xshash o‘quv
yurtlarida
faol
tuberkulyoz
aniqlangan
barcha
hollarda
o‘tkaziladi.
U
tug‘ruqxonalar va boshqa davolash tarmoqlaridagi bemorlarida, shuningdek o‘sha
erda ishlovchi tibbiyot xodimlarida tuberkulyoz aniqlangan barcha hollarda
o‘tkaziladi.
Bemor va oila a’zolarini gigienik tarbiyalash-tuberkulyoz infeksiyasi
o‘chog‘idagi samarali sanitar profilaktikaning muhim shartidir. Tuberkulyozga
qarshi dispanser tibbiyot xodimi bemorga shaxsiy gigiena qoidalarini, joriy
dezinfeksiya usullarini, balg‘am yig‘ish schun qonteynerlardan foydalanishni
o‘rgatishi, shuningdek uning tibbiy va sanitar savodxonligini oshirishi kerak.
Bemorga ushbo‘larni o‘rgatish hurmat bilan va va mumkin qadar bemorda
barcha ko‘rsatma va tavsiyalarni qat’iy bajarishga turg‘un qat’iyat uyg‘otish bilan
olib borilishi muhimdir. Xatolarni tuzatish va gigienik me’yorlargi amal qilishga
odatlanishga qaratilgan bemor bilan suhbatlar zaruriydir.
SHunga o‘xshash ishlarni bemorning oila a’zolari bilan ham o‘tkazish darkor.
Tuberkulyoz bemorini umumiy davolash muassasalariga yotqizish ehtimoli
katta bo‘lgan jidiy epidemik vaziyat yuzaga kelganida kasalxona ichi infeksiyalari
ichida tuberkulyozning nisbiy ulushi ortib ketadi. Umumiy davolash tarmog‘ida
epidemik tuberkulyoz o‘chog‘i paydo bo‘lishining oldini olish uchun quyidagi
tadbirlar o‘tkaziladi:
-tuberkulyoz bo‘yicha yuqori xavf guruhidagi shaxslarni ambo‘lator tekshirish;
-tuberkulyozdan boshqa statsionarlarda uzoq vaqt davolanayotgan barcha
bemorlarni tuberkulyozga tekshirish;
-tuberkulyoz
infeksiyasi
manbaini
tezlik
bilan
tuberkulyozni
davolash
muassasasiga o‘tkazish;
-umumiy davolash tarmog‘i xodimlarini flyuorografiya qilgan holda yillik tibbiy
ko‘riklardan o‘tkazish; MBT bilan zararlanishga moyilligi yuqori bo‘lgan
shaxslarni dispanserla kuzatish;
-davolash muassasasalarida o‘rnatilgan sanitar rejimga amal qilish yuzasidan to‘liq
nazorat o‘rnatish;
Umumiy davolash tarmog‘ida tuberkulyoz bemori uzoq vaqt bo‘lganida
boshqa epidemiyaga qarshi tadbirlar bilan birgalikda 2 oydan kam bo‘lmagan
muddatga karantin o‘rnatiladi.
Tuberkulyozga qarshi muassasalarda sanitariya qoidalarining to‘liq
bajarilishi tuberkulyoz profilaktikasining muhim qismidir. Sanitariya qoidalarining
bajarilishini DMSEN nazorat qiladi.
Faol o‘pka tuberkulyozi bemorlariga xizmat ko‘rsatuvchi tibbiyot xodimlari
o‘rtasida tuberkulyoz bilan kasallanishning oldini olish uchun quyidagi tadbirlar
ko‘zda tutiladi:
-tuberkulyozga qarshi kurashish muassasalariga 18 yoshga to‘lgan, birlamchi
tibbiyot ko‘rigidan o‘tgan shaxslar ishga olinadi. Ular tibbiy ko‘rikdan har 6 oyda
o‘tishadi;
-MBT bilan zararlanmagan, tuberkulinga manfiy natija bergan shaxslarga BSJ
vaksinatsiyasi o‘tkaziladi. Ularni faqat postvaksinal allergiya va turg‘un immunitet
paydo bo‘lgandan so‘nggina ishga qabul qilinadi;
-ishga qabul qilingandan so‘ng bosh shifokor yoki bo‘lim mudiri yiliga kamida bir
marta barcha xodimlar bilan tuberkulyoz bilan kasallanishning oldini olish uchun
tibbiyot xodimlari va bemorlar bilan suhbat o‘tkazishi lozim;
-tuberkulyozga qarshi dispanserlar va statsionarlar ma’muriyati DMSEN nazorati
ostida dezinfeksiyalovchi tadbirlar o‘tkazilishini ta’minlaydi;
-Tuberkulyozga qarshi muassasalar ishchilarini davriy ravishda tekshirish
maqsadida dispanser 4B guruhida kuzatiladi.
Tuberkulyoz infeksiyasining zoonoz o‘choqlarida hayvonlarni parvarish
qiluvchilarni tuberkulyozga davriy tekshirishni DMSEN amalga oshiradi.
Tuberkulyoz bilan kasallangan bemorlar chorva va parandachilikda ishlashga
qo‘yilmaydi. MBT bilan zararlanmagan shaxslarga tuberkulyozga qarshi
vaksinatsiya o‘tkazish ko‘zda tutiladi.
Tuberkulyoz xavfi yuqori bo‘lgan joydagi hayvonlvr suti ikki marotaba
pasterizatsiya yo‘li bilan qayta ishlanib, nazorat ostiga olinadi, go‘sht mahsulotlari
esa termik qayta ishlanadi.
Tuberkulyoz bilan kasallangan hayvonlar veterinariya va sanitariya-
epidemiologiya xizmati tomonidan og‘ilxonalar bilan birgalikda sinchiklab
tekshiriladi va tuberkulyoz bo‘yicha ahvol yomon bo‘lgan xo‘jaliklarda
sog‘lomlashtirish tadbirlari o‘tkaziladi. Tuberkulyoz o‘chog‘ini dinamik kuzatish
uning xavfliligini hisobga olgan holda olib boriladi.
Ftiziatr 1-guruh o‘choqni har kvartalda kamida bir marta, epidemiolog- har
yarim yilda bir marta, hamshira- har oyda bir marta borib ko‘radi.
2-guruhdagi o‘choqni ftiziatr yarim yilda bir marta, hamshira bir kvartalda
bir marta, epidemiolog bir yilda bir marta borib ko‘radi.
3-guruhdagi o‘choqni zararlanish xavfi kam bo‘lgani uchun ftiziatr va
epidemiolog bir yilda bir marta, hamshira yarim yilda bir marta borib ko‘radi.
4- guruhdagi o‘choqni birlamchi tekshiruvdan so‘ng ftiziatriya va
epidemiologiya xizmati xodimlari maxsus ko‘rsatmalar bo‘lgandagina borib
ko‘radi. 5-guruhdagi (zoonoz) o‘choqni ftiziatr va epidemiolog bir yilda bir
marta, dispanser hamshirasi ko‘rsatma bo‘lgandagina borib ko‘radi.
O‘choqni dinamik kuzatish undagi o‘zgarishlarni nazorat qilish va
epidemiyaga qarshi tadbirlar o‘tkazishda o‘z vaqtida o‘zgartirishlar kiritishni
ta’minlaydi. Yillik tuziladigan o‘choqni sog‘lomlashtirish rejasi, davolashning
tashqiliy shakli, davomiyligi, xususiyati va uning natijalari, o‘tkaziladigan joriy
dezinfeksiya sifati va yakuniy dezinfeksiya muddatlari, o‘z vaqtida tekshirish va
muloqotdagilarga nisbatan profilaktik tadbirlar davriyligi, shuningdek o‘choqdagi
sanitar-profilaktik ishlarning samaradorligini ham aks ettiradi.
O‘choqni dinamik kuzatish natijalari epidemiologik kuzatuv varaqasida qayd
etib boriladi. Samarali asosiy davolash kursini o‘tagan, lekin bakteriya ajratishi
to‘xtaganiga 12 oydan kam bo‘lmagan muddat o‘tgan bemor epidemik xavf
tug‘dirmaydi, deb hisoblanadi.
Bakteriya ajratish kuzatilmaganida uni 2 karra 2-3 oy oraliq bilan
bakterioskopik va kultural usullar bilan tasdiqlash lozim. SHuningdek emirilish
bo‘shlig‘i beqilganligi haqida rentgenotomografik ma’lumotlar kerak.
Tuberkulyozni maxsus profilaktikasi. BSJ bilan vaksinatsiya va
revaksinatsiya rejasini vrach-epidemiolog tuberkulyozga qarshi dispanser bosh
shifakori va veterinar xizmat bilan hamkorlikda tuzadi.
DSNEM markazi davolash-profilaktika muassasalarini BSJ vaksinasi bilan
ta’minlanganligini, uni saqlash sharoitlarini va yaroqlilik muddatini, qilish
texnikasiga amal qilishini va vaksinatsiya sifatini nazorat qiladi. Har-bir
odatdagidan tashqari va asoratli holat tahlil va muxokama qilinadi va maxsus akt
tuziladi.
Vaksinatsiya
rejasini
amalga
oshirishni
ftiziatr,
pediatr
va
epidemiologlardan tarkib topgan komissiya nazorat qilib boradi.
Tuberkulyozni aniqlash. YAlpi tuberkulintashxisoti va “uyushgan” aholini
flyuorografik
tekshirish
rejalashtiriladi,
hamda
yuqoridagilarni
o‘tishini
tuberkulyozga qarshi dispanser va sanitar-epidemiologik nazorat markazi
hamkorligida nazorat qilinadi.
Tuberkulintashxisotida asosiy e’tibor erta bolalik va maktabgacha yoshdagi
bolalarda tuberkulyozni aniqlashni tashqillashtirishga qaratiladi. Bolalarni o‘z
vaqtida tuberkulyozga tekshirishni va yaslida, bolalar bog‘chasida, bolalar uyida,
hamda bolalar maslahatxonalarida va poliklinikalarda vaksinatsiya sifatini
tekshirishni vrach epidemiolog amalga oshiradi.
Flyuorografik tekshiruv vaqtida asosiy e’tibor epidemiologik ko‘rsatkich
bo‘yicha (“asosiy” qontingentlarda) tuberkulyozni aniqlashga qaratiladi. Ular
orasida faol tuberkulyoz aniqlansa vrach-epidemiolog ularni ishdan chetlashtiradi.
Tuberkulyoz bemorlariga bolalar va 18 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlarni
tarbiyalaydigan yoki davolaydigan bolalar muassasalarida, umumiy ovqatlanish
tarmoqlarida, savdoda, sut mahsulotlari bilan ishlash va shunga o‘xshagan
muassasalarda ishlashga ruxsat berilmaydi.
Bemorlarni chegaralash. Sanitar-epidemiologik nazorat markazi TMB
ajratishi tasdiqlangan bemorlarni chegaralashni nazorat qilishni amalga oshiradi.
Odatda bunday chegaralash usuli – tuberkulyozga qarshi shifaxonaga yotqizish
bilan amalga oshiriladi. Bemorlarni chegaralashda birinchi o‘rinda, o‘z ishi
davomida katta guruh kishilar bilan aloqada bo‘ladiganlar va infeksiya tezda
tarqalishi mumkin bo‘lganlar chegaralanadi. Bunday kishilar bolalar muassasalari
va o‘quv yurtlari, harbiy qismlar, umumiy ovqatlanish tarmoqlari, savdo, shaxar
transporti, xizmat ko‘rsatish tarmoqlari, kutubxona, yotoqxonada, internatda va
kommunal xonadonlarda ishlovchi yoki yashovchi xodimlar bo‘lishi mumkin.
