TURISTLARGA MAXSUS TRANSPORT VOSITALARIDA XIZMAT KO‘RSATISH.

Time

Yuklangan vaqt

2025-11-08

Downloads

Yuklab olishlar soni

0

Pages

Sahifalar soni

9

File size

Fayl hajmi

38,8 KB


TURISTLARGA MAXSUS TRANSPORT VOSITALARIDA XIZMAT
KO‘RSATISH.
Reja:
1. Turistlarni itlarda tashish.
2. Tuyoqli hayvonlarda yo‘lovchi tashishning ekzotik turlari.
3. Fil – turistlar uchun eng tomoshabop hayvon.
4.
MDH va jahonning hayvonot bog‘lari.
Logotip
TURISTLARGA MAXSUS TRANSPORT VOSITALARIDA XIZMAT KO‘RSATISH. Reja: 1. Turistlarni itlarda tashish. 2. Tuyoqli hayvonlarda yo‘lovchi tashishning ekzotik turlari. 3. Fil – turistlar uchun eng tomoshabop hayvon. 4. MDH va jahonning hayvonot bog‘lari.
1. TURISTLARNI ITLARDA TASHISH
It yovvoyi bo‘ridan tarqalgan bo‘lib, inson uni qo‘lga o‘rgatgan. Itdan
qo‘riqlash, poda boqish, ov qilish, yo‘lovchi va yuk tashish maqsadlarida
foydalaniladi. Shimolda itlar chana tortadi. Bir chanaga 10-20 it qo‘shiladi.
SHu holatda itlar qorli hududlar bo‘ylab ancha og‘ir (200 kg gacha va undan
ortiq) yuklarni chanada tashishga qodir. Chekka Shimolda yo‘llar bo‘lmagan
sharoitlarda itlar qo‘shilgan chana qorli hududlar bo‘ylab harakatlanishning
birdan-bir mavjud usulidir. Alyaska bo‘ylab it qo‘shilgan chanalarda sayohat
qilish Jek London asarlarida tavsif etilgan. Itlar sayohatchilarga Janubiy va
Shimoliy qutbni zabt etishga ko‘maklashgan. Bunday sayohatlarni tashkil
etishda o‘z yukidan tashqari itlarga oziqni ham rejalashtirish zarur. Bu ham
chanada ma’lum joyni egallaydi va yuk bo‘ladi.
Bugungi  kunda  qorli  hududlar bo‘ylab  it  qo‘shilgan  chanada  sayohat
qilish ekzotika hisoblanadi. Ekstremal turizm guruhlari uchun ko‘p kunlik
sayohatlar tashkil etiladi. Qutbga yaqin joylarda, masalan, Finlyandiya,
Norvegiya, Kanada va Alyaskadagi  turistik  markazlarda  turistlar  uchun
ko‘ngilochar  tadbirlar  uyushtiriladi. Mahalliy  aholi  turistlar  uchun  tashkil
etadigan  milliy  bayramlarda  va  ko‘rgazmali namoyishlarda  it  qo‘shilgan
chanalardan  faol  foydalaniladi.  It  qo‘shilgan  chanalarda 
safari  —
Finlyandiyaning  qishki  kurortlarida,  ayniqsa,  Laplandiyada  turistlar  uchun
o‘tkaziladigan ko‘ngilochar tadbirlarning muhim turi.
Itlardan  sayohatlarda  ov  qilish  va  qo‘riqlash maqsadlarida  ham  faol
foydalaniladi. Itlarning dekorativ zotlari ham mavjud. Ko‘ngilochar tadbirlar
qatorida  it  poygalari o‘tkaziladi. Milliy va xalqaro it ko‘rgazmalari ham
muhim ko‘ngilochar tadbir hisoblanadi.  Mazkur tadbirga  tashrif  buyurgan
tomoshabinlarga xizmat ko‘rsatishdan tashqari, turistik tashkilotlar zimmasiga
ishtirokchi-turistlar va ularning itlariga xizmat ko‘rsatish  majburiyati  ham
tushadi.  Ba’zan  puldor  turistlar  sayohatga  o‘z  itlari  bilan birga  chiqadi.
Logotip
