UY XO‘JALIKLARI MOLIYASI

Time

Yuklangan vaqt

2025-11-08

Downloads

Yuklab olishlar soni

0

Pages

Sahifalar soni

27

File size

Fayl hajmi

61,7 KB


UY XO‘JALIKLARI MOLIYASI
1. Moliya munosabatlarining umumiy tizimida uy xo‘jaliklari moliyasi
2. Uy xo‘jaliklarida moliyaviy qarorlar qabul qilishning o‘ziga xos xususiyatlari
3. Uy xo‘jaliklari daromadlari
4. Uy xo‘jaliklari xarajatlari
1.Moliya munosabatlarining umumiy tizimida uy xo‘jaliklari moliyasi
Uy xo‘jaliklari moliyasi har bir davlat moliya tizimining ajralmas tarkibiy qismi
(elementi)  hisoblanadi.  Bozor  munosabatlari  tizimida  uy  xo‘jaliklarining  moliyaviy
ahamiyati uning iqtisodiy jihatdan nimaga mo‘ljallanganligi bilan belgilanadi. 
Bir tomondan, uy xo‘jaliklari ishlab chiqarish omillarining (mehnat, yer, kapital,
tadbirkorlik qobiliyati va boshqalarning)  xususiy egalari hisoblanadi va xuddi shu asosda
o‘zlarining daromadlar manbalari va moliyaviy tushilmalarini shakllantiradi. Boshqa bir
tomondan esa, uy xo‘jaliklari iqtisodiyotda tovarlar va xizmatlarni iste’mol qiluvchilar
sifatida maydonga chiqadi va demak, bozor talabini belgilab (aniqlab) beradi.
Bir  vaqtning  o‘zida,  uy  xo‘jaliklari  jamiyat  yalpi  daromadining  bir  qismini
jamg‘aradi, real va moliyaviy aktivlarni sotib olish orqali moliyaviy rezervlarni yaratishda
ishtirok etadi, soliq to‘lovlari orqali esa davlatning markazlashtirilgan moliyaviy fondlarini
shakllantirishda katta (muhim) rol o‘ynaydi.
Odatda,  “uy  xo‘jaligi”  atamasidan   milliy  statistikada  aholidan  (kishilar
to‘plamidan) iborat bo‘lgan institutsional birlikni ifodalash uchun foydalanmoq kerak.
Shuning uchun ham Birlashgan Millatlar  Tashkiloti  (BMT) tomonidan tavsiya etilgan
Milliy hisoblar tizimining (MHT) zamonaviy xalqaro andozasi (standarti) uy xo‘jaligini
yagona (bir) yashash maydonchasida (maydonida) birgalikda yashayotgan, umumiy fondga
o‘zlarining daromadlari va boyliklarini to‘liq yoki qisman o‘tkazayotgan (berayotgan) va
ayrim tovarlar hamda xizmatlarni, eng asosan uy-joy va iste’mol mahsulotlarini umumiy
tarzda (birgalikda) iste’mol qilayotgan kishilarning katta bo‘lmagan guruhi, deb ta’riflaydi
Logotip
UY XO‘JALIKLARI MOLIYASI 1. Moliya munosabatlarining umumiy tizimida uy xo‘jaliklari moliyasi 2. Uy xo‘jaliklarida moliyaviy qarorlar qabul qilishning o‘ziga xos xususiyatlari 3. Uy xo‘jaliklari daromadlari 4. Uy xo‘jaliklari xarajatlari 1.Moliya munosabatlarining umumiy tizimida uy xo‘jaliklari moliyasi Uy xo‘jaliklari moliyasi har bir davlat moliya tizimining ajralmas tarkibiy qismi (elementi) hisoblanadi. Bozor munosabatlari tizimida uy xo‘jaliklarining moliyaviy ahamiyati uning iqtisodiy jihatdan nimaga mo‘ljallanganligi bilan belgilanadi. Bir tomondan, uy xo‘jaliklari ishlab chiqarish omillarining (mehnat, yer, kapital, tadbirkorlik qobiliyati va boshqalarning) xususiy egalari hisoblanadi va xuddi shu asosda o‘zlarining daromadlar manbalari va moliyaviy tushilmalarini shakllantiradi. Boshqa bir tomondan esa, uy xo‘jaliklari iqtisodiyotda tovarlar va xizmatlarni iste’mol qiluvchilar sifatida maydonga chiqadi va demak, bozor talabini belgilab (aniqlab) beradi. Bir vaqtning o‘zida, uy xo‘jaliklari jamiyat yalpi daromadining bir qismini jamg‘aradi, real va moliyaviy aktivlarni sotib olish orqali moliyaviy rezervlarni yaratishda ishtirok etadi, soliq to‘lovlari orqali esa davlatning markazlashtirilgan moliyaviy fondlarini shakllantirishda katta (muhim) rol o‘ynaydi. Odatda, “uy xo‘jaligi” atamasidan milliy statistikada aholidan (kishilar to‘plamidan) iborat bo‘lgan institutsional birlikni ifodalash uchun foydalanmoq kerak. Shuning uchun ham Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) tomonidan tavsiya etilgan Milliy hisoblar tizimining (MHT) zamonaviy xalqaro andozasi (standarti) uy xo‘jaligini yagona (bir) yashash maydonchasida (maydonida) birgalikda yashayotgan, umumiy fondga o‘zlarining daromadlari va boyliklarini to‘liq yoki qisman o‘tkazayotgan (berayotgan) va ayrim tovarlar hamda xizmatlarni, eng asosan uy-joy va iste’mol mahsulotlarini umumiy tarzda (birgalikda) iste’mol qilayotgan kishilarning katta bo‘lmagan guruhi, deb ta’riflaydi
(aniqlaydi).
Ayrim hollarda o‘zbek iqtisodiy adabiyotida “uy xo‘jaligi” atamasining “xonadon”
yoki “oila” atamalari bilan almashtirilishiga yo‘l qo‘yilmoqda. SHunga mos ravishda “uy
xo‘jaligi moliyasi” iborasining o‘rniga “xonadon moliyasi” va “oila moliyasi” iboralari
ham ekvivalent yoki sinonim iboralar shaklida ishlatilmoqda. SHu munosabat bilan “oila”
yoki “xonadon”ni “uy xo‘jaligi”dan ajratmoq (farqlamoq) lozim. 
Eng avvalo, “uy xo‘jaligi” aniqlilik darajasining “oila”ga nisbatan  kamroq darajada
cheklangan  xarakterga  ega  ekanligini  qayd  etib  o‘tmoq  lozim.  Masalan,  o‘zlarining
o‘g‘illariga tegishli bo‘lgan joyda (binoda) yashayotgan keksa ota-onalar uy xo‘jaligining
a’zolari bo‘lsalarda, uning oilasi bo‘laolmaydi. Xuddi shuningdek, bir xonani ijaraga olgan
talaba uy-joy egasining uy xo‘jaligi tarkibiga kiradi, lekin uning oilasi tarkibiga kiraolmaydi
va xokazo. Boshqacha aytganda, uy xo‘jaligi qarindosh bo‘lmaganlarni ham o‘z ichiga
olishi yoki bir kishidan (shaxsdan) iborat ham bo‘lishi mumkin.
YUqoridagilarni inobatga olgan holda ta’kidlash joizki, uy xo‘jaligining iqtisodiy
jihatdan aniqliligini  (aniqlanishini) belgilashda oilaviy aloqalar asosiy omil bo‘laolmaydi.
Buning ustiga, uy xo‘jaligining miqdoriy tarkibi ham o‘ziga xos bo‘lgan xususiyatlarga ega.
Bu xususiyatlar,  eng avvalo, shu  bilan belgilanadiki, birgalikda  yashayotgan va
umumiy xo‘jalikni yuritayotgan shaxslar (kishilar) guruhi ham va bir vaqtning o‘zida,
o‘zining iste’molini mustaqil ravishda ta’minlayotgan yagona bir shaxs (kishi) ham  uy
xo‘jaligi bo‘lib hisoblanishi mumkin. 
Uy  xo‘jaligini  xo‘jalik  yuritishning  mustaqil  iqtisodiy  va  moliyaviy  birligi  sifatida
ajratilishi quyidagi me’zonlar asosida amalga oshirilmog‘i lozim:
-birgalikda (bir joyda) yashash;
-umumiy byudjetning mavjudligi;
-iqtisodiy qarorlarni birgalikda (hamkorlikda) qabul qilish.
Uy xo‘jaliklari moliyasi moliya tizimining muhim elementi hisoblanadi. Iqtisodiy
kategoriya  sifatida  u  uy  xo‘jaliklarida  iste’mol  maqsadlari  va  jamg‘arish  uchun  pul
mablag‘lari  fondlarini  shakllantirish,  ularni  taqsimlash  va  foydalanishga  tegishli  (oid)
bo‘lgan iqtisodiy munosabatlar majmuidan iboratdir. 
Ana shuni e’tiborga olgan holda uy xo‘jaliklari moliyasiga quyidagicha ta’rif berish
mumkin:  uy  xo‘jaliklarida  iste’mol  maqsadlari  va  jamg‘arish  uchun  pul  mablag‘lari
fondlarini shakllantirish, ularni taqsimlash va foydalanishga tegishli (oid) bo‘lgan iqtisodiy
Logotip
(aniqlaydi). Ayrim hollarda o‘zbek iqtisodiy adabiyotida “uy xo‘jaligi” atamasining “xonadon” yoki “oila” atamalari bilan almashtirilishiga yo‘l qo‘yilmoqda. SHunga mos ravishda “uy xo‘jaligi moliyasi” iborasining o‘rniga “xonadon moliyasi” va “oila moliyasi” iboralari ham ekvivalent yoki sinonim iboralar shaklida ishlatilmoqda. SHu munosabat bilan “oila” yoki “xonadon”ni “uy xo‘jaligi”dan ajratmoq (farqlamoq) lozim. Eng avvalo, “uy xo‘jaligi” aniqlilik darajasining “oila”ga nisbatan kamroq darajada cheklangan xarakterga ega ekanligini qayd etib o‘tmoq lozim. Masalan, o‘zlarining o‘g‘illariga tegishli bo‘lgan joyda (binoda) yashayotgan keksa ota-onalar uy xo‘jaligining a’zolari bo‘lsalarda, uning oilasi bo‘laolmaydi. Xuddi shuningdek, bir xonani ijaraga olgan talaba uy-joy egasining uy xo‘jaligi tarkibiga kiradi, lekin uning oilasi tarkibiga kiraolmaydi va xokazo. Boshqacha aytganda, uy xo‘jaligi qarindosh bo‘lmaganlarni ham o‘z ichiga olishi yoki bir kishidan (shaxsdan) iborat ham bo‘lishi mumkin. YUqoridagilarni inobatga olgan holda ta’kidlash joizki, uy xo‘jaligining iqtisodiy jihatdan aniqliligini (aniqlanishini) belgilashda oilaviy aloqalar asosiy omil bo‘laolmaydi. Buning ustiga, uy xo‘jaligining miqdoriy tarkibi ham o‘ziga xos bo‘lgan xususiyatlarga ega. Bu xususiyatlar, eng avvalo, shu bilan belgilanadiki, birgalikda yashayotgan va umumiy xo‘jalikni yuritayotgan shaxslar (kishilar) guruhi ham va bir vaqtning o‘zida, o‘zining iste’molini mustaqil ravishda ta’minlayotgan yagona bir shaxs (kishi) ham uy xo‘jaligi bo‘lib hisoblanishi mumkin. Uy xo‘jaligini xo‘jalik yuritishning mustaqil iqtisodiy va moliyaviy birligi sifatida ajratilishi quyidagi me’zonlar asosida amalga oshirilmog‘i lozim: -birgalikda (bir joyda) yashash; -umumiy byudjetning mavjudligi; -iqtisodiy qarorlarni birgalikda (hamkorlikda) qabul qilish. Uy xo‘jaliklari moliyasi moliya tizimining muhim elementi hisoblanadi. Iqtisodiy kategoriya sifatida u uy xo‘jaliklarida iste’mol maqsadlari va jamg‘arish uchun pul mablag‘lari fondlarini shakllantirish, ularni taqsimlash va foydalanishga tegishli (oid) bo‘lgan iqtisodiy munosabatlar majmuidan iboratdir. Ana shuni e’tiborga olgan holda uy xo‘jaliklari moliyasiga quyidagicha ta’rif berish mumkin: uy xo‘jaliklarida iste’mol maqsadlari va jamg‘arish uchun pul mablag‘lari fondlarini shakllantirish, ularni taqsimlash va foydalanishga tegishli (oid) bo‘lgan iqtisodiy
(moliyaviy) munosabatlar majmuiga uy xo‘jaliklari moliyasi deyiladi.
Iqtisodiy fanlarda ijtimoiy - iqtisodiy faoliyatning alohida olingan sohasida bir xilda
va doimiy ravishda  vujudga keladigan munosabatlar  mustaqil  iqtisodiy kategoriyaning
mazmunini tashkil etishi umume’tirof etilgan. Bu o‘rinda gap “uy xo‘jaliklari moliyasi”
kategoriyasining ijtimoiy -iqtisodiy mazmuni to‘g‘risida ketayotir. 
Ana shuni inobatga olgan holda uy xo‘jaliklari moliyasiga quyidagicha ta’rif ham
berish  mumkin:  o‘zlarining  ijtimoiy-iqtisodiy  faoliyatlari  jarayonida  uy  xo‘jaliklari  va
ularning alohida a’zolari ishtirokida pul mablag‘lari maqsadli fondlarini shakllantirish,
taqsimlash va foydalanish borasida vujudga keladigan pul munosabatlarining majmui uy
xo‘jaliklari moliyasi deb ataladi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida uy xo‘jaliklari o‘zlarining ichida va  o‘zlariga nisbatan
tashqi  bozor  sub’yektlari  sanalganlar  bilan  moliyaviy  munosabatda  bo‘ladi.  SHunga
muvofiq ravishda uy xo‘jaliklarida mavjud bo‘lgan moliyaviy munosabatlar majmuini ikki
guruhga bo‘lish mumkin:
-ichki;
-tashqi.
