TURKISTONDA MUSTAMLAKA BOSHQARUV TIZIMINING TAKOMILLASHTIRILISHI
Yuklangan vaqt
2025-03-18
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
46
Faytl hajmi
73,7 KB
1
KURS ISHI
TURKISTONDA MUSTAMLAKA BOSHQARUV TIZIMINING
TAKOMILLASHTIRILISHI.
REJA
Kirish
I.
Turkiston o’lkasini Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olinishi va
mustamlaka boshqaruv tizimini o’rnatilishi.
1.1 Rossiya imperiyasining bosqinchilik yurishlari.
1.2 Turkiston general-gubernatorligining tashkil topishi.
II.
Turkiston o’lkasida mustamlaka boshqaruv tizmining joriy etilishi.
2.1 Turkiston o’lkasini boshqaruv to’g’risidagi Nizom asosida
boshqarilishi
2.2 Turkiston o’lkasida harbiy-ma’muriy hokimiyat tiziminig joriy
qilinishi
2.3 Politsiya va sud organlarining tuzilishi va uning funksiyalari
III. Xulosa
IV. Foydalanilgan adabiyotlar
V. Ilovalar
2
Kirish
Kurs ishi mavzusining dolzarbligi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. M. Mirziyoyev 2016-yil yakunlarida
“eng avvalo yoshlar va aholi o’rtasida mamlakatimizning boy tarixi, uning betakror
madaniyati va milliy qadriyatlarini keng targ’ib qilish, johon ilm-fani va adabiyoti
yutuqlarini yetkazish uchun zarur muhit va shart-sharoit yaratish ustufor
vazifalardan hisoblanadi”1, deb takidlab o’tdi.
Har qanday jamiyat hayotida bunday tub, olamshumul o’zgarishlar bosqichma-
bosqich, ba’zan bir nеcha o’n yilliklar va hatto asrlar davomida amalga oshadi. Shu
bois tarixiy o’tmish saboqlarini hisobga olmasdan, mintaqamizdagi xalqlarning
tarixiy tajribasidagi ijobiy va salbiy jihatlarni chuqur ilmiy tahlil qilmasdan, shu
jumladan, O’rta Osiyo davlatchiligi tajribalarini o’rganmasdan, bugungi kunda
buyuk dеb ta’riflash mumkin bo’lgan hozirgi islohotlarning mohiyati va ahamiyatini
to’liq tushunish va baholash mumkin emas.
O’zbеkiston Rеspublikasi birinchi Prеzidеnti I.A. Karimov takidlaganidek:
“Tarix xotirasi, xalqning, jonajon o’lkaning, davlatimiz hududining xolis va
haqqoniy tarixini tiklash milliy o’zlikni anglashni, ta’bir joiz bo’lsa milliy iftixorni
tiklash va o’stirish jarayonida g’oyat muhim o’rin tutadi”2. Birinchi Prezidentimiz
“Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” asarlarida “O’z tarixini bilmaydiga, kechagi
kunini unutgan millatning kelajagi yo’q”3. Shu maqsadda I.A. Karimovning tarix
fani vakillari bilan uchrashuvidagi suhbatlarida ushbu fanning dolzarb muammolari
muhokama qilinib, ijtimoiy taraqqiyotning qonuniyatlrini chuqur o’rganish,
O’zbеkistonda davlatchilikning qaror topishini ta’minlangan tarixiy sharoitlarga
1 Мирзиёев Ш. М. Танқидий таҳлил, қатъий-интизом ва шахсий жавобгарлик – ҳар бир раҳбар фаолиятининг
кундалик қоидаси бўлиши керак. – Т.: Ўзбекистон, 2017. – Б. 47.
2 Каримов И. А. Ўзбекистон XIX аср бўсағасида. Хавфсизликка таҳдид, барқарорлик шартлари ва тараққиёт
кафолатлари. Т., «Ўзбекистон», 1997. – Б. 140.
3 Каримов И. А. Юксак маънавият – енгилмас куч. – Т.: Маънавият, 2008. – Б. 4.
3
aniqlik kiritish, Podsho tuzumi va sovеt tuzumlarining bu jarayonlarga salbiy ta’siri
omillarini aniqlash zarurligiga alohida e’tibor qaratish mavzuning dolzarbligidir.
Kurs ishining ob’yekti va predmeti. Kurs ishining predmeti XIX asr
o’rtalarida ikki yirik mustamlakachi imperiya – Buyuk Britaniya va Rossiya
davlatlari manfaatlari Turkistonda to’qnash kelishi va raqobatda ruslar qulining
baland kelishi, Podsho Rossiyasi tomonidan Turkistonni mustamlakaga
aylantirilishi uni boshqarish to’g’risida 1865-1886-yilgi nizomlarni ilmiy jihatdan
tahlili qilish, Podsho tuzumiga qarshi xalq norozilik harakatlarini yoritish,
Rossiyadagi ijtimoiy sohadagi o’zgarishlar va ularning o’lkamiz hayotiga ta’siri,
o’lkadagi agrar, industrial siyosat negizlarini, mustamlaka tizimning harbiy xalq
boshqaruviga asoslanganligini yoritish ilmiy ishning asosiy predmeti hisoblanadi.
Kurs ishining ob’yekti qilib O’zbekiston tarixiga oid asosiy adabiyotlar va
monografiyalardan foydalangan holda Podsho Rossiyasi mustamlaka tuzimi
tarixini o’rgangan bir qator monagrafiyalari va alohida ajratib olingan manbalar
ilmiy kurs ishi ishining asosiy obyekti hisoblanadi.
Kurs ishining maqsadi va vazifalari. Mustaqil O’zbеkistonning kеlajagi
bo’lgan yosh avlodni tarbiyalash, ular ongida milliy istiqlol tafakkurini va
vatanparvarlik g’oyalarini shakllantirishda Tarix fanining o’rni va imkoniyatlari
chеksizdir. Tarixiy o’tmishsiz biror-bir xalqning buguni bo’lmagan va kеlajagi ham
bo’lmaydi. Tarix fani odamlarni uylantiradi, bo’lib o’tgan tarixiy voqеalarni farqlash
tahlil qilish va ulardan amaliy va hayotiy xulosalar chiqarishga yordam bеradi.
XIX asrning 40-yillarida Podsho Rossiyasi tomonidan O’rta Osiyo xonliklariga
qarshi harbiy yurishlar rеjasi qabul qilinishi va shu rеjaning uzoq tarixga ega
ekanligi o’quvchilarning ongiga singdirilar edi “Turkistonda mustamlaka tizimi:
muammo va yechimlar (XIX asr ikkinchi yarmi XX asr birinchi choragi)” dеb
nomlagan mazkur kurs ishini o’rganish davrida Podsho
Rossiyasi qo’shinlarining Turkistonni bosib olinishining iqtisodiy va siyosiy
sabablarini, o’lka xalqlarining o’z ozodligi va mustaqilligi uchun olib borgan
kurashlari va bu yo’lda bеrgan qurbonlarini, bosqinchilar tomonidan qilgan
vahshiyliklarni, harbiy muvaffaqqiyatlar zo’rovonlik bilan qo’lga kiritilganligini
4
ochib bеrish, ularning asosiy maqsadi O’rta Osiyo xonliklarini arzon xom ashyo
yеtkazib bеruvchi o’z mustamlakasiga aylantirish, Turkiston o’lkasida mustamlaka
boshqaruv tizimi joriy qilinishi, ma’muriy-hududiy bo’linishi, Podsho tuzumi
qo’shinlarining O’rta Osiyo xonliklariga bostirib kirishning iqtisodiy, siyosiy va
ijtimoiy sabablarini o’quvchilarga yanada chuqurroq anglab olishlari uchun
krеpostnoy huquqining bеkor qilinishi, bozor iqtisodi sanoatining, birinchi
navbatdagi to’qimachilik sanoatining rivojlanishi, 1860 – 1917-yiilarda Rossiyada
kapitalistik islohatlarining rivojlanganligi XIX asrning ikkinchi yarmidan O’rta
Osiyo xonliklariga Rossiya imperiyasining tajavuzkorlik siyosati, hokimiyatni
sovetlar qo’liga o’tishi va yangi tizimni ishga tushishi haqida ma’lumotlar yoritilgan.
Kurs ishining ilmiy ahamiyati: Rossiya imperiyasining O’rta Osiyoga yurishi
va
Turkiston
o’lkasini
mustalakaga
aylantirilishi,
Turkiston
General-
gubernatorligining tashkil etilishi, Imperiya manfaatlariga mos boshqaruv
tuzimining joriy qilinishi, politsiya, sud-huquq tizimidagi o’zgarishlar, XX asrning
birinchi
choragidagi
o’lkadagi
ijtimoiy-siyosiy
vaziyat
va
Turkiston
muhtoriyatining tashkil qilinishi, boshqaruv sohasidagin kadrlar muommosini
yoritish va ilmiy xulosa qilish tadqiqot oldiga qo’yilgan asosiy masala va farazlar
hisoblanadi.
Kurs ishi hajmi: Ushbu kurs ishi,kirish qismi, ikkita bob, xulosa va
foydalanilgan adabiyotlar bandidan tashklil topgan.
5
I. Turkiston o’lkasini Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olinishi va
mustamlaka boshqaruv tizimini o’rnatilishi.
1.1 Rossiya imperiyasining bosqinchilik yurishlari.
Rossiyada XVII asrdan boshlab tovar-pul munosabatlari gurkirab rivojlandi.
o`rta Osiyo davlatlari bilan ham savdo-sotiq qilish zaruriati yuzaga keldi. Rossiya
hukmdorlari o`z elchilarini O`rta Osiyo davlatlari xonlari huzuriga birin-ketin
jo`nata boshladilar. Pyotr I (1672—1725) hukmronlik qilgan davrdan boshlab,
Rossiya imperiyasi harakatlarida bu davlatlarni kuch bilan bosib olish niyati borligi
ko`zga tashlanadi, chunonchi, Pyotr I Bekovich-Cherkasskiyboshchiligida o`rta
Osiyoga ekspeditsiya jo`natadi. Bu ekspeditsiya muvaffaqiyatsizlikka uchraydi.
Shundan so`ng Pyotr I yangicha yo'l tutdi. O'rta Osiyoga qilinadigan keyingi
yurishlar xavfsiz bo`lishini ta'minlash uchun istehkomlar tizimini qurib, O'rta Osiyo
davlatlari chegarasi tomon asta-sekin siljib borish to`g`risida buyruq berdi. Shunday
istehkomlardan dastlabki yettitasi 1718-yilda Irtish daryosi sohilida qurildi.
Semipalatinsk shahri shu tariqa dunyoga keldi.1
Rossiya imperiyasining keyingi hukmdorlari ham ushbu strategik rejani
amalga osh2irishni davom ettirdilar, chunki Rossiyada ip-gazlama sanoati
rivojlangani sayin o`rta Osiyoning bozor sifatidagi ahamiyati orta bordi. Rus
savdogarlari Xitoydan siqib chiqarilgani, shuningdek, Turkiya va Eronga Britaniya
tovarlari kirib kelib, rus savdo-sotig`i cheklangani sari bu mintaqa ahamiyati orta
bordi.
