TURKISTON GENERAL GUBERNATORLIGINING TASHKIL ETILISHI
Yuklangan vaqt
2024-04-27
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
9
Faytl hajmi
31,1 KB
Ilmiybaza.uz
TURKISTON GENERAL GUBERNATORLIGINING TASHKIL ETILISHI
Rossiya Imperiyasi bosib olgan Gʻarbiy Turkiston hududida Rossiya
imperatori Aleksandr II farmoni bilan tashkil etilgan (1867-yil 11-iyul).Xuddi shu
yili Turkiston harbiy okrugi ham tuzilgan. Turkistonning birinchi general-
gubernatori etib rus podshosining yaqin mulozimi generaladʼyutant K.P.fon
Kaufman tayinlandi. U 14 yil mobaynida (1867—1881-yillarda) Turkiston oʻlkasini
qattiqqoʻllik bilan boshqargan. Kavkaz, Boltiqboʻyi oʻlkalaridagi ozodlik
harakatlarini bostirishda tajribali maʼmur va usta siyosatchi ekanligini koʻrsatgan
fon Kaufmanni "Turkistonning Bunyodkori" deb ulugʻlashgan. U Toshkent
jamoatchiligi vakillari yigʻilishi (1868-yil 22-yanvar)da birinchi bor ruslarni
Turkiston xalqlarining "Katta Ogʻasi" deb atagan. Turkiston 19-asrning boshlarida
Britaniya Imperiyasi va Rossiya Imperiyasi orasida tortishuvlarga sabab boʻlgan.19-
asr boshidagiTurkistonRossiya imperatori fon Kaufmanga oʻlkani boshqarishda
cheklanmagan huquq va vakolatlar bergan, natijada uni xalq "Yarim Podsho" deb
bilgan. Ichki va tashqi siyosatda uning erkin ish yuritishi mumkinligi imperator
tomonidan berilgan "Oltin Yorliq"da oʻz aksini topgan.1868—1880-yillar davomida
harbiy istilolar natijasida dastlab 2 viloyatdan iborat generalgubernatorlikka yana 3
viloyat qoʻshildi. 19-asrning oxirlarida Turkiston general-gubernatorligiga Sirdaryo,
Yettisuv, Samarqand, Fargʻona va Zakaspiy kabi 5 viloyatdan iborat boʻlib hududi
Yevropa Rossiyasining U3 qismiga teng edi. Turkiston general-gubernatorligining
barcha hududi 1.779.618 chaqirimga teng boʻlgan. Rossiya hukmdor doiralari
Turkistonni imperiyaning tarkibiy qismiga aylantirish va xalqlarini ruslashtirish
Ilmiybaza.uz
uchun barcha vositalarni ishga soldi. Oʻlkadagi siyosiy, maʼmuriy, iqtisodiy va
madaniy islohotlar ana shu maqsadga qaratilgan edi.
Asriy milliy davlatchilikni yoʻqotib ruscha idora usulini qoʻllash uchun Sankt-
Peterburgning oliy siyosiy doiralari qonunlar majmuasini ishlab chiqdi. U tarixga
"Turkiston oʻlkasini boshqarish haqidagi Nizom" nomi bilan kirgan. Nizomga koʻra,
oʻlka hokimiyati "harbiyxalq boshqaruvi" deb nomlandi. Turkiston general-
gubernatorligi viloyatlar (oblast), tuman (uyezd), jabhalar (uchastka), boʻlislar
(volost) va oqsoqolliklarga boʻlindi.Viloyatlar, tumanlar va jabhalarni rus
ofitsergenerallari, boʻlis va oqsoqolliklarni esa mahalliy xalq vakillari boshqargan.
