Umumiy akmeologiya va tadbiqiy akmeologiyaning o‘ziga xos xususiyatlari
Yuklangan vaqt
2024-10-01
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
10
Faytl hajmi
35,2 KB
Umumiy akmeologiya va tadbiqiy akmeologiyaning o‘ziga xos xususiyatlari
REJA:
1.Akmeologiya fanining inson hayotidagi o‘ziga xos tomonlari.
2.Akmeshaxs tushunchasi mazmuni.
Inson yadrosining qanday qadriyatli yo‘nalishlar va munosabatlar tashkil etishi
hamda qanday qobiliyatlari va bilim,o‘quv, ko‘nikmalarining qanday zaxirasi katta
bo‘lganda uning faoliyat subekti sifatida tavsiflab berilishiga ham bog‘liqdir.
Akmeologiya makro, mezo, mikromuhitlar (davlat, jamiyat ta’lim va mehnat
tamoyillari, oila va boshqalar bilan) hamda tashqi sharoitlarning insonga ta ‘sirining
mexanizmlari va natijalarini qadamma-qadam kuzatib boradi.
Akmeologiya inson rivojida o‘tadigan eng muhim bosqichning xususiyatlarini
har tomonlama yoritib beradi. Yetuklikning induvidual kartinasining turli omillari,
o‘ziga xos harakatini tushuntirar ekan, insonlardagi o‘xshashliklar va farqlanishlarni
ham belgilaydi. Yetuklik bosqichida insonning individ, shaxsiy, subektiv
xususiyatlarining paydo bo‘lishi darajasini oddiy va mo‘tadil deb bo‘lmaydi. Ushbu
akmeologik jarayonda «jismoniy», «ruhiy», «intellektual»xususiyatlarning o‘zaro ta
‘sirini kuzatish muhim ahamiyat kasb etadi.Insonning ontogenezidagi rivojlanish
xususidagi fanning bir
bo‘lagini ilmiy jamoatchilik «akte» termini bilan bog‘laydi.
Yetuklik yoshidagi inson taraqqiyotini kompleks o‘rganadigan fan
esa akmeologiya deb ataladi.
O‘tmishdagi uzoq tarixiy madaniyatimizga nazar tashlar ekanmiz, o‘zbek xalqi
insoniyatning ajralmas bir qismi ekanini, ushbu zaminda ko‘plab allomalar yetishib,
bu allomalarimizning ilmiy asarlarini tadqiq etar ekanmiz, ular a k t ye , akmeologiya
tushunchalariga yaqin iboralami qo‘llaganlarining guvohi
bo‘lamiz.
Tarixiy davr Akmeshaxsga berilgan nomlar Antik davr Akmeinson, buyuk inson.
O‘rta asrlar «Valiulloh», «qibla», «qutb», «g‘av s» (madadkor), «avtod»
(ustunlar), «abdol» (badal qilingan), «maestro» va h.k.
Yangi davr «Mutafakkir», «nuriy», «donishmand».
XX asr
1. Bizning zamonamizda buyuk san’atkorlarga «usta» yoki «yulduz» deb ta’rif
beriladi.
2. Buzruk olimlarga «ustoz», «ustod» degan ta’rif berilgan.
3. Keksa yoshdagi inson, agar u barchaning hurmatiga sazovor bo‘lib, el orasida
obro‘-e’tiborga yerishgan va o‘zining o‘gitlari bilan boshqalarga ibrat bo‘lsa, ularni
«faxriy» deb ataydilar.
4. Agarda shaxs siyosiy sohada o‘z yo‘nalishiga ega bo‘lib, jamoani o‘zining
ketidan ergashtira olsa, o‘z g‘oyalariga boshqalarni ishontira olsa, bu «siyosiy
arbob»ga «jamoat arbobi» deb murojaat qiladilar.
5. Pedagogika va falsafa sohasida mukammallikka erishgan Abu Nasr Forobiyga
«muallimi soniy» kabi ramziy unvonlar berilgan.
6. Sport sohasida, jumladan, tennisda eng yuqori yutuqlami qo‘lga kiritganlar
«birinchi raketka» deyiladi.
XX1 asr Akte inson, akmeshaxs degan ta’rif berilgan.
