TUPROQNING ISSIQLIK XOSSALARI VA REJIMI HAQIDA TUSHUNCHA HAMDA UNING QISHLOQ XO‘JALIK EKINLARI UCHUN AHAMIYATI

Time

Yuklangan vaqt

2025-11-08

Downloads

Yuklab olishlar soni

0

Pages

Sahifalar soni

8

File size

Fayl hajmi

73,0 KB


TUPROQNING ISSIQLIK XOSSALARI VA REJIMI HAQIDA
TUSHUNCHA HAMDA UNING QISHLOQ XO‘JALIK EKINLARI
UCHUN AHAMIYATI
Yer  yuzasiga  keladigan  radiatsiya  miqdoriga  bog‘liq  holda  tuproq
yuzasining harorati o‘zgaradi. Tuproqdagi haroratning bir qismi havoning quyi
qatlamlarini isitishga, bir qismi tuproqdagi namni bug‘latishga, bir qismi tuproqda
o‘sadigan o‘simliklarni harorat bilan ta’minlashga va qolgan qismi tuproqning
ichki chuqur qismlarini isitishga sarflanadi.
Tuproq harorati radiatsiya balansiga bog‘liq. Tuproq yuzasining radiatsiya
balansi quyidagi qismlardan iborat:
(1)
bunda: L – bug‘ hosil bo‘lishi uchun sarf bo‘lgan yashirin issiqlik (o‘rtacha 2,5
ming J/g); E – bug‘lanish tezligi; P – yer yuzasi bilan atmosfera o‘rtasidagi
turbulent  issiqlik  almashinuvi;  A–yer  yuzasi  bilan  atmosferaning  quyi  qismi
o‘rtasidagi molekulyar issiqlik almashinuvi.
Tuproq harorati chuqurlikka mos ravishda isib boradigan bo‘lsa (kunduzi va
yozda) haroratning insolyatsiya tipi, aksincha, ya’ni tuproq yuzasi ichki qismlarga
nisbatan sovuqroq bo‘lsa, tuproq o‘zidagi issiqlikni atmosferaga beradi. Bunga
tuproq haroratining radiatsiya tarqatish tipi deyiladi.
Tuproq harorati o‘simliklar o‘sib rivojlanishining eng muhim omillaridan
biri hisoblanadi. Tuproqning issiqlik rejimi shu joyda kechadigan biologik va
kimyoviy  jarayonlarga  ham  bevosita  ta’sir  etadi.  Tuproqda  ma’lum  harorat
Logotip
TUPROQNING ISSIQLIK XOSSALARI VA REJIMI HAQIDA TUSHUNCHA HAMDA UNING QISHLOQ XO‘JALIK EKINLARI UCHUN AHAMIYATI Yer yuzasiga keladigan radiatsiya miqdoriga bog‘liq holda tuproq yuzasining harorati o‘zgaradi. Tuproqdagi haroratning bir qismi havoning quyi qatlamlarini isitishga, bir qismi tuproqdagi namni bug‘latishga, bir qismi tuproqda o‘sadigan o‘simliklarni harorat bilan ta’minlashga va qolgan qismi tuproqning ichki chuqur qismlarini isitishga sarflanadi. Tuproq harorati radiatsiya balansiga bog‘liq. Tuproq yuzasining radiatsiya balansi quyidagi qismlardan iborat: (1) bunda: L – bug‘ hosil bo‘lishi uchun sarf bo‘lgan yashirin issiqlik (o‘rtacha 2,5 ming J/g); E – bug‘lanish tezligi; P – yer yuzasi bilan atmosfera o‘rtasidagi turbulent issiqlik almashinuvi; A–yer yuzasi bilan atmosferaning quyi qismi o‘rtasidagi molekulyar issiqlik almashinuvi. Tuproq harorati chuqurlikka mos ravishda isib boradigan bo‘lsa (kunduzi va yozda) haroratning insolyatsiya tipi, aksincha, ya’ni tuproq yuzasi ichki qismlarga nisbatan sovuqroq bo‘lsa, tuproq o‘zidagi issiqlikni atmosferaga beradi. Bunga tuproq haroratining radiatsiya tarqatish tipi deyiladi. Tuproq harorati o‘simliklar o‘sib rivojlanishining eng muhim omillaridan biri hisoblanadi. Tuproqning issiqlik rejimi shu joyda kechadigan biologik va kimyoviy jarayonlarga ham bevosita ta’sir etadi. Tuproqda ma’lum harorat
