TUPROQ HARORATI

Time

Yuklangan vaqt

2025-11-08

Downloads

Yuklab olishlar soni

0

Pages

Sahifalar soni

9

File size

Fayl hajmi

373,7 KB


TUPROQ HARORATI
Tuproq  harorati  tuproqda  va  unga  yaqin  havo  qatlamida  sodir
bo’ladigan turli tuman jarayonlar va hodisalarga ta’sir ko’rsatadigan asosiy
omildir. Darhaqiqat, tuproq haroratining kunlik o’zgarishi tuproqdagi havo
bilan yer havosi o’rtasida gaz almashinishini hosil qiladi.
Tuproq  harorati  chirish  jarayonini,  organik  moddalarning
parchalanishini  va  turli  xil  tuzlarning  erishini  jadallashtiradi.  Tuproqning
isish  darajasiga  bog’liq holda o’simlik  ildizlarining so’rib  olish  qobiliyati
o’zgaradi.  Harorat  pasayganda  bu  qobiliyat  anchagina  susayadi.  Tuproq
harorati tuproq mikroor-ganizmlarining faoliyatini ta’minlaydi. Urug’larning
unib  chiqishi  va  o’simlik  o’sishining  dastlabki  davri  ko’p  holda  tuproq
haroratiga bog’liqdir.
Tuproqning  issiqlik  rejimi. Tuproqning  issiqlik  rejimi  asosan  yer
yuzasiga singdirilgan va tarqatilgan nurlanish energiyasrning kirim va chiqim
qismlari  o’rtasidagi  farq  bilan ifodalanadi.  Bu  farq  radiatsiya  balansi  deb
ataladi. Kunduzi tuproq ustiga tushayotgan issiqlik balansi ortadi va yer usti
isiydi. Tuproqqa singdirilgan issiqlikning bir qismi havoning va tuproqning
quyi qatlamlarini isitishga sarf bo’ladi. Tunda esa, quyosh radiatsiyasining
yo’qligi  tufayli  faqat  nurlarning  tar-qalishi  kuzatiladi  va  bunda  radiatsiya
balansi manfiy miqdorda bo’lib, tuproq ustining yanada sovib ketishiga olib
keladi. Radiatsiya balansining eng katta musbat miqdorlari yoz oylari, eng
katta manfiy qiymatlari qish oylari kuzatiladi. Radiatsiya balansi tuproqning
fizik  xususiyatlari,  uning  yuza  qismining  holati  va  ob-havo  sharoitiga
bog’liqdir.  Shu  omillar  ta’sirida  radiatsiya  balansi  miqdori  musbat  yoki
manfiy qiymatda bo’lib, tuproqning issiqlik holatini, atmosfera bilan va shu
bilan birga-likda tuproqning yuqorigi va chuqurlikdagi qatlamlari orasi-dagi
issiqlik almashinuvi shiddatiga ta’sir ko’rsatadi. Ammo barcha tuproq turlari
bir xil isib va sovib turmaydi. Bunga ko’pgina sabablar mavjud bo’lib, ular
Logotip
TUPROQ HARORATI Tuproq harorati tuproqda va unga yaqin havo qatlamida sodir bo’ladigan turli tuman jarayonlar va hodisalarga ta’sir ko’rsatadigan asosiy omildir. Darhaqiqat, tuproq haroratining kunlik o’zgarishi tuproqdagi havo bilan yer havosi o’rtasida gaz almashinishini hosil qiladi. Tuproq harorati chirish jarayonini, organik moddalarning parchalanishini va turli xil tuzlarning erishini jadallashtiradi. Tuproqning isish darajasiga bog’liq holda o’simlik ildizlarining so’rib olish qobiliyati o’zgaradi. Harorat pasayganda bu qobiliyat anchagina susayadi. Tuproq harorati tuproq mikroor-ganizmlarining faoliyatini ta’minlaydi. Urug’larning unib chiqishi va o’simlik o’sishining dastlabki davri ko’p holda tuproq haroratiga bog’liqdir. Tuproqning issiqlik rejimi. Tuproqning issiqlik rejimi asosan yer yuzasiga singdirilgan va tarqatilgan nurlanish energiyasrning kirim va chiqim qismlari o’rtasidagi farq bilan ifodalanadi. Bu farq radiatsiya balansi deb ataladi. Kunduzi tuproq ustiga tushayotgan