VALENTLIK TUSHUNCHASI (Valentlik nazariyasi va tilshunoslik. Verbosentrik nazariyaning shakllanishi)

Yuklangan vaqt

2024-05-25

Yuklab olishlar soni

1

Sahifalar soni

8

Faytl hajmi

23,1 KB


Ilmiybaza.uz 
 
 
 
 
 
 
VALENTLIK TUSHUNCHASI 
Reja: 
1. Valentlik nazariyasi va tilshunoslik. Verbosentrik nazariyaning shakllanishi 
2. Valentlik turlari. 
 
 
Tayanch tushunchalar: valentlik, leksik, sintaktik, mantiqiy valentlik, verbosentrik 
nazariya, avalent, bir valentli, ikki valentli, uch valentli fe’llar. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Ilmiybaza.uz VALENTLIK TUSHUNCHASI Reja: 1. Valentlik nazariyasi va tilshunoslik. Verbosentrik nazariyaning shakllanishi 2. Valentlik turlari. Tayanch tushunchalar: valentlik, leksik, sintaktik, mantiqiy valentlik, verbosentrik nazariya, avalent, bir valentli, ikki valentli, uch valentli fe’llar.
Ilmiybaza.uz 
 
 
Valentlik nazariyasi va tilshunoslik. Valentlik atamasi lot.valentia so‘zidan 
olingan bo‘lib, “quvvat”, “kuch” degan ma‘noni beradi. Bu atama kimyoda bir 
element atomining boshqa element atomi bilan bog‘lanish xususiyatini ifodalash 
uchun qo‘llanilsa, tilshunoslikda leksemaning boshqa leksema bilan bog‘lanish 
qobiliyatini ifodalash uchun ishlatiladi.  
Valentlik nazariyasining tilshunoslikda qo‘llanilishi L.Tenyer va S.Kasnelson 
asarlari bilan bog‘liq bo‘lib, dastlab bog‘lanishni ifodalash uchun bu atamani olib 
kirgan fransuz tilshunosi L.Tenyer uni faqat fe‘lga nisbat beradi. Uning fikricha, 
valentlik fe’lning gapda subyekt, obyektlarni biriktirish imkoniyatidir. U fe‘l-
kesimning zaruriy, to‘ldiriladigan semantik bo‘laklari shu subyekt va obyektlardan 
iborat, deb tushunadi. Bunda u gapning egasi, vositali va vositasiz to‘ldiruvchilarini 
nazarda tutadi. Xullas, L.Tenyer “valentlik” atamasini kimyodan o‘zlashtiradi va 
“Struktural sintaksis asoslari” nomli kitobida bu atamaning tildagi xususiyatlarini 
asoslab, o‘ziga xos misollar keltiradi, struktur sintaksis haqida fikr yuritadi: ―Har 
bir so‘z ikkinchi bir so‘z bilan bog‘lanuvchi aniq bir xususiyatga ega va bu 
strukturalardan, gaplardan iborat. Ammo bu aloqa hech narsa bilan ifodalanmaydi. 
Masalan, Alfred gapiryapti ikkita alohida-alohida narsa, bir tomondan Alfred ismli 
shaxs, ikkinchi tomondan kimdir gapiryapti. Bu ikki narsa mening ongimda bir-
biriga qo‘shilib, gapirish harakati Alfred tomonidan bajarilayotganini ma‘lum qiladi. 
Bundan bu gap ikki elementdan iborat ekan, degan xulosa kelib chiqmasligi kerak. 
Chunki Alfred gapiryapti gapi uch elementdan tuzilgan: 1.Alfred. 2. Gapiryapti. 3. 
Aloqa. Gapda ikki narsa bor deb qarash mumkin, lekin bu tashqi tomondan yoki 
morfologik nuqtayi nazardan, biroq gapning shakllanishida sintaktik aloqa muhim 