Viloyatlarga harbiy gubernatorlar, tuman — uyezd boshliqlari, jabhalarga esa
uchastka pristavlaritayinlangan.Mustamlakachilar mahalliy boshqaruv idoralariga
maʼsul shaxslar tayinlanishida nihoyat hushyor ish tutib, ilgʻor, taraqqiyparvar va
millatparvar kishilar boʻlis boshqaruvchisi, oqsoqol, yuzboshi yoki qozi sifatida
saylanib qolsa, ularni lavozimga tasdiqlamaslik uchun turli hiylanayranglarni ishga
solganlar.Turkistonda mustamlaka idorasi 1898-yilgacha "harbiyxalq", undan keyin
esa "maʼmuriypolitsiya boshqaruvi" deb atalgan boʻlsa ham uning mohiyati
mazmunan
oʻzgarmagan,
barcha
vakolatlar
rus
maʼmuriyati
qoʻlida
jamlangan.Turkistondagi siyosiy idora tizimi "tub aholi oʻrtasida har qanday
norozilikni tagtugi bilan shafqatsiz bostirish, bironbir dushmanlik holati sezilsa,
darhol uning kuchayishiga yoʻl qoʻymay boʻgʻib tashlash, tartibbuzarlar va ularning
maslakdoshlariga tegishli saboq berish va ularga rus qudratini koʻrsatib qoʻyish
uchun har qanday choratadbirlar koʻrish" ruhi bilan sugʻorilgan.Turkistondagi milliy
ozodlik harakatini boʻgʻib tashlash, istiqlol uchun kurashga qodir shaxslarni
"zararsizlantirish" rejasi ishlab chiqilib, uni ijro etishga barcha mustamlaka arboblari
jalb etilgan.
Rus dvoryan pomeshchiklari oʻlkani ruslashtirishning iqtisodiy tomonini
koʻzlab, Davlat dumasida Turkiston oʻlkasidagi "ortiqcha" yerlarni musodara
qilishni yoqlab muxoliflarini siquvga olishgan. 1910-yilning 7-aprelida Davlat
dumasi "Turkiston oʻlkasini boshqarish haqidagi Nizom"ning 270-moddasini
Ilmiybaza.uz
"Turkiston koʻchmanchilarining ortiqcha yerlarini kolonizatsiya ehtiyojlari uchun"
musodara etishga ruxsat beruvchi qoʻshimcha bilan toʻldirish masalasini muhokama
qildi. Rus mustamlakachi shovinistlari tovushi baland kelib qonun loyihasi qabul
qilindi va 1910-yilning 19-dekabrdan qonun kuchga kirdi. Toʻqqiz yil ichida ana shu
konunga koʻra, Sirdaryo-Fargʻona koʻchiruvchilik rayoni boʻyicha tub aholining
744,9 ming desyatina yeri ruslarga taqsimlab berildi. Podshoning musodarachilik
siyosati oʻta shafqatsizlik bilan davom ettirildi.Imperiya xukmdor doiralari
Turkiston oʻlkasi rus va tub aholisi uchun maxsus siyosat dasturini ishlab
chikdi.Harbiy mirshablik ruhi Turkiston general-gubernatorligi siyosiy tuzumida
oʻzining yaqqol ifodasini topgan.Turkiston generalgubernatori bir vaqtning oʻzida
oʻlka bosh hokimi, okrug qoʻmondoni, bosh prokuror va bosh mirshab vazifalarini
bajarganyillari
General-gubernator
1867-1882 Kaufman Konstantin Petrovich
1882-1884 Chernyayev Mixail Grigoryevich
1884-1889 Rozenbax Nikolay Ottonovich
1889-1898 Vrevskiy Aleksandr Borisovich
1898-1901 Duxovskoy Sergey Mixaylovich
1901-1904 Ivanov Nikolay Aleksandrovich
1904-1905 Tevyashev Nikolay Nikolayevich
1905-1906 Subbotich Dean Ivanovich
1906-1908 Grodekov Nikolay Ivanovich
1908-1909 Mishyenko Pavel Ivanovich
1909-1914 Samsonov Aleksandr Vasilyevich
1914-1916 Martson Fyodor Vladimirovich
1916-1917 Kuropatkin Aleksey Nikolayevich
Oʻzbekiston hududida oʻtkazilgan ilk zamonaviy saylovlar tarixi 1877-yil borib
taqaladi. 1877-yil Turkiston general-gubernatorligi aholisi hamda hududining
kengayishi natijasida Toshkent shahar Dumasini tuzish zarurati paydo boʻldi.