issiqlik balansi ortadi va yer usti isiydi. Tuproqqa singdirilgan issiqlikning bir qismi havoning va tuproqning quyi qatlamlarini isitishga sarf bo’ladi. Tunda esa, quyosh radiatsiyasining yo’qligi tufayli faqat nurlarning tar-qalishi kuzatiladi va bunda radiatsiya balansi manfiy miqdorda bo’lib, tuproq ustining yanada sovib ketishiga olib keladi. Radiatsiya balansining eng katta musbat miqdorlari yoz oylari, eng katta manfiy qiymatlari qish oylari kuzatiladi. Radiatsiya balansi tuproqning fizik xususiyatlari, uning yuza qismining holati va ob-havo sharoitiga bog’liqdir. Shu omillar ta’sirida radiatsiya balansi miqdori musbat yoki manfiy qiymatda bo’lib, tuproqning issiqlik holatini, atmosfera bilan va shu bilan birga-likda tuproqning yuqorigi va chuqurlikdagi qatlamlari orasi-dagi issiqlik almashinuvi shiddatiga ta’sir ko’rsatadi. Ammo barcha tuproq turlari bir xil isib va sovib turmaydi. Bunga ko’pgina sabablar mavjud bo’lib, ular
ichida tuproqning issiqlik sig’imi va issiqlik o’tkazuvchanligi eng ahamiyatli
hisoblanadi.
Issiqlik sig’imi solishtirma va hajmiyga bo’linadi. Solish-tirma issiqlik
sig’imi - 1 g moddani 1°C ga isitish uchun ketgan issiqlikka (kaloriyada)
teng.  Tuproqning  isishi  va  sovishida  solishtirmaga  ko’ra  hajmiy  issiqlik
sig’imi deb, 1 sm kub 1°C ga isitish uchun zarur bo’lgan issiqlik miqdoriga
aytiladi.
Tuproqning isishi uning rangiga va tuzilishiga bog’liq. Oqish rangdagi
tuproq  nurni  qaytarish  qobiliyati  katta  bo’lganligidan,  qora  tusli  tuproqga
nisbatan kunduzi kamroq qiziydi. G’ovak tuproqda zich tuproqqa nisbatan
kunduzlari ancha yuqori, kechalari esa, ancha past harorat kuzatuadi.
Bundan tashqari, tuproq haroratiga yonbag’ining ekspo-zitsiyasi, uning
o’simlik va qor qatlami bilan qoplanganligi ahamiyatlidir.
Tuproq  usti  harorati  kun  va  yil  davomida  o’zgarib  turadi.  Tuproq
kunduzi  isib,  kechalari  soviydi.  Bunday  o’zgarishni  tuproq  ostida  va
chuqurliklarda ham kuzatish mumkin.
Tuproq haroratiga bulutlarning mavjudligi, tuman, sha-mol, yog’inlar
ta’sir ko’rsatadi. Bulutlar ko’pligi tuproq haroratining kunlik amplitudasini
kamaytiradi  va  tuproqning  pastki  qatlamlaridagi  haroratni  bir  xil  qilib
qo’yadi.  Shamol  tuproq  va  atmosfera  o’rtasidagi  issiqlik  almashinuvini
tezlash-tiradi va natijada shamolli kunlardagi tuproq usti harorati odatdagi
kunlardagiga nisbatan pasayib ketadi.
Tuproq haroratiga o’simliklar ham ta’sir ko’rsatadi. Yilning iliq davrida
o’simlik radiatsiyani tutib qoladi va o’sim-lik soyasida qolgan tuproq yaxshi
isimaydi.  Masalan,  qalin  o’t  qoplami  tuproqqa  o’tkazib  yuboradigan
radiatsiya  20%  dan  oshmaydi.  Bundan  tashqari  barg  yuzasidan  ham  suv
bug’la-nadi. Bunga ham issiqlikning ancha qismi sarf bo’ladi. Yilning sovuq
faslida o’simlik yerning issiqlik tarqatishini kamaytiradi va tuproq unchalik
sovib  ketmaydi.  O’simlik  qanchalik  qalin  bo’lsa,  u  tuproq  haroratiga
shunchalik  ko’p  ta’sir  etadi.  O’sim-liklarning  havo  va  tuproq  haroratiga
ta’siri o’rmonlarda ayniqsa katta bo’ladi.
Logotip
