TURKIYA XX ASRNING 60-70- YILLARIDAGI HARBIY TUZUM DAVRIDA
Yuklangan vaqt
2025-03-18
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
43
Faytl hajmi
58,6 KB
1
KURS ISHI
TURKIYA XX ASRNING 60-70- YILLARIDAGI HARBIY TUZUM
DAVRIDA
I. Kirish
II. Asosiy qism
1. Ikkinchi jahon urushidan so’ng Turkiya tarixida harbiylarning siyosiy roli
2. 1960 – yil 27 – maydagi harbiy to’ntarishning sabablari va uning oqibatlari
3. XX asr 70 – yillarida harbiy tuzum davrida Turkiyaning ichki va tashqi
siyosatining xususiyatlari
III.Xulosa
IV. Foydalanilgan adabiyotlar
2
Kirish
Mavzuning dolzarbligi. O’zbekiston mustaqillikka erishgandan keyin
yildan- yilga rivojlanib, oliy maqsad sari ildamlamoqda. Ozod va obod vatan, erkin
va farovon hayot uchun, olib borilayotgan amaliy islohotlar birinchi o’rinda inson
va uning manfaatlarini ko’zda tutadi. Huquqiy demokratik davlat va fuqarolik
jamiyati qurish maqsadi har bir fuqaro uchun katta ma’suliyat yuklaydi. Yurt
ravnaqiga daxldorlik tuyg’usi bilan yashash va bu yo’lda fidoiylik ko’rsatish,
darhaqiqat sharafli vazifadir. Zero, ko’plab rivojlangan mamlakatlarning taraqqiyot
xususiyatlarini va omillarini tahlil etarkanmiz, xalq fidoyiligi va vatanparvarligi,
taraqqiyotning asosiy omillaridan bo’lganiga guvoh bo’lamiz. Shunday ekan,
tadqiqotchi olimlar zimmasiga ham mazkur muqaddas ma’suliyat yuklanadi.
Tarixchilar nafaqat mamlakatimizning boy tarixini, balki xorijiy sharq va g’arb
mamlakatlarining tarixiy taraqqiyot xususiyatlari va tarixiy tajribalarini tadqiq etish
orqali mamlakat rivoji uchun muhim hissa qo’shishlari lozimdir.
”Binobabarin, biz davlatimiz kelajagini o’z qobig’imizda o’ralib qolgan holda
emas, balki umumbashariy va demokratik qadriytlarni chuqur o’zlashtirgan holda
tasavvur etamiz. Biz istiqbolimizni taraqqiy topgan mamlakatlar tajribasidan
foydalanib,davlat va jamiyat boshqaruvida erkinlashtirish, huquq va erkinliklarini,
fikrlar rangbarangligini o’z hayotimizga yanada kengroq joriy qilishda ko’ramiz”1.
Hammamizga yaxshi ma’lumki, “O`tmishni anglash tarixni bilishdan boshlanadi”.
Tarixiy o`tmishda turkiy xalqlar bizning xalqimiz bilan turmushning siyosiy,
ijtimoiy–iqtisodiy hayotini birgalikda kechirganlar. Mazkur xalqlar bir necha
marotaba bizning xalqimiz bilan yagona davlat birligida ham hayot kechirgan, ya’ni
O`zbekiston va Turkiya davlati tarixi bir-biri bilan o`zaro chambarchas bog`liq
desak mubolag`a bo`lmaydi. “O`zbekiston boshqa musulmon davlatlar bilan ham
o`zaro munosabatlarni–shu jumladan ko`p tomonlama asosda chuqurlashtirishga
1 Каримов И.А. Юксак маънавият- енгилмас куч.-Тошкент: Маънавият, 2008, 114-б.
3
intilmoqda”. Shuning uchun ham qardosh xalqlar xususan, Turkiya davlati bilan
yaxshi qardoshlik munosabatlarini saqlab, ular bilan o`zaro manfaatli iqtisodiy–
siyosiy aloqalarni rivojlantirish uchun ham bu davlat tarixini to`laqonli o`rganish
bugungi kunda dolzarb masala hisoblanadi.
Shu nuqtai nazardan jahon tamaddunining bir qismi bo’lgan Turkiyaning
1960 va 1970 yillardagi siyosiy va ijtimoiy manzarasini tahlil etish dolzarblik kasb
etadi.Turkiyaning geostrategik joylashuvi, shuningdek etnomadaniy xususiyatari,
uning xalqaro munosabatlaridagi mavqe’yi bilan birga, davlat boshqaruvida muhim
ahamiyatga ega bo’lgan harbiylar faoliyatiga ta’sir etgan. Turkiyada G’arb va sharq
madaniyatlari to’qnashganini, sivilizatsiyalar muloqotining o’ziga xos samaralarini
ko’rishimiz mumkin. Bu esa, davlat va jamiyat boshqaruvida ham o’z ifodasini
topgan. Demak Turkiyaning 1960 – 1970 - yillardagi tarixini o’rganish quyidagi
jihatlari bilan dolzarblik kasb etadi: Birinchidan, bilamizki, Turkiyada azaldan
harbiylar mamlakatning siyosiy hayotida va boshqaruvida muhim ahamiyat kasb
etishgan. Usmonli imperiyasi qudratining asosiy omili ham imperiyaning asosiy
tayanchi ham harbiylar, ya’ni o’sha davrlarda yanicharlar korpusi hisoblangan.Ular
mamlakat boshqaruvida o’z pozitsiyalariga ega bo’lishgan.Demak harbiylarning
ahamiyati oldindan yuqori bo’lgan. Ikkinchidan, Ikkinchi jahon urushidan keyin
Turkiyadagi ijtimoiy – siyosiy vaziyat murakkab edi. Natijada mamlakat hayotida
ko’plab ichki muammolar va hukumatga nisbatan ishonchsizlik, noroziliklar paydo
bo’ladi. Bu esa mamlakatning siyosiy boshqaruvida qanaqadir o’zgarish qilishni
talab qilardi.
Demak Turkiyaning bu davrdagi tarixini o’rganish 1960 – yilgi harbiy
to’ntarishdan oldin mamlakatdagi vaziyat va o’sha harbiy to’ntarish o’tkazishning
sabablari, shart – sharoitlari va oqibatlarini o’rganish bilan ahamiyatli va dolzarb
hisoblanadi. Qolaversa, 1946 yilda tashkil topgan va o’sha davrda hukmron partiya
hisoblangan Demokratik Partiya dastlab faoliyatini boshlaganida demokratik
islohotlkarni chuqurlashtirishga katta e’tibor bergan.
Mavzuning maqsad va vazifalari Kurs ishidan ko’zlangan 1960 – 1970-
yillardagi Turkiyada harbiy tuzum davrini o’rganish hamda bu davrda yuz bergan
4
ijtimoiy – siyosiy voqealarni, jarayonlarni chuqur yoritish va tahlil qilishdan iborat.
Asosiy vazifalar quyidagilardan iborat: Turkiyada 1960 – 1970 – yillarda harbiy
tuzum davrida yuz bergan ijtimoiy – siyosiy jarayonlarni aniq dalillar asosida yoritib
berish; XX asr 50 – yillarining oxirida Turkiyadagi ijtimoiy – siyosiy hayotni
o’rganish; 1960 – yilgi harbiy to’ntarishning sabablari va oqibatlarini ochib berish;
1971 – yilgi harbiy to’ntarishning sabablari va oqibatlarini yoritishdir.
Mavzuning ob’ekti va predmeti: 1960 – 1970- yillardagi Turkiyadagi harbiy
tuzum davridaharbiylar faoliyati va uning mamlakat ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy
hayotida tutgan o`rni va rolini,davlat va davlat boshqaruvinio`rganish tadqiqot
ishining asosiy ob’ekti hisoblanadi. 1960 – 1970- yillardagi Turkiyadagi harbiy
tuzum davrida yuz bergan voqealar, ijtimoiy – siyosiy jarayonlar, harbiy tashkilotlar
va siyosiy partiyalar tadqiqot ishining predmeti hisoblanadi.
1. Ikkinchi jahon urushidan so’ng Turkiya tarixida harbiylarning siyosiy roli
Yaqin sharqdagi an’anaviy jamiyat har doim etnik va diniy turfa xilligi bilan
ajralib turadi. Bu ma’lum bir vaziyatlarda etnik va diniy asosda nizolarni keltirib
chiqaradi. Ko’pincha bu nizolar aholining turli qatlamlari o’rtasida siyosiy va
iqtisodiy qarama – qarshilikka sabab bo’ladi. Oxirgi yillarda globallashuv jarayoni
ta’sirida yaqin sharq davlatlari aholisining ulkan qismining siyosiylashuvi ro’y
5
berdi. Bunday sharoitda chegaralanmagan konfessializm va millatchilik etnik
separatizm va diniy nizolarga sabab bo’ladi va yaqin sharq mamlakatlarining davlat
yaxlitligining saqlanishiga jiddiy xavf tug’diradi. Milliy – etnik va diniy asosda
paydo bo’ladigan ko’plab turli xil muammolar shunga o’xshash nizolarni tartibga
solishda armiyaning ishtirokini oldindan belgilab qo’yadi. Harbiylar Yaqin Sharq
mamlakatlarida siyosiy jarayonlarda muhim rol o’ynashgan1.
Bugun esa harbiylar yaqin sharq mamlakatlarining siyosiy tizimining barcha
elementlari o’rtasida yuqori ishonchga ega va davlatning doimiy instituti
hisoblanadi. Armiya birligi uchun eng asosiy xavf etnik millatchilik va diniy
ekstremizm. Armiya o’zining birligini saqlash maqsadida himoyachi pozitsiyasi
yoki milliy – tarixiy, madaniy – diniy an’analarni va mamlakat qadriyatlarni egasi
sifatida chiqishi mumkin. Boshqa tarafdan esa ichki siyosiy maqsadlarda
harbiylardan foydalanish shu narsani ko’rsatadiki, armiya yoki uning bir qismi
islohotlar jarayonida murakkab va bir xil bo’lmagan natijalarida o’zining mustaqil
roliga da’vo qilishni boshlashi mumkin. Harbiy tajribasi yuqori bo’lgan va ma’lum
bir sharoitlarda og’ir jangovar texnikaga ega bo’lgan harbiylar shaxsiy hokimyatga
shuningdek qo’shni xalqlarga qarshi yo’naltiriladi. Sharq mamlakatlarining
ofitserlar korpusini taqdiq qilgan ko’pchilik olimlar shunaqa xulosaga kelishdi,
harbiy tayyorgarlik va ta’lim, kollektivlikni his qilish ofitserlar o’rtasida milliy,
dunyoviy dunyoqarashni asta sekinlik bilan kengaytirishga yordam beradi.