Sirdaryo harbiy gubernatorligi boshchiligida maxsus hay’at tuzildi. Maxsus hay’at
saylovchilar roʻyxatini tuzish hamda saylov oʻtkazish boʻyicha ish olib bordi. 1877-
Ilmiybaza.uz
yil avgust oyida Toshkent shahar Dumasiga saylovlar boʻlib oʻtdi. 1877-yil 30-
avgust kuni Toshkent shahar Dumasining ochilishi boʻlib oʻtdi. Dumaga saylov har
4 yilda bir marta oʻtkazilgan.1917-yil 30-iyulda Toshkent shahar dumasiga
navbatdagi qayta saylov bo‘lishi belgilanadi. Bu saylovda asosan eskilikni
yoqlovchi „Ulamo“ jamiyati, taraqqiyparvar „Sho‘roi islomiya“ jamiyati va
Bolsheviklar orasida nomzodlik uchun keskin kurash ketadi. Saylov kunidan bir
muncha ilgariyoq ruslar bu safargi dumaga saylovda musulmonlarning qo‘li baland
kelishini sezib „Shaharning yangi qismi uchun alohida duma saylaymiz“, deb
Toshkent dumasini ikkiga bo‘lish taklifini ko‘tarib chiqadilar. Bu holning oldini
olish uchun „Sho‘roi islomiya“ jamiyati — agar rus tilini bilmagan, siyosiy
maʼlumoti bo‘lmagan „Ulamo“ jamiyatining nomzodlari saylovda g‘olib kelsa,
dumada rus nomzodlari bilan birgalikda ish yurita olarmikanlar, agar yurita
olmasalar, dumaning ikkiga bo‘linishini aniq bilib, oqibatda mahalliy muxtoriyat,
mustaqillik olishga g‘ov bo‘lishlarini, yana mustamlaka holida qolib ketishlarini
bilib, iloji boricha o‘z jamiyatlaridan duma nomzodligiga ozmi-ko‘bmi ruscha
maʼlumotli, yangicha tarbiyasi bo‘lgan yurist, doktor, komissar, muallim, ziyoli
savdogar, ruscha maʼlumotli prikazchik, ochiq fikrli ulamolarni ko‘rsatadilar. Lekin
„Ulamo“ jamiyati Eski va Yangi shahar avom xalqi orasida „Sho‘roi islomiya“
jamiyatining nomzodlari badmazhab kafkazli, dinsiz tatarlardan ularga ovoz
bermanglar deb tashviq qiladilar. Natijada avom xalq mullalar va boylar jamiyati
"Ulamoning nomzodlariga ovoz berib, ulardan 62 nomzod o‘tadi, taraqqiyparvar
ziyolilardan esa faqat 11 kishi saylanadi. Dumaning ishlarida bu „Ulamo“
jamiyatining nomzodlari „Muvaqqat maktab komiteti“ hay’atiga nomzod saylashda
hatto Munavvarqori Abdurashidxon oʻgʻli va Sodiq Abdusattorovga ovoz
bermaydilar. Boshqa tashkiliy ishlar hay’atiga ovoz berishda ham o‘sha o‘n bir
taraqqiyparvar o‘rniga ruslarga ovoz beradilar. Baxtga qarshi Toshkent dumasi
bolsheviklarning zo‘rligi bilan 1917-yil 2-dekabrdagi farmoniga binoan tarqatib
yuboriladi.Rossiya imperiyasi hukumati Toshkent shahrini egallab olganidan keyin
o`z mustamlakachilik hukmronligini qaror toptirishga intilib, zudlik bilan tegishli
ma’muriy hokimiyatni ta’sis etishga kirishib ketdi. 1865-yil 6-avgustda Aleksandr
Ilmiybaza.uz
II "Turkiston viloyatini idora qilish to`g`risidagi Muvaqqat Nizom"ni tasdiqladi.
Hokimiyatni tashkil etuvchi tizim "harbiy-xalq boshqaruvi" deb yuritilgan. Mahalliy
hokimiyat boshlig`i bo`lmish harbiy gubernator qo`lida harbiy va fuqaroviy
hokimiyat jamlangan edi. Harbiy gubernatorni "yarimpodsho" deb atagan mahalliy
aholi u o`rta Osiyoda chinakam podsho ekanligiga urg`u berar edi Joylarda
ma’muriyatga rahbarlik qilgan bo lim boshliqlari ayni mahalda harbiy komendantlar
ham bo`lishgan. Rossiyalik amaldorlardan tayinlangan mahalliy aholini
boshqaruvchilar ularga bo`ysunar edi. Bu shaxslar mahalliy aholi ustidan umumiy
politsiya nazoratini amalga oshirar edi. Mahalliy xalq ma’muriyati esa (ular tuzem,
ya’ni mahalliy ma’muriyat deyilardi) yordamchi rolini o`ynardi. Mahalliy aholiga
boshchilik qilgan oqsoqolga esa xonadon sohiblari tomonidan saylanuvchi shahar,
tuman oqsoqollari bo`ysunar edi. Politsiyachilik vazifalarini esa raislar bajarar edi.