Hozirgi davrda akmeologiyaning obekti sifatida yetuk inson aqliy zukkolik,
kasbiy faoliyat mahorati belgilari,omillari, cheksiz salohiyati, qobiliyati va
iqtidorlari sifatida qabul qilingan. Akmeologiyada mahsuldorlik tushunchasini ochib
beruvchi kasbiy faoliyat kategoriyasi k o‘rsatiladi. Shuningdek, insonning
samaradorlik faoliyati uning rivojlanish apparatini tashkil qiladi. Akmeologiyada
tekshiruv obekti — yetuk professional shaxs, uning rivojlanishida obektiv va
subektiv omillar, shaxsiy hayoti jarayonida yuksak marralarga erishishi o‘rganiladi.
Shuningdek., akmeologiya katta yoshdagi odamlaming yoshlik davrlarida ijodiy
yetuk mutaxassis bo‘lib shakllanishi va o‘z kasbiy akmesiga erishish yo‘llarini
o‘rganishda milliy va umumbashariy qadriyatlarga tayanadi.
Akmeologiya jamiyatdagi ijtimoiy hodisalarni o‘rganar ekan,insonlarning turli
davr va sharoitlarda barqaror hayot yaratish uchun kurashi, mavjud qiyinchiliklarni
yengib o‘tishi, bunyodkorlikda o‘zini ifodalash, ezgulikka intilish va erishishning
yo‘nalishini, bunday faoliyatning ichki mexanizmlarini yoritib beruvchi fandir.
Ushbu ma’noda akmeologiya insonning o‘z manfaatlarini k o‘zlab tutgan murakkab
mashaqqatli tanlov yo‘lini ifodalab beradi.
Bu borada taniqli faylasuf olim Xatima Shayxova: «Akmeologiya — zamonaviy
yangi fan. Uning muhim vazifasi muayyan kasb-korlikning yuksak pog‘onaga
ko‘tarilishidagi turli jihatlarini o‘rganishdir. Akmeologiyaning mazmun-mohiyati —
insonning har bir kasb-hunarni bilim orqali chuqur egallashi, uning jamiyat rivoji,
millat ravnaqi, turmush farovonligi hamda ijtimoiy taraqqiyotning iqtisodiy, siyosiy,
ma’naviy-huquqiy jihatlariga ijobiy ta’sirini kuchaytirishga xizmat qilishini chuqur
anglashi,o‘z ijodiy faoliyatini, kasb-hunar sohasidagi burch va mas’uliyatini ado
etishga sarflash maqsadida mukammallik va kamolot
ga erishishni o‘rganishdan iborat», deydi.
Bizningcha esa, akmeologiya tabiiy, umumjamoa va insoniy qoidalar asosida
kasbiy mahoratning yuksak muvaffaqiyatga erishish haqidagi fandir va insonning
yetuklik bosqichida rivojlanish qonunlari va mexanizmini hamda asosan bundanda
yuksakrok darajalarni egallash fenomenologyasini o‘rganadi. Akmeologiya fan
sifatida nafaqat alohida shaxs, balki millat va xalqning tarixiy yo‘lini ham tahlil etar
ekan, turli madaniyatlar to‘qnashuvida dunyoga mislsiz daho, mashhur olim i
mutafakkirlar yetishib chiqishini tadqiq etishda davom etmoqda.
Ushbu atama biror kasbga, biror bir sohaga mehr qo‘yib, bilim va tajribaga
tayanib, maqsad sari intilib yashashni bildiradi.
Akmeologiyadagi asosiy iboralardan biri «akmeologik moyillik» bo‘lib, ushbu
tushuncha shaxsning intiluvchaniik qobiliyatini anglatadi.Akmeologiyaning
maznum-mohiyati — insonning har bir kasb-hunami ilm-bilim orqali chuqur
egallashi, uning jamiyat rivoji, millat ravnaqi, turmush farovonligi ham da ijtimoiy
taraqqiyotning iqtisodiy, siyosiy, m a’naviy-huquqiy jihatlariga ijobiy ta’sirini
kuchaytirishga xizmat qilishini chuqur anglashi, o‘z ijodiy faoliyatini, kasb-hunar
sohasidagi burch va mas’uliyatini ado etishga sarflash maqsadida mukammallik va
kamolotga erishishi jihatlarini fanlar bilan uyg‘unlikda o‘rganishdan iboratdir.
