TUPROQQA ASOSIY VA YUZA ISHLOV BERISH MASHINALARINING TURLARI VAZIFASI, TUZILISHI VA TEXNOLOGIK ISH JARAYONLARI
Yuklangan vaqt
2024-05-15
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
8
Faytl hajmi
416,0 KB
Ilmiybaza.uz
TUPROQQA ASOSIY VA YUZA ISHLOV BERISH MASHINALARINING
TURLARI VAZIFASI, TUZILISHI VA TEXNOLOGIK ISH
JARAYONLARI
1. Ishning maqsadi:Tuproqqa asosiy va yuza ishlov ishlov berish usullari
va agrotexnik talablar, pluglar xamda tirmalarning vazifasi, tuzilishi va ularni ishga
tayyorlash bo‘yicha ko‘nikmalar berish.
2. Kerakli jihozlar: Tirkama yoki osma plug, tishli yoki diskli tirmalar,
ko‘rgazmali qurollar, o‘quv filmlari.
3. Ishni bajarish tartibi:
Tuproqqa asosiy ishlov berishdan maqsad–unga ko‘proq suvni singib
ketishini yaxshilash, o‘simlik ildizi rivojlanadigan qatlamda ko‘plab suv
to‘planishi va namlikni uzoq muddat saqlanishini ta’minlash hamda ildiz
sistemasini kuchli rivojlanishi uchun sharoit yaratish, mineral va mahalliy
o‘g‘itlarni tuproqqa aralashtirish, bundan tashqari, begona o‘t qoldiqlari va
zararkunandalarni yo‘qotishdan iborat.
Yer haydash tuproqqa ishlov berishning asosiy usuli bo‘lib, bunda tuproq
qatlami pluglar yordamida ag‘darib va ag‘darmasdan haydaladi.
Plugning umumiy tuzilishi va ishlash jarayoni. Pluglar (5.1-rasm)
quyidagi asosiy qismlardan rama1, chimqirqar 2, disksimon pichoq 3, asosiy
korpus 4 dan iborat.
Агротехник талаблар:ҳайдов чуқурлигининг белгилангандан четланиши, кўпи
билан
2 см; ўсимлик қолдиқларининг кўмилиш чуқурлиги, камида: икки ярусли
плуглар учун 20 см ва умумий ишлар плуглари учун 10 см; шудгорда ўлчами 50 мм дан
кичик фракциялар миқдори, камида 75%; шудгор юзасидаги нотекисларнинг ўртача
баландлиги, кўпи билан 5 см дан ошмаслиги керак.
Ilmiybaza.uz
a) b)
5.1-rasm. Plugning asosiy qismlari: a) orqadan ko‘rinishi; b) yon tarafdan
ko‘rinishi; 1-rama; 2- chimqirqar; 3- diskali pichoq; 4-asosiy korpus; 5-ag‘dargich;
6-lemex; 7-dala taxtasi;
Asosiy korpus ag‘dargich 5, lemex 6 va dala taxtasi 4 dan tashkil topgan
bo‘lib, tuproq qatlamini to‘liq ag‘darish uchun xizmat qiladi.
Plug
korpuslarini
turlari.Er
xaydash
sifati
plug
korpusining
konstruksiyasi, uning geometrik shakli va ish yuzasining egat devori hamda uning
tubiga nisbatan joylashishiga bog‘liq.
Konstruksiyasiga ko‘ra korpuslar ag‘dargichli, ag‘dargichsiz, kesik, tuproqni
chukurlatuvchi, chiqarilgan iskanali, diskli, kombinatsiyalashgan ko‘rinishda
bo‘ladi.
Plug korpusini tanlashda kuyidagi ko‘rsatkichlari: kamrash kengligi,
xaydash chuqurligi, egat tubi va egat devoriga nisbatan lemexni o‘rnatish burchagi
hamda ish sirtining (yuzasining) shakliga qarab aniqlanadi.
Dala
taxtasi
yordamida
plugning
korpusi
ariqning
tubi
va
devorchasiga tayannib xarakatlanadi.
Pichoq tuproqni kesish va unda uchragan o‘simliklar qoldig‘i, ildizlari,
qatlamlarni ajratish va tekis egat olish uchun xizmat qiladi. Pichoqlar diskli
va qalamchasimon bo‘lib, ular chimqirqar lemexining oldiga o‘rnatiladi.
Qalamchasimon pichoqlar o‘rmon buta-botqoqli va plantajli pluglarda
ishlatiladi.
