TUPROQSHUNOSLIK FANINING RIVOJLANISH TARIXI. TUPROQ PAYDO BO’LISH JARAYONINING UMUMIY SXEMASI VA TUPROQ PROFILINING SHAKILLANISHI

Time

Yuklangan vaqt

2025-11-08

Downloads

Yuklab olishlar soni

0

Pages

Sahifalar soni

18

File size

Fayl hajmi

475,6 KB


TUPROQSHUNOSLIK FANINING RIVOJLANISH TARIXI. TUPROQ
PAYDO BO’LISH JARAYONINING UMUMIY SXEMASI VA TUPROQ
PROFILINING SHAKILLANISHI
Reja:
1. Kirish.Tuproq-tabiiy jism, qishlok xo’jalik ishlab chiqarishining asosiy
vositasi.
2. Qishloq xo’jaligini rivojida tuproqshunoslik fanining axamiyati.
3. Rossiyada va chet elda genetik tuproqshunoslik fanining axamiyati.
4.O’zbekiston  Respublikasida  tuproqshunoslik  fanining  rivojlanishi  va
axamiyati.
Tayanch iboralar: tuproq, genetik tuproqshunoslik ,o’simlik, tabiiy jism,
unumdorlik, tuproq qoplami.
Tuproqshunoslik - tuproq haqidagi fan bo’lib, tabiiy jism va ishlab chiqarish
vositasi  hisoblangan  tuproqning  kelib  chiqishi,  tuzilishi,  tarkibi  va  xossalari,
unumdorligi hamda geografik tarqalishi qonunlarini o’rganadi.
Tuproqning eng muhim xossasi - unumdorlikdir. Tuproq unumdorligining
rivojlanishida  tirik  organizmlar,  jumladan  yashil  o’simliklar  va
mikroorganizmlarning roli alohida ahamiyatga ega. Shunga ko’ra tuproqning yana
Logotip
TUPROQSHUNOSLIK FANINING RIVOJLANISH TARIXI. TUPROQ PAYDO BO’LISH JARAYONINING UMUMIY SXEMASI VA TUPROQ PROFILINING SHAKILLANISHI Reja: 1. Kirish.Tuproq-tabiiy jism, qishlok xo’jalik ishlab chiqarishining asosiy vositasi. 2. Qishloq xo’jaligini rivojida tuproqshunoslik fanining axamiyati. 3. Rossiyada va chet elda genetik tuproqshunoslik fanining axamiyati. 4.O’zbekiston Respublikasida tuproqshunoslik fanining rivojlanishi va axamiyati. Tayanch iboralar: tuproq, genetik tuproqshunoslik ,o’simlik, tabiiy jism, unumdorlik, tuproq qoplami. Tuproqshunoslik - tuproq haqidagi fan bo’lib, tabiiy jism va ishlab chiqarish vositasi hisoblangan tuproqning kelib chiqishi, tuzilishi, tarkibi va xossalari, unumdorligi hamda geografik tarqalishi qonunlarini o’rganadi. Tuproqning eng muhim xossasi - unumdorlikdir. Tuproq unumdorligining rivojlanishida tirik organizmlar, jumladan yashil o’simliklar va mikroorganizmlarning roli alohida ahamiyatga ega. Shunga ko’ra tuproqning yana
bir  ta’rifini  keltiramiz:  «Iqlim  va  tirik  organizmlar  ta’sirida  o’zgargan  va
o’zgarayotgan hamda unumdorlik qobiliyatiga ega bo’lgan yerning ustki g’ovak
qatlamiga tuproq deyiladi».
Unumdorlik tuproqning o’simliklarni turli oziq moddalar, suv, havo hamda
issiqlik  bilan ta’minlash  qobiliyatidir.  Tuproqning tog’  jinslardan  tubdan  farq
qiladigan  ana  shu  sifat  belgisini  mashhur  tuproqshunos  olim  va  agronom
V.R.Vilyams mukammal o’rgangan. V.R. Vilyamsning tuproq haqidagi ta’rifida
ham  unumdorlik  xossasi  alohida  ta’kidlanadi:  "Biz  tuproq  haqida  gapirganda
o’simliklardan hosil olishni ta’minlaydigan yer shari quruqlik qismining yuqori
g’ovak gorizontlarini tushunamiz". 
Tuproq  bu  qishloq  xo’jaligida  asosiy  ishlab  chiqarish  vositasi,  qayta
tiklanmaydigan tabiiy resurs hisoblanadi. Tuproq insoniyat jamiyatiga nisbatan
ikki xil ahamiyatga ega: birinchi tomondan, bu fizik muhit, insonlarning yashashi
uchun, hayot uchun makon, ikkinchi tomondan - bu iqtisodiy asos, ishlab chiqarish
vositasi. Shuning uchun uni asrab-avaylab, har doim unumdorligini oshirishga
g’amg’urlik qilish kerak. Kishilar tomonidan yerdan foydalanish masalalari sosial-
iqtisodga  daxldor  katta  va murakkab  masalalar  kompleksidir,  jumladan  yerga
egalik  masalalari,  yer  to’g’risidagi  qonunchilik,  yerga  egalik  huquqi,  yerni
iqtisodiy baholash va x.z. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1-chaqiriq
11-12 sessiyalari (30 aprel va 28 avgust 1998 yil) da "Yer kodeksi", "Davlat Yer
kadastri to’g’risida" gi qonunlar muhokama qilinib qabul qilindi. Ushbu hujjatlarda
"Yer umummilliy boylik, O’zbekiston Respublikasi xalqlarining hayoti, faoliyati
va farovonligining asosi sifatida undan oqilona foydalanish zarur va u davlat
tomonidan muhofaza qilinadi» deb ko’rsatilgan.
Tuproq - insonlarni  ardoqlab, noz-ne’matlar  bilan to’ydirayotgan  bitmas-
tuganmas boylik hamda zaruriy oziq-ovqat mahsulotlari va kerakli xom ashyo
yetishtiradigan manbadir. Tuproq yurtimizning eng asosiy boyligi. Tuproq hayot
uchun quyosh, havo va suvdek zarur bo’lib, u biologik tirik jism hisoblanadi. 
Tuproq qatlami bioqatlamdagi hayotni turli salbiy oqibatlardan himoyalashda
o’ziga xos ekran rolini bajaradi. Biosferaning barqaror holati tuproq qoplamining
Logotip
bir ta’rifini keltiramiz: «Iqlim va tirik organizmlar ta’sirida o’zgargan va o’zgarayotgan hamda unumdorlik qobiliyatiga ega bo’lgan yerning ustki g’ovak qatlamiga tuproq deyiladi». Unumdorlik tuproqning o’simliklarni turli oziq moddalar, suv, havo hamda issiqlik bilan ta’minlash qobiliyatidir. Tuproqning tog’ jinslardan tubdan farq qiladigan ana shu sifat belgisini mashhur tuproqshunos olim va agronom V.R.Vilyams mukammal o’rgangan. V.R. Vilyamsning tuproq haqidagi ta’rifida ham unumdorlik xossasi alohida ta’kidlanadi: "Biz tuproq haqida gapirganda o’simliklardan hosil olishni ta’minlaydigan yer shari quruqlik qismining yuqori g’ovak gorizontlarini tushunamiz". Tuproq bu qishloq xo’jaligida asosiy ishlab chiqarish vositasi, qayta tiklanmaydigan tabiiy resurs hisoblanadi. Tuproq insoniyat jamiyatiga nisbatan ikki xil ahamiyatga ega: birinchi tomondan, bu fizik muhit, insonlarning yashashi uchun, hayot uchun makon, ikkinchi tomondan - bu iqtisodiy asos, ishlab chiqarish vositasi. Shuning uchun uni asrab-avaylab, har doim unumdorligini oshirishga g’amg’urlik qilish kerak. Kishilar tomonidan yerdan foydalanish masalalari sosial- iqtisodga daxldor katta va murakkab masalalar kompleksidir, jumladan yerga egalik masalalari, yer to’g’risidagi qonunchilik, yerga egalik huquqi, yerni iqtisodiy baholash va x.z. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1-chaqiriq 11-12 sessiyalari (30 aprel va 28 avgust 1998 yil) da "Yer kodeksi", "Davlat Yer kadastri to’g’risida" gi qonunlar muhokama qilinib qabul qilindi. Ushbu hujjatlarda "Yer umummilliy boylik, O’zbekiston Respublikasi xalqlarining hayoti, faoliyati va farovonligining asosi sifatida undan oqilona foydalanish zarur va u davlat tomonidan muhofaza qilinadi» deb ko’rsatilgan. Tuproq - insonlarni ardoqlab, noz-ne’matlar bilan to’ydirayotgan bitmas- tuganmas boylik hamda zaruriy oziq-ovqat mahsulotlari va kerakli xom ashyo yetishtiradigan manbadir. Tuproq yurtimizning eng asosiy boyligi. Tuproq hayot uchun quyosh, havo va suvdek zarur bo’lib, u biologik tirik jism hisoblanadi. Tuproq qatlami bioqatlamdagi hayotni turli salbiy oqibatlardan himoyalashda o’ziga xos ekran rolini bajaradi. Biosferaning barqaror holati tuproq qoplamining
normal funksiyasi va uning muhofazasi bilan chambarchas bog’liq. Tuproqning
eng  asosiy  vazifalaridan  biri  Yerdagi  hayotning  mavjudligini,  davomiyligini
ta’minlashdir. Aynan, o’simliklar, ular orqali esa hayvonot dunyosi va insonlar
o’zining yashashi uchun, biomassasini yaratish uchun oziqa moddalar va suvni
tuproqdan oladi. Tuproqda organizmlar uchun qulay va zarur o’zlashtirilaoladigan
kimyoviy birikmalar shaklida biofil elementlar to’planadi. Tuproqda barcha yer
usti  o’simliklari  rivojlanadi,  unda  mikroorganizmlar  va  turli  xil  jonivorlar
oziqlanadi. Tuproqsiz yerdagi tirik organizmlarning tabiiy assosiasiyasi faoliyat
ko’rsata olmaydi. Eng muhimi, bunda biosfera jarayonlarining birligini  ya’ni:
tuproq bu hayotning mahsuli va shu bilan birga uning mavjudligining sharti . 
Ekosistemada  ya’ni  inson  yashaydigan  tabiiy  muhitda,  tuproq  muhim
ahamiyatga  ega,  qaysiki  aynan  tuproq  ularni  iste’mol  qiladigan  asosiy  oziqa
massasi bilan ta’minlaydi. 
2. Tuproq yer sharining barcha qobiqlari hayotida katta rol o’ynaydi va qator
vazifalarni  bajaradi.  Ayniqsa  tuproq  qoplamining  qatlamning  ajralmas  qismi
sifatidagi xilma-xil ko’plab vazifalari alohida ahamiyatga ega. Tuproq qoplamining
bioqatlamdagi  asosiy  (boshqalar  bilan  almashtirib  bo’lmaydigan)  vazifalari
quyidagilardir: 
1).  Tuproqning bioekologik vazifasi - tuproq ekologiya manbai va muhit
bo’lib,  unda  ko’plab  organik  moddalar  to’planadi.  Akademik  V.A.Kovdaning
hisobicha yer yuzasida (asosan o’rmonlarda) to’planadigan biologik qism miqdori
qariyb  n·1013 tonnani  tashkil  etadi.  Yer  osti  ildiz  qismi  hamda  hayvonot  va
mikroorrganizmlar faoliyati bilan bog’liq organik moddalar miqdori bundan kam
emas. 
2).  Tuproq qatlamining bioenergetik vazifasi. Tuproq qoplamini o’z ichiga
oluvchi  ekologik  sistemada  o’simliklar  har  yili  yerda  taxminan  n·1017  kkal
miqdordagi  kimyoviy  aktiv  energiya  to’playdi.  Tuproqning  o’zida  organik
moddalar (detrit, gumus-chirindi)da n·1018 kkal miqdorida energiya to’planadi.Har
bir tonna gumus 5 ·106 kkal potensial energiyaga ega 1 g gumus 4,5-5 kkal
kimyoviy energiya saqlaydi. 
Logotip
normal funksiyasi va uning muhofazasi bilan chambarchas bog’liq. Tuproqning eng asosiy vazifalaridan biri Yerdagi hayotning mavjudligini, davomiyligini ta’minlashdir. Aynan, o’simliklar, ular orqali esa hayvonot dunyosi va insonlar o’zining yashashi uchun, biomassasini yaratish uchun oziqa moddalar va suvni tuproqdan oladi. Tuproqda organizmlar uchun qulay va zarur o’zlashtirilaoladigan kimyoviy birikmalar shaklida biofil elementlar to’planadi. Tuproqda barcha yer usti o’simliklari rivojlanadi, unda mikroorganizmlar va turli xil jonivorlar oziqlanadi. Tuproqsiz yerdagi tirik organizmlarning tabiiy assosiasiyasi faoliyat ko’rsata olmaydi. Eng muhimi, bunda biosfera jarayonlarining birligini ya’ni: tuproq bu hayotning mahsuli va shu bilan birga uning mavjudligining sharti . Ekosistemada ya’ni inson yashaydigan tabiiy muhitda, tuproq muhim ahamiyatga ega, qaysiki aynan tuproq ularni iste’mol qiladigan asosiy oziqa massasi bilan ta’minlaydi. 2. Tuproq yer sharining barcha qobiqlari hayotida katta rol o’ynaydi va qator vazifalarni bajaradi. Ayniqsa tuproq qoplamining qatlamning ajralmas qismi sifatidagi xilma-xil ko’plab vazifalari alohida ahamiyatga ega. Tuproq qoplamining bioqatlamdagi asosiy (boshqalar bilan almashtirib bo’lmaydigan) vazifalari quyidagilardir: 1). Tuproqning bioekologik vazifasi - tuproq ekologiya manbai va muhit bo’lib, unda ko’plab organik moddalar to’planadi. Akademik V.A.Kovdaning hisobicha yer yuzasida (asosan o’rmonlarda) to’planadigan biologik qism miqdori qariyb n·1013 tonnani tashkil etadi. Yer osti ildiz qismi hamda hayvonot va mikroorrganizmlar faoliyati bilan bog’liq organik moddalar miqdori bundan kam emas. 2). Tuproq qatlamining bioenergetik vazifasi. Tuproq qoplamini o’z ichiga oluvchi ekologik sistemada o’simliklar har yili yerda taxminan n·1017 kkal miqdordagi kimyoviy aktiv energiya to’playdi. Tuproqning o’zida organik moddalar (detrit, gumus-chirindi)da n·1018 kkal miqdorida energiya to’planadi.Har bir tonna gumus 5 ·106 kkal potensial energiyaga ega 1 g gumus 4,5-5 kkal kimyoviy energiya saqlaydi.
3).  Tuproq  qoplamining  azot  oqsil  to’plash  vazifasi.  Tuproq  -  o’simlik
tarzidagi  ekologik  sistema,  atmosferadagi  molekulyar  N  ni  to’plab,  ularni
aminokislotlar  va oqsillarga aylantirish  xususiyatiga  ega. Yer  yuzasi  quruqlik
qismi tuproqlaridagi azotning biologik fiksasiyalanishi har yili 140 mln.t.ni tashkil
etadi.
4).  Tuproq  qoplamining  biokimyoviy  vazifasi -  tuproqda  to’planadigan