O`rta Osiyoda ingliz savdosi ortib borishi munosabati bilan Rossiya hukmron
doiralari o`z halovatini yo`qota boshladi. Ular Angliya o`rta Osiyo hududini bosib
olib, Kaspiy dengizi sohiliga chiqishidan xavotirda edilar. Buyuk Britaniya
hukumati Rossiyaning Afg`oniston chegaralarida
paydo bo`lishiga
yo'1
qo`ymaslikka harakat qildi. Buyuk Britaniyaning Ost-Ind kompaniyasi XIX asrdan
boshlab oltinga, paxtaga boy bo`lgan va muhim strategik ahamiyat kasb etgan o`rta
Osiyo bilan qiziqa boshladi. U mahalliy hukmdorlarni Angliya bilan hamkorlik
1 Ziyoyev.H “Turkistonga Rossiyani tajavusi va hukmronligi davirda” T;1998
2 A. Sagdullayev Movlonov. U “O’zbekistonda davlat boshqaruvi tarixi” T: “Akademiya”-2006 b-86
6
qilishga og`dirish hamda ayni mahalda ushbu davlatlarning siyosiy holatini
o`rganishi lozim bo`lgan o`z ayg`oqchilarini bu yerga yubordi. Birinchi bunday
"sayohat" 1824yilda M.Murkroft tomonidan amalga oshirildi. U Buxoroga qadar
yetib keldi, biroq qaytib ketayotganida ikki kuzatuvchisi bilan birga halokbo`ldi.
1832-yilda A.Byorns Buxoroda bo`ldi. 1843-yilda 33 yoshli kapitan D.Ebbot
Xivaga keldi, shu yilning noyabrida mayor D. Volf Buxoroga jo`natildi. U 1838-
yildan beri Nasrulloxon buyrug`i bilan zindonda yotgan polkovnik Ch.Stoddart va
kapitan A.Konnolini ozod qilib, olib ketishi lozim edi.
Ost-Ind kompaniyasi podsho qo`shinlariga qarshi kurashish uchun qo`shin
yuborishni va'da qilib, o`rta Osiyo davlatlariga Rossiyaga qarshi harbiy ittifoq
tuzishni taklif etdi. Bunday taklif Stoddart va Konnoli tomonidan Buxoroda kiritildi,
lekin bu missiya muvaffaqiyat keltirmadi. Stoddart va Konnoli 1842yilda qatl
qilindi, Volf esa Buxorodan arang qutulib ketdi. Bunga javoban Angliya
Afg`oniston bilan sulh shartnomasini tuzib, uning amirini qurollantirdi, natijada
Afg`oniston Buxoro amirligi hududining bir qismini bosib oldi. o`zbeklar va tojiklar
yashab turgan bu hudud 1855-yildan boshlab Afg`oniston viloyatlariga aylandi.
Ayni mahalda Rossiyaning o`rta Osiyo xonliklari bilan savdosi jadal sur'atlarda
kuchayib bordi. XIX asr o`rtalariga kelib Qo`qon, Xiva va Buxoro Rossiyaning
savdodagi bosh hamkoriga aylanishdi. Natijada, XIX asrning II yarmida
Rossiyaning o`rta Osiyo davlatlari bilan doimiy savdo-iqtisodiy va siyosiy aloqalari
o`rnatildi.
Podsho Rossiyaning o`rta Osiyoni mustamlaka qilib bosib olishi sabablaridan
biri Amerikada shimol va janub o`rtasida boshlangan fuqarolar urushi (1861 —
1865) tufayli Amerika paxtasining Yevropaga keltirilishi to`xtaganligidir. Paxta
yetishmasligi natijasida to`qimachilik sanoatida inqiroz boshlandi va yangi
xomashyo manbalarini izlab topish zarurati yuzaga keldi. Rossiyaning Qrim
urushidagi (1855—1857) mag`lubiyati Yevropadagi o`z o`rnini saqlab qolishi uchun
Angliyaning Rossiyaga qarshi siyosatidan voz kechishga majbur etadigan
"hujumkor qurol" zarurligini ko`rsatdi. Bunday "qurol" Hindiston bo`lib, u tomonga
yo'1 o`rta Osiyo orqali o`tardi. Hind xalqining katta mashaqqatlar bilan bostirilgan
7
1857-yildagi qo`zg`oloni inglizlarning Hindistondagi ahvoli omonatligini ko`rsatar
edi. Bularning bari Rossiya imperiyasining o`rta Osiyoga hujumini tezlashtirdi.
Rossiya o`rta Osiyoga bosib borish niyatidan voz kechmagan holda, savdo
yo`llari xavfsizligini ta'minlashi ham zarur edi. Shu munosabat bilan asosiy savdo
yo`llarida, birinchi navbatda Orenburgdan Toshkentga boradigan yo`lda harbiy
istehkomlar qurildi. 1847-yilda Sirdaryoning quyilish joyida Raim qal'asi qurildi.
Rossiyaning chegara hududlariga qurolli guruhlar talonchilik va tinch aholini asir
olish maqsadida tez-tez hujum uyushtirayotgani jangovar harakatlarning
boshlanishiga bahona bo`ldi. 1853-yilda Qo`qon xonligi Oqmachit qal`asini bosib
olishga tayyorlana boshladi. Bu harakatlar Rossiyaning o`rta Osiyo davlatlari
hukmdorlari bilan munosabatlarini g’oyat keskinlashtirdi.
Rossiya harbiy mahkamlarida ichki siyosiy ziddiyatlar bilan bir-biridan
ajratib tashlangan Buxoro amirligi, Qo`qon va Xiva xonliklari jiddiy qarshilik
ko`rsata olmaydilar, deb xato hisoblashgandi. Olis masofa, yo'1 yo`qligi (oziq-ovqat
va o`q-dorilar bilan ta'minlash, aloqada bo`lib turish qiyinligi) va qurg`oqchil iqlim
Rossiya qo`shinlarining asosiy "dushmani" edi.
Shunday qilib, mol sotish uchun yangi bozorlarni izlab topish, sanoat uchun
yangi xomashyo manbalarini axtarish va Buyuk Britaniyani siqib chiqarish uchun
Hindistonga olib boradigan yangi yo`lni izlab topish Rossiya imperiyasining o`rta
Osiyoga mustamlaka bosqinchiligini boshlash uchun asosiy sabab bo`ldi.
O`RTA OSIYO BOSIB OLINISHINING ASOSIY BOSQICHLARI
Rossiya imperiyasi tomonidan o`rta Osiyoni bosib olinishi to`rt bosqichda amalga
oshirildi.
Birinchi bosqich 1847-yildan 1864-yilgacha bo`lgan davrni o`z ichiga oladi. Bu
davrda Qo`qon xonligining shimoliy viloyatlari bosib olindi va Toshkentni zabt
etishga urinish bo`lib o`tdi. Bosib olingan hududlarda Orenburg general-
gubernatorligi tarkibida Turkiston viloyati tuzildi.
Ikkinchi bosqich 1865-yilda boshlandi va 1868-yilgacha davom etdi. Bu davrda
Qo`qon xonligi va Buxoro amirligiga qarshi bosqinchilik harakatlari olib borildi.
8
Uchinchi bosqich 1873-yildan 1879-yilgacha uchinchi bosqich bo`lib o`tdi, u Xiva
xonligini bosib olish va Qo`qon xonligini tugatish bilan yakunlandi.
To`rtinchi bosqich 1880-yil oxiridan 1885-yilgacha istiloning amalga
oshirildi. Bu davrda jangovar harakatlar asosan hozirgi Turkmaniston hududida olib
borildi. Turkman qabilalari bo`ysundirilishi bilan Rossiya imperiyasining o`rta
Osiyo hududidagi jangovar harakatlari yakunlandi.
Shunday qilib, Rossiya 1865yildan boshlab 1885-yilgacha o`rta Osiyoda
uzluksiz urush olib bordi. Bu — bosqinchilik, mustamlaka urushi edi.1
1.2Turkiston general-gubernatorligining tashkil topishi.
1 Ziyoyev.H “Turkistonga Rossiyani tajavusi va hukmronligi davirda” T;1998
9
Mahalliy boshqaruv Turkiston general-gubernatorligi (rus. Туркестанское
генерал-губернаторство) — maʼmuriyhududiy birlik. Rossiya Imperiyasi bosib
olgan Gʻarbiy Turkiston hududida Rossiya imperatori Aleksandr II farmoni bilan
tashkil etilgan (1867-yil 11-iyul). Xuddi shu yili Turkiston harbiy okrugi ham
tuzilgan. Turkistonning birinchi general-gubernatori etib rus podshosining yaqin
mulozimi generaladʼyutant K.P.fon Kaufman tayinlandi. U 14 yil mobaynida
(1867—1881-yillarda) Turkiston oʻlkasini qattiqqoʻllik bilan boshqargan. Kavkaz,
Boltiqboʻyi oʻlkalaridagi ozodlik harakatlarini bostirishda tajribali maʼmur va usta
siyosatchi ekanligini koʻrsatgan fon Kaufmanni "Turkistonning Bunyodkori" deb
ulugʻlashgan. U Toshkentjamoatchiligi vakillari yigʻilishi (1868-yil 22-yanvar)da
birinchi bor ruslarni Turkiston xalqlarining "Katta Ogʻasi" deb atagan. Turkiston 19-
asrning boshlarida Britaniya Imperiyasi va Rossiya Imperiyasi orasida
tortishuvlarga sabab boʻlgan.1
Rossiya imperatori fon Kaufmanga oʻlkani boshqarishda cheklanmagan
huquq va vakolatlar bergan, natijada uni xalq "Yarim Podsho" deb bilgan. Ichki va
tashqi siyosatda uning erkin ish yuritishi mumkinligi imperator tomonidan berilgan
"Oltin Yorliq"da oʻz aksini topgan.
1868—1880-yillar davomida harbiy istilolar natijasida dastlab 2 viloyatdan
iborat generalgubernatorlikka yana 3 viloyat qoʻshildi. 19-asrning oxirlarida
Turkiston general-gubernatorligiga Sirdaryo, Yettisuv, Samarqand, Fargʻona va
Zakaspiy kabi 5 viloyatdan iborat boʻlib hududi Yevropa Rossiyasining U3 qismiga
teng edi. Turkiston general-gubernatorligining barcha hududi 1.779.618 chaqirimga
teng boʻlgan. Rossiya hukmdor doiralari Turkistonni imperiyaning tarkibiy qismiga
aylantirish va xalqlarini ruslashtirish uchun barcha vositalarni ishga soldi. Oʻlkadagi
siyosiy, maʼmuriy, iqtisodiy va madaniy islohotlar ana shu maqsadga qaratilgan
edi.Asriy milliy davlatchilikni yoʻqotib ruscha idora usulini qoʻllash uchun Sankt-
Peterburgningoliy siyosiy doiralari qonunlar majmuasini ishlab chiqdi. U tarixga
"Turkiston oʻlkasini boshqarish haqidagi Nizom" nomi bilan kirgan. Nizomga koʻra,
1 Shamsutdinov.R.SH. . Karimov .Sh, Hoshimov. S Vatan tarixi 1-t. T.: 2020
10
oʻlka hokimiyati "harbiyxalq boshqaruvi" deb nomlandi. Turkiston general-
gubernatorligi viloyatlar(oblast), tuman (uyezd), jabhalar (uchastka), boʻlislar
(volost) va oqsoqolliklarga boʻlindi.
Viloyatlar, tumanlar va jabhalarni rus ofitsergenerallari, boʻlis va
oqsoqolliklarni esa mahalliy xalq vakillari boshqargan. Viloyatlarga harbiy
gubernatorlar, tuman — uyezd boshliqlari, jabhalarga esa uchastka pristavlari
tayinlangan.
