Uy xo‘jaliklari moliyasi (Uy xo‘jaliklari daromadlarining tarkibi)

Time

Yuklangan vaqt

2025-11-08

Downloads

Yuklab olishlar soni

0

Pages

Sahifalar soni

33

File size

Fayl hajmi

193,0 KB


Uy xo‘jaliklari moliyasi (Uy xo‘jaliklari daromadlarining tarkibi)
Reja:
1.
Uy  xo‘jaligining  mohiyati  va  jamiyat  hayotida  tutgan  o‘rni.  Oila
byudjeti.
2.
Uy xo‘jaliklari daromadlarining tarkibi. Uy xo‘jaliklari harajatlarining
tarkibi.
3.
Minimal iste’mol byudjetlari miqdorini belgilashda davlat kafolati.
Aholi daromadlarini indeksatsiyalash.
Uy-xo‘jaliklari moliyasi har bir davlat moliya tizimining ajralmas tarkibiy
qismi (elementi) hisoblanadi. Bozor munosabatlari tizimida uy xo‘jaliklarining
moliyaviy  ahamiyati  uning  iqtisodiy  jihatdan  nimaga  mo‘ljallanganligi  bilan
belgilanadi. Bir tomondan,  uy xo‘jaliklari ishlab chiqarish omillarining (mehnat,
yer, kapital, tadbirkorlik qobiliyati va boshqalarning)  xususiy egalari hisoblanadi
va xuddi shu asosda o‘zlarining daromadlar manbalari va moliyaviy tushilmalarini
shakllantiradi. Boshqa bir tomondan esa, uy xo‘jaliklari iqtisodiyotda tovarlar va
xizmatlarni  iste’mol  qiluvchilar  sifatida  maydonga  chiqadi  va  demak,  bozor
talabini belgilab (aniqlab) beradi. Bir vaqtning o‘zida,  uy xo‘jaliklari  jamiyat
yalpi daromadining bir qismini jamg‘aradi, real va moliyaviy aktivlarni sotib olish
orqali moliyaviy rezervlarni yaratishda ishtirok etadi, soliq to‘lovlari orqali esa
davlatning markazlashtirilgan moliyaviy fondlarini shakllantirishda katta (muhim)
rol o‘ynaydi.
Odatda, “uy xo‘jaligi” atamasidan  milliy statistikada aholidan (kishilar
to‘plamidan) iborat bo‘lgan institutsional birlikni ifodalash uchun foydalanmoq
Logotip
Uy xo‘jaliklari moliyasi (Uy xo‘jaliklari daromadlarining tarkibi) Reja: 1. Uy xo‘jaligining mohiyati va jamiyat hayotida tutgan o‘rni. Oila byudjeti. 2. Uy xo‘jaliklari daromadlarining tarkibi. Uy xo‘jaliklari harajatlarining tarkibi. 3. Minimal iste’mol byudjetlari miqdorini belgilashda davlat kafolati. Aholi daromadlarini indeksatsiyalash. Uy-xo‘jaliklari moliyasi har bir davlat moliya tizimining ajralmas tarkibiy qismi (elementi) hisoblanadi. Bozor munosabatlari tizimida uy xo‘jaliklarining moliyaviy ahamiyati uning iqtisodiy jihatdan nimaga mo‘ljallanganligi bilan belgilanadi. Bir tomondan, uy xo‘jaliklari ishlab chiqarish omillarining (mehnat, yer, kapital, tadbirkorlik qobiliyati va boshqalarning) xususiy egalari hisoblanadi va xuddi shu asosda o‘zlarining daromadlar manbalari va moliyaviy tushilmalarini shakllantiradi. Boshqa bir tomondan esa, uy xo‘jaliklari iqtisodiyotda tovarlar va xizmatlarni iste’mol qiluvchilar sifatida maydonga chiqadi va demak, bozor talabini belgilab (aniqlab) beradi. Bir vaqtning o‘zida, uy xo‘jaliklari jamiyat yalpi daromadining bir qismini jamg‘aradi, real va moliyaviy aktivlarni sotib olish orqali moliyaviy rezervlarni yaratishda ishtirok etadi, soliq to‘lovlari orqali esa davlatning markazlashtirilgan moliyaviy fondlarini shakllantirishda katta (muhim) rol o‘ynaydi. Odatda, “uy xo‘jaligi” atamasidan milliy statistikada aholidan (kishilar to‘plamidan) iborat bo‘lgan institutsional birlikni ifodalash uchun foydalanmoq
kerak. Shuning uchun  ham  Birlashgan Millatlar  Tashkiloti  (BMT)  tomonidan
tavsiya etilgan Milliy hisoblar tizimining (MHT) zamonaviy xalqaro andozasi
(standarti)  uy  xo‘jaligini   yagona  (bir)  yashash  maydonchasida  (maydonida)
birgalikda yashayotgan, umumiy fondga o‘zlarining daromadlari va boyliklarini
to‘liq  yoki  qisman  o‘tkazayotgan  (berayotgan)  va  ayrim  tovarlar  hamda
xizmatlarni,  eng  asosan  uy-joy  va  iste’mol  mahsulotlarini  umumiy  tarzda
(birgalikda)  iste’mol  qilayotgan  kishilarning  katta  bo‘lmagan  guruhi,  deb
ta’riflaydi (aniqlaydi)1.
Ayrim  hollarda  o‘zbek  iqtisodiy  adabiyotida  “uy  xo‘jaligi”  atamasining
“xonadon” yoki “oila” atamalari bilan almashtirilishiga yo‘l qo‘yilmoqda. Shunga
mos ravishda “uy xo‘jaligi moliyasi” iborasining o‘rniga “xonadon moliyasi” va
“oila  moliyasi”  iboralari  ham  ekvivalent  yoki  sinonim  iboralar  shaklida
ishlatilmoqda. Shu munosabat bilan “oila” yoki “xonadon”ni “uy xo‘jaligi”dan
ajratmoq  (farqlamoq)  lozim.  Eng  avvalo,  “uy  xo‘jaligi”  aniqlilik  darajasining
“oila”ga nisbatan  kamroq darajada cheklangan harakterga ega ekanligini qayd etib
o‘tmoq lozim. Masalan, o‘zlarining o‘g‘illariga tegishli bo‘lgan joyda (binoda)
yashayotgan keksa ota-onalar uy xo‘jaligining a’zolari bo‘lsalar-da, uning oilasi
bo‘la olmaydi. Xuddi shuningdek, bir xonani ijaraga olgan talaba uy-joy egasining
uy xo‘jaligi tarkibiga kiradi, lekin uning oilasi tarkibiga kira olmaydi va h.k.
Boshqacha aytganda, uy xo‘jaligi qarindosh bo‘lmaganlarni ham o‘z ichiga olishi
yoki bir kishidan (shaxsdan) iborat ham bo‘lishi mumkin.
Yuqoridagilarni inobatga olgan holda  ta’kidlash joizki,  uy xo‘jaligining
iqtisodiy jihatdan aniqliligini  (aniqlanishini) belgilashda oilaviy aloqalar asosiy
omil bo‘la olmaydi. Buning ustiga, uy xo‘jaligining miqdoriy tarkibi ham o‘ziga
xos  bo‘lgan  xususiyatlarga  ega.  Bu  xususiyatlar,  eng  avvalo,  shu  bilan
belgilanadiki, birgalikda yashayotgan va umumiy xo‘jalikni yuritayotgan shaxslar
(kishilar) guruhi ham va bir vaqtning o‘zida, o‘zining iste’molini mustaqil ravishda
ta’minlayotgan yagona bir shaxs (kishi) ham  uy xo‘jaligi bo‘lib hisoblanishi
1 Bu to‘g‘rida  batafsil qarang: Finansovo-kreditniy ensiklopedicheskiy slovar / Pod  obsh. red. A.G.Gryaznovoy. – 
M.: 2002. s. 299. 
Logotip
kerak. Shuning uchun ham Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) tomonidan tavsiya etilgan Milliy hisoblar tizimining (MHT) zamonaviy xalqaro andozasi (standarti) uy xo‘jaligini yagona (bir) yashash maydonchasida (maydonida) birgalikda yashayotgan, umumiy fondga o‘zlarining daromadlari va boyliklarini to‘liq yoki qisman o‘tkazayotgan (berayotgan) va ayrim tovarlar hamda xizmatlarni, eng asosan uy-joy va iste’mol mahsulotlarini umumiy tarzda (birgalikda) iste’mol qilayotgan kishilarning katta bo‘lmagan guruhi, deb ta’riflaydi (aniqlaydi)1. Ayrim hollarda o‘zbek iqtisodiy adabiyotida “uy xo‘jaligi” atamasining “xonadon” yoki “oila” atamalari bilan almashtirilishiga yo‘l qo‘yilmoqda. Shunga mos ravishda “uy xo‘jaligi moliyasi” iborasining o‘rniga “xonadon moliyasi” va “oila moliyasi” iboralari ham ekvivalent yoki sinonim iboralar shaklida ishlatilmoqda. Shu munosabat bilan “oila” yoki “xonadon”ni “uy xo‘jaligi”dan ajratmoq (farqlamoq) lozim. Eng avvalo, “uy xo‘jaligi” aniqlilik darajasining “oila”ga nisbatan kamroq darajada cheklangan harakterga ega ekanligini qayd etib o‘tmoq lozim. Masalan, o‘zlarining o‘g‘illariga tegishli bo‘lgan joyda (binoda) yashayotgan keksa ota-onalar uy xo‘jaligining a’zolari bo‘lsalar-da, uning oilasi bo‘la olmaydi. Xuddi shuningdek, bir xonani ijaraga olgan talaba uy-joy egasining uy xo‘jaligi tarkibiga kiradi, lekin uning oilasi tarkibiga kira olmaydi va h.k. Boshqacha aytganda, uy xo‘jaligi qarindosh bo‘lmaganlarni ham o‘z ichiga olishi yoki bir kishidan (shaxsdan) iborat ham bo‘lishi mumkin. Yuqoridagilarni inobatga olgan holda ta’kidlash joizki, uy xo‘jaligining iqtisodiy jihatdan aniqliligini (aniqlanishini) belgilashda oilaviy aloqalar asosiy omil bo‘la olmaydi. Buning ustiga, uy xo‘jaligining miqdoriy tarkibi ham o‘ziga xos bo‘lgan xususiyatlarga ega. Bu xususiyatlar, eng avvalo, shu bilan belgilanadiki, birgalikda yashayotgan va umumiy xo‘jalikni yuritayotgan shaxslar (kishilar) guruhi ham va bir vaqtning o‘zida, o‘zining iste’molini mustaqil ravishda ta’minlayotgan yagona bir shaxs (kishi) ham uy xo‘jaligi bo‘lib hisoblanishi 1 Bu to‘g‘rida batafsil qarang: Finansovo-kreditniy ensiklopedicheskiy slovar / Pod obsh. red. A.G.Gryaznovoy. – M.: 2002. s. 299.
mumkin. Uy xo‘jaligini xo‘jalik yuritishning mustaqil iqtisodiy va  moliyaviy
birligi sifatida ajratilishi quyidagi me’zonlar asosida amalga oshirilmog‘i lozim:
birgalikda (bir joyda) yashash;
umumiy byudjetning mavjudligi;
iqtisodiy qarorlarni birgalikda (hamkorlikda) qabul qilish.
Uy  xo‘jaliklari  moliyasi  moliya  tizimining  muhim  elementi  hisoblanadi.
Iqtisodiy kategoriya sifatida u uy xo‘jaliklarida iste’mol maqsadlari va jamg‘arish
uchun pul mablag‘lari fondlarini shakllantirish, ularni taqsimlash va foydalanishga
tegishli  (oid)  bo‘lgan  iqtisodiy  munosabatlar  majmuidan  iboratdir.  Ana  shuni
e’tiborga olgan holda uy xo‘jaliklari moliyasiga quyidagicha ta’rif berish mumkin:
uy  xo‘jaliklarida  iste’mol  maqsadlari  va  jamg‘arish  uchun  pul  mablag‘lari
fondlarini shakllantirish, ularni taqsimlash va foydalanishga tegishli (oid) bo‘lgan
iqtisodiy (moliyaviy) munosabatlar majmuiga uy xo‘jaliklari moliyasi deyiladi.
Iqtisodiy fanlarda  sotsial-iqtisodiy faoliyatning alohida olingan sohasida bir
xilda  va  doimiy  ravishda  vujudga  keladigan  munosabatlar  mustaqil  iqtisodiy
kategoriyaning mazmunini tashkil etishi umume’tirof etilgan. Bu o‘rinda gap “uy
xo‘jaliklari  moliyasi”  kategoriyasining  sotsial-iqtisodiy  mazmuni  to‘g‘risida
ketayotir. Ana shuni inobatga olgan holda uy xo‘jaliklari moliyasiga quyidagicha
ta’rif ham berish mumkin: o‘zlarining sotsial-iqtisodiy faoliyatlari jarayonida uy
xo‘jaliklari  va  ularning  alohida  a’zolari  ishtirokida  pul  mablag‘lari  maqsadli
fondlarini shakllantirish, taqsimlash va foydalanish borasida vujudga keladigan pul
munosabatlarining majmui uy xo‘jaliklari moliyasi deb ataladi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida uy xo‘jaliklari o‘zlarining ichida va  o‘zlariga
nisbatan tashqi bozor sub’ektlari sanalganlar bilan moliyaviy munosabatda bo‘ladi.
Shunga  muvofiq  ravishda  uy  xo‘jaliklarida  mavjud  bo‘lgan  moliyaviy
munosabatlar majmuini ikki guruhga bo‘lish mumkin:

ichki;