hisoblanadi”.  
Valentlik terminini o‘zining “Grammatik kategoriyalar” (1948) asarida 
qo‘llagan S.D.Kasnelson ham bu tushunchani so‘zning gapda ma‘lum tarzda 
reallashishi va boshqa so‘z bilan ma‘lum aloqaga kirishishi ma‘nosida qo‘llaydi. 
Valentlik – ma‘lum so‘zning boshqa so‘zni o‘ziga birlashtirish xususiyatidir, deb 
ataydi. Xuddi shu kabi fikrni A.Fitrat o‘zining “O‘zbek tili qoidalari to‘g‘rusida bir 
Ilmiybaza.uz Valentlik nazariyasi va tilshunoslik. Valentlik atamasi lot.valentia so‘zidan olingan bo‘lib, “quvvat”, “kuch” degan ma‘noni beradi. Bu atama kimyoda bir element atomining boshqa element atomi bilan bog‘lanish xususiyatini ifodalash uchun qo‘llanilsa, tilshunoslikda leksemaning boshqa leksema bilan bog‘lanish qobiliyatini ifodalash uchun ishlatiladi. Valentlik nazariyasining tilshunoslikda qo‘llanilishi L.Tenyer va S.Kasnelson asarlari bilan bog‘liq bo‘lib, dastlab bog‘lanishni ifodalash uchun bu atamani olib kirgan fransuz tilshunosi L.Tenyer uni faqat fe‘lga nisbat beradi. Uning fikricha, valentlik fe’lning gapda subyekt, obyektlarni biriktirish imkoniyatidir. U fe‘l- kesimning zaruriy, to‘ldiriladigan semantik bo‘laklari shu subyekt va obyektlardan iborat, deb tushunadi. Bunda u gapning egasi, vositali va vositasiz to‘ldiruvchilarini nazarda tutadi. Xullas, L.Tenyer “valentlik” atamasini kimyodan o‘zlashtiradi va “Struktural sintaksis asoslari” nomli kitobida bu atamaning tildagi xususiyatlarini asoslab, o‘ziga xos misollar keltiradi, struktur sintaksis haqida fikr yuritadi: ―Har bir so‘z ikkinchi bir so‘z bilan bog‘lanuvchi aniq bir xususiyatga ega va bu strukturalardan, gaplardan iborat. Ammo bu aloqa hech narsa bilan ifodalanmaydi. Masalan, Alfred gapiryapti ikkita alohida-alohida narsa, bir tomondan Alfred ismli shaxs, ikkinchi tomondan kimdir gapiryapti. Bu ikki narsa mening ongimda bir- biriga qo‘shilib, gapirish harakati Alfred tomonidan bajarilayotganini ma‘lum qiladi. Bundan bu gap ikki elementdan iborat ekan, degan xulosa kelib chiqmasligi kerak. Chunki Alfred gapiryapti gapi uch elementdan tuzilgan: 1.Alfred. 2. Gapiryapti. 3. Aloqa. Gapda ikki narsa bor deb qarash mumkin, lekin bu tashqi tomondan yoki morfologik nuqtayi nazardan, biroq gapning shakllanishida sintaktik aloqa muhim hisoblanadi”. Valentlik terminini o‘zining “Grammatik kategoriyalar” (1948) asarida qo‘llagan S.D.Kasnelson ham bu tushunchani so‘zning gapda ma‘lum tarzda reallashishi va boshqa so‘z bilan ma‘lum aloqaga kirishishi ma‘nosida qo‘llaydi. Valentlik – ma‘lum so‘zning boshqa so‘zni o‘ziga birlashtirish xususiyatidir, deb ataydi. Xuddi shu kabi fikrni A.Fitrat o‘zining “O‘zbek tili qoidalari to‘g‘rusida bir
Ilmiybaza.uz 
 
