TUPROQ GENEZISI, KLASSIFIKATSIYASI VA TUPROQNING GEOGRAFIK TARQALISH QONUNIYATLARI

Time

Yuklangan vaqt

2025-11-08

Downloads

Yuklab olishlar soni

0

Pages

Sahifalar soni

15

File size

Fayl hajmi

41,8 KB


TUPROQ GENEZISI, KLASSIFIKATSIYASI VA TUPROQNING
GEOGRAFIK TARQALISH QONUNIYATLARI
REJA
1. Tuproq genezisi
2. Tuproq klassifikasiyasi
3. Tuproq geografiyasi
Kalit so’zlar: Tuproq, tuproq genezisi, iqlim omili, ona jins, reyef, makrorelyef,
mezorelyef,tuproq yosh., kalloidlari, singdirish sig’imi, TSK, atsidoitlar, bazoidlar,
gidrofob, yarmgidrofob, gidrofil,zol, gel, peptizatsiya, koagulatsiya, liotrop.tabiiy
va suniy potensial, effektiv, nisbiy, iqtisodiy unumdorlik.
V.V.Dokuchayev tuproqlarning genezisi (kelib chiqishi va rivojlanishi) va
xossalari bilan tuproq paydo qiluvchi omillar orasida mustahkam o’zaro bog’liqlik
mavjudligini  aniqladi.  V.V.Dokuchayevning  tavsiyasi  bilan  tuproq  paydo
bo’lishining tabiiy sharoitlarini tuproq paydo qiluvchi omillar deb yuritiladigan
bo’lindi.  Tuproq  paydo  qiluvchi  omillarga  o’simlik  va  hayvonot  olami,  ona
jinslari, iqlim, relyef, joyning yoshi (yoki tuproqning yoshi) kabilar kiradi.
V.V.Dokuchayev ko’rsatganidek, tuproq ham boshqa tabiiy mustaqil jinslar
singari  o’zining  kelib  chiqishiga  ega  va  ko’rsatilgan  tuproq  paydo  qiluvchi
omillarning o’zaro ta’siri natijasida hosil bo’ladi. Olim yozganidek, «tuproq paydo
qiluvchi barcha omillar o’z mohiyati bilan mutlaqo bir xil ahamiyatga ega. Normal
tuproqlarning  paydo  bo’lishida  ular  barobar  ishtirok  etadi.  Demak,  tuproqni
Logotip
TUPROQ GENEZISI, KLASSIFIKATSIYASI VA TUPROQNING GEOGRAFIK TARQALISH QONUNIYATLARI REJA 1. Tuproq genezisi 2. Tuproq klassifikasiyasi 3. Tuproq geografiyasi Kalit so’zlar: Tuproq, tuproq genezisi, iqlim omili, ona jins, reyef, makrorelyef, mezorelyef,tuproq yosh., kalloidlari, singdirish sig’imi, TSK, atsidoitlar, bazoidlar, gidrofob, yarmgidrofob, gidrofil,zol, gel, peptizatsiya, koagulatsiya, liotrop.tabiiy va suniy potensial, effektiv, nisbiy, iqtisodiy unumdorlik. V.V.Dokuchayev tuproqlarning genezisi (kelib chiqishi va rivojlanishi) va xossalari bilan tuproq paydo qiluvchi omillar orasida mustahkam o’zaro bog’liqlik mavjudligini aniqladi. V.V.Dokuchayevning tavsiyasi bilan tuproq paydo bo’lishining tabiiy sharoitlarini tuproq paydo qiluvchi omillar deb yuritiladigan bo’lindi. Tuproq paydo qiluvchi omillarga o’simlik va hayvonot olami, ona jinslari, iqlim, relyef, joyning yoshi (yoki tuproqning yoshi) kabilar kiradi. V.V.Dokuchayev ko’rsatganidek, tuproq ham boshqa tabiiy mustaqil jinslar singari o’zining kelib chiqishiga ega va ko’rsatilgan tuproq paydo qiluvchi omillarning o’zaro ta’siri natijasida hosil bo’ladi. Olim yozganidek, «tuproq paydo qiluvchi barcha omillar o’z mohiyati bilan mutlaqo bir xil ahamiyatga ega. Normal tuproqlarning paydo bo’lishida ular barobar ishtirok etadi. Demak, tuproqni
o’rganish uchun, yuqorida ko’rsatilgan tuproq paydo qiluvchi omillarni birgalikda
o’rganish zarur». V.V.Dokuchayevning tuproq paydo qiluvchi omillar haqidagi
ta’limoti  tuproqshunoslikning  rivojlanishida  nihoyatda  katta  rol  o’ynaydi.
Jumladan ana shu omillar asosida tuproqlarni dalada  tekshirishning kompleks-
geografik metodlari ilmiy asosda ishlab chiqildi.
Keyinchalik  N.M.Sibirsev,  o’z  ustozi  V.V.Dokuchayevning  tuproq paydo
qiluvchi  omillar  to’g’risidagi  ta’limotini  yanada  rivojlantirdi.  N.M.Sibirsev
ko’rsatgandek, har bir tuproq paydo bo’lish tipida o’ziga xos bo’lgan omillar
uyg’unligi mavjud bo’lib, tabiiy geografik landshaftlar bunga yaqqol misol bo’la
oladi.
V.V.Dokuchayevning  tuproq  paydo  qiluvchi  omillar  haqida  ta’limoti
keyinchalik P.A.Kostichev, V.R.Vilyams, S.A.Zaxarov, S.S.Neustruyev va boshqa
tuproqshunoslarning asarlarida yanada taraqqiy ettirildi.
Tuproq paydo qiluvchi omillar.
Tuproq paydo bo’lish va rivojlanishida turli xildagi uchta o’zaro bog’liq
xodisalar gruppasi ajratiladi: tuproq paydo bo’lish omillari, tuproq  paydo bo’lish
jarayoni, tuproq xossalari. Tuproq har qanday o’simlik va hayvon organizmlari
kabi abadiy yashaydi (tirik) va doim o’zgaradi.
Tuproq paydo qiluvchi omillar deb tuproqqa nisbatan tashqi tabiiy muhitning
komponentlari tushuniladi, qaysiki, yer yuzidagi tuproq qoplami ularning ta’sirida
va  ishtirokida  shakllanadi.  Genetik  tuproqshunoslikning  asoschisi
V.V.Dokuchayev tuproq hosil qiluvchi omillar haqidagi ta’limotga asos soldi.
