Tuproq strukturasi xaqida tushuncha, tuproq strukturasining turlari Strukturaning agronomik ahamiyati vastrukturaning buzilish sabablari va tiklash. Tuproqning nam sig’imi va uning turlari. Tuproqning suv o’tkazuvchanligi va suv ko’tarish qobiliyati.
TUPROQ STRUKTURASI, SUV XOSSALARI, TUPROQNING HAVO
XOSSASI VA HAVO REJIMI.
Reja:
1. Tuproq strukturasi xaqida tushuncha, tuproq strukturasining turlari
2. Strukturaning agronomik ahamiyati vastrukturaning buzilish sabablari va
tiklash.
3. Tuproqning nam sig’imi va uning turlari. Tuproqning suv o’tkazuvchanligi va
suv ko’tarish qobiliyati.
4. Tuproqning suv rejimi, uni boshqarish va yaxshilash tadbirlari
5.Tuproq havosi va havo xossalari.
6. Tuproqning havo rejimi va uni yaxshilash tadbirlari.
Tayanch iboralar: tuproq strukturasi, strukturani tiklash, mexanik
elementlar, tuproq agregatlari. tuproq namligi, tuproqning suv xossalari, nam
sig’imi, suv o’tkazuvchanlik, suv ko’taruvchanlik, suv shakllari, suv rejimi, tuproq
havosi, havo rejimi, havo xossalari, kapillyar, nokapillyar, aerasiya, atmosfera.
Struktura - tuproq unumdorligi va ekinlar hosildorligini belgilovchi muhim
agronomik xossadir. Tuproqning qator fizikaviy, fizik-mexanik xossalari, suv-
havo, issiqlik va oziqa rejimi hamda tuproqda kechadigan mikrobiologik
jarayonlar, uning strukturasi bilan bevosita bog’liq.
Tuproq paydo bo’lish jarayonlari natijasida tuproqdagi turli mexanik
elementlar bir-biri bilan (asosan gumus va kalsiy ta’sirida) birikib har xil donador
bo’lakchalar (uvoqchalar) hosil qiladi va unga s t r u k t u r a a g r ye g a t l a r i
yoki bo’lakchalari deyiladi.
Tuproqning alohida agregatlar (bo’lakchalar) ga ajralib (bo’linib) ketish
qobiliyatiga s t r u k t u r a h o l a t i, turli o’lcham, shakl va sifat tarkibli struktura
agregatlarining yig’indisiga uning s t r u k t u r a s i deb ataladi. Qum va qumloq
tuproqlarda mexanik elementlar, odatda agregatlarga birikmagan alohida
zarrachalardan tashkil topgan. Qumoq va soz tuproqlar esa strukturali va
strukturasiz yoki kam strukturali holatda bo’ladi. Strukturani o’rganayotganda
unga tuproqning muhim morflogik belgisi sifatida va ikkinchidan agronomik
nuqtai nazardan qarash kerak. Strukturaning tuproq fizikaviy xossalariga, yerga
ishlov berish sharoitlariga, tuproqning suv-havo rejimlari va umuman unumdorligi,
hamda o’simliklarning rivojlanishiga ta’siri kabi masalalar V.V.Dokuchayev,
P.A.Kostichev,
K.K.Gedroys,
A.G.Doyarenko,
I.N.Antipov-Karatayev,
N.A.Kachinskiy, N.I.Savvinov, P.V.Vershinin, A.F.Tyulin, D.V.Xan, S.N.Rijov,
M.U.Umarov, L.T.Tursunov singari mamlakatimiz va chet el mamlakatlari
olimlari tomonidan batafsil o’rganilgan.
Turli tabiiy sharoitlarda hosil bo’ladigan tuproqlarning struktura agregatlari
nafakat katta-kichikligi, balki shakli bilan ham farq qiladi. Har bir tuproq tipi
uchun o’ziga xos struktura xarakterli. Strukturaning asosan: kubsimon,
prizmasimon va plitasimon kabi uch xil shakli ajratiladi.
Agronomik nuqtai nazardan P.V.Vershinin bo’yicha, tuproq strukturasi
o’lchami (katta-kichikligi) ga ko’ra quyidagi gruppalarga: 1) >10 mm, kesakli
struktura; 2) 10-0,25 mm gacha makrostruktura; 3) 0,25-0,01 mm gacha dag’al
mikrostruktura; 4) 0,01 mm dan kichik nozik mikrostrukturaga bo’linadi. Odatda
tuproq strukturasi: 0,25-10 mm gacha bo’lgan m a k r o s t r u k t u r a va 0,25 mm
dan kichik agregatlardan iborat m i k r o s t r u k t u r a g a ajratiladi.
Tadqiqotlardan ma’lumki, qumoq va soz mexanik tarkibli tuproqlarda optimal
holidagi strukturaning bo’lishi uchun 0,25 mm dan katta agregatlar miqdori 70-80
foiz (jumladan, suvga chidamli agregatlar 40-60 foizni) tashkil etishi muhim
ahamiyatga ega. Yirik makrostrukturalar tuproqdagi eng qulay suv-havo
xossalarini yuzaga keltiradi. Makrostruktura bilan bir qatorda tuproq
unumdorligida, ayniqsa 0,25 dan 0,05 mm gacha o’lchamli mikrostrukturalarning
roli ham katta. Mikrostrukturalar O’rta Osiyoning bo’z tuproqlari sharoitida
ekinlardan yuqori hosil olishni ta’minlaydi.
Strukturaning qimmati (sifati) ularning nafaqat o’lchami bilan balki suvga
chidamliligi va mexanik jihatdan mustahkamligi bilan ham belgilanadi. Shunday
xususiyatga ega bo’lgan strukturalar uzoq vaqt buzilmasdan saqlanadi, ular
yomg’ir va sug’orish suvlari ta’sirida changlanib ketmaydi, yerga mexanik ishlov
berilganda barqaror, chidamli bo’lib qoladi. Turli tabiiy zonalardagi tuproqlarning
haydalma qatlamida suvga chidamli strukturalar miqdori bir xil emas.
Strukturaning eng muhim ko’rsatkichlaridan biri, uning g’ovakligidir. Eng yaxshi
strukturali qora tuproqlarda agregatlar oralig’idagi g’ovaklik, uning hajmiga
nisbatan 50 foizga yaqin bo’lib, tuproqlarda eng qulay suv-havo xossalarini
yaratadi. Strukturadagi g’ovaklik qanchalik oz bo’lsa, tuproqda o’simliklar uchun
foydali nam, havo shuncha kam va o’simliklarning o’sib, rivojlanishi uchun sharoit
ham yomon bo’ladi.
Mexanik elementlar bir-biri bilan yopishib yoki mineral va organik moddalar
o’zaro birikib, mikroagregatlar hosil qiladi. Keyinchalik mikroagregatlar
to’plamidan makroagregatlar yuzaga keladi.
