Umumiy virusologiya. Faglar va ularning ahamiyati
1. Virusologiya fanining tarixi
2. Viruslar klassifikatsiyasi.
3. Viruslarni o‘lchami, morfologiyasi
4. Viruslarni ximiyaviy tarkibi.
5. Bakteriyalarni viruslari (Bakteriofag).
Atamalar:virus,virion,bakteriofag,proin,plazmaid,interferon.
Viruslar juda kichik mikroorganizmlar bo‘lib odamlar, hayvonlar, o‘simliklar
va xatto bakteriyalarda kasallik chaqiruvchi qo‘zg‘atuvchilardir. Ular o‘zlarining
tuzilishi, ko‘payishi va boshqa xususiyatlari bilan bakteriyalar, spiroxetalar,
mikroskopik zamburug‘lar, mikroorganizmlar, xlamidiyalar va rekketsiyalardan
keskin farq qiladi. Shu sababli ham ular mikrodunyoda alohida shohlikka
ajratilganlar.
Virusologiya fanining tarixi o‘ziga xos bo‘lib, viruslar kashf qilinmasdan
qariyb 100 yil oldin virus keltirib chiqargan chinchechak kasalligiga qarshi ingiliz
vrachi E. Djjener vaksina olgan va qo‘llagan. Ikkinchi olim L. Paster viruslar kashf
qilinmasdan 7 yil oldin qutirish kasalligiga qarshi muvaffaqiyatli ravishda vaksina
oldi va qo‘lladi.
1890 yillarda Rossiyalik olim D. I. Ivanovskiy tamaki bargi kasalligini
o‘rganib, bu kasallikni juda mayda organizmlar chaqirishini va kasallikni yuqumli
ekanligini isbotlab berdi, lekin kasallik qo‘zg‘atuvchisini topa olmagan. Ivanovskiy
D. I. quyidagi tajribani o‘tkazgan: tamaki bargi shirasini ajratib, uni toza barglarga
yuqtirganda kasallik keltirib chiqargan, shundan so‘ng barg shirasini bakteriologik
filtirdan o‘tkazadi, bakteriyalogik filtrdan o‘tgan modda yana kasallik keltirib
chiqargan. Bu tajribadan so‘ng quyidagi xulosalarga keladi:
1. Tamaki bargi kasalligining qandaydir tirik ko‘zga ko‘rinmaydigan,
bakteriyalardan o‘lchami kichik organizmlar keltirib chiqaradi.
2. Bu organizmlar bakteriologik filtirlarda ushlanib qolmas ekan.
3. Suniy oziqli muhitlarda o‘cmas ekan. Ivanovskiy D. I. tajribalarini 6 yildan
keyin Golland olimi M. V. Beyfink (1898) qaytarib ko‘rdi va tamaki bargi kasalligini
shira tarkibidagi suyuq tirik organizmlar keltirib chiqaradi deb fikr yuritdi va ularni
virus deb nomladi. Bu olim ham bakteriyalardan ham kichik patogen organizmlar
borligini isbotladi, yuqorida keltirilgan izlanishlardan so‘ng 1892 yilni "viruslar
kashf etilgan yil” deb fanga kiritildi. 1917 yilda F. Derrel bakteriofaglarni kashf
qildi. Virus va virusologiya so‘zlari darxol fanda o‘z o‘rnini ololmadi, va birinchi
o‘n yilliklarda viruslarni inframikroorganizmlar, ultraviruslar, filtrlanuvchi
mikroorganizmlar deb kelindi va 50 yillardan so‘ng uzil kesil viruslar deb nomlandi.
Viruslar klassifikatsiyasi.
Nomlanishi (nomenklatura)-ko‘pchilik viruslarni nomlashda ular chaqirgan
kasalliklar (gerpes virus) yoki virus birinchi ajratib olingan joy. (koksaki virusi),
kamroq xollarda ajratib olingan olimlar nomi (Epshteyn Barr virusi) qo‘llaniladi;
yoki ularni epidemiologik tavsifi (arbo viruslar) ishlatilishi mumkin.
Taksonomiyasi (kriterii)
1. Nuklein kislotalarni gomologligi.
2. Morfologiyasi, o‘lchami va formasi.
3. Tashqi qobig‘ini bor yo‘qligi.
4. Nukleokapsidni simmetriya tiplari.
5. Nuklein kislotalarni tavsifi.
Xozirgi kunda viruslar ushlagan nuklein kislotalar turiga qarab quyidagicha
klassifikatsiyalanadi.
