Tuberkulyozni davolash usullari. JSST ko‘rsatmasiga asosan davo natijasi monitoringi va baxolash. Tuberkulyozning dorilarga turg‘un turi va davolash taktikasi.
Yuklangan vaqt
2025-09-06
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
45
Faytl hajmi
372,5 KB
Amaliy mashg‘ulot
Amaliy mashg‘ulot mavzusi:
Tuberkulyozni davolash usullari. JSST ko‘rsatmasiga asosan davo natijasi
monitoringi va baxolash. Tuberkulyozning dorilarga turg‘un turi va davolash
taktikasi.
1. Mashg‘ulot o‘tkazish joyi, jixozlanishi:
- ftiziatriya kafedrasi; VSQKD terapevtik, jarroxlik bo‘limlari; muolaja xonasi,
silga qarshi preparatlar, TB 01, mavzu bo‘yicha bemorlar;
- jadvallar majmuasi, uslubiy qo‘llanmalar,
- TSO: Kachkachev apparati, ignalar, silga qarshi preparatlar, TB 01,
rentgenogrammalar, 17-mashg‘ulotning kompyuter taqdimoti.
2. Mashg‘ulotning davomiyligi – 5 soat
3. Mashg‘ulotning maqsadi:
Talabalarga bemorlar preparatlarni ko‘tara olishiga qarab silning turli klinik
shakllarida davolash rejasini tuzishni va patogenetik terapiya usullarini birga
qo‘llashni o‘rgatish.
O‘qitishdan maqsad.
- antibakterial (AB) preparatlar guruxini tanishtirish.
- AB preparatlar ta’siri va qo‘llashga ko‘rsatma hamda qarshi ko‘rsatmalarni
aniqlashni tanishtirish.
- tuberkulinoterapiya, kollapsoterapiya va jarroxlik davolash usullariga
ko‘rsatmalar bilan tanishtirish.
Talaba bilishi kerak:
- AB preparatlarning zamonaviy guruxlarini.
- xar bir preparatning ko‘rsatma va qarshi ko‘rsatmalarini.
- tuberkulinoterapiya, kollapsoterapiya va jarroxlik davolash usullarining
ko‘rsatmalari hamda qarshi ko‘rsatmalarini.
Talaba bajara olish lozim:
- klinik ma’lumotlarga MBTni AB preparatlarga sezgirligini aniqlashni.
- statsionar sharoitda nazoratli davolashni tashqillashtirishni.
- tuberkulinoterapiya, kollapsoterapiya va jarroxlik davolash usullarini o‘tkazish
zaruriyatini aniqlashni.
- desensibilizatsiyalovchi va gormonal terapiya o‘tkazishga tavsiya berishni.
- to‘g‘ri ovqatlanish, sanator-kurort davolanishga zaruriyat bo‘lsa tavsiya berishni.
Talaba amaliy ko‘nikmaga ega bo‘lishlari kerak:
- AB preparatlar ta’siri, qo‘llanilishiga ko‘rsatmalar va qarshi ko‘rsatmalarni.
- kompleks davoni o‘tkazishni.
- tuberkulinoterapiya, kollapsoterapiya va jarroxlik davolash usullarini o‘tkazish
tavsiyalarini.
- to‘g‘ri ovqatlanish tartibiga rioya qilish, dam olish, qulay klinik sharoitlarda
davolanishga tavsiya berishni.
44.. M
Moottiivvaattssiiyyaa
Sil bilan kasallangan bemorlarni kompleks antibakterial davolash
umumquvvatlovchi,
dezintoksikatsiyalovchi,
desensibilizatsiyalovchi,
vitaminoterapiya fonida olib borishga asoslanadi. Zaruriyat bo‘lsa davoni
tuberkulinoterapiya, kollapsoterapiya, shuningdek jarroxlik davolash usullari
bilan birgalikda olib boriladi.
Patogenetik terapiya sifatida to‘g‘ri ovqatlanish, dam olish, shuningdek
sanator-kurort sharoitlarda davolanishga tavsiya berish kerak.
5. Fanlararo va fan ichida bog‘liqlik
Ushbu mavzuni o‘qitish talabalarning o‘pka va boshqa a’zolarning anatomik
tuzilishi, normal va patologik fiziologiyasi, yuqori nafas yo‘llari va boshqa a’zolar
funksiyasi xaqida bilimlari; mikrobiologiya – sil mikobakteriyasini aniqlash va
xususiyatlarini
o‘rganish,
shuningdek,
terapiya,
xirurgiya,
ginekologiya,
rentgenologiya, yuqumli kasalliklar, endokrinologiya, gematologiya, urologiya,
teri-tanosil kasalliklari, oftalmologiya kabi fanlar bilan bir qatorda sil kasalligini
boshqa kasalliklar bilan qiyosiy tashxislashga asoslanadi.
6. Darsning mazmuni
6.1. Nazariy qism.
Sil bemorlarni davolash
O‘pkaning sil kasalligi bilan kasallangan bemorlarni davolashdan asosiy
maqsad, kasallikning klinik belgilarini yo‘qotish va patologik o‘zgarishlarni to‘la
tuzalib ketishidan iborat.
3amonaviy bosqichda ko‘pchilik bemorlarda davolashning bunday natijasiga
erishishning turli xil sabablariga ko‘ra ilojisi yo‘qdir. Ularning xayotini uzaytirish
va xayot sifatini yaxshilash, iloji boricha bakteriologik ajratmalarni to‘xtatish yoki
kamaytirishdan iboratdir.
Sil kasalligining turli xil shakllarini davolash kompleks ravishda olib boriladi.
Kompleks davolashning asosiy uslublaridan biri gigieno-dietik rejim fonidagi
etuotrop xumuoterapuyadur. Ahamiyatiga ko‘ra ikkinchisi xirurgik davolashdir.
SHu qatorda kollapsoterapiya, turli xil patogenetik va nospetsifik vositalar,
sanator-kurort davolanishlar qo‘llaniladi.
Ximioterapiya
Sil kasalligining turli shakllarini davolashda va lokalizatsiyasida, MBTga
samarali ta’sir etuvchi xususiyatga ega bo‘lgan dori vositalari qo‘llaniladi. Bu
hamma vositalar sil kasalligiga qarshi dori vositalar, o‘tkazilayotgan terapiya -
antibakterial yoki etiotrop, ya’ni sil kasalligini ko‘zg‘atuvchisiga ta’sir etuvchi deb
ataladi.
Qisqartirish va qulaylik uchun "ximioterapiya" termini keng qo‘llanildi. Sil
kasalligining ximioterapiya prinsiplariga o‘tgan asrning 50-yillarida asos solingan
bo‘lib, keyingi o‘n yilliklarda fizioterapiya, farmakologiya, tibbiyotning
taraqqiyoti bilan birgalikda mukammalikka erishildi. Ular ishlab chiqarilgan
standartlarda
o‘z
aksini
topdi,
normativ
xujjatlarda
tasdiqlandi
va
ximioterapiyaning asosini tashqil etdi.
Samarali ximioterapiya uchun sil kasalligi ko‘zg‘atuvchisini zudlik bilan
yo‘qotish va asosiy sil kasalligiga qarshi dori vositalariga chidamlilikka ega
bo‘lgan mutantlikni xosil bo‘lishini oldini olishdan iborat. Sil kasalligi
ximioterapiyasi ikki bosqichdan iborat.
Birinchi bosqich - davolashning jadal fazasi. Uni MBT ning iloji boricha
maksimal sonini yo‘qotish va bakterial populyasiyani sezilarli darajada
kamaytirish uchun o‘tkaziladi. Davolashning jadal fazasi kasallikning o‘tkir
ko‘rinishini yo‘qotishdan, bakteriya ajratmalarni to‘xtatish va jaroxatlangan
a’zolarda ishdan chiqishni bartaraf etishdan iborat.
Ikkinchi bosqich - davolashni to‘ldiruv fazasi. U erishilgan natijalarni
mustaxkamlash uchun zarurdir. Bu bosqichda saqlanib qolgan MBT ga ta’sir etib,
ularni ko‘payishini oldi olinadi. Ikki bosqichli davolash sil kasalligi jarayoni
involyusiyasi ketma-ketligiga ta’sir etadi, klinik tupg‘un samara beradi va sil
kasalligi
reaktivatsiyasini
oldini
oladi.
Sil
kasalligi
ikki
bosqichli
ximioterapiyasining asosiy prinsiplari:
1) erma boshlash;
2) opmumal davomiylik va uzluksizlik;
3) dori vosimalarini kombinatsiyasini qo‘llash;
4) komplekmlik;
5) davolashni nazoram qulish;
Davolashning samaraliligini sezilarli darajada ko‘tarish sil kasalligini o‘z
vaqtida diagnostika qilish, o‘pka va boshqa a’zolarning morfologik o‘zgarishini
rivojlanishini oldini oluvchi ximioterapiyani boshlashdan iborat. Sil kasalligi bilan
kasallangan bemorlarni puxta va qisman tez davolash, kasallik aniqlangandan
keyin darxol davolashni erta boshlash bilan amalga oshiriladi.