Mustamlakachilar
mahalliy
boshqaruv
idoralariga
maʼsul
shaxslar
tayinlanishida nihoyat hushyor ish tutib, ilgʻor, taraqqiyparvar va millatparvar
kishilar boʻlis boshqaruvchisi, oqsoqol, yuzboshi yoki qozi sifatida saylanib qolsa,
ularni lavozimga tasdiqlamaslik uchun turli hiylanayranglarni ishga solganlar.
Turkistonda mustamlaka idorasi 1898-yilgacha "harbiyxalq", undan keyin esa
"maʼmuriypolitsiya boshqaruvi" deb atalgan boʻlsa ham uning mohiyati mazmunan
oʻzgarmagan, barcha vakolatlar rus maʼmuriyati qoʻlida jamlangan.
Turkistondagi siyosiy idora tizimi "tub aholi oʻrtasida har qanday norozilikni
tagtugi bilan shafqatsiz bostirish, bironbir dushmanlik holati sezilsa, darhol uning
kuchayishiga yoʻl qoʻymay boʻgʻib tashlash, tartibbuzarlar va ularning
maslakdoshlariga tegishli saboq berish va ularga rus qudratini koʻrsatib qoʻyish
uchun har qanday choratadbirlar koʻrish" ruhi bilan sugʻorilgan.
Turkistondagi milliy ozodlik harakatini boʻgʻib tashlash, istiqlol uchun
kurashga qodir shaxslarni "zararsizlantirish" rejasi ishlab chiqilib, uni ijro etishga
barcha mustamlaka arboblari jalb etilgan. Rus dvoryan pomeshchiklari oʻlkani
ruslashtirishning iqtisodiy tomonini koʻzlab, Davlat dumasida Turkiston oʻlkasidagi
"ortiqcha" yerlarni musodara qilishni yoqlab muxoliflarini siquvga olishgan. 1910-
yilning 7-aprelida Davlat dumasi "Turkiston oʻlkasini boshqarish haqidagi
Nizom"ning 270-moddasini "Turkiston koʻchmanchilarining ortiqcha yerlarini
kolonizatsiya ehtiyojlari uchun" musodara etishga ruxsat beruvchi qoʻshimcha bilan
toʻldirish masalasini muhokama qildi. Rus mustamlakachi shovinistlari tovushi
baland kelib qonun loyihasi qabul qilindi va 1910-yilning 19-dekabrdan qonun
kuchga kirdi. Toʻqqiz yil ichida ana shu konunga koʻra, Sirdaryo-Fargʻona
11
koʻchiruvchilik rayoni boʻyicha tub aholining 744,9 ming desyatina yeri ruslarga
taqsimlab berildi. Podshoning musodarachilik siyosati oʻta shafqatsizlik bilan
davom ettirildi.
Imperiya xukmdor doiralari Turkiston oʻlkasi rus va tub aholisi uchun maxsus
siyosat dasturini ishlab chikdi.
Harbiy mirshablik ruhi Turkiston general-gubernatorligi siyosiy tuzumida
oʻzining yaqqol ifodasini topgan.
Turkiston generalgubernatori bir vaqtning oʻzida oʻlka bosh hokimi, okrug
qoʻmondoni, bosh prokuror va bosh mirshab vazifalarini bajargan.1
II. Turkiston o’lkasida mustamlaka boshqaruv tizmining joriy etilishi.
2.1
Turkiston o’lkasini boshqaruv to’g’risidagi Nizom asosida boshqarilishi
1886 yilda Turkiston o’lkasini boshqarish haqida Nizom qabul qilindi.
―Nizom‖ga muvofiq, Turkiston o’lkasining ma‘muriy-hududiy bo’linishi
o’zgartirildi. Jumladan, Zarafshon okrugi Samarqand viloyatiga aylantirildi.
Sirdaryo viloyatining Xo’jand uezdi Samarqand viloyatining tarkibiga kiritildi.
Keyinchalik Samarqand viloyati Jizzax, Kattaqo’rg’on, Samarqand va Xo’jand
uezdlaridan tashkil topdi. 2
Farg’ona viloyati hududlarining ichki tuzilishi o’zgarishlarsiz qoldirildi.
1 Shamsiddinov R., Karimov Sh., Ubaydullayev O’. Vatan tarixi (XVI– XX asr boshlari) ikkinchi kitob. – T.: Sharq,
2010. – 536 б.
2 Shamsutdinov.R.SH. . Karimov .Sh, Hoshimov. S Vatan tarixi 1-t. T.: 2020
12
Sirdaryo viloyatida muqaddam tuzilgan uezdlar qatoriga Amudaryo bo’limi
qo’shildi. Qurama uezdi Toshkent uezdi deb o’zgartirildi. Sirdaryo, Farg’ona va
Samarqand viloyatlari ―tub‖ viloyatlar deb ataladigan bo’ldi.
1881 yilda imperiya qo’shinlari tomonidan Axalteka vohasi bosib olinganidan keyin
bu erda Kaspiybo’yi harbiy bo’limi tashkil etildi. 1882 yilda bo’lim viloyatga
aylantirilib, Kavkaz noibligi tarkibiga kiritildi. Markazi Ashxobod shahri bo’lgan bu
viloyat 1899 yili Turkiston general-gubernatorligi tarkibiga o’tkazildi. Kaspiyorti
viloyati tarkibiga Ashxobod, Krasnovodsk, Mang’ishloq, Marv va Tejen uezdlari
kirar edi.
Shu tariqa, XIX asrning oxirlariga kelib, Turkiston generalgubernatorligi 5 ta
viloyat – Sirdaryo, Samarqand, Farg’ona, Kaspiyorti va Ettisuv viloyatlariga bo’lib
boshqariladigan yirik mustamlaka o’lka edi. Hokimiyatning mustamlakachilik
tizimining eng yuqori pog’onasida imperator tomonidan tayinlanadigan general-
gubernator turar edi. U tashqi siyosiy, ma‘muriy, harbiy, sud, xo’jalik ishlarini o’z
qo’lida birlashtirgan, Turkiston aholisidan soliq yig’ish miqdorlarini belgilagan,
chet elliklarga rus fuqaroligini bergan, siyosiy sabablar bilan xohlagan kishini 5-yil
muddatga o’lkadan chiqarib yuborish, ishlarni ko’rib chiqish uchun harbiy va
harbiy-dala sudlariga oshirish, nafaqat rus sudlari, balki qozilar va biylar sudlari
tomonidan chiqarilgan o’lim jazosi berish to’g’risidagi hukmni tasdiqlash huquqiga
ega bo’lgan. U Turkiston xalqlarini harbiy va amaldorlardan iborat byurokratik
apparat – Turkiston general-gubernatorligi devoni yordamida boshqargan.
O’lka boshqaruv tizimining keyingi bo’g’ini viloyat harbiy gubernatorlari edi.
Ular bir vaqtning o’zida u yoki bu viloyatga joylashtirilgan qo’shinning miqdoriga
bog’liq holda komandirlar korpusi yoki diviziya huquqida qo’shin qo’mondoni ham
hisoblangan. Harbiy gubernatorlarga nafaqat ma‘muriy, balki politsiya va sudga xos
vazifalar ham yuklatilgan edi. Ularga mahalliy millatga mansub shaxslarga 100
so’mdan ortiq bo’lmagan miqdordagi jarima solish va ularni ma‘muriy tartibda bir
oygacha qamab qo’yish huquqi berilgan. SHuningdek, barcha sud va jazo
muassasalari ustidan nazorat o’rnatish, siyosiy va jinoiy ishlar bo’yicha hukmlarni
13
tasdiqlash, mustamlaka ma‘muriyatining quyi bo’g’inlardagi qonunbuzarliklar
ustidan mahalliy aholining ariza va shikoyatlarini ko’rib chiqish vakolati berilgan.
Viloyatlardagi muhim ma‘muriy muassasa harbiy gubernatorlar huzuridagi
mahkama hisoblangan. Mahkamalar bo’limlarni o’z ichiga olib, ularning soni
mustamlaka tartibini o’rnatish va mustahkamlash darajasiga qarab oshib borgan.
Masalan, dastlabki davrlarda boshqaruv, xo’jalik, sud va hisobkitob sho’balaridan
iborat 3-4 ta bo’lim faoliyat ko’rsatgan bo’lsa, XIX asrning 80-yillariga kelib
qurilish, chegaralarni belgilash, qishloq-vrachlik, veterinariya, davlat mulkini
boshqarishi, er va soliq ishlari, o’rmon sho’balari, shuningdek, har bir viloyat
mahkamasi huzurida bosmaxona va statistika qo’mitalari ochiladi.1
Viloyat mahkamalarida xo’jalik bo’limlari asosiy rol o’ynab, ular zimmasiga
quyidagi muhim vazifalar yuklangan: o’troq va ko’chmanchi aholining er ishlarini
―tartibga solish‖, vaqf ishlari, mahalliy aholining suvdan foydalanish va soliq
to’lash ishlarini boshqarish, davlat muassasalarini pul majburiyatlari va ularni idora
qilish sarf-xarajatlari smetasini tuzish, bojxona to’lovlarini yig’ish va o’lkaning
xomashyo resurslarini qazib olish uchun ruxsatnomalar berish, savdo bitimlari va
pudratlarini rasmiylashtirish.
Mustamlaka hukumatining mahalliy aholi hayotining barcha sohalariga
o’zboshimchalik bilan aralashuvi va har tomonlama bo’ysundirish tamoyili
boshqaruvning quyi organlari tuzilishi va vazifalarini ko’rib chiqish jarayonida
yanada aniq-ravshan namoyon bo’ladi. Bu, birinchi navbatda, uezd boshliqlari
rahbarligidagi uezd ma‘muriyatiga tegishli. Uezd boshliqlari, odatda shahar
oqsoqoli, davlat muassasasi boshlig’i, er-soliq xizmati raisi, politsiya boshlig’i,
uezdda joylashtirilgan qo’shin qo’mondoni kabi bir qancha lavozimlarni egallagan.
Tizimning bu tarmog’i zimmasiga volostlar va qishloqlardagi tartibintizomni
nazorat qilish, soliqlarni hisob-kitob qilish, er va suv haqidagi doimiy janjallarni hal
etish, mahalliy ma‘muriy va sud organlariga saylovlar o’tkazish ishlarining asosiy
og’irligi yuklatilgan edi.
1 Ziyoyev.H “Turkistonga Rossiyani tajavusi va hukmronligi davirda” T;1998
14
Amalda bu tarmoq eng layoqatsiz, shaxsiy g’arazli maqsadlarni ko’zlovchi
bo’lib chiqdi. Ularning faoliyatini kuchaytirish, qayta tashkil etish kun tartibiga
qayta-qayta qo’yilib turar edi. Bunda asosiy e‘tibor uezd ma‘muriyatini politsiya va
jazo vakolatlari bilan kuchaytirish, xalq qahru g’azabiga uchragan amaldorlarni o’z
vaqtida qo’shni uezdlar va viloyatlarga o’tkazish, ularning juda haddan oshganlarini
javobgarlikka tortish kabi choralar qo’llashga qaratilgan. Manbalarda qayd
etilishicha, birgina 1883 yilda Farg’ona viloyatida mustamlaka amaldorlarining
noqonuniy xatti-harakatlari ustidan 238 marta tergov olib borilgan, 106 holat
bo’yicha tekshirish o’tkazilgan, lavozimdan
foydalanib, jinoyat sodir etgani
uchun 18 kishi sudga berilgan, qolgan ishlar harbiy gubernator buyrug’i bilan
to’xtatib qo’yilgan. 1
Mahalliy aholiga qonunga xilof ravishda og’ir soliqlar solish amaldorlar
axloqi nuqtayi nazaridan odatiy hodisa edi. Yo’llar, ko’priklar va boshqa
inshootlarni qurish va ta‘mirlash uchun aholidan yig’ilgan mablag’larni talontaroj
qilish, tamagirlik hamda volost va qishloqlar oqsoqollari lavozimini sotish, vaqf
erlari va mulklari bilan bog’liq turli qing’ir ishlar va boshqalar juda avj olgan edi.
