1
KURS ISHI
Turkistonda arxiv ishi tarixi
REJA:
KIRISH
I. Turkistonda arxiv ishi tarixi (1917-1924 yillarda)
1.1 Turkiston ASSRda arxiv ishining tashkil etilishi
1.2 Turkistonda arxivlarda ish yuritish
II. Sovet Ittifoqi davrida O‘zbekiston SSRda arxiv ishi (1925-1945yillarda)
2.1 1925–1941 yillarda O‘zbekiston SSRda arxiv ishining tashkil qilinishi
2.2 Ikkinchi jahon urushi (1941–1945) yillarida O‘zbekistonda arxiv ishi
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
2
Kirish
Xalqimizning tarixiy o‘tmishi, o‘zligi, ma’naviyati masalalari yoritilayotganda
chuqur ilmiy asos va aniq dalillar zarur. Haqqoniy tarixni yaratishda dalil bo‘ladigan
muhim omillar orasida arxiv hujjatlari diqqatga sazovordir. O‘zbekistonning moddiy
va ma’naviy hayoti aks etgan noyob arxiv hujjatlari tarix fani uchun boy manba
sifatida xizmat qiladi.
Markaziy Osiyo mintaqasida ilk arxivlar yozuv bilan bir vaqtda paydo bo‘lgan.
Bu arxivlarga Nisadagi Parfiya arxivi, Xorazmdagi Tuproqqal’a arxivi, Mug‘
qal’asi xarobalaridan topilgan arxivlar kiradi.
Birlamchi manbalarda toxiriylar, somoniylar, qoraxoniylar, g‘aznaviylar va
xorazmshohlar saroylarida kutubxona-arxivlari mavjud bo‘lganligi qayd etilgan. Bu
davrda Marv, Nishopur, Ray, Balx, Hamadon, Tus, Buxoro, Samarqand, Urganch,
Xiva, Nisa, Termiz va boshqa shaharlarning har birida o‘nlab davlat, vaqf va shaxsiy
kutubxonalar vujudga kelgan. Buxoroda Sharqdagi eng yirik kutubxonalardan biri
Samoniylarning “Savoi-al-Xikma” kutubxonasi bo‘lib, bundan o‘z davrining yetuk
allomalari Ibn Sino, Rudakiy, Daqiqiy, Firdavsiy va boshqalar foydalanganlar.
Amir Temur va temuriylar davrida ham kutubxona-arxivlari mavjud bo‘lgan.
Ayniqsa, Amir Temur harbiy yurishlari davrida ko‘pgina nodir qo‘lyozma asarlarni
Movarounnahrga olib kelgan. Shuningdek, Sohibqiron jahonning bir qancha
mamlakat qirollari bilan yozishmalar olib bordi. Bu diplomatik yozishmalar
qimmatli arxiv hujjatlari hisoblanadi. Shu diplomatik yozishmalardan biri 1996 yil
YUNESKO tashabbusi bilan Parijda o‘tkazilgan Amir Temur tavalludining 660
yilligida Fransiya prezidenti Jak Shirak tomonidan O‘zbekiston Respublikasining
birinchi prezidenti Islom Karimovga topshirildi. Amir Temurning nevarasi
Boysunqur zamonida Hirotda ko‘pgina asarlardan namunalar to‘planadi. Uning
atrofida o‘z davrining yetuk shoirlari, kitobxonlari,muqovasozlari, naqqoshlari va
boshqa kitobsoz hunarmandlar yig‘ilgan.
Shu o‘rinda ta’kidlash kerakki, o‘zaro feodal urushlar,vayronagarchiliklar
natijasida arxiv hujjatlari, qo‘lyozmalar yo‘q bo‘lib ketgan. Bizgacha Qo‘qon va
3
Xiva xonlarining arxivlari, Buxoro amirligining Qo‘shbegi arxivi saqlanib qolgan.
Ularda XIX asrga oid hujjatlarning bir qismi mavjud xolos. O‘rta Osiyoning Rossiya
imperiyasi tomonidan bosib olinganidan keyingi davr arxivlari, ya’ni XIX asrning
ikkinchi yarmi va XX asr hujjatlari to‘la saqlangan.
I. Turkistonda arxiv ishi tarixi (1917-1924 yiillar)
1.1 Turkiston ASSRda arxiv ishining tashkil etilishi
Turkiston o‘lkasida 1918-yil mustabid sovet hokimiyatining o‘rnatilishi bilan
izohlanadi.
O‘zini
idora
qiladigan
mustaqil
davlat
qurishga
go‘yo
ko‘maklashayotgandek ko‘ringan sovet hokimiyatining asl basharasi Turkiston
Muxtoriyatini qonga botirishda yaqqol namoyon bo‘ldi. Sovet hukumati Turkiston
Muxtoriyati tajribasidan muhim hulosa chiqarib, bu Turkiston hududida o‘ziga xos
sovetlar andazasidagi avtonomiyani tashkil etishga kirishgan edi. Bundan ko‘zda
tutilgan bosh maqsad Turkistonning kelajakda mustaqil, suviren davlat bo‘lib, ajralib
chiqib ketishiga izm bermaslik edi. Bolsheviklar 1918-yil yanvar oyidayoq Turkiston
avtonomiyasini tuzish masalasini ko‘tarishgan edi. 1918-yil 30-aprelda Turkiston
Sovetlarining V s’ezdida “Rossiya Sovet Federatsiyasining Turkiston Sovet
Respublikasi haqida Nizom” qabul qilindi va Turkiston ASSRning tuzilganligi e’lon
qilindi. Turkiston Avtonom Sovet Respublikasi ma’muriy jihatdan Farg‘ona,
Samarqand, Sirdaryo, Ettisuv, Kaspiyorti, keyinchalik Amudaryo (Turkman)
viloyatlariga bo‘lingan. Respublika hududi BXSR, XXSR, Qozog‘iston ASSR,
Afg‘oniston, Eron, Xitoy davlatlari bilan chegaradosh bo‘lgan1.
Sovet davridagi kelajakda amalga oshirilishi mo‘ljallangan loyihalar
o‘tmishdagi vaqe’a hodisalar va siyosatni kommunistik ma’murlar va tarixchilar
arxiv hujjatlari bilan bog‘lab o‘rgandilar. 1917-yil inqilobidan keyin tarixiy
1 Jumayev.U - O’zbekistonda arxiv ishi. “Turon – Iqbol” T: 2016. 81-b
4
taraqqiyotni namoyon qilishni ahamiyatli deb hisoblaydigan marksizm tarafdorlari
hisoblangan bolsheviklar tezda chor Rossiyasi arxivlarini o‘z nazoratlariga oldilar.
Progressiv va reaksion tendensiyalarni namoyon qilish uchun kommunistik
tarixchilar materiallar yig‘a boshladilar. 1930-yillarda Stalin kitoblardagi tarixiy
materiallar ustida taxrir olib borgan bir paytda kommunistik partiyadagi bahslar o‘z
cho‘qqisiga yetgan edi. Partiya chor Rossiyasi tomonidan bosib olingan hududlar va
u yerda yashaydigan xalqlarga o‘z zulmini o‘tkazuvchi sifatida emas, imperiyaning
xalq xaloskori sifatida ifoda etilishiga e’tibor qaratdi. Sovet davrida Leningrad va
Moskva shaharlari tashqarisida arxivlardan foydalanish taqiqlab qo‘yildi. Partiya
rozilik bergan arxivshunoslargagina ruxsat berilgan bo‘lsada, ularning hujjatlarini
qoralashi ta’qiqlangan edi1.
Ular kun so‘ngida maxsus xodimlarga o‘z qayd daftarlarini ko‘rsatishlari
lozim bo‘lgan. Sovet Ittifoqi bo‘ylab bolshevik senzura kuchlarini yorqin aks
ettiruvchi hujjatlaridan ko‘chirmalar oldilar. Bu harakatlardan maqsad tarixchi va
o‘quvchilarni real vaqealardan uzoqlashtirib, o‘zgartirilgan tarixga ko‘proq e’tibor
qaratishni ko‘zda tutardi (Antonina Burton. Archive Stories.(facts, fictions and the
writing of history). – London.2005.–R.49-50.)
Turkistonda sovet hokimiyati o‘rnatilgach o‘lkada arxiv ishining tashkil
etilishga e’tibor qaratila boshlandi. Sho‘rolor hokimiyati rahbarlari yaxshi bilardiki,
komunistik g‘oyalarning bajarilish vazifalarining muvaffaqiyatli olib borilishi ko‘p
jihatdan qanchalik manbalar ko‘p to‘planishiga, tadqiqotchilar qaysi manbalardan
ko‘proq foydalanishiga ham bog‘liq edi. Dunyo ommasiga sho‘rolar tizimini ijobiy
boshqaruv markaziga konsetratratsiya qilishi hukumat vakillari uchun va
davlatchilik siyosiy senzurasida efektiv instrument vazifasini o‘tab berishi talab
qilinar edi. Shuning uchun sho‘rolar hukumati arxiv idoralari tizimini tiklanishiga
katta diqqat-e’tibor qaratishdi.
1918-yilining aprelida RSFSR hukumati tashabbusi bilan Turkistonda
markaziy arxiv idoralari boshqarmasini tuzish, arxiv ishini qayta qurish va
1 Rashidov.O – O’zbekistonda arxiv ishi. T. 2019. 50-b
5
markazlashtirish xususida qaror qabul qiladi, o‘shanda hukumat topshirig‘iga ko‘ra
“arxiv tashkilotlari boshqaruvini tashkil etish” uchun maxsus komissiya
tuziladi.Sovet hukumati arxiv ishlariga oktyabr inqilobidan so‘ng katta e’tibor bera
boshladi. 1918 yilning 27-28-mayida Moskvada M. X. Pokrovskiy raisligida majlis
bo‘lib, Markaziy arxiv boshqarmasini tuzishni rejalashtirish xususida kelishib
olindi1.