Davolashning davomiyligi yaxshi samara beradi. Xaddan tashkari qisqa kurs
yoki ximioterapiyadan erta bosh tortish, puxta klinik samaraga erishilishini keltirib
chikaradi. Buning natijasida kasallikning zo‘rayishiga va sil kasalligi jarayonining
progressirlanishi yuzaga keladi. SHu tariqa xaddan tashqari ximiopreparatlarini
uzoq qabul qilish oqlanmagan.
U zararli reaksiyalar xavfi ostida bo‘lib, bemor organizmida to‘qima
metabolizmi
buzilishini
keltirib
chiqaradi
va
MBT
dori
vositalariga
sezuvchanligini sekin astalik bilan pasaytirib boradi. Sil kasalligi bilan kasallangan
bemorning xolati bir necha xaftalik davolashdan so‘ng yaxshilanib borishi
mumkin. Bund yaxshilanish ba’zi xolatlarda davolanishni davom ettirishga xojat
yo‘q ma’nosida, dori vositalarini qabul qilishni to‘xtatib qo‘yishga sabab bo‘lishi
mumkin.
Bunday xolatlarni oldini olish maqsadida, sil kasalligi bilan kasallangan
bemorlarga kasallik xususiyatlari xaqida tushuntirish, davolash davomida kasallik
dinamikasi xaqida axborot berish zarur. Bunday taktika bemorda uzoq vaqt
terapiya o‘tkazishning zarurati xaqida ishonch xosil bo‘ladi va uni o‘tkazishga
yordam beradi.
Ximioterapiyaning muddatini aniqlashda kasallikning davomiyligiga oldingi
davolash ma’lumotlariga, sil kasalligi jarayoni xususiyatlariga va uning
dinamikasiga,
shu
jumladan
tanlangan
davolash
rejimining
terapevtik
imqoniyatlariga e’tibor beriladi.
Sil kasalligini o‘z vaqtida diagnostika qilish natijasida, birinchi marotaba
aniqlangan bemorlarda zudlik bilan boshlangan ximioterapiyaning jadal fazasi 2-4
oyni, davolashning to‘ldiruv fazasi - 4-6 oyni tashkil qiladi (hammasi bo‘lib 6-10
oy). Kasallik kechiktirib aniqlangan xolatlarda esa, terapiyaning davomiyligi,
odatda, qisman uzaytirilgan bo‘lib, ko‘pincha bir necha yilni tashqil qiladi.
Sil kasalligi ximioterapiyasining asosiy qoidalaridan biri kombinirlangan turli
xil mexanizmli ta’sirga ega bo‘lgan dori vositalarini qo‘llashdir. U biologik faolligi
bilan ajralib turuvchi turli to‘qima strukturasi ichki va to‘qimadan tashkari
joylashgan MBT ga ta’sirini ta’minlaydi. Bitta preparat bilan davolash natijasini
xar doim ko‘taruvchi natijaviy bakteriostat va bakteriotsid samara yuzaga keladi.
Bu xolatlarda MBT yo‘qolishi tezrok amalga oshadi, dori vositalariga
chidamlilik kamayadi. Bunday taktika davolashning birinchi bosqichida
aniqlanganligi shundaki, ko‘zg‘atuvchining sil kasalligiga qarshi preparatlarga
sezuvchanligi kasallik birinchi marotaba aniqlangan bemorlarda aniqlanmagan
bo‘lib, zarur bakteriologik tekshirishlarni olib borish uchun bir necha xafta zarur
bo‘ladi. SHu tariqa, erta boshlangan davolash samaralidir.
SHuning uchun ximioterapiyaga preparatlar kombinatsiyasini qo‘llash bilan
kirishiladi
va
mikrobakteriyalarning
ularga
bakteriologik
sezuvchanligini
aniqlashni kutib o‘tirilmaydi.
Davolashning birinchi bosqichida asosan sil kasalligiga qarshi 4 ta preparat
birdaniga buyuriladi. Ba’zi xollarda jaroxatning kichik ko‘rinishida va
bakterioajralmaning yo‘qligida 3 ta preparat bilan chegaralaniladi. Sil kasalligi
kech aniqlanganda esa, jaroxatlanishning katta davomiyligida, ko‘pgina destruktiv
o‘zgarishlarda, bakterioajralmaning ko‘pligida, shu jumladan MBT ning dori
vositalariga chidamliligida ximioterapiyaga 5 ta va undan ortik preparatlar
kiritiladi.
Ximioterapiya preparatlarining to‘g‘ri dozirovkasida va ularni uzluksiz qabul
qilishda yaxshi samara beradi. Qon va to‘qimada preparatlarning yuqori
konsnetratsiyasida yaxshi samaraga erishiladi. SHu maqsadda davolash sxemasiga
kiritilgan xar bir preparatning xar kungi sutkalik dozasini bemor bir marotabada
qabul qiladi.
Xar bir preparatni sutkalik dozasini qabul qilish intervali, iloji boricha qisqa
bo‘lishi kerak. SHu tarika preparatlarning konsnetratsiyasi yuqori darajasiga
erishilganda qonda va undan keyin to‘qimada deyarli bir vaqtda MBT metabolizmi
turli zvenolarga birato‘la ta’sir etadi.
Preparatni xar kungi bir merotabalik sutkalik dozasini qabul qilish
davolashning birinchi fazasida katta ahamiyatga ega. Ikkinchi fazada esa sil
kasalligiga qarshi preparatlarni intermitirlangan qabul qo‘llanilishi mumkin
(xaftasiga 2-3 marotaba), bunda bemor yaxshi qabul qilib, xavfli reaksiyalarning
extimolini kamaytiradi.
Dori vositalarini yuborish yo‘llari shikastlanish zonasida ilojiboricha yuqori
konsnetratsiyani ta’minlashi kerak. Buning uchun davolashning birinchi fazasida
dori vositalarini parenteral yuborishni qo‘llash mumkin. Ikkinchi fazada esa dori
vositalarini ichish yo‘li bilan qabul qilish afzalroqdir.
Sil kasalligi ximioterapiya jarayonida ba’zi xollarda dori vositalarining
ta’siridan zararli natijalar yuzaga keladi. Bunday xollarda qabul qilish uslubi
o‘zgartiriladi. Dori vositalarini ko‘tara olishini yaxshilash uchun ko‘p xollarda
preparatni sutkalik dozasini yoki intermittirlangan buyurtmani qabul qilishda
taqsimlash amalga oshiriladi. SHu tariqa qabul qilish orasidagi intervalini oshirish
yoki ularni yuborish yo‘lini o‘zgartirish mumkin.
Sil kasalligi shakllarining xilma xilligi, sil kasalligi jarayoni dinamikasi
xususiyatlari, turli bemorlarning dorilarni ko‘tara olishining xilma xilligi hamma
xollarda ham ximioterapiyani standart sxema asosida olib borishni imkoni
bermaydi.
Xar bir bemorni davolash, kasallik xususiyatini va bemorning o‘ziga xosligini
e’tiborga olgan xolda amalga oshiriladi. Buning uchun vrach sil kasalligiga qarshi
aloxida preparatlarni ularning standart kombinatsiyalarini bilibgina qolmay, balki
zarur xollarda turli preparatlarni qo‘llashni bilishi kerak.
Ba’zi xollarda sil kasalligi ximioterapiyasini samaraliligini gigieno-dietik
rejimni qo‘shimcha nospetsifik patogenetik va simptomatik dori vositalarini
qo‘llamasdan turib amalga oshirib bo‘lmaydi. Ba’zi xollarda kollapsoterapiya yoki
operativ aralashuv zarur bo‘ladi.
Ximioterapiyaning etiotrop maksimal samarasi sil kasalligi bilan kasallangan
bemorni kompleks davolash sharoitida amalga oshiriladi.
Sil kasalligining ximioterapiyasi kecha kunduz davom etadigan yoki
kunduzgi statsionarda, ambulatoriya yoki sanator-kurort sharoitlarda o‘tkaziladi.
Davolashning hamma diagnostik, profilaktik tadbirlarini va nazorat ketma-ketligini
o‘tkazishda davolash jarayonining bu zvenolarida qontakt, o‘zaro aloqa va izchillik
zarurdir. YAxshi tashkiliy variant, bu bemorni uzluksiz bitta vrachning kuratsiyasi,
u ftiziatriyada yuqori. kvalifikatsiyaga ega bo‘lishi, aralash mutaxassislarga
qonsultatsiyaga imqoniyati bo‘lishi kerak.
Ximioterapiyaning samaraliligining asosiy shartlaridan biri bu sil kasalligiga
qarshi preparatlar - xar kungi yoki intermittirlangan preparatlarni doimiy qabul
qilishdir. Davolashda asoslanmagan uzilishlarga yo‘l qo‘yilmaydi.
Bu sil kasalligi bilan kasallangan bemorlarni tuzalib ketish extimolini
pasaytiradi va MBT ning dori vositalariga chidamliligini oshiradi. Davolashda
orada uzilish yuzaga kelganda, sil kasalligi jarayonining progressirlanish xavfi
oshadi, kasallikning qiyin tuzaluvchi shakli yuzaga keladi. Terapiya qancha
uzluksiz olib borilsa, unga shuncha kam vaqt sarflanadi.