Shaharlar dahalarga bo’linib, uy sohiblarining yig’inlari saylagan saylovchilarning
qurultoyida saylangan oqsoqollar tomonidan boshqarilgan. Shahar daxalarining
oqsoqollari harbiy gubernator tomonidan tayinlanadigan bosh oqsoqolga
bo’ysunganlar. Bosh oqsoqolga quyi politsiya xizmatchilari – mirshablar, shahar
sug’orish tizimining boshliqlari – miroblar hamda sudyalar – qozilar va biylar ham
tobe bo’lganlar. Ularning barchasiga alohida to’plangan mablag’ hisobidan maosh
to’langan. Shaharlarning evropalik aholi yashaydigan qismlarida ma‘muriyat harbiy
gubernatorlar tomonidan tayinlangan.
Turkiston general-gubernatorligining siyosiy va ma‘muriy markazi bo’lgan
Toshkent o’ziga xos boshqaruv tizimiga ega edi. 1868 yil fevralda eski shaharni
boshqarish uchun maxsus idora – shahar boshqarmasi tuziladi va unga Toshkentdagi
xar bir daxadan 1 tadan 4 ta oqsoqol, 4 ta qozi, 4 ta arik oqsoqol kiritiladi.
1
Shamsiddinov R., Karimov Sh., Ubaydullayev O’. Vatan tarixi (XVI– XX asr boshlari) ikkinchi kitob. – T.:
Sharq, 2010. – 536 б.
15
Toshkentni eski shahar qismini boshqarish uchun ijtimoiy-xo’jalik boshqarmasi
tuzilib, unga 18 ta a‘zo kiritiladi. Lekin mahalliy aholining shahar boshqarmasi
ustidan
tez-tez
norozilik
bildirib
turishlari
uning
faoliyati
qoniqarli
bo’lmaganligidan dalolat beradi. Chunonchi, 1869 yil avgust oyida o’lka general-
gubernatorining uyi oldida to’plangan katta olomon boshqarma tomonidan g’ayri-
qonuniy soliqlar ko’payib ketganligidan arz qilgan. Mazkur shikoyatni o’rganish
uchun tuzilgan komissiya uning asosli ekanligini tasdiqlash bilan birga, eng asosiy
aybdor shahar boshlig’i ekanligini aniqlagan.
1870 yilda shaharning ruslar yashaydigan yangi qismi uchun ham 9 kishidan
iborat alohida ijtimoiy-xo’jalik boshqarmasi tuziladi. Bu boshqarmaga shahar
boshlig’i rais edi. Boshqarma rus aholisi o’rtasida soliq va yig’imlarni taqsimlash
hamda to’plash bilan shug’ullangan. Toshkentning eski va yangi shahar
boshqarmalaridagi barcha ishlar shahar boshlig’i va ma‘muriyatning farmoyishi
hamda ruxsati bilangina bajarilar, ular mustaqil ravishda biror qaror yoki tadbirni
amalga oshira olmas edilar.
Eski shahar boshqarmasiga kiritilgan mahalliy vakillar xo’jalik ishlarini olib
borish bo’yicha yangi tartib-qoidalar rus tilida bo’lganligi sababli ulardan mutlaqo
bexabar edilar. Yangi shahar xo’jalik boshqarmasi a‘zolari esa fakat ruslardan iborat
bo’lib, ular ham mahalliy tartiblar va aholining urf-odatlaridan umuman bexabar
bo’lganlar. Eski shahardagi boshqarma a‘zolari, xususan, oqsoqollar, qozilar maosh
bilan ta‘minlanmaganligi, ularga mahalliy aholi tomonidan tushgan to’lovlarning
ma‘lum qismi berilishi birinchidan xalqqa og’ir yuk bo’lsa, ikkinchidan turli
suiste‘molliklarga olib kelar edi. Aholisi va hududi yil sayin ortib, extiyojlari ham
o’sib borgan Toshkent shahrida ijtimoiyxo’jalik masalalarini xal etilish darajasi
talabga mutlaqo javob bermas edi.1
Toshkent shahar hokimi ma‘muriyat tomonidan tayinlangan va u, odatda
Toshkent shahri boshlig’i hisoblangan. Bu xol shahardagi o’z-o’zini boshqaruv
amalda mustamlaka ma‘muriyatiga bo’ysunganligi va uning to’liq nazoratida
1 Shamsutdinov.R.SH. . Karimov .Sh, Hoshimov. S Vatan tarixi 1-t. T.: 2020
16
bo’lishini ta‘minlab, aniq maqsadga yo’naltirilgan davlat siyosatining mohiyatini
yaqqol ko’rsatib turar edi.
Rossiya imperiyasining markaziy hududlarida shaharlarni boshqarish
bo’yicha yangi tartiblar kiritilishi munosabati bilan 1877 yil iyunda Toshkentda ham
shunday harakatlar boshlanib, shahar dumasi tashkil etiladi. YAngi
―Shahar nizomi‖ga muvofiq, 1877 yilda butun shahar xo’jaligini boshqarish
Toshkentning har ikkala qismini yalpi aholisi tomonidan saylanadigan shahar
Dumasi qo’liga o’tdi. Duma a‘zoligiga saylovlarda ishtirok etish huquqidan
ko’chmas mulk (shahar foydasiga soliq yig’iladigan vaqflar ham bunga kirgan)
sohibi bo’lgan, 25 yoshdan oshgan, Rossiya fuqaroligiga ega aholigina foydalangan.
Bu talablarga javob bermagan aholi toifasi saylovlarga qo’yilmagan.
Saylovchilar mulkiy holatiga ko’ra tabaqalarga bo’lingan. Har bir tabaqa uni
tashkil etgan kishilar soni qanchaligidan qat‘iy nazar bir xil miqdordagi a‘zolarni –
24 kishini saylagan. Masalan, birinchi chaqiriq Duma tarkibiga birinchi toifali a‘zo
sifatida 24 kishi saylangan. Ulardan faqat 6 nafari mahalliy aholi vakillari edi.
Ikkinchi toifali a‘zo sifatida – 8, uchinchi toifali a‘zo qilib – 7 nafar mahalliy millat
kishilari saylangan. SHunday qilib, 80 ming kishidan iborat bo’lgan mahalliy aholi
21 nomzodni saylash huquqiga ega bo’lgan. 1877 yildagi ma‘lumotlarga ko’ra 3921
kishini tashkil etgan rus aholisi esa Duma a‘zoligiga 48 nomzodni saylagan. SHu
tariqa Toshkent Dumasi a‘zolarining ⅓ qismi shaharning ―eski‖ qismida yashovchi
mahalliy aholi vakillaridan, 2/3 qismi ―yangi‖ qismda yashovchi ruslardan
saylangan. YA‘ni, Dumaning 72 ta a‘zosidan 1/3 kismigina mahalliy aholi vakillari
edi.
Dumaning ijroiya organi – shahar Mahkamasiga vakillar saylashda ham huddi
shunday tengsizlikka yo’l qo’yilgan. Mahkamaning 6 ta a‘zosidan faqat 1 kishigina
mahalliy aholi vakili edi. Duma – shahar boshqarmasining farmoyish beruvchi
organi, mahkama esa ijroiya organi edi. 1
Shahar dumasining mablag’i uncha katta emas edi. Chunki shahar
1 A. Sagdullayev Movlonov. U “O’zbekistonda davlat boshqaruvi tarixi” T: “Akademiya”-2006 b-86
17
daromadi to’g’ridan-to’g’ri o’lka byudjetiga qo’shilib ketgan edi, shu sababli duma
mablag’lari asosan ko’chmas mulkdan kelgan tushumlar, do’konlar, karvonsaroylar,
foytun xaydovchilaridan tushadigan soliqlardan, savdo va hunarmandchilik bilan
shug’ullanish huquqini olish uchun to’lanadigan to’lovlardan iborat edi. Duma o’lka
ma‘muriyati nazorati ostida ish olib borar, uning qarorlari o’lka general-gubernatori
tasdiqlagandan keyingina kuchga kirar edi.
1877 – 1914 yillarda davrida shahar dumasining 1280 majlisi bo’lib o’tgan.
Duma faoliyati davomida shahar byudjeti, shahardagi suv quvurlari (vodoprovod),
elektr tarmog’i, tramvay, bog’dorchilik va taftish kabi masalalar ko’rilgan va
muhokama qilingan. SHahar byudjetida defitsit, ya‘ni taqchillik yil sayin o’sib
borgan va 1909 yilda 287 ming rublga etgan.
Byudjetning asosiy qismi shahar boshqarmasi va politsiyasini saqlashga,
mustamlakachilar yashovchi yangi shahar obodonchiligi, maorifi va sog’likni
saqlash sohalariga sarflangan. Mahalliy aholi yashaydigan eski shaharga esa
byudjetning 1/3 kismini sarflash belgilangan, xolos. Ammo amalda shu ham
sarflanmagan.
Duma faoliyati mahalliy aholi vakillarini qoniqtirmaganligi sababli ular
doimiy o’z noroziliklarini bildirib kelganlar. Chunonchi, 1905 – 1906 yillarda tub
aholi vakillari ―eski‖shahar daromadi ―yangi‖ shahar daromadidan ko’pligini, bu
daromaddan mahalliy aholi hech qanday foyda ko’rmayotganligi va uni faqatgina
―yangi‖ shahar obodonchiligi uchun sarf qilinayotganligini ta‘kidlab, Duma
tarkibiga mahalliy millat vakillari bilan ―yangi‖ shahar vakillari a‘zolarini teng
mikdorda saylanishini talab qilganlar.
Darhaqiqat, evropaliklar yashaydigan yangi shaharda suv ta‘minoti,
ko’kalamzorlashtirish, yoritish tarmog’i yaxshi yo’lga qo’yilgan bo’lib, faqatgina
yoritkichlar uchun bir yilda 30-40 ming rubl sarflangan. 1908 yilda Toshkentda ilk
elektrostansiya qurilgach, yoritish vositalari asta-sekin elektr tarmog’i bilan
almashtirila boshlangan, eski, kerosinli yoritkichlar eski shaharga berilgan.
Elektrostansiya yangi shaharning markaziy ko’chalari hamda o’lka ma‘muriyati
xonadonini yoritishga xizmat qilgan.
18
Boshqaruvning eng quyi darajasi – volost va qishloq boshqaruvi mahalliy
aholi vakillariga topshirilgan. Volostlar oqsoqollar tomonidan boshqarilgan.
Oqsoqol volostning tinchligini nazorat qilgan; xalq sudi qaramog’idagi jinoyatlar
bo’yicha dastlabki tergovni o’tkazgan, 3 so’mgacha jarima solgan. Agar volost
oqsoqoli rus ma‘muriyatini qoniqtirmasa, viloyat harbiy gubernatori yangidan
saylovlar o’tkazish yoki uning o’rniga vaqtincha boshqa kishini tayinlashi mumkin
edi. O’lka ma‘muriyati bu huquqdan juda keng foydalangan.
