TUPROQ EROZIYASI VA DEGRADATSIYASI, ULARGA QARSHI KURASH CHORALARI. TUPROQ MUHOFAZASI

Time

Yuklangan vaqt

2025-11-08

Downloads

Yuklab olishlar soni

0

Pages

Sahifalar soni

24

File size

Fayl hajmi

64,9 KB


TUPROQ EROZIYASI VA DEGRADATSIYASI, ULARGA QARSHI
KURASH CHORALARI. TUPROQ MUHOFAZASI
REJA:
1. Tuproq eroziyasi va uning turlari haqida umumiy tushuncha
2. Eroziyaning tuproq xossalari va o’simlik hosildorligiga ta’siri
3. Tuproq  eroziyasini  keltirib  chiqaruvchi  omillar  va  ularga  qarshi
kurash chora tadbirlari
4. Tuproq muhofazasi 
Kalit  so’zlar: tuproq  eroziyasi,  shamol  eroziyasi,  suv  eroziyasi,  deflyasiya,
sug’orish, meliorativ tadbirlar, irrigasion eroziya.
Tuproq eroziyasi ─ eng keng tarqalgan degradasiya turi hisoblanadi. U ulkan
iqtisodiy va ekologik zarar yetkazadi, chunki qishloq xo’jaligining asosiy vositasi
va  biosferaning  o’rnini  bosib  bo’lmaydigan  komponenti  sifatida  tuproq  yo’q
bo’lishiga olib kelishi mumkin. Insonning noto’g’ri tashkil etilgan turli xil faoliyati
ta’siri ostida tuproq qatlami yemiriladi. Eroziya - tuproqqa mana shunday ta’sir
o’tkazilishining  g’oyat  keng  tarqalgan  va  halokatli  oqibatidir  (Dobrovolskiy,
1997). 
O’zbekiston qishloq xo’jaligida tuproq eroziyasi eng dolzarb muammolardan
hisoblanib, uning tarqalishi, kelib chiqish sabablari, turlari, bartaraf etish usullari
bo’yicha bir qancha yetuk olimlar o’zlarining ilmiy izlanishlarini olib borishgan.
Xususan
 
