TUPROQ STRUKTURASI, SUV XOSSALARI, TUPROQNING HAVO
XOSSASI VA HAVO REJIMI
REJA
1. Tuproq strukturasi, ahamiyati
2. Tuproqning suv xossalari
3. Tuproqning havo xossasi va havo rejimi
Tayanch iboralar: Tuproq, tuproq havosi, tuproq fizik mexanik xossalari,
yoki tuproq xossalari, agregatlar, Strukturali, strukturasiz, g’ovaklik, kapilyar suv,
gravitatsion suv, bug’simon suv, qattiq suv.
1. Tuproq strukturasi, ahamiyati. Struktura - tuproq unumdorligi va ekinlar
hosildorligini belgilovchi muhim agronomik xossadir. Tuproqning qator fizikaviy,
fizik-mexanik xossalari, suv-havo, issiqlik va oziqa rejimi hamda tuproqda
kechadigan mikrobiologik jarayonlar, uning strukturasi bilan bevosita bog’liq.
Tuproq paydo bo’lish jarayonlari natijasida tuproqdagi turli mexanik elementlar
bir-biri bilan (asosan gumus va kalsiy ta’sirida) birikib har xil donador
bo’lakchalar (uvoqchalar) hosil qiladi va unga s t r u k t u r a a g r e g a t l a r i yoki
bo’lakchalari deyiladi. Tuproqning alohida agregatlar (bo’lakchalar) ga ajralib
(bo’linib) ketish qobiliyatiga s t r u k t u r a h o l a t i, turli o’lcham, shakl va sifat
tarkibli struktura agregatlarining yig’indisiga uning s t r u k t u r a s i deb ataladi.
Qum va qumloq tuproqlarda mexanik elementlar, odatda agregatlarga birikmagan
alohida zarrachalardan tashkil topgan. Qumoq va soz tuproqlar esa strukturali va
strukturasiz yoki kam strukturali holatda bo’ladi. Strukturani o’rganayotganda
unga tuproqning muhim morflogik belgisi sifatida va ikkinchidan agronomik
nuqtai nazardan qarash kerak. Strukturaning tuproq fizikaviy xossalariga, yerga
ishlov berish sharoitlariga, tuproqning suv-havo rejimlari va umuman unumdorligi,
hamda o’simliklarning rivojlanishiga ta’siri kabi masalalar V.V.Dokuchayev,
P.A.Kostichev, K.K.Gedroys, A.G.Doyarenko, I.N.Antipov-Karatayev, N.A.
Kachinskiy, N.I. Savvinov, P.V. Vershinin, A.F. Tyulin, D.V. Xan, S.N. Rijov,
M.U.Umarov, L.T.Tursunov singari mamlakatimiz va chet el mamlakatlari
olimlari tomonidan batafsil o’rganilgan.
Tuproq strukturasining turlari.
Turli tabiiy sharoitlarda hosil bo’ladigan tuproqlarning struktura agregatlari
nafakat katta-kichikligi, balki shakli bilan ham farq qiladi. Har bir tuproq tipi
uchun o’ziga xos struktura xarakterli. Strukturaning asosan: kubsimon,
prizmasimon va plitasimon kabi uch xil shakli ajratiladi. Agronomik nuqtai
nazardan P.V.Vershinin bo’yicha, tuproq strukturasi o’lchami (katta-kichikligi) ga
ko’ra quyidagi gruppalarga: 1) >10 mm, kesakli struktura; 2) 10-0,25 mm gacha
makrostruktura; 3) 0,25-0,01 mm gacha dag’al mikrostruktura; 4) 0,01 mm dan
kichik nozik mikrostrukturaga bo’linadi. Odatda tuproq strukturasi: 0,25-10 mm
gacha bo’lgan m a k r o s t r u k t u r a va 0,25 mm dan kichik agregatlardan iborat
m i k r o s t r u k t u r a g a ajratiladi. Tadqiqotlardan ma’lumki, qumoq va soz
mexanik tarkibli tuproqlarda optimal holidagi strukturaning bo’lishi uchun 0,25
mm dan katta agregatlar miqdori 70-80 foiz (jumladan, suvga chidamli agregatlar
40-60 foizni) tashkil etishi muhim ahamiyatga ega. Yirik makrostrukturalar
tuproqdagi eng qulay suv-havo xossalarini yuzaga keltiradi. Makrostruktura bilan
bir qatorda tuproq unumdorligida, ayniqsa 0,25 dan 0,05 mm gacha o’lchamli
mikrostrukturalarning roli ham katta. Mikrostrukturalar O’rta Osiyoning bo’z
tuproqlari sharoitida ekinlardan yuqori hosil olishni ta’minlaydi.
Strukturaning qimmati (sifati) ularning nafaqat o’lchami bilan balki suvga
chidamliligi va mexanik jihatdan mustahkamligi bilan ham belgilanadi. Shunday
xususiyatga ega bo’lgan strukturalar uzoq vaqt buzilmasdan saqlanadi, ular
yomg’ir va sug’orish suvlari ta’sirida changlanib ketmaydi, yerga mexanik ishlov
berilganda barqaror, chidamli bo’lib qoladi. Turli tabiiy zonalardagi tuproqlarning
haydalma qatlamida suvga chidamli strukturalar miqdori bir xil emas.
Strukturaning eng muhim ko’rsatkichlaridan biri, uning g’ovakligidir. Eng yaxshi
strukturali qora tuproqlarda agregatlar oralig’idagi g’ovaklik, uning hajmiga
nisbatan 50 foizga yaqin bo’lib, tuproqlarda eng qulay suv-havo xossalarini
yaratadi. Strukturadagi g’ovaklik qanchalik oz bo’lsa, tuproqda o’simliklar uchun
foydali nam, havo shuncha kam va o’simliklarning o’sib, rivojlanishi uchun sharoit
ham yomon bo’ladi.
Strukturaning hosil bo’lishi.
Mexanik elementlar bir-biri bilan yopishib yoki mineral va organik moddalar
o’zaro birikib, mikroagregatlar hosil qiladi. Keyinchalik mikroagregatlar
to’plamidan makroagregatlar yuzaga keladi. Agronomik nuqtai nazardan qimmatli
strukturalarning yuzaga kelishi tuproqning alohida agregatlar (bo’laklar) ga
ajralishi hamda suvga chidamli agregatlarning hosil bo’lishi kabi jarayonlar bilan
bog’liq. Tuproqning to’la agregatlarga ajralib ketishi o’simliklar ildiz
sistemasining rivojlanishi tufayli, shuningdek tuproqda yashaydigan jonivorlarning
faoliyati va tuproqning davriy ravishda muzlab, namlanib turishi, yerning qurishi
hamda uni ishlash natijasida ro’y beradi.
