TURKISTON O‘LKASIDA ILMIY JAMIYATLARNING TASHKIL ETILISHI
Yuklangan vaqt
2024-04-27
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
10
Faytl hajmi
34,1 KB
Ilmiybaza.uz
TURKISTON O‘LKASIDA ILMIY JAMIYATLARNING TASHKIL
ETILISHI
XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab Rossiya hukumati tomonidan
Turkiston o`lkasini o`zlashtirishga kirishildi. Eng avvalo, 1867yilda mintaqaning
bosh xaritasi tuzib chiqildi va iqlimini o`rganish uchun Toshkentda meteorologiya
stansiyasi tashkil etildi. Ammo uzoq vaqt davomida keng ko`lamli ilmiy
tadqiqotlarni shakllantirish deyarli amalga oshirilmadi.
Faqat XIX asrning 90-yillarida va XX asr boshlarida o`rta Osiyoning tabiiy
boyliklarini o`zlashtirish bilan bog`liq bo`lgan tadqiqot ishlarida, garchi ana shu
davrda tadqiqotlar asosan tashabbuskorlar kuchlari bilan davlatning ko`magisiz
amalga oshirilgan bo`lsa-da, birmuncha jonlanish ko`zga tashlandi. Rossiya davlati
noharbiy maqsadlarga mablag` sarflashni istamasdan, faqat harbiy-siyosiy nuqtayi
nazardan mintaqa ahamiyatini ko`rib chiqqan edi. 1871-yili tashkil etilgan o`rta
Osiyo Olimlar jamiyati mablag` yo`qligi tufayli 1893-yilda o`z faoliyatini
to`xtatishga majbur bo`lgan edi.
1876-yilda Toshkentda Turkiston muzeyi, hozirgi o`zbekiston tarixi muzeyi
tashkil qilindi. Muzeyda nodir qo`lyozma kitoblar, vaqf hujjatlari, buyumlar, turli
davrlarga oid jangchilar qurollari saqlanadi. Etnografik material o`zbeklarning
turmushiga oid buyumlar va liboslaridan iborat edi. Eng yangi tarix davri buyuk
olimlar va davlat arboblarining hujjatlari, fotosuratlari va shaxsiy buyumlari
vositasida tasvirlangan. Muzey fondida 155 mingdan ziyod eksponat mavjud edi.
Ilmiybaza.uz
Bu davrda, ayniqsa, Turkiston Qishloq xo`jaligi jamiyati faol ishladi. Jamiyat
nashr ettirgan "Turkestanskoe selskoye xozyaystvo" jurnali qishloq xo`jaligi ishlab
chiqarishi, yerlarni sug`orish, dehqonchilik va yerdan foydalanish borasidagi ilg`or
usullarni targ`ib qildi. Qishloq xo`jaligi jamiyati paxtachilikni rivojlantirish
bo`yicha ilmiy tadqiqotlar bilan shug`ullandi va 1897-yilda dastlabki yutuqqa
erishdi, ya’ni mahalliy iqlim sharoitiga moslashgan o`ziga xos o`rta Osiyo
paxtasining dastlabki tonnalari yetishtirildi.
Toshkentdagi birinchi yangiusul maktabi binosi.1896yil.
O`rta Osiyo tabiati tadqiqotchilaridan biri Prjevalskiyga yodgorlik.
Seversev Nikolay Alekseyevich (1827—1885) —1857-yilda Orolbo`yi va
Sirdaryo pasttekisliklariga uyushtirilgan ekspeditsiya bilan Turkiston o`lkasiga
kelgan o`rta Osiyoni tadqiq etishda faol ishtirok etgan olimlardan biri. Shundan
keyin u o`rta Osiyoga yana to`qqiz marta ekspeditsiya uyushtirdi va so`nggi marta
1879-yilda Yettisuvga keldi. Uning "Turkiston o`lkasiga sayohat" asariga o`rta
Osiyo tabiati, iqtisodiyoti va xalq turmushiga xos bo`lgan ma’lumotlar kiritilgan edi.
