USLUBIYAT TURLARI

Yuklangan vaqt

2024-10-01

Yuklab olishlar soni

3

Sahifalar soni

9

Faytl hajmi

24,8 KB


 
 
 
 
 
 
USLUBIYAT TURLARI 
 
REJA: 
1. Sintaktik uslubiyat . 
2. Yozma va og‘zaki nutq me’yorlari haqida. 
3. Leksik uslubiyat. 
4. Fonetik uslubiyat. 
5. Grammatik uslubiyat. Morfologik uslubiyat. 
SINTAKTIK USLUBIYAT 
 
Yozma va og‘zaki nutq me’yorlari haqida 
   Lug‘aviy, grammatik, uslubiy me’yorlar adabiy tilning h a m m a ko‘rinishlari uchun xarakterli, 
imlo va tinish belgilarga oid me’yorlar adabiy tilning faqat yo z m a shakli uchun, to‘g‘ri talaffuz 
me’yorlari esa faqat o g‘ z a k i nutq shakli uchun xosdir. 
 
LEKSIK USLUBIYAT 
1. Omonimlarning uslubiy xususiyatlari. Nutqda omonimlardan foydalangan holda 
turli so‘z o‘yinlari hosil qilinadi: Qo‘lingdan kelgancha chiqar yaxshi ot, YAxshilik 
qil, bolam, yomonlikni ot, Nasihatim yod qilib ol, farzandim, YOlg‘iz yursa chang 
chiqarmas yaxshi ot. Bu o‘rinda ot omonim so‘zlari turlicha ma’nolarni ifodalayapti. 
Omonim so‘zlardan foydalangan holda so‘z o‘yinlarini yaratish tajnis (jinos) san’ati 
deyiladi. Badiiy adabiyotda shu badiiy san’at qo‘llanib yaratilgan to‘rt qator she’r esa 
tuyuq deb ataladi.  
2.Sinonimlarning uslubiy xususiyatlari. Sinonimlarni qo‘llashda hissiy-ta’siriy 
bo‘yoq mavjudligi jihatidan farqlanadi: yuz, aft, bashara, bet, chehra, jamol, ruxsor, 
diydor sinonimik qatoridagi yuz so‘zi ma’nosi betaraf so‘z bo‘lsa, bet, aft so‘zlari 
USLUBIYAT TURLARI REJA: 1. Sintaktik uslubiyat . 2. Yozma va og‘zaki nutq me’yorlari haqida. 3. Leksik uslubiyat. 4. Fonetik uslubiyat. 5. Grammatik uslubiyat. Morfologik uslubiyat. SINTAKTIK USLUBIYAT Yozma va og‘zaki nutq me’yorlari haqida Lug‘aviy, grammatik, uslubiy me’yorlar adabiy tilning h a m m a ko‘rinishlari uchun xarakterli, imlo va tinish belgilarga oid me’yorlar adabiy tilning faqat yo z m a shakli uchun, to‘g‘ri talaffuz me’yorlari esa faqat o g‘ z a k i nutq shakli uchun xosdir. LEKSIK USLUBIYAT 1. Omonimlarning uslubiy xususiyatlari. Nutqda omonimlardan foydalangan holda turli so‘z o‘yinlari hosil qilinadi: Qo‘lingdan kelgancha chiqar yaxshi ot, YAxshilik qil, bolam, yomonlikni ot, Nasihatim yod qilib ol, farzandim, YOlg‘iz yursa chang chiqarmas yaxshi ot. Bu o‘rinda ot omonim so‘zlari turlicha ma’nolarni ifodalayapti. Omonim so‘zlardan foydalangan holda so‘z o‘yinlarini yaratish tajnis (jinos) san’ati deyiladi. Badiiy adabiyotda shu badiiy san’at qo‘llanib yaratilgan to‘rt qator she’r esa tuyuq deb ataladi. 2.Sinonimlarning uslubiy xususiyatlari. Sinonimlarni qo‘llashda hissiy-ta’siriy bo‘yoq mavjudligi jihatidan farqlanadi: yuz, aft, bashara, bet, chehra, jamol, ruxsor, diydor sinonimik qatoridagi yuz so‘zi ma’nosi betaraf so‘z bo‘lsa, bet, aft so‘zlari
 