V.B.Gussak,
 
M.A.Pankov,  
Z.N.Antoshina,
 
F.K.Kocherga,
M.B.Doshanov,  R.G.Murodova,  K.Mirzajonov,  X.M.Maxsudov,  L.A.Gafurova,
Logotip
TUPROQ EROZIYASI VA DEGRADATSIYASI, ULARGA QARSHI KURASH CHORALARI. TUPROQ MUHOFAZASI REJA: 1. Tuproq eroziyasi va uning turlari haqida umumiy tushuncha 2. Eroziyaning tuproq xossalari va o’simlik hosildorligiga ta’siri 3. Tuproq eroziyasini keltirib chiqaruvchi omillar va ularga qarshi kurash chora tadbirlari 4. Tuproq muhofazasi Kalit so’zlar: tuproq eroziyasi, shamol eroziyasi, suv eroziyasi, deflyasiya, sug’orish, meliorativ tadbirlar, irrigasion eroziya. Tuproq eroziyasi ─ eng keng tarqalgan degradasiya turi hisoblanadi. U ulkan iqtisodiy va ekologik zarar yetkazadi, chunki qishloq xo’jaligining asosiy vositasi va biosferaning o’rnini bosib bo’lmaydigan komponenti sifatida tuproq yo’q bo’lishiga olib kelishi mumkin. Insonning noto’g’ri tashkil etilgan turli xil faoliyati ta’siri ostida tuproq qatlami yemiriladi. Eroziya - tuproqqa mana shunday ta’sir o’tkazilishining g’oyat keng tarqalgan va halokatli oqibatidir (Dobrovolskiy, 1997). O’zbekiston qishloq xo’jaligida tuproq eroziyasi eng dolzarb muammolardan hisoblanib, uning tarqalishi, kelib chiqish sabablari, turlari, bartaraf etish usullari bo’yicha bir qancha yetuk olimlar o’zlarining ilmiy izlanishlarini olib borishgan. Xususan V.B.Gussak, M.A.Pankov, Z.N.Antoshina, F.K.Kocherga, M.B.Doshanov, R.G.Murodova, K.Mirzajonov, X.M.Maxsudov, L.A.Gafurova,
A.A.Xonnazarov,  Sh.Nurmatov,  S.P.Suchkov,  N.F.Matyunin,  X.Xamdamov,
S.M.Yelyubayev,  A.Nigmatov,  B.Jo’rayev,  K.Usmonov,  M.Xamidov,
S.Meylibayev, O.Haqberdiyev, V.N.Li, B.Ahmedov va boshqa ko’plab olimlar
tomonidan  respublikamizning  barcha  hududlarida  eroziya  jarayoni  mukammal
o’rganilgan va ushbu jarayonni bartaraf etishning ilmiy asoslari ishlab chiqilgan. 
Eroziya jarayonlari natijasida mayda zarrachalar bilan birgalikda tuproqning
organik  qismi  ham  yuvilib  ketadi,  gumusli  qatlam  qalinligi  qisqaradi,  bunga
bog’liq  ravishda  gumus  miqdori  ham  kamayadi.  Kuchli  yuvilgan  tuproqlarda
karbonatli  konkresiyalar  tuproq  yuzasiga  chiqib  qoladi.  Tuproq  profili  toshli
bo’lsa,  u  holda  tuproq  yuzasiga  toshlar  chiqib  qoladi.  Bularning  barchasi
tuproqning agronomik xususiyatlarini yomonlashtiradi. Eroziya jarayonlari ayniqsa
sezilarli nishablikdagi qiyaliklarga ega bo’lgan tog’ va tog’ oldi tekisliklarida
yaqqol namoyon bo’ladi. Bunda, lalmikor va yaylov mintaqalarida asosan suv
eroziyasi,  sug’oriladigan  yerlarda  esa  irrigasion  eroziya  rivojlanadi.  Shamol
eroziyasi asosan cho’l mintaqalarida, ya’ni atmosfera yog’in-sochin miqdori kam,
yerdan namlikni bug’lanishi esa ko’p bo’lganda yuzaga keladi.  
Suv eroziyasi yuvilish xarakteriga ko’ra ikki turga: yoppasiga yuvilish - yoki
yuza  eroziya  va  uzunasiga  ro’y  beradigan  -  yoki  jar  eroziyasiga  bo’linadi.
Shuningdek, oqar suvlarning ta’siriga qarab suv eroziyasi yuza oqar suvlar (qor va
yomg’ir suvlari) ta’sirida ro’y beradigan eroziya va sug’orish suvlari natijasida
yuzasiga keladigan irrigasion eroziyaga ajratiladi (Boboxo’jayev, Uzoqov, 1995).
Tuproqlarni yoppasiga yuvilishi, ya’ni yuza eroziya natijasida tuproqning yuqori
gorizontlari yonbag’irlar bo’ylab oqadigan suvlar ta’sirida yuviladi. Oqar suvlar
ta’sirida tuproqning gumusli qatlam qalinligi kamayadi, uning unumdor qismidagi
turli o’lchamdagi zarrachalar bilan birga oziq moddalar ham yuvilib ketadi va
nishabligi kam, tekis maydonlarga olib borib yotqiziladi. Yuvilgan joylarda ekinlar
hosili keskin kamayadi, yuvilib keltirilgan yotqiziqli yerlarda esa o’simlik g’ovlab
o’sadi va hosil pishib yetilmaydi, shu sababli hosil miqdori nisbatan kam bo’ladi.
Tuproqlarni uzunasiga yuvilishi yoki jar eroziyasi yonbag’irlardan oqib kelayotgan
kuchli suv oqimlari ta’sirida tuproqni chuqurlatib, kuchli o’yilib yuvilishiga sabab
Logotip
A.A.Xonnazarov, Sh.Nurmatov, S.P.Suchkov, N.F.Matyunin, X.Xamdamov, S.M.Yelyubayev, A.Nigmatov, B.Jo’rayev, K.Usmonov, M.Xamidov, S.Meylibayev, O.Haqberdiyev, V.N.Li, B.Ahmedov va boshqa ko’plab olimlar tomonidan respublikamizning barcha hududlarida eroziya jarayoni mukammal o’rganilgan va ushbu jarayonni bartaraf etishning ilmiy asoslari ishlab chiqilgan. Eroziya jarayonlari natijasida mayda zarrachalar bilan birgalikda tuproqning organik qismi ham yuvilib ketadi, gumusli qatlam qalinligi qisqaradi, bunga bog’liq ravishda gumus miqdori ham kamayadi. Kuchli yuvilgan tuproqlarda karbonatli konkresiyalar tuproq yuzasiga chiqib qoladi. Tuproq profili toshli bo’lsa, u holda tuproq yuzasiga toshlar chiqib qoladi. Bularning barchasi tuproqning agronomik xususiyatlarini yomonlashtiradi. Eroziya jarayonlari ayniqsa sezilarli nishablikdagi qiyaliklarga ega bo’lgan tog’ va tog’ oldi tekisliklarida yaqqol namoyon bo’ladi. Bunda, lalmikor va yaylov mintaqalarida asosan suv eroziyasi, sug’oriladigan yerlarda esa irrigasion eroziya rivojlanadi. Shamol eroziyasi asosan cho’l mintaqalarida, ya’ni atmosfera yog’in-sochin miqdori kam, yerdan namlikni bug’lanishi esa ko’p bo’lganda yuzaga keladi. Suv eroziyasi yuvilish xarakteriga ko’ra ikki turga: yoppasiga yuvilish - yoki yuza eroziya va uzunasiga ro’y beradigan - yoki jar eroziyasiga bo’linadi. Shuningdek, oqar suvlarning ta’siriga qarab suv eroziyasi yuza oqar suvlar (qor va yomg’ir suvlari) ta’sirida ro’y beradigan eroziya va sug’orish suvlari natijasida yuzasiga keladigan irrigasion eroziyaga ajratiladi (Boboxo’jayev, Uzoqov, 1995). Tuproqlarni yoppasiga yuvilishi, ya’ni yuza eroziya natijasida tuproqning yuqori gorizontlari yonbag’irlar bo’ylab oqadigan suvlar ta’sirida yuviladi. Oqar suvlar ta’sirida tuproqning gumusli qatlam qalinligi kamayadi, uning unumdor qismidagi turli o’lchamdagi zarrachalar bilan birga oziq moddalar ham yuvilib ketadi va nishabligi kam, tekis maydonlarga olib borib yotqiziladi. Yuvilgan joylarda ekinlar hosili keskin kamayadi, yuvilib keltirilgan yotqiziqli yerlarda esa o’simlik g’ovlab o’sadi va hosil pishib yetilmaydi, shu sababli hosil miqdori nisbatan kam bo’ladi. Tuproqlarni uzunasiga yuvilishi yoki jar eroziyasi yonbag’irlardan oqib kelayotgan kuchli suv oqimlari ta’sirida tuproqni chuqurlatib, kuchli o’yilib yuvilishiga sabab
bo’ladi.  Ushbu  jarayon  bir  necha  bosqichda  kechadi.  Dastlab  uncha  katta
bo’lmagan (20-25 sm) chuqurchalar hosil bo’ladi va ular kengayib 30-50 sm 1-1,5
m ga qadar chuqurlashadi. Keyinchalik esa bu jarayon yanada rivojlanib jarliklar
hosil bo’ladi. Uzunasiga ro’y beradigan eroziya tuproqlarni to’liq ravishda yemirib
yuboradi.  Bunday  katta  jarliklari  bo’lgan  maydonlar  qishloq  xo’jaligi  uchun
mutlaqo yaroqsiz yerlarga aylanadi.
Jar  eroziyasining  rivojlanish  jadalligi  darajasi  quyidagi  gradasiya  bilan
belgilanadi (1 kv km maydondagi jarliklarning uzunligi km hisobida):
kuchsiz jarlanish – 0,25 kv km/km dan kam;
o’rtacha jarlanish – 0,25-0,50 kv km/km;
kuchli jarlanish – 0,50-0,75 kv km/km;
juda kuchli jarlanish – 0,7 kv km/km dan ko’p.
Irrigasion eroziya deb, qiya yerlarda yetishtirilayotgan ekinlarni katta suv
oqimi bilan sug’orish natijasida sug’orish suvi tezligining oshishi natijasida tuproq
qatlamining yemirilib yuvilib ketishiga aytiladi. Eroziyaning bunday turi asosan
sug’orilib  dehqonchilik  qilinadigan  yerlarda  uchraydi.  Tuproqning  irrigasion
eroziyasi  ko’p  hollarda  nishab  yerlarda  ekinlarni  ko’p  suv  oqizib  sug’orish
natijasida yuzaga keladi. Maydon nishabligi 2-30 bo’lganda tuproq yuzasini suv
yuvib keta boshlaydi. Qiyalik ortib borishi bilan irrigasion eroziya jarayoni yanada
kuchayib boradi. 
O’zbekiston tuproqshunos olimlarining ma’lumotlariga ko’ra (Hamdamov,
Soy, Boboxo’jayev, 1986), qiya maydonlarda bir marta egatlab sug’orilganda suv
oqizib ketadigan tuproq gektariga 22-50 tonnaga, o’ta qiyaliklarda esa 690 tonnaga
yetadi. Bir yilda har gektardan 100 tonna tuproqning yuvilib ketishi kuzatilgan, bu
esa tuproqdan 100 kg/ga azot va 115 kg/ga fosforning yuvilib ketishidir. Nishab
yerlardagi  tuproqlarni  yuvilish  tezligi  tuproqning  mexanik  tarkibiga,
donadorligiga, erozion turg’unligiga va boshqa xossalarga bog’liqdir. Irrigasion
Logotip
bo’ladi. Ushbu jarayon bir necha bosqichda kechadi. Dastlab uncha katta bo’lmagan (20-25 sm) chuqurchalar hosil bo’ladi va ular kengayib 30-50 sm 1-1,5 m ga qadar chuqurlashadi. Keyinchalik esa bu jarayon yanada rivojlanib jarliklar hosil bo’ladi. Uzunasiga ro’y beradigan eroziya tuproqlarni to’liq ravishda yemirib yuboradi. Bunday katta jarliklari bo’lgan maydonlar qishloq xo’jaligi uchun mutlaqo yaroqsiz yerlarga aylanadi. Jar eroziyasining rivojlanish jadalligi darajasi quyidagi gradasiya bilan belgilanadi (1 kv km maydondagi jarliklarning uzunligi km hisobida): kuchsiz jarlanish – 0,25 kv km/km dan kam; o’rtacha jarlanish – 0,25-0,50 kv km/km; kuchli jarlanish – 0,50-0,75 kv km/km; juda kuchli jarlanish – 0,7 kv km/km dan ko’p. Irrigasion eroziya deb, qiya yerlarda yetishtirilayotgan ekinlarni katta suv oqimi bilan sug’orish natijasida sug’orish suvi tezligining oshishi natijasida tuproq qatlamining yemirilib yuvilib ketishiga aytiladi. Eroziyaning bunday turi asosan sug’orilib dehqonchilik qilinadigan yerlarda uchraydi. Tuproqning irrigasion eroziyasi ko’p hollarda nishab yerlarda ekinlarni ko’p suv oqizib sug’orish natijasida yuzaga keladi. Maydon nishabligi 2-30 bo’lganda tuproq yuzasini suv yuvib keta boshlaydi. Qiyalik ortib borishi bilan irrigasion eroziya jarayoni yanada kuchayib boradi. O’zbekiston tuproqshunos olimlarining ma’lumotlariga ko’ra (Hamdamov, Soy, Boboxo’jayev, 1986), qiya maydonlarda bir marta egatlab sug’orilganda suv oqizib ketadigan tuproq gektariga 22-50 tonnaga, o’ta qiyaliklarda esa 690 tonnaga yetadi. Bir yilda har gektardan 100 tonna tuproqning yuvilib ketishi kuzatilgan, bu esa tuproqdan 100 kg/ga azot va 115 kg/ga fosforning yuvilib ketishidir. Nishab yerlardagi tuproqlarni yuvilish tezligi tuproqning mexanik tarkibiga, donadorligiga, erozion turg’unligiga va boshqa xossalarga bog’liqdir. Irrigasion
eroziyaga uchragan tuproqlarda sug’orish ishlari alohida usulda bo’lishi zarur. Bu
yerlarda kam miqdorda suv bilan tez-tez sug’orib turish uslubini qo’llash lozim
(Tregubov, Averyanov, 1987). 
Shamol eroziyasi umuman quruq iqlimli cho’l mintaqalarida, qachonki bahor
va yoz oylarining havo harorati baland, havoning nisbiy namligi esa past bo’lgan
sharoitlarda ro’y beradi. Shamol yer yuzasidan sekundiga 12-15 m/sek tezlik bilan
esganda  yuza  qatlam  to’zonga  aylanib  havoga  ko’tariladi  va  tuproq  shamol
eroziyasiga  uchraydi.  Ayni  hol  yer  unumdorligiga  juda  katta,  ba’zan  oldingi
holatiga  keltirib  tuzatib  bo’lmaydigan  darajada  zarar  yetkazadi.  Chunki  dala
tuprog’ining mayda zarrachali unumdor qismini shamol uchirib ketadi. Undagi
ozuqa  moddalar  yo’qoladi.  Bunday  yerlarda  ekinlarning  hosili  juda  kamayib
ketadi.  Ayrim  vaqtlarda  kuchli  shamollar  sug’oriladigan  yerlarga,  aholi
yashaydigan  joylarga  qumlarni  uchirib  kelib,  qumli  tepaliklar  paydo  bo’ladi,
qishloq xo’jaligi va aholi uchun noqulayliklar keltiradi. Bulardan tashqari shamol
eroziyasi bahor oylarida g’o’za va boshqa qishloq xo’jalik ekinlari nihollarining
barg,  shohlarini,  ayrim  hollarda  ildizi  bilan  uchirib  ketadi.  Buning  oqibatida
ekinlar bir necha marta qayta ekiladi, hosildorlik keskin kamayadi va paxta sifati
yomonlashadi. Shamol eroziyasiga uchragan tuproqlarning unumdorligini tiklash
uchun bir necha o’n yillar kerak bo’ladi (Mirzajonov, 1981). 
Umuman  olganda,  bugungi  kunga  kelib  O’zbekiston  hududida  tabiiy  va
antropogen  omillar  ta’sirida  yemirilish,  yuvilish  va  uchirib  ketish  jarayonlari
natijasida yuzaga kelayotgan suv va shamol eroziyasi bartaraf etish bo’yicha bir
qancha tadbirlar ishlab chiqilgan va ular asosida ijobiy natijalarga erishilmoqda.
Ma’lumki, suv va shamol eroziyasi global miqyosida eng tez yuz beradigan
va ko’pincha fojeali oqibatlarga olib keladigan buzg’unchi omillardan hisoblanadi.
Aynan  tuproq  eroziyasi  tufayli  tuproqning  unumdorlik  darajasini  belgilovchi
asosiy xossalariga qattiq zarar yetadi (Dobrovolskiy, 1997). 
