TUPROQSHUNOSLIK FANINING RIVOJLANISH TARIXI. TUPROQ PAYDO BO‘LISH JARAYONINING UMUMIY SXEMASI VA TUPROQ PROFILINING SHAKLLANISHI

Time

Yuklangan vaqt

2025-11-08

Downloads

Yuklab olishlar soni

0

Pages

Sahifalar soni

30

File size

Fayl hajmi

1,3 MB


TUPROQSHUNOSLIK FANINING RIVOJLANISH TARIXI. TUPROQ
PAYDO BO‘LISH JARAYONINING UMUMIY SXEMASI VA TUPROQ
PROFILINING SHAKLLANISHI
REJA:
1.Kirish. Tuproqshunoslik fanining rivojlanish tarixi
2.Tuproq paydo bo’lish jarayonining umumiy sxemasi
3.Tuproq profilining shakllanishi
Kalit so’zlar: tuproq, genetik tuproqshunoslik, o’simlik, tabiiy jism, unumdorlik,
tuproq qoplami.
Mavzuning  maqsadi: Tuproqshunoslik  fanining  paydo  bo’lishi,
rivojlanish bosqichlari va ularning boshqa fanlar bilan aloqalari hamda fanga hissa
qo’shgan xorij va o’zbek olimlarni o’rgatishdan iborat.
1.  Tuproqshunoslik fanining rivojlanish tarixi. Tuproqshunoslik - tuproq
haqidagi fan bo’lib, tabiiy jism va ishlab chiqarish vositasi hisoblangan tuproqning
kelib  chiqishi,  rivojlanishi,  tuzilishi,  tarkibi  va  xossalari,  unumdorligi  hamda
geografik  tarqalishi  qonunlarini,  tabiatda,  bioqatlamda  va  jamiyatdagi  asosiy
vazifalari va roli, uni meliorasiyalash yo’llari va usullari, muxofaza qilish hamda
insonlar ishlab chiqarish faoliyatida oqilona foydalanish qonunlarini o’rganadi. 
Tuproqshunoslik  fan  sifatida  uncha  katta  tarixga  ega  bo’lmasada  tuproq
haqidagi dastlabki ma’lumotlar bundan 2-2,5 ming yillar oldin yuzaga kelgan.
Qadimgi  Xitoy  va  Misr,  Hindiston  va  Vavilon,  Armaniston,  O’rta  Osiyo  va
Logotip
TUPROQSHUNOSLIK FANINING RIVOJLANISH TARIXI. TUPROQ PAYDO BO‘LISH JARAYONINING UMUMIY SXEMASI VA TUPROQ PROFILINING SHAKLLANISHI REJA: 1.Kirish. Tuproqshunoslik fanining rivojlanish tarixi 2.Tuproq paydo bo’lish jarayonining umumiy sxemasi 3.Tuproq profilining shakllanishi Kalit so’zlar: tuproq, genetik tuproqshunoslik, o’simlik, tabiiy jism, unumdorlik, tuproq qoplami. Mavzuning maqsadi: Tuproqshunoslik fanining paydo bo’lishi, rivojlanish bosqichlari va ularning boshqa fanlar bilan aloqalari hamda fanga hissa qo’shgan xorij va o’zbek olimlarni o’rgatishdan iborat. 1. Tuproqshunoslik fanining rivojlanish tarixi. Tuproqshunoslik - tuproq haqidagi fan bo’lib, tabiiy jism va ishlab chiqarish vositasi hisoblangan tuproqning kelib chiqishi, rivojlanishi, tuzilishi, tarkibi va xossalari, unumdorligi hamda geografik tarqalishi qonunlarini, tabiatda, bioqatlamda va jamiyatdagi asosiy vazifalari va roli, uni meliorasiyalash yo’llari va usullari, muxofaza qilish hamda insonlar ishlab chiqarish faoliyatida oqilona foydalanish qonunlarini o’rganadi. Tuproqshunoslik fan sifatida uncha katta tarixga ega bo’lmasada tuproq haqidagi dastlabki ma’lumotlar bundan 2-2,5 ming yillar oldin yuzaga kelgan. Qadimgi Xitoy va Misr, Hindiston va Vavilon, Armaniston, O’rta Osiyo va
assuriyalik  olimlar,  faylasuflarning  asarlarida  uchraydi.  O’sha  davrlardayoq
insonlar  yerga  solinadigan  mahalliy  o’g’itlar  (go’ng,  hojatxona  axlati,  turli
chiqindilar, ohak) va shuningdek dukkakli, boshoqli ekinlar, ekinlar hosildorligini
oshirishning muhim omili ekanligini tajribadan bilganlar. 
O’rta asr (IX-X asr) Sharqning qomusiy olimlari Abu Rayhon Beruniy va Abu
Ali  ibn  Sino,  Mahmud  Qoshg’ariy  asarlarida,  Temur  tuziqlari  va  boshqa
manbalarda  tuproqning  hosil  bo’lishi,  rivojlanishi,  tarkibi  ayrim  xossalari  va
xususiyatlari, hatto ularning tasnifi to’g’risida ko’plab ilg’or fikrlar aytilgan.
Aburayhon Muhammad ibn Ahmad Beruniy (973-1048) kitoblarida O’rta
Osiyo  territoriyasida asosiy tuproq paydo qiluvchi jinslarning kelib chiqishi va
xossalari to’g’risida so’z yuritiladi. Uning minerallar fizik xossalarini o’rganishga
bag’ishlangan  ishlari  buyuk  ixtiro  xisoblanadi.  Bu  haqda  u  «Javohirlarni
o’rganishga  oid  ma’lumotlar  to’plami»  kitobida  yozib  qoldirgan.  Beruniyning
ilmiy  to’plami  tuproqlar  va  ona  jinslar  mineral  qismining  fizik  xossalarini
o’rganishga bag’ishlangan birinchi ish xisoblanadi. Beruniyning litosferada foydali
qazilmalarning paydo bo’lishi haqidagi ilmiy fikrlari, tog’ jinslarining nurashi va
tuproq, ona jinslar nurash maxsulotlari ekanligi haqidagi xulosalari X asrning
buyuk ilmiy kashfiyotidir. 
Buyuk mutafakkir Abu Ali ibn Sino o’zining 30 dan ortiq asarlarini tabiiy
fanlarga  bag’ishlagan.  Ibn  Sinoning «Kitob-ash-shifo» (Tib  qonunlari)  asarida
bayon  etilgan  tog’  jinslari  va  yer  yuzasida  kechadigan  nurash  jarayonlari
to’g’risidagi  qarashlari  tuproqshunoslikda  katta  ahamiyatga  ega.  Uning
ko’rsatishicha,  «yer  yuzasi  suv  va  shamol  ta’sirida  yemiriladi  va  bu  jarayon
joyning rel’yefiga bog’liq. Yer jinslari qattiq va yumshoq zarrachalardan iborat.
Suv yumshoq jinslarni yuvadi va yoki shamol ularni yalab, uchirib ketadi» deb
ko’rsatadi. Olimning bu fikrlari tuproq eroziyasiga doir masalalarni o’rganishda
hozirgacha o’z mohiyatini yo’qotmagan.
Shuningdek  Abu  Ali  ibn  Sinoning  tuproqning  mexanik  tarkibi  va  fizik
xossalari  haqida  bildirgan  fikrlari  ham  qimmatlidir.  U  quyidagicha  yozadi:
«Yerdan boshqa sovuqroq va quruqroq hech narsa yo’q. Yerning o’zi iliq emas.
O’zidan o’ziga meros bo’lgan, tabiatan u sovuq, aks holda zich va og’ir bo’lmas
edi». So’ngra Ibn Sino yer po’sti va tuproqning tuzilishi haqida gapirib: «Yer
Logotip
assuriyalik olimlar, faylasuflarning asarlarida uchraydi. O’sha davrlardayoq insonlar yerga solinadigan mahalliy o’g’itlar (go’ng, hojatxona axlati, turli chiqindilar, ohak) va shuningdek dukkakli, boshoqli ekinlar, ekinlar hosildorligini oshirishning muhim omili ekanligini tajribadan bilganlar. O’rta asr (IX-X asr) Sharqning qomusiy olimlari Abu Rayhon Beruniy va Abu Ali ibn Sino, Mahmud Qoshg’ariy asarlarida, Temur tuziqlari va boshqa manbalarda tuproqning hosil bo’lishi, rivojlanishi, tarkibi ayrim xossalari va xususiyatlari, hatto ularning tasnifi to’g’risida ko’plab ilg’or fikrlar aytilgan. Aburayhon Muhammad ibn Ahmad Beruniy (973-1048) kitoblarida O’rta Osiyo territoriyasida asosiy tuproq paydo qiluvchi jinslarning kelib chiqishi va xossalari to’g’risida so’z yuritiladi. Uning minerallar fizik xossalarini o’rganishga bag’ishlangan ishlari buyuk ixtiro xisoblanadi. Bu haqda u «Javohirlarni o’rganishga oid ma’lumotlar to’plami» kitobida yozib qoldirgan. Beruniyning ilmiy to’plami tuproqlar va ona jinslar mineral qismining fizik xossalarini o’rganishga bag’ishlangan birinchi ish xisoblanadi. Beruniyning litosferada foydali qazilmalarning paydo bo’lishi haqidagi ilmiy fikrlari, tog’ jinslarining nurashi va tuproq, ona jinslar nurash maxsulotlari ekanligi haqidagi xulosalari X asrning buyuk ilmiy kashfiyotidir. Buyuk mutafakkir Abu Ali ibn Sino o’zining 30 dan ortiq asarlarini tabiiy fanlarga bag’ishlagan. Ibn Sinoning «Kitob-ash-shifo» (Tib qonunlari) asarida bayon etilgan tog’ jinslari va yer yuzasida kechadigan nurash jarayonlari to’g’risidagi qarashlari tuproqshunoslikda katta ahamiyatga ega. Uning ko’rsatishicha, «yer yuzasi suv va shamol ta’sirida yemiriladi va bu jarayon joyning rel’yefiga bog’liq. Yer jinslari qattiq va yumshoq zarrachalardan iborat. Suv yumshoq jinslarni yuvadi va yoki shamol ularni yalab, uchirib ketadi» deb ko’rsatadi. Olimning bu fikrlari tuproq eroziyasiga doir masalalarni o’rganishda hozirgacha o’z mohiyatini yo’qotmagan. Shuningdek Abu Ali ibn Sinoning tuproqning mexanik tarkibi va fizik xossalari haqida bildirgan fikrlari ham qimmatlidir. U quyidagicha yozadi: «Yerdan boshqa sovuqroq va quruqroq hech narsa yo’q. Yerning o’zi iliq emas. O’zidan o’ziga meros bo’lgan, tabiatan u sovuq, aks holda zich va og’ir bo’lmas edi». So’ngra Ibn Sino yer po’sti va tuproqning tuzilishi haqida gapirib: «Yer
sharining o’rtasida yerning oddiy tabiatga to’liq mos keladigan, toza yer bo’lishi
kerak. Uning ustida yer suv bilan aralashgan xolda  loy bo’lishi kerak. Uning ustida
yoki suv yoki yer (tuproq) ko’proq». 
Yaqin kunlargacha «Tuproqshunoslik» fanining asoschisi 19-asrning ikkinchi
yarmida  yashab  o’tgan  tuproq  haqidagi  birinchi  ilmiy  ta’rif  V.V.Dokuchayev
tomonidan berilgan deb uqtirilgan. Vaholanki, Abu Ali ibn Sino jahon olimlari
orasida birinchilardan bo’lib «Donishnoma» («Donishe-name», Dushanbe, 1976)
asarida tuproqni ilmiy jihatdan juda teran va zukko ta’riflagan: «Tuproq – butun
tirik mavjudotning hayot-mamot negizidir». Ushbu fikrlardan ma’lumki, Abu Ali
ibn  Sino  tuproqni  litosferaning  boshqa  qatlamlaridan  ajratgan.  Ibn  Sino
«Donishnoma»da  mineral  substansiyalar  (butun  borliqning  birlamchi  asosi)
qavatiga ilmiy tushuncha beradi. Bundan tashqari Ibn Sinoning ishlarida tuproq
gurunt  qatlamida  tuproq-suvining  harakatlanishi  haqidagi  termodinamik
qonunining elementlari mavjud. 
Maxmud  Qoshg’ariy  o’zining  1074-1077  yillarda  yozilgan  «Devon»
to’plamida  ekspedisiyasi  davridagi  kuzatishlari  asosida  turli  tuproqlarga  tavsif
beradi. Ushbu to’plamda qora tuproq, o’simliklarsiz, sho’rlangan yerlarni –chalang
yer; unumdor, yaxshi yerlarni –sag’izli yer; toza tuproq, sog’lom tuproqni-sag’izli
tuproq; o’simliklar kam, unumsiz, kam hosilli yerlarni –toza yer; yumshoq yerli
tuproqni, tekis yerni, qumli yerni –qayir yer; yuzasi notekis yer, botqoqlangan
yerlarni –qazg’on yer deb tavsif beradi. 
Temuriylar  davrida  dehqonchilikka  oid  to’plamlar  yozilgan.  Chunonchi
«Irshad azziratfi ilm al  xarasa» (joylardagi  dehqonchilik ekinlari  uchun ilmiy
ko’llanma) nomli asarning yozilishi Temuriylar davrida boshlangan va doimiy
urushlar tufayli Shayboniylar davrida (1599) tugallangan. Ushbu to’plamda to’qqiz
tipdagi tuproqlar haqida ma’lumot keltirilgan. Bunda tuproqlar tarkibidagi qum
miqdoriga ko’ra ikki turga, ya’ni ustki qatlamida qumni ko’p saqlaydigan va ustki
qatlamida qumni kam saqlaydigan turlarga ajratilgan va shunga ko’ra tuproqqa
ishlov  berish, sug’orish usullari va hosil miqdori ko’rsatilgan.
Ushbu  to’plamda  jigarrang  (zardxak),  qizil  (surxxak)   tuproqlar  haqida,
shuningdek toshloq tuproqlarhaqida ma’lumotlar mavjud, ya’ni tuproqlar tavsifi va
ularga ishlov berish haqida ma’lumotlar keltirilgan.
Logotip
sharining o’rtasida yerning oddiy tabiatga to’liq mos keladigan, toza yer bo’lishi kerak. Uning ustida yer suv bilan aralashgan xolda loy bo’lishi kerak. Uning ustida yoki suv yoki yer (tuproq) ko’proq». Yaqin kunlargacha «Tuproqshunoslik» fanining asoschisi 19-asrning ikkinchi yarmida yashab o’tgan tuproq haqidagi birinchi ilmiy ta’rif V.V.Dokuchayev tomonidan berilgan deb uqtirilgan. Vaholanki, Abu Ali ibn Sino jahon olimlari orasida birinchilardan bo’lib «Donishnoma» («Donishe-name», Dushanbe, 1976) asarida tuproqni ilmiy jihatdan juda teran va zukko ta’riflagan: «Tuproq – butun tirik mavjudotning hayot-mamot negizidir». Ushbu fikrlardan ma’lumki, Abu Ali ibn Sino tuproqni litosferaning boshqa qatlamlaridan ajratgan. Ibn Sino «Donishnoma»da mineral substansiyalar (butun borliqning birlamchi asosi) qavatiga ilmiy tushuncha beradi. Bundan tashqari Ibn Sinoning ishlarida tuproq gurunt qatlamida tuproq-suvining harakatlanishi haqidagi termodinamik qonunining elementlari mavjud. Maxmud Qoshg’ariy o’zining 1074-1077 yillarda yozilgan «Devon» to’plamida ekspedisiyasi davridagi kuzatishlari asosida turli tuproqlarga tavsif beradi. Ushbu to’plamda qora tuproq, o’simliklarsiz, sho’rlangan yerlarni –chalang yer; unumdor, yaxshi yerlarni –sag’izli yer; toza tuproq, sog’lom tuproqni-sag’izli tuproq; o’simliklar kam, unumsiz, kam hosilli yerlarni –toza yer; yumshoq yerli tuproqni, tekis yerni, qumli yerni –qayir yer; yuzasi notekis yer, botqoqlangan yerlarni –qazg’on yer deb tavsif beradi. Temuriylar davrida dehqonchilikka oid to’plamlar yozilgan. Chunonchi «Irshad azziratfi ilm al xarasa» (joylardagi dehqonchilik ekinlari uchun ilmiy ko’llanma) nomli asarning yozilishi Temuriylar davrida boshlangan va doimiy urushlar tufayli Shayboniylar davrida (1599) tugallangan. Ushbu to’plamda to’qqiz tipdagi tuproqlar haqida ma’lumot keltirilgan. Bunda tuproqlar tarkibidagi qum miqdoriga ko’ra ikki turga, ya’ni ustki qatlamida qumni ko’p saqlaydigan va ustki qatlamida qumni kam saqlaydigan turlarga ajratilgan va shunga ko’ra tuproqqa ishlov berish, sug’orish usullari va hosil miqdori ko’rsatilgan. Ushbu to’plamda jigarrang (zardxak), qizil (surxxak) tuproqlar haqida, shuningdek toshloq tuproqlarhaqida ma’lumotlar mavjud, ya’ni tuproqlar tavsifi va ularga ishlov berish haqida ma’lumotlar keltirilgan.
Ushbu to’plamda tuproqni o’g’itlashga ham katta ahamiyat berilgan. O’sha
davrlarda  tuproqqa  o’g’it  sifatida  eski  paxsadan  yasalgan  imoratlar  qoldig’i,
ariqlarda to’planadigan loyqalardan foydalanish keng tarqalgan edi.
XVI asrlarda tuproq unumdorligi va ekinlar hosildorligining oshirilishiga ko’p
e’tibor berila boshlandi. Bundan tashqari o’sha davrda tuproqni meliorasiyalash
ham ancha rivojlana boshlandi.
Buxoro vohasi dehqonlari  sho’rlangan tuproqlarni yuvish va botqoqliklarni
quritishga  katta  e’tibor  qaratdi.  O’sha  davrda  Romiton,  Peshku,  Qorako’l
tumanlarida  kovlangan  zovurlar  hozirgi  kungacha  ishlatilib  kelinmoqda.
Shuningdek  dehqonlar  tuproqni  tuzlardan  tozalashda  jo’xori  va  boshqa  tuzga
chidamli ekinlardan foydalangan.
O’sha davrda uch dalali almashlab ekish eng ko’p tarqalgan dehqonchilik
sistemasi hisoblanardi. Ushbu  sistemaga ko’ra dalalar uch qismgabo’linar edi.
Shundan  ikki qismiga ekin ekilar, bir qismi esa qora shudgorga ajratilar edi. Shu
usulda yerga dam berilgan. Bundan tashkari o’sha davrlarda yo’ng’ichqa ekilganda
tuproq sifatining yaxshilanishi ma’lum bo’lgan.
Yevropa va rus olimlarining tuproqshunoslikka qo’shgan
hissalari
Tuproqshunoslik  ilmiy  fan  sifatida  faqat  XVIII  asr  oxiri  va  XIX  asr
boshlaridagina rivojlana boshladi. Bu davrda Yevropada feodalizmning kapitalizm