1. TURISTLARNI ITLARDA TASHISH It yovvoyi bo‘ridan tarqalgan bo‘lib, inson uni qo‘lga o‘rgatgan. Itdan qo‘riqlash, poda boqish, ov qilish, yo‘lovchi va yuk tashish maqsadlarida foydalaniladi. Shimolda itlar chana tortadi. Bir chanaga 10-20 it qo‘shiladi. SHu holatda itlar qorli hududlar bo‘ylab ancha og‘ir (200 kg gacha va undan ortiq) yuklarni chanada tashishga qodir. Chekka Shimolda yo‘llar bo‘lmagan sharoitlarda itlar qo‘shilgan chana qorli hududlar bo‘ylab harakatlanishning birdan-bir mavjud usulidir. Alyaska bo‘ylab it qo‘shilgan chanalarda sayohat qilish Jek London asarlarida tavsif etilgan. Itlar sayohatchilarga Janubiy va Shimoliy qutbni zabt etishga ko‘maklashgan. Bunday sayohatlarni tashkil etishda o‘z yukidan tashqari itlarga oziqni ham rejalashtirish zarur. Bu ham chanada ma’lum joyni egallaydi va yuk bo‘ladi. Bugungi kunda qorli hududlar bo‘ylab it qo‘shilgan chanada sayohat qilish ekzotika hisoblanadi. Ekstremal turizm guruhlari uchun ko‘p kunlik sayohatlar tashkil etiladi. Qutbga yaqin joylarda, masalan, Finlyandiya, Norvegiya, Kanada va Alyaskadagi turistik markazlarda turistlar uchun ko‘ngilochar tadbirlar uyushtiriladi. Mahalliy aholi turistlar uchun tashkil etadigan milliy bayramlarda va ko‘rgazmali namoyishlarda it qo‘shilgan chanalardan faol foydalaniladi. It qo‘shilgan chanalarda safari — Finlyandiyaning qishki kurortlarida, ayniqsa, Laplandiyada turistlar uchun o‘tkaziladigan ko‘ngilochar tadbirlarning muhim turi. Itlardan sayohatlarda ov qilish va qo‘riqlash maqsadlarida ham faol foydalaniladi. Itlarning dekorativ zotlari ham mavjud. Ko‘ngilochar tadbirlar qatorida it poygalari o‘tkaziladi. Milliy va xalqaro it ko‘rgazmalari ham muhim ko‘ngilochar tadbir hisoblanadi. Mazkur tadbirga tashrif buyurgan tomoshabinlarga xizmat ko‘rsatishdan tashqari, turistik tashkilotlar zimmasiga ishtirokchi-turistlar va ularning itlariga xizmat ko‘rsatish majburiyati ham tushadi. Ba’zan puldor turistlar sayohatga o‘z itlari bilan birga chiqadi.
Mehmonxonalarda mijozlarning itlarini saqlash uchun maxsus joylarni hamda
ularni tashish shartlarini ko‘zda tutish sayohatlar tashkil etishda muhim
ahamiyatga ega.
7.2. TUYOQLİ HAYVONLARDA YO‘LOVCHİ TASHİSHNİNG
EKZOTİK TURLARİ
Tuyoqlilar turkumi vakillari — bug‘u, eshak, xachir, ot, ho‘kiz, qo‘tos va
tuyadan inson qadim zamonlardan beri yuklarni va sayohatchilarni tashish uchun
ham, turli yuk ortilgan aravalarni tortish uchun ham foydalanib keladi.
Ot  sayohatlar  uchun  va  harbiy maqsadlarda,  yuk  tashishda,  arava
tortishda, 
qishloq  xo‘jaligida  foydalaniladigan  insonning  eng  yaqin
yordamchilaridan  biridir. O‘rta  Osiyoda  va  Yevropaning  janubi-sharqiy
qismida xonaki otlar miloddan avvalgi 3-mingyillikdan ma’lum edi. Otlar ko‘p
asrlar mobaynida asosiy transport vositasi, qishloq xo‘jaligining asosiy ish
hayvoni edi. SHuningdek armiya uchun ham juda ko‘p ot talab qilinardi.
Poni — kichkina ot, bolalar uchun ayniqsa qiziqarli, bolalar parklari
tomoshalari tizimida keng qo‘llaniladi. Maxsus etishtiriladi. Janubiy qutbni
zabt etishda Skott ekspeditsiyaga bir nechta chidamli poni olib ketgan.
Ot etishtirish xo‘jalik tarmog‘iga aylangan. Eron, Hindiston va boshqa