tajriba. Sarf” asarida quyidagicha ifodalaydi: “O‘zingizni o‘ylasangiz, hayvonlardan 
birini (otni) o‘ylasangiz, bizda u hayvon ustiga yerlashmak uchun bo‘lg‘an 
tebranishingizni o‘ylasangiz, uch ma‘no o‘ylag‘an bo‘lursiz. Bu uch ma‘noni 
birlashtirib, bir-biriga bog‘lab, o‘zingizni otqa minganingizni o‘ylag‘anda, 
miyangizda bir o‘y “tuqqondir”. Shu o‘yni bir kishiga bildirmaqchi bo‘lg‘ach, “Men 
ot mindim deb qo‘yasizkim, bu aytqaningiz bir gapdir. Ko‘rinadirkim, yuqoridag‘i 
o‘yda uch ma‘no bo‘lg‘ani kabi u o‘yni bildirguchi gapda ham uch so‘z bor: men, 
ot, mindim. Demak, so‘z ma‘no bildirgan tovushlar to‘dasidir”. Bundan tovush 
signallari orqali, boshqacha aytganda, belgilar orqali inson obyektiv olamga 
borishini va, aksincha, obyektiv olamdan semantik predmetlar orqali belgilashtirish 
jarayoni, ya‘ni sintaktik aloqa mavjud ekanligi ko‘rinadi. Sintaktik aloqa esa 
valentlik tufayli yuzaga keladi.  
Bugungi kunda tilshunoslikda valentlikni sintaktik aloqani ta‘minlovchi 
muhim vosita sifatida alohida ta‘kidlash an‘anaga aylanib qoldi va bu atama ko‘plab 
tilshunoslarning ishlarida ham o‘z aksini topdi. Dastlab “valentlik” atamasi faqat 
fe‘llarning birikuvchanlik imkoniyatlariga nisbatan qo‘llanildi. Keyinchalik ushbu 
terminning vazifasi kengayib, valentlik xususiyatlari keng doiradagi morfologik 
birliklarga xos ekanligi tilshunoslar tomonidan e‘tirof etila boshlandi. Fe‘lning rolini 
izohlash spetsifikasi L.Tenyer konsepsiyasining o‘ziga xosligini belgilaydi. 
L.Tenyer “Sintaksisni qanday qurish kerak” nomli maqolasida (1939) sintaktik 
nazariyalar sof sintaktik belgilarga tayanishi lozimligini ta‘kidlagan holda, ikki 
asosiy qismni: 1) grammatik kategoriyalarni, tartibni hamda ularning tildagi 
uyushishi tamoyillarini o‘rganuvchi kategorial yoki statik sintaksis; 2) “tirik” fraza 
strukturasini, uning aloqalarining real mexanizmlarini tadqiq etuvchi funksional 
yoki dinamik sintaksisni ajratadi. L.Teyerning yangicha talqinida fraza ko‘pqavatli 
iyerarxik qurilma sifatida namoyon bo‘lib, markazga uning barcha “organizmlarini” 
boshqarib turuvchi fe‘l qo‘yildi. Periferiya qismida esa bir-biriga va oxir-oqibat 
fe‘lga tobelanuvchi grammatik elementlar joylashdi. Ko‘rinadiki, L.Tenyerning 
fe‘lning sintaktik xususiyatlariga, uning birikuvchanligiga qiziqishi keyinchalik 
sintaktik valentlik ta‘limotining paydo bo‘lishiga turtki bo‘ldi va valentlik deganda, 
Ilmiybaza.uz tajriba. Sarf” asarida quyidagicha ifodalaydi: “O‘zingizni o‘ylasangiz, hayvonlardan birini (otni) o‘ylasangiz, bizda u hayvon ustiga yerlashmak uchun bo‘lg‘an tebranishingizni o‘ylasangiz, uch ma‘no o‘ylag‘an bo‘lursiz. Bu uch ma‘noni birlashtirib, bir-biriga bog‘lab, o‘zingizni otqa minganingizni o‘ylag‘anda, miyangizda bir o‘y “tuqqondir”. Shu o‘yni bir kishiga bildirmaqchi bo‘lg‘ach, “Men ot mindim deb qo‘yasizkim, bu aytqaningiz bir gapdir. Ko‘rinadirkim, yuqoridag‘i o‘yda uch ma‘no bo‘lg‘ani kabi u o‘yni bildirguchi gapda ham uch so‘z bor: men, ot, mindim. Demak, so‘z ma‘no bildirgan tovushlar to‘dasidir”. Bundan tovush signallari orqali, boshqacha aytganda, belgilar orqali inson obyektiv olamga borishini va, aksincha, obyektiv olamdan semantik predmetlar orqali belgilashtirish jarayoni, ya‘ni sintaktik aloqa mavjud ekanligi ko‘rinadi. Sintaktik aloqa esa valentlik tufayli yuzaga keladi. Bugungi kunda tilshunoslikda valentlikni sintaktik aloqani ta‘minlovchi muhim vosita sifatida alohida ta‘kidlash an‘anaga aylanib qoldi va bu atama ko‘plab tilshunoslarning ishlarida ham o‘z aksini topdi. Dastlab “valentlik” atamasi faqat fe‘llarning birikuvchanlik imkoniyatlariga nisbatan qo‘llanildi. Keyinchalik ushbu terminning vazifasi kengayib, valentlik xususiyatlari keng doiradagi morfologik birliklarga xos ekanligi tilshunoslar tomonidan e‘tirof etila boshlandi. Fe‘lning rolini izohlash spetsifikasi L.Tenyer konsepsiyasining o‘ziga xosligini belgilaydi. L.Tenyer “Sintaksisni qanday qurish kerak” nomli maqolasida (1939) sintaktik nazariyalar sof sintaktik belgilarga tayanishi lozimligini ta‘kidlagan holda, ikki asosiy qismni: 1) grammatik kategoriyalarni, tartibni hamda ularning tildagi uyushishi tamoyillarini o‘rganuvchi kategorial yoki statik sintaksis; 2) “tirik” fraza strukturasini, uning aloqalarining real mexanizmlarini tadqiq etuvchi funksional yoki dinamik sintaksisni ajratadi. L.Teyerning yangicha talqinida fraza ko‘pqavatli iyerarxik qurilma sifatida namoyon bo‘lib, markazga uning barcha “organizmlarini” boshqarib turuvchi fe‘l qo‘yildi. Periferiya qismida esa bir-biriga va oxir-oqibat fe‘lga tobelanuvchi grammatik elementlar joylashdi. Ko‘rinadiki, L.Tenyerning fe‘lning sintaktik xususiyatlariga, uning birikuvchanligiga qiziqishi keyinchalik sintaktik valentlik ta‘limotining paydo bo‘lishiga turtki bo‘ldi va valentlik deganda,
Ilmiybaza.uz 
 