Individlar  -  uy  xo‘jaligi  a’zolarining  ehtiyojlarini  yanada  to‘laroq  qondirish
maqsadida zaruriy (kerak bo‘lgan) pul fondlarini  (joriy iste’mol darajasini, pul rezervlarini,
investitsiyalashtirishni ushlab (saqlab) turish uchun va xokazo) shakllantirish va ulardan
foydalanishga oid uning ishtirokchilari (a’zolari) o‘rtasida vujudga keladigan munosabatlar
uy xo‘jaligining ichki moliyaviy munosabatlari hisoblanadi.
Uy  xo‘jaliklarining  tashqi  moliyaviy  munosabatlari  ularning  boshqa  iqtisodiy
sub’yektlar  bilan  bo‘lgan  o‘zaro  aloqalari  orqali  namoyon  bo‘ladi.  Korxonalar  va
tashkilotlar moliyasi bilan uy xo‘jaliklari bevosita o‘zaro bog‘langan: firmalarga iqtisodiy
resurslarni  taqdim  etib  (berib),  ularning  egalari  sifatida  uy  xo‘jaliklari  yaratilgan
mahsulotning qiymatidan o‘z hissalarini (ulushlarini) oladilar va demak, ular shu bilan yalpi
mahsulotni birlamchi taqsimlashda ishtirok etadilar. 
Bu munosabatlar o‘zining yana bir muhim iqtisodiy tomoniga ega: ular iqtisodiyotda
aholi daromadlarining boshlang‘ich darajasini belgilab beradiki, bu narsa, o‘z navbatida,
iste’molning  shakllanishi, ko‘lami va tarkibiy tuzilmasiga, to‘lovga layoqatli talabning
shakllanishiga va nihoyat, uy xo‘jaliklari tomonidan jamg‘arish funksiyasining amalga
oshirilishiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. 
Logotip
(moliyaviy) munosabatlar majmuiga uy xo‘jaliklari moliyasi deyiladi. Iqtisodiy fanlarda ijtimoiy - iqtisodiy faoliyatning alohida olingan sohasida bir xilda va doimiy ravishda vujudga keladigan munosabatlar mustaqil iqtisodiy kategoriyaning mazmunini tashkil etishi umume’tirof etilgan. Bu o‘rinda gap “uy xo‘jaliklari moliyasi” kategoriyasining ijtimoiy -iqtisodiy mazmuni to‘g‘risida ketayotir. Ana shuni inobatga olgan holda uy xo‘jaliklari moliyasiga quyidagicha ta’rif ham berish mumkin: o‘zlarining ijtimoiy-iqtisodiy faoliyatlari jarayonida uy xo‘jaliklari va ularning alohida a’zolari ishtirokida pul mablag‘lari maqsadli fondlarini shakllantirish, taqsimlash va foydalanish borasida vujudga keladigan pul munosabatlarining majmui uy xo‘jaliklari moliyasi deb ataladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida uy xo‘jaliklari o‘zlarining ichida va o‘zlariga nisbatan tashqi bozor sub’yektlari sanalganlar bilan moliyaviy munosabatda bo‘ladi. SHunga muvofiq ravishda uy xo‘jaliklarida mavjud bo‘lgan moliyaviy munosabatlar majmuini ikki guruhga bo‘lish mumkin: -ichki; -tashqi. Individlar - uy xo‘jaligi a’zolarining ehtiyojlarini yanada to‘laroq qondirish maqsadida zaruriy (kerak bo‘lgan) pul fondlarini (joriy iste’mol darajasini, pul rezervlarini, investitsiyalashtirishni ushlab (saqlab) turish uchun va xokazo) shakllantirish va ulardan foydalanishga oid uning ishtirokchilari (a’zolari) o‘rtasida vujudga keladigan munosabatlar uy xo‘jaligining ichki moliyaviy munosabatlari hisoblanadi. Uy xo‘jaliklarining tashqi moliyaviy munosabatlari ularning boshqa iqtisodiy sub’yektlar bilan bo‘lgan o‘zaro aloqalari orqali namoyon bo‘ladi. Korxonalar va tashkilotlar moliyasi bilan uy xo‘jaliklari bevosita o‘zaro bog‘langan: firmalarga iqtisodiy resurslarni taqdim etib (berib), ularning egalari sifatida uy xo‘jaliklari yaratilgan mahsulotning qiymatidan o‘z hissalarini (ulushlarini) oladilar va demak, ular shu bilan yalpi mahsulotni birlamchi taqsimlashda ishtirok etadilar. Bu munosabatlar o‘zining yana bir muhim iqtisodiy tomoniga ega: ular iqtisodiyotda aholi daromadlarining boshlang‘ich darajasini belgilab beradiki, bu narsa, o‘z navbatida, iste’molning shakllanishi, ko‘lami va tarkibiy tuzilmasiga, to‘lovga layoqatli talabning shakllanishiga va nihoyat, uy xo‘jaliklari tomonidan jamg‘arish funksiyasining amalga oshirilishiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘z ta’sirini ko‘rsatadi.
Davlat va uy xo‘jaliklari o‘rtasidagi moliyaviy munosabatlar ham to‘g‘ridan - to‘g‘ri
(bevosita)  va qaytarma (yana orqaga qaytariluvchi) aloqalar asosida  quriladi  (vujudga
keladi) va ular byudjet hamda maqsadli fondlarni shakllantirish va ulardan foydalanishdagi
munosabatlarni ifodalaydi. 
Uy xo‘jaliklarining daromadlari va mol - mulklari soliqqa tortilish ob’yekti sifatida
maydonga chiqadi va demak, byudjet tizimi daromadlar bazasining tuzilmaviy elementi
hisoblanadi. Bir vaqtning o‘zida soliqlar, pensiya tizimi, ijtimoiy transfertlar orqali davlat
moliyaviy oqimlarni uy xo‘jaliklarining turli guruhlari o‘rtasida qayta taqsimlaydi. 
Uy  xo‘jaliklari  va  davlat  o‘rtasidagi  moliyaviy  munosabatlarni  amalga  oshirish
jarayonida  milliy  daromadning  ikkilamchi  qayta  taqsimlanishi  sodir  bo‘ladi.  Bozor
iqtisodiyoti sharoitida davlat uy xo‘jaliklariga tegishli bo‘lgan daromadning taqsimlanish
jarayoniga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir qilish instrumentlariga ega emas. 
Buning sababi shundaki, uy xo‘jaliklari pul fondlarini shakllantirishning zarurligi,
usuli va maqsadi to‘g‘risida,  ularni sarflashning o‘lchami va vaqti xususida qarorlar qabul
qilishda mustaqildir. SHu bilan birgalikda davlat uy xo‘jaliklariga tegishli bo‘lgan daromad
va yakuniy (oxirgi) iste’molning o‘lchamiga (ko‘lamiga) ta’sir qilishga qodir. Bu narsa,
jumladan,  quyidagilar orqali amalga oshirilishi mumkin:
- soliqli tartibga solish (tartiblash);
- mehnat haqini to‘lash stavkalarini o‘rnatish (belgilash);
- birinchi darajali zaruriy mahsulotlar baholarini tartibga solish (tartiblash);
- imtiyozlar tizimi;
- sog‘liqni saqlash va maorifni byudjetdan moliyalashtirish orqali ijtimoiy ta’minotni
rivojlantirish;
- va boshqalar.
Uy xo‘jaliklarining o‘zlari o‘rtasidagi (uy xo‘jaliklariaro) moliyaviy munosabatlar uy
xo‘jaliklari sektorining ichida moliyaviy resurslarning harakatlanishi jarayonida vujudga
keladigan munosabatlar sifatida qaraladi. 
Bu  yerda  ushbu  jarayon  hamma  vaqt  ham  oydinlashmagan  va  kuchsiz  tartibga
solinuvchi hisoblanadi. 
Moliyaning bu sohasiga, jumladan, quyidagilarni kiritish mumkin:
-fermer xo‘jaliklarining hamkorlikdagi maqsadli fondlari;
-iste’mol kooperatsiyasiga xizmat ko‘rsatuvchi fondlar;
Logotip
Davlat va uy xo‘jaliklari o‘rtasidagi moliyaviy munosabatlar ham to‘g‘ridan - to‘g‘ri (bevosita) va qaytarma (yana orqaga qaytariluvchi) aloqalar asosida quriladi (vujudga keladi) va ular byudjet hamda maqsadli fondlarni shakllantirish va ulardan foydalanishdagi munosabatlarni ifodalaydi. Uy xo‘jaliklarining daromadlari va mol - mulklari soliqqa tortilish ob’yekti sifatida maydonga chiqadi va demak, byudjet tizimi daromadlar bazasining tuzilmaviy elementi hisoblanadi. Bir vaqtning o‘zida soliqlar, pensiya tizimi, ijtimoiy transfertlar orqali davlat moliyaviy oqimlarni uy xo‘jaliklarining turli guruhlari o‘rtasida qayta taqsimlaydi. Uy xo‘jaliklari va davlat o‘rtasidagi moliyaviy munosabatlarni amalga oshirish jarayonida milliy daromadning ikkilamchi qayta taqsimlanishi sodir bo‘ladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida davlat uy xo‘jaliklariga tegishli bo‘lgan daromadning taqsimlanish jarayoniga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir qilish instrumentlariga ega emas. Buning sababi shundaki, uy xo‘jaliklari pul fondlarini shakllantirishning zarurligi, usuli va maqsadi to‘g‘risida, ularni sarflashning o‘lchami va vaqti xususida qarorlar qabul qilishda mustaqildir. SHu bilan birgalikda davlat uy xo‘jaliklariga tegishli bo‘lgan daromad va yakuniy (oxirgi) iste’molning o‘lchamiga (ko‘lamiga) ta’sir qilishga qodir. Bu narsa, jumladan, quyidagilar orqali amalga oshirilishi mumkin: - soliqli tartibga solish (tartiblash); - mehnat haqini to‘lash stavkalarini o‘rnatish (belgilash); - birinchi darajali zaruriy mahsulotlar baholarini tartibga solish (tartiblash); - imtiyozlar tizimi; - sog‘liqni saqlash va maorifni byudjetdan moliyalashtirish orqali ijtimoiy ta’minotni rivojlantirish; - va boshqalar. Uy xo‘jaliklarining o‘zlari o‘rtasidagi (uy xo‘jaliklariaro) moliyaviy munosabatlar uy xo‘jaliklari sektorining ichida moliyaviy resurslarning harakatlanishi jarayonida vujudga keladigan munosabatlar sifatida qaraladi. Bu yerda ushbu jarayon hamma vaqt ham oydinlashmagan va kuchsiz tartibga solinuvchi hisoblanadi. Moliyaning bu sohasiga, jumladan, quyidagilarni kiritish mumkin: -fermer xo‘jaliklarining hamkorlikdagi maqsadli fondlari; -iste’mol kooperatsiyasiga xizmat ko‘rsatuvchi fondlar;
-uy xo‘jaliklari o‘rtasidagi norasmiy kredit  munosabatlari;
-uy  xo‘jaliklari  sektori  doirasida  (chegarasida)  hamkorlikdagi  pul  fondlarini
shakllantirish va ulardan foydalanish  xususidagi boshqa munosabatlar.
Uy  xo‘jaliklarining  moliyaviy  institutlar  bilan  o‘zaro  aloqalari  moliyaviy
munosabatlarning  alohida  guruhini  ifodalaydi.  Ularning  kredit  muassasalari  bilan
munosabatlari  uy  xo‘jaligi  byudjeti  defitsitini  to‘ldirish  (iste’mol  krediti  vositasida,
yordamida), bo‘sh turgan  pul mablag‘larini bank hisob varaqlarida joylashtirish yoki ularni
saqlash va jamg‘arish maqsadida boshqa moliyaviy aktivlarga qo‘yish orqali namoyon
bo‘ladi.  Uy xo‘jaliklarining sug‘urta kompaniyalari bilan bo‘ladigan munosabatlari esa
turli  ko‘rinishdagi  sug‘urta  fondlarini  shakllantirish  va  ulardan  foydalanish  jarayonida
gavdalanadi.
Moliyaning  mohiyati  uning  funksiyalari  orqali  namoyon  bo‘lganligi  uchun  uy
xo‘jaliklari moliyasining mohiyati ham uning funksiyalari yordamida ifodalanadi. 
Uy xo‘jaliklari moliyasining funksiyalari quyidagilardan iborat bo‘lishi mumkin:
-taqsimlash;
-takror ishlab chiqarish;
-nazorat;
-tartibga solish (tartiblash);
-rag‘batlantirish;
-ijtimoiy.
Uy xo‘jaliklari moliyasining bu funksiyalari o‘zaro bog‘langan va bir-birini doimiy
ravishda to‘ldirib turadi. Bir  vaqtning o‘zida, ma’lum ma’noda va ma’lum darajada ular
o‘zlarining  namoyon  bo‘lishiga  qarab  moliyaning  umumiy  funksiyalaridan   biroz
farqlanishi ham mumkin.
Ma’lumki, uy xo‘jaliklarining moliyasi taqsimlash jarayonini oxirgi bosqichgacha,
ya’ni aniq individgacha yoki uy xo‘jaligining har bir a’zosigacha etkazadi. Uy xo‘jaliklari
moliyasi taqsimlash funksiyasining amalga oshirilishi aholi hayotiy mablag‘lari fondini
shakllantirishni taqoza etadi, insonni takror ishlab chiqarish uchun iqtisodiy (moliyaviy)
asos yaratadi.