mamlakatlarda  yo‘rtoqi  otlarning  maxsus  zotlari  etishtirilgan.  Yevropada
ritsarlar uchun kuchli ot zotlari etishtirilgan, og‘ir yuk tortadigan va qishloq
xo‘jaligi  uchun mo‘ljallangan ot zotlari paydo bo‘lgan. Otlardan harbiy
maqsadlarda ham keng foydalanilgan. Podsholar va zodagonlarni hamda ularning
oila a’zolarini tashish uchun maxsus karetalar va aravalar yasalgan, ularning
kuzovi shunday yasatilganki, mutaxassislar o‘ziga xos san’at asari deb e’tirof
etilgan. Saqlanib qolgan ekipajlarning aksariyati Lissabon (Portugaliya)dagi
karetalar muzeyi kolleksiyasida jamlangan. Hatto Ikkinchi jahon urushida ham
qo‘shinlar  tarkibida  maxsus  otliq  polklar  bo‘lgan. Otlar paradlarda va
tomoshalarda ishtirok etadi, ayrim mamlakatlarda ommaviy tadbirlarni tartibga
solish uchun otliq politsiyadan keng foydalaniladi.
Logotip
Mehmonxonalarda mijozlarning itlarini saqlash uchun maxsus joylarni hamda ularni tashish shartlarini ko‘zda tutish sayohatlar tashkil etishda muhim ahamiyatga ega. 7.2. TUYOQLİ HAYVONLARDA YO‘LOVCHİ TASHİSHNİNG EKZOTİK TURLARİ Tuyoqlilar turkumi vakillari — bug‘u, eshak, xachir, ot, ho‘kiz, qo‘tos va tuyadan inson qadim zamonlardan beri yuklarni va sayohatchilarni tashish uchun ham, turli yuk ortilgan aravalarni tortish uchun ham foydalanib keladi. Ot sayohatlar uchun va harbiy maqsadlarda, yuk tashishda, arava tortishda, qishloq xo‘jaligida foydalaniladigan insonning eng yaqin yordamchilaridan biridir. O‘rta Osiyoda va Yevropaning janubi-sharqiy qismida xonaki otlar miloddan avvalgi 3-mingyillikdan ma’lum edi. Otlar ko‘p asrlar mobaynida asosiy transport vositasi, qishloq xo‘jaligining asosiy ish hayvoni edi. SHuningdek armiya uchun ham juda ko‘p ot talab qilinardi. Poni — kichkina ot, bolalar uchun ayniqsa qiziqarli, bolalar parklari tomoshalari tizimida keng qo‘llaniladi. Maxsus etishtiriladi. Janubiy qutbni zabt etishda Skott ekspeditsiyaga bir nechta chidamli poni olib ketgan. Ot etishtirish xo‘jalik tarmog‘iga aylangan. Eron, Hindiston va boshqa mamlakatlarda yo‘rtoqi otlarning maxsus zotlari etishtirilgan. Yevropada ritsarlar uchun kuchli ot zotlari etishtirilgan, og‘ir yuk tortadigan va qishloq xo‘jaligi uchun mo‘ljallangan ot zotlari paydo bo‘lgan. Otlardan harbiy maqsadlarda ham keng foydalanilgan. Podsholar va zodagonlarni hamda ularning oila a’zolarini tashish uchun maxsus karetalar va aravalar yasalgan, ularning kuzovi shunday yasatilganki, mutaxassislar o‘ziga xos san’at asari deb e’tirof etilgan. Saqlanib qolgan ekipajlarning aksariyati Lissabon (Portugaliya)dagi karetalar muzeyi kolleksiyasida jamlangan. Hatto Ikkinchi jahon urushida ham qo‘shinlar tarkibida maxsus otliq polklar bo‘lgan. Otlar paradlarda va tomoshalarda ishtirok etadi, ayrim mamlakatlarda ommaviy tadbirlarni tartibga solish uchun otliq politsiyadan keng foydalaniladi.
Turizmda otlar alohida o‘rin tutadi. Otliq turlar — sayohatning o‘ziga
xos turi. SHaharlik turistlar uchun ot ekzotik transport vositasi hisoblanadi.