bilan  almashinishi  tufayli  shahar  aholisi  ko’payib,  sanoat  ham  taraqqiy  eta
boshlagan edi. Natijada aholi uchun oziq-ovqat va sanoat uchun xom-ashyo ishlab
chiqarishni  ko’paytirish  zaruriyati  tug’ildi.  Shuning  uchun  ham  tuproq
unumdorligini yaxshilash, ekinlar hosildorligini ko’paytirish masalalari ko’plab
olimlar va qishloq xo’jalik amaliyotchilarini qiziqtira boshladi. Ammo bunga qadar
ham olimlar o’simliklarning oziqlanish manbalarini o’rganishga e’tibor berganlar. 
1563 yilda fransuz tabiatshunosi Bernar Palissning "Qishloq xo’jaligida turli
tuzlar to’g’risida" traktatasida tuproq o’simliklarni mineral oziq moddalar bilan
ta’minlovchi  asosiy  manba  ekanligi  haqida  fikrlar  bayon  etilgan.  X1X  asr
boshlarida esa nemis olimi Albert Teyer o’simliklarning "gumus bilan oziqlanishi"
fikrini  olg’a  suradi.  Bu  nazariyaga  ko’ra,  tuproq  unumdorligini  belgilaydigan
asosiy omil - tuproq chirindisi xisoblanadi. 
Logotip
Ushbu to’plamda tuproqni o’g’itlashga ham katta ahamiyat berilgan. O’sha davrlarda tuproqqa o’g’it sifatida eski paxsadan yasalgan imoratlar qoldig’i, ariqlarda to’planadigan loyqalardan foydalanish keng tarqalgan edi. XVI asrlarda tuproq unumdorligi va ekinlar hosildorligining oshirilishiga ko’p e’tibor berila boshlandi. Bundan tashqari o’sha davrda tuproqni meliorasiyalash ham ancha rivojlana boshlandi. Buxoro vohasi dehqonlari sho’rlangan tuproqlarni yuvish va botqoqliklarni quritishga katta e’tibor qaratdi. O’sha davrda Romiton, Peshku, Qorako’l tumanlarida kovlangan zovurlar hozirgi kungacha ishlatilib kelinmoqda. Shuningdek dehqonlar tuproqni tuzlardan tozalashda jo’xori va boshqa tuzga chidamli ekinlardan foydalangan. O’sha davrda uch dalali almashlab ekish eng ko’p tarqalgan dehqonchilik sistemasi hisoblanardi. Ushbu sistemaga ko’ra dalalar uch qismgabo’linar edi. Shundan ikki qismiga ekin ekilar, bir qismi esa qora shudgorga ajratilar edi. Shu usulda yerga dam berilgan. Bundan tashkari o’sha davrlarda yo’ng’ichqa ekilganda tuproq sifatining yaxshilanishi ma’lum bo’lgan. Yevropa va rus olimlarining tuproqshunoslikka qo’shgan hissalari Tuproqshunoslik ilmiy fan sifatida faqat XVIII asr oxiri va XIX asr boshlaridagina rivojlana boshladi. Bu davrda Yevropada feodalizmning kapitalizm bilan almashinishi tufayli shahar aholisi ko’payib, sanoat ham taraqqiy eta boshlagan edi. Natijada aholi uchun oziq-ovqat va sanoat uchun xom-ashyo ishlab chiqarishni ko’paytirish zaruriyati tug’ildi. Shuning uchun ham tuproq unumdorligini yaxshilash, ekinlar hosildorligini ko’paytirish masalalari ko’plab olimlar va qishloq xo’jalik amaliyotchilarini qiziqtira boshladi. Ammo bunga qadar ham olimlar o’simliklarning oziqlanish manbalarini o’rganishga e’tibor berganlar. 1563 yilda fransuz tabiatshunosi Bernar Palissning "Qishloq xo’jaligida turli tuzlar to’g’risida" traktatasida tuproq o’simliklarni mineral oziq moddalar bilan ta’minlovchi asosiy manba ekanligi haqida fikrlar bayon etilgan. X1X asr boshlarida esa nemis olimi Albert Teyer o’simliklarning "gumus bilan oziqlanishi" fikrini olg’a suradi. Bu nazariyaga ko’ra, tuproq unumdorligini belgilaydigan asosiy omil - tuproq chirindisi xisoblanadi.
Nemis olimi Yustus Libix gumus nazariyasiga keskin qarshi chiqib, o’zining
o’simliklarni mineral moddalar bilan oziqlanish nazariyasini olg’a surdi. O’simlik
chirindi  emas,  balki  mineral  moddalar  bilan  oziqlanadi,  gumus  esa  karbonat
angidridining manbai hisoblanadi, deb ta’kidlaydi.
Rus  tuproqshunoslarining  katta  xizmatlari  natijasida  yuzaga  kelgan  ilmiy
tuproqshunoslik fani nafaqat G’arbiy Yevropa, balki jahonning boshqa barcha
mamlakatlarida ham uning rivojlanishiga katta ta’sir ko’rsatdi. 1725 yilda barpo
etilgan fanlar Akademiyasida Rossiyaning tabiiy boyliklari, jumladan, tuproqlarni
o’rganish bo’yicha ko’plab ekspedisiyalar tashkil etildi. Bunda ulug’ rus olimi
M.V.Lomonosov  (1711-1765)  ning  xizmatlari  nihoyatda  katta  bo’ldi.
Lomonosovning 1763 yilda bosilib chiqqan, "Yer qatlamlari haqida"gi klassik asari
tuproqshunoslik fanining shakllanishida muhim rol o’ynadi.
Tuproq haqidagi  ilmiy fan asoschisi  - buyuk rus olimi  V.V.Dokuchayev
(1846-1903) hisoblanadi. Amerikalik mashhur tuproqshunos K.F.Marbut (1936),
V.V.Dokuchayevning  tuproqshunoslik  tarixidagi  rolini  alohida  ta’kidlab,  uni
K.Linneyning  biologiya  va  I.Laselning  geologiya  tarixiga  qo’shgan  hissasiga
tenglashtirgan  edi.  V.V.Dokuchayev  tuproqshunoslikning  asosiy  yo’nalishlarini
ishlab  chiqdi  va  tuproq  hakidagi  ilmiy  tushunchani  tavsiya  etdi.  Dokuchayev
ta’limotiga ko’ra tuproqlar hozir butun yer yuzi iqlimining o’zgarishiga qarab, bir-
biridan farqlanadigan tekislik zonalariga ajratilgan. Olim butun yer yuzini qutb,
shimoliy o’rmon, dasht, cho’l va subtropik zonalardan iborat beshta tabiiy zonaga
ajratib, bu zonalarning hammasini batafsil ta’riflab beradi. Dokuchayev har bir
tuproqning  hosil  bo’lishi  tabiiy  zonalardagi  iqlimga,  o’simliklar  va  hayvonot
olamiga,  tuproq  paydo  qiluvchi  jinslarga,  joyning  relyefi  va  yoshiga  bog’liq
ekanligini isbotladi. Ana shunga ko’ra cho’l zonasida (O’rta Osiyoning asosiy
qismi shu zonaga kiradi) sariq va oqish (hozirgi bo’z) tuproqlar rivojlanadi deb
ko’rsatdi.  Keyinchalik  Kavkaz  tog’lari  tuproqlarini  o’rganish  jarayonlarida
tuproqlarning vertikal zonallik bo’yicha tarqalish qonunini bayon etdi. O’zining
yirik kashfiyotlari bilan jahon fani tarixida yorqin iz qoldirgan genial rus kimyogari
D.I.Mendeleyev (1854-1907) ning tuproqshunoslik sohasidagi ishlari ham diqqatga
sazovor. U Dokuchayevga rus qora tuproqlarini tekshirishga yaqindan yordam
berdi. O’z laboratoriyasida ko’plab tuproq analizlarini o’tkazdi.
Logotip
Nemis olimi Yustus Libix gumus nazariyasiga keskin qarshi chiqib, o’zining o’simliklarni mineral moddalar bilan oziqlanish nazariyasini olg’a surdi. O’simlik chirindi emas, balki mineral moddalar bilan oziqlanadi, gumus esa karbonat angidridining manbai hisoblanadi, deb ta’kidlaydi. Rus tuproqshunoslarining katta xizmatlari natijasida yuzaga kelgan ilmiy tuproqshunoslik fani nafaqat G’arbiy Yevropa, balki jahonning boshqa barcha mamlakatlarida ham uning rivojlanishiga katta ta’sir ko’rsatdi. 1725 yilda barpo etilgan fanlar Akademiyasida Rossiyaning tabiiy boyliklari, jumladan, tuproqlarni o’rganish bo’yicha ko’plab ekspedisiyalar tashkil etildi. Bunda ulug’ rus olimi M.V.Lomonosov (1711-1765) ning xizmatlari nihoyatda katta bo’ldi. Lomonosovning 1763 yilda bosilib chiqqan, "Yer qatlamlari haqida"gi klassik asari tuproqshunoslik fanining shakllanishida muhim rol o’ynadi. Tuproq haqidagi ilmiy fan asoschisi - buyuk rus olimi V.V.Dokuchayev (1846-1903) hisoblanadi. Amerikalik mashhur tuproqshunos K.F.Marbut (1936), V.V.Dokuchayevning tuproqshunoslik tarixidagi rolini alohida ta’kidlab, uni K.Linneyning biologiya va I.Laselning geologiya tarixiga qo’shgan hissasiga tenglashtirgan edi. V.V.Dokuchayev tuproqshunoslikning asosiy yo’nalishlarini ishlab chiqdi va tuproq hakidagi ilmiy tushunchani tavsiya etdi. Dokuchayev ta’limotiga ko’ra tuproqlar hozir butun yer yuzi iqlimining o’zgarishiga qarab, bir- biridan farqlanadigan tekislik zonalariga ajratilgan. Olim butun yer yuzini qutb, shimoliy o’rmon, dasht, cho’l va subtropik zonalardan iborat beshta tabiiy zonaga ajratib, bu zonalarning hammasini batafsil ta’riflab beradi. Dokuchayev har bir tuproqning hosil bo’lishi tabiiy zonalardagi iqlimga, o’simliklar va hayvonot olamiga, tuproq paydo qiluvchi jinslarga, joyning relyefi va yoshiga bog’liq ekanligini isbotladi. Ana shunga ko’ra cho’l zonasida (O’rta Osiyoning asosiy qismi shu zonaga kiradi) sariq va oqish (hozirgi bo’z) tuproqlar rivojlanadi deb ko’rsatdi. Keyinchalik Kavkaz tog’lari tuproqlarini o’rganish jarayonlarida tuproqlarning vertikal zonallik bo’yicha tarqalish qonunini bayon etdi. O’zining yirik kashfiyotlari bilan jahon fani tarixida yorqin iz qoldirgan genial rus kimyogari D.I.Mendeleyev (1854-1907) ning tuproqshunoslik sohasidagi ishlari ham diqqatga sazovor. U Dokuchayevga rus qora tuproqlarini tekshirishga yaqindan yordam berdi. O’z laboratoriyasida ko’plab tuproq analizlarini o’tkazdi.
Ilmiy  tuproqshunoslikning  rivojlanishida  ulug’  rus  olimi,  professor
P.A.Kostichevning (1845-1895) tadqiqotlari ham katta rol o’ynaydi.
P.A.Kostichev qator yillar davomida turli tuproqlarni tabiatda va laboratoriya
sharoitida tekshirib, tuproqning paydo bo’lishi birinchi navbatda biologik jarayon
ekanligini  ta’kidladi.  Tuproqshunoslik  fanining  rivojlanishi,  tuproqlarning  turli
xossa va tarkibini o’rganishga qator olimlar o’z hissasini qo’shdilar. Jumladan,
N.M.Sibirsev,  K.D.Glinka,  S.S.Kossovich,  S.S.Neustruyev,  V.R.Vilyams,
K.K.Gedroys,  L.I.Prasolov  va  boshqa  olimlarning  ilmiy  tuproqshunoslikni
rivojlantirishdagi roli beqiyosdir.
O’rta Osiyo tuproqlarining o’rganilishi.
Rossiya tadqiqotchilari tomonidan Turkiston – Markaziy Osiyo mamlakatlari,
jumladan O’zbekiston xududi tuproqlarini o’rganishga qiziqish juda katta bo’lgan.
Bundagi  asosiy  maqsad  harbiy  yurishlar  uchun  strategik  yurishlarni  amalgam
oshirish  va  bu  mamlakatlarda  texnik  ekinlar,  asosan  paxta  xom  ashyosini
yetishtirishni yo’lga qo’yish hisoblanadi.
R.Xannikov (1843), A.Danilevskiy (1843), A.Vamberg (1874), M.I.Ivanova
(1878)  larning  harbiy  geografik   tadqiqotlari  hisobotlarida  birinchi  marta
O’zbekiston tuproqlari o’lka landshaftining ajralmas qismi sifatida juda soda va
umumiy baholanadi (L.Tursunov, M. Qaharova, 2009).
XIX asrning oxirgi choragida Rossiya hukumati tomonidan tadqiqotchilar
oldiga g’o’za ekiladigan maydonlarni kengaytirish va dehqonlardan olinadigan yer
solig’ini tartibga solish vazifalari qo’yildi. Ushbu masalalar A.Muddendorf (1882),
A.N. Krasnov (1887), N. Teyx (1881) lar asarlarida o’z yechimini topgan.  
O’rta Osiyo tuproqlarini o’rganish va klassifikasiyalashda S.S.Neustruyevning
(1874-1928)  ishlari  muhim  rol  o’ynaydi.  U  1907  yildan  boshlab  Turkistonda
muntazam  tuproq-geografik  tadqiqotlar  olib  bordi.  1926  yilda  S.S.Neustruyev
o’zining  «Turkistonga  oid  tuproq  –  geografik  asari»  da  tuproqshunoslikning
muhim sohalariga ko’plab yangi g’oyalar tushunchalar kiritdi. Chimkent uyezdiga
oid regional monografiyasida O’rta Osiyo tuprog’ining yangi genetik tipi- "bo’z
tuproqlar" terminini fanga birinchi bo’lib kiritdi. 
S.S.Neustruyev Chimkent uezdida (1908), Perovskiy (1910), Kazalin (1911),
Andijon (1911), Namangan (1913) va ayniqsa Osh (1914) hamda Xo’jand (1916)
Logotip
Ilmiy tuproqshunoslikning rivojlanishida ulug’ rus olimi, professor P.A.Kostichevning (1845-1895) tadqiqotlari ham katta rol o’ynaydi. P.A.Kostichev qator yillar davomida turli tuproqlarni tabiatda va laboratoriya sharoitida tekshirib, tuproqning paydo bo’lishi birinchi navbatda biologik jarayon ekanligini ta’kidladi. Tuproqshunoslik fanining rivojlanishi, tuproqlarning turli xossa va tarkibini o’rganishga qator olimlar o’z hissasini qo’shdilar. Jumladan, N.M.Sibirsev, K.D.Glinka, S.S.Kossovich, S.S.Neustruyev, V.R.Vilyams, K.K.Gedroys, L.I.Prasolov va boshqa olimlarning ilmiy tuproqshunoslikni rivojlantirishdagi roli beqiyosdir. O’rta Osiyo tuproqlarining o’rganilishi. Rossiya tadqiqotchilari tomonidan Turkiston – Markaziy Osiyo mamlakatlari, jumladan O’zbekiston xududi tuproqlarini o’rganishga qiziqish juda katta bo’lgan. Bundagi asosiy maqsad harbiy yurishlar uchun strategik yurishlarni amalgam oshirish va bu mamlakatlarda texnik ekinlar, asosan paxta xom ashyosini yetishtirishni yo’lga qo’yish hisoblanadi. R.Xannikov (1843), A.Danilevskiy (1843), A.Vamberg (1874), M.I.Ivanova (1878) larning harbiy geografik tadqiqotlari hisobotlarida birinchi marta O’zbekiston tuproqlari o’lka landshaftining ajralmas qismi sifatida juda soda va umumiy baholanadi (L.Tursunov, M. Qaharova, 2009). XIX asrning oxirgi choragida Rossiya hukumati tomonidan tadqiqotchilar oldiga g’o’za ekiladigan maydonlarni kengaytirish va dehqonlardan olinadigan yer solig’ini tartibga solish vazifalari qo’yildi. Ushbu masalalar A.Muddendorf (1882), A.N. Krasnov (1887), N. Teyx (1881) lar asarlarida o’z yechimini topgan. O’rta Osiyo tuproqlarini o’rganish va klassifikasiyalashda S.S.Neustruyevning (1874-1928) ishlari muhim rol o’ynaydi. U 1907 yildan boshlab Turkistonda muntazam tuproq-geografik tadqiqotlar olib bordi. 1926 yilda S.S.Neustruyev o’zining «Turkistonga oid tuproq – geografik asari» da tuproqshunoslikning muhim sohalariga ko’plab yangi g’oyalar tushunchalar kiritdi. Chimkent uyezdiga oid regional monografiyasida O’rta Osiyo tuprog’ining yangi genetik tipi- "bo’z tuproqlar" terminini fanga birinchi bo’lib kiritdi. S.S.Neustruyev Chimkent uezdida (1908), Perovskiy (1910), Kazalin (1911), Andijon (1911), Namangan (1913) va ayniqsa Osh (1914) hamda Xo’jand (1916)
uezdlarida o’tkazgan kuzatishlari natijasida arid tog’ o’lkalariga xos vertikal –
mintaqalari  bo’yicha  och  tusli,  tipik  va  to’q  tusli  tipchalarga  ajratib,  o’z
hisobotlarida ularga xarakteristika beradi. 
Turkiston  cho’llarining  tekis  zonalari  va  Sirdaryo,  Amudaryo  vodiylari
tuproqlarini  o’rganib,  Neustruev  yirik  ilmiy  muommolarni  olg’a  surdi.  Bu
g’oyalarning aksariyati uning 1926 yilda nashr etilgan (V.V.Nikitin hamkorligida)
«Turkistonning  paxtachilik  rayoni  tuproqlari»  asarida  bayon  etilgan.  Unga
Turkiston zonasining obzor tuproq xaritasi ham ilova qilingan.
S.S.«Sherobod»  vodiysining  tuproq  –  geologik  ocherki»  (1931),
«Qoraqalpog’iston avtonom oblastida tuproq va botanik – geografik tadqiqotlar»
(1930) asarlari O’rta Osiyo tuproqlarini o’rganishda katta ahamiyatga ega. 
O’rta Osiyo tuproqlarini o’rganishda N.A.Dimo (1873-1959) xizmatlari katta.
O’rta  Osiyo  respublikalarining  turli  masshtabli  tuproq  kartalari  N.A.Dimo
rahbarligida tuzilgan. 
Tuproq
 