Tuberkulyoz infeksiyasi o‘chog‘ida tuberkulyozga qarshi ish. Tuberkulyoz
infeksiyasida profilaktik chora tadbirlarni sanitar-epidemiologik nazorat markazi
va tuberkulyozga qarshi dispanser birgalikda amalga oshiradi. Sanitar-
epidemiologik markazning asosiy vazifalari:
Ftiziatr bilan o‘choqni birlamchi epidemiologik tekshiruv o‘tkazish va o‘choq
chegarasini aniqlash va sog‘lomlashtirish rejasini ishlab chiqish;
Tashqilotlarda ftiziatrga yordam berish va o‘choqlarda tuberkulyozga qarshi
chora-tadbirlarni o‘tkazish;
O‘choqni dinamik kuzatish, o‘choqni sog‘lomlashtirish rejasiga qo‘shimcha va
o‘zgartirishlar kirgizish, o‘tkazilayotgan dezinfiksiyani o‘z vaqtidaligini va sifatini
nazorat qilish;
O‘choqda epidemiologik havf kamaysa yoki ko‘paysi o‘choqlarni boshqa
epidemiologik guruhlarga o‘tkazish;
Bakteriya ajrativchi bemorlarni ftiziatr xabarnomasi asosida epidemiologik
hisobdan o‘chirish;
Ftiziatr talabnomasiga asosan tuberkulyoz infeksiyasi o‘chog‘ida bemor
shifaxonaga yotqizilgandan keyin, bemor biron joyga ketganda, epidemiologik
hisobdan o‘chirilganda yoki bemor o‘lganda yakuniy dezinfeksiya o‘tkazish;
Tuberkulyoz
o‘choqlarini
(o‘choqni
epidemiologik
tekshirish
kartasi)
tekshirish va kuzatish bo‘yicha xisob-kitob xujjatlarini yuritish;
Butun tuman bo‘yicha tuberkulyoz o‘chog‘idagi epidemiologik holatni tahlil
qilish, o‘choqdagi ishlar samaradorligini baholash va shu ishlar natijasi bo‘yicha
ftiziatr bilan muxokama o‘tkazish.
Tuberkulyozga qarshi muassasalarda epidemiologik nazorat. Tuberkulyozga
qarshi muassasa xodimlari tuberkulyoz bemorlari bilan doimiy aloqada bo‘ladi va
kasallanish bo‘yicha yuqori havf guruhiga kiradi. Xodimlarni tuberkulyoz bilan
kasallanishni ogohlantirish uchun sanitar-epidemiologik nazorat markazi quyidagi
tadbirlarni nazorat qiladi:
Tuberkulyozga qarshi muassasalarga ishga 18 yoshdan kam bo‘lmagan
shaxslar birlamchi tibbiy ko‘rikdan o‘tib ishga qabul qilinadilar. Tuberkulyozga
keyingi ko‘rik har 6 oyda o‘tkaziladi;
TMB bilan infitsirlanmagan, tuberkulinga manfiy reaksiya saqlanib qolgan
kishilarga BSJ vaksinatsiya o‘tkaziluvchilarga kiradi. Ularni ishga vaksinadan
keyingi allergiya va immunitet shakllangandan keyin 6 xafta o‘tib ishga qabul
qilinadi;
Tuberkulyozga qarshi muassasa administratsiyalarini dezinfeksion chora-
tadbirlar o‘tkazish uchun ta’minlaydi;
Tuberkulyozga qarshi muassasa xodimlarini tuberkulyozga qarshi dispanser
tuberkulyozga doimiy tekshirish maqsadida IV-B guruhiga hisobga olib kuzatadi.
Sanitar-epidemiologik nazorat markazi bakteriya ajrativchiligi tasdiqlangan
bemorlarni xisobga oladi va kuzatadi. Ularga dispanser hisobida turadigan birinchi
marta aniqlangan va bakteriya ajratuvchi bemorlar kiradi. CHorvachilik
markazlarida orasida tuberkulyoz bemorlarini aniqlash uchun veterinar xizmatni
yuksaltirish kerak.
Bakteriya ajratuvchi haqida ma’lumot olishi bilan mintaqaviy sanitar-
epidemiologik nazorat markazi epidemiologik holatni va uni bartaraf qilish yo‘lini
tahlil qiladi.
Sil profilaktikasi usullari
Tuberkulyoz ijtimoiy va tibbiy muammo hisoblanadi. Bu tuberkulyoz
profilaktikasi uchun ijtimoiy va tibbiy yo‘nalishdagi chora tadbirlar majmui
lozimligini anglatadi. Ijtimoiy yo‘nalishdagi tadbirlar tuberkulyoz infeksiyasining
tarqalishi va kasallik paydo bo‘lishi uchun zamin yaratadigan sharoit va ijtimoiy
xavf omillarni kamaytirish va iloji boricha yo‘qotishga qaratilgan bo‘lishi lozim.
Tibbiy - profilaktik tadbirlar sog‘lom odamlarning MBT bilan zararlanishini
kamaytirish va tuberkulyoz infeksiyasining tarqalishini cheklash (epidemiyaga
qarshi va sanitar oqartiruv ishlari, tuberkulyoz bemorlarini o‘z vaqtida aniqlash va
davolash), shuningdek tuberkulyoz bilan kasallanishning oldini olish (vaksinatsiya,
kimyoprofilaktika) ga yo‘naltiriladi. Ular epidemik jarayonning barcha zvenolarida
MBT manbai, infeksiya tarqalish yo‘llari, tuberkulyoz qo‘zg‘atuvchisiga faol ta’sir
ko‘rsatadi.
Bunday yondoshuv turlicha profilaktik tadbirlarni amalga oshirish va
shartli ravishda tuberkulyozning sanitar va maxsus va ximioprofilaktikasini
farqlashga imqon beradi.
BOLALAR VA O‘SMIRLARDA SILNING BIRLAMCHI
MAXSUS PROFILAKTIKASI
Silga qarshi kurashishda, bolalar orasida sil jarayonining oldini olishda
silni birlamchi BSJ bilan emlash va qayta emlash katta ahamiyatga ega.
Hozirgi kunda 64 davlatda BSJ emlash majburiy ommaviy ravishda
qilinyapti va 118 davlatga tavsiya etilgan. Jahon miqyosida 2 mlrd. bola va o‘smir
silga qarshi emlangan, hozir ham BSJ emlash davom etmoqda, zero bu usul sil
kasalligining og‘ir turlari rivojlanishining oldini olishda katta ahamiyatga ega.
Bizning mamlakatimizda sil epidemiologiyasini hisobga olgan holda
qonunlashtirilgan tarzda chaqaloqlar tug‘ruqxonada emlanadi, 6-7 va 14-15
yoshdagi bolalar esa qayta emlanadi.
Ommaviy emlashni, tibbiy ko‘rsatmalar asosida, uyushgan holda olib
borish tug‘ruqxona, poliklinika shifokorlari zimmasiga yuklatilgan.
Tug‘ruqxonada sog‘lom chaqaloqlar 3-5 kun davomida shifokor
ko‘rgandan keyin maxsus hamshira go‘dakning chap elkasi yuqori qismiga 0,1 ml
BSJ eritmasini teri ichiga yuboradi.
Emlangandan keyin go‘daklarda 4-8 haftadan keyin BSJ yuborilgan joyda
qizg‘ish bo‘rtma hosil bo‘ladi. Vaksinatsiya jarayoni o‘rta hisobda 6-8 oy, ba’zi
bolalarda 1 yil davom etadi. 1-2 oydan keyin bo‘rtma o‘rnida 5-10 mm keladigan
yaracha paydo bo‘ladi, yuqorida aytilganidek, 6-8 oydan keyin qotib, chandiqqa
aylanadi.
Silga qarshi qayta emlash Mantu sinamasi natijasini hisobga olgan holda
shifokor ko‘rigidan keyin o‘tkaziladi. Odatda immun jarayon qayta emlangan
bolalarda 1-2 haftadan keyin papula hosil qilish bilan namoyon bo‘ladi va 5-6 oy
davomida yara qotib, chandiqlanadi. CHaqaloqlarda chandiq hajmi o‘rta hisobda 5-
7 mm., maktab yoshidagi bolalarda 8-9 mm bo‘lishi kerak, bu organizmda juda
yaxshi darajada immunitet hosil bo‘lganini ko‘rsatadi.
BSJ vaksinasi bilan emlash, qayta emlash samaradorligini o‘rganish shuni
ko‘rsatdiki bu ommaviy profilaktika usuli bolalarda sil bilan kasallanish
darajasining 20 marta kamayishiga olib keladi, maboda kasal bo‘lganda ham
tarqalmagan, chegaralangan, asoratsiz (birlamchi sil kompleksi yoki ko‘krak qafasi
ichi limfa tugunlari sili) engil o‘tadi.
BSJ emlash va qayta emlashni tug‘ruqxonalarda va pediatrlar sil
dispanserlari va SEN xodimlari nazoratida o‘tkazildi.
BSJ emlashga moneliklar
1. CHala tug‘ilgan bolalar – vazni 1,600 gr dan kam bo‘lsa.
2. O‘tkir yuqumli kasalliklar:
- Homila ona qornida sepsis bilan zararlanganda;
- teridagi yiringli yara va septik holatlar;
- o‘rta va og‘ir darajali tug‘ma fermentopatiya;
- gemolitik kasalliklar;
- tug‘ruq paytida miya shikastlanib, chuqur nevrologik belgilar kuzatilsa;
- birlamchi immun tanqisligi;
- oldin bolalarda o‘ta tarqalgan BSJ-infeksiya kuzatilgan bo‘lsa;
- OIV-infeksiyasida: bolada ikqilamchi kasalliklar belgilari kuzatilsa; ona
homiladorlik vaqtida antiretrovirus davo olmagan bo‘lsa.
Revaksinatsiyaga moneliklar
№
Kasalliklar turlari
Emlash mumkin, mumkin
emas
1.
Infitsirlangan yoki ilgari sil bo‘lgan
mumkin emas
2.
Mantu sinamasi shubhali va musbat bo‘lsa
mumkin emas
3.
BSJ asoratlari(abssess, yaralar, keloid,
limfadenitlar va hokazo)
mumkin emas
4.
O‘tkir infeksion va somatik kasalliklar, surunkali
kasalliklar xuruj vaqtida yoki dekompensatsiya
va reqonvalissensiya davrida
1 oydan keyin emlash
mumkin
5.
Allergik kasalliklar (teri va respirator) xuruj
vaqtida
sog‘aygandan keyin yoki
remissiya vaqtida
mutaxassis xulosasidan
keyin
6.
Qonning murakkab kasalliklari va o‘sma
kasalliklari
mumkin emas
7.
Homiladorlik davrida
mumkin emas
8.
Oila va bolalar muassasalarida infeksion kasallar
bilan muloqatda bo‘lgan bo‘lsa
karantin vaqti tugagandan
keyin emlash mumkin
BSJ qayta emlash, vaqtincha o‘tkazilmagan bolalarni nazoratga olib,
butunlay sog‘aygandan keyin yoki moneliklar tugagandan so‘ng qayta emlash
mumkin. YUqoridagi ko‘rsatmalarga kirmagan kasalliklarda maxsus mutaxassis
xulosasiga ko‘ra, qayta emlash mumkin.
