Turistlarga havo transportida xizmat ko‘rsatish.
REJA:
1.
Havo transportida yo‘lovchi tashishni tartibga solishning huquqiy
asoslari
2.
Xalqaro aviatashuvlarni huquqiy jihatdan ta’minlash
3.
Xalqaro aviatashuvlarda asosiy turistik hujjatlarning muhimligi
4.
Havo transportida yo‘lovchi yoki yuk tashish to‘g‘risidagi shartnoma
Kalit so’zlar: Xavo transporti haqida tushuncha berish. Havo transportida
yo‘lovchi
tashishni
tartibga
solishning
huquqiy
asoslari.
Xalqaro
aviatashuvlarni huquqiy jihatdan ta’minlash. Xalqaro aviatashuvlarda asosiy
turistik hujjatlarning muhimligi. Havo transportida yo‘lovchi yoki yuk tashish
to‘g‘risidagi shartnoma. Dunyoda so’ngi yillarda ochilgan va ochilishi
kutilayotgan ko’plab ajoyib aeroportlar. Aviyachipta aviatashish to’g’risidagi
shartnomani tasdiqlovi xujjat sifatida. Aviyachiptalarni bronlashtirishning
zamonaviy tizimlari. Xavo layterlarida ko’rsatiladigan xizmatlarning asosiy
turlari. “O’zbekiston Xavo yo’llari” Milliy aviakompaniyasida yo’lovchilar
tashish.
3.1. HAVO TRANSPORTIDA YO‘LOVCHI TASHISHNI
TARTIBGA SOLISHNING HUQUQIY ASOSLARI
O'zbekiston Respublikasida transport infratuzilmasining rivojlanishi.
Davlatlar o'rtasidagi transport aloqalarini rivojlantirish avvaldan
xalqlarni birlashtirish, iqtisodiyotni rivojlantirish va madaniyatlarni o'zaro
boyitish asosiy vositalaridan biri edi. Qadim zamonlardanoq transport
yo'nalishlari davlat daromadlarining asosiy manbalaridan biri hisoblanadi.
Vaqt o'tishi bilan transport hayotimizning ajralmas qismiga aylandi.
O'tmishda O'zbekiston hududi Buyuk Ipak yo'lining markazida
joylashgan bo'lib va shu sababli Yevropadan Osiyoga olib keladigan eng
qisqa transport koridorlari
aynan ushbu yo'nalish orqali o'tgan.
O'zbekistonning geografik joylashuvi G'arb va Sharq o'rtasidagi chorrahada,
shuningdek Yeroosiyo qit'asining Shimoli va Janubidan foydalanib,
Yeroosiyo qit'asining ko'plab mamlakatlari uchun doimiy yer usti va xavfsiz
transport aloqalarini amalga oshirish imkoniyatini ochib beradi.
Ayni paytda, O'zbekiston Respublikasi dengiz transportidan tashqari,
barcha zamonaviy transport turlariga ega. Respublikada temir yo'llar va
avtomobil yo'llar tarmog'i, xalqaro aeroport komplekslari rivojlangan. Shu
bilan birga, davlat hududini ko'ndalang va bo'ylama kesib o'tuvchi va
mamlakatning xalqaro va tranzit tashishlar uchun ehtiyojlarini ta'minlovchi
havo yo'llari mavjud.
O'zbekiston hududida xalqaro transport terminallari va logistika
markazlari faoliyat ko’rsatmoqda. Bunday markazlar turli xil transport turlari
faoliyatini muvofiqlashtirishni ta'minlashga mo'ljallangan, bu ayniqsa
dengizga chiqish imkoni yo'q bo’lgan Markaziy Osiyo davlatlari uchun
muhimdir.
Yuk aylanmasining asosiy qismi temir yo'l, avtomobil va quvur yo'l
transportlariga, yo'lovchi aylanmasi esa, avtomobil, havo yo'l, temir yo'l
transportlariga tu’g’ri keladi.