mikrobiologiyasining
 
rivojlanishida
 
B.A.Amelyanskiy,
S.N.Vinogradov, N.A.Krasilnikov, E.N.Mishustinlarning ilmiy tadqiqotlari katta
hissa bo’lib qo’shildi. Bu ishlar nafaqat tuproq unumdorligi bilan bevosita bog’liq
bo’lgan biokimyoviy jarayonlar mohiyatini ochishga, balki tuproq unumdorligini
oshirish  tadbirlarining  amaliy  sohalarini  ham  ishlab  chiqish  imkonini  berdi.
Tuproqlarni  o’g’itlash  va  o’simliklarning  oziqlanishi  haqidagi  ta’limotni
rivojlantirishda buyuk sovet olimi akademik D.N.Pryanishnikov (1865-1948)ning
ko’plab  agrokimyoviy  tekshirishlari  katta  ahamiyatga  ega  bo’ldi.
D.N.Pryanishnikov Ulug’ Vatan urushi (1941-1943) yillarida Samarqandda qishloq
xo’jalik institutida faoliyat ko’rsatdi. Bu davrda mamlakatimiz uchun zarur bo’lgan
muhim  tadqiqotlar  olib  bordi  va  jumladan,  qand  lavlagi  va  g’o’za  etishtirish
borasida qator bebaho ilmiy asarlar yaratdi. Olimning O’simlik hayoti va sobiq
ittifoq dehqonchiligida azot  nomli yirik  asari shu davrda O’zbekistonda yozib
tamomlangan edi. 
Ilmiy tuproqshunoslikning rivojlanishida akademik L.I.Prasolov (1875-1954)
ning  ishlari   juda  katta  rol  o’ynadi.  L.I.Prasolov  tuproqlar  genezisi  va
klassifikasiyasi hamda jahon tuproq  kartasi va sobiq ittifoqning tuproq kartalarini
tuzib chiqishga katta hissa qo’shdi. U tuproq kartografiyasi va tuproq resurslarini
Logotip
uezdlarida o’tkazgan kuzatishlari natijasida arid tog’ o’lkalariga xos vertikal – mintaqalari bo’yicha och tusli, tipik va to’q tusli tipchalarga ajratib, o’z hisobotlarida ularga xarakteristika beradi. Turkiston cho’llarining tekis zonalari va Sirdaryo, Amudaryo vodiylari tuproqlarini o’rganib, Neustruev yirik ilmiy muommolarni olg’a surdi. Bu g’oyalarning aksariyati uning 1926 yilda nashr etilgan (V.V.Nikitin hamkorligida) «Turkistonning paxtachilik rayoni tuproqlari» asarida bayon etilgan. Unga Turkiston zonasining obzor tuproq xaritasi ham ilova qilingan. S.S.«Sherobod» vodiysining tuproq – geologik ocherki» (1931), «Qoraqalpog’iston avtonom oblastida tuproq va botanik – geografik tadqiqotlar» (1930) asarlari O’rta Osiyo tuproqlarini o’rganishda katta ahamiyatga ega. O’rta Osiyo tuproqlarini o’rganishda N.A.Dimo (1873-1959) xizmatlari katta. O’rta Osiyo respublikalarining turli masshtabli tuproq kartalari N.A.Dimo rahbarligida tuzilgan. Tuproq mikrobiologiyasining rivojlanishida B.A.Amelyanskiy, S.N.Vinogradov, N.A.Krasilnikov, E.N.Mishustinlarning ilmiy tadqiqotlari katta hissa bo’lib qo’shildi. Bu ishlar nafaqat tuproq unumdorligi bilan bevosita bog’liq bo’lgan biokimyoviy jarayonlar mohiyatini ochishga, balki tuproq unumdorligini oshirish tadbirlarining amaliy sohalarini ham ishlab chiqish imkonini berdi. Tuproqlarni o’g’itlash va o’simliklarning oziqlanishi haqidagi ta’limotni rivojlantirishda buyuk sovet olimi akademik D.N.Pryanishnikov (1865-1948)ning ko’plab agrokimyoviy tekshirishlari katta ahamiyatga ega bo’ldi. D.N.Pryanishnikov Ulug’ Vatan urushi (1941-1943) yillarida Samarqandda qishloq xo’jalik institutida faoliyat ko’rsatdi. Bu davrda mamlakatimiz uchun zarur bo’lgan muhim tadqiqotlar olib bordi va jumladan, qand lavlagi va g’o’za etishtirish borasida qator bebaho ilmiy asarlar yaratdi. Olimning O’simlik hayoti va sobiq ittifoq dehqonchiligida azot nomli yirik asari shu davrda O’zbekistonda yozib tamomlangan edi. Ilmiy tuproqshunoslikning rivojlanishida akademik L.I.Prasolov (1875-1954) ning ishlari juda katta rol o’ynadi. L.I.Prasolov tuproqlar genezisi va klassifikasiyasi hamda jahon tuproq kartasi va sobiq ittifoqning tuproq kartalarini tuzib chiqishga katta hissa qo’shdi. U tuproq kartografiyasi va tuproq resurslarini
hisobga olish va sifat tomonidan baholashning hozirgi zamon ilmiy asoslarini
ishlab  chiqdi,  L.I.Prosolov  rahbarligida  O’rta  Osiyoda  olib  borilgan  tuproqlar
geografiyasi  sohasidagi  ishlsri  diqqatga  sazovor.  Bu  borada  mashhur  rus
tuproqshunoslari   I.P.Gerasimov,  V.A.Kovda,  K.P.Gorshenin,  N.A.  Dim  ova
boshqa olimlar katta ishlarni amalgam oshirdilar.
O’rta Osiyo respublikalari tuproqlarini har tomonlama o’rganishda ayniqsa
N.A. Dimo (1873-1959) ning xizmatlari alohida ahamiyatga ega. O’rta Osiyo
respublikalarining  dastlabki  turli  masshtabli  tuproq  kartalari  N.A.  Dimo
rahbarligida tuzilgan. Bu kartalar 1929 yilda Vashingtonda bo’lib otgan Birinchi
Halqaro tuproqshunoslar kongressida  namaoyish etilgan. Uning studentlik davrida
bajargan  ilmiy  tadqiqotlari  materiallaridan  N.M.Sibirsev  o’zining
«Tuproqshunoslik» darsligida foydalangan edi. 
N.A.Dimoning ilmiy ishlari sobiq ittifoqning Yevropa qismi, O’rta Osiyo,
Zakavkaz’e va Moldova tuproqlari geografiyasi, tuproq sho’rlanishi, biologiyasi,
fizikasi va meliorasiyasiga bag’ishlangan.
N.A.Dimo 1908 yildan O’rta Osiyo. Ayniqsa Sirdaryo va Amudaryo havzalari
rayonlarining  tuproqlarini  batafsil  o’rganishga  kirishdi.  1909-1910  yillarda
Mirzacho’lning sho’rlangan tuproqlarini tekshirib, bu rayonning tuproq kartasini
tuzib chiqqan. N.A. Dimo tuproqlar zoologiyasining ham asoschisi hisoblanadi.
Olim ko’plab tuproq-zoologik tadqiqotlarida tuproqdagi ko’p sonli hayvonot olami
jumladan, yomg’ir chuvalchanglari, chumolilar, mayday umurtqali jonivorlarning
tuproq paydo bo’lishidagi roliga katta e’tibor berdi.
Keyinchalik O’rta Osiyoda yirik tuproqshunoslar I.P.Gerasimov, V.A.Kovda,
A.A.Rode,  N.A.Rozanov,  E.V.Lobova,  N.A.Kachinskiy,V.V.Egorov  va
boshqalarning tuproq giografiyasi, fizikasi va meliorasiyasi borasidagi ishlaei bilan
bir qatorda, ayniqsa paxtachilik rayonlarining tuproqlarini o’rganishda M.A.Orlov,
I.N. Antipov-Karatayev, S.N. Rijov, A.M. Pankov, N.V. Kimberg, M.U. Umarov,
M.B. Bahodirov, A.A. Sadriddinov va boshqalarning xizmatlari katta bo’ldi. 
Hozirgi vaqtda O’rta Osiyoda sug’oriladigan yerlarning meliorativ holatini
yaxshilash,  unumdorligini  yanada  oshirish  borasida  ancha  ishlar  amalgam
oshirilmoqda. Tuproq sharoitlariga ko’ra turli agrotexnika usullaridan to’g’ri va
samarali  foydalanish  ishiga  e’tibor  kuchaytirilmoqda.  Markaziy  Osiyo
Logotip
hisobga olish va sifat tomonidan baholashning hozirgi zamon ilmiy asoslarini ishlab chiqdi, L.I.Prosolov rahbarligida O’rta Osiyoda olib borilgan tuproqlar geografiyasi sohasidagi ishlsri diqqatga sazovor. Bu borada mashhur rus tuproqshunoslari I.P.Gerasimov, V.A.Kovda, K.P.Gorshenin, N.A. Dim ova boshqa olimlar katta ishlarni amalgam oshirdilar. O’rta Osiyo respublikalari tuproqlarini har tomonlama o’rganishda ayniqsa N.A. Dimo (1873-1959) ning xizmatlari alohida ahamiyatga ega. O’rta Osiyo respublikalarining dastlabki turli masshtabli tuproq kartalari N.A. Dimo rahbarligida tuzilgan. Bu kartalar 1929 yilda Vashingtonda bo’lib otgan Birinchi Halqaro tuproqshunoslar kongressida namaoyish etilgan. Uning studentlik davrida bajargan ilmiy tadqiqotlari materiallaridan N.M.Sibirsev o’zining «Tuproqshunoslik» darsligida foydalangan edi. N.A.Dimoning ilmiy ishlari sobiq ittifoqning Yevropa qismi, O’rta Osiyo, Zakavkaz’e va Moldova tuproqlari geografiyasi, tuproq sho’rlanishi, biologiyasi, fizikasi va meliorasiyasiga bag’ishlangan. N.A.Dimo 1908 yildan O’rta Osiyo. Ayniqsa Sirdaryo va Amudaryo havzalari rayonlarining tuproqlarini batafsil o’rganishga kirishdi. 1909-1910 yillarda Mirzacho’lning sho’rlangan tuproqlarini tekshirib, bu rayonning tuproq kartasini tuzib chiqqan. N.A. Dimo tuproqlar zoologiyasining ham asoschisi hisoblanadi. Olim ko’plab tuproq-zoologik tadqiqotlarida tuproqdagi ko’p sonli hayvonot olami jumladan, yomg’ir chuvalchanglari, chumolilar, mayday umurtqali jonivorlarning tuproq paydo bo’lishidagi roliga katta e’tibor berdi. Keyinchalik O’rta Osiyoda yirik tuproqshunoslar I.P.Gerasimov, V.A.Kovda, A.A.Rode, N.A.Rozanov, E.V.Lobova, N.A.Kachinskiy,V.V.Egorov va boshqalarning tuproq giografiyasi, fizikasi va meliorasiyasi borasidagi ishlaei bilan bir qatorda, ayniqsa paxtachilik rayonlarining tuproqlarini o’rganishda M.A.Orlov, I.N. Antipov-Karatayev, S.N. Rijov, A.M. Pankov, N.V. Kimberg, M.U. Umarov, M.B. Bahodirov, A.A. Sadriddinov va boshqalarning xizmatlari katta bo’ldi. Hozirgi vaqtda O’rta Osiyoda sug’oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash, unumdorligini yanada oshirish borasida ancha ishlar amalgam oshirilmoqda. Tuproq sharoitlariga ko’ra turli agrotexnika usullaridan to’g’ri va samarali foydalanish ishiga e’tibor kuchaytirilmoqda. Markaziy Osiyo
respublikalaridagi  Tuproqshunos  va  agrokimyo  ilmiy  –  tadqiqot  oliygohlari,
Toshkent Davlat dorilfinuni Tuproqshunoslik fakulteti va qator agrar oliygohlari
tuproqshunoslik va agrokimyo kafedralarida olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlar
yo’nalishi  va  regional  tuproqshunoslikning  rivojlanishiga  katta  hissa  bo’lib
qo’shilmoqda. Olib borilgan ko’plab ilmiy tadqiqotlarning natijalari asosida O’rta
Osiyo tuproqlariga doir ko’plab yirik fundamental asarlar yaratildi. 
Keyinchalik O’rta Osiyoda yirik tuproqshunoslar I.P.Gerasimov, V.A.Kovda,
A.A.Rode, N.A.Rozanov va boshqalarning tuproq geografiyasi, fizikasi, borasidagi
ishlari  paxtachilik  rayonlarini  o’rganishda  M.A.Orlov,  I.N.Antipov-Karatayev,
S.M.Rijov,  M.A.Pankov,  N.V.Kimberg,  M.U.Umarov.  M.B.Baxodirov,
A.M.Rasulov, O.K.Komilov va boshqalarning xizmatlari katta.
2. Tuproq paydo bo’lish jarayonining umumiy sxemasi.
Litosfera tarkibi. Tog’ jinslari va minerallarning nurashi. Tuproq fizik nuqtai
nazardan uch fazali sistema hisoblanadi, ya’ni qattiq, suyuq (tuproq eritmasi) va
gazsimon (tuproqdagi havo) fazalardan tarkib topgan. Tuproqning qattiq fazasi-
qismi mineral hamda organik moddalardan iboratdir. Tuproqning mineral qismi
quruqlikning yuza qatlamidagi tog’ jinslarining nurashi natijasida paydo bo’ladi.
Yerning qattiq qobig’i - Litosfera har xil mineral va magmatik (zich-kristal),
cho’kindi va metamorfik tog’  jinslardan tashkil topgan.
Minerallar tabiatda kvars (Si02) va kalsiy karbonat (CaSO3) singari qattiq, neft
(CnNn), suv (H2O) kabi suyuq hamda karbonat angidrid (CO2) singari gaz holida
uchraydi.  Mineral  jinslar  turli  murakkab  jarayonlar  natijasida  paydo  bo’ladi.
Ularning ko’pchiligi uzoq muddat davom etgan, geokimyoviy jarayonlar natijasida
paydo bo’lib, ular anorganik mineral jinslar, biokimyoviy jarayonlar natijasida
paydo bo’lganlari esa organik-mineral jinslar yoki biolitlar (bios-hayot, litos-tosh
demakdir) deyiladi 
Minerallar  va  tog’  jinslari  tuproq  ona  jinsining  manbaidir.
 
