UMUMIY TA’LIM MAKTABLARIDA MUSIQA DARSLARINI REJALASHTIRISH

Yuklangan vaqt

2024-09-10

Yuklab olishlar soni

1

Sahifalar soni

5

Faytl hajmi

25,0 KB


1 
 
 
 
 
 
 
UMUMIY TA’LIM MAKTABLARIDA MUSIQA DARSLARINI 
REJALASHTIRISH 
 
 
REJA 
1. Maktabda musiqa darsining roli 
2. Musiqa o’qitishning asosiy yo’nalishlari, ilmiy-metodik ta’minoti va tashkiliy 
jihatlari. 
3.  O’rta va boshlang’ich sinflarda musiqa madaniyati darslarini rejalashtirish. 
4. Musiqa darslarida vokal-xor mashqlari ustida ishlash. 
5. Maktablarda musiqa darsining milliyligi va zamonaviyliligiga ahamiyat berish. 
Ma’ruza matni 
 
O’zbekiston Respublikasining «Ta’lim to’g’risida» gi Qonuni, «Kadrlar 
tayyorlash milliy dasturi» talablari asosida ta’lim tizimida ro’y berayotgan 
o’zgarishlarga ko’ra, 9 yillik umumiy o’rta ta’lim joriy etildi. Musiqa predmetiga 
davlat ta’lim standartini joriy etilishi, milliy, musiqiy merosimizdan foydalanishni 
hamda hududiy vohalarni san’ati va madaniyati, u yerdagi mahalliy xalq an’analari 
o’z ifodasini topgan. SHuningdek, ta’lim standarti o’zining tuzilishiga va 
mazmuniga ko’ra, davlat, xudud, maktab manfaatlari va vositalari muvozanatini aks 
ettiradi, o’quvchi shaxsi, uning intilishlari, qobiliyati va qiziqishini hisobga olgan 
holda yangi (1-7) sinflar uchun yangi dastur tuzildi. Dastur asosida darsliklar 
metodik qo’llanmalar, tavsiyanomalar yaratilmoqda. yetti yillik musiqa o’qitish 
davrida o’quvchilarni go’zallikni his eta oladigan, musiqaga mehr va havas bilan 
qaraydigan, milliy musiqa merosimizga vorislik qila oladigan barkamol inson qilib 
tarbiyalash asosiy maqsad qilib qo’yiladi. YAngi dastur asosida musiqa madaniyati 
darslarini sifatli, pedagogik va metodik jihatdan юqori talab darajasida olib borish 
1 UMUMIY TA’LIM MAKTABLARIDA MUSIQA DARSLARINI REJALASHTIRISH REJA 1. Maktabda musiqa darsining roli 2. Musiqa o’qitishning asosiy yo’nalishlari, ilmiy-metodik ta’minoti va tashkiliy jihatlari. 3. O’rta va boshlang’ich sinflarda musiqa madaniyati darslarini rejalashtirish. 4. Musiqa darslarida vokal-xor mashqlari ustida ishlash. 5. Maktablarda musiqa darsining milliyligi va zamonaviyliligiga ahamiyat berish. Ma’ruza matni O’zbekiston Respublikasining «Ta’lim to’g’risida» gi Qonuni, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» talablari asosida ta’lim tizimida ro’y berayotgan o’zgarishlarga ko’ra, 9 yillik umumiy o’rta ta’lim joriy etildi. Musiqa predmetiga davlat ta’lim standartini joriy etilishi, milliy, musiqiy merosimizdan foydalanishni hamda hududiy vohalarni san’ati va madaniyati, u yerdagi mahalliy xalq an’analari o’z ifodasini topgan. SHuningdek, ta’lim standarti o’zining tuzilishiga va mazmuniga ko’ra, davlat, xudud, maktab manfaatlari va vositalari muvozanatini aks ettiradi, o’quvchi shaxsi, uning intilishlari, qobiliyati va qiziqishini hisobga olgan holda yangi (1-7) sinflar uchun yangi dastur tuzildi. Dastur asosida darsliklar metodik qo’llanmalar, tavsiyanomalar yaratilmoqda. yetti yillik musiqa o’qitish davrida o’quvchilarni go’zallikni his eta oladigan, musiqaga mehr va havas bilan qaraydigan, milliy musiqa merosimizga vorislik qila oladigan barkamol inson qilib tarbiyalash asosiy maqsad qilib qo’yiladi. YAngi dastur asosida musiqa madaniyati darslarini sifatli, pedagogik va metodik jihatdan юqori talab darajasida olib borish 2 
 
 
uchun o’qituvchi, ijodkor, o’z kasbini va o’quvchilarni sevuvchi, yaxshi cholg’uchi, 
metodikani puxta o’zlashtirgan inson bo’lishi kerak. Musiqa ta’limining milliy 
asosini tarkib topishida, fortepiano asbobi bilan birgalikda, o’zbek xalq cholg’u 
asboblaridan ham foydalana olishi zarur. 
 
