URUG‘-QABILA VA MILLIY DINLAR (Dinning ibtidoiy shakllari, Hinduiylik, jaynizm, sikxizm ta’limotlari, Konfutsiylik, daosizm, sintoizm ta’limotlari, Yahudiylik dini, tarixi, ta’limoti)
Yuklangan vaqt
2024-05-18
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
37
Faytl hajmi
91,1 KB
Ilmiybaza.uz
URUG‘-QABILA VA MILLIY DINLAR
Reja
1. Dinning ibtidoiy shakllari
2. Hinduiylik, jaynizm, sikxizm ta’limotlari
3. Konfutsiylik, daosizm, sintoizm ta’limotlari
4. Yahudiylik dini, tarixi, ta’limoti
Ilmiybaza.uz
Ibtidoiy odamlarning diniy e’tiqodlari totemizm, animizm, fetishizm,
shomonlik, magiya (sehrgarlik) shakllarida tarqalgan. Ularning ba’zi bir elementlari
hozirgi zamon dinlarida ham uchraydi.
Totemizm - hindlar tilidagi "O totem" (uning urug‘i) degan so‘zdan kelib
chiqqan. Totemizm ibtidoiy g‘oyat sodda diniy e’tiqodning bir turi bo‘lib, qadimgi
zamondagi urut-qabila a’zolarining muayyan bir hayvon, o‘simlik bilan g‘ayritabiiy
aloqasi, yaqinligi, qon-qarindoshligi bo‘lgan deb, bu hayvon va o‘simliklarni
muqaddaslashtirishdan iboratdir. Totemizmning muayyan kishilar guruhining tabiat,
binobarin, tashqi muhit bilan bog‘liqligini ifodalovchi dastlabki shakllaridan edi.
Har bir kabila yoki urug‘ o‘z sharoitini hamda imkoniyatlarini ko‘zda tutib, ba’zi
hayvonlarni ovlar va ular haqida yetarli ma’lumotlarga ega edi. Bunday hayvonlarni
yaqindan bilish ularning urug‘ bilan yaqinligi yoki qon-qarindoshligi bo‘lsa kerak,
degan tasavvurni keltirib chiqargan. Natijada ba’zi hayvonlar, ksyinchalik esa
o‘simlikning ba’zi navlari ham muayyan urug‘ a’zolarining ajdodi-totemidir, degan
tasavvur shakllanishiga olib kelgan. Shu boisdan keyinchalik urug‘ a’zolari
totemning "yordamiga" ko‘z tikkanlar, uni muqaddaslashtirib, o‘z homiylari deb
hisoblanganlar, sehr yo‘li bilan unga ta’sir qilishga uringanlar. Totemga sajda
qilingan, u himoya qilingan, e’zozlangan, uni o‘ldirish, iste’mol qilish man etilgan.
Faqat ayrim hollarda, ya’ni tantanali kunlarda totem hisoblangan hayvon yoki
o‘simlikni maxsus rasm-rusumga rioya qilingan holda iste’mol qilish mumkin
bo‘lgan. Urut a’zolarida shundagina totemning kuch-quvvati kishilarga o‘tadi va u
kelgusida ham urugaing homiysi bo‘lib qoladi degan tasavvur bo‘lgan.
Totemizm e’tiqodlari tub avstriyaliklarda keng saqlanganligini ularning urug‘lari
nomlaridan payqash mumkin. Ular urug‘larni konkret hayvoilar (kengru, oq ho‘kiz,
qora ho‘kiz kabi yoki ayrim o‘simliklar) nomi bilan ataganlar.
Totemizm elementlarini hozirgi dinlarda ham ko‘rish mumkin. Masalan,
hinduizm dinida fil, sigir, maymun, ilonlar kabilar mukaddas hayvonlar hisoblangan.
O‘zbeklarda qaldirg‘och, musicha, laylak, ko‘k qarg‘ani muqaddas qushlar deb
e’zozlash ham totemizm ko‘rinishlaridan biridir. Markaziy Osiyo xalqlarida, shu
Ilmiybaza.uz
jumladan o‘zbeklarda muchalga qarab vaqt hisobini chiqarish totem e’tiqodi bilan
bog‘liqdir. Masalan, ota-bobolarimizda odamlarning yoshini, ya’ni tug‘ilgan
kunidan boshlab qancha yashaganligini muchal orqali, muayyan hayvon nomlari
bilan atalgan yil hisobidan keltirib chiqarish odati bo‘lgan.
Muchal mo‘g‘ul, xitoy va butun turkiy xalqlarda keng tarqalgan yil hisobi bo‘lib,
unda yil oylari 12 hayvon nomi bilan ataladi: sichqon (mush), mol (gav), yo‘lbars
(palang), quyon (xargo‘sht), baliq (nahang), ilon (mor), ot (asp) qo‘y (go‘sfand),
maymun (hamduna), tovuq (murg‘), it (sak), to‘ngiz (xo‘k) shular jumlasiga
kiritilgan.
Xalqimizda, ayniqsa, musulmonlarda totemning elementlaridan bo‘lgan
muchalga e’tiqod qilish hali ham qisman davom etmoqda.
Animizm - (lotincha - animus - jon, ruh demakdir) qadimgi zamon dinlaridan
biri, kishi ruhining mavjudligiga ishonishdan iborat. Animizm tabiatdagi
buyumlarni ilohiylashtiradi, har bir jismda ruh bor, tanadan tashqarida ham jon bor,
deb hisoblanadi.
Animistik tasavvurlar barcha xalqlar tarixidagi dinlarda jon va ruh haqidagi
tushunchalarning shakllanishida ma’lum bir rol o‘ynagan. Animizm har bir kishida
uning tiriklik hayoti manbai bo‘lgan jon bor, deb talqin qilgan. Dastlabki animistik
tasavvur jonni soya yoki nafas bilan aynan, deb bilar edi. Masalan, Shimoliy
Amerika xalqlarida soya bilan jon, qadimgi arablarda jon bilan qon, Grelandiyada
esa nafas olish bilan jon bitta nom bilan ataladi. Animizm odamda olam haqidagi
tasavvurlarni shakllantirish, predmet va hodisalar xususiyatlarini chuqur o‘rganish,
jon va ruxlarning tirik odamlar singari qobiliyatga ega degan fikrlar paydo bo‘lishi
munosabati bilan tarkib topgan. Shu davrda jonning o‘lmasligi haqidagi tasavvur
paydo bo‘lgan. Chunki qadimgi odamlar o‘z tanalarining tuzilishi to‘g‘risida to‘liq
bir tushunchaga ega bo‘lmay, hatgoki uyqu va tush ko‘rishining sabablarini ham
izohlay olmaganlar. Shundan so‘ng ibtidoiy odamlar inson tanasini boshqaradigan
qandaydir alohida bir kuch bo‘lib, odam o‘lgandan so‘ng u kuch, ya’ni jon tanadan
chiqib ketadi degan tasavvur hosil bo‘lgan. Natijada jonning tanani tark etgandan
keyingi faoliyati qanday kechishi haqida o‘ylay boshlaganlar. Ibtidoiy odamlar
Ilmiybaza.uz
o‘zlarini tabiatdan ajratib qo‘ymaganlar. Shuning uchun ular o‘zlari bilan bir qatorda
hayvon, o‘simlik, hatto mehnat qurollari, keyinchalik, suv, o‘rmon, momaqaldiroq
va boshqalarda ham jon bor, degan tasavvurlarni keltirib chiqarganlar. Buni fanda
gilozoizm deb ataydilar.
Jon va ruxdarga ishonish barcha dinlarga xosdir. Dindorlarning fikricha, jon barcha
kishilarda bo‘lib, xudo eng oliy ruh hisoblanadi. Odam o‘lgandan so‘ng tanadan
chiqib ketadigan jon bor, degan tasavvur chuqurlasha borgan. Demak, odam
o‘lganda jon chiqib ketib, yashayverar ekan, uning o‘zi abadiy yashaydi degan
tushuncha paydo bo‘lgan. Abadiy ruh to‘g‘risidagi tasavvur ana shu yo‘sinda
shakllangan. Ruxlarga ishonish arvohlarga ishonishni keltirib chiqargan.
Jon va ruhlarning o‘lmasligi haqidagi qadimiy animistik tasavvurlarning
elementlari hozirgi barcha dinlarda saqlanib qolmokda. Masalan, dindorlar
tasavvurida o‘lgan kishilarning arvohini yo‘qlash, ularni tirik odamlar singari
hamma narsadan xabardor, deb tushunish mavjud. Shu tufayli jon va ruhlarga atab
qurbonlik, xayr-xudoyi qilish, sadaqa berish odatlari hamon uchrab turadi. Ba’zan
murdani kiyimlari bilan dafn etish, yoniga suv, ovqatlar qo‘yish odatlari ham
animizmning ko‘rinishidir. O‘zbeklarda arvohlar haqidagi tasavvurlar, ularni eslab
payshanba oqshomi arafasida chiroq yoqish, kabristonlarga borib qur’on suralaridan
o‘qish animizmga bo‘lgan e’tiqodning shakllaridir.
Fetishizm - (fetish - fransuz tilidagi "fetiko" - yasalgan tumor, but, sanam
degan so‘zlardan olingan) moddiy buyumlarda g‘ayritabiiy xususiyatlar borligiga
ishonib, jonsiz narsalarga sig‘inishdir. Ibtidoiy odam ongida har xil moddiy
buyumlar - tog‘, qoya tosh, daraxt, keyinchalik turli hayvonlarning suyagi, pati,
tumor, sanam va hokazolarda g‘ayritabiiy kuchlar bor, degan tasavvur paydo
bo‘lgan. O‘zlari vujudga keltirgan bunday kuchlarga o‘zlari sig‘ina boshlaganlar.