V.V.Dokuchayev  tuproqlarning  genezisi  (kelib  chiqishi  va  rivojlanishi)  va
xossalari bilan tuproq hosil qiluvchi omillar orasida mustahkam o’zaro bog’liqlik
mavjudligini  aniqladi.  V.V.Dokuchayevning  tavsiyasi  bilan  tuproq  paydo
bo’lishining  tabiiy  sharoitlari  tuproq paydo qiluvchi  omillar  deb  yuritiladigan
bo’ldi. Tuproq paydo qiluvchi omillar iqlim, o’simlik va hayvonot olami, ona
jinslari, relyef, joyning yoshi (yoki tuproqning yoshi) kabilar kiradi.
V.V.Dokuchayev ko’rsatganidek, tuproq ham boshqa tabiiy mustaqil jinslar
singari  o’zining  kelib  chiqishiga  ega  va  ko’rsatilgan  tuproq  paydo  qiluvchi
Logotip
o’rganish uchun, yuqorida ko’rsatilgan tuproq paydo qiluvchi omillarni birgalikda o’rganish zarur». V.V.Dokuchayevning tuproq paydo qiluvchi omillar haqidagi ta’limoti tuproqshunoslikning rivojlanishida nihoyatda katta rol o’ynaydi. Jumladan ana shu omillar asosida tuproqlarni dalada tekshirishning kompleks- geografik metodlari ilmiy asosda ishlab chiqildi. Keyinchalik N.M.Sibirsev, o’z ustozi V.V.Dokuchayevning tuproq paydo qiluvchi omillar to’g’risidagi ta’limotini yanada rivojlantirdi. N.M.Sibirsev ko’rsatgandek, har bir tuproq paydo bo’lish tipida o’ziga xos bo’lgan omillar uyg’unligi mavjud bo’lib, tabiiy geografik landshaftlar bunga yaqqol misol bo’la oladi. V.V.Dokuchayevning tuproq paydo qiluvchi omillar haqida ta’limoti keyinchalik P.A.Kostichev, V.R.Vilyams, S.A.Zaxarov, S.S.Neustruyev va boshqa tuproqshunoslarning asarlarida yanada taraqqiy ettirildi. Tuproq paydo qiluvchi omillar. Tuproq paydo bo’lish va rivojlanishida turli xildagi uchta o’zaro bog’liq xodisalar gruppasi ajratiladi: tuproq paydo bo’lish omillari, tuproq paydo bo’lish jarayoni, tuproq xossalari. Tuproq har qanday o’simlik va hayvon organizmlari kabi abadiy yashaydi (tirik) va doim o’zgaradi. Tuproq paydo qiluvchi omillar deb tuproqqa nisbatan tashqi tabiiy muhitning komponentlari tushuniladi, qaysiki, yer yuzidagi tuproq qoplami ularning ta’sirida va ishtirokida shakllanadi. Genetik tuproqshunoslikning asoschisi V.V.Dokuchayev tuproq hosil qiluvchi omillar haqidagi ta’limotga asos soldi. V.V.Dokuchayev tuproqlarning genezisi (kelib chiqishi va rivojlanishi) va xossalari bilan tuproq hosil qiluvchi omillar orasida mustahkam o’zaro bog’liqlik mavjudligini aniqladi. V.V.Dokuchayevning tavsiyasi bilan tuproq paydo bo’lishining tabiiy sharoitlari tuproq paydo qiluvchi omillar deb yuritiladigan bo’ldi. Tuproq paydo qiluvchi omillar iqlim, o’simlik va hayvonot olami, ona jinslari, relyef, joyning yoshi (yoki tuproqning yoshi) kabilar kiradi. V.V.Dokuchayev ko’rsatganidek, tuproq ham boshqa tabiiy mustaqil jinslar singari o’zining kelib chiqishiga ega va ko’rsatilgan tuproq paydo qiluvchi
omillarning o’zaro ta’siri natijasida hosil bo’ladi. Olim yozganidek, «tuproq paydo
qiluvchi barcha omillar  o’z mohiyati bilan mutloqo bir  hil  ahamiyatga ega.
Normal  tuproqlarning  paydo  bo’lishida  ular  barobar  ishtirok  etadi.  Demak,
tuproqni o’rganish uchun, yuqorida ko’rsatilgan tuproq paydo qiluvchi omillarni
birgalikda o’rganish zarur».
V.V.Dokuchayev eng birinchi bo’lib tuproq qoplamining shakillanishi fizik-
geografik  muhit  va  uning  rivojlanish  tarixi  bilan  chambarchas  bog’liqligini
aniqladi, hamda tuproq hakidagi ta’rifni berdi: « Tuproq – bu ustki mineral-
organik yaralma, qaysiki har doim o’ziga xos kelib chiqishga ega; ular har doim
xamma yerda ona tog’ jinsi, tirik va o’lik (yashab o’tgan) organizmlar (o’simlik va
hayvonot), iqlim, joyning yoshi va relyefning birgalikdagi faoliyatining mahsuli
hisoblanadi».  Tuproq  va  asosiy  tuproq  paydo  qiluvchi  omillar  o’rtasidagi
funksional bog’liqlikni, Dokuchayev quyidagi formula bilan ifodalaydi:
T=f (i * o * j * r ) * v
Bu yerda: T- tuproq ; i – iqlim; o – organizm; j – tog’ jinsi; r – relyef; v –
vaqt.
V.V.Dokuchayev, iqlim,ona tog’ jinsi, tirik va o’lik organizmlar va relyef
tashqi muhitning elementlari, joyning yoshi esa tuproqning ma’lum vaqt ichida
rivojlanishini  aks  etadi  deb  hisoblaydi.  Bu  omillar  Yer  sharining
(qit’alar,mamlakatlar va x.k) turli joyida turli tumandir.
Ushbu  omillarning  birgalikdagi  ta’siri,  Yer  sharidagi  juda  ko’p  tuproq
tiplarini, ularning kombinasiyalari, xillari va kompleksliligini tuproq qoplamining
takrorlanmaydigan mozaika (qurama)sini yaratadi.
Iqlim-tuproq paydo qiluvchi omil.
Iqlim – ob-havoning statistik ko’p yillik rejimi bo’lib, u yoki bu joyning
asosiy  geografik  tavsiflaridan  biri  –  atmosfera  holatining  va  tuproqqa  ta’sir
etadigan atmosfera jarayonlarining asosiy miqdor ko’rsatgichidir.
Geologik  vaqt  nuqtai  nazaridan  iqlim-  o’zgaruvchan  hadisa  hisoblanadi.
