Mavzu: XVII asrdan XX asrning 1-
choragida
Turkiston
o‘lkasida
ayollar
ta’limi
masalasining
faollashishi
va
yoritilishining pedagogik sharoitlari.
Reja:
1.Turkistonda jadidchilik harakati. Yangi usul maktablarining
ochilishi.
2.Mahmudxo‘ja Behbudiy, Munavvar Qori, Abdulla Avloniy,
Abduqodir SHakuriy, Ishoqxonto‘ra Ibratlarning yangi usul
maktablarini tashkil etishdagi ma’rifatparvarlik xizmatlari.
3.Jadidchilik va ayollar ta’limi masalasining yoritilishi.
4.Dunyoviy ta’limni qo‘llab-quvvatlashda ma’rifatparvar ayollar
o‘rni.
XIX asr madrasalarida O`rta asrga oid diniy falsafa, musulmon
huquqlari, arab tili grammatikasi, mantiq-(tafakkur qilish, fikrlash)
ilmlari o`qitilgan. Uni tugatib imomlik qilish yoki qozixonada ishlash
mumkin bo`lgan. Maktab va madrasalarda dars o`zbek, arab, fors-
tojik tillarida olib borilgan. Asosan o`g`il bolalar o`qigan.
Ta’lim tizimi 5 toifaga bo`lingan edi:
Quyi-boshlang`ich diniy maktab.
Qorixona.
Daloilxona
Maktab internat
Madrasa
Boshlang`ich
diniy
maktablar
keng
tarqalgan
edi,
shahar
maktablarida o`quvchilar soni 20-30 taga, qishloqda 10-15 taga
yetgan. O`qishga 6 yoshdan qabul qilingan, o`zlashtirishiga qarab 7-
12 yil o`qishgan. Bularda Alifbe, Xaftiyak,- Chor kitob, Sufi
Olloyor, Qur’on o`rgatilgan.
Qorixonada asosan Qur’on yod oldirilgan. Uni bitirganlar xalq
orasida Qur’on sura va oyatlarini aytib berib yurgan. Qorixonalar
katta maktablar yoki mozorlar qoshida ochilgan. Katta shaharlarda
ko`p bo`lgan. Ularga maktabni tugatgan 10 yoshdan katta o`g`il
bolalar qabul qilingan. 3-4 yil o`qilgan. Qorixonalar madrasalar kabi
vaqfga berilgan yer-joy, mollar hisobiga ta’minlangan.
1900 yili Sirdaryo, Farg`ona, Samarqand viloyatida 333 ta qorixona
bo`lib, 1203 o`quvchi o`qigan.
Daloilxonalar ham vaqf mablag`idan foydalangan, katta yoshdagi savodi
chiqqan bolalar o`qigan. 1-2 oy Qur’on suralari, keyin asosiy kitob
«Daloil ul-hayrat» yodlatilgan. Bu XV asrda musulmon ulamolaridan
Sulaymon ibn Yazuru tomonidan yozilgan asar bo`lib, unda payg`ambar
va avliyolar hayoti yoritilgan. O`qish muddati aniq belgilanmagan,
xotirasi yaxshilar 2-3 oyda, qolganlar 1 yil yoki ortiqda yod olishgan.
Maktab internat- o`rta madrasa bo`lib, bularda diniy va dunyoviy fanlar
o`qitilgan, o`rta ma’lumot berilgan.
Arxiv hujjatlariga ko`ra 1911 yili yanvarigacha O`rta Osiyoda 10003 ta
maktab, 1085 ta madrasa bo`lgan.Mahalliy bolalardan ilmli kishilar
tayyorlash uchun Xiva xoni Raximxon Bahodirxoni soniy-Feruz
(1844-1910) katta ishlar qildi. Uning tashabbusi bilan saroyda maktab
ochilib, bunda rus o`qituvchisi va mashhur qorilar dars berganlar.
Feruz farmoni bilan 1904 yil 10 noyabrda Urganchda birinchi yangi usul
maktab ochilgan. Unda Turkiyalik Husayn Kushayev ta’lim-tarbiya
ishlarini olib borgan. 1906-07 yillarda qizlar maktabi ham tashkil qilinib,
uning xotini Komila Kushayeva qizlarni o`qitgan. 1909 yili Feruz qo`l
ostidagi madrasalar soni 130 taga, o`quvchilar soni 2300 ga yetadi. Feruz
Komil Xorazmiyni Toshkentga gimnaziya va maktablarda o`qitish
usulini o`rganishga yuboradi. U qaytgach ishlar jonlanib ketadi.