Akmeologiya kishining jamiyatda munosib o‘rnini topishga intilishi, ijtimoiy
mavqeyiga,
yuksaklikka
intilishi
deganidir.Akmeologik
izchillik,
ya’ni
mukammallik cho‘qqisiga intilish, bu — inson hayotining ajralmas xususiyati bo‘lib,
bu ibora orqali shaxsiy, kasbiy rivojlanish va o‘z-o‘zini takomillashtirishga moyillik
anglatiladi. Bunday izchillik insonning ijodiy potensialida va kasbiy m ahoratida o‘z
ifodasini topadi. Akmeologik izchillik inson hayot-m amotining ontologik
atributidir, ya’ni insonning tug‘ilganidan toki umrining oxirigacha bo‘lgan
individual rivoj
lanish. yo‘lini qamrab oladi. Akmeologiya aynan shu jihati bilan
jamiyats’hunoslik va insonshunoslik fanlari bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri boglanib ketadi.
Akmeologiyaning ijtimoiy bilimlar bilan aloqasi uning tarixiy va madaniy ildizlarini
o‘rganishda alohida ahamiyat kasb etadi. Bunday ta ‘kid akmeologiyaning falsafa
bilan o‘zaro bog‘liqligida yaqqol ko‘zga tashlariadi. Bunday aloqa ikki yo‘nalishda
amalga oshadi — birinchidan bu, dunyoqarashga oid tom on bo‘lsa, ikkinchidan,
metodologik tomonni tashkil etadi.
Akmeologiya inson kasbiy faoliyati doirasidagi professionallik va ijodiylikning
akte shaklining rivojlanishi uchun zarur qonuniyatlarni o‘rganuvchifan boigani
uchun «akmeologiya» atamasining mazmuni, mohiyati insonshunos olimlar
tomonidan turli bahs va munozaralarni keltirib chiqarmoqda.
Buning boisi, birinchidan, akmeologiya sohasida ilk davrlarda asosan
pedagoglar, psixologlar tomonidan chop etilgan ilmiy asarlar, etika ixtisosligi
bo‘yicha himoya qilinayotgan nomzodlik va doktorlik dissertatsiyalari fanning u
yoki bu jihatlarinigina qamrab olganligi sababli ayrim tushunmovchiliklarni keltirib
chiqardi.
Ikkinchidan, akmeologiyaning tabiiy, umumjamoa va insoniy qoidalar asosida
kasbiy mahoratning yuksak takomiliga erishishi,insonning yetuklik bosqichida
rivojlanish qonunlari va mexanizmi hamda bundanda yuksakroq darajalarni egallash
fenomenologiyasini o‘rganishi, ya’ni biron kasbga, sohaga astoydil mehr qo‘yib,
bilim va tajribaga tayanib, maqsad sari intilib yashashini bildirishi hamda
akmeologiyadagi asosiy iboralardan biri «akmeologik moyillik» iborasi ekanligining
fanlar integratsiyasi kesimida kompleks o‘rganilmaganligidadir.
Shu bois ham, fikrimizcha, akmeologiyani faqat shaxs kasbiy faoliyatining
psixologik va pedagogik jihatlarini tadqiq etish inson resurslarining barcha
imkoniyatlarini kompleks tarzda o‘rganish yo‘lida yetarli emasligini alohida qayd
etish maqsadga muvofiq, deb o‘ylaymiz.
Aytib o‘tish kerakki, inson qancha ko‘p bilim olsa, u barkamollikka erishadi va
unda yaxshilik, bag‘rikenglik, mehr-muhabbat, uzoqni ko‘ra olish va tezkor fikrlash,
his-tuyg‘ular ko‘proq shakllanadi. Akmeologiya shuning uchun ham «Intilganga tole
yor», «Xudo yorlaqagan» kasb-korga erishish qonunlari va
mexanizmlarini o‘rganmoqda. Akmeologiyada hal etish lozim bo‘lgan
muammolardan biri inson va ijtimoiy muhitning tavsiflaridagi bir-biri bilan o‘zaro
aloqasini ochib berish hisoblanadi.Chunki iqtidorli yoshlar har bir jamiyatning
asosiy ijtimoiy-axloqiy qudratini, salohiyatini, kelajagini belgilaydigan kuch- qudrat
hisoblanadi.