O’lkada 1882 yilda taftish ishlarini olib borgan F.K.Girsning hisobotida qayd
etilishicha, uch yil mobaynida Sirdaryo viloyatidagi volost oqsoqollaridan
38 kishi (oqsoqollarning 35%) o’z vazifasidan ozod qilingan. Bunday hodisalar
boshqa viloyatlarda ham sodir bo’lib turar edi.
Volost boshqaruvchisini saylash ikki bosqichdan iborat bo’lgan. Dastlab har
ellik xonadon egalari ichidan bir nafar kishi saylab olingan. Keyin saylangan kishilar
rus ma‘muriyati ishtirokidagi volost yig’inida ishtirok etganlar. Volost yig’ini
vakolatiga volost boshqarmasi mudirini, qozilik va biylik an‘anaviy sudyalarini
saylash, quyi ma‘muriyat mansabdor shaxslarining pullik ta‘minotini aniqlash,
suvdan foydalanish va suv ta‘minoti masalalari, yo’llar, ko’priklar, xo’jalik
qurilishlari va boshqalar ustidan nazorat o’rnatish masalalari bilan shug’ullanish
kirgan. Volost boshqaruvchisi xo’jalik faoliyatidan tashqari volostdagi
osoyishtalikni nazorat qilgan, dastlabki jinoiy tergovlarni amalga oshirgan, rus
ma‘muriyatining barcha ko’rsatmalari va farmoyishlarini xalqqa etkazish kabi
alohida mirshablik ishlari bilan shug’ullangan. Agar volost boshqaruvchisining
shaxsi ma‘lum bir sabablar yuzasidan rus ma‘muriyati vakillarini qoniqtirmasa,
viloyat harbiy gubernatori Turkiston general-gubernatorining roziligi bilan yangi
saylovlarni belgilash yoki o’zining xohishiga ko’ra uni boshqa nomzodga vaqtincha
almashtirish huquqiga ega bo’lgan.
O’lkada mahalliy aholi bilan bir qatorda imperiya hukumati ruxsati bilan
Rossiyaning markaziy guberniyalaridan ko’chib kelgan rus aholisining soni yil sayin
ortib borgan. Ularning ko’chib kelishi va joylashishi hamda hayotini tashkil etishda
Ko’chirish boshqarmasi (Pereselencheskoe upravlenie) katta rol o’ynadi. Ushbu
19
boshqarma Rossiyaning markaziy hududlaridan aholini ko’chirib keltirish, ular bilan
bog’liq ma‘lumotlarni to’plab borish, ko’chib kelganlarni mahalliy aholiga tegishli
erlarga joylashtirish vazifalarini bajargan.
Rus aholisi uchun shaharlarda alohida ma‘muriyat tashkil etilgan. Ular uchun
shahar hududida yangi qismlar, shahardan tashqarida esa alohida qishloqlar – rus
manzilgohlari tashkil qilingan. 1
2.2. Turkiston o’lkasida harbiy-ma’muriy hokimiyat tiziminig joriy qilinishi
XIX asrning ikkinchi yarmi O’rta Osiyo xalqlari taqdirida keskin va fojiali
burilish yasagan davr bo’ldi. Turkistonda boshqaruvni tashkil qilishga Rossiya
imperiyasi uni bosib olgan damdan boshlab kirishdi. O’rta Osiyoni bosib olingan
hududlarida o’z hukmronligini saqlab qolish va uni mustahkamlashni birinchi
darajali vazifa xisoblagani uchun ham boshqaruv sohasida dastlab katta
o’zgarishlarni amalga oshirmagan. Shunday bo’lsada yuqori davlat organlari o’z
nazoratlariga olib quyi organlarni nazorat qilishgan2. Rossiya imperiyasi o’lkani
istilo qilgandan keyin mahalliy xalqlarni mustamlaka istibdodiga soluvchi qonun
“Turkiston O’lkasini boshqarish haqidagi Nizom” ni joriy qilgan3. Bu qonunga ko’ra
mahalliy aholi siyosiy huquqlaridan mahrum etilgan. Chunonchi, ularning vakillari
oiliy va o’rta lavozimlarga yaqinlashtirilmay, hokimiyat tamomila rus harbiylari va
amaldorlari qo’lida to’plangan38. Podsho Rossiyasi Turkiston o’lkasini bosib olgach,
jahonning eng yirik mustamlakachi davlatiga aylangan. Yevropa va Osiyoning bir
qismini o’z ichiga olgan bu imperiya boshqa mustamlakachi davlatlardan farqli
1 Shamsutdinov.R.SH. . Karimov .Sh, Hoshimov. S Vatan tarixi 1-t. T.: 2020
2 Эшов Б. Ўзбекистонда Давлат ва маҳаллий бошқарув тарихи. – Т.: Янги аср авлоди, 2012. – Б. 426.
3 Sodiqov H., Jo’rayev N. O’zbekiston tarixi. – T.: Sharq, 2011. – B. 122. 38
Зиёев Ҳ. Истиқлол – маънавият негизи. – Т.: Маънавият, - Б. 6.
20
ravishda o’ziga xos mustamlakachilik tizimini yuzaga keltirdi. Bunday zo’ravonlik
va zulmga asoslangan mustamlakachilik tizimi Turkistonda keng ko’lamda amalga
oshirila boshlandi. Bu siyosat mahalliy xalqlarga mutlaqo ishonmaslik, ularni
nazarga ilmaslik kabi o’ta millatchilik ruhidagi siyosat asosiga qurilgan edi.
Rossiya imperiyasi bosib olingan hududlarda o’z hukmronligini o’rnatish va
boshqarish
uchun
mustamlakachilarning
manfaatlarini
himoya
qiladigan
mustahkam boshqaruv tartiblarini joriy etish uchun barcha chora-tadbirlarni
ko’rgan. Chunki, boshqaruv tizimi Rossiya hukumati uchun juda muhim bo’lib,
bosib olingan joylarda mustamlakachilik siyosatini olib borishda asosiy tayanch
hisoblangan. Turkiston generаl-gubernаtorligini boshqаrish bo’yichа ilk dаsturiy
hujjаtlаrning ishlаb chiqilishidа “hаrbiy vаziyat” omili hаl qiluvchi аhаmiyatgа egа
bo’ldi. Ulаr yangi hududlаr bosib olinishi bilаn, yuzаgа kelgаn vа qoidа tаrzidа
“muvаqqаt” хususiyatgа egа edi. Chunonchi, “Sirdаryo vа Yettisuv viloyatlаridаgi
boshqаruv to’g’risidаgi nizom” 1867-yili “tаjribа tаrzidа uch yilgа” joriy qilindi. Bu
Nizomda soliq tizimini izga solish maqsadida xo’jalik boshqarmalarini tuzish
belgilab qo’yilgan edi1. Undаn tаshqаri, 1868-yilning iyunidа “Zаrаfshon okrugini
boshqаrishning muvаqqаt qoidаlаri”, “Fаrg’onа viloyatini boshqаrish bo’yichа
1873-yil muvаqqаt nizom”, “Аmudаryo bo’limini boshqаrish bo’yichа 1874-yil 21-
mаy Nizomi” hаm ishlаb chiqilib, qаbul qilingаn edi.
Ulаrning bаrchаsi o’z fаoliyatidа “hаrbiy vа mа’muriy hokimiyatning birdаmligi
vа uning bittа qo’ldа birlаshtirilishini” tаsdiqlаdi. Shu bilаn birgа, yuqoridа qаyd
etilgаn vаziyat omili vа mаhаlliy jаmiyatning аn’аnаviy ijtimoiyhuquqi
tenglаshtirish borаsidаgi rejаlаridаn аnchа murаkkаb bo’lib chiqdi. O’n minglаb
kishilаr imperiya аgressiyasigа qаrshi kurаshgа qo’zg’аldilаr. Kаufmаn rus
dаvlаtining mаnfааtlаrini bosqinchilаrgа qаrshi yalpi qаttiq kurаsh shаroitidа joriy
qilishgа mаjbur bo’ldi. Biron-bir аhаmiyatgа molik shаhаr jаngsiz tаslim bo’lmаdi.
“Osiyoliklаr, аlbаttа, O’rtа Osiyodаgi hаrbiy hаrаkаtlаrimiz qonli solnomаsining
dаhshаtli tаfsilotlаrini judа yaхshi bilgan, edilar deb yozаdi o’shа voqeаlаr dаvridа
1 Проект положения об управлении в Семиреченской и Сырдарьинской областей. – СПб., 1867, – С. 47-48.
21
yashаgаn M. Zinoyev, biroq shundаy bo’lsаdа, yo’limizdа uchrаgаn bаrchа shаhаr
vа qаl’аlаrni kuch bilаn olishimizgа to’g’ri keldi”1.
Rossiya imperiyasining Turkistondagi mustamlakachilik siyosati va amaliyoti
uning bu o’lkada o’z davlatchiligini joriy etish orqali olib borildi. XVIII asrda tashkil
topgan mustaqil Qo’qon xonligi davlati yo’q qilinib bir viloyatga aylantirildi,
Turkistonda milliy davlatchilikka barham berildi. Rossiya imperiyasi o’zining
boshqaruv tizimini sekin-astalik bilan joriy eta boshladi. Ammo imperiyaning bu
o’lkada o’rnatgan ma’muriyati uning tasrrufidagi boshqa o’lkalar boshqaruvidan
o’zining keskin harbiy-mirshablik tartibi bilan ajralib turgan. Rossiya hukumatining
Turkiston o’lkasi uchun 1865 – 1916-yillar oralig’ida ishlab chiqqan hamda amalga
tadbiq etilgan o’nta qonun loyihalari (1865, 1867, 1871, 1873, 1882, 1884, 1886,
1908, 1912, 1916-yillar)da va ularning moddalariga adliya, moliya, harbiy, ichki
ishlar va boshqa vazirliklar kiritgan o’zgarishlarda ana shu holat o’z aksini topgan23.
Bu qonunning moddalariga adliya, moliya, harbiy, ichki ishlar va boshqa vazirliklar
kiritgan o’zgarishlarda Turkistonni boshqaruvidagi harbiy-mirshablik ruhi aniq o’z
ifodasini topgan. Yuqoridagilarni isboti sifatida Rus zodagonlaridan biri A. B.
Vrevskiy “Turkiston xalqlari o’zlarini boshqaruvchi va sud qiluvchi yagona
hokimiyatga o’rgangan”, deb o’lkada qattiqo’l mustabid idora zarurligiga ishora
qilgan42.
Shuni ham ta’kidlab o’tish kerakki Rossiya imperiyasi mustamlaka tizimini
dastlabki yillarida ilgarigi boshqaruvga ham tayanib ish ko’rgan. Buni birinchi marta
Orenburg General-gubernatori Krijanovskiy Toshkent aholisiga nisbatan qo’llagan4.
Toshkent shahri bosib olinganidan so’ng 1864 – 1865-yillarda bosib olingan
hududlarda Orenburg General-gubernatorligi tarkibida 1865-yil harbiylashgan
1 «Русский вестник», 1868, № 5; Зияев Ҳ. Завоевание Бухарского и Хивинского ханств царизмом //
«Общественные науки в Узбекистане». 1990, № 8 – Б. 39.
2 Hamdamov S., Jo’rayev N. O’bekiston tarixi (birinchi kitob). – T.: Sharq, 2011. – B. 229.
3 Ўзбекистоннинг янги тарихи. Биринчи китоб. Туркистон чор Россияси мустамлакачилиги даврида. – Т.:
Шарқ, 2000. – Б. 191.
4 Бартольд В. В. Сочинения II том. Общие работы по истории Средней Азии, работы по истории кавказа и
восточной Европы. – Москва, 1963. – С. 350.