tashqi.
Uy xo‘jaligi a’zolarining ehtiyojlarini yanada to‘laroq qondirish maqsadida
zaruriy (kerak bo‘lgan) pul fondlarini  (joriy iste’mol darajasini, pul rezervlarini,
Logotip
mumkin. Uy xo‘jaligini xo‘jalik yuritishning mustaqil iqtisodiy va moliyaviy birligi sifatida ajratilishi quyidagi me’zonlar asosida amalga oshirilmog‘i lozim: birgalikda (bir joyda) yashash; umumiy byudjetning mavjudligi; iqtisodiy qarorlarni birgalikda (hamkorlikda) qabul qilish. Uy xo‘jaliklari moliyasi moliya tizimining muhim elementi hisoblanadi. Iqtisodiy kategoriya sifatida u uy xo‘jaliklarida iste’mol maqsadlari va jamg‘arish uchun pul mablag‘lari fondlarini shakllantirish, ularni taqsimlash va foydalanishga tegishli (oid) bo‘lgan iqtisodiy munosabatlar majmuidan iboratdir. Ana shuni e’tiborga olgan holda uy xo‘jaliklari moliyasiga quyidagicha ta’rif berish mumkin: uy xo‘jaliklarida iste’mol maqsadlari va jamg‘arish uchun pul mablag‘lari fondlarini shakllantirish, ularni taqsimlash va foydalanishga tegishli (oid) bo‘lgan iqtisodiy (moliyaviy) munosabatlar majmuiga uy xo‘jaliklari moliyasi deyiladi. Iqtisodiy fanlarda sotsial-iqtisodiy faoliyatning alohida olingan sohasida bir xilda va doimiy ravishda vujudga keladigan munosabatlar mustaqil iqtisodiy kategoriyaning mazmunini tashkil etishi umume’tirof etilgan. Bu o‘rinda gap “uy xo‘jaliklari moliyasi” kategoriyasining sotsial-iqtisodiy mazmuni to‘g‘risida ketayotir. Ana shuni inobatga olgan holda uy xo‘jaliklari moliyasiga quyidagicha ta’rif ham berish mumkin: o‘zlarining sotsial-iqtisodiy faoliyatlari jarayonida uy xo‘jaliklari va ularning alohida a’zolari ishtirokida pul mablag‘lari maqsadli fondlarini shakllantirish, taqsimlash va foydalanish borasida vujudga keladigan pul munosabatlarining majmui uy xo‘jaliklari moliyasi deb ataladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida uy xo‘jaliklari o‘zlarining ichida va o‘zlariga nisbatan tashqi bozor sub’ektlari sanalganlar bilan moliyaviy munosabatda bo‘ladi. Shunga muvofiq ravishda uy xo‘jaliklarida mavjud bo‘lgan moliyaviy munosabatlar majmuini ikki guruhga bo‘lish mumkin:  ichki;  tashqi. Uy xo‘jaligi a’zolarining ehtiyojlarini yanada to‘laroq qondirish maqsadida zaruriy (kerak bo‘lgan) pul fondlarini (joriy iste’mol darajasini, pul rezervlarini,
investitsiyalashtirishni  ushlab  (saqlab)  turish  uchun  va  h.k.)  shakllantirish  va
ulardan  foydalanishga  oid   uning  ishtirokchilari  (a’zolari)  o‘rtasida  vujudga
keladigan  munosabatlar  uy  xo‘jaligining  ichki  moliyaviy  munosabatlari
hisoblanadi.
Uy xo‘jaliklarining tashqi moliyaviy munosabatlari ularning boshqa iqtisodiy
sub’ektlar bilan bo‘lgan o‘zaro aloqalari orqali namoyon bo‘ladi. Korxonalar va
tashkilotlar moliyasi bilan uy xo‘jaliklari bevosita o‘zaro bog‘langan: firmalarga
iqtisodiy resurslarni taqdim etib (berib), ularning egalari sifatida uy xo‘jaliklari
yaratilgan mahsulotning qiymatidan o‘z hissalarini (ulushlarini) oladilar va demak,
ular  shu  bilan  yalpi  mahsulotni  birlamchi  taqsimlashda  ishtirok  etadilar.  Bu
munosabatlar o‘zining yana bir muhim iqtisodiy tomoniga ega: ular iqtisodiyotda
aholi daromadlarining boshlang‘ich darajasini  belgilab beradiki, bu narsa, o‘z
navbatida, iste’molning  shakllanishi, ko‘lami va tarkibiy tuzilmasiga, to‘lovga
layoqatli talabning shakllanishiga va nihoyat, uy xo‘jaliklari tomonidan jamg‘arish
funksiyasining amalga oshirilishiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. 
Davlat va uy xo‘jaliklari o‘rtasidagi moliyaviy munosabatlar ham to‘g‘ridan-
to‘g‘ri (bevosita) va qaytarma (yana orqaga qaytariluvchi) aloqalar asosida quriladi
(vujudga keladi)  va ular byudjet hamda nobyudjet fondlarni shakllantirish va
ulardan  foydalanishdagi  munosabatlarni  ifodalaydi.  Uy  xo‘jaliklarining
daromadlari va mol-mulklari  soliqqa tortilish ob’ekti sifatida maydonga chiqadi va
demak, byudjet tizimi daromadlar bazasining tuzilmaviy elementi hisoblanadi. Bir
vaqtning o‘zida soliqlar, pensiya tizimi, sotsial transfertlar orqali davlat moliyaviy
oqimlarni  uy  xo‘jaliklarining  turli  guruhlari  o‘rtasida  qayta  taqsimlaydi.  Uy
xo‘jaliklari  va  davlat  o‘rtasidagi  moliyaviy  munosabatlarni  amalga  oshirish
jarayonida milliy daromadning ikkilamchi qayta taqsimlanishi sodir bo‘ladi. Bozor
iqtisodiyoti  sharoitida  davlat  uy  xo‘jaliklariga  tegishli  bo‘lgan  daromadning
taqsimlanish jarayoniga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir qilish instrumentlariga ega emas.
Moliyaviy  munosabatlarning  bu  sohasi  davlat  tomonidan  eng  kam  darajada
reglamentatsiya qilinadi. Buning sababi shundaki, uy xo‘jaliklari pul fondlarini
shakllantirishning  zarurligi,  usuli  va  maqsadi  to‘g‘risida,   ularni  sarflashning
Logotip
investitsiyalashtirishni ushlab (saqlab) turish uchun va h.k.) shakllantirish va ulardan foydalanishga oid uning ishtirokchilari (a’zolari) o‘rtasida vujudga keladigan munosabatlar uy xo‘jaligining ichki moliyaviy munosabatlari hisoblanadi. Uy xo‘jaliklarining tashqi moliyaviy munosabatlari ularning boshqa iqtisodiy sub’ektlar bilan bo‘lgan o‘zaro aloqalari orqali namoyon bo‘ladi. Korxonalar va tashkilotlar moliyasi bilan uy xo‘jaliklari bevosita o‘zaro bog‘langan: firmalarga iqtisodiy resurslarni taqdim etib (berib), ularning egalari sifatida uy xo‘jaliklari yaratilgan mahsulotning qiymatidan o‘z hissalarini (ulushlarini) oladilar va demak, ular shu bilan yalpi mahsulotni birlamchi taqsimlashda ishtirok etadilar. Bu munosabatlar o‘zining yana bir muhim iqtisodiy tomoniga ega: ular iqtisodiyotda aholi daromadlarining boshlang‘ich darajasini belgilab beradiki, bu narsa, o‘z navbatida, iste’molning shakllanishi, ko‘lami va tarkibiy tuzilmasiga, to‘lovga layoqatli talabning shakllanishiga va nihoyat, uy xo‘jaliklari tomonidan jamg‘arish funksiyasining amalga oshirilishiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Davlat va uy xo‘jaliklari o‘rtasidagi moliyaviy munosabatlar ham to‘g‘ridan- to‘g‘ri (bevosita) va qaytarma (yana orqaga qaytariluvchi) aloqalar asosida quriladi (vujudga keladi) va ular byudjet hamda nobyudjet fondlarni shakllantirish va ulardan foydalanishdagi munosabatlarni ifodalaydi. Uy xo‘jaliklarining daromadlari va mol-mulklari soliqqa tortilish ob’ekti sifatida maydonga chiqadi va demak, byudjet tizimi daromadlar bazasining tuzilmaviy elementi hisoblanadi. Bir vaqtning o‘zida soliqlar, pensiya tizimi, sotsial transfertlar orqali davlat moliyaviy oqimlarni uy xo‘jaliklarining turli guruhlari o‘rtasida qayta taqsimlaydi. Uy xo‘jaliklari va davlat o‘rtasidagi moliyaviy munosabatlarni amalga oshirish jarayonida milliy daromadning ikkilamchi qayta taqsimlanishi sodir bo‘ladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida davlat uy xo‘jaliklariga tegishli bo‘lgan daromadning taqsimlanish jarayoniga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir qilish instrumentlariga ega emas. Moliyaviy munosabatlarning bu sohasi davlat tomonidan eng kam darajada reglamentatsiya qilinadi. Buning sababi shundaki, uy xo‘jaliklari pul fondlarini shakllantirishning zarurligi, usuli va maqsadi to‘g‘risida, ularni sarflashning
o‘lchami  va  vaqti  xususida  qarorlar  qabul  qilishda  mustaqildir.  Shu  bilan
birgalikda davlat uy xo‘jaliklariga tegishli bo‘lgan daromad va yakuniy (oxirgi)
iste’molning o‘lchamiga (ko‘lamiga) ta’sir qilishga qodir. Bu narsa, jumladan,
quyidagilar orqali amalga oshirilishi mumkin:
soliqli tartibga solish (tartiblash);
mehnat haqini to‘lash stavkalarini o‘rnatish (belgilash);
birinchi darajali zaruriy mahsulotlar baholarini tartibga solish (tartiblash);
imtiyozlar tizimi;
sog‘liqni  saqlash  va  maorifni  byudjetdan  moliyalashtirish  orqali  sotsial
ta’minotni rivojlantirish;
va boshqalar.
Uy  xo‘jaliklarining  o‘zlari  o‘rtasidagi  (uy  xo‘jaliklariaro)  moliyaviy
munosabatlar  uy  xo‘jaliklari  sektorining  ichida  moliyaviy  resurslarning
harakatlanishi jarayonida vujudga keladigan munosabatlar sifatida qaraladi. Bu
yerda  ushbu  jarayon  hamma  vaqt  ham  oydinlashmagan  va  kuchsiz  tartibga
solinuvchi hisoblanadi. Moliyaning bu sohasiga, jumladan, quyidagilarni kiritish
mumkin:
fermer xo‘jaliklarining hamkorlikdagi maqsadli fondlari;
iste’mol kooperatsiyasiga xizmat ko‘rsatuvchi fondlar;
uy xo‘jaliklari o‘rtasidagi norasmiy kredit  munosabatlari;
uy xo‘jaliklari sektori doirasida (chegarasida) hamkorlikdagi pul fondlarini
shakllantirish va ulardan foydalanish  xususidagi boshqa munosabatlar.
Uy xo‘jaliklarining  moliyaviy institutlar  bilan  o‘zaro  aloqalari  moliyaviy
munosabatlarning alohida guruhini ifodalaydi. Ularning kredit muassasalari bilan
munosabatlari uy xo‘jaligi byudjeti defitsitini to‘ldirish (iste’mol krediti vositasida,
yordamida), bo‘sh turgan  pul mablag‘larini bank hisob varaqlarida joylashtirish
yoki ularni saqlash va jamg‘arish maqsadida boshqa moliyaviy aktivlarga qo‘yish
orqali  namoyon  bo‘ladi.   Uy  xo‘jaliklarining  sug‘urta  kompaniyalari  bilan
bo‘ladigan munosabatlari esa turli ko‘rinishdagi sug‘urta fondlarini shakllantirish
va ulardan foydalanish jarayonida gavdalanadi.
Logotip
o‘lchami va vaqti xususida qarorlar qabul qilishda mustaqildir. Shu bilan birgalikda davlat uy xo‘jaliklariga tegishli bo‘lgan daromad va yakuniy (oxirgi) iste’molning o‘lchamiga (ko‘lamiga) ta’sir qilishga qodir. Bu narsa, jumladan, quyidagilar orqali amalga oshirilishi mumkin: soliqli tartibga solish (tartiblash); mehnat haqini to‘lash stavkalarini o‘rnatish (belgilash); birinchi darajali zaruriy mahsulotlar baholarini tartibga solish (tartiblash); imtiyozlar tizimi; sog‘liqni saqlash va maorifni byudjetdan moliyalashtirish orqali sotsial ta’minotni rivojlantirish; va boshqalar. Uy xo‘jaliklarining o‘zlari o‘rtasidagi (uy xo‘jaliklariaro) moliyaviy munosabatlar uy xo‘jaliklari sektorining ichida moliyaviy resurslarning harakatlanishi jarayonida vujudga keladigan munosabatlar sifatida qaraladi. Bu yerda ushbu jarayon hamma vaqt ham oydinlashmagan va kuchsiz tartibga solinuvchi hisoblanadi. Moliyaning bu sohasiga, jumladan, quyidagilarni kiritish mumkin: fermer xo‘jaliklarining hamkorlikdagi maqsadli fondlari; iste’mol kooperatsiyasiga xizmat ko‘rsatuvchi fondlar; uy xo‘jaliklari o‘rtasidagi norasmiy kredit munosabatlari; uy xo‘jaliklari sektori doirasida (chegarasida) hamkorlikdagi pul fondlarini shakllantirish va ulardan foydalanish xususidagi boshqa munosabatlar. Uy xo‘jaliklarining moliyaviy institutlar bilan o‘zaro aloqalari moliyaviy munosabatlarning alohida guruhini ifodalaydi. Ularning kredit muassasalari bilan munosabatlari uy xo‘jaligi byudjeti defitsitini to‘ldirish (iste’mol krediti vositasida, yordamida), bo‘sh turgan pul mablag‘larini bank hisob varaqlarida joylashtirish yoki ularni saqlash va jamg‘arish maqsadida boshqa moliyaviy aktivlarga qo‘yish orqali namoyon bo‘ladi. Uy xo‘jaliklarining sug‘urta kompaniyalari bilan bo‘ladigan munosabatlari esa turli ko‘rinishdagi sug‘urta fondlarini shakllantirish va ulardan foydalanish jarayonida gavdalanadi.
Moliyaning mohiyati uning funksiyalari orqali namoyon bo‘lganligi uchun uy
xo‘jaliklari moliyasining  mohiyati ham uning funksiyalari yordamida ifodalanadi.
Uy xo‘jaliklari moliyasining funksiyalari quyidagilardan iborat bo‘lishi mumkin:
taqsimlash;
takror ishlab chiqarish;
nazorat;
tartibga solish (tartiblash);
rag‘batlantirish;
sotsial.
Uy xo‘jaliklari moliyasining bu funksiyalari o‘zaro bog‘langan va bir-birini
doimiy ravishda to‘ldirib turadi. Bir  vaqtning o‘zida, ma’lum ma’noda va ma’lum
darajada   ular  o‘zlarining  namoyon  bo‘lishiga  qarab  moliyaning  umumiy
funksiyalaridan  biroz farqlanishi ham mumkin.
Ma’lumki,  uy  xo‘jaliklarining  moliyasi  taqsimlash  jarayonini  oxirgi
bosqichgacha, ya’ni uy xo‘jaligining har bir a’zosigacha yetkazadi. Uy xo‘jaliklari
moliyasi taqsimlash funksiyasining amalga oshirilishi aholi hayotiy mablag‘lari
fondini  shakllantirishni  taqozo  etadi,  insonni  takror  ishlab  chiqarish  uchun
iqtisodiy (moliyaviy) asos yaratadi.
Ma’lumki,  uy  xo‘jaliklarining  ishtirokchilari  qatoriga  balog‘at  yoshiga
yetmaganlar  yoki  yetgan  bo‘lsa-da,  turli  sabablarga  ko‘ra  ishlamayotgan  oila
a’zolari  ham  kiradi.  Uy  xo‘jaliklarining  hissasiga  to‘g‘ri  kelgan  milliy
daromadning bir qismi uy xo‘jaliklari moliyasining taqsimlash funksiyasi doirasida
uning  barcha  ishtirokchilari  o‘rtasida  u  yoki  bu  nisbatlarda  (proporsiyalarda)
taqsimlanadi. Uy xo‘jaliklarining moliyasi taqsimlash funksiyasini bajara borib,
har bir shaxsni (kishini) uning hayotiyligi uchun kerak bo‘lgan resurslar bilan
ta’minlab,  oxir  oqibatda,  ishchi  kuchi  takror  ishlab  chiqarish  jarayonining