Ushbu kitob birinchi marta 1873-yilda nashr etilgan. Turkiston o'lkasining zabt
etilishida rus olimlarining avvaldan berib borgan ushbu ma'lumot-axborotlari ham
o'ziga xos rol o'ynaganligini unutmaslik kerak.
O'lka rus hukumati tomonidan bosib olingach, turli yo'nalishdagi ilmiy
jamiyatlar tashkil etildi va ularning faoliyati yo'lga qo'yildi.
Tan olib aytish kerakki, mazkur ilmiy jamiyatlar tomonidan talaygina ishlar
ham amalga oshirildi. Tegshli sohalar bo'yicha tadqiqotlar o'tkazildi, kitoblar nashr
qilindi.
Bu borada ijtimoiy-gumanitar fanlar bo'yicha tashkil etilgan Turkiston
etnografiya jamiyati, Turkiston arxeologiya havaskorlari to'garagi, Sharqshunoslar
jamiyati va boshqalarni alohida ta'kidlab o'tish joiz.
Ilmiybaza.uz
Mazkur jamiyatlar oldiga qanday vazifa qo'ygan bo'lishidan qat'iy nazar, ular
qoldirgan ilmiy ma'lumotlar bugungi kundagi ilmiy tadqiqotlar uchun ham
muhimligi bilan ajralib turadi.
Yevropalik olimlar tomonidan tashkil etilgan ilmiy jamiyatlarda faoliyat yuritgan
V.P. Nalivkin bu borada sezilarli ishlarni amalga oshirgan. Olim o'zining maqola va
asarlarida mahalliy aholining turmush tarzi, urf-odatlari, kiyinish madaniyati,
hududlar aholisining shevalari, aholining etnik tarkibi to'g'risida qimmatli
ma'lumotlarni bergan.Jumladan, Turkiston aholisi mazkur davrda o'troq sartlar,
ko'chmanchi qirg'izlar, yarim ko'chmanchi aholi (Sirdaryo viloyatining Toshkent
ue'zdidagi quramalar, Samarqand viloyatidagi o'zbeklar, Farg'ona viloyatining
qipchoq va qoraqalpoq aholisi), tatarlar va mahalliy yahudiylardan iborat ekanligini
yozadi[2].
1867 yil qabul qilingan Yettisuv va Sirdaryo viloyatlarini boshqaruvi
to'g'risidagi muvaqqat Nizomda Turkistonning mahalliy aholisi "Sart" va
"Qirg'iz"larga ajratilib talqin qilingan bo'lsa, 1886 yil qabul qilingan "Turkiston
o'lkasini boshqaruvi haqida"gi Nizomda esa, aholi "O'troq" va "Ko'chmanchi" lar
toifasiga ajratilib talqin etilgan.N. R. Ostroumov aholini bu tarzda toifalarga
ajratilishi Qo'qon xonligi davrida ham amal qilganligini yozadi. Ya'ni, Toshkentda
hukmronlik qilgan qo'qonlik beklarbegi[3] amaldorlarining farmoyishlarida
mahalliy aholiga "Sart" va "Qirg'iz" lar, deb murojaat qilganliklarini keltirib
o'tgan[4].N.R. Ostroumov sart so'zining kelib chiqishiga ham atroflicha to'xtalib
o'tgan. Bu borada ushbu so'zning kelib chiqishi-etimologiyasini chuqur tahlil qilgan.
