Umurtqalilarning kelib chiqishi. Tuzilishining asosiy belgilari: o’q skeleti, bosh skeleti, qo’l-oyoq skeletlari, ovqat hazm qilish sistemasi, nafas olish sistemasi va sezgi a’zolari
Umurtqalilarning kelib chiqishi. Tuzilishining asosiy belgilari: o’q skeleti,
bosh skeleti, qo’l-oyoq skeletlari, ovqat hazm qilish sistemasi, nafas olish
sistemasi va sezgi a’zolari. To’garak og’izlilar sinfi. Sinf vakillarining tuzilishi
va umumiy belgilari. To’garak og’izlililarning kelib chiqishi va evolutsiyasi.
R E J A
1. Umurtqalilarning kelib chiqishi.
2. Sinf vakillarining tuzilishi va umumiy belgilari.
3. To’garak og’izlilar sinfining umumiy tavsifi.
4. To’garak og’izlililarning kelib chiqishi va evolutsiyasi.
Umurtqali hayvonlar tuzilishining umumiy xarakteristikasi. Gavdasining
shakli xilma-xil. Suvda yashaydigan tuban umurtqalilarning gavdasi bosh, tana va
dum qismlarga bo’linadi. Bularda toq orqa, dum osti hamda juft ko’krak va qorin
suzgich qanotlari bor. quruqlikda yashovchi umurtqali hayvonlarning gavdasida
yana bo’yin qismi hosil bo’ladi, toq suzgich qanotlari bo’lmaydi, juft suzgich
qanotlari o’rniga besh barmoqli oyoqlari paydo bo’ladi. Teri qoplagichlari. Terisi
gavdani himoya qilishda termoregulyatsiya ayrish va sezuv protsesslarida ishtirok
etadi. Teri tashqi epidermis va ichki chin teri (korium) qavatlaridan tashkil topgan.
Epidermis ko’p qavatli epiteliydan tuzilgan. Hayoti suv muxiti bilan bog’liq
bo’lgan to’garak og’izlilar, baliqlar va amfibiyalarning lichinkalari epidermisida
shilimshiq modda ajratuvchi bezlar bo’ladi. Shilimshiq moddalar bu hayvonlarning
suvda xarakatini yengillashtiradi. quruqda yashovchi umurtqali hayvonlarda
(sudralib yuruvchilar, qushlar, sut emizuvchilar) epidermisining tashqi qavati
shoxlanadi. Bular terilarining yuzalarida xar xil shox hosilalar, tangacha,
qalqoncha, pat, jun va boshqalar hosil bo’ladi. Chin teri qattiq tolali biriktiruvchi
to’qimalardan tuzilgan. Bu to’qimada tog’ay va suyak tangachalar, qoplovchi
suyaklar joylashadi.
Skeleti. Umurtqali hayvonlarning skeleti o’q skeletiga, bosh skeletiga va oyoq
skeletiga bo’linadi.
O’q skeleti umurtqalilarning embrionida xordadan iborat va u segmentlarga
bo’linmaydi. Xordani va markaziy nerv sistemasini biriktiruvchi to’qima pardasi
tashqaridan o’rab turadi. Bu skeletogen parda xisoblanadi. Parda hisobidan tog’ay
yoki suyakdan tuzilgan umurtqalar taraqqiy etadi. Minogalarning umurtqalari
murtak xolda bo’lib, umurtqa pog’onasi bo’limlarga bo’linmaydi. Baliqlarning
umurtqa pog’onasi ikkita bo’limga-qovurg’ali tana va qovurg’asiz dum
bo’limlariga bo’linadi. quruqda yashovchi umurtqali hayvonlarning umurtqa
pog’onasi besh bo’limga: bo’yin, ko’krak, bel, dumg’aza va dum umurtqalariga
bo’linadi. Bunda ko’krak bo’limning qovurg’alari to’sh bilan qo’shilib, ko’krak
qafasini hosil qiladi. Umurtqa pog’onasi bir tomondan butun gavdaga tayanch
bo’ladi, ikkinchi tomondan orqa miya va ichki organlar uchun saqlovchi g’ilof
bo’lib xizmat qiladi. Bosh skeleti. Miya va yuz yoki visseral bo’limlardan iborat.
Miya qutisi bosh miya va sezuv organlarini mexanik ta’sirotlaridan himoya qiladi.