Iqlimning  o’zgarishi  bilan  organik  dunyoning  rivojlanish  tarixi,  demak,  Yer
sharidagi tuproq qoplamining rivojlanish tarixi chambarchas bog’liqdir. Iqlim Yer
Logotip
omillarning o’zaro ta’siri natijasida hosil bo’ladi. Olim yozganidek, «tuproq paydo qiluvchi barcha omillar o’z mohiyati bilan mutloqo bir hil ahamiyatga ega. Normal tuproqlarning paydo bo’lishida ular barobar ishtirok etadi. Demak, tuproqni o’rganish uchun, yuqorida ko’rsatilgan tuproq paydo qiluvchi omillarni birgalikda o’rganish zarur». V.V.Dokuchayev eng birinchi bo’lib tuproq qoplamining shakillanishi fizik- geografik muhit va uning rivojlanish tarixi bilan chambarchas bog’liqligini aniqladi, hamda tuproq hakidagi ta’rifni berdi: « Tuproq – bu ustki mineral- organik yaralma, qaysiki har doim o’ziga xos kelib chiqishga ega; ular har doim xamma yerda ona tog’ jinsi, tirik va o’lik (yashab o’tgan) organizmlar (o’simlik va hayvonot), iqlim, joyning yoshi va relyefning birgalikdagi faoliyatining mahsuli hisoblanadi». Tuproq va asosiy tuproq paydo qiluvchi omillar o’rtasidagi funksional bog’liqlikni, Dokuchayev quyidagi formula bilan ifodalaydi: T=f (i * o * j * r ) * v Bu yerda: T- tuproq ; i – iqlim; o – organizm; j – tog’ jinsi; r – relyef; v – vaqt. V.V.Dokuchayev, iqlim,ona tog’ jinsi, tirik va o’lik organizmlar va relyef tashqi muhitning elementlari, joyning yoshi esa tuproqning ma’lum vaqt ichida rivojlanishini aks etadi deb hisoblaydi. Bu omillar Yer sharining (qit’alar,mamlakatlar va x.k) turli joyida turli tumandir. Ushbu omillarning birgalikdagi ta’siri, Yer sharidagi juda ko’p tuproq tiplarini, ularning kombinasiyalari, xillari va kompleksliligini tuproq qoplamining takrorlanmaydigan mozaika (qurama)sini yaratadi. Iqlim-tuproq paydo qiluvchi omil. Iqlim – ob-havoning statistik ko’p yillik rejimi bo’lib, u yoki bu joyning asosiy geografik tavsiflaridan biri – atmosfera holatining va tuproqqa ta’sir etadigan atmosfera jarayonlarining asosiy miqdor ko’rsatgichidir. Geologik vaqt nuqtai nazaridan iqlim- o’zgaruvchan hadisa hisoblanadi. Iqlimning o’zgarishi bilan organik dunyoning rivojlanish tarixi, demak, Yer sharidagi tuproq qoplamining rivojlanish tarixi chambarchas bog’liqdir. Iqlim Yer
sharining  yuzidagi  tuproq  tiplariningqonuniy  joylashishida  juda  muhim  rol
o’ynaydi. U tuproq paydo bo’lish jarayonlarining dinamikasidagi ma’lum siklining
o’rnatilishida, ularning o’ziga xos xususiyati va yo’nalishida katta axamiyatga ega.
Tuproq paydo bo’lish energetikasi iqlim sharoitlari bilan bog’liq.
S.V.Kolesnikning aniqlashiga ko’ra, Yerning iqlimi ko’pgina tabiiy omillar
o’zaro ta’sirlashuvining natijasidir, ularning eng asosiylari quyidagilar: a) Quyosh
nuri energiyasining kirimi va sarfi; b) issiqlik va namlikni qayta taqsimlaydigan,
atmosfera sirkulyasiyasi; v) atmosfera sirkulyasiyasidan ajratib bo’lmaydigan, nam
aylanishi. Sanab o’tilgan omillarning har biri joyning geografik o’rniga bog’liq
(kengligi, dengiz sathidan balandligi va x.z).
«Umum yer» iqlimining bosh omili Quyosh radiasiyasi hisoblanadi, qaysiki
uning  miqdori  ushbu  xududning  joylashishiga  ko’ra  keskin  farq  qiladi.  Yer
yuzasiga oqib keladigan umumiy issiqlik radiasion balans bilan R, kDj/ (sm2 yil)
o’lchanadi. 
R=(Q + q ) (1 - A)-E
Bunda:  Q-  tik  radiasiya;  q  –  yoyilgan  radiasiya;  A  –  albedo(birlikning
qismlarida); E – yuzadan samarali parlanish.
Tuproq yuzasida singdirilgan va undan nurlanadigan Quyosh radiasiyasining
kirimi va sarfiga radiasiya balansi (Rb)deyiladi.
Quyosh energiyasi (Quyosh doimiyligi) ning kosmik oqimi atmosferaning
yuqori chegarasida 8,4 kDj/ (sm2. min) ni tashkil qiladi. Ammo Yer yuzasiga
Quyosh energiyasining 50 foizidan kami yetib keladi, chunki uning taxminan 30
foizi atmosferadagi kosmosga qaytariladi, 20 foizi atmosferadagi suv bug’lari va
changlar  tomonidan  yutiladi  va  qolgan  qismi  yoyilgan  radiasiya  holida  Yer
yuzasiga  yetib  keladi.  Qutbdan  (shimoliy  kenglik)  Ekvatorga  tomon  Quyosh
energiyasining tushishi qonuniy ravishda ortib boradi.
Yer  yuzasiga  issiqlikning  tushishiga  ko’ra  planetaning  termik  mintaqa
(poyas)lari shakllanadi.