Dori vositalarini noto‘g‘ri va doimiy qabul qilmaslik turmush tarzining
normada emasligidan dalolat beradi, bu doimiy yashash joyiga ega emasligi, zararli
odatlar, umumiy madaniyatning pastligi, aql-zakovatning yo‘qligidandir.
Vrachning zarur vazifalaridan biri, bemorga uning qarindosh urug‘lariga
davolashning samarali bo‘lishi uchun sil kasalligiga qarshi dori-vositalarini qabul
qilish doimiy ravishda amalga oshirilishi zarurligini tushuntirishdir. Turli xil
tushuntirish yo‘llari bilan bemorga dori vositalarini o‘z vaqtida doimiy ravishda
qabul qilishni, uni buzishni ma’naviy javobgarligini xis etishini tushunishiga
erishish darkor ("ximioterapiyani o‘zi nazorat qilish").
SHu tariqa sil kasalliklariga qarshi preparatlarni qabul qilish o‘z vaqtida
nazorat qilib borish zarurdir. Afsuski, ximioterapiyani nazorat qilishning mavjud
uslublari - tibbiyot xodimlari ishtirokida dori vositalarini qabul qilish, qon va
siydikda dori preparatining konsnetratsiyasini aniqlash - bularning hammasi
doimiylikni xar doim ham ta’minlay olmaydi. Bunday xolatlarda davolashning
samaradorligi pasayishidan qochib bo‘lmaydi.
Sil kasalligining samarali ximioterapiyasi uchun avvalambor uni erta
boshlash, optimal davomiylik va sil kasalligiga qarshi preparatlarning ratsional
kombinatsiyasini doimiy qabul qilish zarur.
Sil kasalluguga qarshu xumuopreparatlar
Klinika sharoitida sil kasalligiga qarshi preparatlar 2 ta guruxga bo‘linadi.
Birinchi guruxga sil kasalligiga qarshi 5 ta preparatlar kiritilgan: izoniozid,
rifampitsin, pirazinamid, etambutol va streptomitsin. Ular asosiy yoki birinchi
qatordagi preparat deb ataladi va sil kasalligi birinchi marta aniqlangan bemorlarga
buyuriladi.
Ikkinchi
guruxga:
tropionamid
(etionamid),
kanamitsin,
amikatsin,
kapreomitsin, sikloserin, rifabutin, PASK va ftorxinolonlar - ofloksatsin,
levofloksatsin, miksifloksatsin kiradi. Ikkinchi gurux preparatlari rezerv qatop
preparatlari deb ataladi va MBT birinchi qator preparatlariga chidamliligi bilan
ajralgan bemorlarga qo‘llaniladi
Sil kasalligiga qarshi preparatlar
Preparat
guruxlari
Nomlanishi
Umumqabul
qilingan
qisqartmala
r
Preparatning xalkaro
nomlanishi
Asosiy
Izoniazid
N
Izoniazid
Rifampitsin
R
Rifampicin
Pirazinamid
Z
Pyrazinamid
Etambutol
E
Ethambitol
Streptomitsin
S
Streptomycin
Rezerv
Protionamid (etionamid)
Pt
Prothionamide
(Ethionamide)
Kanamitsin
K
Kanamycin
Amikatsin
A
Amicacin
Kapreomitsin
Sar
Capriomicin
Sikloserin
Cs
Cycloserine
Rifabutin
R
Rifabutin
PASK
PAS
Para- aminosalicylicacid
Ftorxinolonlar
(ofloksatsin,
lefloksatsin,
moksifloksatsin)
Fg
Ofloxacin, levofloxacin,
moxifloxacin
Asosiy preparatlar
Izoniazid (H) - gidrazid izonikotin kislotali - o‘tkir spetsifikaga ega
yuqori samarali sil kasalligiga qarshi preparat. MBT ga izoniazidning ta’sir etish
mexanizmi ularning DNK fosfolipid sintezini bosish va devor butligini buzilishini
oldini olish. Preparat xayot uchun zarur mikrobakteriyalar va temir kationini
tashqi va ichki to‘qimalari bilan birlashuvini ta’minlaydi va oksidlanish jarayonini
blokirovkalaydi. Izoniazidning yuqori konsnetratsiyasida bakteriotsid ta’sir
yuzaga keladi.
Ichiga qabul qilishda izoniazid tez so‘riladi, ekssudativ va kazeonekrotik
yallig‘langan zonalarga yaxshi o‘tadi. Asosan N atsetiltransferaza fermenti
ishtirokida atsetilanish yo‘li bilan izoniazid jigarda metabolizmlanadi.
Atsitillanish tezligi genetik faktorlarga bog‘liqdir, ko‘pchilik evropa
davlatlarida tez va sekin atsetillanish nisbati 1: 1ni tashkil etadi. Tez va sekin
atsetillashida taxminan bir xil bo‘lgan izoniazid konsnetratsiyasi boshlang‘ich
cho‘qqisidan keyin, plazmadagi preparat konsentratsiyasi sekin pasayadi.
Izoniazid uzilish bilan qabul qilinganda (xaftasiga 2-3 marotaba) uning
samarasi sekin atsitillanishga nisbatan yuqoridir.
Izoniazidning sutkalik davolash dozasi 5-15 mg-kg. Sutkalik dozani bir
martada qabul qilish, taqsimlab qabul qilishga nisbatan samaralidir. Izoniazid
odatda ichishga buyuriladi, ammo uni mushak orasiga yuborish yoki tomir ichiga
oqizish, tomizish, traxeya ichiga, kaverna ichiga, plevra ichiga, endolyumbal yo‘l
bilan yuborish mumkin.
Izoniazid kam toksik bo‘lgan dori vositasidir. Zararli reaksiyalar odatda
markaziy va periferik asab tizimi yoki jigar tomonidan kuzatiladi. Izoniazid bilan
davolashda alkogol qabul qilish mumkin emas, chunki ularning birlashuvi
izoniazidning toksikligini zudlik bilan oshirib yuboradi.
Izoniazidni yomon ta’sirida boshqaa erkin izonikotin kislotalilar bilan
almashtiriladi - ftivazid, metazid, samozid. U lar MBT ga kam ta’sir etuvchan
bo‘lib, zararli reaksiyalarni keltirib chiqarmaydi.
Izoniazid bilan davolashga qarshi ko‘rsatmalar odatda jigar, buyrak
funksiyasining o‘tkir buzilishida, psixozda, epilepsiyada, qonning uvuvchanligi
buzilishida kuzatiladi.
Izoniazid rifampitsin va protionamidning konsnetratsiyasini oshiradi,
streptomitsin ajralishini sekinlashtiradi. Izoniazid va boshqa dori vositalarini bir
vaqtning o‘zida buyurilishi bemorning xolatiga e’tiborni qaratishni talab etadi.
Izoniazid va boshqa dori vositalarini baravar berish bilan bog‘liq zararli
reaksiyalar kuzatilganda, ularni qabul qilishni darxol to‘xtatish zarur. MBT ga
izoniazidning birlamchi chidamliligi kamdan kam xollarda kuzatiladi, ammo
ikkilamchi chidamlilik ancha tez rivojlanadi. Lekin sil kasalligini qo‘zg‘otuvchisi
bilan
izoniazid
o‘rtasida
chidamlilik
bemorlarni
davolashning
klinik
samaradorligiga bog‘liq emas.
Ba’zi xollarda MBT izoniazid va uning gomologlari (ftivazidga, metazidga,
salyuzidga) qarama-qarshi chidamliligi paydo bo‘ladi. Sil kasalliklariga qarshi
boshqa preparatlarga qarama-qarshi chidamlilik aniqlanmagan.
Rifampitsin (R) - keng kamrovli antibiotik ta’sirga ega bo‘lgan sil
kasalligiga qarshi eng yaxshi samara beruvchi preparatdir. U MBT ga bakteritsid
tasir beruvchi, sterillizatsiyalovchi xususiyatga ega.
Rifampitsinning ta’sir etish mexanizmi asosan polimiraz - RNK ga bog‘liq
bo‘lgan dnk kompleksini xosil qilish bilan, RNK sintezini yo‘qotishga asoslangan.
Natijada MBT da genetik shakli buziladi, va yangi mikrobakteriyalar xosil
bo‘lmaydi.
Rifampitsin ichakda yaxshi so‘riladi va organizmdagi suyuqlikka va
to‘qimaga singadi. Qonda maksimal konsentratsiyaga 2-3 soatdan so‘ng erishiladi
va 12 soatdan ortiq vaqt davomida saqlanib turadi. Rifampitsin organizmdan
asosan safro bilan, 25% yaqini esa - siydik bilan chiqariladi. Rifampitsin qabul
qiluvchi bemorlarda ko‘z yoshi, balg‘am, siydik va axlat qizg‘ish-to‘k sariq rangda
bo‘ladi. Rifampitsinning sutkalik davolash dozasi 10 mg/kg.