Unga shaxslarning kichik va katta jamoalarini misol keltirish mumkin:
boshqaruv guruhlari, sport jamoalari, ishlab chiqarish birlashmalari, siyosiy
partiyalar, etnoslar, elatlar, davlatlar va boshqalar ularning rivojlanish va o‘z-o‘zini
rivojlanish qonuniyatlari va mexanizmlarini qidirish, tahlil etish natijasi bo‘lib,
uiarning akmega erishishlari bo‘lib xizmat qiladi. Bu holatda
ular kutgan cho‘qqilar yoki ularning akmesi asosiy fenomen bo‘lib chiqadi.
Ularni umumiy, xususiy alohida xarakteristikalari maqsadga yo‘nalgan, tarzda
ketma-ketlikda ochib boriladi va bayou etiladi.
Binobarin, bular insonlar jamoasida kelib chiqqan obektiv va subektiv omillar
o‘zgarishlarini o‘rganish chog‘ida sodir bo‘ladi. Masala konkret ravishda qo‘yiladi
va yechiladi.Avrim tadqiqotchilar shaxsni fuqaro, umr yo‘ldoshi, ota-ona va ma’lum
konkret sohaning mutaxassisi sifatida shakllanganiga qarata «katta yoshdagi»lik
tushunchasini «etuklik» tushunchasining sinonimi sifatida tahlil etadilar. Bu esa,
turli tarmoq olimlarimng ilmiy munozaralariga sabab bo‘lmoqda.
Avstriyalik shifokor Frans Iosif Gayll (1758—1828) inson xarakteri va uning
intellektual qobiliyatlarini bosh suyak chanog‘i (frenos)dagi bo‘rtiqlar va botiqlar
joylashuvi ham da turmush tarzining kechishi bilan chambarchas bog‘liq, deb
hisoblaydi. Olimning fikriga ko‘ra, insonning ilk yoshlik davrida mavjud frenologik
xarita turmush tarzi ta ‘sirida o‘zgarishi mumkin. Akmeologiyada yetuklik
tushunchasi ko‘plab obektiv va subektiv jarayonlar va holatlaming o‘zaro murakkab
aloqadorlik natijasi bo‘lib, insonning shaxsiy hayoti,ijodkorligi, ishbilarmonlik
qobiliyati, novatorlik xususiyatlarini ham qamrab oladi. Akmeshaxsning yetuklik
darajasi, mohiyati
tabiiy, ijtimoiy, gumanitar va texnikaviy fanlar bilan yaqin aloqadorlikda
kompleks ochib beriladi.
Umuman olganda, hozirgi globallashuv davrida jamiyatimiz o‘zining yuksak
rivojlanish nuqtasi, fuqarolik jamiyatini barpo yetishga yaqinlashmoqda. Bu esa ayni
paytda akmeologiyaning asosiy kategoriyalaridan mukammallik, yuksaklik, oliy
daraja kabi tushunchalar kundalik turmushda ishlatilib kelingan bo‘lsa-da,ijtimoiy-
falsafiy va axloqiy nuqtayi nazardan maxsus ilmiy tadqiqot sifatida to‘la
o‘rganilmagan. Xulosa o‘rnida shuni e’tirof etish lozimki, insoniyat taraqqiyotining
barcha bosqichlarida yuksaklik va mukammallikka intilish kishini soglom turmush
tarzi yo‘laklaridan o‘tishga undaydi. Zero, sog‘lom turmush tarzi muvaffaqiyailar va
yutuqlar asnosida maydonga keladi.
Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda, akmeologiyaning asosiy mazmun-
mohiyati — insonning har bir kasb-hunarni ilm-bilim orqali chuqur egallashi, uning
jam iyat rivoji, millat ravnaqi,turmush farovonligi hamda ijtimoiy taraqqiyotning
iqtisodiy,siyosiy, ma’naviy-huquqiy jihatlariga ijobiy ta ‘sirini kuchaytirishga
xizmat qilishini chuqur anglashi, o‘z ijodiy faoliyatini,kasb-hunar sohasidagi burch
va m as’uliyatini ado etishga sarflash maqsadida mukammallik va kamolotga
erishish jihatlarini fanlar bilan uyg‘unlikda o‘rganishdan iborat bo‘lib, u insonning
ijtimoiy-iqtisodiy, m a’naviy dunyosida yuksakroq cho‘qqilarga, kasbiy kamolotda
mukammallik bosqichiga erishish muammolarini o‘rganadi., deya olamiz
.Akmeolog mutaxassislar shaxsning yuksak professionalizmi va ijodiy mahorati
muammolarining oqilona yechimini muhim inson resurslaridan foydalanishda deb
bilmoqdalar. Bu degani, ular integrativ-kompleks o‘rganish muhimlik g‘oyasini
ilgari suradilar.
Bizning fikrimizcha, faqatgina kasbiy yuksaklikka erishish g‘oyasi bilan
chegaralanish
muammoning
yechimiga
olib
kelishi
mushkul.Akademik
B.G.Ananevning ilmiy maktabida inson ontogenezjda uning taraqqiyotini
belgilovchi vositalarni yoritishda kompleks yondashuv qo‘llaniladi. Shunga ko‘ra
bir yosh darajasidan ikkinchisiga o‘tishda inson ruhiyati va ichki dunyosida sodir
bo‘layotgan o‘zgarishlari kuzatganda ushbu o‘zgarishlarning sabablarini chuqurroq
tushuntirish uchun nafaqat psixologiya, balki,manaviyat, axloq, falsafa, pedagogika,
fiziologiya, anatomiya kabi fanlar bilan bir qatorda, iqtisod, siyosat, huquq,
sotsiologiya kabi fanlarni kompleks qo‘llash maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Hozirda umumiy akmeologiya bilan bir qatorda insonning aniq sohalardagi
faoliyatini professional shakllantirish va rivojlantirish xarakteriga ega boshqa tarm
oqlar shakllanmoqda.Biz yuqorida akmeologiyaning tarkibiy bo‘linmalari haqida
gapirdik. Endi uning tasnifini slayd ko‘rinishida tahlil etamiz.
Umumiy akmeologiya — akmeologiya fanining predmeti va uning ijtimoiy
fanlar tizimida tutgan o‘rni, metodologik tamoyillari va yondashuvlari, metodlari,
individ, shaxs, faoliyat subekti sifatida odamni akmeologik tushunish, insonning
yoshi va rivojlanish davriyligiga akmeologik yondashuv, inson rivojlanishining
cho‘qqilari — «akme»si va uning asosiy xarakteristikalarini o‘rganadi.
Tadbiqiy akmeologiya - akmeologiyaning amaliy faoliyati bilan bog‘liq bo‘lib,
turli soha vakil lari yutuqlarining akmeogrammik tahlili asosida shaxsiy va
professional rivojlanishining akmeologik texnologiyalari mohiyati, shaxsiy va
professional rivojlanishni sifatiy baholash metodlari va miqdoriy oichovlari, shaxsiy
va professional rivojlanishni takomillashtirishning akmeologik texnologiyalari
asosiy turlari, shaxsiy va professional rivojlanishni tashkil etish va ularni optimal
amalga oshirishda akmeologik texnologiyalar bilan ishlaydi.
Akmeologiya atamasi 1928-yilda rossiyalik psixoiog N.A.Ribnikov1 tomonidan
ilk bor ilmiy muomalaga kiritilgan. Inson ontogenezidan keyingi bosqichlarida
rivojlanib bo- radigan, yetuklik bosqichigacha shakllanadigan, individual shaxsiy va
subektiv taraqqiyotida ko ‘tarilib boradigan cho ‘qqini ilmiy maktabning bu
namoyondalari ko‘pincha kulminatsiya yoki optimum deb ataydilar.