Yer resurslarini muhofaza qilish va undan oqilona foydalanish muammolarini
hal qilishda tuproqlarni eroziyadan himoya qilish muhim ahamiyatga ega. Eroziya
ta’sirida  tuproqni  yuqori  unumdor  qatlamini  yuvilib  ketilishidan  tashqari  bu
Logotip
eroziyaga uchragan tuproqlarda sug’orish ishlari alohida usulda bo’lishi zarur. Bu yerlarda kam miqdorda suv bilan tez-tez sug’orib turish uslubini qo’llash lozim (Tregubov, Averyanov, 1987). Shamol eroziyasi umuman quruq iqlimli cho’l mintaqalarida, qachonki bahor va yoz oylarining havo harorati baland, havoning nisbiy namligi esa past bo’lgan sharoitlarda ro’y beradi. Shamol yer yuzasidan sekundiga 12-15 m/sek tezlik bilan esganda yuza qatlam to’zonga aylanib havoga ko’tariladi va tuproq shamol eroziyasiga uchraydi. Ayni hol yer unumdorligiga juda katta, ba’zan oldingi holatiga keltirib tuzatib bo’lmaydigan darajada zarar yetkazadi. Chunki dala tuprog’ining mayda zarrachali unumdor qismini shamol uchirib ketadi. Undagi ozuqa moddalar yo’qoladi. Bunday yerlarda ekinlarning hosili juda kamayib ketadi. Ayrim vaqtlarda kuchli shamollar sug’oriladigan yerlarga, aholi yashaydigan joylarga qumlarni uchirib kelib, qumli tepaliklar paydo bo’ladi, qishloq xo’jaligi va aholi uchun noqulayliklar keltiradi. Bulardan tashqari shamol eroziyasi bahor oylarida g’o’za va boshqa qishloq xo’jalik ekinlari nihollarining barg, shohlarini, ayrim hollarda ildizi bilan uchirib ketadi. Buning oqibatida ekinlar bir necha marta qayta ekiladi, hosildorlik keskin kamayadi va paxta sifati yomonlashadi. Shamol eroziyasiga uchragan tuproqlarning unumdorligini tiklash uchun bir necha o’n yillar kerak bo’ladi (Mirzajonov, 1981). Umuman olganda, bugungi kunga kelib O’zbekiston hududida tabiiy va antropogen omillar ta’sirida yemirilish, yuvilish va uchirib ketish jarayonlari natijasida yuzaga kelayotgan suv va shamol eroziyasi bartaraf etish bo’yicha bir qancha tadbirlar ishlab chiqilgan va ular asosida ijobiy natijalarga erishilmoqda. Ma’lumki, suv va shamol eroziyasi global miqyosida eng tez yuz beradigan va ko’pincha fojeali oqibatlarga olib keladigan buzg’unchi omillardan hisoblanadi. Aynan tuproq eroziyasi tufayli tuproqning unumdorlik darajasini belgilovchi asosiy xossalariga qattiq zarar yetadi (Dobrovolskiy, 1997). Yer resurslarini muhofaza qilish va undan oqilona foydalanish muammolarini hal qilishda tuproqlarni eroziyadan himoya qilish muhim ahamiyatga ega. Eroziya ta’sirida tuproqni yuqori unumdor qatlamini yuvilib ketilishidan tashqari bu
jarayon atrof muhitni ayrim komponentlariga yomon ta’sir ko’rsatadi, ayniqsa suv
resurslariga, suv havzalari, daryo va suv omborlarining suvi keskin loyqalanishi
oshadi,  qishloq  xo’jalik  ekinlariga  qo’llanilgan  o’g’itlar  va  boshqa  kimyoviy
preparatlar yuvilib ketadi.
Eroziyalangan  tuproqlarda  flora  va  faunalarning  hayot  sharoitlari  keskin
yomonlashadi.  Eroziyalangan  tuproqlarda  ba’zi  mikroelementlar  miqdorining
kamayib  ketishi  bir  qator  kasalliklarning  rivojlanishiga  olib  kelishi  mumkin.
Shunday qilib, tuproqni eroziyadan himoya qilish atrof muhitni muhofaza qilish
muammosining ajralmas qismi bo’lib hisoblanadi (Zaslavskiy, 1966, 1983).
Eroziya holatlarining ta’siri ostida biroz yuvilgan, o’rtacha yuvilgan, kuchli
yuvilgan va yuvilib to’plangan tuproqlar hosil bo’ladiki, ular tuproq qatlamining
qalinligi,  gumus,  oziqa  elementlari  (makro-  va  mikro  elementlar)  zaxirasi  va
tarkibi,  mikroorganizmlar  miqdori  va  sifati,  kimyoviy  va  fizikaviy  xossalari,
bioenergetika  ko’rsatkichlari  o’zgarishi  tufayli  unumdorlik  darajalari  turlicha
ekanligidan dalolat beradi. Shu narsa ma’lumki, irrigasiya eroziyasi natijasida
tuproq yuvilishi har yili gektariga 100-150 tonnagacha va undan ham oshib ketishi
mumkin (nishabligi 50 dan ko’proq bo’lgan qiyamaliklarda gektariga 500 tonnaga
qadar  boradi).  Ana  shu  tuproq  bilan  birga  gumusning  yillik  nobudgarchiligi
gektariga 500-800 kg, azot-gektariga 100-120 kg, fosfor 75-100 va undan ko’proq
kilogrammni tashkil etishi mumkin. Shuni qayd etish kerakki, eroziya jarayonlari
tuproqdagi ekosistemalar biomassasiga foydalanilgan quyosh energiyasi miqdoriga
ham ta’sir o’tkazadi.
Chunonchi, respublikaning bo’z tuproq yerlaridan nishablikning holati va
tuzilishiga qarab to’plangan energiya zaxirasi gektariga 20-100∙106 kilokalloriyani
tashkil etadi. Ayni vaqtda yuvilib to’plangan tuproq – kuchsiz eroziyalangan –
o’rtacha eroziyalanan – kuchli eroziyalangan tuproqlar qatorida energiya zaxirasi
kamayib boradi. Eroziya jarayonlari natijasida fitomassada, gumusda va tuproq
tarkibidagi  mikroblarda  yutilgan  quyosh  energiyasining  30-50  foizi  va  undan
ko’prog’i  yo’qotiladi.  Tuproqda  sodir  bo’ladigan  biologik,  biokimyoviy
jarayonlarning  intensivligi  asosan  quyosh  energiyasining  zaxiralari  va  u
Logotip
jarayon atrof muhitni ayrim komponentlariga yomon ta’sir ko’rsatadi, ayniqsa suv resurslariga, suv havzalari, daryo va suv omborlarining suvi keskin loyqalanishi oshadi, qishloq xo’jalik ekinlariga qo’llanilgan o’g’itlar va boshqa kimyoviy preparatlar yuvilib ketadi. Eroziyalangan tuproqlarda flora va faunalarning hayot sharoitlari keskin yomonlashadi. Eroziyalangan tuproqlarda ba’zi mikroelementlar miqdorining kamayib ketishi bir qator kasalliklarning rivojlanishiga olib kelishi mumkin. Shunday qilib, tuproqni eroziyadan himoya qilish atrof muhitni muhofaza qilish muammosining ajralmas qismi bo’lib hisoblanadi (Zaslavskiy, 1966, 1983). Eroziya holatlarining ta’siri ostida biroz yuvilgan, o’rtacha yuvilgan, kuchli yuvilgan va yuvilib to’plangan tuproqlar hosil bo’ladiki, ular tuproq qatlamining qalinligi, gumus, oziqa elementlari (makro- va mikro elementlar) zaxirasi va tarkibi, mikroorganizmlar miqdori va sifati, kimyoviy va fizikaviy xossalari, bioenergetika ko’rsatkichlari o’zgarishi tufayli unumdorlik darajalari turlicha ekanligidan dalolat beradi. Shu narsa ma’lumki, irrigasiya eroziyasi natijasida tuproq yuvilishi har yili gektariga 100-150 tonnagacha va undan ham oshib ketishi mumkin (nishabligi 50 dan ko’proq bo’lgan qiyamaliklarda gektariga 500 tonnaga qadar boradi). Ana shu tuproq bilan birga gumusning yillik nobudgarchiligi gektariga 500-800 kg, azot-gektariga 100-120 kg, fosfor 75-100 va undan ko’proq kilogrammni tashkil etishi mumkin. Shuni qayd etish kerakki, eroziya jarayonlari tuproqdagi ekosistemalar biomassasiga foydalanilgan quyosh energiyasi miqdoriga ham ta’sir o’tkazadi. Chunonchi, respublikaning bo’z tuproq yerlaridan nishablikning holati va tuzilishiga qarab to’plangan energiya zaxirasi gektariga 20-100∙106 kilokalloriyani tashkil etadi. Ayni vaqtda yuvilib to’plangan tuproq – kuchsiz eroziyalangan – o’rtacha eroziyalanan – kuchli eroziyalangan tuproqlar qatorida energiya zaxirasi kamayib boradi. Eroziya jarayonlari natijasida fitomassada, gumusda va tuproq tarkibidagi mikroblarda yutilgan quyosh energiyasining 30-50 foizi va undan ko’prog’i yo’qotiladi. Tuproqda sodir bo’ladigan biologik, biokimyoviy jarayonlarning intensivligi asosan quyosh energiyasining zaxiralari va u
sochayotgan  nur  ko’rinishining  o’zgarishlari  bilan bog’liq ekanligini  e’tiborga
olganda  eroziya  tomonidan  ekosistemaga  yetkaziladigan  zarar  miqyoslarini
tasavvur etish mumkin (Gafurova, 1995, 2001).
Suv  eroziyasidan  yo’q  bo’layotgan  azot  va  fosfor  miqdorini  ularning
ekinlarga solinayotgan mineral o’g’itlar tarkibidagi miqdori bilan taqqoslaydigan
bo’lsak, suv eroziyasiga uchragan maydonda har yili solinayotgan azotning 50-70
% va fosforning 20-50 % ko’p yuvilib ketayotgani ma’lum bo’ladi, bu esa ekinlar
hosildorligiga salbiy ta’sir qilishi shubhasizdir. 
L.A.Gafurova, N.B.Raupovaning ishlarida (2004) uchlamchi davr qizg’ish
yotqiziqlarda shakllangan tipik bo’z tuproqlarda tuproq hosil bo’lish jarayonida
hamda  tuproq  unumdorligida  gumusning  muhim  ahamiyatini  o’rganilgan.
Uchlamchi-neogen  yotqiziqlarda  shakllangan  tuproqlarning  eroziya  holatiga
uchrashini  hisobga  olgan  holda,  ekologik  sharoitlarini  tahlil  qilib,  genetik
xususiyatlarini  aniqladi;  gumus  miqdori,  zahiralari,  tuproqdagi  gumus
moddalarining  tarkibi  va  ularning  eroziya  jarayonida  o’zgarishi,  tuproqlar
gumusining guruhiy va fraksiyali tarkibi, ba’zi bir fizik-kimyoviy xossalari va
gumus holatlari, eroziyalanish darajasi va qiyalik ekspozisiyasiga bog’liq ravishda
aniqlangan.
M.Faxrutdinova (1998) tomonidan Turkiston tog’ tizmasining shimoliy yon
bag’rida “Xalq bog’i” tuproqlari misolida eroziyaga uchragan tog’ tuproqlarini
relyefning turli elementlarida hamda o’simlik qoplami ostida gumus hosil bo’lish
jarayonining qonuniyatlari o’rganilgan va tog’ mintaqasi tuproq tiplarining gumus
tarkibi bo’yicha kompleks tavsif berilgan. 
N.I.Shadiyeva (2010) tomonidan olib borilgan tadqiqot natijalaridan ma’lum
bo’lishicha,  Sangzor  havzasida  tarqalgan  eroziyalangan  qo’riq,  lalmi  va
sug’oriladigan tuproqlarini gumus tarkibi eroziyalanmagan shunday tuproqlarga
nisbatan  yomonligi  kuzatildi.  Ya’ni  ularning  gumusi  tarkibida  kam  barqaror
fulvokislotalari miqdori turg’un bo’lgan yuqori molekulyar gumin kislotalaridan
ustunligi aniqlandi. Eroziyalanmagan va eroziya natijasida «yig’ilib to’plangan»
tuproqlarda esa, gumus tarkibidagi gumin kislotalarining ustunlik qilishi kuzatildi.
Logotip
sochayotgan nur ko’rinishining o’zgarishlari bilan bog’liq ekanligini e’tiborga olganda eroziya tomonidan ekosistemaga yetkaziladigan zarar miqyoslarini tasavvur etish mumkin (Gafurova, 1995, 2001). Suv eroziyasidan yo’q bo’layotgan azot va fosfor miqdorini ularning ekinlarga solinayotgan mineral o’g’itlar tarkibidagi miqdori bilan taqqoslaydigan bo’lsak, suv eroziyasiga uchragan maydonda har yili solinayotgan azotning 50-70 % va fosforning 20-50 % ko’p yuvilib ketayotgani ma’lum bo’ladi, bu esa ekinlar hosildorligiga salbiy ta’sir qilishi shubhasizdir. L.A.Gafurova, N.B.Raupovaning ishlarida (2004) uchlamchi davr qizg’ish yotqiziqlarda shakllangan tipik bo’z tuproqlarda tuproq hosil bo’lish jarayonida hamda tuproq unumdorligida gumusning muhim ahamiyatini o’rganilgan. Uchlamchi-neogen yotqiziqlarda shakllangan tuproqlarning eroziya holatiga uchrashini hisobga olgan holda, ekologik sharoitlarini tahlil qilib, genetik xususiyatlarini aniqladi; gumus miqdori, zahiralari, tuproqdagi gumus moddalarining tarkibi va ularning eroziya jarayonida o’zgarishi, tuproqlar gumusining guruhiy va fraksiyali tarkibi, ba’zi bir fizik-kimyoviy xossalari va gumus holatlari, eroziyalanish darajasi va qiyalik ekspozisiyasiga bog’liq ravishda aniqlangan. M.Faxrutdinova (1998) tomonidan Turkiston tog’ tizmasining shimoliy yon bag’rida “Xalq bog’i” tuproqlari misolida eroziyaga uchragan tog’ tuproqlarini relyefning turli elementlarida hamda o’simlik qoplami ostida gumus hosil bo’lish jarayonining qonuniyatlari o’rganilgan va tog’ mintaqasi tuproq tiplarining gumus tarkibi bo’yicha kompleks tavsif berilgan. N.I.Shadiyeva (2010) tomonidan olib borilgan tadqiqot natijalaridan ma’lum bo’lishicha, Sangzor havzasida tarqalgan eroziyalangan qo’riq, lalmi va sug’oriladigan tuproqlarini gumus tarkibi eroziyalanmagan shunday tuproqlarga nisbatan yomonligi kuzatildi. Ya’ni ularning gumusi tarkibida kam barqaror fulvokislotalari miqdori turg’un bo’lgan yuqori molekulyar gumin kislotalaridan ustunligi aniqlandi. Eroziyalanmagan va eroziya natijasida «yig’ilib to’plangan» tuproqlarda esa, gumus tarkibidagi gumin kislotalarining ustunlik qilishi kuzatildi.
Ma’lumki, gumin kislotalari azotga boy, kalsiy bilan to’yingan, suvga chidamli
agregatlarni hosil bo’lishiga sabab bo’ladi. Shuningdek, gumusning labil holdagi
shakli ham eroziyalanmagan tuproqlarda yuqoriligi aniqlandi. Bu shakldagi gumus
moddalari tuproq unumdorligini muhim ko’rsatkichi bo’lib, o’simliklar o’sishi va
rivojlanishida ahamiyati katta. Tadqiq etilgan tuproqlarning gumusini guruhiy va
fraksiyaviy tarkibiga ko’ra, eroziyaga uchragan qiyalik tuproqlarida organik modda
tarkibidagi  gumin  kislota  miqdori  tuproqni  yuqori  qatlamlaridan  pastki
qatlamlariga tomon kamayib boradi. Fulvokislotalari aksincha, yuqoridan quyiga
tomon ortadi. Bu esa, eroziya ta’sirida tuproq gumusining turg’un shakli-gumin