Ibtidoiy din shakllaridan biri bo‘lgan fetishizm barcha xalklarda diniy tasavvurlar
shakllanishi bilan uzviy bog‘liqdir.
Fetishizm politeistik (ko‘p xudolik), hatto monoteistik (yakka xudolik)
dinlarida hozirgacha saklanib kelmoqda. Masalan, xristianlarda krestga (butga)
sig‘inish, islomda esa turli o‘simlik turlarini - sedana, ko‘ztikan, qalampirmunchok,
Ilmiybaza.uz
achchiq qalampir, isiriq, chilonjiyda, daraxtlardan - yong‘oq, chinor, archa va
boshqalar muqaddaslashtirilib, boshqa buyumlarga, shu jumladan odamlarga ta’siri
yoki yordami bo‘lishi mumkin degan tasavvur paydo bo‘lgan. Bunday xususiyatni
tog‘-toshlarga, turli buyumlarga ham xos degan g‘ayritabiiy fikrlar shakllangan.
Fetishizm diniy ibodatning ajralmas qismidir. Hozirgi vaqtda ba’zi soddadil,
mutaassiblarning turli tumor, ko‘zmunchoq va hokazolarnn taqib yurishlari,
daraxtlarga latta-puttalarni osishi, is chiqarishi shunday jismlarni ilohiylashtirish,
ularning mo‘jizaviy kuchiga ishonish fetishizmning diniy e’tiqoddagi eng xarakterli
ko‘rinishi va qoldig‘idir.
Shomonizm - ibtidoiy jamoa tuzumi yemirilishi davrida paydo bo‘lgan
animistik e’tiqod va ibodatning keng doirasiga kiradigan qadimgi diniy
e’tiqodlardan biri. Uning o‘ziga xos xususiyati - kishilar orasida turli ruhlar bilan
munosabatda bo‘la oladigan shomonlar qobiliyatiga ishonishdir. Shomonlarga,
shuningdek, kelajakni oldin aytib berish, kasalni davolash, o‘lganlarni oxiratga
uzatish, tabiatda xohlag‘ancha o‘zgartishlar kilish kabi xususiyatlar ham xosdir.
O‘tmishda shomonlarning ruh bilan aloqasi shomon do‘mbirasi yoki mo‘jizaviy
musiqa ijrosida turli rasm-rusumlarni bajarish jarayonida jazavasi tutib, holdan
toygancha bajarilgan. Shomonizm o‘tmish dinlar sarqiti sifatida ba’zi bir holatlarda
uchrab turadi.
Magiya (sehrgarlik) - insonga, hayvonga yoki tabiat hodisalariga g‘ayritabiiy
yo‘l bilan ta’sir ko‘rsatish maqsadida bajariladigan xatti-harakatdir.
Sexrgarlik harakatining shakllari turlicha bo‘lib, ular turmushning har xil sohalarida
qo‘llanilgan. Muhabbat magiyasi, davolash magiyasi, ishlab chiqarish magiyasi,
dushmanni yengish magiyasi kabi sehrgarlik ibodat va harakatlar ancha keng
tarqalgan. Mehnat bilan bog‘liq bo‘lgan magik qarakatlar ibtidoiy odamlar hayotida
alohida o‘rin egallagan, ya’ni ular tirikchilikka kerak bo‘lgan narsalarni topishdan
oldin shu buyum yoki hodisaga bog‘liq bo‘lgan magik harakatlarni bajarganlar.
Diniy munosabatlar, birinchidan, har bir diniy jamoa, uyushma, tashkilotlar
orasidagi, ikkinchidan, diniy tashkilotlar o‘rtasidaga va uchinchidan, tashqi
munosabatlar doirasidagi aloqalarga bo‘linadi. Bu alokalarning ob’ekti va sub’ekti
Ilmiybaza.uz
diniy jamoalardir, ular diniy e’tiqodga asoslangan dunyoqarashga ega bo‘lgan
kishilar birligining muayyan shakli va diniy uyushmaning boshlang‘ich elementidir.
Bu birlikning asosiy belgilari quyidagicha:
1) diniy e’tiqod, maqsad va vazifalar birligi; 2) diniy marosimlar va undan
tashqaridagi faoliyatlarning birligi; 3) etnik birlik tuyg‘uei; 4) jamoa a’zolari
orasidagi o‘zaro taqsimlangan mavqe va vazifalarning birligi.
Diniy jamoalarning tuzilishi an’analar va urf-odatlar, ququq yoki umumiy dasturlar,
qoida, fatvolar bidan belgilanadi. Bular maxsus mezonlar asosida rasmiy va
norasmiy guruxlarga: -"jamoa kengashi", "ruhoniylar", "qavmlar" va "va’zxonlar"
ga, diniy va xo‘jalik, moliya ishlari bilan shug‘ullanuvchi guruhlarga bo‘linadi.
Muayyan sharoitlarda diniy jamoa ko‘shnichilik, qishloq va mahallachilik jamoasiga
mos kelgan. Bunda dindorlik darajasi yuqori va chukur bo‘ladi. Jamiyatning
taraqqiy etishi jarayonida ijtimoiy munosabatlar tarmokdanadi. Unda shaharning
mavqei ortib borgan sari turli axloqiy va milliy guruxdardan tashkil topgan ishlab
chiqarish jamoalari hosil bo‘lgan va ko‘payib borgan sari diniy jamoalar mustaqil
tus olgan. Hozir ham shunday. Masalan, islomda dastlabki musulmon jamoasi 622
yili Madinada muhojirlar va ansorlardan iborat holda tashkil topgan. Ko‘p hollarda
diniy birlik geografik joylashish jihatidan etnik birlikka mos kelgani uchun din etnik
milliy birlik ma’nosini ham anglatgan. Islomdagi mavjud qonunlarga binoan 18
yoshga to‘lgan har bir fuqaro diniy jamoa a’zosi bo‘la oladi. Bunday jamoa kamida
100 mo‘mindan iborat bo‘lishi lozim, aks holda diniy guruh deb hisoblanmaydi.
Diniy uyushmalar faoliyati o‘z a’zolarining yashayotgan joyi bilan cheklanadi. U
ixtieriy va mustakil tashkilot bo‘lib, moddiy jihatdan ham o‘z-o‘zini ta’minlaydi.
Diniy ishlarni boshqarish, diniy mol-mulk va pul mablag‘lari bilan bog‘liq
vazifalarni bajarish, tashqi aloqalarni yo‘lga qo‘yish uchun diniy uyushma a’zolari
o‘z orasidan ijroiya organini saylaydi. Diniy tashkilot bu dinga ishonuvchilarning va
diniy jamoalarning uyushmasidir.
Milliy dinlar deb, odatda, bir millatga mansub xalkdar e’tiqod qiladigan dinlar
tushuniladi. Bunday dinlar shakllanishining dastlabki va eng so‘nggi davrlarini bir-
biridan farqlash lozim. Dastlabki milliy dinlar quldorlik jamiyatida vujudga kelgan
Ilmiybaza.uz
bo‘lib, odatda, politeistik, ya’ni ko‘p xudolik dinlari bo‘lgan. Masalan, qadimgi grek
dini ko‘p xudolikning o‘zginasidir. Zevs-pantion (qadimgi grek tilida - bosh xudo)
hisoblanib, bir ukasi dengaz xudosi, ikkinchi ukasi- yer osti podsholiganing xudosi
hisoblanar edi. Shuningdek, muhabbat va go‘zallik ma’budasi, urush xudosi, quyosh
xudosi va san’at homiysi va boshqa yana bir qancha xudolar bo‘lgan. Xuddi shunga
o‘xshash kadimgi yahudiylar dinning xudosi - Yaxve ham ko‘p xudolilikning yaqkol
namunasidir.
Quldorlik jamiyatidagi dastlabki milliy dinlarning o‘ziga xos yana bir
xususiyati oxirat to‘g‘risidagi tasavvurning paydo bo‘lishi va unga ishonishdir.
Ammo bu davrda bunday tasavvurlar hali to‘la shakllanmagan edi. Ular keyingi
davrlarda rivojlangan. Bu davrda qurbonlik kilish keng rasm bo‘lib hatto majburiy
marosimlardan biri hisoblanar edi. Xudolar yo‘lida meva-cheva, noz-ne’matlardan
tortib, uy hayvonlarining barcha turlarigacha, qadim zamonlarda esa hatto odamlar
ham qurbon qilinar edi. Milliy dinlar rivojlanishining so‘ngti davrlariga kelib
odamlar o‘rniga hayvonlar kurbon qilina boshlangan. Shu bilan birga oxirat haqidagi
tasavvurlar keng targ‘ib kilinardi.
Milliy dinlar elat-millat dinlari deb ham yuritiladi. Chunki ular urug‘-qabila
dinlaridan farkli ravishda sinfiy jamiyat qaror topishi va shakllanishi davrida
vujudga kelgan va rivojlangan. Binobarin, ular avvalo elatning so‘ngra, millatning
shakllanishini o‘zlarida aks ettirgan.
