TUPROQNING TURLI CHUQURLIKLARIDAGI HARORATNI O‘LCHASH

Time

Yuklangan vaqt

2025-11-08

Downloads

Yuklab olishlar soni

0

Pages

Sahifalar soni

9

File size

Fayl hajmi

372,0 KB


TUPROQNING TURLI CHUQURLIKLARIDAGI HARORATNI
O‘LCHASH
Mashg‘ulotning maqsadi: Tuproqning turli chuqurliklaridagi haroratning
o‘zgarish qonuniyatlarini o‘rganish va haroratni o‘lchaydigan termometrlarning
tuzilishi bilan tanishish hamda ularni ishlatish ko‘nikmasiga ega bo‘lish.
Topshiriqlar:
1. Tuproq chuqurliklaridagi haroratning ahamiyatini o‘rganish;
2. Savinov termometrining tuzilishini va undan foydalanib, hisob olishni
o‘rganish;
3. Termometr - shchupning tuzilishini va uni ishlatishni o‘rganish;
4. Tortib olinadigan termometrning tuzilishi, o‘rnatilishi  va undan hisob
olishni o‘rganish.
.
1.1.
Tuproq chuqurliklarining harorati va uning ahamiyati
Tuproq  haroratining  energiya  manbayi  quyosh  radiatsiyasi  hisoblanadi.
Dastlab radiatsiya tuproqning yuza qismini isitadi va asta–sekin isish jarayoni,
issiqlik va harorat o‘tkazuvchanlikka bog‘liq holda, tuproqning ichki qatlamlari
tomon o‘tib boradi. Tuproq haroratining turli chuqurliklarida sutka, oy va yil
davomida  harorati  o‘zgarib  turadigan  qatlam  faol  qatlam  deb  ataladi.  Sutka
davomida  tuproqning  ichki  qatlamida  harorat  o‘zgarmaydigan  qatlam  doimiy
sutkalik harorat qatlami deyiladi. Yil davomida tuproq harorati o‘zgarmaydigan
qatlam esa doimiy yillik harorat qatlami deyiladi. 
Logotip
TUPROQNING TURLI CHUQURLIKLARIDAGI HARORATNI O‘LCHASH Mashg‘ulotning maqsadi: Tuproqning turli chuqurliklaridagi haroratning o‘zgarish qonuniyatlarini o‘rganish va haroratni o‘lchaydigan termometrlarning tuzilishi bilan tanishish hamda ularni ishlatish ko‘nikmasiga ega bo‘lish. Topshiriqlar: 1. Tuproq chuqurliklaridagi haroratning ahamiyatini o‘rganish; 2. Savinov termometrining tuzilishini va undan foydalanib, hisob olishni o‘rganish; 3. Termometr - shchupning tuzilishini va uni ishlatishni o‘rganish; 4. Tortib olinadigan termometrning tuzilishi, o‘rnatilishi va undan hisob olishni o‘rganish. . 1.1. Tuproq chuqurliklarining harorati va uning ahamiyati Tuproq haroratining energiya manbayi quyosh radiatsiyasi hisoblanadi. Dastlab radiatsiya tuproqning yuza qismini isitadi va asta–sekin isish jarayoni, issiqlik va harorat o‘tkazuvchanlikka bog‘liq holda, tuproqning ichki qatlamlari tomon o‘tib boradi. Tuproq haroratining turli chuqurliklarida sutka, oy va yil davomida harorati o‘zgarib turadigan qatlam faol qatlam deb ataladi. Sutka davomida tuproqning ichki qatlamida harorat o‘zgarmaydigan qatlam doimiy sutkalik harorat qatlami deyiladi. Yil davomida tuproq harorati o‘zgarmaydigan qatlam esa doimiy yillik harorat qatlami deyiladi.
SH.T.Xoliqulov,  (2004)  ma’lumotlariga  ko‘ra,  sug‘oriladigan  o‘tloq
tuproqlari sharoitida chuqurliklar bo‘ylab haroratning o‘zgarishini yaqqol tasavvur
qilish mumkin. Chuqurlik ortib borgan sayin harorat amplitudasi kamayib boradi,
doimiy sutkalik harorat qatlami deyarli 50 sm chuqurlikka to‘g‘ri keladi.
Tuproq harorati chuqurliklar bo‘yicha Furening quyidagi qonunlari asosida
o‘zgaradi:
- tuproq  chuqurliklari  bo‘yicha  haroratning  o‘zgarishi  (minimum  va
maksimum o‘rtasidagi farq) sutkada 24 soatga va yilda 12 oyga teng;
