TUPROQLARNING SHO‘RLANGANLIK DARAJASI, SIZOT SUVLARNING JOYLASHGAN CHUQURLIGI VA ULARNING MINYERALLASHGANLIK DARAJASINI O‘SIMLIK QOPLAMIGA KO‘RA ANIQLASH
Yuklangan vaqt
2024-04-05
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
8
Faytl hajmi
89,5 KB
TUPROQLARNING SHO‘RLANGANLIK DARAJASI, SIZOT
SUVLARNING JOYLASHGAN CHUQURLIGI VA ULARNING
MINYERALLASHGANLIK DARAJASINI O‘SIMLIK QOPLAMIGA
KO‘RA ANIQLASH
Tuproqlar va sizot suvlarning sho‘rlanganlik darajalari odatda tegishli
dalalarda olingan tuproq namunalarni kimyoviy tahlil qilish yo‘li bilan aniqlanadi.
Bu usul juda aniq bo‘lib xisoblanadi. Lekin, ko‘p mashaqqatli ish, (ko‘p vaqt va
moddiy xarajatlar talab qiladi). Madaniy va yovvoyi o‘simliklarning tuzga
chidamligi har xil va ular tuproqdagi tuzga turlicha munosabatda bo‘ladi. Shuning
uchun ham tuproq va sizot suvlarning sho‘rlanganlik darajalarini o‘simlik
qoplamiga ko‘ra tezkor aniqlash usuli B.F.Fedorov (1964) tomonidan O‘zbekiston
sharoitida (Mirzacho‘l va Farg‘ona vodiysi) ishlab chiqilgan. Ushbu tezkor
aniqlash usuli ayrim kamchiliklardan holi emas, ammo zarurat va vaziyatlardan
kelib chiqib mazkur usul bilan dalalarning holatiga meliorativ baho byerish
mumkin.
Uzoq evolyusiya jarayonida har xil sho‘rlangan tuproqlar va sizot suvlar
sharoitlarga turlicha moslashgan o‘simlik turlari kelib chiqqan. Ayrim o‘simliklar
kuchsiz sho‘rlangan va botqoqlangan, boshqalari - o‘rtacha, uchinchilari esa kuchli
sho‘rlangan va botqoqlangan tuproqlarda o‘sib-rivojlanishi mumkin. Birinchi
gruppa o‘simliklari sho‘rlangan va botqoqlanish jarayonlari me’yorl bo‘lgan
tuproqlarda yaxshi moslashgan bo‘lsa, ikkinchilari esa bir oz qiynalib usib-
rivojlanadi, uchinchilari umuman o‘smasligi va rivojlanmasligi mumkin.
Tuproqlarni sho‘rlanish va botqoqlanish sharoitlariga bunday moslashishi
ma’lum bir o‘simlik gruppalarini shakillanishiga olib keladi. Bu jixatdan o‘simlik
gruppalarini o‘rganish ularga ko‘ra tuproqlarni sho‘rlanishi va botqoqlanish
darajalarini aniqlash imkoniyatini byeradi.
Bu usulni aniqligi va ishonchligi amaliy tomonidan tasdiqlangan bo‘lib, yangitdan
o‘zlashtiriladigan quruq va bo‘z yerlarni meliorativ jixatdan baholashda keng
qo‘llanilmoqda.
Tuproqlarning sho‘rlanganlik darajalari besh ball shakala yordamida quruq
qoldiq, xlor, sulfat ionlariga ko‘ra aniqlanadi (11 jadval). Mazkur besh balli shkala
Mirzacho‘l va Farg‘ona vodiysi tuproqlarning sho‘rlanganlik xarakyerlari va
madaniy o‘simliklarning tuzga chidamliligini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan.
11-jadval
Tuproqlar sho‘rlanganlik darajalarini besh balli shkalasi.