SHuningdek, o’zbek xalq musiqa merosimizni tarixi va xozirgi kun talablarini 
kuzatib o’rganib borishi shart. CHunki, maktabda musiqa ta’limining asosiy 
maqsadi o’quvchilarda «Musiqa madaniyatini» tarkib toptirishdir. Musiqa 
o’qituvchisi darslarga mavzularni tanlab, rejalashtirishda ko’rgazmali qurollardan, 
texnika vositalaridan ham foydalanishi kerak. Musiqa darsida musiqa faoliyatlarini 
oddiydan – murakkabga o’tish printsipi asosida o’zaro mantiqiy bir butunlikka 
erishish va o’qitishning rivojlanuvchi, ta’limiy va tarbiyaviy vazifalarni amalga 
oshirish zarur. 
 
Umumiy ta’lim maktablarida jumladan, boshlang’ich (I-IV) sinf musiqa fani 
bo’yicha, quyidagi vazifalarni amalga oshirishni o’z oldiga maqsad qilib qo’yadi. 
CHunki, boshlang’ich sinflarda musiqa ta’limi poydevori quyiladi va shakllanadi. 
1. O’quvchilarni musiqiy qobiliyatini (musiqiy o’quvi, ritmi tuyg’usi, diqqati, 
xotirasi, nutqi) o’stirish. 
2. O’quvchilarni milliy musiqamizga, ona Vatanga, tabiatga muhabbat, go’zallikni 
his etish tuyg’usini tarbiyalash. 
3. O’quvchilarni mehnatga, o’qishga, hayotga o’z-o’zini va atrofidigilarni hurmat 
qilish, o’zgalar mehnatini qadrlashga o’rgatish. 
Юqoridagilardan ko’rinib turibdiki, har bir darsga ijodiy yondoshib, yangi 
dastur talablariga muvofiq dars o’tish lozim. Musiqa fanidan bir yilda 2 marta yarim 
yillik taxminiy – mavzuli ish rejasi va shunga qarab, har bir dars uchun reja-konspekt 
tuziladi. YArim yillik ish rejasi boshlang’ich va o’rta sinflar uchun alohida-alohida 
tuziladi. Bunda o’quvchilarni yoshi (sinfi), ovoz diapazoni, musiqaga qiziqishi va 
qobiliyati, yil fasllari,bayramlar, yil, chorak, dars mavzulari hisobga olinib, yangi 
dasturdan foydalanib dars strukturasi asosida tuziladi. Ba’zi qo’shiqlarni, tinglash 
uchun asarlarni, o’qituvchi o’quvchilar istagi va yangi zamonaviy qo’shiqlar bilan 
2 uchun o’qituvchi, ijodkor, o’z kasbini va o’quvchilarni sevuvchi, yaxshi cholg’uchi, metodikani puxta o’zlashtirgan inson bo’lishi kerak. Musiqa ta’limining milliy asosini tarkib topishida, fortepiano asbobi bilan birgalikda, o’zbek xalq cholg’u asboblaridan ham foydalana olishi zarur. SHuningdek, o’zbek xalq musiqa merosimizni tarixi va xozirgi kun talablarini kuzatib o’rganib borishi shart. CHunki, maktabda musiqa ta’limining asosiy maqsadi o’quvchilarda «Musiqa madaniyatini» tarkib toptirishdir. Musiqa o’qituvchisi darslarga mavzularni tanlab, rejalashtirishda ko’rgazmali qurollardan, texnika vositalaridan ham foydalanishi kerak. Musiqa darsida musiqa faoliyatlarini oddiydan – murakkabga o’tish printsipi asosida o’zaro mantiqiy bir butunlikka erishish va o’qitishning rivojlanuvchi, ta’limiy va tarbiyaviy vazifalarni amalga oshirish zarur. Umumiy ta’lim maktablarida jumladan, boshlang’ich (I-IV) sinf musiqa fani bo’yicha, quyidagi vazifalarni amalga oshirishni o’z oldiga maqsad qilib qo’yadi. CHunki, boshlang’ich sinflarda musiqa ta’limi poydevori quyiladi va shakllanadi. 1. O’quvchilarni musiqiy qobiliyatini (musiqiy o’quvi, ritmi tuyg’usi, diqqati, xotirasi, nutqi) o’stirish. 2. O’quvchilarni milliy musiqamizga, ona Vatanga, tabiatga muhabbat, go’zallikni his etish tuyg’usini tarbiyalash. 3. O’quvchilarni mehnatga, o’qishga, hayotga o’z-o’zini va atrofidigilarni hurmat qilish, o’zgalar mehnatini qadrlashga o’rgatish. Юqoridagilardan ko’rinib turibdiki, har bir darsga ijodiy yondoshib, yangi dastur talablariga muvofiq dars o’tish lozim. Musiqa fanidan bir yilda 2 marta yarim yillik taxminiy – mavzuli ish rejasi va shunga qarab, har bir dars uchun reja-konspekt tuziladi. YArim yillik ish rejasi boshlang’ich va o’rta sinflar uchun alohida-alohida tuziladi. Bunda o’quvchilarni yoshi (sinfi), ovoz diapazoni, musiqaga qiziqishi va qobiliyati, yil fasllari,bayramlar, yil, chorak, dars mavzulari hisobga olinib, yangi dasturdan foydalanib dars strukturasi asosida tuziladi. Ba’zi qo’shiqlarni, tinglash uchun asarlarni, o’qituvchi o’quvchilar istagi va yangi zamonaviy qo’shiqlar bilan 3 
 