bo‘lgandagina  o‘simliklar  yaxshi  rivojlanib,  mikroorganizmlar  faoliyati
aktivlashadi.  Tuproq  yuzasiga  tushadigan  quyosh  radiatsiyasining  bir  qismi,
tuproqni  qizdirish  uchun  sarflanib,  boshqa  qismi  yana  nurlanib  atmosferaga
qaytadi. Turli tuproqlar har xil darajada isib, sovish xususiyatiga, ya’ni issiqlik
rejimiga ega. Tuproqning issiqlik holati uning genetik qatlamlaridagi haroratning
ko‘rsatkichlari bilan xarakterlanadi. Harorat tuproqda kechadigan kimyoviy, fizik–
kimyoviy, biokimyoviy, biologik jarayonlarning borishi hamda intensivligining
muhim omili hisoblanadi. Tuproqdagi turli birikmalarning erishi va cho‘kmaga
tushishi,  mikroorganizmlar  va  tuproq  faunasining  hayot  faoliyati  tuproqdagi
issiqlik  miqdoriga  bog‘liq.  Qishloq  xo‘jalik  ekinlari  urug‘ining  unib  chiqishi,
ildizlarning rivojlanishi, ulardagi alohida fazalarning o‘tishi, fotosintez jadalligi
singarilarga  bevosita  bog‘liq  bo‘lgan  o‘simlik  hosildorligi  tuproqning  issiqlik
sharoitiga  bog‘liq.  Tuproqda  issiqlik  yetarli  bo‘lmaganda,  o‘simliklar  hosili
kamayib,  ko‘pchilik  ekinlar  nobud  bo‘ladi.  Turli  tuproqning  issiqlik  rejimlari
A.P.Voyekov,  A.F.Chudnovskiy,  M.I.Budiko,  A.M.Shulgin,  A.N.Dimo,
O‘zbekistonda  esa  I.Turapov,  SH.T.Xoliqulov  va  boshqalar  tomonidan
o‘rganilgan.
Tuproqdagi issiqlikning asosiy manbayi – quyosh nur energiyasi (quyosh
radiatsiyasi)  hisoblanadi.  Shuningdek,  tuproqdagi  issiqlikning  uncha  ko‘p
bo‘lmagan  qismi,  yerning  ichki  energiyasi  va  litosferaning  yuqori  qismida
kechadigan  kimyoviy,  biologik  va  radioaktiv  jarayonlar  natijasida  keladigan
issiqlik hisobiga to‘planadi. Organik moddalar (go‘ng, o‘simlik qoldiqlari, har xil
chirindi  kabilar)  ning  chirishi  natijasida  hosil  bo‘ladigan  issiqlik  yopiq  grunt
(parnik xo‘jaligi) sharoitida sabzavotchilikda keng ishlatiladi.
Quyosh radiatsiyasi tuproq yuzasiga yutilib, issiqlik energiyasiga aylanadi
va u tuproqning pastki qatlamlariga o‘tkaziladi. Atmosferaning yerga yaqin qismi
harorati  tuproq  haroratidan  pastroq  bo‘lsa,  tuproqdagi  to‘plangan  issiqlik
atmosferaga qarab o‘tadi.
Yer yuzasiga tushayotgan va yerdan qaytayotgan quyosh radiatsiyalarining
energiyasiga bog‘liq holda tuproq isib–soviydi. Tuproq yuzasiga singdiriladigan va
Logotip