Yer ichida (qa’rida) yoki ustida tabiiy kimyoviy reaksiya natijasida paydo bo’lgan
va ma’lum darajada doimiy kimyoviy tarkibga, ichki tuzilishga (strukturaga) va
tashqi belgilarga ega bo’lgan tabiiy kimyoviy birikmalar va sof elementlar mineral
deb ataladi
Logotip
respublikalaridagi Tuproqshunos va agrokimyo ilmiy – tadqiqot oliygohlari, Toshkent Davlat dorilfinuni Tuproqshunoslik fakulteti va qator agrar oliygohlari tuproqshunoslik va agrokimyo kafedralarida olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlar yo’nalishi va regional tuproqshunoslikning rivojlanishiga katta hissa bo’lib qo’shilmoqda. Olib borilgan ko’plab ilmiy tadqiqotlarning natijalari asosida O’rta Osiyo tuproqlariga doir ko’plab yirik fundamental asarlar yaratildi. Keyinchalik O’rta Osiyoda yirik tuproqshunoslar I.P.Gerasimov, V.A.Kovda, A.A.Rode, N.A.Rozanov va boshqalarning tuproq geografiyasi, fizikasi, borasidagi ishlari paxtachilik rayonlarini o’rganishda M.A.Orlov, I.N.Antipov-Karatayev, S.M.Rijov, M.A.Pankov, N.V.Kimberg, M.U.Umarov. M.B.Baxodirov, A.M.Rasulov, O.K.Komilov va boshqalarning xizmatlari katta. 2. Tuproq paydo bo’lish jarayonining umumiy sxemasi. Litosfera tarkibi. Tog’ jinslari va minerallarning nurashi. Tuproq fizik nuqtai nazardan uch fazali sistema hisoblanadi, ya’ni qattiq, suyuq (tuproq eritmasi) va gazsimon (tuproqdagi havo) fazalardan tarkib topgan. Tuproqning qattiq fazasi- qismi mineral hamda organik moddalardan iboratdir. Tuproqning mineral qismi quruqlikning yuza qatlamidagi tog’ jinslarining nurashi natijasida paydo bo’ladi. Yerning qattiq qobig’i - Litosfera har xil mineral va magmatik (zich-kristal), cho’kindi va metamorfik tog’ jinslardan tashkil topgan. Minerallar tabiatda kvars (Si02) va kalsiy karbonat (CaSO3) singari qattiq, neft (CnNn), suv (H2O) kabi suyuq hamda karbonat angidrid (CO2) singari gaz holida uchraydi. Mineral jinslar turli murakkab jarayonlar natijasida paydo bo’ladi. Ularning ko’pchiligi uzoq muddat davom etgan, geokimyoviy jarayonlar natijasida paydo bo’lib, ular anorganik mineral jinslar, biokimyoviy jarayonlar natijasida paydo bo’lganlari esa organik-mineral jinslar yoki biolitlar (bios-hayot, litos-tosh demakdir) deyiladi Minerallar va tog’ jinslari tuproq ona jinsining manbaidir. Yer ichida (qa’rida) yoki ustida tabiiy kimyoviy reaksiya natijasida paydo bo’lgan va ma’lum darajada doimiy kimyoviy tarkibga, ichki tuzilishga (strukturaga) va tashqi belgilarga ega bo’lgan tabiiy kimyoviy birikmalar va sof elementlar mineral deb ataladi
Tog’ jinslari. Litosferaning ma’lum qismida ko’p joyni egallagan bir yoki bir
nechta mineral to’plamidan (agregatidan) iborat tabiiy jismlarga tog’ jinsi deyiladi.
Masalan: granit, siyenit, marmar, qum va shag’al tog’ jinslaridir. Barcha tog’
jinslari uch gruppaga, ya’ni  magmatik (otqindi),  cho’kindi va  metamorfik  tog’
jinslariga  bo’linadi.  Litosferaning  ko’p  qismi  magmatik  va  metaforfik  tog’
jinslaridan tashkil topgan bo’lib, faqat yupqa yuza qatlami cho’kindi tog’ jinslari
bilan qoplangan. Quruqlikning yuza qatlamida (asosan tekisliklarda) cho’kindi tog’
jinslari 75 foizni, magmatik va metaforfik tog’ jinslari esa 25 foizni tashkil etadi.
Magmatik (otqindi) tog’ jinslari yer qobig’ining ichki qismidagi yuqori darajali
temperatura sharoitida erigan magma (silikatli massa) ning sovib qotishi natijasida
paydo bo’lgan intruziv (yoki ichki chuqurlik) jinslar (granit, diorit, siyenit kabi
to’la kristallangan tog’ jinslari), effuziv - otilib chiqqan, oddiy temperaturada tez
sovigan jinslar obsidian (vulqon oynasi), bazalt singari jinslardir. Magmatik tog’
jinslari litosferani tashkil etadiganjinslar umumiy massasining 95 foizini tashkil
etadi.
Cho’kindi tog’ jinslari nurash tufayli sodir bo’lgan zarra va zarrachalarning
suv va shamol ta’sirida yer yuzasining quruqlik qismida hamda dengiz, ko’llar,
daryolarda  to’planishidan,  o’simlik  va hayvonot  olamining qoldiqlaridan hosil
bo’ladi.  Cho’kindi  tog’  jinslarining  ko’p  qismi  o’zining  kovakli,  g’ovakli  va
qatlamli bo’lishi singari xususiyatlari bilan boshqa xildagi tog’ jinslaridan farq
qiladi.  Vujudga  kelishi  jihatidan  cho’kindi  tog’  jinslari  uch  sinfga,  ya’ni
mexanikaviy, kimyoviy va organik sinf (cho’kindi)ga bo’linadi.
Mexanikaviy cho’kindi tog’ jinslar magmatik yoki metamorfik tog’ jinslari
nurashi  natijasida  paydo  bo’lgan  har  xil  katta-kichik  zarra  va  parchalar
yig’indisidan iborat. Bu cho’kindi jinslar zarralarining katta-kichikligiga ko’ra:
loyqali, to’zonli, qumli, va yirik zarrali gruppalarga bo’linadi.
Kimyoviy cho’kindi tog’ jinslari kontinental iqlimli zonaga xos sharoitda,
shuningdek ko’l va dengiz suvida erigan turli tarkibdagi birikmalarning oksid yoki
tuz holida cho’kishi natijasida paydo bo’ladi. Kimyoviy cho’kindilar tarkibiga
ko’ra kremniyli, karbonatli, temirli va tuzli gruppalarga bo’linadi.
Amorf holdagi kremnezemdan iborat bo’lgan kremniyli tuf (g’ovak va zich
qovushmali tog’ jinsi bo’lib, qurilish materiali sifatida ishlatiladi) va kremnezem
Logotip
Tog’ jinslari. Litosferaning ma’lum qismida ko’p joyni egallagan bir yoki bir nechta mineral to’plamidan (agregatidan) iborat tabiiy jismlarga tog’ jinsi deyiladi. Masalan: granit, siyenit, marmar, qum va shag’al tog’ jinslaridir. Barcha tog’ jinslari uch gruppaga, ya’ni magmatik (otqindi), cho’kindi va metamorfik tog’ jinslariga bo’linadi. Litosferaning ko’p qismi magmatik va metaforfik tog’ jinslaridan tashkil topgan bo’lib, faqat yupqa yuza qatlami cho’kindi tog’ jinslari bilan qoplangan. Quruqlikning yuza qatlamida (asosan tekisliklarda) cho’kindi tog’ jinslari 75 foizni, magmatik va metaforfik tog’ jinslari esa 25 foizni tashkil etadi. Magmatik (otqindi) tog’ jinslari yer qobig’ining ichki qismidagi yuqori darajali temperatura sharoitida erigan magma (silikatli massa) ning sovib qotishi natijasida paydo bo’lgan intruziv (yoki ichki chuqurlik) jinslar (granit, diorit, siyenit kabi to’la kristallangan tog’ jinslari), effuziv - otilib chiqqan, oddiy temperaturada tez sovigan jinslar obsidian (vulqon oynasi), bazalt singari jinslardir. Magmatik tog’ jinslari litosferani tashkil etadiganjinslar umumiy massasining 95 foizini tashkil etadi. Cho’kindi tog’ jinslari nurash tufayli sodir bo’lgan zarra va zarrachalarning suv va shamol ta’sirida yer yuzasining quruqlik qismida hamda dengiz, ko’llar, daryolarda to’planishidan, o’simlik va hayvonot olamining qoldiqlaridan hosil bo’ladi. Cho’kindi tog’ jinslarining ko’p qismi o’zining kovakli, g’ovakli va qatlamli bo’lishi singari xususiyatlari bilan boshqa xildagi tog’ jinslaridan farq qiladi. Vujudga kelishi jihatidan cho’kindi tog’ jinslari uch sinfga, ya’ni mexanikaviy, kimyoviy va organik sinf (cho’kindi)ga bo’linadi. Mexanikaviy cho’kindi tog’ jinslar magmatik yoki metamorfik tog’ jinslari nurashi natijasida paydo bo’lgan har xil katta-kichik zarra va parchalar yig’indisidan iborat. Bu cho’kindi jinslar zarralarining katta-kichikligiga ko’ra: loyqali, to’zonli, qumli, va yirik zarrali gruppalarga bo’linadi. Kimyoviy cho’kindi tog’ jinslari kontinental iqlimli zonaga xos sharoitda, shuningdek ko’l va dengiz suvida erigan turli tarkibdagi birikmalarning oksid yoki tuz holida cho’kishi natijasida paydo bo’ladi. Kimyoviy cho’kindilar tarkibiga ko’ra kremniyli, karbonatli, temirli va tuzli gruppalarga bo’linadi. Amorf holdagi kremnezemdan iborat bo’lgan kremniyli tuf (g’ovak va zich qovushmali tog’ jinsi bo’lib, qurilish materiali sifatida ishlatiladi) va kremnezem
bilan loyqa aralashmasidan iborat bo’lgan opoka, ohakli tuflarning hamma turlari
va temirli tuflar hamda ko’l va botqoqliklar tagida to’plangan marganes, temir
oksidlari kimyoviy cho’kindilar hisoblanadi. 
Tabiatda tuz holidagi kimyoviy cho’kindilardan galit (NaCl), silvin (KCl),
gips (CaSO4·2H2O) va karnallit (MgCl2 KCl 6H2O) tuzlar ko’proq tarqalgan.
Organik cho’kindi tog’ jinslari yoki biolitlar o’simlik va hayvonot olamining
qoldiqlaridan  paydo  bo’lib,  ulardan  ohaktosh  (CaCO3)  va  dolomit  (CaCO3,
MgCO3) tabiatda juda ko’p tarqalgandir. Suv o’tlari qoldig’idan paydo bo’lgan
trepel  va  diatomit  singari  organik  cho’kindilar  ohaktoshlarga  nisbatan  ancha
kamroq uchraydi. Kimyoviy va organik tog’ jinslaridan tuproq ona jinsi paydo
bo’lishida karbonatli (ohaktosh, dolomitli) jinslar katta ahamiyatga ega.
Metamorfik tog’ jinslari. Bu gruppadagi tog’ jinslari yer qobig’ining quyi
qismida magmatik va cho’kindi tog’ jinslarining murakkab geologik o’zgarishlari
natijasida  paydo  bo’ladi.  Metamorfik  tog’  jinslari  mineralogik tarkibiga  ko’ra
gneys, slanes, marmar va kvarsit gruppalariga bo’linadi.  Yer yuzining muayyan
qismida (quruqlik va dengiz tagida) uchraydigan dastlabki (eng qadimgi) tog’
jinslari yer geologik tarixining to’rtlamchi davridan ilgari vujudga kelgan, ular
asosan  zich va qattiq holdagi  qatlamlardir. To’rtlamchi  yoki hozirgi geologik
davrda paydo bo’lgan tog’ jinslarining ko’pchiligi esa g’ovak holda (valun, shag’al,
qum, chang, loyqa va boshqalar), yer yuzi quruqlik qismining tekisliklarida ko’p
uchraydi. Ularning aksariyati tuproqlarning ona jinsi hisoblanadi.
Tuproq ona jinslari  va umuman tuproq paydo bo’lishida  tog’  jinslari  va
minerallarning  nurash  prosesslari  juda  muhim,  chunki  nurash  mahsullari
keyinchalik davom etadigan turli kimyoviy va biologik prosesslar ta’sirida o’zgara
borib ularda yangi  xususiyatlar  yuzaga keladi  va tabiiy mustaqil jins holdagi
tuproqqa aylanadi.
Tog’ jinslari va minerallarning nurashi. 
   Litosferaning ustki qatlamidagi qattiq, zich va yaxlit holdagi magmatik,
metamorfik va boshqa turdagi tog’ jinslari va ular tarkibidagi minerallar uzoq
davrlar davomida har xil tabiiy faktorlar ta’sirida o’zgaradi va parchalanadi.
Temperaturaning o’zgarishi, suv, havo va organizmlar ta’sirida tog’ jinslari va
minerallarning maydalanish hodisasiga nurash deyiladi
Logotip