Iqlim - tuproq paydo bo’lishiga ta’sir etuvchi shart-sharoitlardan biri – iqlim
hisoblanadi. Tuproq hosil qiluvchi asosiy omil bo’lgan iqlim, o’simliklarning o’sib
Logotip
sharining yuzidagi tuproq tiplariningqonuniy joylashishida juda muhim rol o’ynaydi. U tuproq paydo bo’lish jarayonlarining dinamikasidagi ma’lum siklining o’rnatilishida, ularning o’ziga xos xususiyati va yo’nalishida katta axamiyatga ega. Tuproq paydo bo’lish energetikasi iqlim sharoitlari bilan bog’liq. S.V.Kolesnikning aniqlashiga ko’ra, Yerning iqlimi ko’pgina tabiiy omillar o’zaro ta’sirlashuvining natijasidir, ularning eng asosiylari quyidagilar: a) Quyosh nuri energiyasining kirimi va sarfi; b) issiqlik va namlikni qayta taqsimlaydigan, atmosfera sirkulyasiyasi; v) atmosfera sirkulyasiyasidan ajratib bo’lmaydigan, nam aylanishi. Sanab o’tilgan omillarning har biri joyning geografik o’rniga bog’liq (kengligi, dengiz sathidan balandligi va x.z). «Umum yer» iqlimining bosh omili Quyosh radiasiyasi hisoblanadi, qaysiki uning miqdori ushbu xududning joylashishiga ko’ra keskin farq qiladi. Yer yuzasiga oqib keladigan umumiy issiqlik radiasion balans bilan R, kDj/ (sm2 yil) o’lchanadi. R=(Q + q ) (1 - A)-E Bunda: Q- tik radiasiya; q – yoyilgan radiasiya; A – albedo(birlikning qismlarida); E – yuzadan samarali parlanish. Tuproq yuzasida singdirilgan va undan nurlanadigan Quyosh radiasiyasining kirimi va sarfiga radiasiya balansi (Rb)deyiladi. Quyosh energiyasi (Quyosh doimiyligi) ning kosmik oqimi atmosferaning yuqori chegarasida 8,4 kDj/ (sm2. min) ni tashkil qiladi. Ammo Yer yuzasiga Quyosh energiyasining 50 foizidan kami yetib keladi, chunki uning taxminan 30 foizi atmosferadagi kosmosga qaytariladi, 20 foizi atmosferadagi suv bug’lari va changlar tomonidan yutiladi va qolgan qismi yoyilgan radiasiya holida Yer yuzasiga yetib keladi. Qutbdan (shimoliy kenglik) Ekvatorga tomon Quyosh energiyasining tushishi qonuniy ravishda ortib boradi. Yer yuzasiga issiqlikning tushishiga ko’ra planetaning termik mintaqa (poyas)lari shakllanadi. Iqlim - tuproq paydo bo’lishiga ta’sir etuvchi shart-sharoitlardan biri – iqlim hisoblanadi. Tuproq hosil qiluvchi asosiy omil bo’lgan iqlim, o’simliklarning o’sib
rivojlanishida  katta  rol  o’ynaydi.  O’simliklar  qoplamining  zonal  tarqalishi  va
tuproqdagi biologik jarayonlar energiyasi iqlimga bog’liq. Iqlim elementlaridan
hisoblangan temperatura va atmosfera yog’inlari tuproq paydo bo’lishida bevosita
ishtirok etib, tuproqning issiqlik va suv rejimlarini belgilaydi. Ammo muayyan
maydonlardagi iqlim bilan bog’liq bo’lgan suv, issiqlik rejimi o’simliklar qoplami
ta’sirida  keskin  o’zgaradi.  Natijada  tuproqning  o’ziga  xos  gidrotermik  rejimi
yuzaga keladiki, unga tuproq iqlimi deyiladi. Tuproq iqlimi tuproqda kechadigan
biokimyoviy jarayonlarning tezligiga hamda nurash va ishqorsizlanish jadalligi
singari jarayon va xodisalarga bevosita ta’sir etadi. Bu o’zgarishlar o’simlik tiplari,
tuproqning mexanik tarkibi,  ona jinslar xarakteriga ko’ra turlichadir.
Iqlim sharoitlari qishloq xo’jaligi, jumladan dehqonchilikda juda katta rol
o’ynaydi. Shuning uchun ham iqlim, respublikamizning tabiiy resurslaridan biridir.
Qishloq xo’jaligini olib borish sistemasi, bir yilda bir necha marta hosil olish
imkoniyatlari,  ekinlarning  tanlab  ekilishi  singarilar  iqlim  sharoitlariga  ko’ra
belgilanadi. 
Termik  va  tuproqning  namlanish  sharoitlariga  qarab,  iqlim  gruppalari
ajratiladi. Bunda geografik kengliklar bo’yicha xaroratning bir xilda bo’lmasligi
e’tiborga olinadi. Termik gruppalardagi asosiy ko’rsatkich vegitasiya davridagi
100Sdan  yuqori  bo’lgan  o’rtacha  sutkalik  harorat  hisoblanadi.  Ana   shu
ko’rsatkichga ko’ra iqlimning quyidagi asosiy gruppalari ajratiladi.
29 - jadval
Iqlim gruppalari
O’rtacha
yillik
temperatura,
0C
100C dan yuqori
bo’lgan xarorat
yig’indisi
Radiasiya
balansi kDj
(sm2  yil)
Sovuq (qutb) iqlimi 
-23 -15
6000 dan kam  -
- 
21-42
Mo’tadil sovuq (boreal)
-4 +4
6000 – 20000 - -
-
42-84
Mo’tadil iliq (subboreal)
+10
20000 – 3800 - -
84-210
Logotip
rivojlanishida katta rol o’ynaydi. O’simliklar qoplamining zonal tarqalishi va tuproqdagi biologik jarayonlar energiyasi iqlimga bog’liq. Iqlim elementlaridan hisoblangan temperatura va atmosfera yog’inlari tuproq paydo bo’lishida bevosita ishtirok etib, tuproqning issiqlik va suv rejimlarini belgilaydi. Ammo muayyan maydonlardagi iqlim bilan bog’liq bo’lgan suv, issiqlik rejimi o’simliklar qoplami ta’sirida keskin o’zgaradi. Natijada tuproqning o’ziga xos gidrotermik rejimi yuzaga keladiki, unga tuproq iqlimi deyiladi. Tuproq iqlimi tuproqda kechadigan biokimyoviy jarayonlarning tezligiga hamda nurash va ishqorsizlanish jadalligi singari jarayon va xodisalarga bevosita ta’sir etadi. Bu o’zgarishlar o’simlik tiplari, tuproqning mexanik tarkibi, ona jinslar xarakteriga ko’ra turlichadir. Iqlim sharoitlari qishloq xo’jaligi, jumladan dehqonchilikda juda katta rol o’ynaydi. Shuning uchun ham iqlim, respublikamizning tabiiy resurslaridan biridir. Qishloq xo’jaligini olib borish sistemasi, bir yilda bir necha marta hosil olish imkoniyatlari, ekinlarning tanlab ekilishi singarilar iqlim sharoitlariga ko’ra belgilanadi. Termik va tuproqning namlanish sharoitlariga qarab, iqlim gruppalari ajratiladi. Bunda geografik kengliklar bo’yicha xaroratning bir xilda bo’lmasligi e’tiborga olinadi. Termik gruppalardagi asosiy ko’rsatkich vegitasiya davridagi 100Sdan yuqori bo’lgan o’rtacha sutkalik harorat hisoblanadi. Ana shu ko’rsatkichga ko’ra iqlimning quyidagi asosiy gruppalari ajratiladi. 29 - jadval Iqlim gruppalari O’rtacha yillik temperatura, 0C 100C dan yuqori bo’lgan xarorat yig’indisi Radiasiya balansi kDj (sm2 yil) Sovuq (qutb) iqlimi -23 -15 6000 dan kam - - 21-42 Mo’tadil sovuq (boreal) -4 +4 6000 – 20000 - - - 42-84 Mo’tadil iliq (subboreal) +10 20000 – 3800 - - 84-210
-
Iliq (subtropik)
+15
3800 – 80000 - -
-
210-252
Issiq (tropik) iqlim
+32
80000 dan ko’p
252-336
Iqlimning termik gruppalari yer sharida mintaqalar tarzida tarqalgani uchun,
ularni bioiqlim yoki tuproq biotermik mintaqalari deb ataladi. 
