VILGELM RIXARD VAGNER (1813-1883)
Reja:
1.Dirijyor-islohotchi va uning shaxsiy hayoti.
2.Bayroyt teatri.
3.Vagner hayotning so‘nggi yillari.
4.Rixard Vagner haqida qiziqarli faktlar
Rixard Vagnerning ijodi 19-asrda Yevropa musiqiy an’analarining burilish
nuqtasi timsoli bo‘ldi desak mubolag‘a bo‘lmas. U tanbeh va ta’na hukmlaridan
qo‘rqmasdan faqat o‘zining benuqson musiqiy sezgisiga tayangan holda dadil
kashfiyotlar kashf qildi. Vagnerning taqdiri og‘ir edi, lekin, ehtimol, aynan o‘sha
og‘riqli sinovlar nafaqat operada, balki simfonik janrlarda ham inqilobiy
o‘zgarishlarga turtki bo‘lgan. Katta ahamiyatli ta’sir ko‘rsatgan buyuk islohotchi
tarixda o‘z teatriga ega bo‘lish sharafiga muyassar bo‘lgan yagona kompozitordir va
uning nomi bilan atalgan festival bugungi kungacha musiqa san’atining eng yaxshi
namoyandalarini o‘zida jamlaydi.
Vilgelm Rixard Vagner 1813-yil 22-mayda Germaniyaning Leypsig shahrida
Karl Fridrix Vagnerning katta oilasida kenja o‘g‘il bo‘lib tug‘ildi. Rixard
Vagnerning 5 ta opasi va va 3 ta akasi bo‘lgan. Karl Fridrix Vagner politsiya ishchisi
bo‘lib, olti oylik merosxo‘rini ko‘rmasdan, Ioxanna Rozina Vagnerni beva qoldirib,
to‘satdan tif kasalidan vafot etgan. 9 ta farzandini politsiyachining nafaqasiga bazo‘r
katta qilayotgan Ioxanna Rozina bir oz vaqt o‘tib aktyor va rassomchi bo‘lgan
Lyudvig Geyerga turmushga chiqadi va Lyudvig Geyer kichkina Rixardning o‘gay
otasiga aylanadi. Lyudvig Geyer rasm chizish bilan shug‘ullangan va teatrda
o‘ynagan aktyor edi. Lyudvig Geyer asrab olingan bolalarning har qanday ijodiy
tashabbuslarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlagan, aslida ular uchun haqiqiy ota
bo‘ldi. Bir yildan kamroq vaqt o‘tgach, Geyer qirollik teatriga xizmat qilish uchun
taklif qilinadi va oila Drezdenga ko‘chib o‘tadi, u еrda Rixard o‘gay otasi familiyasi
bilan ta’lim olishni boshlaydi. Bola 14 yoshga to‘lganda, Lyudvig to‘satdan vafot
etadi. Onasi Ioxanna Rozina farzandlari bilan yana Leypsig shahriga qaytishga
majbur bo‘ladi. Betxoven ijodidan ilhomlangan, Rixard bir vaqtlar uni
cho‘qintirishgan Avliyo Foma cherkovidagi maktabda musiqadan ta’lim olishni
boshlaydi. Qisqa vaqt ichida yigit haqiqiy iste’dodni namoyon qiladi va o‘zini
bastakorlikda sinab ko‘rishni boshlaydi. 1828 yildan 1832 yilgacha u sonatalar,
pianino uchun asarlar, shu jumladan Faust uvertyurasini yaratadi, orkestr uchun
simfoniyalar yaratadi. Ushbu asarlarning aksariyati tez orada konsertlarda ijro