22
ma’muriy boshqaruv tartiblariga asoslangan Turkiston viloyati tashkil etilib, unga
general-mayor M. G. Chernyayev gubernator etib tayinlanadi.
Turkiston viloyatini boshqarish uchun 1865-yil 6-avgustda “Turkiston viloyatini
boshqarish to’g’risidagi Muvaqqat Nizom” qabul qilinib, unga muvofiq harbiy va
fuqarolik hokimiyati harbiy gubernator qo’lida bo’limlarga bo’linib, ularni bo’lim
boshliqlari boshqargan. Bo’lim boshlig’i bir vaqtning o’zida bo’lim harbiy
komendanti ham hisoblangan. Bo’lim boshliqlariga mahalliy aholi ustidan nazorat
qiluvchi va rus amaldorlaridan tayinlanadigan boshqaruvchilar bo’ysungan.
Shuningdek, bu “Nizom”ga ko’ra, Turkiston viloyati gubernatori, “biy, oqsoqol, rais
va qozi lavozimidagi tub joy aholi vakillarini egallab turgan lavozimiga tasdiqlash,
bo’shatish, almashtirish vakolatiga ega bo’lgan”1. Turkiston hududida dastlabki
hisob-kitoblarga ko’ra, 453 ming kishi istiqomat qilar edi. Turkiston viloyatining
ichki ma’muriy-hududiy bo’linish tizimi sof harbiy vazifalarni hal qilishga
qaratilgan bo’lib, uning asosini harbiy-hududiy birliklar tashkil qilar edi. Viloyat uch
bo’limdan iborat bo’lib, keyinchalik Sirdaryo nomini olgan o’ng qanotga Aralsk, 1-
frot (keyinchalik Kazalinsk deb nomlandi ) va Perovsk; markazga Turkiston va
Chimkent rayonlari; chap qanotga Avliyoota, Narke va Pishpek shaharlari kiradi45.
Dastlab Turkiston viloyatining ma’muriy markazi qilib Chimkent shahri
belgilandi. Rus qo’shinlari Toshkentni egallaganidan so’ng, to u Rossiya tarkibiga
rasman kiritilguniga qadar, bu shahar Turkistonning ma’muriy markazi bo’lib turdi.
1866-yilda Imperiyaga rasman qo’shib olingan Toshkent va uning atrofidagi
hududlar Toshkent rayoni deb atalgan alohida birlikni tashkil qildi. 1866-yili
Turkiston viloyati tarkibida Erjar-Zomin bo’limlari, O’ratepa va Jizzax tumanlari
tashkil qilindi. Mustamlaka o’lkalarni boshqarish asoslari absolyutizm davridayoq
yuzaga kelgan bo’lib, ular smaderjaviya (podisho hokimiyati)ning Volgabo’yi,
Sibir, Qozog’iston, Kavkaz va boshqa qator hududlardagi manfaatlarini ozmiko’pmi
ta’minlab kelargan. Ular zamirida harbiy va harbiy bo’lmagan hokimiyat birlashar
hamda ma’muriy, sudlov xo’jalik va boshqa vazifalar bitta muassasa qo’lida
1 Эшов Б. Ўзбекистонда давлат ва маҳаллий бошқарув тарихи. – Т.: Янги аср авлоди, 2012. – Б. 423. 45
Абдураҳимова Н.,Ергашев Ф. Туркистонда чор мустмлака тизими. – T.: Академия, 2002. – Б. 30.
23
jamlanar edi. Xuddi shunga o’xshash boshqaruv usuli, deyarli o’zgarmagan tartibda
zamonga moslangan holda Turkiston o’lkasida ham sekin astalik bilan joriy qilina
boshlangan. 1
Rossiya imperiyasi Turkistonda keng ko’lamli bosqinchilik yurishlarini boshlar
ekan, o’lkani boshqarishga doir oldindan puxta tayyorlangan rejaga ega bo’lmagan.
Vaholanki, bosib olingan yerlarda boshqaruvni tashkil qilish bilan bog’liq tayyor
loyihalar ham yo’q edi. Mana shunday sharoitda Turkiston viloyatining ma’muriy
tuzilishini tartibga solishga qaratilgan me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqish tashabbusi
Rus harbiy qo’mondonligiga o’tgan. Huddi shunday hujjatlardan birinchisi Yangi
Qo’qon liniyasi qo’mondoni M. G. Chernayevning Harbiy shtabida ishlab chiqilib,
harbiy vazirlikda ko’rib chiqilib, qayta ishlangan va 1865-yilning 6-avgustida
Aleksandr II “Turkiston viloyatini boshqarish haqidagi muvaqqat nizom”ga imzo
chekgan46.
Ushbu hujjatga muvofiq, mahalliy ma’muriyat boshlig’i harbiy general-
gubernator hisoblanib, uning qo’liga harbiy va harbiy bo’lmagan hokimiyat berilgan
edi. Bunday lavozimga rus amaldorlari tayinlanib, mahalliy aholi ustidan umumiy
nazorat yurituvchi mahalliy boshqaruvchilar bo’ysundirilgan edi. Ularga quyidagi
vazifalar yuklatilgan: karvon tijorati xavfsizligini ta’minlash; tub aholidan soliq
yig’imlarini to’plash; aholining majburiyatlarni va ma’muriyat ko’rsatmalarini
bajarshni nazorat qilishdan iborat bo’lgan.
Mahalliy boshqaruvchilar zimmasiga sudlov funksiyalari ham yuklatilgan
bo’lib, ular mahalliy va rus aholisi arlashgan qotillik, o’g’irlik va talonchilik bilan
bog’liq jinoiy ishlar bilan shug’ullanganlar.
Bundan tashqari, ular shariat sudlov muassasalarining faoliyatini ham nazorat
qilganlar. Mahalliy boshqaruvchilarning xo’jalik funksiyalari ham belgilab berilgan
bo’lib, unda o’rmonlarning butligi, sug’orish tarmoqlaridagi suv taqsimoti va bu
tarmoqlarni yaroqli holda saqlashni kuzatib borish bilan chegaralangan edi47.
1 A. Sagdullayev Movlonov. U “O’zbekistonda davlat boshqaruvi tarixi” T: “Akademiya”-2006 b-86
24
Xuddi shunga o’xshash majburiyatlar “1865-yilgi muvaqqat Nizom”da shahar
hokimlari zimmasiga ham yuklatilgan bo’lib, bu lavozimga yirik shaharlarda rus
ofitserlari tayinlangan. Ushbu boshqaruv apparatida “mahalliy” deb ataluvchi
ma’muriyat ko’makchi rol o’ynar edi. O’rta Osiyoda xonlik davrida bo’lgani kabi
shaharlarning tub aholisi yashaydigan mahallalarni oqsoqollar boshqarar edi. Bosh
oqsoqolga mahalla tomonidan saylanuvchi shahar tumanlari oqsoqollari
bo’ysungan. Politsiya vazifasini raislar bajarganlar. Ular bozorlarda asosan tosh-
tarozini, savdo va jamoat tartibini nazorat qilardilar. Soliq yig’imlari bilan zakotchi
shug’ullangan.
Mahalliy aholi ustidan nazorat qiluvchi boshqaruvchilarning vazifalari joylarda
tinchlikni saqlash, karvonlar xavfsizligini ta’minlash, o’rmon, suv inshootlarini
qo’riqlash, o’troq va ko’chmanchi aholi o’rtasidagi janjallarni hal qilish, aholiga
soliq va majburiyatlarni belgilash, ularni o’z vaqtida va o’z miqdorida to’lashni
nazorat qilish, nazorat natijalarini bo’lim boshlig’iga yetkazishdan iborat bo’lgan.
Mahalliy aholining o’troq hayot kechiruvchi qismida sud ishlari bo’yicha qozilar
chiqargan hukmlar harbiy gubernator tomonidan tasdiqlanishi lozim bo’lib,
qozilarning chiqargan hukmlarini harbiy gubernator o’zgartirish huquqiga ega
bo’lgan. Ko’chmanchi aholining biy sudlari mahalliy aholi boshqaruvchilarining
ruxsati bilan o’tkazilgan. Biy sudlarida ishlar odat qoidalari asosida ko’rilgan.
1865-yildayoq Rossiya imperatori Aleksandr II ning farmoni bilan Orenburg va
G’arbiy Sibir general-gubernatorliklari hamda Turkiston viloyati turmush tarzi va
umumiy ahvolini o’rganish uchun “Dasht komissiyasi” tuzildi1. Ushbu
komissiyaning vazifasi bosib olingan hududlardagi sharoitni o’rganish hamda ularni
qanday boshqarish haqida nizom tuzish uchun ma’lumotlar to’plashdan iborat
bo’lgan. Komissiya o’z ish jarayonida bosib olingan yerlardan quyidagi qoidalarga
asoslangan holda foydalanishni belgilab bergan edi:
1. Harbiy va fuqaro hokimiyatini bir qo’lda to’plagan holda o’lkani boshqarish.
1 Ўзбекистоннинг янги тарихи. Биринчи китоб… – Б. 191-192.
25
2. Siyosiy hokimiyatga ega bo’lmagan barcha ichki ishlarni boshqarishni yerli
aholining xulq-atvori va urf-odatlarini hisobga olib, mahalliy aholi qo’liga
topshirish.
3. Mahalliy boshqarmada, uning qonun va urf-odatlarida mavjud bo’lgan davlat
manfaatlariga ziyon yetkazuvchi barcha narsalarni butunlay tugatish.
4. Imkoniyati boricha sudni ma’muriyatdan batamom ajratib qo’yish1.
Ko’rinib turibdiki, “Dasht komissiyasi”ning asosiy vazifasi mustamlakachilikka
asoslangan o’lka boshqaruv tizimini takomillashtirishga qaratilgan edi. Bu
“Komissiya” tomonidan ishlab chiqilgan “Yettisuv va Sirdaryo viloyatlarini
boshqarish haqidagi qoidalar loyihasi” bo’yicha Mahkama qabul qilgan qarorda
quyidagilar qayd etilgan edi:
1. Loyihada ko’rsatilgan hududlarda Yettisuv va Sirdaryo viloyatlari tarkibida
Turkiston General-gubernatorligi tashkil etilsin.
2. General-gubernatorga o’lkani boshqarish uchun loyihada nazarda tutilgan
shartlardan kelib chiqqan holda, boshqarish uchun amaldorlar olishga imkoniyat
berilsin.
3. General-gubernatorga loyihada ko’rsatilgan yerlarda, o’lkadagi mahalliy
sharoit, tuzem (mahalliy) xalqlarning ehtiyojlarini hisobga olgan holda so’nggi
marta qonuniy tartibda ko’rib chiqish va qabul qilish uchun uning qismlari bo’yicha
va yaxlit holda o’zining xulosasini berish topshirilsin. Ungacha loyihada
ko’rsatilgan holatlarni asos sifatida qabul qilib, o’lka tuzilishi uchun favqulodda
muhim va foydali deb hisoblangan hamma choralarni ko’rish topshirilsin.
Kurs ishilarga ko’ra, Turkiston viloyatining Orenburg general-gubernatorligi
tarkibida bo’lishi vaqt o’tishi bilan turli muammolarni keltirib chiqargan edi.