kislotalari barqaror bo’lmagan fulvokislotalariga nisbatan kamayishi va ularning
gumusli holatini yomonlashuvini ko’rsatadi.
S.M.Mirxoshimov  (1963)  O’zbekistonda  birinchi  bor  tuproq  eroziyasiga
qarshi  kurashda  ko’p  yillik  o’tlarni  ahamiyatini  ko’rsatdi.  Eroziyani  katta-
kichikligi  yonbag’irlar  o’simlik  qoplamini  holatiga  bog’liq.  Qiyalik  yerlarni
haydash, tuproq eroziyasini kuchaytiradi, ko’p yillik o’tlar ekish esa qiyaliklarda
suv oqimini va tuproq yuvilishini 8-10 barobar susaytiradi (Tashpulatov, 1969).
A.A.Adilov (1990) Jizzax viloyatini Baxmal tumanida eroziyalangan to’q
tusli bo’z tuproqlar ustida izlanishlar olib borgan va bu yerni tuproqlari har xil
darajada eroziyalanganligini aniqlagan. U izlanishlarida ko’p yillik o’tlar va ularni
aralashmasini  (beda,  esparset,  yeja  sbornaya)  ekish  eroziyalangan  tuproqlar
unumdorligini  va  ulardan  eroziyaga  qarshi  chidamliligini  oshishiga  imkon
yaratishini isbotlab berdi va bu tuproq eroziyasiga qarshi kurashishda ilmiy asos
bo’lib hisoblanadi.
X.M.Maxsudov ma’lumotlariga asosan, tuproqning yuvilishi, suv oqimining
tezligi, qiyalikning qavariq va qavariq botiq maydonlarida faollashadi, qiyalik
darajasini  3,5 gradusdan  5  gradusgacha  va qiyalik  uzunligini  30  metrdan  80
mertgacha oshishida suvni loyqalanishi 3,5 barobar ko’payadi, qiyalik darajasi
yana  1,5  gradusga  va  uzunlik  40  metrga  oshganda  loyqalanishi  1,5  barobar
ko’payadi (1989). 
Logotip
Ma’lumki, gumin kislotalari azotga boy, kalsiy bilan to’yingan, suvga chidamli agregatlarni hosil bo’lishiga sabab bo’ladi. Shuningdek, gumusning labil holdagi shakli ham eroziyalanmagan tuproqlarda yuqoriligi aniqlandi. Bu shakldagi gumus moddalari tuproq unumdorligini muhim ko’rsatkichi bo’lib, o’simliklar o’sishi va rivojlanishida ahamiyati katta. Tadqiq etilgan tuproqlarning gumusini guruhiy va fraksiyaviy tarkibiga ko’ra, eroziyaga uchragan qiyalik tuproqlarida organik modda tarkibidagi gumin kislota miqdori tuproqni yuqori qatlamlaridan pastki qatlamlariga tomon kamayib boradi. Fulvokislotalari aksincha, yuqoridan quyiga tomon ortadi. Bu esa, eroziya ta’sirida tuproq gumusining turg’un shakli-gumin kislotalari barqaror bo’lmagan fulvokislotalariga nisbatan kamayishi va ularning gumusli holatini yomonlashuvini ko’rsatadi. S.M.Mirxoshimov (1963) O’zbekistonda birinchi bor tuproq eroziyasiga qarshi kurashda ko’p yillik o’tlarni ahamiyatini ko’rsatdi. Eroziyani katta- kichikligi yonbag’irlar o’simlik qoplamini holatiga bog’liq. Qiyalik yerlarni haydash, tuproq eroziyasini kuchaytiradi, ko’p yillik o’tlar ekish esa qiyaliklarda suv oqimini va tuproq yuvilishini 8-10 barobar susaytiradi (Tashpulatov, 1969). A.A.Adilov (1990) Jizzax viloyatini Baxmal tumanida eroziyalangan to’q tusli bo’z tuproqlar ustida izlanishlar olib borgan va bu yerni tuproqlari har xil darajada eroziyalanganligini aniqlagan. U izlanishlarida ko’p yillik o’tlar va ularni aralashmasini (beda, esparset, yeja sbornaya) ekish eroziyalangan tuproqlar unumdorligini va ulardan eroziyaga qarshi chidamliligini oshishiga imkon yaratishini isbotlab berdi va bu tuproq eroziyasiga qarshi kurashishda ilmiy asos bo’lib hisoblanadi. X.M.Maxsudov ma’lumotlariga asosan, tuproqning yuvilishi, suv oqimining tezligi, qiyalikning qavariq va qavariq botiq maydonlarida faollashadi, qiyalik darajasini 3,5 gradusdan 5 gradusgacha va qiyalik uzunligini 30 metrdan 80 mertgacha oshishida suvni loyqalanishi 3,5 barobar ko’payadi, qiyalik darajasi yana 1,5 gradusga va uzunlik 40 metrga oshganda loyqalanishi 1,5 barobar ko’payadi (1989).
Shuningdek,  X.M.Maxsudov  (1998,  2003)  tomonidan  olib  borilgan
tadqiqotlar natijalariga ko’ra, eroziyalanmagan to’q tusli bo’z tuproqlarning yuqori
qatlamlarida gumus 2,3 %, N 0,15-0,18 % tuproq kesmasining pastki qatlamlarida
bu ko’rsatkichlar kamayib borgan. Gumusli qatlam A+V+V2 qalinligi 70-90 sm
mexanik tarkibi og’ir va o’rta qumoqdir. Karbonatlar 30 smdan soxta miseliylar
ko’rinishida 65 smdan esa ohak zarrachalari ko’rinishida namoyon bo’ladi. Kam
eroziyalangan to’q tusli bo’z tuproqlar yuqori qatlamlari 1 % dan ko’p bo’lmagan
(yuqori qatlamlari 0,1 %) gumus miqdoriga ega. Gumusli qatlam qalinligi esa 30-
40sm, tuproqni yuqori qatlamlari karbonat hosilalari bilan qoplangan. Uningcha
eroziya natijasida «yig’ilib to’plangan» tuproqlar gumus miqdorini ko’payganligi
va gumusli qatlamni qalinligini 100 smga oshganligi azotga boy va karbonatlar
miqdori 60-80sm va undan chuqurroqda kuzatiladi.
Eroziyaning qishloq xo’jalik ekinlari hosildorligiga ta’siri g’oyat kattadir.
X.Maxsudovning ko’p yillik tadqiqotlarida yuvilgan tuproqlarda g’o’za o’simligi
bosh poyasining balandligi yuvilmagan tuproqlardagiga nisbatan past  bo’lishi,
yuvib  to’plangan  tuproqlarda  esa  bo’yi  yana  ham  baland  bo’lishi  kuzatilgan.
Yuvilgan  tuproqlarda  gul,  g’uncha  va  ko’saklar  soni  eng  kam,  hosil
nishonalarining to’kilishi esa eng ko’pni tashkil etdi. Paxta hosildorligi ham mana
shu xususiyatlarga muvofiq shakllanadi. 
Eroziya  natijasida  o’simliklarni  oziqa  rejimi,  tuproqni  fizik  xossalari
yomonlashadi,  tuproqda  nam  zahiralari  kamayadi.  Shuningdek  kuchli
eroziyalangan tuproqlar qishloq xo’jalik ekinlarining 1 gr. quruq hosilini olish
uchun eroziyalanmagan tuproqlarga nisbatan ko’p nam sarf qiladi, nam to’plash
qobiliyati esa, eroziyalanmagan tuproqlardagiga nisbatan kam (Gussak, 1959).
Eroziyalangan  tuproqlarda  hosil  pasayishini  ana  shunday  qonuniyati
Q.U.Usmonov, A.A.Adilov, M.Yunusov, X..X.Yusupov va S.S.Rustamovni Jizzax
viloyatining  bo’z  tuproqlarida  hamda  X.M.Maxsudov,  Derressa  Aberra,
G.Mirxaydarova, G.Nabiyeva, G.Djalilova, T.Shamsitdinovlarni Chotqol tog’ oldi
tuproqlarida  olib  borgan  tajribalarida  ham  shu  qonuniyatlar  tasdiqlandi.
Logotip
Shuningdek, X.M.Maxsudov (1998, 2003) tomonidan olib borilgan tadqiqotlar natijalariga ko’ra, eroziyalanmagan to’q tusli bo’z tuproqlarning yuqori qatlamlarida gumus 2,3 %, N 0,15-0,18 % tuproq kesmasining pastki qatlamlarida bu ko’rsatkichlar kamayib borgan. Gumusli qatlam A+V+V2 qalinligi 70-90 sm mexanik tarkibi og’ir va o’rta qumoqdir. Karbonatlar 30 smdan soxta miseliylar ko’rinishida 65 smdan esa ohak zarrachalari ko’rinishida namoyon bo’ladi. Kam eroziyalangan to’q tusli bo’z tuproqlar yuqori qatlamlari 1 % dan ko’p bo’lmagan (yuqori qatlamlari 0,1 %) gumus miqdoriga ega. Gumusli qatlam qalinligi esa 30- 40sm, tuproqni yuqori qatlamlari karbonat hosilalari bilan qoplangan. Uningcha eroziya natijasida «yig’ilib to’plangan» tuproqlar gumus miqdorini ko’payganligi va gumusli qatlamni qalinligini 100 smga oshganligi azotga boy va karbonatlar miqdori 60-80sm va undan chuqurroqda kuzatiladi. Eroziyaning qishloq xo’jalik ekinlari hosildorligiga ta’siri g’oyat kattadir. X.Maxsudovning ko’p yillik tadqiqotlarida yuvilgan tuproqlarda g’o’za o’simligi bosh poyasining balandligi yuvilmagan tuproqlardagiga nisbatan past bo’lishi, yuvib to’plangan tuproqlarda esa bo’yi yana ham baland bo’lishi kuzatilgan. Yuvilgan tuproqlarda gul, g’uncha va ko’saklar soni eng kam, hosil nishonalarining to’kilishi esa eng ko’pni tashkil etdi. Paxta hosildorligi ham mana shu xususiyatlarga muvofiq shakllanadi. Eroziya natijasida o’simliklarni oziqa rejimi, tuproqni fizik xossalari yomonlashadi, tuproqda nam zahiralari kamayadi. Shuningdek kuchli eroziyalangan tuproqlar qishloq xo’jalik ekinlarining 1 gr. quruq hosilini olish uchun eroziyalanmagan tuproqlarga nisbatan ko’p nam sarf qiladi, nam to’plash qobiliyati esa, eroziyalanmagan tuproqlardagiga nisbatan kam (Gussak, 1959). Eroziyalangan tuproqlarda hosil pasayishini ana shunday qonuniyati Q.U.Usmonov, A.A.Adilov, M.Yunusov, X..X.Yusupov va S.S.Rustamovni Jizzax viloyatining bo’z tuproqlarida hamda X.M.Maxsudov, Derressa Aberra, G.Mirxaydarova, G.Nabiyeva, G.Djalilova, T.Shamsitdinovlarni Chotqol tog’ oldi tuproqlarida olib borgan tajribalarida ham shu qonuniyatlar tasdiqlandi.
Yuqoridagi mualliflarning tadqiqotlari shuni ko’rsatadiki, bug’doy hosildorligini
kamayishi bilan bir qatorda 1000 dona urug’ massasi ham pasayadi.
Deressa  Aberra  (1991)  ilmiy  izlanishlarida  kuzgi  bug’doy  hosildorligi
bo’yicha quyidagicha analogik qonuniyatni kuzatish mumkin: eroziyalanmagan va
eroziya  natijasida  «yig’ilib  to’plangan»  tuproqlarda  hosildorlik  15,7-18,3  s/ga
bo’lsa, o’rtacha va kuchli eroziyalangan yerlarda 10,3-7,2 s/gani tashkil etadi. Shu
sababli  tuproq  eroziyasiga  qarshi  kurash  lalmi  dehqonchilikning  asosiy
muammolaridan biridir.
Eroziya hosil miqdorigagina emas, balki tolaning sifatiga ham ta’sir qildi.
Tuproq yuvib ketilishining ta’siri ostida bitta ko’sakning massasi kamaydi, yuvilib
to’plangan tuproqdagi ko’sak massasi esa oshdi. Tolaning pishiqligi ham xuddi
shunday  nisbatlarda o’zgardi. Yuvib ketilgan tuproqda tolaning chiqishi  ham past
darajada bo’ldi. Eroziya ta’siri ostida chigitning holati keskin o’zgarishini qayd
etib o’tish muhimdir. 1000 dona chigit massasi yuvilgan tuproqlarda eng kam,
yuvilmagan  va  yuvilib  to’plangan  tuproqlarda  esa  eng  ko’p  bo’lgan.
Degradasiyaga uchragan yuvilgan tuproqlarda yetishtirilgan paxtaning chigiti ekish
uchun yaroqli emas. Irrigasiya eroziyasi tuproq unumdorligiga o’rnini to’ldirish
qiyin  bo’lgan  ziyon  yetkazibgina  qolmay,  hosildorlikni  pasaytirib  yuboradi,
bundan tashqari paxta tolasining sifatini yomonlashtiradi  hamda o’simliklarni
nasliga ham salbiy ta’sir qilib, navning ko’rsatkichlarini buzilishiga olib keladi.
Umuman olganda, eroziya jarayoni hamma ekinlarga, jumladan, g’alla, ozuqabop,
mevali, sabzavot, poliz ekinlariga va boshqalarga salbiy ta’sir yetkazadi. 
Ma’lum  bo’lishicha, 1mm  tuproq qatlamini  qayta tiklash  uchun o’simlik
qoplami yaxshi bo’lgan taqdirda 100-200 yildan 1000 yil va undan ham ko’proq
vaqt talab etilishi ma’lum, ya’ni keyingi 70-100 yillar mobaynida yerdan noto’g’ri
foydalanishi oqibatida keyingi kamida 1000 yillar va hatto 10000 yillar mobaynida
tabiat kuchlari bajargan ishlarning natijalari yo’qqa chiqarilishi mumkin. Shu bois,
tuproqni eroziya jarayonlaridan muhofaza qilish hozirgi kunning g’oyat o’tkir
jahonshumul muammosidir. 
Logotip
Yuqoridagi mualliflarning tadqiqotlari shuni ko’rsatadiki, bug’doy hosildorligini kamayishi bilan bir qatorda 1000 dona urug’ massasi ham pasayadi. Deressa Aberra (1991) ilmiy izlanishlarida kuzgi bug’doy hosildorligi bo’yicha quyidagicha analogik qonuniyatni kuzatish mumkin: eroziyalanmagan va eroziya natijasida «yig’ilib to’plangan» tuproqlarda hosildorlik 15,7-18,3 s/ga bo’lsa, o’rtacha va kuchli eroziyalangan yerlarda 10,3-7,2 s/gani tashkil etadi. Shu sababli tuproq eroziyasiga qarshi kurash lalmi dehqonchilikning asosiy muammolaridan biridir. Eroziya hosil miqdorigagina emas, balki tolaning sifatiga ham ta’sir qildi. Tuproq yuvib ketilishining ta’siri ostida bitta ko’sakning massasi kamaydi, yuvilib to’plangan tuproqdagi ko’sak massasi esa oshdi. Tolaning pishiqligi ham xuddi shunday nisbatlarda o’zgardi. Yuvib ketilgan tuproqda tolaning chiqishi ham past darajada bo’ldi. Eroziya ta’siri ostida chigitning holati keskin o’zgarishini qayd etib o’tish muhimdir. 1000 dona chigit massasi yuvilgan tuproqlarda eng kam, yuvilmagan va yuvilib to’plangan tuproqlarda esa eng ko’p bo’lgan. Degradasiyaga uchragan yuvilgan tuproqlarda yetishtirilgan paxtaning chigiti ekish uchun yaroqli emas. Irrigasiya eroziyasi tuproq unumdorligiga o’rnini to’ldirish qiyin bo’lgan ziyon yetkazibgina qolmay, hosildorlikni pasaytirib yuboradi, bundan tashqari paxta tolasining sifatini yomonlashtiradi hamda o’simliklarni nasliga ham salbiy ta’sir qilib, navning ko’rsatkichlarini buzilishiga olib keladi. Umuman olganda, eroziya jarayoni hamma ekinlarga, jumladan, g’alla, ozuqabop, mevali, sabzavot, poliz ekinlariga va boshqalarga salbiy ta’sir yetkazadi. Ma’lum bo’lishicha, 1mm tuproq qatlamini qayta tiklash uchun o’simlik qoplami yaxshi bo’lgan taqdirda 100-200 yildan 1000 yil va undan ham ko’proq vaqt talab etilishi ma’lum, ya’ni keyingi 70-100 yillar mobaynida yerdan noto’g’ri foydalanishi oqibatida keyingi kamida 1000 yillar va hatto 10000 yillar mobaynida tabiat kuchlari bajargan ishlarning natijalari yo’qqa chiqarilishi mumkin. Shu bois, tuproqni eroziya jarayonlaridan muhofaza qilish hozirgi kunning g’oyat o’tkir jahonshumul muammosidir.