- tuproqning chuqurligi arifmetik progressiya bo‘yicha oshib borsa, tuproq
harorati amplitudasi geometrik progressiya bo‘yicha o‘zgarishga ega bo‘ladi; 
- tuproqning chuqurligiga to‘g‘ri proporsional ravishda maksimal va minimal
haroratlarning  bo‘lish  vaqti  chuqurliklarda  tuproq  yuzasiga  nisbatan  doimo
kechikib boradi.
5.1.2–chizma. Turli chuqurliklarda tuproq haroratining sutkalik o‘zgarishi
(SH.Xoliqulov, 2004).
Logotip
SH.T.Xoliqulov, (2004) ma’lumotlariga ko‘ra, sug‘oriladigan o‘tloq tuproqlari sharoitida chuqurliklar bo‘ylab haroratning o‘zgarishini yaqqol tasavvur qilish mumkin. Chuqurlik ortib borgan sayin harorat amplitudasi kamayib boradi, doimiy sutkalik harorat qatlami deyarli 50 sm chuqurlikka to‘g‘ri keladi. Tuproq harorati chuqurliklar bo‘yicha Furening quyidagi qonunlari asosida o‘zgaradi: - tuproq chuqurliklari bo‘yicha haroratning o‘zgarishi (minimum va maksimum o‘rtasidagi farq) sutkada 24 soatga va yilda 12 oyga teng; - tuproqning chuqurligi arifmetik progressiya bo‘yicha oshib borsa, tuproq harorati amplitudasi geometrik progressiya bo‘yicha o‘zgarishga ega bo‘ladi; - tuproqning chuqurligiga to‘g‘ri proporsional ravishda maksimal va minimal haroratlarning bo‘lish vaqti chuqurliklarda tuproq yuzasiga nisbatan doimo kechikib boradi. 5.1.2–chizma. Turli chuqurliklarda tuproq haroratining sutkalik o‘zgarishi (SH.Xoliqulov, 2004).
Tuproq  chuqurliklari  haroratining  ahamiyati. 
Tuproqning  turli
chuqurliklardagi haroratini o‘rganish va u haqida to‘liq tasavvurga ega bo‘lish
meteorologlar,  iqlimshunoslar,  qishloq  xo‘jaligi  xodimlari,  quruvchilar  va
melioratorlar  uchun  muhim  amaliy  ahamiyatga  ega.  Tuproq  yuzasi  quyosh
radiatsiyasini  issiqlik  energiyasiga  aylantiruvchi  faol  yuza  vazifasini  o‘taydi.
Tuproqning  ichki  qismlari  issiqlikni  akkumulyasiya  qiladi  va  shu  bilan  yer
sharining  iqlimiga  ta’sir  ko‘rsatadi.  Qishloq  xo‘jaligida  tuproqning  turli
chuqurliklaridagi (5–10 sm) haroratni bilish o‘simliklar urug‘ining unib chiqishiga
ta’sir ko‘rsatsa, undan chuqurroq qismlarda o‘simlik ildizlarining faoliyatiga, oziqa
elementlarning harakatchanligiga, mikroorganizmlar faoliyatiga, tuproqning suv
rejimiga, sho‘rlanishiga v.b holatlarga katta ta’sir ko‘rsatadi.
Turli  xil  chuqurliklarda  tuproq  haroratini  o‘lchaydigan  asboblarning
tuzilishi,  o‘rnatilishi  va  ulardan  hisob  olish  tartibini  bilish  qishloq  xo‘jalik
xodimlari, gidrometeorologoya mutaxassislari uchun juda muhim ahamiyatga ega.
Tuproq chuqurlik qismining harorati asosan Savinov termometri (0–20 sm), tortib
olinadigan termometrlar bilan o‘lchanadi. Bundan tashqari, termometr TET–2,
termometr M–54–2 kabi elektrotermometrdan ham foydalaniladi.
5.2.
Savinov termometri TM–5
Ushbu termometr yilning issiq davrlarida tuproqning 5, 10, 15 va 20 sm
chuqurliklardagi haroratni o‘lchashga mo‘ljallangan simobli termometrdir. Asbob
shkalasining har bir bo‘lagi 0,5oC ga teng. Rezervuari silindrik shaklda bo‘lib,
rezervuardan biroz yuqorida termometr  korpusi  135o ga egilgan (5.2.1–rasm).
Rezervuar bilan shkala o‘rtasidagi (simob harakatlanadigan) shisha naychaning
atrofi issiqlikni himoya qiluvchi material bilan o‘ralgan. Bu termometr g‘ilofiga
tegib turgan rezervuardan yuqoridagi tuproq haroratining ta’siridan himoya qiladi