Milliy dinlarda tasavvur kilingan xudolar milliy xudolar hisoblanib, ibodat-
marosimlar asosan muayyan elat yoki millatnikigagina mos tushar edi. Binobarin,
bu xildagi qadimgi dinlar milliy davlat xarakterida bo‘lishi bilan boshqa din
shakllaridan ajralib turgan.
Eng so‘nggi davrning milliy dinlariga quyidagilar kiradi: hinduizm, jaynizm,
sikxizm, daosizm, konfutsiylik, sintoizm va iudaizm (yahudiylik).
Vedalar (Vedizm). Miloddan avvalgi ikkinchi ming yilliklar o‘rtalarida
Hindistonga, Panjob hududiga g‘arbdan Hindiqush dovoni orqali oriy jangari xalqlar
bostirib kelganlar. Ular Eronga ko‘chib kelgan qo‘shni qabila tillariga yaqin hind-
yevropa tillarida so‘zlashar edilar. Ular harbiy ishlarda, she’riyatda usta bo‘lib,
Ilmiybaza.uz
o‘zlari bilan muqaddas yozuvlari-Vedalar (sanskrit-muqaddas bilim)ni olib
kelganlar.
Hind adabiyoti boy bo‘lib, uning anchagina qismi yo‘qolib ketgan. Uning
boshlanishi Vedalardir.
Vedalar tarkibiga turli davrlarda yozilgan bir necha kitoblar kirib, ularda
ibodat, marosimlar, falsafiy ta’limotlar, tarixiy voqealar bayon etilgan. Vedalar to‘rt
yirik to‘plamdan iborat:
1. Rigveda (“Madhiyalar vedasi”);
2. Samaveda (“Qo‘shiqlar vedasi”);
3. Yajurveda (“Qurbonliklar vedasi”);
4. Atxarvaveda (“Afsun va jodular vedasi”);
Rigveda. Rigveda xudolarga aytilgan madhiyalarning to‘plami, diniy
yodgorliklar bo‘lib, uning mualliflari rishi kuylovchilarning asosiy vazifalari
xudolarni oriy tomonga og‘dirish bo‘lgan. Rigvedada zardushtiylikning muqaddas
kitobi “Avesto” bilan o‘xshash afsona va marosimlar bor. Rigveda Panjobda, Hind
havzasi va uning oqimida miloddan avvalgi VI asrda paydo bo‘lgan. Unda Shimoliy
Hindistonda miloddan avvalgi 2-1-ming yilliklarda yuz bergan voqealar haqida
ma’lumot beriladi.
Samaveda. Rigvedaga ko‘proq bog‘liq bo‘lib, u hozirgi davrga ikki tahrirda
yetib kelgan (cakha – aynan, shahobcha); Kautxuma (Kauthuma) va Ranayaniya
(Ranayaniya).
Kautxuma to‘plami 1810 she’rdan iborat bo‘lib, undan faqat 76 tasi Rigvedada
uchramaydi. Undagi she’rlar Rigvedaning VIII va IX mandalasidan olingan bo‘lib,
tantanali qurbonlik marosimi paytida o‘qiladi. To‘plam ikki qismdan iborat: birinchi
qism hajmi Agni, Indra, Sama xudolariga, ikkinchi qism Somaga qurbonlik keltirish
marosimida aytiladigan qo‘shiqlardan iborat. Samovedaning maqsadi diniy
marosimlarda aytiladigan qo‘shiqlarni o‘rgatishdan iborat. Hindistonda hozirda ham
vedalarni kuyga solib kuylovchilar-samovedinalar saqlanib, ularning maktablari
mavjud.
Ilmiybaza.uz
Yajurveda. Yajurveda shrauta (qurbonlik marosimi) bilan bog‘liq bo‘lib, uning
asosiy qismini qurbonlik usullari – yajus tashkil etadi. Bu marosimlarda to‘lin oyli
tunda, yangi oy chiqqan payti Agni uchun qurbonliklar o‘tkazilgan.
Vedaning bu maktablari qora va oq yajurvedaga bo‘lingan. Qora yajurvedaning
turli maktablarga xos bo‘lgan Katxoxa, Kapishtxala-Katxa, Maytrayani, Tayttiriya
kabi tahrirlari mavjud. Oq Yajurvedaning Vajasaneyi nomli birgina tahriri bor.
Yajurvedaning tarkibi uch asosiy bosqichni tashkil etadi. I.Marosim. II. Yajus
va mantralar. III. Braxmana sharhlari.
Atxarvaveda. U mil.av. 1-ming yilliklar boshlariga borib taqaladigan qadimiy
hind afsunlarini o‘zida aks ettirgan. Qadimiy hind jamiyatida mavjud bo‘lgan barcha
taraflarni, nuqson va kamchiliklarni o‘zida aks ettirgan. Atxaravaveda afsonaviy
ruhoniy Atxarvana (“Olov ruhoniysi”) nomi bilan bog‘liq bo‘lib, afsun va jodular
o‘sha davrda olov ustida bajarilgan. Atxarvaveda 6 ming she’rdan iborat bo‘lib, 371
madhiyani o‘z ichiga oladi. Ular yigirmata kitobda jamlangan.
Vedalarda butun tabiatning ilohiyligi haqidagi ta’limot ilgari suriladi.
Hindistonda ko‘pxudolik keng targ‘ib qilinadi. Xudolar orasida “eng ulug‘i, eng
kichigi, eng qarisi, eng yoshi bo‘lmay, ular barchasi ulug‘likda tengdir. Bir xudo
ba’zida butun borliqning hukmdori bo‘lishi va shu bilan birga u ikkinchi bir xudoga
tobe bo‘lishi mumkin. Masalan, Indra va barcha xudolar Varunaga tobe bo‘lishi
mumkin. Varuna va boshqa barcha xudolar Indraga bo‘ysunadilar. Bu Veda
ilohiyotchiligiga xos bo‘lib, shu munosabat boshqa xudolarga ham tegishlidir.
Vedalarda xudolar osmon xudolari quyosh xudolari, havo xudolari, yer
xudolari, ayol xudolar kabi xudolar toifasi haqida madhiyalar bayon etilgan.
Osmon xudolari. Dyaus, Varna, Indra kabi xudolar osmonlarni boshqarib
turuvchilarga kirganlar. Keyinchalik Varuna suv va dengizlar xudosiga aylanib
ketgan.
Quyosh xudolari. Rigvedada quyosh energiyasining turlicha namoyon
bo‘lishidan besh xudo yuzaga kelganligi haqida so‘z yuritiladi. Mitra (do‘st) –
qadimiy xudodir. Surya – quyoshning yorqinroq namoyon bo‘lgan ko‘rinishidir.
Savitri -quyoshning quvvat beruvchi kuchida namoyon bo‘ladi. Pushan muruvvatli
Ilmiybaza.uz
bo‘lib, quyoshning mahsuldorlik faoliyatini o‘zida namoyon qiladi. Vishnu xudolar
orasida abadiy bo‘lib, hozir Hindistonda ulug‘lanadi.
Yana Ashvina va Sitvar nomi bilan ataluvchi ikki tong xudosi qo‘shiladi.
Indra osmon podshosi va oriylarning milliy xudosidir. Yomg‘ir xudosi
Panjaniya, shamol xudosi Vayyular Vedalarda aniq tasvirlanmagan. Ular Indra bilan
jamlangan holda tasvirlanadi.
Runada odamlar qo‘rqib unga bag‘ishlab madhiya, duolar o‘qiganlar. U
Rigvedada Shiva (yoqimli) nomi bilan zikr etiladi. Shiva Vishnu bilan keyinchalik
Hindistonda unutilgan xudolar turkumini egalladi.
Yer xudolari. Agni – olov xudosi, u haqidagi afsonalar Hindistondan tashqarida
vujudga kelgan. U odamlarning qurbonliklarini xudolarga yetkazuvchi ruhoniy
sifatida tasavvur qilingan.
Ushas – tong va uning nuri ma’budasidir. Sarasvatilar – daryo xudosi,
keyinchalik so‘z xudosi sifatida tasvirlangan.
Veda ibodatlari ikki turga bo‘lingan. Birinchisi, duolar, ikkinchisi, xudolarga
atab qilinadigan qurbonliklar yoki narsalarni taqdim qilishdan iborat bo‘lgan. Duo
kitoblari bo‘lmagan paytda ibodatlar faqat qurbonliklar shaklida amalga oshirilgan.
Keyin Rigveda, Atxarvaveda kabi madhiya va duolarni o‘zida jamlagan kitoblar
paydo bo‘lgach, ibodatning ikkinchi ko‘rinishi – duo va madhiyalar xudolarga atab
o‘qish odat tusiga kirgan.
Braxmanlik (Braxmanizm): ta’limoti va tarixi
Braxmanlik – veda dinlarining bir tarmog‘idir. O‘z hayotlarini ibodat qilish,
ilohiyot ilmini o‘rganish, murakkab marosimlarni o‘tkazish va xalq ruhoniy hayotini
boshqarishga bag‘ishlagan braxmanlar kastasi (tabaqasi) vujudga keldi. Dinda ilohiy
tilni o‘zgartirib bo‘lmasligi, sanskritning muqaddas tilga aylanib qolishi
brahmanlikning kelib chiqishiga sabab bo‘lgan.
Oriylar ko‘chmanchilikdan o‘troq hyotga o‘tib davlatdagi hukmron sinfga
aylanib, madaniyati, hayot tarzi boshqacha bo‘lgan turli xalqlar bilan uchrashib,
boshqa tabiiy sharoitga duch keldilar. Ularning eski dinlari – vedizm taraqqiy etdi.