Bugungi kunda transport sohasida 12 mingga yaqin turli mulkchilik
shakldagi korxonalar va tashkilotlar faoliyat ko’rsatmoqda. 2017 yilda
"tashish va saqlash" faoliyatini ko’rsatayotgan korxonalar va tashkilotlar
ulushi, faoliyat ko’rsatayotgan tashkilotlar va korxonalar umumiy hajmida
(fermer va dehqon xo'jaliklaridan tashqari) 6,3 % ni tashkil etdi.
Aviatashuvlar yo‘lovchilar va bagajni tashishning o‘ziga xos turi bo‘lib,
aviatsiya korxonalari tomonidan havo kemalarida belgilangan haq evaziga,
shuningdek tashuvchining er usti transportlarida amalga oshiriladi.
Ichki aviatashuv — uchish joyi, manzil hamda barcha qo‘nish joylari
bir davlat hududida joylashgan havoda yo‘lovchi va yuk tashish.
Xalqaro aviatashuv — uchish joyi va manzil tegishincha ikki davlat
hududida; agar boshqa davlat hududida qo‘nish nazarda tutilgan bo‘lsa, bir
davlat hududida joylashgan havoda yo‘lovchi va yuk tashish.
Tashish davri quyidagilarni o‘z ichiga oladi: yo‘lovchi tashishda –
yo‘lovchi aeroport perroniga havo kemasiga chiqish uchun kirgan paytdan u
perronni tashuvchining vakolatli shaxslari kuzatuvida tark etgunga qadar;
bagaj tashishda — bagaj tashish uchun qabul qilingan paytdan u oluvchiga
berilgunga yoki belgilangan qoidalarga
binoan
boshqa
tashkilotga
topshirilgunga qadar
3.2. XALQARO AVİATASHUVLARNİ HUQUQİY JİHATDAN
TA’MİNLASH
Dunyo
miqyosidagi
va
ikki
tomonlama
konvensiyalar
xalqaro
aviatashuvlarni tartibga soluvchi asosiy hujjat hisoblanadi.
Ikki tomonlama bitimlar, qoida tariqasida, hamkorligi boshqa
shartnomalar (MDH, EI doirasidagi va h.k.) bilan belgilangan ikki davlat
o‘rtasida tuziladi.
Keng ahamiyatga molik xalqaro bitimlarda davlatlarning ancha katta
doirasi ishtirok etadi. Ular uchishlarni tartibga soluvchi xalqaro normalar va
qoidalarni, shuningdek mazkur davlatlar hududi ustida aviatashuvlarni
tashkil etish prinsiplarini ishlab chiqadi.
Xalqaro fuqaro aviatsiyasi sohasidagi dastlabki huquqiy hujjatlardan biri
1929 yilda qabul qilingan «Xalqaro aviatashuvlarga daxldor ayrim qoidalarni
unifikatsiya qilish to‘g‘risida»gi Varshava konvensiyasidir. Ushbu normativ
hujjatda quyidagilar o‘z ifodasini topgan:
•
xalqaro aviatashuvlar tarifi;
•
aviatashuvchilar tomonidan havoda yo‘lovchi va yuk tashish tartibi;
•
tashish shartnomasini tasdiqlovchi asosiy tashish hujjatlari;
•
tashuvchining javobgarligi tartibi;
ushbu konvensiyaga davlatlarning qo‘shilishi tartibi1
Keyinchalik Varshava konvensiyasi 1955 yilgi Gaaga bayonnomasi,
1971 yilgi Gvatemala bayonnomasi va 1975 yilgi Monreal bayonnomasi
bilan kiritilgan qo‘shimcha va o‘zgartirishlar orqali rivojlantirildi.