Ma’lumki, uy xo‘jaliklarining ishtirokchilari qatoriga balog‘at yoshiga etmaganlar
yoki etgan bo‘lsada, turli sabablarga ko‘ra ishlamayotgan oila a’zolari ham kiradi. Uy
xo‘jaliklarining  hissasiga  to‘g‘ri  kelgan  milliy  daromadning  bir  qismi  uy  xo‘jaliklari
Logotip
-uy xo‘jaliklari o‘rtasidagi norasmiy kredit munosabatlari; -uy xo‘jaliklari sektori doirasida (chegarasida) hamkorlikdagi pul fondlarini shakllantirish va ulardan foydalanish xususidagi boshqa munosabatlar. Uy xo‘jaliklarining moliyaviy institutlar bilan o‘zaro aloqalari moliyaviy munosabatlarning alohida guruhini ifodalaydi. Ularning kredit muassasalari bilan munosabatlari uy xo‘jaligi byudjeti defitsitini to‘ldirish (iste’mol krediti vositasida, yordamida), bo‘sh turgan pul mablag‘larini bank hisob varaqlarida joylashtirish yoki ularni saqlash va jamg‘arish maqsadida boshqa moliyaviy aktivlarga qo‘yish orqali namoyon bo‘ladi. Uy xo‘jaliklarining sug‘urta kompaniyalari bilan bo‘ladigan munosabatlari esa turli ko‘rinishdagi sug‘urta fondlarini shakllantirish va ulardan foydalanish jarayonida gavdalanadi. Moliyaning mohiyati uning funksiyalari orqali namoyon bo‘lganligi uchun uy xo‘jaliklari moliyasining mohiyati ham uning funksiyalari yordamida ifodalanadi. Uy xo‘jaliklari moliyasining funksiyalari quyidagilardan iborat bo‘lishi mumkin: -taqsimlash; -takror ishlab chiqarish; -nazorat; -tartibga solish (tartiblash); -rag‘batlantirish; -ijtimoiy. Uy xo‘jaliklari moliyasining bu funksiyalari o‘zaro bog‘langan va bir-birini doimiy ravishda to‘ldirib turadi. Bir vaqtning o‘zida, ma’lum ma’noda va ma’lum darajada ular o‘zlarining namoyon bo‘lishiga qarab moliyaning umumiy funksiyalaridan biroz farqlanishi ham mumkin. Ma’lumki, uy xo‘jaliklarining moliyasi taqsimlash jarayonini oxirgi bosqichgacha, ya’ni aniq individgacha yoki uy xo‘jaligining har bir a’zosigacha etkazadi. Uy xo‘jaliklari moliyasi taqsimlash funksiyasining amalga oshirilishi aholi hayotiy mablag‘lari fondini shakllantirishni taqoza etadi, insonni takror ishlab chiqarish uchun iqtisodiy (moliyaviy) asos yaratadi. Ma’lumki, uy xo‘jaliklarining ishtirokchilari qatoriga balog‘at yoshiga etmaganlar yoki etgan bo‘lsada, turli sabablarga ko‘ra ishlamayotgan oila a’zolari ham kiradi. Uy xo‘jaliklarining hissasiga to‘g‘ri kelgan milliy daromadning bir qismi uy xo‘jaliklari
moliyasining taqsimlash funksiyasi doirasida uning barcha ishtirokchilari o‘rtasida u yoki
bu nisbatlarda (proporsiyalarda) taqsimlanadi. 
Uy xo‘jaliklarining moliyasi taqsimlash funksiyasini bajara borib, har bir shaxsni
(kishini) uning hayotiyligi uchun kerak bo‘lgan resurslar bilan ta’minlab, oxir oqibatda,
ishchi kuchi takror ishlab chiqarish jarayonining uzluksizligini ta’minlaydi. Bu o‘rinda
taqsimlash funksiyasining ta’sir ob’yekti uy xo‘jaligiga tegishli bo‘lgan (uy xo‘jaligi egalik
qilayotgan)  daromad hisoblanadi. Taqsimlash jarayonining sub’yektlari  sifatida esa uy
xo‘jaliklarining barcha ishtirokchilari maydonga chiqadi.
Uy  xo‘jaliklari  moliyasining  taqsimlash  funksiyasi  turli  shakllarda,  jumladan,
investitsion  -  taqsimlash  funksiyasi  sifatida  amalga  oshirilishi  mumkin.  Uning  bu
(investitsion-taqsimlash) shakli shu bilan xarakterlanadiki, uy xo‘jaliklari iqtisodiyot uchun
moliyaviy  resurslarni  asosiy  etkazib  beruvchilardan  biri  hisoblanadi.  Uy  xo‘jaliklari
daromadlarining o‘sishi bu funksiya bajarilishining moddiy asosini tashkil etadi. 
Ko‘pchilik  hollarda  uy  xo‘jaliklarining  investitsion  funksiyasi  faqat
kapitallashtiriladigan  daromadlarning  salmog‘i,  ya’ni  daromadning  jamg‘arma  sifatida
foydalaniladigani (mablag‘larni turli moliyaviy institutlarga va haqiqiy ishlab chiqarishga
joylashtirish) bilan bog‘lanadi. Biroq bunday yondoshuv bir tomonlamalik xarakteriga ega.
Haqiqatda  esa,  o‘z  navbatida,  iste’mol  salmog‘ining  oshishi  ham  iqtisodiyotga
investitsiyalarning o‘sishiga ta’sir ko‘rsatadigan omil hisoblanadi.
Bir vaqtning o‘zida, yuqoridagi asoslarda takror ishlab chiqarish jarayoni ishchi kuchi
va  shuningdek,  uy  xo‘jaliklarining  pul  mablag‘lari  bilan  ta’minlanadi.  Bu  erda  uy
xo‘jaliklari  moliyasining  takror  ishlab  chiqarish  funksiyasi  alohida  rol  o‘ynaydi.  Uy
xo‘jaliklari  daromadlari,  xarajatlari  va  jamg‘armalarining  o‘sishi  jamiyatdagi  takror
ishlab chiqarish jarayoni uchun moddiy asos bo‘lib xizmat qiladi. 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida uy xo‘jaliklari mustaqil xo‘jalik yurituvchi sub’yekt
hisoblanadi, ya’ni uy xo‘jaliklari a’zolarining turmush darajasi  uning hissasiga  to‘g‘ri
kelayotgan daromadning o‘lchamiga to‘liq bog‘liqdir.
Turli  omillar  ta’siri  natijasida  bu o‘lcham  ortishi  yoki  qisqarishi  ham  mumkin.
SHuning uchun ham  iste’molning odatdagi  darajasini  ushlab  (saqlab)  turishni  olingan
daromadlarning turli fondlarga taqsimlanishi va ularning maqsadli foydalanishi ustidan
nazoratsiz tasavvur etib bo‘lmaydi. SHuningdek, uy xo‘jaliklarining farovonligini qo‘llab-
quvvatlash va ularni taraqqiy ettirish (rivojlantirish) uchun ular byudjetlarining holatlari,
Logotip
moliyasining taqsimlash funksiyasi doirasida uning barcha ishtirokchilari o‘rtasida u yoki bu nisbatlarda (proporsiyalarda) taqsimlanadi. Uy xo‘jaliklarining moliyasi taqsimlash funksiyasini bajara borib, har bir shaxsni (kishini) uning hayotiyligi uchun kerak bo‘lgan resurslar bilan ta’minlab, oxir oqibatda, ishchi kuchi takror ishlab chiqarish jarayonining uzluksizligini ta’minlaydi. Bu o‘rinda taqsimlash funksiyasining ta’sir ob’yekti uy xo‘jaligiga tegishli bo‘lgan (uy xo‘jaligi egalik qilayotgan) daromad hisoblanadi. Taqsimlash jarayonining sub’yektlari sifatida esa uy xo‘jaliklarining barcha ishtirokchilari maydonga chiqadi. Uy xo‘jaliklari moliyasining taqsimlash funksiyasi turli shakllarda, jumladan, investitsion - taqsimlash funksiyasi sifatida amalga oshirilishi mumkin. Uning bu (investitsion-taqsimlash) shakli shu bilan xarakterlanadiki, uy xo‘jaliklari iqtisodiyot uchun moliyaviy resurslarni asosiy etkazib beruvchilardan biri hisoblanadi. Uy xo‘jaliklari daromadlarining o‘sishi bu funksiya bajarilishining moddiy asosini tashkil etadi. Ko‘pchilik hollarda uy xo‘jaliklarining investitsion funksiyasi faqat kapitallashtiriladigan daromadlarning salmog‘i, ya’ni daromadning jamg‘arma sifatida foydalaniladigani (mablag‘larni turli moliyaviy institutlarga va haqiqiy ishlab chiqarishga joylashtirish) bilan bog‘lanadi. Biroq bunday yondoshuv bir tomonlamalik xarakteriga ega. Haqiqatda esa, o‘z navbatida, iste’mol salmog‘ining oshishi ham iqtisodiyotga investitsiyalarning o‘sishiga ta’sir ko‘rsatadigan omil hisoblanadi. Bir vaqtning o‘zida, yuqoridagi asoslarda takror ishlab chiqarish jarayoni ishchi kuchi va shuningdek, uy xo‘jaliklarining pul mablag‘lari bilan ta’minlanadi. Bu erda uy xo‘jaliklari moliyasining takror ishlab chiqarish funksiyasi alohida rol o‘ynaydi. Uy xo‘jaliklari daromadlari, xarajatlari va jamg‘armalarining o‘sishi jamiyatdagi takror ishlab chiqarish jarayoni uchun moddiy asos bo‘lib xizmat qiladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida uy xo‘jaliklari mustaqil xo‘jalik yurituvchi sub’yekt hisoblanadi, ya’ni uy xo‘jaliklari a’zolarining turmush darajasi uning hissasiga to‘g‘ri kelayotgan daromadning o‘lchamiga to‘liq bog‘liqdir. Turli omillar ta’siri natijasida bu o‘lcham ortishi yoki qisqarishi ham mumkin. SHuning uchun ham iste’molning odatdagi darajasini ushlab (saqlab) turishni olingan daromadlarning turli fondlarga taqsimlanishi va ularning maqsadli foydalanishi ustidan nazoratsiz tasavvur etib bo‘lmaydi. SHuningdek, uy xo‘jaliklarining farovonligini qo‘llab- quvvatlash va ularni taraqqiy ettirish (rivojlantirish) uchun ular byudjetlarining holatlari,
ularga tegishli bo‘lgan daromadlarning taqsimlanishi, daromad manbalarining dinamikasi
ustidan nazorat ham ob’yektiv ravishda zarur. Ana shularda  uy xo‘jaliklari moliyasining
nazorat funksiyasi o‘zini namoyon etadi.
Uy  xo‘jaliklari  moliyasi  tartibga  solish  (tartiblash)  funksiyasining namoyon
bo‘lishini quyidagi ikki nuqtai-nazardan qarash maqsadga muvofiq:
-makroiqtisodiyot;
-mikroiqtisodiyot.
Makroiqtisodiy yondoshuv nuqtai-nazaridan uy xo‘jaliklari moliyasi, bir vaqtning
o‘zida,  davlat  tomonidan  iqtisodiyotni  tartibga  solishning  (tartiblashning)  ob’yekti  va
instrumenti hisoblanadi. 
Uy xo‘jaliklari moliyasini tartibga solaverib (tartiblab), davlat, eng avvalo:
-bozor  munosabatlariga  xos  bo‘lgan  daromadlarni  differensiatsiya  qilish
(tabaqalashtirish) muammosining o‘tkirligini kamaytiradi;
-aholi daromadlari manbaining tarkibiy tuzilishi va dinamikasidagi (o‘zgarishidagi)
tendensiyalarni  shakllantiradi;
-iste’molning minimal (eng kam) darajasini tartibga soladi (tartiblaydi);
-uy xo‘jaliklarining investitsion potensialiga (salohiyatiga) ta’sir ko‘rsatadi.
Mikroiqtisodiy yondoshuv nuqtai - nazaridan esa uy xo‘jaliklarining iqtisodiyoti
uning  turli  ishtirokchilari  o‘rtasidagi  etarli  darajada  murakkab  bo‘lgan  munosabatlar
kompleksiga asoslanadi. Bu munosabatlar yosh borasidagi farqlar, xarakterning belgilari,
odamlarning  qiliqlari,  ular  daromadlari  va  ehtiyojlarining  xilma  -  xil  darajasi  bilan
belgilanadi. SHu bilan birgalikda,  faqat uning ishtirokchilari iqtisodiy (moliyaviy) qarorlar
qabul qilishda o‘zaro tushunishga ega (yakdil) bo‘lsalargina, uy xo‘jaliklarining sog‘lom
(normal) rivojlanishi sodir bo‘lishi mumkin.
O‘z  navbatida,  uy  xo‘jaliklarining  turli  ishtirokchilari  iqtisodiy  manfaatlarini
muvofiqlashtirish ularni tartibga solish orqali amalga oshiriladi. Bu erda “ularni tartibga
solish” deyilganda, uy xo‘jaligining bir a’zosiga to‘g‘ri keladigan daromad bir qismining
o‘zgartirilishi nazarda tutilayapti. Demak, bundan uy xo‘jaliklari moliyasining yana bir
funksiyani -iqtisodiy birlik sifatida uy xo‘jaligining balanslashtirilgan (muvozanatli) tarzda
rivojlanishini qo‘llab - quvvatlovchi tartibga solish funksiyasini -bajarishi yaqqol ko‘rinib
turibdi.