bo‘lgandagina o‘simliklar yaxshi rivojlanib, mikroorganizmlar faoliyati aktivlashadi. Tuproq yuzasiga tushadigan quyosh radiatsiyasining bir qismi, tuproqni qizdirish uchun sarflanib, boshqa qismi yana nurlanib atmosferaga qaytadi. Turli tuproqlar har xil darajada isib, sovish xususiyatiga, ya’ni issiqlik rejimiga ega. Tuproqning issiqlik holati uning genetik qatlamlaridagi haroratning ko‘rsatkichlari bilan xarakterlanadi. Harorat tuproqda kechadigan kimyoviy, fizik– kimyoviy, biokimyoviy, biologik jarayonlarning borishi hamda intensivligining muhim omili hisoblanadi. Tuproqdagi turli birikmalarning erishi va cho‘kmaga tushishi, mikroorganizmlar va tuproq faunasining hayot faoliyati tuproqdagi issiqlik miqdoriga bog‘liq. Qishloq xo‘jalik ekinlari urug‘ining unib chiqishi, ildizlarning rivojlanishi, ulardagi alohida fazalarning o‘tishi, fotosintez jadalligi singarilarga bevosita bog‘liq bo‘lgan o‘simlik hosildorligi tuproqning issiqlik sharoitiga bog‘liq. Tuproqda issiqlik yetarli bo‘lmaganda, o‘simliklar hosili kamayib, ko‘pchilik ekinlar nobud bo‘ladi. Turli tuproqning issiqlik rejimlari A.P.Voyekov, A.F.Chudnovskiy, M.I.Budiko, A.M.Shulgin, A.N.Dimo, O‘zbekistonda esa I.Turapov, SH.T.Xoliqulov va boshqalar tomonidan o‘rganilgan. Tuproqdagi issiqlikning asosiy manbayi – quyosh nur energiyasi (quyosh radiatsiyasi) hisoblanadi. Shuningdek, tuproqdagi issiqlikning uncha ko‘p bo‘lmagan qismi, yerning ichki energiyasi va litosferaning yuqori qismida kechadigan kimyoviy, biologik va radioaktiv jarayonlar natijasida keladigan issiqlik hisobiga to‘planadi. Organik moddalar (go‘ng, o‘simlik qoldiqlari, har xil chirindi kabilar) ning chirishi natijasida hosil bo‘ladigan issiqlik yopiq grunt (parnik xo‘jaligi) sharoitida sabzavotchilikda keng ishlatiladi. Quyosh radiatsiyasi tuproq yuzasiga yutilib, issiqlik energiyasiga aylanadi va u tuproqning pastki qatlamlariga o‘tkaziladi. Atmosferaning yerga yaqin qismi harorati tuproq haroratidan pastroq bo‘lsa, tuproqdagi to‘plangan issiqlik atmosferaga qarab o‘tadi. Yer yuzasiga tushayotgan va yerdan qaytayotgan quyosh radiatsiyalarining energiyasiga bog‘liq holda tuproq isib–soviydi. Tuproq yuzasiga singdiriladigan va
undan  qaytadigan  issiqlikning  miqdori  tuproqning  rangiga,  struktura
agregatlarining holatiga, tuproqning o‘simliklar bilan soyalanishiga, namlanishiga
va boshqa omillarga bog‘liq. Tuproq yuzasiga tushayotgan quyosh radiatsiyasi
miqdori  joyning  geografik  joylashuvi  va relyef  sharoitlariga,  shuningdek,  yil,
kecha–kunduz  davomida  o‘zgarishi  va  atmosfera  holati  (ochiq  yoki  bulutli
bo‘lishi) kabilarga ham bog‘liq. Shimoliy yarimsharda quyosh radiatsiyasining
umumiy oqimi shimoldan janubga borgan sayin oshib boradi. Yer yuzasining
mo‘tadil kenglik zonasida quyosh radiatsiyasi kunning o‘rtalarida, yerning tekis
yuzasida minutiga 0,8–1,5 kal/sm2 ni tashkil etadi.
Tuproqning issiqlik xossalari. Tuproqning issiqlik xossalariga: tuproqning
issiqlik singdirishi, issiqlik sig‘imi va issiqlik o‘tkazuvchanligi kiradi. Tuproqning