Raislar bozordagi savdosotiq va jamoat tartibi ustidan nazorat qilib borardi. Soliqlar
yig`imini amalga oshirgan zakotchi lavozimi ham alohida joriy etilgan edi.Mahalliy
xalq uchun qozilar sudi, ko`chmanchi aholi uchun esa biylar sudi saqlanib qoldi.
Qozilar uch yil muddatga saylanardi. Rossiyadan kelgan aholi podsholik sudlarida
sud qilingan.Mustamlaka tartibi urushib bosib olingan hudud aholisining siyosiy,
iqtisodiy, ijtimoiy va ma’naviy qaramga aylantirishga xizmat qiluvchi boshqaruv
usuli.Rossiya imperiyasi ma’muriyatining mahalliy aholiga ta’sirini kuchaytirish
maqsadida 1866-yil Toshkentda o`ziga xos muassasa — mahkama joriy etilgan.
Mahalliy aholi vakillaridan saylangan qozi va 7 nafar a’lam uning tarkibiga kirgan.
Ana shu maqsadda chor ma’muriyatiga taklif etilgan 200 dan ziyod boy-badavlat va
nufuzli shaharliklar mahkama a’zolarini saylab qo`yishgan. Mahkama a’zolari
podsho hokimiyatining ishonchli va sadoqatli yordamchilari bo`lishgan. Mahkama
faoliyatini maxsus podsho amaldori nazorat qilar edi.1867-yil iyulda Rossiya
imperiyasi tarkibida Turkiston general-gubernatorligini tashkil etish to`g`risida
qonun qabul qilindi.Turkiston general-gubernatorligining markaziy boshqaruvi
general-gubernator devonidan tashkil topgan edi. U harbiy qo`shinlarga
qo`mondonlik vazifasini ham bajarar edi. Yettisuv kazaklari qo`mondoni va bosh
sudya ham edi. Devon asosiy ijrochi organ edi. Rossiya imperiyasidagi hech bir
Ilmiybaza.uz
davlat organi bu general-gubernatorlik kabi vakolatga ega emas edi. Qo`l ostilarida
fuqarolik va harbiy hokimiyatni jamlagan harbiy gubernatorlar Turkiston
viloyatlariga rahbarlik qilar edilar. Viloyatlar uyezd boshliqlari boshchilik qiladigan
uyezdlarga bo`linar edi. Qishloq va shaharlar o`zlari mansub bo`lgan uyezd
boshliqlariga bo`ysunar edilar. o`z navbatida uyezdlarpristavlar rahbarlik qilgan
uchastkalarga bo`linar edi.Yangi hududlar bosib olingani sayin Sirdaryo viloyatida
yangidan-yangi ma’muriy-hududiy birliklar, ya’ni 1868-yilda markazi Samarqand
shahrida bo`lgan Zarafshon okrugi, 1873-yilda markazi Petro-Aleksandrovsk
(hozirgi To`rtko’l)da bo`lgan Amudaryo bo`limi, 1876-yilda Qo`qon xonligi
tugatilishi munosabati bilan markazi Yangi Marg`ilon (hozirgi Farg`ona shahri)da
bo`lgan Farg`ona viloyati tashkil etildi.Mustamlaka boshqaruv tizimining maqsadi
va hususiyatlariRossiya imperiyasi hokimiyati o`rta Osiyoni o`z ichki
mustamlakasiga aylantira oladigan ma’muriy va siyosiy tizimni yaratishga zamin
hozirlagan edi. Bu tizim o`zining to`liq harbiy hukmronligini qaror toptirishni, o`lka
iqtisodiy va siyosiy hayoti ustidan yalpi nazorat o`rnatishni anglatar edi.Bu
tizimning boshqa bir jihati Turkiston o`lkasi — Xiva, Buxoro va Qo`qonni tashqi
dunyodan tamomila yakkalab qo`yishda, Rossiya imperiyasi tashqi davlat
chegaralarini barpo etish yo`li bilan har qanday iqtisodiy, madaniy va siyosiy
aloqalarni to`xtatishdan iborat edi.Ingliz imperialistlari bilan imzolangan
shartnomaga ko`ra 1869— 1872-yillarda Panj daryosi bo`ylab mahalliy xalqni
ikkiga
ajratib
tashlab,
surfiy
chegara
o`rnatildi.