Shuning uchun ham Turkiston viloyatining uzoqda joylashganligi, viloyat
ma’muriyati
vakillari
sonining
kamchiligi
General-gubernatorlik
bilan
bog’lanishga, uning ko’rsatmalarini o’z vaqtida bajarilishiga salbiy ta’sir
ko’rsatayotganligi imperiya hukmron doiralari o’rtasida Turkiston viloyatini
1 Исмоилова Ж. ХХ асрнинг иккинчи ярми – ХХ аср бошларида Тошкентнинг «яанги шаҳар» қисми тарихи.
– Т.: Фан ва технология, 2004. – Б. 17.
26
Orenburg general-gubernatorligidan alohida ajratish masalasini kun tartibiga
qo’ygan edi. 1867 yilda Peterburgda Turkiston boshqaruvi bo’yicha tayyorlangan
“Nizom” loyihasi maxsus komissiya tomonidan muhokama qilinib, unda Orenburg
general-gubernatorligidan alohida bo’lgan Turkiston general-gubernatorligini
tashkil qilish to’g’risidagi qaror qabul qilingan. 1867-yil 11-aprelda Aleksandr II
tomonidan komissiya taklifi ma’qullanib, 11 iyulda Janubiy Qozog’iston va O’rta
Osiyoning bosib olingan hududlarida Turkiston general-gubernatorligi tashkil
etilganligi to’g’risida farmon e’lon qilingan. Birinchi general-gubernator qilib K.
P. Kaufman (1818 – 1882) tayinlangan1. K.P. Kaufman o’ziga berilgan
“Turkiston o’lkasida tartib o’rnatuvchi” nomini oqlab 15 yil davomida imperiyaga
o’lkadagi mustamlakachilik siyosatini mustahkamlashga sadoqat bilan xizmat
qilgan2.
Yangi tashkil etilgan ushbu ma’muriy birlik dastavval 2 ta – Sirdaryo va Yettisuv
viloyatlarini o’z ichiga olgan edi. Manbalarining ma’lumot berishicha, imperiya
hukumatining 1867-yilgi manifestiga ko’ra, Kaufmanga “o’lkani boshqarish uchun
kerakli va zarur deb hisoblangan barcha tadbirlarni mahalliy sharoitdan kelib
chiqqan holda mustaqil ravishda amalga oshirish huquqi berilib, siyosiy, chegaraviy
va savdo ishlarini hal qilish, qo’shni mamlakatlarga ularning Rossiya bilan o’zaro
aloqalariga tegishli muzokaralar olib borish va bitimlar imzolash, o’zaro kelishuvga
erishish va qarorlar kabul qilish uchun ishonchli vakillarni jo’natishda
cheklanmagan vakolatlar berilgan”3.
Imperiya mustamlakachilari qishloqlarni boshqarishda 1867-yilgi Turkiston
general-gubernatorligining viloyatlarni boshqarish haqidagi “Vaqtli nizom loyihasi”
deb atalgan hujjatlar majmuasiga amal qilganlar. Unga ko’ra ko’chmanchi aholiga
ikki bosqichli (volost va ovullar), o’troq aholiga esa bir bosqichli (oqsoqollar)
boshqaruv tizimi joriy etilgan4.
1 Тиллабоев С. Б. Туркистон ўлкасининг маъмурий бошқарув тизимида маҳаллий аҳоли вакилларининг
иштироки. – Тошкент: Фан, 2008. – Б. 28.
2 Мусаев Н. XIX асрнинг иккинчи ярми – XX аср бошларида Туркистонда саноат ишлаб чиқаришнинг
шаклланиши. – Т.: Иқтисод-молия, 2008. – Б. 7.
3 Эшов Б. Ўзбекистонда давлат ва маҳаллий бошқарув тарихи. – Т.: Янги аср авлоди, – Б. 425.
4 Абдурахимова Н. Туркистонда чор мустамлакачилик тизими. – Тошкент: Академия, 2002. – Б. 55.
27
Turkiston viloyatining ko’chmanchi aholisi urug’lar, bo’limlar va guruhlarga
bo’lingan. Urug’larni urug’boshilar – manaplar, sultonlar va katta biylar; bo’limlarni
– biylar; guruhlarni – to’g’ochlar boshqarganlar. Sulton, manap va biy unvonlari
asosan otadan bolaga meros bo’lib o’tgan1. Shunga qaramay, sulton, manap va
biylarning o’rniga saylangan yangi shaxslar mahalliy aholi boshqaruvchisi, imperiya
harbiy amaldorining tasdig’idan o’tishlari lozim bo’lgan.
1867-yil 11-iyulda imperator Aleksand II Turkiston harbiy okrugini ta’sis etdi
va O’rta Osiyoda bosib olingan va saltanat tarkibiga kiritilgan hududlar hisobodan
Turkiston general-gubernatorligini tashkil qilish to’g’risida farmon e’lon qildi.
1867 yilgi “Nizom” loyihasida Turkiston o’lkasining Rossiya harbiy vazirligi
tarkibida bo’lishi, o’lka harbiy hokimiyat orqali boshqarilishi, Generalgubernator
o’lkada joylashgan qo’shinga qo’mondonlik qilishi, boshqaruvning quyi bo’g’iniga
yerlik aholi vakillari saylov orqali saylanishi, o’lka boshkaruvini Rossiya
imperiyasidagi mavjud boshqaruv tizimiga yaqinlashtirib, keyinchalik o’lkani
imperiyaning ajralmas bir qismiga aylantirish, o’lkaning ma’muriyhududiy
bo’linishida esa imperiyaning siyosiy, iqtisodiy va strategik maqsadlaridan kelib
chiqib ish tutilishi ko’rsatib o’tilgan.
Rossiya imperiyasi O’rta Osiyoning bosib olingan hududlarida o’z
hukmronligini saqlab qolish va uni mustahkamlashni birinchi darajali vazifa
hisoblangani uchun ham boshqaruv sohasida dastlab katta o’zgarishlarni amalga
oshirmagan. Yuqori organlar nazoratida bo’lgan quyi boshqaruv organlari, soliq
tizimi saqlab qolingan. Quyi boshqaruvning dastlab saqlanib qolinishiga asosiy
sabab mahalliy aholining ichki hayotiga dastlabki davrda keskin aralashish va
aholining turmush tarziga katta o’zgarishlar kiritish salbiy oqibatlarni keltirib
chiqarishi mumkin edi. Undan tashqari, yangi bosib olingan yerlarda hali qarshilik
va norozilik harakatlari davom etayotganligi, boshqaruv tizimida faoliyat olib
1 Тиллабоев С. Б. Туркистон ўлкасининг маъмурий бошқарув тизимида маҳаллий аҳоли вакилларининг
иштироки. – Т.: Фан, 2008. – Б. 11.
28
borayotgan o’z odamlari bo’lmaganligi, mahalliy sharoitni to’liq bilmaslik kabilar
ham an’anaviy boshqaruv tizimini ma’lum muddat saqlab qolishga majbur qilgan1.
1868-yilda
imperiya
Ministrlar
Kengashi
tomonidan
Turkiston
Generalgubernatoriga ikki yil ichida yangi “Nizom” loyihasini tayyorlab taqdim
qilinishi to’g’risida ko’rsatma berilgan. 1871-yilda fon Kaufman rahbarligida
Turkiston o’lkasini boshqarish to’g’risida “Nizom” loyihasi tayyorlanib taqdim
etilgan bo’sada, muhokamada tasdiqlanmay qaytarilgan. Ushbu loyiha 1873-yilda
qayta ishlanib, ikkinchi marotaba Ministrlar kengashiga jo’natiladi. Ammo, bu safar
ham “Nizom” loyihasida kamchiliklar mavjud bo’lib, “qoniqarsiz, yer masalasi
tartiblari esa siyosiy jixatdan xavfli” bo’lganligi tufayli tasdiqlanmay qaytarilgan.
Ammo, shunga qaramasdan ushbu “Nizom” loyihasidagi tartiblar 1876-yilda yangi
tashkil etilgan Farg’ona viloyatiga joriy etilgan.
1882-yil 8-mayda imperatorning Turkiston general-gubernatorligini taftish
qilish to’g’risidagi farmoni e’lon qildi. Taftish ishlariga rais qilib “Dasht
komissiyasi”ning sobiq raisi, maxfiy maslahatchi F.K. Girs tayinlangan. 1883yilda
Girs taftish ishlarini tugallab, imperatorga General-gubernatorlik va unga qarashli
tashkilotlarning ahvoli to’g’risidagi hisobotni, “O’lkani boshqarish to’g’risidagi
nizom loyihasi”ga qo’shib taqdim etdi2.
1884-yil 21-yanvarda imperator Aleksandr III ning ko’rsatmasi bilan Davlat
Kengashi a’zosi, general-ad’yutant, graf N. Ignatev raisligida “Turkiston o’lkasini
boshqarish to’g’risidagi nizomning qayta ishlangan so’nggi loyihasini ishlab
chiqish” bo’yicha komissiya tashkil qilindi. Imperiyaning oliy doiralari tomonidan
tuzilgan ushbu komissiyaning asosiy vazifasi “O’lkani Rossiyaga qat’iy qaram qilib
qo’yish maqsadlari va uni boshqarishda xarajatlarni kamaytirish, daromadlarni esa
oshirishga, shuning bilan birga, fuqarolarni boshqarish talablariga va joylarning
shart-sharoitlariga to’g’ri keladigan nizom” tuzilishini amalga oshirishdan iborat
bo’lgan.
1 Тиллабоев С. Б. Туркистон ўлкасининг маъмурий бошқарув тизимида маҳаллий аҳоли вакилларининг
иштироки. – Т.: Фан, 2008. – Б. 32.
2 Эшов Б. Ўзбекистонда давлат ва маҳаллий бошқарув тарихи. – Т.: Янги аср авлоди, – Б. 427.
29
Rossiya imperatori tomonidan “Turkiston o’lkasini boshqarish to’g’risidagi
Nizom” 1886-yil 12-iyunda tasdiqlangan bo’lsada, ma’muriy tizim bo’yicha
e’tirozlar
davom
etdi.
Ammo,
iperator
Turkiston
o’lkasida
sobiq
Generalgubernatorlik boshqaruvining asosiy tamoyillarini saqlab qolgan holda unga
ba’zi o’zgarishlar kiritdi. Umuman olganda, Turkiston o’lkasida Rossiya imperiyasi
hukmronlik qilgan yillarda qonun loyihalari doimo to’ldirilib, o’zgartirilib turilgan.
Chunki podsho Rossiyasining qonun loyihalari Turkistonni Rossiya imperiyasining
markazlashgan
boshqaruv
tizimiga
kiritib,
uni
rus
burjuaziyasi
va
dvoryanpomeshchiklar mulkiga aylantirishga qaratilgan edi.
Turkiston generаl-gubernаtorligi tаrkibigа G’аrbiy Sibir generаlgubernаtorligi
tаsаrrufidа bo’lgаn Semipаlаtinsk viloyati hududining bir qismi kiritilgan. Chegаrа
chizig’i Semipаlаtinsk viloyati chegаrаsidаn Bаlхаsh ko’lining o’rtаsigаchа
cho’zilib Sаrisuv dаryosigа qаdаr cho’zilgan. Orenburg generаl-gubernаtorligi bilаn
chegаrа chizig’i Perovsk ko’rfаzi o’rtаsigаchа, Termembes tog’igа, undаn Terken,
Qаlmаs, Muzbil, Oqqum, Cho’bаrtepа tog’lаri bo’ylаb Mo’yinqumning jаnubiy
etаklаri vа Sаrisuv dаryosi Chu dаryosi bilаn qo’shilgаn joygа qаdаr borgan.