bioyig’ilma  turli  kimyoviy  elementlar  va  ular  birikmalarining  manbai  ham
hisoblanadi. O’simliklarning ildiz sistemasi tuproqning pastki qismlaridan ko’plab
kimyoviy elementlar (S, N, H, O, P, Ca, K, Mg, Al singari) ni so’rib oladi va
tuproq qatlamlarida to’plash imkoniyatini beradi.
5).  Tuproq  qatlamining  gidrologik  vazifasi -  tuproq  qoplamining  yer
gidrologik siklidagi va gidrosferadagi roli ham nihoyatda katta. Tuproq qoplamida
atmosfera yog’inlari to’planadi, bug’simon suvlar kondensasiyalanib erkin suvga
aylanadi. 
6)  Tuproq  qoplamining  atmosfera  gaz  tarkibiga  ta’siri  vazifasi -  tuproq
qoplamining yer sharining gaz rejimi va atmosfera tarkibining shakllanishida,
fotosintezda,  karbonat  angidridining  birikishi,  azot  to’plashi,  kislorod  va
vodorodning to’planishida, denitrifikasiya, desulfofikasiyada, oksidlanish va nafas
olishida,  karbonat  angidridning  atmosferaga  qaytishi  va  aylanishi  kabi
jarayonlarida ham katta rol o’ynaydi. 
 Tuproq  qoplami  bioqatlamdagi  hayotni  turli  salbiy  oqibatlardan
himoyalashda o’ziga xos ekran rolini bajaradi. Biosferaning barqaror holati tuproq
qoplamining normal funksiyasi va uning muhofazasi bilan chambarchas bog’liqdir.
Tuproq fizik nuqtai nazardan uch fazali sistema hisoblanadi, ya’ni qattiq,
suyuq (tuproq eritmasi) va gazsimon (tuproqdagi havo) fazalardan tarkib topgan.
Tuproqning qattiq fazasi-qismi  mineral  hamda  organik moddalardan iboratdir.
Tuproqning mineral qismi quruqlikning yuza qatlamidagi tog’ jinslarining nurashi
natijasida paydo bo’ladi. Yerning qattiq qobig’i - Litosfera har xil mineral va
magmatik  (zich-kristal),  cho’kindi  va  metamorfik  tog’   jinslardan  tashkil
topgan.Minerallar tabiatda kvars (Si02) va kalsiy karbonat (SaSO3) singari qattiq,
Logotip
3). Tuproq qoplamining azot oqsil to’plash vazifasi. Tuproq - o’simlik tarzidagi ekologik sistema, atmosferadagi molekulyar N ni to’plab, ularni aminokislotlar va oqsillarga aylantirish xususiyatiga ega. Yer yuzasi quruqlik qismi tuproqlaridagi azotning biologik fiksasiyalanishi har yili 140 mln.t.ni tashkil etadi. 4). Tuproq qoplamining biokimyoviy vazifasi - tuproqda to’planadigan bioyig’ilma turli kimyoviy elementlar va ular birikmalarining manbai ham hisoblanadi. O’simliklarning ildiz sistemasi tuproqning pastki qismlaridan ko’plab kimyoviy elementlar (S, N, H, O, P, Ca, K, Mg, Al singari) ni so’rib oladi va tuproq qatlamlarida to’plash imkoniyatini beradi. 5). Tuproq qatlamining gidrologik vazifasi - tuproq qoplamining yer gidrologik siklidagi va gidrosferadagi roli ham nihoyatda katta. Tuproq qoplamida atmosfera yog’inlari to’planadi, bug’simon suvlar kondensasiyalanib erkin suvga aylanadi. 6) Tuproq qoplamining atmosfera gaz tarkibiga ta’siri vazifasi - tuproq qoplamining yer sharining gaz rejimi va atmosfera tarkibining shakllanishida, fotosintezda, karbonat angidridining birikishi, azot to’plashi, kislorod va vodorodning to’planishida, denitrifikasiya, desulfofikasiyada, oksidlanish va nafas olishida, karbonat angidridning atmosferaga qaytishi va aylanishi kabi jarayonlarida ham katta rol o’ynaydi. Tuproq qoplami bioqatlamdagi hayotni turli salbiy oqibatlardan himoyalashda o’ziga xos ekran rolini bajaradi. Biosferaning barqaror holati tuproq qoplamining normal funksiyasi va uning muhofazasi bilan chambarchas bog’liqdir. Tuproq fizik nuqtai nazardan uch fazali sistema hisoblanadi, ya’ni qattiq, suyuq (tuproq eritmasi) va gazsimon (tuproqdagi havo) fazalardan tarkib topgan. Tuproqning qattiq fazasi-qismi mineral hamda organik moddalardan iboratdir. Tuproqning mineral qismi quruqlikning yuza qatlamidagi tog’ jinslarining nurashi natijasida paydo bo’ladi. Yerning qattiq qobig’i - Litosfera har xil mineral va magmatik (zich-kristal), cho’kindi va metamorfik tog’ jinslardan tashkil topgan.Minerallar tabiatda kvars (Si02) va kalsiy karbonat (SaSO3) singari qattiq,
neft (SnNn), suv (N2O) kabi suyuq hamda karbonat angidrid (CO2) singari gaz
holida  uchraydi.   Mineral  jinslar  turli  murakkab  jarayonlar  natijasida  paydo
bo’ladi. Ularning ko’pchiligi uzoq muddat davom etgan, geokimyoviy jarayonlar
natijasida paydo bo’lib, ular anorganik mineral jinslar, biokimyoviy jarayonlar
natijasida paydo bo’lganlari esa organik-mineral jinslar yoki biolitlar (bios-hayot,
litos-tosh demakdir)  deyiladi. Minerallar  va  tog’  jinslari  tuproq ona  jinsining
manbaidir. 
Yer qa’rida yoki ustida tabiiy kimyoviy reaksiya natijasida paydo bo’lgan va
ma’lum darajada doimiy kimyoviy tarkibga, ichki tuzilishga (strukturaga) va tashqi
belgilarga ega  bo’lgan  tabiiy  kimyoviy  birikmalar va sof elementlar mineral deb
ataladi. 
Demak, yer qobig’ida uchraydigan  minerallar o’zining kimyoviy tarkibi va
fizikaviy  xossalari   jihatdan  bir-biridan farq qiladi. Masalan,  kvars  (SiO2),
ortoklaz  (K 2Al2Si6O16 ),  dolomit  (SaMg  (SO3)2),  albit  (Na2Al2Si6O16),  anortit
(SaAl2Si2O8), muskovit (KN2Al3 (SiON)3) ning har qaysi alohida mineraldir.
Mineral  murakkab  har  xil  geoximiyaviy  va  bioximiyaviy  prosesslar
natijasida shakllangan litosferada paydo bo’ladigan tabiiy jinsdir.
Litosferaning ma’lum qismida ko’p joyni  egallagan bir  yoki  bir nechta
mineral to’plamidan tashkil topgan tabiiy jismlarga  tog’ jinsi deyiladi. Masalan:
granit, siyenit, marmar, qum va shag’al tog’ jinslaridir.
Barcha tog’ jinslari uch gruppaga, ya’ni  magmatik (otqindi),  cho’kindi va
metamorfik  tog’  jinslariga  bo’linadi.  Litosferaning  ko’p  qismi  magmatik  va
metamorfik  tog’  jinslaridan  tashkil  topgan  bo’lib,  faqat  yupqa  yuza  qatlami
cho’kindi  tog’  jinslari  bilan  qoplangan.  Quruqlikning  yuza  qatlamida  (asosan
tekisliklarda) cho’kindi tog’ jinslari 75 foizni, magmatik va metaforfik tog’ jinslari