Maktab o`quv dasturi va rejasida- riyoziyot, tarix, geografiya, tabiat, rus
tili, ona tili, islomshunoslik fanlarini o`qitish belgilanadi. Sharq
mutafakkirlari va rus yozuvchilari asarlari o`rganiladi.
Feruz o`z saroyida tipolitografiya-toshbosimxona tashkil qiladi. Navoiy,
Munis kabilarning asarlari nashr etiladi.
1865 yillarda Markaziy Osiyo to`liq Rossiya tasarrufiga o`tadi va
o`lkada Turkiston general-gubernatorligi tashkil etiladi, mustamlakaga
aylanadi. Minglab rus oilalari bu yerlarga ko`chirib keltirildi.
1870 yili chor Rossiyasi xalq maorifi noziri D.A.Tolstov shunday degan
edi: «Bizning vatanimizda yashovchi barcha begona xalqlarning
ma’lumotli bo`lishining oxirgi maqsadi, shubhasiz ularni ruslashtirishdan
iboratdir».
Ruslashtirish siyosati bilan birga o`qituvchilar ustidan nazorat
kuchaydi, mustaqil ish yuritishga imkon berishmadi. Mahalliy
maktablar yopildi.
Ruslar Turkistonda bosqinchilik ishlari olib borish, uning boyliklarini
talash bilan birga, xalqning urf-odatlari, tili va dinidan ham
ayirmoqchi bo`ldi. Bu o`rinda Fitratning quyidagi fikrini keltirish
mumkin: «...imperatorlik hukumati chin kungildan tilar edi: qo`l
ostindagi o`zga millatlar ezilsunlar, xarob bo`lsunlar, saodat yuzin
ko`rmasunlar, tilanchilar kabi yashasinlar».
Toshkentda dastlabki rus maktabi 1866 yili ochiladi. Bunday
maktablarda ruslar bilan birga mahalliy bolalar ham qabul qilinardi.
O`qish faqat rus tilida olib borilardi. Rus o`rta o`quv yurtlari ham
ochila boshladi. 1876 yil Toshkentda erlar va xotin-qizlar
gimnaziyalari, 1870 yil o`quvchilar seminariyasi ochildi. Bularda
diniy bilimlar o`qitilmasdi, shuning uchun mahalliy bolalar kam edi.
1884 yil 19 dekabrda Toshkentning eski shahar qismida birinchi rus
tuzem maktabi ochildi. Boshqa joylarda ham ochila bordi va 1904 yili
ularning soni 57 taga yetdi
Yillar
Maktablar
soni
O`quvchilar
soni
O`g`il bolalar Qiz bolalar
1870
1
29
29
-
1874
2
69
69
-
1884
3
110
110
-
1886
4
116
116
-
1889
17
374
374
-
1891
22
418
418
8
1904
57
1830
1830
104
Rus tuzem maktablarida o`quvchilarga rus muallimi rus tili,
arifmetika va boshqalarni o`tar, buning uchun o`qish vaqtining
yarmi ajratilar, qolgan yarmida esa musulmon domla diniy darslar
utardi. 1903 yil Toshkentda qizlar uchun rus tuzem maktabi
ochildi. Lekin tezda yopildi.
XIX asrning ikkinchi yarmida ma’rifatparvarlik faoliyati keng
yoyilib, qator ziyolilar pedagogik g`oyalar bilan chiqdilar.
Shulardan biri Muhammad Amin Mirzaxo`ja o`g`li Muqimiy
(1850-1903)-dir. O`zining sayohatnomalarida, hajviy she’rlarida
ilmsizlik, nodonlik, tarbiyasizlikni qoralaydi, ilm-ma’rifatni
ulug`laydi.
«Tanobchilar», «Zavodchi boy ta’rifida», «Dodxoxim» she’rlari,
«Sayohatnomalarida» kishilarning turli xulq-atvorlarini ko`rsatadi.
Zokirjon Xolmuhammad o`g`li Furqat (1858-1909) ma’rifatparvarlardan
biri. U 1889 yildan Toshkent, Samarqand, so`ngra Turkiya, Yunoniston,
Bolgariya, Misr, Arabiston, Hindiston kabi xorijiy davlat safarlariga chiqadi.