SHurlang
anlik balli
Tuproqning
sho‘rlanish
darajalari
Tuzlarning hisobiy qatlamdagi og‘irligi %
Qattiq
qoldiq
Xlor(Cl)
Sulfat(SO4)
Mirzacho‘l
I
Juda kuchsiz
0,4-0,8
0,01-0,04
0,18-0,36
II
Kuchsiz
0,8-1,2
0,04-0,10
0,36-0,54
III
O‘rtacha
1,2-1,6
0,10-0,20
0,54-0,72
IV
Kuchli
1,6-2,0
0,20-0,30
0,72-0,96
V
SHo‘rxok
2,0-2,5
0,30-0,40
0,96-1,20
Farg‘ona vodiysi
I
Juda kuchsiz
1,0-1,8
0,01-0,04
0,10-1,20
II
Kuchsiz
1,8-3,0
0,04-0,10
1,20-1,80
III
O‘rtacha
2,6-3,6
0,10-0,20
1,80-2,16
IV
Kuchli
3,6-4,9
0,20-0,30
2,16-2,88
V
SHo‘rxok
-
0,30-0,40
-
Ma’lumki ayrim o‘simliklarni har xil sho‘rlangan tuproqlarga moslashganlik
darajalari turlicha bo‘ladi. SHu sababli bu o‘simliklaga ko‘ra tuproqni
sho‘rlanganlik darajasi va sizot suvlarini joylashish chuqurliklairni aniqlash
mumkin emas. Ana shuni hisobga olib ma’lum sharoitga moslashgan o‘simlik
gruppasi aniqlanib, ulardan eng yaxshi moslashgan (o‘sib rivojlanishiga ko‘ra)
o‘simlik turlarini ajratib olinadi va ularga ko‘ra tuproqga meliorativ jihatdan baxo
byeriladi.
Quyidagij jadvalda tuproqni va sizot suvlarni sho‘rlanganlik darajalari
hamda sizot suvlar chuqurligini aniqlashga imkon byeruvchi asosiy o‘simliklar
gruppalari keltirilgan. Bu yerda: o‘simliklar tuproq tiplariga (o‘tloqi-botqoq,
o‘tloqi, o‘tloqi bo‘z va bo‘z) ko‘ra gruppalarga bo‘lingan (12-jadval).
SHuni aytib o‘tish kyerakki, ayrim o‘simliklar o‘zining tuzga chidamliligi
bilan har xil darajada sho‘rlangan tuproqlarda uchrashi mumkin. Masalan: qamish
va yantoq sho‘rlanmagan va sho‘rlangan yerlarda o‘zini juda yaxshi his etadi.
Tuproqlarning
sho‘rlanganlik
darajasi
va
sizot
suvlarning
minyerallashganligi bilan bir qatorda sizot suv satxini ham o‘simlik qoplamiga
ko‘ra aniqlash mumkin. CHunki, sizot suvlarining uzoq vaqt tasiri natijasida shu
tyeritoriyada ayrim o‘simlik gruppalarini shakllanishi vujudga keladi. Mazkur
daladagi o‘simlik qoplamiga qarab faqat sizot suv sathini aniqlabgina qolmay,
balki uning minyerallashganlik darajasiga xam baxo byerish mumkin.
Malumki, sizot suvlari yer betiga qanchalik yaqin joylashgan va
minyerallashgan bo‘lsa, tuproqda sho‘rlanish jarayoni shunchalik tez boradi. Sizot
suvlarning minyerallashganlik darajasi va tuproqning sho‘rlanish darajasi orasidagi
bu bog‘liqlik sizot suvlari yer betiga 3-4 metrdan yaqin joylashgan bir xil gruntli
tuproqlarda yaqqol kuzatiladi.
12-jadval.
Tuproqlarning sho‘rlanganlik va sizot suvlarining chuqurligini
xaraktyerlovchio‘simliklar gruppalari.(B.V.Fedorovning umumlashtirilgan
shkalasi).
Tuproq tiplari bo‘yicha o‘siliklarning biologik gruppalari
Sizot suvlari 0-1m da
joylashgan o‘tloq-
botqoq tuproqlar
Sizot suvlari 1-2m
da joylashgan o‘tloq
tuproqlar
Sizot suvlari 2-
3m da joylashgan
o‘tloqi-bo‘z
tuproqlar
Sizot suvlari 3-
4m da chuqurda
joylashgan bo‘z
tuproqlar
SHo‘rlanmagan tuproqlar (kattiq qoldiq 0,3, xlor – 0,01% gacha)
Bargizub (Podorojnik)
3.G‘umay
(djonsonova trava)
6.Bo‘ztikan
(Bodyak
jeltovato-
cheshuychato‘y)
7.Rang
(Osoka
pusto‘nnaya)
1.Sebarga (klevyer
zemlyanichnoy)
4.YAlpiz
(myata)
8.Sachratqi
(sikoriy)
5. Qizil qiyoq
(Impyerata)
9.Salomalaykum
(So‘t kruglaya)
A) 1 ball sho‘rlanish (juda kuchsiz sho‘rlangan tuproqlar: qattiq qoldiq 0,4-0,8)