 
dars rejasiga mos keladigan asarlarga o’zgartirishi mumkin. Musiqa darslari asosan 
bir haftada bir soat o’tiladi. O’quv yili davomida esa quyidagi tartibda:  
I chorak 9 s  
II chorak 7 s  
III chorak 10 s 
 
IV chorak 8 s 
 
 
 
Jami bir yilda 35 soat dars o’tiladi. 
 
SHuningdek, har bir o’quv yilida 12-14 ta qo’shiq o’rgatiladi, shunga qarab, 
musiqa savodi va musiqa tinglash jarayonida 12-14 asarlar tinglanadi. 
Boshlang’ich sinf o’quvchilari asosan, bir ovozli qo’shiqlari sof unisonda kuylash 
malakalarini puxta o’zlashtiradi va ayrim hollarda ko’p ovozlikka o’tishga 
tayyorgarlik ko’riladi.  
 
Ikkinchi sinfning ikkinchi yarmidan boshlab, ikki ovozlik elementi bor 
qo’shiqlar kiritilgan. III – IV sinflarda o’quvchilarni ovoz apparatlari shakllangan 
bo’lib, ikki ovozli qo’shiqlarni kuylash, ko’nikma va malakalarga ega bo’ladilar. 
SHunga ko’ra oddiydan murakkabga printsipi asosida musiqaviy asarlar tanlanadi. 
Boshlang’ich sinfda dars strukturasi beshta faoliyat turidan iborat bo’ladi: 
1. 
Xor bo’lib kuylash 
2. 
Musiqa savodi 
3. 
Musiqa tinglash 
4. 
Musiqa xarakteriga mos harakatlar bajarish 
5. 
Bolalar cholg’u asboblardan jo’r bo’lish 
O’rta (V-VII) sinflarda esa, dars faoliyati bir muncha kamayadi. CHunki, o’rta 
sinf o’quvchilari ko’nikma va malakalarga ega bo’ladilar. Dars mazmuni 
chuqurlashib, o’quvchilar bilim va malakalarini kengayishiga xizmat qiladi. Musiqa 
darsi uchta faoliyat asosida olib boriladi: 
1. Xor bo’lib kuylash 
2. Musiqa savodi 
3. Musiqa tinglash 
 
Bunda bolalarning ovoz apparatlari shakllangan musiqiy qobiliyatlari 
rivojlangan, musiqaning tuzilishi, shakli musiqa ifoda vositalari xaqida bilimga ega 
bo’ladilar va musiqa tinglash qobiliyati rivojlangan bo’ladi. O’rta sinfdagi 
o’quvchilar uchun V-VII sinf musiqa dasturi asosida darslar rejalashtirib, ikki 
3 dars rejasiga mos keladigan asarlarga o’zgartirishi mumkin. Musiqa darslari asosan bir haftada bir soat o’tiladi. O’quv yili davomida esa quyidagi tartibda: I chorak 9 s II chorak 7 s III chorak 10 s IV chorak 8 s Jami bir yilda 35 soat dars o’tiladi. SHuningdek, har bir o’quv yilida 12-14 ta qo’shiq o’rgatiladi, shunga qarab, musiqa savodi va musiqa tinglash jarayonida 12-14 asarlar tinglanadi. Boshlang’ich sinf o’quvchilari asosan, bir ovozli qo’shiqlari sof unisonda kuylash malakalarini puxta o’zlashtiradi va ayrim hollarda ko’p ovozlikka o’tishga tayyorgarlik ko’riladi. Ikkinchi sinfning ikkinchi yarmidan boshlab, ikki ovozlik elementi bor qo’shiqlar kiritilgan. III – IV sinflarda o’quvchilarni ovoz apparatlari shakllangan bo’lib, ikki ovozli qo’shiqlarni kuylash, ko’nikma va malakalarga ega bo’ladilar. SHunga ko’ra oddiydan murakkabga printsipi asosida musiqaviy asarlar tanlanadi. Boshlang’ich sinfda dars strukturasi beshta faoliyat turidan iborat bo’ladi: 1. Xor bo’lib kuylash 2. Musiqa savodi 3. Musiqa tinglash 4. Musiqa xarakteriga mos harakatlar bajarish 5. Bolalar cholg’u asboblardan jo’r bo’lish O’rta (V-VII) sinflarda esa, dars faoliyati bir muncha kamayadi. CHunki, o’rta sinf o’quvchilari ko’nikma va malakalarga ega bo’ladilar. Dars mazmuni chuqurlashib, o’quvchilar bilim va malakalarini kengayishiga xizmat qiladi. Musiqa darsi uchta faoliyat asosida olib boriladi: 1. Xor bo’lib kuylash 2. Musiqa savodi 3. Musiqa tinglash Bunda bolalarning ovoz apparatlari shakllangan musiqiy qobiliyatlari rivojlangan, musiqaning tuzilishi, shakli musiqa ifoda vositalari xaqida bilimga ega bo’ladilar va musiqa tinglash qobiliyati rivojlangan bo’ladi. O’rta sinfdagi o’quvchilar uchun V-VII sinf musiqa dasturi asosida darslar rejalashtirib, ikki 4 
 
