TURISTLARGA TEMIR YO‘L TRANSPORTIDA XIZMAT KO‘RSATISH
Reja:
1. O‘zbekistonda transport xizmatlarining rivojlanishi.
2. Turizmda temir yo’l transporti
O’ZBEKISTONDA TRANSPORT XIZMATLARINING RIVOJLANISHI.
Xizmatlar sohasi - korhonalar, tashkilotlar hamda jismoniy shahslar
tomonidan ko'rsatiladigan turli xizmat turlarini takror ishlab chiqarishni o'z ichiga
olgan jamlanma soha hisoblanadi. Boshqacha aytganda, xizmatlar sohasi
tijorat, kasbiy va maishiy xizmatlarni ko'rsatishga ixtisoslashgan mamlakat
iqtisodiyotining tarmoqlari hisoblanadi.
Transport xizmatlari katta ta’sir ko’rsatuvchi va juda muhim bir xizmat
turi hisoblanadi.
Ular 2016-2020 yillarga belgilangan “Xizmatlar sohasini rivojlantirish
dasturi”ga
muvofiq
O’zbekistonda
xizmatlar
sohasini
rivojlantirish
monitoringini asosiy indikatorlaridan biri hisoblanadi.
Mustaqillik yillarida O'zbekistonda yangi po’lat magistrallarini
shakllantirish borasida katta ishlar amalga oshirildi. Navoiy-Uchquduq-
Sultonuzayq-Nukus temir yo'li Qizilqum qumloqlariga yotqizildi, Amudaryo
daryosi bo'ylab qo’shma temir yo'l va avtomobil yo’li ko'prigi barpo etildi, eng
qiyin tog' sharoitlarida Toshguzar-Boysun- Qumqo'rg'on temir yo'li qurildi.
Toshguzar-Boysun-Qumqo'rg'on temir yo'lining ishga tushirilishi
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida sanoatning turli tarmoqlarini va
transport xizmatlarini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratadi,
shuningdek, mintaqaning barcha transport-iqtisodiy aloqalari sxemasini
sezilarli darajada o'zgartiradi.
Mavjud temir yo'l tarmog'i mamlakatning eng chekka mintaqalarini asosiy
markazlari bilan bog'laydi, bu esa xalqaro transport tizimlariga va asosiy
mineral- xomashyo resurslariga ega bo'lish imkonini beradi.
Logistika - iqtisodiy sub'ektlar o'rtasida tovarlar, xizmatlar va axborot
almashinuvi bilan bog’liq faoliyat turi hisoblanadi. Logistik funktsiyalarga
buyurtmani qayta ishlash, materiallar oqimini shakllantirish, mahsulotlarni
yig’ish, qadoqlash, tashish, saqlash va h.k. kiradi.
Respublikada transport xizmatlariga bo’lgan katta talab transport tashkilot
va korxonalari sonining oshishini ta’minlaydi.
Xayraton-Mozori-Sharif temir yo'l liniyasi Afg'onistonning shimoliy
viloyatlaridagi eng rivojlangan va zich joylashgan tumanlarini temir yo'l
orqali yuk tashishni ta'minlaydi. Temir yo'l Afg'onistonning shimoliy
viloyatlari va O'zbekiston bilan mintaqadagi boshqa davlatlar o'rtasida
minimal xarajat bilan yuklarni tashishni ta'minlashga imkon beradi.
Ushbu temir yo'l uchastkasi Shibergan, Ankhoy, Meymene va Heratni
bog'laydigan Transafg'on yo'lagi qismidir, Afg'oniston va O'zbekistonni
Bander - Abbos va Chaxbehar (Eron), Karachi (Pokiston) portlariga temir yo'l
yo'laklaridan va Janubiy-Sharqiy Osiyo Uzoq Sharqdagi ancha qisqa vaqt
ichida Evropaga tarqaldi.
Ushbu
transport
koridorida
olib
boriladigan
tashish
faoliyati,
shuningdek, O'zbekistonga Tinch okeani mintaqasi, G'arbiy Turkiya va bir
qator Evropa davlatlari bilan qo'shimcha ravishda tashqi savdo aloqalarini
yo'lga qo'yish imkoniyatini beradi. 2017 yilda 21,1 mln. yo'lovchi tashildi.
O'tgan yilga nisbatan o'sish 2,6 % ni tashkil etdi.
2016 yildan buyon bozor transport xizmatlari o’sishi kuzatilmoqda
(o’tgan yilga nisbatan 6,0 %). 2017 yilda o’sish sur’ati 109,9 % ni tashkil qildi.
O’tgan yilga nisbatan hajmi 10,1 trln. so’mga oshib, 36,2 trln. so’mni tashkil
etdi.
Temir yo'l orqali yuklarni tashish uchun to’lov miqdoriga bog'liq
bo’luvchi asosiy omillarga:
Jo’natish turi. Temir yo'l orqali yuk tashish vagon, konteyner, kam
tonnali - 25 tonnagacha va yarim vagon qismigacha, kichik yukli 10
tonnagacha va vagonning 1/3 qismigacha bo'lgan yuklarni jo'natish kiradi.
