1
Umumiy etikaning asoslari.
Reja:
1.Axloq va yurish-turish qoidalari
2. Etikaning rivojlanish tarixi.
3. Asosiy etika qoidalarining xususiyatlari.
1.Axloq va yurish-turish qoidalari
Yuqorida keltirganimizdek «этика» termini qadimgi grek «этос» so’zidan
kelib chiqqan bo’lib urflar, odatlar, xulq-atvorlarni bildiradi va etika fan sifatida
20 asrdan ortiqroq mavjud.
Etika bu odob-axloq haqidagi fan. Odob-axloq ijtimoiy ong shakli bo’lib
unda jamiyatda yashayotgan kishilarning g’oyalari, tasavvurlari, tamoillari
hamda yurish-turish qoidalari o’z aksini topadi. Axloq va yurish-turish
qoidalarini sinonim tariqasida qo’llash mumkin. Ma’lumki jamiyatda
kishilarning yurish-turish qoidalarini tartibga soluvch turli ijtimoiy normalar
mavjud bo’ladi. Bu ijtimoiy normalar ijtimoiy jamoa yoki guruhlar doirasida
umumqabul qilingan qoidalar yoki, ahloq na’munalari hisoblanadi. Bu normalar
jamiyatda odamlarning yurish-turishini tartibga soluvchi vosita, kelishilgan
jamoaviy harakatlarni takomollashtirishga xizmat qiladi. Axloqiy normalarning
mohiyatini yaxshiroq tushunush uchun boshqa ijtimoiy normalarni ko’rib
chiqishimiz lozim bo’ladi. Masalan, odatlarni olaylik. Odatlar avloddan-avldga
o’tib kelayotgan umumqabul qilingan va takrorlanib kelayotgan kishilarning
2
ahloq qoidalari shakllari bo’lib, ijtimoiy va madaniyat tajribalarini avloddan-
avlodga o’tkazib kelish vositasi bo’lib xizmat qiladi. Marosimlar bu
marosimlarni o’tkazish tartib qoidalari. An’analar bu insonlarning u yoki bu
jamiyatdagi vaqtlar davomida sinovlardan o’tib uzoq muddat yashab kelayotgan
axloq normalari hisoblanadi. Huquq bu davlat tomonidan qabul qilinadigan va
qo’riqlanadigan ahloq qoidalaridir. Din bu borliq olamni yaratguvchi Olloh
haqida insonlarning tassavvuriga asoslangan insoniyat jamiyatining ruhiy-
axloqiy qoidalari hisoblanadi.
Jamoat taskilotlarining normalari bu ushbu jamoat tashkilotlarining o’zlari
tomonidan qabul qilinadigan va ushbu tashkilotlarning ustavlarida ko’da tutilgan
jamoat ta’sir choralari vositasida himoya qilinadigan muomala qoidalaridir.
Ushbu yuqorida sanab o’tilganlardan farqli o’laroq, axloq normalari bu
jamiyatda insonlarning yaxshilik bilan yomonlik, adolad va adolatsizlik, burch,
sh’an, qadr-qimmat haqidagi tasavvurlariga muofiq holda o’rnatiladigan
qoidalar hisoblanadi. Bu normalar ba’zan huquq deb ataladi va xulq-atvor
qoidalarini o’zida ifodalaydi va axloqiy nuqtai nazardan olganda “yaxshi xulq-
atvorlar”, “jinoiy xulq-atvorlar”, “xulq-atvorlarni tuzatish”lar deb baholanadi.
Odob-axloq normalari nohuquqiy tusdagi hujjatlarda mavjud bo’ladi.