etiladi, o‘sha paytda Vagner hali 20 yoshga to‘lmagan edi. Vagnerning tarjimai
holiga ko‘ra, 1833 yilda u akasining taklifiga binoan Vyursburgga borib, o‘z
tug‘ilgan shahrini tark etadi. Keyin, uch yil davomida Rixard Magdeburgda
yashaydi, Kyonigsbergga tashrif buyuradi va ikki yil davomida Rigada qoladi. O‘sha
paytda uning yaratilgan birinchi operalari yuqori baho olmagan, ammo Vagner bu
bilan to‘xtab qolmaydi va keyingi yaratilgan "Riensi", so‘nggi tribun" operasi juda
muvaffaqiyatga ega bo‘ladi. Bastakorlik faoliyati Rixardga munosib daromad
keltirmagandan so‘ng, tez orada Vagner qarzga botib qoladi va u Parijda
yashirinishga qaror qiladi. U еrga rafiqasi, aktrisa Minna Planer bilan yashirincha
ko‘chib o‘tadi. Biroq, hatto bu shaharda ham, Rixard musiqani qayta yozish kabi
kam maoshli va muntazam nota ko‘chirish ishlarini bajarganiga qaramay moliyaviy
farovonlik topa olmadi. Ammo iste’dod va ajoyib ijro tez orada o‘z natijasini
ko‘rsatadi: Vagner “Riensi” va “Faust” asarlarini takomillashtiradi. “Riensi” operasi
1842 yilda Drezden teatrida bir oz muvaffaqiyatga erishadi. Bu davr hayotida yuz
bergan mushkul hodisalar va to‘qnashuvlar Rixardda hayot va ijod haqidagi
qarashlarini jiddiy qayta ko‘rib chiqishga majbur qiladi. Bir yil o‘tgach, "Letuchiy
Gollandes” (Uchar Gollandiyalik) operasining taqdimoti ham xuddi shu zalda bo‘lib
o‘tadi, bu operani sahnalashtirishda kompozitorning o‘zi faol ishtirok etadi, keyin
esa – “Tangeyzer” operasi yaratiladi. Nihoyat Drezdenda o‘z joyini topgan Vagner
ko‘p yozadi, kompozitsiyaga vaqt ajratadi, qalami ostida turli janrdagi ko‘plab
asarlar yaraladi.
Ijodiy o‘z-o‘zini takomillashtirish oqimi 1848 yilda Germaniyadagi inqilob bilan
to‘xtatildi. Vagner bunday taqdirli voqealardan chetda turmaslikka qaror qildi va
inqilobchilarni qizg‘in qo‘llab-quvvatlaydi. Ammo muxoliflar Drezdenni egallab
olishganiga qarmay, Vagner Drezdenni tark etadi.
Dirijyor-islohotchi va uning shaxsiy hayoti.
Vagnerning tarjimai holida aytilishicha, u keyingi 10 yilni Shveysariyada
o‘tkazgan. Bu vaqtda Rixard biroz sarosimaga tushgan, yangi hayot va ijodiy
izlanishlarni izlayotgan edi. Rixard Vagner yana moliyaviy qiyinchiliklarni
boshidan kechirdi, kun ora qo‘yilayotgan bittadan spektakllar va simfonik
konsertlarda dirijyorlik qilish unga еtarlicha daromad keltirmayotgan edi.
Vagnerning na adabiy, na musiqiy yutuqlari kelajakdagi taqdiri bilan bog‘liq bo‘lishi
mumkin bo‘lganlarning qalbida javob topmadi va muallif bu asarlarni yana stol
ustiga qo‘yar edi.