Bu taraqqiyot dinni falsafiy jihatdan chuqurlashtirish, ruhoniylar tabaqasini,
Ilmiybaza.uz
mavqeini ko‘tarish, ibodat va marosimlarini murakkablashtirish hisobiga bo‘ldi.
Keyin o‘zgartirish taqiqlangan diniy aqida vujudga keldi. Brahmanlikda ko‘proq
ruhoniylar tabaqasining manfaatlari himoya qilingan.
Braxmanlikning asosiy elementlari braxmanlar va vedalarga tegishli
sutralardir. Sutralar san’atning alohida ko‘rinishi bo‘lib, sanskrit tilida yozilgan.
Unda ma’lum tabaqaga yuqori o‘rin berilgan.
Braxmanlar o‘zlarining kelib chiqishini yetti ruhoniy oilaning boshliqlari
bo‘lgan kishidan deb hisoblaydilar. Oriylar Hindistonda harbiy yurishlarini davom
ettirib, borgan sari kamroq qarshilikka duch kelardilar. Ulardan kshatriy (jangchilar)
tabaqasi e’tiboridan chetga chiqib, diniy – ruhiy jihatdan ta’siri kuchliroq bo‘lgan
tabaqa – braxmanlarning nufuzi oshib bordi. Ular diniy, huquq, urf-odat kabi
sohalaridan ham xabardor edilar.
Brahmanlarning hayoti to‘rt bosqichdan iborat.
Birinchi bosqichda braxmanning diniy hayoti balog‘at yoshiga yetib, muqaddas
bosqichning qabul qilish va baxshida qilish “marosimidan”keyin boshlanadi.
Brahmanning yoshligi birorta donishmand brahman xuzurida vedalarni yodlash,
uning uyida muqaddas olovning doimo tutib turish, ustozning xizmatini bajarish,
uning uchun sadaqa yig‘ish bilan o‘tadi. Brahman bu bosqichda “braxmacharin”
deb atalgan.
Ikkinchi - “grihasta” nomli bosqichda uy xo‘jayini vazifasini bajarib,
uylanishi, oilani boqishi, farzandlar tarbiyasi, amaliy hayot ilmi (qachon va nimani
yeyish, nimani yechish, ibodat qilish, marhumlarni dafn etish, mehmonlarni qanday
kutish, ovqatni qanday tayyorlash, qariyalarga, ayollarga, yosh bolalarga
munosabat)ni qonun asosida fuqarolik burchlarini bajarib borishi lozim.
Uchinchi bosqich “vanaprastha” (o‘rmon zohidi) davri bo‘lib, unda oilasi yoki
yolg‘iz holda o‘rmonga ketishi kerak. Braxman u yerda “o‘z nafsini jilovlab”
ildizlar, mevalarni yeb, diniy amallarni “jon-jahdi” bilan bajarishi lozim. Bu davrda
bir qator mashaqqatlarni o‘z boshidan kechiradi.
To‘rtinchi bosqichda tarkidunyochilik yoki diniy qashshoqlik – “saniyasi”
davrini boshdan kechiradi. Uning maqsadi “Oliy Brahmaga yetishish, u bilan
Ilmiybaza.uz
qo‘shilib ketish, bu dunyo va o‘lgandan keyingi abadiy baxtga erishish”ga intiladi.
U tarkidunyochilik bosqichida faqat sadaqadan tushgan narsalar hisobiga kuniga bir
marta ovqatlanib kun kechiradi.
Hinduiylik (Induizm) murakkab din bo‘lib, u ijtimoiy tashkilot, turli dinlar
qorishmasidir. U kastachilik asosiga qurilgan. Braxmanlik bilan buddaviylik
o‘rtasida kasta ta’limoti bo‘yicha kurashni ifodalovchi hinduiylik dini shakllandi.
Bu dinga Hindiston aholisining 83% e’tiqod qilib, uning asosiy sharti Hindistondagi
kasta tizimini qabul qilishdir. Hinduiylikda besh qoida va aqida tan olingan.
1. Vedalarning muqaddasligi;
2. Guru (pir, ustoz) ning tan olinishi;
3. Muqaddas joylarga ziyoratga borish;
4. Sanskrit muqaddas til ekanligi;
5. Sigirning muqaddas ekanligi tan olingan.
Hinduiylikda braxmanlar asosiy o‘rin egallab, kengroq “Mahobxorat”
muqaddas yozuvlar qatoriga qo‘shilgan. Braxmanlar eski aqidalar zamon talabiga
javob bermasligini ko‘rgach, yangi qonun-qoidalarga xos turli oqimlarni yuzaga
keltirib, buddaviylikka qarshi kurash olib bordilar. Hinduiylik braxmanlikdan farq
qilib unda “Mahobxorat” va boshqa she’riy matnlar sanskrit tilidan zamonaviy hind
tiliga tarjima qilinib, asl matni bilan bir xil hisoblangan. Hinduiylikda braxmanlar
nafaqat oliy tabaqa vakillaridan, balki oddiy xalq ichidan yoki ayollardan bo‘lishi
mumkin.
Hinduiylikda trimurti (uchlik) – Braxma, Vishnu, Shiva xudolari asosiy bo‘lib,
Braxma ularning eng kattasi, dunyoni yaratgan xudosi. Shunga qaramay,
hinduiylikda asosan Vishnu va Shivaga topinadilar. Hinduiylik ikki asosiy oqimga
bo‘linadi:
1. Shivaga sig‘inuvchilar oqimi.
2. Vishnuga sig‘inuvchilar oqimi.
Shiva –kambag‘allar xudosidir. U Rigvedaning birinchi nusxalarida Pudra
nomi bilan zikr etilgan. U Ishana, Shivara, Maxadeva (Buyuk xudo) nomlari bilan
ham ataladi. Shivaizm Hindistonda 13 ga yaqin asosiy oqimlari mavjud. Bu oqimlar
Ilmiybaza.uz
tridandina, smart, dandi, lingachilar, yoglar maktra, shakta va boshqa oqimlar bo‘lib,
xalq orasida Shivaning bir ming sakkizta nomi mavjud.
Vishnu. Hozir Hindistonda birinchilik uchun kurashayotgan ikkinchi ilohdir.
Rigvedada u quyosh xudosi – birinchi darajali xudo hisoblanib, ibodat paytida uni
Savitar Roxita, Surya, Audita nomlari bilan ataydilar. U “Krishna bilan qo‘shilib
yarim inson, yarim xudo shaklidagi qahramon deb tan olinadi”.
“Mahobxorat” va “Ramayana” dostonlarida “Avatara” – insonning Vishnuga
qo‘shilib ketishi haqida so‘z yuritiladi. Vishnu ba’zida to‘rtqo‘lli qilib tasvirlanadi.
Vishnu hech qachon inson va hayvonni qurbonlik qilishlarini talab qilmagan.
Krishna murakkab obraz bo‘lib u haqda olov, chaqmoq, momaqaldiroq, osmon,
quyosh bilan bog‘liq afsonalar mavjud. Krishna jangovar, yengilmas qahramon
sifatida ta’riflanadi.
Vishnuizm bayramlari turli-tuman bo‘lib, ular bir necha kunlarga cho‘zilib
ketadi. Ular duolar o‘qish, ta’zim bajo keltirish, ommaviy diniy marosimlarda
qatnashish, hadya, qurbonliklar atash, ibodatxona yaqinidagi yoki ichidagi
hovuzlarda cho‘milish kabilar bo‘lgan. Bu marosimlar faqat ruhoniylar
boshchiligida bajariladi. Sigir muqaddas hayvon hisoblanganligi uchun u xudolar
qatorida e’zozlanadi. U keyinchalik “tirik but”ga aylanib, Shivaning ma’budlik
o‘rnini to‘ldirdi. Vishnuizmda muqaddas hayvon maymun bo‘lib Rigvedada
“Vrishakani (erkak maymun) timsolida Xanumanning timsolini ko‘rishimiz
mumkin”,-degan rivoyat keltirilgan. Maymun Ram (Ramayana dostonidagi odam-
xudo) ning ittifoqchisi maymun –xudo Xanumanning vakili sifatida ulug‘lanadi.
Hinduiylikda Hindistonning har bir hayvoni xudo yoki xudoning hamrohi deb
e’tiqod qilinadi. Hinduiylikning aqidaviy, marosimiy, ramziy sohalaridagi tizimi
murakkablashib ketadi. Xalq ommasi doirasida hozirda ham sodda, but va ruhlarga
sig‘inish davom etmoqda.
Hinduiylik eramizdan oldingi dinlar - braxmanizm va vedaizmning
evolyusiyasi natijasida eramizning birinchi ming yilligi o‘rtalarnga kelib
shakllangan. Shu davrdan boshlab hinduizm hukmron dinga aylangan. Hinduizm
sinkretik din bo‘lib, turli e’tiqodlar, urf-odat va marosimlar, mahalliy diniy e’tiqod
Ilmiybaza.uz
va qarashlarning murakkab kompleksi sifatida voke bo‘lib, urug‘-qabila dinlari
elementlarini, braxmanizm, buddizm va jaynizmning asosiy goyalarini qamrab
algan. Hinduizm o‘zining yagona tashkilotiga ega emas.
