USLUBIYAT. USLUBIYATNI YUZAGA KELTIRUVCHI VOSITALAR. USLUB TURLARI.
Yuklangan vaqt
2024-10-01
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
5
Faytl hajmi
28,3 KB
USLUBIYAT. USLUBIYATNI YUZAGA KELTIRUVCHI
VOSITALAR. USLUB TURLARI.
REJA:
1.Uslubiyat haqida umumiy ma’lumot.
2.Nutq madaniyati haqida.
3.Nutq uslublari.
USLUBIYAT (STILISTIKA). NUTQ USLUBLARI
Uslubiyat haqida umumiy ma’lumot
U s l u b i ya t tilshunoslik fanining bir bo‘limi bo‘lib, nutq jarayonida til
hodisalarining maqsadga, sharoitga va muhitga mos ravishda foydalanish
qonuniyatlari bilan tanishtiradi. Uslubiyatda uslublar, til vositalarining nutqda
qo‘llanish yo‘llari, fonetik, lug‘aviy, frazeologik va grammatik birliklarning
qo‘llanish xususiyatlari o‘rganiladi.
Adabiy tilning ijtimoiy hayotdagi ma’lum bir sohada qo‘llanadigan, bir qancha
o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lgan ko‘rinishi adabiy til uslubi deyiladi. Uslub
orqali so‘zlovchi shaxs narsalarga, voqealarga shaxsiy munosabatini aks ettiradi.
O‘zbek adabiy tilida quyidagi asosiy nutq uslublari bor: so‘zlashuv uslubi, badiiy
uslub, rasmiy uslub, ommabop uslub, ilmiy uslub (Ayrim darsliklarda so‘zlashuv
uslubidan boshqa barcha uslublar kitobiy uslub degan umumiy nom ostida beriladi):
durust, metro, ko‘k, tuzuk (so‘zlashuv uslubi); moviy, metropoliten (kitobiy).
Har bir uslubni yaratuvchi vositalar mavjud. Bularni quyidagi turlarga bo‘lish
mumkin:
1. Leksik vositalar: Sinonim, omonim, antonim, paronim, ko‘p ma’nolilik, tag
ma’no (gapning tagida yashiringan ma’no), sifatlash, o‘xshatishlar, frazeologik
birlik, sheva, noadabiy so‘zlar (jargon, argo, so‘kish, qarg‘ish kabilar) kasb-hunar
so‘zlari, mubolag‘a (giperbola), arxaik va tarixiy so‘zlar, atamalar.
2. Fonetik vositalar: nutq tovushlari, ohang, urg‘u.
3. Grammatik vositalar: a) morfologik vositalar: har bir so‘z turkumi; b)
sintaktik vositalar: gap bo‘laklari, ritorik so‘roq gaplar, undalma, kirish so‘z, kirish
birikma, sodda va qo‘shma gaplar, ko‘chirma va o‘zlashtirma gaplar.
Uslubni yaratuvchi vositalar
Ma’lum bir uslubga tegishli bo‘lgan so‘zlar uslubiy xoslangan so‘zlar deb
yuritiladi: yanglig‘ so‘zi badiiy uslubga, omonim, sinonim so‘zlari ilmiy uslubga,
balli, ketvorgan kabi so‘zlar so‘zlashuv uslubiga, faollar yig‘ilishi, siyosiy maydon
kabi so‘z birikmalari ommabop uslubga xosdir. So‘zlashuv uslubida ham, kitobiy
uslubda ham ishlatilaveradigan so‘zlar uslubiy betaraf so‘zlar hisoblanadi: suv,
tog‘, bola, xat. Bu so‘zlar ko‘chma ma’noda qo‘llansa, ma’lum bir uslubga tegishli
bo‘lishi mumkin.
Fonetik
vositala
Grammat
ik
vositalar
Leksik
vositala
r
Uslubiyatni yaratuvchi vositalar
Morfologi
k
vositalar
Sintaktik
vositalar
. Nutq uslublari
1. So‘zlashuv uslubi
Uyda, ko‘chada, insonlarning o‘zaro so‘zlashuvida qo‘llanadigan uslub so‘zlashuv
uslubi deb ataladi. Bu uslubning adabiy til me’yorlariga rioya qiladigan ko‘rinishi
adabiy so‘zlashuv uslubi deb yuritilsa, bunday me’yorlarga rioya qilinmaydigan
ko‘rinishi oddiy so‘zlashuv uslubi deb ataladi. So‘zlashuv uslubidagi nutq
ko‘pincha dialogik shaklda bo‘ladi. Ikki yoki undan ortiq shaxsning luqmasidan
tuzilgan nutq dialogik nutq deyiladi.
So‘zlashuv uslubida ko‘pincha turli uslubiy bo‘yoqli so‘zlar, grammatik vositalar,
tovushlar tushib qolishi, orttirilishi mumkin: Kep qoling! Obbo, hamma ishni
do‘ndiribsiz-da. Mazza qildik. Kelaqo-o-ol!
So‘zlashuv uslubida gapdagi so‘zlar tartibi ancha erkin bo‘ladi, piching,
qochiriqlar, kinoyalar ko‘plab ishlatiladi. Ko‘proq sodda gaplar, to‘liqsiz gaplar,
undalmali gaplardan foydalaniladi.
2. Ilmiy uslub
Fan-texnikaning turli tarmoqlariga doir ilmiy asarlar, darsliklar ilmiy uslubda
yoziladi. Mantiqlilik, aniqlik bu uslubga xos xususiyatlardir. Ilmiy uslub aniq
ma’lumotlar asosida chiqarilgan ilmiy xulosalar (qoidalar, ta’riflar)ga boy bo‘lishi
bilan boshqa uslublardan farq qiladi: YOmg‘ir - suyuq tomchi holidagi atmosfera
yog‘ini. Tomchining diametri 0,5-0,6 mm bo‘ladi.
Ilmiy uslubda har bir fanning o‘ziga xos ilmiy atamalaridan foydalaniladi, bu uslubda
so‘zlar o‘z ma’nosida qo‘llanadi, qoida yoki ta’rifning mazmunini ochishga xizmat
qiladigan ajratilgan bo‘laklar, kirish so‘zlar, kirish birikmalar, shuningdek, qo‘shma
gaplardan ko‘proq foydalaniladi.
3. Rasmiy-idoraviy uslub
Davlat idoralari tomonidan chiqariladigan qarorlar, qonunlar, nizomlar, xalqaro
hujjatlar rasmiy-idoraviy uslubda yoziladi. Ariza, tilxat, ma’lumotnoma, chaqiruv
qog‘ozi, taklifnoma, shartnoma, tarjimai hol, e’lon, tavsifnoma, dalolatnoma, hisobot
kabilar ham shu uslubda yoziladi. Bunday uslubdagi hujjatlar qisqa, aniq, barcha