esa 25 foizni tashkil etadi. Magmatik (otqindi) tog’ jinslari yer qobig’ining ichki
qismidagi yuqori darajali temperatura sharoitida erigan magma (silikatli massa)
ning sovib qotishi natijasida paydo bo’lgan intruziv (yoki ichki chuqurlik) jinslar
(granit, diorit, siyenit kabi to’la kristallangan tog’ jinslari), effuziv - otilib chiqqan,
oddiy temperaturada tez sovigan jinslar obsidian, (vulqon oynasi), bazalt singari
Logotip
neft (SnNn), suv (N2O) kabi suyuq hamda karbonat angidrid (CO2) singari gaz holida uchraydi. Mineral jinslar turli murakkab jarayonlar natijasida paydo bo’ladi. Ularning ko’pchiligi uzoq muddat davom etgan, geokimyoviy jarayonlar natijasida paydo bo’lib, ular anorganik mineral jinslar, biokimyoviy jarayonlar natijasida paydo bo’lganlari esa organik-mineral jinslar yoki biolitlar (bios-hayot, litos-tosh demakdir) deyiladi. Minerallar va tog’ jinslari tuproq ona jinsining manbaidir. Yer qa’rida yoki ustida tabiiy kimyoviy reaksiya natijasida paydo bo’lgan va ma’lum darajada doimiy kimyoviy tarkibga, ichki tuzilishga (strukturaga) va tashqi belgilarga ega bo’lgan tabiiy kimyoviy birikmalar va sof elementlar mineral deb ataladi. Demak, yer qobig’ida uchraydigan minerallar o’zining kimyoviy tarkibi va fizikaviy xossalari jihatdan bir-biridan farq qiladi. Masalan, kvars (SiO2), ortoklaz (K 2Al2Si6O16 ), dolomit (SaMg (SO3)2), albit (Na2Al2Si6O16), anortit (SaAl2Si2O8), muskovit (KN2Al3 (SiON)3) ning har qaysi alohida mineraldir. Mineral murakkab har xil geoximiyaviy va bioximiyaviy prosesslar natijasida shakllangan litosferada paydo bo’ladigan tabiiy jinsdir. Litosferaning ma’lum qismida ko’p joyni egallagan bir yoki bir nechta mineral to’plamidan tashkil topgan tabiiy jismlarga tog’ jinsi deyiladi. Masalan: granit, siyenit, marmar, qum va shag’al tog’ jinslaridir. Barcha tog’ jinslari uch gruppaga, ya’ni magmatik (otqindi), cho’kindi va metamorfik tog’ jinslariga bo’linadi. Litosferaning ko’p qismi magmatik va metamorfik tog’ jinslaridan tashkil topgan bo’lib, faqat yupqa yuza qatlami cho’kindi tog’ jinslari bilan qoplangan. Quruqlikning yuza qatlamida (asosan tekisliklarda) cho’kindi tog’ jinslari 75 foizni, magmatik va metaforfik tog’ jinslari esa 25 foizni tashkil etadi. Magmatik (otqindi) tog’ jinslari yer qobig’ining ichki qismidagi yuqori darajali temperatura sharoitida erigan magma (silikatli massa) ning sovib qotishi natijasida paydo bo’lgan intruziv (yoki ichki chuqurlik) jinslar (granit, diorit, siyenit kabi to’la kristallangan tog’ jinslari), effuziv - otilib chiqqan, oddiy temperaturada tez sovigan jinslar obsidian, (vulqon oynasi), bazalt singari
jinslardir.  Magmatik  tog’  jinslari  litosferani  tashkil  etadiganjinslar  umumiy
massasining 95 foizini tashkil etadi.
Cho’kindi tog’ jinslari nurash tufayli sodir bo’lgan zarra va zarrachalarning
suv va shamol ta’sirida yer yuzasining quruqlik qismida hamda dengiz, ko’llar,
daryolarda to’planishidan, o’simlik va hayvonot  olamining qoldiqlaridan hosil
bo’ladi.  Cho’kindi  tog’  jinslarining  ko’p  qismi  o’zining  kovakli,  g’ovakli  va
qatlamli bo’lishi singari xususiyatlari bilan boshqa xildagi tog’ jinslaridan farq
qiladi.Cho’kindi  tog’  jinslar  magmatik  yoki  metamorfik  tog’  jinslari  nurashi
natijasida  paydo  bo’lgan  har  xil  katta-kichik zarra  va  parchalar  yig’indisidan
iborat. Bu cho’kindi jinslar zarralarining katta-kichikligiga ko’ra: loyqali, to’zonli,
qumli, va yirik zarrali gruppalarga bo’linadi.
Tabiatda tuz holidagi kimyoviy cho’kindilardan galit (NaCl), silvin (KCl),
gips (CaSO4·2N2O) va karnalit (MgCl2 KCl 6N2O) tuzlar ko’proq tarqalgan.
Organik cho’kindi tog’ jinslari yoki biolitlar o’simlik va hayvonot olamining
qoldiqlaridan paydo bo’lib, ulardan oxaktosh (CaSO3) va dolomit (CaSO3, MgSO3)
tabiatda juda ko’p tarqalgandir. Suv o’tlari qoldig’idan paydo bo’lgan trepel va
diatomit  singari  organik  cho’kindilar  ohaktoshlarga  nisbatan  ancha  kamroq
uchraydi. Kimyoviy va organik tog’ jinslaridan tuproq ona jinsi paydo bo’lishida
karbonatli (ohaktosh, dolomitli) jinslar katta ahamiyatga ega.
Metamorfik tog’ jinslari. Bu gruppadagi tog’ jinslari yer qobig’ining quyi
qismida magmatik va cho’kindi tog’ jinslarining murakkab geologik o’zgarishlari
natijasida paydo bo’ladi. Metamorfik tog’  jinslari mineralogik tarkibiga ko’ra
gneys, slanes, marmar va kvarsit gruppalariga bo’linadi. 
Yer  yuzining  muayyan  qismida  (quruqlik  va  dengiz  tagida)  uchraydigan
dastlabki (eng qadimgi) tog’ jinslari yer geologik tarixining to’rtlamchi davridan
ilgari vujudga kelgan, ular asosan zich va qattiq holdagi qatlamlardir. To’rtlamchi
yoki  hozirgi  geologik  davrda  paydo  bo’lgan  tog’  jinslarining  ko’pchiligi  esa
g’ovak holda (valun, shag’al, qum, chang, loyqa va boshqalar), yer yuzi quruqlik
qismining tekisliklarida ko’p uchraydi. Ularning aksariyati tuproqlarning ona jinsi
hisoblanadi.
Logotip
