VIRUSLARNI TOVUQ EMBRIONIGA YUQTIRISH
Mashg'ulot o'tkazish joyi, jixozlanishi:
Mikrobiologiya kafedrasi auditoriyalari va laboratoriyasi.
Labaratoriya
mashg'ulot o'tkazish
uchun:
virus
tutuvchi
material,
mikroskoplar, pipetkalar, probirkalar, spirt lampalari, buyum oynachalari, bakterial
qovuzloq, shtativlar.
2. Mashg'ulotning davomiyligi:
2 soat
3. Mashg'ulotning maqsadlari:
Talabalarni viruslarni tuzilishi va kimyoviy tarkibi, kupayishi, laboratoriyada
ajratib olinishi, indikatsiya, identifikatsiya qilish usullari bilan tanishtirish.
Vazifalar:
Talabalar bilishi lozim:
DNK va RNK tutuvchi viruslar xaqida (ularni strukturasini, simmetriya
tiplari, ximiyaviy tarkibi).
Viruslik laboratoriya kullaniladigan, xujayra kulьturasini va ularni ochish
printsiplari.
Viruslarni xujayraga ta'siri va ularni aniqlash usullari.
Virusli yukumli kasalliklarga tashxis qo'yish usullari.
Talabalar kila olishi kerak:
Virus saklovchi patologik matirialni xujayra kulьturasiga yuktirishi.
Kasalning burin xalkumidan olingan yuvindini tovuq embirioni amnion
bushligiga va allontois suyukligiga yuktirish.
№
Bajariladigan tadbirlar
Bajara
bilmadi
(ball)
To'liq bajardi
(ball)
1
Tuxum taglikka vertikal joylashtiriladi, bunda havo
bo'shlig'i
yuqoriga
qaragan
holatda
bo'ladi;
tuxumning to'mtoq uchi puxtalik bilan sterillanadi.
2
Havo bo'shlig'i markazidan preparatlash ninasi
yordamida po'stloq teshiladi.
0
10
3
Hosil qilingan teshikdan qaychi uchi kiritilib
po'stloqda diametri 1,5 sm bo'lgan tuynuk ochiladi
(bunda po'stloqning tuxum ichiga tushishiga yo'l
qo'ymaslik kerak).
0
10
4
Teshik orqali po'stloq qobig'ining ichki varag'i
ko'rinib turadi, uni extiyotkorlik bilan pintset yoki
igna yordamida tilinib, xorionallantois qobig'ini
ochish uchun ma'lum qismi (0,5 – 1sm2) ko'chiriladi.
0
10
5
Xorionallantois qobig'iga virus yuqtirish uchun 0,1
– 0,2 ml virus saqlovchi material (masalan, chechak
virusi) paster pipetkasi yoki shprits yordamida
yuboriladi.
0
10
6
Po'stloqdagi teshik maxsus elastik plenka, steril
yopqich oyna yoki shisha qalpoqcha bilan yopiladi.
Yopqich
oyna
va
qalpoqchani
po'stloqqa
mustahkamlash Virus yuktirilgan embrion vertikal
holatda 2 – 3 sutkaga termostatga qo'yiladi, shundan
so'ng quyidagi tartibda kesib ochiladi:
0
10
7
Tuxum taglikka vertikal havo kamerasi yuqoriga
qaratilgan holatda o'rnatiladi va kesiladigan yuza
yuqorida keltirilgandek yod va spirt bilan ishlov
berib sterillanadi.
0
10
8
Plyonka, yopqich oyna yoki qalpoqcha olib
tashlanib, steril qaychi yordamida po'stloq havo
bo'shlig'i chegarasidan kesiladi.
0
10
9
Pintset yordamida po'stloq qobig'i olib tashlanadi.
Ochilgan
xorionallantois
qobig'i
bo'ylamasiga
kesiladi. Hosil bo'lgan teshik orqali tuxumning ichki
qismi kosachaga yoki lotokka quyib olinadi.
0
10
10
Po'stloq ichida qolgan xorionallantois pardasi
pintset yordamida shilib olinib fiziologik eritmali
steril kosachaga solinadi. Tekislanib, kosachani qora
fonga qo'yib, hosil bo'lgan o'zgarishlar o'rganiladi.
0
10
JAMI
0
100
4. Mavzuni asoslash:
Viruslarni tovuq embrionida o'stirish virusologiyada virusni infektsion materialdan
birlamchi ajratib olishda va keyinchalik passaj yo'li bilan ularni o'stirishda keng
qo'llaniladi. Virusni tovuq embrionida o'stirish usulidan virusli infektsiyalarga
tashhis qo'yishda va ilmiy tadiqotlarda foydalaniladi. Bu usul yordamida, vaktsina
va diagnostik preperatlar tayyorlash uchun,juda ko'p miqdorda virus saqlovchi
material olinadi.