Hinduizm insonning tug‘ilganadan to vafot etishigacha bo‘lgan huquq va
vazifalarini belgalab va cheklab qo‘yadi. Shuning uchun unda marosimchilikka keng
o‘rin berilgan. Hinduizm kishilarning ijtimoiy tengsizligani oklaydi va
abadiylashtiradi, ruhning bo‘lmasligi va ko‘chib aylanib yurishi (sansara ta’limoti),
qayta tug‘ilishi (karma ta’limoti), gunoh ishlar uchun javob berishi, jannat va do‘zax
kabi aqidalarni o‘z ichiga oladi.
Hinduizm politeistik din bo‘lib, unda ko‘p xudolilik elementlari saqdangan.
Hinduizm ta’limotida xudoning uch xil ko‘rinishda tasavvur etilishi (trimurti) eng
oliy, ilohiy, yakka xudoning uch xususiyati, deb talqin qilinadi. Bu xristianlikdagi
uch yuzli xudoga o‘xshaydi.
Hinduizm ta’limoticha, olam paydo bo‘lib, yemirilib, yo‘q bo‘lib turadi, ya’ni
olamning yashashi progressiv emas, aksincha, regressiv xarakterga ega; har bir davr
olamning yuksak rivojlangan cho‘qqisidan boshlanib, uning inqirozga uchrashi bilan
tugaydi, insonlar gunohga botib ketgach, olam yo‘qoladi.
Hinduizm jamiyatning tabaqalarga bo‘linishini aks ettiruvchi savob va jazo
(karma) g‘oyasiga asosan, inson hayotida 4 ta asosiy maqsad bor, deb da’vo kilinadi:
1) dxarma - oila va jamiyatda diniy talablarni bajarish: 2) artxa - foydali ishlar qilish,
zarur materiallarga ega bo‘lish; 3) kama - muhabbat tuyg‘ulariga erishish, his-
tuyg‘ularni qondirish; 4) moksha - o‘zgarish zanjiridan butunlay xalos bo‘lish.
Vishnuizm va shivaizm oqimlarining vakillari o‘z xudolariga bag‘ishlab
minglab katta-kichik ibodatxonalar kurganlar. Bu dinga e’tiqod kiluvchilar
"muqaddas joylar", daryolar va boshqa har xil narsalarga sig‘inadilar. Hind xalqi
orasida yovuz ruhlarga e’tiqod qilish keng tarqalgan. Ular turli hayvonlar - ho‘kiz,
sigar, maymun va ilon kabilarga ham sig‘inadilar, ularni muqaddaslashtiradilar.
Masalan, hinduizm tarafdorlari sigirni sahiylik manbai va go‘zal ayol timsoln deb
hisoblaydilar. Ruhoniylar sigirlarni so‘ymaslik va go‘shtini yemaslikni targ‘ib
Ilmiybaza.uz
kiladilar. Ammo hinduizm sigar sutini ichishni va undan xo‘jalikda ish hayvoni
sifatida foydalanishni ta’qiqlamaydi.
Hind xalqi uchun Gang daryosi muqaddas hisoblanadi. Hinduizm diniga
e’tiqod qiluvchilar Banoras shahrini ham mukaddaslashtirishgan. Rivoyatlarga
ko‘ra, go‘yo Gang daresi qirgog‘ida kishi hayotdan ko‘z yumsa, narigi dunyodagi
hayoti ancha yengillashar, jannatga yo‘l olar degan diniy fikr bor.
Hinduizmning xarakterli xususiyatlari, yuqorida qayd kilingandek, jamiyatdagi
kishilarni tabaqalarga - kastalarga1 ajratishdir. Hozirgi paytda kishilarni tabaqalarga
bo‘lish taqiqlangan. Ammo tabaqalarga bo‘linish minglab yillar davom etganligi va
kishilarning ongiga chuqur singib ketganligi uchun bu masalada muayyan
qiyinchiliklar yuz bermoqda. Hinduizmning "muqaddas" yozuvlariga Veda2,
Upanishadlar3 kiradi. Keyinchalik "Maxabxarata" va "Ramayana" dostoniga
o‘xshash, diniy marosimlar va urf-odatlar singdirilgan har xil afsona, rivoyat,
hikmatli so‘zlar, epik dostonlar paydo bo‘la boshladi.
XIX asrning boshlarida hinduizm milliy-ozodlik harakati g‘oyalariga katta
ijobiy ta’sir ko‘rsatdi. Shu bilan hinduizmda shovinistik diniy e’tiqodlarni targ‘ib
qilgan bir qator oqimlar ham paydo bo‘lgan.
Hozirgi vaqtda hinduizm Hindistondan tashqari Nepal, Shri Lanka,
Bangladesh, Gavana va hindlar yashaydigan boshka hududlarda tarqalgan.
Jaynizm (sanskritcha “jina” - “muzaffar” so‘zidan olingan). Jaynizmning kelib
chiqishi haqida ko‘plab afsonaviy rivoyatlar mavjud. Rigveda kitobida jaynizmning
ikki tirtxakarlari (yo‘l tuzuvchi, ruhlarni ozod qiluvchi) Rishabxa va Arishtanem
haqidagi rivoyat keltirilgan. Ulardan birinchisi – Rishabxa jaynizm ta’limotining
asoschisi hisoblanadi. Bu rivoyatlarda Rishabxa shaxsida ilohiyot Naroyana, ya’ni
1Ҳиндистонда кишиларни бир-бирига аралашмайдиган табақаларга; брахман (кощин)лар, кшатрий
(ҳарбий)лар, вайший (савдогар), ҳунарманд, ўрта табақалар), шудрийларга, яъни бошқа табақаларга хизмат
қилувчи энг паст табақа ҳисобланган хизматкорга бўлишдан иборат қатьий диний таьлимотга асосланган.
2 Ведаиар эрамиздан илгариги 11 минг йиллик ўрталаридан бошлаб пайдо бўлган. "Веда" - қадимги ҳинд тили
- санкскритда "билим" демакдир. Улар 4 тўпламдан иборат: 1) гимнлар ва дуолар; 2) маросимчиликда ижро
этиладиган гимнлар; 3) қурбонликка оид қоидалар ва дуолар; 4) ёвуз кучларга карши дуо ва афсоналар.
3 Упанишадлар эрамиздан олдинги минг йилликлар бошларида пайдо бўлган. Упанишадлар -
санкскритча,"сирли таълимот" деган маънони англатувчи, ведаларни шархлаш жараёнида юзага келган
ахлоқни ва бошқа характердаги рисолалар бўлиб, 250 га яқиндир.
Ilmiybaza.uz
Vishnu mujassam bo‘lgan. Bu ma’lumotlar jaynizmning veda dinlaridan ham
qadimiyroq ekanligini ko‘rsatadi.
Jaynizm dini vakillarining e’tiqod qilishicha, bu ta’limotga 24 tirtxakar
(payg‘ambar yoki avliyo) asos solgan. Ularning barchasi kshatriylar xonadonidan
bo‘lgan. Ushbu tirtxakarlarning 22 tasi haqida ma’lumot deyarli yo‘q, 23-si –
Vardxamana Maxaviradan 250 avval yashagan Parshvanadxa – Banoras podshohi
Ashvasanning o‘g‘li bo‘lgan. Biroq rohiblik yo‘lini ixtiyor etib, otasining saroyini
tark etgan. U o‘zidan keyin juda ham chiroyli nizomga solingan diniy ko‘rsatmalar
qoldirgan. Vardxamananing ota-onasi, oila a’zolari Parshvanadxaning dinida
bo‘lganlar. Vardxamanada yoshligidan jaynizm ta’limotiga kuchli qiziqish paydo
bo‘lgan. Shunday qilib, Vardxamananing o‘zi jaynizmning navbatdagi va so‘nggi
tirtxakari bo‘lib yetishgan.
Vardxamana mil. av. VI asrda Hindistonning Bixar shtatida boy kshatriy
oilasida tug‘ildi. Otasi Siddxardxa Jnatrik qishlog‘ining kshatriylar sulolasi
boshlig‘i edi. Onasi Trisala Lichchxavi sulolasidan bo‘lgan mashhur podshoh
Vayshali hukmdori Chetakining singlisi edi. Magadxi podshohi Bimbisara
Chetakining qizi Chillanaga uylangach, Vardxamana qudratli Magatxi sulolasi bilan
qarindosh bo‘ldi. Buning natijasida uning oldida oliy darajada ta’lim olish, ilm va
san’atning barcha sohalari bilan tanishish imkoni paydo bo‘ldi.
Maxavira Yashoda ismli qizga uylandi va undan qiz farzand ko‘rdi. Aynan
mana shu qizining eri Jamali Maxaviraning birinchi shogirdi, keyinchalik esa
jaynizm ibodatxonasining hinduizmdan ajralib chiqishining tashabbuskori bo‘ldi.
Vardxamana o‘ttiz yoshigacha oddiy dunyoviy kishilardek hayot kechirgan. Keyin
esa barcha mulkidan voz kechib, ko‘p yillar sayohat qilgan. Doimiy o‘y-fikrga
cho‘mib, o‘zini ichki iztiroblar domiga tashlagan. 13 yildan keyin Parshvanadxa
tepaligida go‘yoki, “botiniy” bilimga ega bo‘ladi. Bu eng oliy bilim bo‘lib,
Vardxamanani 42 yoshida shodlik va qayg‘ulardan butkul ozod qilgan va uni yuqori
darajadagi diniy ustozlarga beriladigan Jina nomi bilan mashhur qildi. Keyinchalik
unga Maxavira (“ulug‘ qahramon”) unvoni berildi. Maxavira ko‘p yillik sayohatlari
Ilmiybaza.uz
davomida ko‘plab insonlarni o‘ziga ergashtirdi. Uning shogirdlari nigrantxa
(“kishandan ozod qilinganlar”) deb atala boshlandi.