Iqlimning termik gruppalari bilan tuproqning issiqlik rejimi, kimyoviy va
biokimyoviy jarayonlar tezligi xamda namlikka ko’ra o’simliklarning biologik
mahsuldorligining turlicha bo’lishiga bog’liq. 
Yog’inlar bilan namlanish sharoitlariga ko’ra iqlimning quyidagi 6 asosiy
gruppalari ajratiladi:
30 - jadval
Iqlim gruppalari
O’rtacha yillik yog’in
miqdori, mm
G.N.Visoskiy – N.I.Ivanov
bo’yicha namlik koeffisiyenti.
Juda nam (ekstragumid)
3000-5000
1,33 dan ko’p
Nam (gumid)
1500-2000
1,33-1
Yarim nam (semigumid)
500-800
1-0,55
Yarim quruq (semiarid)
200-400
0,55-0,33
Quruq (arid)
50-150
0,33-0,12
Juda quruq (ekstraarid)
10-20
0,12 kam
Iliq mintaqalarda sovuq mintaqalarga nisbatan yog’inlar ko’p bo’lib, ammo
bu qonuniyat atmosfera sirkuliyasiyasi, quruqlik va okeanlarning tarqalish nisbati,
joyning relyefi, dengiz sathiga nisbatan balandligi, dengiz oqimi singarilarga qarab
o’zgarishi mumkin.
Gidrotermik  rejimga  qarab  iqlimning  eng  ko’p  o’zgarish  farqi  o’simlik
qoplamiga, biologik va tuproq jarayonlarining xususiyatlariga va nihoyat qishloq
xo’jaligining geografik tiplariga bog’liq.
Tuproq iqlimining shakillanishida  joyning relyef sharoitlari juda muhim  rol
o’ynaydi.
Logotip
- Iliq (subtropik) +15 3800 – 80000 - - - 210-252 Issiq (tropik) iqlim +32 80000 dan ko’p 252-336 Iqlimning termik gruppalari yer sharida mintaqalar tarzida tarqalgani uchun, ularni bioiqlim yoki tuproq biotermik mintaqalari deb ataladi. Iqlimning termik gruppalari bilan tuproqning issiqlik rejimi, kimyoviy va biokimyoviy jarayonlar tezligi xamda namlikka ko’ra o’simliklarning biologik mahsuldorligining turlicha bo’lishiga bog’liq. Yog’inlar bilan namlanish sharoitlariga ko’ra iqlimning quyidagi 6 asosiy gruppalari ajratiladi: 30 - jadval Iqlim gruppalari O’rtacha yillik yog’in miqdori, mm G.N.Visoskiy – N.I.Ivanov bo’yicha namlik koeffisiyenti. Juda nam (ekstragumid) 3000-5000 1,33 dan ko’p Nam (gumid) 1500-2000 1,33-1 Yarim nam (semigumid) 500-800 1-0,55 Yarim quruq (semiarid) 200-400 0,55-0,33 Quruq (arid) 50-150 0,33-0,12 Juda quruq (ekstraarid) 10-20 0,12 kam Iliq mintaqalarda sovuq mintaqalarga nisbatan yog’inlar ko’p bo’lib, ammo bu qonuniyat atmosfera sirkuliyasiyasi, quruqlik va okeanlarning tarqalish nisbati, joyning relyefi, dengiz sathiga nisbatan balandligi, dengiz oqimi singarilarga qarab o’zgarishi mumkin. Gidrotermik rejimga qarab iqlimning eng ko’p o’zgarish farqi o’simlik qoplamiga, biologik va tuproq jarayonlarining xususiyatlariga va nihoyat qishloq xo’jaligining geografik tiplariga bog’liq. Tuproq iqlimining shakillanishida joyning relyef sharoitlari juda muhim rol o’ynaydi.
O’simlik va hayvonot  olami. Tuproq paydo qiluvchi jarayonlarga ta’sir
etuvchi eng qudratli omillardan biri – tirik organizmlar, ya’ni biologik omillar
hisoblanadi.  Tuproq  paydo  bo’lishining  boshlang’ich  davri  ham  turli
organizmlarning tuproq paydo qiluvchi ona jinslari (tog’ jinslari) ga ta’siri bilan
bog’liq.  O’simlik  va  hayvonot  olamining  tuproq  paydo  bo’lishidagi  roli  va
ahamiyati ushbu kitobning maxsus boblarida batafsil yoritilgan.
Ammo  shuni  eslatib  o’tish  kerakki,  oziq  qul  elementlarining  biologik
aylanishida, tuproqni organik moddalar bilan ta’minlab turishida o’simliklar asosiy
va  yo’naltiruvchi  omil  hisoblanadi.  Ayniqsa  tuproq  paydo  bo’lishida  oliy
o’simliklarning roli katta. Tuproqning rivojlanishi o’simliklar formasiyasi bilan
bevosita  bog’liq.  Shuningdek,  tuproqning  turli  gorizontlarida  va  uning  yuza
qismlarida yashovchi ko’p sonli umurtqali va umurtqasiz jonivorlar (faunalar) ning
roli ham tuproq paydo bo’lish jarayonlarida muhim ahamiyatga ega. O’lchamiga
ko’ra tuproq faunasi  4 guruhga:  a)  mikrofauna  o’lchami  0,2 mm  dan kichik
(protozooalar, nematodalar, rizoidlar kabi tuproqda yashaydigan) jonivorlar; b)
mezofauna  –  0,2  dan  0,4  mm  gacha  bo’lgan  (mikroartiroidlar,  eng  mayda
hasharotlar, ba’zi chuvalchanglar) jonivorlar; v) makrofauna 4 dan 8 mm gacha
bo’lgan tuproq chuvalchanglari, mollyuskalari, hasharotlar – chumolilar, termitlar;
g)  megafauna  –  80  mm  dan  katta  turli  hayvonot  olami  (yirik  hasharotlar,
qisqichbaqalar, chayon, ko’rsichqon, ilon, toshbaqa, mayda va yirik kemiruvchilar,
tulki, bo’rsiq va boshqa yer kovlaydigan hayvonlar) kiradi.
Tuproq jonivorlari orasida ayniqsa umurtqasizlar yetakchi o’rinni egallaydi.
Bu jonivorlarning biomassasi umurtqalilarnikiga nisbatan deyarli 1000 marta ko’p.
Umurtqasiz va umurtqali hayvonot olamining tuproq paydo bo’lishidagi roli juda
muhim va xilma-xildir (organik moddalarni parchalash, maydalash va o’zlashtirish
orqali chirindi hosil bo’lishida ishtirok etadi).