Buning uchun nodir sharq qo'lyozmalari, arab, fors va turkiy tildagi manbalardan
iqtiboslar keltirgan. Jumladan, Rashididdin Fazlullohning "Jom'e at tavorix"
kitobidagi "Mo'g'ullar tarixi" bo'limidan, Zahiriddin Muhammad Boburning
"Boburnoma" asaridan, Alisher Navoiyning asarlaridan foydalanib o'z fikrlarini
asoslashga harakat qilgan.Olim sartlar va ularning etnik xususiyatlariga aniqlik
kiritish uchun O'rta Osiyo bo'ylab sayohat qilgan rus sayyohlarining asarlari-
esdaliklaridan ham foydalangan. Masalan, maxsus missiya bilan Xivaga kelgan
Ilmiybaza.uz
podpolkovnik G.I. Danilevskiyning esdaliklari, 1793-1794 yilarda Xivaga tashrif
buyurgan vrach Blankennagelning xotiralari, XVII-XVIII asrlarda o'lkaga sayohat
qilgan
rus
sayyohlarining
yodnomalaridan
ham
kerakli
o'rinlarda
foydalangan.Aslida buyuk mutafakkirlar Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad
Boburlar ham o'z asarlarida sartlar va ularning til xususiyatlari haqida to'xtalib
o'tganlar. Masalan, o'rta asrlarda Xurosonda sart atamasi forsiy tilli aholiga nisbatan
qo'llanilgan. Bu borada Alisher Navoiy turkiy tilni forsiy (sart) tili bilan qiyoslab,
o'z asarida tahlil qiladi.
Zahiriddin Muhammad Bobur "Boburnoma" asarida esa, Marg'ilon aholisini
"...Eli sortdir", deb ataydi[5]. Ayni paytda Isfara aholisini ham sart, deb
ataydi.Alisher Navoiy "Muhokamat ul lug'atayn" asarida ham sort (sart)larni forsiy
tilda so'zlovchi xalq sifatida ta'riflab, quyidagi izoh bergan edi: "Hatto turk
shuarosikim1, forsiy til bila rangin2 ash'or va shirin guftor zohir qilurlar3. Ammo
sort ulusining arzolidin ashrofig'acha va omiysidin donishmandig'acha hech qaysi
turk tili bila takallum4 qila olmaslar va takallum qilg'onning ma'nisin ham bilmaslar.
Agar yuzdin, balki mingdin biri bu tilni o'rganib so'zki aytsa ham, har kishi eshitsa
bilur va aning sort ekanin fahm qilur"[6]. Bu bilan Alisher Navoiy turkiy xalq vakili
forsiy (sortcha)da erkin gaplasha olagan holda, forsiylar turkiychada erkin so'zlay
olmasliklarini bayon qilgan.Demak, bu o'rinda sart atamasi rus ilmiy jamiyatlarining
vakillari bayon etgani kabi, o'troq mahalliy aholiga nisbatan qo'llanilgan.
Tadqiqotchi G.Lerx sartlarning o'sha davrlarda Sirdaryo (Yaksart)ning o'rta va quyi
oqimlari,
shuningdek,
Xiva
xonligi
hududida
keng
tarqalganligini
yozadi[7].Yevropalik olim E.S. Vulfson esa, tadqiqotlarida sartlarning diniy
e'tiqodlari xususida fikrlar bildirgan. Jumladan, sartlar deyarli hammasi Islom diniga
e'tiqod qilishi, qat'iy ravishda Qur'oni Karim ko'rsatmalariga amal qilish, ularning
turmush tarzi ham shu asosda tashkil etiganligini bayon qilgan.Akademik A.
Middendorf o'zining "Ocherki Ferganskoy dolini" nomli kitobida sart aholisining
qushlar parvarishiga e'tiborliligi, uyining to‘rasiga in qurayotgan qaldirg'ochga
xayrixohlik ko'rsatishini Yevropaning ayrim xalqlaridagi shu xususiyatlar bilan
qiyoslab bayon etgan. "Rus qishloqlaridagi qaldirg'ochlarni ham hech kim bezovta
Ilmiybaza.uz
qilmaydi. Balki, barcha ulami mushuklardan himoya qilish uchun harakat qiladi"[9].