Ularga turli xil kodekslar, qasamyodlar va boshqalar kiradi. Bunga misol qilib
1979 yilning dekabrida BMT Bosh Assambleyasining 34-sessiyasi tomonidan
qabul
qilingan
huquqiy
tartibotni
qo’llab-quvvatlash bo’yicha
rahbar
xodimlarning odob-axloqi Kodeksini keltirish mumkin. Ushbu Kodeksda
huquqni himoya qiluvchi organlarning, birinchinavbatda jinoyat ishi bo’yicha
tergov olib borayotganlarning inson qadr-qimmatini hurmat qilish va
himoyalashini, inson huquqini qo’llab quvvatlash va himoya qilishini (2-m.),
oxirgi zaruratlardagina va ularga yuklatilgan vazifalarni bajarishga talab
qilinadigan darajadagina kuch ishlatishni (3-m.), o’z faoliyatini amalgam oshirih
davomida olingan maxfiy tusdagi ma’lumotlarni, agar o’z vazifasini bajarish
yoki odilsudlov boshqacha qalab qilmasa, sir saqlashi lozimligi (4-m.), qiynash
3
yoki boshqa shafqatsiz, noinsoniy yoki qadr-qimmatni taptaydigan har qanday
harakatga murosasiz qarashlik lozimligi belgilab qo’yilgan.
2. Etikaning rivojlanish tarixi.
Etika mohiyat haqidagi, axloqning kelib chiqishi va tarixiy rivojlanishi,
uning o’ziga xos xususiy vazifalari haqidagi fan bo’lib o’zining boy tarixiga ega.
Etika fanining asoschisi bo’lib buyuk qadimgi grek faylasofi Sokrat
(e.o.gi 469-399) hisoblanadi. Insoniyat tarixida buyuk etikashunoslar sifatida
Platon ( e.o.gi428-328 yillar), Aristotel (e.o.gi384-322 yillar), Seneka (e.o.gi 4
yil – eramizning 65 yili), Маrk Аvreliy (121 – 180), Аvgustin Blajenniy (354 –
430), B. Spinoza (1632 – 1677), I. Каnt (1724 – 1804), А. Shopengauyer (1788
– 1860), F. Nitsshe (1844 – 1900), А. Shveytser (1875 – 1965).
Odob-axloq haqida ko’plab buyuk mutaffakkurlarimiz shug’ullanishgan,
qimmatli fikrlarini o’z asarlarida aytib qoldirganlar. Abu Nasr Farobiy, Yusuf
Xos Hojib, Kaykovus ibn Iskandar, Amir Temur, Aliher Navoiylarning axloq
to’g’risida aytib ketgan qimmatli fikrlari jahonshumul ahamiyatga ega boldi.
Qadimgi davrlardan, eng muhimi 2500 yil oldin Qadimgi Gretsiya
fanlarning rivojlangan vaqtlarda boshlab odamlarni yomon harakatlardan
saqlagan axloqiy sezgi tushunchalarning mohiyati va paydo bo’lishi masalalari
paydo bo’la boshladi. Insonda nima axloqiy deb atalishi to’g’risida ilmiy
tushuntirishga urinishlar bo’lib o’tgan. Aynan o’sha sinfiy tsivilizatsiyaga o’tish
zamonida filosofik bilimning mustaqil bir qismi sifatida qayd etih vujudga
kelgan.
Etikaning rivojlanish tarixini quyidagi bosqichlarga ajratish mumkin:
− etikadan oldingi,
− antik etika,
− o’rtaasrlar etikasi,
− Yangi davr etikasi,
4
− zamonaviy etika.
Etikadan oldingi davr.
Ibtidoiy jamiyatining mulkiy tabaqalanishining yuqori bosqichini aks
ettiruvchi Gomer dostonlaridayoq muhim qaramaqarshiliklar uchraydi. Bir
tomondan olganda Gomer qahramonlari axloqli. Ular o’ qabilasiga tegishli,
qabilasi uchun kurashadilar va bu ularning hayot mazmuni hisoblanadi. Vatan,
qabila sha’ni, jangsshining shon-sharafi, do’stlik, oilaning faravonligi ularning
xulq-atvorining asosini tashkil etadi. Boshqa namondan qaralganda, na
“Iliada”da va ha “Odisseya” da aniq belgilaab qo’yilgan axloq Kodeksi mavjud
emas-ki, unga rioya qilishlik axloqning mezoni hisoblansa.