Furqatning «Ilm xosiyati», «Gimnaziya», «Teatr haqida majmua», «Vistavka
xususida» she’rlarida ilm-ma’rifat, ta’lim-tarbiyani ulug`laydi, u madaniyat,
san’at, hunar, odob, aql, texnika taraqqiyoti hammasi ilmdandir deb biladi.
Jahon bastu kushodu ilm birla,
Nadur dilning murodi ilm birla.
Ko`ngillarning sururi ilmdandir,
Ko`rar ko`zlarning nuri ilmdandir.
Ilm-fanni bir mash’alga o`xshatib, mash’al, qorongulni qanday yoritib tursa,
ilm-fan ham insoniyatning baxt-saodati va istiqbolini shunday yoritib
turishligini ta’kidlaydi.
Ahmad Donish (1827-1897) o`zbek va tojik xalqining
mashhur mutafakkiri, olimi va faylasufidir. Uning
asarlaridan
«Navodir-ul
vaqoye»
(Nodir
voqealar),
«Buxoro
amirlarining
tarjimai
hollari»,
«Yulduzlar
tasviri», «Globusdan foydalanish yo`llari» va boshqalar.
XIX asrning oxirlariga kelib o`zbek ma’rifatparvarlarining
butun bir avlodi yetishib chiqadi. XX asrning 20-yillariga
kelib ulangan bu avlod xalqimizning umumiy ma’rifatida,
ijtimoiy-siyosiy
yuksalishida
va
yangi
turmushga
tayyorlashda buyuk xizmat etdi.
Abduqodir Shakuriy (1875-1943) ham shunday ma’rifatparvarlar-
dan biri edi. U Samarqandning Rajabamin qishlog`ida bog`bon
oilasida tug`iladi. Eski maktab so`ngra Samarqandda madrasada
o`qiydi. U «Tarjimon» gazetasidan ko`p narsalarni o`rganadi. 1901
yilda o`z qishlog`ida yangi usuldagi maktab tashkil qiladi. Doska va
partalar yasattiradi. Tatar tilidagi darsliklardan foydalaniladi.
Chor hukumati bunday maktablar ochilishiga qarshi edi, ularni qattiq
nazorat qilardi.
Bu maktab bolalarni 6 oyda savodli qilib chiqarardi. Bunga eski
maktab domlalari, mulla, eshonlar ham qarshilik qiladilar.
Shakuriy yilda bir marta umumiy imtixon uyushtirib, ota-onalar
oldida o`quvchilar bilimini namoyish qildirar edi.
Shakuriy ona tilida darsliklar zarurligini tushunib, bolaning yoshiga mos
tarzda, axloq-odob, turmush qoidalaridan dastlabki ma’lumot berishni
ko`zda tutuvchi darslik tuzishga kirishadi. Birinchi alifbe kitobi «Raxnomai
savod» (Savod chiqarish rahbari)ni yaratadi. Kitobda so`zlar bo`g`inlarga
bo`lib ko`rsatilgan, oxirida o`qish uchun kichik xrestomatiya berilgan. U o`z
pedagogik faoliyatida «harf-tovush» metodi (har tovushni alohida harf bilan
yozish) qulay va osonligini aniqlaydi. 1913 yili uning rahbarligida shogirdi
I.Raxmatillayev tovush-harf metodi asosida yangi alifbe tuzadi. U arab alifbosi
bilan tojik tilida yozilgan bo`lib, ko`p yillar qo`llanib kelinadi. Kitobning
kirishida tez savod chiqarishga oid maslahat berilgan. Alifbe 46 betdan iborat
bo`lib, 90 ta dars uchun mo`ljallangan edi.
1907 yili Shakuriyning 2-kitobi «Jameul hikoyat» (Hikoyalar to`plami)
yoziladi. U boshlang`ich sinf 2-sinfi uchun xrestomatiya tarzida bo`ladi.
Shakuriy 1923 yili «Pravda» gazetasi e’lon qilgan «Eng yaxshi o`qituvchi»
konkursining g`olibi deb topiladi.
Ismatilla Rahmatillayev (1883-1962) xalq ta’limi rivojiga
katta
hissa
qo`shgan
pedagoglardan
biri.
U
ham
Samarqandning Rajabamin qishlog`ida kambag`al oilasida
tug`iladi. Uning savod chiqarishi va atoqli pedagog bo`lib
yetishishida Shakuriylar oilasining o`rni kattadir. U eski
maktabda, 1901 yildan yangi usul maktabda o`qiydi. Uni
tamomlab, 1905 yildan Shakuriy maktabida o`qituvchi
bo`lib ishlay boshlaydi. Rus tuzem maktabida ham o`qiydi.