Rossiya hukumati tomonidan tashkil qilingan arxiv ishi tizimi Qizil Armiya
arxiv ishini ham qisman o‘zida mujassamlashtirgan edi. Sovet hukumati harbiy
kuchlar bosh qo‘mondonligi Qizil Armiya va fuqarolar urushi tarixi bo‘yicha
materillar yig‘ish to‘g‘risida topshirqlar berdi. Shu maqsadda frontdagi shtablarda
shu jumladan, Turkiston frontida harbiy ishlar arxiv bo‘linmalari tuzilib, har bir
armiya o‘z ma’lumot (harbiy ishlari haqidagi)larini to‘plashi va ularni Moskvaga
jo‘natishlari shart edi.
1918-yilning mayida Markaziy Osiyoda yagona hisoblangan davlat arxiv
jamg‘armasidan so‘ng, o‘sha yilning noyabirida arxiv ishlari boshqaruvi Bosh
boshqarmasi kollegiyasi tuziladi. Uning tarkibiga V. Ryazonov (rais), B. N. Storojev
(rais o‘rinbosari), A. Polyanskiy, S. B. Veselovskiy va boshqalar kiradi. Kollegiya
shu zahotiyoq davlat arxiv idoralarini tashkil etish, arxiv ishlari infratuzilmasini
yaxshilashga kirishib ketadi. RSFSR arxiv idoralari markaziy tuzilmasining ajralmas
qismi sifatida Turkiston arxiv saqlanmasini joriy qilishga katta e’tibor berdi. Tarixiy
nuqtai nazardan baho beradigan bo‘lsak, sovet arxivshunoslik siyosati tashkil etilishi
bilanoq, Turkiston o‘lkasida sho‘rolar arxivshunosligi ta’siri sezila boshladi. 1917-
yilning birinchi kunlaridayoq o‘lkada yirik arxiv saqlanmasi yo‘q edi. Shu bilan
birgalikda arxiv ishini yaxshilashga qaratilgan arxiv ishlari tizimli tashkil
etilmagandi. Arxiv ishlarini tashkil qilish va rivojlantirish bo‘yicha o‘lka
hukumatiga topshiriq 1918 yilning iyunida kelib tushdi. Bu ishni Turkiston
respublikasi Byudjet moliya komissiyasi raisi (MIK xuziridagi) V. N. Kucherbaev
boshqardi va 1919 yilning oktyabirida Turkiston ASSR Sovetining 13 – s’ezdida
1 Rashidov.O – O’zbekistonda arxiv ishi. T. 2019. 51-b
6
arxiv ishlarini tashkil qilish, boshqaruvi, topshiriq va vazifalari to‘g‘risida ma’ruza
qildi. Shundan so‘ng 1919-yilning 30-oktyabirida Turkiston Respublikasi MIK
Prezidumi respublika Markaziy arxiv boshqarmasini tuzish to‘g‘risida qaror qabul
qiladi.
1919-yil 15-noyabrda Turkiston ASSR Maorif xalq komissarligi qaroriga
binoan Arxiv ishi markaziy boshqarmasi tuzildi va V.N. Kucherbaev boshqarma
boshlig‘i yetib tayinlandi. Tez orada RSFSR Arxiv ishi bosh boshqarmasi
(Bosharxiv)dan Toshkentga vakil qilib D.I. Nechkin yuborildi. Turkkomissiya uni
Turkiston ASSR Arxiv ishi markaziy boshqarmasi boshlig‘i qilib tayinladi.
D.I.Nechkin MIKning arxiv to‘g‘risidagi qaroriga o‘zgartirishlar kiritdi. Muhim
o‘zgartirish shu bo‘ldiki, Turkiston Respublikasi Arxiv ishi markaziy boshqarmasi
boshlig‘i RSFSR Bosharxivi roziligi bilan Turkiston Respublikasi Maorf xalq
komissarligi qaroriga asosan tayinlanadi deb ko‘rsatildi. Bu bilan Turkiston
Respublikasi huquqi, shubhasiz, cheklandi.Arxiv ishi markaziy boshqarmasi
quyidagi bo‘limlardan iborat edi: boshqarma boshlig‘i huzuridagi kengash, ish
boshqarmasi, ilmiy statistika bo‘limi, inspeksiya, tahririyat kengashi, davlat
arxivlari bo‘limi.
Mahalliy arxiv tashkilotlari Turkiston ASSR Xalq Komissarlari Soveti (XKS)
ning 1921- yil 25-yanvardagi “Viloyat arxiv fondlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan
qonuniy jihatdan rasmiylashdi. Bu qarorga ko‘ra viloyat hududidagi barcha
idoralarning ish yuritish hujjatlari viloyat davlat arxivi fondining tarkibiy qismi
hisoblanadi, deb ko‘rsatilgan.
Markaziy va mahalliy arxiv tashkilotlarining muhim vazifasi arxiv hujjatlarini
qidirib topish va yig‘ish edi. 1920-1921- yillari 500 dan ortiq fondlar hisobga olindi.
1921-yil oxirigacha davlat arxiv fondlariga 157 ta harbiy va fuqaro tashkilotlari
305mingdan ortiq, 1922- yili esa 83 ta tashkilot tomonidan 200 mingga yaqin
yig‘majild topshirildi.Turkiston Avtonom Sovet Respublikasi XKSning 1921-yil
25-yanvardagi qaroriga binoan arxivlarda qo‘lyozma hujjatlargina emas, balki nashr
qilingan materiallar va foto hujjatlar ham yig‘ila boshlandi.
Arxiv tashkilotlari hujjatlarni qabul qilish bilan birga ularni tartibga keltirish
7
ishlari
hamda
arxiv
hujjatlaridan
foydalanishni
tashkil
qilish
bilan
shug‘ullandilar.Arxiv hujjatlari ro‘yxatini tuzishdan oldin bu hujjatlar kerak va
keraksizlarga ajratilib, ilmiy, amaliy ahamiyati borlarini doimiy saqlash, bunday
qimmatga ega bo‘lmaganlarni yo‘q qilish belgilandi. Ya’ni, arxiv materiallarining
o‘ziga xos ekspertizasi o‘tkazildi. Bu masala bo‘yicha Turkiston ASSR XKSning
1923-yil 25- yanvardagi “Arxiv hujjatlarini saqlash va yo‘q qilish to‘g‘risida”gi
qarorida yo‘l- yo‘riqlar, ko‘rsatmalar berildi.Ushbu qarorda arxiv hujjatlarining yo‘q
qilinishi quyidagi tartibi o‘rnatilgan edi: arxiv hujjatlari tarkibidan yo‘q qilinadigan
hujjatlarni ajratish uchun ajratish komissiyasi tuzilib, ularga arxiv boshqarmasi va
arxivni tekshirilayotgan idora vakillari kiritilishi belgilandi. Bu komissiya qarorini
Arxiv ishi markaziy boshqarmasi huzuridagi Tekshirish komissiyasi ko‘rib chiqib,
o‘z xulolasini boshqarma boshlig‘i tasdig‘iga havola qilardi. Shunday qilib,
tashkilotlar hujjatlarini yo‘q qilish huquqi arxiv idorasiga – Arxiv ishi Bosh
boshqarmasiga topshirildi1.
Ma’lumki, 1924-yili O‘rta Osiyo respublikalari (Turkiston, Buxoro, Xorazm
sovet respublikalari) da milliy-hududiy chegaralanishi o‘tkazildi. Natijada SSSR
tarkibida O‘zbekiston SSR, Turkmaniston SSR, Tojikiston ASSR (O‘zSSR
tarkibida) va SSSR tarkibida Qozog‘iston ASSR va Qirg‘iziston avtonom viloyati
tashkil qilindi. Buning natijasida O‘zbekiston SSRning o‘z arxiv tashkilotlari
vujudga keldi.
1 Jumayev.U - O’zbekistonda arxiv ishi. “Turon – Iqbol” T: 2016. 82-b
8
1.2 Turkistonda arxivlarda ish yuritish
1917-yilgi oktyabr voqealariga qadar hujjatlar har bir idorada va tashkilotning
o‘zida saqlangan. Arxivlar tarqoq holda bo‘lib, hujjatlar bir joyda yig‘ilmagan,
markazlashmagan edi. Hukumat manbalarini saqlash va ulardan har tomonlama
foydalanish maqsadida RSFSR Xalq Komissarlari Sovetining 1918-yil 1-iyunda
“RSFSRda arxiv ishini qayta qurish va markazlashtirish haqida” deb atalgan dekreti
e’lon qilindi. Shu chiqarilgan dekretga asosan RSFSRda Davlat arxiv fondi (DAF)
tashkil etildi. Keyinchalik bu DAF tarkibiga inqilobgacha bo‘lgan davr va
inqilobdan keyingi barcha sovet tashkilotlari faoliyati, muassasalar va ayrim
shaxslar, shuningdek tarixiy yozma yodgorliklar, huquq, san’at, adabiyot va SSSR
xalqlarining maishiy, ma’naviy madaniyati, kino foto hujjat fondlari kinofilm
negativlari, fotosuratlari, ularni to‘latuvchi pozetivlar, grammafon, potifon,
plastinkalari va yozib olingan ovoz materiallari, ilmiy-tarixiy va amaliy ahamiyatga
ega bo‘lgan: illyustratsiyalar, qo‘l yozma negativlar, shunigdek, ogitatsiya va
propoganda maqsadida nashr qilingan plakatlar, varaqalar, chaqiriqlar, e’lonlar va
boshqalar, mikrofoto hujjatlar kiritilgan1.