Odatda preparatning sutkalik dozasini birdaniga ichga qabul qilish yo‘li bilan
buyuriladi, ba’zi xollarda xaftasiga 2-3 marta, zaruratda esa taqsimlab qo‘llash
buyuriladi. Rifampitsinni tomir ichiga tomchilatib yuborish mumkin: flakondagi
preparat 2,5 ml in’eksiya uchun suvda eritiladi va 125 ml 5% glyukoza bilan
aralashtiriladi. Rifampitsin eritmasini traxeya va kavernga yuboriladi.
Rifampitsin bilan davolash vaqtida og‘ir zararli reaksiyalarning yuzaga kelish
xollari juda kam. Oshqozon-ichak buzilishlari, jigar funksiyasining buzilishi
kuzatilishi mumkin. Odatda ular davolanishning boshida yuzaga keladi.
Vaqtinchalik to‘xtatish yoki dozasini kamaytirish, bunday noxushliklarni
yo‘qotadi. Ba’zi xollarda trombotsitopeniya gemolitik anemiya va buyrak
etishmovchiligi kuzatiladi. Bunday xollarda preparatni qo‘llashdan bosh tortish
kerak.
Jigar faoliyati buzilganda va xomiladorlik davrida rifampitsinni buyurish
mumkin emas. Rifampitsinni qabul qilish davrida alkogol iste’mol qilish ma’n
etiladi.
Refampitsinga boshlang‘ich chidamlilik kamdan kam xollarda uchraydi.
Ikqilamchi chidamlilik qisman tezrok rivojlanadi. Boshqa sil kasalliklariga qarshi
preparatlarga qarma-qarshi chidamliligi aniqlanmagan.
Sil kasalligiga qarshi boshqa preparatlarga qaraganda rifampitsin boshqa
dori vositalari bilan yaxshi kirishadi, chunki jigar to‘qimasidagi mikrosomal
sitoxrom kompeks R-450 ni indutsirlaydi. Natijada ko‘p dori vositalarining
metabolik aylanishi tezligi oshadi va qonda kalsiy antogonistlari, barbituratlar,
beta-blokatorlar,
kortikosteroidlar,
neyroleptiklar,
diazepam,
ba’zi
antikoagulyantlar va antiaritmik vositalar (xinidin), teofillin, digoksin, siklosporin
darajasi pasayadi.
Rifampitsin va boshqa dori vositalarini qabul qilish intervalini uzaytirish
maqsadga muvofiq. Ular orasidagi farq 6 soat bo‘lgani maqul. Rifampitsin bekor
qilingandan keyin bu dori vositalarini dozasini qayta korreksiya qilish zarur.
Pirazinamid (Z) - sintetik yuqori samarali va kat’iy spetsifik sil kasalligiga
qarshi preparat. Pirazinamidning MBT ga ta’siri o‘ziga xosdir, chunki kazeoz
nekrozi o‘chog‘ida juda sezilarli, u nordon reaksiyaga ega. Pirazinamidning
maksimal bakteriostatik samarasi asosan nordon muxitda (rN 5,5) aniqlangan.
Pirazinamidning bakteriostatik va sterillizatsiyalovchi faoliyati MBT organizimda
pirazin-karbon kislota va MBT fermenti blokadasi kuzatiladi pirazinamidaza-
nikotinamidazaga aynlanadi.
Pirazinamid ichga qabul qilingandan so‘ng qonga zudlik bilan so‘riladi.
Qabul qilingandan sung 1-3 soat o‘tgach qondagi maksimal konsnetratsiyasiga
erishiladi. Preparat organizmda bir tekis taqsimlanadi, kazeoz-nekroz o‘choqqa
engil o‘tadi. Jigarda pirazinamid metabolizlanadi. Metabolizm maxsulotlari va
qisman pirazinamid o‘zgarmagan xolda siydik bilan ajralib chiqadi
Pirazinamidning sutkalik davolash dozasi (25-35 mkg/kg) peroral yo‘l orqali
buyuriladi. Preparatning sutkalik dozasini birdaniga qabul qilish taqsimlab qabul
qilgandan ko‘ra afzaldir. Pirazinamid bilan davolashda ko‘pincha intermittirlangan
rejim qo‘llaniladi.
Pirazinamidni tavsiya etilgan dozasiga rioya etgan xolda qabul qilinganda
zararli natijalar kamdan kam uchraydi. Mushaklarda og‘pik sezilishi, jigar faoliyati
buzilishi, qonda siydik kislotasi ko‘payishi mumkin. Odatga ko‘ra ular preparat
qisqa muddatga to‘xtatilganda va simptomatik terapiyada tez o‘tib ketadi.
Jigar faoliyati buzilishining og‘ir xolatlarida, podagrada, xomiladorlikda
pirazinamidni buyurish mumkin emas. Bir marotaba alkogol qabul qilinganda xam
zararli natijalar oshadi.
Pirazinamid atsitilsalitsil kislotasi, askorbin kislotasi, probenetsid, yod tutib
turuvchi rentgen kontrast preparatlar bilan to‘g‘ri kelmaydi. Kortikosteroid
preparatlari MBTga nisbatan pirazinamidning faolligini pasaytiradi.
MBTning pirazinamidga birlamchi chidamliligi kamdan kam xollarda
kuzatiladi, ikkilamchisi qisman sekin rivojlanadi. Sil kasalliklariga qarshi boshqa
preparatlarga qapama- qarshi chidamliligi aniqlanmagan.
Etambutol (E) - sintetik sil kasalligiga qarshi preparat. Etambutolning ta’sir
etish mexanizmi MBT ribonuklein kislotasi stabilizatsiyasiga asoslangan. Natijada
mikrobakteriya to‘qima devori sintezi bloklanadi. Bunday samara doimiy va
preparatlarning qondagi yuqori konsentratsiyasida yuzaga keladi.
Etambutol asosan bakteriostatik ta’sir etadi.
Etambutolning sutkalik davolash dozasi 25 mg/kg ichishga byuriladi.
Preparatning sutkalik dozasini birdaniga qabul qilish, bo‘lib qabul qilgandan ko‘ra
yaxshidir. Etambutol odatda xap kuniga buyuriladi, ba’zida bo‘lib, xaftasiga 2-3
marotaba.
Peroral yo‘l bilan qabul qilinganda taxminan preparatning 70% so‘riladi va
qondagi maksimal daraja 2-3 soatdan so‘ng xosil bo‘ladi. Etambutol eritrotsitlarda
yig‘iladi, ular o‘ziga xos preparat deposiga aylanadi. Sekin astalik bilan etambutol
to‘qima va a’zolardagi suyukliklarga taqsimlanadi.
Etambutol asosan o‘zgarmagan xolda siydik bilan chiqariladi. Etambutol
bilan davolashda zararli reaksiyalar allergiya yoki oshqozon ichak trakti
faoliyatining buzilishi bilan kuzatilishi deyarli kam. Ba’zida deyarli jiddiy
buzilishlardan - ko‘zning ko‘rish qobiliyatining pasayishi, rangni ajrata olmasliklar
seziladi.
Preparat bekor qilinganda bu kuzatishlar, odatga o‘tib ketadi. SHunday bo‘lsa
ham, etambutol bilan davolashdan oldin va davolash jarayonida oftalmologik
nazorat zarurdir. Ko‘z kasalliklari bilan kasallangan bemorlarga etambutol
buyurilmaydi. Xomilador ayollarning xomiladorlikning birinchi choragida
etambutol bilan davolash tavsiya etilmaydi.
Kummulyasiya extimoli mavjudligi sababli, buyrak faoliyati pasaygan
bemorlarga preparat extiyotkorlik bilan buyuriladi. Ayniksa extiyotkorlik bolalarni
davolashda zarurdir. Etambutolni teturam bilan bir vaqtning o‘zida buyurish
mumkin emas. Ularning birgaligi qonda etambutol konsnetratsiyasini oshib
ketishiga olib keladi va toksik samara yuzaga keladi.
Etambutol shu tariqa spermin, spermidin, magniy preparatlari bilan to‘g‘pi
kelmaydi. MBTning etambutolga birlamchi chidamliligi amaliyotda kuzatilmagan.
Ikqilamchi chidamlilik juda sekin rivojlanadi. Sil kasalligiga qarshi boshqa
preparatlarga qarma-qarshi chidamliligi bo‘zlmagan. Etambutol sil kasalliklariga
qarshi boshqa preparatlarga nisbatan sil kasalligini uyg‘otuvchilarga qarshi
chidamli dori vositasidir, bu uni qimmatli kompozitsion vosita qilib namoyish
etadi.
Streptomitsin (S) - birinchi antibiotik, unda birinchi bo‘lib sil kasalligiga
qarshi faollik aniqlangan bo‘lib, xozirgi davrgacha o‘z ma’nosini yo‘qotmagan.
Streptomitsinning ta’sir etish mexanizmi MBT da oqsil sintezi buzilishiga
asoslangan.
Preparat nuklein kislota bilan birikib, mikrob to‘qimasi fermenti tuzilishida
asosiy
o‘rinni
egallaydi,
ularning
almashinuvini
buzadi.
Kasallikning
progressirlangan oqimida MBT shtammlarining tez ko‘payishiga streptomitsin
bakteriostatik va bakteriotsid ta’sir etadi.