O’simliklarning zich ildizlari tuproqning barcha bo’shliqlari (g’ovakliklari)
bo’ylab kirib boradi va tuproqni alohida bo’laklarga ajratadi; mexanik elementlar
va mikroagregatlarni mustahkamlaydi. O’simliklar qoldig’idan hosil bo’ladigan
gumus tuproq strukturasining suvga chidamliligini oshiradi. Tuproqdagi suvga
chidamli agregatlarning hosil bo’lishida yomg’ir chuvalchanglarining roli ham
alohida ahamiyatga ega. Tuproqning davriy ravishda muzlashi va erishi ham
qurishi tufayli struktura agregatlari paydo bo’ladi. Tuproqning nam sig’imi 60-90
foiz bo’lgan sharoitda yer muzlaganda eng ko’p struktura hosil bo’lib, ammo ular
suvga chidamsizdir.
Strukturaning hosil bo’lishida tuproqning mexanik tarkibi, gumus miqdori va
singdirilgan kationlarning ahamiyati ham katta. Og’ir mexanik tarkibli, gumusga
boy, va ikki, uch valentli kationlar bilan to’yingan tuproqlarda davriy ravishda
namlanib, qurib turgan sharoitda, yaxshi struktura agregatlari hosil bo’ladi.
Tuproqda agregatlarning yuzaga kelishida yerga mexanik ishlov berish
(haydash, kultivasiya, boronalash singarilar) ham rol o’ynaydi. Bunda yerga ishlov
berishning ijobiy va salbiy ta’siri bo’lishi mumkin. Strukturaning hosil bo’lishi
uchun yerga mexanik ishlov berish tuproqning maqbul namligida, ya’ni yetilgan
davrida olib borilishi lozim. Struktura hosil bo’lish namligi yengil qumoq
tuproqlarda og’irligiga nisbatan 15 dan 18 foizgacha, soz tuproqlarda esa 34-38
foiz atrofidadir. Tuproqdagi suvga chidamli strukturalarning hosil bo’lishida
tuproq kolloidlari va singdirilgan kationlarning roli katta. Gumin kislotalariga boy
chirindi moddalari va gilli minerallardan montmorillonit, gidroslyudalarning
o’zaro ta’siridan suvga chidamli, mustahkam struktura hosil bo’ladi.
Strukturaning yuzaga kelishiga tuproqdagi aerasiya sharoitlari ham ta’sir
etadi. Aerob sharoitda mikrobiologik jarayonlar kuchli kechadi va organik
qoldiqlar tez parchalanib, gumin kislotalariga boy gumus moddalar hosil bo’ladi.
Bunday sharoitda mikroblar plazmasi ko’prok to’planib, suvga chidamli struktura
hosil bo’lishda ishtirok etadi. Agronomik nuqtai-nazardan mustahkam strukturalar,
tuproqda hosil bo’ladigan suvda erimaydigan yoki qiyin eriydigan mineral
moddalar (kalsiy karbonati, kalsiy fosfati, temir, alyuminiy oksidlari va boshqalar)
ta’sirida ham ro’y beradi.
Strukturaning suvga chidamliligi dinamik ko’rsatkich bo’lib, ular vegetasiya
davrida temperatura va namning o’zgarishi tuproqning biologik aktivligi,
chirindining hosil bo’lishi kabi sharoitlarga ko’ra o’zgarib turadi.
Strukturaning agronomik ahamiyati.
Ilgari aytilganidek, agronomik nuqtai nazardan tuproqning haydalma
qatlamida 10 dan 0,25 mm gacha bo’lgan makroagregatlarning ahamiyati katta.
Makroagregatlarga ajralib turadigan tuproqlarga s t r u k t u r a l i, 0,25 mm dan
kichik mikroagregatlar ko’p bo’lgan tuproqlarga s t r u k t u r a s i z tuproqlar
deyiladi. Kesakli struktura ham strukturasiz tuproqlar jumlasiga kiradi.
Strukturali tuproqlar strukturasiz tuproqlarga nisbatan o’zining g’ovak
qovushmasi, kam zichligi va yuqori g’ovakligi hamda kovakliklarning sifat
ko’rsatkichlari bilan farqlanadi.
Strukturasiz tuproqlarda nozik ingichka kapillyarlar ko’p bo’lib, strukturali
tuproqlarning makroagregatlari orasida va ular ichida yirik bo’shliqlar serob.
Struktura holatiga ko’ra tuproqlarning suv o’tkazuvchanligi keskin farq qiladi. Suv
ko’taruvchanligining tezligi va balandligi strukturasiz tuproqlarda yuqori
bo’lganidan, nam tez bug’lanib ketadi. Strukturali tuproqlarda esa aksincha nam
uzoq saqlanadi. Tuproq strukturasi havo almashinuvida ham muhim rol o’ynaydi.
Mikroagregatlar (<0,25) da (hatto ular quruq xolida ham) havo almashinuvi yomon
bo’ladi. Makrostrukturalarda esa, yuqori namlikda ham havo almashinuvi yaxshi
bo’lib turadi. Strukturasiz tuproqlarda nam yetarli bo’lganda ham, o’simliklarning
ildizi va aerob mikroorganizmlar erkin kislorod yetishmasligidan qiynaladi. Havo
yetarli bo’lganda, aksincha foydali nam kamayadi. Strukturasiz tuproqlardan
atmosfera yog’inlari sekin o’tadi
Strukturali tuproqlarda suv bilan havo o’rtasida qarama-qarshilik bo’lmaydi.
O’simliklar uchun yetarli miqdorda nam bo’lganda, havo zahirasi ham yetarlidir.
Bu tuproqlar shamol va suv eroziyasiga chidamli. Strukturali tuproqlarda
mikrobiologik jarayonlar yaxshi kechadi va o’simliklar uchun maqbul o’tadigan
oziq elementlari to’planadi. Strukturali tuproqlarning g’ovak holda bo’lishi,
urug’larning tez va sifatli unib chiqishi hamda ildizlarining yaxshi rivojlanishiga
imkon beradi .