Shundan kelib chiqqan holda Turkiston Avtonom Sovet Respublikasi
Markaziy Ijroiya Komiteti (MIK) 1919-yil 5-noyabrda “Arxiv ishini qayta qurish va
markazlashtirish to‘g‘risida” qaror qabul qildi. Bu qarorga asosan 1917-yilga qadar
bo‘lgan barcha idoraviy arxivlar tugatildi, arxiv hujjatlari Turkiston Avtonom Sovet
Respublikasining Yagona davlat arxiv fondi (YADAF) ni tashkil qiladi, deb e’lon
qilindi. YADAFni boshqarish uchun Turkiston Respublikasi Arxiv ishi bosh
boshqarmasi tashkil qilindi. YADAFga 1917-yil 25-oktyabrgacha bo‘lgan barcha
hujjatlar topshirilishi kerak edi.
Yuqorida ta’kidlangan qarorda arxiv hujjatlarini yo‘q qilish tartibi o‘rnatildi.
Davlat idoralari Arxiv ishi bosh boshqarmasi ruxsatisiz o‘z hujjatlarini yo‘q qilish
huquqiga ega emas, deb ko‘rsatilgan. Sovet idoralarida tashkil bo‘lgan hujjatlar
1 Yakubov.A – Arxivshunoslik. Sam. 2015. 67-b.
9
YADAFning tarkibiy qismi deb qayd qilingan. Bu hujjatlarni arxiv ishi bosh
boshqarmasiga nazorat qilib turish topshirilgan. Bu boshqarma Maorif xalq
komissarligi huzurida tashkil qilingan.YADAF 8 ta seksiya va 4 ta bo‘limdan iborat
edi. Bo‘limlar quyidagilardan iborat bo‘lgan:
1-bo‘lim. Ma’muriy-diplomatik (yuridik seksiyalarni birlashtiradi);
2-bo‘lim.
Harbiy
seksiya;
bo‘lim.
Maorif
va
iqtisodiyot
seksiyalari;bo‘lim.Tarixiy-inqilobiy, Sharq va matbuot seksiyalaridan iborat
bo‘lgan.
Davlat arxivi fondiga faqat 1917-yildan oldingi tashkilotlar arxiv hujjatlarigina emas,
balki sovet tashkilotlari arxiv hujjatlari ham qabul qilingan. Tashkilotlarda hujjatlar
5 yil saqlanishi va keyin davlat arxiviga topshirilishi belgilangan.
Shu davrdan boshlab YADAF tarkibidagi arxiv hujjatlari ekspertiza qilinib,
doimiy saqlash uchun ajratilgan hujjatlar tartibga solindi va ro‘yxatlashtirildi. 1920-
1922-yillarda YADAFda 150 mingga yaqin hujjatlar ro‘yxatga olingan. 1924-yilga
kelib butun saqlanayotgan arxiv materiallarining uchdan bir qismi tartibga solingan
edi.Shunday qilib, arxiv hujjatlarini tartibga solish, ulardan ilmiy va amaliy
maqsadda foydalanish imkoni berildi. Arxivning ilmiy xodimlari bir necha ilmiy
ishlar tayyorlashdi. Masalan, A.A. Galperin “1918 yil martda Kolesovning
Buxoroga yurishi” asarini yozgan edi.
Arxiv ma’lumotlarini bosmadan chiqarish say-harakatlari 1922-yilda
“Qizil arxiv” deb nomlanuvchi jurnalning nashr qilinishi bilan boshlangan. Uning
birinchi galdagi vazifasi hech qanday yashirin sirning yo‘qligini ko‘rsatish edi.
Jurnalda imperiyadagi mavjut korrupsiya va tengsizliklarni takidlaydigan izohlar
bilan birgalikda chor Rossiyasi hujjatlari ham nashr qilingan. Ba’zi maqollalar esa
masxara qilish uchun nashr qilingan. O‘rta Osiyo qo‘zg‘olonining yigirma yilligiga
bag‘ishlangan, 1936-yilda nashr qilingan maqolada Farg‘ona viloyat harbiy
gubernatori general-letenant Gippiusning tartibsizliklarni bostirish yo‘lidagi say-
harakatlari aks ettirilgan (Antonina Burton. Archive Stories.(facts, fictions and the
writing of history). – London.2005.–R.-50.).
1920-1924-yillarda Turkistonda metodik qo‘llanmalar ham yozildi. Masalan,
10
arxiv fondlarini bayon qilish, tashkilotlarda joriy arxivlar ishlarini olib borish tartibi,
joriy arxivlarni nazorat qilish va hisobga olish, hujjatlarni ajratish hamda yo‘q qilish
to‘g‘risida yo‘riqnomalar tuzildi. Shunday qilib, oktyabr to‘ntarishidan keyingi
dastlabki yillarda Turkiston arxivchilari respublika markazlashgan arxivni tashkil
qilish uchun bor kuchlarini ayamadilar. Arxiv hujjatlarini tashish uchun transport va
mablag‘ bo‘lmagan hollarda ularni arxivchilarning o‘zlari tashidilar, saqlab qolish
uchun qo‘ldan kelgan barcha choralarni ko‘rdilar. O‘sha yillar og‘ir yillar bo‘lib,
maoshlar yarim yillab berilmas edi. Lekin arxivchilar isitilmaydigan sovuq
xonalarda, och holda ishlasalar ham ishni tashlamay davom ettirganlar.
Turkiston Avtonom Sovet Respublikasining arxiv hodimlari oktyabr
to‘ntarishidan oldingi tashkilotlarning, ya’ni Turkiston general-gubernatorligi
tashkilotlarining arxivlarini saqlab qolish uchun katta ishlarni bajardilar. Yagona
davlat arxiv fondining tashkil etilishi natijasida arxiv hujjatlarini yig‘ish bilan
birgalikda ularni tartibga solish, bayon qilish, ulardan foydalanishni yo‘lga qo‘yish
bo‘yicha ham ko‘pgina ishlar amalga oshirildi. Oktyabr to‘ntarishidan keyin
sho‘rolar tuzumi iqtisodiy, ijtimoiy-siyosyy va madaniy hayotning barcha sohalarini
o‘zining istibdod yo‘rig‘iga soldi. Butun mamlakatdagi hujjatchilik, idoraviy ish
yuritish tamoyillari ham bu yo‘riq sirtmog‘idan chetda qolmadi. Mohiyatan o‘ta
g‘irrom til siyosati tufayli milliy jumhuriyatlardagi tillarning ijtimoiy mavqei
pasayib bordi. O‘sha davrdagi o‘lka nufusining 37 foizini o‘zbeklar, 35 foizini
qirg‘izlar (qozoqlar bilan birga), 17 foizini tojiklar va atigi 7 foizinigina ruslar
tashkil etar edi. Bu hol hisobga olinsa, davlat tilini belgilashdagi mantiqning
asossizligini aniq ko‘rish mumkin.Mehnatni ilmiy tashkil qilish muammolariga
bag‘ishlab 1921-yilda o‘tkazilgan I Butun Rossiya konferensiyam kun tartibiga
kiritilgan boshqarish mehnatini ilmiy tashkil qilish va hujjatlar bilan ishlash
masalasi, shuningdek, mamlakatda bu ishlarni muvofiklashtiruvchi va yo‘lga solib
turuvchi maxsus tashkilot tuzish masalasining asl mohiyati ham rus tilining ijtimoiy
mavqeini yanada kuchaytirishdan iborat bo’lgan.
Sho‘ro siyosati go‘yoki o‘zining "millatlar va tillarning tengligini ta’minlash"
tamoyilini amalga oshirganday qilib ko‘rsatish maqsadida respublikamizda idoraviy
11
ish yuritishni o‘zbekchalashtirish borasida ba’zi harakatlarni amalga oshirgan. 1923-
yil 29-avgustda qabul qilingan Turkiston ASSR MIQning 130- qarori 14 ta
moddadan iborat bo‘lib, uning 1-moddasida: “Barcha dekret va qarorlar albatta rus,
o‘zbek, turkman hamda qirg‘iz tillarida nashr etiladi” deb, qayd qilingan. Mazkur
qarorga binoan respublika hududidagi barcha muassasalarining ish yuritishi 4 ta: rus,
o‘zbek, qirg‘iz [qozoq] va turkman tillarida olib borilishi tartibi belgilandi. Shundan
kelib chiqib, Yettisuv, Sirdaryo va Amudaryo viloyatlari – qirg‘iz tilida, Farg‘ona
va Samarqandda o‘zbek tilida va Turkman viloyatida esa turkman tilida ish yuritish
tizimi joriy qilingan1.
Keyinchalik O‘zbekiston SSR inqilobiy qo‘mitasi tomonidan aniqrog’i 1924-
yilning 31-dekabrida 48-raqamli qarorni qabul qilgan. Qarorda hukumat, kooperativ,
xo‘jalik idoralari va boshqa muassasa, tashkilot va korxonalar doiralarida butun
yozuv ishlarini faqat o‘zbek tilida yurgizishga majbur etish vazifasi qo‘yiladi.