Visseral skelet to’garak og’izlilarda tog’ay panjaralardan tuzilgan bo’lsa, baliqlarda
visseral yoydan 1)jag’ yoyi, 2) til osti yoy, 3) jabra yoylaridan tuzilgan. quruqda
yashovchi umurtqali hayvonlarning jag’ yoyining ustki qtsmi miya qutisining
tarkibiga kiradi. Til osti yoyining ustki qismi eshitish suyagiga, ostki qismi jabra
yoylarining oldingi til osti apparatiga aylanadi. To’garak og’izlaridan tashqari
xamma umurtqalilarda juft oyoqlar va ularning kamar skeleti bo’ladi. Baliqlarda
juft suzgich qanotlari skeleti bo’lsa, quruqda yashovchi umurtqali hayvonlarda
besh barmoqli oyoqlar skeleti bo’ladi.
Jag’sizlarga harakatchan jag’lari bo’lmaydigan, og’iz organi so’ruvchi tuban
tuzilgan unnirtqasiz hayvonlar kiradi. Ularning jabra yoylari va juft suzgichlari
bolmaydi.
Toq burun teshigi toq hidlov xaltasiga ochiladi. Jag’sizlar to’garak og’izlilar sinfini
o’z ichiga oladi.
To’garak og’izlilar sinfi. To’garak og’izlilar tanasi silindrsimon cho’ziq, terisi
yalang’och, shilimshiq modda bilan qoplangan. Juft suzgichlari va jag’lari
bo’lmaydi. Og’iz teshigi og’iz so’rg’ichi tubida joylashgan. Burun teshigi toq
bo’ladi. Xordasi hayoti davomida saqlanib qoladi. Orqa miyasi ikki yoni bo’y’ab
juft-juft boiib, mayda tog’ay o’simtalar joylashgan .
Tuzilishi. To’garak og’izlilar gavdasining oldingi va o’rta qismi silindrsimon,
keyingi qismi ikki yonidan yassilashgan. Gavdasi bosh, tana va dum bo’iimlaridan
iborat. Lekin ularning chegarasi aniq emas. Juft suzgichlari bo’lmaydi. Dumi
toraygan bo’lib, dum suzgichi bor. Tanasining orqa tomonida oldingi va keyingi
qismga bo’lingan orqa suzgichi joylashgan. Terisi yupqa bo’lib, juda ko’p teri
bezlariga ega.
Skeleti yaxshi rivojlangan xordadan iborat. Orqa miya ikki yoni bo’ylab
biriktiruvchi to’qima ichida umurtqalar yuqori yoyintng ilk o’simtalari joylashgan.
Miya qutisi asosini tog’ay plastinka tashkil etadi. Bu plastinka yon tomonida
eshitish kapsulasi, oldida hidlash chuqurchasi joylashgan Jabra yoylari varaglari
bo’lmaydi. Muskullari mioseptalar yordamida bir qancha miomerlarga bo’lingan.
Hazm qilish sistemasi og’iz oldi so’rg’ichlaridan boshlanadi. So’rg’ichlarda
muguz tishlar bo’Iadi. Uning tubidajoylashgan og’iz teshigi halqum bilan
tutashgan. Halqum gorizontal to’siq yordamida nafas olish nayi (halqumning ostki
qismi) va uning ustida joylashgan qizilo’ngachga ajraladi. Qizilo’ngach ichakka
ochiladi. Ichak anal teshigi bilan tashqi muhitga ochiladi. Oshqozon yaxshi
bilinmaydi. Jigari katta bo’lib, o’t pufagi bo’lmaydi.
Nafas olish sistemasi jabradan iborat. Nafas olish nayi devori Odd yonida jabra
yoriqlari bo’ladi. Bu yoriqlar jabra xaltalariga ochiladi. Xaltachalar devorida juda
kolp yiipqa varaqchalar bo’lib, ular ko’p sonli kapillarlar qon tomirlari bilan
ta’minlangan. Minogalarda har qaysi jabra xaltalari alohida teshik bilan tashqariga
ochiladi. Miksinlarda tashqi jabra teshiklari bo’ylama nayga, nay esa tana yon
tomonidagi bir juft teshik bilan bog’langan.
Qon aylanish sistemasi lansetniklarga o’xshash bo’lib, bitta yopiq doiradan iborat.
Yuragi yiirakoldi bo’lmasi va yurak qorinchasiga ajraladi. Ayirish sistemasi
voyaga yetgan minogalarda tana buyrak, ayrim miksinlarda esa bosh buyrak
bo’ladi.