Ilmiybaza.uz
Chimkirkar o‘simlik qoldiqlariga boy bo‘lgan tuproqning yuqori qatlamni
egat tubiga ag‘darib tashlash uchun xizmat qiladi. Chimqirqarning ishchi shakli
plugning asosiy korpusiga o‘xshaydi, ammo undan kichikroq o‘lchamda
bo‘ladi. Ramada chimqirqar plug korpusidan 30-35 sm oldinga o‘rnatiladi.
Bundan
maqsad
-
tuproqningq
qatlami
ularning
orasidan
oson
o‘tkazishidadir.
Chimqirqar
qatlamning
yuqorigi
qismini
6-12
sm
chuqurlikda kesadi va yerni haydashda uni egatning tubiga tashlaydi.
Plugning ishlash jarayoni quyidagicha amalga oshiriladi: plug
oldinga xarakatlanganda, pichoq 3 tuproqni 10-12 sm chuqurlikda kesib
ketadi. Unga izma-iz kelayotgan chimqarqar 2 tuproqning yuqori qatlamini
6-12 sm chuqurlikda va 15-20 sm kenglikda kesib oladi, uni maydalaydi va
oldingi korpus ochib ketgan egatning ostiga tashlaydi.
So‘ngra asosiy korpus 4 ning lemexi 6 tuproq qatlamining asosiy
qismini kesadi va ag‘dargich 5 ga ko‘tarib beradi, ag‘dargich uni
maydalaydi hamda bir vaqtning o‘zida egatning tubiga chimqirqar tashlagan
tuproqni ustidan yopadi.
Lemex va ag‘dargichning yuzasi yaxlit holda
korpusning umumiy ishchi yuzasini tashkil etadi.
Pluglarni ishga tayyorlash va sozlash. Dalalarni sifatli hamda kam harajat
sarflab xaydash uchun har bir bir plug tekis maydonchaga o‘rnatilib, ko‘rikdan
o‘tkaziladi. Bunda uning barcha ish organlarining mavjudligi, lemexlar tig‘larining
o‘tkirlanganligi va maydoncha yuziga paralelligini, ularning uchi maydoncha
yuzasiga birdek tegib turishi, korpuslarning balandliklari, ular orasidagi masofalar
bir xilligi hamda dala taxtalarining harakat yo‘nalishiga paralelligi tekshirib
ko‘riladi.
Ikki yarusli pluglarda (PYa-3-35, PD-4-45, PNYa-4+1-45) ularning yuqorigi
yarus korpuslari pastki yarus korpuslariga nisbatan 45-55sm oldinga va plug
ramasi bo‘ylama bruslarining chap tomoniga joylashtirilishi darkor.
Chimqirqarli pluglarda (PN-4-35,PLN-5-35, LD-100) chimqirqar asosiy
korpusdan 20-25 sm oldinda turishi hamda uning xaydash chuqurligi 10-12 sm
oraliqda bo‘lishi kerak. Yuqoridagi ishlar bajarilgandan keyin haydash chuqurligi
Ilmiybaza.uz
sozlanadi. Tirkama pluglarda (PYa-3-35) haydash chuqurligi ularning dala
mexanizmi shturvalini aylantirib, o‘rnatma pluglarda esa tayanch g‘ildiragini 6
(5.2-rasm) balandlik bo‘yicha siljitib sozlanadi. Agar o‘rnatma pluglar ramasi
bo‘ylama yo‘nalish bo‘yicha oldinga og‘gan bo‘lsa, traktor o‘rnatish qurilmasi
markaziy tortqisi 3 (5.2-rasm) uzaytiriladi, aks xolda- qisqartiriladi. Ramaning 4
ko‘ndalang yo‘nalishi bo‘yicha og‘ishi traktorning o‘rnatish qurilmasi pastki
tortqilari 1 kashaklarini 2 qisqartirish yoki uzaytirish yo‘li bilan sozlanadi.
5.2-rasm. Osma plug ramasining dala yuzasiga parallelligini sozlash:
1-pastki tortqich; 2-pastki tortqich kashagi; 3-markaziy tortqi; 4-plug ramasi; 5-
korpus; 6-rostlash mexanizmi
Tirkama pluglarda ramaning oldinga og‘ishi uning tortqisini pasaytirgichda
pastga tushirib, orqaga og‘ishi esa ko‘tarib to‘g‘rilanadi. Rama ko‘ndalang
yo‘nalish bo‘yicha o‘ngga og‘sa plug egat g‘ildiragini pastga tushirish, chapga
oqqanda esa ko‘tarish kerak bo‘ladi.