Otlar turistlarga uzoq masofalarga, tabiatning texnik transport turlarida borib
bo‘lmaydigan joylariga safar qilish uchun imkoniyat yaratadi. Turistlar ot
minib boradilar, qolgan otlarga safar anjomlari ortiladi.
Bug‘i qo‘shilgan chanalarda sayohat turistik mahsulotning alohida turi
hisoblanadi. Ko‘p kunlik (4—7 kun) va ancha uzoq (400 km gacha)
masofaga uyushtiriladigan sayohatlarning variantlari mavjud. Turistlar
tegishli kiyim-kechak va anjomlar bilan ta’minlanadi, turistik guruhlarni
tajribali  instruktorlar  kuzatib  boradi. 
Sinovdan  o‘tgan  marshrutlar
qo‘llaniladi. Yo‘lda dam olish va tunash uchun maxsus jihozlangan joylar
bor. Marshrut xushmanzara hududlar bo‘ylab o‘tadi va turistlarda o‘chmas
taassurot qoldiradi.
Ho‘kiz — eng yirik shoxli hayvonlardan biri. Uning har xil turlari er
kurrasining barcha mintaqalarida tarqalgan. Eng yirigi — hind qo‘tosi. U
miloddan avvalgi 3- mingyillik xonakilashtirilgan. Undan tortuvchi kuch
sifatida (asosan qishloq xo‘jaligida)  foydalaniladi.  Dastlab  ho‘kizdan
xudolarga  qurbonlik  keltirish  uchun foydalanilgan. Keyinchalik ho‘kiz
qo‘shga tortilib, qishloq xo‘jaligida qo‘llanila boshlangan.  Ho‘kizdan
ekspeditsiya va sayohatlarda arava tortish uchun foydalanilgan. Bugungi kunda
bu sof ekzotika, ammo Amerika qit’asini o‘zlashtirish davrida bu yuk va
odam tashishning eng keng tarqalgan usuli bo‘lgan. Amerika G‘arbini
o‘zlashtirishda ho‘kizlar g‘ildiraklarining diametri 3,5 m gacha bo‘lgan usti
yopiq aravalarga qo‘shilgan. Bunday aravalar 4 t gacha og‘irlikdagi odamlar
va yuklarni ko‘targan va prairie schooner – «preriya kemasi» deb atalgan.
Ulkan g‘ildirakli arvalarni tortishga faqat juft-juft bo‘lib qo‘shilgan bir
necha ho‘kizning qurbi etgan.
Tuya aksariyat turistlar uchun ekzotik hayvon hisoblanadi. Yevropaliklar
Xeops ehromi  yoki  boshqa  diqqatga  sazovor  joy  fonida  tuyada  suratga
tushishni  yoqtiradi. Misrda,  Birlashgan  Arab  Amirliklarida,  Tunis  va
Logotip
Turizmda otlar alohida o‘rin tutadi. Otliq turlar — sayohatning o‘ziga xos turi. SHaharlik turistlar uchun ot ekzotik transport vositasi hisoblanadi. Otlar turistlarga uzoq masofalarga, tabiatning texnik transport turlarida borib bo‘lmaydigan joylariga safar qilish uchun imkoniyat yaratadi. Turistlar ot minib boradilar, qolgan otlarga safar anjomlari ortiladi. Bug‘i qo‘shilgan chanalarda sayohat turistik mahsulotning alohida turi hisoblanadi. Ko‘p kunlik (4—7 kun) va ancha uzoq (400 km gacha) masofaga uyushtiriladigan sayohatlarning variantlari mavjud. Turistlar tegishli kiyim-kechak va anjomlar bilan ta’minlanadi, turistik guruhlarni tajribali instruktorlar kuzatib boradi. Sinovdan o‘tgan marshrutlar qo‘llaniladi. Yo‘lda dam olish va tunash uchun maxsus jihozlangan joylar bor. Marshrut xushmanzara hududlar bo‘ylab o‘tadi va turistlarda o‘chmas taassurot qoldiradi. Ho‘kiz — eng yirik shoxli hayvonlardan biri. Uning har xil turlari er kurrasining barcha mintaqalarida tarqalgan. Eng yirigi — hind qo‘tosi. U