bilan loyqa aralashmasidan iborat bo’lgan opoka, ohakli tuflarning hamma turlari va temirli tuflar hamda ko’l va botqoqliklar tagida to’plangan marganes, temir oksidlari kimyoviy cho’kindilar hisoblanadi. Tabiatda tuz holidagi kimyoviy cho’kindilardan galit (NaCl), silvin (KCl), gips (CaSO4·2H2O) va karnallit (MgCl2 KCl 6H2O) tuzlar ko’proq tarqalgan. Organik cho’kindi tog’ jinslari yoki biolitlar o’simlik va hayvonot olamining qoldiqlaridan paydo bo’lib, ulardan ohaktosh (CaCO3) va dolomit (CaCO3, MgCO3) tabiatda juda ko’p tarqalgandir. Suv o’tlari qoldig’idan paydo bo’lgan trepel va diatomit singari organik cho’kindilar ohaktoshlarga nisbatan ancha kamroq uchraydi. Kimyoviy va organik tog’ jinslaridan tuproq ona jinsi paydo bo’lishida karbonatli (ohaktosh, dolomitli) jinslar katta ahamiyatga ega. Metamorfik tog’ jinslari. Bu gruppadagi tog’ jinslari yer qobig’ining quyi qismida magmatik va cho’kindi tog’ jinslarining murakkab geologik o’zgarishlari natijasida paydo bo’ladi. Metamorfik tog’ jinslari mineralogik tarkibiga ko’ra gneys, slanes, marmar va kvarsit gruppalariga bo’linadi. Yer yuzining muayyan qismida (quruqlik va dengiz tagida) uchraydigan dastlabki (eng qadimgi) tog’ jinslari yer geologik tarixining to’rtlamchi davridan ilgari vujudga kelgan, ular asosan zich va qattiq holdagi qatlamlardir. To’rtlamchi yoki hozirgi geologik davrda paydo bo’lgan tog’ jinslarining ko’pchiligi esa g’ovak holda (valun, shag’al, qum, chang, loyqa va boshqalar), yer yuzi quruqlik qismining tekisliklarida ko’p uchraydi. Ularning aksariyati tuproqlarning ona jinsi hisoblanadi. Tuproq ona jinslari va umuman tuproq paydo bo’lishida tog’ jinslari va minerallarning nurash prosesslari juda muhim, chunki nurash mahsullari keyinchalik davom etadigan turli kimyoviy va biologik prosesslar ta’sirida o’zgara borib ularda yangi xususiyatlar yuzaga keladi va tabiiy mustaqil jins holdagi tuproqqa aylanadi. Tog’ jinslari va minerallarning nurashi. Litosferaning ustki qatlamidagi qattiq, zich va yaxlit holdagi magmatik, metamorfik va boshqa turdagi tog’ jinslari va ular tarkibidagi minerallar uzoq davrlar davomida har xil tabiiy faktorlar ta’sirida o’zgaradi va parchalanadi. Temperaturaning o’zgarishi, suv, havo va organizmlar ta’sirida tog’ jinslari va minerallarning maydalanish hodisasiga nurash deyiladi
Litosferaning nurash jarayoni davom etayotgan ustki-yuza qatlamiga nurash
qobig’i deyiladi. Bunda 2 zona ajratiladi: ustki yoki hozirgi zamon nurash zonasi va
chuqurlik yoki qadimgi zamon nurash zonasi. Tuproq paydo bo’lish jarayoni sodir
bo’ladigan hozirgi zamon nurash zonasining qalinligi bir necha santimetrdan 2-10
m gacha bo’lishi mumkin.
Yer yuzida tarqalgan har xil tosh, shag’al., qum, chang va loyqalar singari
g’ovak  jinslar  uzoq vaqtlardan  buyon davom  etib kelayotgan  nurash  jarayoni
mahsuli hisoblanib, ular asosan yerning nurash qobig’ida uchraydi va tuproq ona
jinsi bo’lish qobiliyatiga ega.
Tog’ jinslari va minerallarning nurashi tabiiy faktorlarning ta’siriga ko’ra 3
xil: fizikaviy, kimyoviy va biologik nurash turlariga bo’linadi.
Fizikaviy  nurash. Bu  jarayon  natijasida  yaxlit  tog’  jinslari  hamda
minerallarning  kimyoviy  va  mineralogik  tarkibi  o’zgarmagan  holda  ular
mexanikaviy ravishda har xil hajmdagi bo’lakchalarga ajralib, parchalanadi va
maydalanadi.  Fizikaviy  nurash  asosan  havo  haroratining  keskin  o’zgarishi
natijasida vujudga kelganligi sababli bu xil nurashga ko’pincha termik nurash ham
deyiladi.
Turli mineral tarkibli tog’ jinslari quyosh nuri issiqligi ta’sirida bir tekis
qizimaydi.  Chunki  minerallarning  issiqlik  singdirishi,  issiqlik  o’tkazishi  va
tarqatishi, issiqlik sig’imi singari xususiyatlari har xil bo’ladi.
Quyosh nuri ta’sirida kunduzi tog’ jinslari va minerallarning sirtqi qismi
ancha tez qizib, hajmi kengayganligidan jinsning qizigan ustki qismi ichki sovuq
va hajmi uncha o’zgarmagan qismidan 
Logotip
Litosferaning nurash jarayoni davom etayotgan ustki-yuza qatlamiga nurash qobig’i deyiladi. Bunda 2 zona ajratiladi: ustki yoki hozirgi zamon nurash zonasi va chuqurlik yoki qadimgi zamon nurash zonasi. Tuproq paydo bo’lish jarayoni sodir bo’ladigan hozirgi zamon nurash zonasining qalinligi bir necha santimetrdan 2-10 m gacha bo’lishi mumkin. Yer yuzida tarqalgan har xil tosh, shag’al., qum, chang va loyqalar singari g’ovak jinslar uzoq vaqtlardan buyon davom etib kelayotgan nurash jarayoni mahsuli hisoblanib, ular asosan yerning nurash qobig’ida uchraydi va tuproq ona jinsi bo’lish qobiliyatiga ega. Tog’ jinslari va minerallarning nurashi tabiiy faktorlarning ta’siriga ko’ra 3 xil: fizikaviy, kimyoviy va biologik nurash turlariga bo’linadi. Fizikaviy nurash. Bu jarayon natijasida yaxlit tog’ jinslari hamda minerallarning kimyoviy va mineralogik tarkibi o’zgarmagan holda ular mexanikaviy ravishda har xil hajmdagi bo’lakchalarga ajralib, parchalanadi va maydalanadi. Fizikaviy nurash asosan havo haroratining keskin o’zgarishi natijasida vujudga kelganligi sababli bu xil nurashga ko’pincha termik nurash ham deyiladi. Turli mineral tarkibli tog’ jinslari quyosh nuri issiqligi ta’sirida bir tekis qizimaydi. Chunki minerallarning issiqlik singdirishi, issiqlik o’tkazishi va tarqatishi, issiqlik sig’imi singari xususiyatlari har xil bo’ladi. Quyosh nuri ta’sirida kunduzi tog’ jinslari va minerallarning sirtqi qismi ancha tez qizib, hajmi kengayganligidan jinsning qizigan ustki qismi ichki sovuq va hajmi uncha o’zgarmagan qismidan
ajrala boshlaydi, kechasi aksincha, tog’ jinsi va minerallarning sirti ichki qismiga
qaraganda tezroq soviydi va hajmi kichrayadi. Bu xildagi hodisalarning ko’p marta
takrorlanishi sababli tog’ jinslari va ularning tarkibidagi minerallar orasida yorilish
tezlashadi va kuchayib boradi. Natijada qattiq, zich va yaxlit holatdagi jinslar
parchalanib maydalanadi va uvalanadi. Odatda tez qiziydigan qora rangli tog’
jinslarda och tusli  jinslarga nisbatan  fizikaviy nurash  tezroq boshlanadi. Tog’
jinslarining fizikaviy nurashi iqlim sharoitiga ko’ra o’zgarib turadi. Issiq va sovuk
keskin uzgarib turadigan kontinental iklimli zonalarda fizikaviy nurash boshqa
joylarga nisbatan tezroq va kuchliroq bo’ladi. Masalan, Qizilkum, Qorakum singari
issiq iqlimli sahrolarda tog’  jinslarining yuzasi  kunduzi  60-800 gacha qiziydi,
kechasi esa temperatura keskin pasayib 10-150, ba’zan 00 darajaga tushib qoladi.
Yomg’ir hamda qor suvlari tog’ jinslari va minerallarda hosil bo’lgan har xil
kenglikdagi yoriqlarga sizib kirayotganda darzlar ichida kuchli kapillyar bosim
(kengligi 1 mm bo’lgan darzlarda kapillyar bosim kuchi 1500 kg/sm2 ga yetadi)
vujudga kelib, nurash jarayonini tezlashtiradi. Qish davrlarida yoriqlar orasidagi
suvlar temperaturasi 00  dan pasayganda muzlab, hajmi 1/10 marta kattalashadi va
darzlar orasida juda kuchli bosim (890 kg/sm2) yuzaga kelib nurashni yanada
kuchaytiradi. (1-rasm)
Arid (quruq) iqlimli rayonlarda yoriqlarga sho’r suv sizishi va tuzlarning
o’sha joyda kristallanishi tufayli fizikaviy nurash sodir bo’ladi. Masalan, suvda
erigan angidrid (CaS04) yoriqlar orasida to’planib suv bilan birikadi va gipsga
(CaS04 · 2H2O) aylanadi. Hajmi 33 % ga kengayadi va natijada u fizikaviy nurashni
kuchaytiradi.
Logotip
ajrala boshlaydi, kechasi aksincha, tog’ jinsi va minerallarning sirti ichki qismiga qaraganda tezroq soviydi va hajmi kichrayadi. Bu xildagi hodisalarning ko’p marta takrorlanishi sababli tog’ jinslari va ularning tarkibidagi minerallar orasida yorilish tezlashadi va kuchayib boradi. Natijada qattiq, zich va yaxlit holatdagi jinslar parchalanib maydalanadi va uvalanadi. Odatda tez qiziydigan qora rangli tog’ jinslarda och tusli jinslarga nisbatan fizikaviy nurash tezroq boshlanadi. Tog’ jinslarining fizikaviy nurashi iqlim sharoitiga ko’ra o’zgarib turadi. Issiq va sovuk keskin uzgarib turadigan kontinental iklimli zonalarda fizikaviy nurash boshqa joylarga nisbatan tezroq va kuchliroq bo’ladi. Masalan, Qizilkum, Qorakum singari issiq iqlimli sahrolarda tog’ jinslarining yuzasi kunduzi 60-800 gacha qiziydi, kechasi esa temperatura keskin pasayib 10-150, ba’zan 00 darajaga tushib qoladi. Yomg’ir hamda qor suvlari tog’ jinslari va minerallarda hosil bo’lgan har xil kenglikdagi yoriqlarga sizib kirayotganda darzlar ichida kuchli kapillyar bosim (kengligi 1 mm bo’lgan darzlarda kapillyar bosim kuchi 1500 kg/sm2 ga yetadi) vujudga kelib, nurash jarayonini tezlashtiradi. Qish davrlarida yoriqlar orasidagi suvlar temperaturasi 00 dan pasayganda muzlab, hajmi 1/10 marta kattalashadi va darzlar orasida juda kuchli bosim (890 kg/sm2) yuzaga kelib nurashni yanada kuchaytiradi. (1-rasm) Arid (quruq) iqlimli rayonlarda yoriqlarga sho’r suv sizishi va tuzlarning o’sha joyda kristallanishi tufayli fizikaviy nurash sodir bo’ladi. Masalan, suvda erigan angidrid (CaS04) yoriqlar orasida to’planib suv bilan birikadi va gipsga (CaS04 · 2H2O) aylanadi. Hajmi 33 % ga kengayadi va natijada u fizikaviy nurashni kuchaytiradi.
1-rasm
Tog’ jinslarining fizik (termik) nurashi
Kimyoviy nurash. Tog’ jinslari va ayrim minerallar suv va atmosferadagi
kislorod  hamda  karbonat  angidridi  (CO2)  ta’sirida  kimyoviy  o’zgaradi,  yangi
birikmalar  va  minerallar  hosil  bo’ladi.  Bu  xildagi  jarayonga  kimyoviy  nurash
deyiladi.  Kimyoviy  nurash  jarayonida  litosfera  tarkibidagi  dastlabki  ortoklaz
(K2Al2Si6016),  gematit  (Fe2O3),  angidrid  (CaS04)  singari  birlamchi  minerallar
parchalanadi va ulardan yangi birikma ikkilamchi kaolinit (H4Al2Si2O9), limonit
(2Fe2O3·3H2O),  gips(CaS04·2H2O),  kabi  minerallar  vujudga  keladi.  Kimyoviy
nurash jarayonida ayniqsa erish, gidroliz, gidratlanish, va oksidlanish reaksiyalari
muhim rol o’ynaydi.
Galit (Na Cl), gips (CaS04 · 2H2O) va kalsit (CaCO3) kabi minerallar suvda
ancha yaxshi eriydi. Tarkibida karbonat angidridi (CO2) hamda har xil tuzlar,
ayniqsa xloridlar (Na Cl, MgCl2) ko’p bo’lgan suvda va issiq haroratli sharoitda
erish jarayoni kuchli o’tadi, chunki tarkibida karbonat angidridi bo’lgan suvda
quyidagi  reaksiya  asosida  CaCO3 
tez  eriydigan  bikarbonatga  o’tadi:
CaCO3+CO2+H2O=Ca(HCO3)2. Magmatik tog’ jinslari tarkibidagi minerallarning
kimyoviy  nurashida,  ayniqsa  gidroliz  katta  rol  o’ynaydi.  Gidroliz  reaksiyasi
vaqtida ishqoriy xarakterdagi minerallarning kationi dissosiasiyalangan suv ionlari
bilan birikib yangi minerallar yuzaga keladi. Masalan, ortoklaz minerali gidroliz
natijasida quyidagicha o’zgaradi:
K2Al2Si6O16+2H2O=H2Al2Si6O16+2KOH.
         Bu reaksiya tufayli hosil bo’lgan KOH eritmaning ishqoriy bo’lishiga sabab
bo’ladi. Ishqorlar ta’sirida alyumo-kremniy kislotasining kristallar to’ri yemirilib,
natijada kaolinit hamda kremnezem paydo bo’ladi:
H2Al2Si6O16 + nH2O = H2Al2Si2O8 · nH2O + 4SiO2 · nH2O.
KOH esa karbonat angidridi (CO2) ta’sirida quyidagi tenglama bo’yicha
potashga aylanadi:
                                          2KOH+CO2=K2CO3+H2O.
Logotip