Ammo o‘sha paytda bastakor hayotidagi bunday uzoq inqirozning yana bir
sababi - Matilda Vezendonk edi. U boy filantrop (saxovatpesha) Otto
Vezendonkning rafiqasi bo‘lib, o‘z navbatida turmush o‘rtog‘i bilan Vagner
iste’dodining muxlislari edilar. Otto Vezendonkning Vagnerga bo‘lgan do‘stona
munosabatlari Matildaning eriga bilan yaqin munosabatlari Vagner uchun ikki
mehribon yurakning birlashishiga to‘sqinlik qilayotgandek edi go‘yo: ularning his-
tuyg‘ulari,
aftidan,
Vagnerning
ijodiy
yutuqlarining
shiddatli
oqimini
rag‘batlantirgan platonik hissiyot edi. Rixardning Matildaga bo‘lgan kuchli his-
tuyg‘ulari tufayli musiqa olami "Reyn oltini", "Valkiriya", "Tristan va Izolda"
operalariga ega bo‘ldi, shuningdek, Rixard “Tristan va Izolda” operasida
Matildaning bir nechta she’rlaridan foydalangan. Aytgancha, Rixard Vagnerning
o‘zi ham o‘sha davrda rasman uylangan edi.
Minna (Vilgelmina) Planer Vagnerning hayotiga 1834 yilda kirib kelgan. U
Magdeburg teatrining primadonnasi, Vagnerdan uch yosh katta xonanda edi.
Birinchi uchrashuvdan bir yarim yil o‘tgach, ular turmush qurishadi va ularning
nikohi 30 yil davom etadi. Biroq, birga o‘tkazgan yillar soni ularning turmushi
sifatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatmaydi. Tez orada Minna va Rixardning butunlay
boshqacha hayot maqsadlari va intilishlari paydo bo‘ladi: Minna uydagi muntazam
sukunat va doimiylikni xohlardi, Rixard esa uni u har doim sarguzashtlarga jalb qilar
edi. Vagnerning Matilda bilan ishqiy munosabatlari nihoyat ularning nikohiga yakun
yasadi va o‘z navbatida turmush qurgan Matilda bilan munosabatlarning
befoydaligini anglab еtgan Rixard hayotida yangi davr boshlandi.
Vagner o‘sha paytda turmushga chiqqan va ikki farzandi bor, Ferens Listning
qizi Kozimaga nisbatan yangi tuyg‘ularni his eta boshladi. Tez orada Kozima ham
hayotining asosiy muhabbati uchun oilasini tark etadi va 1870 yilda u Rixard bilan
turmush quradi. Bu nikoh Vagnerga uchta farzand in’om etdi, ulardan eng kichigi
uzoq kutilgan va sevimli merosxo‘r o‘g‘li Zigfrid edi. Kozima nafaqat ro‘zg‘orbop
xotin, balki Vagnerning ijodiy masalalarida o‘ng qo‘li, shuningdek, uning eng sodiq
muxlisasi bo‘ldi.
Bayroyt teatri.
Vagner opera janrini o‘z nafsoniyatiga mos ravishda isloh qilish haqida
o‘ylaganida, u o‘zining "Kolsa nibelunga" (nibelung xalqasi) operasi munosib ijrosi
uchun unga o‘sha paytdagi dunyoda mavjud bo‘lgan teatrlardan sezilarli darajada
farq qiladigan opera zali kerakligini aniq tushunib еtadi . O‘shandan beri uning
asosiy orzusi shaxsiy teatr bo‘lib, ushbu teatrda u o‘zining barcha rejalarini amalga
oshirishi mumkinligi xaqida orzu qilishni boshlaydi. 1871 yilda Rixard va uning
rafiqasi Kazima Bavariyaning Bayroyt shahriga kelishadi. U еrda mavjud bo‘lgan
eng katta teatrlardan birini ko‘zdan kechirib, u shunday xulosaga keladi: bu teatr
ham hayotidagi eng asosiy asar bo‘lmish “Kolsa Nibelunga” operasini
sahnalashtirish talablariga javob bermaydi. Va birdan Vagner kutilmagan va taqdirli
taklifni oladi: shahar rahbari yangi teatr uchun еr ajratadi va mahalliy bank egasi
qurilishni qisman moliyalashtirishga rozi bo‘ladi. Vagnerning Bayroyt teatri
o‘zining birinchi tomoshabinlarini 1876 yil avgustda, uning "Kolso nibelunga"
monumental operasi taqdimoti bo‘lganida qabul qildi. Vagner operasi eski qonun-
qoidalarni yo‘q qilgani kabi, teatrning ichki qismi ham boshqa teatrlardan tamomila
farq qilar edi. Bu teatrda ustunlar, puxta releflar va hatto an’anaviy ulkan qandillar
ko‘rinishidagi dekorning odatiy neoklassik elementlari yo‘q edi, tomoshabinlar zali
esa “tarki dunyo qilingan” muhit manzarasiga eag edi. Vagnerning asosiy g‘oyasi
tomoshabinni opera san’atidan hech narsa chalg‘itmaydigan teatr yaratish edi.