miloddan avvalgi 3- mingyillik xonakilashtirilgan. Undan tortuvchi kuch sifatida (asosan qishloq xo‘jaligida) foydalaniladi. Dastlab ho‘kizdan xudolarga qurbonlik keltirish uchun foydalanilgan. Keyinchalik ho‘kiz qo‘shga tortilib, qishloq xo‘jaligida qo‘llanila boshlangan. Ho‘kizdan ekspeditsiya va sayohatlarda arava tortish uchun foydalanilgan. Bugungi kunda bu sof ekzotika, ammo Amerika qit’asini o‘zlashtirish davrida bu yuk va odam tashishning eng keng tarqalgan usuli bo‘lgan. Amerika G‘arbini o‘zlashtirishda ho‘kizlar g‘ildiraklarining diametri 3,5 m gacha bo‘lgan usti yopiq aravalarga qo‘shilgan. Bunday aravalar 4 t gacha og‘irlikdagi odamlar va yuklarni ko‘targan va prairie schooner – «preriya kemasi» deb atalgan. Ulkan g‘ildirakli arvalarni tortishga faqat juft-juft bo‘lib qo‘shilgan bir necha ho‘kizning qurbi etgan. Tuya aksariyat turistlar uchun ekzotik hayvon hisoblanadi. Yevropaliklar Xeops ehromi yoki boshqa diqqatga sazovor joy fonida tuyada suratga tushishni yoqtiradi. Misrda, Birlashgan Arab Amirliklarida, Tunis va
Marokashda, hatto Isroilda sahro bo‘ylab tuyada safar qilish turistlar orasida
mashhur. Mazkur safar turi qum barxanlari bo‘ylab zamonaviy jiplarda sayr
qilishga qaraganda ommaviyroq. Tuya – sahro va cho‘llarda yuk va yo‘lovchi
tashish uchun asosiy vosita. Ko‘p ming kilometrli «Buyuk ipak yo‘li» (The
Silk Road) turistik marshrutida tuyalarda katta bosqichlar va o‘tishlar ko‘zda
tutilgan.
7.3. FİL – TURİSTLAR UCHUN ENG TOMOSHABOP HAYVON
Fil — quruqlikdagi eng yirik va kuchli hayvon. Bugungi kunda fillar
faqat Afrikada va Hindiston mintaqasida (shuningdek Kamboja, Birma,
SHri-Lanka, Tailandda)  yashaydi.  Boshqa  mintaqalarda  fillarni  faqat
hayvonot bog‘ida va sirkda ko‘rish mumkin .
Afrika  fili  Sahroi  kabirdan  janubroqdagi  hududlarda,  asosan  milliy
parklarda va rezervatsiyalarda yashaydi. Fil poda-poda bo‘lib yashaydigan
hayvon.  Odatda  bir podada  9-10  fil  bo‘ladi.  Bugungi  kunda  Afrikada
hayvonlarni qo‘riqlash tizimi va milliy parklarning tashkil etilishi sharofati
bilan 250 mingga yaqin fil yashaydi. Fillar miqdorini  tartibga  solish
maqsadida har yili 5000 tagacha fil otib o‘ldiriladi. Fil kuzatish va ov (fotov
hamda litsenziyaga ko‘ra qurolli ov) ob’ekti sifatida turistlarni qiziqtiradi.
Zimbabveda Viktoriya sharsharasidagi milliy parkda turistlarga Afrika fillarida
safar taklif qilinadi. Bu qayiqlar, havo kemalari va vertolyotlardagi ekskursiya va
sayrlarni, rafting va bangi-jamping kabi ko‘ngilochar tadbirlarni, temir yo‘l
bo‘ylab va piyoda ekskursiyalarni oqilona tarzda to‘ldiradi.
Hindiston fili qo‘lga oson o‘rganadi, u yuk va odamlarni tashishga qodir.
Inson qadimdan filni qo‘lga o‘rgatib keladi. Qadimda fillardan og‘ir ishlarda,
marosimlarda va urushda foydalanilgan. Gannibal o‘zining Rimga yurishini
aynan Afrika fillarida amalga oshirgan. Bugungi kunda Afrika fillari qo‘lga
yaxshi o‘rganmaydi, ammo bu yo‘nalishda ishlar olib borilmoqda.
Hindiston 