Gesiodada
boshqacha
holatni
ko’rish
mumrin,
qaysikim
sinfiy
wivilizatsiya davriga to’g’ri keladi. Uning dostonlari axkoqiy ma’no bilan
sug’orilgan. Asosiy qadriyatlar tariqasida Gesiod mehnat va adolatni ilgari
suradi va uning tagida avaylab asrash, hisob kitoblilik, qonuniylikni va umuman
olganda mulkni musstahkamlashga qaratadi.
Antik etika.
Eramizda oldingi 5 asrda falsaning inson muammolari tarafiga burilishi
etikaning shakllanishida hal qiluvchi rol o’ynadi. Antik etikada ikkita asosiy
yo’nalishni aytib o’tish mumkin:
− birinchisi – sofistlar va axloqni inkor etuvchilar, ular axloqiy talablarning
majburiyligini inkor qiladi;
− ikkinchisi – qadimgi Gretsiyaning buyuk mutafakkurlari Sokrat, Platon (e.o.gi
5 asr), Аristotel (e.o.gi 4 asr), Epikur (e.o.З asr) axloq fani tariqasida etikaga
asos solganlar.
Sofistlar maktabining bir vakili bo’lgan - Protogor (e.o.5-4 asrlarning oxiri)
fikricha axloq muayan bir davrda har bir insoniyat jamiyati uchungina bo’ladi,
5
shu sababli axloqiy talablar barcha xalqlarda har xil bo’ladi, yaxshilik va
yomonlik tushunchalari nisbiy hisoblanadi.
Sofistlarga Sokrat (e.o.gi 469-399 yillar.) qarshi chiqdi. Uning fikricha yaxshi
fazilatli deganda boshqalarni siqishtirmasdan ularga nisbatan adolatli bo’lish,
faqat o’zigagina emas balki jamiyatga xizmat qilishga qodir bo’lish, buningsiz
jamiyatni tassavvur qilib bo’lmaydi. Bu boradagi antik yutuqlarning yakuni
Aristotelning (e.o.gi 4 asr.) etikasi bo’lib, u birinchi bo’lib etikani yaxsh
fazilatlilar haqidagi teoretik fan tariqasida ilgari ham ta’kidlaganimizdek tizimga
solgan va unga nom bergan. Aristotelning talimoti bo’yicha aolatli odam
tamonidangina sodir etilgan harakatlar adolatli hisoblanadi.
O’rta asr etikasi.
O’rta asrda etikasi diniy etika bo’lib qoldi.
Agar antik etika insonning axloqiy yuksalishi uning o’ziga bog’liq, axloq
kishining yaxshi fazilatlari majmuyi bo’sa, o’rta asrdagi etikaning axloqiy
talablari xudoning amri kabi bo’ladi.
Yangi davr etikasi.
Ushbu davr axloq kontseptsiyasini T.Gobbs yaratgan.Uning ta’limotiga
binoan, axloq tushintirishga muhtoj, dunyo axloqiy baho nuqtai nazaridan ko’rib
chiqiladi.
. Su sababli Gobbs ijtimoiy axloqni jazlash xavfi bilan qo’rqitib turadigan
hokimiyat kerak degan xulosaga keladi va bu bir kishining yoki odamlar yig’ini
hokimiyatimi qat’I nazar barcha bo’ysunishi kerak. Davlatda tabiyatdagiday
kuch qonunni yaratadi. Davlatning xohishi oily qonun. Tinch yashash faqat
qudratli davlat kuchiga bo’ysunish bilan amalgam oshiriladi.