Uy xo‘jaliklari moliyasining rag‘batlantiruvchi funksiyasi turli shakl va mazmunda
Logotip
ularga tegishli bo‘lgan daromadlarning taqsimlanishi, daromad manbalarining dinamikasi ustidan nazorat ham ob’yektiv ravishda zarur. Ana shularda uy xo‘jaliklari moliyasining nazorat funksiyasi o‘zini namoyon etadi. Uy xo‘jaliklari moliyasi tartibga solish (tartiblash) funksiyasining namoyon bo‘lishini quyidagi ikki nuqtai-nazardan qarash maqsadga muvofiq: -makroiqtisodiyot; -mikroiqtisodiyot. Makroiqtisodiy yondoshuv nuqtai-nazaridan uy xo‘jaliklari moliyasi, bir vaqtning o‘zida, davlat tomonidan iqtisodiyotni tartibga solishning (tartiblashning) ob’yekti va instrumenti hisoblanadi. Uy xo‘jaliklari moliyasini tartibga solaverib (tartiblab), davlat, eng avvalo: -bozor munosabatlariga xos bo‘lgan daromadlarni differensiatsiya qilish (tabaqalashtirish) muammosining o‘tkirligini kamaytiradi; -aholi daromadlari manbaining tarkibiy tuzilishi va dinamikasidagi (o‘zgarishidagi) tendensiyalarni shakllantiradi; -iste’molning minimal (eng kam) darajasini tartibga soladi (tartiblaydi); -uy xo‘jaliklarining investitsion potensialiga (salohiyatiga) ta’sir ko‘rsatadi. Mikroiqtisodiy yondoshuv nuqtai - nazaridan esa uy xo‘jaliklarining iqtisodiyoti uning turli ishtirokchilari o‘rtasidagi etarli darajada murakkab bo‘lgan munosabatlar kompleksiga asoslanadi. Bu munosabatlar yosh borasidagi farqlar, xarakterning belgilari, odamlarning qiliqlari, ular daromadlari va ehtiyojlarining xilma - xil darajasi bilan belgilanadi. SHu bilan birgalikda, faqat uning ishtirokchilari iqtisodiy (moliyaviy) qarorlar qabul qilishda o‘zaro tushunishga ega (yakdil) bo‘lsalargina, uy xo‘jaliklarining sog‘lom (normal) rivojlanishi sodir bo‘lishi mumkin. O‘z navbatida, uy xo‘jaliklarining turli ishtirokchilari iqtisodiy manfaatlarini muvofiqlashtirish ularni tartibga solish orqali amalga oshiriladi. Bu erda “ularni tartibga solish” deyilganda, uy xo‘jaligining bir a’zosiga to‘g‘ri keladigan daromad bir qismining o‘zgartirilishi nazarda tutilayapti. Demak, bundan uy xo‘jaliklari moliyasining yana bir funksiyani -iqtisodiy birlik sifatida uy xo‘jaligining balanslashtirilgan (muvozanatli) tarzda rivojlanishini qo‘llab - quvvatlovchi tartibga solish funksiyasini -bajarishi yaqqol ko‘rinib turibdi. Uy xo‘jaliklari moliyasining rag‘batlantiruvchi funksiyasi turli shakl va mazmunda
o‘zini ifoda etadi. Bir tomondan, u o‘z o‘sib boruvchi ehtiyojlarini (ehtiyojlarning o‘sib
borishi ob’yektiv iqtisodiy qonunining harakatiga muvofiq ravishda) qondirish uchun zarur
bo‘lgan daromadlarni uy xo‘jaliklari tomonidan oshirishga intilish tufayli namoyon bo‘ladi.
Boshqa bir tomondan esa, uy xo‘jaliklari daromadlarining o‘sishi mehnat faoliyatining sifati
va natijalariga asoslangan bo‘lmog‘i lozim.
Uy xo‘jaliklari moliyasining rag‘batlantiruvchi funksiyasi aholi real daromadlarining
o‘sishiga yo‘naltirilgan ishlab chiqarish jarayonining rivojlanishiga va samarali byudjet
siyosatiga  asoslangan  rag‘batlantiruvchi  moliya  mexanizmini  (moliyaviy  mexanizmni)
yaratish orqali amalga oshiriladi.
Uy xo‘jaliklari moliyasi amal qilishining ijtimoiy aspektlari (yo‘nalishlari, jihatlari)
unga  tegishli  bo‘lgan  yuqoridagi  barcha  funksiyalarning  tahlilida  kuzatiladi.  SHunday
bo‘lishiga qaramasdan, ijtimoiy funksiyaning uy xo‘jaliklari moliyasiga tegishli bo‘lgan
alohida funksiya  sifatida  qaralishini,  ma’lum  ma’noda, etarli  darajada  asoslangan  deb
hisoblash mumkin. CHunki uy xo‘jaliklarining daromadlari, xarajatlari va jamg‘armalari
aholi va uning alohida guruhlari ijtimoiy-iqtisodiy holatini bevosita aks ettiradi, shaxsning
shakllanishi va demografik jarayonlarga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi.
Ana  shu  ma’noda,  uy  xo‘jaliklari  moliyasi  jamiyat  barcha  a’zolarining  hayotiy
ta’minlanish darajasini shakllantirish va iste’mol talabi tarkibiy tuzilishining xususiyatlarini
aniqlaydi, aholi daromadlarini taqsimlashdagi bog‘liqliklarni ifodalaydi, jamiyat ijtimoiy-
iqtisodiy stratifikatsiyasiga ta’sir ko‘rsatuvchi asosiy omil bo‘lib hisoblanadi.
Moliyaviy  indikatorlar  (masalan,  o‘rtacha  jon  boshiga  to‘g‘ri  keluvchi  pul
daromadlari, aholi daromadlarining differensiatsiyalanish (tabaqalanish) koeffitsienti, hayot
ko‘rish  (yashash)  minimumi,  minimal  ish  haqi  va  boshqalar)  taraqqiyot  (rivojlanish)
ijtimoiy  -  iqtisodiy  dasturlarining  majburiy  elementi  hisoblanadi,  davlat  ijtimoiy
siyosatining  ishlab  chiqilishi  uchun  asos  bo‘lib  xizmat  qiladi,  jamiyatning  farovonlik
darajasini baholashga imkon beradi.
Uy  xo‘jaliklari  moliyasining  samarali  faoliyat  ko‘rsatishi  uy  xo‘jaliklaridagi
moliyaviy  munosabatlarning  masshtabi,  bu  munosabatlar  namoyon  bo‘lishi  xilma-
xilligining to‘liqligi va ularning rivojlanishini ta’minlovchi mexanizmlarga bog‘liqdir.
2.Uy xo‘jaliklarida moliyaviy qarorlar qabul qilishning o‘ziga xos xususiyatlari 
Uy xo‘jaligi  iqtisodiy  va  moliyaviy  qarorlarni  mustaqil  ravishda  qabul  qiluvchi
Logotip
o‘zini ifoda etadi. Bir tomondan, u o‘z o‘sib boruvchi ehtiyojlarini (ehtiyojlarning o‘sib borishi ob’yektiv iqtisodiy qonunining harakatiga muvofiq ravishda) qondirish uchun zarur bo‘lgan daromadlarni uy xo‘jaliklari tomonidan oshirishga intilish tufayli namoyon bo‘ladi. Boshqa bir tomondan esa, uy xo‘jaliklari daromadlarining o‘sishi mehnat faoliyatining sifati va natijalariga asoslangan bo‘lmog‘i lozim. Uy xo‘jaliklari moliyasining rag‘batlantiruvchi funksiyasi aholi real daromadlarining o‘sishiga yo‘naltirilgan ishlab chiqarish jarayonining rivojlanishiga va samarali byudjet siyosatiga asoslangan rag‘batlantiruvchi moliya mexanizmini (moliyaviy mexanizmni) yaratish orqali amalga oshiriladi. Uy xo‘jaliklari moliyasi amal qilishining ijtimoiy aspektlari (yo‘nalishlari, jihatlari) unga tegishli bo‘lgan yuqoridagi barcha funksiyalarning tahlilida kuzatiladi. SHunday bo‘lishiga qaramasdan, ijtimoiy funksiyaning uy xo‘jaliklari moliyasiga tegishli bo‘lgan alohida funksiya sifatida qaralishini, ma’lum ma’noda, etarli darajada asoslangan deb hisoblash mumkin. CHunki uy xo‘jaliklarining daromadlari, xarajatlari va jamg‘armalari aholi va uning alohida guruhlari ijtimoiy-iqtisodiy holatini bevosita aks ettiradi, shaxsning shakllanishi va demografik jarayonlarga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Ana shu ma’noda, uy xo‘jaliklari moliyasi jamiyat barcha a’zolarining hayotiy ta’minlanish darajasini shakllantirish va iste’mol talabi tarkibiy tuzilishining xususiyatlarini aniqlaydi, aholi daromadlarini taqsimlashdagi bog‘liqliklarni ifodalaydi, jamiyat ijtimoiy- iqtisodiy stratifikatsiyasiga ta’sir ko‘rsatuvchi asosiy omil bo‘lib hisoblanadi. Moliyaviy indikatorlar (masalan, o‘rtacha jon boshiga to‘g‘ri keluvchi pul daromadlari, aholi daromadlarining differensiatsiyalanish (tabaqalanish) koeffitsienti, hayot ko‘rish (yashash) minimumi, minimal ish haqi va boshqalar) taraqqiyot (rivojlanish) ijtimoiy - iqtisodiy dasturlarining majburiy elementi hisoblanadi, davlat ijtimoiy siyosatining ishlab chiqilishi uchun asos bo‘lib xizmat qiladi, jamiyatning farovonlik darajasini baholashga imkon beradi. Uy xo‘jaliklari moliyasining samarali faoliyat ko‘rsatishi uy xo‘jaliklaridagi moliyaviy munosabatlarning masshtabi, bu munosabatlar namoyon bo‘lishi xilma- xilligining to‘liqligi va ularning rivojlanishini ta’minlovchi mexanizmlarga bog‘liqdir. 2.Uy xo‘jaliklarida moliyaviy qarorlar qabul qilishning o‘ziga xos xususiyatlari Uy xo‘jaligi iqtisodiy va moliyaviy qarorlarni mustaqil ravishda qabul qiluvchi
xo‘jalik yurituvchi sub’yektdir. Bir vaqtning o‘zida, u  faoliyati butun uy xo‘jaligining jami
va uning har  bir  ishtirokchisining ijtimoiy namoyon bo‘lishi  va rivojlanishiga  xizmat
qiluvchi mikrosotsium ham hisoblanadi. Ijtimoiy - iqtisodiy tizimdagi uy xo‘jaligining
bunday o‘rni (pozitsiyalari) uning maqsadga yo‘naltirilganligi faoliyati va u tomonidan
qabul qilinishi lozim bo‘lgan qarorlarning o‘ziga xosligini belgilab beradi.
Bolalar tarbiyasi, bilimlilik darajasining o‘sishi, sog‘liqni saqlash masalalari, dam
olishni tashkil etish, uy xo‘jaligi keksa a’zolari to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilish va boshqa
ijtimoiy maqsadlar uy xo‘jaligida birinchi darajali ahamiyat kasb etadi. 
Aynan ana shular uy xo‘jaligi ichida ma’lum bir o‘zaro hamkorlikning (ta’sirning)
normalari (me’yorlari) va qarorlar qabul qilishning ko‘zga ko‘rinmaydigan mexanizmlarini
(hayotiy tajriba, an’analar, sub’yektiv ravishda ustuvorlik berish, jamoatchilik fikri va
shunga  o‘xshashlarni)  shakllantiradi.  Amalga  oshirilishi  uning  ishtirokchilari  hayotiy
faoliyatini ta’minlab (ushlab) turish uchun zarur bo‘lgan to‘lanmagan ishlar salmog‘ining
ancha kattaligi uy xo‘jaligining o‘ziga xos bo‘lgan xususiyatlaridan biridir.
To‘langan va to‘lanmagan ishlar ko‘rinishlari o‘rtasidagi nisbat tarixiy  jihatdan
o‘zgarib boradi va u uy xo‘jaligining ijtimoiy tarkibi hamda  butun jamiyatning ijtimoiy
taraqqiyot (rivojlanish) darajasiga bog‘liq.
Uy xo‘jaligi tomonidan moliyaviy qarorlar qabul qilinadigan normalar va qoidalar
tashqi omillar ta’siri natijasida shakllanadi. Bunday tashqi omillarga quyidagilar kiradi:
-ijtimoiy munosabatlarni me’yoriy-huquqiy tartibga solish;
-umumiy iqtisodiy vaziyat;
-tarkibiy o‘zgarishlar;
-inflyasion kutilishlar;
-investitsion muhit;
-davlatning ijtimoiy siyosati;
-va boshqalar.
Tashqi omillar moliyaviy qaror qabul qilishda institutsional chegaralarni aniqlab
(belgilab)  beradi.  Bir  vaqtning  o‘zida,  iqtisodiy  faoliyatning  sub’yekti  sifatida  uy
xo‘jaliklari maqsad va unga erishish vositalarini tanlashda mustaqil  hisoblanadilar va qabul
qilingan iqtisodiy va moliyaviy qarorlar uchun mas’uldirlar (javobgardirlar).
Uy  xo‘jaligining  moliyaviy  xatti-harakati  quriladigan  (yaratiladigan,  vujudga
keltiriladigan) ichki me’yorlar tizimi quyidagilarga bog‘liq:
Logotip
xo‘jalik yurituvchi sub’yektdir. Bir vaqtning o‘zida, u faoliyati butun uy xo‘jaligining jami va uning har bir ishtirokchisining ijtimoiy namoyon bo‘lishi va rivojlanishiga xizmat qiluvchi mikrosotsium ham hisoblanadi. Ijtimoiy - iqtisodiy tizimdagi uy xo‘jaligining bunday o‘rni (pozitsiyalari) uning maqsadga yo‘naltirilganligi faoliyati va u tomonidan qabul qilinishi lozim bo‘lgan qarorlarning o‘ziga xosligini belgilab beradi. Bolalar tarbiyasi, bilimlilik darajasining o‘sishi, sog‘liqni saqlash masalalari, dam olishni tashkil etish, uy xo‘jaligi keksa a’zolari to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilish va boshqa ijtimoiy maqsadlar uy xo‘jaligida birinchi darajali ahamiyat kasb etadi. Aynan ana shular uy xo‘jaligi ichida ma’lum bir o‘zaro hamkorlikning (ta’sirning) normalari (me’yorlari) va qarorlar qabul qilishning ko‘zga ko‘rinmaydigan mexanizmlarini (hayotiy tajriba, an’analar, sub’yektiv ravishda ustuvorlik berish, jamoatchilik fikri va shunga o‘xshashlarni) shakllantiradi. Amalga oshirilishi uning ishtirokchilari hayotiy faoliyatini ta’minlab (ushlab) turish uchun zarur bo‘lgan to‘lanmagan ishlar salmog‘ining ancha kattaligi uy xo‘jaligining o‘ziga xos bo‘lgan xususiyatlaridan biridir. To‘langan va to‘lanmagan ishlar ko‘rinishlari o‘rtasidagi nisbat tarixiy jihatdan o‘zgarib boradi va u uy xo‘jaligining ijtimoiy tarkibi hamda butun jamiyatning ijtimoiy taraqqiyot (rivojlanish) darajasiga bog‘liq. Uy xo‘jaligi tomonidan moliyaviy qarorlar qabul qilinadigan normalar va qoidalar tashqi omillar ta’siri natijasida shakllanadi. Bunday tashqi omillarga quyidagilar kiradi: -ijtimoiy munosabatlarni me’yoriy-huquqiy tartibga solish; -umumiy iqtisodiy vaziyat; -tarkibiy o‘zgarishlar; -inflyasion kutilishlar; -investitsion muhit; -davlatning ijtimoiy siyosati; -va boshqalar. Tashqi omillar moliyaviy qaror qabul qilishda institutsional chegaralarni aniqlab (belgilab) beradi. Bir vaqtning o‘zida, iqtisodiy faoliyatning sub’yekti sifatida uy xo‘jaliklari maqsad va unga erishish vositalarini tanlashda mustaqil hisoblanadilar va qabul qilingan iqtisodiy va moliyaviy qarorlar uchun mas’uldirlar (javobgardirlar). Uy xo‘jaligining moliyaviy xatti-harakati quriladigan (yaratiladigan, vujudga keltiriladigan) ichki me’yorlar tizimi quyidagilarga bog‘liq:
- ijtimoiy - madaniy muhit, xususan, ijtimoiy holati, bilimlilik  (savodxonlik) darajasi,
uy xo‘jaligidan tashqaridagi va uning ichidagi ijtimoiy aloqalar (kontaktlar), dam olish
shakllari va boshqalarga;
- uy xo‘jaligi faoliyatining iqtisodiy va huquqiy tavsifnomasi, shu jumladan, iqtisodiy
xatti-harakatning  tipiga  (o‘z  -  o‘zini  ta’minlash,  hayot  uchun  kurash  yoki  rivojlanish
rejimiga), tadbirkor maqomining yuridik jihatdan muhrlanganligiga va boshqalarga;
-  axloqiy  prinsiplarga,  shaxsiy  salohiyatiga  -  bunga   fikr  yuritishning  o‘ziga  xos
xususiyatlari, risk tomon qadam tashlashga qodirligi va xokazolar kiradi.