Buning uchun korxona, tashkilot va muassasalarda ishlarni o‘zbek tilida yurgizish,
yo‘riqnomalar nashr etish, yerlik xalqdan amaliy ishchilar (ish yuritish bo‘yicha)
tayyorlash va boshqa tashkiliy ishlarni amalga oshirish lozimligi ko‘rsatib o‘tilgan.
Bu qarorni joriy qilish yuzasidan, tabiiyki, muayyan ishlar amalga oshirila
boshlagan, xususan, maxsus ish qog‘ozlari tayyorlangan. Lekin, XX asrning 30-
yillari 2-yarmidan boshlab o‘zbek tiliga bo‘lgan e’tibor rasman susayib borgan.
O‘sha murakkab tarixiy jarayon, xalklarning milliy o‘zliklarini anglashlaridan
hokimiyatning dahshatli qo‘rquvi, bu qo‘rquv hukmron bo‘lgan qatag‘on davrining
achchiq samarasi bugun hech kimga sir emas.
Aytish lozimki, yaqin o‘tmishimizda barmoq bilan sanarli miqdordagi hujjatlar
o‘zbek tilida yozilgan. Ammo bu hujjatlarning tilini sof o‘zbekcha deb aytish ancha
qiyin. Yaqin-yaqinlargacha "Berildi ushbu spravkani falonchievga shul hakdakim,
haqikatan ham bu o‘rtoq shul joyda yashab turadi" qabilidagi 20-yillarda rus tilidan
andoza olish tufayli paydo bo‘lgan, ya’ni shaklan o‘zbekcha ma’lumotnomalar
1 Hamidova M.S. Arxiv ishi nazariyasi va amaliyoti. O‘quv-uslubiy majmua. – T., 2011. 45 - b
12
yozib kelindi. Rus tilida mazkur matnning asli "Дана настоящая справка Иванову
в том, что товарищ Иванов действительно проживает по такому-то
адресу" tarzida bo‘lib, bu matn til nuqtai nazaridan benihoya tugal, lo‘nda va
benuqson. Ammo o‘zbek tilida ayni so‘z tartibini saqlashning o‘ziyoq o‘zbek
tilining tabiatiga mutlaqo zid. Rus tilidan andoza olish (aytish kerakki, bunday hol
boshqa tillarda, masalan, tatar tilida ham kuzatiladi), biron-bir darajada bo‘lsin,
o‘zini oqlay olmaydi. Umuman, o‘zbek hujjatchiligining boy va uzoq tariximizning
ilk bosqichlaridan ibtido olgan an’anasi mavjud bo‘lsa-da, Oktyabr to‘ntarishidan
keyin boshqa joylarda bo‘lgani kabi respublikamizda hujjatchilik bevosita o‘zbek
tili negizida rivojlantirilmadi. Bu sohadagi asosiy yo‘nalish nusxa ko‘chirishdan
iborat bo‘lib qoldi. Ana shuning va boshqa bir qancha omillarning oqibati natijasida
o‘zbek tilining rasmiy ish uslubi deyarli takomil topmadi.
Hujjatshunos A.S.Golovach shunday ta’kidlaydi: "Boshqaruv sohasidagi
kamchiliklarning asosiy sabablaridan biri ayni soha xodimlarining ko‘pchiligida
nazariy va amaliy tayyorgarlikning bo‘shligidir. Ular muassasa, tashkilot va
korxonalarda qabul kilingan hujjatlar bilan ishlash yo‘riqlari, usullari va yo‘llari
majmuini yetarli darajada bilmaydilar". Ba’zan hujjatlarga jiddiy munosabatda
bo‘linmaydi, unga shunchaki bir qog‘ozbozlik, nokerak va ortiqcha bir ish sifatida
qaraladi. Bu albatta, nomaqbul munosabatdir. Mukammal va oqilona tashkil etilgan
hujjatchilik har qanday idoradagi ish yuritishning asosi ekanligini isbotlab
o‘tirishning hojati yo‘q1.
Barchaga ma’lumki, har qanday hujjat muayyan axborotni u yoki bu tarzda
ifodalash uchun xizmat qiladi. Demak, har qanday hujjatdagi birlamchi va asosiy
unsur bu tildir. Ayni paytda, hujjatchilikda til axborotni qayd etish vazifasinigana
bajarib qolmasdan, boshqaruv faoliyatini izchil tartibga soluvchi vosita sifatida ham
namoyon bo‘ladi. Shuning uchun ham, avvalo, o‘z qadimiy an’analarimizdan kelib
chiqib va dunyo hujjatchiligidagi ilg‘or tajribalardan ijodiy foydalangan holda,
hujjatchiligamizni takomillashtirish yo‘lidan bormoq kerak. Hujjatlarning sof
1 Rashidov.O – O’zbekistonda arxiv ishi. T. 2019. 53-b
13
o‘zbek tilidagi yagona andozalarini yaratish, ular bilan bog‘liq atamalarning bir
xilligiga erishish borasida ish olib borish bugungi kundagi dolzarb muammolardan
sanaladi.
II. Sovet Ittifoqi davrida O‘zbekiston SSRda arxiv ishi (1925-1945yillarda)
2.1 1925–1941 yillarda O‘zbekiston SSRda arxiv ishining tashkil
qilinishi
O‘rta Osiyoda milliy – hududiy chegaralanish o‘tkazilishi natijasida O‘zbekiston
SSR va boshqa respublikalar vujudga kela boshlagan. 1924-yil 5-dekabrda
O‘zSSRning Inqilobiy Komiteti O‘zbekiston SSR tashkil topganini e’lon qilgan.
Buning natijasida O‘zbekiston SSRning o‘z arxiv tashkilotlari vujudga keldi.
Mavjud bo‘lgan arxiv hujjatlari yangi tuzilgan respublikalar o‘rtasida quyidagi
tartibda bo‘linadigan bo‘ldi. O‘rta Osiyo va ittifoq ahamiyatiga ega bo‘lgan arxiv
jamg‘armalari O‘rta Osiyo Markaziy arxivda – Toshkentda saqlanadigan bo‘ldi. Har
bir respublikaga oid arxiv jamg‘armalari shu respublikalarga beriladigan bo‘ldi1.
1924-yil 28-dekabrda maxsus qaror bilan O‘zSSR MIK huzurida O‘zSSR
arxiv ishlari Markaziy boshqarmasi tashkil qilindi. O‘zbekiston hududida tashkil
bo‘lgan barcha arxivlar, masalan, Farg‘ona, Toshkent, Samarqand, Buxoro, Xorazm
va boshqa viloyatlarda vujudga kelgan arxiv jamg‘armalari ham O‘rta Osiyo
markaziy arxivi tuzilmaganligi uchun O‘zbekiston arxiv boshqarmasiga topshirildi.
Chunki bu O‘rta Osiyo arxiv jamg‘armalari Toshkentda vujudga kelgan edi.
Shunday qilib, O‘zSSR arxivida faqat respublika tarixiga oid hujjatlargina emas,
1 Rashidov.O – O’zbekistonda arxiv ishi. T. 2019. 54-b
14
balki butun O‘rta Osiyo tarixiga doir materiallar saqlana boshladi.
O‘zSSR MIK va XKSning 1925-yil 22-iyul qarori bilan “O‘zSSR arxiv ishlari
Markaziy boshqarmasi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi. Bu nizomga ko‘ra
respublikada Yagona davlat arxiv jamg‘armasi (YADAJ) tashkil qilindi. Bu
jamg‘armaga hukumat, savdo, sanoat, kooperativ, kasaba uyushmalari tashkilotlari
arxivlari, shuningdek, diniy va shaxsiy arxivlar kiritiladi, deb ko‘rsatildi.1925–1930-
yillarda arxivlarda ishlaydigan xodimlar soni qisqartirildi. Chunki, bu yillarda
SSSRda, shuningdek, O‘zSSRda ham industrlashtirish siyosati o‘tkazilib, butun
mablag‘ qat’iy tejalgan holda industrlashtirishga sarflangan edi.Shu sababli arxiv
boshqarmasida 1924-yildagi 46 nafar xodim o‘rniga 1925–1930- yillari bor-yo‘g‘i
17 kishi ishladi. Bu hol arxiv tashkilotlari faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatdi. Arxiv
hujjatlarini tartibga solish ishlari, ulardan foydalanishni tashkil etish sur’ati ancha
pasaydi1.
Qiyinchiliklarga qaramay arxiv tashkilotlari xodimlari hujjatlarni saqlab
qolishni o‘zlarining muhim vazifalari deb bildilar. Turkiston, Buxoro, Xorazm
respublikalarining tugatilishi munosabati bilan bu respublikalar davlat idoralari
arxiv materiallarini qabul qilish, ularni respublika poytaxti Samarqandga tashib
borish ishlarini amalga oshirdilar. Faqat 1925-yil yanvar oyining o‘zida Markaziy
arxivga 50 mingga yaqin saqlov birligidagi arxiv materiallari qabul qilindi.Arxiv
hujjatlarini Markaziy arxivga yig‘ish ishlari keyingi yillarda ham davom etdi. 1925–
1929-yillarda 134 arxiv jamg‘armasi qabul qilindi. 1929-yili Markaziy arxivda 863
arxiv jamg‘armasi va 764 ming hujjat jamlangani edi. Viloyatlar arxivlarida 924
arxiv jamg‘armasi va 994 ming hujjat saqlanardi. Shuni ta’kidlash kerakki, arxiv
xodimlari kam bo‘lganligi sababli davlat arxivlaridagi hujjatlarning yarmidan ko‘pi
tartibga solinmagan, bayon qilinmagan edi. Tabiiyki, bunday holda ulardan
foydalanishning ham imkoni bo‘lmagan. Shuning uchun davlat tashkilotlarining o‘z
arxivlarini tartibga solib, ro‘yxat tuzib ularni davlat arxivlariga (Markaziy va viloyat
1 Jumayev.U - O’zbekistonda arxiv ishi. “Turon – Iqbol” T: 2016. 84-b
15
arxivlariga) topshirish talabi qo‘yildi.