ichida tuproqning issiqlik sig’imi va issiqlik o’tkazuvchanligi eng ahamiyatli hisoblanadi. Issiqlik sig’imi solishtirma va hajmiyga bo’linadi. Solish-tirma issiqlik sig’imi - 1 g moddani 1°C ga isitish uchun ketgan issiqlikka (kaloriyada) teng. Tuproqning isishi va sovishida solishtirmaga ko’ra hajmiy issiqlik sig’imi deb, 1 sm kub 1°C ga isitish uchun zarur bo’lgan issiqlik miqdoriga aytiladi. Tuproqning isishi uning rangiga va tuzilishiga bog’liq. Oqish rangdagi tuproq nurni qaytarish qobiliyati katta bo’lganligidan, qora tusli tuproqga nisbatan kunduzi kamroq qiziydi. G’ovak tuproqda zich tuproqqa nisbatan kunduzlari ancha yuqori, kechalari esa, ancha past harorat kuzatuadi. Bundan tashqari, tuproq haroratiga yonbag’ining ekspo-zitsiyasi, uning o’simlik va qor qatlami bilan qoplanganligi ahamiyatlidir. Tuproq usti harorati kun va yil davomida o’zgarib turadi. Tuproq kunduzi isib, kechalari soviydi. Bunday o’zgarishni tuproq ostida va chuqurliklarda ham kuzatish mumkin. Tuproq haroratiga bulutlarning mavjudligi, tuman, sha-mol, yog’inlar ta’sir ko’rsatadi. Bulutlar ko’pligi tuproq haroratining kunlik amplitudasini kamaytiradi va tuproqning pastki qatlamlaridagi haroratni bir xil qilib qo’yadi. Shamol tuproq va atmosfera o’rtasidagi issiqlik almashinuvini tezlash-tiradi va natijada shamolli kunlardagi tuproq usti harorati odatdagi kunlardagiga nisbatan pasayib ketadi. Tuproq haroratiga o’simliklar ham ta’sir ko’rsatadi. Yilning iliq davrida o’simlik radiatsiyani tutib qoladi va o’sim-lik soyasida qolgan tuproq yaxshi isimaydi. Masalan, qalin o’t qoplami tuproqqa o’tkazib yuboradigan radiatsiya 20% dan oshmaydi. Bundan tashqari barg yuzasidan ham suv bug’la-nadi. Bunga ham issiqlikning ancha qismi sarf bo’ladi. Yilning sovuq faslida o’simlik yerning issiqlik tarqatishini kamaytiradi va tuproq unchalik sovib ketmaydi. O’simlik qanchalik qalin bo’lsa, u tuproq haroratiga shunchalik ko’p ta’sir etadi. O’sim-liklarning havo va tuproq haroratiga ta’siri o’rmonlarda ayniqsa katta bo’ladi.
Ekinlar uchun tuproqning ustki 5 sm gacha qalinlikdagi qatlami ayniqsa
katta ahamiyatga ega. Bu qatlamda o’simliklar urug’i unib chiqadi, o’tlar ildiz
yozadi, o’simliklarning qishki toblanish bosqichi o’tadi. Shu bilan birga bu
qatlamda eng ko’p o’zgarish bo’ladi, unda harorat va namlik keskin o’zgarib
turadi.  Qish  vaqtida  bu  qatlam  issiqlikni  yaxshi  saqlaydi,  natijada  tuproq
qattiq sovib ketmaydi. Biroq qor qoplami yupqa bo’lsa, bu qatlam issiqlikni
tutib qola olmaydi, natijada o’simliklarni sovuq urib ketishi mumkin.
Tuproq  haroratining  yillik  va  fasliy  amplitudasi  zonal  ravishda
o’zgaradi. Quyosh radiatsiyasi doim intensiv bo’lgan ekvatoryal mintaqada
harorat  hamma  vaqt  yuqori  bo’ladi,  havoning  namligi  va  o’simlik
qoplamining qalinligi sababli harorat keskin o’zgarmaydi. Tropik mintaqada
esa harorat amplitudasi ortadi.
Eng  katta  fasliy  o’zgarish  o’rtacha  geografik  kengliklarga,  ayniqsa
materiklarning dengizdan uzoq ichki qismlariga xosdir. Bu mintaqalardagi
ba’zi  joylarda  tuproq  deyarli  tropiklardagicha  qizisa,  qishda  harorat  shu
darajada pasayadiki, tuproq muzlab qoladi, tuproq issiqligining saqlanishida,
binobarin, gruntlarning muzlab qolishining kamayishida qor  qoplami  katta
ahamiyatga ega. Qorning issiqlik saqlash xossasi uning qalinligi va zichligiga