Yangi operada orkestr rolini o‘zgartirish yoki o‘zgartirish to‘g‘risida qaror
qabul qilishda Vagner musiqachilarning joylashuvini ham o‘zgartirdi. Uning
teatridagi orkestr chuquri deyarli sahna ostida joylashgan va ulkan qobiq shaklidagi
tuzilma tovush to‘lqinini boshqaradi. Shunday qilib, musiqa dastlab sahnadagi
aktyorlarga еtib boradi, so‘ngra vokal tovushi bilan birga zalga boradi.
Vagnerning o‘limidan so‘ng, Kazima har yili o‘tkaziladigan Bayroyt musiqa
festivalini tashkil qilishni o‘z zimmasiga oladi, bu festival bugungi kungacha klassik
musiqa olamidagi eng nufuzlilaridan biri bo‘lib qolmoqda.
Vagner hayotning so‘nggi yillari.
O‘zining opera teatriga ega bo‘lgan Vagner Bayroytni deyarli tark etmadi. U
o‘zi uchun maxsus qurilgan villada yashab, shon-shuhrat nurlariga cho‘milib,
mahalliy zodagon boylarning homiyligidan zavqlanardi. Yozilgan so‘nggi asar
Vagner besh yil davomida ishlagan “Parsifal” operasi edi. Opera taqdimoti juda
muvaffaqiyatli bo‘lib o‘tdi va bir necha oy o‘tgach, Rixard Venesiyaga ta’tilga
ketadi. U еrda u o‘pka kasalliklarini qo‘llab-quvvatlovchi muolajalar kursini oladi.
Vagner 1883 yil 13 fevralda kutilmaganda vafot etdi. Bastakorning jasadi
Venesiyadan Bavariyaga olib kelingan va umrining so‘nggi yillarini o‘tkazgan, bir
paytlar orzu qilgan mulkida dafn etilgan.
RIXARD VAGNER XAQIDA QIZIQARLI FAKTLAR:
Rixardning o‘gay otasi bo‘lgan Lyudvig Geyer uning haqiqiy otasi bo‘lgan
degan fikr bor. Rassomchi va aktyor Lyudvig Geyer bir necha yillardan beri
Vagnerlar
oilasining
yaqin
do‘sti
bo‘lgan.
Vagnerning
tarjimai
holi
tadqiqotchilaridan biri Rixardning o‘zi bir vaqtlar o‘g‘li va o‘gay otasi o‘rtasidagi
o‘xshashlikni ko‘rganiga e’tibor qaratdi. Ushbu taxminning rasmiy tasdig‘i yo‘q,
ammo ma’lumki, Vagner Geyerga qattiq bog‘langan va hamma narsada unga taqlid
qilishga harakat qilgan.
Vagner cho‘qintirilgan va musiqiy ta’limni boshlagan Avliyo Foma
cherkovida Iogan Sebastyan Bax chorak asr davomida kantor bo‘lib xizmat qilgan.
Bo‘lajak Vagner teatri binosiga birinchi tamal toshi musiqachining tug‘ilgan
kunida, 1872 yil 22 mayda qo‘yilgan.