 
salbiy bo‘yoqqa ega, bashara so‘zida esa salbiy bo‘yoq yanada kuchli, turq so‘zida 
bashara so‘ziga nisbatan ham kuchliroqdir; chehra ijobiy bo‘yoqqa ega, jamol 
so‘zida bu bo‘yoq yanada kuchli. SHuningdek, sinonimlarning ishlatilish doirasi 
chegaralangan yoki chegaralanmagan bo‘lishi mumkin: keksa, qari, oqsoqol, 
nuroniy, mo‘ysafid sinonimik qatoridagi qari so‘zining ishlatilish doirasi keng, 
qolganlariniki esa chegaralangan. Sinonimlarni o‘rinsiz ishlatish oqibatida turli 
uslubiy xatolar kelib chiqadi: Buldozer ko‘chamizda yiqilay deb turgan devorlarni 
bir chekkaga surib yo‘l ochar edi gapida yiqilay so‘zi noo‘rin qo‘llangan, chunki bu 
so‘z odamlarga nisbatan ishlatiladi; bu gapda devorga nisbatan qulamoq so‘zi 
ishlatilishi kerak edi. 
3. Antonimlarning uslubiy xususiyatlari. Antonimlardan to‘g‘ri foydalana olmaslik 
ham uslubiy xatoliklarni keltirib chiqaradi: CHoyxona mudiri YUsufjon Nozimov 
turmushning issiq-chuchugini totigan kishiga o‘xshaydi. Bu gapdagi issiq-
chuchugini juftligi o‘rnida achchiq-chuchugini juftligi ishlatilishi kerak edi. 
Antonimlardan foydalangan holda yaratiladigan badiiy san’at tazod (antiteza) deb 
ataladi. 
4. Paronimlarning uslubiy xususiyatlari. Paronimlarni to‘g‘ri qo‘llamaslik 
natijasida ham xatoliklar kelib chiqadi: CHanoqlardagi lo‘ppi ochilgan paxtalar 
quyoshda yarqirab kumushdek toblanadi. Bu gapdagi toblanadi so‘zi o‘rnida 
tovlanadi so‘zi ishlatilishi kerak edi.  
5. Turli sabablarga ko‘ra qo‘llanishi chegaralangan so‘zlarning uslubiy 
xususiyatlari. Bunday so‘zlarga eskirgan va yangi so‘zlar, sheva, kasb-hunarga oid 
so‘zlar, atamalar, jargonlar kiradi. Nutqda bu kabi so‘zlar ham muhim uslubiy 
vazifalar bajaradi. Arxaizmlardan badiiy yoki ommabop asarlarda nutqqa kinoya, 
hajv ruhini kiritish uchun foydalanilsa, tarixiy so‘zlardan o‘tmish voqeligini 
ifodalash maqsadida foydalaniladi. SHeva so‘zlari mahalliy ruhni ifodalashda 
ishlatilsa, atamalar ilmiy va badiiy asarlarda fan-texnikaga oid tushunchalarni 
ifodalash uchun ishlatiladi, jargonlar esa ma’lum toifaga mansub kishilar nutqini 
berish uchun zarurdir.  
salbiy bo‘yoqqa ega, bashara so‘zida esa salbiy bo‘yoq yanada kuchli, turq so‘zida bashara so‘ziga nisbatan ham kuchliroqdir; chehra ijobiy bo‘yoqqa ega, jamol so‘zida bu bo‘yoq yanada kuchli. SHuningdek, sinonimlarning ishlatilish doirasi chegaralangan yoki chegaralanmagan bo‘lishi mumkin: keksa, qari, oqsoqol, nuroniy, mo‘ysafid sinonimik qatoridagi qari so‘zining ishlatilish doirasi keng, qolganlariniki esa chegaralangan. Sinonimlarni o‘rinsiz ishlatish oqibatida turli uslubiy xatolar kelib chiqadi: Buldozer ko‘chamizda yiqilay deb turgan devorlarni bir chekkaga surib yo‘l ochar edi gapida yiqilay so‘zi noo‘rin qo‘llangan, chunki bu so‘z odamlarga nisbatan ishlatiladi; bu gapda devorga nisbatan qulamoq so‘zi ishlatilishi kerak edi. 3. Antonimlarning uslubiy xususiyatlari. Antonimlardan to‘g‘ri foydalana olmaslik ham uslubiy xatoliklarni keltirib chiqaradi: CHoyxona mudiri YUsufjon Nozimov turmushning issiq-chuchugini totigan kishiga o‘xshaydi. Bu gapdagi issiq- chuchugini juftligi o‘rnida achchiq-chuchugini juftligi ishlatilishi kerak edi. Antonimlardan foydalangan holda yaratiladigan badiiy san’at tazod (antiteza) deb ataladi. 4. Paronimlarning uslubiy xususiyatlari. Paronimlarni to‘g‘ri qo‘llamaslik natijasida ham xatoliklar kelib chiqadi: CHanoqlardagi lo‘ppi ochilgan paxtalar quyoshda yarqirab kumushdek toblanadi. Bu gapdagi toblanadi so‘zi o‘rnida tovlanadi so‘zi ishlatilishi kerak edi. 5. Turli sabablarga ko‘ra qo‘llanishi chegaralangan so‘zlarning uslubiy xususiyatlari. Bunday so‘zlarga eskirgan va yangi so‘zlar, sheva, kasb-hunarga oid so‘zlar, atamalar, jargonlar kiradi. Nutqda bu kabi so‘zlar ham muhim uslubiy vazifalar bajaradi. Arxaizmlardan badiiy yoki ommabop asarlarda nutqqa kinoya, hajv ruhini kiritish uchun foydalanilsa, tarixiy so‘zlardan o‘tmish voqeligini ifodalash maqsadida foydalaniladi. SHeva so‘zlari mahalliy ruhni ifodalashda ishlatilsa, atamalar ilmiy va badiiy asarlarda fan-texnikaga oid tushunchalarni ifodalash uchun ishlatiladi, jargonlar esa ma’lum toifaga mansub kishilar nutqini berish uchun zarurdir.
 