Agronomik nuqtai nazardan qimmatli strukturalarning yuzaga kelishi
tuproqning alohida agregatlar (bo’laklar)ga ajralishi hamda suvga chidamli
agregatlarning hosil bo’lishi kabi jarayonlar bilan bog’liq. Tuproqning to’la
agregatlarga ajralib ketishi o’simliklar ildiz sistemasining rivojlanishi tufayli,
shuningdek tuproqda yashaydigan jonivorlarning faoliyati va tuproqning davriy
ravishda muzlab, namlanib turishi, yerning qurishi hamda uni ishlash natijasida
ro’y beradi.
O’simliklarning zich ildizlari tuproqning barcha bo’shliqlari (g’ovakliklari)
bo’ylab kirib boradi va tuproqni alohida bo’laklarga ajratadi; mexanik elementlar
va mikroagregatlarni mustahkamlaydi. O’simliklar qoldig’idan hosil bo’ladigan
gumus tuproq strukturasining suvga chidamliligini oshiradi. Tuproqdagi suvga
chidamli agregatlarning hosil bo’lishida yomg’ir chuvalchanglarining roli ham
alohida ahamiyatga ega. Tuproqning davriy ravishda muzlashi va erishi ham
qurishi tufayli struktura agregatlari paydo bo’ladi. Tuproqning nam sig’imi 60-90
foiz bo’lgan sharoitda yer muzlaganda eng ko’p struktura hosil bo’lib, ammo ular
suvga chidamsizdir.
Strukturaning hosil bo’lishida tuproqning mexanik tarkibi, gumus miqdori va
singdirilgan kationlarning ahamiyati ham katta. Og’ir mexanik tarkibli, gumusga
boy, va ikki, uch valentli kationlar bilan to’yingan tuproqlarda davriy ravishda
namlanib, qurib turgan sharoitda, yaxshi struktura agregatlari hosil bo’ladi.
Tuproqda agregatlarning yuzaga kelishida yerga mexanik ishlov berish
(haydash, kultivasiya, boronalash singarilar) ham rol o’ynaydi. Bunda yerga ishlov
berishning ijobiy va salbiy ta’siri bo’lishi mumkin.
Strukturaning hosil bo’lishi uchun yerga mexanik ishlov berish tuproqning
maqbul namligida, ya’ni yetilgan davrida olib borilishi lozim. Struktura hosil
bo’lish namligi yengil qumoq tuproqlarda og’irligiga nisbatan 15 dan 18 foizgacha,
soz tuproqlarda esa 34-38 foiz atrofidadir. Tuproqdagi suvga chidamli
strukturalarning hosil bo’lishida tuproq kolloidlari va singdirilgan kationlarning
roli katta. Gumin kislotalariga boy chirindi moddalari va gilli minerallardan
montmorillonit, gidroslyudalarning o’zaro ta’siridan suvga chidamli, mustahkam
struktura hosil bo’ladi.
Strukturaning yuzaga kelishiga tuproqdagi aerasiya sharoitlari ham ta’sir
etadi. Aerob sharoitda mikrobiologik jarayonlar kuchli kechadi va organik
qoldiqlar tez parchalanib, gumin kislotalariga boy gumus moddalar hosil bo’ladi.
Bunday sharoitda mikroblar plazmasi ko’prok to’planib, suvga chidamli struktura
hosil bo’lishda ishtirok etadi. Agronomik nuqtai-nazardan mustahkam strukturalar,
tuproqda hosil bo’ladigan suvda erimaydigan yoki qiyin eriydigan mineral
moddalar (kalsiy karbonati, kalsiy fosfati, temir, alyuminiy oksidlari va boshqalar)
ta’sirida xam ro’y beradi.
Strukturaning suvga chidamliligi dinamik ko’rsatkich bo’lib, ular vegetasiya
davrida temperatura va namning o’zgarishi tuproqning biologik aktivligi,
chirindining hosil bo’lishi kabi sharoitlarga ko’ra o’zgarib turadi.
4. Ilgari aytilganidek, agronomik nuqtai nazardan tuproqning haydalma
qatlamida 10 dan 0,25 mm gacha bo’lgan makroagregatlarning ahamiyati katta.
Makroagregatlarga ajralib turadigan tuproqlarga s t r u k t u r a l i, 0,25 mm dan
kichik mikroagregatlar ko’p bo’lgan tuproqlarga s t r u k t u r a s i z tuproqlar
deyiladi. Kesakli struktura ham strukturasiz tuproqlar jumlasiga kiradi.
Strukturali tuproqlar strukturasiz tuproqlarga nisbatan o’zining g’ovak
qovushmasi, kam zichligi va yuqori g’ovakligi hamda kovakliklarning sifat
ko’rsatkichlari bilan farqlanadi.
Strukturasiz tuproqlarda nozik ingichka kapillyarlar ko’p bo’lib, strukturali
tuproqlarning makroagregatlari orasida va ular ichida yirik bo’shliqlar serob.
Struktura holatiga ko’ra tuproqlarning suv o’tkazuvchanligi keskin farq qiladi. Suv
ko’taruvchanligining tezligi va balandligi strukturasiz tuproqlarda yuqori
bo’lganidan, nam tez bug’lanib ketadi. Strukturali tuproqlarda esa aksincha nam
uzoq saqlanadi. Tuproq strukturasi havo almashinuvida ham muhim rol o’ynaydi.
Mikroagregatlar (<0,25) da (hatto ular quruq xolida ham) havo almashinuvi yomon
bo’ladi. Makrostrukturalarda esa, yuqori namlikda ham havo almashinuvi yaxshi
bo’lib turadi. Strukturasiz tuproqlarda nam yetarli bo’lganda ham, o’simliklarning
ildizi va aerob mikroorganizmlar erkin kislorod yetishmasligidan qiynaladi. Havo
yetarli bo’lganda, aksincha foydali nam kamayadi. Strukturasiz tuproqlardan
atmosfera yog’inlari sekin o’tadi. Bahorgi kuchli yomg’irlar yer yuzasidan oqib
ketib, tuproqning eroziyalanishiga sabab bo’ladi.
Strukturali tuproqlarda suv bilan havo o’rtasida qarama-qarshilik bo’lmaydi.
O’simliklar uchun yetarli miqdorda nam bo’lganda, havo zahirasi ham yetarlidir.
Bu tuproqlar shamol va suv eroziyasiga chidamli. Strukturali tuproqlarda
mikrobiologik jarayonlar yaxshi kechadi va o’simliklar uchun maqbul o’tadigan
oziq elementlari to’planadi. Strukturali tuproqlarning g’ovak holda bo’lishi,
urug’larning tez va sifatli unib chiqishi hamda ildizlarining yaxshi rivojlanishiga
imkon beradi
13-rasm. Strukturali tuproq
Strukturasiz tuproqlar nam bo’lganda tez ezgilanadi, quriganda zichlanib
qatqaloq hosil qiladi.
14-rasm. Strukturasiz tuproqlar zich qatqaloq qatlami.