Uy xo‘jaligining moliyaviy qarorini resurs jihatdan ta’minlash quyidagi manbalar
hisobidan amalga oshiriladi:
-dastlabki (boshlang‘ich) manbalar;
-jamg‘ariladigan  manbalar;
-joriy manbalar.
Resurslar  dastlabki  (boshlang‘ich)  manbalarining  tarkibi   meros  bo‘yicha  yoki
ko‘chmas mulk, naqd pullar (naqdinalar), moliyaviy aktivlarning hadya etilishi natijasida
berilgan  boyliklarning turli moddiy shakllaridan iborat. Uy xo‘jaliklarining jamg‘armalari
va  investitsion  quyilmalari  resurslarning  jamg‘ariladigan  manbasini  tashkil  etadi.
Resurlarning joriy manbalariga doimiy tushilmalar (mehnat haqi, tadbirkorlik faoliyatidan
olinadigan  daromadlar,  ijtimoiy  transfertlar)  va  nodoimiy  pulli  daromadlar  (masalan,
iste’mol krediti, lotereyadagi yutuqlar) kiradi.  
Kerakli fondlarni shakllantirish uchun uy xo‘jaligining ixtiyoriga kelib tushuvchi pul
mablag‘larining barcha manbalari uy xo‘jaligining moliyaviy resurslarini tashkil etadi. 
Funksional  mo‘ljallanganligiga  ko‘ra  uy  xo‘jaliklarining  moliyaviy  resurslari
quyidagi tarkibiy tuzilmaga ega bo‘lishi mumkin:
- joriy xarajatlar uchun mo‘ljallangan pul mablag‘lari – oziq-ovqat mahsulotlari,
nooziq-ovqat mahsulotlarining ayrim turlarini (poyafzal, ust-bosh) sotib olish xarajatlari,
davriy ravishda iste’mol qilinadigan xizmatlarning haqi va xokazo;
- kapital xarajatlar uchun mo‘ljallangan pul mablag‘lari-uzoq davr foydalanishga
mo‘ljallangan tovarlar (mebel, uy-joy, transport vositalari) uchun xarajatlar, uy xo‘jaligi
a’zolari tomonidan iste’mol qilinadigan xizmatlarning (maorif, tibbiy xizmat ko‘rsatish,
sayyohlik yo‘llanmalari) haqini to‘lash;
- pul jamg‘armalari.
Logotip
- ijtimoiy - madaniy muhit, xususan, ijtimoiy holati, bilimlilik (savodxonlik) darajasi, uy xo‘jaligidan tashqaridagi va uning ichidagi ijtimoiy aloqalar (kontaktlar), dam olish shakllari va boshqalarga; - uy xo‘jaligi faoliyatining iqtisodiy va huquqiy tavsifnomasi, shu jumladan, iqtisodiy xatti-harakatning tipiga (o‘z - o‘zini ta’minlash, hayot uchun kurash yoki rivojlanish rejimiga), tadbirkor maqomining yuridik jihatdan muhrlanganligiga va boshqalarga; - axloqiy prinsiplarga, shaxsiy salohiyatiga - bunga fikr yuritishning o‘ziga xos xususiyatlari, risk tomon qadam tashlashga qodirligi va xokazolar kiradi. Uy xo‘jaligining moliyaviy qarorini resurs jihatdan ta’minlash quyidagi manbalar hisobidan amalga oshiriladi: -dastlabki (boshlang‘ich) manbalar; -jamg‘ariladigan manbalar; -joriy manbalar. Resurslar dastlabki (boshlang‘ich) manbalarining tarkibi meros bo‘yicha yoki ko‘chmas mulk, naqd pullar (naqdinalar), moliyaviy aktivlarning hadya etilishi natijasida berilgan boyliklarning turli moddiy shakllaridan iborat. Uy xo‘jaliklarining jamg‘armalari va investitsion quyilmalari resurslarning jamg‘ariladigan manbasini tashkil etadi. Resurlarning joriy manbalariga doimiy tushilmalar (mehnat haqi, tadbirkorlik faoliyatidan olinadigan daromadlar, ijtimoiy transfertlar) va nodoimiy pulli daromadlar (masalan, iste’mol krediti, lotereyadagi yutuqlar) kiradi. Kerakli fondlarni shakllantirish uchun uy xo‘jaligining ixtiyoriga kelib tushuvchi pul mablag‘larining barcha manbalari uy xo‘jaligining moliyaviy resurslarini tashkil etadi. Funksional mo‘ljallanganligiga ko‘ra uy xo‘jaliklarining moliyaviy resurslari quyidagi tarkibiy tuzilmaga ega bo‘lishi mumkin: - joriy xarajatlar uchun mo‘ljallangan pul mablag‘lari – oziq-ovqat mahsulotlari, nooziq-ovqat mahsulotlarining ayrim turlarini (poyafzal, ust-bosh) sotib olish xarajatlari, davriy ravishda iste’mol qilinadigan xizmatlarning haqi va xokazo; - kapital xarajatlar uchun mo‘ljallangan pul mablag‘lari-uzoq davr foydalanishga mo‘ljallangan tovarlar (mebel, uy-joy, transport vositalari) uchun xarajatlar, uy xo‘jaligi a’zolari tomonidan iste’mol qilinadigan xizmatlarning (maorif, tibbiy xizmat ko‘rsatish, sayyohlik yo‘llanmalari) haqini to‘lash; - pul jamg‘armalari.
Uy xo‘jaliklari ma’lum davrdagi moliyaviy qarorlarining majmui ularning moliyaviy
xatti - harakatini belgilab (aniqlab) beradi. Moliyaviy qarorlarni qabul qilishda sub’yektiv
motivlar, ustuvorliklar va cheklanmalar  rolining katta bo‘lganligi uchun bunday xatti-
harakat juda xilma - xildir. Buning ustiga, uy xo‘jaliklarining moliyaviy xatti-harakati
dinamikali, tez o‘zgaruvchan jarayon hisoblanadi. 
SHu  munosabat  bilan  uy  xo‘jaliklarining  moliyaviy  qarorlari  miqdoriy  va  sifat
pozitsiyalaridan  (shu  jumladan,  marketingli),  iqtisodiyot,  sotsiologiya  va  ijtimoiy
psixologiya nuqtai-nazarlaridan tadqiq etiladi. Bu narsa uy xo‘jaligining jamg‘arma va
investitsion salohiyatini o‘rganish, uning iste’mol, qarz va kreditga oid xatti - harakatini
tahlil qilish uchun zarur. Jahon amaliyotida bunday tadqiqotlar ijtimoiy ustuvorlik, fikr va
kutilmalarda sodir bo‘layotgan transformatsiyalanishni aniqlash maqsadida doimiy ravishda
olib boriladi.
Uy xo‘jaligidagi moliyaviy qarorlar, qanday bo‘lishidan qat’iy-nazar, baribir ularning
pul fondlarini shakllantirish va ulardan foydalanish bilan bog‘liq. SHu nuqtai-nazardan, uy
xo‘jaliklarining  moliyaviy  qarorlari  bir-biri  bilan  uzviy  ravishda  bog‘langan  quyidagi
bloklarni qamrab oladi:
- uy xo‘jaligining daromadlarini shakllantirish;
- iste’mol xarajatlarining hajmi va tarkibiy tuzilmasi (uy xo‘jaligining iste’mol fondi);
- jamg‘ariladigan fondlarni yaratish imkoniyati va zarurligi.
YUqorida  keltirilgan  ikkinchi  va  uchinchi  yo‘nalishlar,  ko‘rinib  turibdiki,  pul
fondlaridan foydalanishga doir moliyaviy qarorlarni qamrab oladi. Endi har bir blokka
(yo‘nalishga)  tegishli  bo‘lgan  uy  xo‘jaliklarida  moliyaviy  qarorlar  qabul  qilishning
xususiyatlari to‘g‘risida to‘xtalib o‘tamiz.
YAkuniy  iste’molning  manbai  va  xarajatlarda  byudjet  cheklanmalarini  aniqlab
berganligi uchun uy xo‘jaliklarida daromadlarni shakllantirish  jarayoni prinsipial jihatdan
muhim ahamiyatga ega. Daromadlar qancha katta (yuqori, ko‘p) bo‘lsa, uy xo‘jaliklarining
moliyaviy imkoniyatlari shuncha yuqori va moliyaviy qarorlar diapazoni shuncha keng
bo‘ladi. Moliyaviy qarorlar uy xo‘jaliklarining aktivlarini hisobga olgan holda kelgusi davr
daromadlarining tarkibiy tuzilmasini shakllantirishga ham tegishli bo‘lishi mumkin.
Bozor  iqtisodiyoti  sharoitida  uy  xo‘jaliklarining  daromadlarini  shakllantirish
bo‘yicha  moliyaviy qarorlar  qabul  qilish  asosida (negizida)  mulkchilik munosabatlari
yotadi. Ishlab chiqarish omillariga nisbatan bo‘lgan mulkchilik daromadlarni funksional
Logotip
Uy xo‘jaliklari ma’lum davrdagi moliyaviy qarorlarining majmui ularning moliyaviy xatti - harakatini belgilab (aniqlab) beradi. Moliyaviy qarorlarni qabul qilishda sub’yektiv motivlar, ustuvorliklar va cheklanmalar rolining katta bo‘lganligi uchun bunday xatti- harakat juda xilma - xildir. Buning ustiga, uy xo‘jaliklarining moliyaviy xatti-harakati dinamikali, tez o‘zgaruvchan jarayon hisoblanadi. SHu munosabat bilan uy xo‘jaliklarining moliyaviy qarorlari miqdoriy va sifat pozitsiyalaridan (shu jumladan, marketingli), iqtisodiyot, sotsiologiya va ijtimoiy psixologiya nuqtai-nazarlaridan tadqiq etiladi. Bu narsa uy xo‘jaligining jamg‘arma va investitsion salohiyatini o‘rganish, uning iste’mol, qarz va kreditga oid xatti - harakatini tahlil qilish uchun zarur. Jahon amaliyotida bunday tadqiqotlar ijtimoiy ustuvorlik, fikr va kutilmalarda sodir bo‘layotgan transformatsiyalanishni aniqlash maqsadida doimiy ravishda olib boriladi. Uy xo‘jaligidagi moliyaviy qarorlar, qanday bo‘lishidan qat’iy-nazar, baribir ularning pul fondlarini shakllantirish va ulardan foydalanish bilan bog‘liq. SHu nuqtai-nazardan, uy xo‘jaliklarining moliyaviy qarorlari bir-biri bilan uzviy ravishda bog‘langan quyidagi bloklarni qamrab oladi: - uy xo‘jaligining daromadlarini shakllantirish; - iste’mol xarajatlarining hajmi va tarkibiy tuzilmasi (uy xo‘jaligining iste’mol fondi); - jamg‘ariladigan fondlarni yaratish imkoniyati va zarurligi. YUqorida keltirilgan ikkinchi va uchinchi yo‘nalishlar, ko‘rinib turibdiki, pul fondlaridan foydalanishga doir moliyaviy qarorlarni qamrab oladi. Endi har bir blokka (yo‘nalishga) tegishli bo‘lgan uy xo‘jaliklarida moliyaviy qarorlar qabul qilishning xususiyatlari to‘g‘risida to‘xtalib o‘tamiz. YAkuniy iste’molning manbai va xarajatlarda byudjet cheklanmalarini aniqlab berganligi uchun uy xo‘jaliklarida daromadlarni shakllantirish jarayoni prinsipial jihatdan muhim ahamiyatga ega. Daromadlar qancha katta (yuqori, ko‘p) bo‘lsa, uy xo‘jaliklarining moliyaviy imkoniyatlari shuncha yuqori va moliyaviy qarorlar diapazoni shuncha keng bo‘ladi. Moliyaviy qarorlar uy xo‘jaliklarining aktivlarini hisobga olgan holda kelgusi davr daromadlarining tarkibiy tuzilmasini shakllantirishga ham tegishli bo‘lishi mumkin. Bozor iqtisodiyoti sharoitida uy xo‘jaliklarining daromadlarini shakllantirish bo‘yicha moliyaviy qarorlar qabul qilish asosida (negizida) mulkchilik munosabatlari yotadi. Ishlab chiqarish omillariga nisbatan bo‘lgan mulkchilik daromadlarni funksional
(birlamchi)  taqsimlanishini  aniqlab  beradi  va  uy  xo‘jaliklari  moliyaviy  salohiyatining
o‘sishi  uchun  iqtisodiy  asos  bo‘lib  xizmat  qiladi.  Bir  vaqtning  o‘zida  daromadning
funksional  taqsimlanishi  yollanib mehnat  qiluvchi  shaxs  va kapital  egasining  ijtimoiy
maqomi bir tarzda (bir xilda) identifikatsiya qilingan sharoitdagina uni fuqarolar o‘rtasida
real taqsimlanishini ifodalaydi. 