 
  Albatta, bu guruh so‘zlardan foydalanganda, chegaradan chiqmaslik lozim, aks 
holda nutqda g‘alizlik paydo bo‘ladi:  
1. Terilgan paxtani tashib turish uchun ko‘tarimchi ajratildi.  
2. Buning ustiga tokarlik stanogining reztsoderjateli o‘rniga maxsus moslama 
tayyorlanib unga grebenlarni tozalovchi frez o‘rnatildi. Birinchi gapda ko‘tarimchi 
degan o‘rinsiz yasalgan yangi so‘z ishlatilgan bo‘lsa, ikkinchi gapda atamalar 
me’yordan ortiq ishlatilgan.  
  Nutqda ibora, tasviriy ifoda va maqollar ham ma’lum uslubiy vazifa bajaradi. 
Iboralardagi omonimlik, sinonimlik, antonimlik xususiyatlari, tasviriy ifodalardagi 
balandparvozlik, maqollardagi mazmuniy ixchamlik katta uslubiy imkoniyatlar 
yaratadi: Bir yoqadan bosh chiqarmoq iborasi badiiy nutqqa mansub bo‘lsa, bir jon, 
bir tan bo‘lmoq iborasi umumnutqqa xosdir. YOzuvchi va shoirlarimiz ham ibora 
va maqollar ijod qilishadi: O‘likning yog‘ini, tirikning tirnog‘ini eydi bu. (Abdulla 
Qahhor) O‘qsiz soldat – qilichsiz qin. (Oybek) 
6. Mubolag‘a (yoki giperbola) uslubiy vosita bo‘lib, ifodalangan tushunchaning 
ko‘pirtirib, orttirilib tasvirlanishidir. Mubolag‘a xalq dostonlarida, ertaklarda, 
aytishuv va loflarda faol ishlatiladi: To‘qson molning terisidan kavushi... 
(“Alpomish” dostonidan) 
7. Sifatlash (yoki epitet) narsa, shaxs, hodisalarning belgisini ifodalash vositasidir. 
Bu vazifada tilimizdagi belgi bildiruvchi so‘z turkumlari (asosan, sifatlar) 
qo‘llanadi: Zolim jallod, bilmaganim bildirgin... (“Kuntug‘mish” dostonidan) 
 