uzluksizligini ta’minlaydi. Bu o‘rinda taqsimlash funksiyasining ta’sir ob’ekti uy
xo‘jaligiga tegishli bo‘lgan (uy xo‘jaligi egalik qilayotgan) daromad hisoblanadi.
Taqsimlash  jarayonining  sub’ektlari  sifatida  esa  uy  xo‘jaliklarining  barcha
ishtirokchilari maydonga chiqadi.
Logotip
Moliyaning mohiyati uning funksiyalari orqali namoyon bo‘lganligi uchun uy xo‘jaliklari moliyasining mohiyati ham uning funksiyalari yordamida ifodalanadi. Uy xo‘jaliklari moliyasining funksiyalari quyidagilardan iborat bo‘lishi mumkin: taqsimlash; takror ishlab chiqarish; nazorat; tartibga solish (tartiblash); rag‘batlantirish; sotsial. Uy xo‘jaliklari moliyasining bu funksiyalari o‘zaro bog‘langan va bir-birini doimiy ravishda to‘ldirib turadi. Bir vaqtning o‘zida, ma’lum ma’noda va ma’lum darajada ular o‘zlarining namoyon bo‘lishiga qarab moliyaning umumiy funksiyalaridan biroz farqlanishi ham mumkin. Ma’lumki, uy xo‘jaliklarining moliyasi taqsimlash jarayonini oxirgi bosqichgacha, ya’ni uy xo‘jaligining har bir a’zosigacha yetkazadi. Uy xo‘jaliklari moliyasi taqsimlash funksiyasining amalga oshirilishi aholi hayotiy mablag‘lari fondini shakllantirishni taqozo etadi, insonni takror ishlab chiqarish uchun iqtisodiy (moliyaviy) asos yaratadi. Ma’lumki, uy xo‘jaliklarining ishtirokchilari qatoriga balog‘at yoshiga yetmaganlar yoki yetgan bo‘lsa-da, turli sabablarga ko‘ra ishlamayotgan oila a’zolari ham kiradi. Uy xo‘jaliklarining hissasiga to‘g‘ri kelgan milliy daromadning bir qismi uy xo‘jaliklari moliyasining taqsimlash funksiyasi doirasida uning barcha ishtirokchilari o‘rtasida u yoki bu nisbatlarda (proporsiyalarda) taqsimlanadi. Uy xo‘jaliklarining moliyasi taqsimlash funksiyasini bajara borib, har bir shaxsni (kishini) uning hayotiyligi uchun kerak bo‘lgan resurslar bilan ta’minlab, oxir oqibatda, ishchi kuchi takror ishlab chiqarish jarayonining uzluksizligini ta’minlaydi. Bu o‘rinda taqsimlash funksiyasining ta’sir ob’ekti uy xo‘jaligiga tegishli bo‘lgan (uy xo‘jaligi egalik qilayotgan) daromad hisoblanadi. Taqsimlash jarayonining sub’ektlari sifatida esa uy xo‘jaliklarining barcha ishtirokchilari maydonga chiqadi.
Uy xo‘jaliklari moliyasining taqsimlash funksiyasi turli shakllarda, jumladan,
investitsion-taqsimlash funksiyasi sifatida amalga oshirilishi mumkin. Uning bu
(investitsion-taqsimlash)  shakli  shu  bilan  harakterlanadiki,  uy  xo‘jaliklari
iqtisodiyot  uchun  moliyaviy  resurslarni  asosiy  yetkazib  beruvchilardan  biri
hisoblanadi. Uy xo‘jaliklari daromadlarining o‘sishi bu funksiya bajarilishining
moddiy asosini tashkil etadi. Ko‘pchilik hollarda uy xo‘jaliklarining investitsion
funksiyasi  faqat  kapitallashtiriladigan  daromadlarning  salmog‘i,  ya’ni
daromadning jamg‘arma sifatida foydalaniladigani (mablag‘larni turli moliyaviy
institutlarga va haqiqiy ishlab chiqarishga joylashtirish) bilan bog‘lanadi. Biroq
bunday  yondoshuv  bir  tomonlamalik  harakteriga  ega.  Haqiqatda  esa,  o‘z
navbatida,  iste’mol  salmog‘ining  oshishi  ham  iqtisodiyotga  investitsiyalarning
o‘sishiga ta’sir ko‘rsatadigan omil hisoblanadi.
Bir vaqtning o‘zida, yuqoridagi asoslarda takror ishlab chiqarish jarayoni
ishchi kuchi va shuningdek, uy xo‘jaliklarining pul mablag‘lari bilan ta’minlanadi.
Bu yerda uy xo‘jaliklari moliyasining takror ishlab chiqarish funksiyasi alohida
rol o‘ynaydi. Uy xo‘jaliklari daromadlari, harajatlari va jamg‘armalarining o‘sishi
jamiyatdagi takror ishlab chiqarish jarayoni uchun moddiy asos bo‘lib xizmat
qiladi. 
Bozor  iqtisodiyoti  sharoitida  uy  xo‘jaliklari  mustaqil  xo‘jalik  yurituvchi
sub’ekt  hisoblanadi,  ya’ni  uy  xo‘jaliklari  a’zolarining  turmush  darajasi  uning
hissasiga  to‘g‘ri  kelayotgan  daromadning  o‘lchamiga  to‘liq  bog‘liqdir.  Turli
omillar ta’siri natijasida bu o‘lcham ortishi yoki qisqarishi ham mumkin. Shuning
uchun  ham  iste’molning  odatdagi  darajasini  ushlab  (saqlab)  turishni  olingan
daromadlarning turli fondlarga taqsimlanishi va ularning maqsadli foydalanishi
ustidan  nazoratsiz  tasavvur  etib  bo‘lmaydi.  Shuningdek,  uy  xo‘jaliklarining
farovonligini qo‘llab-quvvatlash va ularni taraqqiy ettirish (rivojlantirish) uchun
ular  byudjetlarining  holatlari,  ularga  tegishli  bo‘lgan  daromadlarning
taqsimlanishi, daromad manbalarining dinamikasi ustidan nazorat  ham ob’ektiv
ravishda  zarur. Ana shularda  uy xo‘jaliklari moliyasining nazorat  funksiyasi
o‘zini namoyon etadi.
Logotip
Uy xo‘jaliklari moliyasining taqsimlash funksiyasi turli shakllarda, jumladan, investitsion-taqsimlash funksiyasi sifatida amalga oshirilishi mumkin. Uning bu (investitsion-taqsimlash) shakli shu bilan harakterlanadiki, uy xo‘jaliklari iqtisodiyot uchun moliyaviy resurslarni asosiy yetkazib beruvchilardan biri hisoblanadi. Uy xo‘jaliklari daromadlarining o‘sishi bu funksiya bajarilishining moddiy asosini tashkil etadi. Ko‘pchilik hollarda uy xo‘jaliklarining investitsion funksiyasi faqat kapitallashtiriladigan daromadlarning salmog‘i, ya’ni daromadning jamg‘arma sifatida foydalaniladigani (mablag‘larni turli moliyaviy institutlarga va haqiqiy ishlab chiqarishga joylashtirish) bilan bog‘lanadi. Biroq bunday yondoshuv bir tomonlamalik harakteriga ega. Haqiqatda esa, o‘z navbatida, iste’mol salmog‘ining oshishi ham iqtisodiyotga investitsiyalarning o‘sishiga ta’sir ko‘rsatadigan omil hisoblanadi. Bir vaqtning o‘zida, yuqoridagi asoslarda takror ishlab chiqarish jarayoni ishchi kuchi va shuningdek, uy xo‘jaliklarining pul mablag‘lari bilan ta’minlanadi. Bu yerda uy xo‘jaliklari moliyasining takror ishlab chiqarish funksiyasi alohida rol o‘ynaydi. Uy xo‘jaliklari daromadlari, harajatlari va jamg‘armalarining o‘sishi jamiyatdagi takror ishlab chiqarish jarayoni uchun moddiy asos bo‘lib xizmat qiladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida uy xo‘jaliklari mustaqil xo‘jalik yurituvchi sub’ekt hisoblanadi, ya’ni uy xo‘jaliklari a’zolarining turmush darajasi uning hissasiga to‘g‘ri kelayotgan daromadning o‘lchamiga to‘liq bog‘liqdir. Turli omillar ta’siri natijasida bu o‘lcham ortishi yoki qisqarishi ham mumkin. Shuning uchun ham iste’molning odatdagi darajasini ushlab (saqlab) turishni olingan daromadlarning turli fondlarga taqsimlanishi va ularning maqsadli foydalanishi ustidan nazoratsiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Shuningdek, uy xo‘jaliklarining farovonligini qo‘llab-quvvatlash va ularni taraqqiy ettirish (rivojlantirish) uchun ular byudjetlarining holatlari, ularga tegishli bo‘lgan daromadlarning taqsimlanishi, daromad manbalarining dinamikasi ustidan nazorat ham ob’ektiv ravishda zarur. Ana shularda uy xo‘jaliklari moliyasining nazorat funksiyasi o‘zini namoyon etadi.
Uy xo‘jaliklari moliyasi tartibga solish (tartiblash) funksiyasining namoyon
bo‘lishini quyidagi ikki nuqtai-nazardan qarash maqsadga muvofiq:
makroiqtisodiyot;
mikroiqtisodiyot.
Makroiqtisodiy  yondoshuv  nuqtai-nazaridan  uy  xo‘jaliklari  moliyasi,  bir
vaqtning o‘zida, davlat tomonidan iqtisodiyotni tartibga solishning (tartiblashning)
ob’ekti va instrumenti hisoblanadi. Uy xo‘jaliklari moliyasini tartibga solaverib
(tartiblab), davlat, eng avvalo:
 bozor  munosabatlariga  xos  bo‘lgan  daromadlarni  differensiatsiya  qilish
(tabaqalashtirish) muammosining o‘tkirligini kamaytiradi;
 aholi  daromadlari  manbaining  tarkibiy  tuzilishi  va  dinamikasidagi
(o‘zgarishidagi) tendensiyalarni  shakllan-tiradi;
 iste’molning minimal (eng kam) darajasini tartibga soladi (tartiblaydi);
 uy xo‘jaliklarining investitsion potensialiga (salohiyatiga) ta’sir ko‘rsatadi.
Mikroiqtisodiy  yondoshuv  nuqtai-nazaridan  esa  uy  xo‘jaliklarining
iqtisodiyoti uning turli ishtirokchilari o‘rtasidagi yetarli darajada murakkab bo‘lgan
munosabatlar kompleksiga asoslanadi. Bu munosabatlar yosh borasidagi farqlar,
harakterning belgilari, odamlarning qiliqlari, ular daromadlari va ehtiyojlarining
xilma-xil  darajasi  bilan  belgilanadi.   Shu  bilan  birgalikda,   faqat  uning
ishtirokchilari iqtisodiy (moliyaviy) qarorlar qabul qilishda o‘zaro tushunishga ega
(yakdil)  bo‘lsalargina,  uy  xo‘jaliklarining  sog‘lom  (normal)  rivojlanishi  sodir
bo‘lishi mumkin.  O‘z navbatida, uy xo‘jaliklarining turli ishtirokchilari iqtisodiy
manfaatlarini muvofiqlash-tirish ularni tartibga solish orqali amalga oshiriladi. Bu
yerda “ularni tartibga solish” deyilganda, uy xo‘jaligining bir a’zosiga to‘g‘ri
keladigan  daromad  bir  qismining  o‘zgartirilishi  nazarda  tutilayapti.  Demak,
bundan uy xo‘jaliklari moliyasining yana bir funksiyani –  iqtisodiy birlik sifatida
uy  xo‘jaligining  balanslashtirilgan  (muvozanatli)  tarzda  rivojlanishini  qo‘llab-
quvvatlovchi tartibga solish funksiyasini – bajarishi yaqqol ko‘rinib turibdi.
Uy xo‘jaliklari moliyasining rag‘batlantiruvchi funksiyasi turli shakl  va
mazmunda o‘zini ifoda etadi.  Bir tomondan, u  o‘z o‘sib boruvchi ehtiyojlarini
Logotip
Uy xo‘jaliklari moliyasi tartibga solish (tartiblash) funksiyasining namoyon bo‘lishini quyidagi ikki nuqtai-nazardan qarash maqsadga muvofiq: makroiqtisodiyot; mikroiqtisodiyot. Makroiqtisodiy yondoshuv nuqtai-nazaridan uy xo‘jaliklari moliyasi, bir vaqtning o‘zida, davlat tomonidan iqtisodiyotni tartibga solishning (tartiblashning) ob’ekti va instrumenti hisoblanadi. Uy xo‘jaliklari moliyasini tartibga solaverib (tartiblab), davlat, eng avvalo:  bozor munosabatlariga xos bo‘lgan daromadlarni differensiatsiya qilish (tabaqalashtirish) muammosining o‘tkirligini kamaytiradi;  aholi daromadlari manbaining tarkibiy tuzilishi va dinamikasidagi (o‘zgarishidagi) tendensiyalarni shakllan-tiradi;  iste’molning minimal (eng kam) darajasini tartibga soladi (tartiblaydi);  uy xo‘jaliklarining investitsion potensialiga (salohiyatiga) ta’sir ko‘rsatadi. Mikroiqtisodiy yondoshuv nuqtai-nazaridan esa uy xo‘jaliklarining iqtisodiyoti uning turli ishtirokchilari o‘rtasidagi yetarli darajada murakkab bo‘lgan munosabatlar kompleksiga asoslanadi. Bu munosabatlar yosh borasidagi farqlar, harakterning belgilari, odamlarning qiliqlari, ular daromadlari va ehtiyojlarining xilma-xil darajasi bilan belgilanadi. Shu bilan birgalikda, faqat uning ishtirokchilari iqtisodiy (moliyaviy) qarorlar qabul qilishda o‘zaro tushunishga ega (yakdil) bo‘lsalargina, uy xo‘jaliklarining sog‘lom (normal) rivojlanishi sodir bo‘lishi mumkin. O‘z navbatida, uy xo‘jaliklarining turli ishtirokchilari iqtisodiy manfaatlarini muvofiqlash-tirish ularni tartibga solish orqali amalga oshiriladi. Bu yerda “ularni tartibga solish” deyilganda, uy xo‘jaligining bir a’zosiga to‘g‘ri keladigan daromad bir qismining o‘zgartirilishi nazarda tutilayapti. Demak, bundan uy xo‘jaliklari moliyasining yana bir funksiyani – iqtisodiy birlik sifatida uy xo‘jaligining balanslashtirilgan (muvozanatli) tarzda rivojlanishini qo‘llab- quvvatlovchi tartibga solish funksiyasini – bajarishi yaqqol ko‘rinib turibdi. Uy xo‘jaliklari moliyasining rag‘batlantiruvchi funksiyasi turli shakl va mazmunda o‘zini ifoda etadi. Bir tomondan, u o‘z o‘sib boruvchi ehtiyojlarini
(ehtiyojlarning o‘sib borishi  ob’ektiv iqtisodiy qonunining harakatiga muvofiq
ravishda) qondirish uchun zarur bo‘lgan daromadlarni uy xo‘jaliklari tomonidan
oshirishga  intilish  tufayli  namoyon  bo‘ladi.  Boshqa  bir  tomondan  esa,  uy
xo‘jaliklari  daromadlarining  o‘sishi  mehnat  faoliyatining  sifati  va  natijalariga
asoslangan bo‘lmog‘i lozim.
Uy  xo‘jaliklari  moliyasining  rag‘batlantiruvchi  funksiyasi  aholi  real
daromadlarining  o‘sishiga  yo‘naltirilgan  
 ishlab  chiqarish  jarayonining
rivojlanishiga va samarali byudjet siyosatiga asoslangan rag‘batlantiruvchi moliya
mexanizmini (moliyaviy mexanizmni) yaratish orqali amalga oshiriladi.
Uy  xo‘jaliklari  moliyasi  amal  qilishining  sotsial  aspektlari  (yo‘nalishlari,
jihatlari)   unga  tegishli  bo‘lgan  yuqoridagi  barcha  funksiyalarning  tahlilida
kuzatiladi. Shunday bo‘lishiga qaramasdan,  sotsial funksiyaning uy xo‘jaliklari
moliyasiga tegishli bo‘lgan alohida funksiya sifatida qaralishini, ma’lum ma’noda,
yetarli darajada asoslangan deb hisoblash mumkin. Chunki uy xo‘jaliklarining
daromadlari, harajatlari va jamg‘armalari aholi va uning alohida guruhlari sotsial-
iqtisodiy  holatini  bevosita  aks  ettiradi,  shaxsning  shakllanishi  va  demografik
jarayonlarga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Ana shu ma’noda, uy xo‘jaliklari moliyasi
jamiyat  barcha  a’zolarining  hayotiy  ta’minlanish  darajasini  shakllantirish  va
iste’mol talabi tarkibiy tuzilishining xususiyatlarini aniqlaydi, aholi daromadlarini
taqsimlashdagi
 