Shakuriy «Jameul hikoyat»ini nashr etishda qatnashadi.
Tajriba
o`rgangach,
hozirgi
Registon
ko`chasida
mehnatkashlar bolalari uchun yangi maktab ochadi.
1915 yili «Alifbe ta’limi» kitobini yozadi. Unga ko`plab
tarbiyaviy ahamiyatga ega bo`lgan hikoya va she’rlar
kiritilgan.
I.Raxmatillayev pedagog kadrlar tayyorlashga katta hissa
qo`shadi.
1922
yilgacha
Samarqandda
mahalliy
o`qituvchilar tayyorlaydigan qisqa muddatli kurslar tashkil
etishga rahbarlik qiladi.
1922-26 yillarda Samarqandda o`zbek inprosi (bilim yurti)
direktori va o`qituvchisi bo`lib ishlaydi. 1926-33 yillarda
«O`zbek davlat kitob palatasi»ga direktor bo`ladi». 1935 yil
«Mehnat qahramoni».
Saidahmad Siddiqiy - (1864-1927). Samarqandda hunarmand
dehqon oilasida tug`iladi. Maktabda, madrasada o`qiydi. Rus
maktabida o`qiydi, rus tili, adabiyotini o`rganadi.
1900-01 yillarda Misr, Arabiston, Turkiya, Rossiyaga boradi.
1903 yili qaytib kelib, Xalvoiy qishlog`ida yangi maktab
ochadi. Asosan
rus
tili
o`rgatishga
ahamiyat
beradi.
I.Rahmatillayev arifmetikadan dars beradi. U birinchi bo`lib
katta yoshdagi kishilar uchun kechki maktab tashkil qiladi.
1914 yili o`quv qurollari, darsliklar sotadigan «Zarafshon»
nomli magazin ochadi. Kutubxona ochishda qatnashdi.
Uning «Mir’oti ibrat» (Ibrat oynasi (1912), «Anjumani
arvoр» (1912), «Ganjinai hikmat» (1914), «Aynul adab»
(Odob ko`zi (1915)) she’riy to`plamari chiqadi. She’rlariga
«Ajziy» deb taxallus qo`yadi. O`zbek va tojik tillarida
yozadi. She’rlarida pedagogik g`oyalarini targ`ib qiladi.
Ta’lim-tarbiyadagi eski usullarga qarshi chiqadi.
1911-14 yillarda maktablar ochishda qatnashadi.
Gogolning «Shinel» asarini o`zbek tiliga tarjima qilgan.
1918-21 yillarda Samarqand viloyat adliya komissari
bo`ladi, 1921 yildan pedagogik ish bilan shug`ullanadi.
«Xizmat ko`rsatgan o`qituvchi» unvoniga ega bo`ladi.
Saidrasul Aziziy (1866-1933) Toshkentda ziyoli oilasida
tug`iladi. Eski maktab, so`ngra «Madrasai Mahmud
dasturxonchi»da (Toshkent) o`qiydi. 1 rus-tuzem maktabini
ham bitiradi. O`qigan madrasasida mudarrislik qiladi. 1900
yildan rus-tuzem maktabiga ham taklif qilinadi. U o`zbeklar
orasida birinchi bo`lib rus-tuzem maktabida dars beradi.
Keyin Toshkent o`qituvchilar seminariyasida «sharqiya
muallimligi»ni olib boradi. Uni rus tilini yaxshi bilgani, rus
maktabida dars bergani uchun «nasora maxsum» (kofir
maxsum) deb ataladi.
Aziziy o`z ijodini shoir sifatida boshlaydi, lekin u madaniyatimiz tarixiga
ko`proq islohatchi pedagog sifatida shuhrat topdi. 1900 yili «Ustozi avval»
kitobini yozdi, 1902 yil bosilib chiqdi. U yangi maktablarni (tovush usuli)
«usuli savtiya» maktablari deb atadi. Bular o`zbek pedagogikasi va
metodikasida reforma yasadi. Aziziy «usuli savtiya»ning asoschilaridan biri
sifatida shuhrat topdi. Aziziyning «Ustozi avval» darsligi alifbe xarakterida
bo`lib, 1-sinflarga mo`ljallangan.
Folklor, Sharq va o`zbek klassik adabiyotidan foydalanib yozilgan hikoyalar
(«Matonat», «Xat», «Beodob», «Ikki oshna», «Chaqimchi»).