birinchi navbatda, fe‘lning sintaktik valentligi tushunildi. Valentlik tushunchasini 
L.Tenyer fe‘lning sintaktik tasnifi uchun qo‘llaydi va nol, bir, ikki hamda uch 
valentlikka ega bo‘lgan fe‘llarni ajratadi.  
Nol valentlikka ega bo‘lgan fe‘llar “ishtirokchilar” ga ega emasligi bilan 
xarakterlanadi. Bular o‘z-o‘zicha, birovning ishtirokisiz sodir bo‘layotgan jarayonni 
bildiradi: Daryo shovullardi. Bir “ishtirokchi” ga ega bo‘lgan bir valentli fe‘llar bir 
shaxs yoki bir predmet ishtirok etayotgan jaryonni bildiradi: Mashinada bordi. Ikki 
“ishtirokchi” qatnashgan jarayonni ifodalovchi fe‘llar ikki valentli fe‘llardir: Alfred 
kitob berdi. Uch valentli fe‘llar uch “ishtirokchi” qatnashayotgan jarayonni 
ifodalaydi. Bunday fe‘llarda birinchi va ikkinchi “ishtirokchilar” shaxsni, uchinchi 
“ishtirokchi” esa predmetni ifodalaydi: Alfred Sharlga kitobni berdi. Demak, Tenyer 
o‘z ishlarida gapni struktur tahlil qilar ekan, uning asosida fe‘l yotishini ta‘kidlaydi 
va buning natijasida fe‘l valentligi nazariyasi (verbosentrik nazariya) vujudga keldi. 
Bunga ko‘ra gap tuzilishini predikat (ko‘p hollarda fe‘l bilan ifodalangan) belgilaydi 
va u o‘ziga muvofiq kategorial belgilarga o‘rin ochadi. Gapning barcha qismlari fe‘l 
predikat munosabatiga ko‘ra unga bog‘liq qismlarga (aktantlar, argumentlar, 
to‘ldiruvchilar, partnyorlar, komplementlar va h.k.) va erkin qismlarga (erkin 
kengaytiruvchilar, hollar, ad‘yunktlarga) bo‘linadi. Ko‘rinadiki, hollar fe‘llarga 
bog‘liq qismlar qatoriga, ya‘ni uning valent tarkibiga kiritilmaydi. Fe‘l valentlik 
xususiyatlarining bunday talqini Tenyerning tahlilda mazmuniy bosqichga 
asoslanish zarurligi va har qanday harakat muayyan miqdordagi ishtirokchilarni 
(aktantlarni) talab etishi, gap sathida bular ega va to‘ldiruvchi sifatida namoyon 
bo‘lishi mumkinligi haqidagi qarashlari bilan bog‘liq. Uning fikricha, barcha holli 
elementlar fe‘l ma‘nosi bilan shartlanmagan, shuning uchun uning valent tarkibiga 
kirmaydi. Bunday qarashlar H.Brinkmann ishlarida ham kuzatiladi. U ot, sifat 
hamda fe‘llarning valentlik xususiyatlarini kuzatar ekan, fe‘llarning o‘ziga xos 
valentlik tabiatiga ega ekanligini aniqlaydi. Ot hamda sifatlar faqat bittadan kelishik 
formalari uchun vakant pozitsiyalarga ega bo‘lsa, fe‘llar egadan tashqari yana bir 
qancha vakant pozitsiyalarga ega bo‘lishi mumkinligini ta‘kidlaydi. Muallif 
“ishtirokchilar” sifatida faqat kelishik shakllaridan birida qo‘llaniluvchi otlar bilan 