1-rasm Tog’ jinslarining fizik (termik) nurashi Kimyoviy nurash. Tog’ jinslari va ayrim minerallar suv va atmosferadagi kislorod hamda karbonat angidridi (CO2) ta’sirida kimyoviy o’zgaradi, yangi birikmalar va minerallar hosil bo’ladi. Bu xildagi jarayonga kimyoviy nurash deyiladi. Kimyoviy nurash jarayonida litosfera tarkibidagi dastlabki ortoklaz (K2Al2Si6016), gematit (Fe2O3), angidrid (CaS04) singari birlamchi minerallar parchalanadi va ulardan yangi birikma ikkilamchi kaolinit (H4Al2Si2O9), limonit (2Fe2O3·3H2O), gips(CaS04·2H2O), kabi minerallar vujudga keladi. Kimyoviy nurash jarayonida ayniqsa erish, gidroliz, gidratlanish, va oksidlanish reaksiyalari muhim rol o’ynaydi. Galit (Na Cl), gips (CaS04 · 2H2O) va kalsit (CaCO3) kabi minerallar suvda ancha yaxshi eriydi. Tarkibida karbonat angidridi (CO2) hamda har xil tuzlar, ayniqsa xloridlar (Na Cl, MgCl2) ko’p bo’lgan suvda va issiq haroratli sharoitda erish jarayoni kuchli o’tadi, chunki tarkibida karbonat angidridi bo’lgan suvda quyidagi reaksiya asosida CaCO3 tez eriydigan bikarbonatga o’tadi: CaCO3+CO2+H2O=Ca(HCO3)2. Magmatik tog’ jinslari tarkibidagi minerallarning kimyoviy nurashida, ayniqsa gidroliz katta rol o’ynaydi. Gidroliz reaksiyasi vaqtida ishqoriy xarakterdagi minerallarning kationi dissosiasiyalangan suv ionlari bilan birikib yangi minerallar yuzaga keladi. Masalan, ortoklaz minerali gidroliz natijasida quyidagicha o’zgaradi: K2Al2Si6O16+2H2O=H2Al2Si6O16+2KOH. Bu reaksiya tufayli hosil bo’lgan KOH eritmaning ishqoriy bo’lishiga sabab bo’ladi. Ishqorlar ta’sirida alyumo-kremniy kislotasining kristallar to’ri yemirilib, natijada kaolinit hamda kremnezem paydo bo’ladi: H2Al2Si6O16 + nH2O = H2Al2Si2O8 · nH2O + 4SiO2 · nH2O. KOH esa karbonat angidridi (CO2) ta’sirida quyidagi tenglama bo’yicha potashga aylanadi: 2KOH+CO2=K2CO3+H2O.
         Gidratlanish jarayonida minerallar suv zarralari bilan birikib, yangi mineralga
aylanadi  hamda  kimyoviy  nurashda  gidratlanish  yuzaga  keladi.  Ana  shunday
gidratlanish tufayli gematit minerali limonitga, angidrid esa gipsga aylanadi:
                                         2Fe 2O3+3H2O=2Fe2O3·3H20
                                           (gematit)       (limonit)
                                 CaS04 + 2H2O = CaSO4· 2H2O
                                    (angidrid)             (gips)
Gidratasiya  natijasida modda bo’shashadi  va uning hajmi  kengayadi.  Bir
qancha ayniqsa, tarkibida temir ko’p bo’lgan siderit, pirit singari minerallarning
kimyoviy  nurashida  atmosfera  kislorodi  ta’sirida  sodir  bo’ladigan  oksidlanish
jarayoni ham katta ahamiyatga ega, chunki oksidlanish reaksiyasi natijasida ham
bir mineral boshqa mineralga, chunonchi, siderit limonitga aylanadi:
                          4FeCO3 + 3H2O+O2 = 2Fe2O3 · 3H2O + 4CO2
                               (ciderit)                     (limonit)
Kimyoviy nurash natijasida minerallarning fizikaviy holati o’zgarib, kristall
panjaralari  buziladi.  Natijada  tog’  jinslari  tarkibida  ilashimlik,  yopishqoqlik,
plastiklik, nam sig’imi singari, yangi xossalarga ega bo’lgan ikkilamchi minerallar
yuzaga  keladi.  Bu  holat  yer  yuzasida  yaxshi  xususiyatli  tuproq  ona  jinslari
ko’payishiga sabab bo’ladi.
Biologik  nurash. 
Tog’  jinslari  va  minerallar  turli  organizmlar
(mikroorganizmlar, o’simlik va hayvonot organizmlari) va ularning hayoti tufayli
vujudga  kelgan  mahsullar  ta’sirida  mexanikaviy  ravishda  parchalanadi  va
kimyoviy  o’zgarish  yuz  beradi.  Organizmlar  ta’sirida  yuzaga  keladigan  ana
shunday o’zgarishlarga  biologik nurash deyiladi. Biologik nurashda organizmlar
tog’ jinslardan o’z hayot sharoitlari uchun kerakli moddalarni ajratib oladi va
mineral jinslar yuzasiga to’playdi. Bu jarayon natijasida tuproq paydo bo’lishi
uchun qulay sharoit vujudga keladi. O’simlik ildizlari va mikroorganizmlar hayoti
davomida  tashqi  muhitga  ajraladigan  karbonat  angidridi  va  har  xil  kislotalar
kimyoviy nurashga sababchi bo’ladi. Biologik nurashda mikroorganizm (bakteriya,
zamburug’  va  aktinomiset)  larning  ahamiyati  kattadir,  chunki  1  g.  tuproqda
millionlab-milliardlab mikroorganizm bo’ladi.
Logotip
Gidratlanish jarayonida minerallar suv zarralari bilan birikib, yangi mineralga aylanadi hamda kimyoviy nurashda gidratlanish yuzaga keladi. Ana shunday gidratlanish tufayli gematit minerali limonitga, angidrid esa gipsga aylanadi: 2Fe 2O3+3H2O=2Fe2O3·3H20 (gematit) (limonit) CaS04 + 2H2O = CaSO4· 2H2O (angidrid) (gips) Gidratasiya natijasida modda bo’shashadi va uning hajmi kengayadi. Bir qancha ayniqsa, tarkibida temir ko’p bo’lgan siderit, pirit singari minerallarning kimyoviy nurashida atmosfera kislorodi ta’sirida sodir bo’ladigan oksidlanish jarayoni ham katta ahamiyatga ega, chunki oksidlanish reaksiyasi natijasida ham bir mineral boshqa mineralga, chunonchi, siderit limonitga aylanadi: 4FeCO3 + 3H2O+O2 = 2Fe2O3 · 3H2O + 4CO2 (ciderit) (limonit) Kimyoviy nurash natijasida minerallarning fizikaviy holati o’zgarib, kristall panjaralari buziladi. Natijada tog’ jinslari tarkibida ilashimlik, yopishqoqlik, plastiklik, nam sig’imi singari, yangi xossalarga ega bo’lgan ikkilamchi minerallar yuzaga keladi. Bu holat yer yuzasida yaxshi xususiyatli tuproq ona jinslari ko’payishiga sabab bo’ladi. Biologik nurash. Tog’ jinslari va minerallar turli organizmlar (mikroorganizmlar, o’simlik va hayvonot organizmlari) va ularning hayoti tufayli vujudga kelgan mahsullar ta’sirida mexanikaviy ravishda parchalanadi va kimyoviy o’zgarish yuz beradi. Organizmlar ta’sirida yuzaga keladigan ana shunday o’zgarishlarga biologik nurash deyiladi. Biologik nurashda organizmlar tog’ jinslardan o’z hayot sharoitlari uchun kerakli moddalarni ajratib oladi va mineral jinslar yuzasiga to’playdi. Bu jarayon natijasida tuproq paydo bo’lishi uchun qulay sharoit vujudga keladi. O’simlik ildizlari va mikroorganizmlar hayoti davomida tashqi muhitga ajraladigan karbonat angidridi va har xil kislotalar kimyoviy nurashga sababchi bo’ladi. Biologik nurashda mikroorganizm (bakteriya, zamburug’ va aktinomiset) larning ahamiyati kattadir, chunki 1 g. tuproqda millionlab-milliardlab mikroorganizm bo’ladi.
Mikroorganizmlar  ta’sirida  kechadigan  nitrifikasiya  va  sulfofikasiya
jarayonlari natijasida hosil bo’ladigan nitrat va sulfat kislotalari ham ko’pgina
mineral  birikmalarni  eritadi  va  biologik  nurashni  kuchaytiradi.  Shuningdek,
zamburug’lar chiqaradigan organik kislotalar nurash jarayoniga chidamli bo’lgan
dastlabki birlamchi minerallarni parchalaydi.
Tog’  jinslari  va  minerallarda  paydo  bo’lgan  yoriqlar  orasiga  o’simlik
ildizlarining kirib rivojlanishi natijasida ular maydalana boshlaydi. Shuningdek,
qurt-qumirsqa va kalamush singari yer qazuvchi jonivorlar ham tog’ jinslari va
minerallarning mexanikaviy maydalanishida aktiv ishtirok etadi. Bundan tashqari,
o’simlik va hayvonlarning ko’plab qoldiqlari yer yuzasida to’planadi - chiriydi,
ulardan  paydo  bo’ladigan  organik  kislotalar  ham  tog’  jinslari  va  minerallarni
kimyoviy ravishda o’zgartadi.
Tuproq tog’ jinslaridan paydo bo’lgan. Ammo tuproq o’zining bir qancha
xususiyatlari, ayniqsa unumdorligi, ya’ni o’simliklarni suv, havo va oziq moddalari
hamda boshqa hayot omillari bilan ta’min etish xususiyati bilan tog’ jinslaridan
keskin farq qiladi. O’ziga xos ana shu xususiyatlarga ega bo’lgan tabiiy jins
hisoblangan  tuproqning  paydo  bo’lishida  nurash  va  tuproq  paydo  bo’lish
jarayonlari o’zaro munosabati natijasida kechadigan jarayonlar katta ahamiyat kasb
etadi. 
Tuproq  paydo  bo’lishi  nihoyatda  murakkab  biofizik-kimyoviy  jarayondir.
A.A.Rodening  ko’rsatishicha,  tuproq  paydo  bo’lish  jarayoni  deb  moddalar  va
energiyaning tuproq qatlamida o’zgarishi va harakati singari hodisalar yig’indisiga
aytiladi. 
Tuproq paydo bo’lishi yaxlit qoya tog’ jinslarida yoki ularning suv, muz,
shamol,  gravitasion  (bir-birini  tortish  xususiyati)  ta’sirida  nurashi  va  qayta
yotqizilishidan  hosil  bo’lgan  mahsulotlari  ustida  tirik  organizmlarning  paydo
bo’lishi paytidan boshlanadi.
Birlamchi tuproq paydo bo’lish jarayoni jarayonning birinchi davrlarida qoya
tog’  jinslari,  magmatik  yoki  cho’kindi  tog’  jinslarida,  aslini  olganda  nurash
jarayoni bilan birgalikda sodir bo’ladi va zich qoya jinsda shakllanayotgan tuproq
moddiy jihatdan nurash po’sti bilan birgalikda vujudga keladi. Keyinchalik yer
yuzasi rivojlanishining ko’proq yetilgan bosqichlarida nurash va tuproq paydo
Logotip
Mikroorganizmlar ta’sirida kechadigan nitrifikasiya va sulfofikasiya jarayonlari natijasida hosil bo’ladigan nitrat va sulfat kislotalari ham ko’pgina mineral birikmalarni eritadi va biologik nurashni kuchaytiradi. Shuningdek, zamburug’lar chiqaradigan organik kislotalar nurash jarayoniga chidamli bo’lgan dastlabki birlamchi minerallarni parchalaydi. Tog’ jinslari va minerallarda paydo bo’lgan yoriqlar orasiga o’simlik ildizlarining kirib rivojlanishi natijasida ular maydalana boshlaydi. Shuningdek, qurt-qumirsqa va kalamush singari yer qazuvchi jonivorlar ham tog’ jinslari va minerallarning mexanikaviy maydalanishida aktiv ishtirok etadi. Bundan tashqari, o’simlik va hayvonlarning ko’plab qoldiqlari yer yuzasida to’planadi - chiriydi, ulardan paydo bo’ladigan organik kislotalar ham tog’ jinslari va minerallarni kimyoviy ravishda o’zgartadi. Tuproq tog’ jinslaridan paydo bo’lgan. Ammo tuproq o’zining bir qancha xususiyatlari, ayniqsa unumdorligi, ya’ni o’simliklarni suv, havo va oziq moddalari hamda boshqa hayot omillari bilan ta’min etish xususiyati bilan tog’ jinslaridan keskin farq qiladi. O’ziga xos ana shu xususiyatlarga ega bo’lgan tabiiy jins hisoblangan tuproqning paydo bo’lishida nurash va tuproq paydo bo’lish jarayonlari o’zaro munosabati natijasida kechadigan jarayonlar katta ahamiyat kasb etadi. Tuproq paydo bo’lishi nihoyatda murakkab biofizik-kimyoviy jarayondir. A.A.Rodening ko’rsatishicha, tuproq paydo bo’lish jarayoni deb moddalar va energiyaning tuproq qatlamida o’zgarishi va harakati singari hodisalar yig’indisiga aytiladi. Tuproq paydo bo’lishi yaxlit qoya tog’ jinslarida yoki ularning suv, muz, shamol, gravitasion (bir-birini tortish xususiyati) ta’sirida nurashi va qayta yotqizilishidan hosil bo’lgan mahsulotlari ustida tirik organizmlarning paydo bo’lishi paytidan boshlanadi. Birlamchi tuproq paydo bo’lish jarayoni jarayonning birinchi davrlarida qoya tog’ jinslari, magmatik yoki cho’kindi tog’ jinslarida, aslini olganda nurash jarayoni bilan birgalikda sodir bo’ladi va zich qoya jinsda shakllanayotgan tuproq moddiy jihatdan nurash po’sti bilan birgalikda vujudga keladi. Keyinchalik yer yuzasi rivojlanishining ko’proq yetilgan bosqichlarida nurash va tuproq paydo
bo’lish jarayonlari makon va vaqt ichida bir-biridan ajraladi, tuproq esa faqatgina
tog’ jinslari nurash po’stining eng ustki zonasida, ko’pincha u hosil bo’lganidan va
qayta  yotqizilganidan  keyingina  shakllanadi.  Bunda,  shuni  ta’kidlash  lozimki,
Yerning uzoq geologik o’tmishidagi yer yuzasi rivojlanishining abiotik davrida