Rus klassik adabiyotidan qilingan tarjimalar. («Qiloqi birla bolasi», «Tulki
birla uzum», «Yolg`onchi cho`pon», «Vatani rus»).
Adibning o`zi yaratgan hikoyalar («Hamokat», «Beforosat», «Aqlli o`g`il»,
«Zuluk birla ilon», «Bir necha do`stlik uchun ahd qilgan musofirlar»,
«Onaga hurmat», «Poklik» kabilar).
Jadidchilikning asoschisi qrim-tatar ma’rifatparvarlaridan
bog`chasaroylik
Ismoilbek
Gaspirali
(1851-1914)
hisoblanadi. U «usuli savtiya»ni boshlab berdi. Barcha turkiy
xalqlarni yagona millat deb bildi, millatning ravnaqi uchun
kurashdi.1883 yili «Tarjimon» gazetasini chiqara boshlaydi.
1884 yili 12 bolani «usuli jadid»da o`qita boshlaydi. Bolalar
40 kunda savod chiqarishadi. Imtihon o`tkazadi. Ular uchun
«Xujai siben», «Bolalar muallimi» birinchi darsligini
tuzadi.Yangi
usul
maktablarda
quyidagilarga
e’tibor
qaratilgan edi:
•sinfda bolalar 30 dan oshmasligi;
•2 marta yoz va qishda bolalarni maktabga qabul qilish;
•1 muallimda 3-4 sinf bo`lishi;
•dars 5 soatdan oshmasligi, har darsdan so`ng 10 daqiqa
tanaffus;
•juma va bayram kunlari dam olinishi, yozda ta’til bo`lishi;
•dars zerikarli bo`lmasligi, bolalarni urish, so`kish mumkin
emas.
Gaspirali usuli jadid bilan o`qitishning qoidalarini shunday
tushuntiradi: a) Butun alifboni birdan o`rgatish og`irdir, boshda 3, 5
harf o`rgatib borish yengil. b)...birinchi darsdan bolalar yozishni
boshlamasliklari lozim. v) Darslar muayyan soatlarga, qismlarga
ajratilib o`rgatilishi lozim. g) Bir harfni o`zlashtirmay turib,
ikkinchisiga o`tmaslik kerak. d) Harflar bilan tanishtirilganda ular
haqida kengroq ma’lumot berish lozim.
Uning ta’sirida ko`plab jadid ma’rivatparvarlari yetishib chiqdi.
Jadidlar xalqqa ma’rifat va madaniyat tarqatish yo`lini maktab va
madrasalarni isloh qilish, yangi usul maktablar ochish, tijoratni
rivojlantirish, gazeta va jurnallar chiqarish, teatr, kutubxonalar barpo
etishdan iborat deb bildilar.
Ular
«Taraqqiy»
(1906),
«Samarqand»
(1913-15),
«Sadoyi Turkiston» (1914-15), «Oyna» (1913-15),
«Buxoroyi Sharif» (1912-13) va boshqa matbuot
organlarini tashkil qildilar. O`z hisoblaridan darslik va
o`quv qo`llanmalari chiqardilar. Teatrchilikka asos
solindi.
Ko`plab
teatr
gruppalari
paydo
bo`ldi.
Drammaturgiya maydonga keldi. Publisistika rivojlandi.
Jadidlar maktab va madrasalarda diniy va ilmiy-dunyoviy
ilmlarni birga qo`shib olib borishga harakat qildilar.
Mahmudxo`ja Behbudiy (1874-1919) Samarqandning Baxshitepa
qishlog`ida oilasida tug`iladi. U adabiyot, tarix, geografiya, islom
tarixi, siyosatshunoslik bilan shug`ullanadi. 27 yoshida Makkaga
borib, hoji va mufti unvonlari bilan qaytadi.
Behbudiy 1899 yildan sayohatlarga chiqadi. Misr, Istanbul, Qrim,
Qozon, Kavkazning ko`plab shaharlarida bo`ladi.
U o`lkada usuli jadid maktablarining eng birinchi nazariyotchisi va
amaliyotchilaridan, jadidchilikni boshlaganlardandir.
Rajabamin qishlog`ida Shakuriy ochgan maktabni 1908 yili o`z
hovlisiga ko`chirib keladi, unga har tamonlama yordam beradi.