1929-yil may oyida O‘zSSR MIK Prezidumi O‘zSSR arxiv ishlari Markaziy
boshqarmasi ma’ruzasini eshitdi. Qabul qilingan qarorda shu uqtirildiki, Markaziy
arxiv tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar uning oldiga ilmiy tashkilot sifatida
qo‘yilgan talablarga javob bermaydi. Ma’ruzada Markaziy arxiv o‘z faoliyatiga
ilmiy-tadqiqot ishlariga, hujjatlarni e’lon qilishga, maxsus hujjatlar to‘plamlari
tayyorlashga alohida e’tibor berishi kerak, deb ko‘rsatib o‘tildi.1930-yil 9-aprelda
O‘zSSR MIK Prezidumi qarori bilan O‘zSSR arxiv ishlari boshqarmasi O‘zSSR
Markaziy arxiv boshqarmasi deb o‘zgartirildi. Sovet davri arxivlarining ko‘payib
borishi bilan SSSR MIK va XKS qarori bilan 1929-aprelda Davlat arxiv
jamg‘armasi kelib chiqishi bo‘yicha inqilobgacha va sovet davri arxiv
jamg‘armalariga hamda
ahamiyati
bo‘yicha
markaziy,
mahalliy
arxiv jamg‘armalariga bo‘lindi.
1931-yil 20-mayda O‘zbekiston SSR MIK, O‘zSSR Markaziy arxiv
boshqarmasi va uning mahalliy idoralari to‘g‘risidagi nizom haqida qaror qabul
qilindi. Shu bilan birga O‘zbekiston SSR Markaziy arxiv boshqarmasi huzurida
O‘zSSR Oktyabr inqilobi Markaziy davlat arxivi va O‘zSSR Markaziy tarix arxivi
tashkil qilindi. Farg‘ona va Samarqand shaharlarida ularning bo‘limlari tashkil
etildi. Shahar va tumanlarda zarur hollarda tuman va shahar davlat arxivlari tashkil
qilishga qaror qilindi.1934-yil iyulda SSSR MIK qarori bilan O‘zbekiston Markaziy
Davlat arxiv boshqarmasi tarkibida O‘zbekiston harbiy arxivi tashkil qilindi. 1945-
yil oxirlarida bu arxiv tugatildi va barcha arxiv jamg‘armalari Moskvadagi SSSR
Qizil Armiya Markaziy davlat arxiviga topshirildi1.
O‘zSSR tarkibida Qoraqalpog‘iston ASSRning tashkil bo‘lishi munosabati
bilan 1934-yil 11-martda Qoraqalpog‘iston ASSR Markaziy arxiv boshqarmasi
tuzildi. XIX asrning 30-yillarida respublika arxiv tashkilotlari kadrlar bilan ham
ancha mustahkamlandi. 1929-yili arxiv tashkilotlarida hammasi bo‘lib 34 ta xodim
1 Jumayev.U - O’zbekistonda arxiv ishi. “Turon – Iqbol” T: 2016. 84-b
16
ishlagan bo‘lsa, 1941-yilga kelib ularning soni 111 taga yetdi. Shuningdek, arxiv
xodimlarining malakasini oshirishga ham e’tibor berildi. 1932-1941 yillarda
Moskva davlat tarix-arxiv instituti qoshidagi malaka oshirish kursiga 18 kishi
yuborildi. Toshkentda Markaziy arxiv boshqarmasi qoshidagi malaka oshirish
kursida shahar, tuman, viloyat arxivlari xodimlari muttasil malakasini oshirib
bordilar.Arxiv xodimlarining asosiy vazifalaridan biri tashkilotlarda hujjatlarni
davlat arxivlariga qabul qilish, ularni tartibga solish va ilm-fan uchun ulardan
foydalanishni tashkil qilish edi. 1936 yili respublika arxivlarida 1534 ta arxiv
fondlari va 1 mln 001 ming 680 saqlov birligida hujjatlar saqlanardi.
1941 yilga kelib fondlar soni 4116 taga etdi, hujjatlar esa, 1 mln 580 ming 450
saqlov birligidan oshib ketdi. Bu hujjatlarning yarmidan ko‘pi tartibga solingan
bo‘lib, ulardan foydalanish mushkul edi.Arxiv tashkilotlari XX asr 30-yillarida arxiv
hujjatlaridan ilmiy maqsadda foydalanishga alohida e’tibor berdilar. 1935-1936-
yillarda 200 dan ortiq maqola matbuotda e’lon qilindi. 1932-yili «O‘rta Osiyoda
1916-yil qo‘zg‘oloni» deb nomlangan hujjatlar to‘plami e’lon qilindi. 1933-1934-
yillari «Toshkent Sovetining 1917-yilgi protokollari», «O‘rta Osiyoda milliy davlat
chegaralanishi» nomli hujjatlar to‘plamlari tayyorlandi. Suningdek, har yili arxiv
hujjatlarining ko‘rgazmalari tashkil qilinib, namoyish etildi. Markaziy arxiv o‘qish
xonasida har yili yuzlab olimlar ilmiy ishlari uchun hujjatlardan keng foydalandilar.
XX asr 30-yillari ikkinchi yarmida SSSRda arxivlar Ichki ishlar xalq
komissarligi tasarrufiga o‘tkazildi. Shu bilan birga arxivlarni “xalq dushmanlarini”
fosh etishda faol ishtirok etishi boshlandi. 1938-yil aprelda SSSR Oliy Soveti qarori
asosida Markaziy arxiv boshqarmasining nomi SSSR NKVD Bosh arxiv
boshqarmasi deb o‘zgartirildi. Huddi shunaqa o‘zgarishlar hamma milliy
respublikalarda amalga oshirildi. Masalan, O‘zbekiston SSR Oliy Sovet
Prezidumining 30-dekabr 1938 yilgi qarori va O‘zSSR NKVD 17-yanvar 1939- yilgi
buyrug‘i bilan butun respublika arxiv tizimi 1-iyun 1939-yildan boshlab O‘zSSR
NKVD tasarrufiga o‘tdi. Bu jarayon o‘z o‘rnida mamlakatda keyinchalik ma’muriy-
buyruqbozlikning kuchayishiga olib keldi.Respublika arxiv tashkilotlarining
O‘zSSR NKVD tizimiga muvofiqlashtirish keyinchalik ularning mavqeini tushirish
17
va mustaqilligini yo‘qolishi bilan birgalikda olib borildi. Shuningdek, 1940-yil 21-
iyulda O‘zSSR XKS qaroriga asosan, respublika arxivi O‘zSSR NKVD Arxiv
bo‘limi, mahalliy arxiv boshqarmalari – ichki ishlar organlarining hududiy arxiv
bo‘limlari sifatida qayta tashkil qilindi.
Xorijlik arxivshunos olim A.Burton XX asr 30-yillarida O‘zbekisonda
qatag‘on qilingan insonlar haqidagi arxiv hujjatlari haqida to‘xtalib quyidagilarni
keltirib o‘tgan: “2002 yil 31 avgustda tashkil etilgan Qatag‘on qurbonlari memorial
muzeyi arxiv materiallarini joylashtirilishi, sovet davrining qatag‘onligini
ko‘rsatuvchi ko‘rgazma bo‘ldi. Toshkent shahri markazida shahidlar yodgorligi
majmuiga qo‘shimcha tarzda qurilgan muzeyni prezident I. Karimovning rasmiy
tashrifi ochib berdi. I. Karimov XIX asrning o‘rtalaridan beri to‘plangan Rossiya va
sovet hukmronligidagi ko‘rgazma ashyolarini ko‘zdan kechirdi. Markaziy
Osiyodagi ko‘plab qo‘zg‘olonlarning chor hukumati tomonidan bostirilishi arxiv
hujjatlari hamda rasmlarda yorqin aks ettirilgan. 1930-yillarda yuz minglab O‘rta
Osiyoliklarning o‘limiga sabab bo‘lgan Stalin ta’qiblari asosan hujjatlarda
ifodalangan. Davlat Xavfsizligi Komitetining arxividan olingan diagramalar quloq
qilingan o‘zbek dehqonlaridan olinggan ot ulov va boshqa buyumlarning sonini
batafsil aks ettiradi. 1930-yillar oxiridagi “tozalashlar” (chistka) davridagi xibsga
olingan oila a’zolarining zid hukmiga noroziliklari, ijro farmonlari imzolangan
tilxatlar ko‘rgazmaning yana bir qismi hisoblanadi. Mustaqillikka o‘tishni ko‘rsatish
uchun olib borilgan say-harakatlarga soxta qamoqxonada tinka madori qurigan
o‘zbek yigitini so‘roq qilayotgan rus ofitserining maketlari ham ko‘rgazmaga
kiritilgan. Ko‘rgazmani ko‘zdan kechirib chiqqan I. Karimov so‘zga chiqdi:
“Mustamlaka siyosati xo‘rlik va azob uqubat olib keldi. Bizning xo‘rligimiz ko‘plab
yillar davomida og‘ir qiyinchiliklarni boshidan kechirdi. Xalqimiz o‘z millati
tarixini hurmat qilib kelgan. Bu davrda xalqimizning minglab aybsiz o‘g‘lonlari
qurbon bo‘ldilar. Bu esa xalq o‘zligini tan olishdagi asosiy sabablardan biridir”.