Bu tuproqlarda urug’larning unib chiqishi va ildizlarning rivojlanishi
yomonlashadi. Demak, strukturali tuproqlarda strukturasiz yerlarga nisbatan suv-
havo, issiqlik va oziq rejimlari ancha qulay. Shuning uchun ham bu tuproqlar
unumdor hisoblanadi. Har ikkala (strukturali va strukturasiz tuproqlar) sharoitida
qullaniladigan, bir xildagi agrotexnik tadbirlar hamma vaqt strukturali yerlarda
yaxshi samara beradi va hosil ham yuqori bo’ladi. Bunday yerlar ishlanganda kam
kuch va energiya sarflanadi.
Tuproq strukturasi o’zgaruvchan bo’lib, turli omillar ta’sirida buziladi va
tiklanib turadi. Bu omillarni boshqarib turish tuproqlarning zarur struktura holatini
saqlab, uni yaxshilab borish imkonini beradi.
Tuproqdagi agronomik jihatdan qimmatli strukturalarning buzilish sabablari
xilma-xil bo’lib, ularni quyidagi uch gruppaga birlashtirish mumkin:
1.Strukturaning mexanik ravishda buzilishi. Tuproqning yuza qismlariga
tushadigan atmosfera yog’inlari ta’sirida va shuningdek yetilmagan nam tuproq
yoki juda quruq holatdagi tuproqlarni ko’plab marotaba xaydash xamda bunda
og’ir mashinalar, ish qurollaridan foydalanish natijasida struktura buziladi. Bundan
tashqari odamlar va mollarning dalada yurishi strukturani ezgilaydi.
Strukturaning buzilishini oldini olishda yerni obi-tobida haydash, tuproqqa
minimal ishlov berish va qishloq xo’jalik mashinalarining yengil, maqbul
konstruksiyalaridan foydalanish muhim ahamiyatga ega.
2. Strukturaning fizik-kimyoviy buzilishiga, singdirilgan kationlar ko’proq
ta’sir ko’rsatadi. Asosan singdirish kompleksidagi ikki, uch valentli (Ca2+ va Mg2+)
kationlarning bir valentli (Na+, H+, NH4
+) kationlar bilan almashinuvi bunga sabab
bo’ladi. Bir valentli natriy, ammoniy va vodorod struktura hosil qiluvchi kolloidlar
(shuningdek gumusli moddalar)ni nam sharoitda peptizasiyalab, struktura
agregatlarini buzadi. Shuning uchun ham kimyoviy meliorasiyalash (kislotali
yerlarni ohaklash, sho’rtoblarni gipslash) strukturaning saqlanib qolinishida muhim
rol o’ynaydi.
3. Strukturaning biologik yo’l bilan buzilish sababi, asosan aerob sharoitdagi
mikroorganizmlarning hayot faoliyati bilan bog’liq. Mikroorganizmlar struktura
hosil qilishda muhim rol o’ynovchi organik moddalar, jumladan gumusning aerob
sharoitda tez minerallashib, parchalanib ketishiga olib keladi. Natijada tuproqdagi
chirindi kamayib, strukturaning asta-sekin buzilib borishiga sabab bo’ladi. Shuning
uchun ham tuproqda mo’tadil mikrobiologik jarayonlarning bo’lishi muhim
ahamiyatga ega.
Tuproq strukturasining buzilish sabablarini e’tiborga olgan holda strukturani
saqlab qolishga qaratilgan quyidagi muhim tadbirlardan samarali foydalanish
zarur: 1) tuproqlarning xossalari va o’ziga xos xususiyatlariga qarab yerga ishlov
berishning samarali sistemalaridan foydalanish; 2) yer o’z vaqtida, yetilgan holatda
ya’ni agregatlari bir-biriga yopishib, kesaklar hosil qilmaydigan paytda haydalishi;
3) ekinlardan yuqori hosil olishni ta’minlashda organik, mineral o’g’itlardan
muntazam va samarali foydalanish hamda shu bilan bir qatorda strukturani
yaxshilab borish chora-tadbirlarini olib borish agronomiyadagi zarur
tadbirlardandir.
Tuproq strukturasini saqlab qolish va tiklanishi hamda mustahkam donador
strukturaning yaratilishida ko’p yillik va bir yillik o’tlarning ahamiyati katta.
Shuning uchun ham har bir tabiiy iqlim va tuproq zonalari uchun maqbul o’t dalali
almashlab ekishni amalga oshirish agrotexnik tadbirlardan hisoblanadi. Ana shu
maqsadda, ayniqsa ko’p yillik dukkakli o’tlar (beda, yo’ng’ichka) jumladan O’rta
Osiyo sharoitida g’o’za-beda almashlab ekish sistemasidan foydalanish yuqori
samara beradi.
Ko’p yillik o’tlar serildiz bo’lganidan, yerda ko’p miqdorda chirindi to’playdi
va tuproqning ustki qismida suvga chidamli struktura hosil bo’lishida muhim rol
o’ynaydi. Struktura eskidan foydalanib kelinadigan yerlarda, qo’riq yerlarga
nisbatan keskin kamayadi.
O’rta Osiyo respublikalarida ham sun’iy struktura yaratish va tuproqning
eroziyaga chidamliligini oshirish, o’simliklarning oziq rejimini yaxshilash
maqsadida turli polimerlardan foydalanish borasida ko’plab tajribalar olib borildi
(V.B.Gussak, K.P.Paganyas). Ba’zi bir polimerlarning preparatlari sug’oriladigan
bo’z tuproqlar sharoitida 0,25 mm dan katta agregatlar miqdorini 70-80 % gacha
ko’paytirishi aniqlangan. Ana shunday yo’l bilan hosil qilingan suvga chidamli
strukturalar, tuproqning suv-fizik xossalarini, biologik jarayonlarni va umuman
o’simliklarning oziq rejimlarini yaxshilaydi. Tuproqning suv va shamol
eroziyasiga qarshi chidamliligini bir necha barobar oshiradi.
Tuproqning mexanik tarkibi faqatgina muxim agrofizik ko’rsatkich bo’lib
xisoblanmasdan, balki asosiy genetik hamda kimyoviy ko’rsatkichlarning
o’zgarishini aniqlovchi o’lchovdir. Chunki, tuprok ona jins ustida tarkib topadi.