Fuqarolik siyosiy elitadan farqli ravishda harbiylar ancha jips va diniy va etnik
xarakterdagi siyosiy oqimlar ta’siriga kamroq tushadi. Lekin boshqa shunga
o’xshash xulosalar har bir aniq vaziyatda va har bir mamlakatda haqiqiy holatni har
doim ham aks ettiravermaydi. Bir faktga diqqatni qaratish shart emas, ya’ni armiya
– bu jamiyatning nusxasidir2.
Ofitserlar tarkibida barcha asosiy ijtimoiy guruhlar bor. Boshqa tarafdan esa,
1 Владимир Ахмедов.Роль армии в урегулировании этнорелeгиозных конфликтов на Ближнем Востоке–М:
Восток, 2008,стр 3.
2 Эргашов. Ш – Жаҳон тарихи. Энг янги давр 1945-2017. Тошкент. 2019. 169-б
6
ofitserlar korpusida jamiyat guruhlari vakillari kamroq bo’lishi mumkin yoki
umuman bo’lmasligi ham mumkin. Misol uchun, Sudanda XX asrning 50 – 60-
yillarida ofitserlar korpusi tarkibida asosan mamlakatning janubiy tumanlaridan
kelgan harbiylar bo’lgan. Pokistonda fuqarolar urushi arafasida ofitserlar g’arbiy
tumanlardan kelgan harbiylar sanalishgan. Ofitserlar korpusida dunyoviy xarakter
va milliy mentalitet bir qancha mamlakatlarda ya’ni ofitserlar asosan aholining bir
guruhidan bo’ladigan mamlakatlarda qattiq chegaralangan. Harbiylar birdamligi
ofitserlar korpusi jamiyatning ikki yoki undan ortiq etnik – diniy guruhlaridan
tashkil topadigan mamlakatlarda o’ziga xos mustahkamligi farq qilmaydi.
Ofitserlarning hayotiy qiymati ularning etnik, diniy va qayerdan kelib chiqishiga
bog’liq. Mamlakatda etnik va diniy nizolar paydo bo’lganida ofitserlar korpusi diniy
yoki etnik tamoyillarga ko’ra bo’linishi mumkin. Bunday holatlarda an’anaviy
jamiyat bilan oldingi aloqalari kasbiy birdamligi va milliy umumiylikni his qilishdan
ustun kelishi kerak.
Livanda chegarada XX asrning 70-80- yillarida musulmonlar son bo’yicha
xristianlardan oshib ketdi. Oldin ofitserlar korpusining katta qismi xristianlardan
tashkil topgan edi.Natijada fuqarolar urushi sharoitida oxirgi vaqtgacha armiya
ixtilofni ko’rsatmaslik uchun amalda siyosiy voqealarda ishtirok etishdan qochishga
harakat qiladi. Shu nuqtayi nazardan, ofitserlar korpusiga ayniqsa siysoiy inqiroz
sharoitida, diniy nizolar kelib chiqqanda birmuncha mustahkam birlik sifatida
qarash to’g’ri bo’lar edi. Harbiylarning nizolarning oldini olish va ularni bartaraf
etishdagi o’rni ko’p jihatdan hukmron tuzumning tipini, davlat qurilishini modelini,
davlat boshqaruvi tizimida harbiylar egallaydigan joyni, fuqarolik hokimyati bilan
o’zaro aloqasining xususiyatini, shuningdek aholining etnik – diniy tarkibini va
tashqi faktorlar ta’sirini aniqlashga yordam beradi. Yaqin sharq mamlakatlarida
harbiylar diniy va etnik asosda paydo bo’lgan nizolarni to’xtatishni uddalab
kelmoqda (Misr, Suriya, Iroq)1.
1 M.Lafasov. U. Jo’rayev. Jahon tarixi – Toshkent: Muharrir, 2007. 178-b
7
To’g’ri, shuni ta’kidlash kerakki, yuqorida sanab o’tilgan mamlakatlarda
faqatgina doimiy armiya emas yana qanchadan – qancha xavfsizlik kuchlarining
maxsus bo’limlari harakatda bo’lishdi. Ularning muvaffaqiyatli harakatlari ko’p
jihatdan hukmron tuzumning harbiylar – fuqarolar koalitsiyasi ko’rinishida
bo’lishiga, aholining diniy birligiga, regional kuchlarning muvozanatining
ijobiylashuviga va tashqaridan bo’ladigan to’g’ridan - to’gri aralashuvlarning yo’q
bo’lishiga imkon yaratdi.Armiya tajribasi, ayniqsa harbiy tuzum o’rnatilgan
mamlakatlarda, etnik – diniy belgilarga ko’ra davlatning tarkibiy qismlarga
bo’linishini oldini olishda armiya yaxshi tajribaga ega emas.
Ko’pgina harbiy tuzumlar, aholi tarkibibining etnik – diniy xilma – xilligi
mavjud bo’lgan mamlakatlarda shuni ko’rsatdiki, harbiylar bu nizolarning
tarqalishini to’xtatib turolmaydi yoki xohlashmaydi. Aksincha, tez – tez ular ongli
ravishda yoki bilmagan holda bu nizolarning rivojlanib ketishiga ko’maklashadi.
Shular qatorida bu narsa jamiyatning dezintegratsiyasiga va zulming ortishiga olib
keldi.Yaqin sharqdagi harbiylar boshqaruvi shakli shuni ko’rsatadiki, nizolarning
siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy parametrlarining ahamiyatiga yetarlicha baho
berishmadi. Ular og’ir etnik va diniy ziddiyatlarni “turli xil” hujumlar, qurol yo’li
bilan hal qilish mumkin deb hisoblashadi. Shunga ko’ra harbiylar ichki
tartibsizliklarni kuchaytirishga juda ham qattiq aloqalari bo’ladi, unda armiya
vamamlakat birligiga bo’ladigan muqarrar xavfni ko’rib, ularni tez, metod va
vositalarga qaramasdan bartaraf qilishga harakat qilishadi. Bugungi kunda islohotlar
jarayoni va siyosiy modernizatsiya qilish ta’sirida armiyani siyosatga jalb qilish
me’yorlari o’zgarmoqda.
XX asrning 50 – 70- yillarida fuqarolar armiya boshqaruvidan chetlashtirildi
va u qo’lida butun fuqarolik va harbiy hokimyatni to’pladi. Bugungi kunda Yaqin
sharq davlatlarining ko’pchiligida asta - sekinlik bilan harbiylar hokimyati
tuzumidan harbiylar – fuqarolar koalitsiyasi tizimiga o’tilmoqda. Fuqarolarning
davlat boshqaruvida ishtiroki etishi kengaymoqda (Misr, Turkiya, Eron).
Harbiylarning siyosiy nafsi va ijtimoiy – iqtisodiy maqsadlari yanada mo’tadil
bo’lmoqda.
Ularning
hokimlik
vakolati
o’lchovlari
qisqarmoqda,
lekin
8
harbiylarning siyosatga aralashuvi esa yanada kengaymoqda. Uular siyosiy
hokimyatni va uzoq muddatga davlat boshqaruvini qo’lga olishga harakat
qilishmoqda. Ularning maqsadi mamlakatda raqobatlashayotgan siyosiy guruhlar
o’rtasidagi kuch muvozanatini saqlash, hokimyatning konstitutsiyaviy asosini
mustahkamlash, iqtisodiy farovonlikni taqsimlashda jiddiy o’zgarishlarning oldini
olish. Ayniqsa Yaqin Sharqdagi bugungi sharoitda faqatgina armiya va harbiylardan
bu nizolarni bartaraf etishga umid bog’lash to’g’ri bo’lmas.
Hozirda fuqarolarga, ularning harkati yoki harakatsizligiga ham bog’liq. Agar
ular bu nizolarni hal qilishdan o’zini chetga olsa, o’rtalarida kelishmovchilik yuzaga
keladi va yana armiya siyosiy sahnaga chiqishiga to’g’ri keladi. Modomiki,
harbiylar kelishuvdan ko’ra kuch ishlatishga harakat qilishadi. Ular sun’iy ravishda
etnik – diniy muvozanatni o’rnatishga harakat qilishadi, Agar fuqarolik hokimyati
ijtimoiy jihatdan javobgar bo'lsa, jamiyatning qo'llab – quvvatlashidan foydalanadi
va armiyani ittifoqdosh sifatida chaqirishdan qo’rqishga hojat qolmaydi, armiya esa
adolatli, xolisona harakat qiladi. Bunday holatda dunyoviy mafkuraga va milliy
g’oyaga sodiqlik ekstremistik qarash va kayfiyatni birlashtirishda asosiy faktor
bo’lib xizmat qiladi va bir xilda ko’tarilishga yordam beradi. Lekin har qanday
sharoitda bir narsani tushunish kerak, yaqin sharqning hozirgi sharoitida keng
fikrlovchi ofitserni toppish qiyin. Bir tomondan umumiy dunyoqarash va
umummilliy o’zlikni anglash, ikkinchi tomondan an’anaviy qadriyatlarga sodiqlik
etnik va diniy tafovut o’zaro qarshilikka uchraguncha tinchgina yashayveradi.
Bunday holatda bir narsaga, ya’ni armiya oldindan taxmin qilmaydigan
vositachi
yoki
hakam
roliga
chiqishi
mumkin
degan
ishonch
ancha
kamayadi.Shunday qilib, shunga o’xshash nizolardagi yakuniy qarorga siyosiy
yo’llar bilan erishish mumkin. Armiyadan foydalanish esa toza funksional xususiyat
kasb etishi va davlatni tashqi dushmanlardan himoya qilishga va soxta terrorizmga
emas haqiqiysiga qarshi kurashishga yo’naltirlishi kerak. Armiyaning ahamiyati va
harbiy boshqaruv Turkiya siyosiy hayotida har doim eng muhimi sanalgan. 1930 –
yillarning boshiga kelib, harbiylar o’zlarini xalq erkinligining timsoli sifatida qabul
qilib, mamlakat barqarorligi va hududiy yaxlitligining kafolati sifatida muhim o’rin
9
egalladi. Uzoq vaqt davomida Turkiyada “harbiy patronaj” tizimi mavjud
bo’lgan.Turkiyada harbiylar mamlakat hayotida qadimdan muhim o’rin egallab
kelishgan.Ular
Saljuqiylar
davridan
boshlab turli xil imtiyozlarga
ega
bo’lishgan.Bilamizki, mamlakat tashqi siyosatining asosiy yo’nalishini hududlarni
zabt etish siyosati bo’lgan. Usmonli turk imperiyasining dunyoda qudratli davlat
bo’lishiga olib kelgan asosiy omillardan biri – bu uning armiyasi. Imperiyada juda
kuchli
armiya
tashkil
qilindi.Armiya
orqali
dunyoning
uch
qit’asida
mustamlakalarga ega bo’lgan yagona davlat bo’lganligini tarixning o’zi isbotlab
turibdi. Yanicharlar korpusining tashkil qilinishi Usmonli turk imperiyasining
g’alabaga erishishining eng asosiy omili sanaladi1.