6
19 asrning 40 yillarida marksistik nazariya vujudga keldi va u kishilik
jamiyatining rivojlanishiga moddiy nuqtai nazardan qaradi. Marksistik etika
qoidalari quyidagilarda belgilanadi:
Основное положение марксистской этики заключается в сле-
дующем: inson nima qilishi kerakligini aniqlashda u o’zi nima eydi. Insonning
mohiyati barcha ijtimoiy munosabatlarning majmuidir'1. Axloq inson jamiyat
bilan, bnsoniyat bilan uchrashganda yuzaga keladi.
Zamonaviy etika.
20 asr axloq nazariyasi orasida zo’rlikka asoslanmaganlik etiksi bo’lib
butun dunyoda tarafdorlari ko’payib bormoqda.
Tarixda bo’lgan, hozirda ham davlatlar o’rtasidagi, millatlar o’rtasidagi, kishilar
o’rtasidagi nizolarni kuch yordamida hal qilish mavjud.
Kuch ishlatmaslik etikasi esa nizolarni kuch ishlatishni istisno qiluvchi butunlay
o’zgacha yondashishdir.
«Haqiqiy etika so’zdan foydalanishni bekor qilingan joyda boshlanadi”
degan А.Shveytserning so’zlarida katta ma’no yotibdi. Uning etik kontseptsiyasi
aktiv maqsadli faoliyatga chaqiradi, hayotning barcha mavjud formalarini saqlab
qolishga, odamlarga sharaf bilan xizmat qilishga, ularga hayotining bir
parchasini, muhabbatini, mehrini berishga da’vat qiladi.
Axloq tog’risida Sharq mutaffakkirlari va davlat arboblari ko’plab
qimmatli fikrlarni bildirganlar. Ulardan Abu Nasr Farobiy “Fozil odamlar
shahri” asarida, Yusuf Xos Hojib “Qutadg’u bilig” asarida, Kaykovus
“Kaykovus” asarida, Amur Temur “Tuzuklar”ida, Alisher Navoiy ko’plab
asarlarida davlat rahbari, vazirlar, qozilar axloqi haqida ibratli so’zlarni
keltirganlar.
Markaziy Osiyoda Uyg’onish davrining buyuk mutaffakkiri Abu Nasr
Farobiy “Fozil odamlar shahri” asarida bu shaharga hokim bo’ladigan odam shu
7
shahar ahlisiga imomlik qiluvchi oqil kishi bo’lib, u tabiyatan o’n ikki hislat-
fazilatni o’zida birlashtirgan bo’lishi zarur, degan edi. Fozillar shahri hokimi
avvalo to’rt muchasi sog’ bo’lib, o’ziga yuklangan vazifalarni bajarishida biror
a’zosidagi nuqson halal bermasligi lozim, aksincha, u sog’-salomatligi tufayli bu
vazifalarni oson bajarishi lozim, deb ta’kidlagan. Ikkinchidan, bunday shahar
hokimi tabiyatan nozik farosatli bo’lib, suhbatdoshining so’zlarini, fikrlarini tez
tushinib, tez ilg’ab olishi, shu sohadaumumiy ahvol qandayligini ravshan
tasavvur qila olishi zarur. Uchichidan, u anglagan, ko’rgan, eshitgan, idrok
etgan narsalarni xotirasida to’la-to’kis saqlab qolishi, barcha tavsilotlarini
unutmasligi lozim. To’rtinchidan, u zehni o’tkir, zukko bo’lib, har qanday
narsaning bilinear-bilinmas alomatlari nimani anglatishini tez bilib, sezib olishi
zarur. Beshinchidan, u fikrini ravshan tushutira olish maqsadida, chiroyli
so’zlar bilan ifodalay olishi zarur. Oltinchidan uustozlardan ta’lim olishga,
bilim,
ma’rifatga
havasli
bo’lishi,
o’qish,
o’rganish
jarayonida
sira
charchamaydigan, buning mashaqqatidan qochmaydigan bo’lishi zarur.