Darhaqiqat, har bir ona jins uchun o’ziga xos metologik tuzilish, mexanik,
mineralogik, nixoyat, kimyoviy tarkib xos. Shuning uchun xam barcha fizikaviy,
kimyoviy, xatto meliorativ o’zgarishlar ham eng avval u yoki bu tuproqlar
mexanik tarkibining o’zgarishi bilan namoyon bo’ladi.1
1Enciclopedia of Soil Science Second Edition edited by Rattan lal 4-bet
Xozirgi kunda mavjud statistik ma’lumotlar bo’yicha tuproq mintaqaviy va
global degradasiyadan saqlovchi, cho’llanishga qarshi-kurash chora tadbirlarini
olib borish kerak. Ma’lum so’rovlar natijasida zaxira yerlarning qo’llashda
reproduksion usulublardan foydalanish, tuproqni muhofaza qilish, ya’ni
ifloslanishdan, zaharlanishdan saqlash reja asosida olib borilishi shart. Tuproq
sifatini baholash uchun biomassa miqdori agronomik unumdorlik, muhofaza
chora-tadbirlari, tabbiy toza suvlarni saqlash, issiqxonalar miqdorini kamaytirish,
tabbiy sof toza oziq-ovqat maxsulotlari ishlab chiqarish xozirgi kunning bosh
muammolardan biri xisoblanadi.2
Tuproq qatlamida saqlanadigan suvning holatini belgilovchi uning barcha
xossalari yig’indisiga suv (suv-fizik, gidrofizik) xossalari deyiladi. Eng muhim suv
xossalariga tuproq ning suvni ushlab, saqlab turish qobiliyati, nam sig’imi, suv
o’tkazuvchanligi va suv ko’taruvchanlik qobiliyati kabilar kiradi.
Suvni ushlab turish qobiliyati - tuproqning muhim xossalaridan biri bo’lib,
suvni oqib ketishdan saqlab, namni ushlab tura olish qobiliyati hisoblanadi.
Tuproqning suvni ushlab tura olish qobiliyatini miqdor jihatdan xarakterlovchi
kursatkich, uning nam sig’imi hisoblanadi.
Tuproqning nam sig’imi - turli kuchlar ta’sirida ma’lum miqdordagi suvni
singdirishi va ushlab turish qobiliyatidir. Tuproqdagi namni ushlab turadigan
kuchga qarab va turli sharoitlarga kura nam sig’imining quyidagi turlari: maksimal
adsorbilangan nam sig’imi, maksimal moleko’lyar nam sig’imi, kapillyar nam
sig’imi, eng kam yoki dala nam sig’imi va tuliq maksimal nam sig’imi kabilar
ajratiladi.
M a k s i m a l a d s o r b i l a n g a n n a m s i g’ i m i (MANS) - tuproq
zarrachalari yuzasida sorbilanish (yutish) kuchlari ta’sirida eng ko’p miqdorda
ushlab turilishi mumkin bo’lgan suv miqdori hisoblanadi. Bu namlik tuproqdagi
mustahkam birikkan (adsorbilangan) suv miqdoriga to’g’ri keladi.
2(Soil degradation in the United States: extent, severity, and trends/ Rattan Lal, Terry M.Sobecki, Thomas Iiваri,
John M. Kimble.2004, 6 бет.)
M a k s i m a l m o l ye k u l ya r n a m s i G i m i (MMNS) (A.F.Lebedev
buyicha) - moleko’lyar tortish kuchlari ta’sirida tuproq zarrachalari yuzasida
ushlanib turishi mumkin bo’lgan, ya’ni bush birikkan (parda) suvning yuqori
chegarasini xarakterlaydi. Maksimal moleko’lyar nam sig’imi asosan tuproqning
mexanik tarkibiga bog’liq.
MMNS tuproqning muhim tuproq-gidrologik kursatkichlaridan biri
hisoblanadi. Tuproqdagi mavjud (faktik) nam miqdori bilan MMNS ni taqqoslab
o’simliklarga o’tadigan foydali suv zahirasini aniqlash mumkin bo’ladi. Faktik
namlik MMNS ga nisbatan ko’p bo’lganda foydali suv zahirasi ko’p va bu
kursatkichlar teng bo’lganda esa ana shunday suv zahirasi deyarli bulmaydi.
K a p i l l ya r n a m s i g’ i m i (KNS) - kapillyar kayma (bevosita suvli
qatlam ustida joylashgan tuproq qatlami) chegarasidagi tuproqda ushlanib turishi
mumkin bo’lgan eng ko’p miqdordagi kapillyar-tiralgan suv hisoblanadi. Kapillyar
nam sig’imi miqdori tuproq G’ovakligiga va shuningdek suv bilan tuyingan
qatlam, sizot suvi sathidan qanchalik masofada joylashuviga bog’liq. Bu masofa
qanchalik ko’p bulsa KNS shuncha kam bo’ladi. Sizot suvlari yer yuzasiga yaqin
(1,5-2,0 m) bo’lganda kapillyar kayma (tuproq qatlami) yuzasigacha namlanadi va
kapillyar nam sig’imi eng yuqori (urtacha qumoq tuproqlarning 1,5 m qatlami
uchun 30-40 foiz) bo’ladi. Sizot suvlari sathiga kura KNS doimiy emas.
E n g k a m n a m s i g’ i m i (EKNS) - sizot suvlari chuqurda joylashgan
sharoitda oshiqcha suv oqib ketgandan keyin, tuproqda ushlanib turishi mumkin
bo’lgan kapillyar-muallaq namlikning eng ko’p miqdori hisoblanadi.
Eng kam nam sig’imi atamasiga dala nam sig’imi (DNS), umumiy nam
sig’imi (UNS) va chekli dala nam sig’imi (ChDNS) tushunchalari to’g’ri keladi.
ChDNS termini agronomiya amaliyotida va meliorasiyada keng qullaniladi. Eng
kam nam sig’imi tuproqning mexanik tarkibi, struktura holati va zichligiga bog’liq.
Og’ir tarkibli va yaxshi strukturali tuproqlarda EKNS 30-35, qum tuproqlarda 10-
15 foizdan oshmaydi. EKNS tuproqning muhim gidrologik kursatkichi bo’lib, u
bilan tuproqdagi nam defisiti (yetishmaydigan nam) tushunchasi bog’liq.
Shuningdek, ENKS ga kura Sug’orish va shur yuvish normalari, Sug’orish
muddatini belgilash mumkin. Agar Sug’orish normasi ma’lum qatlamda EKNS ga
nisbatan ko’p bulsa, suv foydasiz sarflanadi, oshiqcha suv esa tuproqning pastki
qatlamlariga oqib o’tib, sizot suvlarini ko’taradi. Eng kam nam sig’imi va
tuproqning mavjud namligi orasidagi farq tuproqdagi nam tanqisligini tashkil etadi.
Tuproqdagi eng maqbul suv rejimi shunday bo’lishi kerakki, tuproqning
o’simlik ildizi taraladigan qatlamidagi namlik EKNS dan 70-100 foizgacha
oraliqda saqlanadigan bulsin. Eng kam nam sig’imiga qadarli namlangan tuproq 1
m li qatlamining bir gektaridagi foydali nam zahirasi miqdori, qum tuproqlarda
700-1100 m3, qumloq, yengil va urta qumoq tuproqlarda 1200-1700 m3 va og’ir
qumoq, soz tuproqlarda 1500-2100 m3 ni tashkil etadi.