Vardxamana Maxavira rohiblar, oddiy erkak va ayol insonlar barobar e’tiqod
qila oladigan diniy ta’limotga asos soldi. Maxavira mil. av. 527 yili 73 yoshida vafot
etdi. Jaynizm adabiyotida keltirilishicha, u nirvana – so‘nggi ozodlik holatiga
erishgan.
Jaynizm ta’limotining asosiy g‘oyasi deyarli barcha hind dinlari uchun umumiy
bo‘lgan karmalar va nirvana haqidagi ta’limot hisoblanadi. Nirvanaga erishgan
inson qayta tug‘ilishdan ozod bo‘ladi. Bunga esa faqat tarkidunyo qilganlargina
erishishi mumkin, xolos. Shuning uchun ham ushbu ta’limotda tarkidunyochilikka
alohida e’tibor beriladi. Inson dunyoda o‘zining barcha ehtiroslaridan voz kechgach,
o‘z nafsini tiyishi, o‘z-o‘zini yengishi – yangi karma hosil bo‘lishiga yo‘l
qo‘ymaydi. Natijada karmaning kuchi yemirilib, uning ruhi kishanlardan ozod
bo‘ladi. Kishining karmasi qanchalar zaiflashsa, uning ichki dunyosi shuncha boyib
boradi. Bu jarayon ruhning to‘la ozod bo‘lgunigacha davom etadi. Va, nihoyat,
ruhning butunlay ozod bo‘lishi – nirvana holati yuz beradi.
Dunyoviy kishidan ham, tarkidunyo qilgan rohibdan ham ma’lum axloqiy
qoidalarni bajarish talab qilinadi. Chunki hayotning maqsadi ruhni yomon karmadan
saqlash, yangi karmaning yuzaga kelishiga yo‘l qo‘ymaslik, borini ham asta-sekin
yo‘q qilib yuborishdan iborat. Buning uchun dunyoviy odam besh narsaga amal
qilishi kerak: birinchisi – zarar yetkazmaslik (axinsa), ikkinchisi – rost so‘zlash
(satya), uchinchisi – o‘g‘irlik qilmaslik (asteya), to‘rtinchisi – zino qilmaslik
(braxmacharya), beshinchisi – tamagirlik qilmaslik (aparigraxa). Mana shular
insonning axloqiy mezonini tashkil qiladi. Bundan tashqari, u yana ikki asos – chin
e’tiqod va to‘g‘ri bilim tamoyillariga ham amal qilishi lozim. Ularning birinchisi –
jaynizm diniga e’tiqod qilishni bildirsa, ikkinchisi – ruhning abadiy ozodligi va
hayotning har bir jismda mavjudligini bilishdir. Rohiblar uchun bir muncha
murakkab qoidalar ishlab chiqilgan.
Jaynizm ta’limoti borliqning ilohiyot tomonidan yaratilgani va uning borliq
ustidan nazorat qilib turishini tan olmaydi. Unga ko‘ra, ruh – abadiy mavjudot, olam
Ilmiybaza.uz
esa azaliydir. Ruh moddiy tanani yengib o‘tib, abadiy hayotga yetishi mumkin.
Maxaviraning fikricha, dunyodagi har bir jism, uning jonli yoki jonsiz bo‘lishidan
qat’i nazar, qandaydir darajadagi anglash xususiyati bilan yaratilgan. Shuning uchun
jaynizmda axinsa – zarar yetkazmaslik qoidasiga ko‘proq e’tibor beriladi, ya’ni jonli
yoki jonsiz narsalarga ozor yetkazmaslik talab qilinadi.
Maxavira vedalarning ulug‘ligini inkor etdi va veda urf-odatlariga
braxmanlarning hukmronligiga qarshi chiqdi. U insonni ma’naviy yuksaklikka olib
boruvchi hayot qonunlarini, ashaddiy rohiblikni, ruhni ozodlikka olib chiquvchi deb
hisoblangan nafsni tiyish fazilatini keng targ‘ib etdi.
Maxaviraning ashaddiy rohiblik tamoyillari va sodda bayon qilingan ta’limoti
ko‘pchilikni o‘ziga jalb qildi. Uning ganadxara (“maktab boshliqlari”) nomi bilan
mashhur bo‘lgan 11 shogirdi bo‘lib, ular Maxavira vafotidan keyin uning ta’limotini
davom ettirganlar.
Jaynizmning asosiy qoida-tamoyillarini o‘z ichiga olgan 45 ta asar mavjud
bo‘lib, ular Maxavira tomonidan bitilgan. Biroq mil. av. III asrda og‘zaki matnlarni
kitob holatiga keltirish maqsadida qilingan harakatlar oqibatida jaynizm ikki oqim –
shvetambarlar yoki svetambarlar (“oq kiyim kiyganlar”) va digambarlar (“moviy
kiyim kiyganlar”)ga bo‘linib ketgan. Digambarlar jaynizmning asl holatini saqlab
qolishga ko‘proq ahamiyat berganlar. Ular Rishabxaning qadimiy qonunini
yo‘qolgan deb hisoblab, shvetambarlardagi matnlarni haqiqiy emas deb e’lon
qildilar. Jaynizmning ikki oqimga bo‘linishi har ikki oqimning o‘ziga xos urf-
odatlari, kiyinishi va boshqa hayotiy qirralarning shakllanishiga sabab bo‘ldi.
Vaholanki, ular asosiy diniy qoidalarda o‘zaro farqlanmaydilar.
Hozirgi kunda dunyoda bir yarim milliondan ortiq jaynizm dini tarafdorlari
mavjud. Ular, asosan, Hindistonning Rajputan, Gujarot va bir qator janubiy
mintaqalari, Madxya, Bxarat shtatlarida istiqomat qiladilar.
Sikxiylik (Sikxizm). Hozirda sikxiylik diniga e’tiqod qiluvchilarning soni 17
mln. bo‘lib, bu dinga bo‘lgan qiziquvchilar soni ortib bormoqda. Shunisi qiziqki,
XV asr oxiri XVI asr boshlarida sof diniy islohot shaklida boshlangan sikxiylik
harakati XVII asrning ikkinchi yarmiga kelib o‘z e’tiqod qiluvchilarini faol harbiy
Ilmiybaza.uz
an’analar bilan sug‘orilgan siyosiy tashkilot atrofida jamladi. Bunday o‘ziga xos
taraqqiyotning natijasi shu bo‘ldiki, XVI asr boshlarida kichkinagina harbiy-diniy
jamoa Ranjid Singx asos solgan kuchli davlatga aylandi.
Sikxiylik diniga Panjobda guru (ustoz) Nanak (1469-1539) tomonidan asos
solinib, unga ergashganlar o‘zlarini sikxlar, ya’ni shogirdlar deb atashgan.
“Sikxiylik” atamasi ham shu so‘zdan olingan.
Nanakning vafotidan keyin uning ta’limotini 9 ta guru rivojlantirgan. Xususan,
to‘qqizinchi guru Govind Singx (1675-1708) bu ishda muhim rol o‘ynagan. Ular
yagona ta’limotni targ‘ib qilgan yagona guruni 10 qiyofada namoyon bo‘ladi deb
hisoblaganlar.
Sikxiylik talqinida hinduizmdagi Braxma, Vishnu, Shiva va islomdagi Alloh
bir ilohiyotda mujassam bo‘ladi. U nirgun (“sifatlardan xoli”) va sagun (“sifatlar
egasi”) deb talqin qilinadi. Uning asosiy holati nirgun bo‘lib, bu holat har qanday
sifatlardan xolidir. Biroq inson uni qandaydir sifatlar orqali tanishi uchun u o‘z
xohishi bilan sagun holatiga o‘tadi. Sikxiylik ta’limotiga ko‘ra, ilohiyot –
Yaratuvchi, Saqlovchi, Vayron qiluvchi (Braxma, Vishnu, Shivalardek) sifatlarni
o‘zida mujassam qiladi. U qudratli va hukmdordir. Uning tomonidan yaratilgan
dunyo esa o‘zgaruvchan va foniydir. Ilohiyot esa – abadiy. U azalda ham, hozirda
ham, kelajakda ham mustaqil ravishda mavjuddir. Azaliylik, vaqtdan tashqarida
bo‘lish, tug‘ilmaganlik, o‘lmaslik kabi unga berilgan sifatlar uning mohiyatini
anglatadi. Xudoga bo‘lgan muhabbat, ishonch, sadoqat yo‘lini tutgan har bir inson
Unga yetishishi va U bilan birlashib ketishi mumkin.
Xudoga ibodat qilish, sikxiylik ta’limoti bo‘yicha aslo dunyoviy hayotdan
uzilishni, rohiblik yo‘lini tutishni anglatmaydi, aksincha, hayotda faollikni, to‘la
mehnatni va oiladagi o‘z vazifasini bajarishni anglatadi. Bu tamoyillarga to‘la amal
qilish pirovard natijada tug‘ilishlar zanjirining uzilishiga va insonning xudo bilan
birlashib ketishiga olib keladi. Har kim xudo bilan bevosita muloqotda bo‘lishi
mumkin.