"Nibelunga halqasi" 4 ta operadan iborat bo‘lib, turkumning umumiy
davomiyligi taxminan 15 soatni tashkil qiladi. Bu asar ustida kompozitor 26 yil
ishlagan.
Bayroyt teatri yiliga atigi 4 hafta - iyuldan avgustgacha, Vagner festivali
davomida belgilangan tartibda ishlaydi. Qolgan vaqtda siz uni ekskursiyalar vaqtida
ko‘rishingiz mumkin, ammo noyob akustikadan bahramand bo‘lolmaysiz.
Vagner qizg‘in antisemit (yahudiylar dushmani) edi, shuning uchun uning
ba’zi maqolalari bugungi kunda ekstremistik deb tan olingan va nashr etilishi
ta’qiqlangan.
“Parsifal” taqdimoti oldidan Vagner qirol yahudiy bo‘lgan German Levini
dirijyor qilib tanlaganini bilgach, bastakor bor kuchi bilan qirolning rejalarini
buzishga urinadi va hatto Germanni suvga cho‘mdirib, cho‘qintirishni talab qiladi.
Ammo German Levi buni qat’iyan rad etadi. Oxir-oqibat qirol hohlaganiyday
“Parsifal” operasiga German Levi dirijyorlik qilgan.
Vagner butun umri davomida "shaytonning o‘ntaligi" - 13 raqamidan juda
qo‘rqardi. U 13 yilda tug‘ilgan va uning nomidagi lotin harflarida yozilgan harflar
soni ham 13 ta. U o‘zining oparalari taqdimotini 13-kunlari bo‘lishini qat’iyan man
qilgan. G‘alati tasodif tufayli maestro 13 fevral kuni vafot etdi.
Vagnerning tarjimai holidan shuni bilish mumkin-ki, Parijda istiqomat qilgan
davrida bastakor kambag‘al edi, hattoki xor jamoasiga xor xonandasi sifatida ish
qidirib borgan. Biroq, tinglov davomida kompozitorning ovozi mutlaqo yo‘qligi va
uning qo‘shiqchilik qobiliyati hatto xor uchun ham еtarli emasligi ma’lum bo‘lgan.
Vagnerning Britaniyadagi chiqishlari chog‘ida ko‘plab san’at ixlosmandlari
uning Betxoven asarlarini yoddan dirijyorlik qilayotganidan g‘azablanishdi. Bu
buyuk bastakorni mensimaslik deb hisoblangan va Rixardga tanbeh berilgan.
Keyingi spektaklda partitura dirijyorning oldida edi va undan keyin ular maqtashni
boshladilar va orkestr ancha yaxshi yangradi. Darhaqiqat, Vagner musiqa pyupitrida
butunlay boshqacha asar partiturasini qo‘ygan va bundan tashqari partitura ham
teskari joylashgan edi, Rixard esa odatdagidek asarni yoddan dirijyorlik qilgan.
Vagner har doim o‘z operalari uchun librettoni mustaqil ravishda o‘zi yozga
va boshqa mualliflarning uning matnlaridan foydalanish bo‘yicha takliflariga hech
qachon rozi bo‘lmagan.
Vagnerning iste’dodi uzoq vaqt davomida vatani Germaniyada tan olinmagan.
Bir kuni Vena shahrida tomoshabinlardan biri bastakordan “musiqangiz o‘zingizga
juda baland tuyulmayabdimi? , deb so‘rashga jur’at etdi. "Bularning barchasi-
Germaniya meni eshitishi uchundir!" – degan ekan Vagner baland ovozda.
Venadagi "Valkiriya" operasining taqdimoti uchun, sahnada paydo bo‘lishi
kerak bo‘lgan qora otlar kerak edi. O‘rgatilgan barcha otlar rangi kulrang bo‘lib
chiqdi. Vagner g‘azablandi va taqdimotni bekor qilish bilan tahdid qildi. Keyin
lavozimli kishilardan biri nostandart еchimni taklif qildi - otlarni qora rangga
bo‘yash lozim. Opera muvaffaqiyatli o‘tdi va Vagner zukko odamga samimiy
minnatdorchilik bildirdi.