bog‘liqliklarni
 
ifodalaydi,
 
jamiyat
 
sotsial-iqtisodiy
stratifikatsiyasiga ta’sir ko‘rsatuvchi asosiy omil bo‘lib hisoblanadi. Moliyaviy
indikatorlar (masalan, o‘rtacha jon boshiga to‘g‘ri keluvchi pul daromadlari, aholi
daromadlarining differensia-siyalanish (tabaqalanish) koeffitsiyenti, hayot ko‘rish
(yashash)  minimumi,  minimal  ish  haqi  va  boshqalar)  taraqqiyot  (rivojlanish)
sotsial-iqtisodiy  dasturlarining  majburiy  elementi  hisoblanadi,  davlat  sotsial
siyosatining  ishlab  chiqilishi  uchun  asos  bo‘lib  xizmat  qiladi,  jamiyatning
farovonlik darajasini baholashga imkon beradi.
Uy xo‘jaliklari moliyasining samarali faoliyat ko‘rsatishi uy xo‘jaliklaridagi
moliyaviy munosabatlarning masshtabi, bu munosabatlar namoyon bo‘lishi xilma-
Logotip
(ehtiyojlarning o‘sib borishi ob’ektiv iqtisodiy qonunining harakatiga muvofiq ravishda) qondirish uchun zarur bo‘lgan daromadlarni uy xo‘jaliklari tomonidan oshirishga intilish tufayli namoyon bo‘ladi. Boshqa bir tomondan esa, uy xo‘jaliklari daromadlarining o‘sishi mehnat faoliyatining sifati va natijalariga asoslangan bo‘lmog‘i lozim. Uy xo‘jaliklari moliyasining rag‘batlantiruvchi funksiyasi aholi real daromadlarining o‘sishiga yo‘naltirilgan ishlab chiqarish jarayonining rivojlanishiga va samarali byudjet siyosatiga asoslangan rag‘batlantiruvchi moliya mexanizmini (moliyaviy mexanizmni) yaratish orqali amalga oshiriladi. Uy xo‘jaliklari moliyasi amal qilishining sotsial aspektlari (yo‘nalishlari, jihatlari) unga tegishli bo‘lgan yuqoridagi barcha funksiyalarning tahlilida kuzatiladi. Shunday bo‘lishiga qaramasdan, sotsial funksiyaning uy xo‘jaliklari moliyasiga tegishli bo‘lgan alohida funksiya sifatida qaralishini, ma’lum ma’noda, yetarli darajada asoslangan deb hisoblash mumkin. Chunki uy xo‘jaliklarining daromadlari, harajatlari va jamg‘armalari aholi va uning alohida guruhlari sotsial- iqtisodiy holatini bevosita aks ettiradi, shaxsning shakllanishi va demografik jarayonlarga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Ana shu ma’noda, uy xo‘jaliklari moliyasi jamiyat barcha a’zolarining hayotiy ta’minlanish darajasini shakllantirish va iste’mol talabi tarkibiy tuzilishining xususiyatlarini aniqlaydi, aholi daromadlarini taqsimlashdagi bog‘liqliklarni ifodalaydi, jamiyat sotsial-iqtisodiy stratifikatsiyasiga ta’sir ko‘rsatuvchi asosiy omil bo‘lib hisoblanadi. Moliyaviy indikatorlar (masalan, o‘rtacha jon boshiga to‘g‘ri keluvchi pul daromadlari, aholi daromadlarining differensia-siyalanish (tabaqalanish) koeffitsiyenti, hayot ko‘rish (yashash) minimumi, minimal ish haqi va boshqalar) taraqqiyot (rivojlanish) sotsial-iqtisodiy dasturlarining majburiy elementi hisoblanadi, davlat sotsial siyosatining ishlab chiqilishi uchun asos bo‘lib xizmat qiladi, jamiyatning farovonlik darajasini baholashga imkon beradi. Uy xo‘jaliklari moliyasining samarali faoliyat ko‘rsatishi uy xo‘jaliklaridagi moliyaviy munosabatlarning masshtabi, bu munosabatlar namoyon bo‘lishi xilma-
xilligining  to‘liqligi  va  ularning  rivojlanishini  ta’minlovchi  mexanizmlarga
bog‘liqdir.
2-savol  bayoni.  Ma’lum  bir  davrda  uy  xo‘jaliklarining  ixtiyoriga  kelib
tushuvchi pul mablag‘lari  summalari  ularning daromadlari deyiladi.  Bunday
daromadlar turli shakllarda namoyon bo‘ladi, miqdoriy va sifat ko‘rsatkichlari
tizimi  bilan  o‘lchanadi,  iqtisodiy  mazmuniga  ko‘ra  turli  manbalardan  tarkib
(tashkil) topadi.
Eng  umumiy  ko‘rinishda,  uy  xo‘jaliklarining  jami  daromadlarini ikki
guruhga ajratish mumkin:
uy xo‘jaliklarining natural shakldagi daromadlari;
uy xo‘jaliklarining pul shaklidagi daromadlari.
Natural daromadlar tovar shakliga ega emas va ular o‘z-o‘zini ta’minlashga
mo‘ljallangan uy xo‘jaligi a’zolari mehnatining natijasidan iborat bo‘ladi. Ularning
tarkibiga quyidagilar kirishi mumkin:
shaxsiy yordamchi xo‘jalikdan olingan mahsulotlar;
uy xo‘jaliklarida iste’mol qilinadigan va qishloq xo‘jaligi korxonalaridan
olingan natural to‘lovlar.
Rasmiy  (shakliy)  belgisiga  ko‘ra  (mablag‘lar  tushumining  natural  shakli
bo‘yicha) uy xo‘jaliklari daromadlarining bu guruhiga natural shakldagi sotsial
transfertlarni  va  ish  beruvchi  tomonidan  taqdim  etilgan  (berilgan)  natural
ko‘rinishdagi imtiyozlarni ham kiritish mumkin. Biroq moliyaviy nuqtai-nazardan,
bu mablag‘lar uy xo‘jaliklarining o‘z-o‘zini ta’minlash  funksiyasini ifodalovchi
natural daromadlar bo‘laolmaydi va ular pul mablag‘larining defitsitligi sharoitida
kompensatsion instrumentlar sifatida xizmat qiladi.
Umuman  olganda,  uy  xo‘jaliklarining  jami  daromadlarida  natural
daromadlarning salmog‘i uncha katta bo‘lmagan qismni tashkil etadi.  Shunday
bo‘lishiga  qaramasdan,   uning  darajasi  (salmog‘i)  alohida  olingan  uy
xo‘jaliklarining  an’analari,  ustuvorliklari,  afzal-liklari,  demografik  va  sotsial
tavsifnomalariga muvofiq ravishda o‘zgarib turishi mumkin. Shu munosabat bilan
Logotip
xilligining to‘liqligi va ularning rivojlanishini ta’minlovchi mexanizmlarga bog‘liqdir. 2-savol bayoni. Ma’lum bir davrda uy xo‘jaliklarining ixtiyoriga kelib tushuvchi pul mablag‘lari summalari ularning daromadlari deyiladi. Bunday daromadlar turli shakllarda namoyon bo‘ladi, miqdoriy va sifat ko‘rsatkichlari tizimi bilan o‘lchanadi, iqtisodiy mazmuniga ko‘ra turli manbalardan tarkib (tashkil) topadi. Eng umumiy ko‘rinishda, uy xo‘jaliklarining jami daromadlarini ikki guruhga ajratish mumkin: uy xo‘jaliklarining natural shakldagi daromadlari; uy xo‘jaliklarining pul shaklidagi daromadlari. Natural daromadlar tovar shakliga ega emas va ular o‘z-o‘zini ta’minlashga mo‘ljallangan uy xo‘jaligi a’zolari mehnatining natijasidan iborat bo‘ladi. Ularning tarkibiga quyidagilar kirishi mumkin: shaxsiy yordamchi xo‘jalikdan olingan mahsulotlar; uy xo‘jaliklarida iste’mol qilinadigan va qishloq xo‘jaligi korxonalaridan olingan natural to‘lovlar. Rasmiy (shakliy) belgisiga ko‘ra (mablag‘lar tushumining natural shakli bo‘yicha) uy xo‘jaliklari daromadlarining bu guruhiga natural shakldagi sotsial transfertlarni va ish beruvchi tomonidan taqdim etilgan (berilgan) natural ko‘rinishdagi imtiyozlarni ham kiritish mumkin. Biroq moliyaviy nuqtai-nazardan, bu mablag‘lar uy xo‘jaliklarining o‘z-o‘zini ta’minlash funksiyasini ifodalovchi natural daromadlar bo‘laolmaydi va ular pul mablag‘larining defitsitligi sharoitida kompensatsion instrumentlar sifatida xizmat qiladi. Umuman olganda, uy xo‘jaliklarining jami daromadlarida natural daromadlarning salmog‘i uncha katta bo‘lmagan qismni tashkil etadi. Shunday bo‘lishiga qaramasdan, uning darajasi (salmog‘i) alohida olingan uy xo‘jaliklarining an’analari, ustuvorliklari, afzal-liklari, demografik va sotsial tavsifnomalariga muvofiq ravishda o‘zgarib turishi mumkin. Shu munosabat bilan
qayd etish joizki, aholining kambag‘al qatlamlari va qishloq aholisida natural
daromadlarning  salmog‘i  an’anaviy  ravishda  nisbatan  yuqoriroq  bo‘ladi.  Bir
vaqtning o‘zida uy xo‘jaligining naturallashganligi tashqi muhitning (masalan,
urushlar  davrida,  tizimli  transformatsiyalanish  jarayon-larida  va  h.k.)  noqulay
shart-sharoitlariga  o‘ziga  xos  tarzda  moslashish  mexanizmi  ham  bo‘lib
hisoblanadi.
Turli manbalar hisobidan uy xo‘jaliklarining ixtiyoriga kelib tushuvchi pul
mablag‘larining barcha summasi  pul daromadlari  deyiladi. Bozor munosabatlari
taraqqiy etgan (rivojlangan) sharoitda aynan pul daromadlari uy xo‘jaliklarining
hayotiychanligini  ta’minlash  va  ular  rivojlanishining  asosi  hisoblanadi.  Uy
xo‘jaliklari pul daromadlarini tahlil qilishning asosi aholining shaxsiy daromadlari
hisoblanadiki, ular quyidagi ko‘rsatkichlar yordamida hisoblanadi (o‘lchanadi):
nominal daromadlar;
ega bo‘lingan daromadlar;
real daromadlar.
Uy xo‘jaligi a’zolarining ma’lum davrdagi shaxsiy (individual) daromadlari
majmuining (to‘plamining) puldagi ifodasiga  nominal daromadlar deyiladi. Bu
ko‘rsatkich soliqqa tortish darajasi va baholar dinamikasiga bog‘liq bo‘lmagan
holda  daromadlarni  tavsiflaydi.  Uy  xo‘jaliklari  nominal  daromadlarining
YAIMdagi salmog‘i  har bir mamlakat milliy xo‘jaligining rivojlanish darajasiga
bog‘liq  bo‘lib,  taraqqiy  etgan  mamlakatlarda  uning  darajasi  65-75%  atrofida
tebranadi.  Bir vaqtning o‘zida, hisoblangan nominal daromadlar va haqiqatda
olingan nominal daromadlar o‘rtasidagi farqni anglamoq  (ko‘ra bilmoq) lozim.
Ular  bir-birlaridan  shu  davrda  hisoblangan,  lekin  to‘lanmagan  daromadlar,
shuningdek,  o‘tgan  (oldingi)  davrlar  uchun  qarzlarning  qaytarilishi  natijasida
olingan  daromadlar  o‘lchamiga  (miqdoriga,  summasiga)  farqlanadi.  Ish  haqi
bo‘yicha   to‘lash  muddati  o‘tib  ketgan  qarzdorlikning  mavjud  bo‘lishi  o‘tish
iqtisodiyotiga ega bo‘lgan mamlakatlar uchun dolzarb muammolardan biridir.
Soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar to‘langanidan so‘ng uy xo‘jaligining
ixtiyorida  qoladigan  daromadlarning  puldagi  ifodasiga  uy  xo‘jaligining  ega
Logotip
qayd etish joizki, aholining kambag‘al qatlamlari va qishloq aholisida natural daromadlarning salmog‘i an’anaviy ravishda nisbatan yuqoriroq bo‘ladi. Bir vaqtning o‘zida uy xo‘jaligining naturallashganligi tashqi muhitning (masalan, urushlar davrida, tizimli transformatsiyalanish jarayon-larida va h.k.) noqulay shart-sharoitlariga o‘ziga xos tarzda moslashish mexanizmi ham bo‘lib hisoblanadi. Turli manbalar hisobidan uy xo‘jaliklarining ixtiyoriga kelib tushuvchi pul mablag‘larining barcha summasi pul daromadlari deyiladi. Bozor munosabatlari taraqqiy etgan (rivojlangan) sharoitda aynan pul daromadlari uy xo‘jaliklarining hayotiychanligini ta’minlash va ular rivojlanishining asosi hisoblanadi. Uy xo‘jaliklari pul daromadlarini tahlil qilishning asosi aholining shaxsiy daromadlari hisoblanadiki, ular quyidagi ko‘rsatkichlar yordamida hisoblanadi (o‘lchanadi): nominal daromadlar; ega bo‘lingan daromadlar; real daromadlar. Uy xo‘jaligi a’zolarining ma’lum davrdagi shaxsiy (individual) daromadlari majmuining (to‘plamining) puldagi ifodasiga nominal daromadlar deyiladi. Bu ko‘rsatkich soliqqa tortish darajasi va baholar dinamikasiga bog‘liq bo‘lmagan holda daromadlarni tavsiflaydi. Uy xo‘jaliklari nominal daromadlarining YAIMdagi salmog‘i har bir mamlakat milliy xo‘jaligining rivojlanish darajasiga bog‘liq bo‘lib, taraqqiy etgan mamlakatlarda uning darajasi 65-75% atrofida tebranadi. Bir vaqtning o‘zida, hisoblangan nominal daromadlar va haqiqatda olingan nominal daromadlar o‘rtasidagi farqni anglamoq (ko‘ra bilmoq) lozim. Ular bir-birlaridan shu davrda hisoblangan, lekin to‘lanmagan daromadlar, shuningdek, o‘tgan (oldingi) davrlar uchun qarzlarning qaytarilishi natijasida olingan daromadlar o‘lchamiga (miqdoriga, summasiga) farqlanadi. Ish haqi bo‘yicha to‘lash muddati o‘tib ketgan qarzdorlikning mavjud bo‘lishi o‘tish iqtisodiyotiga ega bo‘lgan mamlakatlar uchun dolzarb muammolardan biridir. Soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar to‘langanidan so‘ng uy xo‘jaligining ixtiyorida qoladigan daromadlarning puldagi ifodasiga uy xo‘jaligining ega