Eroziya  jarayonlari  ro’y  berishi  natijasida  yerlarni  degradasiyalanish
muammolari nafaqat O’zbekistonda, balki chet mamlakatlarda ham dolzarbdir.
Ma’lum bir mintaqaning tuproq hosil bo’lish jarayonining o’ziga xos regional
xususiyatlarini  hisobga  olmagan  holda  yerlardan  oqilona  foydalanmaslik,
o’rmonlarni yo’q qilinishi, chorva mollarini tartibsiz boqilishi oqibatida tabiiy
tuproq  qoplamining  o’zgarishiga,  tuproq  unumdorligini  pasayishiga,  qishloq
xo’jalik ekinlari hosilining kamayishi va ular sifatini pasayishiga olib keluvchi
eroziya jarayonlarini yanada kuchaytiradi. Shunday ekan, eroziyalangan tuproqlar
unumdorligini  saqlash,  oshirish  va  muhofaza  qilish  masalalari,  shuningdek
respublikamizning  turli  tabiiy-ekologik  mintaqalaridagi  yer  resurslaridan
maqsadga muvofiq foydalanish hozirgi kunning muhim masalalaridan hisoblanadi
(Maxsudov, Djalilova, 2006).
Ma’lumki, eroziya jarayonlarining paydo bo’lishi va rivojlanishiga asosan 2
xil omil ta’sir etadi: tabiiy va antropogen. Inson tomonidan yerning o’zlashtirilishi
va g’ayri tabiiy usullar qo’llab noto’g’ri foydalanishi natijasida eroziya jarayonlari
sezilarli rivoj oldi. Hozirgi zamon eroziyasi yuqorida ko’rsatilgan ikkala omil bir-
birlari  bilan  birlashishi  natijasida  namoyon  bo’layotir.  Iqlim  o’zgarishi,  yer
yuzasining notekisligi, yerning geologik - geomorfologik kabi tabiiy omillar bilan
birgalikda inson tomonidan yer, suv manbalari noto’g’ri foydalanilishi tuproq suv
va shamol eroziyasini rivojlanishiga asosiy sababdir. 
Eroziya jarayonlarining rivojlanishida iqlimning roli. O’zbekiston iqlimining
tuproq  paydo  bo’lishidagi  va  eroziya  jarayonlarini  rivojlanishidagi  rolini
o’rganishda  birinchi  navbatda  hududning meridian  bo’ylab 920 km  dan ko’p
cho’zilishi  iqlimning  Janubdan  –  Shimolga  qarab  o’zgarishini  xilma-xilligi
inobatga olinadi. Bu o’zgarishlarga suvsiz jazirama cho’llar, adirlar, tog’ oldi va
tog’  mintaqalarining  joylashishi  sababdir.  Ma’lumki,  iqlimning  o’zgarishiga
asosan tog’lar, tog’ vodiylari, ularni ekspozisiya bo’yicha joylanishi, tog’larning
balandligi katta ahamiyatga ega. Shuning uchun O’zbekiston hududida iqlimning
shakllanishi  atmosfera  sirkulyasiyasining  xususiyatlariga  bog’liq  bo’ladi.  Yoz
oylarida Markaziy Osiyoning sahro va cho’llardan iborat katta kengliklarida bir
Logotip
Eroziya jarayonlari ro’y berishi natijasida yerlarni degradasiyalanish muammolari nafaqat O’zbekistonda, balki chet mamlakatlarda ham dolzarbdir. Ma’lum bir mintaqaning tuproq hosil bo’lish jarayonining o’ziga xos regional xususiyatlarini hisobga olmagan holda yerlardan oqilona foydalanmaslik, o’rmonlarni yo’q qilinishi, chorva mollarini tartibsiz boqilishi oqibatida tabiiy tuproq qoplamining o’zgarishiga, tuproq unumdorligini pasayishiga, qishloq xo’jalik ekinlari hosilining kamayishi va ular sifatini pasayishiga olib keluvchi eroziya jarayonlarini yanada kuchaytiradi. Shunday ekan, eroziyalangan tuproqlar unumdorligini saqlash, oshirish va muhofaza qilish masalalari, shuningdek respublikamizning turli tabiiy-ekologik mintaqalaridagi yer resurslaridan maqsadga muvofiq foydalanish hozirgi kunning muhim masalalaridan hisoblanadi (Maxsudov, Djalilova, 2006). Ma’lumki, eroziya jarayonlarining paydo bo’lishi va rivojlanishiga asosan 2 xil omil ta’sir etadi: tabiiy va antropogen. Inson tomonidan yerning o’zlashtirilishi va g’ayri tabiiy usullar qo’llab noto’g’ri foydalanishi natijasida eroziya jarayonlari sezilarli rivoj oldi. Hozirgi zamon eroziyasi yuqorida ko’rsatilgan ikkala omil bir- birlari bilan birlashishi natijasida namoyon bo’layotir. Iqlim o’zgarishi, yer yuzasining notekisligi, yerning geologik - geomorfologik kabi tabiiy omillar bilan birgalikda inson tomonidan yer, suv manbalari noto’g’ri foydalanilishi tuproq suv va shamol eroziyasini rivojlanishiga asosiy sababdir. Eroziya jarayonlarining rivojlanishida iqlimning roli. O’zbekiston iqlimining tuproq paydo bo’lishidagi va eroziya jarayonlarini rivojlanishidagi rolini o’rganishda birinchi navbatda hududning meridian bo’ylab 920 km dan ko’p cho’zilishi iqlimning Janubdan – Shimolga qarab o’zgarishini xilma-xilligi inobatga olinadi. Bu o’zgarishlarga suvsiz jazirama cho’llar, adirlar, tog’ oldi va tog’ mintaqalarining joylashishi sababdir. Ma’lumki, iqlimning o’zgarishiga asosan tog’lar, tog’ vodiylari, ularni ekspozisiya bo’yicha joylanishi, tog’larning balandligi katta ahamiyatga ega. Shuning uchun O’zbekiston hududida iqlimning shakllanishi atmosfera sirkulyasiyasining xususiyatlariga bog’liq bo’ladi. Yoz oylarida Markaziy Osiyoning sahro va cho’llardan iborat katta kengliklarida bir
zayildagi kuchli qizigan kontinental jazirama issiq hukm suradi. Shuning uchun
yoz bo’yi havo ochiq, behad issiq bo’ladi. Sovuq mavsumda esa kontinental-
subtropik va mo’tadil kengliklarning sovuq massalari o’rtasida Markaziy Osiyoda
janubiy  siklonga  xos  rivojlanadigan  sovuq  oqim  hosil  bo’ladi,  qishki-bahorgi
seryomg’ir davr shuning oqibatidir.
O’zbekiston  mintaqasida  iqlimning  shakllanishi  ob-havo  sharoiti
xususiyatlariga  bog’liq.  L.N.Babushkin  (1964)  ko’rsatib  o’tganidek,  G’arbdan
kelayotgan  atmosfera  havo  massalari  va  janubiy-g’arbdan  keluvchi  tuproq
havoning iliq massasi namlik manbalari hisoblanadi. Tog’larga yaqinlashgan sari
yonbag’irlardan  yuqori  ko’tarilayotgan  bu  havo  massalari  soviydi,  namlik
suyuqlashadi va yog’in-sochinga aylanadi. O’zbekistonga yog’in-sochin miqdori
joyning dengiz sathidan ko’tarilib borishiga qarab ko’payish qonuniyati shu bilan
izohlanadi. Shuning uchun O’zbekiston iqlimi gidrotermik rejimga asosan tekis
kenglik  bo’yicha  ekstraarid  iqlimli  va  pastlikdan  yuqori  balandlikka  qarab
ekstraaridli,  arid,  subgumidli  va  gumid  subnival  iqlim  turlariga  bo’linadi.
Ko’rsatilgan ana shu to’rtta iqlimli mintaqa respublika hududlari relyefiga, ya’ni
geomorfologik rayonlariga to’g’ri keladi. Turon pastekisliklari, tog’ osti va tog’
tagi baland tekisliklari, o’rta tog’li va yuqori baland tog’ mintaqalariga bo’linadi. 
Bu to’rtta iqlim sharoitlarida tuproq hosil bo’lish jarayonlari turlicha kechadi
va shu jarayonlar tufayli hududimizda har xil tuproq tiplari, tipchalari paydo
bo’lgan. Ya’ni ekstraarid - cho’l tekisliklarda yog’in-sochin 70-200 mm, baland-
past tekisliklar - arid mintaqalarda 250-350 mm bo’lsa, o’rta tog’ - subgumidli
mintaqalarda ularning miqdori 750-1000 mm va undan ko’proq, gumid subnival
mintaqali baland tog’larda esa 350-400-500 mm va undan oshadi.
Joy  dengiz  sathiga  nisbatan  ko’tarilgan  sari,  odatda,  havoning  o’rtacha
harorati  pasayadi,  haroratning  vertikal  gradiyentlari  turli  sharoitlarda  har  xil
bo’ladi: qishda kamroq, odatda ko’tarilishning har 100 m hisobiga 0,2 – 0,50 S
atrofida, yozda esa ko’proq 0,7 – 0,80 S.
Tog’ va yaylov mintaqalarining iqlimi ham o’ziga xos xususiyatlarga ega.
Ma’lumki, dengiz sathidan yuqorilashgan sari yog’in miqdori ham ko’paya boradi,
Logotip
zayildagi kuchli qizigan kontinental jazirama issiq hukm suradi. Shuning uchun yoz bo’yi havo ochiq, behad issiq bo’ladi. Sovuq mavsumda esa kontinental- subtropik va mo’tadil kengliklarning sovuq massalari o’rtasida Markaziy Osiyoda janubiy siklonga xos rivojlanadigan sovuq oqim hosil bo’ladi, qishki-bahorgi seryomg’ir davr shuning oqibatidir. O’zbekiston mintaqasida iqlimning shakllanishi ob-havo sharoiti xususiyatlariga bog’liq. L.N.Babushkin (1964) ko’rsatib o’tganidek, G’arbdan kelayotgan atmosfera havo massalari va janubiy-g’arbdan keluvchi tuproq havoning iliq massasi namlik manbalari hisoblanadi. Tog’larga yaqinlashgan sari yonbag’irlardan yuqori ko’tarilayotgan bu havo massalari soviydi, namlik suyuqlashadi va yog’in-sochinga aylanadi. O’zbekistonga yog’in-sochin miqdori joyning dengiz sathidan ko’tarilib borishiga qarab ko’payish qonuniyati shu bilan izohlanadi. Shuning uchun O’zbekiston iqlimi gidrotermik rejimga asosan tekis kenglik bo’yicha ekstraarid iqlimli va pastlikdan yuqori balandlikka qarab ekstraaridli, arid, subgumidli va gumid subnival iqlim turlariga bo’linadi. Ko’rsatilgan ana shu to’rtta iqlimli mintaqa respublika hududlari relyefiga, ya’ni geomorfologik rayonlariga to’g’ri keladi. Turon pastekisliklari, tog’ osti va tog’ tagi baland tekisliklari, o’rta tog’li va yuqori baland tog’ mintaqalariga bo’linadi. Bu to’rtta iqlim sharoitlarida tuproq hosil bo’lish jarayonlari turlicha kechadi va shu jarayonlar tufayli hududimizda har xil tuproq tiplari, tipchalari paydo bo’lgan. Ya’ni ekstraarid - cho’l tekisliklarda yog’in-sochin 70-200 mm, baland- past tekisliklar - arid mintaqalarda 250-350 mm bo’lsa, o’rta tog’ - subgumidli mintaqalarda ularning miqdori 750-1000 mm va undan ko’proq, gumid subnival mintaqali baland tog’larda esa 350-400-500 mm va undan oshadi. Joy dengiz sathiga nisbatan ko’tarilgan sari, odatda, havoning o’rtacha harorati pasayadi, haroratning vertikal gradiyentlari turli sharoitlarda har xil bo’ladi: qishda kamroq, odatda ko’tarilishning har 100 m hisobiga 0,2 – 0,50 S atrofida, yozda esa ko’proq 0,7 – 0,80 S. Tog’ va yaylov mintaqalarining iqlimi ham o’ziga xos xususiyatlarga ega. Ma’lumki, dengiz sathidan yuqorilashgan sari yog’in miqdori ham ko’paya boradi,
harorat esa pasayadi va umumiy bug’lanish kamayadi. Shuning uchun, baland tog’
cho’qqilarida  yoz  oylarida  ham  erib  ulgurmaydigan  qorlar  va  muzliklarni
ko’ramiz.
O’zbekiston iqlimi o’ziga xos xususiyatlarga ega, chunki u okean va katta
dengizlardan juda uzoqda joylashganligi sababli tipik kontinental iqlimli o’lkalar
qatoriga kiradi. Serquyosh jazirama yoz, sovuqroq qish, sutka va yil davomida
haroratning keskin o’zgarib turishi, yog’inning kamligi va havoning quruqligi
O’zbekiston iqlimining asosiy xususiyatlaridandir. Albatta, bu xususiyatlar cho’l
va adir mintaqalarida (tog’ oldi, tog’ osti) tog’ mintaqalariga nisbatan yanada
yaqqolroq namoyon bo’ladi.
Suv  eroziyasiga  bevosita  ta’sir  etadigan  tabiiy  holatlardan  eng  muhimi
atmosfera yog’in-sochinlaridir. Yog’in-sochin yer yuzasida suv oqimi hosil qiladi
va  tuproq  yuvilishini  keltirib  chiqaradi.   Ustki  oqim  tuproqning  suv
singdiruvchanligi yetarlicha bo’lmagan tuproqlarda kuchli yomg’irlar va qor erishi
davrida yonbag’irlarda paydo bo’ladi. Havodan tushgan yog’in suvining yillik
miqdori  eroziyaning  faqat  ma’lum  qadar  xavfi  borligini  aks  ettiradi.  Yog’in-
sochinning yil mavsumlari bo’yicha taqsimlanishi, yomg’ir tomchisining yirik va
mayda bo’lishi ko’proq ahamiyatga ega. Negaki, eroziya jarayonlarining namoyon
bo’lish ehtimoli shunga bog’liq bo’ladi. Yog’in-sochinning miqdori va xususiyati,
qor to’planishi va  qor  erishi,  tuproqning  harorat  va  suv  maromi  kabilar  suv
eroziyasi jarayonlarining jadallashuviga bevosita ta’sir ko’rsatadi.
Iqlimning tik zonalliligiga xos ko’rsatib o’tilgan xususiyatlar hisobga olinib,
lalmikor  dexqonchilikning  rayonlashtirish  sxemalari  ishlab  chiqilgan.  Ulardan
birinchi,  eng  takomillashganini  donchilik  ilmiy-tadqiqot  instituti  xodimi
G.A.Lavronov taklif qilgan. Bu sxemada 3 ta vertikal mintaqa ajratilgan, bunda
lalmi  ekinlarni  o’sish  va  rivojlanishi  uchun  namlikni,  ya’ni  atmosferadan
tushadigan yog’in miqdori e’tiborga olingan: yog’ingarchilik yetmaydigan (och
tusli bo’z tuproqlar poyasi) yog’ingarchilik yarim yetarli (tipik bo’z tuproqlar) va
yog’ingarchilik  yetarlik  yerlarga  ajratgan  (to’q  tusli  bo’z  tuproqlar  va  kam
ishqorsizlangan jigarrang tuproqlar).
Logotip