1999-yil 2-martdagi O‘zbekiston Respulikasi prezidenti qaroriga asosan
tashkil etilgan “shahidlar yodgorligi majmuasi” va uning Islom Karimov tomonidan
qo‘llab quvvatlanishi nafaqat mahalliy balki g‘arblik kuzatuvchilarni ham hayratga
18
soldi. Mustaqillikkacha bo‘lgan bir necha yil mobaynida o‘zbek qaxramonlarida
Rossiya afsonalariga (cho‘pchaklari) nisbatan shubha paydo bo‘ldi. I. Karimov
Kommunistik Partiya a’zosidan 1986-yilda O‘zbekiston Sovet Sotsialistik
Respublikasining 1-sekretari lavozimiga ko‘tarildi. 1991-yil avgust oyida Sovet
Ittifoqi qulagandan so‘ng mustaqillikni e’lon qilgan liderlardan hisoblandi va
Kommunistik partiyani Xalq Demokratik partiyasi deya qayta nomlab, millatparvar
siyosatida hokimiyatni boshqarishni davom etdi. Shunga qaramasdan 1993-yilda u
oldingi tuzumni ozgina bo‘lsada eslab shunday degan edi: “Sovet tarixining yetmish
to‘rt yili izsiz yo‘q bo‘lib ketdi deyuvchilar xato qiladilar. Bu vaqt davomida
qadriyatlar shakllandi”.
2.2 Ikkinchi jahon urushi (1941–1945) yillarida O‘zbekistonda arxiv ishi
1941-yili yozidan boshlab SSSR qatorida O‘zbekiston SSR ham ikkinchi
jahon urushi girdobiga tortildi. Urush tufayli O‘zbekistonga frontga yaqin
hududlardan zavod-fabrikalar bilan bir qatorda oliy o‘quv yurtlari ham evakuatsiya
qilindi. Ikkinchi jahon urushi munosabati bilan Toshkentga juda ko‘p olimlar,
sharqshunoslar, tarixchi, tilshunoslar va boshqalar kelishdi. Natijada Sovet Ittifoqi
va O‘zbekiston SSR olimlari o‘rtasida juda yaxshi ilmiy aloqa o‘rnatildi. 1940-yil
yanvar oyida sobiq SSSR Fanlar Akademiyasining O‘zbekistondagi filiali ochildi.
Uning tarkibida Tilshunoslik instituti, adabiyot, tarix va ijtimoiy yo‘nalishlarni
yorituvchi sohalar shu jumladan, arxivshunoslik sohasi ham yo‘lga qo‘yildi.
19
Ikkinchi jahon urushi yillari O‘zbekiston SSRda arxiv ishi tarixida eng og‘ir
davrlardan
biri
bo‘ldi.
Adolatsiz
urushning
boshlanishi
respublikamiz
mehnatkashlarining dushmanga nafratini va Vatanga mehrini, vatanparvarligini
kuchaytirdi. Bir necha arxivchilar ixtiyoriy ravishda frontga jo‘nab ketdilar. Arxiv
tashkilotlari xodimlari dushmanni tezda tor-mor etishga, g‘alabaga erishishga
qaratilgan ijtimoiy tadbirlarda faol ishtirok etdilar. Toshkent shahar arxiv
tashkilotlari jamoalari mudofaa jamg‘armasiga har oy o‘z maoshlarining 2 foizini
o‘tkazib turdilar. Arxivchilar evakuatsiya qilingan gospital, bolalar uylarini otaliqqa
oldilar. Ularga moddiy va ma’naviy yordam ko‘rsatib bordilar. Bayramlarda
sovg‘alar tashkil qilib, jangchilarga jo‘natib turdilar.1941-yilda arxiv idoralarida 98
ta tashkilotning arxivlari tartibga keltirildi. Shu yili O‘zSSR Markaziy arxiv va
Markaziy harbiy davlat arxivi 35 ming saqlov birligidagi hujjatlarni qabul qildi.
1942 yilda yuqorida tilga olingan arxiv va Toshkent viloyati davlat arxivlari
tomonidan 65 mingga yaqin saqlov birligidagi hujjatlar qabul qilindi. O‘sha
yillardagi arxiv sohasida olib borilgan ishlarning umumiy ma’lumoti quyidagicha
edi. Ya’ni, 1940-yil respublika arxivlarida 1.263.786, 1942-yilda esa 1.710.177
saqlov birligiga oshdi. Lekin keyingi yillarda hujjatlarni davlat arxiviga qabul qilish
kamaydi. Arxivlarda hujjatlarni qabul qilish va saqlashga joy yetishmas edi. 1944-
1945-yillarda davlat arxivlariga bor-yo‘g‘i 48 ming saqlov birligi qabul qilindi1.
1942-yil noyabrda Toshkent shahrida O‘rta Osiyo va Qozog‘iston
respublikalari arxiv xodimlarining kengashi bo‘lib o‘tdi. Qabul qilingan qarorda bu
respublikalar arxiv idoralarining hujjatlarni ehtiyot qilishni ta’minlash, tartibga
solish va ulardan urush manfaatlari yo‘lida foydalanishda katta yutuqlarga erishgani
etirof etildi. Shu bilan birga O‘zbekiston SSR arxiv idoralari ishida ayrim
kamchiliklar mavjudligi ko‘rsatib o‘tildi. Shuningdek, tuman davlat arxivlari
inqirozga uchraganligi, zaiflashganligi, markaziy arxivlarda ishchilarning,
arxivchilarning etishmasligi, O‘zSSRda kino-foto-fonohujjatlar davlat arxivi tashkil
1 Jumayev.U - O’zbekistonda arxiv ishi. “Turon – Iqbol” T: 2016. 85-b
20
etilmaganligi ko‘rsatib o‘tildi. Kengash arxiv hujjatlarini ehtiyot qilish choralarini
ko‘rish, ilmiy va tashviqot maqsadlariga hujjatlardan keng foydalanishni tashkil
etish zarurligi ta’kidlandi.1941-yili O‘zSSR tarkibida Andijon, Namangan,
Surxandaryo va keyinroq, 1943-yili Qashqadaryo viloyatlari tashkil etilishi
munosabati bilan viloyat Ichki Ishlar Xalq Komissarligi (IIXK) boshqarmasida arxiv
bo‘linmalari va viloyat davlat arxivlari tashkil qilindi.Urush davrining
qiyinchiliklariga qaramay, respublika hukumati arxiv ishini yaxshilash sohasida
ancha ishlarni amalga oshirdi. O‘zbekiston SSR XKSning 1943- yil 18-fevral qarori
bilan O‘zSSR kino-foto-fonohujjatlar Markaziy arxivi tashkil qilindi. Yangi tashkil
qilingan kino-foto-fonohujjatlar Markaziy davlat arxivi 1944– 1945-yillarda 15
mingdan ortiq fotohujjatlarni qabul qildi.Urush sharoitida davlat arxivlari tartibga
solinmagan arxivlarni, asosan frontga jo‘natilgan harbiy qismlar arxivlarini qabul
qilishga majbur bo‘ldilar. Davlat arxivlarining asosiy vazifalaridan biri tartibga
solinmagan arxiv jamg‘armalarini tartibga solish edi. Respublika davlat arxivlarida
1941-yili 100 ming, 1944-1945- yillarda esa 136 ming saqlov birligidagi hujjat
tartibga solindi.
Arxiv
hujjatlaridan
foydalanish
sohasida ham bir qator ishlar qilindi. Xalq xo‘jaligi maqsadida foydalanish uchun
ko‘p hujjatlar topilib, tegishli tashkilotlarga yuborildi. Bu hujjatlardan foydalanish
tashkilotlarga ancha iqtisodiy samara keltirdi. Arxiv tashkilotlari “Frontga xatlar” va
boshqa bir necha hujjatlar to‘plamlarini tayyorlashga kirishdilar. Arxivchilar
tomonidan arxiv hujjatlari asosida yozilgan maqolalar gazeta va jurnallarda e’lon
qilinib turildi. Arxiv o‘qish xonalarida bir necha yuzlab tadqiqotchilar ilmish ishlari
uchun arxiv hujjatlaridan foydalandilar.Shunday qilib, arxivchilar urush davrida
ham faol mehnat qilishdi. Arxiv hujjatlarini ehtiyot qilib saqlash, hujjatlarni qabul
qilish, tartibga solish, ulardan foydalanishni tashkil etish sohasida samarali ish olib
borildi. Ikkinchi jahon urushdan keyingi yillarda arxivchilar oldida turgan muhim
vazifa arxiv materiallarining saqlanish holatini yaxshilash edi. Hujjatlardan
foydalanishni yaxshilash uchun ko‘rsatgich (putevoditel)lar, ilmiy ro‘yxatlar,
21
kataloglar va boshqa axborotnomalar tayyorlash zarur edi1.