Yo‘lovchining o‘limi yoki uning sog‘lig‘iga shikast etkazilganligi,
bagajning yo‘qotilganligi va shikastlanganligi uchun tashuvchining
javobgarligi to‘g‘risidagi qoida Varshava konvensiyasiga kiritilgan muhim
band hisoblanadi. Ushbu hujjatga binoan, xalkaro reyslarda yo‘lovchining
hayoti va sog‘lig‘i uchun tashuvchining javobgarligi aksariyat hollarda 10
000 AQSH dollari bilan chegaralanadi.
Bagajning yo‘qotilganligi va shikastlanganligi uchun tashuvchining
javobgarligi aksariyat xalqaro tashuvlarda (shu jumladan xalqaro
tashuvning ichki qismlarida) ro‘yxatdan o‘tkazilgan bagajning 1
kilogrammi uchun 20 AQSH dollari hamda har bir yo‘lovchining
ro‘yxatdan o‘tkazilmagan bagaji uchun 400 AQSH dollarini tashkil etadi.
SHunga qaramay, ayrim tashuvchilar, ayniqsa, xususiy tashuvchilar
xalqaro standartlarning yangi qoidalariga muvofiq o‘z xarajatlari moddalarini
oshira boshladilar. Tabiiyki, bunga faqat ko‘proq kafolatlar bera oladigan va
samolyotlarni 750 mln. – 1 mlrd. AQSH dollariga sug‘urta qiladigan
moliyaviy jihatdan barqaror va yirik aviakompaniyalargina qodir. Qolgan
kompaniyalar hukumat qarorlarini kutadilar. Ko‘pgina ekspertlarning fikricha,
O‘zbekiston yuqorida zikr etilgan konvensiyaga yaqin kelajakda albatta
qo‘shiladi.
Zero,
ushbu
jarayonning
kechga
surilishi
milliy
aviakompaniyalarning xalqaro bozordagi mavqei pasayishiga olib keladi.
Natijada O‘zbekiston fuqarolari havo kemasi bortidagi noxush hodisalar uchun
ko‘proq tovon to‘laydigan chet el tashuvchilari xizmatlaridan foydalanishni
ma’qul ko‘rishlari mumkin. Bundan tashqari, xalqaro uchishlar qabul
qilingan
xalvaro
normativlarga rioya qilishni talab etganligi uchun
konvensiyaga imzo chekan mamlakatlarning aviatsiyani boshqarish idoralari
ko‘rsatilgan hujjatni hali imzolamagan davlatlardan samolyotlarni o‘z
hududiga kiritmaslik huquqiga ega. Masalan, shovqinni chegaralash bilan
bog‘liq hollarda shunday bo‘lgan: shovqini kuchli samolyotlarning uchishini
chegaralovchi xalqaro standartlarni qabul qilgan mamlakatlar Rossiyaning
iqtisodiy
holatini hisobga olish niyatida emas ekanliklarini namoyish etdilar
3.3.XALQARO AVİA TASHUVLARDA ASOSİY TURİSTİK
HUJJATLARNİNG MUHİMLİGİ
Xalqaro havo huquqining muntazam havo aloqalari sohasidagi yana bir
muhim hujjati 1944 yilda qabul qilingan «Xalqaro fuqaro aviatsiyasi
to‘g‘risida»gi CHikago
konvensiyasidir.
Ushbu
konvensiyada
dunyo
miqyosida parvozlarni amalga oshirishning bir qancha muhim prinsiplari
belgilab qo‘yilgan bo‘lib, ularga asosan ahdlashayotgan har bir davlat boshqa
ahdlashayotgan davlatlarga quyidagi huquqlarni beradi:
2. o‘z hududi ustidan qo‘nmasdan o‘tish;
3. notijorat maqsadlarida (yonilg‘i quyish, ekipajni almashtirish uchun,
texnik va boshqa maqsadlarda) qo‘nish;
4. milliy mansubligi havo kemasiga ega bo‘lgan davlat hududida bortga
olingan yo‘lovchilar, pochta va yuklarni tushirish;
milliy mansubligi havo kemasiga ega bo‘lgan davlat hududiga eltib
qo‘yilishi lozim bo‘lgan yo‘lovchilar, pochta va yuklarni bortga olish;
ahdlashayotgan davlatlardan istalgan birining hududiga eltib qo‘yilishi
lozim bo‘lgan yo‘lovchilar, pochta va yuklarni bortga olish hamda shunday
hududlardan istalgan biridan kelgan yo‘lovchilar, pochta va yuklarni
tushirish1.