Vagnerning opera janridagi yangiliklarini Ferens List kabi mashhur
zamondosh qo‘llab-quvvatladi, u Rixardning qaynotasi edi. List tomonidan
yaratilgan Veymar musiqa maktabi bugungi kungacha Vagner ijodining asosiy
tayanchi hisoblanadi. U еrda tahsil olgan ko‘plab yosh iste’dodlar musiqachi uchun
mavjud bo‘lgan ekspressivlik usullarini yaxshilash istagini qabul qildilar va
Vagnerga taqlid qildilar, uning ijodidan ilhomlanganlar ro‘yxatida ko‘plab mashhur
bastakorlar ham bor.
Biroq, har qanday katta yutuq singari, Vagner islohoti, tarafdorlardan tashqari,
umumiy nomi "anti-Vagnerlar" bo‘lgan ashaddiy raqiblarni ham uchratish mumkin.
Bu oqimni Brams va Ganslik kabi vakillar musiqa o‘z-o‘zini to‘liq ta’minlaydigan
va qo‘shimcha ifoda vositalariga muhtoj bo‘lmagan san’at ekanligini ta’kidladilar.
Shunga qaramay, Vagner asarlari Yevropada romantizm rivojlanishining eng yuqori
bosqichi va shu bilan birga musiqadagi keyingi modernistik harakatlar uchun asos
sifatida tan olingan. Vagner tomonidan qo‘llaniladigan yangiliklar bugungi kunda
operaning tanish tamoyillariga aylandi.
Rixard Vagnerning shaxsiyati uning tarjimai holi va e’tiqodlari bilan hech
bo‘lmaganda ozgina tanish bo‘lgan har bir kishida juda noaniq reaksiyalarini keltirib
chiqaradi. U obro‘-e’tiborli mansabdorlarning xotinlari bilan ishqiy munosabatda
bo‘lib, andishalik bilan ajralib turmagan va o‘zining yaqin do‘sti hisoblangan Gans
fon Byulovning rafiqasi Kozimani o‘zi bilan ergashtirib ketdi. Vagner o‘zining teatri
loyihasini myunxenlik arxitektordan o‘zlashtirib olgan va hatto bu loyiha uchun
uning roziligini olishni zarur deb hisoblamagan. Vagner juda shov-shuvli siyosiy
qarashlarga ega, qizg‘in millatparast edi, shuningdek, Bavariya qirolining davlat
ishlariga ta’sir o‘tkazishga ham harakat qilgan. Biroq, Vagnerning jahon klassik
musiqasi uchun qilgan ishlarini e’tibordan chetda qoldirib bo‘lmaydi.
Vagner hashamatni yaxshi ko‘rardi. Qimmatbaho mebellar, olijanob matolar
- ipak, parcha va baxmal, sifatli qog‘oz va yozish uchun eng nafis qalamlarni lozim
ko‘rar edi. Bularning barchasi uning ijodi uchun haqiqatan ham zarur edi. bularning
barchasi uchun boshqalar pul to‘lashini u mutlaqo odatiy hol deb hisoblar edi. Rixard
Vagner o‘ziga ishonchsizlikdan hech qachon aziyat chekmagan.
Kozima venger bastakori va pianinochi Ferens Listning qizi edi. 1857 yilda u
dirijyor Gans fon Byulovga turmushga chiqdi, uning ikki farzandi bor edi. 1863 yilda
Kozima Vagner bilan ishqiy munosabatlarni boshladi va 1870 yilda ular turmush
qurishdi. Rixard bilan Kozima kompozitorning operalarini niyatlariga to‘liq mos
ravishda sahnalashtirish uchun mo‘ljallangan Bayroyt festivaliga asos soldilar. 1883
yilda Vagner vafotidan so‘ng, Kozima Bayroyt festivalini o‘z zimmasiga oldi va
umrining qolgan qismini uning merosini saqlash va nishonlashga bag‘ishladi.