Stareptomitsin nordon muxitda o‘z faolligini yo‘qotadi. Mushak orasiga
yuborilganda u tez so‘riladi, qonda maksimal konsnetratsiya yuborilgandan 0,5-1
soat o‘tgach erishiladi. Organizmda streptomitsin bir tekisda taqsimlanmaydi:
yuborilgan preparatning ko‘p kismi buyrakda yig‘iladi, kamrogi - o‘pkada, limfatik
tugunlarda, seroz yo‘llarda. Preparat mushaklarga, suyaklarga va Markaziy Asab
Tizmiga deyarli singimaydi, 24 soat davomida streptomitsinning 60-80% buyrak
orqali chiqariladi.
Streptomitsinning 16 mg\kg dozasini bir maxal mushak orasiga yuboriladi.
Zarur bo‘lib qolganda streptomitsinni traxeyaga, plevra bo‘shlig‘iga, kaverna
ichiga yuborish mumkin. Endolyumbal yuborish uchun stretomitsin xlorkal’siyli
kompleksi ishlatiladi.
Streptomitsin bilan davolashda ko‘prok vestibulyar va koxlyar buzilishi
uchrab turadi, eshitishning pasayishi ko‘prok qaytmas jarayon sifatida yuzaga
keladi. Nojuya tasirlar yuzaga kelganda o‘z vaqtida aniqlab preparatni boshqasiga
almashtirish lozim.
Bundan tashqari dori preparatiga qarshi allergik reaksiya rivjlanishi ko‘prok
uchraydi. Kam xollarda - nevropatiya, qon yaratilishining buzilishi yuzaga kelishi
kuzatiladi.
Streptomitsinning buyurishga qarshi ko‘rsatma bo‘lib III juft bosh miya
nervining zaralanishi buyrakar funksiyasining buzilishi, gipertoniya kasalligi,
obliteratsiyalovchi endoarterit, o‘ta seziluvchan reaksiyasining yuzaga kelishi
xisoblanadi, ayniqsa bolalar bu preparat bilan davolvnganda extiyot bo‘lishi talab
etiladi.
Streptomitsinni ampitsilin, florimitsin, kapreomitsin, amikomitsin bilan
kobinatsiyalarda ishlatmaslik maqsadga muvofik, chunki bu preparatlarning
hammasi VIII juft bosh miya nervini zararlaydi. Ikqilamchi turg‘unlik esa tez
yuzaga keladi.
Streptomitsin, kanamitsin, florimitsinlar orasida noto‘liq kesishma turg‘unligi
mavjud boshqa preparatlar bilan kesishma turg‘unligi aniqlanmagan. Kasallikni
erta bosqichlaridan streptomitsin bilan davolash boshqa tuberkulyozga qarshi
preparatlarga sezuvchanlikning pasayish extimolligini kamaytiradi.
Rezerv preparatlar.
Protionamid (Pt) ximiopreparat xisoblanib etionamid gomologi xisoblanadi.
Protionamid ta’sir mexanizmi bakteriya xujayrasida modda almashinuvchining
buzilishi bilan bog‘liq. Asosan bakteriostatik ta’sir ko‘rsatadi. Bakteriotsid
effektini ko‘rsatish ham mumkin. Protionamid kislotali muxitda o‘zining faolligini
saqlaydi. Protionamid oshqozon-ichak traktidan sekin so‘riladi. Qonda
maksimal konsnetratsiyaga qabul qilingandan 1-2 soatdan keyin erishiladi.
Preparat butun organizmga bir tekisda tarqaladi, gematoensefalik barerdan yaxshi
o‘tadi. 90 % jigarda metabolizmga uchraydi.
Protionamidning sutkalik davolovchi dozasi 15 mg/kg odat da preparat
ichishga buyuriladi. Zarurat tug‘ilganda vena ichiga tomchilatib va rektal yuborish
mumkin.
Preparatni ko‘tara olish hammada xar xil: oshqozon-ichak trakti tomonidan
buzilish, asosiy nojuya ta’sirlari: nefrotoksik, psixik buzilishlar kamrok jigar
disfunksiyasi, (ugri) toshmalari paydo bo‘ladi. Qarshi ko‘rsatma: jigar zararlanishi,
epilepsiyalar, qon yaratilishining buzilishi, surunkali alkogolizm, xomiladorlik.
Gipotenziv preparatlar, fenotiazin bilan antogonist Pt bilan davolash vaqtida
alkogol istemoli mumkin emas. MBTning Pt ga birlamchi turgunligi kam uchraydi.
Ikqilamchi turg‘unlik ham uchraydi.
Etionamid, tibon, izoniazidga kesishma turg‘unlik qilishi mumkin.
Etionamid- protionamiddan ilgariroq topilgan, tuberkulyozga qarshi preparat. Bu
preparatning asosiy xarakteristikasi bir-biriga o‘xshab ketadi. Etionamidni toksik
ta’siri ko‘prok. Uning nojuya ta’sirlari ko‘prok kuzatilgan. SHu sababdan kam
ishlatiladi.
Kanamitsin (K) - Aminoglikozidlar guruxiga kiritilgan. Bakteriostatik ta’sir
ko‘rsatadi. MBTda oqsil sintezini buzilishi bilan ta’sir ko‘rsatadi. Kanamitsin
ribosomada spetsifik proteinlar blokadasi va polipektid zanjiri xosil bo‘lishining
buzilishi bilan ta’sir ko‘rsatadi.
Streptomitsindan kuchsizrok. Lekin, streptomitsinga chidamli shtammlarga
ta’sir ko‘rsatish xususiyatiga ega. Mushak orasiga yuborilganda kanamitsin tez
so‘riladi,
45-55 kg ogirlikdagi bemorlarni kombinatsiyalashgan preparatlar bilan
davolash metodikasi yaxshi ishlab chiqilgan. Bemorlarni yuqoridagi sxema
bo‘yicha davolashda qo‘shimcha korreksiyalar qilish kerak.
Silga qarshi preparatlar ta’sirining umumiy qonuniyatlari.
In-vivo silga qarshi preparatlar asosan bakteriostatik ta’sir qiladi, lekin
izoniazid, rifampitsin, streptomitsin va boshqa ftorxinolon qatoridagi preparatlar
bakteriotsid ta’sir ko‘rsatadi. Bunday effekt asosan preparatlarning sil
tayoqchasiga ta’sir mexanizmiga va uning shikastlangan soxadagi miqdoriga
bog‘liq.
Asosiy silga qarshi preparatlarning klinik effektiga ko‘zg‘atuvchining qaerda
joylashganligi ham ta’sir qiladi.
Ko‘zg‘atuvchi xujayra tashqarisida joylashsa unda rifampitsin, izoniazid,
streptomitsin, xujayra ichida bo‘lsa rifampitsin, pirozinamid, izoniazid yaxshi
ta’sir qiladi .
Qo‘zg‘atuvchi xujayra tashqarisida joylashsa ko‘pincha to‘qimaning
ekssudativ reaksiyasi ustunlik qiladi. Produktiv yallig‘lanish o‘zgarishlariga
ko‘zg‘atuvchining xujayra ichida joylshpganligi xos.
Sil tayoqchalari joylashishiga bog‘liq bo‘lgan silga qarshi
preparatlarning faolligi
Preparat
Faollik
Izoniazid
Rifampitsin
Streptomitsin
Kanamitsin
Florimitsin
Kapriomitsin
Pirazinamid
Etionamid
Etambutol
Sil
tayoqcha
xujayra
ichida
va
tashqarisida
joylashganda faol.
Sil tayoqcha xujayra ichida joylashganda kuchsiz,
xujayra tashqarisida kuchli
Sil tayoqchasi xujayra ichida joylashganda kuchli,
xujayra tashqarisida kuchsiz.
Sil tayoqchasi xujayra ichida joylashsa kuchsiz, xujayra
Protionamid
Siklotseril
PASK
Tibon
tashqariisda o‘rtacha.
Sil
tayoqcha
xujayra
tashqarisida
va
ichida
joylashganda kuchsiz.
Faol silda yallig‘lanish reaksiyasi ko‘pincha aralash eksudativ- proliferativ
xarakterli bo‘ladi.SHuning uchun davolashda bir vaqtda xar xil preparatlar ya’niy
sil mikobakteriyasi xar xil joylashganda ham ta’sir qiladigan preparatlar ishlaitlishi
kerak.
YAllig‘lanishning so‘rilishi va qattiqlashishi davrida sil tayoqchalari asosan
xujayra ichida joylashadi, shuning uchun xujayra ichiga ta’sir qiladigai yuqori
faollikdagi preparatlar ishlatilishi kerak. Silga qarshi preparatlar ta’sir effektivligi
bakterial populyasiyaning o‘sish tezligi na metobolik faolligiga bog‘liq.
Faol silda bakteriyaning tez ko‘payuvchi shtammlari ustunlik qiladi. Bunday
mikobakteyariyalarning xujayra tashqarisida joylashgan xolatlarda rifampitsin,
izoniazid va streptomitsin, xujayra ichida bo‘lganda pirazinamid buyurish
maqsadga muvofiqdir.