Bu tuproqlarda urug’larning unib chiqishi va ildizlarning rivojlanishi
yomonlashadi. Demak, strukturali tuproqlarda strukturasiz yerlarga nisbatan suv-
havo, issiqlik va oziq rejimlari ancha qulay. Shuning uchun ham bu tuproqlar
unumdor hisoblanadi. Har ikkala (strukturali va strukturasiz tuproqlar) sharoitida
qullaniladigan, bir xildagi agrotexnik tadbirlar hamma vaqt strukturali yerlarda
yaxshi samara beradi va hosil ham yuqori bo’ladi. Bunday yerlar ishlanganda kam
kuch va energiya sarflanadi.
Strukturasiz tuproqlar nam bo’lganda tez ezgilanadi, quriganda zichlanib
qatqaloq hosil qiladi (8-rasm).
Strukturali tuproqlarda suv bilan havo o’rtasida qarama-qarshilik bo’lmaydi.
O’simliklar uchun yetarli miqdorda nam bo’lganda, havo zahirasi ham yetarlidir.
Bu tuproqlar shamol va suv eroziyasiga chidamli. Strukturali tuproqlarda
mikrobiologik jarayonlar yaxshi kechadi va o’simliklar uchun maqbul o’tadigan
oziq elementlari to’planadi. Strukturali tuproqlarning g’ovak holda bo’lishi,
urug’larning tez va sifatli unib chiqishi hamda ildizlarining yaxshi rivojlanishiga
imkon beradi (7-rasm).
11-rasm. Tuproq strukturasini urug’ unib chiqishiga ta’siri.
A-Mikrostruktura, B-Megastruktura, C-makrostruktura
8-rasm. Strukturasiz tuproqlar zich qatqaloq qatlami
Strukturaning buzilish sabablari.
Tuproq strukturasi o’zgaruvchan bo’lib, turli omillar ta’sirida buziladi va
tiklanib turadi. Bu omillarni boshqarib turish tuproqlarning zarur struktura holatini
saqlab, uni yaxshilab borish imkonini beradi. Tuproqdagi agronomik jihatdan
qimmatli strukturalarning buzilish sabablari xilma-xil bo’lib, ularni quyidagi uch
gruppaga birlashtirish mumkin:
1.Strukturaning mexanik ravishda buzilishi. Tuproqning yuza qismlariga
tushadigan atmosfera yog’inlari ta’sirida va shuningdek yetilmagan nam tuproq
yoki juda quruq holatdagi tuproqlarni ko’plab marotaba xaydash hamda bunda
og’ir mashinalar, ish qurollaridan foydalanish natijasida struktura buziladi. Bundan
tashqari odamlar va mollarning dalada yurishi strukturani ezgilaydi.
Strukturaning buzilishini oldini olishda yerni obi-tobida haydash, tuproqqa
minimal ishlov berish va qishloq xo’jalik mashinalarining yengil, maqbul
konstruksiyalaridan foydalanish muhim ahamiyatga ega. (9-rasm)
2. Strukturaning fizik-kimyoviy buzilishiga, singdirilgan kationlar ko’proq
ta’sir ko’rsatadi. Asosan singdirish kompleksidagi ikki, uch valentli (Ca2+ va Mg2+)
kationlarning bir valentli (Na+, H+, NH4
+) kationlar bilan almashinuvi bunga sabab
bo’ladi. Bir valentli natriy, ammoniy va vodorod struktura hosil qiluvchi kolloidlar
(shuningdek gumusli moddalar)ni nam sharoitda peptizasiyalab, struktura
agregatlarini buzadi. Shuning uchun ham kimyoviy meliorasiyalash (kislotali
yerlarni ohaklash, sho’rtoblarni gipslash) strukturaning saqlanib qolinishida muhim
rol o’ynaydi. (10-rasm)
3. Strukturaning biologik yo’l bilan buzilish sababi, asosan aerob sharoitdagi
mikroorganizmlarning hayot faoliyati bilan bog’liq. Mikroorganizmlar struktura
hosil qilishda muhim rol o’ynovchi organik moddalar, jumladan gumusning aerob
sharoitda tez minerallashib, parchalanib ketishiga olib keladi. Natijada tuproqdagi
chirindi kamayib, strukturaning asta-sekin buzilib borishiga sabab bo’ladi. Shuning
uchun ham tuproqda mo’tadil mikrobiologik jarayonlarning bo’lishi muhim
ahamiyatga ega. (11-rasm)
9- rasm. Strukturaning mexanik ravishda buzilishi.
-rasm.
Strukturaning
fizik-kimyoviy buzilishi
11-rasm. Strukturaning biologik yo’l bilan buzilishi.
1-tuproq strukturasi, 2-mexanik elementlar, 3- mikroorganizmlar 4-gumus
Strukturani saqlab qolish tadbirlari.
Tuproq strukturasining buzilish sabablarini e’tiborga olgan holda strukturani
saqlab qolishga qaratilgan quyidagi muhim tadbirlardan samarali foydalanish
zarur: 1) tuproqlarning xossalari va o’ziga xos xususiyatlariga qarab yerga ishlov
berishning samarali sistemalaridan foydalanish; 2) yer o’z vaqtida, yetilgan holatda
ya’ni agregatlari bir-biriga yopishib, kesaklar hosil qilmaydigan paytda haydalishi;
3) ekinlardan yuqori hosil olishni ta’minlashda organik, mineral o’g’itlardan
muntazam va samarali foydalanish hamda shu bilan bir qatorda strukturani
yaxshilab borish chora-tadbirlarini olib borish agronomiyadagi zarur
tadbirlardandir.
Tuproq strukturasini saqlab qolish va tiklanishi hamda mustahkam donador
strukturaning yaratilishida ko’p yillik va bir yillik o’tlarning ahamiyati katta.
Shuning uchun ham har bir tabiiy iqlim va tuproq zonalari uchun maqbul o’t dalali
almashlab ekishni amalga oshirish agrotexnik tadbirlardan hisoblanadi. Ana shu
maqsadda, ayniqsa ko’p yillik dukkakli o’tlar (beda, yo’ng’ichka) jumladan O’rta
Osiyo sharoitida g’o’za-beda almashlab ekish sistemasidan foydalanish yuqori
samara beradi.
Ko’p yillik o’tlar serildiz bo’lganidan, yerda ko’p miqdorda chirindi to’playdi
va tuproqning ustki qismida suvga chidamli struktura hosil bo’lishida muhim rol
o’ynaydi. Struktura eskidan foydalanib kelinadigan yerlarda, qo’riq yerlarga
nisbatan keskin kamayadi. Turli o’tlarning tuproq strukturasiga ta’siri 7-jadvalda
berilgan.
7-jadval
Tuproq strukturasiga o’tlarning ta’siri.
