Valyuta kursining makroiqtisodiy siyosatga taʼsiri
Yuklangan vaqt
2024-06-14
Yuklab olishlar soni
2
Sahifalar soni
14
Faytl hajmi
119,0 KB
Valyuta kursining makroiqtisodiy siyosatga taʼsiri
Reja:
1. Valyuta va jahon valyuta tizimi tushunchasi.
2. Valyuta bozorini davlat tomonidan tartibga solish usullari
3. Valyuta kursi va uni belgilovchi omillar.
4. Nominal va real valyuta kurslari
5. Makroiqtisodiy siyosatning nominal va real valyuta kurslariga ta’siri
Xalqaro valyuta munosabatlari pulning xalqaro toʻlov jarayoniga xizmat qilishi
jarayonida vujudga keladi. U tashqi savdo bilan birga paydo boʻldi va rivojlanishning uzoq
yoʻlini bosib oʻtdi. Tarix davomida jahon puli va xalqaro hisob-kitob shakllari oʻzgardi.
Bir vaqtda valyuta munosabatlari ahamiyati oʻsdi va ularning nisbatan mustaqil darajasi
oshdi. Tovarlar, xizmatlar, kapitallar va ishchi kuchi harakati mamlakatdan mamlakatga
koʻchadigan pul massasalari oqimi yordamida amalga oshadi. Bu harakatni tartibga solish
zarurligi xalqaro valyuta tizimi va jahon valyuta tizimlarining shakllanishiga olib keldi.
Valyuta – keng ma’noda mamlakat pul birligi (masalan, soʻm, dollar, funt-sterling va
hokazo)ni anglatadi. Qisqa ma’noda valyuta atamasi chet davlatlarning pul belgisi
ma’nosida qoʻllaniladi. Har bir milliy bozor xususiy milliy valyuta tizimiga ega.
Milliy valyuta tizimi bazasida jahon bozori rivojlanishi natijasida tarkib topadigan va
davlatlararo kelishuvlar bilan mustahkamlangan xalqaro valyuta munosabatlarini tashkil
qilish shakli boʻlgan jahon valyuta tizimi amal qiladi.
Mamlakatlar oʻrtasida tovar va xizmatlar oqimi koʻpaygani sari pul vositalarini
ayirboshlashi ham tobora oshib boradi, oʻzaro hisob-kitoblardagi nomutanosiblik
muammolari yuzaga keladi. Bularning barchasi jahon valyuta tizimining barpo etilishiga
obyektiv shart-sharoitlar yaratadi. Uning maqsadi – mamlakatlar oʻrtasidagi barcha turdagi
bitimlarni amalga oshirishni tartibga solishdan va shuningdek, bu ishlarni tezlashtirishdan
iborat. Shunday qilib, jahon valyuta tizimi – bu, xalqaro ayirboshlashning barcha
shakllariga xizmat qilishga va ularning samarali rivojlanashini ta’minlashga qaratilgan
mamlakatlar oʻrtasidagi valyuta munosabatlarining yigʻindisidir. Xalqaro iqtisodiy
munosabatlarning tarkibiy qismi sifatida u quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
1. Xalqaro bitimlarda foydalaniladigan toʻlov va kredit vositalarini (oltin, eng
rivojlangan mamlakatlarning milliy valyutalari, xalqaro pul birliklari);
2. Valyuta kurslarini oʻrnatish va saqlab turish mexanizmini;
3. Valyuta bozorining ishlash tartibini;
4. Xalqaro hisob-kitoblarni amalga oshirish tartib va qoidalarini;
5. Valyuta yordamida tartibga solish va nazorat qilish tizimini;
6. Valyuta munosabatlarini tartibga solib turuvchi va jahon valyuta tizimining
barqaror faoliyatini ta’minlovchi xalqaro tashkilotlar tizimi (Xalqaro valyuta fondi,
Umumjahon banki, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki).
Hozirgi zamonda xalqaro hisob-kitoblarda va kreditlashda asosan uch xil
koʻrinishdagi pul vositalari ishlatiladi:
- oltin, hozirda oʻzining asosiy toʻlov va hisob-kitob vositasi xususiyatini yoʻqotgan
boʻlsada, ammo koʻpchilik valyuta zaxiralarining sezilarli qismini tashkil etadi va muhim
tashqi savdo opyeratsiyalariga xizmat qilish va kreditlashni kafolatlash uchun ishlatiladi;
- jahonda asosiy oʻrin tutuvchi rivojlangan mamlakatlarning milliy valyutalari (AQSh
dollari, YEVRO, Ingliz funt-sterlengi, Yaponiya ienasi va boshqalar);
- xalqaro pul birliklari.
Bunday pul birliklariga shu paytga qadar foydalanilgan EKYu, SDR misol boʻla
oladi. Ular barcha mamlakatlar tomonidan tashqi savdo operatsiyalarini amalga oshirishda
ishlatiladi. Xorijda kreditlash va investitsiyalashda, chet ellik ishchi kuchi mehnatiga,
shuningdek, mamlakat valyuta zaxiralarini yaratishda qoʻllaniladi.
Xalqaro valyuta yoki xalqaro toʻlov-hisob va kreditlash vositalariga javob berishi
kerak boʻlgan talab ularning konvertirlashuvi hisoblanadi. Valyuta konvertirlashuvi
deganda uni boshqa xorijiy valyutalarga almashish qobiliyati tushiniladi. Hozirgi paytda
ular erkin konvertirlanadigan, qisman konvertirlanadigan va konvertirlanmaydigan
valyutalarga ajratiladi.
Erkin konvertirlanadigan valyuta – bu, amaldagi kurs boʻyicha har qanday boshqa
xorijiy valyuta erkin va cheklanmagan miqdorda ayirboshlanadigan valyutadir. Bunga
misol qilib AQSh, Yevropa hamjamiyatiga a’zo mamlakatlar, Yaponiyalar valyutalarini
kiritish mumkin.
Qisman konvertirlanadigan valyuta – bu, faqat ba’zi xorijiy valyutalarga
almashtiriladigan va xalqaro toʻlov oborotini qisman qamrab oladigan milliy valyutadir.
Konvertirlanmaydigan valyuta – bu, faqatgina ichki toʻlovlarga xizmat qiladigan va
xorijiy valyutaga ayirboshlanmaydigan milliy valyutadir.
Konvertirlashni ichki va tashqi konvertirlashga ham ajratish mumkin. Ichki
konvertirlash rezidentlarining mamlakat ichkarisida xorijiy valyutani sotib olishi, uni
saqlab turishi va u bilan ayrim operatsiyalarni olib borishi imkoniyatini aks ettiradi. Tashqi
konvertirlashda xorijda toʻlovlarni amalga oshirishga va moliyaviy aktivlarni ushlab
turishga ruxsat etiladi. Valyutalarni konvertirlash koʻpgina mamlakatlar olib borayotgan
iqtisodiy siyosatlarning muhim maqsadi hisoblanadi.
31.2. Valyuta bozorini davlat tomonidan tartibga solish usullari
Bozordagi talab va taklif ta’siri natijasida vaqti-vaqti bilan valyuta kurslari oʻzgarib
turadi. Davlat valyuta kurslarini barqororlashtirish uchun valyuta bozorining amal
qilishiga bevosita yoki bilvosita aralashishi zarur. Buning bir qator usullari mavjud:
1.Zaxiralardan
foydalanish.
Valyuta
kursini
mustahkamlashning
koʻproq
qoʻllaniladigan usuli – rasmiy zaxiralar bilan bozorda manipulyatsiya qilish hisoblanadi.
Oʻz-oʻzidan aniqki, valyuta zaxiralari alohida mamlakatlar ixtiyoridagi chet mamlakatlar
valyutalarining zaxirasidir (Masalan, AQSh dollari, yevro va h.k.).
2. Savdo siyosati. Valyuta bozoriga ta’sir koʻrsatishning boshqa tadbirlariga savdo va
moliyaviy oqimlar ustidan toʻgʻridan-toʻgʻri nazorat qilishni kiritish mumkin. Masalan,
AQSh dollarining yetishmasligi sharoitida valyuta kursini tegishli darajada importni
cheklash hisobiga ushlab turish mumkin. Xususan import hajmi boj yoki import
kvotalarini kiritish bilan qisqarishi mumkin. Boshqa tomondan mamlakat hukumati
eksport uchun milliy ishlab chiqaruvchilarga subsidiya berib, shu orqali xorijiy valyuta
taklifini koʻpaytirishi mumkin. Bu tadbirlardan foydalanishda vujudga keladigan asosiy
muammo shundan iboratki, u jahon savdosi hajmini qisqartiradi, uning tarkibini va savdo
aloqalarini oʻzgartirib yuboradi, iqtisodiy maqsadga muvofiqlikning buzilishiga hissasini
qoʻshadi. Buning oqibatlarini hisobga olmaslik mumkin emas.
3. Valyuta nazorati. Boshqa muqobil variant valyuta nazorati hisoblanadi. Valyuta
nazorati sharoitida hukumat milliy eksportyorlar olgan barcha tegishli chet el valyutalarini
davlatga sotish talabi bilan ularning yetishmasligi muammosini hal qilishi mumkin. Keyin,
hukumat oʻz navbatida chet el valyutasining bu zaxirasini turli milliy importyorlar
oʻrtasida taqsimlaydi. Shu yoʻl bilan hukumat milliy importni, milliy eksport hisobidan
olingan chet el valyutasi miqdoriga cheklaydi.
Valyuta nazorati tizimi bir qator kamchiliklarga ega. Birinchidan, savdo cheklashlari
(boj, kvota, eksportga subsidiya) kabi valyuta nazorati nisbiy ustunlik tamoyiliga
asoslangan xalqaro savdoning tarkib topgan aloqalarini buzadi. Ikkinchidan, yetarli
boʻlmagan valyuta resurslari ustidan valyuta nazorati jarayoni, soʻzsiz, alohida
importyorlarni kamsitilishi bilan bogʻliq. Uchinchidan, nazorat tadbirlari iste’molchining
tanlash erkinligiga tajovuz qilish hisoblanadi.
4. Ichki makroiqtisodiy tartibga solish. Valyuta kursi barqarorligini ushlab turishning
oxirgi vositasi ichki soliq yoki pul siyosatidan shunday foydalanish hisoblanadiki, bunda
tegishli chet el valyutasining yetishmasligi bartaraf qilinadi. Masalan, cheklovchi soliq va
pul kredit siyosati tadbirlari mamlakat milliy daromadini boshqa bir davlat milliy
daromadiga nisbatan pasaytiradi. Chunki, import miqyosi milliy daromad darajasiga
toʻgʻridan-toʻgʻri bogʻliq boʻlib, bu oʻsha boshqa davlat buyumlariga va demak, xorijiy
valyutaga talabning cheklanishiga olib keladi.
31.3. Valyuta kursi va uni belgilovchi omillar.
Barcha xalqaro bitimlar valyutalarni ayirboshlash orqali olib borilishi tufayli har
qanday ayirboshlashda boʻlgani kabi valyuta bahosini yoki valyuta kursini aniqlash
zaruriyati paydo boʻladi. Shunday qilib, valyuta kursi – bu, bir mamlakat pul birligining
boshqa mamlakatlar pul birligida ifodalangan bahosidir. Valyuta kursini oʻrnatish
kotirovkalash deb ataladi. U toʻgʻri va teskari kotirovkalashga ajratiladi. Agar xorijiy
valyuta birligining bahosi milliy valyutada koʻrsatilsa, bunga toʻgʻri kotirovkalash deb
ataladi. Masalan, 1 AQSh dollari 975 soʻmga, 1 Rossiya rubli 32 soʻmga teng va hokazo.
Teskari kotirovkalashda milliy valyutaning bir birligiga toʻgʻri keladigan xorijiy
valyutaning miqdori oʻrnatiladi. Masalan, 1 oʻzbek soʻmi 0,001025 AQSh dollariga toʻgʻri
keladi. Dunyoning koʻp mamlakatlarida, shu jumladan, Oʻzbekistonda ham toʻgʻri
kotirovkalash qabul qilingan. Valyuta bozoridagi talab va taklifni solishtirish natijasida
valyutaning bahosi yoki kursi aniqlanadi. Oʻzbek soʻmining kursi Oʻzbekiston valyuta
birjasida oʻrnatiladi, uning ishtirokchilari valyuta operatsiyalarini olib borish huquqiga ega
boʻlgan banklar hisoblanadi. Shu bilan birga, turli pul birliklari uchun valyuta kurslarini
oʻrnatish jarayonida bozor kuchlarining ta’sir etish darajasi bir xil emas. Bu ta’sir kuchiga
bogʻliq holda valyuta kurslarini qabul qilishning bir-biridan farq qiluvchi ikki varianti
mavjud.
1. Talab va taklifga asosan aniqlanadigan egiluvchan yoki erkin suzib yuruvchi
valyuta kursi tizimi.
2. Davlat aralashuvi asosida aniqlanadigan qat’iy belgilangan valyuta kursi tizimi.
Erkin suzib yuruvchi valyuta kurslari talab va taklif asosida aniqlanadi. Masalan, bir
oʻzbek soʻmining AQSh dollariga almashishini qarab chiqamiz. Milliy valyuta kursining
pasayishi natijasida dollarga talab kamayadi va taklif esa oshadi (17.1- rasm).
Dollarga boʻlgan talabning kamayishi D toʻgʻri chizigʻida berilgan. Bu shuni
koʻrsatadiki, agarda dollar oʻzbekistonliklar uchun arzon boʻlsa, amerika tovarlari ham
ular uchun arzon boʻladi va bu, oʻz navbatida, ularning amerika tovarlariga boʻlgan
talabini oshiradi.
P
D S
3
2
1
0 Dollarning qiymati S
31.1-rasm. Xorijiy valyuta bozori
Dollarning taklifi (S) kamaysa, soʻmda belgilangan dollarning qiymati oshadi (ya’ni,
dollarda belgilangan soʻmning qiymati pasayadi). Bunday vaziyatlarda amerikaliklar
koʻproq oʻzbek tovarlarini sotib olish imkoniyatiga ega boʻladi. Chunki, soʻmning dollarga
nisbatan qiymati pasaysa, u oʻz navbatida oʻzbek tovarlarining narxi ham pasayganini
bildiradi va oqibatda koʻproq oʻzbek tovarlarini sotib olish imkoni paydo boʻladi.
Oʻzbek tovarlarini sotib olish jarayonida ular AQSh dollarini valyuta bozoriga olib
chiqadi, chunki, oʻzbek tovarlarini sotib olish uchun dollarni soʻmga almashtirishadi.
Dollarga boʻlgan talab va taklifning kesishgan nuqtasi dollarning soʻmdagi qiymatini
bildiradi.
Agarda, dollarning soʻmdagi qiymati oshsa, soʻm qiymatining pasayganligini yoki
qadrsizlanganligini koʻrsatadi. Aksincha, agarda dollarning soʻmdagi qiymati pasaysa,
soʻm qiymatining oshganligini yoki soʻmning qimmatlashganligini koʻrsatadi. Bir birlik
xorijiy valyutani sotib olish uchun kam miqdorda milliy valyuta sarf qilish milliy
valyutaning qimmatlashuvini bildiradi. Agarda, dollarga nisbatan soʻm qadrsizlansa, dollar
soʻmga nisbatan qimmatlashadi.
Qayd etilgan valyuta kursi – bu, xorijiy valyutada ifodalangan, davlat tomonidan
rasmiy oʻrnatilgan milliy pul birligining bahosi boʻlib, unga valyuta bozorida talab va
taklifning oʻzgarishi bevosita ta’sir qilmaydi.
Qayd qilingan valyuta kursi tizimi tarafdorlari ta’kidlaydilarki, undan foydalanish
xalqaro savdo va moliya bilan bogʻliq boʻlgan tahlika va noaniqlikni kamaytiradi. Qayd
qilingan valyuta kurslarini qoʻllash oʻzaro foydali savdo va moliyaviy operatsiyalar
hajmini kengaytirishga olib keladi. Ammo, qayd qilingan valyuta kurslari tizimining
hayotga layoqatliligi oʻzaro aloqalar jarayonidagi ikki sharoitga bogʻliq:
- zaxiralarning mavjudligi;
- oʻz hajmi boʻyicha sezilarsiz kamyoblik yoki toʻlov balansi aktivlarining tasodifiy
vujudga kelishi. Katta va doimiy kamyobliklar mamlakat zaxiralarini yoʻqqa chiqarishi
mumkin.
Xulosa qilib aytganda, valyuta kurslarining talab va taklif ta’siri ostida shakllanish
darajasi, oʻz-oʻzicha kurslar oʻrtasidagi nisbatlarga ta’sir etuvchi real jarayonlarni aniqlab
bera olmaydi. Chet el valyutalariga talab va taklifga, demak, valyuta kurslariga
mamlakatdagi ham ichki va ham tashqi iqtisodiy munosabatlar majmui bevosita yoki
bilvosita ta’sir koʻrsatadi.
Valyuta kurslarining oʻzgarishiga bir qator omillar ta’sir koʻrsatadi. Ularni qisqacha
qarab chiqamiz:
1. Iste’molchilar didining boshqa mamlakat buyumlariga nisbatan oʻzgarishi.
2. Turli mamlakatlarda daromadlardagi nisbiy oʻzgarishlar.
3. Bahodagi nisbiy oʻzgarishlar.
4. Nisbiy real foiz stavkalari. Faraz qilamiz, AQSh inflyatsiyani quvib oʻtish
maqsadida “qimmat pul” siyosatini amalga oshira boshlaydi. Natijada, real foiz stavkalari
(inflyatsiya sur’atini hisobga olib oʻzgartirilgan (korrektirovka qilingan) foiz stavkalari)
AQShda boshqa mamlakatlar, masalan, Buyuk Britaniyaga qaraganda koʻtariladi.
Britaniyalik jismoniy shaxs va firmalar ishonch hosil qiladiki, AQSh moliyaviy vositalarni
qoʻyish uchun juda jozibador va qulay joyga aylanadi. Amerika moliyaviy aktivlariga
talabning bu koʻpayishi Angliya funti taklifining kengayganligi va shu sababli dollar
qiymati oʻsganligini bildiradi.
5. Spekulyatsiya.
Dollar kursi pasayishi, funt kursi esa, aksincha koʻtarilishi toʻgʻrisidagi prognozlar
natijasida dollarni ushlab turuvchilar ularni funtga aylantirishga harakat qiladi va shu bilan
funtga boʻlgan talabni oshiradi. Bu almashish, dollar kursining pasayishini va funt
kursining oshishini keltirib chiqaradi.
Valyuta almashinuv kursini tartibga solish bu vaziyatdan chiqishning yagona yoʻlidir.
Valyuta bozori, depozitlar (qoʻyilmalar) va qimmatbaho qogʻozlar bozori bilan
bevosita aloqaga ega. Bunda asosan foiz me’yorlari asosiy ahamiyatga ega. Agarda, foiz
me’yorlari baholar oʻsishini qoplasa, mijozlar esa moliya institutlariga ishonch hosil
qilishsa, jamgʻarma bozori valyuta bozoriga asosiy raqobatchi boʻlishi mumkin. Koʻpgina
mamlakatlarning statistik kuzatishlaridan shu ma’lum boʻlganki, depozitlar va
qimmatbaho qogʻozlar bozoridagi operatsiyalar oʻsishi bilan, valyuta bozorlariga
iste’molchilar tomonidan boʻladigan ta’sir oʻz-oʻzidan kamayadi.
Sarmoyachilar qanday qilib boʻlsa ham oʻzlarining vaqtincha boʻsh turgan
resurslaridan unumli foydalanish va shuningdek, nafaqat oʻz resurslaridan, balki xorij
aktivlaridan ham foydalanish yoʻllarini izlashadi. Chunki, jahon moliya bozorining asosiy
qismini kapital aktivlar tashkil etadi.
Agarda, depozit stavkalari oshsa, pul oqimi valyuta kursining oshishiga olib keladi.
Xorijiy sarmoyadorlar uchun, ya’ni, ushbu mamlakat depozitiga oʻz sarmoyalarini
qoʻyishni xohlovchilar uchun ularning valyutalari foiz stavkalaridan keladigan foydadan
koʻra qimmatliroq boʻladi.
31.4. Nominal va real valyuta kurslari
Valyuta kurslari oʻzining nominal va real koʻrinishlariga ega boʻladi. Nominal valyuta
kursi bu bir birlik xorijiy valyutani muayyan birlikdagi milliy valyutalarga yoki aksincha
bir birlik milliy valyutani muayyan birlikdagi xorijiy valyutaga almashtirish kursidir.
Yuqorida keltirilgan kurslar nominal valyuta kursiga misol boʻladi.
Real valyuta kursi ikki mamlakatda ishlab chiqarilgan tovarlarning nisbiy narxidir.
Real valyuta kursi bir mamlakat tovarlari boshqa mamlakat tovarlariga almashishi
mumkin boʻlgan nisbatni koʻrsatadi, shu tufayli u savdo sharoiti deb ham yuritiladi.
Nominal va real valyuta kurslari oʻrtasidagi nisbat quyidagi koʻrinishga ega.
Er = En x R d / R t
Bu yerda : Er — real valyuta kursi;
En – nominal valyuta kursi ;
Rd – milliy valyutada koʻrsatilgan ichki narxlar darajasi (indeksi);
Rt – xorijiy valyutada koʻrsatilgan chet eldagi narxlar darajasi (indeksi).
Har ikkala mamlakatdagi narxlar darajasi (indeksi) bir xil bazis yilga nisbatan
berilgan. Real valyuta kursining koʻtarilishi yoki pasayishi bu mamlakat tovarlari
raqobatbardoshligining pasayganligi yoki oshganligini anglatadi. Umuman valyuta
kursi tovarlar, xizmatlar, kapital va ishchi kuchlarning mamlakatlararo harakatini
oʻziga xos boshqarib turuvchisi hisoblanib, uni oʻzgarib turishi mamlakatning tashqi
iqtisodiy aloqalariga hamda butun makroiqtisodiy vaziyatga kuchli ta’sir qiladi. Bu
ta’sirni shunday vaziyat misolida koʻrib chiqish mumkin. Masalan, oʻzbek
soʻmining kursi 1 AQSh dollariga nisbatan 2000 soʻmdan 2200 soʻmgacha
pasaygan boʻlsin, ya’ni, soʻm AQSh dollariga nisbatan arzonlashgan va aksincha,
AQSh
dollari
soʻmga
nisbatan
qimmatlashgan
boʻlsin.
Bunday
holatda
mamlakatimizda ishlab chiqarilgan 100000 soʻmlik qiymatga ega boʻlgan tovar
AQSh bozorida arzonlashib boradi va endi bu tovar 50 dollar (100000/2000x1)
emas, balki 45,5 dollar turadi (100000/2200x1). Natijada, tovarning raqobatga
chidamliligi orta boradi va unga boʻlgan talab oshadi, eksport ragʻbatlantiriladi. Biroq
milliy valyutani AQShga chiqarish Oʻzbekiston uchun foydali boʻlmay qoladi. AQShda
ishlab chiqarilgan 10 dollarlik mahsulot endi oʻzbek soʻmi kursining pasayishi va AQSh
dollari kursining qimmatlashuvi natijasida oʻzbek bozorida 20000 soʻm (10 x 2000/ 1)
emas, balki 22000 soʻm (2200x10/1) turadi. Koʻrinib turibdiki, mahsulot narxi
qimmatlashadi va shu sababli uni olib kelish qisqarib boradi va aksincha, oʻzbek soʻmi
kursi oshib borishi bilan AQShdan tovar olib kelish va kapitalni chetga chiqarish
foydali boʻladi.
Xarid qobiliyati pariteti konsepsiyasiga koʻra valyuta kursi doimo turli mamlakatlarda
narxlar darajasining oʻzgarishi natijasida kelib chiqadigan farqni qoplash uchun zarur
boʻlgan darajada oʻzgaradi. Ya’ni:
Pt
r Pd
Bu yerda: r — xorijiy valyutaning milliy valyutadagi narxi;
Rd — ichki narxlar darajasi;
Rt — chet eldagi narxlar darajasi.
Biz xarid qobiliyati pariteti konsepsiyasini real almashtirish kursi modelida
ifodalashimiz mumkin. Xalqaro olib sotarlarning tez harakatlari shuni koʻrsatyaptiki, sof
eksport har qanday oʻzgarishlar natijasida tez oʻzgaradi. Milliy tovarlar narxining chet
tovarlarga nisbatan kamayishi yoki boshqacha aytganda real almashtirish kurslarining
pasayishi, olib sotarlarni oʻz mamlakatidan tovarlarni sotib olib, chetga sotishga undaydi,
yoki, aksincha. Valyuta kurslari milliy iqtisodiyotga, ishlab chiqarish va undagi bandlikka
sezilarli ta’sir koʻrsatishi mumkin. Milliy valyutalar kursining pasayishi mamlakatlar
eksport imkoniyatini oshiradi. Ammo mamlakat eksporti xomashyo tovarlari importiga
asoslansa, bunda valyutalar kursining pasayishi eksport qilinadigan tovarlar narxining
oʻsishiga olib keladi va bu ularning raqobatga layoqatliligiga ta’sir koʻrsatishi mumkin.
Valyuta kurslarining oshishi mamlakatlar eksport imkoniyatlarini yomonlashtiradi.
Valyuta kurslarining beqarorligi tashqi iqtisodiy aloqalarga salbiy ta’sir koʻrsatadi. Uning
tebranishi xalqaro bitimlarda noaniqlik va tahlika darajasini koʻpaytiradi. Shu sababli
valyuta kursi ham mamlakat ichida va xalqaro munosabatlarda tartibga solishning muhim
obyekti hisoblanadi.
Shunday qilib, sof eksport egri chizigʻi real almashtirish kursiga nisbatan yanada
qiyalashadi. Ya’ni, turli mamlakatlar valyutalarining xarid qobiliyatini tenglashtiradi, real
almashtirish kurslaridagi har qanday oʻzgarishlar esa sof eksport miqdorida oʻzgarishlarga
olib keladi.
31.2- rasm. Xarid qobiliyati pariteti
Valyuta almashuv kursining oʻzgarib boruvchi boshqariladigan usulini qoʻllash orqali
almashuv kursining maqsadli yoʻl doirasida boʻlishi ta’minlanadi. Shu sababdan eksportni
ragʻbatlantirish maqsadida soʻmning AQSh dollariga nisbatan kursini bosqichma-bosqich
Real
almashtirish
kurslari
E
S-I
Xa(E)
Sof eksport
Xn
pasaytirish choralari koʻrildi.
Natijada 2018-yil davomida soʻmning AQSh dollariga nisbatan ayirboshlash kursi
8200,0 ni tashkil etib, 2017-yilning dekabr holatiga koʻra, bir AQSh dollari 8010 soʻmni
tashkil qildi.
Mamlakatimiz tashqi savdo operatsiyalarining 95 foizga yaqini AQSh dollarida
amalga oshirilishini inobatga olib, soʻmning boshqa xorijiy valyutalarga nisbatan
almashuv kurslarini belgilashda operatsion moʻljal sifatida soʻmning AQSh dollariga
nisbatan almashuv kursidan foydalanildi.
Shunga muvofiq, soʻmning AQSh dollaridan boshqa xorijiy valyutalarga nisbatan
almashuv kurslari ushbu valyutalarning tashqi valyuta bozorlaridagi AQSh dollariga
nisbatan kurslari dinamikasi va ichki valyuta bozorida soʻmning AQSh dollariga nisbatan
almashuv kursi ta’siri ostida shakllandi.
Olib borilgan valyuta siyosati ta’sirida soʻmning almashuv kursi yevroga nisbatan
15,7 foizga, Xitoy yuaniga nisbatan 14,2 foizga, funt sterlingga nisbatan 13,1 foizni tashkil
etib, eksportni ragʻbatlantirishga xizmat qildi.
31.5. Makroiqtisodiy siyosatning nominal va real valyuta kurslariga ta’siri
Real valyuta kurslari jamgʻarma va sarmoyalar oʻrtasidagi farqni koʻrsatuvchi
vertikal toʻgʻri chiziq va sof eksport miqdorini koʻrsatuvchi, oʻngdan pastga egilgan egri
chiziq kesishgan nuqtada tenglikka erishadi (17.3-rasm). Ushbu nuqtada xorijga kredit
berish sifatida koʻrsatilgan milliy valyuta taklifi, xorijliklarning ushbu mamlakatdan sof
eksportni sotib olishi uchun zarur boʻladigan milliy valyuta talabi bilan kesishadi. Bu
shuni bildiradiki, real valyuta kursi kapital bilan boʻladigan operatsiyalar boʻyicha milliy
valyuta taklifini joriy operatsiyalar uchun unga boʻlgan talabni tenglashtiradi.
E
S-I
Real valyuta
kurslari
Xn(E) Real almashtirish kursining
muvozanat nuqtasi
Sof eksport Xn
31.3- rasm. Real almashinuv kursidagi muvozanat.
Davlat xarajatlarining oshishi (yoki soliqlarning kamayishi) milliy jamgʻarmalarni
kamaytiradi va (S-I) egri chiziq chapga suriladi (17.3- rasm). Bu siljishlar xorijiy
investitsiyalar uchun milliy valyuta taklifining kamayishini koʻrsatadi.
Valyuta taklifining qisqarishi uning real almashtirish kursini oshiradi. Natijada, milliy
mahsulotlar xorijliklarnikiga nisbatan qimmatlashadi. Bu esa, oʻz navbatida, eksportning
qisqarishiga va importning oshishiga olib keladi. Oqibatda joriy operatsiyalar hisobida
taqchillik paydo boʻladi. Agarda, soliqlarning kamayishi investitsiyalarning oshishiga olib
kelsa, milliy jamgʻarmalar hajmi oʻzgarmasa ham (S-I) egri chizigʻi yana chapga siljiydi.
E S2-I S1-I
Real
valyuta
kursi
E2
E1 Xn(E)
Sof eksport
Xn2 Xn1 Xn
31.4- rasm. Valyuta taklifidagi oʻzgarishlarning real almashtirish
kursiga ta’siri
Investitsion soliq kreditlari ushbu mamlakatga investitsiyalar kiritishni xorijiy
sarmoyadorlar uchun foydali boʻlishiga olib keladi. Bu esa muvozanatli real valyuta
kursini oshiradi va toʻlov balansida taqchillikni keltirib chiqaradi.
Chet mamlakatlardagi ragʻbatlantiruvchi byudjet-soliq siyosati bu mamlakatlardagi
jamgʻarmalar darajasini kamayishiga olib keladi. Bu esa xalqaro foiz stavkasini oshiradi
va kichik ochiq iqtisodiyotdagi investitsiyalar darajasini kamaytiradi.
Bunday vaziyatlarda xorijga sarmoya qoʻyish uchun taklif qilinayotgan milliy valyuta
koʻpayadi va (S-I) egri chizigʻi oʻngga suriladi (31.5-rasm). Natijada muvozanatli real
almashtirish kursi pasayadi, milliy mahsulotlar arzonlashadi va sof eksport koʻpayadi.
Importga tarif yoki kvotalar joriy qilish siyosati sof eksportning oshishiga olib keladi
va bu hol grafikda Xn (E)1 egri chizigʻini Xn (E)2 holatiga siljishi sifatida namoyon
boʻladi (30.6-rasm).
E E S-I
S-I(R*1) S-I(R*1)
E1 E2 B
E2 Xn(E)2
Xn(E) E1 A
Xn(E)1
Xn2 Xn1 Xn Xn1=Xn2 Xn
31.5-rasm.Byudjet-soliq siyosatining
real almashtirish kurslariga ta’siri
31.6-rasm. Importdagi
oʻzgarishlarning eksportga ta’siri
Natijada muvozanatli real valyuta kursi oshadi, milliy mahsulotlar qimmatlashadi va
sof eksport kamayadi.
Shunday qilib, mamlakat ichki bozorini chet el raqobatchilaridan himoya qilish
maqsadida olib boriladigan proteksionistik savdo siyosati joriy operatsiyalar hisobi va
kapital harakati hisobiga ta’sir qilmaydi. Ammo, u muvozanatli real valyuta kursini
oshiradi va tashqi savdo miqdorini kamaytiradi. Sof eksport oʻzgarmagan boʻlsa ham B
nuqtadagi eksport va import hajmi A nuqtadagi eksport va import hajmidan kam boʻladi.
Importga cheklashlarni joriy qilish ichki narxlar darajasi oshishiga olib keladi.
Shuning uchun ham uzoq davrda nominal valyuta kursi (En) narxlar oshishiga teng
tarzda kamayadi. Natijada, oʻsgan muvozanatli real valyuta kursi E2 nuqtada
barqarorlashadi, ya’ni sof eksport kamayishi ortidan E1 nuqtaga qadar pasaymaydi.
Baholar darajasining koʻtarilishiga javoban nominal valyuta kursining pasayishi sotib olish
qobiliyati paritetini tiklaydi.
Nazorat savollari:
1. Valyuta tizimining mohiyatini va uning tarkibiy qismlarini aytib bering
2.Valyuta bozori davlat tomonidan qaysi usullar bilan tartibga solib turiladi?
3.Ichki va tashqi konvertirlash tushunchalariga izoh bering.
4. Valyuta kursi nima va uni qanday omillar belgilaydi?
5. Foiz stavkasi va valyuta kursi oʻrtasida qanday bogʻliqlik bor?
6. Nominal va real valyuta kurslariga izoh bering.
7. Xarid qobilyati pariteti atamasining mohiyati nimadan iborat?
8. Real valyuta kursi makroiqtisodiy siyosat ta’sirida qay tarzda oʻzgartiriladi va uning
milliy iqtisodiyotga ta’siri qanday?
9. Proteksionizm siyosatining valyuta kursiga ta’sirini qanday baholaysiz?
10.Valyuta kursi oʻzgarishining yalpi talab va yalpi taklif hajmiga ta’siri mexanizmini
tushuntirib bering.