Bu bilan bunyodkor g'oyalar dunyoning barcha millat va elatlari uchun xos xususiyat
ekanligiga urg'u bermoqda. Buxoro ilmiy jamiyati — Buxoro Xalq Sovet
Respublikasida tashkil etilgan jamiyat (1921).Oʻlkadagi qad. obidalarni muhofaza
qilish, xalq amaliy san’atini rivojlantirish, fan tarixiga oid qoʻlyozmalarni yigʻish,
arxeologik ashyolar va xalq ogʻzaki ijodi namunalarini toʻplab tadqiq etish kabi
ishlar bilan shugʻullangan. Olim, yozuvchi va ma’rifatparvarlardan Abdurauf Fitrat,
Otajon Payrov Sulaymoniy, Abdulvohid Burhonov (Munzim), Sadriddin Ayniy,
Mirza Salimbek, Sharifjon Maxdum (Ziyo), Ahmadjon Hamdiy (Abusaidov), Muso
Saidjonov, Yoʻdsoshqori Poʻlatov, Siddiqxon (Xashmat) (1885—1910-yillarda
Buxoro amiri boʻlgan Amir Abdulahadning ukasi) jamiyat a’zolari boʻlishgan.
Buxoro ilmiy jamiyati ilmiy ekspeditsiyalar tashkil etgan. Buxorodagi 3 shaxsiy
kutubxonada saqdangan sharqshunoslik, tarix, adabiyotga oid qo'lyozma kitoblarni
to'plagan. Birgina Sharifjon Maxdum kutubxonasidan 300 jildga yaqin forstojik va
turkiy tillardagi noyob qo'lyozma asarlar ro'yxatga olingan. Jamiyat to'plagan
qo'lyozma asarlar orasida tarixchi Narshaxiyning «Taʼrixi Buxoro» («Buxoro
tarixi»), Ahmad Donishning «Navodirulvaqoe» («Nodir voqealar») asarlari bor.
Jamiyatning «Anjumani tarix» bo'limi «Buxoro arki tarixining qo'lyozmasi» kitobini
tayyorlagan. Buxoro ilmiy jamiyati to'plagan materiallar Oʻzbekiston Respublikasi
Fanlar
akademiyasining
Sharqshunoslik
instituti
qo'lyozmalar
fondida
saqlanadi.Bugungi o`z-o`zini anglab, mustaqilligimiz kun sayin mustahkamlanib
borayotgan sharoitda ona yurtning xdr bir farzandi uchun Vatan tarixini sevish,
o`rganish, diliga jo etishdan ham muqaddasroq burch bo`lmasa kerak.
Ushbu kitob aynan shu muloxdzadan kelib chiqqan holda yaratilgan. Ota-
bobolarimiz, ajdodlarimizning aql-zakovati, oltin qo`li ila IX — XII asrlardayoq
kishi aqli bovar qila olmaydigan darajada nafis va nozik qilib ishlangan naqshlar
qadimiy va navqiron Samarqand, Buxoro va Xiva devorlarida o`zini ko`z-ko`z qilib
turibdi. O`sha davr uslubi bilan yuksak mahorat ko`rsatib qurilgan muhtasham
binolar va bu binolardagi SHarq uslubiga xos o`ymakorlik naqshlari o`z
taraqqiyotining
cho`qqisiga
ko`tarilganligidan
guvohlik
beradi.
Bunday
Ilmiybaza.uz
o`ymakorlik naqshlari bilan bir qatorda islimiy uslubda ishlangan naqshlar, ya`ni gul
va novdalarning murakkab uslubdagi naqshlari va hozirgi kungacha yaxshi saqlanib
kelayotgan tillada qorilib o`yilgan boshqa bezaklar ajdodlarimiz yuksak san`atining
timsoli sifatida bugun ham hammani lol qoldirib turibdi. Qadimgi va o`rta asrlar
me`morchilik obidalarini saqlash, o`rganish va muhofaza qilish hozirgi zamon yosh
avlodni, mehnatkashlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda, xalqlarning
baynalmilal do`stligini mustahkamlashda katta rol’ o`ynaydi. SHuning uchun ham
o`tmish tarixiy va moddiy-madaniy yodgorliklarini o`rganish, muhofaza qilishning
rolini oshirish mua.mmolarini hal qilishga katta ahamiyat berilmoqda.