Ilmiybaza.uz birinchi navbatda, fe‘lning sintaktik valentligi tushunildi. Valentlik tushunchasini L.Tenyer fe‘lning sintaktik tasnifi uchun qo‘llaydi va nol, bir, ikki hamda uch valentlikka ega bo‘lgan fe‘llarni ajratadi. Nol valentlikka ega bo‘lgan fe‘llar “ishtirokchilar” ga ega emasligi bilan xarakterlanadi. Bular o‘z-o‘zicha, birovning ishtirokisiz sodir bo‘layotgan jarayonni bildiradi: Daryo shovullardi. Bir “ishtirokchi” ga ega bo‘lgan bir valentli fe‘llar bir shaxs yoki bir predmet ishtirok etayotgan jaryonni bildiradi: Mashinada bordi. Ikki “ishtirokchi” qatnashgan jarayonni ifodalovchi fe‘llar ikki valentli fe‘llardir: Alfred kitob berdi. Uch valentli fe‘llar uch “ishtirokchi” qatnashayotgan jarayonni ifodalaydi. Bunday fe‘llarda birinchi va ikkinchi “ishtirokchilar” shaxsni, uchinchi “ishtirokchi” esa predmetni ifodalaydi: Alfred Sharlga kitobni berdi. Demak, Tenyer o‘z ishlarida gapni struktur tahlil qilar ekan, uning asosida fe‘l yotishini ta‘kidlaydi va buning natijasida fe‘l valentligi nazariyasi (verbosentrik nazariya) vujudga keldi. Bunga ko‘ra gap tuzilishini predikat (ko‘p hollarda fe‘l bilan ifodalangan) belgilaydi va u o‘ziga muvofiq kategorial belgilarga o‘rin ochadi. Gapning barcha qismlari fe‘l predikat munosabatiga ko‘ra unga bog‘liq qismlarga (aktantlar, argumentlar, to‘ldiruvchilar, partnyorlar, komplementlar va h.k.) va erkin qismlarga (erkin kengaytiruvchilar, hollar, ad‘yunktlarga) bo‘linadi. Ko‘rinadiki, hollar fe‘llarga bog‘liq qismlar qatoriga, ya‘ni uning valent tarkibiga kiritilmaydi. Fe‘l valentlik xususiyatlarining bunday talqini Tenyerning tahlilda mazmuniy bosqichga asoslanish zarurligi va har qanday harakat muayyan miqdordagi ishtirokchilarni (aktantlarni) talab etishi, gap sathida bular ega va to‘ldiruvchi sifatida namoyon bo‘lishi mumkinligi haqidagi qarashlari bilan bog‘liq. Uning fikricha, barcha holli elementlar fe‘l ma‘nosi bilan shartlanmagan, shuning uchun uning valent tarkibiga kirmaydi. Bunday qarashlar H.Brinkmann ishlarida ham kuzatiladi. U ot, sifat hamda fe‘llarning valentlik xususiyatlarini kuzatar ekan, fe‘llarning o‘ziga xos valentlik tabiatiga ega ekanligini aniqlaydi. Ot hamda sifatlar faqat bittadan kelishik formalari uchun vakant pozitsiyalarga ega bo‘lsa, fe‘llar egadan tashqari yana bir qancha vakant pozitsiyalarga ega bo‘lishi mumkinligini ta‘kidlaydi. Muallif “ishtirokchilar” sifatida faqat kelishik shakllaridan birida qo‘llaniluvchi otlar bilan
Ilmiybaza.uz 
 