FONETIK USLUBIYAT 
 1. Nutq tovushlarining uslubiy xususiyatlari 
 
 1) asir, devon kabi so‘zlardagi tovushlarning noto‘g‘ri (asr, divan kabi) talaffuz 
qilinishi oqibatida nutqda tushunmovchilik yuzaga keladi.    
 2) –da, -va, -qa (yoki -q) kabi bo‘g‘inlardan keyin yana shunday tovushlar bilan 
boshlanadigan so‘zlarni keltirish nutqiy g‘alizlikni keltirib chiqaradi: So‘zlarning 
gapda qo‘llanishi va vazifalari... 
Albatta, bu guruh so‘zlardan foydalanganda, chegaradan chiqmaslik lozim, aks holda nutqda g‘alizlik paydo bo‘ladi: 1. Terilgan paxtani tashib turish uchun ko‘tarimchi ajratildi. 2. Buning ustiga tokarlik stanogining reztsoderjateli o‘rniga maxsus moslama tayyorlanib unga grebenlarni tozalovchi frez o‘rnatildi. Birinchi gapda ko‘tarimchi degan o‘rinsiz yasalgan yangi so‘z ishlatilgan bo‘lsa, ikkinchi gapda atamalar me’yordan ortiq ishlatilgan. Nutqda ibora, tasviriy ifoda va maqollar ham ma’lum uslubiy vazifa bajaradi. Iboralardagi omonimlik, sinonimlik, antonimlik xususiyatlari, tasviriy ifodalardagi balandparvozlik, maqollardagi mazmuniy ixchamlik katta uslubiy imkoniyatlar yaratadi: Bir yoqadan bosh chiqarmoq iborasi badiiy nutqqa mansub bo‘lsa, bir jon, bir tan bo‘lmoq iborasi umumnutqqa xosdir. YOzuvchi va shoirlarimiz ham ibora va maqollar ijod qilishadi: O‘likning yog‘ini, tirikning tirnog‘ini eydi bu. (Abdulla Qahhor) O‘qsiz soldat – qilichsiz qin. (Oybek) 6. Mubolag‘a (yoki giperbola) uslubiy vosita bo‘lib, ifodalangan tushunchaning ko‘pirtirib, orttirilib tasvirlanishidir. Mubolag‘a xalq dostonlarida, ertaklarda, aytishuv va loflarda faol ishlatiladi: To‘qson molning terisidan kavushi... (“Alpomish” dostonidan) 7. Sifatlash (yoki epitet) narsa, shaxs, hodisalarning belgisini ifodalash vositasidir. Bu vazifada tilimizdagi belgi bildiruvchi so‘z turkumlari (asosan, sifatlar) qo‘llanadi: Zolim jallod, bilmaganim bildirgin... (“Kuntug‘mish” dostonidan) FONETIK USLUBIYAT 1. Nutq tovushlarining uslubiy xususiyatlari 1) asir, devon kabi so‘zlardagi tovushlarning noto‘g‘ri (asr, divan kabi) talaffuz qilinishi oqibatida nutqda tushunmovchilik yuzaga keladi. 2) –da, -va, -qa (yoki -q) kabi bo‘g‘inlardan keyin yana shunday tovushlar bilan boshlanadigan so‘zlarni keltirish nutqiy g‘alizlikni keltirib chiqaradi: So‘zlarning gapda qo‘llanishi va vazifalari...
 
 
 
2. Urg‘uning uslubiy xususiyatlari 
 So‘z urg‘usining ko‘chishi shu so‘z ma’nosini o‘zgartirishi mumkin: yangи́ 
kiyim(sifat) - я́ngi damlandi (ravish). Gapda ohangning o‘zgarishi ham yangi uslubiy 
mazmun paydo bo‘lishiga olib keladi: Siz ahmoq odam emassiz jumlasida ahmoq 
so‘zidan keyin to‘xtam (pauza) qilinsa, fikr qaratilgan shaxsning ham ahmoq, ham 
odam emasligi ifodalanishi mumkin: Siz ahmoq, odam emassiz. 
 