Sultonlar armiya bilan hisoblashishgan.Qolaversa armiyaga ko’plab
imtiyozlar berishgan.Harbiylar sulton hokimyatining eng muhim tayanchi
hisoblangan.Usmonli imperiyasida harbiylar 1834 – yilgacha, ya’ni harbiy – len
tizimi amalda mavjud bo’lgunga qadar mamlakatning tayanchi hisoblangan. Ularga
bosib olingan hududlar bo’lib berilgan. Usmonli turk imperiyasining zaiflashuviga
ham aynan armiya sabab bo’lgan. Ular o’zlariga berilgan imtiyozlardan foydalanib
davlatga, markaziy hokimyatga bo’ysunmay qo’yadi.Natijada XVIII asrda Usmonli
imperiyasida zaiflashish kuzatiladi, ayniqsa harbiy jihatdan Yevropadan orqada qola
boshlaydi. Bunga qurolli kuchlar va harbiy fanlar sohasida Yevropaning ustunligini
tan olish, yevropa tajribasini aynan shu sohaga jalb qilish, o’z navbatida, madaniyat,
siyosat va ma’muriy boshqaruv sohasida ayrim jihatlarni o’zlashtirishni kechroq
amalga oshirish va boshqalar sabab bo’lishgan. Saralangan kadrlarni tayyorlash
maqsadida g’arb na’munasi asosida harbiy o’quv maskani tashkil qilindi.U yerda
ta’lim olganlar kerakli fanlarni o’zlashtirish bilan bir qatorda, yevropa madaniyati,
falsafasi hayot tarzini ham o’rganishdi.
Usmonli imperiyasidagi harbiy o’quv maskani o’qituvchilarini yevropadan
kelgan mutaxassislar tashil qilishgan, yosh ofitserlar tez – tez tajriba almashish
maqsadida Yevropaga borishgan.Shunday qilib, Yevropadan farqli ravishda,
1 Туровская А.А. Роль армии в политическом развитии Турецкой Республики и Исламской Республики
Пакистан после второй мировой войны. Сравнительный анализ.- Москвa, 2014, стр 19.
10
Turkiyada harbiylar zamonaviy fikrlovchilarlar bo’lishgan. XIX asr oxiri – XX asr
boshidagi voqealarni bu fikrni isbotlaydi. Yosh turklar harakati aynan harbiylar
orasida paydo bo’lgan. Sulton Abdulhamid II tuzumiga qarshi bo’lgan bu tashkilot
1889 – yil harbiylar tomonidan tuziladi. Yosh turklar faoliyatida harbiylar, ayniqsa
1908 – yilgi revolyutsiya arafasida hal qiliuvchi rolni o’ynashgan.Armiya
revolyutsiyani qo’llab – quvvatlagan.Bu qo’llab – quvvatlashga doir bir dalil shuni
ko’rsatib turibdiki, 1908 – yilgi revolyutsiya paytidagi armiya ofitserlar korpusi
tarkibida sinfiy o’zgarishlar sodir bo’lganini isbotlab turibdi. Lekin o’sha davrda
ham harbiylar orasida eskilik tarafdorlari ham revolyutsiya ruhidagi harbiylar ham
bo’lishgan.Shuning uchun siyosat masalasida armiya butunlay jipslashgan deb
aytibbo’lmaydi. Mustafo Kamol – harbiy general, milliy – ozodlik harakatining
yo’lboshchisi, Turkiya Respublikasi asoschisi, armiyani siyosatdan ajratishni ilgari
surgan.
Ofitserlar – qurolli kuchlar vakillari – siyosiy partiyalarga a’zo bo’lish
huquqiga ega bo’lishmagan.Davlat boshqaruvini o’z qo’liga olgan JXP a’zolarining
yarmini sobiq harbiylar tashkil qilgan. JXP, armiya, amaldorlar va davlat
tashkilotlarini boshqaruvchilari Turkiya respublikasi siyosiy qatlaminitashkil
etishgan. Buni harbiylar va davlat o’rtasidagi aloqani usmonli imperiyasi
an’anasining davomi deb atash mumkin. Bundan tashaqri bir narsani ta’kidlash
kerakki, bu davrda armiya dunyoviylik va kamolizmning 6 ta tamoyillarining
himoyachisi bo’lgan. Qolaversa yana bir narsani ta’kidlash joizki, XX asr ikkinchi
yarmida XXI asr boshida Turkiyada jamiyatning armiyaga bo’lgan ishonchi oshgan
(76 foizdan 91 foizga).
Armiya muntazam ravishda jamiyat ishonchida sud organlarini, politsiyani va
TBMMni ortda qoldirgan holda birinchi o’rinda kelmoqda. Armiyaga davlatning bir
instituti sifatida shunchalik ishonch bildirish dunyoning boshqa bir davlatida
kuzatilmaydi.Armiyani mamlakat siyosiy hayotiga jalb qilish ikkinchi jahon
urushidan keyin Turkiyada ko’ppartiyaviylik tizimini joriy qilinishi bilan ancha
oshdi. Ikkinchijahon urushidan so’ng dunyodagi siyosiy va mavkuraviy manzara
yangicha tus oldi. Dunyoning ikki qutbga bo’linishi va sovuq urush tufayli siyosiy
11
kurashlar avj olishi Turkiyadagi siyosiy o’zgarishlarga ta’sir o’tkazmasdan qolmadi.
Boshqa tarafdan, ikkinchi jahon urushi fashizmni fosh etilishi bilan nihoyalanishi,
xalqaro miqyosda demokratiyani jozizibalantirdi. Xalqaro siyosatda demokratik
boshqaruv tinchlikparvar siyosiy tartibotning voz kechib bo’lmaydigan asosi sifatida
baholana boshlandi. Turkiya o’z ichki va tashqi siyosatini ana shu jarayonlarga
qarab belgilashga majbur bo’ldi.
Turkiya bunday sharoitda BMTga qo’shilish va g’arb davlatlari bilan, xususan
AQSh bilan yaqinlashish uchun siyosiy o’zgarishlarga majbur edi. Bu yaqinlashuv
Turkiyani xalqaro siyosatda yolg’izlanishdan qutqaribgina qolmasdan, ayni paytda
AQShning iqtisodiy yordamlariga zamin yaratardi. Turk burjuaziya yuqori
qatlamining tez suratlarda boyib ketishi inflyatsiya darajasining o’sishiga,
narxlarnining oshishiga, ishsizlikka olib keldi. Bularning hammasi tezda
mamlakatda ijtimoiy noroziliklarni keltirib chiqaradi, faqatgina mullka ega
bo’lmagan qatlamning noroziligini emas, balki ziyolilar, harbiylar va o’rta qatlam
vakillarining noroziligiga sabab bo’ladi. Demokratik partiya esa bunga javoban
konstitutsiya
bilan
hisoblashmasdan
repressiyani
kuchaytiradi,
qirg’inlar
uyushtiradi, sud jarayonlarini tashkil qilishadi. Xalq bilan kurash, ya’ni hurfikrli turk
fuqarolari bilan kurash “kommunizm bilan kurash” bayrog’ ostida o’tkazildi. 1951
yilda hukumat Jinoyat kodeksiga o’zgartisrish kiritdi: demokratik rejimga va dunyo
siyosatiga qarshi chiqqan kurash qatnashchilari uzoq muddatli qamoq jazosiga, bu
kurash rahbarlari esa o’lim jazosiga tortilishi nazarda tutildi. 1954 yilda oppozitsiya
ruhidagi va mustaqil nashrlarga qarshi repressiya to’g’risidagi qonun qabul qilindi.
Demokratik partiya hokimyatini mustahkamlash uchun barcha choralarni qo’lladi,
oppozitsiya faoliyatini cheklab qo’ydi. 1956-yil iyun oxirida TBMM yig’ilishlar va
namoyishlar haqida qonun qabul qildi, qaysiki hukumat ruxsatisiz barcha ochiq va
yopiq yig’ilishlar va namoyishlar ta’qiqlandi.
Saylovoldi kampaniyasi davomida Demokratik Partiya o’zining siyosiy
maqsadlari yo’lida dinning ta’sirida foydalangan holda saylovchilarni o’ziga
og’dirishga harakat qildi. 1957 yil sentabr oyida majlis oppozitsiya partiyalarga
saylovlarga yagona ro’yxat bo’yicha chiqishni ta’qiqlovchi qonunni e’lon qildi.
12
1957 yil 27 sentabrdagi saylovlar juda ham og’ir bir davrda bo’lib o’tdi. Demokratik
Partiya saylovdan oldin qonunlarga bir qancha o’zgartirishlar kiritadi va
muxolifatning saylovda qatnashishiga to’sqinlik qiladi. JXPining e’tiroziga ko’ra,
saylovchilar ro’yxatga olinmagan va ba’zi qutilarda saylov natijalari almashtirib
qo’yiladi. Kayseri, Giresun, Chanoqqal’a va Samsunda namoyishlar bo’lib o’tadi va
noroziliklar kuchayadi. Gaziantepda esa radio va gazetalar dastlab JXPning
g’alabasini e’lon qiladi, biroz vaqt o’tgandan keyin “qishloqdan berilgan ovozlar”
bilan saylovnatijalarini Demokratik Partiyaning g’alabasi deb o’zgartirib e’lon
qiladi.
JXPning e’tirozi tufayli saylov natijalari Gaziantep Adliyasi binosiga olib
kelinadi, lekin bu natijalar Gaziantep Adliyasi binosi bilanr yondirib yuboriladi.
Demokratik Partiya “Antep voqeasi” tarqalishiga qattiq to’sqinlik qiladi.
Demokratik Partiya ovozlarning 47,88 foizini olib parlamentda 424 o’rinni
egallaydi. Ismet Inenyu boshchiligidagi Jumxuriyat Xalq Partiyasi esa 41,09 foiz
bilan 178 deputatlik o’rinni egallaydi. Jumxuriyatchi Millat Partiyasi va Xurriyat
Partiyasi to’rttadan o’rinni egallaydi. Muxolifatning ummumiy to’plagan ovoz
miqdori Demokratik Partiyani ortda qoldirardi. Saylovlardan keyin siyosiy
muhitdagi keskinlik yanada ortdi. JXP mamlakatda qo’llab – quvvatlana boshladi.