(M.Boxodirov, A.Rasulovdan)
Tuproq va uning
holati
>0,25
mm li
agregatlar
miqdori, %
Tuproq va uning
holati
>0,25
mm li
agregatlar
miqdori, %
Oddiy
qora
tuproq:
qo’riq yer
eski ekinzor
Shimoliy qora
tuproq:
eski ekinzor
ikki yillik o’tlar
To’q tusli
kashtan:
qo’riq yer
qora shudgor
88,7
57,6
44,6
63,6
29,3
28,0
Sug’oriladigan
bo’z tuproq
eski paxtazor
uch yillik
bedapoya
Bo’z tuproq
mintaqasidagi o’tloq
tuproq;
yangi ochilgan
qo’riq yer
eski paxtazor
uch yillik bedapoya
7,0
35,0
61,0
22,0
48,0
Agrotexnika tadbirlari bilan bir qatorda, keyingi yillarda strukturani sun’iy
yo’llar bilan tiklash usullariga katta e’tibor berilmoqda. Akademik A.F.Ioffe
dastlabki davrlarda struktura paydo qiladigan yelimlovchi moddalardan kolloid A
(lignin-oqsil aralashmasi) va viskozadan, shuningdek, torf va smoladan olinadigan
bir qator yelimlardan foydalanishni taklif etdi. Bunga o’xshash moddalar: ayniqsa
gumat yelimlari (ammoniy yoki kaliy gumatlari) tuproqqa solinganda, uning suvga
chidamliligi oshib, strukturasi yaxshilanadi va eroziyaga barqarorligi ko’tariladi.
2. Tuproqning suv xossalari. Ko’p fazali va dispers sistema hisoblangan
tuproq tarkibida doim ma’lum miqdorda suv singdirilib, ushlanib turilgan bo’ladi.
Quruq tuproq (105oC da quritilgan) massasiga nisbatan prosent hisobida
saqlanadigan suv, tuproq namligini belgilaydi. Tuproq namligi uning hajmiga
nisbatan foiz hisobida yoki gektariga kubometr va mm bilan ham ifodalanishi
mumkin. Tuproqdagi nam atmosfera yog’inlari, sizot suvlari, atmosferadagi suv
bug’larining kondensasiyasi (quyuqlashuvi) hamda sug’orish suvlari hisobidan
to’planadi. Sug’orilmaydigan sharoitda esa tuproq namining asosiy manbai -
atmosfera yog’inlaridir.
Tuproqdagi suv nihoyatda muhim va xilma-xil ahamiyatga ega bo’lib, tuproq
unumdorligi va o’simliklar hosildorligini belgilovchi eng muhim, zarur omillardan
biridir. O’simliklarning o’sib rivojlanishi, mikroorganizmlar faoliyati, tuproqda
kechadigan barcha kimyoviy, fizik-kimyoviy jarayonlar hamda insonlarning
ekinlar hosildorligi va tuproq unumdorligini oshirishga qaratilgan ishlab chiqarish
faoliyati, tuproqdagi suvning miqdori va sifati bilan belgilanadi.
Tuproq suvining kategoriyalari, shakllari. Tuproqning turli g’ovaklik va
bo’shliqlarida saqlanadigan suv tuproq qattiq fazasi bilan bevosita va o’zaro
bog’liq bo’ladi. Bu aloqa o’z navbatida tuproqdagi namning holatiga, uning
xossalariga va o’simliklarga o’tib foydalanishga ta’sir etadi. Tuproqdagi nam turli
tabiiy kuchlar, jumladan, tuproq qattiq fazasida ro’y beradigan og’irlik va
molekulyar tortish kuchi, suv molekulalari orasida bo’ladigan molekulyar
tortishish kuchi kabilar ta’sirida ushlanib turadi. Ammo tuproqning mexanik
tarkibi, strukturasi, gumus miqdori kabi xossalari va undagi nam miqdoriga ko’ra,
muayyan alohida kategoriyadagi kuchlar ko’proq bo’ladi. Shunga ko’ra tuproq
namligining harakati ham turlicha va o’zgarib turadi. Ana shu omillar tuproqdagi
turli suv shakllarini aniqlashda e’tiborga olinadi. Bir xil xossaga ega bo’lgan
suvning qismlari, tuproqdagi suv shakllari deb ataladi.
Tuproq qattiq fazasi bilan o’zaro mustahkam bog’liqligi va harakatchanlik
darajasiga qarab tuproqdagi suvning quyidagi asosiy kategoriya va shakllari:
1) kimyoviy birikkan suv;
2) fizik birikkan (sorbilangan, yutilgan) suv: a) fizik mustaxkam birikkan
(gigroskopik) suv; b) fizik bo’sh birikkan (parda) suv;
3) kapillyar suv;
4) gravitasion suv;
5) sizot suvi;
6) bug’simon suv;
7) qattiq suv ajratiladi .
Tuproqdagi nam turli tabiiy kuchlar, jumladan, tuproq qattiq fazasida ro’y
beradigan og’irlik va molekulyar tortish kuchi, suv molekulalari orasida bo’ladigan
molekulyar tortishish kuchi kabilar ta’sirida ushlanib turadi. Ammo tuproqning
mexanik tarkibi, strukturasi, gumus miqdori kabi xossalari va undagi nam
miqdoriga ko’ra, muayyan alohida kategoriyadagi kuchlar ko’proq bo’ladi. Shunga
ko’ra tuproq namligining harakati ham turlicha va o’zgarib turadi.
Bu aloqa o’z navbatida tuproqdagi namning holatiga, uning xossalariga va
o’simliklarga o’tib foydalanishga ta’sir etadi.
Kimyoviy birikkan suv. Tuproqdagi turli kimyoviy birikmalar (minerallar)
tarkibida gidroqsil gruppa [Fe(OH)3, Al(OH)3] shaklida (konstitusion suv) yoki
yaxlit molekulyar (CaSO4·2H2O, Na2SO4·10H2O) holida (kristalizasiya suvi)
saqlangan bo’ladi. Birinchisi tuproqni 400-8000C qizdirganda, ikkinchisi esa 100-
2000C da ajralib chiqadi. Kimyoviy birikkan suv tuproq trkibining muhim
ko’rsatkichi bo’lib, ammo bu suv o’simliklar uchun o’zlashtirilmaydigan
holatdadir.