1881-yilda
Skobelev
Turkmanistonni bosib olishi natijasida Eron bilan hozirgi chegaralar belgilandi.
Xuddi shu yili Sharqiy Turkistonning Ili o`lkasidagi qo`zg`alon chor qo`shinlari
tomonidan bostirilgandan so`ng Rossiya va Xitoy imperatori hozirgi (Qozog`iston,
Qirg`iziston, Tojikiston va Xitoy o`rtasidagi) chegaralarni belgilab, shartnoma
imzoladilar.
Rossiya mustamlakachilik siyosati maqsadi, bu — mintaqada rus aholisining
ma’lum bir foizini joylashtirish edi. Markaziy Rossiyadan ochlik va yersizlikdan
qochgan rus dehqonlarini ko`chirib keltira boshladilar, ammo shaharlarda rus
Ilmiybaza.uz
aholisini shakllantirish siyosati muhim ahamiyatga ega edi.XIX asrning ikkinchi
yarmida Toshkent shahri Rossiyadan ko`chib kelgan aholi hisobiga zudlik bilan
kengayib bordi. Bu aholining katta qismi iste’foga chiqqandan keyin shaharda
yashash uchun qolgan askarlar, davlat amaldorlari, Rossiya armiyasi amaldorlari,
Rossiya firmalari xizmatchilari, jazo manziliga jo`natilib, jarimaga tortilgan
xizmatchilar, xizmatdan bo`shatib yuborilgan harbiy xizmatchilar edi.Anhor
shaharni qoq ikki qismga ajratgan bo`lib, eski shaharda mahalliy aholi, yangi
shaharda esa rus aholisi yashardi. Shaharning bu ikki qismi birbiri bilan kamdan-
kam aralashgan holda o`z iqtisodiy va ma’naviy hayotini boshdan kechirar
edi.Mustamlakachilikning plantatsion modeli ishga oid barcha hujjatlarni rus tilida
yuritishni nazarda tutardi, buyruqlar va farmoyishlar ham rus tilida berilardi,
ularning mohiyatini mahalliy aholiga mahalliy amaldorlar tushuntirib berar edi.
Ishlab chiqarishdagi ichki qoidalar ham rus tilida yozib qo`yilar va ijro etilar edi. Bu
narsa o`ziga xos shaharlashtirishni rag`batlantirdi, aholi savodxonlik darajasining
pastligi saqlanib qoldi. Mahalliy aholi asosan yordamchi ishlarda mehnat qilardi,
ishchilar, texnik ziyolilar qatlami esa Rossiyadan yollash hisobiga to`ldirib
borilardi.Boshqaruv tizimi va ma`muriy-hududining joylashuvi.Rossiya imperiyasi
olib borgan tinimsiz urushlar uning cheklangan moliyaviy zaxiralarini kasodga
uchratdi. 1874-yilda Rossiya Sharqiy Turkistondagi Yoqubbek qo`zg`alonini
bostirish uchun katta qo`shin jo`natdi. Ayniqsa, 1877— 1878-yillarda Turkiya bilan
olib borgan urush SanStefan sulh shartnomasi bilan yakunlanishi imperiyaga juda
qimmatga tushdi. 1878—1880-yillarda ingliz-afg`on urushi tufayli Afg`onistonga
yurish qilishga mo`ljallangan rus armiyasi askarlari soni Turkiston o`lkasida qariyb
40 mingga yetgandi. Rossiyaning harbiy xarajatlari yangi mustamlaka
mamlakatlarni ezish hisobiga qoplandi.1877-yildaToshkentda "Shahar nizomi")ony
etilgan bo`lib, unga muvofiq shahar boshqaruvi Dumaga o`tgan edi. Duma
a’zolarining 1/3 qismi shaharning "Osiyo" qismidan, 2/3 qismi esa "yangi Toshkent"
qismidan saylangan edi. Natijada shaharning 80 ming mahalliy aholisidan 21
deputat, 3900 nafar yevropalik aholidan esa 48 deputat qatnashadigan bo`ldi. Shahar
xo`jaligini yuritishga oid barcha ishlar ana shu Duma qo`liga o`tdi. Duma ustidan
Ilmiybaza.uz
rahbarlik qiluvchi shahar boshlig`ini general-gubernator taqdimiga ko`ra Harbiy
vazirning o`zi tasdiqlar edi.Joylarda boshqaruv apparati vazifalarining bir qismi
mahalliy rus ma’muriyati nazorati ostida ish yuritgan mahalliy oqsoqollar va
volostnoylarga o`tkazildi. Ular aholidan "soliqlarni qurutday sanab olar edi".1886-
yil 12-iyulda imperator Aleksandr III tasdiqlagan "Turkiston o`lkasini idora qilish
to`g`risidagi yangi Nizom" arzimas o`zgarishlar bilan 1917-yilga qadar amal qildi.