Kozima Vagner bastakorning asl g‘oyalariga amal qilish zarurligiga ishonch
hosil qilar va har qanday teatr yangiliklariga qarshi chiqar edi. Bu yondashuv 1907
yilda Kozima festival rahbariyatidan ketganidan keyin uning vorislari tomonidan
kuzatila boshladi. Shu sababli Kozima erining millatchi va antisemitizm qarashlarini
qo‘llab-quvvatlagani sababli, uning merosi bahsli bo‘lib kelgan.
Dunyoga mashhur nemis qal’asi Noyshvaynshteyn qisman ushbu Rixard
Vagner sharafiga qurilgan. Qirol Lyudvig II buyrug‘i bilan qad rostlagan
Noyshvaynshteyn qal’asi juda ham mahobatlidir. Lyudvig II Vagner ijodining
ashaddiy muxlisi bo‘lgan, doimo uni moliyaviy qo‘llab-quvvatlab kelgan.
Noyshvaynshteynning tashqi va ichki ko‘rinishi asosan Vagner asarlari
qahramonlari bilan bezattirgan.
Butun umri davomida bastakor Vagner yahudiylarga qarshi bo‘lgan, bu
xalqni har tomonlama yomonlagan va kelib chiqishi yahudiy bo‘lganligi sababli
mashhur "to‘y marshi" ning yaratuvchisi Feliks Mendelsonni nafrat bilan gapirgan.
Vagnerning 1850 yilda "Erkin fikrlovchi" taxallusi ostida nashr etilgan "Musiqadagi
yahudiylik" maqolasi g‘azab bo‘ronini keltirib chiqardi. Rossiyada ushbu nashr
ekstremistik material sifatida tan olingan va tarqatilishi ta’qiqlangan.
Qisqa vaqt ichida Richard Vagner buddizm dini bilan qiziqdi. Uning bu
o‘tkinchi ishtiyoqi uning mashhur "Tristan va Izolda" operasining uslubiga sezilarli
ta’sir ko‘rsatdi.
Germaniyaning Bayroyt shahridagi festival teatri Bavariya qiroli Lyudvig II
mablag‘i hisobidan qurilgan. Bugungi kunda Vagner operalari har yili shaharda
ushbu bastakor tomonidan asos solingan Bayrroyt musiqa festivaliga mezbonlik
qilganda har doim ijro etiladi. Festival davomida faqat uning asarlari ijro etiladi.
Vagnerning "Nyurnbergskie meysterzingerы" operasi dunyodagi eng uzun
klassik opera bo‘lib, besh va chorak soat davom etadi. Uning boshqa operasi
“Sumerki bogov”dagi ariya esa dunyodagi eng uzun yakkaxon ariya sifatida
Ginnesning rekordlar kitobiga kiritilgan. Uning davomiyligi 14 daqiqa 46 soniyaga
еtadi.
RIXARD VAGNER OPERALARI:
"Феи" (1833).
"Запрет любви" или "Палермская послушнитса" (1836).
"Риенси" (1840).
"Летучий Голландес" (1841).
"Тангейзер" (1845).
"Лоенгрин" (1848).
Тетралогия (трилогия с прологом), "Торжественное ссеническое
представление" -
"Колсо нибелунга" (1848-1874, премера 1876):
Пролог "Золото Рейна" (1854).
Ден первый "Валкирия" (1856).
Ден второй "Зигфрид" (1869).
Ден третий "Сумерки богов" (другие переводы: "Закат богов", "Гибел богов";
1874).
"Тристан и Изолда" (1859).
"Нюрнбергские майстерзингеры" (1867).
"Парсифал" Торжественная ссеническая мистерия (1882).