Qo`llanmada o`zbek xalqining tarixiy taraqqiyoti, ma`naviy, moddiy, tarixiy
manbalarini «O`lkashunoslikda arxeologiyaning roli», «O`lkashunoslikda etnogra-
fiyaning ahamiyati», «Toponimika — o`lka tarixini o`rganishning asosiy manbai»,
«O`lkashunoslikni o`rganishda arxivshunoslikning o`rni» va «O`lkashunoslikny
o`rganishda muzey eksponatlari» deb nomlangan asosiy besh qism orqali
o`rganishning usullari berilgan.
“Tarixiy o`lkashunoslik” o`quv qo`llanmasi hozirgi kunda o`z mustaqilligini
qo`lga kiritgan O`zbekiston xalqlarining qadimiy tarixini, uning jahon tarixiy
taraqqiyotiga qo`shgan hissasini, o`z bag`ridan Muhammad va Ali Qushchi singari
mashhur matematiklar, Ahmad Farg`oniy va Ulug`bekdek falakiyot bilimdotrlari,
Ibn Sino kabi tabiblar, Narshaxiy va Abulg`ozixon singari tarixchilar, al-Forobiydek
faylasuflar, Zamaxshariy kabi lingvistlarni etishtirib, jahon taraqqiyotiga qo`shgan
hissasini daliliy ashyolar vositasi bilan isbotlab beradi.
Mazkur qo`llanma yana shunisi bilan ahamiyatliki, unda tarixiy, ma`naviy
yodgorliklar, arxeologik, antropologik, etnografik, etnik, toponimik materiallar o`z
ifodasini topgan.
O`zbek xalqining tarixiy, madaniy va me`morchilik yodgorliklari jahon
madaniy merosining tarkibiy qismi bo`lib, jahon taraqqiyotiga qo`shilgan g`oyat
katta ulushdir. Mana shunday muhim, nodir, qimmatli ahamiyatga molik bo`lgan
Ilmiybaza.uz
moddiy va ma`naviy yodgorliklarni xar tomonlama ilmiy va amaliy jihatdan
o`rganadigan va tahlil qiladigan fan ham «Tarixiy o`lkashunoslik»dir.
Mazkur o`quv qo`llanmasi asosan quyidagi masalalarni o`z ichiga oladi:
Tarixiy yodgorliklar. Bunga insoniyat hayotidagi eng muhim tarixiy
voqealar, jamiyatning rivojlanish bosqichlari, inqilobiy harakat bo`lib o`tgan joylar,
atoqli sarkardalar, yirik davlat, fan va madaniyat arboblarining nomlari bilan bog`liq
voqea joylari, o`tmishdan qolgan qo`lyozma asarlari va shu kabilar kiradi.
Arxeologik yodgorliklari. Bunga ko`hna shaharlar, qo`rg`onlar, qal`alar,
qadimiy manzilgohlar, istehkomlar, korxonalar, kanallar, shuningdek yo`llarning
qoldiqlari, qadimiy dafn joylari, tosh haykallar, qoyalardagi tasvirlir va boshqalar
kiradi.
SHahar qurilishi va me`morchilik yodgorliklari. Bularga me`morchilik
ansambllari va kokplekslari, tarixiy markayalar, kpartallar, maydonlar, ko`chalar,
shaharlar va boshqa aholi yashaydigan joylarning qoldiqlari: fuqaro sanoat, harbiy,
diniy, xalq me`morchiligi inshootlari kiradi.
San`at yodgorliklari. Bunga moiumental, tasviriy, amaliy-dekorativ va
boshqa turdagi san`at asarlari kiradi.
Yodgorlik hujjatlari. Bunga markaziy va maxdlliy davlat hokimiyati
organlari va davlat boshqaruv organlaridan qolgan turli hujjatlar, boshqa yozma va
chizma hujjatlar, kino-foto hujjatlari va tovush yozuvlari, shuningdek, qadimiy
qo`lyozmalar hamda arxiv materiallari, fol’klor va musiqa yozuvlari, nodir bosma
nashrlar kiradi.