U o`zbek va tojik tillarida «Kitobul-atfol» (Bolalar kitobi),
«Muxtasari tarixi islom» (Islomning qisqacha tarixi),
«Amaliyoti
islom»,
«Aholi
geografiyasiga
kirish»,
«Rossiyaning qisqacha geografiyasi» kabi asarlarni yaratdi.
«Behbudiy nashriyoti»ni tashkil etib, unda darsliklar,
Turkiston,
Buxoro,
Xiva
xaritasini
bosib
chiqaradi.
Samarqandda kutubxona va qiroatxona ochishga boshchilik
qiladi. Drammaturgiya sohasida qalam tebratadi (m-n,
«Padarkush»),.
Behbudiy 1913 yildan «Samarqand» gazetasi va «Oyina»
jurnalini chiqara boshlaydi.
U til o`rganishga yoshlarni da’vat etadi. Diniy ilmlar va
dunyoviy ilmlarni deb biladi. Behbudiy o`z maktabi uchun
o`quv reja va dasturlar ishlab chiqadi. Uning maktabi 2
qismdan iborat edi: 1. Ibtidoiy qism. 2. Rushadiya. Birinchi
bosqich 4 yil, 2 bosqichi ham 4 yil bo`lgan va unga birinchi
bosqichni tugatganlar olingan.
U ilmning jamiyat rivojidagi rolini yaxshi tushungan va
yoshlarni
ilm
o`rganishga
chaqiradi,
«Padarkush»
dramasida ham ilmsizlikni qoralaydi.
Munavvar Qori Abdurashidxonov (1872-1931) Toshkent shahrida
ziyoli oilasida tug`iladi. Onasi otinoyi bo`ladi.
1901 yili birinchi jadid maktabini ochadi. Yangi maktablar uchun
tovush usulida «Adibi avval» (1907), «Adibi soniy» darsliklarini
yozadi. 1906 yili Ismoil Obid muharrirligida «Taraqqiy» gazetasini
tashkil qiladi. Darsliklari qayta-qayta nashr qilinadi.
Munavvar Qori o`rta maxsus va oliy ta’lim asoschisi sifatida 1916 yil
9 aprelida o`z uyida to`plangan jadidlar bilan birga Turkiston xalq
dorilfununining musulmon bo`limini tashkil etish yuzasidan
komissiya tuzadi. O`zi raislik qiladi. 3 bosqichdan iborat dastur
tuziladi.
1918 yil 13 may, yakshanba kuni Dorilfunun (hozirgi
yosh tomoshabinlar teatri binosida) ochiladi. Munavvar
Qori rais (rektor), Iso To`xtaboyev 1-, Burxon Habib
2-, muovin qilib belgilanadilar. O`qituvchilar soni 190
ga yetadi. Ular orasida Fitrat, Kamol Shams, Haydar
Shavqiy va boshqalar bor edi.
Shu munosabat bilan Toshkent davlat universitetiga
Milliy universitet nomi berildi.
Abdurauf Abdurahim o`g`li Fitrat (1886-1938) Buxoroda tug`iladi. Dastlab maktabda,
so`ngra Mirarab madrasasida o`qiydi. U adabiyot, tarix, falsafani chuqur o`rganadi. 1909 yili
«Jamiyati xayriya» ko`magida Turkiyaga o`qishga ketadi. 4 yil o`qiydi. U yerda «Munozara»
va «Hind sayyohi qissasi» asarlarini yozadi. Bunda Buxorodagi o`quv-o`qituv ishlari, ularni
tubdan o`zgartirish masalalariga e’tibor beriladi. «Rahbari najot» (1913), «Oila» (1916)
asarlari, «O`quv» (1917) darsligini yozadi. 1922-23 yillarda Buxoro xalq maorifi noziri bo`lib,
chet ellarga o`qishga talaba va o`quvchilar yuborishga rahbarlik qiladi. 1923-24 yillarda
Moskva va Leningrad (Peturg)da yashab ijod qiladi, professor bo`ladi. Keyin qator oliy o`quv
yurtlari, tadqiqot institutlarida pedagogik va ilmiy faoliyat bilan shug`ullanadi.«Rahbari najot»
asarida ta’lim-tarbiya masalalariga alohida e’tibor beradi, fanlar tasnifini yaratadi. O`zining
didaktik qarashlarini bayon etadi. «O`quv» darsligi ham juda katta tarbiyaviy ahamiyatga ega
bo`lib, turmush odobiga oid ko`plab mavzular berilganki, ulardan hozirgi tarbiya ishlarida ham
keng foydalanish mumkin.