Insoniyat tarixida fan, madaniyat rivojlanishida tub o‘zgarish yasagan Uyg‘onish
davrining akmeologik tomoni shundaki, bunda insonning o‘z-o‘zini anglash tizimi
1 HepeBeHCKMH uiKOJibHMK H cro i-ueajibi. — M.: 1916; Enorpatbuii M HX M3y^eHMe. — M.: 1920; ricHxojiorna m BbiSop npo<})eccHH. —
M.: 1923; MeTOflbi n3y4eHHH pe6eHKa. — M.: 1923; riaMHTb, ee ricuxojiorHH u neflc.rorHKa. — M.-JI.. 1930; 06 oiun6Kax MTCIIHH H
npiieiwax 6opb6bi c HHMH. — M.: 1939.
va uning darajalarini aniqlovchi tashkiliy tuzilmalaring turli-tumanligidadir. Bir soha
akmesi, masalan, falsafa, boshqa soha va yo‘nalishlar — astronomiya, matematika,
meditsina va boshqa fanlar akmesi bilan bog ‘lanib ketdi.
Ayrim manbalarda akmeologiya B.G.Ananev, V.M.Bexterev, V.N.Myasishev,
E.S.Kuzmin, N.V.Kuzmina, NA.Ribnikov va boshqalar tomonidan yaratilgan yangi
fan, degan qaydga nazarimiz tushadi. Ammo bu kabi ta ‘rifning qanchalik to ‘g ‘ri
ekanligiga albatta ilmiy nuqtayi nazardan qarash maqsadga muvofiq bo‘laredi, deb
o‘ylaymiz.
Sababi, akmeologiyaning asosiy rivojlanish bosqichlari tarixiy- falsafiy davrlar
silsilasi bilan bog‘liq. Ya’ni, akmeologik dunyo- qarash qadimgi Yunoniston
mutafakkirlari2 va zardushtiylik ta ‘limotining kitobi «Avesto», islom dinining
muqaddas kitobi Qur’oni Karim, Hind eposi «Kalila va Dimna» hamda
Kaykovusning «Qobusnoma» asarlarida o‘z ifodasini topgan. Bu davrda «akme»
so‘zi o‘rnida «mukammallik», «oliy nasab» kabi tushunchalar ishlatilgan.
Kaykovusning «Qobusnoma» asarida har bir yosh kasb-hunar yo‘lida ilm-bilim
egallashi, aql-zakovatni charxlashi bilan birga eng oliy insoniy fazilatlarga ega
bo‘lsagina yuksak maqsadlarga erisha olishi mumkinligi to‘g‘risida so‘z boradi.
«Barcha donish va hunaming sarmoyasi, — deydi Kaykovus, «adab, tavoze, hayo,
pokdillik, beozorlik, sabr va matonatdir. Fazl egasi bo ‘lay desang, so ‘zlash va so
‘zlashish san ‘atini egalla, chunki aql, idrok bilan aytilgan so‘z yoki harakat aql va
hikmat ko‘zining surtnasi va do‘sti yog‘idur»3. Bizningcha, ilm-bilim va hunar
egallash eng zaruriy jihat boisa, ikkinchi muhim jihat — kishilar bilan doimiy
muloqotda, munosabatda bo‘lish har bir yoshdan ma’naviy, axloqiy madaniyatni
chuqur egallashni talab qiladi.
Inson yoshi, vazifasi, faoliyatidan qat’i nazar doimo insonlar orasida yashaydi,
o‘qiydi va o‘z faoliyatini namoyon etadi. Chunki, har kim ilm-bilim egasi bo‘lsa
ham, o‘z muomala, xatti- harakati va odobida xato qilsa, saodatdan, boshqalar
hurmat- izzati, obro‘si va qadrlashdan mahrum bo‘ladi. Zero, mustaqil yurtimiz
yoshlari yanada aqlli, dono, bilimdon, odobli, ijodiy va intellektual salohiyatga ega
2
Apucmome/ib. HuxoMaxoBa 3THKa. / CoHHHeHHH. B 4-x t. T. 4. — M.: «Mbicjib», 1983; CeneKa Jlyu,uu AHHUU.
HpaBCTBCHHbie imcb.Ma k JlyuMJimo. — M.: «HayKa», 1977.