Sikxiylik Hindiston xalqi diniy tafakkurining bir bosqichi sifatida kuchli
islohotchilik harakatlari zaminida yuzaga keldi. Ushbu harakat Ramanand,
Ilmiybaza.uz
Gorakxnatx, Chaytanyax, Kabir va Vallabxacharya nomlari bilan bog‘liq bo‘lib,
butun XVI asrni o‘z ichiga oldi. Bu davrda hinduizm kabi sikxiylikga ham islomning
ta’siri kuchli bo‘ldi. Mazkur holatda madaniyatlar orasidagi doimiy kurash o‘z
aksini topgan. Nanak ham Kabir kabi hinduizmni butparastlikdan tozalab, islomga
yaqinlashtirishga harakat qildi. Tadqiqotchilarning fikricha, sikxlar bir Xudoga
e’tiqod qiladilar. Bu din boshqa iloh va butlarga ibodat qilishni, hinduizmning yirik
ziyoratgohlariga borishni, folbinlik va sehr-joduga ishonishni taqiqlaydi hamda
tug‘ilish va o‘lim bilan bog‘liq poklash marosimlarini tan olmaydi. Sikxiylik
ijtimoiy tizim sifatida kasta tabaqalanishini inkor etadi va bu yo‘l bilan
braxmanlarning tug‘ilish, o‘lim va nikoh marosimlaridagi rahbarlik mavqeiga
barham beradi.
Boshqa dinlar kabi sikxiylik ham o‘zining muqaddas kitobiga ega. Uning
muqaddas kitobi – Adigrantx (“Boshlang‘ich kitob”) bo‘lib, beshinchi guru Arjun
(1581-1606) tomonidan tuzilgan. U, shuningdek, Gururantx (“Guru kitobi”) yoki
Grantxsahib (“Sohibning kitobi”) nomlari bilan ham ataladi. Unga avval dastlabki
besh guruning, keyinchalik esa boshqa gurularning madhiyalari kirgan. Jumladan,
Kabirning, Namdevning, Farididdin Ganjishakarning (XV asr) madhiyalari bilan bir
qatorda bir necha Bxakti va sufiylik harakati namoyandalarining ham madhiyalari
kirgan. U panjob tilida yozilgan bo‘lib, hozirgi kunda Amritsardagi sikxlarning bosh
ibodatxonasi hisoblanmish “Oltin Haram”da saqlanadi.
Keyingi yillarda sikxiylikda hinduiylik odatlarini o‘zlashtirib olgan din
vakillari bilan sof sikxlar orasida bo‘linish kuzatilmoqda. Birinchi guruh
namoyandalari tomonidan eng muqaddas joylarning ishg‘ol etilishi 1926 yili Panjob
siyosiy maydonida “Aqoliy Dal” harakatining yuzaga kelishiga sabab bo‘ldi. Diniy
tamoyillar asosida tuzilgan bu harakat namoyandalari musulmonlar, hinduiylar va
sikxlarning siyosiy tengligini talab qilib chiqdilar. 1947 yili Hindistonning ikkiga
bo‘linishi natijasida musulmonlar Panjobning Pokistonga tegishli qismiga,
hinduiylar va sikxiylar esa Panjobning Hindistonga tegishli qismiga ko‘chib
o‘tganlaridan keyin bu harakatning ta’siri kuchaydi.
Ilmiybaza.uz
XX asrning 50-60-yillarida bu harakat yagona irq va til masalasidan kelib
chiqib, Panjob shtati tuzilishini talab qildi. Natijada 1966 yili shunday shtat tashkil
etildi. Hozirgi kunda bu shtatda Hindiston sikxiylarining 80 % istiqomat qiladi.
Konfutsiylik (Konfutsianizm) falsafiy g‘oya sifatida maydonga kelgan. Uning
asoschisi Konfutsiy (Kun Szi) mil. av. 551 yilda tug‘ilib mil. av. 479 yili vafot etgan.
Konfutsiy otasidan erta ajragan va onasi qo‘lida tarbiyalangan. Onasi ham ko‘p
o‘tmay dunyodan o‘tgan. Konfutsiy ta’lim olib, ilm o‘rgangach, 19 yoshida
uylanadi. Yoshlarga ta’lim berishga kirishadi. Yangi ustozning ong haqidagi fikrlari,
chuqur ma’noli so‘zlari mamlakat bo‘ylab keng tarqaladi. Konfutsiy huzuriga
mamlakatning turli mintaqalaridan ilmga chanqoq yoshlar oqib kela boshlaydilar.
Konfutsiyning 3000 ga yaqin shogirdlari orasida yetmish ikki eng ko‘zga ko‘ringan
izdoshlari mamlakatning obro‘li xonadonlaridan bo‘lishi bilan bir qatorda
kambag‘al, oddiy kishilardan ham iborat bo‘lgan. Konfutsiy maktabi qadimgi
Xitoyda asta-sekin katta ta’sir doirasiga aylana bordi. Uning ko‘plab shogirdlari
qadimgi Xitoy podshohliklarida nufuzli mansablarni egalladilar. Konfutsiy yoshlar
tarbiyachisi va ustozi sifatida keng shuhrat qozonib, ilk Xitoy ma’rifatparvari
nomiga sazovor bo‘lgan bo‘lsa, u tomonidan taklif qilingan islohotlarning amalga
oshirilishida uning aksi bo‘ldi.
Konfutsiyning asosiy e’tiborini tortgan narsa o‘z zamonasining kamchiliklari
va aybu nuqsonlari edi.
Oddiy xalqning nochorligi, amaldorlarning cheksiz zulmi, hukmdorlar
o‘rtasidagi o‘zaro ziddiyatlar, qadimgi ma’naviy an’ana va qadriyatlardan
uzoqlashish – bularning hammasi Konfutsiy keskin tanqidiy qarashlarining yuzaga
kelishiga turtki bo‘ldi. Uning fikrlari jamoatchilik tomonidan qabul qilinishi uchun
hamma e’tirof qilgan obro‘ga ega bo‘lish kerak edi. Konfutsiy xuddi ana shu obro‘ni
uzoq o‘tmishning yarim afsonaviy obrazlaridan topdi. Konfutsiy vafotidan bir necha
asr o‘tgach, uning o‘zi orzu qilganidek, podshohlar dono, amaldorlar fidoiy, xalq esa
farovon bo‘lgan paytda uning ta’limoti xalq hayotining ajralmas bir qismi bo‘lib
ulgurdi.
Ilmiybaza.uz
Konfutsiy “komil inson” (Szyun-szu) xaqidagi g‘oyasini yaratdi. Szyun-szi
yuksak ma’naviyatli inson – ikki asosiy xususiyatga ega bo‘lishi kerak: insoniylik
va mas’uliyat (ajdodlar oldidagi qarzni)ni his qilish. Komil inson, eng avvalo,
ishonchli va fidoiy bo‘lishi kerak. U o‘zini ayamasdan o‘z ishonchiga, o‘z
hukmdoriga, o‘z otasi va barcha o‘zidan kattalarga xizmat qilishi kerak. Bunday
inson doimo kamolot sari intilishi zarur.
Konfutsiylikda markaziy o‘rinni axloqiy masalalar egallagan. Diniy masalalar,
aqidalarga konfutsiychilik ancha sovuqqon munosabatda bo‘lgan. Konfutsiyning
o‘zi qadimgi Xitoyda keng tarqalgan turli ruhlarga bo‘lgan ishonch masalasiga
shubhali munosabatda bo‘lgan. "Lunyuy" (Konfutsiyning falsafiy fikrlari va
suhbatlari majmuasi, u konfutsiylikning asosiy manbasi)da keltirilishicha, Konfutsiy
g‘ayritabiiy narsalar va ruhlar to‘g‘risida gapirishni yoqtirmagan. Shuningdek, u
taqdir, inson umri, o‘lim xaqida so‘z yuritishdan qochgan. Undan "o‘lim nima?" -
deb so‘raganlarida, u "Biz tiriklik nima ekanligini bilmaymiz-u, o‘lim nima
ekanligini qaerdan bila olar edik"- deb javob bergan ekan.
Biroq o‘sha davrda qadimdan davom etib kelayotgan diniy qadriyatlar, urf-
odatlarga Konfutsiy ehtirom bilan munosabatda bo‘lgan.
Konfutsiyning yana bir asosiy ta’limoti – "Syao" ta’limotidir. Mazkur
ta’limotga ko‘ra inson o‘z ota-onasiga munosib bo‘lishi haqidagi g‘oyani o‘zida
mujassamlashtirgan. Konfutsiy fikricha, inson uchun "Syao"dan muhimroq narsa
yo‘q. "Syao" va "di" (ukaning akaga, kichiklarning kattalarga xurmati)
insoniylikning asosidir" degan. Undan "Syao"ning asosiy ma’nosi nima, farzandlik
xizmati qanday bo‘lishi kerak, degan savolga Konfutsiy shunday javob bergan:
"aqlli va ota-onangni boqishga yaroqli bo‘lishingdir. Zero, odamlar uylaridagi itlar
va otlarini ham boqadilar-ku, agar insonlar ota-onalariga ortiq ehtirom
ko‘rsatmasalar hayvonlarni boqishlaridan nima farqi qoladi?".
"Syao" ta’limotining "Li qonunlari"ga ko‘ra farzand ota-ona hayotlik chog‘ida
mutlaqo ularning ixtiyoridadir. To ular dunyodan o‘tgunicha o‘ziga-o‘zi egalik
qilishga haqli emas. Agar ota-onasi vafot etadigan bo‘lsa, farzand qanday ish bilan
mashg‘ul bo‘lishidan qat’i nazar, qanday lavozimni egallagan bo‘lmasin, barcha
Ilmiybaza.uz
ishini tashlab 3 yil davomida aza tutishi shart. Konfutsiylikning "Syao" ta’limoti
asrlar mobaynida Xitoy madaniyati, axloqiy normalariga katta ta’sir o‘tkazib keldi.