jinslardir. Magmatik tog’ jinslari litosferani tashkil etadiganjinslar umumiy massasining 95 foizini tashkil etadi. Cho’kindi tog’ jinslari nurash tufayli sodir bo’lgan zarra va zarrachalarning suv va shamol ta’sirida yer yuzasining quruqlik qismida hamda dengiz, ko’llar, daryolarda to’planishidan, o’simlik va hayvonot olamining qoldiqlaridan hosil bo’ladi. Cho’kindi tog’ jinslarining ko’p qismi o’zining kovakli, g’ovakli va qatlamli bo’lishi singari xususiyatlari bilan boshqa xildagi tog’ jinslaridan farq qiladi.Cho’kindi tog’ jinslar magmatik yoki metamorfik tog’ jinslari nurashi natijasida paydo bo’lgan har xil katta-kichik zarra va parchalar yig’indisidan iborat. Bu cho’kindi jinslar zarralarining katta-kichikligiga ko’ra: loyqali, to’zonli, qumli, va yirik zarrali gruppalarga bo’linadi. Tabiatda tuz holidagi kimyoviy cho’kindilardan galit (NaCl), silvin (KCl), gips (CaSO4·2N2O) va karnalit (MgCl2 KCl 6N2O) tuzlar ko’proq tarqalgan. Organik cho’kindi tog’ jinslari yoki biolitlar o’simlik va hayvonot olamining qoldiqlaridan paydo bo’lib, ulardan oxaktosh (CaSO3) va dolomit (CaSO3, MgSO3) tabiatda juda ko’p tarqalgandir. Suv o’tlari qoldig’idan paydo bo’lgan trepel va diatomit singari organik cho’kindilar ohaktoshlarga nisbatan ancha kamroq uchraydi. Kimyoviy va organik tog’ jinslaridan tuproq ona jinsi paydo bo’lishida karbonatli (ohaktosh, dolomitli) jinslar katta ahamiyatga ega. Metamorfik tog’ jinslari. Bu gruppadagi tog’ jinslari yer qobig’ining quyi qismida magmatik va cho’kindi tog’ jinslarining murakkab geologik o’zgarishlari natijasida paydo bo’ladi. Metamorfik tog’ jinslari mineralogik tarkibiga ko’ra gneys, slanes, marmar va kvarsit gruppalariga bo’linadi. Yer yuzining muayyan qismida (quruqlik va dengiz tagida) uchraydigan dastlabki (eng qadimgi) tog’ jinslari yer geologik tarixining to’rtlamchi davridan ilgari vujudga kelgan, ular asosan zich va qattiq holdagi qatlamlardir. To’rtlamchi yoki hozirgi geologik davrda paydo bo’lgan tog’ jinslarining ko’pchiligi esa g’ovak holda (valun, shag’al, qum, chang, loyqa va boshqalar), yer yuzi quruqlik qismining tekisliklarida ko’p uchraydi. Ularning aksariyati tuproqlarning ona jinsi hisoblanadi.
Tuproq ona jinslari va umuman tuproq paydo bo’lishida tog’ jinslari va
minerallarning  nurash  prosesslari  juda  muhim,  chunki  nurash  mahsullari
keyinchalik davom etadigan turli kimyoviy va biologik prosesslar ta’sirida o’zgara
borib ularda yangi xususiyatlar  yuzaga keladi  va tabiiy mustaqil jins holdagi
tuproqqa aylanadi.
 2. Tog’ jinslari va minerallarning nurashi. Litosferaning ustki qatlamidagi
qattiq, zich va yaxlit holdagi magmatik, metamorfik va boshqa turdagi tog’ jinslari
va  ular  tarkibidagi  minerallar  uzoq  davrlar  davomida  har  xil  tabiiy  faktorlar
ta’sirida o’zgaradi va parchalanadi.
Temperaturaning o’zgarishi, suv, havo va organizmlar ta’sirida tog’ jinslari va
minerallarning maydalanish hodisasiga nurash deyiladi. 
1-rasm. Granitning nurashi.   
 2-rasm. Magmatik tog’ jinslarining 
nurashi.
Litosferaning nurash jarayoni davom etayotgan ustki-yuza qatlamiga nurash
qobig’i deyiladi. Bunda 2 zona ajratiladi: ustki yoki hozirgi zamon nurash zonasi
va chuqurlik yoki qadimgi zamon nurash zonasi. Tuproq paydo bo’lish jarayoni
sodir bo’ladigan hozirgi zamon nurash zonasining qalinligi bir necha santimetrdan
2-10 m gacha bo’lishi mumkin. 
Logotip
Tuproq ona jinslari va umuman tuproq paydo bo’lishida tog’ jinslari va minerallarning nurash prosesslari juda muhim, chunki nurash mahsullari keyinchalik davom etadigan turli kimyoviy va biologik prosesslar ta’sirida o’zgara borib ularda yangi xususiyatlar yuzaga keladi va tabiiy mustaqil jins holdagi tuproqqa aylanadi. 2. Tog’ jinslari va minerallarning nurashi. Litosferaning ustki qatlamidagi qattiq, zich va yaxlit holdagi magmatik, metamorfik va boshqa turdagi tog’ jinslari va ular tarkibidagi minerallar uzoq davrlar davomida har xil tabiiy faktorlar ta’sirida o’zgaradi va parchalanadi. Temperaturaning o’zgarishi, suv, havo va organizmlar ta’sirida tog’ jinslari va minerallarning maydalanish hodisasiga nurash deyiladi. 1-rasm. Granitning nurashi. 2-rasm. Magmatik tog’ jinslarining nurashi. Litosferaning nurash jarayoni davom etayotgan ustki-yuza qatlamiga nurash qobig’i deyiladi. Bunda 2 zona ajratiladi: ustki yoki hozirgi zamon nurash zonasi va chuqurlik yoki qadimgi zamon nurash zonasi. Tuproq paydo bo’lish jarayoni sodir bo’ladigan hozirgi zamon nurash zonasining qalinligi bir necha santimetrdan 2-10 m gacha bo’lishi mumkin.
Yer yuzida tarqalgan har xil tosh, shag’al., qum, chang va loyqalar singari
g’ovak  jinslar  uzoq  vaqtlardan  buyon  davom  etib  izlayotgan  nurash  jarayoni
mahsuli hisoblanib, ular asosan yerning nurash qobig’ida uchraydi va tuproq ona
jinsi bo’lish qobiliyatiga ega.
Tuproq  yerning  bosh  qatlamini  hosil  qiladi  uch  o’lchovli  organi
hisoblanadigan  qobiq.  Bu  qatlam  har  yer  usti  hayot  qo’llab-quvvatlaydi,
tozalovchi filtrlar va suv, biodegrades poklaydiyer usti-suv ekologik tizimlar
o’rtasidagi  ifloslantiruvchi  gazsimon  almashish va  atmosfera.  Bu  barcha
tabiiy  resurslar  va  birlamchi  eng  asosiy  hisoblanadi.  Oziq-ovqat  ishlab
chiqarish uchun o’rta. Sanoat    xom ashyo manbai tashqari va fuqarolik
tuzilmalari uchun poydevor, u ham sayyora tarixi va bir arxiv hisoblanadi
ishlab chiqilgan germplasm yoki seyedbankning  jihozi. Muddatli  tuproq
resurs  manfaatli  sifatida  belgilangan 
aktivlar  va  tuproq  uchun
mo’ljallanganligini foydalanish bilan bog’liq xususiyatlari. Tuproq  barqaror
boshqarish atroflicha tushunishga bog’liq uning sifatlari, jarayonlar uning
ekotizim xizmatlarini yoki karasal vazifalarini mo’tadil ahamiyati, va atrof-
muhit  bilan  o’zaro  orqali  sodir  o’zgarishlar tuproq  muhim  sifatlar
quyidagilar kiradi:Bu asrlarga o’n yilliklar inson vaqt ichida tiklanmaydigan
hisoblanadi.  Bu  teng  peyzaj  orqali  va  biomassa  ekologiya  o’rtasida
taqsimlanadi. Bu noto’g’ri va noto’g’ri moyil bo’ladi.1 
 Tog’ jinslari va minerallarning nurashi tabiiy faktorlarning ta’siriga ko’ra 3
xil: fizikaviy, kimyoviy va biologik nurash turlariga bo’linadi.
Fizikaviy  nurash. Bu  jarayon  natijasida  yaxlit  tog’  jinslari  hamda
minerallarning  kimyoviy  va  mineralogik  tarkibi   o’zgarmagan  holda  ular
mexanikaviy ravishda har xil hajmdagi bo’lakchalarga ajralib, parchalanadi va
maydalanadi.  Fizikaviy  nurash  asosan  havo  haroratining  keskin  o’zgarishi
natijasida  vujudga   kelganligi sababli bu xil nurashga ko’pincha termik nurash
ham deyiladi.