Tuproq  paydo  bo’lishida  mikroorganizmlar  (bakteriyalar,  zamburug’lar,
aktinomisetlar) ning o’ziga xos va muhim ahamiyati bor. Agar yuqori o’simliklar
biologik  massa  to’plovchi  ahamiyatga  ega  bo’lsa,  mikroorganizmlar  organik
Logotip
O’simlik va hayvonot olami. Tuproq paydo qiluvchi jarayonlarga ta’sir etuvchi eng qudratli omillardan biri – tirik organizmlar, ya’ni biologik omillar hisoblanadi. Tuproq paydo bo’lishining boshlang’ich davri ham turli organizmlarning tuproq paydo qiluvchi ona jinslari (tog’ jinslari) ga ta’siri bilan bog’liq. O’simlik va hayvonot olamining tuproq paydo bo’lishidagi roli va ahamiyati ushbu kitobning maxsus boblarida batafsil yoritilgan. Ammo shuni eslatib o’tish kerakki, oziq qul elementlarining biologik aylanishida, tuproqni organik moddalar bilan ta’minlab turishida o’simliklar asosiy va yo’naltiruvchi omil hisoblanadi. Ayniqsa tuproq paydo bo’lishida oliy o’simliklarning roli katta. Tuproqning rivojlanishi o’simliklar formasiyasi bilan bevosita bog’liq. Shuningdek, tuproqning turli gorizontlarida va uning yuza qismlarida yashovchi ko’p sonli umurtqali va umurtqasiz jonivorlar (faunalar) ning roli ham tuproq paydo bo’lish jarayonlarida muhim ahamiyatga ega. O’lchamiga ko’ra tuproq faunasi 4 guruhga: a) mikrofauna o’lchami 0,2 mm dan kichik (protozooalar, nematodalar, rizoidlar kabi tuproqda yashaydigan) jonivorlar; b) mezofauna – 0,2 dan 0,4 mm gacha bo’lgan (mikroartiroidlar, eng mayda hasharotlar, ba’zi chuvalchanglar) jonivorlar; v) makrofauna 4 dan 8 mm gacha bo’lgan tuproq chuvalchanglari, mollyuskalari, hasharotlar – chumolilar, termitlar; g) megafauna – 80 mm dan katta turli hayvonot olami (yirik hasharotlar, qisqichbaqalar, chayon, ko’rsichqon, ilon, toshbaqa, mayda va yirik kemiruvchilar, tulki, bo’rsiq va boshqa yer kovlaydigan hayvonlar) kiradi. Tuproq jonivorlari orasida ayniqsa umurtqasizlar yetakchi o’rinni egallaydi. Bu jonivorlarning biomassasi umurtqalilarnikiga nisbatan deyarli 1000 marta ko’p. Umurtqasiz va umurtqali hayvonot olamining tuproq paydo bo’lishidagi roli juda muhim va xilma-xildir (organik moddalarni parchalash, maydalash va o’zlashtirish orqali chirindi hosil bo’lishida ishtirok etadi). Tuproq paydo bo’lishida mikroorganizmlar (bakteriyalar, zamburug’lar, aktinomisetlar) ning o’ziga xos va muhim ahamiyati bor. Agar yuqori o’simliklar biologik massa to’plovchi ahamiyatga ega bo’lsa, mikroorganizmlar organik
moddalarning  murakkab  va  to’liq chirib  parchalanish  jarayonlarida  asosiy  rol
o’ynaydi. 
Mikroorganizmlar  organik  moddalaridagi  murakkab  yuqori  molekulyar
birikmalarni oddiy mahsulotlar: gazlar (karbonat angidridi, ammiak va boshqalar),
suv va oddiy mineral  birikmalarga qadarli parchalaydi. Mikroorganizmlarning
asosiy massasi tuproqning o’simliklar ildizi va tuproq mezofaunalari ko’p bo’lgan
yuqori  –  20  sm  li  qatlamida  to’plangan.  Tuproqning  haydalma  qatlamida
zamburug’ va bakteriyalarning biomassasi 5 t/ga qadarli bo’lib, bakteriyalar 1 g
tuproqda milliardga yetadi, zamburug’ giflarining uzunligi 1 ga yerda 1000 m ni
tashkil etadi (I.P.Bobyeva, G.M.Zenkova, 1983). Mikroorganizmlar gumusning
hosil  bo’lishida,  azot  to’planishi  va  tuproq  havosi  tarkibining  o’zgarishi
singarilarda kata rol o’ynaydi.  
Tuproq paydo qiluvchi ona jinslar.
Tuproq paydo qiluvchi omillardan biri ona jinslardir. Ana shu jinslarning
moddiy tarkibi tuproqlarning mexanik va mineral tarkibiga, uning fizikaviy va
fizik-mexanik xossalariga, suv-havo, issiqlik va oziq rejimlari hamda shular orqali
unumdorligiga  katta  ta’sir  etadi.  Tuproqning  xossalari  bilan  ona  jinslarning
xossalari orasidagi o’zaro bog’liqlik ayniqsa tuproq paydo bo’lishining dastlabki
davrida yaqqol ko’rinadi. Tuproq paydo qiluvchi jinslarning tarkibi va xossalariga
ko’ra o’simliklarning o’sishi uchun turlicha shart-sharoit yaratiladi, tuproqdagi
moddalarning o’zgarishi va aralashib ketishi kabi jarayonlarning tezlashuvi yoki
sekinlashuvi ro’y beradi. Shuning uchun ham ba’zan muayyan bir maydondagi
joyda tarqalgan va bir xil o’simlik qoplami bo’lgan ammo ikki xildagi ona jinslar
yuzasida tarkibi, xossalari va unumdorligi bilan farq qiladigan turlicha tuproqlar
paydo bo’ladi. 
Relyef.  Tuproq genezisi, tuproqlar tuzilishi (strukturasi)ga, tuproqning bir
xilligi  yoki turlicha bo’lib tarqalishi  singarilarga ta’sir  etuvchi muhim tuproq
paydo qiluvchi omillardan biri joyning relyefidir.
Relyefning  3  gruppa  makrorelyef,  mezorelyef  va  mikrorelyef  shakllari
ajratiladi. 