bog’liq.  Doimiy  muzloq  yerlar  keng  tarqalgan  qutbiy  o’lkalarda  tuproq
tempe-raturasi hatto yoz oylarida ham 0°C dan ozgina ko’tariladi, holos.
Tuproq haroratining yil davomida o’zgarishida quyidagi hol kuzatiladi:
eng past harorat yanvar - fevralda, eng yuqo-rilari - iyul, avgustda kuzatiladi.
Bunday harorat rejimi xuddi kunlik o’zgarishga o’xshab tuproqning pastki
qatlamlariga  ham  tarqaladi.  Bu  o’zgarish  o’rta  kengliklarda  15  -  20  m,
shimolda   25 m va tropik mintaqalarda 5-10 m davom etib, undan pastda
tuproq harorati o’zgarmay qoladi. Tuproq haroratining yillik o’zgarishi, xuddi
kunlik o’zgarishga o’xshab qor qoplamiga va yog’inlarga bog’liq.
Logotip
Ekinlar uchun tuproqning ustki 5 sm gacha qalinlikdagi qatlami ayniqsa katta ahamiyatga ega. Bu qatlamda o’simliklar urug’i unib chiqadi, o’tlar ildiz yozadi, o’simliklarning qishki toblanish bosqichi o’tadi. Shu bilan birga bu qatlamda eng ko’p o’zgarish bo’ladi, unda harorat va namlik keskin o’zgarib turadi. Qish vaqtida bu qatlam issiqlikni yaxshi saqlaydi, natijada tuproq qattiq sovib ketmaydi. Biroq qor qoplami yupqa bo’lsa, bu qatlam issiqlikni tutib qola olmaydi, natijada o’simliklarni sovuq urib ketishi mumkin. Tuproq haroratining yillik va fasliy amplitudasi zonal ravishda o’zgaradi. Quyosh radiatsiyasi doim intensiv bo’lgan ekvatoryal mintaqada harorat hamma vaqt yuqori bo’ladi, havoning namligi va o’simlik qoplamining qalinligi sababli harorat keskin o’zgarmaydi. Tropik mintaqada esa harorat amplitudasi ortadi. Eng katta fasliy o’zgarish o’rtacha geografik kengliklarga, ayniqsa materiklarning dengizdan uzoq ichki qismlariga xosdir. Bu mintaqalardagi ba’zi joylarda tuproq deyarli tropiklardagicha qizisa, qishda harorat shu darajada pasayadiki, tuproq muzlab qoladi, tuproq issiqligining saqlanishida, binobarin, gruntlarning muzlab qolishining kamayishida qor qoplami katta ahamiyatga ega. Qorning issiqlik saqlash xossasi uning qalinligi va zichligiga bog’liq. Doimiy muzloq yerlar keng tarqalgan qutbiy o’lkalarda tuproq tempe-raturasi hatto yoz oylarida ham 0°C dan ozgina ko’tariladi, holos. Tuproq haroratining yil davomida o’zgarishida quyidagi hol kuzatiladi: eng past harorat yanvar - fevralda, eng yuqo-rilari - iyul, avgustda kuzatiladi. Bunday harorat rejimi xuddi kunlik o’zgarishga o’xshab tuproqning pastki qatlamlariga ham tarqaladi. Bu o’zgarish o’rta kengliklarda 15 - 20 m, shimolda 25 m va tropik mintaqalarda 5-10 m davom etib, undan pastda tuproq harorati o’zgarmay qoladi. Tuproq haroratining yillik o’zgarishi, xuddi kunlik o’zgarishga o’xshab qor qoplamiga va yog’inlarga bog’liq.
15-rasm. Muddatli (a), minimal (b) va maksimal (d) termometrlar.
Tuproq haroratini o’lchash usullari. Tuproqning isish darajasi uning
sirti  va  pastki  qatlamlarining  harorati  bilan  ifodalanadi.  Meteorologik
stantsiya  tarmoqlarida tuproq haro-ratini  kuzatishda  ikki  usul  qo’llaniladi:
tuproq sirtidagi va turli xil chuqurliklardagi harorat o’lchanadi.
Tuproq  sirti  harorati  uch  xil  turdagi  termometrlar  yorda-mida
o’lchanadi: muddatli, minimal va maksimal (15-rasm).
Muddatli termometr tuproq sirti haroratini kuzatish muddatida o’lchash