Bundan oldingi saylovda 35 foiz ovoz to’plagan JXP bu galgi saylovda esa 41 foiz
ovoz to’playdi. Demokratik Partiya esa 1954 yildagi saylovda to’plagan 57 foiz
ovozini bu galgi saylovda 47 foizga tushirib qo’yadi.
Hukmron Demokratik Partiya va bosh oppozitsiyachi partiya – JXP
o’rtasidagi konflikt yanada kuchaydi. Endi bu partiyalarning rollari almashdi, JXP
o’zining hujumlarini Demokratik Partiya qabul qilgan antidemokratik va avtoritar
qonunlarga qarshi to’pladi. Hukumat yangi qonunlar va qarorlar “mas’ulyatsiz
jurnalistlarning” tartibsizlik keltirib chiqaradigan ig’volarini oldini olish uchun
kerak bo’lganligini tasdiqladi. Ikki asosiy siyosiy partiyalarning majlisda hamkorlik
qila olmasligi amalda parlament ishini to’xtatib qo’ydi. Ko’chalarda politsiya
Inenyu bilan uchrashuvga kelgan JXP a’zolarini va boshqalarni kaltaklay boshladi,
ularga qarshi gaz va ko’zni yoshlantiruvchi granatalardan foydalanishdi. Misol
13
uchun Tokata viloyati Zil shahrida 1958 yil 17 oktabrda politsiya JXP a’zolari va
tarafdorlariga Inenyuni kuzatish uchun ko’chaga chiqishini ta’qiqlab qo’ydi. Yana
to’qnashuv sodir bo’ldi, politsiya yana kaltaklardan, ko’zni yoshlantiruvchi
gazlardan foydalanishga majbur bo’ldi. 1959 yil 30 aprelda hokimyat Ushak
shahrida Inenyuga qarshi suiqasd uyushtirdi, natijada esa u boshidan jarohat oldi.
Bir necha kundan keyin 1959 yil 4 may kuni Istanbulda Topkapi tumanida
hukmron partiyaning 5 mingga yaqin a’zolari tosh va tayoqlarni Inenyu mashinasiga
qarab uloqtirishdi, uni harbiylar qutqarib qolishga erishdi. 1960 yil bahorida
hukumatga qarshi chiqish ommaviy tus oldi, ayniqsa unda asosiy rolni talaba yoshlar
o’ynashdi. 19 aprel kuni Anqarada hukumatning antidemokratik harakatlariga qarshi
ko’pminglik namoyish bo’lib o’tdi, 28 aprel kuni esa Boyazid maydonida politsiya
Istanbul universiteti talabalari namoyishini o’qqa tutdi. Ulardan bir qanchasi
yaralandi, bir kishi esa halok bo’ldi. Keyingi kuni Anqarada Anqara universiteti
talabalarining norozilik namoyishi bo’ldi, namoyish siyosiy fanlar va huquq
fakultetlari binolarida boshlandi. Bu yerda politsiya namoyishchilarga qarshi hujum
boshlashdi va bir qancha talabalar yaralanishdi1.
Keyin esa fakultetlar binolari portlatib yuborildi va “tartib” o’rnatishdi.
Shundan keyin ko’pgina talabalar, talabalar namoyishining asosiy markazi bo’lgan
Qiziloy maydoniga yo’l olishdi. Hukumat Anqara va Istanbulda favqulodda holat
joriy qildi. Qamoqqa olishlar boshlandi.Yuzlab talabalar axloqni tuzatish
koloniyalariga jo’natildi.Lekin hukumatning hich bir chora – tadbirlari talabalar
noroziligini to’xtatib qololmadi. Anqaradagi Qiziloy maydonida har kuni talabalar
to’planishdi va “qo’paruvchilikka oid” faoliyatni tergov qilish bo’yicha komissiyani
tuzish to’g’risida qabul qilingan qonunni bekor qilishni talab qilishdi. Menderes
hokimyatining so’nggi yillarida Marshal rejasi bo’yicha boshqa kreditlar berilmaydi
va Seydishehirdagi Alyuminiy va Iskanerundagi temir va boshqa sanoat loyihalarini
kreditlash uchun Sovet Ittifoqi bilan yaqinlasha boshlaydi. Bu maqsad bilan Sovet
Ittifoqiga bir qancha rasmiy tashriflar qilinadi, mamlakat sanoati rivoji uchun
1 Поцхверия Б.М. Внешняя политика Турции в 60-х – начале 80-х годов ХХ в. – М., 1986. 69-б
14
investitsiya jalb qilish haqidagi shartnomalar tuziladi1.
Demokratik Partiyaning davomchisi sanalgan Adolat Partiyasi to’ntarishdan
5 yildan keyin yakka o’zi hokimyatga kelganida Adnan Menderes davrida loyihlari
tuzilib kredit yo’qligi tufayli amalga oshirilmagan bu loyihalar Sovet Ittifoqidan
olingan kreditlar tufayli oxiriga yetkaziladi. 3 may kuni turk harbiy kuchlari
quruqlikdagi qo’shin komandiri Jamol Gursul milliy mudofaa vaziri Etem Menderes
nomiga “mamlakatni, hukumatni va demokratik partiyani qiyin vaziyatdan
qutqarish” uchun shoshilinch choralarni ko’rish kerak mazmunidagi xat jo’natadi.
Respublika prezidenti va hukumat a’zolarini iste’foga chiqarish, Anqara va
Istanbul xavsizligi boshqarmasi gubernatorlari va boshliqlarini almashtirish, tergov
qilish bo’yicha komissiya tuzish to’g’risidagi qonunni bekor qilish, qamalgan
talabalar va jurnalistlarni ozod qilish kabilar bo’lishi mumkin.Gursulning xati
mudofaa vaziriga ham, Menderesga ham hech qanday ta’sir qilmadi, amalda bu
armiyaning ultimatumi bo’lsa ham.Gursulga qachonlardir so’ragan iste’fosi qabul
qilingani xabar qilindi Politsiyaga yordamga qo’shin yetib keladi. Natijada
to’qnashuvda yaralanganlar va o’lganlar bo’ladi. Yana bir qattiq namoyish
poytaxtda 1960 yil 4 mayda sodir bo’ladi. Namoyish joyiga yetib kelgan bosh vazir
Adnan Menderes namoyishchilar bilan kelishishga harakat qiladi, lekin
g’azablangan bir yosh odamning qo’lidan bomba portlab ketadi.Politsiya namoyish
qatnashchilarini qattiq kaltaklaydi. “Oxirgi harakat” uchun politsiyachilarga shaxsan
Anqara harbiy komendantining buyrug’iga binoan 250 ming lira ajratiladi.
Bunday shiddatli kunlarda Menderes mamlakat bo’ylab sayohatga chiqadi. Bu
sayohat Anqara va Istanbuldagi voqealar Aholining unga bo’lgan haqiqiy
munosabatini aks ettirmasligini ko’rsatib berdi. Haqiqatan, 14 may kuni kechasi u
kemada Chanoqqal’aga keladi, uni yuzlab qayiq va katerlarda odamlar qarshi oladi,
yanashunday uchrashuvlardan biri Izmirda tashkil qilinadi. Bu uchrashuv haqida
Aydemir shunday yozadi: “Qirg’oqqa yaqinlashishiga bir soat qolganida kemani
yuzlab qayiq va katerlar o’rab oladi. Minglab izmirliklar xuddi kelin misoli kemani
1 Omonov. Sh - Turkiya 1960 – 1970-yillardagi harbiy tuzum davrida. Tarix fan. Nom. …diss. Toshkent., 2015. 28-b
15
kutvolishga chiqadi. Qirg’oq bo’yi va maydonlar xuddi odamlar dengiziga o’xshab
ketadi. Uchrashuvga kelganlar soni 20 000 mingga yetadi, Egey tumanidan yetib
kelganlar Izmir aholisiga kelib qo’shiladi”. Izmirda chiqish qilgan Menderes
mamlakatda 15 kundan beri davom etib kelgan to’polonlar tugaganini va aybdorlar
“gunoh va jinoyati uchun” javob berishlari boshlanganini e’lon qiladi. Xuddi
shunday maqsad bilan u Anqaraga qaytib keladi.Uning fikrlari qanchalik xato
ekanligini keyin bo’lib o’tgan voqealar ko’rsatdi.
Boyar – Menderes hokimyati turk armiyasida norozilikni keltirib chiqardi. Bu
hokimyat qanaqadir yangi bir fuqarolik hokimyati sifatida yashirini tarzda o’zini
harbiylarga qarshi qo’yadi.Bundan tashqwari norozi bo’lgan harbiylarning bir qismi,
ayniqsa talabalarga xahrixohlik qilgan yosh ofitserlar Boyar – Menderes hokimyati
Otaturk prinsiplarini toptab tashaganday hisoblashdi. Keng xalq ommasining
noroziligiga olib kelgan va boylar uchun umuman kerak bo’lmagan voqealarni
keltirib chiqishga sabab bo’lgan bu rejimning yo’lboshchilari o’zlarining keskin
harakatlari bilan mamlakatda shunday vaziyat yuzaga kelishiga zamin yaratishdi deb
hisoblagan mavjud tuzumga qarshi generallarning bir qismi katta sahnaga chiqishdi.
1960 yil 3 mayda General Jamol Gursul Etem Menderesga xat jo’natganida
buning hammasi ko’rinib turgan edi. 21 – may kuni hukumatga qarshi norozilikka
ochiqdan – ochiq armiya kelib qo’shiladi: Anqara harbiy ta’lim maskanining
minglab kursantlari namoyishga chiqishadi. Kursantlarga mudofaa vazirligi, bosh
shtab va armiya qo’shilmalaridan minglab ofitserlar kelib qo’shildi. Qiziloy
maydoniga kelishda namoyishchilar Chankayyadagi prezident saroyiga qarab
harakat qilshmoqchi bo’lishdi, lekin bunga komandirlarning aralashuvi xalaqit
berishdi. Poytaxtdagi vaziyatga to’g’ri baho bermagan Menderes 25 may kuni
poytaxtni tashlab chiqib ketishga majbur bo’ladi. Konyaga uchib ketadi.Bu shahar
ham xuddi Izmir kabi Demokratik Partiyani qo’llab – quvvatlar edi.Menderes
samolyoti Eskishehirda to’xtab o’tdi.Bu shaharda harbiy – havo maktabi joylashgan
edi. Menderes samolyot atrofida qator tizilgan ofitserlardan o’tib samolyotini oldiga
borishga ulgurolmadi.Eskishehirda dushmanlik atmosferasi hukmron edi.Menderes
minbarga shahr aholisi oldida so’zga chiqqanida mikrofon simi kesilgan
16
edi.Kechqurun shakar zavodida bosh vazir sharafiga qilingan qabulda hukumat
rahbarlari Menderesga e’tibor berishmadi. O’sha kuni Anqaradan majlis raisi Refik
Koraltan qo’ng’iroq qildi va Istanbulda universitet professorlarining namoyishi
bo’layotganini xabar qildi. Bu telefon qo’ng’irog’idan keyin zalga qaytib kelganda,
Menderes Turkiya bosh vaziri sifatida o’zining oxirgi ma’ruzasini qilayotgandi. U
yana namoyishchilarga qarshi hujum boshladi.