BSJ dan keyin kuzatiladigan asoratlar
1. Teri osti abssessi- vaksina preparati noto‘g‘ri yuborilganda (teri ostiga).
2. YAra hajmi – 1 sm. dan ortiq.
3. Limfadenitlar: vaksina preparati reaktogen bo‘lsa (qarshi moneliklarga
rioya qilinmagan bo‘lsa) yoki belgilangan miqdordan ko‘proq yuborilsa (0,1 ml.
dan yuqori).
Limfadenitlarda chap qo‘ltiq osti bezlari 1 sm. dan kattalashadi, bolani
bezovta qilmaydi. Uchta davrdan iborat. Birinchi davr – yallig‘lanish davri (limfa
bezlari 1 sm. dan katta bo‘ladi). Ikkinchi davr – so‘rilish davri yoki kazeoz hosil
bo‘lib, teri teshilib, tashqariga chiqadi. Uchinchi davr – qotish davri –kalsiylanish.
4.
Keloid chandiqlar.
5.
Tarqalgan BSJ - chetlar.
Asoratlarni davolash
1.
Abssessga Vishnevskiy malhami har kuni 1 marta 3-4hafta davomida
qo‘yiladi, teri yupqalashib, kazeoz chiqa boshlaydi va yara hosil bo‘ladi. YArani
izoniazid kukunini har kun sepib davolanadi. YAra 1,5-2 oyda bitib,
chandiqlanadi, chandiqlar 1 sm katta bo‘ladi va teri tortilib qoladi.
2.
Limfadenitlar – yallig‘langan davrda - ikkita AB dorilar bilan 5-6 oy
davolanadi.
3.
Kazeozli davrda jarrohlik yo‘li bilan olib tashlanadi. Kalsinatsiya hosil
bo‘lgan bo‘lsa va 1 sm katta bo‘lsa, jarrohlik yo‘li bilan olib tashlanadi.
4.
Keloid chandiqlar - lidaza va gidrokortizon yoki deksazon to‘rt
tomondan chandiq ostiga haftada 2 marta yuboriladi. Bir kursga 10 marta. Keloid
chandiqlarni jarrohlik yo‘li bilan olib tashlash qat’iyan man etiladi.
5.
Tarqalgan BSJ – asoratlar kechishiga qarab, 2-3 ta AB preparatlar bilan
davolanadi AB preparatlardan tashqari, BSJ asoratlarida vitaminlar buyuriladi.
Bolalarga vitaminlar va oqsillarga boy ovqatlar, ko‘proq sabzovot, mevalar
beriladi va hokazo. BSJ asoratlarida bolalar IV “V”dispanser guruhida 1 yil
nazorat qilinadi.
Bolalar va o‘smirlarda silning kimyoviy profilaktikasi
Kimyoprofilaktika 1 yoki 2 ta silga qarshi dori (izoniazid
etambutol) bilan har kuni yoki kunora olib boriladi.
Kimyoprofilaktika quyidagi odamlarda o‘tkaziladi:
- sil tayoqchalarini tashqi muhitga ajratish bilan kechayotgan o‘pka sili bor
bemorlar bilan birga yashaydigan sog‘lom va sil bilan zararlangan o‘smirlar,
bolalar;
- sil tayoqchalari ajratmaydigan, faol o‘pka sili bor bemorlar bilan birga
yashaydigan bolalar va o‘smirlar;
- birlamchi sil infeksiyasi bilan zararlangan bolalar va o‘smirlar (“viraj”);
- sil bilan zararlangan Mantu sinamasi natijasi giperergik bo‘lgan bolalar va
o‘smirlar;
- sil bilan zararlangan bolalar va o‘smirlar boshqa kasalliklar qo‘shilib
kechganda, steroid gormonlar olganda;
- sil bilan zararlangan bolalarda Mantu sinamasi hajmi 1 yil davomida 6 mm.
dan ko‘proq va bundan kattalashsa hamda xavf omillari mavjud bo‘lsa.
Differensial ravishda o‘tkaziladigan kimyoviy profilaktikaning muddati va
tartibi turli guruhlarda har xil bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni Saqlash
Vazirligi 19.07.2005 yilda chiqargan 342-buyrug‘ning 2-ilovasida keltirilgan.
Silni barvaqt aniqlash
Silni barvaqt aniqlash, ma’lum maqsadga yo‘naltirilgan profilaktik
tekshirishlarni taqozo etadi. Keyingi yillarda bu sohada ham (iqtisodiy sharoitlar
natijasida) o‘zgarishlar ro‘y berdi.
Ma’lumki, oldingi yillarda ommaviy flyuorografik ko‘rik silni barvaqt
aniqlashning asosiy usuli hisoblanardi va juda qimmatga tushardi.
Ftiziatriya va pulmonologiya ilmiy-tekshirish instituti epidemiologiya bo‘limi
xodimlarining olib borgan tekshirishlari (R.SH. Hamroqulov, E.A.Stoyanovskiy,
E.S.Sodiqov va boshqalar) shuni ko‘rsatdiki, keyingi vaqtda silga moyilligi
bo‘lgan aholi orasida tekshirishdan o‘tib turishga majbur shaxslarni flyuorografik
ko‘rikdan o‘tkazib turish maqsadga muvofiq ekan.
Silga moyil guruhlar:
- qandli diabet;
- o‘pkaning nospetsifik kasalliklari;
- ruhiy kasalliklar, jigar va oshqozon-ichak kasalliklari;
- surunkali ichqilikbozlar;
- giyohvandlar; gormonga tobe bemorlar;
- og‘ir sharoitda ishlovchilar;
- uzoq muddat qamoqda bo‘lganlar;
- sil bemorlar bilan muloqotda bo‘lganlar.
Flyuorografiyadan o‘tish lozim bo‘lgan majburiy guruhdagilar:
- pedagoglar;
- bolalar va va tibbiyot muassasalari xizmatchilari;
- cilga qarshi muassasalar xodimlari;
- umumiy ovqatlanish korxonalari;
- kommunal xo‘jalik xodimlari;
- savdo-sotiq xodimlari;
- chorvadorlar;
-xarbiy xizmatga chaqiriluvchilar va boshqalar.
Guruhlarda o‘tkazilgan flyuorografiya tekshirishlar natijasida silni aniqlash
1,5-3 marta ko‘payib, hozirgi vaqtda silga moyil guruhlarni 0,6-1,2%,
majburiylarda esa 0,1-0,2 % sil kasalligi topilmoqda.
Flyuorografiya tekshirishi natijasida, faol sil bakteriyasi 10,6%, faol
bo‘lmagan sil 3,3%, o‘tkir zotiljam 13,1%, o‘pkaning nospetsifik surunkali
kasalliklari 40,0%, yurak-tomir kasal-liklari 14,9%, suyak kasalliklari 3,5%, o‘pka
kasalligi 1,1% va boshqa kasalliklar 7,1% ni tashqil qiladi.
Bu ma’lumotlar, flyuorografik tekshirishlar, nafaqat sil kasalligini, balki
boshqa kasalliklarni aniqlashda ham muhim ahamiyatga ega ekanini tasdiqlaydi.
Silga moyilligi bor va majburiy guruhlarni flyuorografik tekshirishni umumiy
tibbiyot muassasalari, SEN, flyuorografiya markazlari va sil dispanserlari
o‘tkazadilar. Silni barvaqt aniqlashda balg‘amni sil tayoqchalariga tekshirish ham
muhim ahamitga ega.
Balg‘amni mikroskopik tekshirish usuli (Sil-Nilsen), poliklinika, shifoxonalar
laboratoriyalarida silga gumon etilganlar, o‘pkaning nospetsifik xastaliklari bor,
uzoq vaqt yo‘talib yuradigan (2 oydan ortiq) bemorlar tekshiriladi. Izlanishlar
shuni ko‘rsatdiki, balg‘amni tekshirish natijasida 15-20% sil tayoqchalari
topilmoqda.
12 yoshgacha bo‘lgan bemorlarda silni tekshirish, faqat tuberkulin sinamasi
va rentgenda tekshirish asosida olib boriladi va umumiy pediatriya muassasalari
amalga oshiradi.
12 yoshdan flyuorografik tekshiruv yordamida aniqlanadi.
Tekshirishlarning ko‘rsatishicha, ommaviy tuberkulin sinamasi yordamida
1,5-2,0% da viraj (birlamchi sil infeksiyasi), 11,0% kichik maktab yoshidagilarda,
25,9% katta maktab o‘quvchilarda, 32,0% – o‘smirlarda sil bilan zararlanish
aniqlanmoqda.
Silni aniqlashda bir qancha usullar mavjudligiga qaramay, afsuski, sil kech
aniqlanmoqda. Bu umumiy amaliyot shifokorlarining va boshqa mutaxassislarning
sil sohasida etarlicha ma’lumotga ega emasliklaridan darak beradi. 60% bemorlar,
bevosita murojaatidan keyin aniqlanmoqda.
Tuberkulyozni maxsus profilaktikasi. BSJ bilan vaksinatsiya va
revaksinatsiya rejasini vrach-epidemiolog tuberkulyozga qarshi dispanser bosh
shifakori va veterinar xizmat bilan hamkorlikda tuzadi.
Davsanepidnazorat markazi davolash-profilaktika muassasalarini BSJ
vaksinasi bilan ta’minlanganligini, uni saqlash sharoitlarini va yaroqlilik
muddatini, qilish texnikasiga amal qilishini va vaksinatsiya sifatini nazorat qiladi.
Har bir odatdagidan tashqari va asoratli holat tahlil va muxokama qilinadi va
maxsus akt tuziladi. Vaksinatsiya rejasini amalga oshirishni ftiziatr, pediatr va
epidemiologlardan tarkib topgan komissiya nazorat qilib boradi.
BSJ-M vaksinasi xam tirik, kuchsizlantirilgan mikobakteriyalar vaksina shtamm
bo‘lib, oq rangli ko‘rinishga ega. Vaakum ostida maxkamlangan ampulada 0,5 mg
vaksina BSJ-M bo‘lib, u 20 dozani tashqil qiladi. Xar qaysi dozada 0,025 mg
preparat bo‘ladi. BSJ vaksinasi 0,1 ml eritmada 0,025 mg preparat saqlangan xolda
teri orasiga yuboriladi. BSJ-M vaksinasi bilan quyidagi xollarda emlanadi.
1. tug‘ruqxonalarda tana og‘irligi 2300 gramm va undan yuqori bo‘lgan chala
tug‘ilgan chaqoloqlarga o‘zining dastlabki tana vaznini tiklab olgach, uyga
ketishdan bir kun oldin qilinadi.
2. chala tug‘ilgan bolalarni sog‘lomlashtirish bo‘limlarida bola tanasining
vazni 2300 gramm va undan yuqori bo‘lganda uyga javob berishdan oldin
qilinadi.
3. agarda bolalar tug‘ruqxonada meditsina ko‘rsatmalariga binoan emlanmagan
bo‘lsa bu ko‘rsatmalar bemor sog‘aygach bolalar poliklinikasida emlanadi.
BSJ bilan qayta emlashning va emlashning natijalari quyidagilarga bog‘lik
1. BSJ bilan emlash va qayta emlash texnikasining va planlashtirishning
to‘g‘riligiga
2. vaksinaning emlash uchun yuborilgan dozasiga, qo‘llash usuliga va uni
saqlash sharoitiga
3. emlashni qo‘llash mumkin bo‘lgan xollarni to‘g‘ri belgilashiga
4. qayta emlashni optimal vaqtini belgilashga bog‘liq.