nurash jarayoni tuproq paydo bo’lish jarayonisiz sodir bo’lgan va yer yuzasida
faqat nurash po’sti mavjud bo’lgan, tuproq esa bo’lmagan. 
Nurash va tuproq paydo bo’lish jarayonlarini va shunga binoan nurash po’sti
va tuproqni turli xildagi tabiiy jism sifatida bir-biridan ajratish jiddiy ahamiyatga
ega. Binobarin nurash va tuproq paydo bo’lish omillari (agentlari va sharoitlari)
bir-biriga o’xshash va ushbu jarayonlar bir xildagi yer yuzasidagi termodinamik
sharoitlarida sodir bo’lishi, ularning mos ravishda global differensiasiyalanishi bir-
biriga o’xshasa ham, ammo jarayonlarning o’zi va oxirgi natijasi bo’lgan ushbu
jarayonlar  maxsulotlari  turli  xildir.  Tog’  jinslarining  nurash  po’sti  –  bu  tog’
jinslarining  parchalanishi,  mineral  komponentlarining  transformasiyasi
(o’zgarishi), harakat etish yo’lida massasining katta kichikligiga ko’ra, saralanishi
va  qayta  yotqizilishi  –  gravigradasiyali  sedimentasiyasi  (cho’kishi)  ning
mahsulotlaridir. Tuproq – bu gumusning mavjudligi, o’ziga xos morfologiyasi,
iyerarxik strukturasi, global funksiyaslari bilan nurash po’stlog’idan farq qiladigan
yangi yaralgan spesifik biokos tabiiy jismdir.
Tog’  jinslari  nurashi,  bir  joydan  ikkinchi  joyga  ko’chirilishi  va  qayta
yotqizilishi jarayonlarida, dastlabki zich jinslar uchun xarakterli bo’lmagan va
tuproq  paydo  bo’lishi  uchun  muhim  ahamiyatga  ega  bo’lgan,  qator  yangi
xossalarga ega bo’ladi: 1) zich, yaxlit holatdan g’ovak, bo’laklarga bo’lingan
holatga  o’tadi;  2)  kovaklikka  ega  bo’ladi,  shu  tufayli  havo  sig’imi  va  havo
o’tkazuvchanlik, nam sig’imi va suv o’tkazuvchanlik qobiliyatiga ega bo’ladi; 3)
birlamchi jins hosil qiluvchi minerallar bilan bir qatorda nurash po’stlog’ining tog’
jinslari  ikkilamchi  minerallarni,  shu  jumladan  transformasiya  va  neosintez
mahsulotlari  bo’lgan  va  almashinadigan  singdirish  qobiliyatiga  ega  bo’lgan
kolloidli  va  kolloid  kattaligidagi  loyli  minerallarni  saqlaydi;  4)  o’zining
granulometrik,  mineralogik  va  kimyoviy  tarkibi  bo’yicha  yer  yuzasida  qayta
taqsimlanadi;  5)  tirik  organizmlar  uchun  qulay  shakldagi,  biofil  elementlar,
shuningdek zaharli kimyoviy elementlarni saqlaydi; 6) materiallarning nurashi,
Logotip
bo’lish jarayonlari makon va vaqt ichida bir-biridan ajraladi, tuproq esa faqatgina tog’ jinslari nurash po’stining eng ustki zonasida, ko’pincha u hosil bo’lganidan va qayta yotqizilganidan keyingina shakllanadi. Bunda, shuni ta’kidlash lozimki, Yerning uzoq geologik o’tmishidagi yer yuzasi rivojlanishining abiotik davrida nurash jarayoni tuproq paydo bo’lish jarayonisiz sodir bo’lgan va yer yuzasida faqat nurash po’sti mavjud bo’lgan, tuproq esa bo’lmagan. Nurash va tuproq paydo bo’lish jarayonlarini va shunga binoan nurash po’sti va tuproqni turli xildagi tabiiy jism sifatida bir-biridan ajratish jiddiy ahamiyatga ega. Binobarin nurash va tuproq paydo bo’lish omillari (agentlari va sharoitlari) bir-biriga o’xshash va ushbu jarayonlar bir xildagi yer yuzasidagi termodinamik sharoitlarida sodir bo’lishi, ularning mos ravishda global differensiasiyalanishi bir- biriga o’xshasa ham, ammo jarayonlarning o’zi va oxirgi natijasi bo’lgan ushbu jarayonlar maxsulotlari turli xildir. Tog’ jinslarining nurash po’sti – bu tog’ jinslarining parchalanishi, mineral komponentlarining transformasiyasi (o’zgarishi), harakat etish yo’lida massasining katta kichikligiga ko’ra, saralanishi va qayta yotqizilishi – gravigradasiyali sedimentasiyasi (cho’kishi) ning mahsulotlaridir. Tuproq – bu gumusning mavjudligi, o’ziga xos morfologiyasi, iyerarxik strukturasi, global funksiyaslari bilan nurash po’stlog’idan farq qiladigan yangi yaralgan spesifik biokos tabiiy jismdir. Tog’ jinslari nurashi, bir joydan ikkinchi joyga ko’chirilishi va qayta yotqizilishi jarayonlarida, dastlabki zich jinslar uchun xarakterli bo’lmagan va tuproq paydo bo’lishi uchun muhim ahamiyatga ega bo’lgan, qator yangi xossalarga ega bo’ladi: 1) zich, yaxlit holatdan g’ovak, bo’laklarga bo’lingan holatga o’tadi; 2) kovaklikka ega bo’ladi, shu tufayli havo sig’imi va havo o’tkazuvchanlik, nam sig’imi va suv o’tkazuvchanlik qobiliyatiga ega bo’ladi; 3) birlamchi jins hosil qiluvchi minerallar bilan bir qatorda nurash po’stlog’ining tog’ jinslari ikkilamchi minerallarni, shu jumladan transformasiya va neosintez mahsulotlari bo’lgan va almashinadigan singdirish qobiliyatiga ega bo’lgan kolloidli va kolloid kattaligidagi loyli minerallarni saqlaydi; 4) o’zining granulometrik, mineralogik va kimyoviy tarkibi bo’yicha yer yuzasida qayta taqsimlanadi; 5) tirik organizmlar uchun qulay shakldagi, biofil elementlar, shuningdek zaharli kimyoviy elementlarni saqlaydi; 6) materiallarning nurashi,
aralashuvi  va  qayta  yotqizilishi  jarayonlarida  shakllanadigan,  litologik
qatlamlilikga ega bo’ladi.
Shunday qilib, tog’ jinslari nurash jarayonidayoq qator xossalarga ega bo’ladi,
bu esa ulardan hosil bo’ladigan tuproqlar uchun juda muhim hisoblanadi. Nurash
jarayoni bilan birgalikda kechadigan yoki undan keyin sodir bo’ladigan, tuproq
paydo bo’lish jarayonida, ushbu xossalar yanada rivojlanadi va tuproq xossalariga
aylanadi. Hosil bo’lgandan keyin o’z joyida qolgan (jinslarning elyuviysi), yoki
suv yoki shamol  yoki gravitasiya kuchlari ta’sirida bir joydan ikkinchi joyga
ko’chirilib yotqizilgan nurash ruxlyagi (tog’ jinslarining turli katta kichiklikka,
tarkib va xossalarga ega bo’lgan nurash mahsuloti), tuban va oliy o’simliklar va
ular bilan bog’liq bo’lgan fauna (hayvonot dunyosi) larning paydo bo’lishi shunga
mos ravishda tuproq paydo bo’lishining jadal rivojlanishi uchun qulay substrat
tarzida xizmat qiladi.
3-rasm
Tuproq hosil bo’lish jarayoni
Bu yerda 1-tog’ jinslarining nurashi, 2-nuragan tog’ jinslarining bir joydan
ikkinchi joyga yotqizilishi, 3- bir joydan ikkinchi joyga yoki usha joyning o’ziga
yotqizilgan tuproq hosil qiluvchi (ona) jinslarga o’simlik va hayhon qoldiqlarini
qo’shilishi  natijasida  dastlabki  tuproq  hosil  bo’lish  jarayoni,  4-tuproq  hosil
qiluvchi  omillar  ta’sirida  tuproq  hosil  bo’lishi,  5-genetik  gorizotlari  to’liq
shakillangan tuproq,  d-tog’ jinsi yoki tub jins, c-ona jins yoki tuproq hosil qiluvchi
B - illyuvial yoki o’tuvchi gorizont, a- akkumulyativ gorizont
Tuproq paydo bo’lishi asosan nuragan va nurayotgan dastlabki jins qalinligi
chegarasida o’ziga xos tuzilishi  (iyerarxik tuproq tuzilishi)ning shakllanishiga,
yangi hosil bo’lgan tuproqning maxsus xossalar va funksiyalarga ega bo’lishi va
Logotip
aralashuvi va qayta yotqizilishi jarayonlarida shakllanadigan, litologik qatlamlilikga ega bo’ladi. Shunday qilib, tog’ jinslari nurash jarayonidayoq qator xossalarga ega bo’ladi, bu esa ulardan hosil bo’ladigan tuproqlar uchun juda muhim hisoblanadi. Nurash jarayoni bilan birgalikda kechadigan yoki undan keyin sodir bo’ladigan, tuproq paydo bo’lish jarayonida, ushbu xossalar yanada rivojlanadi va tuproq xossalariga aylanadi. Hosil bo’lgandan keyin o’z joyida qolgan (jinslarning elyuviysi), yoki suv yoki shamol yoki gravitasiya kuchlari ta’sirida bir joydan ikkinchi joyga ko’chirilib yotqizilgan nurash ruxlyagi (tog’ jinslarining turli katta kichiklikka, tarkib va xossalarga ega bo’lgan nurash mahsuloti), tuban va oliy o’simliklar va ular bilan bog’liq bo’lgan fauna (hayvonot dunyosi) larning paydo bo’lishi shunga mos ravishda tuproq paydo bo’lishining jadal rivojlanishi uchun qulay substrat tarzida xizmat qiladi. 3-rasm Tuproq hosil bo’lish jarayoni Bu yerda 1-tog’ jinslarining nurashi, 2-nuragan tog’ jinslarining bir joydan ikkinchi joyga yotqizilishi, 3- bir joydan ikkinchi joyga yoki usha joyning o’ziga yotqizilgan tuproq hosil qiluvchi (ona) jinslarga o’simlik va hayhon qoldiqlarini qo’shilishi natijasida dastlabki tuproq hosil bo’lish jarayoni, 4-tuproq hosil qiluvchi omillar ta’sirida tuproq hosil bo’lishi, 5-genetik gorizotlari to’liq shakillangan tuproq, d-tog’ jinsi yoki tub jins, c-ona jins yoki tuproq hosil qiluvchi B - illyuvial yoki o’tuvchi gorizont, a- akkumulyativ gorizont Tuproq paydo bo’lishi asosan nuragan va nurayotgan dastlabki jins qalinligi chegarasida o’ziga xos tuzilishi (iyerarxik tuproq tuzilishi)ning shakllanishiga, yangi hosil bo’lgan tuproqning maxsus xossalar va funksiyalarga ega bo’lishi va
yer yuzasidagi geosfera jarayonlarining umumiy dinamikasida, ushbu struktura
(tuzilish), xossa va funksiyalarning muntazam dinamik qayta yaratilishiga olib
keladi.
Biogen moddalar (C, N, Ca, P, K) ning tuproqda hosil bo’lishi, 
o’zgarishi va aylanishi.
Biologik aylanish tuproq paydo bo’lishining asosini tashkil etishi bilan birga,
tuproqqa aylanayotgan jins yuzasida mineral moddalar bilan bir qatorda quyosh
nuri energiyasi ta’sirida ro’y beradigan fotosintez tufayli hosil bo’ladigan kimyoviy
energiyaga boy bo’lgan organik moddalarning to’planish manbai ham hisoblanadi.
Nobud  bo’lgan  o’simliklardagi  organik  moddalar  parchalanganda  ma’lum
miqdorda kimyoviy energiya ajraladi va boshqa shakldagi energiyaga aylanadi. Bu
energiya jinslarda biologik (organik) moddalarning ishtirokisiz kechishi mumkin
bo’lmagan jarayonlarning rivojlanishi uchun sarflanadi. Tog’ jinslaridagi dastlabki
minerallar  asta-sekin  o’zgarib  yangi  tarkib,  tuzilish  va  xossalarga  ega  bo’la
boshlaydi hamda alohida tabiiy jism hisoblangan tuproqda to’plana boshlaydi.
Tog’ jinslaridan paydo bo’ladigan tuproqning o’ziga xos belgilarining yuzaga
kelishida ishtirok etadigan, shuningdek, tuproq paydo bo’lishiga olib keladigan va
bir vaqtning o’zida bir-biri bilan bevosita bog’liq holda kechadigan jarayonlar
quyidagilar:
1. Tuproqda yangi minerallarning hosil bo’lishi va o’simliklar uchun tez
o’tadigan  harakatchan  shakldagi  elementlarning  turli  minerallaridan  ajralib
to’planishiga olib keladigan turli o’zgarishlar;
2. Jinslarning yuza va yuqori qismlarida organik moddalarning to’planishi va
uning  minerallashuvi  hamda  gumusli  (chirindi)  moddalarga  aylanishi
(gumusifikasiya) natijasida kul va azotli moddalarning to’planishi;
3.  Mineral  va  organik  moddalarning  o’zaro  ta’sirlashuvi  natijasida  turli
darajada harakatchan organik-mineral birikmalarning hosil bo’lishi;
4.  Tuproqning  yuqori  qismida  qator  biofil  elementlar,  jumladan  oziq
elementlarning to’planishi;
Logotip