Logotip
moddalarning murakkab va to’liq chirib parchalanish jarayonlarida asosiy rol o’ynaydi. Mikroorganizmlar organik moddalaridagi murakkab yuqori molekulyar birikmalarni oddiy mahsulotlar: gazlar (karbonat angidridi, ammiak va boshqalar), suv va oddiy mineral birikmalarga qadarli parchalaydi. Mikroorganizmlarning asosiy massasi tuproqning o’simliklar ildizi va tuproq mezofaunalari ko’p bo’lgan yuqori – 20 sm li qatlamida to’plangan. Tuproqning haydalma qatlamida zamburug’ va bakteriyalarning biomassasi 5 t/ga qadarli bo’lib, bakteriyalar 1 g tuproqda milliardga yetadi, zamburug’ giflarining uzunligi 1 ga yerda 1000 m ni tashkil etadi (I.P.Bobyeva, G.M.Zenkova, 1983). Mikroorganizmlar gumusning hosil bo’lishida, azot to’planishi va tuproq havosi tarkibining o’zgarishi singarilarda kata rol o’ynaydi. Tuproq paydo qiluvchi ona jinslar. Tuproq paydo qiluvchi omillardan biri ona jinslardir. Ana shu jinslarning moddiy tarkibi tuproqlarning mexanik va mineral tarkibiga, uning fizikaviy va fizik-mexanik xossalariga, suv-havo, issiqlik va oziq rejimlari hamda shular orqali unumdorligiga katta ta’sir etadi. Tuproqning xossalari bilan ona jinslarning xossalari orasidagi o’zaro bog’liqlik ayniqsa tuproq paydo bo’lishining dastlabki davrida yaqqol ko’rinadi. Tuproq paydo qiluvchi jinslarning tarkibi va xossalariga ko’ra o’simliklarning o’sishi uchun turlicha shart-sharoit yaratiladi, tuproqdagi moddalarning o’zgarishi va aralashib ketishi kabi jarayonlarning tezlashuvi yoki sekinlashuvi ro’y beradi. Shuning uchun ham ba’zan muayyan bir maydondagi joyda tarqalgan va bir xil o’simlik qoplami bo’lgan ammo ikki xildagi ona jinslar yuzasida tarkibi, xossalari va unumdorligi bilan farq qiladigan turlicha tuproqlar paydo bo’ladi. Relyef. Tuproq genezisi, tuproqlar tuzilishi (strukturasi)ga, tuproqning bir xilligi yoki turlicha bo’lib tarqalishi singarilarga ta’sir etuvchi muhim tuproq paydo qiluvchi omillardan biri joyning relyefidir. Relyefning 3 gruppa makrorelyef, mezorelyef va mikrorelyef shakllari ajratiladi.
M a k r o r e l  e fdeganda tekislik, baland tekislik va tog’lar singari yirik
relyef formalari tushuniladi. Bu relyef havo oqimining xarakatiga ta’sir qilib, katta
territoriyalar  iqlimining   shakllanishida  ishtirok  etadi.  Absolyut  balandlikning
oshib borishi bilan iqlim sovib, namlik ancha orta boradi. Havo massasi toqqa
yaqinlashganda,  u  yuqoriga  ko’tarilib  soviydi  va  suv  bug’lari  kondensatlanib
yog’inlarga aylanadi, havo massasi pastga tushganda isib, uning quruqligi orta
boshlaydi. Natijada o’simlik va tuproq qoplamining murakkab vertikal zonalligi
yuzaga keladi.
M e z o r e l  e f ga balandlikning kam o’zgaradigan adir- qirlar past
balandliklar  va  vodiylar  kabi  relyeflar  shakllari  kiradi.  Mezorelyef  tuproqda
yorug’lik, issiqlik va namning to’planishi va tarqalishida asosiy rol o’ynaydi.
Turli qiyalik va eskpozisiyalarda yonbag’irlar turlicha isiydi va yoritiladi.
Jumladan, Janubiy o’ta qiya yonbag’irlar, uncha qiya bo’lmagan joylarga nisbatan
kuchli  isiydi. Janubiy  yonbag’irlarga yorug’lik va issiqlik  ko’proq to’planadi.
Natijada  Shimoliy  yonbag’irga  nisbatan  Janubiy  yonbag’irda  nam  ko’proq
bug’lanadi. Yonbag’irlarda tuproqning notekis qizishi natijasida o’simliklar tarkibi
ham turlicha bo’ladi.
Qiyaliklarda yog’inlar ko’p oqib ketganligidan, tekisliklarga nisbatan nam
kam to’planadi. Unda eroziya kuchli bo’ladi.
Tuproqning ichki oqimi natijasida oziq elementlarning aralashib ketishi ro’y
beradi, o’simliklar uchun zararli tuzlar relyefning yuqori qismlaridan oqib kelib,
tuproqning sho’rlanishiga sabab bo’ladi.
M i k r o r e l e f – relyefning kichik, past shakllari bo’lib, ularga pastqam
joylar, do’ngchalar va boshqa yer yuzasi notekisliklari kiradi. Mikrorelyefning
pastqam joylarida namlik ko’proq to’planishi, tuproqning chuqur (ba’zan sizot
suvlariga  qadar)  namlanishi  tuproq  hosil  bo’lish  jarayonlariga  ta’sir  etadi.
Tuproqlarning  kompleks  (kichik  bir  maydonda  bir  necha  xildagi  tuproqning
bo’lishi) holda tarqalishida ham mikrorelyef asosiy rol o’ynaydi. Shunday qilib,
relyef tuproqning suv, issiqlik xossalari, oziq va tuz rejimiga ta’sir etadi. Hozirgi
vaqtda  relyefning  holati  va  unga  ko’ra  yog’inlarning  turlicha  taqsimlanishiga
Logotip
M a k r o r e l e fdeganda tekislik, baland tekislik va tog’lar singari yirik relyef formalari tushuniladi. Bu relyef havo oqimining xarakatiga ta’sir qilib, katta territoriyalar iqlimining shakllanishida ishtirok etadi. Absolyut balandlikning oshib borishi bilan iqlim sovib, namlik ancha orta boradi. Havo massasi toqqa yaqinlashganda, u yuqoriga ko’tarilib soviydi va suv bug’lari kondensatlanib yog’inlarga aylanadi, havo massasi pastga tushganda isib, uning quruqligi orta boshlaydi. Natijada o’simlik va tuproq qoplamining murakkab vertikal zonalligi yuzaga keladi. M e z o r e l e f ga balandlikning kam o’zgaradigan adir- qirlar past balandliklar va vodiylar kabi relyeflar shakllari kiradi. Mezorelyef tuproqda yorug’lik, issiqlik va namning to’planishi va tarqalishida asosiy rol o’ynaydi. Turli qiyalik va eskpozisiyalarda yonbag’irlar turlicha isiydi va yoritiladi. Jumladan, Janubiy o’ta qiya yonbag’irlar, uncha qiya bo’lmagan joylarga nisbatan kuchli isiydi. Janubiy yonbag’irlarga yorug’lik va issiqlik ko’proq to’planadi. Natijada Shimoliy yonbag’irga nisbatan Janubiy yonbag’irda nam ko’proq bug’lanadi. Yonbag’irlarda tuproqning notekis qizishi natijasida o’simliklar tarkibi ham turlicha bo’ladi. Qiyaliklarda yog’inlar ko’p oqib ketganligidan, tekisliklarga nisbatan nam kam to’planadi. Unda eroziya kuchli bo’ladi. Tuproqning ichki oqimi natijasida oziq elementlarning aralashib ketishi ro’y beradi, o’simliklar uchun zararli tuzlar relyefning yuqori qismlaridan oqib kelib, tuproqning sho’rlanishiga sabab bo’ladi. M i k r o r e l e f – relyefning kichik, past shakllari bo’lib, ularga pastqam joylar, do’ngchalar va boshqa yer yuzasi notekisliklari kiradi. Mikrorelyefning pastqam joylarida namlik ko’proq to’planishi, tuproqning chuqur (ba’zan sizot suvlariga qadar) namlanishi tuproq hosil bo’lish jarayonlariga ta’sir etadi. Tuproqlarning kompleks (kichik bir maydonda bir necha xildagi tuproqning bo’lishi) holda tarqalishida ham mikrorelyef asosiy rol o’ynaydi. Shunday qilib, relyef tuproqning suv, issiqlik xossalari, oziq va tuz rejimiga ta’sir etadi. Hozirgi vaqtda relyefning holati va unga ko’ra yog’inlarning turlicha taqsimlanishiga
qarab, namlanish qatorlari deb ataluvchi quyidagi tuproq gruppalari ajratiladi: a v t
o m o r f  t u p r o q l a r – yer osti suvlari chuqurda  bo’lgan hamda tekis yuza va
yon bag’irlardan atmosfera suvlari erkin oqib ketadigan sharoitda shakllanadi. 