Keyinchalik bu prinsiplar Bitim bo‘yicha sherik hamda uchinchi tomon
o‘rtasida yo‘lovchilar, pochta va yuklarni ikkala yo‘nalishda o‘z hududi
orqali yoki o‘z mamlakati hududidan o‘tmaydigan havo yo‘li orqali tashish
huquqi bilan, shuningdek Bitimga a’zo bo‘lgan boshqa mamlakatning ichki
havo yo‘llari orqali yo‘lovchi va yuklarni tashish huquqi bilan kengaytirildi.
Chikago konvensiyasi bilan qabul qilingan davlatlarning xalqaro
uchishlarni amalsha oshirish huquqlari amalda ayrim doiralar bilan
chegaralanadi, ular davlatlar o‘rtasida havo aloqalarini amalga oshirish
uchun zarur shart-sharoitlar yaratadi, uchishlarning xavfsizligini ta’minlaydi,
shuningdek mamlakatlar o‘rtasida yaxshi munosabatlar o‘rnatilishi va
turizmning rivojlanishiga imkoniyat yaratadi.
Xalqaro havo aloqalarini tartibga soluvchi huquqiy hujjatlar orasida
«Xalqaro havo transporti to‘g‘risidagi Bitim» (Chikago, 1944 y.); «Xalqaro
havo yo‘llari orqali tranzit qilish to‘g‘risidagi Bitim» (CHikago, 1944 y.);
«Chet el havo kemasi o‘z bortida uchinchi shaxslarga etkazgan zararni
qoplash to‘g‘risidagi Konvensiya» (Rim, 1952).
Gaz quvurlari barcha magistral quvurlarning 99,2 %ni tashkil qiladi.
Neft quvurlarining ulushi 0,8 % ni tashkil etadi.
Avtomobil transporti yuklarni va yo'lovchilarni tashishda muhim
ahamiyat kasb etadi. Islohotlar yilida mamlakatimizda 42,7 ming km dan
ortiq avtomobil yo'llar qurilib, foydalanishga topshirildi, ularning 98,5 %
qattiq qoplamga ega.
Neftigaz industriyasi sanoatning flagmani va iqtisodiyotning etakchi
tarmogi hisoblanadi. U mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda muhim
rol o'ynaydi.
2018 yil 1 yanvar holatiga respublika bo'yicha magistral quvurlarning
uzunligi 13895,7 km.ni tashkil qildi.
Xalqaro standartlarga muvofiq 11 aeroport (Toshkent, Nukus,
Samarqand, Buxoro, Urganch, Termiz, Qarshi, Namangan, Andijon,
Farg'ona va Navoiy shaharlarida) modernizatsiya qilindi.
Toshkent aeroporti Markaziy Osiyodagi eng yirik aeroport hisoblanadi.
Buxoro, Samarqand va Urganch aeroportlari ham xalqaro aeroport
maqomiga ega.
2001 yilning sentyabr—oktyabr oylarida Monrealda (ICAO shtab-
kvartirasida) ICAOning navbatdagi, 33-chi Assambleyasi bo‘lib o‘tdi. U 11
sentyabrda AQSHda yuz bergan fojia munosabati bilan xalqaro fuqaro
aviatsiyasida uchishlar xavfsizligini oshirishning global strategiyasini ishlab
chiqishga chaqirdi.
Aeronavigatsiya masalalarida SHimoliy Qutb orqali aviamarshrutlarning
yangi tuzilishini 2002 yil fevraldan amalga kiritish haqida kelishib olindi. Bu
Yevropa va SHimoliy Amerikani Markaziy va Janubi-SHarqiy Osiyo bilan