T u l i q n a m s i g’ i m i(TNS). Havo siqilib (ushlanib) qolingan bushliqlar
(odatda umumiy G’ovaklikning 5-8 foizini tashkil etadi) dan tashqari, tuproqning
barcha G’ovakliklarida ushlanib qolinishi mumkin bo’lgan eng ko’p nam
miqdoriga tuliq nam sig’imi deyiladi. Demak, TNS odatda son jihatdan tuproqning
umumiy G’ovakligiga to’g’ri keladi. TNS ga teng namlik bo’lganda tuproqda
barcha turdagi suv: birikkan (mustahkam va bush birikkan) va erkin (kapilyar va
gravitasion) suvlar maksimal miqdorda saqlanishi mumkin. Demak, TNS
tuproqning qanchalik suv singdirishi mumkinligini xarakterlaydi. Shuning uchun
bu kursatkichni tuliq suv singdiruvchanlik ham deyiladi. Tuproqdagi TNS o’zoq
vaqt saqlanadigan bulsa, tuproqda anaerob jarayonlar ko’payib ketadi va tuproq
unumdorligi pasayib, ekinlar hosiliga salbiy ta’sir etadi.
Tuproqning suvni qabul qilib olishi va o’zi orqali yuqoridan pastga qarab
o’tkazish qobiliyatiga suv o’tkazuvchanlik xossasi deyiladi. Suv o’tkazuvchanlik
asosan ikki bosqichdan: shimilish va filtrlanish (sizib o’tish) dan iborat bo’lib,
dastlab suv shimilib tuproq tuyinadi, sungra suv tuproq qatlamining pastki qismiga
ma’lum tezlikda sizib o’tadi. Tuproqning suv bilan tuliq tuyingan holati sharoitida
og’irlik kuchi va bosim gradiyenti ta’sirida, suvning pastga qarab harakatlanishiga
filtrasiya deyiladi. Suv o’tkazuvchanlik tuproqning ma’lum maydoni yuzasidan
muayyan vaqtda singib o’tadigan suv hajmi bilan ulchanadi va odatda mm/soat
bilan ifodalanadi. Suv o’tkazuvchanlik tuproqning umumiy G’ovakligi va uning
ulchamiga bog’liq. Masalan, yengil mexanik tarkibli tuproqlarda yirik G’ovakliklar
ko’p bo’lganidan, suv o’tkazuvchanlik, ham doimo yuqoridir. Og’ir mexanik
tarkibli va kesakli changli strukturali tuproqlarda suv o’tkazuvchanlik past.
Tuproqning suv o’tkazuvchanligini baholashda N.A.Kachinskiy tavsiya etgan
shkaladan foydalanish mumkin. Shunga kura temperaturasi 10 0S va suv bosimi 5
sm bo’lgan sharoitda, tuproqning suv o’tkazuvchanligi quyidagicha baholanadi:
agar ko’zatishning birinchi soatida 1000 mm dan ko’p suv o’tsa, tuproqning suv
o’tkazuvchanligi bo’zuvchi, 1000 dan 500 mm gacha - Goyat (ortiqcha) yuqori,
500-100 mm - eng yaxshi, 100-70- yaxshi, 70 dan 30 gacha qoniqarli, 30 mm dan
kam - qoniqarsiz hisoblanadi.
Tuproqning suv ko’tarish qobiliyati - kapillyar kuchlar ta’sirida tuproqning
suvni pastdan yuqoriga qarab ko’tarish xossasidir. Tuproqdagi G’ovakliklarning
ulchami 8 mm atrofida bo’lganda kapillyar kuchlar yuzaga keladi. Lekin bu
ulcham 0,1-0,003 mm bo’lganda, kapillyar kuchlar yaxshi ifodalanadi. Undan
kichik yullarda sekin harakatlanuvchi, birikkan suv bo’ladi. Shuning uchun qumli
tuproqlardan qumoq mexanik tarkibli tuproqlarga tomon suvning ko’tarilish tezligi
oshib boradi va soz tuproqlarda pasayadi. Suvning maksimal ko’tarilishi (sizot suv
sathidan yuqorida) qumli tuproqlarda 0,5-0,7 m, qumoq tuproqlarda 2,5-3,0 m
og’ir soz tuproqlarda 4-6 m ni tashkil etadi. Kapillyarlik va tuproqning suv
ko’taruvchanligi natijasida sizot suvlari hisobidan o’simliklarni qushimcha
ravishda suv bilan ta’minlanishi qatorida tuproqda havo yetishmaganligidan
moddalarning qayta tiklanishi va tuproq qatlamining shurlanish jarayonlari yuzaga
keladi. Tuproqda nafaqat sizot suvi bilan bog’liq bo’lgan harakatchan kapillyar-
tiralgan suv, balki kapillyar-muallaq nam ham ko’tarilish xususiyatiga ega.
Kapillyar yullari ko’p bo’lgan strukturasiz tuproqlar harakatchan ko’tariluvchan
suvni ko’p buGlantiradi. Strukturali tuproqlarda esa, yirik agregatlar orasidagi
G’ovakliklar bir-biridan ajralib turganidan, kapillyar suv kamroq harakatlanadi.
Shuning uchun suv kam bug’lanib, tuproqda nam yaxshi saqlanadi.
Aytilgandek, tuproqdagi mavjud barcha namlik xam o’simlikka o’tadigan
holatda bulmaydi. Namning bir qismi o’simlik o’zlashtira olmaydigan-foydasiz
holda boshqa qismi esa turli darajada o’simlikka o’tadigan holatda bo’ladi.
O’simliklarning hayot-faoliyati jarayoni davomida o’zlashtiradigan namlik
o’simlik uchun foydali hisoblanadi. O’simlikka o’tadigan suvga samarali namlik
deyiladi. Chunki bu suv, hosilning shakllanishi uchun sarflanadi. A.A.Rode
o’simliklar uchun qulay bo’lgan (o’zlashtiruvchanligiga kura) tuproqdagi suvning
quyidagi kategoriyalarini ajratib kursatadi: o’zlashtirmaydigan zahira, o’zlashtirish
juda qiyin, qiyin, urtacha, o’zlashtirish oson bo’lgan suvlar.
Oson o’zlashtiriladigan suvlarga kapillyar va gravitasion suvlar kiradi.
Gigroskopik, maksimal gigroskopik, kimyoviy bog’langan suvlarni o’simlik
mo’tlaqo o’zlashtira olmaydi va ular tuproqdagi suvning foydasiz (ulik) zahirasini
tashkil etadi. Odatda ildiz tukchalarining surish kuchiga nisbatan, tuproqdagi
namni ushlab turish uchun sarflanadigan kuch ko’proq bulsa, bu namlik o’simlikka
o’tmaydi va o’simlik suliy boshlaydi. Ko’pchilik ekinlar ildizlarining suvni surib
olish koeffisiyenti 15 atmosferadan yuqori emas. Tuproqning o’simliklar barqaror
suliy boshlaydigan namlik darajasiga sulish namligi yoki sulish koeffisiyenti deb
ataladi va quruq tuproq og’irligiga nisbatan prosent bilan ifodalanadi. Uning
miqdori tuproq mexanik tarkibiga kura o’zgarib turadi. Kumli tuproqlarda sulish
namligi 1-3 foiz, qumloq va yengil qumoq tuproqlarda 3-5, urtacha hamda og’ir
qumoq tuproqlarda 6-12, soz tuproqlarda 12-18 dan 32 foizni tashkil etadi.