Bu vaqtda Anqarada esa harbiy maktab binosida bo’lajak to’ntarish rahbarlari
yig’ilishdi. Bu yerda bir qancha harbiy qo’shilmalar qo’mondoni Jamol Madanoglu,
tank brigadasi komandiri general Bashtug, polkovnik Alparslon Turkesh, harbiy
maktab o’qituvchisi va boshqa ko’pchilik bor edi. Hukumatga qarshi qurolli chiqish
haqida qaror qabul qilindi. O’sha oqshom Anqaraning ko’plab aholisi uxlashmadi:
ko’cha va maydonlarga harbiy qismlar joylashtirildi. Ko’rinib turibdiki, harbiylar
qo’zg’aldi, lekin kim qo’zg’olonni boshqarayapti hech kimga ma’lum emasdi.
Yarim kechasi Ismet Inenyuni uyg’otishganida va armiya chiqishini xabar
berishganida u birinchi “kim boshida” deb so’raydi. Demokratik Partiya tuzumiga
qarshi bo’layotgan qurolli chiqishni polkovnik A. Turkesh boshchiligidagi ofitserlar
guruhi amalga oshirayotganini o’sha kecha bilish unga nasib qilmaydi. 26 maydan
27 mayga o’tar kechasi kursantlar harbiylar uyiga yo’l olishadi va quruqlikdagi
qo’shin komandiri Suat Kuyashni va Anqara harbiy komendanti Namiq Arguchni
qamoqqa olishadi. O’sha uylarning birida bosh shtab boshlig’i Rushtu Erdelxun ham
qamoqqa olinadi1.
Beshta boshqa tanklar esa shahar markaziga qarab yo’l olishadi va Radio va
Pochta Telefon Telegraf binosini ham qurshab oladi. Radio binosida qo’riqchilar
bilan otishma sodir bo’ladi va hujumda qatnashayotgan leytenant Kalmaz halok
bo’ladi.44Bu to’ntarish qatnashchilari orasidagi yolg’iz yo’qotish edi. Otishma yana
TBMM, Vazirlar kengashi, ichki ishlar vazirligi va bosh xavsizlik boshqarmasi
binolarini egallashda ham sodir bo’ldi. Bir vaqtning o’zida qamoqqa olishlar ham
1 Зубкова А.И. Влияние снижения роли армии в политике Турции на стабильность в стране – М., 2005. 73-б
17
boshlandi.Bir qanchalar yashirinishga harakat qilishdi.Ichki ishlar vaziri Gedik
tomdan topiladi, tashqi ishlar vaziri esa haydovchisining qaynotasining uyida
yashiringani ma’lum bo’ladi. 27 may kuni ertalab Turkiya radiosi orqali gapirishadi.
“Diqqat, diqqat!” Hurmatli fuqarolar! Radiongiz oldiga yaqinlashing.Bir necha
daqiqadan keyin siz ishongan harbiy kuchlar sizga murojaat qilishadi.
Chaqiruv bir necha marotaba takror qo’yiladi, keyin yana murojaat qilishadi.
“Yurtimizda vujudga kelgan inqiroz va oxirgi ayanchli voqealar tufayli, shuningdek
bir – birimizni o’ldirishning oldini olish maqsadida Turk harbiy kuchlari hokimyatni
o’z qo’llariga olishdi”. Murojaat davomida harbiylar chiqishini qo’llab –
quvvatlashga chaqirildi.Murojaatning oxirgi qismida Turkiya ittifoqdoshlari,
qo’shnilari ham murojaat qilishdi. BMT prinsiplariga va Otaturk ko’tarib chiqqan
shiorlarga ishonch tasdiqlandi. “Mamlakatda tinchlik, dunyoda tinchlik!”.
Murojaatda yana: “Biz hamma ittifoqchilarimizga va majburiyatlarimizga sodiqmiz.
Biz NATOga ishonamiz va unga qo’shilamiz, SENTOga qo’shilamiz” degan gaplar
ham bor edi. Bir qancha vaqtdan keyin majlisning tarqatib yuborilganligi, hukumat
a’zolarining qamalganligi, siyosiy partiyalar faoliyati ta’qiqlab qo’yilganligi e’lin
qilinadi. To’ntarish bo’lgan oqshomda Adnan Menderes va moliya vaziri Xasan
Polatkanlar Eskishehirda vaqt o’tkazishayotgandi.
Anqaradagi bo’lib o’tgan voqealardan xabar topgandan keyin ertalab Kutaxga
ketishadi.Yo’lda ular orqaga burilgan, bosh vazir mashinasi ustida uchib ketayotgan
harbiy samolyotni ko’rishadi.Kutaxda Menderes gubernatordan uning hukumati
ag’darilganligini biladi. Aynan o’sha vaqtda gubernator uyiga ofitserlar guruhi yetib
keladi va Menderesga qamoqqa olinganini aytadi. Sobiq hukumat rahbari
qo’riqchilar qurshovi ostida Eskishehirga jo’natiladi, u yerdan esa harbiy
samolyotda Polatkan bilan birga Anqaraga olib kelinadi. 27 may kuni soat 4 da
Turkiya radiosi orqali to’ntarish rahbari, tuzilgan Milliy Birlik Qo’mitasi raisi
general Jamol Gursul chiqish qiladi. Gursul yana bir bor armiya chiqishining
sabablarini tushuntiradi va qo’mitaga ishonch bildirishlariga chaqiradi.
18
2. 1960 – yil 27 – maydagi harbiy to’ntarishning sabablari va uning oqibatlari
Demokratik Partiya hokimyat tepasiga kelishi bilan mamlakatda bo’layotgan
jarayonlardan chetga chiqishni boshladi, arab tilida azon o’qishni bekor qildi, dars
mashg’ulotlarini din asosida olib borishga qaytishni ta’minladi. Anqara, Istanbul,
Adana, Isparta, Marasha, Konya, Kayserida diniy maktablar ochildi. Bu jarayonlar
turk armiyasining noroziligiga sabab bo’ldi. Hukmron partiyaning bunday siyosat
yuritishi go’yoki orqaga ketish, respublika mavjudligiga rahna solish armiyaning
qo’zg’alishiga olib keldi. Demokratik partiyaning tashqi siyosatida Turkiyaning
NATO, SENTOga kirishi, BMTda AQSHni qo’llab – quvvatlashi Otaturkning
tashqi siyosatda neytral bo’lish konsepsiyasining buzilishi edi. Bu davrda harbiy
xarajatlarning o’sishi, AQSH siyosiy va iqtisodiy jihatdan qaramlikning kuchayishi,
yuqori qatlamning tezda boyib ketishi, ishsizlar sonining ko’payishi, inflyatsiya
darajasining ko’tarilishi (1946 – 1952-yillardagi o’rtacha yillik ko’rsatkichi 2,2
foizdan 1953 – 1959-yillarda 17 foizga oshdi) Turkiyaning og’ir iqtisodiy
muammolar girdobiga tushib qolishi, “importdan qutulish” siyosati, 1958 yilda
defolt holatini e’lon qilish – barcha bu faktorlar aholi o’rtasida norozilikni keltirib
19
chiqardi1.
1950 yillarning oxiridan boshlab xalq DP ni qo’llab-quvvatlashni susaytira
boshladi. Buning asosiy sababi tashqi bozorlardagi qulay konyunkturaning tugashi
va iqtisodiyotdagi buzilishlar edi. Tez sur’atlarda yuksalayotgan inflyatsiya, shahar
axolisi, armiya va davlat tizimidagilarning moddiy ahvoliga o’z ta’sirini
ko’rsatdi.Boyar-Menderes hukumatidan ko'pchilik norozi bo'ldi.Mamlakatda
korrupsiya, talon-toroj avj oldirilgan edi. Mamlakatda mavjud rejim ustida bahslar
kuchaydi.Universitetlarning talablari ko’chalarga namoyishga chiqdi. 1960 yil 20
aprelda Istanbul universitetining talabalari ommaviy jabr-zulmga qarshi norozilik
belgisi sifatida miting o’tkazishdi. Ertasi kuni talabalarning ko’p kishilik namoyishi
bo’lib o’tdi.Politsiya ularga qarshi o’t ochdi.Istanbulgi tinch namoyishning o’qqa
tutilishi umumiy qahr-g’azab uyg’otdi.Mamlakatning hamma tomonlaridan
norozilik arznomalari tusha boshladi.Mamlakatdagi siyosiy vaziyat yanada
keskinlashganligidan favqulodda holat e’lon etildi2.
Shunday qilib, 1960 yilning 27 mayida armiya boshchiligida Otaturk
prinsiplariga qaytish shiori ostida davlat to’ntarishi muvaffaqiyatli bajarildi.
Hokimyat to'ntarish o'tkazgan yangi tashkilot — Milliy birlik qo’mitasi (MBQ)
qo'liga o'tdi. Mamlakatning vaqtinchalik konstitulsiyasi qabul qilindi.Unga ko'ra,
MBQ oliy qonun chiqaruvchi organ deb e'lon qilindi. Unga J. Gursul raislik qildi va
u vaqtinchalik hukumatni ham boshqardi. Bu to’ntarish 37 ta harbiylar rejasi asosida
amalga oshirildi.Generallar hokimiyatni qo’lga olib o’zlarining qatorlarini
mustahkamlash bo’yicha tezda chora ko’rishdi. 1960 yil noyabrda to’ntarish
qatnashchilari, Turkesh bilan bir qatorda Milliy Birlik Qo’mitasi ichidagi J.