bo‘lingan daromadi deyiladi. Bu daromad yakuniy iste’mol va jamg‘arish uchun
mo‘ljallangan.  Yoppasiga  (jamiga)  o‘lchanishda  (o‘lchanganda)  ega  bo‘lingan
daromad aholining ixtiyoriga borib tushuvchi YAIMning  tegishli qismiga mos
(teng)  keladi. Uy xo‘jaliklari ega bo‘lingan daromadlarining o‘sishi  aholining
moliyaviy  imkoniyatlarini  salohiyatli  ravishda  kengaytiradi,  ishlab  chiqarishni
rag‘batlantirishning bozor mexanizmlarini faollashtiradi. Rivojlangan mamlakat-
larda uy xo‘jaliklari ega bo‘lingan daromadlarining YAIMdagi salmog‘i 70%ni
tashkil etayapti.
Baholar  darajasiga  nisbatan  o‘zgartirilgan  (korrektirovka  qilingan)  ega
bo‘lingan daromad uy xo‘jaliklarining real ega bo‘lingan daromadi deyiladi. Bu
ko‘rsatkich nominal daromadlarning real sotib olish qobiliyatini o‘zida aks ettiradi.
Uning dinamikasi (o‘zgarishi) esa,  ma’lum davrdagi ega bo‘lingan daromadlar va
iste’mol baholari indeksi (yoki  baholar indeksiga teskari bo‘lgan pulning sotib
olish  qobiliyati  indeksi)  o‘sish  sur’atlarining  nisbatiga  bog‘liq  bo‘ladi.  Agar
baholarning o‘sish sur’ati nominal ega bo‘lingan daromadlarning o‘sish tezligidan
past bo‘lsa, uy xo‘jaliklarining real ega bo‘lingan daromadlari o‘sadi. Baholarning
yuqori  sur’atlarda  o‘sishi  sharoitida  real  daromadlar  qisqaradi.  Bu  narsa,  o‘z
navbatida, aholi iste’mol talabi va  sotib olish qobiliyatining pasayishiga olib
keladi. Bu jarayon iqtisodiyotning barcha sektorlaridagi ishbilarmonlik faolligiga
salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Uy xo‘jaliklarining pul daromadlari turli manbalar hisobidan shakllanadi va
ularning byudjetlariga kelib tushadi. Ularning eng asosiylari qatoriga quyidagilarni
ko‘rsatish mumkin:
mehnat haqi;
sotsial to‘lanmalar;
tadbirkorlik faoliyatidan keluvchi daromadlar;
mol-mulkdan keluvchi daromadlar.
Mehnat (ish) haqining tarkibiga quyidagilar kiradi:
bajarilgan ishlar bahosi, tarif stavkalari va mansab okladlari bo‘yicha ish
haqining hisoblangan summalari;
Logotip
bo‘lingan daromadi deyiladi. Bu daromad yakuniy iste’mol va jamg‘arish uchun mo‘ljallangan. Yoppasiga (jamiga) o‘lchanishda (o‘lchanganda) ega bo‘lingan daromad aholining ixtiyoriga borib tushuvchi YAIMning tegishli qismiga mos (teng) keladi. Uy xo‘jaliklari ega bo‘lingan daromadlarining o‘sishi aholining moliyaviy imkoniyatlarini salohiyatli ravishda kengaytiradi, ishlab chiqarishni rag‘batlantirishning bozor mexanizmlarini faollashtiradi. Rivojlangan mamlakat- larda uy xo‘jaliklari ega bo‘lingan daromadlarining YAIMdagi salmog‘i 70%ni tashkil etayapti. Baholar darajasiga nisbatan o‘zgartirilgan (korrektirovka qilingan) ega bo‘lingan daromad uy xo‘jaliklarining real ega bo‘lingan daromadi deyiladi. Bu ko‘rsatkich nominal daromadlarning real sotib olish qobiliyatini o‘zida aks ettiradi. Uning dinamikasi (o‘zgarishi) esa, ma’lum davrdagi ega bo‘lingan daromadlar va iste’mol baholari indeksi (yoki baholar indeksiga teskari bo‘lgan pulning sotib olish qobiliyati indeksi) o‘sish sur’atlarining nisbatiga bog‘liq bo‘ladi. Agar baholarning o‘sish sur’ati nominal ega bo‘lingan daromadlarning o‘sish tezligidan past bo‘lsa, uy xo‘jaliklarining real ega bo‘lingan daromadlari o‘sadi. Baholarning yuqori sur’atlarda o‘sishi sharoitida real daromadlar qisqaradi. Bu narsa, o‘z navbatida, aholi iste’mol talabi va sotib olish qobiliyatining pasayishiga olib keladi. Bu jarayon iqtisodiyotning barcha sektorlaridagi ishbilarmonlik faolligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Uy xo‘jaliklarining pul daromadlari turli manbalar hisobidan shakllanadi va ularning byudjetlariga kelib tushadi. Ularning eng asosiylari qatoriga quyidagilarni ko‘rsatish mumkin: mehnat haqi; sotsial to‘lanmalar; tadbirkorlik faoliyatidan keluvchi daromadlar; mol-mulkdan keluvchi daromadlar. Mehnat (ish) haqining tarkibiga quyidagilar kiradi: bajarilgan ishlar bahosi, tarif stavkalari va mansab okladlari bo‘yicha ish haqining hisoblangan summalari;
rag‘batlantiruvchi ustama va qo‘shimchalar;
ish  rejimi  va  mehnat  sharoitlari  bilan  bog‘liq  bo‘lgan  kompensatsion
to‘lanmalar;
mukofotlar va bir martalik rag‘batlantiruvchi to‘lanmalar;
har  yillik va qo‘shimcha  mehnat ta’tillarini to‘lashlar;
safar harajatlari;
berilgan maxsus kiyim-bosh va maxsus ovqatlanishning qiymati;
va boshqalar.
Uy  xo‘jaliklari  daromadlarining  tarkibiy  tuzilmasida  mehnat  haqi  asosiy
o‘rinni egallaydi. Shunday bo‘lishiga qaramasdan, bozor munosabatlariga o‘tilishi
bilan uy xo‘jaliklari daromadlarining tarkibida uning salmog‘i biroz pasaydi. Bu
mehnat  munosabatlari va moliyaviy munosabatlar tizimida sodir bo‘lgan sifat
o‘zgarishlari bilan bog‘liqdir. Bir tomondan, qisman ish haqining o‘rnini bosuvchi
va undan hayot kechirishning yagona manbai sifatidagi yuklamani olib tashlovchi
yangi imkoniyatlar (masalan, moliya sohasida) va daromadlarning yangi manbalari
(masalan, tadbirkorlik faoliyatining kengayishi) paydo bo‘ldi.
Boshqa bir tomondan esa,  ishsizlik, ish haqining past darajasi, uni tartibga
solishning yetarli darajada samarali bo‘lmagan davlat siyosati, pinhona (xufyona)
aylanmaning (iqtisodiyotning) o‘sishi mehnatga haq to‘lashning yashirin, rasmiy
ravishda inobatga (hisobga) olinmagan shakllarining paydo bo‘lishiga olib keldi.
Iqtisodiyot tarmoqlari (masalan, neft-gaz sanoatida ish haqining darajasi maorif va
qishloq  xo‘jaligidagi  uning  darajasidan  bir  necha  barobar  yuqori)  va  turli
mulkchilik  shakllaridagi  korxonalar  (xususan,  boshqa  mulkchilik  sohalari
korxonalaridagi ish haqiga nisbatan byudjet sohasining korxonalarida ish haqi
ancha  past) bo‘yicha ish haqining tabaqalanishi o‘tkir muammoga aylangan.
Mehnatga  haq  to‘lashning  quyi  chegarasi  davlat  tomonidan  o‘rnatiladi
(aniqlanadi) va uni davlat mehnatga haq to‘lashning minimal miqdori  (MHTMM)
deb  qayd  etadi.  MHTMMning  tarkibiga  ustamalar,  mukofotlar  va  boshqa
rag‘batlantiruvchi  to‘lanmalar  kiritilmaydi.  Byudjet  manbalari  hisobidan
Logotip
rag‘batlantiruvchi ustama va qo‘shimchalar; ish rejimi va mehnat sharoitlari bilan bog‘liq bo‘lgan kompensatsion to‘lanmalar; mukofotlar va bir martalik rag‘batlantiruvchi to‘lanmalar; har yillik va qo‘shimcha mehnat ta’tillarini to‘lashlar; safar harajatlari; berilgan maxsus kiyim-bosh va maxsus ovqatlanishning qiymati; va boshqalar. Uy xo‘jaliklari daromadlarining tarkibiy tuzilmasida mehnat haqi asosiy o‘rinni egallaydi. Shunday bo‘lishiga qaramasdan, bozor munosabatlariga o‘tilishi bilan uy xo‘jaliklari daromadlarining tarkibida uning salmog‘i biroz pasaydi. Bu mehnat munosabatlari va moliyaviy munosabatlar tizimida sodir bo‘lgan sifat o‘zgarishlari bilan bog‘liqdir. Bir tomondan, qisman ish haqining o‘rnini bosuvchi va undan hayot kechirishning yagona manbai sifatidagi yuklamani olib tashlovchi yangi imkoniyatlar (masalan, moliya sohasida) va daromadlarning yangi manbalari (masalan, tadbirkorlik faoliyatining kengayishi) paydo bo‘ldi. Boshqa bir tomondan esa, ishsizlik, ish haqining past darajasi, uni tartibga solishning yetarli darajada samarali bo‘lmagan davlat siyosati, pinhona (xufyona) aylanmaning (iqtisodiyotning) o‘sishi mehnatga haq to‘lashning yashirin, rasmiy ravishda inobatga (hisobga) olinmagan shakllarining paydo bo‘lishiga olib keldi. Iqtisodiyot tarmoqlari (masalan, neft-gaz sanoatida ish haqining darajasi maorif va qishloq xo‘jaligidagi uning darajasidan bir necha barobar yuqori) va turli mulkchilik shakllaridagi korxonalar (xususan, boshqa mulkchilik sohalari korxonalaridagi ish haqiga nisbatan byudjet sohasining korxonalarida ish haqi ancha past) bo‘yicha ish haqining tabaqalanishi o‘tkir muammoga aylangan. Mehnatga haq to‘lashning quyi chegarasi davlat tomonidan o‘rnatiladi (aniqlanadi) va uni davlat mehnatga haq to‘lashning minimal miqdori (MHTMM) deb qayd etadi. MHTMMning tarkibiga ustamalar, mukofotlar va boshqa rag‘batlantiruvchi to‘lanmalar kiritilmaydi. Byudjet manbalari hisobidan
moliyalashtiriladigan tashkilotlar uchun MHTMM tegishli byudjetlar hisobidan,
boshqa sub’ektlar uchun esa ularning o‘z manbalari hisobidan ta’minlanadi.
Byudjet sohasi xodimlarining mehnatiga haq to‘lash hozirgi paytda isloh
qilinmoqda. Bu narsa ushbu sohada yig‘ilib qolgan muammolar bilan (mehnatga
haq to‘lashning  xodimlar  malakasi  va ular  ishlarining haqiqiy natijalari  bilan
kuchsiz bog‘langanligi, markazdan turib byudjet sohasi xodimlari mehnatiga haq
to‘lash  jarayoni  ustidan  to‘liq  nazoratni  amalga  oshirishning  iloji  yo‘qligi  va
boshqalar) bog‘liqdir.
Sotsial to‘lanmalar (sotsial transfertlar)  o‘zining ahamiyatiga ko‘ra  uy
xo‘jaliklari pul daromadlarining tarkibiy tuzilmasida ikkinchi o‘rinni egallaydi.
Ularni turli belgilar va asoslar bo‘yicha klassifikatsiya qilish (tasniflarga ajratish,
tasniflash)  mumkin.  Xususan,  klassifikatsiya  me’zonlari  sifatida  quyidagilarni
qayd etib o‘tish maqsadga muvofiqdir:
iqtisodiy mazmuniga ko‘ra;
sotsial to‘lanmalarning shakli bo‘yicha;
moliyalashtirish manbalariga ko‘ra.
Iqtisodiy  mazmuniga  ko‘ra  sotsial  to‘lanmalarning  quyidagi  ko‘rinishlari
mavjud:
mehnat pensiyalari bilan bog‘liq bo‘lgan to‘lanmalar - mehnat, sotsial va
harbiy pensiyalar;
sotsial harakterdagi (tavsifdagi) to‘lanmalar – kam ta’minlangan oilalarga,
bola parvarishi bo‘yicha, homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha);
individual  foydalanish  xizmatlari  bilan  bog‘liq  bo‘lgan  to‘lanmalar  –
sog‘liqni saqlash, maorif, boshqa notijoriy tashkilotlar xizmatlarini to‘lash;
cheklangan harakatga ega bo‘lgan to‘lanmalar – ishsizlik bo‘yicha nafaqalar,
stipendiyalar.
O‘zlarining shakli bo‘yicha sotsial to‘lanmalar quyidagi ko‘rinishlarga ega
bo‘lishi mumkin:
pensiyalar – mehnat, sotsial va harbiy pensiyalar;
Logotip
moliyalashtiriladigan tashkilotlar uchun MHTMM tegishli byudjetlar hisobidan, boshqa sub’ektlar uchun esa ularning o‘z manbalari hisobidan ta’minlanadi. Byudjet sohasi xodimlarining mehnatiga haq to‘lash hozirgi paytda isloh qilinmoqda. Bu narsa ushbu sohada yig‘ilib qolgan muammolar bilan (mehnatga haq to‘lashning xodimlar malakasi va ular ishlarining haqiqiy natijalari bilan kuchsiz bog‘langanligi, markazdan turib byudjet sohasi xodimlari mehnatiga haq to‘lash jarayoni ustidan to‘liq nazoratni amalga oshirishning iloji yo‘qligi va boshqalar) bog‘liqdir. Sotsial to‘lanmalar (sotsial transfertlar) o‘zining ahamiyatiga ko‘ra uy xo‘jaliklari pul daromadlarining tarkibiy tuzilmasida ikkinchi o‘rinni egallaydi. Ularni turli belgilar va asoslar bo‘yicha klassifikatsiya qilish (tasniflarga ajratish, tasniflash) mumkin. Xususan, klassifikatsiya me’zonlari sifatida quyidagilarni qayd etib o‘tish maqsadga muvofiqdir: iqtisodiy mazmuniga ko‘ra; sotsial to‘lanmalarning shakli bo‘yicha; moliyalashtirish manbalariga ko‘ra. Iqtisodiy mazmuniga ko‘ra sotsial to‘lanmalarning quyidagi ko‘rinishlari mavjud: mehnat pensiyalari bilan bog‘liq bo‘lgan to‘lanmalar - mehnat, sotsial va harbiy pensiyalar; sotsial harakterdagi (tavsifdagi) to‘lanmalar – kam ta’minlangan oilalarga, bola parvarishi bo‘yicha, homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha); individual foydalanish xizmatlari bilan bog‘liq bo‘lgan to‘lanmalar – sog‘liqni saqlash, maorif, boshqa notijoriy tashkilotlar xizmatlarini to‘lash; cheklangan harakatga ega bo‘lgan to‘lanmalar – ishsizlik bo‘yicha nafaqalar, stipendiyalar. O‘zlarining shakli bo‘yicha sotsial to‘lanmalar quyidagi ko‘rinishlarga ega bo‘lishi mumkin: pensiyalar – mehnat, sotsial va harbiy pensiyalar;