15-rasm. Tuproqning suv ko’taruvchanligi
Tuproqning sulish namligini, odatda maksimal gigroskopiklikni 1,34 yoki
1,50 koeffisiyentiga ko’paytirish yuli bilan aniqlanadi. Sulish namligi tuproqning
muhim gidrologik konstanti hisoblanadi. Sulish namligiga doir ma’lumotlarni va
suvning umumiy miqdorini e’tiborga olib, tuproqdagi foydali namning, ya’ni
hosilning shakllanishi uchun ketadigan suvning samarali zahirasini hisoblab
topiladi. Samarali namlik miqdori hisoblanayotganda suvning qatlam qalinligini
mm da ifodalash qabul qilingan. Shu kurinishda undan foydalanish, ya’ni uni
yog’inlarga doir ma’lumotlar bilan taqqoslash oson bo’ladi, 1 ga maydondagi
suvning har bir mm 10 t suvga to’g’ri keladi. Samarali suvning zahiralari ushbu
formula buyicha hisoblab topiladi:
W * 0,1 . hm . h (H - SN)
Bu yerda, W - samarali suvning zahirasi, mm; 0,1 - suv qatlamini mm ga
aylantirish koeffisiyenti; h.m - hajmiy massa, g/sm3 ; h - samarali suvning zahirasi
hisoblab aniqlanadigan tuproq qatlamining qalinligi, sm; H - tuproq namligi,
mo’tlaq quruq holatdagi og’irligiga nisbatan foizda; SN – so’lish namligi, mo’tlaq
quruq holdagi og’irligiga nisbatan foiz hisobida.
Har bir tuproqning o’simliklar o’zlashtira oladigan o’ziga xos aktiv nam
diapazoni (AND) bo’ladi.
Sizot suvi chuqur bo’lgan tuproqlarda bu diapazon EKNS (DHS) - SN ga,
sizot suvi sayoz tuproqlarda esa KNS - SN ga tengdir. Tuproqdagi samarali nam
zahirasini baholash shkalasi 28 jadvalda berilgan.
A.M.Shulgin (1967) buyicha tuproqning 1 m qalinligidagi samarali suv
zahirasining maqbul kursatkichi o’simliklarning usish davrida, ayniqsa nisbatan
suv yetishmaydigan davrda, urtacha 100 dan 200 mm atrofida bo’ladi.
O’ta ko’p namlik (>250 mm) va yetarli nam bulmagan (<60 mm) sharoit ham
o’simliklarning usib rivojlanishiga salbiy ta’sir etadi va hosil kamayadi.
Tuproqda suvning tuplanishi, uning harakati va fizik holatining o’zgarishi,
tuproq qatlamlarida ushlanib turilishi hamda sarfi kabi barcha hodisalar
yig’indisiga tuproqning suv rejimi deyiladi. Bu hodisalar (suv rejimi elementlari)
ning miqdoriy kursatkichlari (tuproq nami harakatining asosiy yunalishi va tuproq
namligining o’zgarish chegarasi) ga kura tuproq suv rejimining turli tiplari yuzaga
keladi. Tuproqning suv rejimi miqdor jihatdan suv balansi orqali ifodalanadi.
Tuproqdagi muayyan suv rejimining yuzaga kelishi suv balansining kirim va sarfi
qismlari bilan bog’liq. Bu esa o’z navbatida joyning iqlim sharoitlari, o’simliklari,
tuproq-gruntlarning suv xossalariga, relyef sharoitlariga, sizot suvlarining
chuqurligiga va tuproqdagi doimiy mo’zlagan qatlam ta’siriga hamda insonlarning
ishlab chiqarish faoliyatiga bog’liq. Tuproqning suv rejimi va uning tiplari
haqidagi ta’limot asoschisi akademik N.G.Visoskiydir. U suv rejimining
yuviladigan (permasid), davriy yuviladigan, yuvilmaydigan (impermasid) va
terlaydigan (ekssudasion) kabi tiplarini ajratishni tavsiya etadi. G.N.Visoskiy
qarashlarini rivojlantirib A.A.Rode ikki yangi tipdagi - mo’zlaydigan va irrigasion
suv rejimlarini qushimcha qilib kiritdi hamda barcha tiplarni 16 tipchaga ajratdi.
Quyida tuproq suv rejiminining asosiy tiplariga qisqacha xarakteristika
beriladi.
1. M u z l a y d i g a n t i p. Abadiy mo’zlikli ulka, nohiyalarda tarqalgan.
Yoz faslida yer yuza qatlami biroz eriydi, ammo uning pastki qismi deyarli
erimaganligi sababli, suvni o’tkazmaydi. Natijada mo’zlagan suvtusar qatlam
ustida suv tuplanadi hamda buGlanish kam bo’lganidan, tuproqda o’ta namlik
yuzaga keladi. Vegetasiya davrining asosiy qismida, tuproqning erigan qatlami suv
bilan tuyinib turgan bo’ladi.
2. Yu v i l a d i g a n t i p (NK>1) - atmosfera yog’inlarining urtacha miqdori
bug’lanishga nisbatan ko’p bo’ladigan urmon-o’tloq zonasi (podzol-botqoq va
botqoq tuproqlar) va sernam subtropik viloyatlari tuproGiga xos. Atmosfera
yog’inlari bilan tuproq har yili sizot suvlarigacha namlanadi va qisman ana shu
suvlarga qushiladi. Tuproqning pastki qatlamiga singib o’tayotgan suv tuproqdagi
turli birikmalar, jumladan oziq moddalarni o’zi bilan yuvib ketadi. Shuning uchun
ham bu xildagi suv rejimi yuviladigan tip deyiladi. (15-rasm)
1. Atmosfera yog’inlari
2. Shox shabbalarda to’tib qolingan nam miqdori.
3. Yer yuzasidan oqib ketgan suv.
4 Fizik buGlanish .
5 Tuproq ichidagi suv oqimi.
6. O’simliklar tomonidan surib olingan suv (desuksiya bo’tun davr mobaynida
o’simliklar olgan suv).
7. Grunt suv oqimi.
8. Bug’lanish va desuksiya.
3. D a v r i y yu v i l a d i g a n t i p(NK-1, ba’zan 1,2-0,8 gacha o’zgarib
turadi). Tuproqning sizot suvlariga qadarli yuvilishi davriy bo’lib, faqat atmosfera
yog’inlari miqdori bug’lanishga nisbatan ko’p bo’lgan yillardagina ruy beradi.
Sizot suvlari sathi, kapillyar kayma odatda o’simlik ildiz sistemasi tarqaladigan
qatlamdan pastda bo’ladi. Yuqori namlik natijasida tuproqning yuvilishi bir necha
yil davomida (davriy) 1-2 marta bo’lib turadi. Bu tipdagi suv rejimi urmon dasht
(urmon sur tusli tuproqlari) va shimoliy tuproqlar (podzollashgan va
ishqorsizlangan qora tuproqlar) zonalari uchun xarakterli.