Plug birinchi korpusining qamrov kengligi boshqa korpuslarga nisbatan ko‘p
bo‘lsa, plug traktorga nisbatan chap tomonga, kam bo‘lganda esa o‘ng tomonga
suriladi.
Tirmalash - tuproqning yuza qismiga tirmalar bilan ishlov berilib, bunda
tuproqdagi namlikni bug‘lanib ketmasligi uchun uning yuzasida bir tekis
yumshatilgan qatlam hosil qilishdan iborat. Shu bilan birga tirmalash jarayonida
mayda notekisliklar va begona o‘tlar yo‘qotiladi.
Тирмалашга қуйиладиган агротехник талаблар: ишлов бериш чуқурлиги, 4-6
см; юмшатилган қатламдаги тупроқнинг уваланиш сифати: ўлчами 25 мм дан кичик
фракциялар миқдори, камида 80%; ўлчами 50 мм дан катта фракциялар миқдори,кўпи
билан5%; униб чиқаётган бегона ўтларнинг йўқотилиш даражаси, камида 95%; тишлар
қолдирган изларнинг чуқурлиги, кўпи билан 5 см ташкил этиши керак.
Ilmiybaza.uz
Tirmalar tuproqning yuza qismini yumshatish, tekislash, qatqaloq va
begona o‘tlarni yo‘qotish, kesaklarni maydalash, urug‘ va o‘g‘itlarni ko‘mish
uchun qo‘llaniladi. Ular ishchi qismlarining shakliga qarab tishli va diskli turlarga
bo‘linadi.
Tishli tirmalarning ishchi qismlari tishlardan iborat bo‘lib, ularning
ko‘ndalang kesim yuzasi to‘g‘ri to‘rtburchak, kvadrat, aylana, oval shaklida (6.1a-
rasm) yasalgan bo‘ladi. Uning konsruksiyasi ikki burchakli ponasimon (6.1v –
rasm) ko‘rinishda bo‘lgan holda, oldingi burchagi bilan tuproq qatlamini yorib
qirqadi, yon burchaklari bilan suradi, aralashtiradi, katta o‘lchamli kesaklarni
maydalaydi.
Tirma tishlari yerning yuza qismiga 10 sm chuqurlikgacha
ishlov berish mumkin.
Tishli BZTS-1,0 og‘ir va BZSS-1,0 yengil tirmalarning plankalari 2 kesimi
to‘g‘ri to‘rtburchakli bo‘lib, ularga ustki tomondan ko‘ndalang plankalar 1
ko‘yilgan. Plankalarni kesishgan joyiga turli kesimdagi tishlar 3 mahkamlangan.
Tishning ish qismi uchi bir tomonlama qiya qilib ishlangan (6.1b-rasm).
Sho‘rlanmagan hamda yaxob suvi berilmaydigan dalalarni tirmalashda ikki
qator qilib o‘rnatilgan BZSS-1.0 rusumli o‘rta og‘irlikdagi tirmalardan, yuvilgan
va yaxob suvi berilgan dalalarni boronalashda esa BZTX-1,0 va BZTS-1,0 rusumli
og‘ir tirmalardan foydalanish yuqori ish sifatini ta’minlaydi.
Pushta yoki jo‘yak olingan dalalarni tirmalashda chopiq traktorlari bilan
qo‘llanilishga tayyorlanishi, chunki bunda pushta va jo‘yaklar traktor g‘ildiraklari
tomonidan ezilmaydi. Ular traktorlarga uch nuqtali sxema bo‘yicha osiladi.
Bunda agregat bir xil tipdagi tirmalardan tashkil topgan hamda ularning
tishlari to‘g‘ri, o‘tkirlangan, birday uzunlikda hamda o‘tkirlangan uchi bilan
oldinga (harakat yo‘nalishi bo‘yicha) qarab o‘rnatilgan bo‘lishi kerak (6.1v-rasm).
Ilmiybaza.uz
6.1-rasm. Tishli tirmalarning tuzilishi: a) - tirma tishlari: kvadrat (A),
dumalok (B), to‘rtburchak (V) kesimli va panjali (G) tishlar; D – to‘rsimon tirma
tishlari; b) – tishli tirmaning umumiy ko‘rinishi: 1va 2 – rama plankalari, 3-tishlar;
v) – tishning o‘rnatish sxemasi;
Diskli tirmalar yengil (BDS-3) va (BDT-3) og‘ir turlarga bo‘linadi. Yengil
diskli tirmalar bilan 10 sm chuqurlikkagacha xaydalgan yerlarga va bog‘dorchilik
ishlarida bog‘ qator oralariga ishlov berish uchun ishlatiladi. Og‘ir diskli tirmalar
esa 20 sm chuqurlikkacha tuproqqa ishlov beradi.