Etnografik va toponimik materiallar. Bunga xalq urf-odatlari, moddiy va
ma`naviy madaniyat, xalqlarning ertak, fol’klor, mifologiyasi hamda joy
nomlarining ilmiy jihatdan kelib chiqishini o`rganish kiradi.
Bular bilan bir qatorda tarixiy, ilmiy, badiiy qimmatga yoki boshqa xil
madaniy qimmatga ega bo`lgan ob`ektlar hamda muzeyda saqlanadigan eksponatlar
Ilmiybaza.uz
va ulardan o`quv, ta`lim-tarbiya ishlarida foydalanish uslublari, namunaviy dars
rejalari o`z aksini topgan.
Yuqoridagi manbalarni o`rganish va umumlashtirish ilmiy o`lkashunoslik
tadqiqotchilari, jamoat o`lkashunosligi va havaskorlari uchun xam, u yoki bu
voqealarga tavsif berish, turli tarixiy tushunchalarga aniqlik kiritish uchun ham ko`p
zarur ma`lumot bo`lib xizmat qiladi.
Oliy o`quv yurtlari va maktabda o`qitilayotgan tarixiy o`lkashunoslik fani
ma`lum ikki maqsadni: birinchidan, o`z o`lkasining o`tmishi va hozirgi hayoti
tarixini xar tomonlama ilmiy asosda o`rganish yo`li bilan to`plangan arxeologik,
etnografik, toponimik, nodir qo`lyozmalar, arxiv hujjatlarini saralash, tartibga solish
va tahlil qilishni; ikkinchidan, to`plangan o`lka materiallaridan o`quv-tarbiyaviy
ishlarda o`rinli va samarali foydalanib, yosh avlodni vatanparvarlik ruhida
tarbiyalashni ko`zda tutadi.
O`quv qo`llanmasini yozishda mumkin qadar mahalliy materiallardan,
O`zbekiston Respublikasiga doir o`lkashunoslik hujjatlaridan, etuk tarixchi
olimlarning asarlaridan, arxiv materiallaridan foydalanish masalalarini yoritishda
O`zbekiston Markaziy Davlat Arxivi xodimlari tomonidan tayyorlangan kartoteka
va ko`rsatkichlardan, muzey eksponantlarini yoritishda esa O`zbekiston tarixi
muzeyi materiallaridan foydalanildi. XIX asrning ikkinchi yarmida o`rta Osiyo
CHor askarlari tarafidan bosib olingach, bu erga rus olimlari kelib ko`plab tadqiqot
ishlarini olib bordilar. SHunday murakkab va og`ir sharoitda ham o`lkashunoslar o`z
fikr va mulohazalarini erkin bayon etishga harakat qilganlar. O`rta Osiyoga kelgan
olimlar o`lkadagi ilg`or mahalliy ziyolilarning namoyandalari bilan yaqin aloqada
bo`lardilar.
Mustamlaka ma`muriyati O`rta Osiyo xalq ommasining milliy ongini
o`stirishga yordamlashishni aslo ma`qul ish deb bilmasdi, aksincha, mahalliy xalq
ommasi o`rtasida tarixiy bilimlarni biroz darajada keng targ`ib etish, ular diqqatini
qadimgi zamon yodgorliklarini o`rganishga tortish va hokazolar chorizmning
mustamlakachilik siyosatiga faqat zarar etkazishi mumkin, deb qo`rqardi.
Ilmiybaza.uz
Holbuki, O`rta Osiyoning yangi-yangi hududlarida Rossiya hukmronligining
o`rnatilishi, ularning Umumrossiya iqtisodiy taraqqiyoti yo`liga qo`shib
yuborilganligi munosabati bilan turmushning o`zi ilmiy tadqiqotlar o`tkazish
zarurligini taqozo qilardi. O`rta Osiyoning durustroq o`rganilmaganligi mustamlaka
ma`muriyatining ishlarini qiyinlashtiradi. Ilmiy tadqiqotlardan ba`zi birlari
o`zlarining ko`p yillik tarixiga, o`z urf-odatlari, xususiyatlari, turmush tarziga ega
bo`lgan million-million O`rta Osiyo xalqlari ommasini ekspluatatsiya qilish tizimini
to`g`ridan-to`g`ri uyushtirishga yordam berishi lozim edi.