issiqlik  singdirishi  –  tuproqning  quyosh  energiyasini  qabul  qilib,  singdirish
xossasidir.  Tuproqning  bu  xossasi  odatda  albedo  (A)  ko‘rsatkichi  bilan
xarakterlanadi. Albedo qanchalik kam bo‘lsa, tuproq quyosh energiyasini shuncha
ko‘p singdiradi. Albedo tuproqning rangiga, namligiga, struktura holatiga, tuproq
yuzasining tekisligiga va o‘simlik qoplamiga bog‘liq (4.1.1–jadval). To‘q tusli,
gumusga boy tuproqlar och tusli tuproqqa nisbatan va nam tuproq quruq tuproqqa
qaraganda quyosh energiyasini  ko‘proq singdiradi  va albedo ko‘rsatkichi  past
bo‘ladi. 
4.1.1–jadval
Turli tuproqlar va o‘simlik qoplamining albedosi, %
(A.F.Chudnovskiy, 1959)
Tuproqlar
Albedo
O‘simliklar 
Albedo
Quruq holdagi qora
14
Bahorgi bug‘doy 
10–25
Nam holdagi qora
8
Kuzgi bug‘doy
16–23
Quruq holdagi bo‘z
25–30
Sabza o‘t
26
Nam holdagi bo‘z
10–12
Qurigan o‘t 
19
Quruq holdagi gil
23
G‘o‘za
20–22
Logotip
undan qaytadigan issiqlikning miqdori tuproqning rangiga, struktura agregatlarining holatiga, tuproqning o‘simliklar bilan soyalanishiga, namlanishiga va boshqa omillarga bog‘liq. Tuproq yuzasiga tushayotgan quyosh radiatsiyasi miqdori joyning geografik joylashuvi va relyef sharoitlariga, shuningdek, yil, kecha–kunduz davomida o‘zgarishi va atmosfera holati (ochiq yoki bulutli bo‘lishi) kabilarga ham bog‘liq. Shimoliy yarimsharda quyosh radiatsiyasining umumiy oqimi shimoldan janubga borgan sayin oshib boradi. Yer yuzasining mo‘tadil kenglik zonasida quyosh radiatsiyasi kunning o‘rtalarida, yerning tekis yuzasida minutiga 0,8–1,5 kal/sm2 ni tashkil etadi. Tuproqning issiqlik xossalari. Tuproqning issiqlik xossalariga: tuproqning issiqlik singdirishi, issiqlik sig‘imi va issiqlik o‘tkazuvchanligi kiradi. Tuproqning issiqlik singdirishi – tuproqning quyosh energiyasini qabul qilib, singdirish xossasidir. Tuproqning bu xossasi odatda albedo (A) ko‘rsatkichi bilan xarakterlanadi. Albedo qanchalik kam bo‘lsa, tuproq quyosh energiyasini shuncha ko‘p singdiradi. Albedo tuproqning rangiga, namligiga, struktura holatiga, tuproq yuzasining tekisligiga va o‘simlik qoplamiga bog‘liq (4.1.1–jadval). To‘q tusli, gumusga boy tuproqlar och tusli tuproqqa nisbatan va nam tuproq quruq tuproqqa qaraganda quyosh energiyasini ko‘proq singdiradi va albedo ko‘rsatkichi past bo‘ladi. 4.1.1–jadval Turli tuproqlar va o‘simlik qoplamining albedosi, % (A.F.Chudnovskiy, 1959) Tuproqlar Albedo O‘simliklar Albedo Quruq holdagi qora 14 Bahorgi bug‘doy 10–25 Nam holdagi qora 8 Kuzgi bug‘doy 16–23 Quruq holdagi bo‘z 25–30 Sabza o‘t 26 Nam holdagi bo‘z 10–12 Qurigan o‘t 19 Quruq holdagi gil 23 G‘o‘za 20–22
Nam holdagi gil
16
Kartoshka 
Sholi 
19
12
Tuproqning issiqlik sig‘imi – tuproqning issiqlikni singdirib, o‘zida ushlab
turish qobiliyati bo‘lib, 1 gramm yoki 1 sm3 hajmdagi tuproqning 1°C ga qizdirish