 
GRAMMATIK USLUBIYAT. MORFOLOGIK USLUBIYAT 
Ot turkumiga xos uslubiy xususiyatlar  
 
1. Kelishik qo‘shimchalarining uslubiy xususiyatlari.  
Kelishik qo‘shimchalari o‘zaro almashib qo‘llanishi mumkin:  
1) –ni va –dan qo‘shimchalari almashib qo‘llanishi mumkin: Qani, oshdan (ni) 
oling, mehmon.  
2) –ni va –ga qo‘shimchalari almashib qo‘llanishi mumkin: Gapingizga (gapingizni) 
tushunmadim. 
3) –ni va –da qo‘shimchalari almashib qo‘llanishi mumkin: Dalani (da) aylandim.  
4) –ning va –dan qo‘shimchalari almashib qo‘llanishi mumkin: kelganlarning biri – 
kelganlardan biri. 
5) kelishik qo‘shimchalari va ko‘makchilar almashib qo‘llanadi: 
 a) –ga qo‘shimchasi o‘rnida uchun ko‘makchisi qo‘llanadi: Ukamga oldim – Ukam 
uchun oldim. 
 b) –da qo‘shimchasi o‘rnida bilan ko‘makchisi qo‘llanadi: Xatni qalamda yozdi – 
Xatni qalam bilan yozdi. 
 v) –dan qo‘shimchasi o‘rnida orqali ko‘makchisi qo‘llanadi: Xabarni radiodan 
eshitdik – Xabarni radio orqali eshitdik.  
 g) –ni qo‘shimchasi o‘rnida haqida ko‘makchisi qo‘llanadi: Akasi kelganini gapirdi 
– Akasi kelgani haqida gapirdi.  
2. Urg‘uning uslubiy xususiyatlari So‘z urg‘usining ko‘chishi shu so‘z ma’nosini o‘zgartirishi mumkin: yangи́ kiyim(sifat) - я́ngi damlandi (ravish). Gapda ohangning o‘zgarishi ham yangi uslubiy mazmun paydo bo‘lishiga olib keladi: Siz ahmoq odam emassiz jumlasida ahmoq so‘zidan keyin to‘xtam (pauza) qilinsa, fikr qaratilgan shaxsning ham ahmoq, ham odam emasligi ifodalanishi mumkin: Siz ahmoq, odam emassiz. GRAMMATIK USLUBIYAT. MORFOLOGIK USLUBIYAT Ot turkumiga xos uslubiy xususiyatlar 1. Kelishik qo‘shimchalarining uslubiy xususiyatlari. Kelishik qo‘shimchalari o‘zaro almashib qo‘llanishi mumkin: 1) –ni va –dan qo‘shimchalari almashib qo‘llanishi mumkin: Qani, oshdan (ni) oling, mehmon. 2) –ni va –ga qo‘shimchalari almashib qo‘llanishi mumkin: Gapingizga (gapingizni) tushunmadim. 3) –ni va –da qo‘shimchalari almashib qo‘llanishi mumkin: Dalani (da) aylandim. 4) –ning va –dan qo‘shimchalari almashib qo‘llanishi mumkin: kelganlarning biri – kelganlardan biri. 5) kelishik qo‘shimchalari va ko‘makchilar almashib qo‘llanadi: a) –ga qo‘shimchasi o‘rnida uchun ko‘makchisi qo‘llanadi: Ukamga oldim – Ukam uchun oldim. b) –da qo‘shimchasi o‘rnida bilan ko‘makchisi qo‘llanadi: Xatni qalamda yozdi – Xatni qalam bilan yozdi. v) –dan qo‘shimchasi o‘rnida orqali ko‘makchisi qo‘llanadi: Xabarni radiodan eshitdik – Xabarni radio orqali eshitdik. g) –ni qo‘shimchasi o‘rnida haqida ko‘makchisi qo‘llanadi: Akasi kelganini gapirdi – Akasi kelgani haqida gapirdi.
 
 
2. Egalik qo‘shimchalarining uslubiy xususiyatlari.  
1) otlarda qo‘llangan egalik qo‘shimchasi qaratqich kelishigi qo‘shimchasining 
mavjudligini, qaratqich kelishigi qo‘shimchasi esa egalik qo‘shimchasining 
mavjudligini ko‘rsatib turadi: maktab hovlisi, bizning maktab. 
2) egalik (qarashlilik ma’nosi) –niki qo‘shimchasi yordamida ham ifodalanishi ham 
mumkin, faqat bu qo‘shimcha shaxs-son ko‘rsatmaydi: Bizning maktab – maktab 
bizniki.  
3) qaratqichli birikmalarda shaxs almashib qo‘llanishi ham mumkin: Mening uyim 
shu erda – Kaminaning uyi shu erda.  
3. Ot yasovchi qo‘shimchalarning uslubiy xususiyatlari. Bu qo‘shimchalar orasida 
o‘zaro sinonim bo‘lgan qo‘shimchalar ham uchraydi: adabiyotshunos – adabiyotchi, 
mehnatkash – mehnatchi.  
 