to‘ldiriluvchi pozitsiyalarni tanlaydi. Ko‘makchilar yordamida yuzaga chiquvchi 
shakllar esa soqit qilinadi, ya‘ni hollar fe‘llarning umumiy valentlik tarkibiga 
kiritilmaydi. 
Bunday 
qarash 
Brinkmanni 
Tenyerning 
qarashlari 
bilan 
umumlashtiradi. H.Brinkman xuddi L.Tenyerga o‘xshab valentlik fe‘lning gapdagi 
boshqa o‘rinlarni to‘ldirishni talab qiluvchi xususiyati, deb izohlaydi. Bu jihatdan 
J.Erben qarashlari e‘tiborga loyiq. U ham gap markazida fe‘l turishini e‘tirof etadi 
va fe‘l valentligini atom valentligiga qiyoslagan holda, aynan shu valentlik gapning 
struktur sxemasini belgilashini ta‘kidlaydi. Chunki to‘ldiruvchilarning nechta va 
qanaqa bo‘lishi hamda ularning qaysi o‘rinda kelishi aynan fe‘lga bog‘liq. 
To‘ldiruvchi‖ sifatida J.Erben nafaqat ega va to‘ldiruvchini, balki mazmunan zarur 
bo‘lgan hollarni, predikativ aniqlovchini va predikativni ham belgilaydi. O‘z 
sxemalarida muallif har bir to‘ldiruvchini muayyan raqamlar bilan belgilaydi (E1, 
Ye2, Ye3, Ye4). Lekin bu raqamlar faqat fe‘lning umumiy valentligini belgilab, 
ularning iyerarxiyasini ham, tartibini ham ko‘rsatmasligini uqtiradi. L.Veysgerber, 
G.Helbiglar o‘z oldiga valentlik tushunchasini aniqlashtirish va formallashtirish 
vazifasini qo‘ydilar. Xususan, L.Veysgerber valentlik haqidagi qarashlarni 
rivojlantirgan holda, gapning har bir bo‘lagi muayyan gap bo‘lagini modellashtirish 
doirasidagi tutgan o‘rniga ko‘ra valentlik xususiyatiga ega ekanligini ta‘kidlaydi. 
Ya‘ni valentlik masalasi nafaqat fe‘lga nisbatan, balki boshqa so‘z turkumlariga 
nisbatan ham qo‘llanilishi lozimligi e‘tirof etadi. G.Helbig fe‘l valentligini 
tekshirishda transformatsion grammatikaning muayyan bo‘laklarni tushirish usulini 
qo‘lladi. Bunda gap tarkibidagi fe‘l kengaytiruvchilaridan biri tushirilishi natijasida 
gap mazmuniy strukturasida o‘zgarish bo‘lmasa, ushbu bo‘lak struktur jihatdan 
zaruriy emas, aksi bo‘ladigan bo‘lsa, ushbu bo‘lakning ishtiroki zaruriydir. 
Ko‘rinadiki, fe‘l valentliklarining zaruriy yoki zaruriy emasligi muayyan vaziyat 
bilan, so‘zlovchining muayyan maqsadi bilan bog‘liqdir. L.Tenyer nazariyasi 
ko‘plab tilshunoslar tomonidan ilgari surildi va hozirgi tilshunoslikda mustahkam 
o‘rin egalladi.  
Dastlab fe‘llarning faqat ega va to‘ldiruvchiga nisbatan birikuvchanligini 
ifodalovchi “valentlik” atamasining ko‘lami kengayib, keyinchalik gap strukturasi 
Ilmiybaza.uz to‘ldiriluvchi pozitsiyalarni tanlaydi. Ko‘makchilar yordamida yuzaga chiquvchi shakllar esa soqit qilinadi, ya‘ni hollar fe‘llarning umumiy valentlik tarkibiga kiritilmaydi. Bunday qarash Brinkmanni Tenyerning qarashlari bilan umumlashtiradi. H.Brinkman xuddi L.Tenyerga o‘xshab valentlik fe‘lning gapdagi boshqa o‘rinlarni to‘ldirishni talab qiluvchi xususiyati, deb izohlaydi. Bu jihatdan J.Erben qarashlari e‘tiborga loyiq. U ham gap markazida fe‘l turishini e‘tirof etadi va fe‘l valentligini atom valentligiga qiyoslagan holda, aynan shu valentlik gapning struktur sxemasini belgilashini ta‘kidlaydi. Chunki to‘ldiruvchilarning nechta va qanaqa bo‘lishi hamda ularning qaysi o‘rinda kelishi aynan fe‘lga bog‘liq. To‘ldiruvchi‖ sifatida J.Erben nafaqat ega va to‘ldiruvchini, balki mazmunan zarur bo‘lgan hollarni, predikativ aniqlovchini va predikativni ham belgilaydi. O‘z sxemalarida muallif har bir to‘ldiruvchini muayyan raqamlar bilan belgilaydi (E1, Ye2, Ye3, Ye4). Lekin bu raqamlar faqat fe‘lning umumiy valentligini belgilab, ularning iyerarxiyasini ham, tartibini ham ko‘rsatmasligini uqtiradi. L.Veysgerber, G.Helbiglar o‘z oldiga valentlik tushunchasini aniqlashtirish va formallashtirish vazifasini qo‘ydilar. Xususan, L.Veysgerber valentlik haqidagi qarashlarni rivojlantirgan holda, gapning har bir bo‘lagi muayyan gap bo‘lagini modellashtirish doirasidagi tutgan o‘rniga ko‘ra valentlik xususiyatiga ega ekanligini ta‘kidlaydi. Ya‘ni valentlik masalasi nafaqat fe‘lga nisbatan, balki boshqa so‘z turkumlariga nisbatan ham qo‘llanilishi lozimligi e‘tirof etadi. G.Helbig fe‘l valentligini tekshirishda transformatsion grammatikaning muayyan bo‘laklarni tushirish usulini qo‘lladi. Bunda gap tarkibidagi fe‘l kengaytiruvchilaridan biri tushirilishi natijasida gap mazmuniy strukturasida o‘zgarish bo‘lmasa, ushbu bo‘lak struktur jihatdan zaruriy emas, aksi bo‘ladigan bo‘lsa, ushbu bo‘lakning ishtiroki zaruriydir. Ko‘rinadiki, fe‘l valentliklarining zaruriy yoki zaruriy emasligi muayyan vaziyat bilan, so‘zlovchining muayyan maqsadi bilan bog‘liqdir. L.Tenyer nazariyasi ko‘plab tilshunoslar tomonidan ilgari surildi va hozirgi tilshunoslikda mustahkam o‘rin egalladi. Dastlab fe‘llarning faqat ega va to‘ldiruvchiga nisbatan birikuvchanligini ifodalovchi “valentlik” atamasining ko‘lami kengayib, keyinchalik gap strukturasi