TUPROQDAGI SUV VA TUZ ZAXIRASINI ANIQLASH
Tuproq tarkibidagi suv va tuz miqdorlarini aniqlash tuproqga meliorativ baho
berish va sho‘r yuvish meyorini belgilashda muhim ahamiyatga ega. SHo‘r yuvish
jarayoni muhim agrotexnik tadbir bo‘lib uning sifatli o‘tkazish ko‘p holatda tuproq
tarkibidagi suv zahirasi va tuz miqdoriga bog‘liq bo‘ladi. Tuproqdagi suv va tuz
miqdorlarni bilgan holda sho‘r yuvishning muddati va me’yorlari belgilanadi.
Tuproqdagi suv miqdori uning mexanik tarkibiga, nam sig‘imiga va adsorbsiyalash
xususiyatiga bog‘liq bo‘ladi. Tuproq tarkibidagi suv va tuz miqdorlarini aniqlashda
uning hajm massasini, namligini, hisobiy qatlamini hisobga olish kerak bo‘ladi.
Dastlab ma’lum maydondagi, aniq hisobiy qatlam va hajm massasidagi tuproq
og‘irligi (t/ga) hisoblab chiqiladi.
U quydagi formula bilan aniqlanadi:
B=s*h*d, t/ga
bu yerda: B- tuproq og‘irlig‘i, t/ga
s-1ga maydon yuzasi (10000) m2,
h-hisobiy qatlam, m
d- tuproqning hajm massasi t/m3.
Topshiriq: Hisobiy qatlam 10 sm, tuproqning hajm massasi 1,40 t/m3 bo‘lsa, 1
ga maydondagi tuproq og‘irligi quydagicha topiladi:
B=s*h*d=10000*0,1*1,40=1400 t/ga.
SHunday qilib 10 sm chuqurlikdagi hajm massasi 1,40 t/m3 bo‘lgan tuproq
og‘irligi 1400 t/ga teng. Agar uning 18,0% ni namlik tashkil etsa 1 gektardagi suv
miqdori (Wv) quyidagi formula yordamida hisoblab chiqiladi:
B ning o‘rniga yuqoridagi formuladagi qiymatini qo‘ysak, u holda formula
qo‘yidagi ko‘rinishga ega bo‘ladi.
1
0
0
0
0
0
,1
1
,4
0
1
8
,02
5
2
1
0
01
0
0
1
0
0
СBsh
d
W
, t/ga
yoki 252,0 m3/ga, chunki 1 m3 suv 1 tonna og‘irlikka teng.
bu yerda: WC-tuproq tarkibidagi suvning miqdori m3 ga
-tuproqning namligi, %
Tuproq tarkibidagi tuz miqdori (WT) quyidagi formula yorda-mida hisoblab
chiqiladi.
WT= 100*h*d*c
bu yerda: WT-tuproq tarkibidagi tuzning yalpi miqdori, t/ga
c- tuproq tarkibidagi tuzning foiz miqdori.
Topshiriq: Hisobiy qatlam (h=10 sm), hajm massa (d-1,35 t/m3) va malum
yuzadagi tuzning foiz miqdori 0,65 % bo‘lsa, uning yalpi miqdorini quydagicha
hisoblab chiqiladi:
Wc=100*0,1*1,35*0,65=8.77 t/ga.
Topshiriq. 11-jadvaldagi ma’lumotlar bo‘yicha tuproqdagi tuz va suv
miqdorlarini hisoblang hamda tuproqga meliorativ baho bering.
Tuproqdagi suv va tuz miqdorlarini aniqlashga doir ma’lumotlar.
11-jadval
Tuproq
chuqurligi, sm
Tuproqning
hajm massasi t/m3
Suv va tuz miqdori,
og‘irlikka nisbatan %
suv
tuz
0-10
1,30
14,5
0,80
10-20
1,38
20,1
0,70
20-30
1,36
19,9
0,55
50-100
1,35
20,3
0,56
100-200
1,40
22,4
0,46
0-100
1,39
21,1
0,70
0-200
1,38
21,6
0,71
Kerakli narsalar: Tuproqni hajm massasini aniqlash silindri, burg‘u, alyumin
stakanchalar,tYermostat, elektr tarozi, suvli so‘rim analizi natijalari va boshqalar.
Takrorlash uchun savollar:
1.Tuproq tarkibidagi tuz va suv miqdorini aniqlashning qanday ahamiyati
bor?
2.Laboratoriya sharoitida tuz va suv miqdorini aniqlash uchun nima qilinadi?
3.Tuproq og‘irligi nima maqsadda aniqlanadi