nafaqalar  –  kam  ta’minlangan  fuqarolarga  nafaqalar,  onalik  nafaqasi,
ishsizlik bo‘yicha nafaqa va boshqalar;
stipendiyalar – oliy, o‘rta-maxsus va kasbiy ta’lim, kurslar o‘quvchilariga,
aspirantlarga stipendiyalar;
imtiyozli to‘lanmalar, kompensatsiyalar, subsidiyalar – uy-joy-kommunal
xizmatlariga,  transport  xizmatlari,  sanatoriya-kurort  davolashlari  va  davolash
vositalari bilan ta’minlash xizmatlarini to‘lash, uy-joy sotib olishga subsidiya va
boshqalar;
sug‘urta qoplamalari – ko‘zda tutilmagan sabablar bo‘yicha sug‘urta hodisa
ro‘y bergandagi to‘lanmalar;
moddiy yordam – ishsizlar, qochoqlar va majburiy ko‘chib o‘tganlarga bir
martalik to‘lanmalar va boshqalar.
Moliyalashtirish  manbalariga  ko‘ra  sotsial  to‘lanma-larning  quyidagi
ko‘rinishlari bor:
barcha darajadagi byudjetlardan moliyalashtiriladigan sotsial to‘lanmalar:
respublika  byudjetidan  –  urush  ishtirokchilari  va  nogironlarini,  jangovor
harakatlar faxriylarini sotsial jihatdan qo‘llab-quvvatlash choralari; mintaqaviy va
mahalliy byudjetlardan – mehnat faxriylari, front orti mehnatkashlarini sotsial
jihatdan qo‘llab-quvvatlash choralari, turli xildagi ustama va qo‘shimchalar;
davlat nobyudjet fondlarining byudjetlaridan moliyalashtiriladigan sotsial
to‘lanmalar: Pensiya fondining byudjeti hisobidan – mehnat, sotsial pensiyalar,
harbiy  xizmatchilar  va  ularning  oilalariga  pensiyalar;   Sotsial  sug‘urta  fondi
mablag‘lari  hisobidan  –  vaqtinchalik  mehnat  qobiliyatini  yuqotganligi  uchun
nafaqalar, oilaviy va onalik nafaqalari va h.k.
korxonalarning  mablag‘lari  hisobidan  moliyalashtiriladigan  sotsial
to‘lanmalar  –  pensiyalarga  ustamalar,  pensiyaga  chiqadiganlarga  bir  martalik
nafaqalar va boshqalar;
kasaba  uyushmalari  mablag‘lari  hisobidan  moliyalash-tiriladigan  sotsial
to‘lanmalar – oilaviy holatlarga ko‘ra turli bir martalik nafaqalar va boshqalar. 
Logotip
nafaqalar – kam ta’minlangan fuqarolarga nafaqalar, onalik nafaqasi, ishsizlik bo‘yicha nafaqa va boshqalar; stipendiyalar – oliy, o‘rta-maxsus va kasbiy ta’lim, kurslar o‘quvchilariga, aspirantlarga stipendiyalar; imtiyozli to‘lanmalar, kompensatsiyalar, subsidiyalar – uy-joy-kommunal xizmatlariga, transport xizmatlari, sanatoriya-kurort davolashlari va davolash vositalari bilan ta’minlash xizmatlarini to‘lash, uy-joy sotib olishga subsidiya va boshqalar; sug‘urta qoplamalari – ko‘zda tutilmagan sabablar bo‘yicha sug‘urta hodisa ro‘y bergandagi to‘lanmalar; moddiy yordam – ishsizlar, qochoqlar va majburiy ko‘chib o‘tganlarga bir martalik to‘lanmalar va boshqalar. Moliyalashtirish manbalariga ko‘ra sotsial to‘lanma-larning quyidagi ko‘rinishlari bor: barcha darajadagi byudjetlardan moliyalashtiriladigan sotsial to‘lanmalar: respublika byudjetidan – urush ishtirokchilari va nogironlarini, jangovor harakatlar faxriylarini sotsial jihatdan qo‘llab-quvvatlash choralari; mintaqaviy va mahalliy byudjetlardan – mehnat faxriylari, front orti mehnatkashlarini sotsial jihatdan qo‘llab-quvvatlash choralari, turli xildagi ustama va qo‘shimchalar; davlat nobyudjet fondlarining byudjetlaridan moliyalashtiriladigan sotsial to‘lanmalar: Pensiya fondining byudjeti hisobidan – mehnat, sotsial pensiyalar, harbiy xizmatchilar va ularning oilalariga pensiyalar; Sotsial sug‘urta fondi mablag‘lari hisobidan – vaqtinchalik mehnat qobiliyatini yuqotganligi uchun nafaqalar, oilaviy va onalik nafaqalari va h.k. korxonalarning mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan sotsial to‘lanmalar – pensiyalarga ustamalar, pensiyaga chiqadiganlarga bir martalik nafaqalar va boshqalar; kasaba uyushmalari mablag‘lari hisobidan moliyalash-tiriladigan sotsial to‘lanmalar – oilaviy holatlarga ko‘ra turli bir martalik nafaqalar va boshqalar.
Yaxlit  olinganda  uy  xo‘jaliklari  daromadlarining  sotsial  to‘lanmalar
ko‘rsatkichi  pensiyalar,  nafaqalar,  stipendiyalar,  boshqa  sotsial  va  sug‘urta
tushilmalarini  o‘zida  birlashtiradi.  Sotsial  to‘lanmalarni  moddiy-buyumlashgan
tarkibiga ko‘ra uch ko‘rinishga ajratish mumkin:
pul mablag‘lari bilan yordamlashuv;
imtiyozlar;
natural ko‘rinishdagi yordam.
Bu sohadagi barcha imtiyozlarni qonuniy tarzda tartibga keltirish eng kamida
quyidagi uch vazifaning yechilishini ko‘zda tutadi:
imtiyozlarning taqdim etilish shakllarini o‘zgartirish (natural imtiyozlarni
pul kompensatsiyalari bilan almashtirish) va  byudjet resurslarining cheklanganligi
uchun moliyalashtirilishining iloji bo‘lmagan ko‘plab imtiyozlarni bekor qilish;
ob’ektiv ravishda muhtoj bo‘lgan, kasbiy me’zonlari va alohida xizmatlari
belgilari bo‘yicha manzilli qo‘llab-quvvatlashga o‘tish;
sotsial qo‘llab-quvvatlash choralarining moliyalashtirish manbalarini qattiq
(keskin) chegaralash.
Yuqorida  keltirilgan  vazifalarning  bajarilishi  sotsial  transfertlarni
(to‘lanmalarni)  taqdim  qilishning  yangi  modellariga  o‘tishning  samarali
adaptatsion (moslashuvchan) shakllaridan foydalanishni talab qiladi.
Tadbirkorlik  faoliyatidan  olinadigan  daromadlar 
uy  xo‘jaliklari
daromadlarining  tarkibiy  tuzilishida  navbatdagi  muhim  manba  bo‘lib  xizmat
qiladi.  Bunday  daromadlarning  tarkibiga   xususiy  biznesni  yuritish  va  uy
xo‘jaligida to‘plangan mulkning (boylikning) kamayishi bilan bog‘liq bo‘lmagan
holda vujudga keluvchi daromadlarning har qanday shakllari kiradi. Bu daromadlar
biznesning tashkil qilingan (qayd etilgan korxona) va tashkil qilinmagan  shakllari
doirasida vujudga keladi.
Keyingi  yillarda  uy  xo‘jaliklarining  daromadlari  tarkibida  mulkdan
olinadigan  daromadlarning salmog‘i  oshib  borayotir.  Bunday  daromadlar  uy
xo‘jaliklarining mulkida bo‘lgan moliyaviy va nomoliyaviy noishlab chiqarish
aktivlaridan foydalanish natijasida vujudga keladigan pul daromadlaridan iborat.
Logotip
Yaxlit olinganda uy xo‘jaliklari daromadlarining sotsial to‘lanmalar ko‘rsatkichi pensiyalar, nafaqalar, stipendiyalar, boshqa sotsial va sug‘urta tushilmalarini o‘zida birlashtiradi. Sotsial to‘lanmalarni moddiy-buyumlashgan tarkibiga ko‘ra uch ko‘rinishga ajratish mumkin: pul mablag‘lari bilan yordamlashuv; imtiyozlar; natural ko‘rinishdagi yordam. Bu sohadagi barcha imtiyozlarni qonuniy tarzda tartibga keltirish eng kamida quyidagi uch vazifaning yechilishini ko‘zda tutadi: imtiyozlarning taqdim etilish shakllarini o‘zgartirish (natural imtiyozlarni pul kompensatsiyalari bilan almashtirish) va byudjet resurslarining cheklanganligi uchun moliyalashtirilishining iloji bo‘lmagan ko‘plab imtiyozlarni bekor qilish; ob’ektiv ravishda muhtoj bo‘lgan, kasbiy me’zonlari va alohida xizmatlari belgilari bo‘yicha manzilli qo‘llab-quvvatlashga o‘tish; sotsial qo‘llab-quvvatlash choralarining moliyalashtirish manbalarini qattiq (keskin) chegaralash. Yuqorida keltirilgan vazifalarning bajarilishi sotsial transfertlarni (to‘lanmalarni) taqdim qilishning yangi modellariga o‘tishning samarali adaptatsion (moslashuvchan) shakllaridan foydalanishni talab qiladi. Tadbirkorlik faoliyatidan olinadigan daromadlar uy xo‘jaliklari daromadlarining tarkibiy tuzilishida navbatdagi muhim manba bo‘lib xizmat qiladi. Bunday daromadlarning tarkibiga xususiy biznesni yuritish va uy xo‘jaligida to‘plangan mulkning (boylikning) kamayishi bilan bog‘liq bo‘lmagan holda vujudga keluvchi daromadlarning har qanday shakllari kiradi. Bu daromadlar biznesning tashkil qilingan (qayd etilgan korxona) va tashkil qilinmagan shakllari doirasida vujudga keladi. Keyingi yillarda uy xo‘jaliklarining daromadlari tarkibida mulkdan olinadigan daromadlarning salmog‘i oshib borayotir. Bunday daromadlar uy xo‘jaliklarining mulkida bo‘lgan moliyaviy va nomoliyaviy noishlab chiqarish aktivlaridan foydalanish natijasida vujudga keladigan pul daromadlaridan iborat.
Bunda  moliyaviy  aktivlardan  olinadigan  daromadlar  pul  mablag‘larini  bank
omonatlariga,  qimmatli  qlg‘ozlarga,  xorijiy  valyutalar  bilan  operatsiyalarga
joylashtirish natijasida vujudga keladi. Nomoliyaviy noishlab chiqarish aktivlardan
olinadigan daromadlar uy xo‘jaliklariga tegishli bo‘lgan uy-joy binolari va yer
uchastkalarini sotish yoki ijaraga berish natijasida paydo bo‘ladi. 
Shunday qilib,  ko‘rinib turibdiki,  uy xo‘jaliklarining  mulkdan olinadigan
daromadlari  quyidagi ko‘rinishlarda amal qiladi:
foizlar;
dividentlar;
rentalar.
Moliyaviy  vositachilik,  fond  bozori,  patent  huquqi  bozori,  xususiy
mulkchilik,  shu  jumladan,  yerga  bo‘lgan  xususiy  mulkchilik  institutlarining
rivojlanishi  uy  xo‘jaliklari  daromadlarining  umumiy  summasida  mulkdan
olinadigan daromadlarning yanada o‘sishiga olib kelishga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi.
Uy xo‘jaliklari turli guruhlari daromadlarining tarkibi, tarkibiy tuzilmasi va
dinamikasi  bir-biridan  keskin  farq  qilishi  mumkin.  Bunda  daromadlarning
tabaqalanishi (differensiatsiya qilinishi) juda ko‘p ob’ektiv va sub’ektiv omillar
ta’siri ostida sodir bo‘ladi. Ularning eng asosiylari quyidagilardir:
mulkchilik omili (uning noteng taqsimlanganligi);
oilaviy sotsioiqtisodiy ahvol (oilaning kelib chiqishi, o‘lchami (ko‘lami),
sotsial maqomi, jamg‘arilgan (to‘plangan) boyligi;
inson kapitaliga quyilmalar (ma’lumoti, malakasi, kasbiy mahorati, ularning
o‘sish salohiyati).
Farovonlikning umumiy darajasiga bog‘liq bo‘lmagan holda daromadlarning
differensiatsiya qilinganligi  (tabaqalangan-ligi) barcha mamlakatlar uchun xos.
Jamiyatda jami daromadlarning taqsimlanishidagi notenglikni Jini koeffitsiyenti
(daromadlarning konsentratsiyalashuvi indeksi) yaqqol ko‘rsatadi. Uning umumiy
ko‘tarilishi (yuqoriligi) jamiyatning chuqur sotsial qatlamlarga bo‘linganligidan
darak  beradi.  Ijtimoiy  takror  ishlab  chiqarishning  o‘sishi,  sotsial-iqtisodiy
rivojlanishda  barqaror  pozitiv  (ijobiy)  tendensiyalarning  shakllanishi,
Logotip