CHAQALOQNI BSJ BILAN EMLAB BO‘LMAYDIGAN KLINIK
XOLAT
№
Kasallik formalari
Emlashni BSJ-M bilan o‘tkazish
mumkinligini
1. Tana terisining yiringli yallig‘lanish
kasaliklari
Tuzalgandan so‘ng 1 oydan keyin.
2. Ona qornida infeksiya bilan
zararlanish, sepsis
Tuzalgach 6 oydang keyin
3. O‘tkir kechuvchi kasaliklar
Tuzalgach kamida 1 oydan keyin
4.
kasaligi
Kamqonlik bo‘lmasa tuzalgach 6
oydan keyin
5. Miyani perinatal zararlanishi (o‘tkir
klinik o‘zgarishlar) mavjud bo‘lsa
Tuzalgach vrach nevropatolog
ko‘rsatmasi bilan 3 oydan so‘ng
6. Tugma fermentopatiyalar
Emlash mumkin emas
7. Immunodefitsit xolatlari
Emlash mumkin emas
8. Oiladagi boshqa bolalarga BSJ bilan
emlash natijasida tarqalgan sil
infeksiyasi uchrasa
Emlash mumkin emas
9. CHala tug‘ilgan bolalarda og‘irligi
2300grammdan kam bo‘lsa
Tana vazni normagacha etganda
emlanadi
10. CHaqaloqlar toksiko-septik kasalik
bilan og‘riganlar bilan mulokatda
bo‘lsa (ommaviy kasallik ro‘y bersa)
Tugrukxonadan so‘ng 10 kun
o‘tgach, vaksina BSJ bilan emlanadi
Tana vazni 2300 gr va undan yuqori bo‘lgan xolda BSJ-M vaksinasi bilan
tugrukxonada emlanadi. Agarda bolalar tugrukxonada biror sababga ko‘ra
emlanmasa, u xolda emlash BSJ-M vaksinasi bilan sabablar bartaraf etilgach
bolalar poliklinikasida o‘tkaziladi.
BOLALAR O‘SMIRLAR VA KATTALARNING BSJ BILAN QAYTA
EMLASH MUMKIN BO‘LMAGAN XOLLARI
№
Kasallik formalari
Emlashning mumkinligi
1.
Sil bilan zararlanish yoki silni
boshidan kechirish
Emlash taqiqlanadi
2.
PPD-Lning 2 TB bilan mantu
sinamasi qo‘yilganda natija
musbat yoki mujmal bo‘lsa
Emlash taqiqlanadi
3. Oldingi yuborilgan BSJ vaksinasi
asorat bergan xollarda (kelloidli
chandiq, limfa tugunlarining
reaksiyasi va xokazo)
Emlash taqiqlanadi
4.
O‘tkir kasalliklar (yuqimli va
yuqimsiz), reqonvolissensiya
davrida ham, surunkali kasaliklari
qaytalanish yoki dekompensatsiya
xolatlarida
Tuzalgandan (remissiyadan) so‘ng
kamida 1 oydan keyin
5. Allergik kasaliklar (teri va nafas
yo‘llari) qaytalanish davrida
Tuzalgandan keyin mutaxassislarning
xulosasi asosida
6. YOmon sifatli qon kasaliklari va
Emlash taqiqlanadi
o‘smalarda
7.
Immunologik etishmovchilik
xolatlarida immunodepressantlar
bilan davolanganda
Immunologik tekshiruv o‘tkazilgach,
mutaxassis maslaxati asosida
8.
Xomiladorlikning xamma
davrlarida
Emlash mumkin emas
Eslatma:
Oilada, bolalar muassasalarida va boshqa joylarda yuqimli kasaliklar
bilan muloqatda bo‘lsa, bunday xollarda emlash karantin davri
tugagandan so‘ng yoki shu infeksiyaning eng yuqori inkubatsion davri
tugagandan so‘ng qilinadi.
INFEKSION VA EMLASHDAN SO‘NGI ALLERGIK XOLATLARNI
DEFERENSIAL DIAGNOSTIKASI
№
Belgilar
Infeksion allergiya
Emlashdan
so‘ngi
allergiya
1. Tuberkulin sinamalari
O‘ta musbat
Kuchsiz musbat
2. BSJ, T-BSJ
-
-
3. BSJ chandig‘i
Yuk, 2-3 mm
6-4 mm
4. BSJ, T-BSJ dan keyingi vaqt 2-3 yildan ko‘p
2 yildan kam
5. Sil kasali bilan kontaktda
bo‘lish
Bo‘lgan
Bo‘lmagan
6. Kasalikni klinik belgilari
Bor
Yo‘q
7. Mantu sinamasini o‘rtacha
razmeri
11-13 mm
7-9 mm
8. Allergik
xolatni
dinamik
kuzatilganda
Belgilar kuchayadi
Belgilar kamayadi
9. Jismoniy usish
Normal yoki orqada
koladi
Orqada qolmaydi
10. Periferik limfa tugunlari
Kattalashadi
Kattalashmaydi
Sil rivojlanishining oldini olish tadbirlari sog‘lom turmush tarziga yo‘naltirilgan
ishlar majmuidan iboratdir.
Hozirgi paytda uning quyidagi asosiy qismlari ajratiladi:
1. Sanitariya profilaktikasi.
2. Spetsifik profilaktika.
3. Kimyoviy profilaktika.
Sanitariya profilaktikasi S.E.Nezlin ta’biri bilan aytganda «Sog‘lom
kishilarning silga chalinishiga yo‘l qo‘ymaslikka va silga qarshi kurashishga
qaratilgan choralarni amalga oshirishdan iborat». Bu profilaktika, odamlarning ish
joyida, jamoa joylarida va sil bilan og‘rigan bemorlarning oilalarida, ya’ni sil
o‘choqlarida amalga oshiriladi. Sil infeksiyasi o‘chog‘ida, ya’ni sil bemorlar bor
oilada, birinchi galda, batsillyar bemor oilasida, ijtimoiy davolash choralarini
amalga oshirish sanitariya profilaktikasining eng dolzarb masalasi hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijtimoiy dasturlari asosida
hozirgi vaqtda Respublikada sil bemorlarga 10 oygacha haq to‘lanadigan ishga
kasalliklik varaqasi, bepul davolash va bemorni oila a’zolaridan ajratib qo‘yish
silga qarshi muassasalarda olib borilmoqda.
Hozirgi vaqtda sil infeksiyasi o‘chog‘ida silga qarshi ishlarni amalga
oshirish, silga qarshi kurashish dispanserining asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi.
Silga chalingan bemor, asosan, sil mikobakteriyasini ajratuvchi bemor silning
asosiy manbai hisoblanadi. Uy hayvonlari qo‘shimcha manba hisoblanadi. Kasal
uy hayvonlari, itlar, mushuklar sil kasalligini tarqatish jihatidan xavfli.
Qozog‘iston
Respublikasi
Sil
kasalliklari
ilmiy
tekshirish
institutining
ma’lumotlariga ko‘ra, hayvonlarning silga chalinishi 5 dan 10 foizgacha etadi (E.A
Blagodarno‘y, 1988). Kasallikni yuqtirish manbaini aniqlash uchun epidemiologik
qidiruv ishlari o‘tkazilishi zarur. Bu ishni silga qarshi kurashish dispanserlari,
shifoxonalari, SEN epidemiologi va umumiy davolash muassasalari shifokorlari
bilan
birga
so‘rab
surishtirish
yo‘li
bilan
amalga
oshiriladi.
,
SILGA QARSHI KURASHISH DISPANSERI KONTINGENTLARI USTIDAN MUNTAZAM KUZATISH SXEMASI
Nazorat
guruhlari
Qontingent
Nazorat
muddatlari
Kuzatish
muddatlari
Amaliyotlar
Kuzatish natijasi
mezonlari
I-guruh.
A
guruhchasi.
Nafas a’zolarida faol sili
bor bemorlar (birinchi
marta aniqlangan, xuruji,
qaytalashi)
Har oyda.
1-2 yil.
Kimyoterapiya kompleksi
(shifoxonada va
ambulatoriyada klinik
tuzalgunga qadar)
2-guruhga
o‘tkaziladi.
B
guruhchasi.
Nafas a’zolarida
surunkali sili bor
bemorlar.
3 oyda 1 marta.
Har bir bemorga
alohida 2 yildan
ortiq.
SHifoxonada jarayon
me’yorlashguncha
kimyoterapiya kompleksi,
ambulatoriyada bahor va
kuzda 3-4 oyda
qaytalanishga qarshi
davolash.
2-guruhga
o‘tkaziladi.
V
guruhchasi.
Polirezistent SMB
ajratuvchi nafas
a’zolarida faol sil bor
Har oyda.
Har bir bemorga
alohida.
SHifoxonada maxsus
kimyoterapiya kompleksi,
keyinchalik ambulatoriyada
2-guruhga
o‘tkaziladi.
bemorlar.
klinik tuzalguncha.
2-guruh.
Nafas a’zolarida faol sil
bor bemorlar (klinik
tuzalgandan keyin):
-o‘pka va plevrada katta
qoldiq o‘zgarishlar
hamda og‘irlashtiradigan
omillar bo‘lganda kichik
o‘zgarishlar bilan
Yiliga 2 marta
(baxor va kuz)
2 yil.
Kimyoterapiyaning kasallik
qaytalanishiga qarshi
kurslari, 2-3 va 2 ta preparat
bilan yiliga 2 marta.
Sil qaytalamasa,
nazoratdan
chiqarish.
1
2
3
4
5
6
B
guruhchasi.
- og‘irlashtiradigan
omillar bo‘lmaganda
o‘pkada kichik qoldiq
o‘zgarishlar bilan.
Yiliga 2 marta
(bahor va kuz)
1 yil.
2 ta dori bilan 2 oy, yiliga 2
marta qaytalanishga qarshi
kimyoterapiya
kurslari.
Silning
qaytalanmasa,
nazoratdan
chiqarish.
3-guruh.
A
guruhchasi.
O‘pkadan boshqa a’zolar
sili: -o‘pkadan boshqa
a’zolarda faol (birinchi
Har oyda.
1-5 yil.
Kimyoterapiya kompleksi
(shifoxonada va
ambulatoriyada klinik
3B guruhchaga
o‘tkaziladi.
marta aniqlangan, xuruj
va qaytalagan) va nofaol
sili bor bemorlar.
tuzalgunga qadar)
B
guruhchasi.
O‘pkadan boshqa
a’zolarda nofaol sili bor,
jumladan 1 marta
aniqlangan bemorlar.
Yiliga 2 marta
(bahor va
kuzda)
2 yil.
2 ta dori bilan 2 oy, yiliga 2
marta qaytalanishga qarshi
kimyoterapiya
kurslari.
Sil qaytalanmasa,
nazoratdan
chiqarish.
V
guruhchasi.
O‘pkadan boshqa
a’zolarda silni o‘tkazgan
va klinik tuzalgan katta
qoldiq o‘zgarishlari bor
bemorlar.
Yiliga 1 marta.
2-4 yil.
Ko‘rsatma bo‘yicha
jarrohlik muolajalari.
Sil qaytalanmasa,
nazoratdan
chiqarish.
4-guruh.
A
guruhchasi.
Sil bilan kasallanish xavfi
ko‘proq bo‘lgan shaxslar:
sil tayoqchasi bakteriya
ajratadiganlar va sil bilan
og‘rigan qishloq xo‘jaligi
hayvonlari bor joyda
Yiliga 2 marta.