Fizik birikkan (sorbilangan, yutilgan) suv - sorbsiya kuchlari ya’ni tuproq
qattiq qismi bilan suv molekulalarining bevosita o’zaro ta’siri natijasida tuproq
zarrachalarining yuzasida ushlanib turiladigan suv xisoblanadi. Fizik birikkan
(sorbilangan) suvning ikki shakli: fizik mustaxkam birikkan (gigroskopik) va fizik
bo’sh birikkan (parda) suvlari ajratiladi. Fizik mustaxkam birikkan (gigroskopik)
suv – tuproq zarrachalari yuzasida adsorbilangan (singdirilgan) suv hisoblanadi.
Tuproqning havodagi bug’simon namni singdirib, yutib olish qobiliyatiga
gigroskopiklik va shunday yo’l bilan yutilgan namlikka esa gigroskopik suv
deyiladi. Gigroskopik suv miqdori havoning nisbiy namligiga va haroratiga,
shuningdek tuproqning mineralogik, kimyoviy, mexanik tarkibiga va undagi
gumus miqdoriga bog’liq. Gigroskopik namning miqdori tuproq massasiga
nisbatan soz tuproqlarda 5-6% , qum va qumloq tuproqlarda esa uning miqdori 1 –
2% dan oshmaydi.
Gigroskopik suv tuproq zarrachalari yuzasini 2-3 molekula qalinlikdagi qobiq
shaklida o’rab olgan bo’ladi. Gigroskopik suv mustahkam birikkan suv deyiladi va
o’simliklarga o’tmaydigan holatda bo’ladi. Chunki o’simliklar ildizidagi osmotik
bosimga nisbatan, bu namlik ancha katta kuch bilan ushlanib turadi.
Fizik bo’sh birikkan (parda) suv. Maksimal gigroskopik namga ega bo’lgan
tuproq, sernam sharoitda suyuq holdagi suvning bir qismini o’ziga singdirib oladi
va zarrachalar yuzasida yupqa suv pardasi hosil qiladi. Bu qo’shimcha singdirilgan
nam parda suv yoki bo’sh birikkan suv deyiladi. Parda shaklidagi suv odatda
maksimal gigroskopik nam qatlamining usti (yuzasi) da joylashadi (14-rasm). Suv
pardasining qalinligi bir necha o’n suv molekulasigacha yetadi va maksimal
gigroksopiklikdan 2-4 marta yuqori bo’lishi mumkin. Parda suv kamroq kuch bilan
ushlanib turilganidan, pardasi qalin bo’lgan joydan pardasi yupqa zarrachalar
tomonga qarab suyuq holda harakat qiladi. Lekin bu harakat juda sekin bo’ladi.
O’simliklar uchun parda suv qisman singadigan holdadir.
Kapillyar suv tuproqdagi nozik-qilsimon g’ovakliklarda saqlangan suv bo’lib,
kapillyar (menisk) kuchlar ta’sirida harakat qiladi. Kapillyar kuchlar zarrachalar
orasidagi g’ovakliklarning o’lchami 10 mm bo’lganda yuzaga kelib, diametri 0,1
dan 0,001 mm gacha bo’lganda, ayniqsa yuqoridir (12 -rasm). Tuproqdagi
kapillyar sistema nihoyatda murakkab holatda bo’lib, ular bir-biriga bog’liq
ko’plab yirik va nozik kapillyarlar yig’indisidan iborat.
Shuning uchun tuproqning mexanik tarkibi, struktura holati va zichligiga
ko’ra, kapillyar suvning ko’tarilishi va umuman uning harakati har xil. Tabiiy
sharoitda o’tkazilgan kuzatishlardan ma’lumki, og’ir mexanik tarkibli tuproq
qatlamlarida kapillyar suv 2 m dan 6 m gacha ko’tariladi, qumloq va qum
tuproqlarda esa bu ko’tarilish 40-80 sm atrofida bo’ladi.
12-rasm.Silindrik va bir toraygan, bir kengaygan kapillyarlarda
suvning ko’tarilishi (A.A.Rodedan)
a- juda kichik silindrsimon kapillyar; b- biroz kattaroq silindrsimon kapillyar;
v- va g- shyotkasimon silindrlar, kengaygan joyining diametri kengroq
kapillyar diametriga, qisqargan joyidagi diametri esa nozik kapillyar
diametriga teng.
Kapillyar suv o’zining manbai va kapillyar yo’llar orqali harakatlanish
xususiyatiga ko’ra, asosan ikki xil: tiralgan (ko’tariluvchi) kapillyar suv va
muallaq kapillyar suvlarga bo’linadi. Tiralgan (ko’tariluvchi) kapillyar suvning
manbai asosan sizot suvlarga bog’liq bo’lib, uning pastki uchi sizot suvi bilan
tutashgan va mavjud sharoitga qarab harakatlanadi. Fizik bug’lanish va o’simliklar
uchun sarf bo’ladigan namlik o’rni ana shu ko’tariluvchi kapillyar suv bilan doim
va to’xtovsiz to’ldirilib turiladi. Muallaq kapillyar suv sizot suvi manbalari bilan
bog’iq bo’lmasdan, qatlam orasida joylashadi. Bu suv strukturali tuproqlarda
yog’ingarchilikdan keyin yoki sug’orishdan so’ng yuzaga keladi. Sizot suvlari
chuqur joylashgan sharoitda muallaq kapillyar suv o’simliklarni nam bilan
ta’minlovchi asosiy manba bo’lib hisoblanadi. Sho’rlanmagan tuproqlarda,
kapillyar suvning osmotik bosimi yirik kapillyarlarda 0,5 atm., nozik kapillyarlarda
esa 3-4 atm. atrofida o’zgarib turadi. Shuning uchun ham kapillyar suv
o’simliklarni ta’minlaydigan asosiy suv manbai hisoblanadi.
Gravitasion suv. Tuproqning yirik kapillyar va nokapillyar yo’llari orqali o’z
og’irlik kuchi bilan yuqoridan pastga yoki qiyalik joylarda suv o’tkazmaydigan
qatlam orqali yon tomonga qarab erkin harakat qiluvchi suvga gravitasion suv
deyiladi. Sho’rlanmagan tuproqlarda bu suvning osmotik bosimi 0,5 atm. dan kam
bo’lganidan, o’simlikka yaxshi singib o’tadi. Ammo tez harakatlanishi va boshqa
shakldagi suvga o’tishi sababli, gravitasion suv o’simliklarni bevosita suv bilan
kam ta’minlaydi. Kapillyar va gravitasion shakldagi suvlar erkin holdagi suv
kategoriyasi jumlasiga kiradi.