harorat esa pasayadi va umumiy bug’lanish kamayadi. Shuning uchun, baland tog’ cho’qqilarida yoz oylarida ham erib ulgurmaydigan qorlar va muzliklarni ko’ramiz. O’zbekiston iqlimi o’ziga xos xususiyatlarga ega, chunki u okean va katta dengizlardan juda uzoqda joylashganligi sababli tipik kontinental iqlimli o’lkalar qatoriga kiradi. Serquyosh jazirama yoz, sovuqroq qish, sutka va yil davomida haroratning keskin o’zgarib turishi, yog’inning kamligi va havoning quruqligi O’zbekiston iqlimining asosiy xususiyatlaridandir. Albatta, bu xususiyatlar cho’l va adir mintaqalarida (tog’ oldi, tog’ osti) tog’ mintaqalariga nisbatan yanada yaqqolroq namoyon bo’ladi. Suv eroziyasiga bevosita ta’sir etadigan tabiiy holatlardan eng muhimi atmosfera yog’in-sochinlaridir. Yog’in-sochin yer yuzasida suv oqimi hosil qiladi va tuproq yuvilishini keltirib chiqaradi. Ustki oqim tuproqning suv singdiruvchanligi yetarlicha bo’lmagan tuproqlarda kuchli yomg’irlar va qor erishi davrida yonbag’irlarda paydo bo’ladi. Havodan tushgan yog’in suvining yillik miqdori eroziyaning faqat ma’lum qadar xavfi borligini aks ettiradi. Yog’in- sochinning yil mavsumlari bo’yicha taqsimlanishi, yomg’ir tomchisining yirik va mayda bo’lishi ko’proq ahamiyatga ega. Negaki, eroziya jarayonlarining namoyon bo’lish ehtimoli shunga bog’liq bo’ladi. Yog’in-sochinning miqdori va xususiyati, qor to’planishi va qor erishi, tuproqning harorat va suv maromi kabilar suv eroziyasi jarayonlarining jadallashuviga bevosita ta’sir ko’rsatadi. Iqlimning tik zonalliligiga xos ko’rsatib o’tilgan xususiyatlar hisobga olinib, lalmikor dexqonchilikning rayonlashtirish sxemalari ishlab chiqilgan. Ulardan birinchi, eng takomillashganini donchilik ilmiy-tadqiqot instituti xodimi G.A.Lavronov taklif qilgan. Bu sxemada 3 ta vertikal mintaqa ajratilgan, bunda lalmi ekinlarni o’sish va rivojlanishi uchun namlikni, ya’ni atmosferadan tushadigan yog’in miqdori e’tiborga olingan: yog’ingarchilik yetmaydigan (och tusli bo’z tuproqlar poyasi) yog’ingarchilik yarim yetarli (tipik bo’z tuproqlar) va yog’ingarchilik yetarlik yerlarga ajratgan (to’q tusli bo’z tuproqlar va kam ishqorsizlangan jigarrang tuproqlar).
O’zbekistonning tog’ oldi iqlimini I.P.Gerasimov (1948) taklifi bo’yicha arid
iqlim  deb  atash  qabul  qilingan.  Atmosfera  yog’inlari  nisbatan  uncha  ko’p
bo’lmagani holda havo haroratining sutkalik va yillik o’zgaruvchanligi kattaligi bu
iqlimga xos xususiyatidir.
O’zbekiston iqlimi uchun qishki vegetasiya davrining mavjudligi xos bo’lib,
bu kuzgi boshoqli ekinlar uchun juda muhim. Lalmi yerlarda yillik harorat va
yog’inlar  maromning  o’zgarishlari  majmui  vegetasiyaning  ikki  keskin  farq
qiluvchi davrlarini yuzaga keltiradi. Bular: bahorgi – mezotermik (nam, salqin) va
yozgi – kserotermik (quruq, issiq) davrlar.
Lalmi yerlarning xususiyatlaridan biri, bu ─ tuproq-iqlim sharoitlarining juda
xilma – xilligidir. Kenglik kesimida talay farqlar mavjudligi sababli A.Z.Genusov,
B.Gorbunov va N.Kimberg, L.N.Babushkin O’zbekiston lalmi yerlarini quyidagi
tuproq-iqlim okruglariga bo’lganlar: Chirchiq-Angren, Zarafshon, Qashqadaryo,
Surxondaryo okruglari va hokazo. 
Iqlimni eroziya jarayonlari rivojiga yana bir ta’siri – bu shamoldir. Shamol
eroziyasini (deflyasiyaning) vujudga kelishida asosiy omil ─ shamol hisoblanadi.
Eroziya rivoji uning tezligi, yo’nalishi, yog’inning miqdori, mavsumiyligi, harorati
va takroriyligiga bog’liq. Ko’proq yer yuzasidagi tuproq zarrachalarini chang-
to’zonga aylantirib havoga ko’taradi va eroziya- deflyasiya holatini hosil  qiladi.
O’zbekistonda shamol  eroziyasi bo’yicha ilmiy- tadqiqot ishlari olib borgan
olimlar  Q.Mirzajonov,  Sh.Nurmatov,
 M.Hamrayev,  A.Qayumovlarning
ma’lumotlariga qaraganda, yer yuzasidan 10 sm balandlikda 12-15 m/s  tezlik
bilan esgan shamol, deflyasiya jarayonini boshlab beradi; 10-15 sm balandlikda
12-15 va 16-25 m/sek tezlikda esganda kuchli shamol eroziyasi  ro’y bergani
ta’kidlangan. Bunda tuproq zarrachalari bilan birga o’simliklar ham uchirilib uzoq-
uzoq joylarga, yo’llarga, suv havzalariga keltirib tashlangan. 
Shunday qilib, iqlim ko’rsatkichlari eroziya va deflyasiya jarayonlariga ta’sir
ko’rsatuvchi eng muhim omillardan hisoblanadi.
Yer yuzasining tuzilishi. O’zbekiston hududining relyefi tekislik va adir-tog’
qismlardan  tashkil  etgan.  Respublikamizning  sharqida  Tyan-Shan  va  Oloy
Logotip
O’zbekistonning tog’ oldi iqlimini I.P.Gerasimov (1948) taklifi bo’yicha arid iqlim deb atash qabul qilingan. Atmosfera yog’inlari nisbatan uncha ko’p bo’lmagani holda havo haroratining sutkalik va yillik o’zgaruvchanligi kattaligi bu iqlimga xos xususiyatidir. O’zbekiston iqlimi uchun qishki vegetasiya davrining mavjudligi xos bo’lib, bu kuzgi boshoqli ekinlar uchun juda muhim. Lalmi yerlarda yillik harorat va yog’inlar maromning o’zgarishlari majmui vegetasiyaning ikki keskin farq qiluvchi davrlarini yuzaga keltiradi. Bular: bahorgi – mezotermik (nam, salqin) va yozgi – kserotermik (quruq, issiq) davrlar. Lalmi yerlarning xususiyatlaridan biri, bu ─ tuproq-iqlim sharoitlarining juda xilma – xilligidir. Kenglik kesimida talay farqlar mavjudligi sababli A.Z.Genusov, B.Gorbunov va N.Kimberg, L.N.Babushkin O’zbekiston lalmi yerlarini quyidagi tuproq-iqlim okruglariga bo’lganlar: Chirchiq-Angren, Zarafshon, Qashqadaryo, Surxondaryo okruglari va hokazo. Iqlimni eroziya jarayonlari rivojiga yana bir ta’siri – bu shamoldir. Shamol eroziyasini (deflyasiyaning) vujudga kelishida asosiy omil ─ shamol hisoblanadi. Eroziya rivoji uning tezligi, yo’nalishi, yog’inning miqdori, mavsumiyligi, harorati va takroriyligiga bog’liq. Ko’proq yer yuzasidagi tuproq zarrachalarini chang- to’zonga aylantirib havoga ko’taradi va eroziya- deflyasiya holatini hosil qiladi. O’zbekistonda shamol eroziyasi bo’yicha ilmiy- tadqiqot ishlari olib borgan olimlar Q.Mirzajonov, Sh.Nurmatov, M.Hamrayev, A.Qayumovlarning ma’lumotlariga qaraganda, yer yuzasidan 10 sm balandlikda 12-15 m/s tezlik bilan esgan shamol, deflyasiya jarayonini boshlab beradi; 10-15 sm balandlikda 12-15 va 16-25 m/sek tezlikda esganda kuchli shamol eroziyasi ro’y bergani ta’kidlangan. Bunda tuproq zarrachalari bilan birga o’simliklar ham uchirilib uzoq- uzoq joylarga, yo’llarga, suv havzalariga keltirib tashlangan. Shunday qilib, iqlim ko’rsatkichlari eroziya va deflyasiya jarayonlariga ta’sir ko’rsatuvchi eng muhim omillardan hisoblanadi. Yer yuzasining tuzilishi. O’zbekiston hududining relyefi tekislik va adir-tog’ qismlardan tashkil etgan. Respublikamizning sharqida Tyan-Shan va Oloy
tog’larining g’arbiy tarmoqlari, Hisor, Turkiston, Zarafshon, Chotqol, Pskom va
Qurama tog’ tizmalari joylashgan. Bu tog’larning o’rtacha balandligi 1600, 2000-
2500 metr, ayrim cho’qqilarining balandligi esa 4600 metrdan oshadi. Baland tog’
qoyalari,  ayniqsa  ularning  cho’qqilari  yoz  oylarida  ham  erib  tugamaydigan
qorliklar  bilan  qoplangan.  Bu  qorlik  va  muzliklar  daryolarimizning  bitmas-
tuganmas  suv  manbalaridir.  Tog’li  yerlarning  relyefi  notekis-pastliklar  va
balandliklardan iborat. Bu yerda bir-biriga ketma-ket ulanib ketgan vodiylar, tik
balandliklar, nihoyatda tor daryo va do’ngliklar bilan bir qatorda juda manzarali
yaylovlar, tog’ tekisliklar ham bor.
Ma’lumki, respublikamiz yer yuzasining tuzilishi eroziya jarayonlari, ayniqsa
suv eroziyasining rivojlanishiga ma’lum qadar bog’liqdir. 
Relyef  yer  betida
issiqlik  va  namlikning  taqsimlanishiga,  ob-havo  yog’inlarining  xususiyat  va
miqdoriga  hamda  suv  oqimiga  katta  ta’sir  ko’rsatadi.  Uning  ta’siri  mahalliy
eroziya  bazislarining  chuqurligi,  yonbag’irlarning  tikligi  (qiyalik  darajasi),
uzunligi va ekspozisiyasiga ham bog’liq bo’ladi. 
O’zbekiston  sharoitida  eroziya  jarayonlarining  rivojlanishida,  eroziya
manbalarining  to’planishida  yonbag’irlarning  shakli  katta  rol  o’ynaydi.  Ular
asosan shakliga ko’ra: to’g’ri qiyalikli yonbag’ir, qabariq, botiq va zinapoyasimon
qiyali yonbag’irlarga bo’linadi. Janubga va sharqqa qaragan qiyalik yonbag’irlari
shimolga va g’arbga qaraganlariga nisbatan 18-25 kun oldinroq  qor qoplamidan
holi bo’ladi. Janubiy  yonbag’irlarda qor erishi jadalroq kechadi. Shu sababli
boshqa shart-sharoitlar deyarli bir xil bo’lgani holda, tog’li hududlarda janubga
qaragan yonbag’irlardagi tuproq suv eroziyasidan, shimoldagi yonbag’rli tuproqqa
qaraganda ko’proq eroziyalangan. Yonbag’ir nishabligi va uzunligi oshib borgan
sari odatda oqib tushayotgan yog’in suvi oqimlarining tezligi kuchayadi, shunga
bog’liq holda tuproq yuvilishi va oqizib ketilishi ham jadallashadi (Xonazarov,
Kumzullayev, 1999).
X.M.Maxsudovning (1989, 1998) ma’lumotlariga ko’ra, yonbag’ir qiyalik
darajasi oshgan sari tuproqning yemirilish darajasi ham oshadi. Agar nishabligi 1-3
gradusgacha bo’lgan yonbag’irlarda, asosan, yemirilmagan yoki sust eroziyalangan
Logotip
tog’larining g’arbiy tarmoqlari, Hisor, Turkiston, Zarafshon, Chotqol, Pskom va Qurama tog’ tizmalari joylashgan. Bu tog’larning o’rtacha balandligi 1600, 2000- 2500 metr, ayrim cho’qqilarining balandligi esa 4600 metrdan oshadi. Baland tog’ qoyalari, ayniqsa ularning cho’qqilari yoz oylarida ham erib tugamaydigan qorliklar bilan qoplangan. Bu qorlik va muzliklar daryolarimizning bitmas- tuganmas suv manbalaridir. Tog’li yerlarning relyefi notekis-pastliklar va balandliklardan iborat. Bu yerda bir-biriga ketma-ket ulanib ketgan vodiylar, tik balandliklar, nihoyatda tor daryo va do’ngliklar bilan bir qatorda juda manzarali yaylovlar, tog’ tekisliklar ham bor. Ma’lumki, respublikamiz yer yuzasining tuzilishi eroziya jarayonlari, ayniqsa suv eroziyasining rivojlanishiga ma’lum qadar bog’liqdir. Relyef yer betida issiqlik va namlikning taqsimlanishiga, ob-havo yog’inlarining xususiyat va miqdoriga hamda suv oqimiga katta ta’sir ko’rsatadi. Uning ta’siri mahalliy eroziya bazislarining chuqurligi, yonbag’irlarning tikligi (qiyalik darajasi), uzunligi va ekspozisiyasiga ham bog’liq bo’ladi. O’zbekiston sharoitida eroziya jarayonlarining rivojlanishida, eroziya manbalarining to’planishida yonbag’irlarning shakli katta rol o’ynaydi. Ular asosan shakliga ko’ra: to’g’ri qiyalikli yonbag’ir, qabariq, botiq va zinapoyasimon qiyali yonbag’irlarga bo’linadi. Janubga va sharqqa qaragan qiyalik yonbag’irlari shimolga va g’arbga qaraganlariga nisbatan 18-25 kun oldinroq qor qoplamidan holi bo’ladi. Janubiy yonbag’irlarda qor erishi jadalroq kechadi. Shu sababli boshqa shart-sharoitlar deyarli bir xil bo’lgani holda, tog’li hududlarda janubga qaragan yonbag’irlardagi tuproq suv eroziyasidan, shimoldagi yonbag’rli tuproqqa qaraganda ko’proq eroziyalangan. Yonbag’ir nishabligi va uzunligi oshib borgan sari odatda oqib tushayotgan yog’in suvi oqimlarining tezligi kuchayadi, shunga bog’liq holda tuproq yuvilishi va oqizib ketilishi ham jadallashadi (Xonazarov, Kumzullayev, 1999). X.M.Maxsudovning (1989, 1998) ma’lumotlariga ko’ra, yonbag’ir qiyalik darajasi oshgan sari tuproqning yemirilish darajasi ham oshadi. Agar nishabligi 1-3 gradusgacha bo’lgan yonbag’irlarda, asosan, yemirilmagan yoki sust eroziyalangan
tuproqlar  tarqalgan  bo’lsa,  qiyaligi  3-5  gradusli  yonbag’irlarda  o’rtacha
eroziyalangan, 5-7-10 gradusdan ham tik  qiyaliklarda, asosan kuchli yemirilgan
bo’z tuproqlar uchraydi. 
Relyef  yer  yuzasidagi  suv  va  havodan  tushadigan  yog’in-sochinlarning
taqsimlanishiga,  qiyalik  bo’yicha  oqimlarning  tezligiga,  tuproq  va  zaminning
yemirilishi  (yuvilishi)  jadalligiga  salmoqli  ta’sir  ko’rsatadi.  Bu  borada,
O’zbekistonning  relyefi  juda  xilma-xil  bo’lib,  asosan,  sharqdan  va  janubiy
sharqdan g’arbga va shimoliy g’arbga tomon asta-sekin pasayib boradi.
Yonbag’irlarning qiyalik darajasiga qarab tuproq erozilanishi gektariga 
quyida keltirilgan ko’rsatkichlar miqdorida bo’lishi mumkin:
10-30 gacha bo’lgan qiyalikda -10-15 t/ga,
30-50 da - 15-25 t/ga,
50-70 da  - 25-35 t/ga,
70-100 atrofida bo’lganida - 35-50 t/ga va undan ko’p tuproq yuvilishi 
mumkin.
Geologik-geomorfologik  shart  sharoitlar.  O’zbekiston  hududi  geologik  –
geomorfologik  jihatdan  Turon  pasttekisligi,  Ustyurt  platosi  va  tog’  oldi
pasttekisliklar, adirlar, baland tog’ Tyan-Shan va Pomir-Oloy tizmalarini o’z ichiga
oladi. Bu maydonlarning ko’p qismini Chotqol, Qurama, Turkiston, Zarafshon va
Hissor  tog’  tizmalari  va  tog’  oldi  mintaqalari,  ulardan  keyin  adirlar,  lyossli
tekisliklar,  daryo  vohalari  qamrab  olgan.  Tog’li  mintaqalarda  o’ziga  xos
balandliklarning murakkab relyefi eroziya bazisining chuqurligi, tik qiyaliklar,
chuqur soylar bilan  xarakterlidir (Maxsudov, 1989, Tursunov va b., 2009).
O’zbekiston quyidagi litologik-geomorfologik rayonlarga ajratiladi: 