va mo‘ljallangan chuqurlikdagi tuproq haroratini aniq o‘lchashga yordam beradi.
Savinov  termometrlari  meteorologik  maydonchadagi,  maxsus  o‘tdan
tozalangan, shudgorlangan tuproqqa (5.2.1–rasm, b), tuproq yuzasining haroratini
Logotip
Tuproq chuqurliklari haroratining ahamiyati. Tuproqning turli chuqurliklardagi haroratini o‘rganish va u haqida to‘liq tasavvurga ega bo‘lish meteorologlar, iqlimshunoslar, qishloq xo‘jaligi xodimlari, quruvchilar va melioratorlar uchun muhim amaliy ahamiyatga ega. Tuproq yuzasi quyosh radiatsiyasini issiqlik energiyasiga aylantiruvchi faol yuza vazifasini o‘taydi. Tuproqning ichki qismlari issiqlikni akkumulyasiya qiladi va shu bilan yer sharining iqlimiga ta’sir ko‘rsatadi. Qishloq xo‘jaligida tuproqning turli chuqurliklaridagi (5–10 sm) haroratni bilish o‘simliklar urug‘ining unib chiqishiga ta’sir ko‘rsatsa, undan chuqurroq qismlarda o‘simlik ildizlarining faoliyatiga, oziqa elementlarning harakatchanligiga, mikroorganizmlar faoliyatiga, tuproqning suv rejimiga, sho‘rlanishiga v.b holatlarga katta ta’sir ko‘rsatadi. Turli xil chuqurliklarda tuproq haroratini o‘lchaydigan asboblarning tuzilishi, o‘rnatilishi va ulardan hisob olish tartibini bilish qishloq xo‘jalik xodimlari, gidrometeorologoya mutaxassislari uchun juda muhim ahamiyatga ega. Tuproq chuqurlik qismining harorati asosan Savinov termometri (0–20 sm), tortib olinadigan termometrlar bilan o‘lchanadi. Bundan tashqari, termometr TET–2, termometr M–54–2 kabi elektrotermometrdan ham foydalaniladi. 5.2. Savinov termometri TM–5 Ushbu termometr yilning issiq davrlarida tuproqning 5, 10, 15 va 20 sm chuqurliklardagi haroratni o‘lchashga mo‘ljallangan simobli termometrdir. Asbob shkalasining har bir bo‘lagi 0,5oC ga teng. Rezervuari silindrik shaklda bo‘lib, rezervuardan biroz yuqorida termometr korpusi 135o ga egilgan (5.2.1–rasm). Rezervuar bilan shkala o‘rtasidagi (simob harakatlanadigan) shisha naychaning atrofi issiqlikni himoya qiluvchi material bilan o‘ralgan. Bu termometr g‘ilofiga tegib turgan rezervuardan yuqoridagi tuproq haroratining ta’siridan himoya qiladi va mo‘ljallangan chuqurlikdagi tuproq haroratini aniq o‘lchashga yordam beradi. Savinov termometrlari meteorologik maydonchadagi, maxsus o‘tdan tozalangan, shudgorlangan tuproqqa (5.2.1–rasm, b), tuproq yuzasining haroratini
o‘lchaydigan  termometrlarning  g‘arb  tomoniga  ulardan  20  sm  uzoqlikda
o‘rnatiladi.
Termometrlarni  o‘rnatish  uchun  sharqdan  g‘arbga  qaragan  yo‘nalishda
shimol tomonga 300 qiyalikda, uzunligi 40 sm, eni 25 sm va chuqurligi 20 sm li
o‘ra  qaziladi. O‘raning shimoliy  qismi  devori  tik qilib kesiladi.  Tik devorga
sharqdan g‘arbga qarab 5, 10, 15, 20 sm chuqurlikda termometr rezervuari yonma–
yon joylashadigan qilib devordan gorizontal bo‘ylab chuqurchalar qilinadi (5.2.1–
rasm).
Termometrning rezervuari o‘ra devoriga zich qilib tiqib qo‘yiladi. Har bir
termometr oralig‘idagi masofa gorizontal bo‘yicha 10 sm ga teng bo‘lishi kerak.
Termometrning tuproqdan chiqib turgan qismi  bilan tuproq yuzasi  o‘rtasidagi
burchak 450 ga teng bo‘lishi lozim (5.2.1–rasm, a). So‘ngra kovlangan chuqurning
tuprog‘i  imkon  darajasida  gorizonti  buzilmagan  holda  qayta  o‘z  joylariga
joylashtiriladi.
a
b
5.2.1–rasm. Savinov tuproq termometrlari
 