Tashish tezligi. Temir yo'l yuklari yuk bilan, yuqori yoki yo'lovchi
tezligi bilan tashiladi. Tezlik turi kuniga necha kilometr tezlikda harakat
qilish kerakligidan aniqlanadi.
Tashish masofasi. Yuklarni yuk yoki yuqori tashish tezligi bilan tashish
uchun tarif masofa katta hajmda bo’lmagan yuklarni tashish yoki
yo'lovchilar tashish tezligi bilan yuklarni tashishda haqiqatda bosib o’tilgan
qisqa yo'nalishdagi masofa uchun tashish to’lovi olinishi mumkin.
O‘zbekistonda temir yo‘lda tashish O‘zbekiston Respublikasi 1999 yil 15
aprelda qabul qilingan «Temir yo‘l transporti hakidagi» Qonuni, shuningdek,
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 22.06.2000 yilda qabul
qilingan «O‘zbekiston temir yo‘llari» Davlat hissadorlik temir yo‘l
kompaniyasi nizomiga qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi» qarori bilan
tartiblanadi. Xalqaro yo‘llarda, jumladan temir yo‘l transporti bilan yo‘lovchi
tashishning umumiy qoidalari 1970 yil 22 oktyabrda tuzilgan.
2011-yil 8-oktabrdan "Afrosiyob" tezyurar poezdi (Ispaniyaning "Talgo"
kompaniyasi) Toshkent-Samarqand-Toshkent yo'nalishida qatnay boshladi.
Ayni paytda Toshkent-Andijon, Andijon-Buxoro, Andijon-Urganch
yo'nalishlarida bir nechta "Afrosiyob" tezyurar poezdlari ishlamoqda.
Bugungi kunda, mamlakatimiz milliy aviakompaniyasi nafaqat
mintaqaviy, balki global aviakompaniya bozorining etakchilaridan biri
hisoblanadi. Aviakompaniya muntazam ravishda dunyoning 40 dan ortiq
shaharlariga - Yevropa va Osiyo mamlakatlariga , Amerika va Yaponiyaniga
safar qilmoqda. Aviakompaniya vakolatxonalari dunyoning 25 mamlakatida
faoliyat yuritadi.
2017 yilda havo transporti orqali 2198,2 ming yo'lovchi tashildi, bu o'tgan
yilning shu davriga nisbatan 6,9 % ga ko'pdir.
Temir yo‘lda tashish shartnomasiga muvofiq, yo‘l yo‘lovchi va uning
yukini manziliga etkazib berish, hamda unga chiptasiga muvofiq joy berish
majburiyatini oladi.
Joylarni band qilish o‘zaro kelishilgan rejalar asosida amalga oshiriladi.
O‘z poezdlari mavjudligida yoki to‘g‘ri platskarta bilan chiptalarni
rasmiylashtirish imkoniyati borligida tranzit poezdlariga guruhlarni olish
rejalashtirilmaydi.
Joylarni band qilishga buyurtmalarni qabul qilish poezd jo‘natilishidan
45 sutka oldin, yo‘l hujjatlarini rasmiylashtirish esa temir yo‘l xodimi
ko‘rsatgan muddatda bajariladi.
Agar turistik guruhlarning bir poezddan boshqasiga o‘tishlari kuzda tutilsa,
ularga to‘g‘ri platskartali chiptalar butun yo‘l uchun sotilishi kerak.
To‘g‘ri platskarta. To‘g‘ri platskartali chiptalarni rasmiylashtirishda
o‘tirish joyiga ega bo‘lgan qattiq yo‘lovchi poezdida yurish uchun butun
yo‘lga bitta chipta olinadi. Unga 2 ta komposter solinadn: birinchisi (ignali)
poezd nomerini va boshlang‘ich jo‘natish stansiyasidan jo‘nash vaqtini
ko‘rsatadi, ikkinchisi va keyingilari (mastik) poezd nomerini va qaytadan
o‘tirish punktlaridan jo‘nash vaqtini ko‘rsatadi.
4.2. TURİZMDA TEMİR YO’L TRANSPORTİ.
1991 yildan boshlab TYV «Ekspress 2» turistik tashishlarni
rejalashtirishning yangi tizimini joriy qilgan. Bu tizimning asosiy jihatlari
quyidagilardan iborat:
1.
Rejalashtirish yiliga 2 marta yarim yilga amalga oshiriladi.
Rejalashtirilayotgan yilning 1-yarim yilligiga tashkilot buyurtmalari temir
yo‘l bo‘limlariga joriy yilning 1 oktyabrigacha berilishi kerak, temir yo‘l bu
buyurtmalarni TYVga GVSga kompyuterga kiritish uchun beradi. 15
noyabrda turistik tashkilotlar uz temir yul bulimlaridan 1-yarim yil uchun
kaysi buyurtmalar tasdiklanganligini bilib olishlari mumkin, Turistik
tashkilotlar 15 noyabrdan boshlab va poead junashidan 60 kun oldin uz
buyurtmalarini tasdiklashlari shart. Tasdiklangandan keyin turbyuro xodimiga
parol kvitansiyasi beriladi, joylar esa kompyuter xotirasida saklanadi. Agar
joyni band kilish uchun buyurtma tasdiklanmasa. ular kompyuter xotirasidan