1. DNK saqlovchi viruslar
2. RNK saqlovchi viruslar.
Viruslarni o‘lchami, morfologiyasi asosiy xususiyatlari.
Viruslarni razmeri bir-birlaridan juda katta farq qilib, har xil razmerlari
uchraydi. 8-10 nm 350-400 nmgacha bo‘lishi mumkin.
Viruslari razmerlarini ankilashda quyidagi usullar qo‘llaniladi:
1. Har-xil razmerli maxsus filtrlar yordamida ultrafiltratsiya qilish usuli bilan.
2. Ultrasentrifuga qilishdan foydalanish (25000,30000, 80000 oborotda). Bu
usulda viruslar razmerlariga qarab cho‘ka boshlashadi (sedimentatsiya).
3. Virionlarni suyuqliklarda diffuziya qilish yo‘li orqali aniqlash.
4. Elektron mikroskop orqali rasmga tushirish yo‘li bilan.
5. Turli gistoximik yo‘llar orqali (bo‘yash va niyli razmerini aniqlash). Odatda
kasallik chaqiruvchi kasallarni eng kichigi entero viruslardir (17-25 nm), o‘rtacha
gripp virusi (100-200 nm), eng kattasi chinchechak virusi (250-300 nm).
Viruslarni morfologiyasi strukturasi.
Viruslarni shakli jihatidan bir necha gruppalarga bo‘linadi:
1. Sharsimon-gripp, paragripp, yapon esefalit viruslari va boshqa viruslar.
2. Tayoqchasimon-tamaki bargi kasalligini chaqiruvchi virus, kartoshkada
kasallik chaqiruvchi virus.
3. Ipsimon-gripp virusi.
4. O‘qsimon- qutirish kasalligi virusi.
5. Ko‘paygan formada-chinchechak virusi.
6. Spermatozoid shaklidagi viruslar-bakteriofaglar va tuban o‘simliklarda
yashaydigan viruslar.
Viruslarning katta kichikligiga va turli shaklga ega bo‘lishidan qa’tiy nazar
ularni tuzilishida ikkita asosiy komponent qatnashadi nuklein kislotasi va oqsil.
Nuklein kislotasi va tashqi tomonidan oqsil parda o‘rab turadi va bu“kapsid” deb
ataladi yoki nuklein kislotasi bilan birikib nukleokapsidni xosil qiladi. Ba’zi xollarda
virus faqat nuklein kislotasi bilan oqsildan iborat bo‘lib, “yalang‘och” virus deb
ataladi (bularga tamaki bargi kasalligini virusi, adenoviruslar kiradi), ikkinchi xil
viruslar yopqich qavatli, ya’ni ustki tomondan yana bir oqsil qavat bo‘lishi mumkin,
buni superkapsidli yoki murakkab tuzilishli viruslar deb ataladi.
Viruslarni ximiyaviy tarkibi.
Viruslarni tuzilishiga qarab ularning ximiyaviy tarkibi ham o‘zgaradi. Oddiy
tuzilishga ega bo‘lgan viruslarning tarkibiga nukleoproteinlar, nukleokapsid, nuklein
kislotasi bilan (RNK-DNK) va uning o‘rab turuvchi oqsillardan iboratdir. Murakkab
tuzilishiga ega bo‘lgan viruslarni ximiyaviy tarkibi yuqorida ko‘rsatilgandan
tashqari superkapsid mahsulotlari oqsil, yog‘, uglevodlar va fermentlardan iborat
bo‘ladi. Bularni asosiy kelib chiqishi hujayra mahsulotlariga o‘xshaydi.
Viruslarning nuklein kislotalari hamma tirik organizmlarda 2 tipdagi nuklein
kislotalari bo‘lib, DNK va RNK. DNK ikki ipli molekulada bo‘lib, RNK bir iplidir.
Viruslarda esa boshqa hayvonlarning nuklein kislotalardan farq qilib, faqat
RNK yoki DNK saqlashi mumkin.
Ulardagi DNK va RNK bir ipli yoki ikki ipli dumaloq va lineyli bo‘lishi
mumkin.
Virus oqsillari 50 dan 90% gacha bo‘lib, 2 tipdagi oqsillar uchraydi.
1. Struktura oqsillari.
2. Strukturaga taalluqli bo‘lgan oqsillar.
Struktura oqsillariga 1. Kapsid oqsillari. 2. Superkapsid oqsillari(glikoproteid).