Sifat turkumiga xos uslubiy xususiyatlar 
1. Sifatlardagi qiyosiy darajani yasovchi –roq qo‘shimchasi o‘rnida  –mtir, -imtil, -
ish qo‘shimchalari qo‘llanishi mumkin: ko‘kroq – ko‘kish, qoraroq – qoramtir. 
2. Sifat yasovchi qo‘shimchalar orasida sinonimlik hodisasi ko‘plab uchraydi: 
aybdor – aybli, serg‘ayrat – g‘ayratli, chopqir – chopag‘on, beg‘ubor – g‘uborsiz, 
bama’ni – ma’nili.  
3. Bu qo‘shimchalar orasida antonimlik hodisasi ham uchraydi: suvli – suvsiz. 
 
Olmosh turkumiga xos uslubiy xususiyatlar 
1. U, bu, shu olmoshlari o‘rnida bir so‘zi (yoki bir xil so‘zlari) qo‘llanadi: Bir 
(shunday) chamanki, atrofida bulbullar giryon. Bir xil (shunday) odamlar 
tushunmaydi.  
2. Men olmoshi o‘rnida kamina so‘zi, siz o‘rnida o‘zlari so‘zi qo‘llanadi: Bu ishda 
kaminaning zarracha tajribasi yo‘q. Siz va’da bergan edingiz – O‘zlari va’da 
bergan edilar. 
2. Egalik qo‘shimchalarining uslubiy xususiyatlari. 1) otlarda qo‘llangan egalik qo‘shimchasi qaratqich kelishigi qo‘shimchasining mavjudligini, qaratqich kelishigi qo‘shimchasi esa egalik qo‘shimchasining mavjudligini ko‘rsatib turadi: maktab hovlisi, bizning maktab. 2) egalik (qarashlilik ma’nosi) –niki qo‘shimchasi yordamida ham ifodalanishi ham mumkin, faqat bu qo‘shimcha shaxs-son ko‘rsatmaydi: Bizning maktab – maktab bizniki. 3) qaratqichli birikmalarda shaxs almashib qo‘llanishi ham mumkin: Mening uyim shu erda – Kaminaning uyi shu erda. 3. Ot yasovchi qo‘shimchalarning uslubiy xususiyatlari. Bu qo‘shimchalar orasida o‘zaro sinonim bo‘lgan qo‘shimchalar ham uchraydi: adabiyotshunos – adabiyotchi, mehnatkash – mehnatchi. Sifat turkumiga xos uslubiy xususiyatlar 1. Sifatlardagi qiyosiy darajani yasovchi –roq qo‘shimchasi o‘rnida –mtir, -imtil, - ish qo‘shimchalari qo‘llanishi mumkin: ko‘kroq – ko‘kish, qoraroq – qoramtir. 2. Sifat yasovchi qo‘shimchalar orasida sinonimlik hodisasi ko‘plab uchraydi: aybdor – aybli, serg‘ayrat – g‘ayratli, chopqir – chopag‘on, beg‘ubor – g‘uborsiz, bama’ni – ma’nili. 3. Bu qo‘shimchalar orasida antonimlik hodisasi ham uchraydi: suvli – suvsiz. Olmosh turkumiga xos uslubiy xususiyatlar 1. U, bu, shu olmoshlari o‘rnida bir so‘zi (yoki bir xil so‘zlari) qo‘llanadi: Bir (shunday) chamanki, atrofida bulbullar giryon. Bir xil (shunday) odamlar tushunmaydi. 2. Men olmoshi o‘rnida kamina so‘zi, siz o‘rnida o‘zlari so‘zi qo‘llanadi: Bu ishda kaminaning zarracha tajribasi yo‘q. Siz va’da bergan edingiz – O‘zlari va’da bergan edilar.
 
 
3. Ilmiy ishlarda, rasmiy hujjatlarda, yig‘ilishlarda men olmoshining o‘rnida biz 
olmoshi ishlatiladi: Bizning (mening) bu ilmiy ishimizda ko‘rsatish olmoshlarining 
xususiyatlari haqida so‘z yuritiladi.  
4. Hurmatni ifodalash uchun sen olmoshi o‘rnida siz olmoshi ishlatiladi. Siz bugun 
kelasizmi? Aksincha hurmatsizlikni ifodalash uchun esa sen olmoshiga ko‘plik 
qo‘shimchasi qo‘shiladi: Senlar buni tushunmaysanlar. 
5. Ko‘rsatish olmoshlari ta’kidlash, ajratish ma’nolarini ifodalaydi: Kitob – bu dono 
maslahatchi. 
 