Bug’simon suv - suyuq va qattiq holdagi suv bilan egallanmagan yoki qisman
egallangan g’ovakliklarda saqlanadi. Bug’simon nam, tuproqdagi barcha turdagi
suvlarning bug’lanishidan hosil bo’ladi. Bug’simon suv tuproqda ikki yo’l bilan:
diffuziya natijasida, ya’ni suv bug’larining tarangligi yuqori bo’lgan joydan, past
joyga qarab harakat qiladi va havo oqimi bilan birga harakatlanadi. Bug’simon suv
harakati atmosfera haroratiga bog’liq, va u harorat yuqori bo’lgan joydan harorat
past bo’lgan joyga qarab xarakatlanadi. Kunduzi tuproq yuzasining harorati
pastdagi qatlamga nisbatan yuqori bo’lganda, suv bug’lari yuqoridan pastga qarab,
kechasi sovuganda aksincha pastdan yuqoriga harakat qiladi. Tuproqdagi
bug’simon suv miqdori juda kam (0,001 foiz) bo’lsa-da, namning tuproqda teng
tarqalishida katta rol o’ynaydi. Bundan tashqari, bug’simon suv o’simliklarning
ildiz tukchalarini qurib qolishdan saqlaydi.
Qattiq suv (muz). Harorat 00 dan past bo’lganda suyuq holdagi nam qattiq
holatga o’tadi, ammo yirik g’ovakliklarda suv 00 ga yaqin, nozik yo’llarda esa
ancha pastroq haroratda suv muzlaydi. Juda past haroratda mustahkam birikkan
suv ham muzlaydi. Qattiq suvdan o’simlik foydalana olmaydi.
Tuproqning suv xossalari va uning turlari. Tuproq qatlamida saqlanadigan
suvning holatini belgilovchi uning barcha xossalari yig’indisiga suv (suv-fizik,
gidrofizik) xossalari deyiladi. Eng muhim suv xossalariga tuproq ning suvni
ushlab, saqlab turish qobiliyati, nam sig’imi, suv o’tkazuvchanligi va suv
ko’taruvchanlik qobiliyati kabilar kiradi. Suvni ushlab turish qobiliyati -
tuproqning muhim xossalaridan biri bo’lib, suvni oqib ketishdan saqlab, namni
ushlab tura olish qobiliyati hisoblanadi. Tuproqning suvni ushlab tura olish
qobiliyatini miqdor jihatdan xarakterlovchi ko’rsatkich, uning nam sig’imi
hisoblanadi.
Tuproqning nam sig’imi - turli kuchlar ta’sirida ma’lum miqdordagi suvni
singdirishi va ushlab turish qobiliyatidir. Tuproqdagi namni ushlab turadigan
kuchga qarab va turli sharoitlarga ko’ra nam sig’imining quyidagi turlari:
maksimal adsorbilangan nam sig’imi, maksimal molekulyar nam sig’imi, kapillyar
nam sig’imi, eng kam yoki dala nam sig’imi va to’liq maksimal nam sig’imi
kabilar ajratiladi.
M a k s i m a l a d s o r b i l a n g a n n a m s i g’ i m i (MANS) - tuproq
zarrachalari yuzasida sorbilanish (yutish) kuchlari ta’sirida eng ko’p miqdorda
ushlab turilishi mumkin bo’lgan suv miqdori hisoblanadi. Bu namlik tuproqdagi
mustahkam birikkan (adsorbilangan) suv miqdoriga to’g’ri keladi. M a k s i m a l
m o l e k u l ya r n a m s i g’ i m i (MMNS) (A.F.Lebedev bo’yicha) - molekulyar
tortish kuchlari ta’sirida tuproq zarrachalari yuzasida ushlanib turishi mumkin
bo’lgan, ya’ni bo’sh birikkan (parda) suvning yuqori chegarasini xarakterlaydi.
Maksimal molekulyar nam sig’imi asosan tuproqning mexanik tarkibiga bog’liq.
MMNS tuproqning muhim tuproq-gidrologik ko’rsatkichlaridan biri
hisoblanadi. Tuproqdagi mavjud (faktik) nam miqdori bilan MMNS ni taqqoslab
o’simliklarga o’tadigan foydali suv zahirasini aniqlash mumkin bo’ladi. Faktik
namlik MMNS ga nisbatan ko’p bo’lganda foydali suv zahirasi ko’p va bu
ko’rsatkichlar teng bo’lganda esa ana shunday suv zahirasi deyarli bo’lmaydi.
Kapillyar nam sig’imi (KNS) - kapillyar kayma (bevosita suvli qatlam ustida
joylashgan va kapillyar tiralgan suv bilan to’yingan tuproq qatlami) chegarasidagi
tuproqda ushlanib turishi mumkin bo’lgan eng ko’p miqdordagi kapillyar-tiralgan
suv hisoblanadi. Kapillyar nam sig’imi miqdori tuproq g’ovakligiga va shuningdek
suv bilan to’yingan qatlam, sizot suvi sathidan qanchalik masofada joylashuviga
bog’liq. Bu masofa qanchalik ko’p bo’lsa KNS shuncha kam bo’ladi. Sizot suvlari
yer yuzasiga yaqin (1,5-2,0 m) bo’lganda kapillyar kayma (tuproq qatlami)
yuzasigacha namlanadi va kapillyar nam sig’imi eng yuqori (o’rtacha qumoq
tuproqlarning 1,5 m qatlami uchun 30-40 foiz) bo’ladi. Sizot suvlari sathiga ko’ra
KNS doimiy emas.
E n g k a m n a m s i g’ i m i (EKNS) - sizot suvlari chuqurda joylashgan
sharoitda oshiqcha suv oqib ketgandan keyin, tuproqda ushlanib turishi mumkin
bo’lgan kapillyar-muallaq namlikning eng ko’p miqdori hisoblanadi. Eng kam nam
sig’imi atamasiga dala nam sig’imi (DNS), umumiy nam sig’imi (UNS) va chekli
dala nam sig’imi (ChDNS) tushunchalari to’g’ri keladi. ChDNS termini
agronomiya amaliyotida va meliorasiyada keng qo’llaniladi. Eng kam nam sig’imi
tuproqning mexanik tarkibi, struktura holati va zichligiga bog’liq. Og’ir tarkibli va
yaxshi strukturali tuproqlarda EKNS 30-35, qum tuproqlarda 10-15 foizdan
oshmaydi. EKNS tuproqning muhim gidrologik ko’rsatkichi bo’lib, u bilan
tuproqdagi nam defisiti (yetishmaydigan nam) tushunchasi bog’liq. Shuningdek,
ENKS ga ko’ra sug’orish va sho’r yuvish normalari, sug’orish muddatini belgilash
mumkin. Agar sug’orish normasi ma’lum qatlamda EKNS ga nisbatan ko’p bo’lsa,
suv foydasiz sarflanadi, oshiqcha suv esa tuproqning pastki qatlamlariga oqib o’tib,
sizot suvlarini ko’taradi. Eng kam nam sig’imi va tuproqning mavjud namligi
orasidagi farq tuproqdagi nam tanqisligini tashkil etadi.