Sil tayoqchasini
ajratadiganlar bilan
muloqotda bo‘lgan,
barcha muddat
davomida va sil
tayoqchasi ajratuvchi
Izoniazid bilan yiliga 2
marta, bahor va kuzda 2
oydan kimyoprofilaktika.
Sil bilan
kasallanmaslik.
yashaydigan bolalar va
o‘smirlar.
hisobdan chiqaril-
gandan yoki o‘lgandan
keyin 6 oy davomida.
1
2
3
4
5
6
B
guruhchasi.
Sil tayoqchasi
ajratmaydigan faol sil
turlari bor shaxslar bilan
muloqatda bo‘lgan bolalar
va o‘smirlar.
Yiliga 2 marta.
Sil bemorning klinik
tuzalguniga qadar
bo‘lgan muddat
davomida va uni 2
yoki 3-B nazorat
guruhiga o‘tkazguncha
1 yil.
Nazoratga olinganda 2 oy
davomida bir marta
izoniazid bilan
kimyoprofilaktika, viraj
aniqlanganda 3 oy muddat
davomida takrorlanadi.
Sil bilan
kasallanmasligi.
V
guruhchasi.
Sil bilan birlamchi
zaharlangan bolalar va
o‘smirlar (viraj):
-tuberkulinga giperergik
reaksiyali sildan
zaharlanganlar;
-BSJ asoratlari bo‘lganlar.
Yiliga 2 marta.
Yiliga 2 marta.
Har oyda.
1 yil.
1 yil.
Nazoratga olinganda 3 oy
davomida bir marta
izoniazid bilan
kimyoprofilaktika.
Sil bilan
kasallanmaslik.
BSJ asoratlarini
bartaraf etish
SILGA QARSHI KURASHISH DISPANSERLARIDA NAZORATDA TURUVCHI BEMORLARNI TEKSHIRISH
REJASI
Guruh
Rentgen tekshiruv
Umumiy qon va siydik
tahlili
Balg‘amni, bronxlar
yuvilgan suvlarni tekshirish
Boshqa
tekshiruvlar
I
Rentgenogramma (flyuorogramma)
kuzatuvga olgan vaqtda va keyinchalik 2
oyda 1 marta. Ko‘rsatmaga ko‘ra,
tomogramma
Davolash o‘tkazilganda rentgenogramma
(flyuorogramma) 2 oyda 1 marta,
remissiya vaqtida 3-6 oyda 1 marta.
Ko‘rsatmaga ko‘ra, tomogramma
Oyda kamida 1 marta
Davolanayotganda 1
oyda
1 marta, remissiyada
3-6 oyda 1 marta
Kuzatuvga olganda, KB
topilganda oyda 1 marta,
KB yo‘qolguncha,
keyinchalik 2-3 oyda
1 marta
Davolash davrida har oyda
II
Rentgenogramma (flyuorogramma) 6 oyda
6 oyda 1 marta
6 oyda 1 mahal
1 marta. Ko‘rsatmaga ko‘ra, tomogramma
III
Rentgenogrammalar va tomogrammalar
(o‘pkadan boshqa sil mutaxassislari
tayinlashiga qarab) 6 oyda 1 marta.
Ko‘krak qafasi rentgenogrammasi
(flyuorografiyasi)
Mutaxassislar
tayinlashga qarab
Siydikni tekshirish, oqma
yaralar ajralmasi, bioptatni
va boshqa mutaxassislar
tayinlashiga qarab
IV
6 oyda 1 marta flyuorogramma
(rentgenogramma) IVA, IVB, IVB – 12
oyda 1 marta rentgenogramma, ko‘rsatma
bo‘lsa, tomogramma.
6 oyda 1 marta
Sil kasaliga shubha
qilinganda
Tuberkulin
sinamalari
bola va
o‘spirinlarda
UMUMIY TIBBIYOT POLIKLINIKALARIDA SIL KASALLIGI XAVFI YUQORI BO‘LGAN SHAXSLARNI
KUZATISH MUDDATLARI VA OLIB BORILADIGAN ISHLAR REJASI
Nazorat
guruhlari
Qontingent
Nazorat
muddatlari
Kuzatish muddatlari
Amaliyotlar
Kuzatish natijasi
mezonlari
Faolligi
shubhali
Nafas
Differensial diag-nostika
o‘tkazish zarur bo‘lgan
shaxslar va nafas a’zolari
6 oygacha
Ko‘rsatmaga ko‘ra,
vaksinatsiyadan keyingi
asoratlar sababli
Ftiziatr qonsultatsiyasi
IA guruhga
o‘tkazish.
Kuzatuvdan olib
a’zolari sili
hamda boshqa
lokalizatsiyadagi sil faol-
ligini aniqlash, shu-
ningdek bolalarda
sezgirligi xususiyati
sababini aniqlash
kimyoterapiya qilingan
vaqtda oyda 3 mahal. 6 oy
tashlash
Sildan
sog‘aygan
(shu
jumladan
spontan)
silga moyil
shaxslar
Faollik alomatlarisiz
o‘pkadagi va boshqa
a’zolardagi qoldiq
o‘zgarishlar
Ichki a’zolar-
ning surunkali
kasalliklariga
yo‘liqqan
shaxslarning
davomat tezligi,
shu
kategoriyadagi
shaxslarni
sog‘aytirish
uchun kerakli
davolash-
profilaktika
Umrbod kuzatuvga
quyidagi bemorlar kiradi:
sildan keyingi
o‘zgarishlari bor bemorlar
hamda qoldiq
o‘zgarishlarning katta-
kichikligi va alomatidan
qat’iy nazar
og‘irlashtiruvchi omili
bo‘lgan shaxslar.
qolganlar shu guruhga
kiritilgan vaqtidan boshlab
5 yil kuzatuvda bo‘ladi
Silga rezistentlikni
oshirish yo‘lida umumiy
sog‘ayish tadbirlari.
qo‘shilib kechayotgan
surunkali kasalliklar
xuruji vaqtida
kimyoprofilaktika kurslari
yoki organizmning
qarshiligini
zaiflashtiruvchi omillar
paydo bo‘lganda. Ishga
to‘g‘ri joylashtirish.
Retsidiv yo‘qligi.
Asosiy kasallik
bo‘yicha
nog‘ironlik
guruhidan chiqarish.
Sil kasalligi
yo‘qligi.
tadbirlari bilan
aniqlanadi.
keyin esa kuzatuvdan
chiqariladi. 24-36 oy.
bolalar va o‘smirlar borligiga, ularning sanitariya madaniyatiga e’tibor beriladi.
Bular quyidagilardan iborat.
1–muloqot - ota-onalar, oila a’zolari, bolalar.
2-muloqot - uyga kelib turadigan yaqin qavm-qarindoshlar, tanish-bilishlar.
3–muloqot – tanish-bilishlar, muqim yashaydigan joyi yo‘qlar, ko‘chib
yuruvchilar shular jumlasidan.
Bundan tashqari, mahalliy aholining urf-odatlarini ham hisobga olish zarur.
Sil infeksiyasi o‘choqlarini guruhlarga bo‘lish bemor ajratayotgan batsilla
miqdoriga, o‘choqda yosh bolalar va o‘smirlarning bor yo‘qligiga, bemorning
shaxsiy gigiena qoidalariga amal qilishiga bog‘liq. Sil tayoqchalarini ajratuvchi
barcha sil o‘choqlari atrofdagilar uchun xavfli bo‘lishi darajasiga qarab 3 guruhga
ajratiladi: epidemiologik jihatdan juda xavfli o‘choqlar birinchi guruhga mansub,
bu o‘choqlarda sil miko-bakteriyalarini ko‘plab ajratadigan bemorlar yashaydi.
Bunda xonadonda bolalar, o‘smirlar yoki homilador ayollar borligi yoxud
og‘irlashtiruvchi omillar, yashash sharoitining og‘irligi, bemor-larning tozalikka
rioya qilmasliklari ham hisobga olinadi.
Ikkinchi
guruhga
quyidagilar
kiradi:
epidemiologik
jihatdan
sil
mikobakteriyasini ajratuvchi bemorlar va sil o‘chog‘ida og‘irlashtiruvchi omillar
bo‘lsa ham, muloqotda yosh bolalari bo‘lmagan. Sil tayoqchasini ajratish jihatidan
xavfsiz bo‘lgan bemorlar ham shu o‘choqda yashaydilar, lekin bunda birorta ham
og‘irlashtiruvchi omil qayd qilinmaydi.
Uchinchi guruhga quyidagilar kiradi: epidemiologik jihatdan xavf
tug‘diradigan omil mavjud bo‘lgan, lekin bolalar yashamaydigan nisbiy o‘choqlar,
bu erda bakteriya ajratuvchilar kuzatiladi. O‘choqlarning tabiatiga qarab, uchastka
ftiziatri, SEN epidemiologi bilan birga 1-guruh o‘choqqa har uch oyda bir marta,
2-guruh o‘choqqa yarim yilda bir marta va 3-guruh o‘choqqa yiliga bir marta
borib turishlari kerak. Laboratoriyaning yaxshi ishlamasligi sababli, faol silga
chalingan bemorlarning bir qismida mikobakteriyalar topilmay qoladi, shu bois
epidemiologik xavfni kamaytirish maqsadida SMB ajratmaydigan dispanser
hisobida turgan 1-guruh bemorlar orasida epide-miologik chora-tadbirlarni to‘la
amalga oshirish zarur. Bundan tashqari, O‘zbekiston sharoitida bunday tadbirlar
fibroz-kavakli silda batsillyarlik bor-yo‘qligidan qat’iy nazar o‘tkazilishi lozim.
SHunday qilib, har bir sil o‘chog‘ida vrach epidemiologik kartasini, hamshira esa
uchastka hamshirasi kartasini to‘ldiradi. Bu hujjatlarda epidemiologik hisob
guruhi, yashash sharoitlari to‘g‘risidagi asosiy ma’lumotlar, qontaktlar va o‘choqni
sog‘lomlashtirish rejasi qayd qilinadi.
Statistik ma’lumotlar bo‘yicha, respublikada muloqotdagilar orasida
kasallanish hodisalari uncha ko‘p emas, shu sababli, kasallik belgilari aniqlangach,
barcha qontaktda bo‘lganlar (kattalar va bolalar)ni albatta hisobga olish shart. Ular
silga qarshi kurashish dispanserida to‘la to‘kis (kompleks) tekshirilishi (umumiy
qon tahlili, ko‘krak qafasi flyuorografiyasi va Mantu sinamasi qo‘yilishi) kerak.
Sil bemorlar bilan muloqotda bo‘lgan odamlarning kasallikni yuqtirmasligi
hamda kasallanishning oldini olish maqsadida ularni bolalar sanatoriysiga
joylashtirish yoki uy sharoitida nazorat qilinadigan kimyo profilaktikasini
o‘tkazish zarur. Sil bemorlar bilan muloqotda bo‘lganlar, dispanserda sil
tayoqchasini ajratuvchi bemor bilan birga bo‘lgan davr mobaynida va sil
tayoqchasini ajratish hisobidan chiqarilgandan keyin yoki bemor yashash joyidan
ko‘chib ketgandan yoxud vafot etgandan so‘ng bir yil mobaynida kuzatib turiladi.