Konfutsiylik ta’limotiga ko‘ra, oila nikohdan, yoshlarning kelishuvi bilan
boshlanmaydi. Balki, oila ehtiyojlari uchun nikoh amalga oshiriladi. Konfutsiy urf-
odatlariga ko‘ra, avlodlar o‘z ajdodlari ruhi oldida qilishlari zarur bo‘lgan barcha
marosimlarni o‘z o‘rnida, muntazam ravishda bajarishlari lozim.
Konfutsiy ta’limoti buning aksini, ya’ni “tiriklar o‘tganlar oldida
qarzdordirlar”, degan g‘oyani ilgari surdi. Konfutsiy o‘zidan oldin jamiyatda mavjud
o‘tganlar ruhlari haqidagi aqidalarni tamoman o‘zgartirib yubordi.
Modomiki, tiriklarning asosiy vazifasi o‘tganlarni rozi qilish, ularga xizmat
qilish ekan, butun oila mana shu asosiy g‘oyaga xizmat qiluvchi bir jihozni tashkil
qiladi. Mana shuning uchun ham har bir oila boshliqlari o‘z ajdodlari oldidagi
qarzlarini ado etishlari uchun oila naslini davom ettirishlari kerak. Konfutsiy
fikricha, dunyodan befarzand o‘tish va o‘zidan nasl qoldirmaslik nafaqat shu
insonning yoki shu xonadonning, balki butun jamiyatning fojiasidir.
Konfutsiylik juda tez muvaffaqiyatga erishmadi. Konfutsiyning o‘zi esa,
zamondoshlari tomonidan tan olinmay vafot etdi. Keyinchalik uning shogirdlariga
ham oson bo‘lmadi.
Garchi konfutsiychilar o‘z ta’limotlarini qadimgi Chjou aqidalariga bog‘liq urf-
odatlar, marosimlar, axloqiy me’yorlar asosiga qurgan bo‘lsalar-da, ular mazkur
aqidalar orasida o‘z munosabatlari, qolaversa, har bir masala yuzasidan o‘z
xulosalarini ham berib bayon qilardilar. Mana shu narsa konfutsiylikning
muvaffaqiyatga erishishiga sabab bo‘ldi. Undan tashqari, uning muvaffaqiyatiga
sabab bo‘lgan omillardan yana biri – konfutsiychilarning o‘zlari foydalangan
qadimgi kitoblar, she’rlar, risolalarni yig‘ib o‘quvchilariga o‘rgatganliklaridir. Bu
ishning asosiy qismi Konfutsiyning o‘zi tomonidan bajarilgan edi. U turli
podshohliklarda mavjud bo‘lgan 3 mingdan ortiq qadimiy qo‘shiqlar, yozuvlarni
jamlab, ularni qayta tahrir qilgan. Konfutsiy va uning shogirdlari tomonidan tahrir
qilingan asarlar keyinchalik konfutsiylikning asosiy manbalariga aylandi.
Ilmiybaza.uz
Mil. av. IV-III asrlarga kelib Konfutsiy ta’limoti o‘z asoschisi davridagidan
ko‘ra ancha keng tarqaldi va katta ta’sir doirasiga ega bo‘ldi.
Xan sulolasi davriga kelib, (mil. av. III-II asrlar) Konfutsiylik davlat mafkurasi
darajasiga ko‘tarildi. Xan podshohlari Konfutsiy ta’limotini to‘liq qabul qilmagan
bo‘lsalar-da, uning kuchini, jamiyatda egallab, ulgurgan mavqeini e’tirof qilgan
holda undan davlat boshqaruvida foydalandilar.
Konfutsiy o‘zi yashab ijod etgan joy Suyfuda vafot etgandan keyin uning qabri
yaqinida bir ibodatxona qurdilar. Ibodatxonaga Konfutsiyning shogirdlari va
yaqinlari tomonidan uning barcha tabarruk narsalari, unga taalluqli ashyolar -
yozgan asarlari, musiqa asboblari, ro‘zg‘or anjomlari, aravasi va boshqa narsalar
keltirib qo‘yildi. Vaqt o‘tishi bilan faylasufning nufuzi oshib, ta’limoti keng
tarqalgani sari ushbu ibodatxona ham asta-sekin doimiy ziyoratgohga aylanib bordi.
Suyfu yaqinida Konfutsiy shogirdlari va izdoshlari makon tutgan kattagina qishloq
barpo bo‘ldi. Lu podshohligi hukmdorining o‘zi Suyfuga kelib Konfutsiy
ibodatxonasida uning xotirasiga qurbonlik qildi. Ibodatxonaning ahamiyati oshgani
sayin uning yer mulklari ham kengayib bordi. Bu joy oddiy mahalliy ibodatxona
shaklidan Xan sulolasi davriga kelib butun mamlakat miqyosidagi muqaddas
ziyoratgohga aylandi. Mil. av. 195 yilda birinchi Xan podshohi Lyu Ban shaxsan
o‘zi Konfutsiy ibodatxonasida unga atab "tay-lyao" (Xitoyda eng oliy qurbonlik -
qo‘y, ho‘kiz va cho‘chqa) uchtalik qurbonligi keltiradi.
Mil.avvalgi 195 yildan boshlab Konfutsiy nomi Xitoyda ilohiylashtirildi va
unga atab muntazam qoidalar asosida qurbonliklar qilinadigan bo‘ldi.
Xan sulolasi davrida Konfutsiyga knyazlik unvoni berildi. X-XIII asrlarga
kelib, Sun sulolasi davrida unga imperatorlik unvoni, otasiga esa knyazlik unvoni
berildi. Keyinroq Yuan va Min sulolalari (XIII-XIV asrlar) davrida unga yana ham
yuksakroq unvon – "Eng haqiqiy donishmand", "Millatlarning ulug‘ ustozi"
unvonlariga sazovor bo‘ldi.
Xitoy shaharlarida Konfutsiyga atab 1000 dan ortiq ibodatxonalar qurildi. Ilk
davrlarda ibodatxonaning qurbonlik qilinadigan joyida oddiygina Konfutsiy nomi
yozilgan lavha osilgan edi. Xitoyga buddaviylikning kirib kelishi oqibatida bu lavha
Ilmiybaza.uz
o‘rnini Konfutsiyning haykali egalladi. Suyfudagi ibodatxonadan boshqa barcha
ibodatxonalar bir xil shaklga ega edi. Unda Konfutsiy haykali yonida uning
shogirdlaridan 86 tasining nomi yozilgan lavha yoki haykallari qo‘yilgan. Suyfudagi
ibodatxonada ularning soni ko‘proq.
Har oyda ikki marta 1 va 15 kunlarda Konfutsiy haykali oldida odatiy
qurbonliklar, yilda ikki marta — bahorda va kuzda alohida tantanali marosimlar
o‘tkazilar edi. Tantanaga kelgan imperator va ularning mulozimlari donishmand
timsoli oldida turib unga "Sen buyuksan, ey mutlaq donishmand, sening fazilatlaring
ko‘p, ta’limoting beqiyos, o‘tganlar orasida senga tengi yo‘q!" kabi maqtovlar va
olqish so‘zlari bilan murojaat qilishgan.
Konfutsiy nomi o‘rta asrlarda Xitoyda ilohiylashtirildi. Uning timsoli hattoki
podshohlar boshidagi tojlardan o‘rin oldi.
Daosizm - Eramizdan oldingi IV-III asrlarda Xitoyda paydo bo‘lgan yarim
falsafiy, yarim diniy, sinkretik ta’limot. Uning tub goyasi moddiy olamdagi buyum
va hodisalar turli-tumanligining mohiyatini ta’minlovchi, ularning mavjudlik sababi
va manbaini tashkil etuvchi "dao" to‘g‘risidagi tasavvurlardan iborat. Eramizning II
asriga kelib bu ta’limot asosida diniy qarashlar ham shakllangan va u daosizm
nominn olgan. Bu din qadimgi dune faylasufi Dao Szi nomi bilan bog‘liq "Dao de
szin" kitobidagi ta’limotga asoslangan.
Daosizmda moddiy olam haqida sodda dialektika elementlari ham mavjud. U
dunyodagi barcha buyum va hodisalar o‘zgarishda, xarakatda, ba’zi narsalar
tiklansa, boshkalari so‘nadi, deb g‘oyat to‘g‘ri ta’lim beradi.
Ammo kohinlar bu ta’limot asosiga diniy g‘oyalarni qo‘yib, g‘oyat ko‘p ruh va
xudolarga ibodat qilishdan iborat diniy tizimni yaratdilar. Bu din kohinlari "daos"
nomi bilan yuritilgan. Ular uchun rohiblik, darveshlik qilishdan tashqari, oila qurish
ham man etilmagan.
Shu tariqa daosizmda olamni boshqaruvchi uch xudolikdan iborat xudolar
pantioni - qarorgohi (Shan di, Dao szi, Pan gu) paydo bo‘lgan.
Daolik bir jihatdan shamanizm va folbinlik bilan bog‘liq edi, chunki qadimgi
davolash uslublari falsafa, ayniqsa, dao falsafasi bilan chambarchas bog‘liq bo‘lgan.