Odam va hayvonlarni zararlovchi ko'pgina viruslarning tovuq embrionida
yuqori yoki past darajada ko'payish mumkinligi aniqlangan. Qattiq po'stloq
embrionni himoya qilib, unga tashqi muhitdan mikroorganizmlar tushishiga to'siqlik
qiladi, bu esa viruslarni steril sharoitda ko'payishiga sharoit yaratadi. Embrion latent
viruslardan holi bo'lib, bu bilan laboratoriya hayvonlaridan ustun turadi.
Bu usulning kamchiliklari quyidagilar:
1.
Virus bilan zararlagandan so'ng embriondagi patologik o'zgarishlarni
dinamikada kuzatish imkoniyati yo'q;
2.
Virus bilan zararlangan embrion ochilganda o'zgarishlarni ko'z bilan ko'rib
bo'lmaydi, shuning uchun embriondagi embrion suyuqligidagi virusni aniqlash
maqsadida boshqa virusologik usullarni qo'llashga to'g'ri keladi. (Masalan,
gemagglyutinatsiya reaktsiyasi)
3.
Hayvonlarda yaxshi aniqlash imkoniyati bo'lgan antitelalar
4.
Tovuq embrionida viruslarni o'stirish usulini hamma viruslar uchun qo'llab
bo'lmaydi, ya'ni bu usul universal emas.
Bunday kamchiliklarning borligiga qaramasdan tovuq embrionida virusni o'stirish
usuli oson, qulay va arzon bo'lib, virusologiya amaliyotida keng qo'llaniladi.
Ayniqsa, ortomiksoviruslar, gerpesviruslar va poks- viruslar bilan ishlaganda bu
usulning ahamiyati katta.
Tovuq embrionining tuzilishi. Tovuqembrioni ohaklangan qobiq po'st bilan
qoplangan bo'lib, uning ichki tomoniga bu qobiq alohida havo bo'shlig'i hosil qiladi.
Po'stloq qobig'i ostida xorionallantois qobig'i bo'lib tuxumning to'mtoq uchida
po'stloq qobig'iga o'tadi.
Bu qobiq qon tomirlarga boy bulib, embrionning nafas olish organi vazifasini
bajaradi. Uning ichki tomonida allantois bo'shlig'i joylashib, u ajratish organi
vazifasini bajaradi va murtakni qurib kolish va turli ta'sirotlardan himoya qiladi.
Allantois bo'shlig'i amnion suyuqligi bilan to'lgan amnion bo'shlig'ida joylashgan
murtak atrofini o'rab turadi. Murtak sariqlik ipi orqali asosiy oziq manbai bo'lgan
sariqlik xaltachasi bilan bog'langan. Rivojlanishning kechki bosqichlarida embrion
oziq moddalarni tuxumning o'tkir uchida joylashgan oqsil xaltachasidan oladi.
4-rasm. Tovuq embrioning tuzilishi (inkubatsiyaning 9 kuni)
Ishga tayyorgarlik. Rivojlanayotgan tovuq embrionida virusni o'stirish uchun
ma'lum tartibdagi harorat (odamda 36 – 38°S), namlik (50 – 70%), shuningdek
yetarlicha ventilyatsiya zarur. Virus turi va uni yuqtirish usulidan qat'iy nazar, tovuq
embrioniga virusni yuqtirish inkubatsiyadagi tuxumning 6 kundan 13 kungacha
bo'lgan muddatlarida amalga oshiriladi (4-rasm). Ilmiy ulanish maqsadi va virus
xususiyatlarini bilgan holda virusning optimal yuqtirish dozasini va embrionni virus
bilan zararlashning to'g'ri usulini tanlay bilish lozim. Barcha operatsiyalar aseptik
sharoitda, imkoni boricha bokslarda o'tkaziladi.
Ish uchun quyidagilar tayyorlanadi: tuxum uchun taglik, spirtli va yodli sharchalar,
steril parafinli probirka, yopqich oynalar, steril paxtali qopcha, doka, qog'oz bilan
o'ralgan steril idish, steril shpritslar, ignalar, pintsetlar, preparat ignalari.
Asboblar butun ish davomida spirtli stakanga solingan holatda bo'lib, har bir
o'tkazilgan manipulyatsiyadan so'ng gorelka alangasida qizdirib sterillanadi. Ish
boshlashdan oldin qo'llar yaxshilab yuviladi va dokadan tayyorlangan niqob taqib
ishlash tavsiya etiladi.