Ettinchidan, taom eyishda, ichimlikdan ochofot emas, o’zini tiya oladigan
bilishi, (qimor yoki boshqa) o’yinlardan zavq, huzur olishdan uzoq bo’lishi
zarur. Sakkizinchi, u haq va haqiqatni, odil va haqgo’y odamlarni sevadigan,
yolg’onni va yolg’onchilarni yomon ko’radigan bo’lishi zarur. To’qqizinchi, u
o’z qadrini biluvchi va nomus-oriyatli odam bo;lishi, pastkashliklardan yuqori
turuvchi, tug’ma oily himmat bo’lishi, ulug’, oily ishlarga intilishi zarur.
O’ninchi, bu dunyo mollariga, dinor va dirhamlariga qiziqmaydigan (mol-
dunyo ketidan quvmaydigan) bo’lishi zarur. O’n birinchi, tabiatan adolatparvar
bolib, odilodamlarni sevadigan, istibdod va jabr-zulmni, mustabid va zolimlarni
yomon koruvchi, o’z odomlariga ham, begonalarga ham haqiqat qiluvchi,
barchani adolatga chaqiruvchi, nohaq jabrlanganlarga madad beruvchi, barchaga
yaxshilikni va o’zi suygan go’zalliklarniбарчага яхшиликни ва ўзи суйган
гўзалликларни ravo ko’ruvchi bo;lishi zarur. O’zi haq ish oldida o’jarlik
qilmay, odil ish tutgani holda har qanday haqsizlik va razolatlarga murosasiz
bo’lishi zarur. O’n ikkinchi, o’zi zarur deb hisoblagan chora-tadbirlarni
8
amalgam oshirishda qat’yatli, sabotli, jur’atli, jasur bo’lishi, qo’rqoqlik va
hadiksirashlarga yo’l qo’ymasliggi kerak.
Farobiyning fikricha, mana shu barcha hislatlarning bir odamda
jamlanishi amri mahol, zero bunday tug’ma fazilatlar sohibi bo’lgan odamlar
juda kam uchraydi va ular ular nodir insonlardir. Maboda fozillar shahrida
shunday barkamol inson topilib qolsa, unda yuqoridagi fazilatlardan oltitasi yoki
beshtasi kamol topganida ham, u aql va zakovatda benazirligi tufayli fozillar
shahriga rahbarlik qila oladi. Ba’zi mahallarda fozillar shahrida bunday odam
yo’ bo’lib qolganida ham (vafot etganida yoki boshqa joyga ketgan vaqtida), ana
shu imom (hokim) yoxud uning izdoshlari (agar mazkur imomdan so’ng biri ....
shaharga boshlq bo’lsalar) chiqargan qonun va tartiblarga amal qilinadi.
Moboda biror zamonda fozillar shahrida hokimlik qilayotgan bir yoki bir
necha kishida boshqa zarur hislatlar bo’lsayu, ammo donishmandlar bo’lmasa,
fozillar shahri yaxshi yazshi hokimsiz qoladi, bunday shahar halokatga yuz
tutadi.
Yusuf Xos Hojib “Qutadg’u bilig” (“Qutga, ya’ni baxt-saodatga
erishtiruvchi bilim”, 1069 yilda yozilgan) asarida mansabdor shaxslarning
fazilatlari, ularga bo’ladigan ahloqiy talablarni bayon qilganlar. Jumladan,
beklar, yani mamlakat boshlig’i, vazirlar haqida gap yuritganlar. Yusuf Xos
Hojibning fikricha, bek dono, botir, sheryurak bo’lishi kerak. Uning bilimli,
zakovatli, mulohazakor bo’lishi taqozo etiladi. Ochiq yuzlik bekning
fazilatlaridan biri.