1 (Soil degradation in the United States: extent, severity, and trends/ Rattan Lal, Terry M.Sobecki, Thomas Iiваri, John M. 
Kimble.2004, 3бет.)
Logotip
Yer yuzida tarqalgan har xil tosh, shag’al., qum, chang va loyqalar singari g’ovak jinslar uzoq vaqtlardan buyon davom etib izlayotgan nurash jarayoni mahsuli hisoblanib, ular asosan yerning nurash qobig’ida uchraydi va tuproq ona jinsi bo’lish qobiliyatiga ega. Tuproq yerning bosh qatlamini hosil qiladi uch o’lchovli organi hisoblanadigan qobiq. Bu qatlam har yer usti hayot qo’llab-quvvatlaydi, tozalovchi filtrlar va suv, biodegrades poklaydiyer usti-suv ekologik tizimlar o’rtasidagi ifloslantiruvchi gazsimon almashish va atmosfera. Bu barcha tabiiy resurslar va birlamchi eng asosiy hisoblanadi. Oziq-ovqat ishlab chiqarish uchun o’rta. Sanoat xom ashyo manbai tashqari va fuqarolik tuzilmalari uchun poydevor, u ham sayyora tarixi va bir arxiv hisoblanadi ishlab chiqilgan germplasm yoki seyedbankning jihozi. Muddatli tuproq resurs manfaatli sifatida belgilangan aktivlar va tuproq uchun mo’ljallanganligini foydalanish bilan bog’liq xususiyatlari. Tuproq barqaror boshqarish atroflicha tushunishga bog’liq uning sifatlari, jarayonlar uning ekotizim xizmatlarini yoki karasal vazifalarini mo’tadil ahamiyati, va atrof- muhit bilan o’zaro orqali sodir o’zgarishlar tuproq muhim sifatlar quyidagilar kiradi:Bu asrlarga o’n yilliklar inson vaqt ichida tiklanmaydigan hisoblanadi. Bu teng peyzaj orqali va biomassa ekologiya o’rtasida taqsimlanadi. Bu noto’g’ri va noto’g’ri moyil bo’ladi.1 Tog’ jinslari va minerallarning nurashi tabiiy faktorlarning ta’siriga ko’ra 3 xil: fizikaviy, kimyoviy va biologik nurash turlariga bo’linadi. Fizikaviy nurash. Bu jarayon natijasida yaxlit tog’ jinslari hamda minerallarning kimyoviy va mineralogik tarkibi o’zgarmagan holda ular mexanikaviy ravishda har xil hajmdagi bo’lakchalarga ajralib, parchalanadi va maydalanadi. Fizikaviy nurash asosan havo haroratining keskin o’zgarishi natijasida vujudga kelganligi sababli bu xil nurashga ko’pincha termik nurash ham deyiladi. 1 (Soil degradation in the United States: extent, severity, and trends/ Rattan Lal, Terry M.Sobecki, Thomas Iiваri, John M. Kimble.2004, 3бет.)
Quyosh nuri ta’sirida kunduzi tog’ jinslari va minerallarning sirtqi qismi
ancha tez qizib, hajmi kengayganligidan jinsning qizigan ustki qismi ichki sovuq
va hajmi uncha o’zgarmagan qismidan ajrala boshlaydi, kechasi aksincha, tog’
jinsi va minerallarning sirti ichki qismiga qaraganda tezroq soviydi va hajmi
kichrayadi.Arid  (quruq)  iqlimli  rayonlarda  yoriqlarga  sho’r  suv  sizishi  va
tuzlarning  o’sha  joyda  kristallanishi  tufayli  fizikaviy  nurash  sodir  bo’ladi.
Masalan,  suvda  erigan  angidrid  (SaS04)  yoriqlar  orasida  to’planib  suv  bilan
birikadi va gipsga (CaS04 ·2H2O) aylanadi. Hajmi 33 % ga kengayadi va natijada u
fizikaviy nurashni kuchaytiradi.
 Kimyoviy nurash. Tog’ jinslari va ayrim minerallar suv va atmosferadagi
kislorod  hamda  karbonat  angidridi  (CO2)  ta’sirida  kimyoviy  o’zgaradi,  yangi
birikmalar va minerallar  hosil  bo’ladi. Bu xildagi jarayonga  kimyoviy nurash
deyiladi.
Kimyoviy  nurash  jarayonida  litosfera  tarkibidagi  dastlabki  ortoklaz
(K2Al2Si6016),  gematit  (Fe2O3),  angidrid  (SaS04)  singari  birlamchi  minerallar
parchalanadi va ulardan yangi birikma ikkilamchi kaolinit (N4Al2Si2O9), limonit
(2Fe2O3·3H2O), gips(CaS04·2H2O), kabi minerallar vujudga keladi.
Kimyoviy  nurash  jarayonida  ayniqsa  erish,  gidroliz,  gidratlanish,  va
oksidlanish reaksiyalari muhim rol o’ynaydi.
Kimyoviy nurash natijasida minerallarning fizikaviy holati o’zgarib, kristall
panjaralari  buziladi.  Natijada  tog’  jinslari  tarkibida  ilashimlik,  yopishqoqlik,
plastiklik, nam sig’imi singari, yangi xossalarga ega bo’lgan ikkilamchi minerallar
yuzaga  keladi.  Bu  holat  yer  yuzasida  yaxshi  xususiyatli  tuproq  ona  jinslari
ko’payishiga sabab bo’ladi.
Biologik  nurash. 
Tog’  jinslari  va  minerallar  turli  organizmlar
(mikroorganizmlar, o’simlik va hayvonot organizmlari) va ularning hayoti tufayli
vujudga  kelgan  mahsullar  ta’sirida  mexanikaviy  ravishda  parchalanadi  va
kimyoviy  o’zgarish  yuz  beradi.  Organizmlar  ta’sirida  yuzaga  keladigan  ana
shunday o’zgarishlarga  biologik nurash deyiladi. Biologik nurashda organizmlar
tog’ jinslardan o’z hayot sharoitlari uchun kerakli moddalarni ajratib oladi va
Logotip
Quyosh nuri ta’sirida kunduzi tog’ jinslari va minerallarning sirtqi qismi ancha tez qizib, hajmi kengayganligidan jinsning qizigan ustki qismi ichki sovuq va hajmi uncha o’zgarmagan qismidan ajrala boshlaydi, kechasi aksincha, tog’ jinsi va minerallarning sirti ichki qismiga qaraganda tezroq soviydi va hajmi kichrayadi.Arid (quruq) iqlimli rayonlarda yoriqlarga sho’r suv sizishi va tuzlarning o’sha joyda kristallanishi tufayli fizikaviy nurash sodir bo’ladi. Masalan, suvda erigan angidrid (SaS04) yoriqlar orasida to’planib suv bilan birikadi va gipsga (CaS04 ·2H2O) aylanadi. Hajmi 33 % ga kengayadi va natijada u fizikaviy nurashni kuchaytiradi. Kimyoviy nurash. Tog’ jinslari va ayrim minerallar suv va atmosferadagi kislorod hamda karbonat angidridi (CO2) ta’sirida kimyoviy o’zgaradi, yangi birikmalar va minerallar hosil bo’ladi. Bu xildagi jarayonga kimyoviy nurash deyiladi. Kimyoviy nurash jarayonida litosfera tarkibidagi dastlabki ortoklaz (K2Al2Si6016), gematit (Fe2O3), angidrid (SaS04) singari birlamchi minerallar parchalanadi va ulardan yangi birikma ikkilamchi kaolinit (N4Al2Si2O9), limonit (2Fe2O3·3H2O), gips(CaS04·2H2O), kabi minerallar vujudga keladi. Kimyoviy nurash jarayonida ayniqsa erish, gidroliz, gidratlanish, va oksidlanish reaksiyalari muhim rol o’ynaydi. Kimyoviy nurash natijasida minerallarning fizikaviy holati o’zgarib, kristall panjaralari buziladi. Natijada tog’ jinslari tarkibida ilashimlik, yopishqoqlik, plastiklik, nam sig’imi singari, yangi xossalarga ega bo’lgan ikkilamchi minerallar yuzaga keladi. Bu holat yer yuzasida yaxshi xususiyatli tuproq ona jinslari ko’payishiga sabab bo’ladi. Biologik nurash. Tog’ jinslari va minerallar turli organizmlar (mikroorganizmlar, o’simlik va hayvonot organizmlari) va ularning hayoti tufayli vujudga kelgan mahsullar ta’sirida mexanikaviy ravishda parchalanadi va kimyoviy o’zgarish yuz beradi. Organizmlar ta’sirida yuzaga keladigan ana shunday o’zgarishlarga biologik nurash deyiladi. Biologik nurashda organizmlar tog’ jinslardan o’z hayot sharoitlari uchun kerakli moddalarni ajratib oladi va