Bu ishlarni amalga oshirishdan avval arxivchilar davlat
arxivlarida saqlanayotgan tartibsiz arxiv fondlarini tartibga soldilar. 1946–1951-
yillarida 280 mingga yaqin saqlov birligi tartibga solindi, 150 ming keraksiz,
ahamiyatsiz yig‘majildlar yo‘q qilishga ajratildi. Shunday qilib, davlat arxivlaridagi
hujjatlarning barchasi tartibga solindi. Bu esa, arxiv hujjatlaridan foydalanishni
osonlashtiradigan ilmiy axborotnomalar tuzish ishiga kirishishga imkon
berdi.Urushdan keyingi yillarda O‘zSSR Markaziy davlat tarix arxivining
ko‘rsatgichi tayyorlandi va O‘zSSR Oktyabr inqilobi markaziy davlat arxivi
ko‘rsatgichi ustida ish boshlandi. Bundan tashqari, 10 dan ortiq arxiv fondlarining
sharhi – axborotnomasi tuzildi, tematik sharhlar yozildi. Ayrim muhim arxiv
fondlarining ro‘yxatlari nashr qilish uchun tayyorlangan edi, lekin e’lon qilinmay
qoldi.Xorijlik arxivshunos olim A.Burton O‘zbekiston SSRda ikkinchi jahon
urushidan keyingi arxiv hujjatlariga bo‘lgan munosabat haqida fikr yuritar ekan
jumladan shunday degan edi: “Tarixchilar 1930-yillarda oxir oqibatda milliy
bo‘linishlarni emas, ijtimoiy tabaqalanishni aks ettiradigan hujjatlarni izlashga
kirishdilar. 1937-yilgacha Stalin Rossiya imperiyasining yangi talqinini
shakllantirdi.
Tarixchilar uni jabr sitam etkazuvchi
hukumat emas, balki qattiqqo‘l hokimiyat deb ta’riflay boshladilar. Go‘yoki
Evropaga qaraganda imperiyaning ichki sinfi Rossiya hukumronligi ostidagi qatlam
holati ancha yaxshilangandek edi. Urushdan keyingi davrda ham sovet tarixchilari
tarixni qo‘llashda davom etdilar. 1953-yilda Rossiyaning tarixiy adabiyotlarida
"bosib olish" so‘zining o‘rniga qo‘llaniladigan "birlashtirish" terminining ahamiyatli
tomonlarini muhokama qilina boshlandi. Bu kabi ta’riflar jamoatchilikning
ko‘ngliga yo‘l topishga imkon yaratdi. Sovet Ittifoqi qardosh xalqlari deb
nomlanuvchi o‘zbek kommunistik partiyasining 1-sekretari 1956-yildagi nutqi chor
hukumati bosqiniga qarshi o‘zbek-rus xalqlarining ittifoqqa kirishi haqida edi.
1 Jumayev.U - O’zbekistonda arxiv ishi. “Turon – Iqbol” T: 2016. 86-b
22
Pravdo Vostoka deb ataluvchi partiya gazetasida mazkur mavzu xususida fikr
bildirilgan. Bunda ushbu mavzu yuzasidan turli konferensiyalarning o’kazish
kerakligi ta’kidlangan. Ammo bu masala mahalliy tarixchilarda noqulayliklar
tug‘dirganini ko‘rsatdi. Ma’lum bir o‘zbek tarixchilari iqtisodiy o‘sish izchil
rivojlanayotgan masalalar xususida va Rossiya tomonidan olib borilayotgan ba’zi bir
ishlarni ochiqdan-ochiq qoraladilar. Ular mahalliy aholini oyoq osti qilishga qarshi
ochiqdan-ochiq so‘zga chiqdilar. Arxivlarda saqlanayotgan ularning nutqi bugungi
taqiqotchilar uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Urushdan keyingi yillarda
fotohujjatlar uchun ham tematik va ismlar kataloglari tashkil qilindi. Bu qilingan
ishlar davlat arxivlarida saqlanayotgan arxiv hujjatlari haqida tadqiqotchilarga
to‘laroq axborot olish va ulardan kengroq foydalanish uchun imkoniyat ochib berdi.
Arxiv
tashkilotlarining muhim ishlaridan yana biri idoralar arxivlarini tartibga solish va
hujjatlarni ehtiyot qilib saqlashni tashkil etish edi. Bu ishda O‘zSSR Ministrlar
Sovetining 1949-yil 13-yanvardagi davlat va idoraviy arxivlar ishini yaxshilash
to‘g‘risidagi qarori muhim ahamiyat kasb etdi. Bu qaror e’lon qilingandan keyin
ko‘plab tashkilotlar arxivlari uchun maxsus binolar ajratdilar, arxivlarini tartibga
soldilar.
1951-1954-yillari
Toshkentda
378
tashkilot
arxivlari
tartibga
solindi.Idoralar arxiv ishlarini yaxshilash uchun bir necha metodik qo‘llanma
tayyorlandi. Masalan, «Tashkilotlarda arxiv hujjatlarining ekspertizasini o‘tkazish
uchun esdalik», «Idoralar arxivlari ishini nazorat qilish uchun ko‘rsatmalar»,
«Ministrliklar
arxivlari
ishini rejalashtirish va hisobot qilish bo‘yicha ko‘rsatmalar» shular jumlasidandir.
1963-yil 14-oktyabrda O‘zSSR Ministrlar Soveti «O‘zSSRda arxiv ishini yaxshilash
tadbirlari to‘g‘risida» qaror qabul qildi. Bu qaror idoraviy arxivlar, ya’ni tashkilotlar
arxivlari ishini yaxshilashda muhim rol o‘ynadi. Unga ko‘ra idora arxivlarini yaqin
2-3 yil ichida tartibga solishni tugatish, doimiy saqlanadigan hujjatlarni davlat
arxivlariga topshirish, arxivlarning o‘zini esa, hujjatlarini beshikast saqlashga
yaraydigan binolarga joylashtirish va ularni malakali kadrlar bilan ta’minlash keng
yo‘lga qo‘yildi.Davlat arxivlari tashkilotlar arxivlari ishini nazorat qilishni
23
kuchaytirdilar. Shu bilan birga, ularga yordam berishga katta e’tibor qaratdilar. Bu
ishlar natijasida respublikada 1964-yili 1809 tashkilotda, 1965-yili 1759 tashkilotda
arxiv hujjatlari tartibga solindi.
Idoraviy arxivlar bilan bir
qatorda tashkilotlarda ish yuritish ishini yaxshilashga ham katta e’tibor berildi.
Davlat arxivlari idoralarda ish yuritishni yaxshilashga yaqindan yordam berishdi.
1959-yili Toshkent shahrida birinchi bor ish yuritish kursi ochilib, kotiba va ish
yurituvchilar malakasi oshirildi. Keyingi yillarda bunday tadbirlar doimiy amalga
oshirilib turildi. Bu masalaga oid har xil qo‘llanmalar, ko‘rsatmalar ishlab chiqildi.
Bu qo‘llanmalar idoraviy arxivlar ishini va ish yuritishini yaxshilashga katta hissa
qo‘shdi.Davlat arxivlari uchun maxsus binolar ham qurildi. 1964-yili O‘zbekiston
SSR Markaziy Davlat arxiviga yangi bino qurilib foydalanishga topshirildi. 1970-
yili O‘zSSR kino-foto-fonohujjatlar MDAga maxsus bino qurib berildi. Lekin
viloyatlarda ko‘p arxivlar eski binolarda faoliyat yuritib kelar, ularda hujjatlarni
saqlash uchun zarur shart-sharoitlar yaratilmagan edi.
Davlat arxivlari hujjatlarni qabul qilish
sohasida ham anchagina ishlar qildi. 1946-1955-yillarda 600 mingdan ko‘proq
saqlov birligidagi hujjatlar vazirliklar, idoralar arxivlaridan qabul qilib olindi. Bu
sohada joylarda ham ancha tadbirlar o‘tkazildi. 1947-yili respublikada 118 tuman va
5 ta shahar arxivida 137 ming saqlov birligida yig‘majildlar saqlangan bo‘lsa, 1955-
yili 8 shahar va 138 tuman davlat arxivlarida 642 ming saqlov birligida hujjatlar
saqlangan.1946–1955-yillarda 5 ta hujjatlar to‘plami nashr qilindi. «Frontdan
xatlar» (1949-yil), «Afg‘onistonda Angliya agressiyasi» (1889-1917-yillar) ana
shunday hujjatlar to‘plamidir.Arxiv hujjatlaridan ilmiy maqsadda foydalanishni
yaxshilashda O‘zSSR Ministrlar Sovetining 1956-yil 31-martdagi «O‘zSSR
Ministrliklari va idoralar arxiv materiallarini saqlash usullarini tartibga solish va
ulardan foydalanishni yaxshilash tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori muhim rol o‘ynadi.
Respublika hukumati arxiv tashkilotlariga hujjatlardan foydalanishni kengaytirish,
hujjatli to‘plamlar, ma’lumotnomalar, arxiv fondlari axborotnomalarini tayyorlashni
24
va«O‘zdavlatnashr»ga ularni nashr qilishni topshirdi1.
Bu qaror arxiv tashkilotlarining ilmiy ishlarni, hujjatlarni e’lon qilish
borasidagi ishlarini jonlantirib yubordi. Bir necha yil ichida 20 ga yaqin hujjatlar
to‘plamlari nashr qilindi. Shu jumladan Oktyabr to‘ntarishiga oid 2 ta, "bosmachilar"
harakatiga doir 2 ta, kollektivlashtirishga oid 4 ta, «O‘rta Osiyoni tadqiq qilgan rus
olimlari» nomli seriyada 4 ta to‘plam tayyorlanib nashr qilindi.XX asr 60-yillaridan
boshlab mavzular bo‘yicha arxiv hujjatlarining kataloglari tayyorlana boshlandi.