3 Kaykovus. Qobusnoma. — T.: «0‘qituvchi», 1986. 19 b.
yetuk va mukammal shaxs bo‘lib yetishishlari uchun, eng avvalo, o‘zlarida insoniy
sifatlari jo etmoqlari muhim.
Xitoy manbalarining guvohlik berishicha, Sug‘diyonada o‘g‘il bola besh yoshga
to‘lgach, yozuv va hisobga o‘rgatilgan, 20 yoshga kirganda biron kasb, hunarni
egallagan bola savdo-sotiqni o‘rganish uchun o‘zga mamlakatlarga jo‘natilar edi.
Xalifalikning yangi poytaxti Bog‘dodda 832-yili «Baytul hikma» («Donish- mandlar
uyi») tashkil etilib, uning ehtiyoji uchun katta mablag‘ ajratildi. Uning qoshida ikkita
rasadxona, ilmiy markaz tashkil etilib, dunyoning turli yerlaridan awallari bitilgan,
ilmga oid adabiyotlar to‘plandi. Ular yunon, lotin, hind, xitoy, fors va boshqa
tillardan arabchaga tarjima qilindi, o‘rganildi. Bunday ilmiy, madaniy va ma’naviy
yuksalish matematika, astronomiya, geografiya kabi fanlarning yaratilish va
rivojlanish davri bo‘ldi, desak, aslo adashmaymiz.
Xorazmshox davlatiga xos osoyishtalik asosida moddiy ishlab chiqarish va
madaniy rivojlanish jarayoni jadallashdi, shahar ha- yoti yuksala bordi. Ishlab
chiqarish va hunarmandchilik turlari ko‘paydi. Tog‘ jinslarini ishlash, shishasozlik,
savdo-sotiq ku- chaydi, Davlat boshqaruvi tizimida madaniyatni yaxshi ang- lagan,
ilmli insonlar ko‘paydi. Bu davrga kelib san’at, ayniqsa, devoriy tasvir,
haykaltaroshlik, badiiy yog‘och o‘ymakorligi ham rivojlaridi.
E’tirof etish lozimki, insoniyat olami o‘zining yechilmagan jumboq va
mo‘jizalari bilan tabiatning ajoyib gultoji sifatida boshqa jonli mavjudotlardan o‘z
tafakkuri va aqli bilan ajralib turadi. Shu bois ham, insoniyat taraqqiyotining
bosqichma-bos- qich riyojlanishiga nazar tashlasak, har bir bosqichda o‘ziga xos
yangi-yangi cho‘qqilar, muvaffaqiyatlar va komillik sari intilishini kuzatishimiz
mumkin:
Ibtidoiy jamoa tuzumi davrida inson o‘z qo‘l mehnati natijasi sifatida tanasining
mukammallashishi va turli mehnat qurollarini shakllanishiga erishdi.
Quldorlik tuzumi davrida qishloq xo‘jaligi va davlat boshqaruvi (siyosat)da
o‘zjga xos daraja, pog ‘onalarga erishdi.
Feodal boshqaruv va kapitalistik tuzumlarda inson nafaqat qishloq xojaligi,
madaniyat, balki sanoat va ishlab chiqarishda (jumladan, paxtani qayta ishlash) katta
muvaffaqiyatlami qo‘lga kiritdi.
Sobiq turg‘unlik davrida ham insoniyat ishlab chiqarish va sanoatni
texnikalashtirishga erishdi. Ko‘rinib turibdiki, insoniyat o‘z taraqqiyoti davomida
faqat mukammalik sari intilib, turmush sharoitini yanada yaxshilashga harakat qilib
kelgan.
Hozirgi globallashuv davrida mamlakatimiz o‘zmustaqilligini qo‘lgakiritgach,
jamiyatimiz o ‘zining yuksak rivojlanish nuqtasiga yaqinlashmoqda desak, aslo xato
qilmaymiz. Albatta, biz yuqorida ta’kidlab o‘tgan barcha dalillar, hammaga birdek
ma’lum. Ammo mukammallik, pog‘ona, daraja, yuksaklik kabi tushunchalar
kundalik turmushda ishlatib kelingan bo‘lsada, uni ta ‘limot sifatida e’tirof etilmagan
deyish to‘g‘riroq bo‘lar edi.