Gursulning radikal – milliy muxolifatini fuqarolik boshqaruviga o’tish fikrlariga
qarshi bo’lganligi tufayli Milliy Birlik Qo’mitasidan chiqarilib yuborildi va iste’fo
berildi, keyin esa chet elga diplomatik ishga jo’natildi. Qolaversa, A. Turkesh 1963
yilga qadar Dehlidagi turk elchixonasida maslahatchi lavozimida ishlashga majbur
1 M.Lafasov. U. Jo’rayev. Jahon tarixi – Toshkent: Muharrir, 2007. 198-b
2 Aбдураззакова. M. Политика лаицизма в Турции: история и современность. – Ташкент, 2007. 69-б
20
edi. 1960 yilgi to’ntarish tashabbuskorlari yosh ofitserlar edi. Keyinchalik ma’lum
bo’lishicha, ulardan bir qanchasi ko’ppartiyaviylik tizimiga qarshi bo’lishgan,
ochiqdan – ochiq avtoritar hokimiyatni afzal ko’rishgan. Ma’lumki, turk ofitserlar
korpusi an’anaviy ravishda davlatini harbiy kuch bilan tan oldirishdi, ofitserlar
o’zlarini “milliy erkinlik”ni bajaruvchilari deb hisoblashgan.
Kommunizmga va islomga qarshi ularning qarashlarini tashkil qilgan muhim
elementlardir. Vaqtinchalik hukumatni shakllantirishda MBQ nazorati ostida 28
may kuni 3 general va 15 ta oddiy fuqaro hukumatga kirdi. Jamol Gursul bosh vazir
lavozimini egalladi va milliy mudofaa vaziri bo’ldi. Tez orada yangi kostitutsiya
matnini tuzish bo’yicha komissiya tuzildi. Generallar mashhur va obro’li
professorlarni to’plashdi, bu komissiya konstitutsiya loyihasini tayyorlashdi. Shu
orada harbiy o’qishda yig’ilganlar hukumatning sobiq a’zolari, sobiq deputatlar
o’zlarining qatnashishi qarorini kutishardi.
27 maydagi to’ntarishdan keyin prezident Jalol Boyar, bosh vazir Adnan
Menderes, hukumat a’zolari va muhim qo’mondonlardan biri bo’lgan Alu Fuat
Jebesoy ham bo’lgan Demokratik Partiya deputatlari, partiya boshqaruvchilari,
askarlar va ba’zi yuqori darajadagi jamoat tashkilotlari vakillari qo’lga olinib Yassi
oroliga olib boriladi. Qamoqdagilardan biri bo’lgan Demokratik Partiyaning sobiq
deputati G’iyosiddin Emre boshiga tushganlarni shunday izohlaydi: “Harbiy
aeropotda
samolyotdan
tushyapmiz.
Ovqatlanayotganda
gaplasholmasdik.
Gaplashgani uchun kaltak yeganlar ko’p bo’ldi. Har kun ertalab qum solingan,
kechqurun esa tosh solingan ovqat berishardi”. Qamoqdalik paytida Demokratik
Partiya a’zolaridan Yusuf Salman, Lutfi Kirdar, Gazi Yigitbashi, Yumnu Uresin,
Nuri Yamut va Kenan Yilmazlar halok bo’lishdi. Pastki qavatdagi kuchli
qo’riqlanayotgan alohida xonada Boyar, Menderes va Koraltanlar bor edi. Ulardan
biri, ichki ishlar vaziri Namiq Gedik 29 may kuni oqshomda o’z joniga qasd qiladi.
O’sha binoning uchinchi qavatida u bilan birga bo’lgan boshqa asir
Menderesning so’zlariga qaraganda, u singan oynaning ovozidan uyg’onib ketgan
va tezda tushunganki uning hamrohi oynadan o’zini tashlab yuborgan, hatto oynani
ochishga harakat ham qilmagan. Bu yerda qamoqdagilarga og’ir azob va qo’pol
21
muomala qilinganligi taxmin qilinadi. Og’ir azob va bunday muomala natijasida
Jemil Kelesheog’lu va Namiq Gedik o’z jonlariga qasd qilgani ma’lum bo’ldi.
Demokratik Partiya advokatlaridan bo’lgan Husamettin Jindoruk Namiq
Gedikning o’limi shubhali ekanligi aytib o’tdi: “Namiq Gedikning o’limida zo’rlik
alomatlari bor. Uning oilasi uning o’z joniga qasd qilganiga umuman
ishonishmadi”.Keyinchalik esa uning xayrlashuv xati aniqlandi. Qamalganlar
orasida ko’prog’ini (600 ga yaqin) yuristlar tashkil qilgan, ulardan keyin
savdogarlar, keyin yer egalari, doktorlar, ma’murlar, harbiylar, jurnalistlar,
diplomatlar va boshqalar. Tez orada qamalganlar Marmara dengizidagi Yassi
oroliga harbiy turmaga jo’natiladi. Kechroq 9 – iyun oqshomida Yassi oroliga yuqori
darajadagi harbiylar qo’riqlashi ostida Jalol Boyar va Adnan Menderes jo’natiladi.
Ularning orasida ko’pchiligi o’lib ketishadi. Jalol Boyar o’zini o’zi o’ldirishga urinib
ham ko’radi. Yassi orolida sud 1960 yil 14 oktabrda boshlanadi va 1961 yil 15
sentabrgacha davom etadi. 15 ta o’lim hukmi chiqariladi. Ularni ko’rib chiqadigan
bo’lsak, MBQ 1961 yil 16 sentabrda jamoatni qisman yumshoqlikka chaqirish
maqsadida Boyarning o’lim hukmi va boshqa 11 ta kishiniki umrbod qamoq jazosiga
o’zgartiriladi, lekin Menderes va sobiq ichki ishlar vaziri Fotix Rushtu va moliya
vaziri Xasan Polatkanning hukmlari o’z kuchida qoldiriladi va keyinchalik amalga
oshirildi.
Sud ishi davom etayotgan bir mahalda harbiylar hokimiyatning yangi
organlarini tuzishni davom ettiradi, siyosiy partiyalar tashkil qilishga ruxsat etildi.
1961yil yanvarda ta’sischilar majlisi bo’lib o’tdi, uning ishida MBQ qatnashdi. Bu
vaqtinchalik qonun chiqaruvchi organ may oyida yangi konstitutsiyani qabul qildi
va keyin 9 iyulda umumxalq referendumiga taqdim qilindi. U saylovchilarning 60
foizi tomonidan ma’qullandi, bu narsa esa MBQ a’zolarini sarosimaga solib qo’ydi.
Bu esa tarqatib yuborilgan Demokratik partiyaning saqlanib qolinishiga olib keldi,
ayniqsa uncha katta bo’lmagan shaharlarda va qishloq saylov okruglarida. 12 735
kishi qonuniy saylash huquqiga ega edi, referendumda 10323 saylovchi
qatnashishdi. Konstitutsiyani ma’qullab 6349 kishi ovoz berishdi, qarshilar esa 3934
22
kishi edi1.
Ovozlarning bunday taqsimlanishi shuni ko’rsatdiki, ayniqsa Turkiyaning
g’arbiy va shimoliy tumanlarida Sobiq demokratik Partiya tarafdorlarining ta’siri
hali-hamon kuchli edi. 1961 yil 6 oktabrda MBQ va Vakillar majlisidan iborat Majlis
tashkil qilinadi. Keyinroq esa Enver Ziyo Karal va Turhan Feyziog’lu boshchiligida
20 kishidan iborat qo’mita tuziladi va yangi konstitutsiya tuzish uchun harakatlar
boshlanadi. Yangi tayyorlangan konstitutsiyada 1924 yilgi konstitutsiyadan farqli
ravishda xalqchillik, davlatchilik va inqilobchilikka o’rin berilmadi. 1961 yil 9
iyundagi referendum natijasida 1961 yilgi konstitutsiyani yoqlab 61,7 foiz ovoz
yig’ilgan bo’lsa-da, ba’zi akademiklar va mutaxassislarning 40 foizga yaqini rad
javobini berdilar va bu javobda jon borligini isbotlashga urindilar.
Konstitutsiyaning jamiyatning muhim qatlami tomonidan qo’llab –
quvvatlanmaganligini bahona qilib ko’rsatishdi. 1961 yilgi konstitusiya amalda
1924 yilgi konstitutsiyadan farq qilardi. U davlat va jamiyatdagi o'zgarishlarni aks
ettirardi, Siyosiy erkinliklardan foydalanish uchun (garchi cheklangan bo'lsa-da)
imkoniyatlar ochib, bir necha o'n yilliklar davomida sodir bo’lgan, fuqarolarning
oddiy burjua huquqlari, albatta, borgan sari eskirayotgan edi. Yangi Konstitutsiya
Turkiya Respublikasini siyosiy partiyalar va boshqa demokratik erkinliklarni barpo
etish huquqini tasdiqlovchi, milliy demokratik, dunyoviy, ijtimoiy va huquqiy-
davlat deb e'lon qildi. Shunday qilib, boshqaruv shaklini respublika, dunyoviy,
qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyati mustaqilligini, vakillik
organlarining tanlanishini va o’zgarishini tasdiqladi. Konstitutsiya chinakamiga
demokratik emas edi, masalan, milliy ozchiliklarning muammolarini hal qilmagan
edi, hammasidan oldin kurdlarnikini, siyosiy Islom va radikal turkchilikning
huquqiy faoliyatiga yo'l ochdi. Biroq, unda e'lon qilingan huquq va erkinliklar
mamlakatning demokratik kuchlariga ayrim ijtimoiy va boshqa huquqlari uchun
kurashish imkonini berdi. Unda alohida dunyoviylik tamoyillari sanab o’tilgan:
ta'lim olish huquqi, ibodat qilish huquqi o’zining diniy his-tuyg'ularini e'lon qilish
1 Анварь Қосимов Ҳозирги Туркия - Тошкент: Ўзбекистон, 1992. 82-83-б
23
yoki qilmaslik kabi.
XIX asrda siyosiy va shaxsiy maqsadlar uchun diniy his-tuyg'ulardan
foydalanish ta’qiqlangan edi. Konstitutsiya ijro hokimiyatini kuchaytirib yubordi,
TBMM tuzilishini o’zgartirdi, eng muhimi, hozirgacha Konstitutsiyaviy sudiga
noma'lum Turk qonunini berdi. Ayniqsa, Turkiya davlatining kapitalistik
rivojlanishining davlatning iqtisodiy tamoyillari batafsil sanab o’tdi va
ijtimoiyiqtisodiy tuzilishini shakllantirishda davlatning hal qiluvchi roli ekanini
ko’rsatib o’tdi. Mulkchilik masalalariga, iqtisodiyotga davlat aralashuvi alohida
bo'limga berildi. 1961-yilgi Konstitutsiyasining 36-moddasida "har kim mulk egasi
bo’lish va meros huquqiga ega." deyilgan. Davlatning Iqtisodiy hayotga
aralashuvidagi belgilanmagan cheklovlarni bu hujjat o’z ichiga olmagan, davlatning
iqtisodiy va ijtimoiy vazifalari, 53 – moddada belgilanganidek, "o'zining iqtisodiy
rivojlanish va moliyaviy manbalari ko'lami"ga muvofiq keladi. Ijtimoiy-iqtisodiy
hayotga davlatning keng aralashuvini e’tirof qilish - shubhasiz Turkiya rivojlanish
darajasining klassik shakldan farq qilishidan dalolatdir, ya’ni o’zida g’arb burjua
tizimini namoyish etgan. 1961yilgi konstitutsiyaning o’ziga xosligi shundaki,
Turkiya sharoitida ijtimoiy qatlamda byurokratiya va chinovniklarning barcha
darajalarini qanaqa bo’lganliklarini ko’rsatib o’tgan. Hujjat, shuningdek, davlat
ma’muriyatining turli xil bosqichlari va davlat xizmatchilarining ma’qomi va
javobgarligi haqidagidagi holatni ham o’z ichiga olgan. Mamlakatning ijtimoiy va
iqtisodiy hayotiga davlat aralashuvi instituti 1961 yilgi mamlakat konstitutsiyasida,
birinchi etatizmni himoya qilganlar, konstitutsiyaviy qoidalarni butun tizimida
tarqatilishi edi.