Bundan tashqari, yo‘riqnomaga binoan muntazam ravishda joriy va uzil-
kesil dezinfeksiya qilinadi, iloji bo‘lsa, batsillyar bemorga alohida xona ajratish va
bemorlarning sanitariya madaniyatini oshirish bo‘yicha chora ko‘rish, sodda tilda
yotig‘i bilan ko‘nglini og‘ritmasdan suhbatlar o‘tkazish orqali gigiena qoidalarini
tushuntirish kerak. Sanitariya-gigiena tarbiya dasturida birinchi navbatda quyidagi
mavzularni ko‘zda tutish lozim:
1. Sanitariya-gigiena va dezinfeksiya tartibi.
2. To‘g‘ri ovqatlanish.
3. Bemor va oila a’zolarining shaxsiy gigienasi.
4. Dori-darmonlarni uzluksiz qabul qilib turishning zarurligi.
Afsuski, sanitariya targ‘ibotini to‘la to‘kis o‘tkazmaslik, rasmiyatchilik
oqibatida bemorlarning ko‘pchiligi sanitariya-gigiena qoidalarini yaxshi bilib
olmaydilar, bu esa atrofdagilar uchun kasallikni yuqtirish va epidemiologik
jihatdan xavf tug‘diradi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, bitta batsillyar bemor bir yilda 10 ta yangi kasal paydo
bo‘lishiga sabab bo‘lishi mumkin. Agar bemor pala-partish hayot kechirsa, bu
raqam 5-6, ba’zan esa 10 barobar oshib ketishi mumkin. SHu sababli, silga qarshi
kurashish dispanserining asosiy vazifasi, ayniqsa Respublikamiz sharoitida, sil
bemor bilan muloqotda bo‘lganlarning kasalla-nishiga yo‘l qo‘ymaslikdan iborat.
SHu sababdan, Respublika-mizning mintaqaviy xususiyatlarini hisobga olgan
holda, shahar va qishloq sharoitida ham sil infeksiyasi o‘choqlarida davolashni
to‘g‘ri, samarali o‘tkazish hamda epidemiyaga qarshi choralar ko‘rish zarur.
Bemorlar va aholining sanitariya madaniyatini oshirish uchun silga qarshi
dispanserlarda gigienik tarbiya xonalarini ochish kerak, bu erda shifokor bemorlar
bilan sil kasalligi haqida, sil o‘chog‘ida profilaktika qilish bo‘yicha nazariy va
amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazadi.
Bu xonalar ishining samaradorligini oshirish maqsadida bemorlar va
aholining bilimini oshirish bo‘yicha tanlovlar o‘tkazish, tashkilotchilar va
ishtirokchilarga mukofotlar belgilash kerak. Xonalarni ko‘rgazmali qurollar,
stendlar va plakatlar bilan jihozlash, ularda quyidagi mavzular ko‘rsatilishi kerak:
«Sil profilaktikasi», «Sil bedavo emas», «Infeksiya manbalari va tarqalish
yo‘llari», «Silning yuqish yo‘llari», «Bemorning shaxsiy gigienasi», «Sil
kasalligining qishloq xo‘jalik hayvonlari orasida tarqalishi». Sil o‘chog‘ida
yashaydigan bemorlar bilan suhbatlarda ftiziatr bilan birga SEN epidemiologi va
uchastka terapevti, pediatri ishtirok etishi muhim. Joylarda silga qarshi tadbirlarni
amalga oshirishda sanitariya-epidemiologiya stansiyasining nazorat idoralari
bevosita ishtirok etishi muhim ahamiyatga ega. SHu sababli, silga qarshi kurashish
dispanseri, SEN epidemiologi va MTSH bosh vrachining o‘rinbosari bilan silga
qarshi ishning barcha tomonlarini ko‘zda tutadigan rejalarni ishlab chiqishi kerak.
SEN xodimlari nazorat qiladigan va ishtirok etadigan asosiy tadbirlar
quyidagilardan iborat:
Birinchi navbatda, aholi orasida silni barvaqt aniqlash maqsadida profilaktik
ko‘rik majmuasi rejasini tuzish, bunda ko‘rikdan uyushmagan aholi, nospetsifik
xastalik sababli silga chalinishga moyil bo‘lgan guruhdan zaruriy qontingent va
shaxslarni 100 foiz o‘tkazilishiga jiddiy e’tibor berish lozim.
Bemorga, ayniqsa batsillyar va muloqotda bo‘lganlarga aloqador barcha
muammolar bo‘yicha sil o‘chog‘ida ftiziatr bilan birga ish ko‘rish SEN ning
ikkinchi muhim vazifasi hisoblanadi. Uchinchi, nihoyatda muhim vazifa –
bemorning yashash sharoitini yaxshilash va mahalliy shart-sharoitlarga, shahar va
qishloqda imqoniyatga qarab, ularga imtiyozlar berish kerak. SEN ning to‘rtinchi
muhim vazifasi, ayniqsa sil kasalligi tarqalishi jihatidan noxush hisoblangan
xo‘jaliklarda epizootologiyaga qarshi choralarni amalga oshirish ustidan nazorat
o‘rnatish zarur. Aralash qontakt (bemor va kasal hayvon) o‘choqlar epidemiologik
jihatdan juda xavfli hisoblanadi. Silning («aralash») o‘choqlarida siydikni, sil
mikobakteriyalariga bakteriologik tekshi-rish lozim. «Aralash» o‘choqlarni
aniqlash va sog‘lomlashtirish maqsadida tibbiyot va veterinariya xizmatlari
bevosita hamkor bo‘lishlari lozim. Beshinchi vazifa – dezinfeksiya choralarini
amalga oshirishdan iborat. Agar joriy dezinfeksiyani silga qarshi dispanser sil
bemor bor uyda o‘tkazsa, uzil-kesil dezinfeksiyani SEN ning dezinfeksiya bo‘limi
amalga oshiradi. Joriy dezinfeksiya 2 bo‘limdan: tabiiy va kimyoviy usullardan
iborat.
Tabiiy usulda muhit omillari, chunonchi quyoshning ultrabinafsha
nurlaridan foydalaniladi. SHu maqsadda batsillyar bemor yotgan xonani tez-tez
shamollatib turish, xonani ho‘l latta bilan artib, supurib, ichki kiyim, ko‘rpa-
to‘shak, yostiqni hovliga olib chiqib yoyish tavsiya etiladi. Kirni yuvgandan keyin,
albatta dazmollash, bemor ishlatgan idish-tovoqni qaynatish shart. Joriy
dezinfeksiyalashda kimyoviy dori sifatida xloramin ishlatiladi. Bir sil o‘chog‘iga
yiliga 5-6 kg.gacha dezinfeksiya vositasi ishlatiladi. Xloramin quruqligicha
xojatxonaga va bemor ajratgan balg‘amga sepiladi, shuningdek 5 foizli eritmasi
xonalarni artish va idish-tovoqlarni yuvishda ham ishlatiladi. Dezinfeksiya
tadbirlarini o‘z vaqtida sifatli o‘tkazish va xloraminning sifatli bo‘lishini SEN
nazorat qilib turishi muhim. SHuning uchun ham xloraminni to‘g‘ri saqlash kerak.
Necha marta yakuniy dezinfeksiya qilish o‘choqning epide-miologik
holatiga bog‘liq. YAkunlovchi dezinfeksiyani dezstansiya xabar olgan zahotiyoq
amalga oshiradi. O‘choqda 14 yoshgacha bolalar bo‘lganda bu ishni yiliga 2 marta
o‘tkazish kifoya qiladi. Bemor ko‘chib ketganda yoki vafot etganda, albatta
xonadonni boshdan-oyoq dezinfeksiya qilish kerak. O‘choqda dezinfeksion
vositani to‘g‘ri suyultirish, dezinfeksiya ustidan qat’iy nazorat o‘rnatish zarur.
Odatda vizual, bakteriologik va kimyoviy nazorat tavsiya etiladi.
Kimyoviy profilaktika deganda, tuberkulinga manfiy reaksiya beradigan,
ya’ni SMBni yuqtirmagan va sil bilan zararlangan sog‘lom shaxslarda silga qarshi
kimyoviy dorilarni qo‘llash tushuniladi. Sil o‘chog‘ida birlamchi va ikqilamchi
kimyoviy profilaktika o‘tkaziladi. Birlamchi profilaktika kasallikning oldini olish
maqsadida tuberkulinga manfiy reaksiya bergan, muloqotda bo‘lib, zararlanmagan
shaxslarda o‘tkaziladi. BSJ bilan emlash va qayta emlash sil bilan zararlanmagan
shaxslar uchun asosiy chora hisoblanadi. Ikqilamchi kimyoviy profilaktika sil bilan
zararlangan odamlarda o‘tkaziladi. Ularda faol silning klinik, rentgen belgilari
bo‘lmasada, kasallikning yuqish xavfi katta bo‘ladi. Aholining quyidagi
guruhlarida ikqilamchi kimyo profilaktika o‘tkazilishi kerak.
- Faol sil bemor bilan doim muloqotda bo‘ladigan sil bilan zararlangan
bolalar, o‘smirlar va katta yoshdagi kishilar.
- Sil mikobakteriyalarini birinchi marta yuqtirgan, klinik sog‘lom bolalar,
o‘smirlar va 30 yoshgacha bo‘lganlar (viraj).
- Tuberkulinga turg‘un giperergik reaksiya kuzatilgan shaxslar.
- Sil bilan zararlangan, lekin dispanser hisobiga olinmagan shaxslar.
- Sil kasalligidan so‘ng qoldiq o‘zgarishlar mavjud kishilar, ya’ni o‘pkaning
nospetsifik kasalliklari, jarrohlik muolajasini o‘tkazganlar, shikastlanishlar,
homilador ayollar, shuningdek, sildan davolangandan keyin katta qoldiq
o‘zgarishlar qolgan va xavfli epidemiologik muhitda yashaydigan kishilar.
- Har xil dorilar, jumladan, kortikosteroid gormonlar qabul qiluvchi, me’da
operatsiyasi o‘tkazgan shaxslar hamda hamroh kollagenoz, silikoz, sarkoidoz,
oshqozon-ichak, nafas yo‘llari surunkali xastaliklari mavjud sildan qoldiq
o‘zgarishlar bilan tuzalgan bemorlar.
Kimyoviy profilaktikada izoniazid qo‘llaniladi, bir kunlik dozasi bemorning
bir kg vazniga 8-10 mg. ni tashqil etadi.
Kimyoviy profilaktika 1 guruh o‘choqda sil bemor bilan muloqotda
bo‘lganda yiliga 2 marta 3 oycha 2-3 yil mobayinida, II guruh o‘choqda 3 oycha
1-2 yil davomida o‘tkaziladi. Mabodo bemor uyda davolansa, dorini 5-7 kunga
feldsher nazoratida qabul qilish uchun beriladi. Kimyoviy dorilarning nojo‘ya
ta’sirini kamaytirish maqsadida vitamin V1 va V6 qabul qilish tavsiya etiladi.
SHunday qilib, to‘g‘ri va muntazam o‘tkazilgan kimyoviy profilaktika
samaradorligi ko‘p yillik ilmiy kuzatishlarda muloqotdagi shaxslarning sil bilan
kasallanishini 1,5-2 marta, sog‘lom shaxslarning sil bilan zararlanishini 15-20
marta kamaytirishi tasdiqlangan.
Sanitariya maorifi
Profilaktika ishining samarador bo‘lishi sanitariya maorifiga bevosita
bog‘liq. Binobarin, sanitariya maorifini doimiy ravishda bekamu ko‘st, aniq,
tushunarli, sodda qilib o‘tkazib turish kerak.
Sanitariya maorifining ikki yo‘nalishi tafovut qilinadi.