Baland tog’li mintaqalar (Chotqol, Qurama, Turkiston, Xissor tog’lari).

O’rtacha balandlikdagi tog’ mintaqalari.
Logotip
tuproqlar tarqalgan bo’lsa, qiyaligi 3-5 gradusli yonbag’irlarda o’rtacha eroziyalangan, 5-7-10 gradusdan ham tik qiyaliklarda, asosan kuchli yemirilgan bo’z tuproqlar uchraydi. Relyef yer yuzasidagi suv va havodan tushadigan yog’in-sochinlarning taqsimlanishiga, qiyalik bo’yicha oqimlarning tezligiga, tuproq va zaminning yemirilishi (yuvilishi) jadalligiga salmoqli ta’sir ko’rsatadi. Bu borada, O’zbekistonning relyefi juda xilma-xil bo’lib, asosan, sharqdan va janubiy sharqdan g’arbga va shimoliy g’arbga tomon asta-sekin pasayib boradi. Yonbag’irlarning qiyalik darajasiga qarab tuproq erozilanishi gektariga quyida keltirilgan ko’rsatkichlar miqdorida bo’lishi mumkin: 10-30 gacha bo’lgan qiyalikda -10-15 t/ga, 30-50 da - 15-25 t/ga, 50-70 da - 25-35 t/ga, 70-100 atrofida bo’lganida - 35-50 t/ga va undan ko’p tuproq yuvilishi mumkin. Geologik-geomorfologik shart sharoitlar. O’zbekiston hududi geologik – geomorfologik jihatdan Turon pasttekisligi, Ustyurt platosi va tog’ oldi pasttekisliklar, adirlar, baland tog’ Tyan-Shan va Pomir-Oloy tizmalarini o’z ichiga oladi. Bu maydonlarning ko’p qismini Chotqol, Qurama, Turkiston, Zarafshon va Hissor tog’ tizmalari va tog’ oldi mintaqalari, ulardan keyin adirlar, lyossli tekisliklar, daryo vohalari qamrab olgan. Tog’li mintaqalarda o’ziga xos balandliklarning murakkab relyefi eroziya bazisining chuqurligi, tik qiyaliklar, chuqur soylar bilan xarakterlidir (Maxsudov, 1989, Tursunov va b., 2009). O’zbekiston quyidagi litologik-geomorfologik rayonlarga ajratiladi:  Baland tog’li mintaqalar (Chotqol, Qurama, Turkiston, Xissor tog’lari).  O’rtacha balandlikdagi tog’ mintaqalari.