Mamlakatda 1961 yil 24 sentyabr Majlisga saylovlarga rasman to'rtta partiya
saylovoldi kampaniyani boshladi, qaysiki ishtirok etish uchun ruxsat etilgan nufuzli
Xalq respublika partiyasi (JXP) va Adolat Partiyasi (Ap), va kam sonli - Yangi
Turkiya Partiyasi (YTOP) va Respublika qishloq Milliy Partiyasi (RQMP).Boshqa
partiyalarga saylovoldi kampaniyalarini tashkil qilish muvaffaqiyatsiz tugadi.
Saylov natijalari JXP Milliy Assambleyada 173 o'rin va faqat Senatda 36 o’rin
egallashini ta'minladi. Demokratik Partiyaning vorisi bo’lgan Adolat partiyasi quyi
24
palatada 158 o’rin va yuqori palatada esa 70 o’rinni egalladilar. Qolgan o’rinlar esa,
uzoq muddat mavjud bo’lmagan va oqibatda boshqa partiyalarga qo’shilib ketgan
YTP va RQMP o’rtasida taqsimlandi. Partiyalar o’rtasidagi kelishmovchiliklar uzoq
muddatga koalitsion hukumatni shakllantirishga yo’l qo’ymadi. Prezident va boshqa
rahbarlarni saylash bilan bog’liq qiyinchiliklar paydo bo'ldi. Faqatgina harbiylar
aralashuvidan keyin J. Gursul Turkiya prezidenti etib saylandi, hukumat raisi
lavozimiga JXP rahbari I. Inenyu tayinlandi.Harbiy elita va G'arb hamkorlar nazorati
ostida jamiyatni rivojlantirish yo'llarini topish, sovuq urush sharoitida, o'tkir ichki
ziddiyatlar va tashqi nizolar kuchayib ketishi sharoitida sodir bo’ldi. Siyosiy kurash
urbanizatsiyaga ta’sir ko’rsatish, mayda burjuaziya, ishchilarga bo’lgan talabning
o’sishini, byurokratiyaning o’z ta’sirini yo’qotishidan qo’rqishini, g’arb
tushunchalari
va
ommaviy
madanaiyatning
ta’siri
ortishini,
islomchilar
reaksiyalarini kuchaytirib yubordi. Bu narsa 1960 yillardagi turk jamiyati holatini
ifodalovchi rasm edi.
25
3. XX asr 70 – yillarida harbiy tuzum davrida Turkiyaning ichki va tashqi
siyosatining xususiyatlari
1960-yil oxirlarida mamlakatda juda ham keng miqyosda talabalar namoyishi
boshlandi.Bu harakatning birinchi to’lqinlari Fransiyadagi talabalar to’lqini ta’sirida
1968 yil iyunda ko’tarildi. 1968yil 10 iyunda Anqara universitetining til, tarix va
geografiya fakultetlari talabalari fakultet binolarini egallab, mamlakatda oliy
ta’limni isloh qilsh talablarini e’lon qilishdi. Bu chiqishlar Anqaraning boshqa oliy
ta’lim muassasalarida ham paydo bo’ldi. 11 iyunda talabalar Anqara universiteti
huquq fakulteti binosini egallashdi. 13-iyunda texnika fakulteti talabalari darslarni
to’xtatishdi. Adolat partiyasining parlament guruhi yig’ilishida bosh vazir S.Demiral
“ahvolni o’ta og’irligini” tan oldi. Bu vaqtda yangi kuchlar qo’shilib talabalar
harakati Anqarada o’sib bordi. 1969 yilda bu harakat O’rta Sharq Texnika
universitetiga, Xadjettepa universitetiga, Anqara universitetining siyosiy fanlar
fakultetiga ham yoyildi. Talabalar universitet binosini egallab olishdi va darslarga
qatnashmasligini e’lon qilishdi1.
Talabalar harakati yoyilib ketdi. Chiqishlar yaqqol Amerikaga va boshqaruv
hokimiyatiga qarshi olib borildi. 1970 yilda talabalar chiqishlari Amerikaga qarshi
ko’rinishda saqlanib qoldi. 1970 yil 29 aprelda Anqaralik talabalar talabalar
chiqishlariga 10 yil bo’lganini qayd etib, shahar markazi Qiziloy va Zafar
maydonlarida namoyishlar o’tkazishdi. Namoyishlar “Mustaqil Turkiya”, “
Demokratiya” “yankilar, uylaringga qaytinglar” va boshqa shiorlarda olib borildi.
1 Анварь Қосимов Ҳозирги Туркия - Тошкент: Ўзбекистон, 1992. 103-б
26
1970 yil 29 aprelda o’ng hukumat Turkiya milliy yoshlar uyushmasining o'ng qanoti
boshchiligida kommunizmga qarshi milliy shiorlar ostida namoyish bo’lib o’tdi. 25
may kuni Anqara universitetining huquq fakultetida fakultet talabasi o’ldirildi.
Uning o’ldirilishi Anqaradagi uch universitetning barcha talabalarini Zafar
maydonidagi Otaturk haykali yonida talabalarning ommaviy namoyishining
qaytadan o’sishiga olib keldi.
Bu yerda yana “Amerikaga la’natlar bo’lsin”, “yo’qolsin yankilar” degan
hayqiriqlar yangradi. Soner Yalchinning yozishicha, “har bir Amerikaga qarshi
namoyishga javoban mustaqillik uchun komandirlarning jangovar guruhlari va
musulmonlar chiqishdi”. 1969 yil 16 fevral Mustafo Kamol sharafiga Amerikaning
6 flotiga va imperializmga qarshi norozlik sifatida namoyishlar tashkil etildi. Biroq
bundan oldin radikal ruhdagi diniy guruhlarda mitingga qarshi jihodga chaqirildi.
Miting kuni qo’llariga tayoq va qurol olgan namoyishchilar paydo bo’lishdi.
Namoyishda Turan Erdog’an va Turgut Aytachlar o’ldirildi, o’nlab odamlar
yaralandi. Bu kun Turkiya tarixiga “Qonli yakshanba” nomi bilan kirdi. Bu voqea
1969 yil 16 fevralda yuz bergan.1960 yil oxirlarida radikallar, panturkistlar va islom
tarafdorlari o’zlarining siyosiy partiyalarini tuza boshlashdi. 1969 yil oktabr boyida
navbatdagi saylovlar bo’lib o’tdi. Bu saylovlarda Adolat partiyasi muvaffaqiyat
qozondi va parlamentda 256 o’rinni egalladi. JXP esa 143 o’rinni egalladi.Saylovlar
mamlakat
siyosiy
hayotida
Adolat
partiyasining
yetakchiligini
ta’minladi.68Sulaymon Demirel bosh vairligicha qoldi.Mamlakatdagi demokratik
jarayonlardagi qarama – qarshiliklar reaksion kuchlarning chiqishi, politsiya
provokatsiyasi, sudlangan demokratlarni ta’qib qilish bilan birga yuz berdi.
Terroristik so’llarning chiqishi, asirlarni olib qochish va ularning o’ldirilishi
hukumatga so’llar harakatiga qarshi repressiyani kuchaytirishga bahona bo’ldi.
1960 yillar oxiri 1970 yillar boshida talabalar, ishchilar harakatining keng
quloch yoyishi jamiyatning mulkka ega bo’lmagan qatlamining siyosiylashuvi bilan
birga kechdi. 1971 yil 12 martda yana bir bor to’ntarish o’tkaziladi. Bu
to’ntarishning oldingidan farqli ravishda butunlay hokimyatni ag’darib tashlamadi.
1960yillarning oxirlarida butun dunyoda bo’lganidek, Turkiyada ham talabalar
27
harakatlari, ishchi mitinglari keng qanot yozdi. Bundan tashqari mamlakat ichki
siyosatiga Amerikaning aralashuvi kuchaydi. Mamlakatning ham iqtisodiy ham
siyosiy sohalarida tanglik vaziyati yuzaga keldi. Bu jarayonlar mamlakat va Otaturk
g’oyalarining himoyachisi bo’lgan armiya yana mamlakatning boshqaruv
masalasida o’z so’zini ayta boshladi. 1971 yil 12 mart sanasida mamlakat Qurolli
kuchlari tomonidan imzolangan ogohlantiruvchi bayonot radio orqali e’lon qilindi.
1969 yil 16 martda “Genelkurmay” tashkiloti boshlig’i etib tayinlangan harbiy
general Memduh Tag’mach, Quruqlik qo’shinlari qo’mondoni general Faruk Gurler,
Havo qo’shinlari qo’mondoni general Muhsin Batur va Dengiz qo’shinlari
qo’mondoni admiral Jalol Eyijeog’luning imzolari qo’yilgan ogohlantirish
bayonnomasi quyidagi moddalardan iborat edi: 1. Parlament va hukumat o’zining
qarashlari va faoliyati bilan yurtimizni ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy parokandaliklar
girdobiga tashladi. Otaturkning bizga maqsad qilib bergan madaniyatlilik darajasiga
yetish umidini yo’qotdi va konstitutsiya ko’zda tutgan islohotlarni amalga
oshirolmasdan, Turkiya Respublikasi kelajagini og’ir bir tahlikaga tashladi. 2. Turk
millatidan chiqqan Qurolli Kuchlarning bu umidsiz sharoit haqida eshitgan qayg’u
va umidsizliklarni bartaraf qilish choralarning, anarxistik vaziyatni bartaraf qilish
uchun konstitutsiya ko’zda tutgan islohotlarni Otaturk kabi bir qarash bilan ilg’ab
oladigan va inqilob qonunlarini joriy qiladigan kuchli va ishontiruvchi hukumatning
demokratik qoidalar asosida qurish zarurligi aytilmoqda. 3. Bu qarash zudlik bilan
amalga oshirilmagan taqdirda, Turk qurolli kuchlari qonunlari o’ziga bergan
Turkiya Respublikasini qo’riqlashva qo’llab – quvvatlash vazifasini bajarib,
boshqaruvni to’g’ridan – to’g’ri o’z qo’llariga olishga qaror qiladi. Bu ogohlantirish
bayonnomasi TRT radiosi orqali butun mamlakatga o’qib eshittirildi.