1. Sog‘lom aholi o‘rtasida sanitariya targ‘iboti.
2. Sil bilan og‘rigan bemorlarni va oila azolarini gigienik tarbiyalash.
Mazkur yo‘nalish asosida silga qarshi kurashish dispanseri oylik ish rejasini
tuzishi kerak. Ish rejasida, eng avvalo, sil kasalligiga aloqador masalalar aks
ettirilishi, silni yuqtirmaslik uchun shaxsiy gigiena qoidalariga qat’iy amal qilish
va silga qarshi kurashishning zamonaviy yutuqlari qatorida bolalar, o‘smirlar
o‘rtasida spetsifik profilaktika, emlashning ahamiyati yoritilishi zarur.
Sanitariya maorifini amalga oshirishda birinchi navbatda, bemor atrofidagi
sog‘lom odamlar bilan sil kasalligining yuqumliligi, og‘ir asoratlari haqida
suhbatlar o‘tkazish lozim, ikkinchidan, qishloq aholisi, korxona va muassasalar
xodimlari o‘rtasida, bolalar muassasalarida hamda mahallalarda sanitariya
targ‘iboti ishlarini olib borish kerak. Suhbatlar tushunarli bo‘lishi uchun hayotdan
olingan ibratli voqealarni gapirib berish lozim. Eng muhimi, bemor odam sog‘lom
hayot kechirish – salomatlikning asosiy garovi ekanligini to‘la to‘kis tushunishi
zarur. Bundan tashqari, bemorning o‘zi ozodalikka puxta rioya qilishning
zarurligini tushunishi, turmushini tubdan o‘zgar-tirishi kerak. Bunday bemor bilan
quyidagi mavzularda suhbat o‘tkazish maqsadga muvofiq bo‘ladi:
1. Sil bilan og‘rigan bemorlarning kun tartibi.
2. Silni davolash.
3. Sanitariya va spetsifik profilaktikaning asosiy qoidalari.
4. Bemorning oilada va ishxonada ozoda, saranjom-sarishta bo‘lishi.
5. Zararli odatlardan voz kechish.
Sanitariya maorifi ishini amalga oshirishda har bir shifokor yoki hamshira
bemorlarning aql-zakovatini, ruhiy kayfiyatini hisobga olishi kerak, chunki
bemorlarning ruhi doimo tushgan bo‘ladi, kasalligidan siqiladi. SHifokor bemorga
kasallikning naqadar jiddiyligini tushuntirib, qunt bilan astoydil davolanishga va
tuzalishga harakat qilishi zarurligini tushuntirishi lozim.
Spirtli ichimliklar, sigaretalarning radio, matbuot va televideniyada keng
ko‘lamda tashviqot qilinayotgani tashvishlidir. Eng yomoni shundaki, shu tufayli,
ichqilikbozlar, giyohvandlar ko‘payishi mumkin. Ma’lumki, chet ellarda spirtli
ichimliklarni, sigaretani reklama qilish taqiqlangan, buning ustiga ularning narxi
baland, binobarin sog‘lom kishilarga va bemorlarga ham moddiy, ham ma’naviy
jihatdan katta zarar etkazadi.
SHuni esda tutish kerakki, sigareta chekib yurish surunkali nospetsifik
bronxit kasalligining rivojlanishiga olib kelishi mumkin. Bemor oilasida olib
boriladigan sanitariya maorifi ishida quyidagi masalalarni ko‘zda tutish zarur.
1. Parhez va gigiena qoidalariga amal qilish silni davolashda asosiy omil.
2. Bemor va oila a’zolarining shaxsiy gigienasi, joriy dezinfeksiya,
bemorning sifatli ovqatlanishi, u bilan muloqotda bo‘lganlarni tekshirish, uy joyni
saranjom-sarishta tutish, dorilarni muntazam ravishda qabul qilish, bolalarni
kasallik yuqishidan saqlash.
Sanitariya maorifi ishi juda murakkab bo‘lganligi sababli, ba’zi tibbiyot
xodimlari bu ishlarni amalga oshirishda, ko‘pincha, sovuqqonlik qiladilar.
SHuning uchun sog‘liqni saqlash muassasalari rahbarlari sanitariya targ‘iboti
ishlariga katta ahamiyat berishlari zarur.
Vaqtinchalik iqtisodiy qiyinchilik, ba’zan dori-darmonlarning etishmasligi
va bemorlarga tibbiy xizmat ko‘rsatishdagi qiyinchiliklar tibbiy xodimlardan
bemorlarga e’tiborli bo‘lishni, iloji boricha, ularga ma’naviy va moddiy yordam
ko‘rsatishni, shifokor qasamyodiga sadoqatli bo‘lishni talab etadi.
Silga qarshi xizmatni boshqarish uchun har bir viloyatda, viloyat, shahar
silga qarshi dispanserlari ishlab turibdi. Respublikada bu muhim ishga Ftiziatriya
va pulmonologiya ilmiy tekshirish instituti boshchilik qiladi.
Xullas, Respublikada silga qarshi xizmatni tashkil qilish mavjud direktiv
hujjatlar, Jahon Sog‘liqni Saqlash Tashkilotining takliflari asosida amalga
oshiriladi.
Ijtimoiy profilaktika
Ijtimoiy profilaktika ekologik holatni yaxshilashga, iqtisodiy ahvolning
yaxshilanishiga, tibbiy va umumiy madaniyatni hamda savodxonlikni oshirishga
yo‘naltirilgan. Ijtimoiy profilaktikani o‘tkazish mamlakatdagi ijtimoiy-iqtisodiy
holatga, olib borilayotgan siyosatga bog‘liq. O‘zbekistonda silga qarshi kurashish
sog‘liqni saqlashning ustuvor yo‘nalishi bo‘lib, uning asosida profilaktika ishlari
yotadi.
Bu ishlar davlatning me’yoriy hujjatlarida aks ettirilgan. Aholini sildan
himoyalash qonuni (2001), O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni Saqlash
vazirligining qator buyruqlari shular jumlasidan.
Ijtimoiy profilaktika epidemiologik jarayonning barcha sohalariga ta’sir
ko‘rsatadi, profilaktika tadbirlarini amalga oshirishda umumiy samarani aniqlash
uchun asos bo‘ladi.
Huquqiy-me’yoriy ta’minot
O‘zbekiston Respublikasi aholisini sildan muhofazalash
asosiy maqsadlardan bo‘lib, Oliy Majlis tomonidan tas-diqlangan «Aholini sil
kasalligidan muhofaza qilish» haqidagi O‘zbekiston Respublikasining qonunida
(2001 y.) aks ettirilgan. Ko‘rsatilgan qonunda fuqarolarning sog‘lig‘ini saqlash
uchun tibbiy yordam ko‘rsatish va tibbiy yordam olish huquqi bilan
mustahkamlangan.
O‘zbekistonda har bir fuqaro davlat tibbiyot muassasalarida sog‘lig‘ini bepul
tiklash, tibbiy yordam olish huquqiga ega.
Hozirgi vaqtda silga qarshi ishlarni muvofiqlashtirish uchun Respublika
Sog‘liqni Saqlash Vazirligi qator buyruqlar chiqardi. Jumladan, «O‘zbekiston
Respublikasida silga qarshi yordamni takomillashtirish tadbirlari» haqida buyruq
(SSV 23.11.1993 y. 591). Buyruqda silga qarshi dispanserlar, dispanser
bo‘limlarining, poliklinika qoshidagi xonalar maqomi ko‘rsatilgan. Sil bemorlar
sanatoriylari, silga qarshi maxsus bolalar muassasalari (maktab-internatlar, bolalar
bog‘chalari, yaslilari, mehribonlik uylari) maqomlari ishlab chiqildi. Silning klinik
tasnifi, silga qarshi dispanserlar hisobida turgan bemorlar guruhlari bo‘yicha
uslubiy ko‘rsatmalar berilgan. Bemorlarni kuzatish muddatlari, tekshirish usullari
ko‘rsatilgan. Bolalar va o‘smirlar o‘rtasida sil kasalligining profilaktikasi,
tuberkulin sinamasini o‘tkazadigan hamshiralarni tayyorlash, katta yoshdagi
kishilarni flyuorografiyadan o‘tkazish, bemorlarning mehnat ekspertizasi, kasbiy
reabilitatsiya uchun mehnat terapiyalarini amalga oshirishga bag‘ishlangan
ko‘rsatmalar ishlab chiqilgan.
O‘zbekiston Respublikasi SSV 24.11.1995 yil, 552-buyrug‘ida aholini
flyuorografiya ko‘rigidan o‘tkazishda faqat silga moyil guruhlarni va majburiy
guruhlarni tekshirish maqsadga muvofiq ekanligi ko‘rsatilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining 520 qaroriga
(07.12.1999 yil) asosan tug‘ish yoshidagi ayollar, pensionerlar, nog‘ironlar, yolg‘iz
qariyalar bir yilda bir marta flyuorografik ko‘rikdan o‘tkaziladi.
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 03.04.2003 yilda
160-buyrug‘i silga qarshi ishlarni takomillashtirishga qaratilgan bo‘lib, unda
DOTS strategiyasini amalga oshirish tadbirlari yoritilgan.
SIL KASALLIGI PROFILAKTIKASIDA TARG‘IBOT
ISHLARI
Sil kasalligi borasida sanitariya maorifi ishining paydo bo‘lishi tarixini
ko‘rib chiqar ekanmiz, uzoq tarixga borib taqalishi ma’lum bo‘ladi. Ayniqsa sil
ko‘zg‘atuvchisi kashf etilgandan keyin, bu ish rivojlandi va shu xastalikni
sanitariya jihatidan profilaktika qilishga yo‘l ochib berildi. 1899 yildayoq
Fransiyadagi parlament komissiyasi odamlarni erga tufla-maslikka o‘rgatish zarur,
deb uqtirgan. Ana shu fikr-mulohazalardan kelib chiqib, ko‘pgina davlatlar
(Fransiya, Angliya, Olmoniya, Rossiya)da sil haqida targ‘ibot ishlari boshlab
yuborildi. SHu nuqtai nazardan, ikkita yo‘nalish tafovut qilinadi. Birinchidan, aholi
orasida sanitariya targ‘iboti, ikkinchidan, aholini sil xastaligi haqida gigienik
tarbiyalash. Aholi orasida sanitariya maorifi ishi olib borishda quyidagi
masalalarga e’tibor berish lozim.
Ftiziatrlar aholi orasida sil to‘g‘risida tushuntirish ishlarini muntazam olib
borishlari zarur. Ma’lumki, bu dard odatda hech qanday belgi bermasdan zimdan
kechadi. Ammo xushyor bemor, odatda, organizmida qandaydir o‘zgarishlar sodir
bo‘layotganini payqaydi va o‘z vaqtida vrachga murojaat qiladi. SHu bois
tushuntirish leksiyalari va suhbatlari quyidagi masalalarga taaluqli bo‘lmog‘i
darkor. Kasallikning ilk belgilari, zimdan (yashirin) kechishi, profilaktik
ko‘riklarning muhimligini (flyuorografiya, tuberkulin bilan diagnoz qo‘yish)
tushuntirish lozim. Bu kasallikni o‘z vaqtida aniqlash, davolash va profilaktika
qilishning ahamiyatga juda katta ekani shundan ma’lum bo‘ladi.