Ish boshlash uchun yashash qobiliyati saqlangan embrion tanlab olinadi,
buning uchun maxsus yoritilgan quti – ovoskopda inkubatsiyadagi tuxumdan nur
o'tkazib ko'riladi. Yoritilgan tuxum po'sti orqali embrionni, xorionallantois qobiq
tomirlarini, havo qopchasi chegarasini ko'rish mumkin. Hayot qobiliyati saqlangan
embrion harakatchan bo'lib, qon tomirlari qon bilan to'la bo'ladi. Tuxum po'stlog'ida
havo qopchasi chegarasi va embrion holati qalamda chizib belgilanadi.
Tanlab olingan tuxumning to'mtoq uchi (yoki tuxumning yon tomoni)
yaxshilabdezinfektsiya qilinadi: po'stloq spirt bilan artiladi; yod suriladi; yana spirt
bilan artiladi va qoida bo'yicha alangada tutib qizdiriladi.
Товук эмбрионида вирусларни ўстириш ва ажратиб олиш
вирусни
ажратиб олиш
вирусни
йиғиш
вирусни экиш
товуқ
эмбриони ёши
уруғланган
товуқ тухуми
маълум
шароитларда
сақлаш
намлик 50 80%
ҳарорат 37
38°С
грипп вируси учун
9 10 кунлик
амнион
бўшлиғига
Хорионаллан-
тоис қобиғига
аллантоис
бўшлиғига
грипп ва
паротип
вирусини
ажратиб олиш
чечак вакцина вируси
келтириб чиқарган
ўзгаришларни
аниқлаш
етарли миқдорда
грипп, паротип ва
чечак вакцина
вирусини олиш
товуқ эмбриони
юқори
даражада
чидамликка эга
латент вирусли
инфекциялардан
ҳоли
оддий
арзон
инфекцион
жараённи
динамикада
кузатиб
бўлмайди
кўп миқдорда
оқсил тутади, бу
эса вирусларни
тозалаб олишда
қийинчилик
туғдиради
кўпгина вирусли
инфекцияларда
ўзгаришларни
кўриб бўлмайди
универсал
эмас
юқтириш
мақсади
юқтириш
шартлари
белгиланган
шартларни
яратиш
намуналари
вирус
хусусиятлари
ва
мақсадини
ҳисобга оган
ҳолда
юқтириш
натижаси
усулни
бахолаш А.
афзаллиги
Б.
камчилиги
Tovuq embrioniga yuqtirish usullari
Xorionallantois qobig'iga yuqtirish. Bu usul eng ko'p qo'llaniladigan usullardan biri
bo'lib hisoblanadi. Bu usulning afzallik tomoni shundaki, bir qator turdagi viruslar
xorionallantois qobig'ida ko'payganda o'ziga xos o'zgarishlarni yuzaga keltiradi,
jumladan, turlicha shakldagi oqish pilakcha dog'lar ko'rinishidagi zararlanish
o'choqlarini hosil qiladi.
Yuqtirish uchun 10 – 12 kunlik embrion olinadi. Odatda xorionallantois qobig'iga
yuqtirish uchun havo qopchasi ustidan yoki tuxumning yon tomonidan po'stloq
teshiladi.
Havoli bo'shliq tomondan xorionallantois qobig'iga yuqtirish usulining asosiy
bosqichlari:
1.
Tuxum taglikka vertikal joylashtiriladi, bunda havo bo'shlig'i yuqoriga
qaragan holatda bo'ladi; tuxumning to'mtoq uchi puxtalik bilan sterillanadi.
2.
Havo bo'shlig'i markazidan preparatlash ninasi yordamida po'stloq teshiladi.
3.
Hosil qilingan teshikdan qaychi uchi kiritilib po'stloqda diametri 1,5 sm
bo'lgan tuynuk ochiladi (bunda po'stloqning tuxum ichiga tushishiga yo'l qo'ymaslik
kerak).
4.
Teshik orqali po'stloq qobig'ining ichki varag'i ko'rinib turadi, uni
extiyotkorlik bilan pintset yoki igna yordamida tilinib, xorionallantois qobig'ini
ochish uchun ma'lum qismi (0,5 – 1sm2) ko'chiriladi.
5.
Xorionallantois qobig'iga virus yuqtirish uchun 0,1 – 0,2 ml virus saqlovchi
material (masalan, chechak virusi) paster pipetkasi yoki shprits yordamida
yuboriladi.
6.
Po'stloqdagi teshik maxsus elastik plenka, steril yopqich oyna yoki shisha
qalpoqcha bilan yopiladi. Yopqich oyna va qalpoqchani po'stloqqa mustahkamlash
uchun eritilgan parafindan foydalaniladi.
Virus yuktirilgan embrion vertikal holatda 2 – 3 sutkaga termostatga qo'yiladi,
shundan so'ng quyidagi tartibda kesib ochiladi:
1. Tuxum taglikka vertikal havo kamerasi yuqoriga qaratilgan holatda o'rnatiladi va
kesiladigan yuza yuqorida keltirilgandek yod va spirt bilan ishlov berib sterillanadi.