uchun ketgan va kaloriya bilan o‘lchanadigan issiqlik miqdori bilan ifodalanadi.
Tuproqning og‘irlik (yoki solishtirma) issiqlik sig‘imi va hajmiy issiqlik sig‘imi
ajratiladi. Issiqlik sig‘imi tuproqning minerologik va mexanik tarkibiga, organik
moddalar  miqdoriga,  uning  g‘ovakligi  va  tuproqdagi  havo  miqdoriga  bog‘liq
(4.1.2–jadval).  Suvning  issiqlik  sig‘imi  tuproqdagi  mineral  va  organik
moddalardagiga qaraganda ancha yuqori bo‘lganidan, nam tuproqlarning haroratini
oshirish  uchun  quruq  tuproqqa  nisbatan  ko‘proq  issiqlik  zarur  bo‘ladi.  Nam
tuproqlar sekinroq qizib va sekin soviydi, quruq tuproq tezroq qizib, tez soviydi.
Soz tuproqlar nam holatida qumli tuproqlarga qaraganda ancha yuqori issiqlik
sig‘imiga ega bo‘lganidan, sekinroq soviydi. Shuning uchun serchirindi va og‘ir
mexanik tarkibli tuproqlar «sovuq» tuproq, oz chirindili, yengil (qumli, qumloq)
tuproqlar «iliq» tuproqlar jumlasiga kiradi.
 4.1.2–jadval
Tuproq tarkibiy qismlarining va alohida
minerallarining issiqlik sig‘imi
Modda
Issiqlik sig‘imi
og‘irlik
hajmiy 
kal/(g grad)
j/(g grad)
kal/sm3 grad
j/(sm3grad)
Kvarsli qum
0,196
0,82
0,517
2,16
Gil
0,233
0,98
0,577
2,42
Torf
0,477
2,00
0,611
2,56
Suv
1,000
4,19
1,000
4,19
Kvars
0,198
0,83
–
Logotip
Nam holdagi gil 16 Kartoshka Sholi 19 12 Tuproqning issiqlik sig‘imi – tuproqning issiqlikni singdirib, o‘zida ushlab turish qobiliyati bo‘lib, 1 gramm yoki 1 sm3 hajmdagi tuproqning 1°C ga qizdirish uchun ketgan va kaloriya bilan o‘lchanadigan issiqlik miqdori bilan ifodalanadi. Tuproqning og‘irlik (yoki solishtirma) issiqlik sig‘imi va hajmiy issiqlik sig‘imi ajratiladi. Issiqlik sig‘imi tuproqning minerologik va mexanik tarkibiga, organik moddalar miqdoriga, uning g‘ovakligi va tuproqdagi havo miqdoriga bog‘liq (4.1.2–jadval). Suvning issiqlik sig‘imi tuproqdagi mineral va organik moddalardagiga qaraganda ancha yuqori bo‘lganidan, nam tuproqlarning haroratini oshirish uchun quruq tuproqqa nisbatan ko‘proq issiqlik zarur bo‘ladi. Nam tuproqlar sekinroq qizib va sekin soviydi, quruq tuproq tezroq qizib, tez soviydi. Soz tuproqlar nam holatida qumli tuproqlarga qaraganda ancha yuqori issiqlik sig‘imiga ega bo‘lganidan, sekinroq soviydi. Shuning uchun serchirindi va og‘ir mexanik tarkibli tuproqlar «sovuq» tuproq, oz chirindili, yengil (qumli, qumloq) tuproqlar «iliq» tuproqlar jumlasiga kiradi. 4.1.2–jadval Tuproq tarkibiy qismlarining va alohida minerallarining issiqlik sig‘imi Modda Issiqlik sig‘imi og‘irlik hajmiy kal/(g grad) j/(g grad) kal/sm3 grad j/(sm3grad) Kvarsli qum 0,196 0,82 0,517 2,16 Gil 0,233 0,98 0,577 2,42 Torf 0,477 2,00 0,611 2,56 Suv 1,000 4,19 1,000 4,19 Kvars 0,198 0,83 –
Kaolin
0,233 
0,97
–
Tuproqqa ishlov berish,  yerni sug‘orish yo‘li bilan tuproq g‘ovakligini va