Harbiylar 27 maydagi to’ntarishdan 11 yil o’tib yana bir marta da’vo bilan
chiqishdi. Bu safar hokimyatni ag’darib tashlamadi, faqatgina Sulaymon
Demirelning iste’fosini talab qilishdi. Agar Demirel iste’fo bermasa ogohlantirish
bayonnomasining 3 – moddasida aytib o’tganlaridek o’zlari hokimyatni qo’lga
olishlarini aytib o’tishdi. Demirel 12 mart kuni ertalab prezident Jevdet Sunaydan
iste’foga chiqishi kerakligi aytilgan telefon qo’ng’irog’ini qabul qildi. Lekin
28
Demirel majlisdan ishonch ovozini olmasdan iste’fo bermasligi javobini berdi.
Armiya tavakkal qildi va Demirelning qarorini kuta boshladi. Demirel yo iste’fo
bermay armiyaning hokimyatni qo’lga olishiga yo’l qo’yib berardi yoki iste’foga
chiqardi. Demirel esa quyidagicha javob berdi: “Orqamda kuch yo’q ishonch
bildirishlariga qanday erishay, ishonchsizligini olib bayonnomaning maqsadi shu
ekan deb iste’foga chiqayimmi?” Qurolli Kuchlarning ogohlantirishi bilan 1971 yil
12 martda Sulaymon Demirel bosh vazirlikdan ozod qilingan. Mazkur
ogohlantirishdan so’ng Sulaymon Demirel o’rniga shoshilinch tarzda sobiq JXP
a’zosi Nihat Erim prezident tomonidan bosh vazir etib tayinlangan. Qurolli kuchlar
ogohlantirishi va bosimidan taraddudlangan AP va JXP hukumat tarkibini qayta
tuzishga majbur bo’ldilar1.
Mavjud hukumatga Turkiya Ishchi partiyasidan tashqari JXP bosh kotibi
Edjevit ham qarshi chiqgan va bosh kotiblikdan iste’fo bergan. 26 mart kuni
tayyorlanib, 2 – aprelda ishonch ovozi olgan Erim xonasida AP va JXP a’zolari o’rin
olgan edi. Bu hukumatning dasturi bir yondan mamlakatda rohat va ishonch
bo’lishini va’da bergan, boshqa tarafdan yer islohoti kabi konstitutsiyada
ko’rsatilgan bir qancha islohotlarning amalga oshishini bildirdi.12 mart voqealari
Turkiyaning ilk tuzilgan partiyasi bo’lgan JXP faoliyatiga ham ta’sir etdi. Edjevit
iste’fosidan so’ng partiya yetakchiligi uchun kurash boshlandi. Bir tarafda Edjevit
tarafdorlari harakat qilgan bo’lsa, boshqa bir tarafdan bir guruh partiya a’zolari
Inenyu nomzodini yoqlamoqda edi. 1972 yilning may oyida partiyaning navbardan
tashqari quriltoyida Edjevitga berilgan ishonch ovozidan so’ng Inenyu iste’foga
chiqib sobiq davlat rahbari sifatida senator bo’ldi.
Inenyu tarafdorlari yangi Respublikasi partiyasini tashkil etishgan va 1967
yilda JXPdan ajralib chiqqan Ishonch partiyasi bilan birlashib Respublikachi
Ishonch Partiyasini tuzishdi. 1971 yil 12martdagi davlat to’ntarishi bilan o’z
nihoyasiga yetdi. Bosh qo’mondon va turk qurolli kuchlari qo’mondonlarining
hamkorligida amalga oshirilgan davlat to’ntarishi anarxiya va terrorizmni oldini
1 Sharipov. A - Turkiya ijtimoiy-siyosiy hayotida islom omili. Tarix fan. Nom. …diss. Toshkent., 2013. 87-b
29
olish, farovonlikni barqarorlashtirish, islohotlarini amalga oshirish, Otaturk nuqtai
nazariga mos ravishda har qanday siyosiy partiyaviylikdan ustun bo’lgan bir
hukumatni barpo etishni o’z oldiga maqsad qilib qo’yganligini, aks holda
vaziyatning armiyaning o’z qo’liga tamomila olishini bildiradi1.
Shunday sharoitda hukumat bosh vaziri S.Demiral o’sha kuniyoq Respublika
Prezidenti J.Sunay iste’fo arizasini topshirdi. So’l kuchlar tor – mor qilindi, Ishchilar
partiyasi ta’qiqlab qo’yildi, uning liderlari esa 15 yilga qamoq jazosiga hukm qilindi.
Ilg’or yoshlar tashkiloti tarqatib yuborildi va minglab faollari qamoqqa olindi, ilg’or
fikrlovchi nashrlar ta’qiqlandi. Jazolashlar 1973 yilgacha parlament saylovlari
amalga oshirilgunga qadar to’xtovsiz amalga oshirildi, anarxistlar va ekstremistlar
o'rtasida ig’vo yuzaga keldi. Hukumat “Turkiya milliy – ozodlik armiya”sining so’l
tashkilotlarining o’nlab rahbarlarini qatl etdi. 12 martdagi bu to’ntarish Ismet
Inenyuning JXP bosh kotibi Bulent Edjevit bilan kelishmovchiligiga sabab bo’ldi.
18 mayda partiyaning navbatdan tashqari qurultoyida partiyaning bosh raisligidan
ketdi.1972 yil 4 noyabr kuni Inenyu JXP a’zoligidan, 14 noyabr kuni esa JXP
deputatligidan ozod qilindi. Sobiq davlat rahbari sifatida senat a’zosiga
aylandi.Bayonnoma e’lon qilinib hukumat qaytadan qurilganidan keyin birinchi ish
sifatida o’zlaricha to’ntarish qilmoqchi bo’lgan beshta general, bir admiral va 356
kapitanni armiyadan haydash bo’ldi. Buning sababi 1971 yil 12 martdagi bu kurash
sodir bo’lmaganida ba’zi generallar, admiral va ofitserlar Adolat partiyasini
butunlay mamlakat boshqaruvidan ozod qilib, o’zlaricha to’ntarish qilmoqchi
bo’lganlaridir.
Prezident Jevdet Sunay 15 martda JXP, DP, MGP, AP vakillari bilan
ko’rishdi. Nihat Erimga hukumat tuzish vazifasi yuklandi. Erim 2 aprel kuni
hukumatning yangi dasturini majlisda namoyish qildi. 7 aprelda partiyalar bilan
maslahatlashgan holda partiyalar unga ishonch bildirishdi. Respublikaga qarshi
faoliyatlarini nazorat qilish, qonli voqealarga barham berish, shardagi viloyatlarda
ayirmachilik faoliyatlarini tugatish, Kiprda harakat uchun mos muhit yaratish
1 Aбдураззакова. M. – ХХ аср иккинчи ярми жаҳон тарихи. Тошкент. 2000. 57-б
30
maqsadida Milliy xavfsizlik boshqarmasi 27 aprelda 11 ta viloyatda qattiq
boshqaruvni o’rnatdi. Bu boshqaruv bilan birga majlisdan tashqarida siyosiy
faoliyatlarni to’xtatish, so’llarni butunlay bostirish maqsadida yoshlarning siyosiy
tashkiltolari yopildi, ularning siyosiy majlislari va seminarlari ta’qiqlandi.
“Jumxuriyat” va “Oqshom” gazetalari 10 kun muddat ichida yopildi, nashriyotlar
noqonuniy nashr qilsalar jazo olishlari ogohlantirildi.
17 mayda Isroilning Istanbuldagi bosh konsuli Efraim Elrom Mohir Chayan
boshchiligidagi THKC (“Türkiye Halk Kurtuluş Cephesi”) nomli noqonuniy
tashkiloti tomonidan olib qochiladi, agar qamoqdagi do’stlarini ozod qilmasa
Elromning o’ldirilishini aytishdi. Hukumat Elromning o’ldirishilishi barobarida
odam olib qochganga o’lim jazosi berilishini ko’zda tutgan qonunni konstitutsiyadan
olib tashlash fikrini ilgari surdi, lekin bu fikr majlisda katta tortishuvlarga sabab
bo’ldi. Bu voqea arafasida butun mamlakat bo’ylab so’l qanot vakillari deya tahmin
qilingan 427 kishi ko’z ostiga olingandi, Elromning o’tgan bir haftadan beri
topilmaganligi sababli 23 mayda Istanbulda 15 soat mobaynida ko’chaga chiqishlari
ta’qiqlanganligi e’lon qilindi. Nihat Erim bu voqealar yuz berganligidan umuman
mamnun bo’lmagani bilan biror nima qilolishini bilmasdi.
Nihat Erim: “Hech kim unutmasligi kerakki, 12 martdan oldingi kunlarga
qaytish yo’q” degan holda Turkiyada yangi bir erkinlashtirish davri bo’lishini oldini
olish, 1961 yilgi konstitutsiyani qisqartirish kerakligini ta’kidladi. Elrom 23 may
kuni bir uyda o’lik holda topildi. Aybdorlar Mohir Chayan va Husayin Javohirlarga
qarshi harbiy operatsiya tashkil qilinadi. Natijada Husayin Javohir o’ldiriladi, Mohir
Chayan jarohat oladi va qo’lga olinadi. Nihat Erim hukumati ichki siyosatda ham
tashqi siyosatda ham biror bir o’zgarish qilolmadi. Nihat Erim boshchiligidagi
hukumat 11 nafar vazirning hukumatdan ajralgani tufayli iste’foga chiqqan bo’lsa –
da unga ikkinchi bor hukumat tuzish vakolati berildi. Biroq bu hukumat atigi besh
oygacha ham bormadi. Natijada bosh vazir etib Respublikachi ishonch partiyasi
a’zosi Feret Melen tayinlandi. Bu hukumat davridagi eng muhim voqea prezidentlik
saylovi bo’ldi. 1973 yilda TBMM da o’tkazilgan Prezident saylovida 12 mart
nomzodi bo’lgan Faruk Gurler mag’lubiyatga uchradi. AP va JXPdan hamkorlikda