Past tog’ va tog’ oldi mintaqalari, bu yerlarda asosan to’rtlamchi davr
yotqiziqlari,  qiyalik  yonbag’irlarda  chag’irtoshli  mayda  zarrachali  prolyuvial-
delyuvialli yotqiziqlar bilan qoplangan.

O’r-qirli  tog’  oldi  mintaqasi,  relyefi  baland-past  yonbag’irli
qiyaliklardan iborat. Tuproq paydo qiluvchi ona jinslar asosan lyoss va lyossimon
yotqiziqlar hamda skeletli mayda zarrachali prolyuviydan iborat.

Tog’ oldi pasttekisliklari, daryolarning yuqori terrasalari, relyefi baland-
past qiyaliklardan iborat bo’lib, lyossimon va skeletli-mayda zarrachali prolyuviy
bilan qoplangan.

Tog’  etagi  tekisliklari,  daryolarning  yuqori  terrasalari  baland-past
relyefli  bo’lib,  lyossimon  yotqiziqlar  bilan  qoplangan,  qolgan  hududlar  tekis
relyefli bo’lib har xil yoshdagi geologik tog’ jinslaridan tashkil topgan. Bularning
ichida  qadimiy  uchlamchi  davr  “neogen”  yotqiziqlari  bilan  qoplangan  jinslar
uchraydi.
Ushbu rayonlar yerlarining geologik-geomorfologik tuzilishi jihatidan relyefi
murakkab  to’lqinsimon  baland-past  yonbag’irlardan  iborat  bo’lib,  eroziya
jarayonlari  rivojiga  yordamlashadi,  chunki  lyoss  va  lyossimon  yotqiziqlar
eroziyaga  oson  beriladi,  yemirilib  jarliklar  hosil  qiladi.  Qumoqli,  qadimiy
uchlamchi davr yotqiziqlari yemirilishga ancha chidamli, qumoqli yengil qumoqli
eol  yotqiziqli  shamol  eroziyasiga  oson  uchraydi.  O’zbekistonning  Farg’ona
vodiysida  rivojlangan  adirli  maydonlardagi  tuproqlarning,  ayniqsa  30-50  sm
chuqurliklarda joylashgan va usti g’ovak yotqiziqlar qoplagan zich tog’ jinslari
(granit, slanes va qumtoshlar) suv eroziyasi jihatidan juda xavfli. Hozirda bu
yerlarda  noto’g’ri  sug’orib  dehqonchilik  qilish  oqibatida  ko’pgina  maydonlar
tashlandiq  yerlarga,  jarliklarga  aylanib,  qishloq  xo’jalik  aylanmasidan  chiqib
ketmoqda.
Shunday qilib, geologik-geomorfologik jihatdan qayd etilgan mintaqalarning
ko’pchiligi bo’linib–bo’linib ketgan tog’li va to’lqinsimon past-balandliklardan
iborat murakkab relyefga ega. Bu relyeflarda rivojlangan tuproqning va tuproqosti
qatlamlarining  eroziyaga  uchrashi  oson  kechadi.  Ayniqsa  daryolarning  yuqori
Logotip
 Past tog’ va tog’ oldi mintaqalari, bu yerlarda asosan to’rtlamchi davr yotqiziqlari, qiyalik yonbag’irlarda chag’irtoshli mayda zarrachali prolyuvial- delyuvialli yotqiziqlar bilan qoplangan.  O’r-qirli tog’ oldi mintaqasi, relyefi baland-past yonbag’irli qiyaliklardan iborat. Tuproq paydo qiluvchi ona jinslar asosan lyoss va lyossimon yotqiziqlar hamda skeletli mayda zarrachali prolyuviydan iborat.  Tog’ oldi pasttekisliklari, daryolarning yuqori terrasalari, relyefi baland- past qiyaliklardan iborat bo’lib, lyossimon va skeletli-mayda zarrachali prolyuviy bilan qoplangan.  Tog’ etagi tekisliklari, daryolarning yuqori terrasalari baland-past relyefli bo’lib, lyossimon yotqiziqlar bilan qoplangan, qolgan hududlar tekis relyefli bo’lib har xil yoshdagi geologik tog’ jinslaridan tashkil topgan. Bularning ichida qadimiy uchlamchi davr “neogen” yotqiziqlari bilan qoplangan jinslar uchraydi. Ushbu rayonlar yerlarining geologik-geomorfologik tuzilishi jihatidan relyefi murakkab to’lqinsimon baland-past yonbag’irlardan iborat bo’lib, eroziya jarayonlari rivojiga yordamlashadi, chunki lyoss va lyossimon yotqiziqlar eroziyaga oson beriladi, yemirilib jarliklar hosil qiladi. Qumoqli, qadimiy uchlamchi davr yotqiziqlari yemirilishga ancha chidamli, qumoqli yengil qumoqli eol yotqiziqli shamol eroziyasiga oson uchraydi. O’zbekistonning Farg’ona vodiysida rivojlangan adirli maydonlardagi tuproqlarning, ayniqsa 30-50 sm chuqurliklarda joylashgan va usti g’ovak yotqiziqlar qoplagan zich tog’ jinslari (granit, slanes va qumtoshlar) suv eroziyasi jihatidan juda xavfli. Hozirda bu yerlarda noto’g’ri sug’orib dehqonchilik qilish oqibatida ko’pgina maydonlar tashlandiq yerlarga, jarliklarga aylanib, qishloq xo’jalik aylanmasidan chiqib ketmoqda. Shunday qilib, geologik-geomorfologik jihatdan qayd etilgan mintaqalarning ko’pchiligi bo’linib–bo’linib ketgan tog’li va to’lqinsimon past-balandliklardan iborat murakkab relyefga ega. Bu relyeflarda rivojlangan tuproqning va tuproqosti qatlamlarining eroziyaga uchrashi oson kechadi. Ayniqsa daryolarning yuqori