1963-1967-yillarda 50 mingdan ortiq kartochka yozilgan edi. Markaziy davlat
arxivida ilmiy ma’lumotnoma apparati bo‘limi tashkil qilinib, bu bo‘lim xodimlari
MDAning tizim (sistematik) katalogini tayyorlashgakirishdilar. Oldin tuzilgan
tematik kartotekalar kartochkalari sistematik katalogiga qo‘shildi. Shuningdek,
fotohujjatlarga ham 50 ming kartochka tuzildi. Bu kataloglar hozirgi kunga qadar
to‘ldirib
borilmoqda
va
tadqiqotchilarga
hujjatlar
qidirish
ishlarini
engillashtirmoqda.
1960-yili O‘zSSR MDA sovet fondlari ko‘rsatgichi (putevoditel) nashr
qilindi. 1964-yili O‘zSSR kino-foto-fonohujjatlar MDA ko‘rsatgichi e’lon qilindi.
Bu ko‘rsatgichlar tadqiqotchilarning arxiv materiallaridan foydalanishida juda katta
qulayliklar yaratdi.50-yillarning oxiri va 60-yillar ichida arxiv ishini yaxshilash
maqsadida davlat arxivlari va arxiv idoralarida qator tashkiliy qayta qurish ishlari
amalga oshirildi. 1958-yili O‘zSSR Oktyabr inqilobi Markaziy davlat arxivi O‘zSSR
Markaziy davlat tarix arxivi bilan birlashtirilib, yagona O‘zSSR Markaziy davlat
arxivi tashkil qilindi. Bir yildan keyin bu arxivga O‘zSSR kino-foto-fonohujjatlar
markaziy davlat arxivi ham qo‘shildi.
Shunday qilib, 50-yillar oxiriga borib respublikada arxiv tashkilotlarining
tartibli tizimi vujudga keldi. Bu tizim ilmiy va tarixiy ahamiyatga ega bo‘lgan barcha
hujjatlarni ehtiyot qilnb saqlash va ulardan foydalanishni tashkil qilish imkoniyatiga
ega bo‘ldi.1960-yillar boshida arxivlar taraqqiyotida yangi davr boshlandi. Arxiv
tashkilotlarini
bevosita
O‘zbekiston
Ministrlar
Sovetiga
bo‘ysundirilishi
1 Rashidov.O – O’zbekistonda arxiv ishi. T. 2019. 60-b
25
respublikada arxiv ishini rivojlanishiga yordam qilgan muhim omil bo‘ldi.
Ministrlar Sovetining 1961-yil 9-maydagi qarori bilan O‘zbekiston Ichki ishlar
ministrligining arxiv boshqarmasi O‘zbekiston Ministrlar Soveti huzuridagi Arxiv
boshqarmasi qilib qayta tashkil qilindi. Shu qaror asosida mahalliy arxiv tashkilotlari
Qoraqalpog‘iston ASSR Ministrlar Soveti va viloyatlar ijroiya qo‘mitalari arxiv
bo‘limlari qilib qayta tashkil qilindi. Arxiv tashkilotlarini Ministrlar Soveti va
viloyatlar ijroiya qo‘mitalari ixtiyoriga o‘tkazilishi ularni davlat apparati tizimidagi
rolini orttirdi va arxiv ishi taraqqiyotida yangi bosqichni boshlab berdi1.
Arxiv tashkilotlari respublika davlat hokimiyati va boshqaruv organlari bilan
teng huququli bo‘lib qoldi va ular arxiv ishi hamda ish yuritishni tashkil qilish
faoliyatini nazorat qilish huquqiga ega bo‘ldi. Arxiv tashkilotlarining asosiy vazifasi
siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, ilmiy, amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan hujjatlar
saqlanishini ta’minlash hisoblanadi. Ular tarixiy hujjatlarni davlat saqloviga tanlab
olish, saqlanishini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi. SHuning uchun arxiv
tashkilotlari hujjatlar qimmatdorligini ekspertiza qilishga va ular bilan davlat
arxivlarini butlashga katta e’tibor beradi.1960-1961-yillarda Ittifoq Bosh arxiv
boshqarmasi ko‘rsatmasiga binoan respublikada arxivlarni butlash tamoyili tubdan
qayta ko‘rib chiqildi. O‘z faoliyati natijasida ilmiy ahamiyatga ega hujjatlar vujudga
kelmaydigan mayda, yordamchi va kommunal maishiy tashkilotlar (sartaroshxona,
atele, oshxona, apteka, do‘konlar, hammomlar, ta’mirlash ustaxonalari, avtobazalar,
mehmonxonalar va boshqalar)dan davlat saqloviga hujjatlar qabul qilish to‘xtatildi.
Buning natijasida arxiv tashkilotlari o‘z faoliyatida asosiy e’tiborni hujjatlar
saqlanishini nazorat qilishga, davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, muhim
sanoat, qurilish hamda shunga o‘xshash korxonalar hujjatlarining qabul qilish
imkoniyatiga ega bo‘ldilar.Respublika davlat arxivlari hujjatlari qabul qilinadigan va
qabul qilinmaydigan tashkilotlar, muassasalar, korxonalar ro‘yxatlarini tuzdilar va
davlat arxivlari hujjatlarni qabul qilishda mana shu ro‘yxatga amal qiladigan
bo‘ldilar.Arxivlarni butlash, ekspertiza qilish, idoraviy arxivlarni nazorat etish
1 Rashidov.O – O’zbekistonda arxiv ishi. T. 2019. 62-b
26
sohalaridagi qayta qurish ishlariga oid respublika Ministrlar Soveti xuzuridagi arxiv
boshqarmasi qator metodik qo‘llanmalar tayyorladi. Arxivlarni butlash masalasi
arxiv boshqarmasining ilmiy kengashida muhokama qilindi va uning qarori davlat
arxivlariga ijro etish uchun yuborildi.
1961 yildan boshlab davlat arxivlarining ekspert tekshiruv komissiya (ETK)
lari vazifalari tubdan o‘zgardi. ETKning ekspertiza masalasida asosiy vazifasi davlat
arxivlarini nazorat qiladigan tashkilotlar topshirgan doimiy saqlanadigan
hujjatlarning ro‘yxati (opisi)ni ko‘rib chiqish va tasdiqlash bo‘lib qoldi. Shuningdek
ETK 5 yildan ortiq saqlanadigan materiallar dalolatnomasini va hujjatlarni saqlash
muddati ko‘rsatilgan ro‘yxat (perechen) da ETK belgisi bor materiallar ro‘yxatini
muhokama qilib, tasdiqlaydigan bo‘ldi.
Xulosa
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, O‘rta Osiyo respublikalarining milliy-
hududiy chegaralanishi va 1925-1926 yillarda O‘zbekiston SSR tuzilishi bilan
viloyat ijroiya qo‘mitalari huzurida hududiy arxiv byurolari tashkil etildi.
1930 yildan O‘zbekiston Markaziy Arxiv boshqarmasi (O‘zMAB) vujudga keldi.
27
1931 yilda O‘zbekiston YaDAJ bo‘limlari o‘rniga Markaziy arxiv (MA),
O‘zbekiston Markaziy Tarix arxivi (O‘zMTA), 1943 yil 18 martda O‘zbekiston
kinosurat-ovozli hujjatlar Markaziy Davlat arxivi, 1959 yil 5 iyunda arxiv ishi,
Markaziy davlat arxivi va respublikaning markaziy va viloyat arxivlari tarkibiga O‘z
KFFH MA kiritildi. 1962 yilda O‘zbekiston Markaziy davlat tibbiyot arxivi (1965
yildan O‘zbekiston Tibbiyot va texnika hujjatlari Markaziy davlat arxivi deb
o‘zgartirildi) tashkil etildi.
Arxivlar ishlarini uyg‘unlashtirish va boshqarish uchun 1959 yilda
O‘zbekiston ichki ishlar vazirligi qoshida boshqarma tuzildi. 1961 yildan mazkur
Boshqarma Arxivlar Bosh boshqarmasiga aylantirilib, O‘zbekiston Ministrlar
Sovetiga bo‘ysundirildi. 1992 yil 19 iyulda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasi huzuridagi Bosh arxiv boshqarmasi deb nomlandi. Qoraqalpog‘iston
Respublikasi va viloyat Arxivlari hamda muassasalar tasarrufidagi Arxivlar unga
bo‘ysundirildi.
O‘zbekiston Respublikasida jami 103 davlat Arxivi bo‘lib, ularda 8 mln.ga
yaqin hujjatlar saqlanadi.O‘zbekiston xalqining moddiy va ma’naviy hayoti aks
ettirilgan barcha Arxiv fondlarining majmui O‘zbekiston Respublikasi Milliy Arxiv
fondi deb hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi Milliy Arxiv fondi davlat va
nodavlat Arxiv fondlaridan tashkil topadi. Davlat Arxivlarida va davlatning boshqa
hujjatxonalarida doimiy saqlanayotgan hujjatlar, shuningdek davlat hokimiyati va
boshqaruv organlarida, prokuraturalar, sudlar, banklar, davlat korxonalari,
muassasalari va tashkilotlarida, O‘zbekiston Respublikasining diplomatik
vakolatxonalari va konsullik muassasalarida vaqtincha saqlanayotgan Arxiv
hujjatlari davlat Arxiv fondini tashkil etadi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR.
Alimov.I Butayev.A – Arxivshunoslik. And. 1997.
Hamidova M.S. Arxiv ishi nazariyasi va amaliyoti. O‘quv-uslubiy majmua. – T.,
2011.
28
Jumayev.U - O’zbekistonda arxiv ishi. “Turon – Iqbol” T: 2016.
Rashidov.O – O’zbekistonda arxiv ishi. T. 2019.
Yakubov.A – Arxivshunoslik. Sam. 2015.