CHunki zamonaviy iqtisodiy tizimlarning o‘ziga xos xususiyati ijtimoiy maqomning
aralashib  (qorishib)  ketganligi  bilan  xarakterlanadi.  Unga  ko‘ra,  yollanma  ishchilar
qimmatli  qog‘ozlarning  turli  ko‘rinishlarini  egallab,  kapitalning  egasiga  aylanishi,
ko‘chmas mulkka ega bo‘lib, o‘zining biznesini tashkil qilishi mumkin. 
Boshqacha  so‘zlar  bilan  aytganda,  uy  xo‘jaliklari  darajasida  daromadlarni
shakllantirish bo‘yicha moliyaviy qarorlar quyidagilarga bog‘liq bo‘ladi:
-mol-mulk  va  undan  foydalanish  (buyumlashgan  yoki  pul  shaklida)  imkoniyatining
mavjudligiga;
-uy xo‘jaligi ishtirokchilari ish vaqti fondining taqsimlanishiga – uy xo‘jaligi a’zolari
ishlovchilarining soni, ularning ish joylari, ish vaqti rejimi va xokazo;
-uy  xo‘jaligi  a’zolarining  tashabbuskorligiga,  faolligiga  va  inson  kapitalidan
foydalanishga;
-uy xo‘jaligi faoliyat ko‘rsatadigan tashqi muhitga.
Daromadlarni shakllantirish omillari va baholarning darajasi bu erda cheklanmalar
(cheklanishlar) sifatida amal qiladi, ya’ni iste’mol tanlanmasining yo‘l qo‘yilishi mumkin
bo‘lgan variantlari majmuini belgilab (aniqlab) beradi. 
Ana shu nuqtai - nazardan uy xo‘jaliklarining iste’mol fondi minimal va ratsional
iste’mol  byudjetlari  yoki  yanada  detallashtirilgan  tarzda  quyidagicha  klassifikatsiya
qilinishi mumkin:
-hayotiy minimum byudjeti;
-minimal iste’mol byudjeti;
-optimal iste’mol byudjeti.
Hayotiy minimum byudjeti o‘z ichiga uy xo‘jaligi a’zolarining minimal, odatda,
fiziologik ehtiyojlarini qondirishga mo‘ljallangan oziq - ovqat va nooziq - ovqat tovarlari va
xizmatlari to‘plamini qamrab oluvchi iste’mol savatchasi asosida aniqlanadi.
Minimal  iste’mol  byudjeti  uy  xo‘jaligi  a’zolarining  nisbatan  kengroq  bo‘lgan
ehtiyojlarini  qondirishga  imkon  beradi  va  iste’molning  tiklanuvchi  (tiklanuvchan)
Logotip
(birlamchi) taqsimlanishini aniqlab beradi va uy xo‘jaliklari moliyaviy salohiyatining o‘sishi uchun iqtisodiy asos bo‘lib xizmat qiladi. Bir vaqtning o‘zida daromadning funksional taqsimlanishi yollanib mehnat qiluvchi shaxs va kapital egasining ijtimoiy maqomi bir tarzda (bir xilda) identifikatsiya qilingan sharoitdagina uni fuqarolar o‘rtasida real taqsimlanishini ifodalaydi. CHunki zamonaviy iqtisodiy tizimlarning o‘ziga xos xususiyati ijtimoiy maqomning aralashib (qorishib) ketganligi bilan xarakterlanadi. Unga ko‘ra, yollanma ishchilar qimmatli qog‘ozlarning turli ko‘rinishlarini egallab, kapitalning egasiga aylanishi, ko‘chmas mulkka ega bo‘lib, o‘zining biznesini tashkil qilishi mumkin. Boshqacha so‘zlar bilan aytganda, uy xo‘jaliklari darajasida daromadlarni shakllantirish bo‘yicha moliyaviy qarorlar quyidagilarga bog‘liq bo‘ladi: -mol-mulk va undan foydalanish (buyumlashgan yoki pul shaklida) imkoniyatining mavjudligiga; -uy xo‘jaligi ishtirokchilari ish vaqti fondining taqsimlanishiga – uy xo‘jaligi a’zolari ishlovchilarining soni, ularning ish joylari, ish vaqti rejimi va xokazo; -uy xo‘jaligi a’zolarining tashabbuskorligiga, faolligiga va inson kapitalidan foydalanishga; -uy xo‘jaligi faoliyat ko‘rsatadigan tashqi muhitga. Daromadlarni shakllantirish omillari va baholarning darajasi bu erda cheklanmalar (cheklanishlar) sifatida amal qiladi, ya’ni iste’mol tanlanmasining yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan variantlari majmuini belgilab (aniqlab) beradi. Ana shu nuqtai - nazardan uy xo‘jaliklarining iste’mol fondi minimal va ratsional iste’mol byudjetlari yoki yanada detallashtirilgan tarzda quyidagicha klassifikatsiya qilinishi mumkin: -hayotiy minimum byudjeti; -minimal iste’mol byudjeti; -optimal iste’mol byudjeti. Hayotiy minimum byudjeti o‘z ichiga uy xo‘jaligi a’zolarining minimal, odatda, fiziologik ehtiyojlarini qondirishga mo‘ljallangan oziq - ovqat va nooziq - ovqat tovarlari va xizmatlari to‘plamini qamrab oluvchi iste’mol savatchasi asosida aniqlanadi. Minimal iste’mol byudjeti uy xo‘jaligi a’zolarining nisbatan kengroq bo‘lgan ehtiyojlarini qondirishga imkon beradi va iste’molning tiklanuvchi (tiklanuvchan)
darajasini ta’minlaydi.
Optimal iste’mol byudjeti esa uy xo‘jaligi darajasida (doirasida) inson kapitalini
kengaytirilgan takror ishlab chiqarishni ta’minlash va rivojlantirishga moliyaviy imkoniyat
yaratadi. CHunki bu byudjet  insonning faqat zaruriy ehtiyojlarini emas, balki undan ham
yuqoriroq (oliyroq) bo‘lgan ehtiyojlarini qondiradi. 
Optimal iste’mol byudjetini quyidagi ikki darajadagi byudjetlarga bo‘lish (ajratish)
mumkin:
- o‘rtacha darajadagi etarlilik byudjeti;
- yuqori darajadagi etarlilik byudjeti.
Iste’molga xarajatlarning har qanday ko‘rinishi  va uning umumiy hajmiga oid har
qanday moliyaviy qarorlar uy xo‘jaliklari ma’lum ko‘rinishdagi byudjetlari doirasidagi
ratsional tanlashga asoslanadi. Agar uy xo‘jaligining daromadi faqat  hayotiy minimumni
qoplashga  etadigan  bo‘lsa,  u  holda   moliyaviy  qarorlar  uy  xo‘jaligi  iste’mol  fondini
minimallashtirishga  va  bir  vaqtning  o‘zida  daromadlarning  yangi  manbalarini  qidirib
topishga hamda hayot kechirishning (chidashning) moslashtirilgan mexanizmlarini (o‘z -
o‘zini ta’minlash, ikkilamchi bandlik, qarindoshlar va davlatning yordami, mayda - chuyda
savdo va boshqalar) “yoqish”ga qaratilgan bo‘lishi kerak.
Daromadlarning o‘sishi bilan iste’molning o‘lchami (hajmi) oshadi (o‘sadi, ortadi) va
uning tarkibiy tuzilmasi o‘zgaradi. Biroq, bu holda ham iste’molning o‘sish sur’atlari
daromadning o‘sish sur’atlaridan pastligicha qolaverishi lozim. Bunday qonuniyat iqtisodiy
adabiyotda J.M.Keyns tomonidan ifodalangan “asosiy psixologik qonun” nomini olgan.
Moliyaviy  qarorlarda  bu  uy  xo‘jaligi  iste’mol  fondi  va  jamg‘armalar  yo‘nalishini
optimallashtirish tendensiyasi sifatida namoyon bo‘ladi. 
Jamg‘ariladigan  fondlarni  (jamg‘armalarni)  shakllantirish  bo‘yicha  uy
xo‘jaliklarining moliyaviy qarorlari ishlab chiqilib, qabul qilinayotgan paytda quyidagilar
hisobga olinishi kerak:
- ega bo‘lingan daromad pasaygan paytda joriy iste’molning odatdagi darajasini saqlab
turish uchun sug‘urta rezervlari yaratishning zarurligi;
- uzoq muddatga foydalanishga mo‘ljallangan qimmat turuvchi predmetlarni sotib olish
bilan  bog‘liq  bo‘lgan  kapital  xarajatlar  darajasini  oshirish  (ko‘paytirish)  uchun  pul
rezervlarini yaratish kerakligi;
- pensiya rezervlarining lozimligi;
Logotip
darajasini ta’minlaydi. Optimal iste’mol byudjeti esa uy xo‘jaligi darajasida (doirasida) inson kapitalini kengaytirilgan takror ishlab chiqarishni ta’minlash va rivojlantirishga moliyaviy imkoniyat yaratadi. CHunki bu byudjet insonning faqat zaruriy ehtiyojlarini emas, balki undan ham yuqoriroq (oliyroq) bo‘lgan ehtiyojlarini qondiradi. Optimal iste’mol byudjetini quyidagi ikki darajadagi byudjetlarga bo‘lish (ajratish) mumkin: - o‘rtacha darajadagi etarlilik byudjeti; - yuqori darajadagi etarlilik byudjeti. Iste’molga xarajatlarning har qanday ko‘rinishi va uning umumiy hajmiga oid har qanday moliyaviy qarorlar uy xo‘jaliklari ma’lum ko‘rinishdagi byudjetlari doirasidagi ratsional tanlashga asoslanadi. Agar uy xo‘jaligining daromadi faqat hayotiy minimumni qoplashga etadigan bo‘lsa, u holda moliyaviy qarorlar uy xo‘jaligi iste’mol fondini minimallashtirishga va bir vaqtning o‘zida daromadlarning yangi manbalarini qidirib topishga hamda hayot kechirishning (chidashning) moslashtirilgan mexanizmlarini (o‘z - o‘zini ta’minlash, ikkilamchi bandlik, qarindoshlar va davlatning yordami, mayda - chuyda savdo va boshqalar) “yoqish”ga qaratilgan bo‘lishi kerak. Daromadlarning o‘sishi bilan iste’molning o‘lchami (hajmi) oshadi (o‘sadi, ortadi) va uning tarkibiy tuzilmasi o‘zgaradi. Biroq, bu holda ham iste’molning o‘sish sur’atlari daromadning o‘sish sur’atlaridan pastligicha qolaverishi lozim. Bunday qonuniyat iqtisodiy adabiyotda J.M.Keyns tomonidan ifodalangan “asosiy psixologik qonun” nomini olgan. Moliyaviy qarorlarda bu uy xo‘jaligi iste’mol fondi va jamg‘armalar yo‘nalishini optimallashtirish tendensiyasi sifatida namoyon bo‘ladi. Jamg‘ariladigan fondlarni (jamg‘armalarni) shakllantirish bo‘yicha uy xo‘jaliklarining moliyaviy qarorlari ishlab chiqilib, qabul qilinayotgan paytda quyidagilar hisobga olinishi kerak: - ega bo‘lingan daromad pasaygan paytda joriy iste’molning odatdagi darajasini saqlab turish uchun sug‘urta rezervlari yaratishning zarurligi; - uzoq muddatga foydalanishga mo‘ljallangan qimmat turuvchi predmetlarni sotib olish bilan bog‘liq bo‘lgan kapital xarajatlar darajasini oshirish (ko‘paytirish) uchun pul rezervlarini yaratish kerakligi; - pensiya rezervlarining lozimligi;
-  uy  xo‘jaligining  daromadlilik  darajasini  oshirish  maqsadida  kelgusida
investitsiyalashtirish uchun pul fondini vujudga keltirishning zarurligi.
Daromadlar va ustuvor yo‘nalishlarni shakllantirish hamda ulardan foydalanishda
umumiqtisodiy  o‘lchamlardan  (parametrlardan)  tashqari  uy  xo‘jaligining  iste’mol  va
moliyaviy xatti - harakatida, jamg‘ariladigan fondlarni yaratishda ijtimoiy va psixologik
jihatlar (aspektlar) muhim rol o‘ynaydi. Ularga quyidagilar kiradi:
- davlat va moliyaviy institutlarga nisbatan bo‘lgan ishonch darajasi;
- o‘tmishdagi (oldingi yillardagi) moliyaviy xatti - harakat tajribasi va uning sub’yektiv
bahosi;
- asosiy moliyaviy instrumentlarni bilish;
- quyilmalarning imkoniyatlari to‘g‘risida ma’lumotlarga egalik qilish.
Jamg‘ariladigan fondlarni shakllantirish bo‘yicha uy xo‘jaliklari  moliyaviy xatti-
harakatlarining  o‘ziga  xos  xususiyatlari  jamg‘arma  strategiyalarining  elementlari  va
turlarini (ko‘rinishlarini) ajratib ko‘rsatishga imkon beradi. Uy xo‘jaligining har qanday
jamg‘ariladigan strategiyasi mustaqil bo‘lgan uch komponetdan tarkib topadi:
- jamg‘arish normasi (me’yori), ya’ni uy xo‘jaligi jami daromadining jamg‘arishga
yo‘naltiriladigan hissasi (ulushi) asosida jamg‘arishning amalga oshirilishi;
- risk va daromadlilikning diversifikatsiyalanish o‘lchamlarini (parametrlarini) hisobga
olgan holda investitsion instrumentni tanlash;
- pul mablag‘larini quyish (joylashtirish) muddatlari.
