TUPROQ NAMLIGINI O‘LCHASH

Time

Yuklangan vaqt

2025-11-08

Downloads

Yuklab olishlar soni

0

Pages

Sahifalar soni

7

File size

Fayl hajmi

33,7 KB


TUPROQ NAMLIGINI O‘LCHASH
Mashg‘ulotning  maqsadi:  Tuproq  namligi  haqida  umumiy
tushunchaga ega bo‘lish. Tuproq namligini aniqlash usullarini o‘rganish.
Topshiriqlar:
1.  O‘quv-uslubiy  adabiyotlar  yordamida  tuproq  namligi  haqida
tushunchaga ega bo‘lish; 
2.Tuproq namligini termostatda quritish usulini o‘rganish.
3.Tuproq namligini aniqlashning tezkor usullarini o‘rganish;
Kerakli  materiallar  va  asboblar:  o‘quv  qo‘llanmalar,  jadvallar,  ish
daftari. Tuproq burg‘usi, b’yukslar, termostat, elektron tarozi, kalkulyator.
11.1. Tuproq namligi va uning ahamiyati
Tuproq tarkibidagi suv miqdoriga tuproq namligi deyiladi. Tuproq namligi
tuproqning tuzilishi, kimyoviy va mexanik, organik tarkibiga bog‘liq.
Tuproqdagi suv quyidagi shakllarda bo‘ladi: konstitutsion, kristallik, fizik
birikkan, erkin holda, bug‘simon va muz.
Erkin holdagi suvning tuproq bo‘shliqlarida  qay holda joylashganligi va
qanday kuchlar ta’sirida harakatlanishi  muhim ahamiyatga ega. Tuproqdagi
namlik  o‘zining  qay  darajada  birikkanligi,  harakati  va  o‘simliklarning
o‘zlashtiraolish  darajasiga  qarab  bir  necha  turga  bo‘linadi:  o‘zlashtira
olmaydigan,  o‘zlashtirishi  juda  qiyin,  qiyin,  o‘rtacha  va  o‘zlashtirish  oson
bo‘lgan suvlar.
Oson o‘zlashtiriladigan suvlarga gravitatsion va kapillyar suvlar kiradi.
O‘zlashtira  olmaydigan  suvlarga  gigroskopik,  maksimal  gigroskopik  va
kimyoviy birikkan suvlar kiradi.
1
Logotip
TUPROQ NAMLIGINI O‘LCHASH Mashg‘ulotning maqsadi: Tuproq namligi haqida umumiy tushunchaga ega bo‘lish. Tuproq namligini aniqlash usullarini o‘rganish. Topshiriqlar: 1. O‘quv-uslubiy adabiyotlar yordamida tuproq namligi haqida tushunchaga ega bo‘lish; 2.Tuproq namligini termostatda quritish usulini o‘rganish. 3.Tuproq namligini aniqlashning tezkor usullarini o‘rganish; Kerakli materiallar va asboblar: o‘quv qo‘llanmalar, jadvallar, ish daftari. Tuproq burg‘usi, b’yukslar, termostat, elektron tarozi, kalkulyator. 11.1. Tuproq namligi va uning ahamiyati Tuproq tarkibidagi suv miqdoriga tuproq namligi deyiladi. Tuproq namligi tuproqning tuzilishi, kimyoviy va mexanik, organik tarkibiga bog‘liq. Tuproqdagi suv quyidagi shakllarda bo‘ladi: konstitutsion, kristallik, fizik birikkan, erkin holda, bug‘simon va muz. Erkin holdagi suvning tuproq bo‘shliqlarida qay holda joylashganligi va qanday kuchlar ta’sirida harakatlanishi muhim ahamiyatga ega. Tuproqdagi namlik o‘zining qay darajada birikkanligi, harakati va o‘simliklarning o‘zlashtiraolish darajasiga qarab bir necha turga bo‘linadi: o‘zlashtira olmaydigan, o‘zlashtirishi juda qiyin, qiyin, o‘rtacha va o‘zlashtirish oson bo‘lgan suvlar. Oson o‘zlashtiriladigan suvlarga gravitatsion va kapillyar suvlar kiradi. O‘zlashtira olmaydigan suvlarga gigroskopik, maksimal gigroskopik va kimyoviy birikkan suvlar kiradi. 1
Tuproqda  nam  kamaygan  hollarda  o‘simlik  ildizlari  tuproqdagi  suvni
so‘rib  ololmay  qoladi.  Tuproqdagi  suvni  so‘rib  olish  kuchi  (koeffitsienti)
ko‘pchilik o‘simliklarda 15 atmosferadan oshmaydi.
O‘simliklarni tuproqdagi namlikni so‘rib ololmaydigan namlik darajasiga
so‘lish  namligi deyiladi.  So‘lish  namligi  quruq  holdagi  tuproq  og‘irligiga
nisbatan foizda ifodalanadi. Uning miqdori tuproqning granulometrik tarkibiga
ko‘ra qumli tuproqlarda 1-3 % ni, qumloq va engil qumoq tuproqlarda 3-5 %
ni, o‘rtacha va og‘ir qumoq tuproqlarda 6-12 %ni va soz tuproqlarda 12-18 %
va hatto 32 % gacha boradi.
So‘lish namligi qishloq xo‘jalik ekinlari uchun juda muhim ahamiyatga
ega  bo‘lib,  uning  miqdoriga  qarab  o‘simlik  uchun  foydali  bo‘lgan  namlik
zaxirasini  topish  mumkin.  O‘simlik  uchun  samarali  namlik  quyidagi  ifoda
yordamida aniqlanadi:
W=0,1 hm h(Tn-Tsn)
(1)
bunda,  W-samarali  suv  zaxirasi,  mm;  0,1-  suv  miqdorini  mm  ga
aylantirish  koeffitsienti;  hm-  tuproq  qatlamining  hajmiy  massasi,  g/sm3;  h-
hisoblanadigan tuproq qatlami qalinligi, sm; Tn-tuproq namligi, mutloq quruq
tuproqqa nisbatan %; Tsn- tuproqning so‘lish namligi, mutloq quruq tuproqqa
nisbatan %.
SHuni ham ta’kidlash kerakki, 1 m qalinlikdagi tuproq uchun o‘ta ko‘p
tuproq namligi (>250 mm) va o‘ta kam (<50 mm) namlik o‘simliklar uchun
salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Tuproq namligi uning unumdorligini va o‘simliklar hosildorligining asosi
hisoblanadi.
 