XI asrning 82-83 yillarida G’arbiy Eron podshohining nabirasi Kaykovus
ibn Iskandar o’ og’li Gulonshohga bag’ishlab “Nasihatnoma”sini yaratadi va
o’sha davr an’anasiga ko’ra, uni bobosi podshoh Shams-ul Maoliy sharafiga
“Qobusnoma” deb ataydi. Аna shu asarda “Ilm talabi va qozigarlik zikrida” deb
nomlangan bob bo’lib, unda bo’lg’usi qozilarga ularning axloqi qanday bo’lishi
kerakligi to’g’risida maslahatlar berilgan. Jumladan unda quyidagi fikrlar
keltirilgan.
9
“Har kishi har ishni qo’lga olsa, ul ishni yaxshi bilsin va uni ko’p varzish
(ya’ni mashq, оdat) qilsin, toki ul ishdan ko’p naf ko’rgay”.
“Ey farzand, аgar donishmandlikda baland darajaga etib, qozi bo’lsang,
ohista va tamkin bo’lg’il va tez fahm, ohibi tadbir, peshbin (oldindan ko’ruvchi),
mardumshunos (odamlarni tekshira oluvchi) va sohibi siyosat bo’lg’il, har
guruhning urf-odatidin, yo’-yo’rig’idin xabardor, har qavmning mazhabidin
ogoh bo’lg’il. Kerakdurkim, qozilik hiylalari senga ma’lum bo’lg’ay. Аgаr bir
vaqt bir mazlum oldinga kelsa, uning gunohi bo’lmasa va zulm etib, uning haqqi
bekor ketar bo’lsa, ul mazlumning faryodiga etg’il va tadbir yuzidan ul
mustahiqqa haqqin etkurg’il”.1
Yuqorida berilgan fikrlardan ko’rinib turibdiki, qozilar, ya’ni hozirgi
kunda sud’yalareng donishmand kishilar sanalgan. Ular barcha insoniy fazilatlar
egasi bo’lib, qolgan kishilarga o’z axloqlari bilan hamuna bo’lishlari lozim.
Amir Temur Tuzuklarida qayd etilishicha, saltanat ishlarida eng birinchi
galda to’rt narsaga amal qilinish lozim: 1. Kenggash. 2. Маshvaratu maslahat. 3.
Qat’iy
qaror,
tadbirkorlik
va
hushyorlik.
4.Ehtiyotkorlik.2
Davlatni
shakllashtirish borasida esa u yana muhim sanalgan to’rt ustunga suyanib
faoliyat yuritgan: 1. Islom va shariat qoidalari. 2. To’ra va tuzuklar. З.Хаzina. 4.
Raiat va askar.
Amir Temur ajdodlarning davlatchilik va qonunshunoslik borasidagi eng
yaxshi an’analarini zamonasining talablariga uyg’unlashtiradi, ularni adolatli
tamoillar darajasiga ko’tara oldi, chunonchi ushbu qarorga kelishgacha bo’lgan
davrda eng oily an’analardandan tortib, hatto piri Zaynuddin Abubakr
Toyibodiyning maslahatlarigacha puxta o’rgandi, unga suyanib ish tutdi.
Xususan, u “maktubda (piri Zaynuddin Abubakr Toyibodiyning xati ko’zda
tutilmoqda) yozilgan so’zlar saltanat ishlarida men uchun eng to’g’ri
yo’lboshchi edi3, – deb yozgan edi. Шунга кўра давлат ишларининг тўқкиз
улуши кенгаш, тадбир ва машварат, қолган бир улуши эса қилич билан
1 Кайковус. Қобуснома. Т.: “Ўқитувчи”, 2006, б. 122-123.
2 Темур тузуклари. – Тошкент, 1996, 24-б.
3 Темур тузуклари. – Тошкент, 1996, 24-б.