Aholining sil kasalligi yuqumli ekanligini, uni tarqatish manbai, yo‘llarini
bilishi ayniqsa muhim. Bu kasallik tarqalishining asosiy manbai, faol sil turiga,
ayniqsa, batsillyar turiga chalingan bemor. SHunisi muhimki, kasallik qachon va
qanday sharoitlarda yuqishini bilish shart. Dispanser vrachlari tajribasi
ko‘rsatganidek, sil xastaligini kechikib aniqlanishiga olib keladigan sabablar
orasida ba’zi bemorlarning o‘z sog‘ligiga beparvo bo‘lishi yoki aholining ayrim
qatlamlari shu og‘ir dardning boshlang‘ich belgilarini bilmasliklari natijasida sil
avj alib ketadi. Tushuntirish ishida vrach ftiziofobiyaning oldini olishi zarurligini
unutmaslik lozim (ya’ni, silni yuqtirish xavfidan xaddan ortiq qo‘rqish), shu bilan
birga vrach aynan shu darddan qanday qilib saqlanish yo‘llari haqida odamlarni
ogohlantirishi zarur.
Silga qarshi targ‘ibot ishlari turli tuman. Birinchi navbatda bu ishni
bemorning turar joyida (sil o‘chog‘ida), ishlab chiqarishda, statsionarda, maktab
va bolalar muassasalarida, mahallada, qishloq joylarda, dala shiyponlarida amalga
oshirish lozim.
Odatda, sanitariya maorifi ishini suhbatlar o‘tkazish, ma’ruza o‘qish, radio,
tele-ko‘rsatuvlarda, mahalliy matbuot sahifalarida amalga oshirish kerak. Bu ishda
plakatlar, ko‘rgazmali qurollar va qisqa metrajli filmlar juda qo‘l keladi. Bu ish
statsionar sharoitida (umumiy va sil kasalliklari shifoxonalarida) olib borilganda
juda tushunarli bo‘ladi, chunki vrachda ana shu xastalikka doir hamma
ma’lumotlarni sodda til bilan tushuntirish imqoniyati bo‘ladi.
Bunda, birinchi navbatda, bemorning diqqat e’tiborini davolash tartibiga,
shaxsiy gigienaga amal qilishga, uyda, ishda o‘zini tuta bilishiga, zararli odatlardan
(chekish, ichqilik ichish) voz kechishga va sog‘lom turmush tarziga amal qilsa,
darddan xalos bo‘lishini tushuntirish lozim.
Tushuntirish ishini olib borishda bemor ruhiyatini va suhbatga reaksiyasi
qandayligini hisobga olish zarur, chunki tinglovchilar, ya’ni silga chalingan
bemorlar o‘ziga xos odamlar bo‘ladi, ular xastalanib qolganliklaridan qattiq iztirob
chekadilar. SHu bilan birga, bemorga kasalligini tushuntirish va hamma qoidalarga
amal qilish zarurligini uqtirish kerak. Bemor kasalligining naqadar jiddiyligini
anglashi lozim. SHundagina yaxshi natijaga erishsa bo‘ladi. Aks holda bemor
tuzalmaydi va jarayon surunkali turga aylanadi. Bemor, hozirgi kunda bu dardga
qarshi kuchli dorilar borligini va bu xastalikdan sog‘ayib ketishi mumkinligini
(agar tegishli qoidalarga amal qilsa) bilishi lozim. Nojo‘ya reaksiyalar vaqtinchalik
bo‘lishini va patogenetik preparatlar to‘g‘ri qo‘llanilganda noxush holat o‘tib
ketishini bemor bilishi kerak.
CHekish va ichqilikbozlikka qarshi kurashish g‘oyat muhim ahamiyatga
ega. O‘zbekiston sharoitida (Ovrupo davlatlariga qaraganda) ichqilikbozlik
unchalik xavf tug‘dirmaydi, ammo so‘nggi yillarda (ayniqsa yoshlar orasida)
ichqilikbozlikka va chekishga moyillikning ortib borishi qayd qilinmokda.
SHunday ekan, ichqilikbozlik va tamaki chekishning zarari xaqidagi tushuntirish
ishlari ayniqsa ahamiyatli (nospetsifik patologiya, me’daning yara kasalligi va 12
barmoq ichak xastaligi, surunkali gepatit ana shu kasofatdan kelib chiqadi).
Ichqilikbozlik va tamaki chekish bilan bir qatorda, so‘nggi paytlarda
giyohvandlik muhim muammo bo‘lib qolmoqda, bu kasofat ham yildan-yilga
ko‘payib bormoqda. Ma’lumki, silga chalingan, giyohvandlikka mubtalo
bo‘lganlar sog‘ qolmaydilar. OITS yuqtirgan bemorlar soni
ham ortib bormoqda.
SHunday qilib, ftiziatriyada yangi muammolar paydo bo‘lyapti, ularni
ftiziatr boshqa mutaxassislar bilan birga hal qilmog‘i zarur. Sil kasalliklari
muassasalarida (statsionar, sanatoriy, dispanser) sanitariya burchaklari tashqil
etilishi lozim, bu erda gazetalar bilan bir qatorda chekish, ichqilikbozlik,
giyohvandlikning sog‘liqqa zarar keltirishi haqida ilmiy-ommabop risolalar,
plakatlar (o‘zbek va rus tillarida) bo‘lishi shart.
Bemorni qiziqtiruvchi masalalarga oid savol javob qutilarini tashqil etish
mumkin. Uy sharoitida tarbiyaviy ishlarni tashqil etish g‘oyat muhim. Bu erda,
asosan, ekzogen infeksiya hisobiga sil kasalligi shakllanadi. SHu bilan birga, sil
yuqqan bemor oilaviy ahvoliga qarab, odat bo‘lib qolgan an’analar va rasm-
rusumlarni hisobga olgan holda tibbiyot xodimlarining sanitariya-gigiena tartibi
haqidagi tavsiyalariga rioya qilmog‘i kerak.
Sanitariya maorifi ishini olib borishda bemor oila a’zolarining aqliy,
madaniy va tibbiy saviyasi, o‘z kasalligiga munosabati inobatga olinadi. Sanitariya
maorifi ishlariga, tashqiliy-uslubiy rahbarlik sil kasalliklari muassasasi
rahbarining zimmasiga (bosh vrach yoki uning muovinlariga, silga qarshi
dispanserning bo‘lim mudiriga) yuklanadi.
Muassasaning rahbari imqoniyatiga qarab, o‘zi xizmat qiluvchi tumanda
sanitariya maorifi ishlari o‘tkazishni reja-lashtirishi, vrachlar, patronaj uchastka
hamshirasi, sil bo‘yicha feldsher vazifalarini belgilab berishi hamda ularni
ommabop adabiyotlar bilan ta’minlashi zarur. Sil bo‘yicha feldsherning har bir
qishloq joyida ana shu ishni o‘tkazishdagi ahamiyati, ayniqsa muhim. Feldsherlar
bevosita funksional vazifalari bilan bir qatorda tumanda yashaydigan bemorlar
orasida sanitariya maorifi ishini faol amalga oshirishlari, suhbatlar, leksiyalar,
ishtirokchilar soni va qaerda o‘tkazil-ganligini ochiq oydin yozib qo‘yishlari lozim.
Dispanser bosh vrachi sanitariya maorifi ishi bo‘yicha yordamchisini
(sanitariya
maorifi
ishini
uyushtiruvchini)
tayinlaydi,
bu
yordamchi
o‘tkazilayotgan ishlarni hisobga oladigan kitobni to‘ldirib boradi va hisobot tuzadi.
Hozirgi kunda respublikamizda sog‘liqni saqlash sohasida amalga
oshirilayotgan islohotlar munosabati bilan sanitariya targ‘ibotining tutgan o‘rni
ancha oshdi. SHu sababli, Salomatlik markazlarining sanitariya maorifi ishini
ilmiy-tekshirish institutiga aylantirish haqida qaror qabul qilindi. Viloyatlarda shu
muassasaning shahobchalari barpo qilinmoqda. Bizning hisoblashimizcha,
Salomatlik markazini ilmiy muassasaga aylantirish ana shu muhim ishlarni
rejalashtirish va amalga oshirish uchun yangi kuchli turtki bo‘ladi.
Sanitar profilaktika. Sanitar profilaktikaning bevosita maqsadi bo‘lib sog‘lom
odamlarning MBT bilan zararlanishining oldini olish va ularni maishiy hayotda,
shuningdek ishda ham tuberkulyoz infeksiyasi bilan muloqoti judayam kam xavf
tug‘diradigan sharoit yaratish hisoblanadi. Sanitar profilaktika avvalo bakteriya
ajratuvchi manbaga va tuberkulyoz qo‘zg‘atuvchisining yuqish yo‘llariga
yo‘naltiriladi.
MBT manbalari bo‘lib tashqi muhitga tuberkulyoz qo‘zg‘atuvchisini
ajratuvchi kasal odamlar (antroponoz tuberkulyoz) va hayvonlar (zoonoz
tuberkulyoz) hisoblanadi.
Bakteriya ajratuvchilar tashqi muhitga ko‘p miqdorda MBT ajratuvchi faol
tuberkulyoz bilan kasallangan odamlar va hayvonlar kata epidemik xavf tug‘diradi.
Bu holda mikobakteriyalar patologik material yoki bemordan olingan bir qator
biologik substratlarni bakteriologik tekshirganda aniqlanadi.
Nafas a’zolari tuberkulyoz bilan shikastlangan va tuberkulyoz bilan
shikastlanish sohasida destruksiya mavjud bemorlar tuberkulyoz infeksiyasining
eng xavfli manbasi hisoblanadi. Bunday bemorlar yo‘talganda, aksirganda, baland
ovozda gapirganda tupugi orqali ko‘p miqdorda MBT ajratishadi. Bakteriya
ajratuvchi bemor atrofidagi havo MBT ni o‘zida saqlaydi. Bunday havoning
sog‘lom odam nafas yo‘llariga o‘tishi uning osongina MBT bilan zararlanishiga
olib keladi.
O‘pkadan tashqari tuberkulyoz bilan xastalanganlardan oqma yara, siydik,
hayz qani va boshqa ajralmalarida MBT topiladigan bemorlar bakteriya
ajratuvchilarga kiritiladi. Bu bemorlar unchalik kata epidemik xavf tug‘dirmaydi.
Punksiya, biopsiya va operatsiya materialini eqilganda MBT o‘sishi
kuzatiladigan bemorlar bakteriya ajratuvchilar sifatida qayd etilmaydi.
Faol tuberkulyoz bemorlari haqida ma’lumotlar mavjud barcha tibbiy
muassasalar (shu jumladan ayollar maslahatxonasi ham) o‘zaro axborot
almashishadi. Birinchi marta faol tuberkulyoz aniqlangan har bir bemorga
(jumladan tuberkulyozdan o‘lganda ham) tashxis aniqlangan joydagi shifokor
hayotida birinchi marta tuberkulyoz bilan kasallangan bemor haqida xabarnoma
to‘ldiradi. MBT ajratayotgan bemor haqida shifokor hududiy DMSEN uchun
qo‘shimcha shoshilinch xabarnoma to‘ldiradi.
Tuberkulyoz tashxisi tasdiqlangan taqdirda tuberkulyozga qarshi dispanser 3
kun davomida tuberkulyoz aniqlangan bemor haqidagi ma’lumotlarni tuman
poliklinikasiga, shuningdek bemorlarning o‘qish yoki ish joyiga uzatadi. Bemor
haqida tuman uyo-joy boshqarmasiga bemor yashagan xonadjonga yangi kishilar
ko‘chib
kirmasligi
yoki
tuberkulyoz
bemorlarining
boshqa
kommunal
xonadonlarga ko‘chib o‘tmasligi uchun xabar beriladi.