Nizom to`rtta asosiy bo`limdan iborat bo`lgan: 1) o`lkaning ma’muriy tuzilishi; 2)
sud tuzilishi; 3) yer tuzilishi; 4) soliqlar va yig`imlar. Bu Nizom general-
gubernatorlik hududiy birliklari nomlarini o`zgartirishni va ularni bundan keyin ham
bir xillashtirib borishni nazarda tutar edi.Zarafshon okrugi Samarqand viloyatiga
aylantirildi. Xo`jand, Jizzax, Kattaqo`rg`on, Samarqand uyezdlari uning tarkibiga
kiritildi. Amudaryo bo`limining bir qismi Sirdaryo viloyatiga o`tkazib yuborildi,
Qurama uyezdining nomi Toshkent uyezdi deb qayta nomlandi. Farg`ona viloyati
o`zgarmasdan qoldi.Turkiston general-gubernatorligining umumiy yer maydoni 1,7
million kv. km bo`lib, bu Fransiya va Germaniya hududini birga qo`shib
hisoblaganda ham ikki baravar ko`p, ayni mahalda aholisi esa jami 5,2 million
kishini tashkil etar edi. o`zbeklar va boshqa tub millatlar 1897-yilda 5 millionni,
1911-yilda esa qariyb 6 millionni tashkil etgan.Rus aholisining umumiy soni
ukrainlar va beloruslarni ham qo`shib hisoblaganda 1897-yilda 197 ming kishini,
1911-yilda esa 400 ming kishini tashkil etgan, ya’ni 14 yil davomida mahalliy aholi
soni 20 foizga, rus aholisi soni 100 foizga ortgan. Bu Rossiya mustamlakachiligi
"plantatsion tizimi"ning aniq natijasi edi. Rus aholisi mustamlakachilik
boshqaruvining jonli kuchini tashkil etgan. Rossiya imperiyasi armiyasi rus
aholisining o`lkada hukmron mavqei kafolati edi.1886-yilgi "Nizom"ga muvofiq
Turkiston general-gubernatorligining ma’muriy boshqaruvi yangi idora —
Turkiston general-gubernatori Kengashi bilan to`ldirilgan edi. Viloyatlar harbiy
gubernatorlari, general-gubernator devoni boshqaruvchisi, Turkiston harbiy okrugi
shtabi boshlig`i bu Kengashning doimiy a’zolari bo`lishgan. Bu idoradan ko`zlangan
maqsad hokimiyat qonunchilik asoslarini yaratish bo`lgan. Kengash o`lkani idora
qilishga taalluqli masalalarda qonun chigarish huquqiga ega edi.1886-yilgi "Nizom"
Ilmiybaza.uz
asosida Buxoroda Rossiya siyosiy agentligi ta’sis etildi, uning ruxsati va roziligisiz
Buxoro amiri na tashqi, na ichki siyosat masalalarida biror ishni mustaqil hal qila
olar edi. Siyosiy agent shu yerda istiqomat qiluvchi nasroniylar manfaatlarini
himoya qilar edi.