10
бажо келтирилишини англадим» – деб ёзади Темур.4 Мазкур фиқонинг
аслида, бугунги кунда ҳам катта нуфўзи бор. Зеро, Яқин Шарқ,
Афғонистон можароларида, муросага келиш, Темурбек тили билан
айтганда, кенгаш ва машварат лозимки, можароларнинг қурол кучи билан
тинчитаман, деганлар фақат қонли тўқнашувлар, ур-йиқитлар ва
хунрезликни келтириб чиқарадилар. Амир Темур, ҳатто шундай оғир
вазиятларни, энг қийин ва мураккаб ҳолатларда ҳам тўққиз марта
кенгашиб, тадбир ишлатиб, ҳал этиш лозимлигини таъкидлар экан, бу
нафақат ўз замонаси, балки келажакка ҳам адолатли хитобки, инсон бор
экан, дунё бор экан, бу сиёсий қарашлар ва одилона белгиланган қонунлар
ўз кучи, салоҳияти, нуфўзини йўқотмайди. «Донишлар демишларким, ўз
ўрнида қилинган тадбир билан саноқсиз лашкар қиличи ожизлик қилган
ҳар қандай мамлакат дарвозасини очиб, беҳисоб лашкарни енгиб бўлур».
Кўринадики, Амир Темур ҳар қандай сиёсий можароларни бир тўғри
тадбир билан жиловлаш мумкинлигини одиллик ила олға суради. Шу боис
ҳам у «тадбиркор ва ҳушёр киши минг-минглаб лаёқатсиз кимсалардан
яхшидир», дейди. Ғалаба, муваффақият ҳақида эса янада одилона фикр
юритиб: «ғолиб бўлмоқлик тангрининг мадади ва бандасининг тадбири
билан» амалга ошишини биларди.
Хусусан, у тажрибасига таяниб, кенгашнинг икки турли бўлишини,
биринчиси – тил учида айтилгани, иккинчиси чин юракдан чиққани
эканлигини айтади. «Тил учида айтилганини шунчаки эшитардим, – дейди
у, – юракдан айтилган маслаҳатни эса қалбим қулоғига қуярдим ва
дилимга жойлардим».
Подшоҳлар учун тўғри сўз, ҳаққоний хабарнинг фойдаси кўп, чунки
ёлғон давлатни емиради. Амир Темур тўғри сўз кишига ҳурмат билан
қарайди: «қайси киши ақлга сиққан бир ишни куюниб гапирса, суйиб
эшитар эдим; кимки оқилона гапларни эрларча кескинлик билан сўзласа,
унга солардим; ҳар кимдан кенгаш сўрар эдим, лекин айтилган ҳар бир
4 Темур тузуклари. – Тошкент, 1996, 24-б.
11
маслаҳатнинг яхши ва ёмон томонлари ҳақида ўйлаб кўргач, тўғри ва
савоблироғини танлаб олардим».5
Амир Темур нуқтаи назарида салтанатни бошқаришда 12 тамойилга
асосланиш керак6:
Бу борада Амир Темур «Қиссаи Темур» китобида «Мен ўн икки ишни
қилиб, салтанат мартабасига етушубдурман ва ул ўн икки иш била
мулкгирлик ва мулкдорлик қилиб салтанатим ўзангига зеб зийнат
бердим»7, деб ёзади.
Биринчиси, қонун-қоидага эътибор қаратадиган бўлсак, у ўзини ёлғиз,
танҳо ҳукмрон ҳисобламайди: оламнинг яратувчисини, унинг буюклигини
тан олади, элчи Расулуллоҳ динига содиқлигини ва шариатга нафақат ўз
юртида, балки бутун дунё бўйича ривож берганлигини эътироф этади.
Иккинчиси, ўн икки табақа, тоифа ёрдамида мамлакатни идора қилдим,
дейди.