YUqoridagi (ko‘rsatkich)larning kombinatsiya qilinishi uy xo‘jaligining jamg‘arish
strategiyasini  belgilab  (aniqlab)  beradi.  Uning  quyidagi  turlari  (ko‘rinishlari)  bo‘lishi
mumkin:
-“0”li strategiya - jamg‘arish amalga oshirilmaydi, barcha daromadlar joriy ehtiyojlarni
qondirishga yo‘naltiriladi;
-yuqori  risk  strategiyasi  -  quyilmalar  faqat  yuqori  riskli  moliyaviy  aktivlarga
yo‘naltiriladi;
- real strategiya - mablag‘lar past va bo‘lishi mumkin bo‘lgan riskli aktivlarga qo‘yiladi,
risklar diversifikatsiya qilinadi.
Uy xo‘jaliklarida moliyaviy qarorlar qabul qilish jarayoniga, shuningdek, bank tizimi
va moliyaviy bozorlarning rivojlanganlik darajasi, ya’ni tashqi muhit ham keskin ta’sir
ko‘rsatishi  mumkin.  Bunda  qimmatli  qog‘ozlar  bozoridagi  operatsiyalar,  bank
Logotip
- uy xo‘jaligining daromadlilik darajasini oshirish maqsadida kelgusida investitsiyalashtirish uchun pul fondini vujudga keltirishning zarurligi. Daromadlar va ustuvor yo‘nalishlarni shakllantirish hamda ulardan foydalanishda umumiqtisodiy o‘lchamlardan (parametrlardan) tashqari uy xo‘jaligining iste’mol va moliyaviy xatti - harakatida, jamg‘ariladigan fondlarni yaratishda ijtimoiy va psixologik jihatlar (aspektlar) muhim rol o‘ynaydi. Ularga quyidagilar kiradi: - davlat va moliyaviy institutlarga nisbatan bo‘lgan ishonch darajasi; - o‘tmishdagi (oldingi yillardagi) moliyaviy xatti - harakat tajribasi va uning sub’yektiv bahosi; - asosiy moliyaviy instrumentlarni bilish; - quyilmalarning imkoniyatlari to‘g‘risida ma’lumotlarga egalik qilish. Jamg‘ariladigan fondlarni shakllantirish bo‘yicha uy xo‘jaliklari moliyaviy xatti- harakatlarining o‘ziga xos xususiyatlari jamg‘arma strategiyalarining elementlari va turlarini (ko‘rinishlarini) ajratib ko‘rsatishga imkon beradi. Uy xo‘jaligining har qanday jamg‘ariladigan strategiyasi mustaqil bo‘lgan uch komponetdan tarkib topadi: - jamg‘arish normasi (me’yori), ya’ni uy xo‘jaligi jami daromadining jamg‘arishga yo‘naltiriladigan hissasi (ulushi) asosida jamg‘arishning amalga oshirilishi; - risk va daromadlilikning diversifikatsiyalanish o‘lchamlarini (parametrlarini) hisobga olgan holda investitsion instrumentni tanlash; - pul mablag‘larini quyish (joylashtirish) muddatlari. YUqoridagi (ko‘rsatkich)larning kombinatsiya qilinishi uy xo‘jaligining jamg‘arish strategiyasini belgilab (aniqlab) beradi. Uning quyidagi turlari (ko‘rinishlari) bo‘lishi mumkin: -“0”li strategiya - jamg‘arish amalga oshirilmaydi, barcha daromadlar joriy ehtiyojlarni qondirishga yo‘naltiriladi; -yuqori risk strategiyasi - quyilmalar faqat yuqori riskli moliyaviy aktivlarga yo‘naltiriladi; - real strategiya - mablag‘lar past va bo‘lishi mumkin bo‘lgan riskli aktivlarga qo‘yiladi, risklar diversifikatsiya qilinadi. Uy xo‘jaliklarida moliyaviy qarorlar qabul qilish jarayoniga, shuningdek, bank tizimi va moliyaviy bozorlarning rivojlanganlik darajasi, ya’ni tashqi muhit ham keskin ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Bunda qimmatli qog‘ozlar bozoridagi operatsiyalar, bank
operatsiyalari,  pensiya  ta’minoti,  sug‘urta  ishi  va  shu  kabilarning  huquqiy  jihatdan
ta’minlanganlik darajasi ham muhim rol o‘ynaydi. 
Hozirgi  paytda  turli  moliyaviy  instrumentlarning  daromadliligida  yaqinlashish
tendensiyasi paydo bo‘layapti.  Bu  quyilmalar riskini pasaytirish va moliyaviy aktivlar
portfelining  barqarorligini  oshirish  maqsadida  uy  xo‘jaliklari  aktivlari  portfelini
diversifikatsiyalashga  asoslangan  real  jamg‘arish  strategiyasining  shakllanganligida
namoyon bo‘lmoqda.
3. Uy xo‘jaliklari daromadlari
Ma’lum bir davrda uy xo‘jaliklarining ixtiyoriga kelib tushuvchi pul mablag‘lari
summalari ularning daromadlari deyiladi.  Bunday daromadlar turli shakllarda namoyon
bo‘ladi, miqdoriy va sifat ko‘rsatkichlari tizimi bilan o‘lchanadi, iqtisodiy mazmuniga ko‘ra
turli manbalardan tarkib (tashkil) topadi.
Eng  umumiy  ko‘rinishda,  uy  xo‘jaliklarining  jami  daromadlarini  ikki  guruhga
ajratish mumkin:
-uy xo‘jaliklarining natural shakldagi daromadlari;
-uy xo‘jaliklarining pul shaklidagi daromadlari.
Natural  daromadlar tovar  shakliga  ega  emas  va  ular  o‘z-o‘zini  ta’minlashga
mo‘ljallangan uy xo‘jaligi a’zolari mehnatining natijasidan iborat bo‘ladi. 
Ularning tarkibiga quyidagilar kirishi mumkin:
- shaxsiy yordamchi xo‘jalikdan olingan mahsulotlar;
- uy xo‘jaliklarida iste’mol qilinadigan va qishloq xo‘jaligi korxonalaridan olingan
natural to‘lovlar.
Rasmiy (shakliy) belgisiga ko‘ra (mablag‘lar tushumining natural shakli bo‘yicha) uy
xo‘jaliklari daromadlarining bu guruhiga natural shakldagi ijtimoiy transfertlarni va ish
beruvchi  tomonidan  taqdim  etilgan  (berilgan)  natural  ko‘rinishdagi  imtiyozlarni  ham
kiritish mumkin. Biroq moliyaviy nuqtai-nazardan, bu mablag‘lar uy xo‘jaliklarining o‘z-
o‘zini ta’minlash  funksiyasini ifodalovchi natural daromadlar bo‘laolmaydi va ular pul
mablag‘larining defitsitligi sharoitida kompensatsion instrumentlar sifatida xizmat qiladi.
Umuman olganda, uy xo‘jaliklarining jami daromadlarida natural daromadlarning
salmog‘i uncha katta bo‘lmagan qismni tashkil etadi.  SHunday bo‘lishiga qaramasdan,
uning darajasi  (salmog‘i)  alohida olingan uy xo‘jaliklarining an’analari, ustuvorliklari,
Logotip
operatsiyalari, pensiya ta’minoti, sug‘urta ishi va shu kabilarning huquqiy jihatdan ta’minlanganlik darajasi ham muhim rol o‘ynaydi. Hozirgi paytda turli moliyaviy instrumentlarning daromadliligida yaqinlashish tendensiyasi paydo bo‘layapti. Bu quyilmalar riskini pasaytirish va moliyaviy aktivlar portfelining barqarorligini oshirish maqsadida uy xo‘jaliklari aktivlari portfelini diversifikatsiyalashga asoslangan real jamg‘arish strategiyasining shakllanganligida namoyon bo‘lmoqda. 3. Uy xo‘jaliklari daromadlari Ma’lum bir davrda uy xo‘jaliklarining ixtiyoriga kelib tushuvchi pul mablag‘lari summalari ularning daromadlari deyiladi. Bunday daromadlar turli shakllarda namoyon bo‘ladi, miqdoriy va sifat ko‘rsatkichlari tizimi bilan o‘lchanadi, iqtisodiy mazmuniga ko‘ra turli manbalardan tarkib (tashkil) topadi. Eng umumiy ko‘rinishda, uy xo‘jaliklarining jami daromadlarini ikki guruhga ajratish mumkin: -uy xo‘jaliklarining natural shakldagi daromadlari; -uy xo‘jaliklarining pul shaklidagi daromadlari. Natural daromadlar tovar shakliga ega emas va ular o‘z-o‘zini ta’minlashga mo‘ljallangan uy xo‘jaligi a’zolari mehnatining natijasidan iborat bo‘ladi. Ularning tarkibiga quyidagilar kirishi mumkin: - shaxsiy yordamchi xo‘jalikdan olingan mahsulotlar; - uy xo‘jaliklarida iste’mol qilinadigan va qishloq xo‘jaligi korxonalaridan olingan natural to‘lovlar. Rasmiy (shakliy) belgisiga ko‘ra (mablag‘lar tushumining natural shakli bo‘yicha) uy xo‘jaliklari daromadlarining bu guruhiga natural shakldagi ijtimoiy transfertlarni va ish beruvchi tomonidan taqdim etilgan (berilgan) natural ko‘rinishdagi imtiyozlarni ham kiritish mumkin. Biroq moliyaviy nuqtai-nazardan, bu mablag‘lar uy xo‘jaliklarining o‘z- o‘zini ta’minlash funksiyasini ifodalovchi natural daromadlar bo‘laolmaydi va ular pul mablag‘larining defitsitligi sharoitida kompensatsion instrumentlar sifatida xizmat qiladi. Umuman olganda, uy xo‘jaliklarining jami daromadlarida natural daromadlarning salmog‘i uncha katta bo‘lmagan qismni tashkil etadi. SHunday bo‘lishiga qaramasdan, uning darajasi (salmog‘i) alohida olingan uy xo‘jaliklarining an’analari, ustuvorliklari,
afzal-liklari, demografik va ijtimoiy tavsifnomalariga muvofiq ravishda o‘zgarib turishi
mumkin. 
SHu munosabat bilan qayd etish joizki, aholining kambag‘al qatlamlari va qishloq
aholisida natural daromadlarning salmog‘i an’anaviy ravishda nisbatan yuqoriroq bo‘ladi.
Bir vaqtning o‘zida uy xo‘jaligining naturallashganligi tashqi muhitning (masalan, urushlar
davrida, tizimli transformatsiyalanish jarayonlarida va xokazo) noqulay shart-sharoitlariga
o‘ziga xos tarzda moslashish mexanizmi ham bo‘lib hisoblanadi.
Turli  manbalar  hisobidan  uy  xo‘jaliklarining  ixtiyoriga  kelib  tushuvchi  pul
mablag‘larining barcha summasi pul daromadlari deyiladi. Bozor munosabatlari taraqqiy
etgan (rivojlangan) sharoitda aynan pul daromadlari uy xo‘jaliklarining hayotiychanligini
ta’minlash va ular rivojlanishining asosi hisoblanadi. 
Uy  xo‘jaliklari  pul  daromadlarini  tahlil  qilishning  asosi  aholining  shaxsiy
daromadlari hisoblanadiki, ular quyidagi ko‘rsatkichlar yordamida hisoblanadi (o‘lchanadi):
-nominal daromadlar;
-ega bo‘lingan daromadlar;
-real daromadlar.
Uy  xo‘jaligi  a’zolarining  ma’lum  davrdagi  shaxsiy  (individual)  daromadlari
majmuining (to‘plamining) puldagi ifodasiga nominal daromadlar deyiladi. Bu ko‘rsatkich
soliqqa tortish darajasi va baholar dinamikasiga bog‘liq bo‘lmagan holda daromadlarni
tavsiflaydi. Uy xo‘jaliklari nominal daromadlarining YAIMdagi salmog‘i  har bir mamlakat
milliy xo‘jaligining rivojlanish darajasiga bog‘liq bo‘lib, taraqqiy etgan mamlakatlarda
uning darajasi 65-75 foiz atrofida tebranadi. 
Bir vaqtning o‘zida, hisoblangan nominal daromadlar va haqiqatda olingan nominal
daromadlar o‘rtasidagi farqni anglamoq  (ko‘ra bilmoq) lozim.  Ular bir-birlaridan shu
davrda hisoblangan, lekin to‘lanmagan daromadlar, shuningdek, o‘tgan (oldingi) davrlar
uchun  qarzlarning  qaytarilishi  natijasida  olingan  daromadlar  o‘lchamiga  (miqdoriga,
summasiga) farqlanadi. Ish haqi bo‘yicha  to‘lash muddati o‘tib ketgan qarzdorlikning
mavjud  bo‘lishi  o‘tish  iqtisodiyotiga  ega  bo‘lgan  mamlakatlar  uchun  dolzarb
muammolardan biridir.
Soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar to‘langanidan so‘ng uy xo‘jaligining ixtiyorida
qoladigan daromadlarning puldagi ifodasiga uy xo‘jaligining ega bo‘lingan daromadi
deyiladi. 