O‘simliklarning
 
o‘sishi,
 
rivojlanishi,
 
hosildorligi,
mikroorganizmlar  hayoti,   tuproqdagi  barcha  kimyoviy,  fizikaviy,  fizik-
kimyoviy jarayonlar tuproqdagi suv miqdoriga bog‘liq.
A.F.Vadyunina, Z.A.Korchaginlar tomonidan tuproqdagi samarali namlik
zaxiraslari baholangan (11.1.1-jadval).
11.1.1-jadval
2
Logotip
Tuproqda nam kamaygan hollarda o‘simlik ildizlari tuproqdagi suvni so‘rib ololmay qoladi. Tuproqdagi suvni so‘rib olish kuchi (koeffitsienti) ko‘pchilik o‘simliklarda 15 atmosferadan oshmaydi. O‘simliklarni tuproqdagi namlikni so‘rib ololmaydigan namlik darajasiga so‘lish namligi deyiladi. So‘lish namligi quruq holdagi tuproq og‘irligiga nisbatan foizda ifodalanadi. Uning miqdori tuproqning granulometrik tarkibiga ko‘ra qumli tuproqlarda 1-3 % ni, qumloq va engil qumoq tuproqlarda 3-5 % ni, o‘rtacha va og‘ir qumoq tuproqlarda 6-12 %ni va soz tuproqlarda 12-18 % va hatto 32 % gacha boradi. So‘lish namligi qishloq xo‘jalik ekinlari uchun juda muhim ahamiyatga ega bo‘lib, uning miqdoriga qarab o‘simlik uchun foydali bo‘lgan namlik zaxirasini topish mumkin. O‘simlik uchun samarali namlik quyidagi ifoda yordamida aniqlanadi: W=0,1 hm h(Tn-Tsn) (1) bunda, W-samarali suv zaxirasi, mm; 0,1- suv miqdorini mm ga aylantirish koeffitsienti; hm- tuproq qatlamining hajmiy massasi, g/sm3; h- hisoblanadigan tuproq qatlami qalinligi, sm; Tn-tuproq namligi, mutloq quruq tuproqqa nisbatan %; Tsn- tuproqning so‘lish namligi, mutloq quruq tuproqqa nisbatan %. SHuni ham ta’kidlash kerakki, 1 m qalinlikdagi tuproq uchun o‘ta ko‘p tuproq namligi (>250 mm) va o‘ta kam (<50 mm) namlik o‘simliklar uchun salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Tuproq namligi uning unumdorligini va o‘simliklar hosildorligining asosi hisoblanadi. O‘simliklarning o‘sishi, rivojlanishi, hosildorligi, mikroorganizmlar hayoti, tuproqdagi barcha kimyoviy, fizikaviy, fizik- kimyoviy jarayonlar tuproqdagi suv miqdoriga bog‘liq. A.F.Vadyunina, Z.A.Korchaginlar tomonidan tuproqdagi samarali namlik zaxiraslari baholangan (11.1.1-jadval). 11.1.1-jadval 2
Tuproqdagi samarali namlikni baholash
(A.F.Vadyunina, Z.A., Korchagin, 1986)
Tuproq qatlami, sm
Samarali suv, mm
Samarali suvning bahosi
0-20
> 40
Yaxshi
40-20
Qoniqarli 
< 20
Qoniqarsiz
0-100
> 160
Juda yaxshi
160-130
Yaxshi 
130-90
Qoniqarli
90-60
Yomon
< 60
Juda yomon
Quruq tuproqda urug‘ unmaydi, etarli miqdorda suv bo‘lmasa, o‘simlik
rivojlanmaydi,  urug‘lanmaydi  va  hosil  bermaydi.  Turli  o‘simliklar  hayoti
davomida  turlicha  miqdorda  suv  iste’mol  qiladi.  Masalan,  kartoshka,
makkajo‘xori va tariq 1 kg quruq massa hosil qilishi uchun 500 kg, g‘o‘za,
bug‘doy,  zig‘ir  va  boshqa  ekinlar  bundan  2-3  barobar  ko‘p  suv  safrlaydi.
O‘zbekistonning  sug‘oriladigan  sharoitida  bir  tonna  paxta  etishtirish  uchun