Tabiiy boyliklari, madaniy merosi g`oyat boy bo`lgan va kam tekshirilgan
ushbu o`lka rus ziyolilarining taraqqiyparvar qismini juda qiziqtirardi. Mashhur
rus zoologi, zoogeografi va sayyohi, darvinizmning e`tiqodli tarafdorlaridan
bo`lgan N.A. Severtsov (1827 — 1886) Turkistonning ko`p joylarini fizik-
geografik jihatdan o`rganishda, jumladan, Pomir tizma tog`larining orografiyasini
o`rganishda ko`p mehnat va kuch sarf qildi. N. A. Severtsov sayohati vaqtida
zoologiya, botanika, mineralogiya va paleontologiyaga oid juda qimmatli
kollektsiyalar to`pladi.
Mashhur rus geografi P. P. Semyonov-Tyan’shanskiy (1827—1914) O`rta
Osiyo, ayniqsa Tyanshan’ tizma tog`larining geografik o`rganilishiga asos soldi.
Uning to`plagan ma`lumotlari asosida Tyanshanda Al’p muzliklari mavjudligi
masalasi ijobiy hal qilindi, nemis geografi Gumbol’dtning Tyanshandagi vulqon
hodisalari h,aqidagi fikrlari rad qilindi. Tyanshanni tekshirish rus geografiya
fanining eng muhim xizmatlaridan biridir.
Rus tabiatshunosi va sayyohi A. P. Fedchenqo (1844—1873) Turkiston
tabiatini o`rganishda katta rol’ o`ynadi. U Farg`ona vodiysi bilan Oloyni birinchi
marta tekshirib chiqdi; Oloy orqasidagi tizma tog`lar va uning eng baland
cho`qqioini ochish sharafi ham unga nasib bo`lgan, u Zarafshon vodiysi bilan
Qizilqumni ham tekshirib chiqqan»:
Geolog va geograf I. V. Mushketovning (1850 — 1902) ilmiy xizmatlari x.am
katta. SHimoliy Tyanshan tizma tog`i orografiyasining. geologik asoslarini dastlab
Ilmiybaza.uz
u ko`rsatib berdi. U Turkistondagi ko`pgina foydali qazilma konlarini ta`riflab,
Turkiston minerallarining dastlabki ro`yxatini tuzib chiqdi. 1877—1879 yillarda
Mushketov geologik tekshirish ishlarini bajarish maqsadida Oloy, Pomir, Buxoro,
Hisorga, Amudaryo bo`ylab va Qizilqumga sayohat qildi. 1880 yilda esa Zarafshon
muzligiga ilmiy safar uyushtirdi. Mushketov 1881 yilda (G. D. Romanovskiy bilan
birgalikda) Turkistonning birinchi geologiya xaritasini tuzdi. U O`rta Osiyo
geologiya tuzilishining birinchi ilmiy kontseptsiyasini taklif qildi, uni o`rganish
bosqichlarini ko`rsatib berdi. I. V. Mushketov o`z tadqiqotlarini va Turkistonni
o`rgangan boshqa olimlarning ilmiy ishlarini o`zining mashhur «Turkistonning
geologiya
va
orografiya
ta`rifi»
monografiyasida
umumlashtirgan.
Bu
monografiyaga yozilgan katta muqaddima tarixshunoslik nuqtai nazaridan
yondoshilgan «O`rta Osiyoni o`rganish tarixi»ga ilova qilingan.
O`rta Osiyo tuprog`ini o`rganishda h,am rus tadqiqotchilari ko`p mehnat sarf
qilishgan. Mashhur rus olimi, hozirgi zamon ilmiy tuproqshunosligiga asos solgan
V. V. Dokuchaev (1846—1903) o`zining ko`pgina asarlarida bu sohada dastlabki
(1898 yilda) ma`lumotlarni bergan.