mineral jinslar yuzasiga to’playdi. Bu jarayon natijasida tuproq paydo bo’lishi
uchun qulay sharoit vujudga keladi. O’simlik ildizlari va mikroorganizmlar hayoti
davomida  tashqi  muhitga  ajraladigan  karbonat  angidridi  va  har  xil  kislotalar
kimyoviy nurashga sababchi bo’ladi. Biologik nurashda mikroorganizm (bakteriya,
zamburug’  va  aktinomiset)  larning  ahamiyati  kattadir,  chunki  1  g.tuproqda
millionlab-milliardlab mikroorganizm bo’ladi.
Mikroorganizmlar  ta’sirida  kechadigan  nitrifikasiya  va  sulfofikasiya
jarayonlari natijasida hosil bo’ladigan nitrat va sulfat kislotalari ham ko’pgina
mineral  birikmalarni  eritadi  va  biologik  nurashni  kuchaytiradi.  Shuningdek,
zamburug’lar chiqaradigan organik kislotalar nurash jarayoniga chidamli bo’lgan
dastlabki birlamchi minerallarni parchalaydi.
Tuproqshunoslik ilmiy fan sifatida faqat XVIII-XIX asr boshlarida rivojlana
boshladi.  Bu  davrda  Yevropada  feodalizmning  kapitalizm  bilan  almashinishi
tufayli shahar aholisi ko’payib, sanoat ham taraqqiy eta boshlagan edi. Natijada
aholi uchun oziq-ovqat va sanoat uchun xom-ashyo ishlab chiqarishni ko’paytirish
zaruriyati tug’ildi. Shuning uchun ham tuproq unumdorligini yaxshilash, ekinlar
hosildorligini  ko’paytirish  masalalari  ko’plab  olimlar  va  qishloq  xo’jalik
amaliyotchilarini  qiziqtira  boshladi.  Ammo  bunga  qadar  ham  olimlar
o’simliklarning oziqlanish manbalarini o’rganishga e’tibor berganlar. 
1563 yilda fransuz tabiatshunosi Bernar Palissning "Qishloq xo’jaligida turli
tuzlar to’g’risida" traktatasida tuproq o’simliklarni mineral oziq moddalar bilan
ta’minlovchi  asosiy  manba  ekanligi  haqida  fikrlar  bayon  etilgan.  XIX  asr
boshlarida esa nemis olimi Albert Teyer o’simliklarning "gumus bilan oziqlanishi"
fikrini  olg’a  suradi.  Bu  nazariyaga  ko’ra,  tuproq  unumdorligini  belgilaydigan
asosiy omil - tuproq chirindisi xisoblanadi. 
Nemis olimi Yustus Libix gumus nazariyasiga keskin qarshi chiqib, o’zining
o’simliklarni mineral moddalar bilan oziqlanish nazariyasini olg’a surdi. 
 Rus tuproqshunoslarining katta xizmatlari natijasida yuzaga kelgan ilmiy
tuproqshunoslik fani nafaqat G’arbiy Yevropa, balki jahonning boshqa barcha
mamlakatlarida ham uning rivojlanishiga katta ta’sir ko’rsatdi. 1725 yilda barpo
Logotip
mineral jinslar yuzasiga to’playdi. Bu jarayon natijasida tuproq paydo bo’lishi uchun qulay sharoit vujudga keladi. O’simlik ildizlari va mikroorganizmlar hayoti davomida tashqi muhitga ajraladigan karbonat angidridi va har xil kislotalar kimyoviy nurashga sababchi bo’ladi. Biologik nurashda mikroorganizm (bakteriya, zamburug’ va aktinomiset) larning ahamiyati kattadir, chunki 1 g.tuproqda millionlab-milliardlab mikroorganizm bo’ladi. Mikroorganizmlar ta’sirida kechadigan nitrifikasiya va sulfofikasiya jarayonlari natijasida hosil bo’ladigan nitrat va sulfat kislotalari ham ko’pgina mineral birikmalarni eritadi va biologik nurashni kuchaytiradi. Shuningdek, zamburug’lar chiqaradigan organik kislotalar nurash jarayoniga chidamli bo’lgan dastlabki birlamchi minerallarni parchalaydi. Tuproqshunoslik ilmiy fan sifatida faqat XVIII-XIX asr boshlarida rivojlana boshladi. Bu davrda Yevropada feodalizmning kapitalizm bilan almashinishi tufayli shahar aholisi ko’payib, sanoat ham taraqqiy eta boshlagan edi. Natijada aholi uchun oziq-ovqat va sanoat uchun xom-ashyo ishlab chiqarishni ko’paytirish zaruriyati tug’ildi. Shuning uchun ham tuproq unumdorligini yaxshilash, ekinlar hosildorligini ko’paytirish masalalari ko’plab olimlar va qishloq xo’jalik amaliyotchilarini qiziqtira boshladi. Ammo bunga qadar ham olimlar o’simliklarning oziqlanish manbalarini o’rganishga e’tibor berganlar. 1563 yilda fransuz tabiatshunosi Bernar Palissning "Qishloq xo’jaligida turli tuzlar to’g’risida" traktatasida tuproq o’simliklarni mineral oziq moddalar bilan ta’minlovchi asosiy manba ekanligi haqida fikrlar bayon etilgan. XIX asr boshlarida esa nemis olimi Albert Teyer o’simliklarning "gumus bilan oziqlanishi" fikrini olg’a suradi. Bu nazariyaga ko’ra, tuproq unumdorligini belgilaydigan asosiy omil - tuproq chirindisi xisoblanadi. Nemis olimi Yustus Libix gumus nazariyasiga keskin qarshi chiqib, o’zining o’simliklarni mineral moddalar bilan oziqlanish nazariyasini olg’a surdi. Rus tuproqshunoslarining katta xizmatlari natijasida yuzaga kelgan ilmiy tuproqshunoslik fani nafaqat G’arbiy Yevropa, balki jahonning boshqa barcha mamlakatlarida ham uning rivojlanishiga katta ta’sir ko’rsatdi. 1725 yilda barpo
etilgan fanlar Akademiyasida Rossiyaning tabiiy boyliklari, jumladan, tuproqlarni
o’rganish bo’yicha ko’plab ekspedisiyalar tashkil etildi. Bunda ulug’ rus olimi
M.V.Lomonosov  (1711-1765)  ning  xizmatlari  nihoyatda  katta  bo’ldi.
Lomonosovning 1763 yilda bosilib chiqqan, "Yer qatlamlari haqida"gi klassik
asari tuproqshunoslik fanining shakllanishida muhim rol o’ynadi.
Tuproq haqidagi ilmiy fan asoschisi - buyuk
rus
 