uchun  xizmat  qiladi,  minimal  va  maksimal  termometrlar  esa,  kuzatish
muddatlari  oralig’idagi  eng  past  va  eng  yuqori  haroratni  aniqlash  uchun
ishlatiladi.  Tuproq  haro-ratini  0  dan  20  sm  gacha  bo’lgan  chuqurliklarda
kuzatish  uchun,  ya’ni  ko’pchilik  qishloq  xo’jaligi  ekinlarining  ildizlari
rivojlana-digan qatlamda, bukilma termometrlaridan, 20 sm dan pastki qatlam
haroratlarini o’lchashda tortish termometrlaridan foyda-laniladi.
Kuzatish  joyi. Tuproq  haroratini  o’lchaydigan  barcha  termometrlar
meteorologik  maydonchaning  janubiy  qismidagi  tekis  yerga  o’rnatiladi.
Tuproq sirti va bukilma termometrlar o’rnatiladigan joy 4x6 m o’lchamda
bo’lib, o’simliklardan holi bo’lishi kerak (16-rasm).
Tortish termometrlari  6x8 m  o’lchamdagi  maydonchada o’rnatilib, u
tuproq  sirti  va  bukilma  termometrlardan  sharqda  joylashgan  bo’ladi.  Yil
davomida bu joy sirtining tabiiy holatda saqlanishiga harakat qilinadi.
Logotip
15-rasm. Muddatli (a), minimal (b) va maksimal (d) termometrlar. Tuproq haroratini o’lchash usullari. Tuproqning isish darajasi uning sirti va pastki qatlamlarining harorati bilan ifodalanadi. Meteorologik stantsiya tarmoqlarida tuproq haro-ratini kuzatishda ikki usul qo’llaniladi: tuproq sirtidagi va turli xil chuqurliklardagi harorat o’lchanadi. Tuproq sirti harorati uch xil turdagi termometrlar yorda-mida o’lchanadi: muddatli, minimal va maksimal (15-rasm). Muddatli termometr tuproq sirti haroratini kuzatish muddatida o’lchash uchun xizmat qiladi, minimal va maksimal termometrlar esa, kuzatish muddatlari oralig’idagi eng past va eng yuqori haroratni aniqlash uchun ishlatiladi. Tuproq haro-ratini 0 dan 20 sm gacha bo’lgan chuqurliklarda kuzatish uchun, ya’ni ko’pchilik qishloq xo’jaligi ekinlarining ildizlari rivojlana-digan qatlamda, bukilma termometrlaridan, 20 sm dan pastki qatlam haroratlarini o’lchashda tortish termometrlaridan foyda-laniladi. Kuzatish joyi. Tuproq haroratini o’lchaydigan barcha termometrlar meteorologik maydonchaning janubiy qismidagi tekis yerga o’rnatiladi. Tuproq sirti va bukilma termometrlar o’rnatiladigan joy 4x6 m o’lchamda bo’lib, o’simliklardan holi bo’lishi kerak (16-rasm). Tortish termometrlari 6x8 m o’lchamdagi maydonchada o’rnatilib, u tuproq sirti va bukilma termometrlardan sharqda joylashgan bo’ladi. Yil davomida bu joy sirtining tabiiy holatda saqlanishiga harakat qilinadi.
Termometrlarni  o’rnatish. Tuproq  sirti  termometrlari  tayyorlangan
joyning o’rtasiga o’rnatiladi. Muddatli va minimal termometrlar gorizontal
ravishda yotqiziladi, maksimal termo-metrlar esa rezervuar tomonga ozgina
nishab  qilib  joylashti-riladi.  Har  bir  termometrning  rezervuari  va  tanasi
yarmisigacha  tuproqqa  ko’miladi.  Termometrlar  bir  qator  qilib  shimoldan
janubga qarab bir-biridan 5 - 6 sm oraliqda, rezervuarini sharq-ga qaratib
o’rnatiladi.  Shimoldan  birinchi  muddatli  termometr,  so’ng  minimal  va
maksimal termometrlar joylashtiriladi (16-rasm).
Bukilma termometrlar, ya’ni Savinov termometrlari (17-rasm) tuproq sirti
termometrlariga nisbatan 20 - 30 sm g’arbga har birining oralig’i 10 sm dan qilib,
5,10,15 va 20 sm chuqurlikda o’rnatiladi.
  