Ya r i m  g i d r o m o r f  t u p r o q l a r - yuza suvlari vaqtincha
to’planadigan va sizot suvlari 3-6 m chuqurlikda joylashgan sharoitda yuzaga
keladi.
G i d r o m o r f  t u p r o q l a r - yuza suvlarining uzoq muddat tuproq ustida
to’planishi yoki sizot suvlari 3 m dan yuqorida bo’lgan joylarda shakllanadi. 
Joyning  relyefi  dehqonchilikda  ham  katta  ahamiyatga  ega.  Jumladan,
haydaladigan yerlarning tuproq – ekologik, mikroiqlim sharoitlari, ularga ishlov
berish usullari relyefga bevosita bog’liq. Shuningdek, suv va shamol eroziyasi kabi
jarayonlar relyef xususiyatlariga ko’ra turlicha rivojlanadi. Demak, agronom yoki
fermer dehqonchilikning o’ziga xos xususiyatlarini o’rganayotganda relyefga katta
e’tibor berish lozim.
Tuproq  yoshi  (vaqt). Tuproq  paydo  qiluvchi  jarayonlar  ma’lum  vaqt
birligiga ko’ra kechadi. Tuproq paydo qiluvchi omil sifatida V.V.Dokuchayev
«O’lkaning yoshi»ga ya’ni tuproq yoshiga alohida e’tibor beradi. olim har bir
tuproq va tuproq qoplami o’zgarmaydigan narsa emas, balki vaqtga qarab doim
o’zgarib, taraqqiy etib turishligini ta’kidlaydi. Har qanday normal tuproq muayyan
vaqtda shakllanadi. Masalan, faqat 18-20 sm qalinlikdagi tuproqning hosil bo’lishi
uchun, turli sharoitlarga qarab 1500-7000 yilgacha vaqt kerak. MDH xududining
turli  joylaridagi  tuproqlar  turli  davrlarda  rivojlana  boshlagan,  demak,  har  xil
yoshga ega. Jumladan, daryo terrasalari turli davrlarda hosil bo’lgandan, ulardagi
tuproqlarning yoshi ham turlicha. Eng yosh tuproqlar daryo sohillarida tarqalgan
bo’lib, undan keyin birinchi terrasa, so’ngra ikkinchi va x.z. terrasalar bo’yicha
tuproqlarning  yoshi  ham  oshb  boradi.  Janubiy  territoriyalarda  tarqalgan  bo’z,
kashtan va qora tuproqlarning yoshi Shimoliy zonadagi o’rmon sur, podzol va
tundra  tuproqlari  yoshiga  nisbatan  ancha  katta,  chunki  tundradagi  quruqlik
maydonlari muzliklar chekinishining eng oxirgi bosqichida yuzaga kelgan. 
Logotip
qarab, namlanish qatorlari deb ataluvchi quyidagi tuproq gruppalari ajratiladi: a v t o m o r f t u p r o q l a r – yer osti suvlari chuqurda bo’lgan hamda tekis yuza va yon bag’irlardan atmosfera suvlari erkin oqib ketadigan sharoitda shakllanadi. Ya r i m g i d r o m o r f t u p r o q l a r - yuza suvlari vaqtincha to’planadigan va sizot suvlari 3-6 m chuqurlikda joylashgan sharoitda yuzaga keladi. G i d r o m o r f t u p r o q l a r - yuza suvlarining uzoq muddat tuproq ustida to’planishi yoki sizot suvlari 3 m dan yuqorida bo’lgan joylarda shakllanadi. Joyning relyefi dehqonchilikda ham katta ahamiyatga ega. Jumladan, haydaladigan yerlarning tuproq – ekologik, mikroiqlim sharoitlari, ularga ishlov berish usullari relyefga bevosita bog’liq. Shuningdek, suv va shamol eroziyasi kabi jarayonlar relyef xususiyatlariga ko’ra turlicha rivojlanadi. Demak, agronom yoki fermer dehqonchilikning o’ziga xos xususiyatlarini o’rganayotganda relyefga katta e’tibor berish lozim. Tuproq yoshi (vaqt). Tuproq paydo qiluvchi jarayonlar ma’lum vaqt birligiga ko’ra kechadi. Tuproq paydo qiluvchi omil sifatida V.V.Dokuchayev «O’lkaning yoshi»ga ya’ni tuproq yoshiga alohida e’tibor beradi. olim har bir tuproq va tuproq qoplami o’zgarmaydigan narsa emas, balki vaqtga qarab doim o’zgarib, taraqqiy etib turishligini ta’kidlaydi. Har qanday normal tuproq muayyan vaqtda shakllanadi. Masalan, faqat 18-20 sm qalinlikdagi tuproqning hosil bo’lishi uchun, turli sharoitlarga qarab 1500-7000 yilgacha vaqt kerak. MDH xududining turli joylaridagi tuproqlar turli davrlarda rivojlana boshlagan, demak, har xil yoshga ega. Jumladan, daryo terrasalari turli davrlarda hosil bo’lgandan, ulardagi tuproqlarning yoshi ham turlicha. Eng yosh tuproqlar daryo sohillarida tarqalgan bo’lib, undan keyin birinchi terrasa, so’ngra ikkinchi va x.z. terrasalar bo’yicha tuproqlarning yoshi ham oshb boradi. Janubiy territoriyalarda tarqalgan bo’z, kashtan va qora tuproqlarning yoshi Shimoliy zonadagi o’rmon sur, podzol va tundra tuproqlari yoshiga nisbatan ancha katta, chunki tundradagi quruqlik maydonlari muzliklar chekinishining eng oxirgi bosqichida yuzaga kelgan.