10000m3, xudi shuncha bug‘doy etishtirish uchun 1500 m3 suv sarflaydi.
Yuqorida keltirilgan ma’lumotlardan ma’lumki, tuproqdagi namlikning
turlari, xossalari va rejimlarini bilish va uni boshqarish tuproq unumdorligi va
ekinlar hosildorligini oshirishda muhim ahamiyatga ega.
Hozirgi vaqtda tuproq namligini aniqlashning bir necha usullari mavjud:
termostatda quritish usuli, spirtda yoqib quritish, Kabaev usuli, parafin, usuli,
piknometrik usul, karbidli quritish usuli, gammoskopik usul, Chijova usuli va
boshqalar.
11.2. Tuproqni termostat yordamida quritish usuli
3
Logotip
Tuproqdagi samarali namlikni baholash (A.F.Vadyunina, Z.A., Korchagin, 1986) Tuproq qatlami, sm Samarali suv, mm Samarali suvning bahosi 0-20 > 40 Yaxshi 40-20 Qoniqarli < 20 Qoniqarsiz 0-100 > 160 Juda yaxshi 160-130 Yaxshi 130-90 Qoniqarli 90-60 Yomon < 60 Juda yomon Quruq tuproqda urug‘ unmaydi, etarli miqdorda suv bo‘lmasa, o‘simlik rivojlanmaydi, urug‘lanmaydi va hosil bermaydi. Turli o‘simliklar hayoti davomida turlicha miqdorda suv iste’mol qiladi. Masalan, kartoshka, makkajo‘xori va tariq 1 kg quruq massa hosil qilishi uchun 500 kg, g‘o‘za, bug‘doy, zig‘ir va boshqa ekinlar bundan 2-3 barobar ko‘p suv safrlaydi. O‘zbekistonning sug‘oriladigan sharoitida bir tonna paxta etishtirish uchun 10000m3, xudi shuncha bug‘doy etishtirish uchun 1500 m3 suv sarflaydi. Yuqorida keltirilgan ma’lumotlardan ma’lumki, tuproqdagi namlikning turlari, xossalari va rejimlarini bilish va uni boshqarish tuproq unumdorligi va ekinlar hosildorligini oshirishda muhim ahamiyatga ega. Hozirgi vaqtda tuproq namligini aniqlashning bir necha usullari mavjud: termostatda quritish usuli, spirtda yoqib quritish, Kabaev usuli, parafin, usuli, piknometrik usul, karbidli quritish usuli, gammoskopik usul, Chijova usuli va boshqalar. 11.2. Tuproqni termostat yordamida quritish usuli 3
Tuproq  namligini  aniqlash  uchun  burg‘i  yordami  bilan  tuproqdan
namuna olinadi. Burg‘i (metal silindr), shtanga va tutqichdan iborat. Silindr
sirtida va shtangada burg‘ining botish chuqurligini santimetrda ko‘rsatuvchi
(shkala)  raqamlar  yozilgan.  Burg‘ini  tuproqqa  tutqich  yordamida  burab
kiritiladi, burg‘i kerakli chuqurlikka etgach qayta tortib olinadi. Bunda silindr
ichidagi tuproq namunasi ham burg‘u bilan chiqadi. 
Silindrdagi  tuproq namunasini  tushirish  uchun  burg‘u ichidagi  tuproq
namunasini tushirish uchun silindrning yon tomonidan uzunasiga tirqish joy
bor.  Silindrdagi  tuproq  namunasi  og‘irligi  avvaldan  og‘irligi  aniqlangan
alyuminiy stakanchalarga solinadi va stakanchaning qopqog‘i yopiladi Tuproq
namunalari turli chuqurliklardan va uchastkalardan olinadi. Tuproq namunalari
bilan birga avvaldan og‘irligi o‘lchangan stakanchalar yana tarozida o‘lchanadi
va  termostatga  joylashtiriladi.  Tuproq  tarkibida  nam  bug‘lanishi  uchun