Turkiston generаl-gubernаtorligi 1867 – 1886-yillаrdа viloyat vа uyezdlаrgа
bo’lingаn edi. O’rtа Osiyo хonliklаri bilаn chegаrаdosh joylаrdа uyezdlаr o’rnigа
ulаrgа mos rаvishdаgi hаrbiy-hududiy birliklаr okruglаr, bo’limlаr vа rаyonlаr
tаshkil qilingаn.
Dаstlаb, Turkiston generаl-gubernаtorligi ikki viloyat: mаrkаzi Toshkentdа
bo’lgаn Sirdаryo hаmdа mаrkаzi Verniy shаhridа bo’lgаn Yettisuv viloyatigа
bo’lingan. Keyinchаlik bosib olingаn hududlаr hisobigа qo’shimchа tаrzdа quyidаgi
mа’muriy-hududiy birliklаr tаshkil qilingan: 1868-yildа mаrkаzi Sаmаrqаnddа
bo’lgаn Zаrаfshon okrugi; 1874-yildа mаrkаzi Petroаleksаndrovsk (To’rtko’l)dа
bo’lgаn Аmudаryo bo’limi; 1876-yildа Qo’qon хonligining tugаtilishi hisobigа
mаrkаzi Yangi Mаrg’ilon (Fаrg’onа) shаhri bo’lgаn Fаrg’onа viloyati.
Yettisuv viloyati Sevestapolsk, Ko’pаl, Verniy, Issiqko’l vа To’qmoq
uyezdlаrigа bo’lingan edi. 1882-yili u Turkiston enerаl-gubernаtorligi tаrkibidаn
chiqаrildi.
30
Sirdаryo viloyati tаrkibidа 1868-yili Аvliyootа, Qаzаlа, Qurаmа (mаrkаzi
Qo’yliq qishlog’i), Perovsk, Turkiston, Хo’jаnd vа CHimkent uyezdlаri tаshkil
qilindi. Toshkent shаhri mustаqil mа’muriy birlikni tаshkil etgan.
Zаrаfshon okrugi hududi dаstlаb Sаmаrqаnd vа Kаttаqo’rg’on bo’limlаrigа
bo’lingan edi. 1871-yildа ulаrgа yangi mа’muriy-hududiy birlik tog’li tumаnlаr
qo’shildi. U Zаrаfshon dаryosining yuqorisidа joylаshgаn mаydа bekliklаrdаn
tuzildi. Sаmаrqаnd bo’limi uchtа, Kаttаqo’rg’on bo’limi esа bittа tumаndаn iborаt
bo’lgan.
Хivа хonligidаn аjrаtib olingаn hududning bir qismidа tаshkil qilingаn
Аmudаryo bo’limi Chimboy vа Sho’rахon uchаstkаlаrigа bo’lingan.
Fаrg’onа viloyati hududidа Аndijon, Qo’qon, Mаrg’ilon, Nаmаngаn, O’sh vа
Chust uyezdlаri bo’lib, ulаr bilаn bir vаqtdа Chimyon (1879-yildаn boshlаb Isfаrа)
uyezdi tuzilgаn edi, uning hududi 1881-yildа Qo’qon vа Mаrg’ilon uyezdlаrigа
bo’lib yuborildi. Hududni tаshkillаshtirish tizimidаgi eng quyi bo’g’in bo’lis
(volost) hisoblаngan. Biroq, bo’lis boshqаruvi izchil rаvishdа fаqаt Fаrg’onа viloyati
hаmdа Zаrаfshon okrugidа joriy qilingan. Boshqа joylаrdа esа, ko’chmаnchi аholi
sonining ko’pligi tufаyli, bo’lislаr bilаn bir qаtordа, аholi o’troq yashovchi
tumanlаrdа oqsoqolliklаr hаm tаshkil qilindi. Хo’jаnd uyezdi o’zigа хos хususiyatgа
egа bo’lib, uning hududi uchtа Хo’jаnd, O’rаtepа vа Jizzах rаyonlаrigа bo’lingan.
Umumаn olgаndа, imperiya tomonidаn Turkistondа аmаlgа oshirilgаn mа’muriy-
hududiy bo’linishdа o’lkаning tаbiiy, tаriхiy, iqtisodiy vа milliy хususiyatlаri
hisobgа olinmаdi. U hаqli rаvishdа byurokrаtik-g’аznа аhаmiyatigа molik deb
аtаlgаn hududlаrni tаshkillаshtirish bo’yichа umumimperiya tаdbirining qonuniy
dаvomi bo’ldi. “1863–1867 yillаrdаgi muvаffаqiyatlаr, – deb yozаdi Turkistonning
birinchi Generаl-gubernаtori K.P. Kаufmаn o’zining podshogа yo’llаgаn
hisobotidа,... bu turg’un vа o’z turg’unligigа o’rаlgаn mаmlаkаtning butun siyosiy
tizimini bаrbod qilgаni holdа, yakson bo’lgаn kuchlаrni qo’lgа olish, ulаrni o’lkаgа
rus dаvlаti mаnfааtlаridаn kelib chiqqаn holdа olib kelingаn yangi ijobiy siyosiy vа
fuqаroviy dаsturlаrni bаjаrishgа yo’nаltirishni uddаlаy olmаdi”.
31
Real turmush imperiyaning “tаrаqqiyot olib kirish” borаsidаgi rejаlаridаn аnchа
murаkkаb bo’lib chiqdi. O’n minglаb kishilаr imperiya аgressiyasigа qаrshi
kurаshgа qo’zg’аldilаr. Kаufmаn rus dаvlаtining mаnfааtlаrini bosqinchilаrgа
qаrshi yalpi qаttiq kurаsh shаroitidа joriy qilishgа mаjbur bo’ldi.
Podsho yorlig’i K.P. Kаufmаngа “bаrchа siyosiy, chegаrа vа sаvdo-sotiq
ishlаrini hаl qilish, qo’shni mаmlаkаtlаrdа muzokаrа olib borish vа trаktаtlаrni
imzolаsh, qаrorlаr uchun shаrtlаrni kelishish” vаkolаtini berаrdi. U o’lkаdаn аyrim
shахslаrni siyosiy sаbаblаrgа ko’rа besh yilgаchа bo’lgаn muddаtgа bаdаrg’а qilish
vа qаrshilik ko’rsаtilgаn tаqdirdа, ishni hаrbiy sudgа oshirish huquqigа egа edi.
Gubernаtor аholigа solinuvchi soliqlаr miqdorini belgilаr, аjnаbiylаrni rus
fuqаroligigа qаbul qilаr, kreditlаrni tаqsimlаr, shu jumlаdаn, tub аholigа mаnsub
bo’lgаn shахslаrgа o’lim jаzosi berish hаqidаgi hukmlаrni (аgаr ulаr qozilik vа
biylik sudlаri tomonidаn chiqаrilgаn bo’lsа) bekor qilish huquqigа egа edi.
Rus hukumati o’ziga mustahkam tayanch barpo etish va hukumronligini
mustahkamlash maqsadida rus shaharlari va qishloqlarini barpo etishga aloxida
ahamiyat berdi. Natijada Rossiyaning turli joylaridan Turkiston o’lkasiga ko’chib
keluvchilar soni ortib bordi. XIX asrning oxiriga kelib o’lkadagi ruslar soni 197420
kishiga yetdi1.
2.3. Politsiya va sud organlarining tuzilishi va uning funksiyalari
XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Turkistonda ma’muriy va davlat muassasalari
tizimidagi o’zgarishlar bilan bir qatorda sud tizimi va jazolash organlarida ham
jiddiy o’zgarishlar yuz berdi. Ular orasida markaziy va mahalliy organlar hokimiyati
chegaralarini jiddiy kengaytirgan 1881-yil 14-avgustdagi “Davlat tartibi va jamoat
osoyishtaligini qo’riqlash choralari to’g’risidagi nizom” alohida o’rin tutadi. Ushbu
“Nizom”ga muvofiq, Rossiya imperiyasi o’z ixtiyoriga ko’ra “kuchaytirilgan” yoki
“favqulotda” qo’riqlov holatini joriy qila olardi. “Kuchaytirilgan qo’riqlov” joylarda
mavjud davlat tuzumiga qarshi jinoiy tajavuzlar uyushtirilsa, mavjud tartibni saqlash
uchun doimiy amalda bo’lgan qonunlarning qo’llanishi yetarli bo’lmagan taqdirda
1 Зиёев Ҳ. Туркистонда Россия тажовузи ва ҳукумронлигига қарши кураш. – Т.: Шарқ, 1998. – Б. 362.
32
joriy qilinardi. “Favqulotda qo’riqlov” holati esa tajovuzlar tufayli ma’lum joy
aholisi buzilgan tartibni zudlik bilan tiklash uchun favqulotda choralar ko’rish
zaruriyatini talab qiluvchi qo’zg’olish kayfiyati keltirilganida joriy qilinardi. 1892-
yildan boshlab Turkistonda doimiy ravishda «Kuchaytirilgan qo’riqlov yoki
“Favqulotda qo’riqlov” holatida bo’lib keldi. Favqulotda holatlar amalda bo’lgan
davrda butun mahalliy ma’muriyatning politsiya va jazolash funksiyalari
cheklanmagan tus oldi. Shuni takidlab o’tish kerakki Turkiston general-
gubernatorligi juda katta hududlarga ega bo’lib, butun Rossiya imperiyasi
hududining 1/18 qismini tashkil etgan. Turkiston o’lkasini Rossiya tasirida saqlash
uchun katta qo’shin zarur bo’lgan. Turkiston harbiy okrugi tashkil etilgandan so’ng,
u yerga 87 polk, 7 ta kazak polkidan iborat 19 ta batalyon mavjud bo’lib, qo’shinng
umumiy soni 31313 askar edi. Bu davrda Turkiston aholisini 1847041 kishini tashkil
qilganini hisobga oladigan bo’lsak har 59 kishiga 1 ta askar to’g’ri kelgan1. General-
gubernatorlarga jamoat tartibi va davlat xavfsizligi buzilishini oldini olishga tegishli
predmetlar bo’yicha majburiy qarorlarni chiqarish huquqi berilgan. Ushbu qarorlarni
buzish hollari general-gubernator tomonidan ma’muriy tartibda ko’rib chiqarilardi
va aybdorlarni 500 rublgacha jarimaga tortish yoki 3 oylik muddatgacha qamoqqa
hukm qilish huquqiga ega bo’lgan.
Politsiya boshliqlari va jandarm boshqaruvlari rahbarligida jinoyat sodir etganlik
yoki ularga dahldorlikda, shuningdek qonunga xilof tashkilotlarga daxldorlikda
asosli shubxa qilingan barcha shahslarni ikki haftagacha hibsda saqlash huquqi
berilgan edi. Shuningdek ularga barcha joy, fabrika va zavodlarda har qanday vaqtda
tintuv o’tkazib, har qanday mulkni musodara qilishga ruhsat berilgan. Mahalliy
ma’muriyatlar kuchaytirilgan qo’riqlov holati e’lon qilingan taqdirdagina ana
shunday huquqlarga ega bo’lgan. Ushbu Nizomning barcha moddalari favqulotda
qo’riqlov sharoitda ham to’liq o’z kuchini saqlab qolgan. Bundan tashqari general-
gubernatorga qo’shimcha ravishda bir qator keng vakolatlar ham berilgan edi.
Jumladan, u 3000 rublgacha jarima solish, bir oy muddatgacha vaqtli nashrlar va
1 Костенка Л. Ф. Туркестанские войска и условия их бытовой походной и боевой жизни // Военный сборник,
№ 5, 1875. – С. 208.