Sil
yallig‘lanishi
so‘rilib,
qattiqlashib
borishi
bilan
birgalikda
mikobakteriyalarping metobolik faolligi ham pasayib boradi. Lekin davoni
vaqtidan oldin bekor qilish yoki qo‘shimcha ichki va tatshqi muxitping nojo‘ya
ta’sirlari natijasida mikobakteriyaiing faolligi yana kuchayishi mumkin, shuning
uchun sil bilan og‘rigan bemorlarning populyasiyalari aniqlanadi.
SHunga ko‘ra bir vaqtning o‘zida izoniazid, rifampitsin, pirazinamidni
qo‘llash maqsadga muvofiq. SHunga ko‘ra davolash rejasini tuzganda bu
preparatlar kombinatsiyasi asosiy davo xisoblanadi, kerak bo‘lganda bularga
boshqa preparatlar qo‘shiladi. 4-preparat sitfatida ko‘pincha streptomitsin yoki
etambutol buyuriladi.
Izoniazid, rifampitsin, pirazinamid na streptomtsin (yoki etambutol)
kombinatsiyalari davolashning 1-bosqichida buyuriladi. Davolashning 2-etapida
ko‘pincha ikkita preparat kombinatsiyasi izoniazid va rifampitsin qo‘llaniladi.
Boshqa preparatlarni qo‘shish xaqidagi masala sil jarayonning xususiyati,
mikobakteriyaning sezgirligi va bemorning individual xususiyatlarini xisobga
olgan xolda xal qilinadi.
Ximioterapiya usuli preparatlarning mikroblarga bo‘lgan o‘ldiruvchi ta’sirini
maksimal ta’minlab berishi doriga chidamli shtammlarnint xosil bo‘lishini oldini
olishi va imqoni boricha bemorlar uchun noqulayliklar yaratmasligi kerak.
Ximioterapiyaning asosiy sxemasi izoniazid, rifampitsin va pirazinamid
kombinatsiyalaridan iborat. Qolgan preparatlar ularning kombinatsion partnyorlari
xisoblanadi. Sil bilan og‘rigan bemorlarga ximioterapiya sxemasiii tuzishda
kasallikning qachon boshlanganligi va silga oid shikastlanishniig xususiyati
bakteriya ajratishning bor yoki yo‘qligi, sil tayoqchasining preparatlarga sezgirligi
va olib borilgan davoning davomiyligi va natijasini xisobga olgan xolda shartli
ravishda guruxlarga bo‘linadi. 2003-yili Sog‘liqni saqlash vazirligi oldingi va
xalqaro tajribalarga suyangan xolda individual reja asosida davolash uchun asos
bo‘ladigan ximioterapiyaning standart rejimini tasdiqladi.
Sil kasalligi ximioterapiyasining standart rejimi.
Bemorlar guruxi.
Davolash etapi
Jadal bosqich.
To‘ldiruv bosqich.
Birinchi aniqlangan BK
+ Va tarqalgan sil bilan
og‘rigan.
Sil tayoqchasining
doriga chidamliligi
xavfi yuqori
NRZE/ S- 2 oy
NRZES-2 0Y
NRZE- 1oy
Kattalar:NR-4 oy yoki NE 6 oy
bolalar;HR- 6-oy HZE 6oy
Kattalar :HRE- 5 oy Bolalar :
HRE- 6 oY
bo‘lmagan avval
davolangan
Sil tayoqchasining
doriga bo‘lgan
chidamlilik xavfi yuqori
bo‘lgan, oldin
davolangan
Birinchi marta
aiiqlangan,
chegaralangan
davomiylikdagi
bakteriya ajratmaydigan
Sil
mikobakteriyalarining
doriga chidamliligi
tasdiqlangan
NRZE Pt Sar yoki K
Ig-3oy
Kattalar: HRZE- 2
oy Bolalar : HRZ/ E
- 2 oy
Z, E, Pt, Sar, K, Fg,
Rb, Cs, PAS
yuqoridagi
preparatlarning
kamida 5 tasini 6oy
dan kam bo‘lmagai
vaqt davomida
Mikobakteriyaninng sezgirligini
xisobga olgan xolda individual 2-
3 preparatni 6 oydan kam
bo‘lmagan xolda.
HR- 4 oy yoki NE- 6-oy
E, Pt, Fg, Rb, Cs, PAS individual
mikobakteriyaning sezgirligini
xisobga olgan xolda minimum 3
ta preparatni 12 oy dan kam
bo‘lmagan vaqt davomida
Ximioterapiya effektivligini nazorat qilish va davo natijalarini baxolash.
Ximioterapiyani boshlashdan oldin kompleks birlamchi fizikal, labarator
rentgenologik kerak bo‘lgan xollarda instrumental tekshiruv o‘tkazish kerak.
Etambutolni tavsiya qilishdan oldin oftalmolog ko‘rigidan, streptomitsin yoki
boshqa aminoglikozidlarni buyurishdan oldin otoloringolog ko‘rigidan o‘tkazish
kerak. Jarayonni davolash labarator tekshiruvlardan keyin olib boriladi, va xar
oyda reja bo‘yicha oftalmolog va otoloriigolog ko‘rigidan o‘tadi.
Bir vaqtning o‘zida rifampitsin, pirazinamid,izoniazid va boshqa silga qarshi
dorilar kombinatsiyasini qo‘llashni amalga oshiradigan rejim yuqori darajada
sterilizatsiyalovchi xususiyatga ega.
Buni qo‘llanganda turg‘un klinik tuzalishga erishish extimoli yuqori bo‘ladi.
Nojuya ta’sirini bartaraf etish va profilaktikasi
10-15 % bemorlarda silga qarshi ximiya terapiyani asoratlanishiga olib
keladigan xolatlar nojuya ta’sirlardir. Nojo‘ya ta’sirlar barcha malum bo‘lgan silga
qarshi preparatlarni qo‘llaganda yuzaga chiqishi mumkin.
Ularni xususiyati va uchrash chastotasi farklanadi. 4% bemorlarda nojuya
ta’sirlari xayot uchun xavf soladigan darajada bo‘ladi va preparatni bekor qilishga
asos bo‘ladi.
Silga qarshi preparatlar bilan davolashda paydo bo‘ladigan nojuya ta’sirlar
allergik yoki toksik xarakterli bo‘ladi. Ayrim vaqtlarda ularni bir-biridan farqlash
mumkin bulmay qoladi.
Bunday nojuya ta’sirlar toksik allergik deb ataladi. Allergek genezga ega
nojuya tasirlar bir tipli bo‘ladi va silga qarshi preparatning ximiyaviy xususiyatiga
bog‘liq bo‘lmaydi. Bu reyaksiya quyidagicha yuzaga chiqishi mumkin: toshma,
teri qichishi, rinit, xarorat oshishi, bronxospazm kam xollarda Kvinki shishi
kuzatiladi.
Silga qarshi preparatlar va ularni qo‘llashga qarshi ko‘rsatmalar.
Preparatlar
Qarshi ko‘rsatmalarga sabablar
Izoniazid
Jigar o‘tkir zararlanishi, epilepsiya, psixozlar.
Rifampitsin
Anamnezda rifampitsinga yuqori sezuvchanlik, buyrak
etishmovchiligi, ko‘ruv nervi kasalligi.
Pirazinamid
Jigar o‘tkir jaroxati, podagra,
Streptomitsin,
kapreomitsin,
amikatsin
VIP juft nervi jaroxati, buyrak kasalligi, xomiladorlik.
Etambutol
Ko‘ruv nervi kasalligi, katarakta, retinit, buyrak
etishmovchiligi.
Protionamid
Oshqozon-ichak
kasalliklari,
buyrak
kasalligi,
epilepsiya, psixoz, xomiladorlik.
Sikloserin
Psixoz, surunkali alkogolizm, xomiladorlik.
PASK
Oshqozon-ichak kasalliklari, jigar va buyrak kasalliklari,
gipoterioz.
Tioatsetazon
Oshqozon-ichak kasalliklari, jigar va buyrak
kasalliklari, qon a’zolari kasalliklari.
Ftorxinolonlar
Ftorxinolon qtori preparatlariga yuqori sezuvchanlik,
xomiladorlik.
MBT ning silga qarshi preparatlarga chidamlilik mezonlari.
Preparat
Dorilarning ta’sir qiluvchi minimal
konsnetratsiyasi mkg/l
Suyuk muxit
Qattiq muxit
Izoniazid
Rifampitsin
Streptomitsin
Etambutol
Protionamid
Kanamitsin
Florimitsin
Sikloserin
Tioatsetezon
1
1
5
2
5
10
10
30
10
1
20
5
2
30
30
30
50
2
Sil bilan kasallangan bemorlarni davolash natijasi tanlangan dori vositalar sil
mikobakteriyalariga ta’sirchanligiga bog‘liq. SHuning uchun davolash kursini
boshlashdan oldin sil ko‘zg‘atuvchisi shtamlarini tanlangan dori vositalariga
sezuvchanligini aniqlash kerak. Sil mikobakteriyalarining dorilarga chidamli
shtamlarini shakllanishi kasallikni kech aniqlash, ko‘p miqdorda bakteriya
ajralishi, ko‘plab sil o‘choqlarining oxirigacha etkazilmagan davo natijasida
rivojlanadi.