16-rasm. Tuproq sirti termometrlarining o’rnatilishi.
Logotip
Termometrlarni o’rnatish. Tuproq sirti termometrlari tayyorlangan joyning o’rtasiga o’rnatiladi. Muddatli va minimal termometrlar gorizontal ravishda yotqiziladi, maksimal termo-metrlar esa rezervuar tomonga ozgina nishab qilib joylashti-riladi. Har bir termometrning rezervuari va tanasi yarmisigacha tuproqqa ko’miladi. Termometrlar bir qator qilib shimoldan janubga qarab bir-biridan 5 - 6 sm oraliqda, rezervuarini sharq-ga qaratib o’rnatiladi. Shimoldan birinchi muddatli termometr, so’ng minimal va maksimal termometrlar joylashtiriladi (16-rasm). Bukilma termometrlar, ya’ni Savinov termometrlari (17-rasm) tuproq sirti termometrlariga nisbatan 20 - 30 sm g’arbga har birining oralig’i 10 sm dan qilib, 5,10,15 va 20 sm chuqurlikda o’rnatiladi. 16-rasm. Tuproq sirti termometrlarining o’rnatilishi.
17-rasm.  Savinov termometri majmuasi  (a),  bukilma termometr  (b),
bukilma termometrning o’rnatilishi (d).
O’rnatilish chuqurligi sharqdan g’arbga oshishi kerak. Termometr rezervuari
shimolga qaragan bo’lishi lozim. Savinov termometri rezervuari silindr shakldagi
simobli  termometrdan  iborat  bo’lib,  135°  burchak  hosil  qilib  bukilgan.
Termometrning silindrik rezervuari yer ostiga bo’ylama holatda ko’milib, uning
shkalali yuqorigi qismi yer ustida qiya nishablikni hosil qiladi. Termometrning yer
ustidagi bunday holati ulardan sanoq olish qulay bo’lishi uchun ishlangan. Savinov
termometrlaridan faqat yilning issiq oylarida foydalaniladi.
Tuproqning pastki qatlamlarining harorati tortish termo-metrlari yordamida
aniqlanadi.  Bunday  termometrlarga  20,  40,  60,  80,  120,  160,  240,  320  sm
chuqurliklar qaziladi va ularga pastki mis qalpoqcha bilan berkitilgan ebonitli
quvur tushiriladi. Ebonit quvur ichiga maxsus termometr tushiriladi (18 -rasm).
18-rasm. Tuproq tortish termometrlarining joylanishi.
Tuproq haroratini kuzatish.  Tuproq harorati asosan yilning issiq  oylarida
kuzatilib, qish oylari termometrlar kuzatish maydonchasidan xonaga olib qo’yiladi.
Barcha termometrlardan sanoq olish qabul qilingan  ob-havo muddatlarida, havo
harorati va havo namligi kuzatilgandan so’ng olib boriladi. Kuzatish tartibi quyidagi
Logotip
17-rasm. Savinov termometri majmuasi (a), bukilma termometr (b), bukilma termometrning o’rnatilishi (d). O’rnatilish chuqurligi sharqdan g’arbga oshishi kerak. Termometr rezervuari shimolga qaragan bo’lishi lozim. Savinov termometri rezervuari silindr shakldagi simobli termometrdan iborat bo’lib, 135° burchak hosil qilib bukilgan. Termometrning silindrik rezervuari yer ostiga bo’ylama holatda ko’milib, uning shkalali yuqorigi qismi yer ustida qiya nishablikni hosil qiladi. Termometrning yer ustidagi bunday holati ulardan sanoq olish qulay bo’lishi uchun ishlangan. Savinov termometrlaridan faqat yilning issiq oylarida foydalaniladi. Tuproqning pastki qatlamlarining harorati tortish termo-metrlari yordamida aniqlanadi. Bunday termometrlarga 20, 40, 60, 80, 120, 160, 240, 320 sm chuqurliklar qaziladi va ularga pastki mis qalpoqcha bilan berkitilgan ebonitli quvur tushiriladi. Ebonit quvur ichiga maxsus termometr tushiriladi (18 -rasm). 18-rasm. Tuproq tortish termometrlarining joylanishi. Tuproq haroratini kuzatish. Tuproq harorati asosan yilning issiq oylarida kuzatilib, qish oylari termometrlar kuzatish maydonchasidan xonaga olib qo’yiladi. Barcha termometrlardan sanoq olish qabul qilingan ob-havo muddatlarida, havo harorati va havo namligi kuzatilgandan so’ng olib boriladi. Kuzatish tartibi quyidagi