stakanchaning  qopqog‘ini  ochib  termostat  ichiga  qo‘yiladi.  Shundan  keyin
tuproq namunalari termostatda 100-105°C haroratda 6 soat quritiladi. Tuproq
qurigach stakanchaning qopqog‘ini yopib, eksikatorda 30-40 minut sovitiladi,
so‘ngra  namunalarning  og‘irligi  yana  aniqlanadi.  Tuproq  solingan
stakanchaning og‘irligi o‘zgarmas holga kelishi uchun yana 2 soat termostatda
quritilib, stakanchalar yana tarozida o‘lchanadi. Stakanchaning tuproq bilan
og‘irligi oxirgi marta tarozida o‘lchangan stakancha og‘irligi oldingisidan farq
qilmasagina quritish jarayonini to‘xtatish mumkin. Stakanchadagi namunaning
dastlabki  og‘irligi  bilan  eng  keyingi  og‘irligi  orasidagi  ayirma  quritilgan
tuproqdan bug‘lanib ketgan suv og‘irligiga teng. Bu suv og‘irligining absolyut
quruq tuproq og‘irligiga nisbati olingan tuproqning namligini ko‘rsatadi va u
foizlarda ifodalanadi. 
Stakanchadagi tuproq namligi quyidagi ifoda bilan hisoblanadi:
W=
(a−b )
Н
×100.
( 1 )
4
Logotip
Tuproq namligini aniqlash uchun burg‘i yordami bilan tuproqdan namuna olinadi. Burg‘i (metal silindr), shtanga va tutqichdan iborat. Silindr sirtida va shtangada burg‘ining botish chuqurligini santimetrda ko‘rsatuvchi (shkala) raqamlar yozilgan. Burg‘ini tuproqqa tutqich yordamida burab kiritiladi, burg‘i kerakli chuqurlikka etgach qayta tortib olinadi. Bunda silindr ichidagi tuproq namunasi ham burg‘u bilan chiqadi. Silindrdagi tuproq namunasini tushirish uchun burg‘u ichidagi tuproq namunasini tushirish uchun silindrning yon tomonidan uzunasiga tirqish joy bor. Silindrdagi tuproq namunasi og‘irligi avvaldan og‘irligi aniqlangan alyuminiy stakanchalarga solinadi va stakanchaning qopqog‘i yopiladi Tuproq namunalari turli chuqurliklardan va uchastkalardan olinadi. Tuproq namunalari bilan birga avvaldan og‘irligi o‘lchangan stakanchalar yana tarozida o‘lchanadi va termostatga joylashtiriladi. Tuproq tarkibida nam bug‘lanishi uchun stakanchaning qopqog‘ini ochib termostat ichiga qo‘yiladi. Shundan keyin tuproq namunalari termostatda 100-105°C haroratda 6 soat quritiladi. Tuproq qurigach stakanchaning qopqog‘ini yopib, eksikatorda 30-40 minut sovitiladi, so‘ngra namunalarning og‘irligi yana aniqlanadi. Tuproq solingan stakanchaning og‘irligi o‘zgarmas holga kelishi uchun yana 2 soat termostatda quritilib, stakanchalar yana tarozida o‘lchanadi. Stakanchaning tuproq bilan og‘irligi oxirgi marta tarozida o‘lchangan stakancha og‘irligi oldingisidan farq qilmasagina quritish jarayonini to‘xtatish mumkin. Stakanchadagi namunaning dastlabki og‘irligi bilan eng keyingi og‘irligi orasidagi ayirma quritilgan tuproqdan bug‘lanib ketgan suv og‘irligiga teng. Bu suv og‘irligining absolyut quruq tuproq og‘irligiga nisbati olingan tuproqning namligini ko‘rsatadi va u foizlarda ifodalanadi. Stakanchadagi tuproq namligi quyidagi ifoda bilan hisoblanadi: W= (a−b ) Н ×100. ( 1 ) 4