Bunda moliyaviy aktivlardan olinadigan daromadlar pul mablag‘larini bank omonatlariga, qimmatli qlg‘ozlarga, xorijiy valyutalar bilan operatsiyalarga joylashtirish natijasida vujudga keladi. Nomoliyaviy noishlab chiqarish aktivlardan olinadigan daromadlar uy xo‘jaliklariga tegishli bo‘lgan uy-joy binolari va yer uchastkalarini sotish yoki ijaraga berish natijasida paydo bo‘ladi. Shunday qilib, ko‘rinib turibdiki, uy xo‘jaliklarining mulkdan olinadigan daromadlari quyidagi ko‘rinishlarda amal qiladi: foizlar; dividentlar; rentalar. Moliyaviy vositachilik, fond bozori, patent huquqi bozori, xususiy mulkchilik, shu jumladan, yerga bo‘lgan xususiy mulkchilik institutlarining rivojlanishi uy xo‘jaliklari daromadlarining umumiy summasida mulkdan olinadigan daromadlarning yanada o‘sishiga olib kelishga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Uy xo‘jaliklari turli guruhlari daromadlarining tarkibi, tarkibiy tuzilmasi va dinamikasi bir-biridan keskin farq qilishi mumkin. Bunda daromadlarning tabaqalanishi (differensiatsiya qilinishi) juda ko‘p ob’ektiv va sub’ektiv omillar ta’siri ostida sodir bo‘ladi. Ularning eng asosiylari quyidagilardir: mulkchilik omili (uning noteng taqsimlanganligi); oilaviy sotsioiqtisodiy ahvol (oilaning kelib chiqishi, o‘lchami (ko‘lami), sotsial maqomi, jamg‘arilgan (to‘plangan) boyligi; inson kapitaliga quyilmalar (ma’lumoti, malakasi, kasbiy mahorati, ularning o‘sish salohiyati). Farovonlikning umumiy darajasiga bog‘liq bo‘lmagan holda daromadlarning differensiatsiya qilinganligi (tabaqalangan-ligi) barcha mamlakatlar uchun xos. Jamiyatda jami daromadlarning taqsimlanishidagi notenglikni Jini koeffitsiyenti (daromadlarning konsentratsiyalashuvi indeksi) yaqqol ko‘rsatadi. Uning umumiy ko‘tarilishi (yuqoriligi) jamiyatning chuqur sotsial qatlamlarga bo‘linganligidan darak beradi. Ijtimoiy takror ishlab chiqarishning o‘sishi, sotsial-iqtisodiy rivojlanishda barqaror pozitiv (ijobiy) tendensiyalarning shakllanishi,
daromadlarni  davlat  tomonidan  tartibga  solishning  samarali  instrumentlari,
kambag‘allikni (qashshoqlikni) ogohlantirish mexanizmlari uy xo‘jaliklarida ega
bo‘lingan  real  pul  daromadlarining  o‘sishiga,  daromadlarning  notengligi
muammosini silliqlashtirishga (yumshatishga) o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. 
Uy xo‘jaliklari tomonidan iste’molga, majburiy to‘lovlarni amalga oshirishga
va jamg‘arishga yo‘naltiriladigan pul mablag‘lari uy xo‘jaliklari byudjetlarining
harajatlar qismini tashkil etib, ularning harajatlari deyiladi. Iqtisodiy adabiyotlarda
uy xo‘jaliklarining harajatlari quyidagilar bo‘yicha klassifikatsiya qilinadi:
davriylik nuqtai-nazaridan;
harajatlarning turlari (ko‘rinishlari) bo‘yicha;
harajatlarning funksional mo‘ljallanganlikka bog‘liq-ligiga ko‘ra;
majburiylik darajasi bo‘yicha;
to‘lovlarning avtonomlilik harakteriga ko‘ra;
iste’mol va jamg‘arishga yo‘naltirilayotgan real pul harajatlarining turlari
(ko‘rinishlari) bo‘yicha.
Davriylik nuqtai-nazaridan  uy  xo‘jaliklarining  harajatlari  quyidagilarga
bo‘linadi:
qisqa muddatli harajatlar;
o‘rta muddatli harajatlar;
uzoq muddatli harajatlar.
Harajatlarning turlari (ko‘rinishlari) bo‘yicha uy xo‘jaliklarining harajatlari
quyidagilardan tarkib topadi:
joriy harajatlar;
kapital harajatlar.
Uy  xo‘jaliklarining  harajatlari  funksional  mo‘ljal-langanligiga  ko‘ra
quyidagilardan iborat:
shaxsiy iste’mol harajatlari;
soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar;
pul to‘planmalari va jamg‘armalar.
Logotip
daromadlarni davlat tomonidan tartibga solishning samarali instrumentlari, kambag‘allikni (qashshoqlikni) ogohlantirish mexanizmlari uy xo‘jaliklarida ega bo‘lingan real pul daromadlarining o‘sishiga, daromadlarning notengligi muammosini silliqlashtirishga (yumshatishga) o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Uy xo‘jaliklari tomonidan iste’molga, majburiy to‘lovlarni amalga oshirishga va jamg‘arishga yo‘naltiriladigan pul mablag‘lari uy xo‘jaliklari byudjetlarining harajatlar qismini tashkil etib, ularning harajatlari deyiladi. Iqtisodiy adabiyotlarda uy xo‘jaliklarining harajatlari quyidagilar bo‘yicha klassifikatsiya qilinadi: davriylik nuqtai-nazaridan; harajatlarning turlari (ko‘rinishlari) bo‘yicha; harajatlarning funksional mo‘ljallanganlikka bog‘liq-ligiga ko‘ra; majburiylik darajasi bo‘yicha; to‘lovlarning avtonomlilik harakteriga ko‘ra; iste’mol va jamg‘arishga yo‘naltirilayotgan real pul harajatlarining turlari (ko‘rinishlari) bo‘yicha. Davriylik nuqtai-nazaridan uy xo‘jaliklarining harajatlari quyidagilarga bo‘linadi: qisqa muddatli harajatlar; o‘rta muddatli harajatlar; uzoq muddatli harajatlar. Harajatlarning turlari (ko‘rinishlari) bo‘yicha uy xo‘jaliklarining harajatlari quyidagilardan tarkib topadi: joriy harajatlar; kapital harajatlar. Uy xo‘jaliklarining harajatlari funksional mo‘ljal-langanligiga ko‘ra quyidagilardan iborat: shaxsiy iste’mol harajatlari; soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar; pul to‘planmalari va jamg‘armalar.
Avtonomlilik  harakteriga  ko‘ra uy  xo‘jaliklarining  harajatlari  ikkiga
bo‘linadi:
daromadlarning  o‘lchamiga  (ko‘lamiga)  bog‘liq  bo‘lmagan   va  hayotiy
minimum darajasiga rasman muvofiq keluvchi avtonom (qat’iy, qattiq) harajatlar;
daromadlarning dinamikasiga bog‘liq bo‘lgan elastik harajatlar.
Ayrim  hollarda  uy  xo‘jaliklari  harajatlarining  ana  shunday
klassifikatsiyalanishi doirasida kam elastikli harajatlar alohida guruhga ajratiladi
va uning tarkibiga uy-joy-kommunal xizmatlari va transport chiqimlarini to‘lash
bilan bog‘liq bo‘lgan harajatlar kiritiladi.
Real  pul  harajatlarining  turlari  (ko‘rinishlari)  bo‘yicha ham  uy
xo‘jaliklarining harajatlari ikki guruhdan tashkil topadi:
iste’molga yo‘naltirilgan harajatlar;
jamg‘arishga yo‘naltirilgan harajatlar
Uy xo‘jaliklarining iste’molga yo‘naltirilgan harajatlari (iste’mol harajatlari)
ular tomonidan yakuniy tovarlar va xizmatlarni sotib olishga sarf qilinadigan ega
bo‘lingan  daromadning  bir  qismidan  iborat.  Iste’mol  harajatlarining  ko‘lami
quyidagilar bog‘liq:
ega bo‘lingan daromadga;
baholar darajasiga;
iste’molchilarning mol-mulklariga;
real foiz stavkalariga;
iste’mol bo‘yicha qarzdorlikning miqdoriga;
iste’molchilarning soliqqa tortilish darajasiga.
Uy xo‘jaliklari byudjetlaridagi iste’mol harajatlari sub’ektiv omillarga ham
ta’sirchan  bo‘lib,  ularning  orasidan  quyidagilarni  alohida  ajratib  ko‘rsatish
mumkin:
iste’mol qilishga bo‘lgan intilishning chegarasi;
baholarning o‘zgarishiga nisbatan iste’molchilarning kutuvchanligi;
pul daromadlari;
soliqlar;
Logotip
Avtonomlilik harakteriga ko‘ra uy xo‘jaliklarining harajatlari ikkiga bo‘linadi: daromadlarning o‘lchamiga (ko‘lamiga) bog‘liq bo‘lmagan va hayotiy minimum darajasiga rasman muvofiq keluvchi avtonom (qat’iy, qattiq) harajatlar; daromadlarning dinamikasiga bog‘liq bo‘lgan elastik harajatlar. Ayrim hollarda uy xo‘jaliklari harajatlarining ana shunday klassifikatsiyalanishi doirasida kam elastikli harajatlar alohida guruhga ajratiladi va uning tarkibiga uy-joy-kommunal xizmatlari va transport chiqimlarini to‘lash bilan bog‘liq bo‘lgan harajatlar kiritiladi. Real pul harajatlarining turlari (ko‘rinishlari) bo‘yicha ham uy xo‘jaliklarining harajatlari ikki guruhdan tashkil topadi: iste’molga yo‘naltirilgan harajatlar; jamg‘arishga yo‘naltirilgan harajatlar Uy xo‘jaliklarining iste’molga yo‘naltirilgan harajatlari (iste’mol harajatlari) ular tomonidan yakuniy tovarlar va xizmatlarni sotib olishga sarf qilinadigan ega bo‘lingan daromadning bir qismidan iborat. Iste’mol harajatlarining ko‘lami quyidagilar bog‘liq: ega bo‘lingan daromadga; baholar darajasiga; iste’molchilarning mol-mulklariga; real foiz stavkalariga; iste’mol bo‘yicha qarzdorlikning miqdoriga; iste’molchilarning soliqqa tortilish darajasiga. Uy xo‘jaliklari byudjetlaridagi iste’mol harajatlari sub’ektiv omillarga ham ta’sirchan bo‘lib, ularning orasidan quyidagilarni alohida ajratib ko‘rsatish mumkin: iste’mol qilishga bo‘lgan intilishning chegarasi; baholarning o‘zgarishiga nisbatan iste’molchilarning kutuvchanligi; pul daromadlari; soliqlar;
tovarlarning mavjudligi;
va boshqalar.
Makroiqtisodiy  nuqtai-nazardan  uy  xo‘jaliklari  byudjetlarining  iste’mol
harajatlari ikki eng muhim xususiyatga ega:
birinchidan,  iste’mol harajatlari yalpi mahsulot doiraviy aylanishi modelida
yalpi talab va yalpi harajatlarni tashkil qilishning eng katta qismi hisoblanadi;
ikkinchidan,  uy  xo‘jaliklari  byudjetlarining  iste’mol  harajatlari  qisqa
muddatli  davrda bandlik va investitsiyalar darajasini tartibga solish orqali ta’sir
etish mumkin bo‘lgan yalpi talabning nisbatan barqaror tarkib toptiruvchisidir.
Uy  xo‘jaliklari  byudjetlari  harajatlari  tarkibi,  tarkibiy  tuzilmasi  va
dinamikasini  tahlil  qilish, odatda, aholining daromadlari va harajatlari balansi
asosida  amalga oshiriladi.  Bu  balansning  eng  umumiy  ko‘rinishi  quyidagicha
bo‘lishi mumkin (navbatdagi betga qarang):
Aholi pul daromadlari va harajatlari balansi
Daromadlar
Harajatlar va jamg‘armalar
1. Mehnatga haq to‘lash
2. Mehnat haqidan boshqa korxona
     va tashkilotlardan olinadi-
     gan yollanma ishchilarning
     daromadlari
3. Dividentlar
4. Qishloq xo‘jaligi mahsulot-
    larini sotishdan olinadigan
    tushumlar
5. Pensiya va nafaqalar
6. Stipendiyalar
7. Moliya tizimidan olinadigan
    tushumlar (sug‘urta qoplama-
1. Tovarlarni sotib olish va
     xizmatlarni to‘lash
2. Majburiy to‘lovlar va
ixtiyoriy  badallar:
 a) soliqlar va yig‘imlar;
 b) sug‘urta bo‘yicha to‘lovlar;
 v) jamoatchilik va kooperativ
     tashkilotlarga badallar;
  g) ssudalarni qaytarish;
  d) lotereya chiptalarini sotib
       olish;
  ye) tovar krediti uchun foizlar;
  yo) pensiya fondlariga sug‘urta
Logotip
tovarlarning mavjudligi; va boshqalar. Makroiqtisodiy nuqtai-nazardan uy xo‘jaliklari byudjetlarining iste’mol harajatlari ikki eng muhim xususiyatga ega: birinchidan, iste’mol harajatlari yalpi mahsulot doiraviy aylanishi modelida yalpi talab va yalpi harajatlarni tashkil qilishning eng katta qismi hisoblanadi; ikkinchidan, uy xo‘jaliklari byudjetlarining iste’mol harajatlari qisqa muddatli davrda bandlik va investitsiyalar darajasini tartibga solish orqali ta’sir etish mumkin bo‘lgan yalpi talabning nisbatan barqaror tarkib toptiruvchisidir. Uy xo‘jaliklari byudjetlari harajatlari tarkibi, tarkibiy tuzilmasi va dinamikasini tahlil qilish, odatda, aholining daromadlari va harajatlari balansi asosida amalga oshiriladi. Bu balansning eng umumiy ko‘rinishi quyidagicha bo‘lishi mumkin (navbatdagi betga qarang): Aholi pul daromadlari va harajatlari balansi Daromadlar Harajatlar va jamg‘armalar 1. Mehnatga haq to‘lash 2. Mehnat haqidan boshqa korxona va tashkilotlardan olinadi- gan yollanma ishchilarning daromadlari 3. Dividentlar 4. Qishloq xo‘jaligi mahsulot- larini sotishdan olinadigan tushumlar 5. Pensiya va nafaqalar 6. Stipendiyalar 7. Moliya tizimidan olinadigan tushumlar (sug‘urta qoplama- 1. Tovarlarni sotib olish va xizmatlarni to‘lash 2. Majburiy to‘lovlar va ixtiyoriy badallar: a) soliqlar va yig‘imlar; b) sug‘urta bo‘yicha to‘lovlar; v) jamoatchilik va kooperativ tashkilotlarga badallar; g) ssudalarni qaytarish; d) lotereya chiptalarini sotib olish; ye) tovar krediti uchun foizlar; yo) pensiya fondlariga sug‘urta
    lari, omonatlarning foizla-
    ri, lotereya yutuqlari va b.)
8. Xorijiy valyutani sotishdan
    kelgan aholining daromadla-
    ri
9. Boshqa tushumlar
    a) komission magazinlar orqa-
        li buyumlarni sotish
    b) chiqindi ashyo, metallom va