4. Yu v i l m a y d i g a n t i p (NK<1). Bunday tipdagi suv rejimida tuproq -
grunt qatlamlari sizot suviga qadarli hyech qachon yuvilmaydi. Demak, yog’inlar
hisobidagi namlik tuproqning yuqori qatlamlarida tuplanib, sizot suviga qadar
yetib bormaydi (31b-rasm). Atmosfera yog’inlari tufayli namlangan qatlam bilan
sizot suvi joylashgan gorizont oraliGida deyarli quruq, ko’pincha sulish namligi
miqdoriga yaqin nam qatlam bo’ladi(G.N.Vыsoskiy buyicha "ulik" gorizont). .
Shunday qilib, tuproqning yuqori qatlamlardagi moddalar yuvilib, sizot
suvigacha yetib bormaydi. Yuvilmaydigan suv rejimi quruq iqlimli va sizot suvlari
chuqur joylashgan dasht, quruq dasht va chul zonalaridagi qora tuproq, kashtan,
qunGir tusli tuproq,bo’z tuproqlar va sur qunGir tusli tuproqlar uchun xarakterli.
Sanab o’tilgan tuproq qatorlari buyicha atmosfera yog’inlari kamayib, buGlanish
esa oshib boradi hamda namlanish koeffisiyenti 0,6 dan 0,1 gacha kamayadi.
Tuproq-grunt qatlamlaridagi nam aylanishi 4 m (dasht qora tuproqlari) dan 1 m
gacha (chul-dasht, chul tuproq lari) bo’ladi. Bahor mavsumida tuproqda tuplangan
nam zahirasi transpirasiyaga va fizik bug’lanishga sarflanib, ko’zga borib esa juda
kam qoladi, chalachul va chul zonalarida yerlarni suGormasdan turib, dehqonchilik
qilib bulmaydi.
5. T ye r l a y d i g a n t i p(NK<1). Chala chul va chul zonalarining sizot
suvlari yaqin bo’lgan sharoitda terlaydigan suv rejimi yuzaga keladi(31v- rasm).
Kapillyarlar orqali ko’tarilayotgan suv fizik bug’g’lanib, tuproq guyo terlagandek
bo’lib turadi. Tuproq va o’simlikdan bug’lanayotgan suv miqdori, tushayotgan
atmosfera yog’iniga nisbatan ancha ko’p bo’ladi. Sizot suvlari minerallashganda
tuproqda suvda oson eriydigan to’zlar tuplanib, yer shurlanadi. Yer osti suvlari
chuchuk bulsa ona jins tarkibida to’z bulmasada, mergellanish hamda gleylanish
jarayonlari kechadi.
6. I r r i g a s i o n t i p. Sug’orib dehqonchilik qilinadigan sharoitda
tuproqning qushimcha ravishda namlanishi natijasida ruy beradi. O’sish davrida
tuproqning ko’plab marotaba namlanishi - bu tipdagi suv rejimining muhim
xususiyatidir. Sug’orishning turli davrlarida har xil tipdagi suv rejimi tiplari
yuzaga keladi. Sug’orilayotgan davrda dastlab yuviladigan tip shakllanib, keyin
yuvilmaydigan va terlaydigan suv rejimlari bilan almashinadi, natijada tuproqda
namning davriy ko’tarilib va pasayib turishi yuzaga keladi.
Tuproqning suv rejimi qishloq xujalik maydonlarida turli agrotexnik va
agromeliorativ tadbirlar sistemasini amalga oshirish natijasida boshqarilib turiladi.
Qishloq xujaligini intensivlashtirishning asosiy vositasi - tuproqlarni
meliorasiyalashdir. Meliorasiya tuproq holatini yaxshilaydi, uning unumdorligini
oshiradi. Meliorasiya loyihalari amalda qullanilayotganda tuproqning suv
rejimlarining tiplari albatta e’tiborga olinadi. O’simliklarning suv bilan ta’minlanib
turilish sharoitlarini yaxshilash uchun qator kompleks tadbirlar olib boriladi.
Tuproq suv balansi kirim va ayniqsa sarflanish qismini sun’iy ravishda o’zgartirish
natijasida tuproqdagi umumiy va samarali suv zahirasi miqdoriga keskin ta’sir
etish mumkin. Bu o’z navbatida qishloq xujalik ekinlaridan yuqori va barqaror
hosil olishni ta’minlaydi.
Tuproqning suv rejimini tartibga solib turish tadbirlari, joyning iqlim va
tuproq sharoitlariga va shuningdek, ustirilayotgan ekinlarning suvga bo’lgan
talabiga asoslangan. O’simliklarning usib rivojlanishi uchun maqbul sharoit
yaratish uchun, tuproqda tuplanadigan namlik miqdori bilan uning transpirasiya va
fizik bug’lanishga ketadigan sarfini barobarlashtirishga, ya’ni namlanish
koeffisiyenti qiymatining birga yaqin bo’lishiga erishish kerak. Tuproqning suv
rejimini tartibga solish tadbirlari har bir tuproq-iqlim sharoiti uchun o’ziga xos
xususiyatlarga ega. Nami yetarli va ortiqcha bo’lgan zonaning suv kam oqib
ketadigan territoriyalarida suv rejimini yaxshilash tadbirlari, suv tuplanib
qoladigan mikro va mezopastliklarni tekislashga qaratilgan bo’ladi.
Botqoq va botqoqlangan tuproqlar suv rejimini yaxshilash uchun, quritish
meliorasiyasi tadbirlari o’tkazilib, jumladan, yopiq drenajlar yoki oshiqcha suvni
chiqarib yuborish uchun, ochiq drenajlar barpo qilinadi.
Noqoratuproq rayonlarda o’simliklarni nam bilan ta’minlab turishni
yaxshilashning ikki yunalishdagi tadbirlari olib borilishi zarur. Birinchidan,
oshiqcha nam bo’lganda maxsus drenaj quvurlar orqali daladan alohida ajratilgan
joylarga suv oqizib chiqariladi, ikkinchidan, nam yetishmaganda, aksincha usha
quvurlar orqali dalaga suv chiqariladi yoki maydonlar yomg’irlatib sug’oriladi.
Tuproqni madaniylashtirishning barcha tadbirlari, jumladan, tuproqning
chuqur haydalma qatlamini yaratish, uning struktura holatini yaxshilash, umumiy
g’ovakligini oshirish, haydalma osti zich qatlamini yumshatish kabilar tuproqning
nam sig’imini oshiradi va o’simliklarning ildizlari tarqaladigan qatlamdagi
samarali suv zahirasini ko’proq yaratish va saqlab qolish imkonini beradi. Namlik
barqaror bulmagan va qurGoqchilik rayonlarida tuproqning suv rejimini tartibga
solish tadbirlari yerda ko’proq nam tuplash va undan samarali foydalanishga
qaratilgan bo’ladi. Namni tuplashning keng tarqalgan usullaridan biri -
maydonlarda qorni ushlab, erigan suvni saqlab qolishdir. Buning uchun poyasi
baland bo’lib usadigan ko’lis ekinlar ya’ni yashil tusiqlardan foydalaniladi.