Strukturaga taalluqli bo‘lgan oqsillarga RNK va DNK molekulalarini sintezida
qatnashuvchi fermentlar.
1. Oqsil regulyatorlar. 2. Virus fermentlari kiradi.
Yog‘lar asosan murakkab tuzilishga ega bo‘lgan viruslarda uchraydi 1,5-57%
bo‘lishi mumkin. RNK tashuvchi viruslarda yog‘lar 15- dan 35% quruq vaznini
tashkil qiladi.
Uglevodlar umumiy virusning quruq og‘irligini 10-13% tashkil qiladi.
Glikoproteid ko‘rinishida uchraydi. Xujayin hujayrasi membranasi tarkibiga
o‘xshaydi.
Ba’zi bir viruslarda fermentlar topilgan. Mana shu fermentlar yordamida
viruslar hujayraning yuzasiga yopishishi va uning ichiga kirish mumkin. Bunday
fermentlarga gemaglyutinin, neyraminidaza, transkriptaza va boshqalar kiradi.
Viruslarning fermentlari ikki gruppaga bo‘linadi: Birinchi gruppasiga virion
tarkibida uchraydigan fermentlar, ikkinchi gruppasiga esa viruslarning hujayrada
ko‘payish jarayonida ishlab chiqariladi.
Bakteriyalarni viruslari (Bakteriofag).
1917 yilda D. Erell’ dizenteriya qo‘zg‘atuvchisini etiologiyasini va
patologiyasini o‘rganishda qiziq voqeani kuzatdi, dizenteriya kulturasi ahlatdan
olingan fil’trat ta’sirida erib keta boshlagan, fil’tratni erituvchanligi ko‘p marotaba
qayta ekilgan taqdirda ham yo‘qolmagan, balki ko‘payib ketgan. Mana shu
bakteriyalarni eritib yuboruvchi agentni D. Erell’ bakteriofag deb atagan.
Bakterium –bakteriya, fagos –eyman degani (poshirayushiy),bakteriofag
ta’sirida bakteriyalar lizisga uchraydi.
D. Erell’ o‘ylagan ediki,xamma bakteriofaglar bitta avlodga kiradi deb, xozirgi
vaqtda shu narsa ma’lum bo‘ldiki, bakteriofaglar juda xilma – xil bo‘lib, ular hamma
va har xil bakteriyalarda uchrar ekan. O‘ta maxsus xususiyatga ega.
Shunday qilib faglar – bakteriya hujayrasida genetik parazitlar, hamda yashovchi va
ko‘payuvchi va shu bakteriyalarni eritib yuboruvchi viruslardir. Faglarni bakteriya
hujayrasi bilan o‘zaro munosabati bakteriofag hodisasi deb ataladi. Faglar
o‘zlarining shakliga, morfologiyasiga, nuklein kislotalarni turiga, bakteriya bilan
muomalasini turiga qarab bir-birlaridan farqlanadi.
Nuklein kislotalarining turiga qarab, faglar DNKli va RNKli bo‘lishi mumkin.
1. Ipsimon
2. Dum o‘sikchali g‘ilof.
3. Qisqa dum o‘sikchali g‘ilof.
4. Uzun dum o‘sikchali g‘ilofi qisqarmaydigan.
5. Uzun dum o‘sikchali g‘ilofi qisqaradigan.
Bakteriya viruslari (bakteriofaglar).
1917 yilda fransuz mikrobiologi D. Errel ichburug‘ qo‘zg‘atuvchisi kulturasiga
kasal odamlar najasining titrlanganini qo‘shganda, bakteriyalarning lizisga
uchrashini kuzatgan.
Ichburug‘ bakteriyalari kulturasini ko‘p marotaba qayta-qayta ekilganda ham
lizis qiluvchi omil nafaqat saqlanib qolgan, balki faolligi yana ham oshgan. Muallif
bakteriyalarni erituvchi omilni «bakteriofaglar» - bakteriyalarni «eb qo‘yuvchilar»
(lotincha – f agos – yeb qo‘yuvchi) deb nomlagan.
Bakteriofaglar nomenklaturasi, ularga moyil xo‘jayin turning nomiga bog‘liq.
Masalan, ichburug‘ bakteriyalarini lizis qiluvchi faglar, ichburug‘ faglari va
xokazolar.
Morfologiyasi. Ko‘pchilik faglar spermatozoid shakliga ega. Ularni «boshi»
(nuklein kislotasi) va dumi bo‘ladi. Ma’lum bir faglarda dumi juda qisqa yoki