Учинчиси, хоҳ мамлакатни забт этиш, хоҳ ғалабани кўзлаган бўлсин,
аввало,
маслаҳат,
кенгаш,
тадбиркорлик,
фаоллик,
ҳушёрлик
ва
эҳтиёткорликка эътибор қаратди, салтанат ишларида муросаю мадора,
мурувват ва сабр-тоқат қўл келишини айтади, унинг фикрича, подшоҳ гоҳо
кўп нарсани билиб турса ҳам билмасликка олиши керак. Чунки давлатнинг
майда-чуйда, икир-чикири кўп, улар орасида ўралашиб қолмаслик керак.
Бундан
сабоқ
шуки,
миллат,
халқ,
жабру
зулм
кўрмаслиги,
мустамлакачилар оёқлари остида хор-зор бўлмаслиги; унинг ғурури, шон-
шавкати, ор-номуси топталмаслиги учун миллат ва халқ бошида турган
раҳнамолар салтанат юритиш борасида, аввало, қонун устуворлигига
эришмас эканлар, ундай давлат фуқароси охир-оқибат жуда кўп азоб-
уқубатларга дучор бўлади. Тўртинчиси, бу хил салтанат қонун-
қоидаларини мустаҳкам тутиш, ҳар бир кишини мансабга тайинлаганда, у
5 Темур тузуклари. – Тошкент, 1996, 26-27-б.
6 Темур тузуклари. – Тошкент, 1996, 68-72-б.
7 Қиссаи Темур («Малфузоти Темурий»). – Тошкент, 2000, 245-б.
12
ўз мансабини суиистеъмол қила олмади ва бошқаларникига ҳам кўз
олайтирмади.
Бешинчиси Амир Темур ҳар бир қалб эҳтиёжини қондиришга, уни зару
зеварлар билан зийнатлашга ҳаракат қилганки, билъакс, инсон ҳақ-
ҳуқуқини англаб, меҳнат қилар экан, яшаш эҳтиёжи билан ҳисоблашади,
меҳнат қилиб, истаганидек турмуш кечирмас экан, ундаги фаолликни
кучайтириш, шижоат ва ғайратни ошириш қийин. Шунингдек, амирлар,
сипоҳсоларлар, баҳодирларнинг иттифоқлиги ва бирлиги ғалабани
таъминлашда асосий ўрин тутган.
Олтинчиси, Амир Темур давлатда зулм бўлмаслиги керак, деб
ҳисоблайди ва жабр-зулм юритишга қарши туради. Динсиз жойларда
давлат туриши мукин, аммо зулм бор жойда у таназзулга учрайди,
бобосининг ушбу ўгитларига амал қилган З. Бобур Ҳиндистонни фатҳ
этгач, ҳатто энг ашаддий душманлари билан ҳам муросаю мадорага келиб,
жабр-зулм ўрнига адолат пойдеворини яратди, шу боис ҳам унинг
авлодлари узоқ ҳукм сурдилар.
Еттинчиси, ажойиб фазилатли инсонлар қадрланиши лозим, шижоатли
кишиларни яқин тутиш керак, уламо билан суҳбатда бўлиб туриш давлат
ишларида катта фойда келтиради, аммо зинҳор-базинҳор бузуқи ва оғзи
шалоқ
кимсаларни
мажлисларга
яқин
йўлатмаслик,
уларнинг
туҳматларига, ғийбатларига эътибор қаратилмаслик лозим.
Саккизинчиси, Амир Темўрнинг фикрича, подшо бир ишга киришдими,
унга бутун фикри-зикри, кучини бериши, битмагунича ишдан қўлини
тортмаслиги керак. Бир сўз айтдими - бажарсин. Қадимдан хозирги
дамгача ўтган султонларнинг давлатчилик борасида олиб борган
сиёсатлари, қонунлари, турмуш туришларини ўргансин, улардан намуна
олсин. Давлатларнинг таназзулга учраш сабабларини сўраб суруштирсин
ва давлату салтанат заволига сабаб бўлувчи, очарчилик ва вабо келтирувчи
ҳолатлардан эҳтиёт бўлсин.