VII ASRDAN XIV ASRNING BIRINCHI YARMIGACHA O‘RTA OSIYODA TARBIYA, MAKTAB VA PEDAGOGIK FIKRLAR
Yuklangan vaqt
2024-08-26
Yuklab olishlar soni
2
Sahifalar soni
4
Faytl hajmi
21,1 KB
VII ASRDAN XIV ASRNING BIRINCHI YARMIGACHA O‘RTA
OSIYODA TARBIYA, MAKTAB VA PEDAGOGIK FIKRLAR
Reja:
2.1. Islom dinining tarqalishi va uning ta’lim-tarbiyaga ta’siri.
2.2. Musulmon maktablari va unda ta’lim-tarbiya mazmuni.
2.3. Qur’oni Karim – axloqiy-falsafiy ta’limotlar manbai.
2.4. Hadis ilmining paydo bo‘lishi. Muhaddislar (Imom Ismoil al-Buxoriy,
Imom Iso at-Termiziy va boshqalar)ning hadis ilmi rivojiga qo‘shgan hissasi.
2.1. Islom dinining tarqalishi va uning ta’lim-tarbiyaga ta’siri.
Ma’lumki, jahon madaniyati xazinasining tarkibiy qismlaridan biri hisoblangan
arab tilidagi adabiyot faqatgina arablar yemas, balki ko‘pgina xalqlar namoyandalari
tomonidan yaratilgan o‘lmas yodgorlik bo‘lib, u o‘z taraqqiyotida uzoq va murakkab
yo‘lni bosib o‘tdi.
Abbosiy xalifalar 750-1258 davrida, ayniqsa dastlabki, uch asrda fan va
adabiyot, shuningdek, tarixnavislik ham ravnaq topdi. Xalifalikning poytaxti
Bag‘dod shahri adabiyot va ilmiy tafakkurning markazlaridan biriga aylanib, arab
tili yesa ilm va fan ahllari uchun asosiy vosita rolini o‘ynadi.
Islom dini 8 asrning boshlarida Markaziy Osiyoni arablar tomonidan istilo
qilinishi oqibatida kirib kelgan. Keyinchalik Temuriylar imperiyasi va Mongol
imperiyasi, shu jumladan, Markaziy Oiyo va bir necha yirik musulmon davlatlarda
faoliyat olib borgan ko‘plab taniqli islomiy olim va faylasuflar Markaziy
Osiyodanetishib chiqdilar.
Chunonchi, G.N.Sharbatov ta’kidlaganidek, “arablar hamda madaniyat va
ilmu fanda arab tilini xalqaro til tariqasida qo‘llagan O‘rta Osiyo, Eron, Kavkaz va
Sharqning boshqa xalqlari tomonidan yaratilgan ko‘pdan-ko‘p badiiy, tarixiy,
jug‘rofiy, ilmiy va diniy asarlar ham mana shu davrning mahsulidir”.
2.2. Musulmon maktablari va unda ta’lim-tarbiya mazmuni.
VII asrdan XIV asrning birinchi yarmigacha O‘rta Osiyodabir nechta turdagi
ta’lim muassasalari (maktab, madrasa, qorixona, daloilxona) mavjud yedi.
Maktablar boshlang‘ich ta’lim muassasasi hisoblanib, unda bolalarga yozish va
o‘qish o‘rgatilgan, din haqida dastlabki ma’lumotlar berilgan. Madrasalar yuqori
turuvchi o‘quv muassasasi hisoblangan, qorixona va daloilxona («Daloil
al-xayrot») quyi diniy xizmatchilarni tayyorlagan.
Maktablardagi ta’lim tizimi bir qancha bosqichli va puxta tashkil yetilgani
bois savod o‘rganish ko‘p vaqtni olar yedi. Chunonchi, faqatgina alifboni
o‘rganishga 3-4 oydan bir yilgacha, ba’zida undan ham ko‘p vaqt sarflanar
yedi. O‘quvchilar dastlabki o‘qish ko‘nikmalarini yegallaganlaridan so‘ng
«Haftiyak»ni (fors. “Qur’onning yettidan bir qismi”) o‘qishni boshlaganlar
Maktabni
tamomlagan
o‘quvchilar
ta’limni
davom
yettirish
uchun
madrasalarga kirganlar.
Madrasa odatda ikki bo‘limdan, ya’ni: quyi (ibādat al-’islām) va yuqori
(mas’ola) bo‘limlardan iborat bo‘lgan. Lekin barcha madrasalarda ham bo‘limlar
shunday nomlanmaganini qayd yetish lozim. Masalan, Buxoro madrasalarida quyi
bo‘lim «mushkulāt» deb yuritilgan.
2.3. Qur’oni Karim – axloqiy-falsafiy ta’limotlar manbai.
«Qur’on» - dunyo madaniyatining ulkan boyligi, barcha musulmonlarning
muqaddas kitobi bo‘lib, arab tilida «qiroat» ma’nosini anglatadi. Qur’on 114
suradan iborat. Qur’on kishilarni birodarlikka, tinch-totuv yashashga, yezgulikka
undaydi. Shuning uchun ham u katta axloqiy ahamiyatga yega. «Qur’on»ning
axloqiy qimmati haqida fikr yuritilar yekan, uning insonning ma’naviy kamolga
yetishida qay darajada muhim o‘ringa yega yekanligiga amin bo‘lamiz.