Tuproqdagi eng maqbul suv rejimi shunday bo’lishi kerakki, tuproqning
o’simlik ildizi taraladigan qatlamidagi namlik EKNS dan 70-100 foizgacha
oraliqda saqlanadigan bo’lsin. Eng kam nam sig’imiga qadarli namlangan tuproq 1
m li qatlamining bir gektaridagi foydali nam zahirasi miqdori, qum tuproqlarda
700-1100 m3, qumloq, yengil va o’rta qumoq tuproqlarda 1200-1700 m3 va og’ir
qumoq, soz tuproqlarda 1500-2100 m3 ni tashkil etadi.
T o’ l i q n a m s i g’ i m i (TNS). Havo siqilib (ushlanib) qolingan
bo’shliqlar (odatda umumiy g’ovaklikning 5-8 foizini tashkil etadi) dan tashqari,
tuproqning barcha g’ovakliklarida ushlanib qolinishi mumkin bo’lgan eng ko’p
nam miqdoriga to’liq nam sig’imi deyiladi. Demak, TNS odatda son jihatdan
tuproqning umumiy g’ovakligiga to’g’ri keladi. TNS ga teng namlik bo’lganda
tuproqda barcha turdagi suv: birikkan (mustahkam va bo’sh birikkan) va erkin
(kapilyar va gravitasion) suvlar maksimal miqdorda saqlanishi mumkin. Demak,
TNS tuproqning qanchalik suv singdirishi mumkinligini xarakterlaydi. Shuning
uchun bu ko’rsatkichni to’liq suv singdiruvchanlik ham deyiladi. Tuproqdagi TNS
uzoq vaqt saqlanadigan bo’lsa, tuproqda anaerob jarayonlar ko’payib ketadi va
tuproq unumdorligi pasayib, ekinlar hosiliga salbiy ta’sir etadi.
Tuproqning suv o’tkazuvchanligi. Tuproqning suvni qabul qilib olishi va
o’zi orqali yuqoridan pastga qarab o’tkazish qobiliyatiga suv o’tkazuvchanlik
xossasi deyiladi. Suv o’tkazuvchanlik asosan ikki bosqichdan: shimilish va
filtrlanish (sizib o’tish) dan iborat bo’lib, dastlab suv shimilib tuproq to’yinadi,
so’ngra suv tuproq qatlamining pastki qismiga ma’lum tezlikda sizib o’tadi.
Tuproqning suv bilan to’liq to’yingan holati sharoitida og’irlik kuchi va bosim
gradiyenti ta’sirida, suvning pastga qarab harakatlanishiga filtrasiya deyiladi. Suv
o’tkazuvchanlik tuproqning ma’lum maydoni yuzasidan muayyan vaqtda singib
o’tadigan suv hajmi bilan o’lchanadi va odatda mm/soat bilan ifodalanadi. Suv
o’tkazuvchanlik tuproqning umumiy kovakligi va uning o’lchamiga bog’liq.
Masalan, yengil mexanik tarkibli tuproqlarda yirik g’ovakliklar ko’p bo’lganidan,
suv o’tkazuvchanlik, ham doimo yuqoridir. Og’ir mexanik tarkibli va kesakli
changli strukturali tuproqlarda suv o’tkazuvchanlik past. Tuproqning suv
o’tkazuvchanligini baholashda N.A.Kachinskiy tavsiya etgan shkaladan
foydalanish mumkin. Shunga ko’ra temperaturasi 10 0S va suv bosimi 5 sm bo’lgan
sharoitda, tuproqning suv o’tkazuvchanligi quyidagicha baholanadi: agar
kuzatishning birinchi soatida 1000 mm dan ko’p suv o’tsa, tuproqning suv
o’tkazuvchanligi buzuvchi, 1000 dan 500 mm gacha - g’oyat (ortiqcha) yuqori,
500-100 mm - eng yaxshi, 100-70- yaxshi, 70 dan 30 gacha qoniqarli, 30 mm dan
kam - qoniqarsiz hisoblanadi.
Tuproqning suv ko’tarish qobiliyati - kapillyar kuchlar ta’sirida tuproqning
suvni pastdan yuqoriga qarab ko’tarish xossasidir. Tuproqdagi g’ovakliklarning
o’lchami 8 mm atrofida bo’lganda kapillyar kuchlar yuzaga keladi. Lekin bu
o’lcham 0,1-0,003 mm bo’lganda, kapillyar kuchlar yaxshi ifodalanadi. Undan
kichik yo’llarda sekin harakatlanuvchi, birikkan suv bo’ladi. Shuning uchun qumli
tuproqlardan qumoq mexanik tarkibli tuproqlarga tomon suvning ko’tarilish tezligi
oshib boradi va soz tuproqlarda pasayadi. Suvning maksimal ko’tarilishi (sizot suv
sathidan yuqorida) qumli tuproqlarda 0,5-0,7 m, qumoq tuproqlarda 2,5-3,0 m
og’ir soz tuproqlarda 4-6 m ni tashkil etadi. Kapillyarlik va tuproqning suv
ko’taruvchanligi natijasida sizot suvlari hisobidan o’simliklarni qo’shimcha
ravishda suv bilan ta’minlanishi qatorida tuproqda havo yetishmaganligidan
moddalarning qayta tiklanishi va tuproq qatlamining sho’rlanish jarayonlari yuzaga
keladi. Tuproqda nafaqat sizot suvi bilan bog’liq bo’lgan harakatchan kapillyar-
tiralgan suv, balki kapillyar-muallaq nam ham ko’tarilish xususiyatiga ega.
Kapillyar yo’llari ko’p bo’lgan strukturasiz tuproqlar harakatchan ko’tariluvchan
suvni ko’p bug’lantiradi. Strukturali tuproqlarda esa, yirik agregatlar orasidagi
g’ovakliklar bir-biridan ajralib turganidan, kapillyar suv kamroq harakatlanadi.
Shuning uchun suv kam bug’lanib, tuproqda nam yaxshi saqlanadi.
Tuproqning suv rejimi tiplari.