Mikobakteriyalarda istalgan silga qarshi dori vositalariga chidamlilik
rivojlanishi mumkin. Sezuvchanlikning rivojlanishi ko‘p jixatdan davolash
tartibiga bog‘liq. Sil mikobakteriyalarida davolash paytida biror bir preparatga
chidamlilik shakllansa boshqa ta’sirchan preparatga almashinilib kombinatsiyalash
kerak.
Mikobakteriyalarning chidamliligi shakllangan bo‘lsa ham izoniazid bilan
davolash to‘xtatilmaydi.
Dorilarga chidamli bo‘lgan sil kasalligini kimyoterapevtik davolash bir
kancha
kiyinchiliklarni
tugdiradi.
Bunday
bemorlarni
davolash
uchun
medikamentoz ta’minot, klinik, labarator va rentgenologik kuzatuv, turli xil
davolash taktikalari, malakali mutaxassislar qonsultatsiyalari kerak bo‘ladi.
Eng samarali preparatlar ftorxinolon guruxidagi preparatlar – ofloksatsin,
levofloksatsin, moksifloksatsinlar xisoblanadi. Davolash jarayonida terapiyani
individual tanlash, kelib chiqishi mumkin bo‘lgan nojuya ta’sirlarni oldini olish va
bartaraf etish, kollapsoterapiyani yoki kerak bo‘lsa jarroxlik amaliyotini o‘z
vaqtida qo‘llay bilish zarur.
O‘pka silini statsionar va ambulator sharoitda davolash.
YAqindagina SSSR va Rossiyada sil kasalligini davolash sotsial-ekonomik
sharoit va ftiziatriya taraqqiyoti darajasi bilan bog‘liq edi. Statsionarda kasallikni
tekshirish va tashxisni aniqlash rejali davolash uchun juda yaxshi sharoitlar
yaratilgan edi.
Asosiy ahamiyat sil bilan kasallangan bemorni tezda izolyasiyalab
epidemiologik xavfini oldini olishga qaratilgan edi. Davolashni statsionar sharoitda
to bakteriya ajralishi tugamaguncha va zararlangan o‘choqlar yaxshillanguncha
davom etishi zarur bo‘lgan.
Birinchi marta sil kasalligi aniqlangan bemorlarni ambulator sharoitda
davolash sobiq SSSRda qo‘llanilmagan edi. Uni faqat asosan remissiya xolatidagi
bemorlarni davolashda kasalxona-sanator sharoitda qo‘llanilar edi. Faqatgina
gospitalizatsiyaga ulgurilmagan xolatlar bundan mustasno.
CHunki ambulator sharoitda davolash statsionar davolashga qaraganda
gigienik talabni qondira olmaslik, davolash jarayoni va uni ko‘tara olish-olmaslikni
nazorat qilib bo‘lmaydi deb xisoblanardi. Xozirgi vaqtda bu qarashlar qayta ko‘rib
chiqildi. Bunda sotsial-iqtisodiy omillarni o‘zgarishi, tashxis usullarining
rivojlanishi, terapevtik va xirurgik muolajalarni tarakqiy etishi sabab bo‘ldi.
Birinchi marta o‘pka sili aniqlangan bemorlarni sotsial xolati turli ko‘rinishda
bo‘ladi. Ularni ko‘pchiligi piyonistalar, giyoxvandlar va ma’naviy buzuq insonlar
xisoblanadi. Bir vaqtning o‘zida bu kasallik aqliy faoliyat bilan shug‘ullanuvchi,
oliy va o‘rta ma’lumotli tabaqalarda ham uchraydi.
Umumiy tendensiya bu sil kasalligidan tez va to‘liq davolanishni
istayotganlar va yaxshi davolanmayotgan bemorlarni qiyosiy tashxislashdan iborat.
Bunday xolatlarda o‘pka sili bilan bemorlarni gospitalizatsiya qilish befoyda va
samarasiz. YAna shunga e’tibor berish kerakki, statsionar davolash ambulator
davolashga qaraganda 3 barobar qimmat.
O‘pka sili tashxisi bilan kasallarni tezda gospitalizatsiya qilishga bo‘lgan
avvalgi qarashlar xozirda eskirgan. Zamonaviy laborator va rentgenologik
tekshirishlar xozirda birinchi marta o‘pka sili bilan kasallanganlarni ambulator
sharoitda tezda aniqlash imkonini beradi.
Ular tashxisni to‘g‘ri qo‘yish, sil jarayonining faollik darajasini va ratsional
davo usulini aniqlashga qulay. Ftiziatriya klinikasida nojuya ta’sirlar bartaraf
etilgandan so‘ng, past dozadan izoniazid bilan davo boshlash mumkin.
Agar ko‘tara olmaslik davom etaversa, davolashni izoniazid gomologlari
(ftivazid, metazid)ga almashtirish kerak. Rifampitsin va pirezinamid tomonidan
nojo‘ya reaksiyalar rivojlanganda anologik davolash natijasida kelib chiqqan
pellagra simptomlarini bartaraf etish uchun nikotinamid eng yaxshi tanlov
preparati xisoblanadi. Uni kuniga 0,025 grammdan 1-2 maxal buyuriladi.
Extimoliy dispeptik buzilishlarni bartaraf etish uchun vismut nitrat kuniga 4 maxal
0,25 gr ovqatdan 15 minut oldin yoki vinalin kuniga 3 maxal 1-2 tabletkadan
beriladi.
Sikloserinning toksik ta’sirini kamaytirish maqsadida tunda beriladi.
Glyutamin kislotani kuniga 3 maxal 1,5 grdan ichish uchun buyuriladi.
Undan tashqari relanium 1-2,5 mg dan yoki fenazenam 1-2mg 1-2 maxal,
vitamin V6 120 mg dan 4 maxal ovqatdan keyin qo‘llaniladi. PASK yoki
tiotsetozon qo‘llanilganda nojo‘ya toksin ta’siri rivojlansa, ulardan voz kechish
kerak. Ko‘pincha silga qarshi preparatlar nojo‘ya ta’siri kimyoterapiyaning
boshlang‘ich 2 oyida rivojlanadi.
Sil kasalligini davolashda kelib chiqadigan nojo‘ya ta’sirlarni profilaktika
choralari yordamida oldini olish mumkin. Ko‘pchilik nojo‘ya ta’sirlarni
medikamentoz va kimyoterapiyani o‘zgartirish yo‘li bilan bartaraf etsa bo‘ladi.
Sil
qo‘zg‘atuvchisining
dorilarga
chidamliligi
va
kimyoterapiya
metodikasi. Sil mikobakteriyasini silga qarshi preparatlarga ''chidamli'' va
ta’sirchanligini belgilashda bir qancha terminlar ishlatiladi. Mikobakteriyalar
shtamlari 2 yoki undan ortiq preparatlarga chidamli bo‘lsa, polirezistenlik deb
ataladi.
Polirezistent mikobakteriyalar orasida eng asosiylari bu izoniazid va
rifampitsinga chidamlilari xnsoblanadi. Bunday xolat "multirezistent sil" deb
ataladi.
Bir qancha dorilarga chidamli sil kasalligini etiolologik jixatdan xavfli va
davolanishi qiyin bo‘lgani uchun aloxida e’tibor talab qilinadi. Dori vositalarga
tur-g‘un mikobakteriyalar, avval sil bilan davolangan bemorlarda ham birinchi
marta kasal bo‘lgan bemorlarda ham kuzatiladi.
Gospitalizatsiyani talab etadigan tekshirish usullari yo‘q. Faqatgina
torakoskopik va ochiq biopsiya usullaridan tashqari. Lekin bu usullar juda kam
ishlatiladi. Fan taraqqiy etishi va o‘pka silinini davolash imkoniyatlari oshishi
tufayli silga qarshi choralar uchun ambulator sharoitni tanlash imkoni bermokda.
Rifampitsin kabi yangi dori vositalarini keng qo‘llanilishi natijasida silni
davolash samaradorligi oshdi. Tekshirishlar shuni ko‘rsatdiki, rifampitsin va
izoniazidni birga qo‘llash natijasida kasallikni davolashni va sil o‘choqlarini
sterilizatsiya qilishda yuqori samaradorlik berishi aniqlandi.
Asoratlanmagan silda silga qarshi dori vositalarni kombinatsiya qilib
davolash 3-4 xafta ichida to‘liq, sog‘ayish imkonini beradi.
Kasallikning topilguncha, dovolashgacha bo‘lgan davrda bemorlar asosan
xavfli xisoblanadi. Dori vositalariga mikrobakteriyalarning chidamliligi oshishi
passiv bakteriya tashuvchanligi epidemiologik va gospitalizatsiya tomonidan
qiyinchilik tug‘diradi.
Asosiy prinsip- silni davolashda ximioterapiyani effektivligi, yaxshi so‘rilishi,
izoniazid rifapitsin, pirazinamidning 1 marta qabul qilinishi xisoblanadi.