namligini o‘zgartirish hamda ma’lum darajada tuproqning haroratini boshqarish
mumkin.
Tuproqning issiqlik o‘tkazuvchanligi – tuproqning o‘zi orqali issiqlikni
o‘tkazish qobiliyati. Issiqlik o‘tkazuvchanlik 1 sm qalinlikdagi tuproqning 1 sm2
yuzasidan 1 sekundda o‘tadigan  kaloriya yoki  joul hisobidagi issiqlik miqdori
bilan  o‘lchanadi.  Tuproqning  issiqlik  o‘tkazuvchanligi,  uning  mineralogik,
mexanik tarkibiga va organik moddalar miqdoriga hamda tuproq qovushmasi va
tuproqning qattiq, suyuq, gaz fazalari orasidagi o‘zaro nisbatiga bog‘liq. Shunga
ko‘ra, tuproqning tarkibiy qismlari turlicha issiqlik o‘tkazuvchanlikka ega. Buni
quyidagi ma’lumotlardan bilib olish mumkin:
Modda
Issiqlik o‘tkazuvchanlik
kal/sm2 sek
j/sm2 sek
Havo
0,00006
0,000210
Suv
0,00136
0,005866
Torf
0,00027
0,001107
Kvars
0,00240
0,00984
Granit
0,00820
0,033620
Bazalt
0,00520
0,021320
Tuproq mineral qismining issiqlik o‘tkazuvchanligi havoga nisbatan o‘rtacha
100 barobar, suvga nisbatan 28 barobar yuqori. Shuning uchun tuproq qanchalik
nam bo‘lsa, uning issiqlik o‘tkazishi yuqori, g‘ovakligi ko‘p bo‘lganda esa issiqlik
o‘tkazuvchanlik past. Yozda tuproqning yuqori qatlamlari quriganda, uning issiqlik
o‘tkazuvchanligi kamayadi, natijada tuproqning yuqori qismlaridan pastga qarab
issiqlik o‘tkazishi ham pasayadi. Kuz davomida tuproqda ko‘proq nam to‘plash,
Logotip
Kaolin 0,233 0,97 – Tuproqqa ishlov berish, yerni sug‘orish yo‘li bilan tuproq g‘ovakligini va namligini o‘zgartirish hamda ma’lum darajada tuproqning haroratini boshqarish mumkin. Tuproqning issiqlik o‘tkazuvchanligi – tuproqning o‘zi orqali issiqlikni o‘tkazish qobiliyati. Issiqlik o‘tkazuvchanlik 1 sm qalinlikdagi tuproqning 1 sm2 yuzasidan 1 sekundda o‘tadigan kaloriya yoki joul hisobidagi issiqlik miqdori bilan o‘lchanadi. Tuproqning issiqlik o‘tkazuvchanligi, uning mineralogik, mexanik tarkibiga va organik moddalar miqdoriga hamda tuproq qovushmasi va tuproqning qattiq, suyuq, gaz fazalari orasidagi o‘zaro nisbatiga bog‘liq. Shunga ko‘ra, tuproqning tarkibiy qismlari turlicha issiqlik o‘tkazuvchanlikka ega. Buni quyidagi ma’lumotlardan bilib olish mumkin: Modda Issiqlik o‘tkazuvchanlik kal/sm2 sek j/sm2 sek Havo 0,00006 0,000210 Suv 0,00136 0,005866 Torf 0,00027 0,001107 Kvars 0,00240 0,00984 Granit 0,00820 0,033620 Bazalt 0,00520 0,021320 Tuproq mineral qismining issiqlik o‘tkazuvchanligi havoga nisbatan o‘rtacha 100 barobar, suvga nisbatan 28 barobar yuqori. Shuning uchun tuproq qanchalik nam bo‘lsa, uning issiqlik o‘tkazishi yuqori, g‘ovakligi ko‘p bo‘lganda esa issiqlik o‘tkazuvchanlik past. Yozda tuproqning yuqori qatlamlari quriganda, uning issiqlik o‘tkazuvchanligi kamayadi, natijada tuproqning yuqori qismlaridan pastga qarab issiqlik o‘tkazishi ham pasayadi. Kuz davomida tuproqda ko‘proq nam to‘plash,