Maxsus qor uyumlari (vallari) barpo qilish ishlari olib boriladi. Shuningdek, yuza
suv oqimini kamaytirishga qaratilgan tadbirlar sistemasi (yonbag’irlarni
kundalangiga haydash, vallar qilish, bo’lib-bo’lib egatlash, ekinlarni polosa tarzida
joylashtirish, uyalab haydash va boshqa usullar) qullaniladi. Tuproqdagi namni
saqlab qolishda dala ihota daraxtzorlarining roli nihoyatda katta. Urmon polosalari
qishda daladan qorni uchirib ketishdan saqlab qoladi va yerda ko’proq nam
zahirasini yaratilishiga imkon beradi. Lalmikor nohiyada urmon ihota daraxtzorlari
ta’sirida har bir gektar maydonda qushimcha ravishda 40-50 mm gacha nam
tuplanadi. Tuproqning suv rejimini yaxshilashda toza shudgor, ayniqsa, qora
shudgorning roli katta. Tuproqda nam tuplash va uni saqlab qolishda, ko’plab
agrotexnika tadbirlarining roli katta. Bahorda tuproqni yuza yumshatish yoki
baronalash yuli bilan namni yopib ketish tadbiri namning befoyda fizik
bug’lanishidan saqlab qoladi. Ekinlar ekilgach yerga qatoq bosish haydalma yuza
qatlamining zichligini, boshqa qismiga nisbatan o’zgartiradi. Zichlik orasidagi
yuzaga keladigan farq natijasida kapillyarlar orqali namning tuproq pastki
qatlamlaridan yuzasiga ko’tarilishi va tuproq havosidagi suv buGlarining
kondensasiyasi yaxshilanib, yerda nam tuplanishi yuzaga keladi. Bu o’z navbatida
erta bahordan urug’larning tekis unib chiqishida va o’simliklarning nam bilan
ta’minlanishida muhim ahamiyatga ega. Mineral va organik o’g’itlarni samarali
qullanish tuproqdagi namdan ancha tejab foydalanish imkonini beradi.
Sabzavotchilikda yerda ko’proq nam tuplash maqsadida turli materiallardan
foydalanib, mulchalash usulidan keng foydalaniladi. Chul-dasht va chul zonalarida
tuproq suv rejimini yaxshilashning asosiy usullaridan biri Sug’orishdir.
Sug’orilayotgan maydonlarda tuproqning qayta shurlanishini oldini olishda dalaga
taralayotgan suvning samarasiz yuqolishiga qarshi chora kurish kerak.
Turli tabiiy zonalarda o’simliklarning nam bilan ta’minlab turilishini
yaxshilashdagi kompleks tadbirlar sistemasida, tuproqning fizik xossalarini va
struktura holatini muntazam yaxshilab borish ham muhim rol uynaydi.
Xozirgi vaqtda dexqonchilik soxasi va olimlar orasidagi nazariy va amaliy
jixatdan tuproq unumdorligining saqlash va oshirish masalasi murakkab va
dolzarb vazifa xisoblanadi.biroq dunyo bo’yicha tuproqlarning degumifikasiya
jarayonining ortish tendensiyasi kuzatilmoqda. Shu bois, xozirgi tuproqshunoslik
soxasidagi fanlar mazkur muammoning ilmiy jixatdan o’rganishga va yechimini
topishga asosiy e’tiborini qaratish lozim.
Tuproqning nam bulmagan bushliqlarini egallab turuvchi turli gazlar va
uchuvchi organik birikmalar aralashmasiga tuproq havosi deyiladi. Tuproq havosi
yoki gaz fazasi tuproqning muhim tarkibiy qismi bo’lib, uning qattiq, suyuq va
tirik organizmlardan iborat qismlari bilan bevosita bog’liq hamda o’simliklarning
hayotiy omillaridan biridir.
Tuproq havosi va uning tarkibi tuproqda kechadigan turli jarayonlarda aktiv
ishtirok etadi. Tuproq havosidagi kislorod oksidlanish reaksiyasi va organik
moddalarning parchalanishida faol qatnashadi. Kislorod ta’sirida ayrim kimyoviy
elementlar (Fe, Mn) oksidlanib, qiyin eriydigan shaklga, ayrimlari esa (oltingugurt,
vanadiy, xrom) tez eriydigan holga o’tadi. Demak, kislorod ba’zi elementlarning
harakati (migrasiyasi) ni tezlashtirib, boshqalarni sekinlashtiradi. Organik
moddalarning oksidlanishi natijasida tuproqdagi uglerod, azot, fosfor, oltingugurt
kabi biologik muhim kimyoviy elementlarning aylanishi yuzaga keladi.
Tuproq havosi fotosintez jarayonida o’simliklar foydalanadigan karbonat
angidrid gazining manbai ham hisoblanadi. Hosil yaratish uchun sarflanadigan
jami SO2 miqdorining 38-72 foizini o’simlik tuproqdan oladi.
Atmosfera havosining ifloslanishi kislotali cho’kmalarning tushishi bilan
bog’liqdir.
Kislotali
cho’kmalarga
yomg’irlar,tumanlar,
kislotali
tumanlar,qorlar ,gazlar,qo’riq va qattiq zarralar kiradi.Bu muammo esa
munozaraga va keng miqqiyosida OAV yoritilishga olib keladi.3
Tuproqdagi havo shuningdek, tuganak va azot tuplovchi bakteriyalarni azot
bilan ta’minlaydi. Havo tarkibidagi suv bug’i tuproqning yillik va so’tkalik suv
balansida katta ahamiyatga molik. Tuproq havosi tuproqda erkin, adsorbirlangan
va erigan holatda bo’ladi.
Erkin tuproq havosi tuproqning nokapillyar va kapillyar bushliqlarida
saqlangan bo’lib, erkin harakatlanadi hamda atmosfera havosi bilan almashib
turadi. Amalda ko’pincha suv bilan tulmagan nokapillyar G’ovakliklardagi havo,
tuproq aerasiyasida alohida ahamiyatga ega. Qumoq va soz tuproqlar
namlanganda, undagi suv erkin havoning tuproq bushliqlaridagi yaxlitligini
bo’zadi. Bunday havo siqilgan havo deyiladi va bu havoning aerasiya uchun
ahamiyati juda kam.
A d s o r b i r l a n g a n t u p r o q h a v o s i - tuproq qattiq qismi yuzasida
yutilgan gazlardan iborat. Og’ir mexanik tarkibli va gumusga boy tuproqlarda
3Enciclopedia of Soil Science Second Edition edited by Rattan lal 26-bet