Zamonaviy yuqori effektivli davolashning qisqa bo‘lishi, boshqa intermittirlovchi
metodlarning qo‘llanishi, ambulator sharoitida yaxshi xisoblanadi. Bu narsa yangi
bemorlarni aniqlash va davolashga yordam beradi. Xirurgiyani rivojlanishi o‘pka
tuberkulyozini davolashning xirurgik yo‘lini ochib berdi. Operativ davolashda
tavakallik kam bo‘ladi. Bazi xolatlarda ximioterepiyani kasallikning erta
bosqichida
ishlatish mumkin, bu esa davoni qisqarishiga davoni yuqori effektivligi
xisoblanadi. Ambulator davolashda sotsial, psixik omillar ta’sir qilishni
kamaytirish kerak. Xozirgi paytda ambulator ximioterapiya keng qo‘llanilmoqda.
Tekshirishlar shuni ko‘rsatdiki statsionar davolashni 25% bemorlar yaxshi
tushinishadi. Bunday davolash usuli nafaqat yuqori effektiv, qo‘zish chastotasini
va qayta kasallanishni kamaytiradi.
SHifoxona sharoitda davolashga taluqli.
-kasalxona ichi infeksiyasini inkor qilish, dorilarga chidamli shtamlari bilan
zararlanishini oldini olish;
- bemorlarni uzok ko‘p kasalxonada yotishni oldini
olish;
-davolanishni kam xarajat qilishi, tubukulyozga qarshi vositalarni tejash.
Ambulator ximioterapiya asoratlanmagan o‘pka tuberkulyozida ko‘p ishlatiladi.
Statsionar sharoitda bemorlar tibbiy xodimlar tamonidan kuzatiladi, dori
olishadi, tekshirishlardan o‘tkaziladi, kechqurun uyga qaytishadi. Gigieno-dietik
rejim ximioterapiyaning asosiy omilidir. O‘pka tuberkulyozi qo‘yidagi xolatlarda
kasalxonaga yotkiziladi:
- tuberkulyoz o‘tkir shakli, miliar,kazeoz pnevmoniya, sil meningiti; -
tarqalgan tuberkulyoz, massiv bakteriya ajratuvchilar;
- tubekulyozga qarshi preparatlarga chidamli shtamlar aniqlanganda
- og‘ir qo‘shimcha kasalligi bor bemorlar (qandli diabet, oshqozon yara
kasalligi va bsh.);
- xronik alkogolizm bilan , narkomaniya bilan, ruxiy bemorlar.
O‘pka tuberkulyozini davolashda xar bir bemorga individual dori vositasini
tanlash kerak.
O‘pka tuberkulyozini xirurgik davolash.
18-asrdan beri og‘ir tuberkulyoz bilan og‘rigan bemorlarga yordam berishga
xarakat qilinyapti. Yiring olib tashlash Gippokrat davrida ham qo‘llanilgan, bizga
ma’lumki o‘pka rezeksiyasi yaxshi usul bo‘lgan lekin diagnostika yomonligi,
operatsiyaning yomon natija bilan tugashiga olib kelgan.
19-asrning oxiri 20-asr boshida o‘pka tuberkulyozini davolashda sun’iy
pnevmotoraks qo‘llaniladi. 1910-1913 yili Stokgolmlik terapevt X.YAkobeus
plevra bo‘shligini ko‘rish uchun tarokoskopiya va termokaustika qo‘llagan.
Rossiyada birinchi marta plevra bo‘shlig‘ini tarokoskopiya termokaustikani
K.Esipov qo‘llagan. Qisqa vaqt ichida ko‘p xirurglar va ftiziatrlar tarokokaustikani
o‘zlashtirdi. O‘pka tuberkulyozida xozir keng tarqalgan usul xisoblanadi.
Tarokaustika zamonaviy mini invoziv xirurgiyaning asosi xisoblanadi.
Kunduzgi statsionarning asosiy ahamiyati bemorlar uchun asosiy o‘rin
egallaydi.
Ushbu
mashg‘ulotda
qo‘llaniladigan
yangi
texnologik
usullar:“Uch bosqichli intervyu”, “Aqliy xujum”, “O‘rgimchak
to‘ri” usullari.
“Uch bosqichli intervyu” usuli
Bosqichlar:
Barcha talabalar 3 guruxga bo‘linadi:
- birinchi gurux talabalari – bemorlar;
- ikkinchi gurux talabalari – vrachlar;
- uchinchi gurux talabalari – ekspertlar.
Xar bir gurux uchta talabadan iborat bo‘lib, quyidagi rollarni ijro etishadi: «vrach»,
«bemor», «ekspert – umumiy amaliyot shifokori».
«Bemorga» anonim ravishda diagnoz aytiladi, xar bir gurux 10-15 daqiqa
davomida muxokama qilinadi. «Ekspert» - ham “vrach” xarakatlarini, ham
“bemor” xarakatlarini baxolaydi va quyidagi jadvalga kiritadi:
- qaysi xarakt to‘g‘ri bajarilgan;
- qaysi xarakat noto‘g‘ri bajarilgan;
- qanday qilishi kerak edi.
Vrach – so‘rab-surishtirish usuli orqali shikoyatlari, anamnezini yig‘ishi; bemorni
ko‘zdan kechirishi, palpatsiya, perkussiya, auskultatsiya qilishi kerak. Yig‘ilgan
ma’lumotlarga asoslanib, to‘g‘ri tashxis qo‘yishi, qiyosiy tashxislash va yakuniy
tashxisni asoslay olishi kerak.
SHuningdek, vrach kasallikning xayotdagi ijtimoiy tomonlari, ovqatlanishni
ahamiyati va uzoq muddat davolanishi xaqida ma’lumotlar berishi kerak.
Ekspert qonsultatsiya kartasida o‘tkazilgan muxokama bosqichlari va vaqtni
qayd etadi.
Ekspert ishni tugatgandan so‘ng o‘tkazilgan muxokamani baxolaydi. Xulosa
gurux oldida e’lon qilinadi.
Masala. Bemor 40 yoshda. Kardiologiya bo‘limda “YUIK”. Zo‘riqish
stenokardiyasi” tashxisi bilan davolanmoqda. SHikoyatlari: uzoq vaqtdan
beri quruq yo‘tal, yurak etishmovchiligi simptomlari.
Rentgenologik: ikkala tomon kosto-diafragmal sinuslarida jadal, gomogen,
gorizontal satxga ega bo‘lgan soyalar.
1. Sizning taxminiy tashxisingiz.
2. Taqqoslama tashxis.
3. Taqqoslama tashxis maqsadida tekshirish rejasini tuzing.
4. Sindromologik va simptomatik davo.
5. Sizning taktikangiz.
№
Javob
Maks.
ball
To‘liq
javob
Noto‘liq
javob
Qoniqar-
siz javob
1
YUIK. Zo‘riqish stenokardiyasi
Gidrotoraks sindromi
30
20-30
5-19
0-4
2
Turli etiologiyali ekssudativ
plevritlar, plevrogen sirroz
20
10-20
5-9
0-4
3
Qonning umumiy taxlili, plevra
bo‘shlig‘i punksiyasi, plevral
suyuqlik taxlili, Mantu sinamasi,
EKG
20
10-20
5-9
0-4
4
Kardiologik terapiya,
tinchlatiruvchi davo
10
7-10
4-6
0-3
5
Kardiolog nazorati
20
10-20
5-9
0-4
“Aqliy xujum” usuli
Bosqichlar:
1. Talabalar 2 guruxga bo‘linadi.
2. Kichik guruxlarga (3-4 kishi) savollar beriladi.
3. Gurux ichidagi muxokamaga 30′ ajratiladi.
4. Javoblar yozma ravishda rasmiylashtiriladi.
Vazifa muxokamasida xar bir talabani ishtiroki inobatga olinadi. Talabalar
o‘qituvchi bilan birga hamma javob variantlarini faol muxokama qilishadi.
Noto‘g‘ri javoblar va noto‘g‘ri variantlar tanqidiy baxolanadi.
Talabalar bilimini mustaxkamlash maqsadida javob variantlari yozib olish
uchun beriladi.
Savol. O‘choqli sil faolligini nima tasdiqlaydi?
№
Javob
Maks.
ball
To‘liq
javob
Noto‘l
iq
javob
Qoniqar
siz
javob
1. Intoksikatsiya simptomlari
30
20-30
5-19
0-4
2. Laborator taxlillar
20
10-20
5-9
0-4
3. Rentgen tekshiruv
20
10-20
5-9
0-4
4. Mantu va Kox sinamalari
30
20-30
5-19
0-4
6. 2. Analitik qism.
Vaziyatli masalalar:
1. 16 yoshli o‘smir. 7 kundan beri kasal. SHikoyatlari: tana haroratining
subferil darajagacha ko‘tarilishi, asta-sekin kuchayib boruvchi quruq yo‘tal,
yo‘tal xuruj qilganda qayt qilish va ko‘karib ketishga.
Ob’ektiv: umumiy ahvoli o‘rtacha og‘irlikda, bemor shishgan, qovoqlari
osilgan. Terisi va sklerasida qontalashlar.
Perkussiyada ikkala o‘pkada qutichasimon tovush.
Auskultatsiyada quruq jarangli hirillashlar eshitiladi.