yer yuzasidagi geosfera jarayonlarining umumiy dinamikasida, ushbu struktura (tuzilish), xossa va funksiyalarning muntazam dinamik qayta yaratilishiga olib keladi. Biogen moddalar (C, N, Ca, P, K) ning tuproqda hosil bo’lishi, o’zgarishi va aylanishi. Biologik aylanish tuproq paydo bo’lishining asosini tashkil etishi bilan birga, tuproqqa aylanayotgan jins yuzasida mineral moddalar bilan bir qatorda quyosh nuri energiyasi ta’sirida ro’y beradigan fotosintez tufayli hosil bo’ladigan kimyoviy energiyaga boy bo’lgan organik moddalarning to’planish manbai ham hisoblanadi. Nobud bo’lgan o’simliklardagi organik moddalar parchalanganda ma’lum miqdorda kimyoviy energiya ajraladi va boshqa shakldagi energiyaga aylanadi. Bu energiya jinslarda biologik (organik) moddalarning ishtirokisiz kechishi mumkin bo’lmagan jarayonlarning rivojlanishi uchun sarflanadi. Tog’ jinslaridagi dastlabki minerallar asta-sekin o’zgarib yangi tarkib, tuzilish va xossalarga ega bo’la boshlaydi hamda alohida tabiiy jism hisoblangan tuproqda to’plana boshlaydi. Tog’ jinslaridan paydo bo’ladigan tuproqning o’ziga xos belgilarining yuzaga kelishida ishtirok etadigan, shuningdek, tuproq paydo bo’lishiga olib keladigan va bir vaqtning o’zida bir-biri bilan bevosita bog’liq holda kechadigan jarayonlar quyidagilar: 1. Tuproqda yangi minerallarning hosil bo’lishi va o’simliklar uchun tez o’tadigan harakatchan shakldagi elementlarning turli minerallaridan ajralib to’planishiga olib keladigan turli o’zgarishlar; 2. Jinslarning yuza va yuqori qismlarida organik moddalarning to’planishi va uning minerallashuvi hamda gumusli (chirindi) moddalarga aylanishi (gumusifikasiya) natijasida kul va azotli moddalarning to’planishi; 3. Mineral va organik moddalarning o’zaro ta’sirlashuvi natijasida turli darajada harakatchan organik-mineral birikmalarning hosil bo’lishi; 4. Tuproqning yuqori qismida qator biofil elementlar, jumladan oziq elementlarning to’planishi;
5. Tuproq paydo bo’lish jarayonida yuzaga keladigan mineral, organik va
organik-mineral birikmalar tarzidagi elementlarning tuproq qatlamlarida harakati,
aralashuvi va cho’kib to’planishi.
Tuproq tarkibidagi minerallar yer po’sti minerallariga nisbatan ancha tezroq
parchalanadi. Tuproq paydo bo’lish jarayonida kechadigan nurashning borishida
quyi molekulyar (soddaroq) organik kislotalar va gumusli kislotalar, shuningdek
o’simliklar ildizlari va mikroorganizmlar ajratadigan karbonat angidridning ta’siri
katta. Shuning natijasida tuproqda nurashning qator, dastlabki suvda eriydigan va
kolloid shakldagi mahsulotlari hosil bo’ladi.
Shu bilan bir qatorda tuproqqa singadigan organik qoldiqlarning biokimyoviy
parchalanishi  natijasida,  dastlabki  organik  moddalarning  minerallanishi  hamda
gumusga aylanishi tufayli hosil bo’ladigan oraliq va oxirgi mahsulotlari to’planib
boradi.  Minerallarning  nurash  mahsulotlari  bilan  organik  moddalarning
minerallanishi  va  gumusga  aylanish  natijasida  hosil  bo’ladigan  mahsulotlar
orasidagi murakkab jarayonlar ta’sirida dastlabki g’ovak jinslarga xos bo’lmagan
yangi  birikmalar  yuzaga  keladi.  Bu,  tuproq  va  uning  unumdorligining
shakllanishida muhim rol o’ynaydi. Gumus kislotalarining tuzlari ishqoriy yer
metallari, ayniqsa kalsiy bilan birikib suvda erimaydigan moddalar hosil qiladi va
gel  holida  ular  paydo  bo’ladigan  joyda  to’plana  boshlaydi  hamda  mineral
zarrachalar  yuzasini  parda  shaklida  qoplab  oladi,  ularni  yelimlab  bir-biriga
biriktiradi yoki zarrachalar orasidagi mayda qil yo’llar va bo’shliqlarda to’planadi.
Gumus kislotalari bilan alyuminiy va temir gidrooksidlarining o’zaro ta’siri tufayli
ham qator gumusli kompleks birikmalar hosil bo’ladi. Ularning harakatchanlik
darajasi gumus kislotalarining tabiati va tuproq eritmasidagi kationlar hamda turli
oksidlarning tarkibiga bog’liq. Gumus moddalarning yuqori disperslangan (mayda)
gilli  minerallar  bilan  o’zaro  ta’sirlashuvi  natijasida  murakkab  organik-mineral
yaralmalar  shakllanadi.  Bu  kompleks  kolloidlarning  tarkibi  va  disperslanish
darajasi bir xil emas. Shuning uchun ham ular ancha kattaroq bo’lgan zarrachalar
yuzasida  turlicha  mustahkamlikda  birikadi.  Mineral  va  organik  moddalarning
o’zaro ta’siri natijasida yuzaga keladigan mahsulotlar g’ovak jinslarning qatlamlari
orqali harakat qilib, molekulyar va kolloid eritmalar sifatida turli chuqurliklarga
cho’kib yig’ila boshlaydi. Natijada dastlabki, deyarli bir xil tarkibli ona jinslar
Logotip
5. Tuproq paydo bo’lish jarayonida yuzaga keladigan mineral, organik va organik-mineral birikmalar tarzidagi elementlarning tuproq qatlamlarida harakati, aralashuvi va cho’kib to’planishi. Tuproq tarkibidagi minerallar yer po’sti minerallariga nisbatan ancha tezroq parchalanadi. Tuproq paydo bo’lish jarayonida kechadigan nurashning borishida quyi molekulyar (soddaroq) organik kislotalar va gumusli kislotalar, shuningdek o’simliklar ildizlari va mikroorganizmlar ajratadigan karbonat angidridning ta’siri katta. Shuning natijasida tuproqda nurashning qator, dastlabki suvda eriydigan va kolloid shakldagi mahsulotlari hosil bo’ladi. Shu bilan bir qatorda tuproqqa singadigan organik qoldiqlarning biokimyoviy parchalanishi natijasida, dastlabki organik moddalarning minerallanishi hamda gumusga aylanishi tufayli hosil bo’ladigan oraliq va oxirgi mahsulotlari to’planib boradi. Minerallarning nurash mahsulotlari bilan organik moddalarning minerallanishi va gumusga aylanish natijasida hosil bo’ladigan mahsulotlar orasidagi murakkab jarayonlar ta’sirida dastlabki g’ovak jinslarga xos bo’lmagan yangi birikmalar yuzaga keladi. Bu, tuproq va uning unumdorligining shakllanishida muhim rol o’ynaydi. Gumus kislotalarining tuzlari ishqoriy yer metallari, ayniqsa kalsiy bilan birikib suvda erimaydigan moddalar hosil qiladi va gel holida ular paydo bo’ladigan joyda to’plana boshlaydi hamda mineral zarrachalar yuzasini parda shaklida qoplab oladi, ularni yelimlab bir-biriga biriktiradi yoki zarrachalar orasidagi mayda qil yo’llar va bo’shliqlarda to’planadi. Gumus kislotalari bilan alyuminiy va temir gidrooksidlarining o’zaro ta’siri tufayli ham qator gumusli kompleks birikmalar hosil bo’ladi. Ularning harakatchanlik darajasi gumus kislotalarining tabiati va tuproq eritmasidagi kationlar hamda turli oksidlarning tarkibiga bog’liq. Gumus moddalarning yuqori disperslangan (mayda) gilli minerallar bilan o’zaro ta’sirlashuvi natijasida murakkab organik-mineral yaralmalar shakllanadi. Bu kompleks kolloidlarning tarkibi va disperslanish darajasi bir xil emas. Shuning uchun ham ular ancha kattaroq bo’lgan zarrachalar yuzasida turlicha mustahkamlikda birikadi. Mineral va organik moddalarning o’zaro ta’siri natijasida yuzaga keladigan mahsulotlar g’ovak jinslarning qatlamlari orqali harakat qilib, molekulyar va kolloid eritmalar sifatida turli chuqurliklarga cho’kib yig’ila boshlaydi. Natijada dastlabki, deyarli bir xil tarkibli ona jinslar
o’zining kimyoviy va mexanik tarkibi, fizik xossalari hamda tashqi belgilari bilan
farq qiladigan qator qatlamlarga ajralib tabaqalanadi. Bir-biridan farq qiladigan bu
alohida qatlamlar tuproq gorizontlari deb ataladi.(3-rasm)
Har bir tuproq gorizonti o’zining qalinligi, morfologik belgilari shuningdek,
fizikaviy xossalari, mexanik, kimyoviy va mineralogik tarkiblari bilan farqlanadi.
Muayyan tuproq gorizonti shu tuproqning kelib chiqishi va rivojlanish tarixini aks
ettirganligi uchun ham V.V.Dokuchayev bu qatlamlarni  genetik gorizontlar deb
ataydi. Barcha tuproq gorizontlari yig’indisi tuproq profilini tashkil etadi. 
3. Tuproq profilining shakllanishi va uning morfologik belgilari. Tuproq
paydo  bo’lish  jarayonlari  natijasida  tuproqning  ona  jinslardan  farq  qiladigan
muhim qator tarkibiy qismlari, xossalari va belgilari yuzaga keladi. Bu o’zgarishlar
tuproqning profilida o’z aksini topgan bo’ladi. Tuproq profili - tuproq genetik
gorizontlarining  vertikal  yo’nalish  bo’yicha  muayyan  tarzda  almashib  turishi
natijasida yuzaga keladigan tashqi qiyofasidir. Tuproq profilini tashkil etuvchi
genetik gorizontlar o’ziga xos tashqi  morfologik belgilari bilan ajralib turadi.
Tuproqlar, sodir bo’ladigan ichki jarayonlarni, ularning paydo bo’lishi (genezisi) ni
va rivojlanish tarixini namoyon etadigan, morfologik belgilar deb ataladigan, tashqi
ko’rinishga ega. Ana shu belgilar asosida tuproqlarni ona jinslaridan va bir-biridan
farqlab ajratish hamda tuproq paydo bo’lish jarayonlarining borishi, uning jadalligi
haqida  umumiy  tasavvurga  ega  bo’lish  mumkin.  Tuproqning  morfologiyasi
haqidagi asosiy fikrlar V.V.Dokuchayev tomonidan aytilgan bo’lib, S.A.Zaxarov
uni takomillashtirdi.
Tuproqning asosiy morfologik belgilariga: tuproq profilining tuzilishi, tuproq
va  uning  alohida  gorizontlarining  qalinligi,  rangi  (tusi);  mexanik  tarkibi;
strukturasi; qovushmasi; yangi yaralmasi va qo’shilmasi singarilar kiradi. Bularni
o’rganish maqsadida tuproq chuqur (razrez) lari kovlanadi (4-rasm).
Logotip
o’zining kimyoviy va mexanik tarkibi, fizik xossalari hamda tashqi belgilari bilan farq qiladigan qator qatlamlarga ajralib tabaqalanadi. Bir-biridan farq qiladigan bu alohida qatlamlar tuproq gorizontlari deb ataladi.(3-rasm) Har bir tuproq gorizonti o’zining qalinligi, morfologik belgilari shuningdek, fizikaviy xossalari, mexanik, kimyoviy va mineralogik tarkiblari bilan farqlanadi. Muayyan tuproq gorizonti shu tuproqning kelib chiqishi va rivojlanish tarixini aks ettirganligi uchun ham V.V.Dokuchayev bu qatlamlarni genetik gorizontlar deb ataydi. Barcha tuproq gorizontlari yig’indisi tuproq profilini tashkil etadi. 3. Tuproq profilining shakllanishi va uning morfologik belgilari. Tuproq paydo bo’lish jarayonlari natijasida tuproqning ona jinslardan farq qiladigan muhim qator tarkibiy qismlari, xossalari va belgilari yuzaga keladi. Bu o’zgarishlar tuproqning profilida o’z aksini topgan bo’ladi. Tuproq profili - tuproq genetik gorizontlarining vertikal yo’nalish bo’yicha muayyan tarzda almashib turishi natijasida yuzaga keladigan tashqi qiyofasidir. Tuproq profilini tashkil etuvchi genetik gorizontlar o’ziga xos tashqi morfologik belgilari bilan ajralib turadi. Tuproqlar, sodir bo’ladigan ichki jarayonlarni, ularning paydo bo’lishi (genezisi) ni va rivojlanish tarixini namoyon etadigan, morfologik belgilar deb ataladigan, tashqi ko’rinishga ega. Ana shu belgilar asosida tuproqlarni ona jinslaridan va bir-biridan farqlab ajratish hamda tuproq paydo bo’lish jarayonlarining borishi, uning jadalligi haqida umumiy tasavvurga ega bo’lish mumkin. Tuproqning morfologiyasi haqidagi asosiy fikrlar V.V.Dokuchayev tomonidan aytilgan bo’lib, S.A.Zaxarov uni takomillashtirdi. Tuproqning asosiy morfologik belgilariga: tuproq profilining tuzilishi, tuproq va uning alohida gorizontlarining qalinligi, rangi (tusi); mexanik tarkibi; strukturasi; qovushmasi; yangi yaralmasi va qo’shilmasi singarilar kiradi. Bularni o’rganish maqsadida tuproq chuqur (razrez) lari kovlanadi (4-rasm).