         boshqalarni sotish
10. O‘tkazmalar bo‘yicha olingan
       Pullar
      badallari;
3. Omonatlar va qimmatli qog‘oz-
    lardagi jamg‘armalarning
     o‘sishi
4. Uy-joy binolarini sotib
     olish
5. Xorijiy valyutani sotib
    olish bo‘yicha aholi
     harajatlari
6. O‘tkazmalar bo‘yicha
     jo‘natilgan pullar
Jami
pul daromadlari
Jami pul harajatlari va
jamg‘armalar
Harajatlarning daromadlardan
oshishi
Daromadlarning harajatlardan
oshishi
Balans
Balans
Uy  xo‘jaliklari  byudjetlari  harajatlari  hisobidan  tovarlarni  sotib  olish  va
xizmatlarni to‘lash (iste’mol harajatlari) o‘z ichiga quyidagilarni oladi:
uy-joy  va  kommunal  xizmatlarni,  maishiy  xizmatlarni,  maorif  tizimi
xizmatlarini to‘lash;
dam  olish  uylari,  sanatoriylar,  turistik  yo‘llanmalar  harajatlari  va  tibiy
xizmatlarni to‘lash;
kino, teatr va boshqa tamoshalar harajatlari;
passajir transportining barcha turlarini to‘lash harajatlari;
aloqa xizmatlarini to‘lash;
qolgan boshqa xizmatlarni to‘lash.
Logotip
lari, omonatlarning foizla- ri, lotereya yutuqlari va b.) 8. Xorijiy valyutani sotishdan kelgan aholining daromadla- ri 9. Boshqa tushumlar a) komission magazinlar orqa- li buyumlarni sotish b) chiqindi ashyo, metallom va boshqalarni sotish 10. O‘tkazmalar bo‘yicha olingan Pullar badallari; 3. Omonatlar va qimmatli qog‘oz- lardagi jamg‘armalarning o‘sishi 4. Uy-joy binolarini sotib olish 5. Xorijiy valyutani sotib olish bo‘yicha aholi harajatlari 6. O‘tkazmalar bo‘yicha jo‘natilgan pullar Jami pul daromadlari Jami pul harajatlari va jamg‘armalar Harajatlarning daromadlardan oshishi Daromadlarning harajatlardan oshishi Balans Balans Uy xo‘jaliklari byudjetlari harajatlari hisobidan tovarlarni sotib olish va xizmatlarni to‘lash (iste’mol harajatlari) o‘z ichiga quyidagilarni oladi: uy-joy va kommunal xizmatlarni, maishiy xizmatlarni, maorif tizimi xizmatlarini to‘lash; dam olish uylari, sanatoriylar, turistik yo‘llanmalar harajatlari va tibiy xizmatlarni to‘lash; kino, teatr va boshqa tamoshalar harajatlari; passajir transportining barcha turlarini to‘lash harajatlari; aloqa xizmatlarini to‘lash; qolgan boshqa xizmatlarni to‘lash.
Majburiy  to‘lovlar  va  ixtiyoriy  badallar  uy  xo‘jaliklari  byudjetlari
harajatlarining muhim elementi hisoblanadi. Bu harajatlar, hozirgi sharoitda, o‘sish
tendensiyasiga ega bo‘lib, ular quyidagi omillar bilan bog‘langan:
birinchidan, aholi tadbirkorlik tashabbusining kengayishi yakka tartibdagi
tadbirkorlarning xo‘jalik va savdo faoliyatidan olinadigan (undiriladigan) soliq,
boshqa  majburiy  to‘lovlar  va  yig‘imlarning  ham  kengashi  (ko‘payishi)  bilan
kuzatilmoqda;
ikkinchidan, sug‘urta  tizimining  rivojlanishi,  notijoriy  sektorning  o‘sishi
(masalan,  turli  jamoatchilik  tashkilotlari,  birlashmalari  va  ittifoqlari),  bir
tomondan, sug‘urta bo‘yicha badallarni oshirsa, ikkinchi  tomondan, notijoriy
tashkilotlarga ajratmalarni ko‘paytiradi;
uchinchidan,  iste’mol  va  ipoteka  kreditining  rivojlanishi  uy  xo‘jaliklari
byudjetlarining harajat-larida “ssudalarni  qaytarish” va “tovar krediti  bo‘yicha
foizlar” moddalarining oshirilishiga olib keladi. 
Sug‘urta  bozorining  intensiv  rivojlanishi,  bank  xizmatlari  amaliyotida
iste’mol krediti  va u bilan bog‘liq bo‘lgan operatsiyalarning kengayishi natijasida
kelajakda uy xo‘jaliklari byudjetlari harajatlarining bu yo‘nalishlari faqat o‘sish
tendensiyasiga ega bo‘lishi mumkin. Shuningdek, moliyaviy bozorning rivojlanishi
va pensiya tizimining isloh qilinishi uy xo‘jaliklari byudjetlarida “pensiya fondiga
sug‘urta badallari” harajatlar moddasining ham o‘sishiga olib keladi.
Uy xo‘jaliklari byudjetlari harajatlar qismining majburiy to‘lovlarida soliqlar
va yig‘imlar kattagina hissani tashkil etadi. Uy xo‘jaliklari daromadlarining soliqqa
tortilishi  ular  real  daromadlarini  qisqartiradi.  Shunday  bo‘lishiga  qaramasdan,
davlat  moliyasining  taqsimlash  funksiyasi  doirasida  jismoniy  shaxslarning
daromadlari va mulkidan olinadigan soliqlar muhim vazifalarni yechishga xizmat
qiladi.  Birinchidan, bu soliqlar mamlakat byudjet tizimining turli byudjetlari
darajalarida daromadlarning yetarli tushishini ta’minlaydi. Ikkinchidan,  jismoniy
shaxslarning daromad-laridan olinadigan soliqlar olingan daromadlardan ratsional
foydalanishni rag‘batlantirish va ularni shakllantirish yo‘llari bilan uy xo‘jaliklari
byudjetlarining tarkibiy tuzilmasiga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Uchinchidan, soliqlar
Logotip
Majburiy to‘lovlar va ixtiyoriy badallar uy xo‘jaliklari byudjetlari harajatlarining muhim elementi hisoblanadi. Bu harajatlar, hozirgi sharoitda, o‘sish tendensiyasiga ega bo‘lib, ular quyidagi omillar bilan bog‘langan: birinchidan, aholi tadbirkorlik tashabbusining kengayishi yakka tartibdagi tadbirkorlarning xo‘jalik va savdo faoliyatidan olinadigan (undiriladigan) soliq, boshqa majburiy to‘lovlar va yig‘imlarning ham kengashi (ko‘payishi) bilan kuzatilmoqda; ikkinchidan, sug‘urta tizimining rivojlanishi, notijoriy sektorning o‘sishi (masalan, turli jamoatchilik tashkilotlari, birlashmalari va ittifoqlari), bir tomondan, sug‘urta bo‘yicha badallarni oshirsa, ikkinchi tomondan, notijoriy tashkilotlarga ajratmalarni ko‘paytiradi; uchinchidan, iste’mol va ipoteka kreditining rivojlanishi uy xo‘jaliklari byudjetlarining harajat-larida “ssudalarni qaytarish” va “tovar krediti bo‘yicha foizlar” moddalarining oshirilishiga olib keladi. Sug‘urta bozorining intensiv rivojlanishi, bank xizmatlari amaliyotida iste’mol krediti va u bilan bog‘liq bo‘lgan operatsiyalarning kengayishi natijasida kelajakda uy xo‘jaliklari byudjetlari harajatlarining bu yo‘nalishlari faqat o‘sish tendensiyasiga ega bo‘lishi mumkin. Shuningdek, moliyaviy bozorning rivojlanishi va pensiya tizimining isloh qilinishi uy xo‘jaliklari byudjetlarida “pensiya fondiga sug‘urta badallari” harajatlar moddasining ham o‘sishiga olib keladi. Uy xo‘jaliklari byudjetlari harajatlar qismining majburiy to‘lovlarida soliqlar va yig‘imlar kattagina hissani tashkil etadi. Uy xo‘jaliklari daromadlarining soliqqa tortilishi ular real daromadlarini qisqartiradi. Shunday bo‘lishiga qaramasdan, davlat moliyasining taqsimlash funksiyasi doirasida jismoniy shaxslarning daromadlari va mulkidan olinadigan soliqlar muhim vazifalarni yechishga xizmat qiladi. Birinchidan, bu soliqlar mamlakat byudjet tizimining turli byudjetlari darajalarida daromadlarning yetarli tushishini ta’minlaydi. Ikkinchidan, jismoniy shaxslarning daromad-laridan olinadigan soliqlar olingan daromadlardan ratsional foydalanishni rag‘batlantirish va ularni shakllantirish yo‘llari bilan uy xo‘jaliklari byudjetlarining tarkibiy tuzilmasiga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Uchinchidan, soliqlar
vositasida  daromadlarning  bir  qismi  jamiyat  va  uy  xo‘jaliklarining  sotsial
muammolarini yechish uchun qayta taqsimlanadi.
Amaldagi qonunchilikka muvofiq mamlakat fuqarolari daromadlaridan, mol-
mulkidan (shu jumladan, yer solig‘i va  yer uchun ijara haqi) soliqlar, boshqa
majburiy  to‘lovlar  va  yig‘imlar  (masalan,  ma’muriy  jarimalar,  jismoniy
shaxslardan olinadigan xilma-xil mahalliy yig‘imlar) va davlat bojlarini to‘laydi.
Bir vaqtning o‘zida, uy xo‘jaliklarining real daromadlariga, aholi daromadlari va
harajatlarining balansida majburiy to‘lovlar sifatida hisobga olinmaydigan egri
(bilvosita) soliqlar ham o‘zining ta’sirini ko‘rsatadi. Chunki bu soliqlar (aksizlar,
qo‘shilgan qiymat solig‘i, bojxona bojlari va boshqalar)  tovar bahosining tarkibida
bo‘lib, ular tovar sotib olinayotganda to‘lanadi.  Tovarlar bahosining darajasini
faqat egri (bilvosita) soliqlar oshirib qolmasdan, balki ayrim to‘g‘ri (bevosita)
soliqlar  (yagona  sotsial  soliq,   korxonalarning  foydasidan  olinadigan  soliq,
tashkilotlarning mol-mulkidan olinadigan soliq va boshqalar) ham oshiradiki,  ular
ham  qisman yoki to‘liq tovarlar bahosi orqali kompensatsiya qilinadi.
Aholi  daromadlari  va  harajatlari  balansi  harajatlar  qismining  boshqa
moddalari  (“omonatlar  va  qimmatli  qog‘ozlardagi  jamg‘armalarning  o‘sishi”,
“xorijiy  valyutalarni  sotib  olish  bo‘yicha  aholi  harajatlari”  va  boshqalar)
jamg‘arish jarayoni doirasida uy xo‘jaliklarining moliyaviy munosabatlarini aks
ettiradi.
3-savol bayoni. Mamlakatimizda kambag‘allikni qisqartirish va ehtiyojmand
oilalarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash borasidagi chora-tadbirlarning natijadorligini
oshirish va bunda aholining maqsadli guruhini aniqlash bo‘yicha vazifalar aniq bir
mezon va uslubiy yondashuvlarning ishlab chiqilishini talab etadi.
O‘z navbatida, ushbu uslubiy yondashuv va bazani shakllantirish aholining
turmush sharoiti va ijtimoiy holatini bevosita o‘zida aks ettiruvchi, ya’ni ularning
iste’mol tarkibi va xususiyatlari bo‘yicha real holatni ifodalovchi ko‘rsatkichlarni
hisoblash muhim ahamiyat kasb etadi.
Logotip
vositasida daromadlarning bir qismi jamiyat va uy xo‘jaliklarining sotsial muammolarini yechish uchun qayta taqsimlanadi. Amaldagi qonunchilikka muvofiq mamlakat fuqarolari daromadlaridan, mol- mulkidan (shu jumladan, yer solig‘i va yer uchun ijara haqi) soliqlar, boshqa majburiy to‘lovlar va yig‘imlar (masalan, ma’muriy jarimalar, jismoniy shaxslardan olinadigan xilma-xil mahalliy yig‘imlar) va davlat bojlarini to‘laydi. Bir vaqtning o‘zida, uy xo‘jaliklarining real daromadlariga, aholi daromadlari va harajatlarining balansida majburiy to‘lovlar sifatida hisobga olinmaydigan egri (bilvosita) soliqlar ham o‘zining ta’sirini ko‘rsatadi. Chunki bu soliqlar (aksizlar, qo‘shilgan qiymat solig‘i, bojxona bojlari va boshqalar) tovar bahosining tarkibida bo‘lib, ular tovar sotib olinayotganda to‘lanadi. Tovarlar bahosining darajasini faqat egri (bilvosita) soliqlar oshirib qolmasdan, balki ayrim to‘g‘ri (bevosita) soliqlar (yagona sotsial soliq, korxonalarning foydasidan olinadigan soliq, tashkilotlarning mol-mulkidan olinadigan soliq va boshqalar) ham oshiradiki, ular ham qisman yoki to‘liq tovarlar bahosi orqali kompensatsiya qilinadi. Aholi daromadlari va harajatlari balansi harajatlar qismining boshqa moddalari (“omonatlar va qimmatli qog‘ozlardagi jamg‘armalarning o‘sishi”, “xorijiy valyutalarni sotib olish bo‘yicha aholi harajatlari” va boshqalar) jamg‘arish jarayoni doirasida uy xo‘jaliklarining moliyaviy munosabatlarini aks ettiradi. 3-savol bayoni. Mamlakatimizda kambag‘allikni qisqartirish va ehtiyojmand oilalarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash borasidagi chora-tadbirlarning natijadorligini oshirish va bunda aholining maqsadli guruhini aniqlash bo‘yicha vazifalar aniq bir mezon va uslubiy yondashuvlarning ishlab chiqilishini talab etadi. O‘z navbatida, ushbu uslubiy yondashuv va bazani shakllantirish aholining turmush sharoiti va ijtimoiy holatini bevosita o‘zida aks ettiruvchi, ya’ni ularning iste’mol tarkibi va xususiyatlari bo‘yicha real holatni ifodalovchi ko‘rsatkichlarni hisoblash muhim ahamiyat kasb etadi.