Termometrlarning holatini bir xil tutib turish uchun maxsus yog‘och tirgak
termometr korpusiga tirab qo‘yiladi. Termometrdan 0,1oC aniqlikda hisob olinadi.
Logotip
o‘lchaydigan termometrlarning g‘arb tomoniga ulardan 20 sm uzoqlikda o‘rnatiladi. Termometrlarni o‘rnatish uchun sharqdan g‘arbga qaragan yo‘nalishda shimol tomonga 300 qiyalikda, uzunligi 40 sm, eni 25 sm va chuqurligi 20 sm li o‘ra qaziladi. O‘raning shimoliy qismi devori tik qilib kesiladi. Tik devorga sharqdan g‘arbga qarab 5, 10, 15, 20 sm chuqurlikda termometr rezervuari yonma– yon joylashadigan qilib devordan gorizontal bo‘ylab chuqurchalar qilinadi (5.2.1– rasm). Termometrning rezervuari o‘ra devoriga zich qilib tiqib qo‘yiladi. Har bir termometr oralig‘idagi masofa gorizontal bo‘yicha 10 sm ga teng bo‘lishi kerak. Termometrning tuproqdan chiqib turgan qismi bilan tuproq yuzasi o‘rtasidagi burchak 450 ga teng bo‘lishi lozim (5.2.1–rasm, a). So‘ngra kovlangan chuqurning tuprog‘i imkon darajasida gorizonti buzilmagan holda qayta o‘z joylariga joylashtiriladi. a b 5.2.1–rasm. Savinov tuproq termometrlari Termometrlarning holatini bir xil tutib turish uchun maxsus yog‘och tirgak termometr korpusiga tirab qo‘yiladi. Termometrdan 0,1oC aniqlikda hisob olinadi.
5.3.Termometr - shchup AM–6
Tuproq haydov qatlamining turli chuqurliklaridagi haroratni o‘lchaydi (5.3.1–
rasm). Termometr rezervuari toluol suyuqligi bilan to‘ldirilgan. Shkalasining har
bir bo‘lagi 1oC ga teng. Metall yoki plastmassali g‘ilofning 4 ichida rezervuarga
shisha  naycha  ulangan.  Termometrning  pastki  qismi  uchli  qilib  yasalgan
rezervuarni himoyalovchi konussimon moslamadan 3 iborat.  Rezervuar ebonetli
himoya qiluvchi prokladka va mis qirindisi 2 bilan himoyalangan. 
5.3.1–rasm.Termometr–shchupning tuzilishi:
 1–termometr;2–metall g‘ilof; 3–konussimon uchlik; 4–ebonit prokladka
(qistirma); 5–maxsus tirqish; 6–dastak; 7–shkala.
Asbobning yuqori  qismida shkala  joylashtirilgan 1, eng yuqori  qismida
dastak  6  mavjud.  Termometr  tik  holatda  o‘rnatilishi  lozim.  Termometrning
himoyalangan qismida tuproq chuqurliklari 0–50 sm gacha shkala 7 yozilgan.
Logotip
5.3.Termometr - shchup AM–6 Tuproq haydov qatlamining turli chuqurliklaridagi haroratni o‘lchaydi (5.3.1– rasm). Termometr rezervuari toluol suyuqligi bilan to‘ldirilgan. Shkalasining har bir bo‘lagi 1oC ga teng. Metall yoki plastmassali g‘ilofning 4 ichida rezervuarga shisha naycha ulangan. Termometrning pastki qismi uchli qilib yasalgan rezervuarni himoyalovchi konussimon moslamadan 3 iborat. Rezervuar ebonetli himoya qiluvchi prokladka va mis qirindisi 2 bilan himoyalangan. 5.3.1–rasm.Termometr–shchupning tuzilishi: 1–termometr;2–metall g‘ilof; 3–konussimon uchlik; 4–ebonit prokladka (qistirma); 5–maxsus tirqish; 6–dastak; 7–shkala. Asbobning yuqori qismida shkala joylashtirilgan 1, eng yuqori qismida dastak 6 mavjud. Termometr tik holatda o‘rnatilishi lozim. Termometrning himoyalangan qismida tuproq chuqurliklari 0–50 sm gacha shkala 7 yozilgan.