Fe’llarga xos uslubiy xususiyatlar 
1. Shaxs-son qo‘shimchalarining sinonimiyasi: 
1) fe’lning 2-shaxs birlik qo‘shimchasi o‘rnida 2-shaxs ko‘plik qo‘shimchasi 
qo‘llanadi: Amaki, ertaga kelasizmi? 
2) fe’lning 1-shaxs birlik qo‘shimchasi o‘rnida 2-shaxs birlik qo‘shimchasi 
ishlatiladi: Tabiatning ishlariga hayron qolasan kishi. 
3) 2-shaxs ko‘plik o‘rnida 1-shaxs ko‘plik qo‘shimchasi qo‘llanadi: Bolalar, bugun 
diktant yozamiz. 
4) 2-shaxs ko‘plik o‘rnida 3-shaxs birlik qo‘shimchasi ishlatiladi: U norozi ohangda 
dedi: - SHunaqa ish bilan hazillashib bo‘ladimi? 
2. Zamon qo‘shimchalarining sinonimiyasi:  
1) hozirgi zamon davom fe’li o‘rnida hozirgi-kelasi zamon shakli qo‘lla-nadi: Butun 
qishloq ular haqida gaplashishadi (gaplashishyapti).  
2) kelasi zamon o‘rnida hozirgi zamon shakli qo‘llanadi: Ertaga terimga 
tushyapmiz.  
3) hozirgi zamon o‘rnida o‘tgan zamon shakli keladi: Qarasam, yugurib kelayotibdi. 
3. Mayl qo‘shimchalari sinonimiyasi: 
1) ijro maylidagi fe’l buyruq mayli o‘rnida keladi: Qani, ketdik, bolalar. 
2) ijro mayli shart mayli o‘rnida keladi: Kelaman dedingmi, kelish kerak. 
4. Nisbat qo‘shimchalari sinonimiyasi: 
3. Ilmiy ishlarda, rasmiy hujjatlarda, yig‘ilishlarda men olmoshining o‘rnida biz olmoshi ishlatiladi: Bizning (mening) bu ilmiy ishimizda ko‘rsatish olmoshlarining xususiyatlari haqida so‘z yuritiladi. 4. Hurmatni ifodalash uchun sen olmoshi o‘rnida siz olmoshi ishlatiladi. Siz bugun kelasizmi? Aksincha hurmatsizlikni ifodalash uchun esa sen olmoshiga ko‘plik qo‘shimchasi qo‘shiladi: Senlar buni tushunmaysanlar. 5. Ko‘rsatish olmoshlari ta’kidlash, ajratish ma’nolarini ifodalaydi: Kitob – bu dono maslahatchi. Fe’llarga xos uslubiy xususiyatlar 1. Shaxs-son qo‘shimchalarining sinonimiyasi: 1) fe’lning 2-shaxs birlik qo‘shimchasi o‘rnida 2-shaxs ko‘plik qo‘shimchasi qo‘llanadi: Amaki, ertaga kelasizmi? 2) fe’lning 1-shaxs birlik qo‘shimchasi o‘rnida 2-shaxs birlik qo‘shimchasi ishlatiladi: Tabiatning ishlariga hayron qolasan kishi. 3) 2-shaxs ko‘plik o‘rnida 1-shaxs ko‘plik qo‘shimchasi qo‘llanadi: Bolalar, bugun diktant yozamiz. 4) 2-shaxs ko‘plik o‘rnida 3-shaxs birlik qo‘shimchasi ishlatiladi: U norozi ohangda dedi: - SHunaqa ish bilan hazillashib bo‘ladimi? 2. Zamon qo‘shimchalarining sinonimiyasi: 1) hozirgi zamon davom fe’li o‘rnida hozirgi-kelasi zamon shakli qo‘lla-nadi: Butun qishloq ular haqida gaplashishadi (gaplashishyapti). 2) kelasi zamon o‘rnida hozirgi zamon shakli qo‘llanadi: Ertaga terimga tushyapmiz. 3) hozirgi zamon o‘rnida o‘tgan zamon shakli keladi: Qarasam, yugurib kelayotibdi. 3. Mayl qo‘shimchalari sinonimiyasi: 1) ijro maylidagi fe’l buyruq mayli o‘rnida keladi: Qani, ketdik, bolalar. 2) ijro mayli shart mayli o‘rnida keladi: Kelaman dedingmi, kelish kerak. 4. Nisbat qo‘shimchalari sinonimiyasi: