VEGETATIV NERV SISTEMASI FIZIOLOGIYASI
Reja:
1. Vegetativ va periferik nerv sistemasining fiziologiyasi.
2.Simpatik va parasimpatik nerv sistemasi.
3.Nerv sistemasining trofik faoliyati
Tayanch iboralar
Orqa miyaning o‘tkazuvchi yo‘llari, turli organlar faoliyatini boshqaruvchi
markazlar, bosh miya, keyingi miya, miyacha, o‘rta miya (to‘rt tepalik, qizil yadro,
qora substansiya), oraliq miya (ko‘rish do‘mbog‘i, do‘mboq osti sohasi) katta
yarim sharlar, instinkt, retikulyar formatsiya.
1. Orqa miya M.N.S.sining muhim qism hisoblanib umurtqa pog‘onasi
kanalida joylashib oldingi qismi uzunchoq miyaga, keyingi qismi oxirgi bel
umurtqalarigacha davom yetadi. Orqa miyani ko‘ndalangiga kesilsa, markaziy
qismida orqa miya kanali bo‘lib, atrofi oq modda bilan o‘ralgan, shakli kapalakka
o‘xshash kulrang moddadan iborat. Kulrang moddani oldingi tomonida oldingi
shoxlari keyingi qismida keyingi shoxlaridan iborat. Orqa miya ko‘krak qismida
kulrang moddani ikki yonini turtib chiqib yon shoxlar deyiladi. Miyaning kulrang
moddasi nerv hujayralaridan (ya’ni oraliq va yeffektor-harakatlantiruvchi neyronlar
tanasidan) tuzilgan, oq moddasi nerv tolalaridan tashkil topgan. Umurtqa
pog‘onasidan tashqarida orqa miya yoni bo‘ylab orqa miya tugunlari-gangliyalari
joylashgan bo‘lib, bu gangliyalar retseptor sezuvchi neyronlar tolalaridan iborat.
Gangliyalardagi neyronlarning aksonlari periferik nervlar tarkibiga kirsa,
denderitlari orqa miya orqa shoxlariga kirib, orqa ildizlarini hosil qiladi. Demak,
orqa ildizlardan markazga intiluvchi - sezuvchi (afferent) nerv tolalari chiqadi, orqa
miya oldingi shoxlaridan- oldingi ildizlaridan harakatlantiruvchi, markazdan
qochuvchi - (efferent) nerv tolalari chiqadi. Orqa va oldingi ildizlar orqa miya
yonida, orqa miya tugunlarini orqasida qo‘shilib, orqa miya nervlarini hosil qiladi.
Orqa miya reflektor va o‘tkazuvchi yo‘l vazifasini bajaradi.
Orqa miyaning reflektor vazifasini, uning turli qismida organizmdagi turli
tuman jarayonlarni ya’ni orqa miyaning bo‘yin va ko‘krak segmentlarida
diafragma, oldingi oyoqlari, ko‘krak qafasi, yelka, qorin devori muskullarining
faoliyatini boshqaradigan markazlardan iborat bo‘lib, hayot uchun muhimdir. Agar
orqa miya 2-3 bo‘yin sigmentlaridan yuqoridan ko‘ndalangiga kesilsa, nafas
harakatlari to‘xtab, hayvon o‘ladi. Tomirlar sig‘imi, ter ajralishini boshqara-digan
markaz orqa miyaning ko‘krak va bel sigmentlarida joylashib, orqa oyoq
muskullarini faoliyatini boshqaradigan markaz uning bel qismida joylashgan. Orqa
miyaning dumg‘aza qismida siydik tanasil kanalini ya’ni siydik, axlat (najas)ning
ajiralishi, ereksiya, eyakulyatsiyani boshqaradigan markazlar joylashgan.
Parasimpatik nervlarni bir qismi va hamma simpatik nervlar orqa miya-dan
boshlanib barcha ichki organlar, tomirlar tonusi, to‘qimalardagi moddalar
almashinuvini boshqarishda qatnashadi. Orqa miya organizm funksiyalarini
boshqarishda muhim o‘rin yegallasada uning faoliyati bosh miya va oliy qismi
bosh miya yarim sharlar po‘stlog‘i orqali boshqariladi. Demak, organizm normal
hayotiy jarayonlar davrida faqat orqa miya ishtirokida reflektor aktlar ro‘yobga
chiqmaydi. Bosh va orqa miya o‘rtasidagi tutashgan joy ko‘ndalangiga kesilsa,
orqa miya reflekslari uzoq vaqt ro‘yobga chiqmay, orqa miyadagi markazlar
qo‘zg‘aluvchanligi pasayib, orqa miya shoki hosil bo‘ladi. Shok davom yetishi
hayvonning turiga bog‘liqdir. Zoologik silsilaning quyi bosqichida turgan
hayvonlardan baqalarda, shok qisqa davom yesa, yuqori darajada rivojlangan
hayvonlarda uzoq davom yetadi.
Orqa miyaning ikkinchi o‘tkazuvchi yo‘lining vazifasi o‘tkazuvchi yullar
faoliyatiga bog‘liq bo‘lib, bu yo‘llarning ayrimlari qisqa va ular orqa miyani turli
sigmentlarini tutashtirsa, boshqalari orqa miyani bosh miyaning turli qismlari bilan
birlashtiradi. Orqa miya yo‘llari ta’sirot o‘tkazishiga qarab, pastga tushuvchi va
yuqoriga chiquvchi yo‘llarga bo‘linadi. Turli retseptorlardan kelayotgan
impulslarni orqa miyadan bosh miyaning turli qismlariga yuqoriga chiquvchi yo‘l
orqali, bosh miyaning tegishli qismlari va orqa miyaning yuqori sigmentlaridan
keladigan javob reaksiyalari pastga tushuvchi yo‘llar orqali orqa miya va uning
quyi sigmentlariga o‘tkazadi.
Asosiy o‘tkazuvchi yo‘llar qo‘yidagilar:
1. Yuqoriga chiquvchi o‘tkazuvchi yo‘llar.
Orqa miya orqa shoxlarining nerv tolalarida hosil bo‘lgan Goll va Burdax
tutamlari tolalari uzun va qisqa bo‘lib, qisqa tolalar orqa miyaning orqa shoxlaridan
o‘tib, orqa miya bo‘ylab bir necha sigmentga ko‘tarilib, oraliq va yeffektor
neyronlarda tugasa, uzun tolalari orqa miya shoxlaridan o‘tib, kesishmasdan
uzunchoq miyadagi Goll va Burdax yadrolariga borib, u yerdan ikkinchi neyron
boshlanib, uning tolalari o‘zaro kesishib talamusda tugaydi. Tolamusdan uchinchi
neyron boshlanib, bu neyron o‘simtalari po‘stloq hujayralari bilan bog‘lanadi.
Muskullar, paylar va bo‘g‘imlarning proprioretseptorlaridan keluvchi ta’sirlar Goll
va Burdax to‘plamlari orqali orqa miyadan uzunchoq miya, talamus va miya
po‘stlog‘iga o‘tkaziladi. Orqa miya- miyacha ventrol yo‘li yoki Gavers - tutami
orqa miya yon shoxlaridan boshlanib, uzunchoq miya va so‘ngra miyachaga
boradi. Muskullar, paylar va bo‘g‘imlardan keladigan impulslar shu tutamlardan
o‘tadi. Orqa miya talamus yo‘li - Gavers tutamini yonidan o‘tib, oraliq miyaning
talamus-ko‘rish do‘mbog‘i qismiga baradi. Og‘riq va harorat ta’sirlarini o‘tkazadi.
2. Pastga tushuvchi o‘tkazuvchi yo‘llar quyidagilar:
Kortikospinal yoki piramidal yo‘llar - miya po‘stlog‘ining harakatlantiruvchi
piramidasimon hujayralardan orqa miyaning harakatlantiruvchi hujayralariga
keladi. Oldingi va yon piramidal yo‘llar farq qilinib, yon piramidal yo‘llar
uzunchoq miyaning pastki sohasida kesishadi, oldingi piramidal yo‘l esa orqa
miyaning qaysi sigmentida tugasa o‘sha sigment yaqinida kesishadi. Demak,
piramidal yo‘llarining biri uzunchoq miyaning pastki sohasida, ikkinchisi orqa
miyaning tegishli sigmentlarida kesishgani uchun, bir yarim sharning
harakatlantiruvchi hujayralaridan keladigan ta’sirlar tananing qarama-qarshi
tomoniga boradi.
Rubrospinal yoki Monakov yo‘li-o‘rta miyadagi qizil yadrodan boshlanib,
orqa miyaning harakatlantiruvchi neyronlarida tugaydi. Po‘stloq osti yadrolari,
miyacha va to‘rt tepalikdan ta’sirlar orqa miya harakatlantiruvchi neyronlarida
tugaydi. Po‘stloq osti yadrolari, miyacha va to‘rt tepalikdan ta’sirlar orqa miya
harakatlantiruvchi hujayralariga shu yo‘li bilan o‘tkaziladi.
Vestibulo - spinal yo‘llar juft bo‘lib, biri vestibulyar nervning medial
yadrosidan boshlanib kesishadi, ikkinchisi shu nervning lateral yadrosidan
boshlanib kesishmaydi. Bu yo‘llar impulslarni orqa miya shoxlariga o‘tkazib, ular
shikastlansa organizmning harakat koordinasiyasi buziladi.
Pastga tushuvchi yo‘llardan tashqari orqa miyaning yuqori sigmentlarining
pastki sigmentlari bilan bog‘lovchi qisqa yo‘llar ham bor.
Bosh miya - M.N.S. sining juda muhim qismi bo‘lib, bir necha qismlarga
bo‘linadi:
a). Keyingi miya -uzunchoq miya va varaley ko‘prigi.
b). Miyacha.
v). O‘rta miya (ko‘rish do‘mboqlari va do‘mboq osti sohasi, kat-
ta yarim sharlar).
g). Oraliq miya orqa miya davomi bo‘lib, birinchi bo‘yin umurtqasidan
yuqorida joylashgan varaley ko‘prigiga ulashib ketgan.
Uzunchoq miya o‘tkazuvchi yo‘l vazifasini bajaradi. Uzunchoq miyada-nafas,
yurak faoliyati, tomirlar tonusini, chaynashni va yutishni, qusish aktini,
to‘qimalardagi moddalar almashinuvini, so‘lak, me’da va me’da osti bezlari
sekresiyasini boshqaruvchi va boshqa bir qator markazlar joylashgan. Demak,
uzunchoq miya hayot uchun muhim qismdir. Uzunchoq miyaning tana muskullar
tonusini ro‘yobga chiqarishida Deyters yadrosining ahamiyati katta bo‘lib, bu
yadroni o‘rta miyadagi qizil yadro tormozlab turadi. Demak, bu ikki yadro
aloqasini buzilishi, hayvon tana muskullar tonusini buzadi va deserebrasion
rigidlikga olib keladi. Deserebrasion rigidlikda yozuvchi muskullar tonusi
bukuvchi muskullar tonusidan oshadi va bukuvchi muskullar ancha muncha tarang
tortiladi. Natijada hayvon oyog‘i rosa cho‘zilgan bo‘ladi. Deserebrasion rigidlikda
hayvon soatlab oyoqlarini bukmaydi. Normada Deyters yadrosini faoliyati qizil
yadrodan tashqari miyacha, katta yarim sharlar po‘stlog‘i, po‘stloq osti tugunlar
ishtirokida tormozlanadi.
Uzunchoq miya tana muvozanatini soqlash bilan muskullar tonusini qayta
taqsimlaydigan reflekslarni ro‘yobga chiqarishda qatnashadi.Tana muvozanatini
soqlaydigan reflekslarni ro‘yobga chiqishida vestibulyar apparat va bo‘yin
muskullarining proprioretseptorlaridan keluvchi afferent impulslarni ahamiyati
katta. Tananing turli vaziyatida muskul tonusini organizm vaziyatiga mos qiluvchi
har xil tonik reflekslarni golland olimi R.Magnus o‘rganib, klassifikasiyalab
bergan.
Uzunchoq miyadan V-XII juft bosh miya nervlari: uch boshli nerv, ko‘zni
uzoqlashtiruvchi nerv, yuz nervi, yeshitish nervi, til-halqum nervi, adashgan nerv,
qo‘shimcha nerv va til osti nervi chiqadi. Orqa miyadan bosh miyaga va bosh
miyadan orqa miyaga boruvchi o‘tkazuvchi yo‘llar uzunchoq miya orqali o‘tadi.
Demak, uzunchoq miya hayvon tanasining periferik qismlarini bosh miyaning
turli qismlari bilan bog‘laydi.
O‘rta miya. Uzunchoq miyadan keyin varaliy ko‘prigi oldida joylashib, to‘rt
tepalik, qizil yadro va qora substansiya o‘rta miyaning eng muhim qismlaridir.
O‘rta miyadan ikki juft bosh miya nervi-ko‘zni harakatlantiruvchi va g‘altak nervi
boshlanib, ko‘z muskullar faoliyatini boshqaradi
To‘rt tepalikning oldingi ikki do‘mbog‘ida yorug‘lik nuriga bog‘liq ravishda
ko‘z qorachig‘ini toraytiruvchi va kengaytiruvchi, ko‘z olmasini harakatga
keltiruvchi markaz joylashgan
Qora substansiyada harakatni boshqaruvchi nerv hujayralari joylashgan. Qizil
yadro M.N.S.sining barcha qismlari bilan bog‘langan eng muhim harakat
markazidir. Qizil yadroda gavdani to‘g‘ri vaziyatda tutish, muskullarni
uyg‘unlashib harakatlantiradigan markaz joylashgan. Uni shikastlanishi yoki
uzunchoq miya bilan aloqasini buzilishi deserebrasion rigidlikga olib keladi. O‘rta
miya tonik reflekslarni boshqarib, miya to‘rt tepaligi yuqorisidan kesilib, o‘rta
miyasi saqlansa, bunday hayvon bir qancha vaqtdan so‘ng boshini, so‘ngra butun
tanasini ko‘tarib, oyoqqa turib tabiiy vaziyatiga yega bo‘ladi. Bu reflekslar
labirintlar, bo‘yin muskullari va gavdaning teri yuzasidagi retseptorlari ishtirokida
ro‘yobga chiqadi.
Miyacha. Uzunchoq miya ustida joylashib uch bo‘lakdan ikkita yarim shar va
o‘rtadagi toq chuvalchangdan iborat. Miyacha o‘tkazuvchi yo‘l vazifasini
bajaruvchi uch juft tuzilma orqali o‘rta miya, varaliy ko‘prigi va uzunchoq miya
bilan tutashib, miyacha varaliy ko‘prigi yordamida katta yarim sharlar bilan
bog‘langan. Miyachaning ahamiyati uni to‘liq yoki qisman organizmdan olib
tashlab, uni turli qismlariga ta’sir berib, organizmdagi o‘zgarishlar o‘rganilgan.
Agar miyacha to‘liq olib tashlansa muskullar tonusi to‘liq yo‘qoladi,
bo‘shashib, atoniya hosil bo‘ladi. Bunday hayvon turaolmaydi, yuraolmaydi,
muskullar tonusi goh ko‘tarilib - goh pasayib, muskul tonusi oshganda ular
taranglashib hayvon boshini orqaga tashlaydi, oldingi oyoqlari cho‘zilib bir qancha
vaqt o‘tadi. Miyacha olinganidan 10-12 kun o‘tishi bilan muskullar tonusi asliga
qayta boshlaydi. Lekin hayvon harkati asliga qaytmay, payma-pay harakat qiladi,
harkatlari qo‘pollashadi, yurganida chalishadi yoki oyoqini baland ko‘tarib
tashlaydi, gandiraklab, tez-tez yiqilib ataksiya rivojlanadi. Tana va bosh muskullari
titrab, hayvon tinch turolmaydi, oldinga, orqaga, o‘ngga, chapga tebranib buni
asteziya deyiladi.
Muskullarni keraksiz ortiqcha bukilib yozilishi ko‘p energiya sarflanishiga
olib kelib, hayvon muskullari tez charchab, darmondan ketib, asteniya kuzatiladi.
Miyachani qaysi tomoni shikastlansa yoki olib tashalansa o‘sha tomonidagi harakat
jarayonlari buziladi. Miyacha olib tashlanganida oliy nerv faoliyatiga ta’sir yetmay,
shartli reflekslar odatdagidek hosil bo‘laveradi. Ichak harakati susayib, me’da va
ichak shiralarini ajralishi sekinlashadi, muskullarda qand o‘zlashtirish kamayadi.
Miyachani elektr toki bilan ta’sirlaganda simpatik nerv qo‘zg‘alishiga xos
yeffektlar: ko‘z qorachig‘ini kengayishi, qon bosimini oshishi, puls jadallashishi,
avval charchagan muskul faoliyati tiklanadi. Demak, miyacha V.N.S. faoliyatiga
aktiv ta’sir o‘tkazadi.
Miyacha miya po‘stlog‘i bilan bog‘langan bo‘lib, u organizm harakatini
boshqarishda po‘stloqni hamkoridir.
Oraliq miya. O‘rta miyaning oldingi qismida joylashib, uch bo‘lak talamus -
ko‘rish do‘mboqlari, yepitalamus va gipotalamus-do‘mboq osti qismlardan iborat
bo‘lib, talamus oraliq miyaning asosiy qismi bo‘lib organizmni barcha sezgi
organlaridan keladigan impulslar uchrashadi. Sezgi organlaridan keladigan
impulslarga mahsus yadrolar bo‘lib, kelayotgan impulslar shu yadrolarda bir nerv
hujayrasidan boshqasiga o‘tadi va bulardan bosh miya yarim sharlarining
po‘stlog‘iga yetkaziladi. Talamus impulslarni o‘tkazish bilan ularni analiz va sintez
qilib, bu analiz va sintez tuban, takomillashmagan bo‘lib, nozik analiz va sintez
bosh miya yarim sharlar po‘stlog‘ida yuzaga keladi. Ko‘rish do‘mboqlarining
zararlanishidan sezuvchanlik kamayib, butunlay yo‘qolib yeshitish, ko‘rish
organlar ishi buziladi. Ko‘rish do‘mbog‘i muskullar tonusini boshqarganligi uchun
miya ko‘rish do‘mboqlari ustidan kesilsa muskullar tonusi oshadi.
Yepitalamusda hidlov markazi va yepifiz ichki sekresiya bezi joylashgan
Gipotalamus-do‘mboq osti qism- M.N.S.sining barcha qismlari bilan
bog‘langan bo‘lib, undan yefferent tolalar ko‘rish do‘mboqlariga, gipofizga,
uzunchoq, orqa miyaga boradi va bu tolalar orqa miyada V.N.S.ning tugun oldi
tolalarini hosil qiladi. Gipotalamusga ko‘rish do‘mboqlaridan yefferent tolalar
keladi. Gipotalamusda 32 juft har xil markaziy yadro bo‘lib, unda oqsillar yog‘lar,
tuzlar va suv almashinuvini, ichak, qon tomirlar, bachadon, qovuq devorlari
muskullarining qisqarishini, ter ajralishini, organizmda issiqlik almashinuvini
boshqaradigan markazlar joylashgan.
Gipotalamus gipofiz bilan bog‘liq bo‘lib, gipotalamusdagi neyrosekretor
hujayralarda gipofiz keyingi qismining gormonlariga o‘xshash suyuqliklar ajralishi
aniqlangan. Gipotalamusdagi supraoptik yadrolar ta’sirlanganida sut berish refleksi
hosil bo‘ladi, paraventrikulyar yadro ta’sirlanishidan sut berish tormozlanadi.
Gipotalamus bosh miya yarim sharlar po‘stlog‘i bilan bog‘liq va uning nazoratida
ishlaydi.
Po‘stloq osti yadrolar-striopalidar sistema. Katta yarim sharlar bilan
talamus oralig‘ida, miyaning oq moddasida bir qancha yadrolar bo‘lib, ular po‘st-
loq osti yadrolari yoki striopolidar sistema deyiladi. Zoologik silsilaning qo‘yi
bosqichida turadigan katta yarim sharlar kam taraqqiy yetgan hayvonlar po‘stloq
osti yadrolari talamus bilan M.N.S.sining oliy qismini hosil qiladi. Katta
yarimsharlar po‘stlog‘i yaxshi rivojlangan hayvonlarda striopalidar sistema
po‘stloq nazoratida ishlaydi po‘stloq osti yadrolarining eng muhimi oqimtir yadro
pallidium bilan targ‘il tanadir. Targ‘il tana miya po‘stlog‘i, talamusdan impulslar
olib, undan oqimtir tanaga impulslar boradi. Targ‘il tana harakat apparatining
po‘stloq ostidagi oliy koordinasion markazi hisoblanadi u ta’sirlansa moddalar
almashinuvi, issiqlik uzatilishi, tomirlar reaksiyasi va boshqa vegetativ funksiyalar
o‘zgaradi. Oqimtir yadro organizmda harakat jarayonlarini boshqarib, uning
ta’sirlanishi bo‘yin, oyoq va barcha tana muskullarini titratadi. Oqimtir yadro o‘rta
miyadagi qizil yadro va boshqa yadrolarni tormozlab turadi.
Instinkt. Hayvonlar organizmining murakkab reaksiyasi bo‘lib tashqi va ichki
ta’sirotlarga nisbatan hosil bo‘ladi. Instinkt o‘zgarmas bo‘lib, hayvonni yashashi va
barqarorligini ta’minlovchi muhim funksiyalarni o‘z ichiga oladi. Instinkt asosida
murakkab shartsiz reflekslar zanjiri yotib, instinkt va shartli refleks o‘rtasida katta
farq yo‘q. Shartsiz reflekslarning markazlari targ‘il tana va oraliq miyadagi
yadrolarda joylashgan. Instinktlar po‘stloq osti yadrolariga bog‘liq bo‘lsa ham
bevosita po‘stloq ishtirokida ro‘yobga chiqib, ya’ni tug‘ma shartsiz refleks zajiriga
bir qator shartli reflekslar qo‘shiladi. Instinktlar biologik va fiziologik ahamiyatiga
ko‘ra oziqalanish instinkt ochlikni sezib, ovqat izlash uni yeyish va hazm qilish
reflekslar zanjirini o‘z ichiga oladi.
Himoya instinkti organizmni zararli agentlardan, ta’sirlardan himoyalanish
reflekslarini o‘z ichiga oladi.
Jinsiy va ota-onalik instinkti ko‘payish, tur barqarorligini ta’minlash va bolani
boqish, unga mehribonlik qilish, reflekslaridan tashkil topadi.
Yerkinlikka intilish instinkti yovvoyi hayvonlarda yaqqol ko‘zga tashlanib,
tutqunlikdan qochishga intilish bilan xarakterlanadi.
Muayyan vaziyatni olish instinkti hayvonning tevarak atrofdagi narsa va
hodisalarga bo‘lgan munosabatida namoyon bo‘lib, hayvonni yashashi uchun katta
ahamiyatga yega bo‘lib, hayvonni atrofdagi hodisalar, narsalarga reaksiya qilib,
boshini ma’lum tomonga qaratib qulog‘ini dikkaytiradi va h.z.o.
Retikulyar formatsiya- orqa miya bo‘yin sigmentlarining yon shoxlarida,
uzunchoq miya, varaliy ko‘prigi, o‘rta va oraliq miyada yirik hujayralarning
shaklan to‘rga o‘xshash chigalli to‘plami bo‘lib, juda ko‘p sinapslardan tashkil
topgan tuzilmadir. Retikulyar formatsiya XIX asrning ikkinchi yarimida O.Deyters
tomonidan ta’riflangan. Retikulyar formatsiyada ko‘p hujayra yadrolari, jumladan
uzunchoq miyada 90 ta atrofidagi R.F.yadrosi bor. Retikulyar formatsiya
M.N.S.ning turli qismlari bilan: orqa miya, miyacha, gipotalamus va katta yarim
sharlar po‘stlog‘i bilan aloqadordir.
Retikulyar formatsiya hujayralari sust qo‘zg‘alib uzoq vaqt surunkasiga
qo‘zg‘alib turadi. Miyaning bu qismining kesilishi hayvonning o‘limiga sabab