Tuproqda suvning to’planishi, uning harakati va fizik holatining o’zgarishi,
tuproq qatlamlarida ushlanib turilishi hamda sarfi kabi barcha hodisalar
yig’indisiga tuproqning suv rejimi deyiladi. Bu hodisalar (suv rejimi elementlari)
ning miqdoriy ko’rsatkichlari (tuproq nami harakatining asosiy yo’nalishi va
tuproq namligining o’zgarish chegarasi) ga ko’ra tuproq suv rejimining turli tiplari
yuzaga keladi. Tuproqning suv rejimi miqdor jihatdan suv balansi orqali
ifodalanadi. Tuproqdagi muayyan suv rejimining yuzaga kelishi suv balansining
kirim va sarfi qismlari bilan bog’liq. Bu esa o’z navbatida joyning iqlim sharoitlari,
o’simliklari, tuproq-gruntlarning suv xossalariga, relyef sharoitlariga, sizot
suvlarining chuqurligiga va tuproqdagi doimiy muzlagan qatlam ta’siriga hamda
insonlarning ishlab chiqarish faoliyatiga bog’liq. Tuproqning suv rejimi va uning
tiplari haqidagi ta’limot asoschisi akademik N.G.Visoskiydir. U suv rejimining
yuviladigan (permasid), davriy yuviladigan, yuvilmaydigan (impermasid) va
terlaydigan (ekssudasion) kabi tiplarini ajratishni tavsiya etadi. G.N.Visoskiy
qarashlarini rivojlantirib A.A.Rode ikki yangi tipdagi - muzlaydigan va irrigasion
suv rejimlarini qo’shimcha qilib kiritdi hamda barcha tiplarni 16 tipchaga ajratdi.
Quyida tuproq suv rejiminining asosiy tiplariga qisqacha xarakteristika beriladi.
1. Muzlaydigan tip. Abadiy muzlikli o’lka, nohiyalarda tarqalgan. Yoz
faslida yer yuza qatlami biroz eriydi, ammo uning pastki qismi deyarli
erimaganligi sababli, suvni o’tkazmaydi. Natijada muzlagan suvto’sar qatlam
ustida suv to’planadi hamda bug’lanish kam bo’lganidan, tuproqda o’ta namlik
yuzaga keladi. Vegetasiya davrining asosiy qismida, tuproqning erigan qatlami suv
bilan to’yinib turgan bo’ladi.
2. Yuviladigan tip (NK>1) - atmosfera yog’inlarining o’rtacha miqdori
bug’lanishga nisbatan ko’p bo’ladigan o’rmon-o’tloq zonasi (podzol-botqoq va
botqoq tuproqlar) va sernam subtropik viloyatlari tuprog’iga xos. Atmosfera
yog’inlari bilan tuproq har yili sizot suvlarigacha namlanadi va qisman ana shu
suvlarga qo’shiladi. Tuproqning pastki qatlamiga singib o’tayotgan suv tuproqdagi
turli birikmalar, jumladan oziq moddalarni o’zi bilan yuvib ketadi. Shuning uchun
ham bu xildagi suv rejimi yuviladigan tip deyiladi (27a-rasm).
3. Davriy yuviladigan tip (NK-1, ba’zan 1,2-0,8 gacha o’zgarib turadi).
Tuproqning sizot suvlariga qadarli yuvilishi davriy bo’lib, faqat atmosfera
yog’inlari miqdori bug’lanishga nisbatan ko’p bo’lgan yillardagina ro’y beradi.
Sizot suvlari sathi, kapillyar kayma odatda o’simlik ildiz sistemasi tarqaladigan
qatlamdan pastda bo’ladi. Yuqori namlik natijasida tuproqning yuvilishi bir necha
yil davomida (davriy) 1-2 marta bo’lib turadi. Bu tipdagi suv rejimi o’rmon dasht
(o’rmon sur tusli tuproqlari) va shimoliy tuproqlar (podzollashgan va
ishqorsizlangan qora tuproqlar) zonalari uchun xarakterli.
4. Yuvilmaydigan tip (NK<1). Bunday tipdagi suv rejimida tuproq -grunt
qatlamlari sizot suviga qadarli hyech qachon yuvilmaydi. Demak, yog’inlar
hisobidagi namlik tuproqning yuqori qatlamlarida to’planib, sizot suviga qadar
yetib bormaydi. Atmosfera yog’inlari tufayli namlangan qatlam bilan sizot suvi
joylashgan gorizont oralig’ida deyarli quruq, ko’pincha so’lish namligi miqdoriga
yaqin nam qatlam bo’ladi (G.N.Visoskiy bo’yicha "o’lik" gorizont).
Shunday qilib, tuproqning yuqori qatlamlaridagi moddalar yuvilib, sizot
suvigacha yetib bormaydi. Yuvilmaydigan suv rejimi quruq iqlimli va sizot suvlari
chuqur joylashgan dasht, quruq dasht va cho’l zonalaridagi qora tuproq, kashtan,
qo’ng’ir tusli tuproq, bo’z tuproqlar va sur qo’ng’ir tusli tuproqlar uchun xarakterli.
Sanab o’tilgan tuproq qatorlari bo’yicha atmosfera yog’inlari kamayib, bug’lanish
esa oshib boradi hamda namlanish koeffisiyenti 0,6 dan 0,1 gacha kamayadi.
Tuproq-grunt qatlamlaridagi nam aylanishi 4 m (dasht qora tuproqlari) dan 1 m
gacha (cho’l-dasht, cho’l tuproq lari) bo’ladi. Bahor mavsumida tuproqda
to’plangan nam zahirasi transpirasiyaga va fizik bug’lanishga sarflanib, kuzga
borib esa juda kam qoladi, chalacho’l va cho’l zonalarida yerlarni sug’ormasdan
turib, dehqonchilik qilib bo’lmaydi.
5. Terlaydigan tip (NK<1). Chala cho’l va cho’l zonalarining sizot suvlari
yaqin bo’lgan sharoitda terlaydigan suv rejimi yuzaga keladi (31v- rasm).
Kapillyarlar orqali ko’tarilayotgan suv fizik bug’lanib, tuproq go’yo terlagandek
bo’lib turadi. Tuproq va o’simlikdan bug’lanayotgan suv miqdori, tushayotgan
atmosfera yog’iniga nisbatan ancha ko’p bo’ladi. Sizot suvlari minerallashganda
tuproqda suvda oson eriydigan tuzlar to’planib, yer sho’rlanadi. Yer osti suvlari
chuchuk bo’lsa ona jins tarkibida tuz bo’lmasada, mergellanish hamda gleylanish
jarayonlari kechadi.