Logotip
afzal-liklari, demografik va ijtimoiy tavsifnomalariga muvofiq ravishda o‘zgarib turishi mumkin. SHu munosabat bilan qayd etish joizki, aholining kambag‘al qatlamlari va qishloq aholisida natural daromadlarning salmog‘i an’anaviy ravishda nisbatan yuqoriroq bo‘ladi. Bir vaqtning o‘zida uy xo‘jaligining naturallashganligi tashqi muhitning (masalan, urushlar davrida, tizimli transformatsiyalanish jarayonlarida va xokazo) noqulay shart-sharoitlariga o‘ziga xos tarzda moslashish mexanizmi ham bo‘lib hisoblanadi. Turli manbalar hisobidan uy xo‘jaliklarining ixtiyoriga kelib tushuvchi pul mablag‘larining barcha summasi pul daromadlari deyiladi. Bozor munosabatlari taraqqiy etgan (rivojlangan) sharoitda aynan pul daromadlari uy xo‘jaliklarining hayotiychanligini ta’minlash va ular rivojlanishining asosi hisoblanadi. Uy xo‘jaliklari pul daromadlarini tahlil qilishning asosi aholining shaxsiy daromadlari hisoblanadiki, ular quyidagi ko‘rsatkichlar yordamida hisoblanadi (o‘lchanadi): -nominal daromadlar; -ega bo‘lingan daromadlar; -real daromadlar. Uy xo‘jaligi a’zolarining ma’lum davrdagi shaxsiy (individual) daromadlari majmuining (to‘plamining) puldagi ifodasiga nominal daromadlar deyiladi. Bu ko‘rsatkich soliqqa tortish darajasi va baholar dinamikasiga bog‘liq bo‘lmagan holda daromadlarni tavsiflaydi. Uy xo‘jaliklari nominal daromadlarining YAIMdagi salmog‘i har bir mamlakat milliy xo‘jaligining rivojlanish darajasiga bog‘liq bo‘lib, taraqqiy etgan mamlakatlarda uning darajasi 65-75 foiz atrofida tebranadi. Bir vaqtning o‘zida, hisoblangan nominal daromadlar va haqiqatda olingan nominal daromadlar o‘rtasidagi farqni anglamoq (ko‘ra bilmoq) lozim. Ular bir-birlaridan shu davrda hisoblangan, lekin to‘lanmagan daromadlar, shuningdek, o‘tgan (oldingi) davrlar uchun qarzlarning qaytarilishi natijasida olingan daromadlar o‘lchamiga (miqdoriga, summasiga) farqlanadi. Ish haqi bo‘yicha to‘lash muddati o‘tib ketgan qarzdorlikning mavjud bo‘lishi o‘tish iqtisodiyotiga ega bo‘lgan mamlakatlar uchun dolzarb muammolardan biridir. Soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar to‘langanidan so‘ng uy xo‘jaligining ixtiyorida qoladigan daromadlarning puldagi ifodasiga uy xo‘jaligining ega bo‘lingan daromadi deyiladi.
Bu  daromad  yakuniy  iste’mol  va  jamg‘arish  uchun  mo‘ljallangan.  YOppasiga
(jamiga) o‘lchanishda (o‘lchanganda) ega bo‘lingan daromad aholining ixtiyoriga borib
tushuvchi YAIMning tegishli qismiga mos  (teng) keladi. Uy xo‘jaliklari ega bo‘lingan
daromadlarining  o‘sishi  aholining  moliyaviy  imkoniyatlarini  salohiyatli  ravishda
kengaytiradi, ishlab chiqarishni rag‘batlantirishning bozor mexanizmlarini faollashtiradi.
Rivojlangan  mamlakat-larda  uy  xo‘jaliklari  ega  bo‘lingan  daromadlarining  YAIMdagi
salmog‘i 70foizni tashkil etayapti.
Baholar darajasiga nisbatan o‘zgartirilgan (korrektirovka qilingan) ega bo‘lingan
daromad uy xo‘jaliklarining real ega bo‘lingan daromadi deyiladi. Bu ko‘rsatkich nominal
daromadlarning  real  sotib  olish  qobiliyatini  o‘zida  aks  ettiradi.  Uning  dinamikasi
(o‘zgarishi) esa, ma’lum davrdagi ega bo‘lingan daromadlar va iste’mol baholari indeksi
(yoki  baholar indeksiga teskari bo‘lgan pulning sotib olish qobiliyati indeksi) o‘sish
sur’atlarining  nisbatiga  bog‘liq  bo‘ladi.  Agar  baholarning  o‘sish  sur’ati  nominal  ega
bo‘lingan  daromadlarning  o‘sish  tezligidan  past  bo‘lsa,  uy  xo‘jaliklarining  real  ega
bo‘lingan daromadlari o‘sadi. 
Baholarning yuqori sur’atlarda o‘sishi sharoitida real daromadlar qisqaradi. Bu narsa,
o‘z navbatida, aholi iste’mol talabi va  sotib olish qobiliyatining pasayishiga olib keladi. Bu
jarayon  iqtisodiyotning  barcha  sektorlaridagi  ishbilarmonlik  faolligiga  salbiy  ta’sir
ko‘rsatadi.
Uy xo‘jaliklarining pul daromadlari turli manbalar hisobidan shakllanadi va ularning
byudjetlariga  kelib  tushadi. Ularning  eng  asosiylari  qatoriga  quyidagilarni  ko‘rsatish
mumkin:
-mehnat haqi;
-ijtimoiy to‘lanmalar;
-tadbirkorlik faoliyatidan keluvchi daromadlar;
-mol-mulkdan keluvchi daromadlar.
Mehnat (ish) haqining tarkibiga quyidagilar kiradi:
-bajarilgan ishlar bahosi, tarif stavkalari va mansab okladlari bo‘yicha ish haqining
hisoblangan summalari;
-rag‘batlantiruvchi ustama va qo‘shimchalar;
-ish rejimi va mehnat sharoitlari bilan bog‘liq bo‘lgan kompensatsion to‘lanmalar;
-mukofotlar va bir martalik rag‘batlantiruvchi to‘lanmalar;
Logotip
Bu daromad yakuniy iste’mol va jamg‘arish uchun mo‘ljallangan. YOppasiga (jamiga) o‘lchanishda (o‘lchanganda) ega bo‘lingan daromad aholining ixtiyoriga borib tushuvchi YAIMning tegishli qismiga mos (teng) keladi. Uy xo‘jaliklari ega bo‘lingan daromadlarining o‘sishi aholining moliyaviy imkoniyatlarini salohiyatli ravishda kengaytiradi, ishlab chiqarishni rag‘batlantirishning bozor mexanizmlarini faollashtiradi. Rivojlangan mamlakat-larda uy xo‘jaliklari ega bo‘lingan daromadlarining YAIMdagi salmog‘i 70foizni tashkil etayapti. Baholar darajasiga nisbatan o‘zgartirilgan (korrektirovka qilingan) ega bo‘lingan daromad uy xo‘jaliklarining real ega bo‘lingan daromadi deyiladi. Bu ko‘rsatkich nominal daromadlarning real sotib olish qobiliyatini o‘zida aks ettiradi. Uning dinamikasi (o‘zgarishi) esa, ma’lum davrdagi ega bo‘lingan daromadlar va iste’mol baholari indeksi (yoki baholar indeksiga teskari bo‘lgan pulning sotib olish qobiliyati indeksi) o‘sish sur’atlarining nisbatiga bog‘liq bo‘ladi. Agar baholarning o‘sish sur’ati nominal ega bo‘lingan daromadlarning o‘sish tezligidan past bo‘lsa, uy xo‘jaliklarining real ega bo‘lingan daromadlari o‘sadi. Baholarning yuqori sur’atlarda o‘sishi sharoitida real daromadlar qisqaradi. Bu narsa, o‘z navbatida, aholi iste’mol talabi va sotib olish qobiliyatining pasayishiga olib keladi. Bu jarayon iqtisodiyotning barcha sektorlaridagi ishbilarmonlik faolligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Uy xo‘jaliklarining pul daromadlari turli manbalar hisobidan shakllanadi va ularning byudjetlariga kelib tushadi. Ularning eng asosiylari qatoriga quyidagilarni ko‘rsatish mumkin: -mehnat haqi; -ijtimoiy to‘lanmalar; -tadbirkorlik faoliyatidan keluvchi daromadlar; -mol-mulkdan keluvchi daromadlar. Mehnat (ish) haqining tarkibiga quyidagilar kiradi: -bajarilgan ishlar bahosi, tarif stavkalari va mansab okladlari bo‘yicha ish haqining hisoblangan summalari; -rag‘batlantiruvchi ustama va qo‘shimchalar; -ish rejimi va mehnat sharoitlari bilan bog‘liq bo‘lgan kompensatsion to‘lanmalar; -mukofotlar va bir martalik rag‘batlantiruvchi to‘lanmalar;
-har yillik va qo‘shimcha  mehnat ta’tillarini to‘lashlar;
-safar xarajatlari;
-berilgan maxsus kiyim-bosh va maxsus ovqatlanishning qiymati;
-va boshqalar.
Uy  xo‘jaliklari  daromadlarining  tarkibiy  tuzilmasida  mehnat  haqi  asosiy  o‘rinni
egallaydi.  SHunday  bo‘lishiga  qaramasdan,  bozor  munosabatlariga  o‘tilishi  bilan  uy
xo‘jaliklari  daromadlarining  tarkibida  uning  salmog‘i  biroz  pasaydi.  Bu  mehnat
munosabatlari va moliyaviy munosabatlar tizimida sodir bo‘lgan sifat o‘zgarishlari bilan
bog‘liqdir.  Bir  tomondan,  qisman  ish  haqining  o‘rnini  bosuvchi  va  undan  hayot
kechirishning  yagona  manbai  sifatidagi  yuklamani  olib  tashlovchi  yangi  imkoniyatlar
(masalan,  moliya  sohasida)  va  daromadlarning yangi  manbalari  (masalan,  tadbirkorlik
faoliyatining kengayishi) paydo bo‘ldi.
Boshqa bir tomondan esa, ishsizlik, ish haqining past darajasi, uni tartibga solishning
etarli  darajada  samarali  bo‘lmagan  davlat  siyosati,  pinhona  (xufyona)  aylanmaning
(iqtisodiyotning)  o‘sishi  mehnatga  haq  to‘lashning  yashirin,  rasmiy  ravishda  inobatga
(hisobga) olinmagan shakllarining paydo bo‘lishiga olib keldi. 
Iqtisodiyot tarmoqlari (masalan, neft - gaz sanoatida ish haqining darajasi maorif va
qishloq  xo‘jaligidagi  uning  darajasidan  bir  necha  barobar  yuqori)  va  turli  mulkchilik
shakllaridagi korxonalar (xususan, boshqa mulkchilik sohalari korxonalaridagi ish haqiga
nisbatan byudjet  sohasining  korxonalarida ish haqi  ancha past)  bo‘yicha ish haqining
tabaqalanishi o‘tkir muammoga aylangan.
Mehnatga haq to‘lashning quyi chegarasi davlat tomonidan o‘rnatiladi (aniqlanadi) va
uni  davlat  mehnatga  haq  to‘lashning  minimal  miqdori   (MHTMM)  deb  qayd  etadi.
MHTMMning tarkibiga ustamalar, mukofotlar va boshqa rag‘batlantiruvchi to‘lanmalar
kiritilmaydi.  Byudjet  manbalari  hisobidan  moliyalashtiriladigan  tashkilotlar  uchun
MHTMM  tegishli  byudjetlar  hisobidan,  boshqa  sub’yektlar  uchun  esa  ularning  o‘z
manbalari hisobidan ta’minlanadi.
Byudjet sohasi xodimlarining mehnatiga haq to‘lash hozirgi paytda isloh qilinmoqda.
Bu  narsa  ushbu  sohada  yig‘ilib  qolgan  muammolar  bilan  (mehnatga  haq  to‘lashning
xodimlar  malakasi  va  ular  ishlarining  haqiqiy  natijalari  bilan  kuchsiz  bog‘langanligi,
markazdan turib byudjet sohasi xodimlari mehnatiga haq to‘lash jarayoni ustidan to‘liq
nazoratni amalga oshirishning iloji yo‘qligi va boshqalar) bog‘liqdir.
Logotip
-har yillik va qo‘shimcha mehnat ta’tillarini to‘lashlar; -safar xarajatlari; -berilgan maxsus kiyim-bosh va maxsus ovqatlanishning qiymati; -va boshqalar. Uy xo‘jaliklari daromadlarining tarkibiy tuzilmasida mehnat haqi asosiy o‘rinni egallaydi. SHunday bo‘lishiga qaramasdan, bozor munosabatlariga o‘tilishi bilan uy xo‘jaliklari daromadlarining tarkibida uning salmog‘i biroz pasaydi. Bu mehnat munosabatlari va moliyaviy munosabatlar tizimida sodir bo‘lgan sifat o‘zgarishlari bilan bog‘liqdir. Bir tomondan, qisman ish haqining o‘rnini bosuvchi va undan hayot kechirishning yagona manbai sifatidagi yuklamani olib tashlovchi yangi imkoniyatlar (masalan, moliya sohasida) va daromadlarning yangi manbalari (masalan, tadbirkorlik faoliyatining kengayishi) paydo bo‘ldi. Boshqa bir tomondan esa, ishsizlik, ish haqining past darajasi, uni tartibga solishning etarli darajada samarali bo‘lmagan davlat siyosati, pinhona (xufyona) aylanmaning (iqtisodiyotning) o‘sishi mehnatga haq to‘lashning yashirin, rasmiy ravishda inobatga (hisobga) olinmagan shakllarining paydo bo‘lishiga olib keldi. Iqtisodiyot tarmoqlari (masalan, neft - gaz sanoatida ish haqining darajasi maorif va qishloq xo‘jaligidagi uning darajasidan bir necha barobar yuqori) va turli mulkchilik shakllaridagi korxonalar (xususan, boshqa mulkchilik sohalari korxonalaridagi ish haqiga nisbatan byudjet sohasining korxonalarida ish haqi ancha past) bo‘yicha ish haqining tabaqalanishi o‘tkir muammoga aylangan. Mehnatga haq to‘lashning quyi chegarasi davlat tomonidan o‘rnatiladi (aniqlanadi) va uni davlat mehnatga haq to‘lashning minimal miqdori (MHTMM) deb qayd etadi. MHTMMning tarkibiga ustamalar, mukofotlar va boshqa rag‘batlantiruvchi to‘lanmalar kiritilmaydi. Byudjet manbalari hisobidan moliyalashtiriladigan tashkilotlar uchun MHTMM tegishli byudjetlar hisobidan, boshqa sub’yektlar uchun esa ularning o‘z manbalari hisobidan ta’minlanadi. Byudjet sohasi xodimlarining mehnatiga haq to‘lash hozirgi paytda isloh qilinmoqda. Bu narsa ushbu sohada yig‘ilib qolgan muammolar bilan (mehnatga haq to‘lashning xodimlar malakasi va ular ishlarining haqiqiy natijalari bilan kuchsiz bog‘langanligi, markazdan turib byudjet sohasi xodimlari mehnatiga haq to‘lash jarayoni ustidan to‘liq nazoratni amalga oshirishning iloji yo‘qligi va boshqalar) bog‘liqdir.