mintaqasidagi 
aksariyat 
mamlakatlarda 
fildan 
inson
yordamchisi sifatida faol foydalaniladi. Fillarni qo‘lga o‘rgatish uchun maxsus
Logotip
Marokashda, hatto Isroilda sahro bo‘ylab tuyada safar qilish turistlar orasida mashhur. Mazkur safar turi qum barxanlari bo‘ylab zamonaviy jiplarda sayr qilishga qaraganda ommaviyroq. Tuya – sahro va cho‘llarda yuk va yo‘lovchi tashish uchun asosiy vosita. Ko‘p ming kilometrli «Buyuk ipak yo‘li» (The Silk Road) turistik marshrutida tuyalarda katta bosqichlar va o‘tishlar ko‘zda tutilgan. 7.3. FİL – TURİSTLAR UCHUN ENG TOMOSHABOP HAYVON Fil — quruqlikdagi eng yirik va kuchli hayvon. Bugungi kunda fillar faqat Afrikada va Hindiston mintaqasida (shuningdek Kamboja, Birma, SHri-Lanka, Tailandda) yashaydi. Boshqa mintaqalarda fillarni faqat hayvonot bog‘ida va sirkda ko‘rish mumkin . Afrika fili Sahroi kabirdan janubroqdagi hududlarda, asosan milliy parklarda va rezervatsiyalarda yashaydi. Fil poda-poda bo‘lib yashaydigan hayvon. Odatda bir podada 9-10 fil bo‘ladi. Bugungi kunda Afrikada hayvonlarni qo‘riqlash tizimi va milliy parklarning tashkil etilishi sharofati bilan 250 mingga yaqin fil yashaydi. Fillar miqdorini tartibga solish maqsadida har yili 5000 tagacha fil otib o‘ldiriladi. Fil kuzatish va ov (fotov hamda litsenziyaga ko‘ra qurolli ov) ob’ekti sifatida turistlarni qiziqtiradi. Zimbabveda Viktoriya sharsharasidagi milliy parkda turistlarga Afrika fillarida safar taklif qilinadi. Bu qayiqlar, havo kemalari va vertolyotlardagi ekskursiya va sayrlarni, rafting va bangi-jamping kabi ko‘ngilochar tadbirlarni, temir yo‘l bo‘ylab va piyoda ekskursiyalarni oqilona tarzda to‘ldiradi. Hindiston fili qo‘lga oson o‘rganadi, u yuk va odamlarni tashishga qodir. Inson qadimdan filni qo‘lga o‘rgatib keladi. Qadimda fillardan og‘ir ishlarda, marosimlarda va urushda foydalanilgan. Gannibal o‘zining Rimga yurishini aynan Afrika fillarida amalga oshirgan. Bugungi kunda Afrika fillari qo‘lga yaxshi o‘rganmaydi, ammo bu yo‘nalishda ishlar olib borilmoqda. Hindiston mintaqasidagi aksariyat mamlakatlarda fildan inson yordamchisi sifatida faol foydalaniladi. Fillarni qo‘lga o‘rgatish uchun maxsus
maktablar tashkil etilgan. Fildan o‘rmonda daraxtlarni ag‘darish, og‘ir (350 kg
gacha) yuklarni va odamlarni tashish uchun foydalaniladi. Turistik mahsulotlar
orasida fil attraksiyalar tizimida muhim o‘rin egallaydi. Filda safari — turistlar
uchun  betakror  va  qiziqarli ekskursiya. Fil elkasiga o‘rnatilgan maxsus
o‘rindiqqa to‘rttagacha turist va haydovchi joylashishi mumkin. Ekskursiya
ekzotik changalzorlar bo‘ylab amalga oshiriladi. Turistlar e’tiborini tortish
uchun turistik mahsulotning reklama prospektlarida va hatto televizion
reklama  roliklarida  turistik  firmalarning  rahbarlari  o‘zlari  fillarda  o‘tirib
suratga tushadilar. SHri-Lankada fillar maydaroq, yirik turistni ko‘tara
olmasligi ham
aravalar,  kolyaskalar,  vagonchalar,  maxsus  minipoezdlarda tashish