Diskli BDT-3 o‘rnatma tirmasi (6.2-rasm) rama 3, o‘rnatma mexanizm 1 va
ikki qatorga o‘rnatilgan diskli to‘rtta batareyadan 2 tashkil topgan. Disklar 6
tayanch vtulkalar 7 va podshipnikli uzellar 11 yordamida o‘q 5 ga o‘rnatilgan.
Chala joylar kolmasligi uchun ketingi qator diski oldingi qator disklari oraligiga
o‘rnatiladi. Borona 2 m li kamrash kengligiga sozlashda yon bruslar 4
yakinlashtiriladi, ketingi chap batareyaga yettita, kolganlariga esa oltitadan disk
joylashtiriladi.
Diskli tirmalarning ishchi qismi sferik shakldagi maxsus po‘latdan yasalgan
diametri 450 yoki 510 mm li disklardan iborat. Tirmalarga qirqma sferik disk
o‘rnatilgan bo‘lsa, ular tuproqka yaxshi chuqurlashadi (botadi), o‘simlik
qoldiklarini yaxshi maydalaydi. Ammo diskli tirmalarni ko‘p yillik begona o‘tlar
(ajriq, g‘umay, qamish) bosgan maydonlarga ishlov berish mumkin emas, chunki
bu holatda o‘tlarning ildizlari qirqilishi natijasida bu maydonlarda begona o‘tlar
ko‘payib ketishi mumkin.
Ilmiybaza.uz
Ish jarayonida tirmalarning hamma tishlari tuproqqa bir xil chuqurlikda
botishi, har bir tish mustaqil iz qoldirishi va ular orasidagi masofa bir xil bo‘lishi
kerak.
Sho‘ri yuvilgan va yaxob suvi berilgan maydonlarda oldin dalaning yetilgan
qismlari oralatib, so‘ngra esa butun dala tirmalanadi. Shunda tuproqning mayin
bo‘lishi va butun dalani birday yetilishi ta’minlanadi. Agar dastlabki tirmalashdan
keyin yoqqan yomg‘irlar qalin qatqaloq bo‘lishiga olib kelsa, mazkur tadbir
takrorlanadi.
6.2-rasm. Diskli tirmaning tuzilishi: a - umumiy ko‘rinishi; b – disklar
batareyasi; 1-o‘rnatish mexanizmi; 2-batareya; 3-rama; 4-yon brus; 5-o‘k; 6-disk;
7-tirak vtulka; 8-kronshteyn; 9-shtir; 10-tozalagich; 11-podshipnik
Tirmalarni ishga tayyorlash. Tuproq ortiqcha zichlanmasligi hamda ish
unumdorligi yuqori bo‘lishi uchun tirmalash agregatlari zanjirli traktorlar va keng
qamrovli tirkamalar asosida tuziladi.
Qaytish joylarida va daladan chiqib ketilayotganda agregat to‘xtatilib,
yig‘ilib qolgan o‘simlik qoldiqlari va begona o‘tlardan tozalanishi hamda ular dala
chetiga chiqarib tashlanishi darkor.
4. Ish bo‘yicha hisobotda: Ishning maqsadi, kerakli jihozlar, yer haydash
texnologiyasi va agrotexnik talablar, plug va uning asosiy ishchi qismlarini
vazifasi, tuzilishi (5.2-rasm) va ish jarayonini xamda tirmalash texnologiyasi va
Ilmiybaza.uz
agrotexnik talablar, tirmalarning vazifasi, tuzilishi (6.2-rasm) va ularni ishga
tayyorlash tartibi ko‘rsatilishi kerak.
Nazorat savollari:
1.Pluglar vazifasiga ko‘ra qanday turlarga bo‘linadi?
2.Pluglar traktorga agregatlanishiga ko‘ra qanday turlarga bo‘linadi?
3.Osma plugni xaydash chuqurligi qanday o‘rnatiladi?
4.Plugning bo‘ylama va ko‘ngdalang notekisligi qanday rostlanadi?
5.Er haydash ishlariga qo‘yiladigan agrotexnik talablarni ayting.
6.Nima uchun sho‘ri yuvilgan maydonlar og‘ir tirmalar bilan tarmalash mohiyatini
izohlang.
7.Tirma tishining to‘g‘ri o‘rnatish qoidasini tushuntiring.
8.Tirmalash jarayonining maqsadi nimadan iborat?
9.Turmalarning turlarini va ularning asosiy afzalliklarini ayting.