5.4.1-rasm. Tortib olinadigan tuproq 
termometrining tuzilishi.
Termometr  kerakli  chuqurlikka  o‘rnatiladi.  Agar  tuproq  qattiq  bo‘lsa,  kerakli
chuqurlikkacha  asbob  erkin  kiradigan  o‘ra  qilinadi.  Termometr  tuproqqa
o‘rnatilgandan keyin mavjud haroratni aks ettirishi uchun 10–15 minut kutiladi va
so‘ngra  hisob  olinadi.  Hisobning  aniqligi  0,5oC  ga  teng  bo‘lishi  lozim.
Termometrni doimo vertikal (tik) holda bo‘lishiga alohida e’tibor berish lozim.
5.4. Tortib olinadigan tuproq termometri TPV–50
Tuproqning 20, 40, 60, 80, 120, 240 va 320 sm chuqurliklariga o‘rnatiladi
(5.4.1–rasm). Barcha termometrlar simobli bo‘lib, shkalasining har bir chizig‘i
0,2oC ga teng. 
Termometr 1, maxsus g‘ilof (gardish) 2 ichiga o‘rnatilgan. Gardishning eng
pastki qismiga metall qalpoqcha 3 kiygizilgan. Qalpoqchaning ichiga rezervuarni
o‘rab  turuvchi  mis  qirindisi  solingan.  Bu  tashqi  haroratni  yaxshi  o‘tkazib
rezervuarga  yetkazish  uchun  xizmat  qiladi.  Termometrlar  maxsus  yog‘och
tayoqchalarga  4  mahkamlangan.  Bu  tayoqchalar  termometrlarning  o‘rnatilish
chuqurligiga qarab uzaytirib boriladi. Termometrlarni chuqurdan tortib olish uchun
eng yuqori qismiga qalpoqcha 5 va halqa 6 o‘rnatilgan. Tuproq haroratini o‘lchash
Logotip
5.4.1-rasm. Tortib olinadigan tuproq termometrining tuzilishi. Termometr kerakli chuqurlikka o‘rnatiladi. Agar tuproq qattiq bo‘lsa, kerakli chuqurlikkacha asbob erkin kiradigan o‘ra qilinadi. Termometr tuproqqa o‘rnatilgandan keyin mavjud haroratni aks ettirishi uchun 10–15 minut kutiladi va so‘ngra hisob olinadi. Hisobning aniqligi 0,5oC ga teng bo‘lishi lozim. Termometrni doimo vertikal (tik) holda bo‘lishiga alohida e’tibor berish lozim. 5.4. Tortib olinadigan tuproq termometri TPV–50 Tuproqning 20, 40, 60, 80, 120, 240 va 320 sm chuqurliklariga o‘rnatiladi (5.4.1–rasm). Barcha termometrlar simobli bo‘lib, shkalasining har bir chizig‘i 0,2oC ga teng. Termometr 1, maxsus g‘ilof (gardish) 2 ichiga o‘rnatilgan. Gardishning eng pastki qismiga metall qalpoqcha 3 kiygizilgan. Qalpoqchaning ichiga rezervuarni o‘rab turuvchi mis qirindisi solingan. Bu tashqi haroratni yaxshi o‘tkazib rezervuarga yetkazish uchun xizmat qiladi. Termometrlar maxsus yog‘och tayoqchalarga 4 mahkamlangan. Bu tayoqchalar termometrlarning o‘rnatilish chuqurligiga qarab uzaytirib boriladi. Termometrlarni chuqurdan tortib olish uchun eng yuqori qismiga qalpoqcha 5 va halqa 6 o‘rnatilgan. Tuproq haroratini o‘lchash