hayvonot bog‘laridagi ko‘ngilochar tadbirlarning ajralmas tarkibiy qismidir.
Hayvonot bog‘lari tarixi
Noyob hayvonlar, qushlar, sudralib yuruvchilar va baliqlarni tutqunlikda
saqlash mumkin.
7.4 . MDH  VA  JAHONNİNG  HAYVONOT BOG‘LARİ
Hayvonot bog‘i, hayvonotxona, zoopark (zoological garden, zoological
park, zoopark, zoo) — yovvoyi hayvonlarni ommaga ko‘rsatish, o‘rganish,
asrab qolish va ko‘paytirish maqsadida tutqunlikda (yoki yarim tutqunlikda)
saqlashga mo‘ljallangan maxsus  ilmiy-ma’rifiy  muassasa.  Suv  hayvonot
dunyosi  vakillarini  jamlash,  saqlash, o‘rganish  va  namoyish  etishga
ixtisoslashgan  hayvonot  bog‘lari  okeanariumlar  deb, yoki mansubligiga
qarab, masalan, delfinariylar deb ataladi. Hozirda ayrim mamlakatlarda
hayvonot bog‘i o‘rniga biologik bog‘ (biopark) degan nom qabul qilingan.
Hayvonot bog‘larida barcha hayvonlar, shuningdek sudralib yuruvchilar
va qushlar turistlarning, ayniqsa, kichik yoshdagi sayohatchilarning qiziqish
ob’ektini tashkil  etadi.  Deyarli  har  bir  yirik  turistik  markazda  katta  yoki
kichkina hayvonot bog‘i bor. Butun jahonda 300 dan ortiq yirik hayvonot
Logotip
maktablar tashkil etilgan. Fildan o‘rmonda daraxtlarni ag‘darish, og‘ir (350 kg gacha) yuklarni va odamlarni tashish uchun foydalaniladi. Turistik mahsulotlar orasida fil attraksiyalar tizimida muhim o‘rin egallaydi. Filda safari — turistlar uchun betakror va qiziqarli ekskursiya. Fil elkasiga o‘rnatilgan maxsus o‘rindiqqa to‘rttagacha turist va haydovchi joylashishi mumkin. Ekskursiya ekzotik changalzorlar bo‘ylab amalga oshiriladi. Turistlar e’tiborini tortish uchun turistik mahsulotning reklama prospektlarida va hatto televizion reklama roliklarida turistik firmalarning rahbarlari o‘zlari fillarda o‘tirib suratga tushadilar. SHri-Lankada fillar maydaroq, yirik turistni ko‘tara olmasligi ham aravalar, kolyaskalar, vagonchalar, maxsus minipoezdlarda tashish hayvonot bog‘laridagi ko‘ngilochar tadbirlarning ajralmas tarkibiy qismidir. Hayvonot bog‘lari tarixi Noyob hayvonlar, qushlar, sudralib yuruvchilar va baliqlarni tutqunlikda saqlash mumkin. 7.4 . MDH VA JAHONNİNG HAYVONOT BOG‘LARİ Hayvonot bog‘i, hayvonotxona, zoopark (zoological garden, zoological park, zoopark, zoo) — yovvoyi hayvonlarni ommaga ko‘rsatish, o‘rganish, asrab qolish va ko‘paytirish maqsadida tutqunlikda (yoki yarim tutqunlikda) saqlashga mo‘ljallangan maxsus ilmiy-ma’rifiy muassasa. Suv hayvonot dunyosi vakillarini jamlash, saqlash, o‘rganish va namoyish etishga ixtisoslashgan hayvonot bog‘lari okeanariumlar deb, yoki mansubligiga qarab, masalan, delfinariylar deb ataladi. Hozirda ayrim mamlakatlarda hayvonot bog‘i o‘rniga biologik bog‘ (biopark) degan nom qabul qilingan. Hayvonot bog‘larida barcha hayvonlar, shuningdek sudralib yuruvchilar va qushlar turistlarning, ayniqsa, kichik yoshdagi sayohatchilarning qiziqish ob’ektini tashkil etadi. Deyarli har bir yirik turistik markazda katta yoki kichkina hayvonot bog‘i bor. Butun jahonda 300 dan ortiq yirik hayvonot