 
ovozli, ovoz mashqlari, ikki ovozli qo’shiqlar, musiqa savodi va musiqa tinglashdan, 
shunga qarab murakkabroq asarlar tinglanadi. Har bir faoliyat bir-biri bilan bog’liq 
bo’lib, dars mazmunini, ya’ni bir butunlikni ta’minlaydi. CHorak mavzulari, yil 
mavzulariga bo’ysunadi. Dars samaradorligini oshirishda o’quvchilarni bilim va 
malakalarini baholash muhim pedagogik ahamiyatga egadir. Qo’shiq kuylash bilan 
birga, ularni ko’proq fikr bildirish, bahsga tortish va amaliy faoliyatiga ko’proq jalb 
etish va odilona baholash lozim bo’ladi. SHunday qilib, musiqa darslari, yangi 
dastur asosida rejalashtirilib, o’quvchilarni milliy musiqamizga mehr-muhabbat va 
qiziqish uyg’otishi lozim. 
TEKSHIRISH SAVOLLARI: 
1. Maktablarda musiqa fanini o’rganishdan maqsad nimada? 
2. Musiqa darsini rejalashtirishda nimalarga ahamiyat berilishi kerak? 
3. Umumiy o’rta ta’limning Davlat ta’lim standarti va o’quv dasturini musiqa 
darsidagi mohiyati nimalan iborat? 
4. Musiqa madaniyati darslarida qanday musiqa o’qitish metodlaridan foydalanish 
lozim? 
5. Musiqa darslarini ilmiyligi va zamonaviyligi deganda nima nazarda tutiladi? 
Tayanch tushunchalar: 
 
«Diapazon» - ashulachilar ovozining kengligi. 
 
«Ton» - aniq balandlikka ega bo’lgan tovush. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
4 ovozli, ovoz mashqlari, ikki ovozli qo’shiqlar, musiqa savodi va musiqa tinglashdan, shunga qarab murakkabroq asarlar tinglanadi. Har bir faoliyat bir-biri bilan bog’liq bo’lib, dars mazmunini, ya’ni bir butunlikni ta’minlaydi. CHorak mavzulari, yil mavzulariga bo’ysunadi. Dars samaradorligini oshirishda o’quvchilarni bilim va malakalarini baholash muhim pedagogik ahamiyatga egadir. Qo’shiq kuylash bilan birga, ularni ko’proq fikr bildirish, bahsga tortish va amaliy faoliyatiga ko’proq jalb etish va odilona baholash lozim bo’ladi. SHunday qilib, musiqa darslari, yangi dastur asosida rejalashtirilib, o’quvchilarni milliy musiqamizga mehr-muhabbat va qiziqish uyg’otishi lozim. TEKSHIRISH SAVOLLARI: 1. Maktablarda musiqa fanini o’rganishdan maqsad nimada? 2. Musiqa darsini rejalashtirishda nimalarga ahamiyat berilishi kerak? 3. Umumiy o’rta ta’limning Davlat ta’lim standarti va o’quv dasturini musiqa darsidagi mohiyati nimalan iborat? 4. Musiqa madaniyati darslarida qanday musiqa o’qitish metodlaridan foydalanish lozim? 5. Musiqa darslarini ilmiyligi va zamonaviyligi deganda nima nazarda tutiladi? Tayanch tushunchalar: «Diapazon» - ashulachilar ovozining kengligi. «Ton» - aniq balandlikka ega bo’lgan tovush. 5 
 
 
 
 
 
 
 
 
5