olimi
 
V.V.Dokuchayev
 
(1846-1903)
hisoblanadi.  Amerikalik  mashhur  tuproqshunos
K.F.Marbut
 
(1936),
 
V.V.Dokuchayevning
tuproqshunoslik tarixidagi rolini alohida ta’kidlab,
uni  K.Linneyning  biologiya  va  I.Laselning
geologiya tarixiga qo’shgan hissasiga tenglashtirgan
edi.
V.V.Dokuchayev  tuproqshunoslikning  asosiy
yo’nalishlarini ishlab chiqdi va tuproq hakidagi ilmiy tushunchani tavsiya etdi.
Dokuchayev  ta’limotiga  ko’ra  tuproqlar  hozir  butun  yer  yuzi  iqlimining
o’zgarishiga qarab, bir-biridan farqlanadigan tekislik zonalariga ajratilgan. Olim
butun yer yuzini qutb, shimoliy o’rmon, dasht, cho’l va subtropik zonalardan iborat
beshta tabiiy zonaga ajratib, bu zonalarning hammasini batafsil ta’riflab beradi.
Dokuchayev  har  bir  tuproqning  hosil  bo’lishi  tabiiy  zonalardagi  iqlimga,
o’simliklar va hayvonot olamiga, tuproq paydo qiluvchi jinslarga, joyning relyefi
va yoshiga bog’liq ekanligini isbotladi. Ana shunga ko’ra cho’l zonasida (O’rta
Osiyoning asosiy qismi shu zonaga kiradi) sariq va oqish (hozirgi bo’z) tuproqlar
rivojlanadi  deb  ko’rsatdi.  Keyinchalik  Kavkaz  tog’lari  tuproqlarini  o’rganish
jarayonlarida tuproqlarning vertikal zonallik bo’yicha tarqalish qonunini bayon
etdi.
Ilmiy  tuproqshunoslikning  rivojlanishida  ulug’  rus  olimi,  prof.
P.A.Kostichevning (1845-1895) tadqiqotlari ham katta rol o’ynaydi.
P.A.Kostichev  qator  yillar  davomida  turli  tuproqlarning  tabiatda  va
laboratoriya  sharoitida  tekshirib,  tuproqning  paydo  bo’lishi  birinchi  navbatda
Logotip
etilgan fanlar Akademiyasida Rossiyaning tabiiy boyliklari, jumladan, tuproqlarni o’rganish bo’yicha ko’plab ekspedisiyalar tashkil etildi. Bunda ulug’ rus olimi M.V.Lomonosov (1711-1765) ning xizmatlari nihoyatda katta bo’ldi. Lomonosovning 1763 yilda bosilib chiqqan, "Yer qatlamlari haqida"gi klassik asari tuproqshunoslik fanining shakllanishida muhim rol o’ynadi. Tuproq haqidagi ilmiy fan asoschisi - buyuk rus olimi V.V.Dokuchayev (1846-1903) hisoblanadi. Amerikalik mashhur tuproqshunos K.F.Marbut (1936), V.V.Dokuchayevning tuproqshunoslik tarixidagi rolini alohida ta’kidlab, uni K.Linneyning biologiya va I.Laselning geologiya tarixiga qo’shgan hissasiga tenglashtirgan edi. V.V.Dokuchayev tuproqshunoslikning asosiy yo’nalishlarini ishlab chiqdi va tuproq hakidagi ilmiy tushunchani tavsiya etdi. Dokuchayev ta’limotiga ko’ra tuproqlar hozir butun yer yuzi iqlimining o’zgarishiga qarab, bir-biridan farqlanadigan tekislik zonalariga ajratilgan. Olim butun yer yuzini qutb, shimoliy o’rmon, dasht, cho’l va subtropik zonalardan iborat beshta tabiiy zonaga ajratib, bu zonalarning hammasini batafsil ta’riflab beradi. Dokuchayev har bir tuproqning hosil bo’lishi tabiiy zonalardagi iqlimga, o’simliklar va hayvonot olamiga, tuproq paydo qiluvchi jinslarga, joyning relyefi va yoshiga bog’liq ekanligini isbotladi. Ana shunga ko’ra cho’l zonasida (O’rta Osiyoning asosiy qismi shu zonaga kiradi) sariq va oqish (hozirgi bo’z) tuproqlar rivojlanadi deb ko’rsatdi. Keyinchalik Kavkaz tog’lari tuproqlarini o’rganish jarayonlarida tuproqlarning vertikal zonallik bo’yicha tarqalish qonunini bayon etdi. Ilmiy tuproqshunoslikning rivojlanishida ulug’ rus olimi, prof. P.A.Kostichevning (1845-1895) tadqiqotlari ham katta rol o’ynaydi. P.A.Kostichev qator yillar davomida turli tuproqlarning tabiatda va laboratoriya sharoitida tekshirib, tuproqning paydo bo’lishi birinchi navbatda
biologik  jarayon  ekanligini  ta’kidladi.Tuproqshunoslik  fanining  rivojlanishi,
tuproqlarni  turli  xossa  va  tarkibini  o’rganishga  qator  olimlar  o’z  hissasini
qo’shdilar. Jumladan, N.M.Sibirsev, K.D.Glinka, S.S.Kossovich, S.S.Neustruyev,
V.R.Vilyams,  K.K.Gedroys,  L.I.Prasolov  va  boshqa  olimlarning  ilmiy
tuproqshunoslikni  rivojlantirishdagi  roli  beqiyosdir.  O’rta  Osiyo  tuproqlarini
o’rganish va klassifikasiyalashda S.S.Neustruyevning (1874-1928) ishlari muhim
rol  o’ynaydi.  U 1907 yildan boshlab Turkistonda  muntazam  tuproq-geografik
tadqiqotlar  olib  bordi.  1926  yilda  S.S.Neustruyev  o’zining  «Turkistonga  oid
tuproq-geografik asari» da tuproqshunoslikning muhim sohalariga ko’plab yangi
g’oyalar tushunchalar kiritdi. Chimkent uyezdiga oid regional monografiyasida
O’rta Osiyo tuprog’ining yangi  genetik tipi- "bo’z tuproqlar" terminini fanga
birinchi bo’lib kiritdi. O’rta Osiyo tuproqlarini o’rganishda N.A.Dimo (1873-1959)
xizmatlari katta. O’rta Osiyo respublikalarining turli masshtabli tuproq kartalari
N.A.Dimo rahbarligida tuzilgan. 
Tuproq degradasiyasi 21-asrning muhim ekologik muammolaridan biri
hisoblanadi. Uning ahamiyati, biomassa mahsuldorligiga uning haqiqiy va
potentsial suv va havo sifati va atmosferaga issiqxona gazlari emissiyasi ta’siri
tomonidan ta’kidlangan  bo’ladi. Tuproq degradasiyasi, suv (qurg’oqchilik
yaratib biomassa samaradorlikni ta’sir yoki anayerobiyoz) va ildiz zonasida
tabiiy  muvozanati(degration), samarali  ildiz  chuqurligi  kamaytirish  va
zararkunandalarga  sezuvchanlik  oshirish,tuproq  degradatsiyasiyuzasining
to’xtatib va yerigan yuklarni tashish bilan suv sifatiga ta’sir qiladi,suv va er
osti  suvga  qishloq  xo’jaligi  kimyoviy  moddalar.  Tuproq  va  suv manbai
ifloslanishi,tuproq  degradasiyasi  bilan  bog’liqdir,yer  osti  suv  ifloslanishi.
Tuproq degradasiyasi iqlim o’zgarishi bevositava bilvosita ta’sir qiladi.2
 Tuproq  va  uning  xossalari  haqidagi  dastlabki  tushunchalar  va  bilimlar
qadimgi davrlardan boshlab dehqonchilik talablari asosida yuzaga kela boshladi.
2 .(Soil degradation in the United States: extent, severity, and trends/ Rattan Lal, Terry M. Sobecki, Thomas Iiваri,
John M. Kimble. 2004.2 бет)
Logotip
biologik jarayon ekanligini ta’kidladi.Tuproqshunoslik fanining rivojlanishi, tuproqlarni turli xossa va tarkibini o’rganishga qator olimlar o’z hissasini qo’shdilar. Jumladan, N.M.Sibirsev, K.D.Glinka, S.S.Kossovich, S.S.Neustruyev, V.R.Vilyams, K.K.Gedroys, L.I.Prasolov va boshqa olimlarning ilmiy tuproqshunoslikni rivojlantirishdagi roli beqiyosdir. O’rta Osiyo tuproqlarini o’rganish va klassifikasiyalashda S.S.Neustruyevning (1874-1928) ishlari muhim rol o’ynaydi. U 1907 yildan boshlab Turkistonda muntazam tuproq-geografik tadqiqotlar olib bordi. 1926 yilda S.S.Neustruyev o’zining «Turkistonga oid tuproq-geografik asari» da tuproqshunoslikning muhim sohalariga ko’plab yangi g’oyalar tushunchalar kiritdi. Chimkent uyezdiga oid regional monografiyasida O’rta Osiyo tuprog’ining yangi genetik tipi- "bo’z tuproqlar" terminini fanga birinchi bo’lib kiritdi. O’rta Osiyo tuproqlarini o’rganishda N.A.Dimo (1873-1959) xizmatlari katta. O’rta Osiyo respublikalarining turli masshtabli tuproq kartalari N.A.Dimo rahbarligida tuzilgan. Tuproq degradasiyasi 21-asrning muhim ekologik muammolaridan biri hisoblanadi. Uning ahamiyati, biomassa mahsuldorligiga uning haqiqiy va potentsial suv va havo sifati va atmosferaga issiqxona gazlari emissiyasi ta’siri tomonidan ta’kidlangan bo’ladi. Tuproq degradasiyasi, suv (qurg’oqchilik yaratib biomassa samaradorlikni ta’sir yoki anayerobiyoz) va ildiz zonasida tabiiy muvozanati(degration), samarali ildiz chuqurligi kamaytirish va zararkunandalarga sezuvchanlik oshirish,tuproq degradatsiyasiyuzasining to’xtatib va yerigan yuklarni tashish bilan suv sifatiga ta’sir qiladi,suv va er osti suvga qishloq xo’jaligi kimyoviy moddalar. Tuproq va suv manbai ifloslanishi,tuproq degradasiyasi bilan bog’liqdir,yer osti suv ifloslanishi. Tuproq degradasiyasi iqlim o’zgarishi bevositava bilvosita ta’sir qiladi.2 Tuproq va uning xossalari haqidagi dastlabki tushunchalar va bilimlar qadimgi davrlardan boshlab dehqonchilik talablari asosida yuzaga kela boshladi. 2 .(Soil degradation in the United States: extent, severity, and trends/ Rattan Lal, Terry M. Sobecki, Thomas Iiваri, John M. Kimble. 2004.2 бет)